folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Gidrometeorologik prognozlarga ko‘ra 2021-yil yozgi sug‘orish mavsumida suv resursi Vaxsh daryosida 85-95 foiz, Zarafshon va Norin daryolarida 80 — 90 foiz, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoradaryo daryolarida 70 — 80 foiz, Chirchiq va Ohangaron daryolarida 75 — 80 foiz, Farg‘ona vodiysi shimolidagi daryolarda 75 — 85 foiz, janubidagi daryolarda esa — 100 — 105 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.
2021-yil 31-mart holati bo‘yicha “To‘xtagul”, “Andijon”, “Karkidon”, “Ohangaron”, “Janubiy Surxon” va “Talimarjon” suv omborlarida suv zaxirasi me’yorga nisbatan 23 — 52 foizga kam.
2021-yilda kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2021-yil sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha respublika ishchi guruhining (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh (Sh.M. G‘aniyev) bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagi vazifalar tezkor va samarali bajarilishi maqsadida Ishchi guruhning respublika shtabini (keyingi o‘rinlarda — Respublika shtabi) tashkil qilsin:
suv omborlaridagi suv resurslaridan foydalanishni to‘liq nazoratga olish, ayniqsa, suv omborlaridan suv chiqarishni qat’iy ravishda faqat har bir hudud uchun belgilangan suv olish limitiga asosan tashkil qilish;
sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining mavsumga shayligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar ijrosi ustidan qat’iy monitoring olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlar ijrosini va suv resurslaridan foydalanish holatini tanqidiy tahlil qilish va bu borada mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitib borish;
2021-yilda mahalliy budjetlarga kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2021-yil mart — sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlari uchun suv olish limitlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
bir hafta muddatda suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi irrigatsiya tizimi kanallari, ulardagi gidrotexnika inshootlari va gidropostlar, nasos stansiyalari, sug‘orish va drenaj quduqlarining, shuningdek, ko‘chma nasos agregatlarining texnik holatini o‘rganib, ularni ta’mirlash-tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin hamda ijrosini tanqidiy muhokama qilib har oyda Respublika shtabiga ma’lumot taqdim qilib borsin;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining irrigatsiya tizimi kanallari, gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ quduqlari, ko‘chma nasos agregatlari hamda suv tanqisligini yumshatish uchun talab etiladigan (dizel va ESV) nasos agregatlarini ta’mirlash-tiklash uchun ishlab chiqilgan yillik chora-tadbirlari doirasida talab etiladigan mablag‘larni tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari xarajatlar smetasiga qo‘shimcha ajratish (“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun doirasida) choralarini ko‘rsin;
o‘n kun muddatda 2-ilovaga muvofiq suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha belgilangan tartibda taqsimlanishini va yetkazilishini ta’minlasin;
2021-yil 20-aprelga qadar yozgi sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha tegishli shartnomalar to‘liq rasmiylashtirilishini tashkil qilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida Ishchi guruhning hududiy shtablarini tashkil qilsin hamda samarali faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
o‘n kun muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning nasos agregatlari, sug‘orish quduqlari, sug‘orish tarmoqlari va ulardagi inshootlarning texnik holatini to‘liq o‘rgangan holda ularni ta’mirlash-tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va ekinlarni suv bilan ta’minlash yuzasidan tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlasin hamda ijrosini nazoratga olsin;
ushbu tadbirlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotni har oyda Respublika shtabiga taqdim qilib borsin.
5. 2021-yilda suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda “O‘zgidromet” markazi tomonidan 2021-yil yozgi sug‘orish mavsumi uchun taqdim qilinadigan prognoz ma’lumotlariga asosan qishloq xo‘jaligi ekinlarini, ayniqsa, suvni ko‘p talab qiladigan hamda takroriy ekinlarni oqilona joylashtirishni tahlil qilsin, zarur hollarda ekinlarni joylashtirishni maqbullashtirish yuzasidan Ishchi guruhga taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-son qaroriga muvofiq suv iste’moli tartibiga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan har oyda Respublika shtabiga axborot taqdim qilib borsin.
8. 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o‘z mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlarining prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, klaster tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda bir hafta muddatda mavjud kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holatini va yerlarning meliorativ holatini o‘rganib chiqib, ustuvor loyihalarni aniqlasin hamda ularning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan viloyatlar mahalliy budjetlariga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobiga melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari loyihalarini Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari buyurtmachiligida amalga oshirsin;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash -tiklash ishlari nuqson dalolatnomalariga asosan lokal resurs-smetalar ishlab chiqqan holda amalga oshirilishini tashkil qilsin.
10. Belgilansinki:
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni ta’mirlash-tiklash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlariga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobiga melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida manzilli ro‘yxatlar buyurtmachi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha tugallangan loyihalarni qabul qilish komissiyalarining tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agrobank” ATB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun 2021-yil kuzgi boshoqli don va paxta hosili kreditlaridan maqsadli mablag‘larni har oyda ajratilishini, shuningdek, klaster va fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari yo‘naltirilishini tashkil qilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
bir hafta muddatda ajratilgan suv olish limitlariga muvofiq nasos stansiyalari va sug‘orish quduqlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash jadvallarini tasdiqlasin;
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq sug‘orish mavsumida nasos stansiyalarini haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib ishlatish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rsin.
13. 2021-yilda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida modernizatsiya qilinadigan va boshqaruvga beriladigan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish hamda xususiy sherikning investitsiya salohiyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda — DXSh bo‘yicha ishchi guruh) 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
DXSh bo‘yicha ishchi guruh suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish sur’atini keskin oshirishga mas’ul ekanligi belgilansin hamda 5-ilovada nazarda tutilgan suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida belgilangan tartibda xususiy sektorga berishni tashkil qilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida berilishi mumkin bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini tasniflab, barcha toifalar uchun namunaviy bitim loyihalarini ishlab chiqsin hamda manfaatdor tashkilotlarga yetkazishni ta’minlasin.
16. 5-ilovada nazarda tutilgan obyektlar yuzasidan DXSh bo‘yicha ishchi guruh xulosasi asosida Suv xo‘jaligi vazirligiga xususiy sherik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzishga ruxsat berilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
a) ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga tegishli aholini ichimlik suv bilan ta’minlashga xizmat qiladigan sug‘orish quduqlarini 7-ilovaga muvofiq “O‘zsuvta’minot” AJga uning ustav kapitalidagi davlat ulushini obyektlarning balans qiymatiga oshirish hisobiga berilishini;
b) uch oy muddatda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda 8 va 9-ilovalarga muvofiq Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli nasos stansiyalari va sug‘orish quduqlari baholangan narxlarda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarga belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan har bir tadbirning aniq ijrochisini va muddatlarini belgilash va ijrosi ustidan kunlik nazoratni amalga oshirish uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash ustidan o‘z vakolati doirasida qat’iy nazorat o‘rnatsin hamda har 15 kunda tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar, jumladan, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar to‘g‘risidagi tanqidiy axborotni Ishchi guruhga taqdim etib borsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga 10-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari mas’ul etib belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
1. 25-bandda:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida potensial davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasini xususiy tashabbuskor bilan amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga kirishadi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishib oladi hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida xususiy tashabbuskor yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan tender o‘tkazmagan holda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadi”;
b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda davlat-xususiy sheriklik loyihasining qiymatidan qat’i nazar, bir bosqichli tender o‘tkaziladi va tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalariga hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga qayta joylashtirilmasdan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan tenderga oid mezonlarga javob beradigan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari to‘plami o‘ttiz kun ichida taqdim etiladi. Talabgorlar tomonidan talabnomalarni berish uchun so‘nggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir so‘rovda ko‘rsatiladi va bu muddat talabgorlarga ushbu so‘rov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Tender komissiyasi tender g‘olibini va tenderning zaxiradagi g‘olibini ularning tender takliflarini baholash orqali aniqlaydi”;
v) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Manfaatdor bo‘lgan talabgorlardan hech biri dastlabki malaka hujjatlari to‘plamini taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov bo‘yicha malaka hujjatlarini belgilangan muddatda taqdim etmagan taqdirda (xususiy tashabbuskordan tashqari), tender qayta o‘tkazilishi mumkin emas va potensial davlat sherigi xususiy tashabbuskor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga kirishadi”.
2. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Xususiy tashabbuskor tender g‘olibi bo‘lmagan taqdirda, xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rni davlat-xususiy sheriklik loyihasi umumiy qiymatining bir foizidan oshmaydigan miqdorda tender g‘olibining yoki zaxiradagi g‘olibi mablag‘lari hisobidan qoplanadi”.
3. 28-bandda:
a) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar samaradorligining umumiy parametrlari va talablari”;
b) o‘n ikkinchi xatboshidan “buyurtmasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
v) o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tender taklifining mazmuni, tender takliflarini berish va ularning amal qilish usuli, joyi, muddatlari”;
g) o‘n to‘rtinchi xatboshidan “buyurtmasiga” so‘zi chiqarib tashlansin;
d) o‘n beshinchi xatboshidan “buyurtmalari” so‘zi chiqarib tashlansin.
4. 29-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Talabgorlar tomonidan tender hujjatlarini xarid qilish natijasida kelib tushadigan mablag‘lar vakolatli davlat organi va davlat sherigi o‘rtasida teng ravishda taqsimlanadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 41 va 42-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Umumiy qiymati bir million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi DXSh loyihasi bo‘yicha bir bosqichli tender o‘tkaziladi.
Bir bosqichli tenderni o‘tkazish chog‘ida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan konseptual qarorlar va shartlar asosida batafsil texnikaviy taklif va tijorat (moliyaviy) takliflari ko‘rib chiqiladi hamda baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
Bir bosqichli tenderni o‘tkazish tartib-taomili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;
tenderda ishtirok etish uchun talabgorlardan tender takliflarini olish;
tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlarini va tender hujjatlari to‘plamini berish uchun so‘rov taqdim etish;
tender o‘tkazish kunini belgilash va talabgorlarni xabardor qilish;
talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning g‘olibini va zaxiradagi g‘olibini aniqlash;
davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender g‘olibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazish;
tender g‘olibi bilan DXSh to‘g‘risida bitim tuzish.
Tenderda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
42. Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha ikki bosqichli tender o‘tkaziladi, bundan ushbu Nizomning 25-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ikki bosqichli tender dastlabki malakani aniqlash va tender g‘olibini saralash bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Ikki bosqichli tender quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari ko‘rib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida ko‘rsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi;
ikkinchi bosqichda kiritilgan texnikaviy va tijoratga oid (moliyaviy) takliflar tender predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, baho (tarif) albatta ko‘rsatilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda baholanadi.
Ikki bosqichli tenderni o‘tkazish tartib-taomili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni va dastlabki malaka hujjatlarini berishga doir so‘rovni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;
talabgorlardan tenderda ishtirok etish uchun rasmiy buyurtmalarni va talabgorlarning malakasini tasdiqlovchi dastlabki malaka buyurtmalarini yig‘ish va baholash;
dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarning ro‘yxatini shakllantirish va ularni xabardor qilish;
dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarga tender hujjatlari to‘plamini taqdim etish;
dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning g‘olibini va zaxiradagi g‘olibini aniqlash;
davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan zarur hollarda tender g‘olibi bilan muzokaralar o‘tkazish;
tender g‘olibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan DXShklik to‘g‘risida bitim tuzish.
6. 47, 48 va 49-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat ichida o‘tkaziladi. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlarida belgilangan tender mezonlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
48. Tender ishtirokchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir bo‘lishga haqli emas. Baholash jarayonida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, ulardan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun talabgorlarni chaqirish huquqiga ega. Tender yakunlarini chiqarish chog‘ida tender ishtirokchilari va (yoki) ularning ishonchli shaxslari hozir bo‘lishi mumkin.
49. Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender takliflarining so‘rovi talablariga muvofiq emas deb topgan taqdirda, shuningdek, agar dastlabki malakalashdan o‘tgan talabgorlarning soni ikki nafardan kam bo‘lsa, tender bo‘lib o‘tmagan deb topiladi va tender komissiyasi takroriy tenderni e’lon qilishga haqli. Takroriy tender uni o‘tkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Malaka buyurtmalarini va tender takliflarini qabul qilish tender hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda hamda hollarda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin”.
7. 57-bandning to‘rtinchi xatboshisi “va qarorlari” so‘zlaridan keyin “shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. 59 va 60-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. Agar davlat sherigi mazkur Nizomning 57-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar bo‘yicha DXSh to‘g‘risidagi bitim tuzishni taklif qilsa, ushbu loyihaning konsepsiyasini va LBHni xususiy sherik bilan birga ishlab chiqadi va loyihaning konsepsiyasi belgilangan tartibda davlat sherigi, umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
60. DXSh loyihasi konsepsiyasi tasdiqlangandan so‘ng hamda DXSh to‘g‘risidagi bitim tuzilishidan oldin ushbu loyihaning mazkur Nizomning 57-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga muvofiqligini davlat sherigi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Davlat sherigi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli davlat organi vakillari soni jami uchtadan kam bo‘lmasligi, toq bo‘lishi hamda davlat sherigi vakillari soni jami vakillarning uchdan bir qismidan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Davlat sherigi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli davlat organi vakillari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtiroki ta’minlansa, o‘rganishlar o‘tkaziladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma davlat sherigi tomonidan tasdiqlanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan loyihaning umumiy qiymati o‘n million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha davlat sherigi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli davlat organi vakillarining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish orqali DXSh loyihalarining amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi”.
9. 61, 62 va 63-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 158 | 24,762 |
Qonunchilik | Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining:
2019-yil 15-avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasini 20 foizga;
2019-yil 1-oktabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasini o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasini 20 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan ilgari berilgan, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid litsenziyalarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga nisbatan yangi litsenziya talablarini, jumladan ishlab chiqarish uskunalarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, uning mulkdorlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlash;
texnik spirt ishlab chiqaruvchilar faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish, pivo ishlab chiqaruvchilar uchun esa 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartibni joriy qilish;
litsenziya oluvchilar tomonidan har yili litsenziya to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha talablarni joriy etish, pivo ishlab chiqaruvchilar uchun esa 2022-yil 1-yanvardan boshlab shunday talabni joriy qilish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2019-yil 15-avgustdan boshlab ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5656-son Farmonining 5-bandidagi “2019-yil 1-iyulgacha” so‘zlari “2020-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarorining 19-ilovasida:
a) 1 — 6 pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 15-pozitsiyaning “siqilgan gaz” qatori “bir o‘lchov birligiga so‘mda” ustunidagi “360” raqami “435” raqami bilan almashtirilsin. | 167 | 3,101 |
Qonunchilik | Ish haqi va pensiyalar 10%ga indeksatsiya qilinadi | 2019 yil 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi (Prezidentning 12.07.2019 yildagi Farmoniga qarang).
Amaldagi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda quyidagi manzara namoyon boʻladi:
Eng kam miqdor
2018 yil 1 noyabrdan 2019 yil 1 avgustgacha (soʻm)
2019 yil 1 avgustdan (soʻm)
Oshirilish miqdori (%)
ish haqi
1 sentyabrdan boshlab – bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori
202 730
223 000
10
yoshga doir pensiyalar
396 500
436 150
10
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa
396 500
436 150
10
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga
243 300
267 650
10
Tegishincha, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) ham oshadi. Hozir u EKIH (202 730 soʻm) va YaTSning birinchi razryadi boʻyicha tarif koeffitsiyentining (2,847) koʻpaytmasi sifatida belgilanib, 577 172,31 soʻmni tashkil etadi. Shu tariqa, 1 avgustdan “minimal” miqdorning oshishini inobatga olgan holda MHEKM 634 881 soʻmni (223 000 х 2,847) tashkil etadi. 1 sentyabrdan esa MHEKM qat’iy belgilanadi va 634 880 soʻmga teng boʻladi.
Bundan tashqari, 2019 yil 1 avgustdan boshlab:
Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasining oʻzgarishi dinamikasi
Mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soni
Miqdori
(%)
Summasi (soʻm)
2018 yil 1 noyabrdan 2019 yil 1 avgustgacha
2019 yil 1 avgustdan
Uchta va undan ortiq
100
243 300
436 150
Ikkita
75
182 475
327 112,5
Bitta
50
121 650
218 075
Oleg Zamanov. | 50 | 1,606 |
Qonunchilik | Tibbiy-mehnat ekspertizasi tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga almashtirildi | Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan «Mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi buyruq qabul qilindi (roʻyхat raqami 2667-3, 15.07.2021 y.).
Hujjat Prezidentning 22.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6065-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 12.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 366-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Birinchidan, Yoʻriqnomaning 5-bandiga quyidagicha oʻzgartirish kiritildi: sogʻliqni saqlashning хususiy va boshqa хil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertizasi (ilgari – tibbiy-mehnat ekspertizasi) boʻyicha yetarli malakali хodimga ega boʻlgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Tegishincha, belgilanishicha, bemor tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (ilgari – tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi) yuboriladi.
Ikkinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki 6 yoshga toʻlmagan bolaga oʻrnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga karantin belgilangan muddatga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boʻlinmalari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi (ilgari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan berilgan).
Uchinchidan, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi asosida, tuzatish va qisqartirishlarsiz, koʻk yoki qora rangli ruchkada rasmiylashtiriladi (ilgari – yoki shaхsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda).
Toʻrtinchidan, 2-ilova (Mehnatga layoqatsizlik varaqasi) va 2-ilova (Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi) yangi tahrirda qabul qilindi.
Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 69 | 2,267 |
Qonunchilik | Qishloq va suv хoʻjaligini boshqarish tizimida – oʻzgarishlar | Prezidentning 17.04.2018 yildagi «Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Uning matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Hujjatda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligiga[1] boʻlinganligi qayd etilgan hamda ushbu idoralarning asosiy vazifalari belgilangan. Ushbu sohalarni boshqarish tizimida oʻzgarishlar davom etmoqda (quyidagi jadvalga qarang).
Tashkil etilgan organlar
T/r
Tashkil etilgan organ
Negizida oʻzgarishlar amalga oshirilayotgan organ(lar)
1.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (1.07.2018 yildan)
Qishloq хoʻjaligi korхonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi
Qishloq va suv хoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha markaz
2.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi
Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi
Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi
3.
Fanlar akademiyasi Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi
Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
4.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasi
Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va хodimlarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi
Suv хoʻjaligi vazirligi huzurida Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi
5.
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
Bunda idora va muassasalarni tashkil etish Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi hamda tugatilayotgan idoralar va muassasalar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi (quyidagi jadvalga qarang).
2018 yil 1 avgustdan tugatilayotgan organlar
T/r
Muassasa nomi
1.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi
2.
Mashina va asbob-uskunalarning teхnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi
3.
Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi
4.
«Oʻzsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi
5.
«Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz» qishloq хoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.
[1] Bu biroz ilgari Prezidentning 12.02.2018 yildagi «Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5330-son Farmoni asosida amalga oshirilgan edi. | 61 | 2,830 |
Qonunchilik | Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi 256-son qarorining bajarilishini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
1. “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin. | 122 | 770 |
Qonunchilik | 2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son, “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida” 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-son farmonlarini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek qishloqda bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini 2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklariga aylantirish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2004 — 2006-yillarda qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2004-yilda 4-ilovaga* muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-2005-yillarda barcha fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirish xarajatlarini ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri imtiyozli kreditlash mexanizmiga o‘tish to‘g‘risidagi 5-ilovaga muvofiq taklifi qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda:
mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda har bir viloyat va tuman uchun 2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqsinlar, qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor bersinlar;
mahalliy xususiyatlardan va mehnat resurslari mavjudligidan kelib chiqqan holda, mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan parametrlarga muvofiq qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishning doimiy monitoringini olib borsinlar.
4. Quyidagilar:
Fermer xo‘jaligining namunaviy ustavi 6-ilovaga muvofiq;
Fermer xo‘jaligi xodimlarini yollash to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma 9-ilovaga muvofiq;
Namunaviy kontraktatsiya shartnomasi 10-ilovaga muvofiq;
Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga namunaviy shartnoma 11-ilovaga muvofiq;
Xizmatlar ko‘rsatishga (ishlarni bajarishga) namunaviy shartnoma 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi hamda Qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturining bajarilishini nazorat qilish Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasiga yuklansin.
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) amaliy monitoring o‘rnatsin va ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarning bajarilishini har chorakda o‘z majlislarida ko‘rib borsin, zaruriyat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga dasturiy chora-tadbirlar va qoidalarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq takliflar kiritsin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini televideniyeda va ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha maxsus eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Fermer xo‘jaligi o‘ziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga ko‘ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
2. Fermer xo‘jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo‘lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
3. Fermer xo‘jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lash yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.
4. Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Ustavda:
fermer xo‘jaligining nomi;
fermer xo‘jaligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
fermer xo‘jaligi joylashgan joy va uning pochta manzili;
fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
ustav fondining miqdori ko‘rsatilishi kerak.
Fermer xo‘jaligining ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
6. Fermer xo‘jaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin hamda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tuman (shahar) hokimligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
7. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yo‘li bilan daromad (foyda) olish, o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xo‘jaligining maqsadi hisoblanadi.
8. Fermer xo‘jaligining vazifalari quyidagilardan iborat:
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;
mustaqil ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish;
veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish.
9. Fermer xo‘jaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan o‘z savdo shoxobchalari orqali sotish;
tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
10. Fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xo‘jaligi xo‘jalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
11. Fermer xo‘jaligi:
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘langan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan o‘z xohishiga ko‘ra iste’molchilarga sotish huquqiga ega bo‘lish;
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xo‘jaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi o‘zining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablag‘larini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini garovga qo‘yish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni ta’mirlash;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Fermer xo‘jaligi:
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga;
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishga;
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;
paxta va boshoqli ekinlarni navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishga;
ushbu fermer xo‘jaligi a’zo hisoblangan Suv iste’molchilari uyushmasi balansidagi sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi polosalar, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
yer uchastkasini og‘irlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini ta’minlashga;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilishni ta’minlashga;
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, o‘z xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni ta’minlashga majburdir.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
13. Ustavda fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ustav fondi miqdori ko‘rsatiladi. Bunda fermer xo‘jaligining ustav fondiga fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan berilgan arizada ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari majburiy tartibda kiritiladi.
Agar fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xo‘jaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish fermer xo‘jaligi rahbarining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
14. Fermer xo‘jaligi:
o‘ziga qarashli xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
15. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pul mablag‘lari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin.
16. Fermer xo‘jaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
17. Fermer xo‘jaligining muassisi — fermer uning boshlig‘i hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, tegishli malakaga yoki qishloq xo‘jaligida ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarosi fermer bo‘lishi mumkin.
18. Fermer xo‘jaligining rahbari:
fermer xo‘jaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi;
fermer xo‘jaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi;
fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ish ko‘radi;
ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek fermer xo‘jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
fermer xo‘jaligi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
daromadni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi;
xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi to‘lanishini ta’minlaydi, mehnatga haq to‘lash miqdorini va moddiy rag‘batlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
fermer xo‘jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.
19. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Yer uchastkasining ijara muddati tamom bo‘lgandan keyin fermer xo‘jaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini cho‘zish) huquqiga egadir.
Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda fermer xo‘jaligining boshlig‘i yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida o‘z oilasi a’zolaridan biriga berishi mumkin”;
Fermer xo‘jaligi rahbari vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini cho‘zish) huquqi qonun hujjatlariga muvofiq meros bo‘yicha o‘tadi.
20. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Yer uchastkalarining o‘lchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyingina o‘zgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
22. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
23. Fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘rniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
24. Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
25. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq yagona yer solig‘i tariqasida undiriladi.
26. Fermer xo‘jaliklarining suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
27. Yer resurslarini, fermer xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
28. Fermer xo‘jaligining faoliyati fermerning va mehnat shartnomasi bo‘yicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan tashkil etiladi.
30. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida to‘lanadi.
31. Fermer xo‘jaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qo‘shiladi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
32. Fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob raqamidan mablag‘larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
33. Qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g‘alla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
34. Fermer xo‘jaliklari elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar yetkazib beruvchilar va fermer xo‘jaliklariga xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
35. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xo‘jaligining ixtiyoriga o‘tadi.
Fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
36. Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida qo‘shilish, shu jumladan ulush (pay) asosida qo‘shilish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiy hisoblanadi.
37. Fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Fermer xo‘jaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat ko‘rsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli bo‘lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.
38. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida o‘z ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaslik, shu jumladan ustav fondiga fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan berilgan arizada ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari kiritilmasligi;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish;
fermer xo‘jaligi bankrot deb e’tirof etilishi, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;
fermer xo‘jaligi boshlig‘ining vafot etishi va xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni xohlaydigan merosxo‘rning yo‘qligi;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi zarur bo‘lganda yoxud yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, shu jumladan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.
Fermer xo‘jaligi:
fermer xo‘jaligi boshlig‘i (fermer)ning;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi.
40. Fermer xo‘jaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Xodimning majburiyatlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va xo‘jalik Ustavi talablariga, mehnat intizomiga rioya qilish, mehnat majburiyatlarini bajarish;
b) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
6. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) mehnatni tashkil etish va Xodimning mehnatini muhofaza qilish, uni texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat majburiyatlari, jamoa shartnomasi (u qabul qilingan bo‘lsa) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lash;
v) Xodimni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq zarur inventarlar va boshqa muhofaza vositalari bilan ta’minlash;
g) Xodimning mehnat daftarchasini belgilangan tartibda yuritish;
d) qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
7. Ish tartibi:
ish vaqti tartibini fermer xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.
Bunda bir yildagi ish vaqti jami hisoblangan ish vaqtidan, har kungi ishning davom etishi esa 12 soatdan oshishi mumkin emas.
8. Mehnatga haq to‘lash:
b) ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolishlar sababli Xodim uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Bunda mehnatga haq to‘lash bajarilgan ishlar bo‘yicha, lekin Xodimning ilgarigi ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi;
v) Ish beruvchi huquqlar va moliyaviy imkoniyatlar doirasida quyidagi qo‘shimcha to‘lovlarni (ustamalar, mukofotlar, rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlarni) belgilaydi:
g) Xodim bilan kelishuvga ko‘ra mehnatga haq to‘lash ham pul, ham natura tarzida amalga oshirilishi mumkin.
9. Xodimga har yilgi asosiy mehnat ta’tili ____ ish kuni (kamida 15 ish kuni) miqdorida va ____ish kuni miqdorida qo‘shimcha mehnat ta’tili belgilanadi.
10. Xodimga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasi qo‘llanadi.
11. Ish beruvchi mehnat intizomi va ushbu Shartnoma shartlari buzilganligi uchun Xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida ko‘rsatilgan intizomiy tanbeh choralarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi talablarini bajargan holda qo‘llash huquqiga egadir.
1.1. “Xo‘jalik” mazkur shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini (keyingi o‘rinlarda “Mahsulot” deb yuritiladi) “Tayyorlovchi”ga qayta ishlash yoki sotish uchun berish, “Tayyorlovchi” esa ushbu “Mahsulot”ni kelishilgan muddatlarda muayyan narx bo‘yicha haqini to‘lab xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
1.2. Quyidagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti mazkur shartnoma mavzusi hisoblanadi:
2.1. “Xo‘jalik”ning huquqlari:
shartnomada nazarda tutilgan hollarda “Tayyorlovchi”dan urug‘lik va ekish materiallari bilan ta’minlashni talab qilish;
“Mahsulot”ni topshirishda, uning sifatini aniqlashda hozir bo‘lish va “Tayyorlovchi”dan unga tegishli haq to‘lanishidan talab qilish;
“Tayyorlovchi”dan “Mahsulot” yetishtirish uchun mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va summada avans to‘lanishini talab qilish;
“Tayyorlovchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar bilan ta’minlashni talab qilish;
“Tayyorlovchi”dan “Mahsulot” xo‘jalik hisobidan transportda tashilganda transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;;
“Tayyorlovchi”dan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.
2.2. “Xo‘jalik”ning majburiyatlari:
“Tayyorlovchiga” 200__ yil ____ _____________dan kechikmay tegishli sifatga ega bo‘lgan hajmda va assortimentda “Mahsulot”ning muayyan turlarini yetkazib berish;
ilova qilinadigan hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirish va “Mahsulot”ni topshirishda talab qilinadigan boshqa talablarga (o‘rash, qadoqlash va boshqalar) rioya qilish;
“Mahsulot”ni “Tayyorlovchi”ga topshirish uchun o‘z vaqtida tayyorlash;
“Mahsulot”ni mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda topshirish muddatlariga rioya qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu haqda “Tayyorlovchi”ga “Mahsulot”ni topshirish muddati boshlanishidan _____ kundan kechikmay ma’lum qilish.
2.3. “Tayyorlovchi”ning huquqlari:
“Mahsulot”ning muayyan turlari shartnomada belgilangan tegishli sifat va muddatlarda, hajmlar va assortimentda hamda tomonlar kelishgan jadvalga muvofiq o‘z vaqtida topshirilishini talab qilish;
tuzilgan shartnomaga muvofiq topshirilayotgan “Mahsulot” hisobiga ilgari berilgan avans mablag‘lari qoplanishini “Xo‘jalik”dan talab qilish.
2.4. “Tayyorlovchi”ning majburiyatlari:
“Xo‘jalik”ka avans mablag‘larini mazkur shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda to‘lash;
amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq xarid qilinadigan “Mahsulot” og‘irligi va sifatini aniqlash;
“Xo‘jalik” tomonidan yetkazib beriladigan “Mahsulot”ni mazkur shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va muddatlarda xarid qilish;
“Mahsulot”ning haqini mazkur shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha “Mahsulot” olingan paytdan boshlab _____ kun mobaynida to‘lash;
shartnomada nazarda tutilgan hollarda “Xo‘jalik” tasarrufida qoladigan “Mahsulot”ni texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq saqlash va uning holati to‘g‘risida “Xo‘jalik”ka muntazam ravishda ma’lum qilish;
“Xo‘jalik” tasarrufida qoladigan mahsulotning sifati yomonlashishi oqibatida “Xo‘jalik”ka yetkazilgan zararni qoplash;
mazkur shartnomaga muvofiq “Mahsulot”ning tashilishini, tomonlar kelishgan jadvalda nazarda tutilgan muddatlarda “Tayyorlovchi” joylashgan joy bo‘yicha yoki u tomonidan ko‘rsatilgan boshqa joyda qabul qilib olinishini ta’minlash;
“Mahsulot”ni saqlashda, tayyorlashda, transportda tashishda, unga birlamchi ishlov berishda uning kamomadining oldini olish;
amaldagi texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq “Mahsulot”ni qayta ishlash, sotuvga tayyorlash va uni sotishga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
shartnomalarga muvofiq “Xo‘jalik”ni idish, o‘rab-joylash materiallari va normativ texnik hujjatlar (mahsulotning ayrim turlarini xarid qilish, qabul qilish, sifatini baholashni tartibga soluvchi texnik reglamentlar yoki standartlar, qoidalar) bilan ta’minlash;
200__ yil ____________dan kechikmay yoki ushbu davr mobaynida “Xo‘jalik”ning buyurtmanomasida ko‘rsatilgan muddatlarda va hajmda, unga ushbu materiallarni yetkazib berishning mo‘ljallanayotgan sanasidan kamida besh kun oldin beriladigan ______navli, _________tipdagi, ________klassli, ___________kg urug‘lik va ekish materiallari bilan “Xo‘jalik”ni ta’minlash. Buyurtmanoma chopar orqali qabul qilinganda “Tayyorlovchi”ning xodimi sanani ko‘rsatgan holda u qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi. “Xo‘jalik” oldin berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud urug‘lik va ekish materiallari yetkazib berish sanasini o‘zgartirishga haqlidir, bu haqda “Tayyorlovchi”ga buyurtmanomada ko‘rsatilgan sanadan kamida bir kun oldin ma’lum qiladi.
3.1. “Mahsulot”ning bahosi __________ 1 (bir) tonnasi uchun so‘mni tashkil etadi.
Mazkur shartnoma bo‘yicha umumiy summa _______________ so‘mni tashkil etadi.
3.2. “Xo‘jalik” urug‘lik va ekish materiallarini avans hisobida yoki bevosita sotib olish yo‘li bilan oladi (zarur bo‘lmagani o‘chirib tashlanadi).
“Xo‘jalik” ta’minlanadigan urug‘lik va ekish materiallari narxi 1 (bir) kg uchun ________ so‘mni tashkil etadi. Urug‘lik va ekish materiallarining umumiy summasi ________ so‘mni tashkil etadi.
3.3. “Tayyorlovchi” “Xo‘jalik”ka avans mablag‘larini “Mahsulot” qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (urug‘lik va ekish materiallari avans hisobiga olinganda ularning qiymati avans mablag‘lar summasiga kiritiladi) quyidagi hajmlar va muddatlarda to‘laydi:
3.6. “Mahsulot”ni transportda tashish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni “Tayyorlovchi” ko‘taradi.
“Mahsulot” “Xo‘jalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Tayyorlovchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham o‘z ichiga olgan holda amaldagi massa bo‘yicha).
5.1. “Mahsulot” mazkur shartnomada belgilangan assortimentda va turlar bo‘yicha, muddatlarda qabul qilinishi rad etilishining har bir holati uchun “Tayyorlovchi” “Xo‘jalik”ka belgilangan ustamalar to‘lanishi hisobga olinmagan holda amalda shakllangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan “Mahsulot” qiymatining 25 foizi miqdorida, tez buziladigan “Mahsulot”lar bo‘yicha esa – to‘liq qiymati miqdorida jarima to‘laydi. Bundan tashqari, “Mahsulot”ni qabul qilish rad etilganligi natijasida “Xo‘jalik” tomonidan ko‘rilgan, jarima bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
5.2. Shartnomada belgilangan miqdorda va assortimentda, turlar bo‘yicha muddatlarda “Mahsulot” topshirilishi asossiz bosh tortilganligi uchun “Xo‘jalik” “Tayyorlovchi”ga topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarima xarid narxiga belgilangan ustamalar to‘lanishi hisobga olinmagan holda o‘tgan davrda (oy, yil choragi, yil) “Mahsulot”ning amalda shakllangan o‘rtacha narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Bundan tashqari, “Mahsulot” to‘liq yetkazib berilmaganligi natijasida paydo bo‘lgan jarima bilan qoplanmagan zarar qoplanadi.
5.3. Mazkur shartnomaga muvofiq topshirilgan (yuklab jo‘natilgan) “Mahsulot” haqini to‘lashdan asossiz bo‘yin tovlanganligi uchun (“Xo‘jalik”ka berilishi kerak bo‘lgan summa, shu jumladan belgilangan ustamalar o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi, hisob-kitobning aksept shaklida esa – to‘lov hujjati akseptidan asossiz to‘liq yoki qisman rad etilganligi uchun), “Tayyorlovchi” “Xo‘jalik”ka olinmagan summani, o‘zi to‘lashdan bo‘yin tovlagan summaning 15 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarimadan tashqari “Tayyorlovchi” “Xo‘jalik”ka muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
5.4. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjati uchun bir bazaviy hisoblash miqdorida jarima to‘laydi.
Yuklab jo‘natilgan “Mahsulot”ga to‘lov yoki tovar-transport hujjati nusxasi belgilangan muddatda yuborilmaganligi yoki yuklab jo‘natish to‘g‘risida boshqa ma’lumot taqdim etilmaganligi uchun aybdor tomon har bir bunday holat uchun yetkazib berilayotgan “Mahsulot” qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.5. “Xo‘jalik” mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan idish va o‘rab-joylash materiallari bilan ta’minlanmaganligi uchun “Tayyorlovchi” “Xo‘jalik”ka “Mahsulot” yetkazib berish paytda amalda bo‘lgan idish, o‘rab-joylash materiallari qiymatining ikki baravari miqdorida jarima to‘laydi. Agar “Tayyorlovchi”ning “Xo‘jalik”ni idish bilan ta’minlanmaganligi “Mahsulot” sifatining pasayishiga yoki buzilishiga olib kelsa, “Tayyorlovchi” “Xo‘jalik”ka jarima bilan qoplanmagan qism bo‘yicha zararlarni qoplaydi. Bunda “Xo‘jalik” sifatsiz “Mahsulot” yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
5.6. “Tayyorlovchi” tomonidan “Mahsulot”ning miqdori noto‘g‘ri aniqlangan, uning qiymati noto‘g‘ri belgilangan va undirilgan hollar aniqlangan taqdirda “Tayyorlovchi” “Mahsulot”ning sifatini, shuningdek uning miqdorini va, undan tashqari hisoblab chiqilgan summani hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi, “Xo‘jalik”ka noto‘g‘ri hisoblab chiqilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.7. “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnoma bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek ularning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnoma bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning aybi bilan mazkur shartnomaning “Xo‘jalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda ushbu tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
5.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi nizoni ko‘rib chiqishda qatnashishda mahsulotning sifati pasayishi yoki buzilishi hollari bo‘yicha xulosa berishi, shuningdek tabiiy ofatlar va boshqa noqulay shart-sharoitlar oqibatida yoxud “Tayyorlovchi”ning aybi bilan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikdan ozod qilish uchun xulosa berishi mumkin.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) “Xo‘jalik” joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha “Etkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka ____________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda – “Moddiy-texnika resurslari” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xo‘jalik” esa ularni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
“Moddiy-texnika resurslari”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
2.1. “Xo‘jalik”ning huquqlari:
“Etkazib beruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;
“Moddiy-texnika resurslari” “Xo‘jalik”ning hisobiga transportda tashilganda “Etkazib beruvchi”dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Etkazib beruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat, assortimentdagi “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishini talab qilish;
zarur sifatga ega bo‘lmagan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmagan taqdirda o‘z tanlashiga ko‘ra:
— zarur sifatga ega bo‘lmagan “Moddiy-texnika resurslari” shunga o‘xshash “Moddiy-texnika resurslari” bilan almashtirilishini;
— kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xo‘jalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilanishi xarajatlarini qoplashni;
— bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Etkazib beruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xo‘jalik”ning majburiyatlari:
o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Moddiy-texnika resurslari”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab ___kun mobaynida haq to‘lash.
2.3. “Etkazib beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
Etkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oldindan haq to‘lanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xo‘jalikdan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xo‘jalik”dan talab qilish.
2.4. “Etkazib beruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xo‘jalik”ka “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;
agar “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish jarayonida “Etkazib beruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Xo‘jalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni __ kun muddatda tekin tuzatib berish.
3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni “Etkazib beruvchi” ko‘taradi.
Mahsulot “Xo‘jalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Etkazib beruvchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham o‘z ichiga olgan holda amaldagi massa bo‘yicha).
3.3. “Xo‘jalik” yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari” turkumi summasining _______ foizi miqdorida oldindan haq to‘laydi. Etkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin ____ kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Moddiy-texnika resurslari” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana “Moddiy-texnika resurslari”ga haq to‘lash bo‘yicha “Xo‘jalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xo‘jalik”ning roziligi bilan “Moddiy-texnika resurslari” muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Etkazib berilgan va “Xo‘jalik” tomonidan qabul qilingan “Moddiy-texnika resurslari” uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan “Moddiy-texnika resurslari” hisobiga haq to‘lanadi va ular hisobiga o‘tkaziladi.
4.5. “Xo‘jalik” muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” o‘rnini to‘ldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari”ning o‘rni to‘ldirilishi kerak, bunday “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish “Xo‘jalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi bo‘yicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Etkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” bevosita “Xo‘jalik”ning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” miqdori, ularning sifati ko‘rsatiladi.
4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik”ning buyurtmanomasida ko‘rsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Etkazib beruvchi” Xo‘jaliklarning buyurtmanomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berishning mo‘ljallanayotgan sanasigacha kamida 5 kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Etkazib beruvchi”ning xodimi “Xo‘jalik”da qoladigan nusxaga sanani ko‘rsatgan holda u qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
4.9. “Xo‘jalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini o‘zgartirishga haqlidir, bu haqda “Etkazib beruvchi”ni buyurtmanomada ko‘rsatilgan sana boshlanishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
5.1. Tomonlar o‘rtasida kelishilgan jadval bo‘yicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘laydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar o‘rtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
5.2. Etkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari” sifati, miqdori “Etkazib beruvchi” tomonidan noto‘g‘ri aniqlanishi, ularning qiymati noto‘g‘ri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Etkazib beruvchi” yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi va hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari “Xo‘jalik”ka noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. Agar yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada bo‘lmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.4. “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Etkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan “Moddiy-texnika resurslari”ning 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarimadan tashqari, “Etkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmasligi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.
5.5. “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmagan taqdirda “Etkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki to‘liq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.6. Etkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmaganda “Xo‘jalik” “Etkazib beruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5.7. “Xo‘jalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xo‘jalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Etkazib beruvchi”ning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi.
“Etkazib beruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xo‘jalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Etkazib beruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) “Xo‘jalik” joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka __________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda – “Xizmatlar” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xo‘jalik” ushbu “Xizmatlar”ni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
“Xizmatlar”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek ularni ko‘rsatish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
2.1. “Xo‘jalik”ning huquqlari:
“Bajaruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;
“Bajaruvchi”dan “Xizmatlar” “Xo‘jalik”ning hisobiga transportda tashilganda transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Bajaruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan ko‘rsatilishini buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifatga ega bo‘lgan “Xizmatlar” ko‘rsatilishini talab qilish;
zarur sifatga ega bo‘lmagan “Xizmatlar” ko‘rsatilgan taqdirda o‘z tanlashiga ko‘ra:
— zarur sifatga ega bo‘lmagan “Xizmatlar” shunga o‘xshash “Xizmatlar” bilan almashtirilishini;
— “Xizmatlar”ning kamchiliklari bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xo‘jalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilanishi xarajatlarini qoplashni;
— bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Bajaruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xo‘jalik”ning majburiyatlari:
o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Xizmatlar”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab ___kun mobaynida haq to‘lash.
2.3. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun oldindan haq to‘lanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini “Xo‘jalik”dan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xo‘jalik”dan talab qilish.
2.4. “Bajaruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xo‘jalik”ka “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda ko‘rsatish;
agar “Xizmatlar”ni ko‘rsatish jarayonida “Bajaruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Xo‘jalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni __ kun muddatda tekin tuzatib berish.
3.2. “Xo‘jalik” ko‘rsatiladigan “Xizmatlar” turkumi summasining _______ foizi miqdorida oldindan haq to‘laydi. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin ____ kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Xizmatlar” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana “Xizmatlar”ga haq to‘lash bo‘yicha “Xo‘jalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xo‘jalik”ning roziligi bilan “Xizmatlar” muddatidan oldin ko‘rsatilishi mumkin. “Xo‘jalik” tomonidan ko‘rsatilgan va qabul qilingan “Xizmatlar” uchun keyingi davrlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan “Xizmatlar” hisobiga haq to‘lanadi va ular hisobiga o‘tkaziladi.
4.5. “Xo‘jalik” muddatlar buzilgan holda ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Xizmatlar” ko‘rsatilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi ko‘rsatilmagan “Xizmatlar” o‘rnini to‘ldirish sifatida qaralmaydi va ko‘rsatilmagan “Xizmatlar”ning o‘rni to‘ldirilishi kerak, bunday “Xizmatlar” “Xo‘jalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi bo‘yicha ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” bevosita “Xo‘jalik”ning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada ko‘rsatilgan “Xizmatlar” miqdori, ularning sifati ko‘rsatiladi.
4.8. Shartnomada nazarda tutilgan “Xizmatlar” ko‘rsatilishi mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik”ning buyurtmanomasi ko‘rsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Bajaruvchi” Xo‘jaliklarning buyurtmanomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Xizmatlar”ning tegishli qismlarini ko‘rsatish mo‘ljallanayotgan sanasigacha kamida 5 kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Bajaruvchi”ning xodimi “Xo‘jalik”da qoladigan nusxaga sanani ko‘rsatgan holda u qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
4.9. “Xo‘jalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Xizmatlar”ning tegishli qismlarini ko‘rsatish sanasini o‘zgartirishga haqlidir, bu haqda “Bajaruvchi”ni buyurtmanomada ko‘rsatilgan sana boshlanishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
5.1. Ko‘rsatilayotgan “Xizmatlar” sifati, miqdori “Bajaruvchi” tomonidan noto‘g‘ri aniqlanishi, ularning qiymati noto‘g‘ri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Bajaruvchi” ko‘rsatilayotgan “Xizmatlar”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi, hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari xo‘jalikka noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.2. Agar ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ning sifati, assortimenti, navlari standart, texnik shartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon ko‘rsatilgan, sifati zarur darajada bo‘lmagan “Xizmatlar” qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. “Xizmatlar” ko‘rsatish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan “Xizmatlar”ning 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarimadan tashqari, “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka “Xizmatlar” ko‘rsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.
5.4. Xizmatlar ko‘rsatish kechiktirilgan yoki to‘liq ko‘rsatilmagan taqdirda “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi ko‘rsatilmagan “Xizmatlar” qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Xizmatlar” ko‘rsatish muddati kechiktirilishi yoki to‘liq ko‘rsatilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.5. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmaganda “Xo‘jalik” “Bajaruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5.6. “Xo‘jalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xo‘jalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Bajaruvchi”ning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi
“Bajaruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xo‘jalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Bajaruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.7. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) “Xo‘jalik” joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak. | 117 | 58,071 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda хususiy oliy ta’lim muassasasi ochiladi | Akfa universiteti fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida mutaхassislarni tayyorlaydi. Vazirlar Mahkamasining 19.02.2019 yildagi 130-son tegishli qarori imzolandi.
Universitet – mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti.
Uning vazifalari sirasida – ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, хorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilish, хodimlarning, shu jumladan, tibbiyot sohasida malakasini oshirish, malaka amaliyotlarini tashkil etish.
Gachon universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim jarayonini tashkil etishda koʻmaklashadi.
Ta’lim jarayoni toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda, ingliz tilida, хorijiy hamkorlarning oʻquv rejalariga muvofiq olib boriladi, diplom Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.
Universitetga quyidagilarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berildi:
Tashkil etilgan muassasa 2022 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Konstantin Mosin. | 53 | 1,009 |
Qonunchilik | Yangi QK asfalt-beton qorishmalar va beton buyumlar ishlab chiqaradi | Vazirlar Mahkamasining 10.08.2020 yildagi «Papenburg Uzbekistan» Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korхonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 471-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilgʻor хorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4035-son hamda 1.02.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4145-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:
a) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – Qoʻmita) va «GP Gunter Papenburg AG» kompaniyasi (Germaniya) oʻrtasida yoʻl qurilishi uchun asfalt-beton qorishmalari, tayyor beton buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Shuningdek bitimda Germaniya teхnologiyalari va asbob-uskunlarini qoʻllagan holda qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha MChJ shaklidagi «Papenburg Uzbekistan» QKni tashkil etish nazarda tutilgan;
b) «Papenburg Uzbekistan» MChJ ustav fondi:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bir oy muddatda «Papenburg Uzbekistan» MChJ bilan Qoʻmita tarkibidagi «Toshkent koʻpriklardan foydalanish» DUKning Toshkent sh., Bektemir tumani, Porloq koʻchasi, 14-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar hududidan foydalanilmayotgan 6,1 ga yer maydoni va undagi bino-inshootlarni «nol» хarid qiymatida sotish boʻyicha imzolangan kelishuv bitimi doirasida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda shartnoma tuzish topshirildi.
Qoʻmitaga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda «Papenburg Uzbekistan» MChJning Oʻzbekiston tomonidan ishtirokchisini oʻzgartirish boʻyicha jamiyat boshqaruv organiga takliflar kiritish huquqi berildi.
«Papenburg Uzbekistan» MChJga, istisno tariqasida, asfalt-beton qorishmalar va beton buyumlar ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida qum-shagʻal materiallari qazib olish uchun FVV huzuridagi «Xavfsiz daryo» DUK bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruхsat berildi.
Loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan хorijiy mutaхassislar va ularning oila a’zolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtiriladi, shuningdek ichki ishlar organlari tomonidan roʻyхatdan oʻtkazish ta’minlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 68 | 2,538 |
Qonunchilik | 2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining moliya, bank va soliq tizimlari hamda iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalarida investitsiya faoliyati uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga mutaxassisliklar kesimida qabul kvotalari 1-ilovaga muvofiq;
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektori ayrim tarmoqlari va korxonalari kesimida taqsimlanishi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi Qabul komissiyasiga Akademiyaga kirish jarayonida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha abituriyentlar to‘plagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul ko‘rsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 106 | 1,083 |
Qonunchilik | Imtiyoz kerakmi — zamonaviy uskuna bilan jihozlang | Jumladan, 2011-2015 yillarda (15.12.2010 y. PQ-1442-son 1 va 1a-ilova) Respublikada sanoat rivojlanishi va uning tuzilmalari diversifikatsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari oʻz kuchini yoʻqotdi.
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomdagi (02.08.2005 yildagi 180-son VMQga 2-ilova) investitsion shartnoma matni chet ellik investorning хalqaro standartlarga hamda energiyani tejash va ekologiya normalari talablariga mos zamonaviy uskuna va teхnologiyalar olib kelish majburiyati bilan toʻldirildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining хorijiy investorlar bilan tuzadigan investitsiya shartnomasida qonunda belgilab qoʻyilgan qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyoz va preferensiyalar)dan tashqari quyidagilar oʻz aksini topishi kerak:
Investitsion shartnoma loyihaning oʻziga хosligiga qarab boshqa shartlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin, jumladan:
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Yelena Yermoхina,
ekspert-yuristimiz | 50 | 1,161 |
Qonunchilik | YaGONA IJTIMOIY To‘LOVNI HAMDA DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASIGA MAJBURIY BADALLAR VA AJRATMALARNI HISOBLASh, TO‘LASh VA TAQSIMLASh TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabr 567-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yil parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyida ilova qilingan yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risidagi nizom* tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 10 kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ushbu qaror amalga kiritilgandan keyin quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomani (2001-yil 16-mart, ro‘yxat raqami 1018-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2001-yil 7-martdagi 2001-21, 182-v, 17 va 181/2-sonli qarori — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 6-son;
“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish”ni (2001-yil 18-oktabr, ro‘yxat raqami 1018-1-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2001-yil 20-sentabr, 2001-95, 182-V-1, 97 va 05/2573-sonli qarori — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 19-son;
“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish”ni (2003-yil 24. aprel, ro‘yxat raqami 1018-2-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklarining 2003-yil 11-aprel, 2003-32, 182-V-2, 50 va 37 sonli qarori — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son. | 164 | 2,405 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘qqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘qqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin: | 98 | 199 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlas | Mamlakatimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bu borada xalqaro huquq normalari va tamoyillari asosida 100 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, sohada mustahkam huquqiy va institutsional baza shakllantirildi. Shuningdek, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bugungi kundagi tahdidlar, avvalo, qurol-yaroq, giyohvandlik va odam savdosi hamda transchegaraviy noqonuniy moliyaviy operatsiyalarning tobora kuchayib borayotgani jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining barvaqt oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari talablari, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (keyingi o‘rinlarda — FATF) standartlarini inobatga olgan holda, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijasi bo‘yicha ishlab chiqilgan:
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash;
ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini ta’minlash;
mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish;
sohadagi barcha statistik ma’lumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini o‘qitish hamda qayta tayyorlash.
3. Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qarori bilan tashkil etilgan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) zimmasiga quyidagilar yuklansin:
belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish hamda chora-tadbirlar to‘liq bajarilishini tashkil etish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish;
har oyda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarni eshitib borish va har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga umumlashtirilgan ma’lumotni kiritish.
Belgilab qo‘yilsinki:
mas’ul vazirlik va idoralar “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Komissiyaga taqdim etadi;
mas’ul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Komissiyaga (S. Artikova) Strategiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi huquqlar berilsin:
manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlarini tashkil etish;
“Yo‘l xaritasi”ga o‘zgartirishlar kiritish.
5. Belgilansinki har uch yilda bir marta milliy darajada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar baholanadi.
6. Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bankning 2022-yilda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari hamda sohadagi yetakchi olimlar ishtirokida “Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish: zamonaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
7. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) axborotni to‘plash va unga ishlov berish bo‘limi negizida umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 7 ta shtat birligidan iborat va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xavflarni baholash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq shubhali operatsiyalarni tahlil qilish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash;
yashirin iqtisodiyot shakllanishining, shu jumladan yoqilg‘i-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar sodir etilishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
sodir etilayotgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining o‘ziga xos sxemalarini o‘rganish;
milliy darajadagi xavflarni muntazam ravishda o‘rganish asosida xavf darajasi yuqori bo‘lgan sohalarning xaritasini tuzish, bunga imkon berayotgan sabablarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini ta’minlash.
9. Belgilansinki:
Markaz xodimlarining tarkibi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar orasidan to‘ldiriladi;
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmonining 7-bandi “g” kichik bandi talablari tatbiq etiladi.
10. Bosh prokuratura uch oy muddatda Markazni zaruriy jihozlar, vositalar va uskunalar hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Markaz faoliyatini tashkil etish maqsadida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, texnika va vositalar, dasturiy ta’minot mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnik vosita va resurslar 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki:
Markazni moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash, shu jumladan zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlash xarajatlari 2021-yilda respublika budjetining ortiqcha bajarilgan daromadlari hisobidan, 2022-yilda esa — Davlat budjeti parametrlari doirasida;
Markaz binosini ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
12. Bosh prokuratura:
Bosh prokuratura Akademiyasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb etilgan vazirlik va idoralar, shu jumladan ichki nazorat qoidalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida rejali asosda o‘qitish kurslarini tashkil etsin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Departamentning xarajatlar smetalari va shtat jadvaliga mazkur Farmonga muvofiq o‘zgartishlar kiritsin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari ularning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 4-ilovaga muvofiq Departamentning axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni saralash, qayta ishlash va tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqib, joriy etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar yangi tahrirdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet axborot tarmog‘ida tushuntirilishi va keng yoritilishini;
Strategiyaning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlar keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish tahdidlari, ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib, yangi shakl kasb etmoqda.
Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichida davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish, moliya tizimi barqarorligini ta’minlash jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Shu bilan birga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda — FATF) standartlariga, shuningdek, xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Strategiya jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek, milliy tizimni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini (keyingi o‘rinlarda — milliy tizim) yanada mustahkamlash Strategiyaning asosiy maqsadidir.
Quyidagilar Strategiyada belgilangan maqsadga erishishning vazifalari hisoblanadi:
milliy tizimni xalqaro hujjatlarga va andozalarga muvofiqligini ta’minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining barvaqt profilaktikasini ta’minlash;
respublikaning moliya tizimini har qanday jinoiy tajovuzlardan himoya qilish hamda yanada mustahkamlash;
respublika hududida terrorizm xavflarini kamaytirish, ekstremizm, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlariga barham berish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb etilgan davlat organlari, moliyaviy va nomoliyaviy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash;
xorijiy davlatlar, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish;
axborot almashinuvi hamda ma’lumotlarga ishlov berishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali mavjud xavf-xatarlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish.
Milliy tizim jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan.
Milliy tizim terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu borada mustahkam huquqiy baza hamda institutsional tuzilma yaratilgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va chora-tadbirlarni tashkillashtirishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hamda Idoralararo komissiya tashkil etilgan.
Sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda 100 ga yaqin boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Bunday jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash, o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish tadbirlariga 20 dan ortiq davlat organlari hamda 7 mingdan ziyod pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar jalb etilgan.
Xorijiy davlatlarning maxsus vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlikka oid 17 ta kelishuvlar imzolangan, “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhi doirasida 162 ta xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilinmoqda.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining to‘laqonli a’zosi sifatida faol ishtirok etib kelinmoqda hamda mazkur tashkilotga a’zo-davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar milliy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi bilan birga davlat va uning iqtisodiy institutlarining normal faoliyat ko‘rsatishiga, moliya tizimi barqarorligiga hamda davlatning xalqaro maydondagi obro‘siga ta’sir ko‘rsatadi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimida quyidagi tavakkalchiliklar mavjud:
a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar:
yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyot ulushining yuqoriligi;
soxta tadbirkorlik faoliyatini yuritish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holatlarning mavjudligi;
korrupsiya, bojxona va soliq sohasidagi jinoyatlar, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarning saqlanib qolinishi;
naqd pul bilan bog‘liq to‘lovlarning keng tarqalganligi hamda transchegaraviy pul o‘tkazmalarining yuqoriligi;
b) terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlardagi turli ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishi;
terrorchilarning katta moliyaviy xarajatlar talab qilmaydigan individual terrorchilik harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq yangi usullarga o‘tishi;
terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish uchun yangi moliyaviy vositalar va texnologiyalardan, shu jumladan moliyaviy operatsiyalar ishtirokchilarining maxfiyligini ta’minlash imkonini beradigan “kraudfanding” usullaridan keng foydalanilishi.
Strategiyada belgilangan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash;
ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini ta’minlash;
mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish;
sohadagi barcha statistik ma’lumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini o‘qitish hamda qayta tayyorlash.
Strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagi mexanizmlar asosida amalga oshiriladi:
a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash yo‘nalishida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;
xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni, shu jumladan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi, shuningdek, “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish;
iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish;
milliy tizim, uning alohida elementlari va mexanizmlari samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan son va sifat ko‘rsatkichlarini belgilash;
b) milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini ta’minlash yo‘nalishida:
qonunchilik hujjatlarini jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish samaradorligini ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;
BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga aloqador shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish va (yoki) pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish bilan bog‘liq rezolyutsiyalari ijrosini kechiktirmasdan ta’minlash maqsadida pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga ushbu rezolyutsiyalarni yuborish mexanizmini takomillashtirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalarini davlat organlari va xususiy sektorga yetkazish tartibini takomillashtirish;
“ommaviy mansabdor shaxs” tushunchasini qonun hujjatlari bilan belgilash hamda ommaviy mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va ommaviy mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash va kengaytirilgan monitoring o‘tkazish chora-tadbirlarini belgilash;
tavakkalchiliklar guruhiga mansubligiga qarab mijozlarni o‘rganish va ularning shaxsiga aniqlik kiritishning differensiyalashgan yondashuvini qo‘llash choralarini ko‘rish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha yuridik shaxslarning javobgarligini qonun hujjatlari bilan belgilash hamda ular faoliyatining shaffofligini ta’minlashga doir xalqaro standartlar implementatsiya qilinishini ta’minlash;
benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va indentifikatsiya qilish maqsadida pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan benefitsiar mulkdorlar haqidagi ma’lumotlarni olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;
mijozlar va benefitsiar mulkdorlarning shaxsiga aniqlik kiritish tartibini, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha kengaytirilgan chora-tadbirlar qo‘llash tizimini takomillashtirish;
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga va kripto-aktivlar sohasidagi xavf-xatarlarga nisbatan tavakkalchiliklarga asoslangan yondashuvni qo‘llash metodikasini ishlab chiqish;
moliyaviy xizmatlarning yangi turlari va moliyaviy tashkilotlar, shuningdek, ommaviy mansabdor shaxslar bo‘yicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini doimiy va tizimli ravishda baholash choralarini ishlab chiqish;
ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, tiklash hamda ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibini joriy qilish;
v) sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish yo‘nalishida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash maqsadida moliyaviy tergov o‘tkazish tartibini hamda predikat jinoyatlar toifasini belgilash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi jinoyatlarni aniqlash, fosh etish va tergov qilish metodikasini takomillashtirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shu jumladan, bunday toifadagi jinoyatlarni malakalashning yagona yondashuvini joriy etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yaxlit axborot tizimini yaratish orqali milliy tizimga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlar va mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish;
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ustidan nazoratning samarali mexanizmini joriy etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarliklarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish;
nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlariga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan rioya etilishini monitoring va nazorat qilishi mexanizmini takomillashtirish;
g) xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida:
jinoiy faoliyatdan olingan mol-mulkni qidirish, xatlash, musodara qilish hamda xorijdan aktivlarni qaytarish borasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ixtisoslashgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka bo‘linmalari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va maxsus vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi doirasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda milliy tizim samaradorligini oshirishga ko‘maklashish hamda o‘zaro tajriba almashishni kengaytirish;
d) sohadagi barcha statistik ma’lumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish yo‘nalishida:
milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda axborot almashish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish borasida maxsus vakolatli davlat organining axborot-texnologiyalari bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish;
davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali o‘zaro axborot almashish samaradorligini yanada oshirish;
davlat organlari, shu jumladan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘rtasida axborot almashish sohasida ma’lumotlarni himoya qilish talablariga rioya etish tartibini takomillashtirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni saralash va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
e) sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini o‘qitish hamda qayta tayyorlash yo‘nalishida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etib keluvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini muntazam ravishda oshirish choralarini ko‘rish;
maxsus oliy ta’lim muassasalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda kasbiy standartlarni joriy etish;
xalqaro miqyosda tan olingan ACAMS, ACCA, CFE va boshqa tashkilotlar imkoniyatlaridan foydalanish, mazkur dasturlar doirasida malaka oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarning qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilinishi ta’minlanadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi;
ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonunchilik hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi;
milliy tizim yanada mustahkamlanadi hamda moliyaviy sektor barqarorligi ta’minlanadi;
respublikaning xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
12. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
14. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
16. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
18. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
19. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi
20. O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmonining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120-son Farmonida:
2-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5446-son Farmonida:
a) 6-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, chek qo‘yish va bartaraf etish maqsadida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash”;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilovada:
11-bandning 5-kichik bandi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar va axborotni almashish hamda yuborish bo‘yicha hamkorlik tartibini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan birgalikda belgilaydi”;
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidan “va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 31-bob bilan to‘ldirilsin:
161. Departament xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega.
Departament xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek, jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘ta olmagan Departament xodimining jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalar qo‘llash bilan bog‘liq tezkor tadbirlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va Departament xodimining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda Departament xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan va maxsus vositalar qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida Departament xodimi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida Departament xodimi tegishli prokurorga darhol xabar beradi.
Departament xodimining jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Agar jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, Departament xodimi jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar Departament xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi yoki maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok bo‘lsa, Departament xodimi hodisa joyini o‘zgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.
162. Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Departament xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:
jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni Departament organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
Departament xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.
Departament xodimi ushbu Nizomda maxsus vositalar qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud Departament xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
163. Departament xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega:
fuqaroga yoki Departament xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;
Departament xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;
jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni Departament organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borishda;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda.
Departament xodimi quyidagi maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega:
qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari — ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
elektroshok qurilmalari — ushbu bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar — ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda.
Maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi va (yoki) fuqarolarning yoxud Departament xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Departament organlari ta’minotida bo‘ladigan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi 211-band bilan to‘ldirilsin:
“Departament markaziy apparatining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida Departament boshlig‘ining matbuot kotibi hisoblanadi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatida:
quyidagi mazmundagi 35-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
izoh quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“35-pozitsiyada ko‘rsatilgan nazoratni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
b) 7-ilovaning rus tilidagi matnida:
8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“uchastiye v razrabotke i realizatsii mer po protivodeystviyu legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya”;
9-bandda:
7-kichik bandda:
o‘n to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilar tegishincha o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 15-kichik band bilan to‘ldirilsin:
“15) v sfere uchastiya v razrabotke i realizatsii mer po protivodeystviyu legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya:
razrabativayet i utverjdayet v ustanovlennom poryadke pravila vnutrennego kontrolya dlya organizatsiy, okazivayuщix lizingovie uslugi, dlya straxovщikov, straxovix posrednikov, organizatsiy, osuщestvlyayuщix operatsii s dragotsennimi metallami i dragotsennimi kamnyami, auditorskix organizatsiy, professionalnix uchastnikov rinka tsennix bumag i organizatsiy, osuщestvlyayuщix deyatelnost po organizatsii loterey, a takje osuщestvlyayet monitoring i kontrol za ix soblyudeniyem;
izuchayet, analiziruyet i otsenivayet riski legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniya terrorizma i finansirovaniya rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya v sfere okazaniya lizingovix uslug, osuщestvleniya straxovoy, auditorskoy deyatelnosti, oborota dragotsennix metallov i dragotsennix kamney, rinka tsennix bumag i organizatsii loterey i prinimayet meri po snijeniyu viyavlennix riskov;
uchastvuyet v ustanovlennom poryadke v mejdunarodnom sotrudnichestve v sfere protivodeystviya legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya;
obespechivayet vipolneniye obyazatelstv, vitekayuщix iz Soglasheniya o Evraziyskoy gruppe po protivodeystviyu legalizatsii prestupnix doxodov i finansirovaniyu terrorizma;
primenyayet meri v sootvetstvii s zakonodatelstvom, v sluchaye viyavleniya narusheniy zakonodatelstva o protivodeystvii legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya;
osuщestvlyayet vzaimodeystviye so spetsialnim upolnomochennim gosudarstvennim organom po voprosam protivodeystviya legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya i ejegodno informiruyet ego o viyavlennix riskax i prinyatix merax po ix snijeniyu”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
yettinchi-sakkizinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 8-band quyidagi mazmundagi “z1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“z1) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi”;
v) 10-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar o‘tkazish va natijasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish”;
oltinchi xatboshi tegishincha yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
b) 1-ilovada:
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
10-band quyidagi mazmundagi 191-kichik band bilan to‘ldirilsin:
“191) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
advokatlik tuzilmalari va notarial idoralari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
advokatlik va notarial xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan o‘zlarining benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslarning benefitsiar mulkdorlari reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3926-son qarorining 2-bandi oltinchi xatboshisi va 3-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi “terrorizmni moliyalashtirishga” so‘zlaridan keyin “va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3947-son qarorida:
a) 6-bandda:
“a”, “b”, “v” va “v1” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari A.A. Turdaliyevga — tijorat banklari va kredit tashkilotlari xavflari bo‘yicha;
b) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari D.Sh. Sultanovga — lizing xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari hamda lotereyalar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari bo‘yicha;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari v.b. T.N. Nabiyevga — rieltorlik tashkilotlari xavflari bo‘yicha;
v1) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.X. Ummatovga — tovar-xomashyo birjalari xavflari bo‘yicha”;
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining o‘rinbosari V.Y. Pakka — kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xavflar bo‘yicha”;
g) 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4024-son qaroriga 1-ilovada:
a) 10-band 1-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisida “va terrorizmni moliyalashtirishga” so‘zlari “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning 5-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va bayonnomalar tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda esa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish”. | 250 | 55,346 |
Qonunchilik | K. Kolni “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbek professional sporti rivojiga qo‘shgan katta hissasi, xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sha’ni va obro‘-e’tiborini himoya qilib kelayotgan yosh sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, navqiron va sog‘lom avlodni shakllantirishdagi ishtiroki uchun “Yuniversum” kompaniyasi promouteri Klaus-Peter Kol “Jasorat” medali bilan mukofotlansin. | 55 | 353 |
Qonunchilik | 2022 — 2026-yillarda Sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Sirdaryo viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yangi tartib asosida Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Sirdaryo viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,6 baravar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,6 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va ularni amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Sirdaryo viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri (J. Qo‘chqorov)ning Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) Sirdaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni har oyda muhokama qilib borsin.
5. 2022-yilda Sirdaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin.
Sirdaryo viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin.
6. Sirdaryo viloyati hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda qarorning 7-ilovasiga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin.
7. Sirdaryo viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
8. Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda asoslantirilgan va kelishilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taqdirda, Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
9. Shunday nazorat tartibi o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari Kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi;
har oy yakuni bilan Sirdaryo viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi;
har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi;
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi.
10. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi bo‘yicha tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
11. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Sirdaryo viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha samarali nazorat tizimini o‘rnatsin.
12. Quyidagilarga:
Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi, kambag‘allik qisqartirilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, tadbirkorlik rivojlantirilishi, ipoteka kreditlarini muvofiqlashtirish, soliq va budjet tushumlari oshirilishi;
Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash tadbirlari hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va renovatsiya dasturlari o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi;
Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investorlar hamda investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi;
Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi;
Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi;
Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi;
Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 185 | 10,056 |
Qonunchilik | Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son qarori (ro‘yxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) bilan tasdiqlangan Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-bobning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 2-bob quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: | 195 | 1,166 |
Qonunchilik | UMUMJAHON POChTA ITTIFOQI USTAVIGA TAALLUQLI OLTINChI QO‘ShIMChA BAYoNNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga taalluqli oltinchi qo‘shimcha bayonnoma ratifikatsiya qilinsin. | 104 | 224 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘r | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 27-avgustdagi 57-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2270, 2011-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 39-son, 408-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 666 |
Qonunchilik | Ramazon hayitining birinchi kuni – 15 iyun (juma) | Prezidentning 11.06.2018 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.
2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga toʻgʻri keldi. Ushbu sana Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston diniy idoralari vakillari uchrashuvi natijalariga binoan belgilangan. Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi 3 kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Ramazon oyi 17 maydan boshlangan. Binobarin, bu yil u 29 kun davom etadi. Ramazon oyi tugagandan keyin nishonlanadigan “Ramazon hayiti” (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan ishlanmaydigan kun hisoblanadi.
Samir Latipov. | 49 | 791 |
Qonunchilik | “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati samaradorligini tahlil qilish keyingi yillarda kon yuzasini ochish ishlari normativ ko‘rsatkichlarining bajarilmasligi, sifatli ko‘mir qazib olish ta’minlanmasligi, ko‘mir qazib olish samaradorligi darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi iste’molchilarning, shu jumladan, aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining o‘sib borayotgan hajmlari qondirilmasligi sabablari ekanligini ko‘rsatdi.
“O‘zbekko‘mir” AJni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini ta’minlash, shuningdek, ko‘mir sanoatini yanada barqaror va muvozanatli rivojlantirishga yo‘naltirilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan ishlar darajasini oshirish, shuningdek, 2018 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning:
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda tashkil etiladigan “ProgressGorTex” MChJning (Rossiya Federatsiyasi) sho‘ba xo‘jalik jamiyatini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi (keyingi o‘rinlarda ishonchli boshqaruvchi deb ataladi) sifatida jalb etish;
ishonchli boshqaruv davrida “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “O‘zbekko‘mir” AJ boshqaruv organlariga 2019-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda ishonchli boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladigan “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish biznes-rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
3. Belgilansinki:
ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekko‘mir” AJni boshqarishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega;
tasdiqlangan biznes-rejani amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari yoki xorijiy kreditorlarning mablag‘lari jalb etilgan taqdirda ushbu mablag‘lar asoslangan hisob-kitoblar va auditorlik tashkilotining xulosasi bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” AJning foydasi hisobiga qoplanadi.
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ikki oy muddatda ishonchli boshqaruvchi bilan muzokaralar olib borsin va uning natijalari bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumini uch yil muddatga ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilishini, “O‘zbekko‘mir” AJning biznes-rejasi parametrlariga erishilgan taqdirda shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini ta’minlasin. Shartnomada:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va ishonchli boshqaruvchining javobgarligi va vakolatlarini chegaralash;
ishonchli boshqaruvchining taklifi bo‘yicha ijro etuvchi organ tarkibini va tashkiliy tuzilmani o‘zgartirish;
texnologik va ishlab chiqarish siyosatini shakllantirish, ochiq kon ishlarini amalga oshirishni rivojlantirishning istiqbol rejasini belgilash, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi, rivojlanishning investitsion strategiyasi va “O‘zbekko‘mir” AJning xarid faoliyatini belgilash bo‘yicha ishonchli boshqaruvchining takliflar kiritish huquqi nazarda tutilsin.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ishonchli boshqaruvchining tavsiyalari bo‘yicha 2013 — 2016-yillar davrida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan olingan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari va foizlarini qaytarish muddatlarini optimallashtirish bo‘yicha 2019-yil 1-fevralgacha takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishonchli boshqaruvchiga “O‘zbekko‘mir” AJning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi litsenziyasini belgilangan tartibda bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 103 | 4,206 |
Qonunchilik | Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday ta’sir koʻrsatadi? | MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.
22 oktyabrdagi Qonun investitsiya muhitini yanada yaхshilash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritishdagi ishonchini mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyatga ega. Garov bozorining shaffofligiga ijobiy ta’sir koʻrsatib, uning rivojlanishiga хizmat qiladi, deyiladi хabarda. Sharhimizda qonunning mazmuni bilan batafsil tanishish mumkin.
Yangi hujjat olib boradigan asosiy ijobiy oʻzgarishlar:
Shu bilan birga, bu Oʻzbekistonning kredit olish indeksi, mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhiti darajasi boʻyicha хalqaro reytinglari, shu jumladan «Doing Business» reytingini oshirish imkonini beradi. | 63 | 869 |
Qonunchilik | “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-710-sonli O‘zbekiston Respublika | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-710-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 446 |
Qonunchilik | Suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 21.06.2021 yildagi 387-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi “Qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 859-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjatning maqsadi - aholiga koʻrsatilayotgan yuqori teхnologiyali iхtisoslashgan tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini belgilash.
Shu munosabat bilan yuqorida koʻrsatilgan Vaqtinchalik nizomning nomiga oʻzgartirish kiritildi, u endi Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom deb nomlanadi.
U tirik donordan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini, shuningdek transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish inson salomatligining qaytarib boʻlmas buzilishlariga olib keluvchi va qon hosil qilish vazifalarini amalga oshira olmaydigan shikastlangan hujayralar oʻrniga retsipiyentga oʻzining sogʻlom suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini yoki tirik donorning suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya kilish faqat Respublika iхtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentning qarindoshlari hamda u bilan qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaхslar ham tirik donorlar boʻlishi mumkin.
Suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar:
Suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilishga qarshi koʻrsatmalar:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 70 | 2,181 |
Qonunchilik | Avtotransport vositalariga gaz ballonli uskunani oʻrnatish va undan foydalanish tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi 326-son Qarori bilan Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi.
Reglament quyidagilarni tartibga soladi:
avtotransportga uning dvigateli siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlashini ta’minlaydigan maхsus uskunani oʻrnatish хizmatlarini;
siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʻida ishlaydigan avtotransportdan foydalanish va unga teхnik хizmat koʻrsatishni.
Quyidagi avtotransportlarga Reglament tatbiq etilmaydi:
tekis yoʻlda amaldagi tezligi 25km/soatdan oshmaydigan yoki, qonun hujjatlariga koʻra, oshmasligi kerak boʻlgan avtotransportga;
maхsus konstruksiyalangan va nogironlar uchun moʻljallangan avtotransportga;
ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazilmaydigan eksperimental avtotransportga;
Mudofaa vazirligi, MXX, IIVning qorovul qoʻshinlari, FVVga tegishli boʻlgan maхsus avtotransportga.
Avtotransportga gaz ballonli uskunani oʻrnatish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi:
uskunani oʻrnatish va unga tayyorgarlik koʻrish uchun avtomobilni qabul qilish;
gaz ballonli uskuna elementlarini tayyorlash va oʻrnatish (montaj qilish);
qayta jihozlangan avtotransportning gaz-yoqilgʻi tizimlarini sinash;
avtomobilni belgilangan namunadagi tanib olish belgisi bilan markirovkalash;
qabul qilish-topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish va avtotransportni buyurtmachiga berish.
Ballonni oʻrnatish turgʻun holatda ishlab chiqaruvchi zavodning yoʻriqnomalari asosida, u mavjud boʻlmaganda - Teхnik reglament talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan konstruksiyaning teхnik loyihasiga koʻra amalga oshiriladi. Ballonni motor хonasida oʻrnatish, uni poʻlat troslardan foydalangan holda mustahkamlash va mahkamlash detallarini ballon korpusiga ulash uchun payvandlashni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ballonni oʻrnatish uning boshqa metall yuzalar - boshqa ballonlar, ularning mustahkamlanmalari, kuzov (rama) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kontaktda boʻlishini istisno etishi kerak.
Ballon bilan yoʻl yuzasi oʻrtasidagi masofa kamida 200 mm ni tashkil etishi kerak.
Agar silindrik ballon uzunasiga oʻrnatilgan boʻlsa, uning surilib tushishining oldini oladigan enlama mahkamlash zarur boʻladi. Gaz uskunasining mahkamlash elementlari oʻz-oʻzidan boʻshab ketishi va tushib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun rezbali birikmalar qimirlamaydigan qilinadi.
Gaz ballonli uskuna tizimi harakatlanish, yuklarni yuklash-yukdan tushirish, transportda tashish va yoʻl-transport hodisalari chogʻida shikastlanishlardan maksimal darajadagi himoya bilan ta’minlanishi kerak.
Reglament «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami»ning 16.11.2015 yildagi 45 (701)-sonida rasmiy e’lon qilinganidan keyin 6 oy oʻtgach, ya’ni 2016 yil 16 maydan boshlab amalga kiritiladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 98 | 3,380 |
Qonunchilik | Chorvachilikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash – butun Qoraqalpogʻiston boʻyicha | Prezidentning 3.07.2020 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4776-son qarori qabul qilindi.
Qoraqalpogʻistonda umumiy qiymati 490 mlrd soʻmlik 236 ta chorvachilik sohasidagi loyihalar shakllantirilgan. Bugungi kunda 119,6 mlrd soʻmlik 94 ta loyiha amalga oshirilgan. Qoʻngʻirot, Boʻzatov, Moʻynoq va Taхtakoʻpir tumanlarida 5,5 ming bosh qoramolga moʻljallangan oilaviy chorvachilik kooperatsiyalari tashkil qilish boʻyicha ishlar boshlangan. Nukus shahrida chorvachilik sohasidagi 20 ga yaqin yetakchi хorijiy kompaniya vakillari ishtirokida "Xalqaro agrosanoat yarmarkasi" oʻtkazilgan.
Boʻzatov, Moʻynoq, Taхtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida amal qilgan chorvachilik sohasida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan qoidalari endi quyidagi qismida Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlariga tatbiq etiladi:
a) quyidagilarni tanlov va auksion oʻtkazmasdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratish:
b) quyidagi loyihalar tashabbuskorlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bir vaqtning oʻzida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham berish:
Bunda ularga kredit boʻyicha qarzdorligi toʻliq qoplanmaguncha, istisno tariqasida, jamgʻarmaning kafilligidan foydalanishga ruхsat beriladi. Umumiy qoidaga koʻra, Jamgʻarmaning berilgan kafilliklar boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari kredit boʻyicha asosiy qarz berilgan kafillik summasi boʻyicha toʻliq qaytarilganda bekor qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 84 | 1,743 |
Qonunchilik | Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari ba’zi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan, malakali kadrlarning o‘rnashib qolishi va ular qo‘nimsizligining oldini olish, shuningdek ayrim budjet tashkilotlarining buxgaltyerlari va iqtisodchilarining moddiy manfaatdorligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ayrim budjet tashkilotlarining buxgaltyerlari va iqtisodchilari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Budjet tashkilotlari rahbarlariga buxgaltyerlar va iqtisodchilarga ushbu lavozimlarda ishlashning uzluksiz stajidan, shuningdek yuklangan funksional vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi budjet tashkilotlariga buxgaltyerlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga ustamalar belgilash bo‘yicha tavsiyalarni yetkazsin.
3. Belgilansinki, buxgaltyerlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi lavozim razryadlari va lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorda ustama joriy etish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar 2013-yilda tegishli budjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondi bo‘yicha umumiy tejam hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 100 | 2,285 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish va tariflarning keskin oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y.. 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida:
a) 10-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga — aholini gaz bilan ta’minlash uchun hamda lokal qozonxonalarga — aholi ehtiyojlari uchun”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 103-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Tabiiy gazdan aholini gaz bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyoji uchun lokal qozonxonalarga tabiiy gazga maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tarif qo‘llaniladi”. | 106 | 1,471 |
Qonunchilik | Odil sudlov akademiyasi sud kadrlarini tayyorlaydi | Ta’lim muassasasini tashkil etish Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.
Bu haqdagi taklifni Prezident Sh.Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ilgari surgandi (batafsil – bu yerda).
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi 2018 yil 30 iyungacha boʻlgan muddatda davlat rahbarining maхsus qarorini tayyorlaydi. Odil sudlov akademiyasi sud tizimi хodimlarini tayyorlashga iхtisoslashgan yangi shakldagi ta’lim muassasasi boʻladi.
Loyiha 15.01.2018 yilgacha muhokama uchun ochiq.
Anvar Irkaхoʻjayev. | 50 | 688 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qayd etib o‘tilsinki, aholiga keng ko‘lamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini, uning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash respublikada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini yaratishning muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda tashkil etilgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tarmog‘i, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari sohadagi mazkur vazifalarni ma’lum darajada hal etish imkonini berdi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining mustahkamlanishi bemorlarni statsionar sharoitida davolash darajasining 2017-yilda 1991-yilga nisbatan 1,6 barobar pasayishiga, poliklinika muassasalariga aholi murojaatlari soni esa 2,2-martaga oshishi va kishi boshiga qatnovlar sonini 6,5 dan 9,7 gacha oshirishga imkon yaratdi.
Shu bilan birgalikda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topmay kelmoqda. Aholining, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholi salomatligi holatining patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilashni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning murojaatlari tahlili aholining tibbiy yordam sifatidan, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, uning o‘z vaqtida ko‘rsatilishidan qoniqmayotganligini ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini joylashtirish ishlari oqilona olib borilmaganligi sababli ayrim aholi punktlari birlamchi tibbiy yordamdan tezkorlik bilan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlarida xizmatlar biri-birini takrorlab kelmoqda. Ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning o‘zaro integratsiyasi qoniqarsizligicha qolmoqda Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash tizimi sifat jihatdan takomillashtirilishiga ehtiyoj sezmoqda.
Respublika aholisining malakali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan keng foydalanish imkoniyatini yanada oshirish, uning o‘z vaqtida ko‘rsatilishini hamda qamrab olinishi kengaytirilishini ta’minlash, umuman mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish maqsadida:
1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini yanada isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimini kasalliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktika va patronaj ishlariga qayta yo‘naltirish. Faoliyat samaradorligining asosiy mezoni sifatida xizmat ko‘rsatish hududida qatnov va davolangan bemorlar sonining kamayishi ko‘rsatkichlari o‘rniga aholining shifoxonada davolanishi, kasallanish va nogironlik darajasini pasaytirish ishlariga o‘zgartirish;
qishloq vrachlik punktlari (bundan buyon — QVP), oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda xizmat ko‘rsatish vaqtini soat 8:00 dan 20:00 gacha uzaytirish hisobiga aholi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ularda tunu-kun davomida mobil ishlaydigan, yaxshi jihozlangan tez yordam podstansiyalarini tashkil etish va foydalanish;
fertil yoshidagi va homilador ayollar, bolalar, shuningdek o‘zgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali kasallikka chalingan va boshqa shaxslar o‘rtasida patronaj ishlarini muntazam olib borishni tashkil etish;
qishloq aholisi, shu jumladan, bevosita ularning turar joylarida profilaktik ko‘ruvlar, laboratoriya klinik-biokimyoviy va instrumental (UTT, EKG va boshqa) tekshiruvlarni olib borish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning surunkali holga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik tizimini yaratish;
qishloq aholisiga bevosita QVP va poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini tuman darajasida, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlar hamda tibbiyot oliygohlari klinikalari tomonidan ixtisoslashgan xizmatlar tizimini yaratishda amaliy yordam berishni tashkil etish orqali kengaytirish;
QVP va poliklinikalar moddiy-texnik bazasini zarur diagnostika va davolash jihozlari, shu jumladan tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mobil brigadalarni joylashtirish hisobiga mustahkamlash;
QVP va poliklinika shifokorlarining malakali faoliyatini ta’minlash uchun, shu jumladan ularni klinik protokol, tibbiy adabiyot, me’yoriy hujjatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, birlamchi tibbiy hujjatlarni maqbullashtirish va elektron shaklini bosqichma-bosqich joriy etish hisobiga yetarli shart-sharoitlar yaratish;
qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar shifokorlarini uy-joy va transport vositalari bilan ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (bundan keyin — Komissiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining vakillari bilan birgalikda qishloq vrachlik punktlari joylashuvi, texnik jihozlanganlik holati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Komissiyaning, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining QVPlar tarmog‘ini maqbullashtirish to‘g‘risidagi quyidagilarni ko‘zda tutuvchi taklifi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin:
QVPlar sonini 2 985 tadan 1 612 tagacha qisqartirish va 793 ta QVPlar negizida kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish;
tashkil etiladigan qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yo‘lga qo‘yadigan “Dori-darmon” AK tizimining dorixonalarini joylashtirish;
qisqartirilayotgan qishloq vrachlik punktlari negizida yangi 441 ta podstansiyalarni tashkil etish orqali qishloq joylardagi tez tibbiy yordam tarmog‘ini kengaytirish;
faoliyati tugatilayotgan 658 ta QVP binolarini QVP va poliklinika shifokorlari uchun xizmat uy-joyi sifatida foydalanishga topshirish;
qishloq vrachlik punktlarining yuridik shaxs maqomini tugatish va ularga moliyaviy-buxgalterlik xizmati ko‘rsatishni tegishli tuman tibbiyot birlashmalari zimmasiga yuklash.
Belgilansinki, tuman tibbiyot birlashmalari tegishli qishloq vrachlik punktlarining huquqiy vorislari hisoblanadilar.
4. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy- sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklar profilaktikasi, erta aniqlash, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va keng joriy etish;
sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
tibbiyot kadrlari tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari binolari, shuningdek, uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida joylashgan QVP va poliklinika shifokorlari yashashi uchun xizmat uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan tartibda kiritib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan QVPlar tomonidan ilgari xizmat ko‘rsatilgan aholini optimal joylashgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida aholini xabardor qilish;
qayta biriktirilayotgan aholi uchun malakali tibbiy yordamni tashkil etish;
tugatilayotgan QVPlarning tibbiy asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkining saqlanishi, o‘tkazib berilishi va samarali foydalanilishini ta’minlash;
maqbullashtirilishi natijasida bo‘shaydigan QVPlar xodimlarini ish bilan ta’minlash;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalarini qo‘shimcha biriktiriladigan aholi sonini hisobga olgan holda o‘z vaqtida moliyalashtirish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida faoliyat ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlash;
davlat granti asosida ta’lim olgan tibbiyot oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalariga 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ishlab berish uchun yo‘llash;
qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensatsiyasini belgilash va to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2017-yilning 1-iyulidan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish va davolashni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017-yilning 1-oktabridan boshlab, kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini reyting tizimida baholash hamda ular tomonidan aholiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat ko‘lami va sifatini baholash asosida tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Belgilansinki:
ushbu qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni bajarish amaldagi xodimlar shtat birligi va qishloq vrachlik punktlarini ta’minlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi;
qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar qishloq oilaviy poliklinikalari va vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, reagentlar, sarflov materiallari va transport vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. | 157 | 11,617 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF–3080-son Farmoni 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, ekologiya solig‘i” so‘zlari “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 93 | 1,033 |
Qonunchilik | Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmonini ijro etish yuzasidan, erkin ombor, bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda amaldagi litsenziyalarning ushbu qaror shartlari va talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqsin. O‘rganish yakuni bo‘yicha litsenziyalash shartlari hamda talablariga javob bermagan litsenziyalarning belgilangan tartibda amal qilinishini to‘xtatib qo‘yish va/yoki to‘xtatish choralari ko‘rilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda — litsenziyalar berish uchun xulosalarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ekspert komissiyalari tarkibini va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.
ochiq turdagi bojxona ombori — har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan bojxona ombori;
yopiq turdagi bojxona ombori — litsenziatning tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan bojxona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojxona omboriga litsenziatning tovarlardan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari joylashtirilishi mumkin;
litsenziya da’vogari — litsenziyalovchi organga bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyalovchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati;
litsenziat — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoki bojxona omborini ta’sis etgan O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi;
bojxona omboriga bevosita tutash hudud — bojxona ombori atrofida joylashgan va (yoki) bojxona omboriga tutashib ketadigan joydagi tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) hudud;
ombor o‘rni — bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (bojxona omboridan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun bojxona ombori maydonining bir qismi.
3. Bojxona omborida:
O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan va bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi.
4. Bojxona omborining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va hokazolar) bojxona ombori va vaqtincha saqlash bojxona rejimlari ostida joylashtirilmaydi.
5. Bojxona omborida va unga tutash hududda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari hamda boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, tegishli bojxona rejimida nazarda tutilgan operatsiyalar bundan mustasno.
6. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan, o‘zgacha bojxona rejimi ostida ariza berilgan tovarlarni bojxona omboridan amalda olib chiqish, tanlangan bojxona rejimiga muvofiq, bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab uch ish kundan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
7. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududi, shuningdek, bojxona ombori sifatida foydalanish mo‘ljallanayotgan ombor va qo‘shimcha binolar egaligida bo‘lgan litsenziya da’vogariga litsenziya da’vogari, bojxona ombori hududi hamda binolar ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan beriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan ta’sis etiladigan bojxona omborlari ochiq turdagi bojxona omborlari hisoblanadi.
Agar bojxona ombori bojxona organi tomonidan ta’sis etilsa litsenziya olish talab qilinmaydi. Bunday bojxona omborini ta’sis etish va unda tovarlarni saqlash tartibi mazkur Nizomda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
9. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirishga litsenziya “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali beriladi.
10. Litsenziya bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
11. Bojxona ombori hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
Bojxona ombori hududiga qo‘riqlanadigan va mazkur Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo‘lgan vaqtda, tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to‘xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Transport uzellari va transport magistrallaridan olib boruvchi yo‘l bo‘ylab bojxona omborigacha bo‘lgan masofa 3 km dan oshmasligi kerak.
12. Bojxona ombori sifatida foydalanilishi mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
bojxona ombori hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega bo‘lmagan) yaqinlashishini;
tovarlarning bojxona nazoratini chetlabolib kirilishini va olib chiqilishini.
Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojxona ombori hisoblansa, unga borish yo‘llari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan qilib jihozlanishi kerak.
13. Bojxona ombori hududi va binolar maydoni mazkur Nizomda nazarda tutilgan talab va shartlar hisobga olingan holda ajratilishi kerak.
14. Bojxona ombori binolari:
er ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi;
qo‘riqlash va yong‘in nazorati signalizatsiyalari, sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
yong‘in xavfsizligi talablariga mos bo‘lgan yong‘inni o‘chirish tizimi va vositalariga ega bo‘lishi kerak.
15. Tez buziladigan tovarlar bojxona omborida bunday tovarlardan o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanish imkonini beruvchi ularning sifati saqlanib qolishi muddati doirasida, biroq tanlangan bojxona rejimiga muvofiq belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin.
16. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida sharoitlarda saqlanishni talab etadigan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda bojxona omborining bir qismi hisoblangan, bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerak.
17. Litsenziya da’vogari:
bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchaning umumiy maydonini va (yoki) binolar hajmini;
bojxona omboriga bevosita tutash hududni;
bojxona omborida saqlashga mo‘ljallangan tovarlar nomenklaturasini belgilaydi.
18. Litsenziat tomonidan ombor o‘rni maxsus ajratiladi va belgilanadi.
Har bir ombor o‘rnida unda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risidagi, quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, ma’lumotnoma mahkamlangan bo‘lishi lozim:
bojxona yuk deklaratsiyasining ro‘yxat raqami;
bojxona rejimi;
yuk qabul qiluvchining nomi;
tovarlarning nomi va miqdori;
tovarlar qiymati;
tovarlarning saqlanish muddati.
19. Bojxona ombori sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan ochiq maydoncha hududida faqat quyidagilarning saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi:
yog‘och-taxta materiallari;
qora va rangli metallardan tayyorlangan buyumlar;
konteynyerlar;
transport vositalari;
bojxona omborining binolarida saqlanishiga xususiyati va xarakteristikasi imkon bermaydigan boshqa tovarlar.
20. Bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq:
Bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo‘yicha balandligi 2 mdan kam bo‘lmagan maxsus belgilangan (to‘silgan);
ichkarisida bojxona omborining qismi hisoblanmagan o‘zga imoratlar va inshootlarga ega bo‘lmasligi;
og‘ir yukli transportning manyovr qilish imkoniyatini ta’minlashi;
bojxona ombori imoratiga eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan bo‘lishi;
o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” degan belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
21. Bojxona ombori va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud:
umumiy perimetr bo‘yicha bir-biridan ajralmagan;
balandligi 2 mdan kam bo‘lmagan yaxlit to‘siqlar bilan aylantirib to‘silgan va barcha chiqish (kirish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi qo‘yilgan holda nazorat-o‘tkazish punktlariga ega bo‘lishi kerak.
22. Bojxona ombori sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud, quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam bo‘lmagan yopiq ko‘rik maydonchasiga ega bo‘lishi kerak:
bojxona ombori eshiklari tomonidan joylashishi;
40 m2dan kam bo‘lmagan maydonga ega bo‘lishi;
elektr yorug‘i bilan jihozlanishi;
sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
tovarlarni tushirish-ortish uchun ko‘chma va (yoki) yerdagi estakada bo‘lishi.
Bojxona omborida tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqatgina ko‘rik maydonchasida amalga oshiriladi.
Bunda, havo sharoitining keskin yomonlashishi holatlarida, amalga oshirilayotgan harakatlarni har xil tomonlardan uzluksiz videokuzatuvga olish imkonini yaratgan holda, tovarlarni ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishini bojxona ombori binosida amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
23. Bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun quyidagilar yetarli bo‘lishi kerak:
ortish-tushirish va transport vositalari;
ombor asbob-uskunalari;
o‘lchov asboblari, aniqligi va o‘lchash chegaralari bojxona omborida saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq bo‘lgan tovarlarning og‘irligini o‘lchash vositalari;
bojxona organlarining dasturiy ta’minotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
bojxona ombori sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan butun hududni to‘liq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videoma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
ko‘rik o‘tkazish uchun stol;
aptechka;
termometr (dori vositalarini saqlashga mo‘ljallangan binolar uchun);
aloqa vositalari (shu jumladan telefon, ma’lumot uzatish tarmog‘i, Internet);
tashkiliy texnika;
mebel.
24. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar yuzasidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun litsenziyalovchi organ saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatini, shuningdek, bojxona omborini ta’sis etish uchun mo‘ljallanayotgan binoning (binolarning yoki boshqa joyning) joylashishini hisobga olgan holda bojxona ombori va unga bevosita tutashib ketgan hududning joylashishi va jihozlanishiga aniq talablar o‘rnatishga haqlidir.
Litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra korxonalar hududidagi va egasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar bo‘lgan yopiq turdagi bojxona omborlariga nisbatan transport uzellari va transport magistrallaridan bo‘lgan masofa bo‘yicha talab qo‘llanilmasligi mumkin.
25. Bojxona omborida va bojxona nazorati zonalari hisoblangan bojxona omboriga bevosita tutashib ketuvchi hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat to‘planishi mumkin emas.
26. Bojxona organi xodimlari uchun bojxona omborida bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:
6 m2 kam bo‘lmagan maydonga va 20 m3 kam bo‘lmagan hajmga ega bo‘lishi;
doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan ishlash imkoniga ega bo‘lgan kompyuter, printer va nusxa ko‘chiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, faks, Internet) bilan jihozlangan;
mebel jihozlari bilan ta’minlangan.
27. Bojxona omborining ta’sis etilishi va uning faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
28. Bojxona omborini qo‘shimcha ravishda asbob-uskunalar bilan ta’minlash (qo‘shimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qo‘riqlash hamda o‘tkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobiga amalga oshiriladi.
29. Mazkur Nizomning 21 — 24-bandlarida belgilangan talablar bojxona omborini ta’sis etish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.
30. Litsenziat quyidagilarga majbur:
vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
bojxona organlarining ruxsatisiz bojxona omboriga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan bojxona omborini jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish;
bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi, xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi yoki ijaraga olgan bo‘lishi);
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash;
mazkur Nizomda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini ta’minlash;
bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni faqat bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolarda saqlash;
bojxona omboriga joylashtiriladigan tovarlardan ularni saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar bilan ariza berilgan bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini ta’minlash;
bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish;
bojxona omboriga kelib tushayotgan va bojxona omboridan olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risida belgi qo‘ygan holda, avtomatlashtirilgan hisobini yuritish;
bojxona organining talabiga muvofiq bojxona omboridagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona ombori bojxona rejimi amal qilishi tugallangandan keyin ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda ma’lum qilish;
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan operatsiyalar to‘g‘risida bojxona organini barvaqt xabardor qilish va bojxona organining yozma ruxsatisiz bunday operatsiyalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
bojxona omborida saqlanayotgan iste’mol tovarlariga maxsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ushbu tovarlarni ombordan faqat markalari yopishtirilgan taqdirdagina chiqarish;
mazkur Nizomning 75-bandida belgilangan holatlarda bojxona to‘lovlari to‘lash;
ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shu jumladan, qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish;
bojxona omboriga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.O. va lavozimini ko‘rsatgan holda) ruyxatining mavjudligini ta’minlash;
bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan muddatda,ularni boshqa bojxona omboriga o‘tkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi bo‘yicha choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini ta’minlash;
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona omboridagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish.
31. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiruvchi shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
32. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan, litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
litsenziya da’vogarining egaligida bo‘lgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar bilan va moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
avtomobil va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda bojxona ombori uchun mo‘ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
33. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
34. Hujjatlar litsenziyalovchi organning javobgar shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya da’vogariga yuboriladi (topshiriladi).
35. Noto‘g‘ri yoki ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
36. Litsenziya berish mazkur Nizom ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
38. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
39. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organining hududiy bojxona boshqarmalarida ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
40. Litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda, ular qabul qilingan kunda, ko‘rib chiqish uchun bojxona ombori tashkil etilayotgan hududdagi ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini o‘rganish uchun bevosita bojxona omborini tashkil etish joyiga borgan holda, ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
41. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisob varag‘i rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
42. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
44. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilingan kunda yuboriladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ to‘rt kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
45. Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
46. Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
47. Litsenziya litsenziya da’vogari tomonidan litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi.
48. Litsenziya elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u bo‘lmaganda o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali litsenziatga yuboriladi.
Litsenziya da’vogari “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan foydalanishi uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi (OneID)da ro‘yxatdan o‘tadi.
49. Litsenziyada quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziatning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli va joylashgan joyi;
bojxona to‘lovlari miqdorlari va ularni to‘lashni ta’minlash shakli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
bojxona omborining turi va umumiy maydoni;
bojxona ombori joylashgan joy.
50. Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni uch oy ichida taqdim etmagan taqdirda litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
51. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan litsenziya shartnomasi tuziladi.
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat hamda litsenziyalovchi organ uchun bitta nusxadan tuziladi.
52. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
53. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
54. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
Litsenziyaning qayta rasmiylashtirilishi uchun yig‘im undirilmaydi.
55. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazorat qilinadi.
56. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
57. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi.
58. Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yong‘in nazorati olib borilganda, bojxona omborida yong‘in xavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
59. Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, bojxona ombori hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarining nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan holatlar bo‘yicha litsenziyalovchi organga xabar beriladi.
60. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
61. Litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatib turilishi yoki bojxona omborining tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab, bojxona omboriga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
62. Bojxona omborini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadan boshlab bojxona ombori bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.
Tugatilayotgan bojxona omborida tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida bo‘lishining umumiy muddati uni tugatish sanasidan e’tiboran oltmish kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
63. Litsenziat litsenziyalovchi organning litsenziya amal qilishining to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyaning bekor qilinishi yoki amal qilishining to‘xtatilishi kunida tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida to‘liq hisobot taqdim etadi.
64. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan o‘tkazadi.
65. Bojxona ombori tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa bojxona omboriga o‘tkazilishi yoki tovarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan:
litsenziya bekor qilinganda — tovarlar bojxona omboriga joylashtirilgan sanadan boshlab;
boshqa holatlarda — tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
66. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda litsenziatdan tugatish sanasidan e’tiboran bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda litsenziat tomonidan olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashi shart.
67. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
68. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini elektron ko‘rinishda “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs — litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, rahbarining F.I.O., telefon (faks);
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish hamda tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini tugatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Egasi bojxona organlari hisoblangan bojxona omborlari litsenziyalar reyestriga kiritilmaydi.
69. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har yarim yilda kamida bir marta bojxona organlarining rasmiy nashrlarida litsenziyalar reyestri, egasi bojxona organlari hisoblangan bojxona omborlari ro‘yxati, shuningdek, reyestrga va ro‘yxatga kiritilayotgan o‘zgartirishlar e’lon qilinishini ta’minlaydi.
70. Litsenziyalar reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lib, litsenziyalovchi organning veb-saytiga va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida joylashtiriladi.
71. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi va u O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
72. Bojxona omborida tovarlar saqlanishi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun litsenziat, tovar bojxona omborida saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborxona hujjatini (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolarni) rasmiylashtirish hamda tovarning bojxona omboriga qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimiga kiritish orqali tasdiqlanadi.
73. Bojxona omborida yong‘in xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
74. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarining to‘lanishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.
75. Litsenziat tomonidan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi va quyidagi holatlarda bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanishini nazarda tutishi kerak:
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilishi yoki yo‘qolishi;
litsenziatning xohishiga ko‘ra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgan bojxona omborining tugatilishi;
bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun litsenziat javobgar bo‘ladigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.
76. Agar bojxona ombori sifatida ochiq maydoncha yoki binoning foydali hajmi (boshqa joy) haqida ariza berilsa, bojxona omborini ta’sis etish paytida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasi maydonchadan kelib chiqib hisoblab chiqiladi va 1 m2 maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yoki 1 m3 bino hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqiladi.
77. Litsenziat, agar tovarlar faqat yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yo‘q qilingan yoki qaytarib bo‘lmaydigan tarzda tabiiy ravishda yo‘qolgan taqdirdagina bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun javob bermaydi.
78. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
erkin ombor — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga oladi hamda tovarlarni erkin ombor rejimida bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan;
litsenziya da’vogari — litsenziyalovchi organga erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyalovchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati;
litsenziat — erkin ombor faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud — erkin ombor atrofida joylashgan va (yoki) erkin omborga tutashib ketadigan joydagi tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) hudud;
ombor o‘rni — bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (erkin ombordan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun erkin ombor maydonining bir qismi.
3. O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlangan tovarlarni erkin omborda saqlashga ruxsat berilmaydi.
4. Erkin omborning normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va hokazolar) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi.
5. Erkin omborlarda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno.
6. Erkin omborda saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Erkin omborda saqlashni nazarda tutmaydigan o‘zgacha bojxona rejimi ostida ariza berilgan tovarlarni erkin ombordan amalda olib chiqish tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab uch ish kundan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
7. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududi, shuningdek, erkin ombor sifatida foydalanish mo‘ljallanayotgan ombor va qo‘shimcha binolar uning tasarrufida bo‘lgan litsenziya da’vogariga, litsenziya da’vogari, erkin ombor hududi hamda binolar ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan beriladi.
8. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirishga litsenziya “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali beriladi.
9. Litsenziya bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
10. Erkin ombor hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi.
Erkin ombor hududiga qo‘riqlanadigan va mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo‘lgan vaqtda, tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to‘xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan hudud ham bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojxona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
11. Erkin ombor sifatida foydalanilishi mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
erkin ombor hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega bo‘lmagan) yaqinlashishini;
tovarlarning bojxona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.
Agar binoning yoki inshootning bir qismi erkin ombor hisoblansa, unga borish yo‘llari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etadigan tarzda jihozlanishi kerak.
12. Erkin ombor hududi va binolar maydoni mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda erkin omborning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
13. Erkin ombor binolari:
er ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi;
qo‘riqlash va yong‘in nazorati signalizatsiyalari, sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
yong‘in xavfsizligi talablariga mos bo‘lgan yong‘inni o‘chirish tizimi va vositalariga ega bo‘lishi kerak.
14. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida sharoitlarda saqlanishni talab etadigan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda erkin omborning bir qismi hisoblangan, bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoxud alohida binolarda saqlanishi kerak.
15. Litsenziya da’vogari:
erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchaning umumiy maydonini va (yoki) binolar hajmini;
erkin omborga bevosita tutashib ketgan hududni;
erkin omborda saqlashga mo‘ljallangan tovarlar nomenklaturasini belgilaydi.
16. Ombor o‘rni litsenziat tomonidan maxsus ajratiladi va belgilanadi.
Har bir ombor o‘rnida, unda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risidagi, quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan ma’lumotnoma mavjud bo‘lishi lozim:
bojxona yuk deklaratsiyasining ro‘yxat raqami;
bojxona rejimi;
yuk qabul qiluvchining nomi;
tovarlar nomi va miqdori;
tovarlar qiymati.
17. Erkin omborga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
erkin omborga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo‘yicha balandligi 2 m.dan kam bo‘lmagan maxsus belgilangan (to‘silgan);
ichkarisida erkin omborning qismi hisoblanmagan o‘zga imoratlar va inshootlarga ega bo‘lmasligi;
og‘ir yukli transportning manyovr qilish imkoniyatini ta’minlashi;
erkin ombor imoratiga eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan bo‘lishi;
o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” degan belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
18. Erkin ombor va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud:
umumiy perimetr bo‘yicha bir-biridan ajralmagan;
balandligi 2 m.dan kam bo‘lmagan yaxlit to‘siqlar bilan aylantirib to‘silgan va barcha chiqish (kirish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “erkin ombor” belgisi qo‘yilgan holda nazorat-o‘tkazish punktlariga ega bo‘lishi kerak.
19. Erkin ombor sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoxud erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud, quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam bo‘lmagan yopiq ko‘rik maydonchasiga ega bo‘lishi kerak:
erkin ombor eshiklari tomonidan joylashishi;
40 m2.dan kam bo‘lmagan maydonga ega bo‘lishi;
elektr yorug‘i bilan jihozlanishi;
sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha har xil tomonlardan olingan videoma’lumotlarni uch oy davomida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda o‘rnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
tovarlarni tushirish-ortish uchun ko‘chma va (yoki) yerdagi estakada bo‘lishi.
Erkin omborda tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqat ko‘rik maydonchasida amalga oshiriladi.
Bunda, havo sharoitining keskin yomonlashish holatlarida, amalga oshirilayotgan harakatlarni har xil tomonlardan uzluksiz videokuzatish imkonini yaratgan holda, tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi erkin omborning binosida amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
20. Erkin ombor doimiy ravishda soz, ishchi holatdagi va uning normal faoliyat ko‘rsatish uchun yetarlicha bo‘lgan quyidagilar:
ortish-tushirish va transport vositalari;
ombor asbob-uskunalari;
o‘lchov asboblari, aniqligi va o‘lchash chegaralari erkin omborda saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlar xususiyatiga muvofiq bo‘lgan tovarlarning og‘irligini o‘lchash vositalari;
bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;
erkin ombor sifatida ishlatish uchun mo‘ljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, erkin omborga bevosita tutashib ketgan butun hududni to‘liq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videoma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega bo‘lgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;
ko‘rik o‘tkazish uchun stol;
aptechka;
aloqa vositalari (shu jumladan telefon, ma’lumot uzatish tarmog‘i, Internet);
tashkiliy texnika;
mebel bilan jihozlanishi kerak.
21. Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar yuzasidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun litsenziyalovchi organ saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatini, shuningdek, erkin omborni ta’sis etish uchun mo‘ljallanayotgan binoning (binolarning yoki boshqa joyning) joylashishini hisobga olgan holda erkin ombor va unga bevosita tutashib ketgan hududning joylashishi va jihozlanishiga aniq talablar o‘rnatishga haqlidir.
22. Erkin omborda va bojxona nazorati zonalari hisoblangan erkin omborga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy axlat to‘planishi mumkin emas.
23. Bojxona organi xodimlari uchun erkin omborda bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:
6 m2.kam bo‘lmagan maydonga va 20 m3.kam bo‘lmagan hajmga ega bo‘lishi;
doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy ta’minoti bilan ishlash imkoniga ega bo‘lgan kompyuter, printer va nusxa ko‘chiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, faks, Internet) bilan jihozlangan;
mebel jihozlari bilan ta’minlangan.
24. Erkin omborning ta’sis etilishi va uning faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
25. Erkin omborni qo‘shimcha ravishda asbob-uskunalar bilan ta’minlash (qo‘shimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qo‘riqlash hamda o‘tkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobiga amalga oshiriladi.
26. Mazkur Nizomning 18 — 21-bandlarida belgilangan talablar erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va erkin ombordan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.
27. Litsenziat quyidagilarga majbur:
erkin omborning bojxona rejimi shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;
bojxona organlarining ruxsatisiz erkin omborga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan erkin omborni jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish;
erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi, xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi yoki ijaraga olgan bo‘lishi).
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash;
mazkur Nizom bilan belgilangan talablar va shartlarga rioya etilishini ta’minlash;
erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni faqat erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolar hajmida saqlash;
erkin omborga joylashtiriladigan tovarlardan saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar bilan erkin omborning bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini ta’minlash;
bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish;
erkin omborga kelib tushayotgan va erkin ombordan olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risida belgi qo‘ygan holda, avtomatlashtirilgan hisobini yuritish;
bojxona organining talabiga muvofiq erkin ombordagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish;
sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;
erkin ombor bojxona rejimining amal qilishi tugallangandan keyin ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida bojxona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda ma’lum qilish;
erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan operatsiyalar to‘g‘risida bojxona organini barvaqt xabardor qilish va bojxona organining yozma ruxsatisiz bunday operatsiyalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
mazkur Nizomning 71-bandida belgilangan holatlarda bojxona to‘lovlarini to‘lash;
ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shu jumladan, qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish;
erkin omborga kirish uchun ruxsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi xodimlar uchun) xodimlarning (F.I.O. va lavozimini ko‘rsatgan holda) ruyxati mavjudligini ta’minlash;
erkin ombor tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash, ularning boshqa erkin omborga o‘tkazilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi bo‘yicha choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining erkin omborda saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini ta’minlash;
bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun erkin ombordagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish.
28. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiruvchi shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
29. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan, litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
litsenziya da’vogarining egaligida bo‘lgan va erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
avtomobil va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda erkin ombor uchun mo‘ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda, o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
30. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
31. Hujjatlar litsenziyalovchi organining javobgar shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya da’vogariga yuboriladi (topshiriladi).
32. Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonunga muvofiq javob beradi.
33. Litsenziya berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
35. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
36. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organning hududiy bojxona boshqarmalarida ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
37. Litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda, ular qabul qilingan kunda, ko‘rib chiqish uchun erkin ombor tashkil etilayotgan hududdagi ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini o‘rganish uchun bevosita erkin omborni tashkil etish joyiga borgan holda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziyalash talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
38. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisobvarag‘i rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
39. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berishning maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
40. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
41. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilgan kunda yuboriladi.
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya da’vogarini litsenziyalash talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
42. Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
43. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi.
44. Litsenziya elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u bo‘lmaganda o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali litsenziatga yuboriladi.
Litsenziya da’vogari “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan foydalanishi uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi (OneID)da ro‘yxatdan o‘tadi.
45. Litsenziyada quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziatning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli va joylashgan joyi;
bojxona to‘lovlari miqdorlari va ularni to‘lashni ta’minlash shakli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
erkin omborning umumiy maydoni va joylashgan joyi.
46. Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
47. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da’vogari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan litsenziya shartnomasi tuziladi.
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
48. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
49. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
50. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
Litsenziyaning qayta rasmiylashtirilishi uchun yig‘im undirilmaydi.
51. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazorat qilinadi.
52. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan hududiy bojxona boshqarmalarini jalb qilgan holda nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ va uning hududiy bojxona boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoxud sudga murojaat qilish.
53. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi.
54. Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yong‘in nazorati olib borilganda, erkin omborda yong‘in | 131 | 63,521 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2020-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyani tuzish to‘g‘risida”gi 660-IV-sonli;
2021-yil 7-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etilgan takliflar va xulosalardan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida”gi 681-IV-sonli qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 106 | 661 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning ba’zi bandlarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 2-apreldagi 26-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2101, 2010-yil 26-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 17-son, 135-modda) 1 va 2-bandlarining amal qilishi 2016-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga to‘xtatilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 202 | 905 |
Qonunchilik | MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN BIR TURDAGI MAHSULOTLARNING ALOHIDA TURLARINI SERTIFIKATLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 133 | 528 |
Qonunchilik | DXXda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing хizmati koʻrsatiladi | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati organlari va boʻlinmalarida shaхsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 6.04.2019 yildagi 282-son qaroriga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 302-son qarorida DXX boʻlinmalari shaхsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.
Hududiy hokimlar tanlov oʻtkazadi
Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaхshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-teхnika va logistika bazasiga ega, oshхonalarning holatini yaхshilashga tayyor boʻlganlarga ustunlik beriladi.
Tanlab olish natijalariga koʻra qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, u autsorsing хizmatlarini koʻrsatish shartnomasini (hujjat bilan namunaviy shakli tasdiqlangan) tuzish uchun 1 kun muddatda DXXning tegishli boʻlinmalari va organlariga yuboriladi. Shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.
Oʻzaro hisoblashish, narхlar va nazorat qilish
Narхlarni shakllantirish va autsorserlar bilan hisoblashishning qat’iy meхanizmi amal qiladi:
Autsorserlar qoʻshimcha ruхsat beruvchi hujjatlarsiz, 20%gacha ustama haqi oʻrnatgan holda yopiq ob’yektlarda joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarida shaхsiy tarkib uchun хalq iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish boʻyicha savdo shoхobchalarini yuritishlari mumkin.
Hujjatda ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish, ovqatlanishni tashkil etishni nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talablar, oshхona ishini tashkil etish va sanitariya normalariga rioya qilish ham belgilangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 74 | 2,045 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 905 |
Qonunchilik | Tuman (shahar) hokimlarining biznesni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari boʻladi | Prezidentning 03.12.2021 yildagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi oʻrinlarda – mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda – hokim yordamchisi) lavozimi ta’sis etiladi.
Quyidagilar hokim yordamchisining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
Hokim yordamchisi lavozimiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DSQ, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shoʻ’ba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar хodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar хodimlari tayinlanadi.
Nomzodlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi. Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yoʻnalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni хususiyatlarini inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan хodimlar va oliy ma’lumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga hokim yordamchilari lavozimiga tayinlangan хodimlarning avvalgi ish joyidagi lavozimini 2 yilgacha muddatga saqlab qolish, mazkur davrda ushbu lavozimga boshqa shaхslarni muddatli mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishga qabul qilish tavsiya etildi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
“Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni ta’sis etiladi, hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaхslar u bilan taqdirlanadi. Shuningdek, “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamchisi” kabi koʻrik tanlovlar muntazam oʻtkazib boriladi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 04.12.2021 yilda e’lon qilingan.
Elmira Siraziyeva. | 83 | 2,458 |
Qonunchilik | «SELEKSIYA YUTUQLARI TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON ReEPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qo‘rib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Sobiq SSSRda seleksiya yutuqlariga berilgan himoya hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishi e’tirof etilsin. Ana shu himoya hujjatlari bilan muhofaza qilingan seleksiya yutuqlaridan qonunga muvofiq foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar seleksiya yutuqlaridan litsenziya shartnomasi tuzmagan holda bundan buyon ham foydalanish huquqlarini saqlab qoladilar. Ana shu seleksiya yutuqlarining mualliflariga haq to‘lash himoya hujjati berilgan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Arizachilarga seleksiya yutuqlarining mualliflari bilan birgalikda talabnoma topshirilgan kundan e’tiboran yigirma yillik muddat o‘tmagan himoya hujjatlarini amal qilishini to‘xtatish va ularni O‘zbekiston Respublikasining himoya hujjatlari bilan almashtirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi berilsin.
5. Seleksiya yutug‘i yuzasidan ariza beruvchilar sobiq SSSRda yoki boshqa davlatda topshirilib, ish yuritish tugallanmagan birinchi talabnoma sanasining ustunligini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi himoya hujjatlarini berish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi berilsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, almashtirish to‘g‘risida iltimosnoma topshirilgan himoya hujjatlari bilan muhofaza qilingan seleksiya yutuqlaridan qonunga muvofiq foydalanayotgan shaxslar bu yutuqlardan litsenziya shartnomasi tuzmagan holda himoya hujjatini almashtirish to‘g‘risida iltimosnoma topshirilgan sanada erishilgan ishlab chiqarish hajmi doirasida bundan buyon ham foydalanish huquqini saqlab qoladilar. | 100 | 2,037 |
Qonunchilik | Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Keyingi yillar amaliyoti fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli foydalanish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalar samarali bajarilishiga, shu jumladan, yer fondining operativ monitoringini olib borish va erdan, uzoqqa cho‘zilgan obyektlardan (temir yo‘llar, quvurlar va shu kabilardan) nooqilona foydalanish holatlarini aniqlash sohalarida, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik talablarini taminlashda sezilarli darajada ko‘maklashishini ko‘rsatdi, shaharsozlikda ishlarni va geoaxborot xaritalarini yaratishni optimallashtiradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda uchuvchisiz uchish apparatlari katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga uchuvchisiz uchish apparatlarining keng ko‘lamli turlarini ishlab chiqarish, qo‘yilgan vazifalarga muvofiq foydalanilayotgan modellar va ixtisoslashtirilgan funksiyalarning xilma-xilligi uchuvchisiz uchish apparatlarining narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari narxlari shakllanishini tahlil qilish narxning asosiy ulushi konstruktiv elementlarga emas, balki intellektual qismga (dasturiy ta’minotga) to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ularning qiymatini pasaytirish imkonini beribgina qolmay, balki valyuta mablag‘larini tejash imkoniyatini xam beradi.
Bugungi kunda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli va “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-avgustdagi 287-sonli qarorlari qabul qilingan. Ayrim tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik maqsadlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlari olib kelingan va ulardan samarali foydalanilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yanada rivojlantirish, konstruktiv elementlarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va fuqaro aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi maqsudli vazifalarni hal etish uchun ularni tizimli qo‘llash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzurida “Geopnnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi;
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 40 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maqullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geoleziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisiga, zarur hollarda, Markazning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosin yo‘nalishlari etib belgilansin:
uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini ko‘llash va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
fazoviy ma’lumotlarni standartlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ko‘llash orqali olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash;
uchuvchisiz uchish apparatlari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishda va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalarni va xorijiy tajribani joriy etish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini manfaatdor tashkilotlarga ijaraga berish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ta’mirlash xizmatlari va texnik xizmat ko‘rsatish.
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
uchuvchisiz uchish apparatlarini belgilangan tartibda ijaraga berishdan xamda uchuvchisiz uchish apparatlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tuzilmasiga rais o‘rinbosari — zamonaviy geoinnovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan “Geonnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni ma’muriy va ishlab chiqarish binolari bilan ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK bilan birgalikda bir oy muddatda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, ulardan foydalanishni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llash bo‘yicha Kompleks tadbirlar rejasi — “Yul xaritasi”ni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikaki Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin. | 143 | 7,673 |
Qonunchilik | Ombor yoki «duty free» doʻkoni uchun litsenziya DXM yoki YaIDXP orqali rasmiylashtiriladi | Bojхona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi (9.04.2020 yildagi 210-son VMQga qarang).
Qabul qilingan reglamentlar bunga qadar amal qilgan Vazirlar Mahkamasining 18.12.2018 yildagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlarni almashtirdi.
Agar ilgari Davlat bojхona qoʻmitasining markaziy apparati koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha litsenziyalovchi organ boʻlgan boʻlsa, endi – hududiy bojхona boshqarmalari va "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi litsenziyalovchi organ hisoblanadi.
Litsenziyalarni rasmiylashtirish – faqat davlat хizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali. Murojaat qilish chogʻida soʻrovnoma toʻldirilib, unda amalga oshiriladigan faoliyat turi, yuridik shaхsning toʻliq nomi,uning rekvizitlari, хizmat koʻrsatayotgan bank nomi, bank hisobvaragʻi raqami va boshqalar koʻrsatiladi. Soʻrovnomaga hujjatlar paketi ilova qilinadi (ularning roʻyхati ilgarigidek qoldi).
Litsenziyalar, ilgarigidek, amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Litsenziya talablari va shartlari oʻzgarmadi, litsenziyani rasmiylashtirish muddatlari esa qisqardi. Ularni berish toʻgʻrisidagi qaror da’vogarning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab 20 kundan (ilgari – 30 kundan) ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim - BHMning 0,5 baravari miqdorida (YaIDXP orqali murojaat etilganda - ushbu summaning 90%i), litsenziyalarni berish uchun davlat boji miqdori esa – BHMning 5 baravari miqdorida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 89 | 1,800 |
Qonunchilik | TADBIRKORLIK MAQSADLARIDA FOYDALANISh UChUN DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI SOTIShNI JADALLAShTIRISh VA UNING TARTIB-TAOMILLARINI YANADA SODDALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga davlat mulki bo‘lgan nostrategik obyektlarni sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi beriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda yo‘naltiriladi, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi tasarrufida qoladigan mablag‘lar bundan mustasno;
tanlov va auksionning birdan bir qatnashchisidan savdo shartlariga to‘liq mos keladigan taklif tushganida davlat mulki obyektini xarid qilish-sotish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishga ruxsat beriladi;
2017-yilning 1-iyulidan boshlab davlat mulki obyektlarini baholash aktivlar qiymatiga ta’sir qiluvchi bozorning joriy konyunkturasini va obyektiv omillar yig‘indisini hisobga oluvchi yangilangan milliy standartlar asosida amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini buzish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
2. Quyidagilar taqiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasining talabgor rezidentlaridan tanlov savdolarida davlat mulki obyektlarini sotish vaqtida buyurtmanoma va biznes-rejadan boshqa hujjatlarni talab qilish, davlat mulkining strategik obyektlarini sotish hollari bundan mustasno;
davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar tomonidan xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalarini o‘rtaga qo‘yish.
3. Davlat mulki obyektlarini sotishda xalqaro amaliyotda keng foydalanilayotgan quyidagi shakllar joriy etilsin:
fond birjasida aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan elektron shaklda o‘tkaziladigan tanlov va auksion.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-apreliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati hamda ularning aksiyalarini xalqaro amaliyotga muvofiq aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish tartibi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha hududiy tanlov komissiyalari zimmasiga:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini o‘z vaqtida topish va ro‘yxatini aniqlash hamda ularni tanlov savdolariga tezkorlik bilan qo‘yish;
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining ommaviy axborot vositalarida, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida albatta e’lon qilinishini ta’minlash;
aniq belgilangan mezonlarga, shu jumladan, investitsiyalarning hajmlari va yangi ish o‘rinlari yaratish shartlariga rioya etilgan holda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonlar rasmiy nashr etilgan kundan boshlab 60 kundan oshmagan muddatda davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha tanlov o‘tkazishni tashkil qilish vazifasi yuklansin.
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan respublika mintaqalarida o‘tkazilgan yoppasiga xatlov natijalari bo‘yicha xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish uchun 600 tadan ko‘proq foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
davlat mulki strategik obyektlarining yagona ro‘yxatini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 175 | 6,665 |
Qonunchilik | Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyati yoʻnalishlari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 27.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 523-son qarori qabul qilindi.
Qaror bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, ilgʻor хorijiy tajribaga asoslangan diagnostika va davolash teхnologiyalarini, shu jumladan raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalanilgan holda bolalarga iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam хizmatlarini koʻrsatish, shuningdek hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Qarorda ta’kidlanishicha, Prezidentning 10.12.2013 yildagi «Koreya Respublikasi hamkorligida va iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasining moliyaviy hamkorlikdagi «Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tuzish» loyihasini amalga oshirish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-2082-son qaroriga muvofiq bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga iхtisoslashtirilgan 280 oʻrinli bino va inshootlar qurib bitkazildi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari Markaz boʻysunuviga oʻtkaziladi. Bunda viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari yuridik shaхs maqomini hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qoladi.
Markaz viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, shuningdek tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bolalar boʻlimi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi.
Qarorga ilovada 2020-2022 yillarda bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga koʻtarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Miryoqub Haydarov. | 66 | 1,821 |
Qonunchilik | VALYUTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi 2000-yilda va joriy yilning birinchi yarim yilligida valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlashga doir bir qancha aniq chora-tadbirlar ko‘rilganligini, unda tijorat banklarining roli ancha oshganligini qayd etadi.
Milliy valyutani konvertatsiya qilish huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni jiddiy ravishda kengaymoqda, almashtirish shoxobchalari soni ko‘paydi, xorijiy valyuta sotib olish tartibi soddalashtirildi.
Valyuta siyosatini erkinlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini kengaytirish va naqd pulsiz hamda naqd valyutani konvertatsiya qilish ko‘lamlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston bozoriga konvertatsiya qilinadigan valyuta tushumini keskin ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlar va resurslarni jalb qilish, investitsiya muhitini shakllantirish va eksportga ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytirishga doir bugungi kunda olib borilayotgan ishlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilsin.
Eksport imkoniyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashi (Sultonov) ushbu masalalar bo‘yicha ishlarni tanqidiy baholasin va joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2002—2005-yillarga mo‘ljallangan aniq takliflar kiritsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida inflatsiya darajasini pasaytirishga, maqroiqtisodiy barqarorlik darajasini oshirishga, ichki bozorni raqobatbardosh iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish bo‘yicha sifat jihatidan yangicha yondashuvlarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish va pul agregatlari ustidan ta’sirchan nazoratni kuchaytirish, naqd pul muomalasini mustahkamlash va pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga doir takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank ikki hafta muddatda:
yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini kafolatli hajmlarda kimoshdi asosida sotish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
2001-yilning ikkinchi yarim yilligida sotish uchun ajratiladigan yuqori likvidli tovarlar turlari va hajmlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining quyidagi operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani xarid qilish va sotishni 2001-yil 1-iyuldan boshlab birjadan tashqari valyuta bozorining talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadigan erkin kursiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
tovarlar va xizmatlar importi;
yangidan jalb qilinadigan xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish;
xorijiy investorlar foydasi, dividendlari va boshqa daromadlarini repatriatsiya qilish;
xizmat safari xarajatlari.
Tijorat banklari eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun so‘mda qisqa muddatli kreditlar berishni keng joriy etsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, tijorat banklari bilan birgalikda 2001-yil 1-iyulgacha Birjadan tashqari valyuta bozorida talab va taklif asosida erkin almashtiriladigan valyutani sotish va xarid qilish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
10. Birjadan tashqari valyuta bozorining erkin kursi bo‘yicha xorijiy valyutani sotib oluvchi korxonalar 2001-yil 1-iyuldan boshlab erkin almashtiriladigan valyutani xarid qilishga besh foizli yig‘im to‘lashdan ozod qilinsin.
11. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni, shu jumladan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga yanada ko‘paytirish bilan bog‘liq takliflar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari:
valyuta-almashtirish operatsiyalarini ko‘paytirish uchun erkin almashtiriladigan valyutadagi resurslarni jalb qilish vositalaridan kengroq foydalanish;
banklararo kredit, shu jumladan xorijiy valyutadagi kimoshdi savdolarini yanada rivojlantirish va ular hajmlarini ko‘paytirish;
turistik komplekslar, savdo markazlari, bozorlar va savdo komplekslari, aeroportlar va bojxona postlarida almashtirish shoxobchalari tarmoqlarini qo‘shimcha ravishda ko‘paytirishga doir kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 103-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tuzilmalar bilan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari va bosqichlarini hamda valyuta siyosatini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha hamkorlik kengaytirilishini ta’minlasinlar.
15. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida baravar to‘lov vositasi sifatida “So‘m-Kuponlar”ni muomalaga kiritish to‘g‘risida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “So‘m-Kuponlar”ni chet el valyutasiga almashtirish tartibi to‘g‘risida” 1993-yil 19-noyabrdagi 562-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta va eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2000-yil, 4-son, 22-modda)ning 1-bandi. | 68 | 6,819 |
Qonunchilik | Hukumat aholi uchun suyultirilgan gazning narхlarini tasdiqladi | Vazirlar Mahkamasining 29.12.2017 yildagi 1033-son qarori bilan aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning chakana narхlari tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ–3253-son qarori bilan suyultirilgan gazni respublikamiz aholisiga sotishda 1994 yil 1 oktyabrdan boshlab qoʻllanib kelinayotgan kelishilgan (erkin) narхlar oʻrniga yagona qat’iy belgilangan narхga oʻtish koʻzda tutilgan.
Yagona chakana narхga oʻtish ikki bosqichda amalga oshiriladi. «Oʻztrangaz» AJ va uning gaz ta’minoti boʻyicha hududiy filiallari kundalik hayotda iste’mol qilish uchun suyultirilgan gazni quyidagi tarzda sotadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 63 | 952 |
Qonunchilik | Bosh buхgalter boʻlishni istamayman | «Buхgalter boʻlib ishlayman. Direktor meni bosh buхgalter lavozimiga oʻtkazishini aytdi. Boshqa ishga oʻtishni istamayman. Direktor mening roziligimsiz boshqa ishga oʻtkazishi mumkinmi?». Oʻquvchining savoliga mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob beradi:
– Dastlab direktor doimiy yoki vaqtincha boshqa ishga oʻtkazmoqchiligini aniqlash lozim.
Boshqa doimiy ishga oʻtkazishga (хodimning mehnat vazifalarini oʻzgartirishga) – unga boshqa mutaхassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Bu holda ish beruvchi хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuv tuzishi kerak. Ushbu oʻzgartirishlar boshqa doimiy ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Diqqat! Xodim qoʻshimcha kelishuv va buyruqni imzolamasa, hatto koʻproq ish haqi toʻlanadigan yuqoriroq lavozim haqida soʻz borayotgan boʻlsa ham, ish beruvchi uni boshqa doimiy ishga oʻtkazishga haqli emas.
Boshqa ishga oʻtkazish ish beruvchining majburiyati boʻlsa
Muayyan holatlarda ish beruvchi oʻz хohishidan qat’i nazar хodimga mutaхassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni (хodim bajarayotgan ishiga yoki egallab turgan lavozimiga nomuvofiq boʻlsa, mutaхassisligi boʻyicha birmuncha kam malaka talab etiladigan boshqa ishni), bunday ish boʻlmagan taqdirda esa, – korхonada mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Unga quyidagi holatlar kiradi:
1) teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, хodimlar soni (shtati) yoki ish хususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoхud korхonaning tugatilganligi;
2) хodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi;
3) korхona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buхgalter bilan, korхonada bosh buхgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buхgalter vazifasini amalga oshiruvchi хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi;
4) shu ishni ilgari bajarib kelgan хodim ishga tiklanganligi, shuningdek Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi.
Xodim taklif etilayotgan ishga oʻtishdan bosh tortgan yoki korхonada muvofiq keladigan ish boʻlmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing. | 35 | 2,650 |
Qonunchilik | Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlarning nizomlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasinlar hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot bersinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Idoralararo kengash yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
3. Idoralararo kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Idoralararo kengash o‘z faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Idoralararo kengash qarorlarini bajarish yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida barcha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun majburiydir.
6. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini hayotga to‘laqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatish.
7. Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish sohasida:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqini yoshlarning ko‘makchisi va tayanchiga aylantirish;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir uslubiy tavsiyalar berish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammo va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda ko‘maklashish;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda, tadbirlar, anjumanlar tashkil etishda va o‘tkazishida amaliy yordam ko‘rsatish;
yoshlar muammolari va tashabbuslarini o‘rganish;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
b) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;
yoshlar tadbirkorligini tizimli ravishda tahlil qilish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
yoshlarni tarbiyalash masalalari borasida ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qilish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, jumladan, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish;
milliy o‘zlikni anglashda mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot g‘oyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida yoshlar o‘rtasida ma’rifiy ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan intilishni va sportga qiziqishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini tashkil etish;
yoshlar o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotlar tashkil etish;
yoshlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish choralarini ko‘rish;
v) O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini hayotga to‘laqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatish sohasida:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari vakillarining hisobotlarini muntazam eshitish;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilinishini tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini tashkil etish.
Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot kiritadi.
8. Idoralararo kengash quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so‘rash va olish;
davlat organlari va muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati samaradorligini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va muassasalari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati yuzasidan hisobotlarini eshitish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarning holatini o‘rganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etgan shaxslarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Idoralararo kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
10. Idoralararo kengashning rais, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Idoralararo kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga ko‘ra, ammo har oyda kamida bir marta o‘tkazadi.
12. Idoralararo kengash raisi:
Idoralararo kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
rais o‘rinbosarlari va a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Idoralararo kengash yig‘ilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Idoralararo kengash yig‘ilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Idoralararo kengash ish rejalarini tasdiqlaydi.
Idoralararo kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
13. Idoralararo kengash raisi o‘rinbosarlari rais tomonidan o‘zlariga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
14. Idoralararo kengash ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) bajaradi.
15. Ishchi organ:
Idoralararo kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Idoralararo kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Idoralararo kengash yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Idoralararo kengash o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Idoralararo kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Idoralararo kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ishchi guruhga har oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar hisobotlar taqdim etib boradilar.
17. Idoralararo kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Idoralararo kengash raisi bo‘lmagan taqdirda, majlisni uning o‘rinbosarlaridan biri boshqaradi.
Idoralararo kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
18. Idoralararo kengash qarorlari Idoralararo kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Idoralararo kengash qarorlari yig‘ilishda ishtirok etgan Idoralararo kengash a’zolari tomonidan imzolanadigan va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Idoralararo kengash a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
19. Idoralararo kengashning ish rejalari uning a’zolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Idoralararo kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
21. Idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashining (keyingi o‘rinlarda hududiy idoralararo kengash deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy idoralararo kengash yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
3. Hududiy idoralararo kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Hududiy idoralararo kengash o‘z faoliyatini mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Hududiy idoralararo kengash qarorlarini bajarish yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida tegishli hududdagi barcha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun majburiydir.
6. Quyidagilar Hududiy idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini joylarda hayotga to‘laqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatish.
7. Hududiy idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish sohasida:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqini joylarda yoshlarning ko‘makchisi va tayanchiga aylantirish;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir uslubiy tavsiyalar berish, joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammo va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda ko‘maklashish;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda, tadbirlar, anjumanlar tashkil etishda va o‘tkazishida amaliy yordam ko‘rsatish;
joylardagi yoshlar muammolari va tashabbuslarini o‘rganish;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
b) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
joylarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;
joylarda yoshlar tadbirkorligini tizimli ravishda tahlil qilish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish;
joylarda yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
joylarda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
joylarda yoshlarni tarbiyalash masalalari borasida ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
joylarda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qilish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, jumladan, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish;
milliy o‘zlikni anglashda mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot g‘oyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida yoshlar o‘rtasida ma’rifiy ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
joylarda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan intilishni va sportga qiziqishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini tashkil etish;
joylarda yoshlar o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotlar tashkil etish;
joylarda yoshlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish choralarini ko‘rish;
v) O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini hayotga to‘laqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatish sohasida:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat va hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi hududiy davlat organlari va muassasalari vakillarining hisobotlarini muntazam eshitish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilinishini tashkil etish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini tashkil etish.
Hududiy idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan har yili Respublika idoralararo kengashiga hisobot kiritadi.
8. Hududiy idoralararo kengash quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hududiy davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so‘rash va olish;
hududiy davlat organlari va muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati samaradorligini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hududiy davlat organlari va muassasalari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati yuzasidan hisobotlarini eshitish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarning holatini o‘rganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etgan shaxslarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Hududiy idoralararo kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Hududiy kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
10. Viloyat, tuman (shahar) hududiy idoralararo kengashlarning tarkibi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllantiriladi.
11. Hududiy idoralararo kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga ko‘ra, ammo har oyda kamida bir marta o‘tkazadi.
12. Hududiy idoralararo kengashga tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raislik qiladi.
Hududiy idoralararo kengash raisi:
Hududiy idoralararo kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
rais o‘rinbosari va a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hududiy idoralararo kengash yig‘ilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Hududiy idoralararo kengash yig‘ilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Hududiy idoralararo kengash ish rejalarini tasdiqlaydi.
Hududiy idoralararo kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
13. Hududiy idoralararo kengash raisi o‘rinbosari rais tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
14. Hududiy idoralararo kengash ishchi organi funksiyasini tegishli O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb yuritiladi) bajaradi.
15. Ishchi organ:
Hududiy idoralararo kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Hududiy idoralararo kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Hududiy idoralararo kengash yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Hududiy idoralararo kengash o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Hududiy idoralararo kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Hududiy idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Hududiy Idoralararo kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ishchi guruhga har oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar hisobotlar taqdim etib boradilar.
17. Hududiy idoralararo kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Idoralararo kengash raisi bo‘lmagan taqdirda, majlisni uning o‘rinbosari boshqaradi.
Hududiy idoralararo kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
18. Hududiy idoralararo kengash qarorlari Hududiy idoralararo kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Hududiy idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hududiy idoralararo kengash qarorlari majlisida ishtirok etgan Hududiy idoralararo kengash a’zolari tomonidan imzolanadigan va Hududiy idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Hududiy idoralararo kengash a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
19. Hududiy idoralararo kengashning ish rejalari uning a’zolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Idoralararo kengash majlisida ko‘rib chiqiladi va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Hududiy idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
21. Hududiy idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Kengash raisi.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raisi, Kengash raisi o‘rinbosari.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri moliya bosh boshqarmasi va viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, Toshkent shahri iqtisodiyot bosh boshqarmasi va viloyatlar iqtisodiyot boshqarmalari boshliqlari.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari.
17. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi, Toshkent shahri davlat soliq bosh boshqarmasi va viloyatlar soliq boshqarmalari boshliqlari.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh imom-xatiblari.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri teleradiokompaniyalari direktorlari.
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari.
24. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari raislari.
25. Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari raislari.
26. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari.
27. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari rahbarlari.
1. Tuman (shahar) hokimi, Kengash raisi.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman(shahar) kengashlari raisi, Kengash raisi o‘rinbosari.
3. Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.
4. Tuman (shahar) hokimining o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari.
5. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari.
6. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari.
7. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari.
8. Tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i.
9. Tuman (shahar) iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i.
10. Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.
11. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i.
12. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi direktori.
13. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
14. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari.
15. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limi rahbari.
16. Tuman (shahar) FHDY bo‘limi mudiri.
17. Tuman (shahar) bosh imom-xatibi.
18. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi raisi.
19. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman (shahar) bo‘limi raisi.
20. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘limi rahbari.
21. Tuman (shahar) hududidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari.
22. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi.
23. Tuman (shahar) mahalla (shaharcha, qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini raislari (3 nafargacha). | 196 | 29,446 |
Qonunchilik | “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”, “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI AMALGA OShIRISh MUDDATLARI VA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon va fermer xo‘jaliklarining ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
1998-yil 1-oktabrgacha barcha tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklarini ularning Yer kodeksiga, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalari va normalariga muvofiqligini xatlab chiqsinlar hamda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda har bir tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshliqlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ushbu xo‘jaliklarni fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar tuzsinlar.
Attestatsiya o‘tkazuvchi komissiyalar fermer xo‘jaliklari boshliqlarining yuqori hosil olish uchun ilg‘or agrotexnika usullarini qo‘llash, urug‘lik, o‘g‘itlar va suv resurslaridan samarali foydalanish, chorva mollari va parrandalar mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yuksak bilim va malakaga ega ekanliklariga e’tiborni qaratsinlar.
2. Quyidagilar:
faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish Tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi dehqon (fermer) xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida 1998-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi fermer xo‘jaliklarini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra statistika hisobotiga tegishli aniqliklar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Tartib faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish mexanizmini belgilaydi.
2. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar xo‘jalik boshlig‘ining qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ish beruvchisi (ma’muriyati)ga hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan yuridik shaxs tashkil etgan yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda ushbu xo‘jaliklar a’zolarining qarori bilan ixtiyoriylik asosida dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartiriladi. Arizada so‘ralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, dehqon xo‘jaligining tarkibi hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
3. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani umumiy majlis muhokamasiga kiritadi, umumiy majlis bu xususda tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori boshqaruv organi, ish beruvchisi (ma’muriyati) tomonidan qabul qilinadi.
4. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy majlisining yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organining, ish beruvchisi (ma’muriyati)ning qarori asosida tuman hokimi faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bo‘yicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
5. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish uchun tuman hokimining qarori bilan hokimligi huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga tuman hokimligi, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish Komissiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman vakilligi, tuman iqtisodiyot va statistika bo‘limi, soliq xizmati, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari kiradilar.
6. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bo‘yicha komissiya besh kun muddatda shaxsiy yordamchi xo‘jalik egasining murojaatini ko‘rib chiqadi. Bunda Komissiya:
yer uchastkasidan unumli foydalanilishiga;
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mulk solig‘i to‘lanishi holatiga;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya etilishiga e’tibor beradi.
7. Komissiya faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jalikni dehqon xo‘jaligiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi tegishli taklifni hokimga taqdim etadi.
8. Tuman hokimining faoliyat ko‘rsatib turgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori tuman moliya, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjat hisoblanadi.
9. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jalik a’zolari qonunda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligining manfaatlarini ifoda etuvchi xo‘jalik boshlig‘ini saylaydilar. Xo‘jalik boshlig‘i yoki xo‘jalikning muomalaga layoqatli a’zolaridan birining nomiga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi rasmiylashtiriladi. | 160 | 6,151 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2021-yil 1-iyun kuni Anqara shahrida imzolangan kuyidagi xalqaro shartnomalar:
2018-yil 30-aprelda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma;
2018-yil 30-aprelda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Protokolga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qo‘shimcha bayonnoma tasdiqlansin.
2. Ichki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Turkiya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,558 |
Qonunchilik | BIRJA SAVDOLARIDA YoQILG‘I MAZUTINI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi 57-son qaroriga muvofiq, qaror qilamiz:
1. “Birja savdolarida yoqilg‘i mazutini sotish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 103 | 520 |
Qonunchilik | Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/16-son qarori (ro‘yxat raqami 2707, 2015-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 31-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kreditlar, yuridik shaxs ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga kiritilgan investitsiyalar, berilgan kafolatlar va ular bo‘yicha to‘lab berilib, undirilmagan mablag‘lar, qabul qilingan kafolatlar (kafilliklar), bosqichma-bosqich to‘lash sharti bilan sotilgan aktivlar, akseptlar yoki akkreditivlar, lizing, qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha har qanday huquqiy asoslangan majburiyatnoma, faktoring, repo, svop hamda hisoblangan foizlar va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan majburiyatlar;”.
2. 8-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq banklarga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korxonalari mulki negizida tuzilgan korxonalarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq iqtisodiy sudlarning qarorlariga ko‘ra tugatish qiymati bo‘yicha banklar balansiga qabul qilingan korxonalar mulki negizida tuzilgan yangi korxonalarga berilgan kreditlar;”. | 162 | 2,606 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanilishini naz | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 30-avgustdagi PQ–165-son qarorining 9-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tartibining 27-bandi “v” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish uchun”. | 250 | 730 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimi kengaytirildi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.05.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Qonun (16.12.2019 yildagi OʻRQ-595-son) qabul qilinishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 320-son qaror qabul qilindi.
Xususan, VMning 21.11.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi 929-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
30.07.2018 yildagi 595-son VMQ bilan tasdiqlangan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati boʻyicha ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
25 nafargacha bolani (amaldagi variantda –12 nafargacha bolani) tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik va metodik jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi хususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
DXSh toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish meхanizmlari, хususan, ariza taqdim etish, hujjatlarni koʻrib chiqish bosqichlari va boshqalar batafsil bayon etildi.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritildi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar roʻyхati tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 49 | 1,748 |
Qonunchilik | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda huquq ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirishga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarni qabul qilish jarayonlarining murakkabligi, shaffofligi ta’minlanmaganligi hamda ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar), O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi) hokimliklar tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni rasman kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran (1993-yil 18-sentabrdan) 2020-yil 1-martga qadar qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish to‘g‘risidagi o‘z kuchida bo‘lgan qarorlarni 2020-yil 1-sentabrgacha to‘liq xatlovdan o‘tkazib, tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishini ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimini (keyingi o‘rinlarda — “E-qaror” elektron tizimi) 2021-yil 1-yanvarga qadar sinov tariqasida ishga tushirilishini;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, zarurat tug‘ilganda manfaatdor idoralar tomonidan loyihalarga elektron ko‘rinishdagi viza qo‘yilishini;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinishini ta’minlasin.
3. Yagona elektron tizimdan foydalanishda quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
“E-qaror” elektron tizimiga egalik qilish hamda uning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
“E-qaror” elektron tizimining funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rish, tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam ko‘rsatish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “E-qaror” elektron tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash;
tizimdan foydalanuvchilardan tushgan takliflarni hisobga olgan holda “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
qarorlarni faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilish jarayonining doimiy monitoringini olib borish;
“E-qaror” elektron tizimining ishlash tartibi va mexanizmini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining “E-qaror” elektron tizimidan samarali foydalanishlarini ta’minlash, shuningdek, undan foydalanish masalasiga metodik rahbarlik qilish;
v) davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
qarorlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari “E-qaror” elektron tizimi orqali to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qarorlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, maxsus raqamlash va avtomatik tarzda e’lon qilish jarayonida “E-qaror” elektron tizimidan majburiy foydalanish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga qat’iy rioya qilish;
“E-qaror” elektron tizimini ishlash tartibi va mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
4. “E-qaror” elektron tizimini yaratish va joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
“E-qaror” elektron tizimining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladi;
2021-yil yanvar — may oylarida Qashqadaryo viloyatida “E-qaror” elektron tizimini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkaziladi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda eksperiment natijalaridan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, 2021-yil 15-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasiga “E-qaror” elektron tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 200 | 6,182 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QL-677-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 25-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QL-677-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 133 | 691 |
Qonunchilik | QOZOG‘ISTON TARAQQIYOT BANKI VAKOLATXONASINI OChISh TO‘G‘RISIDA | Bank va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qozog‘iston Taraqqiyot bankining O‘zbekiston Respublikasi hududida vakolatxona ochish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Qozog‘iston Taraqqiyot banki vakolatxonasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya etilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Qozog‘iston Taraqqiyot banki vakolatxonasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4. Toshkent shahar hokimligi Qozog‘iston Taraqqiyot banki vakolatxonasiga ofis uchun bino berish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 63 | 1,102 |
Qonunchilik | Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan texnogen holat oqibatida talafot ko‘rgan aholining uy-joylarini ta’mirlash, yangi uy joylar qurish hamda obodonlashtirish ishlari qisqa muddatda sifatli yakunlanib, hududlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1 830 ta beton-panelli uyda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasi hamda Mirzaobod tumani “Navbahor” va “Yangi O‘zbekiston” mahallalarida 86 ta 2 640 xonadonli uy barpo etilgan.
Ijtimoiy soha muassasalaridan 34 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, har bir tumanda 1 tadan yangi umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilgan.
Talafot ko‘rgan mahallalar va yangi qurilgan uy-joy massivlari tabiiy gaz hamda elektr energiyasi bilan ta’minlangan, ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilib, ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlangan.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida yaroqsiz ahvolga kelib qolgan 98,6 kilometrlik irrigatsiya va melioratsiya obyektlari tiklanib, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari hamda aholi tomorqalari qisman suv bilan ta’minlangan.
Shu bilan birga, o‘z yechimini kutayotgan ayrim masalalar mavjud.
Xususan, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ishchi guruhlar tomonidan baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga favqulodda hodisa oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash va qoplash choralarini ko‘rish hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlarini qisqa muddatda yakunlash talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 1-maydagi F-5569-sonli farmoyishini, Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” to‘g‘onidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2021-yil 27-apreldagi 01-05/1-1084-sonli sayyor yig‘ilishi bayonida belgilangan tadbirlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasining 2021-yil 27-apreldagi 01-05/1-1084-son sayyor yig‘ilishi bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan ko‘rilgan zararlarni qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini qisqa muddatda yakunlash uchun talab etiladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarini 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar barcha soliq to‘lovlaridan ozod qilish yuzasidan joriy yil 1-iyulga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
ikki oy muddatda “2021-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etish choralarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Sirdaryo viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi ma’lumotlari asosida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarini moliyaviy inqirozdan chiqarish maqsadida ushbu xo‘jaliklarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz hamda hisoblangan foizlar to‘lanishini 2020-yil 1-maydan vaqtincha to‘xtatib turish masalasini o‘rganib, takliflar ishlab chiqsin.
4. Sirdaryo viloyati hokimligi:
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan ko‘rilgan zararlarni qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari uchun budjet mablag‘larini ajratish masalasini muhokama qilib tegishli qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritsin.
Bunda:
respublika budjetidan mazkur tadbirlarga ajratilgan mablag‘larning manzilli va maqsadli sarflanishi ustidan mas’ul tashkilot, idoralar rahbarlari javobgarligi belgilansin hamda ushbu mablag‘larni xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroriga binoan qonunchilik talablariga muvofiq yo‘naltirsin;
respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari viloyat Kengashiga, Senatga hamda Hukumat komissiyasiga hisobot taqdim etib borsin;
bir oy muddatda Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar ko‘rgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tegishli mutaxassislar bilan to‘liq va xolisona ko‘rib chiqib, tahlil qilgan holda ular tomonidan ko‘rilgan zararni qoplash yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni Hukumat komissiyasiga taqdim etsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 155 | 5,907 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalarini Rossiya Federatsiyasida va Rossiya Federatsiyasi vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasida joylashtirish hamda ularga xizmat ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 2009-yil 23-yanvar kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasini joylashtirish uchun Rossiya Federatsiyasiga mulk qilib berilgan binolar va inshootlarning mulkka egalik huquqiga davlat orderi berilishini ta’minlasin.
4. Toshkent shahar hokimligi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasini joylashtirish uchun tegishli yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma tuzilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi taqdim etilgan huquqni belgilovchi hujjatlar asosida ushbu qarorning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarga egalik huquqi hamda uzoq muddatli ijara huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,808 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNI RO‘YXATGA OLISh JARAYoNINI OSONLAShTIRISh VA TARTIBGA SOLISh MAQSADIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini xorijiy sarmoya ishtirokida amalga oshiradigan yangi tuziladigan korxonalarni huquqiy jihatdan ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish vazifasi 1995-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklanib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur korxonalarni ro‘yxatga olish vazifasidan ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan zarur kelishuvni ta’minlab, qo‘shma korxonalarni qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga olsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qo‘shma korxonalar davlat reyestrini, shuningdek xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan va ijro uchun qabul qilingan hujjatlarni uch hafta ichida belgilangan tartibda Adliya vazirligiga topshirsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, oldin ro‘yxatga olingan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar ushbu Farmonga muvofiq qaytadan ro‘yxatga olinmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ilgari qabul qilgan qarorlar, shuningdek vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. | 137 | 1,384 |
Qonunchilik | QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASINING YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDLARI BO‘YIChA O‘TIShI UChUN YIG‘IMLAR UNDIRIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Qirg‘iziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari O‘zbekiston Respublikasining hududi bo‘yicha o‘tishi uchun yig‘imlar undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, Qirg‘iziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali kirib kelishi va tranzit o‘tishi uchun qonunchilik bilan belgilangan to‘lovlar Qirg‘iziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining ilovaga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tishi uchun undirilmaydi.
2. Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tadigan Qirg‘iziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari kirib kelishi va tranzit o‘tishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
1. Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududi orqali Qirg‘izistonga tranzit o‘tishi.
2. “Madaniyat” o‘tkazish punkti (Andijon viloyati) orqali “Maylisoy” elektrolampa zavodining yuk tushirish va ortish bazasiga o‘tish va orqaga qaytish.
3. “Farg‘ona” o‘tkazish punkti (Farg‘ona viloyati) orqali Qadamjoy surma kombinatining “1-Ferbaza” va “2-Ferbaza”siga o‘tish va orqaga qaytish. | 192 | 1,371 |
Qonunchilik | Foydalanilmayotgan mulk uchun jiddiy kirishadilar | Foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga nisbatan yangi choralar Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlandi. Hujjat 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Nima foydalanilmayotgan ob’yekt hisoblanadi
Quyidagilar boʻsh turgan ob’yektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida e’tirof etiladi:
Ular bilan kim shugʻullanadi
Ikkita ishchi guruhi shakllantiriladi va ularga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Foydalanilmayotgan ob’yektlarni aniqlash boʻyicha ishchi guruhi
(1-ishchi guruhi)
Foydalanilmayotgan ob’yektlarni хoʻjalik faoliyatiga jalb etish boʻyicha ishchi guruhi
(2-ishchi guruhi)
foydalanilmayotgan ob’yektlarni joyiga borgan holda хatlovdan oʻtkazish hamda ularning roʻyхatini shakllantirishni tashkil etish
foydalanilmayotgan ob’yektlarni ishga tushirish muammolarini oʻrganish
foydalanilmayotgan ob’yektlarga nisbatan ta’sirchan soliq meхanizmini qoʻllash boʻyicha davlat soliq хizmati organlariga хulosa taqdim etish
aniqlangan muammolarni hal qilish va foydalanilmayotgan ob’yektlarni ishga tushirishga doir loyihalarni ishlab chiqishda va investorlarni jalb qilishda mulkdorga koʻmaklashish
foydalanilmayotgan ob’yekt haqiqatda хoʻjalik faoliyatiga jalb qilinganligini joyiga borgan holda oʻrganish orqali ta’sirchan soliq meхanizmini toʻхtatish yuzasidan davlat soliq хizmati organlariga хulosa taqdim etish
1-ishchi guruhiga tuman (shahar) hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2-ishchi guruhiga tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi boshchilik qiladi.
Davlat soliq хizmati organlariga foydalanilmayotgan ob’yektlarning hisobini yuritish va foydalanilmayotgan ob’yektlar boʻyicha oshirilgan stavkalarda soliq hisoblash yuklatildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga foydalanilmayotgan ob’yektlar ishga tushirilganligining hisobini yuritish vazifasi yuklatildi.
Mulkdorlar uchun qanday oqibatlar olib keladi
Birinchidan, davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan ob’yektlar sotiladi, ijaraga beriladi, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida beriladi.
Ikkinchidan, amaldagi oshirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tartibi oʻzgaradi. Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi “bekor turib qolish” muddatlariga bogʻliq holda toʻlanadi:
Ob’yekt qiymati mavjud boʻlmagan hollarda, yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan foydalanilmayotgan ob’yektlar uchun mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarishda mol-mulkning shartli qiymati har bir kvadrat metri uchun:
Ob’yekt qiymati past boʻlgan hollarda foydalanilmayotgan ob’yektlarning mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarish uchun mol-mulkning shartli qiymatini hisoblashda yuqorida ta’riflangan tartibda hisoblangan summa qoʻllaniladi.
Bu – muhim! Ob’yektning foydalanilmayotgan maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlganda, hisoblangan soliq summasiga 1,5 baravar miqdordagi koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Uchinchidan, foydalanilmayotgan ob’yektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha ilgari taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarining amal qilishi toʻхtatib turiladi.
Foydalanilmayotgan ob’yekt begonalashtirilganda koʻrsatilgan soliq meхanizmi yangi mulkdorga nisbatan ham qoʻllaniladi. Lekin foydalanilmayotgan ob’yekt хoʻjalik faoliyatiga jalb etilganda yuqorida ta’riflangan tartibda hisoblangan soliq summalari mulkdorga qaytariladi. Bunda qaytarish 2-ishchi guruhining хulosasi asosida oхirgi 12 oy uchun amalga oshiriladi.
Meхanizm qanday amal qiladi
Joriy etilayotgan tartib mulkchilik shaklidan qat’i nazar, foydalanilmayotgan ob’yektlarga soliq organlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladi. Foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish boʻyicha idoralararo komissiya хulosasi endi talab etilmaydi. Davlat soliq хizmati organlari хulosasi va 1-ishchi guruhi хulosasi asos hisoblanadi. Barcha tartib-taomillar tasdiqlangan sхemada aks ettirilgan 20 ta izchil bosqichdan iborat.
Shu bilan birga eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini хoʻjalik faoliyatiga jalb qilishning yangi tartibi joriy etiladi (13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmonning 9-bandiga qarang).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.11.2019 yildan kuchga kiradi.
Anvar Irkaхodjayev. | 49 | 4,343 |
Qonunchilik | TERRORIZM, SEPARATIZM VA EKSTREMIZMGA QARShI KURASh TO‘G‘RISIDAGI ShANXAY KONVENSIYASINI RATIFIKATSIYA qilish HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi Shanxay Konvensiyasi ratifikatsiya qilinsin. | 116 | 236 |
Qonunchilik | Quruvchilar kuni – avgust oyining ikkinchi yakshanbasi | 21.12.2017 yildagi OʻRQ–450-son «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan .
Qonun bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Qurilish sohasi хodimlari kuni etib belgilandi. Eslatib oʻtamiz, ilgari bu Prezidentning 7.08.2017 yildagi PF–5136-son «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi хodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida»gi Farmonida koʻzda tutilgan edi.
Qonun 22.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 55 | 732 |
Qonunchilik | “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llagan holda to‘lov tizimlarini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 2-yanvardagi 1/4-son “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llagan holda to‘lov tizimlarini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1767, 2008-yil 13-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 33-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 41/1-sonli “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llagan holda to‘lov tizimlarini tashkil qilish qoidalarining 3-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1767-1, 2014-yil 2-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 49-son, 584-modda).
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 221 | 1,266 |
Qonunchilik | TA’LIM MUASSASALARI VA KORXONALAR O‘RTASIDAGI ShERIKLIK MUNOSABATLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturining 46-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 30-maydagi 157, 21/QQ, 23, 01-08/1750, 54, 56-son qarori (ro‘yxat raqami 1832, 2008-yil 4-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 259-modda) bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Amaliyot o‘tash vaqtida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan o‘quvchilarni O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatida (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) ko‘rsatilgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi”.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi. | 120 | 1,649 |
Qonunchilik | FARG‘ONA NEFTNI QAYTA IShLASh ZAVODINI REKONSTRUKSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA | Jahon standartlari darajasidagi toza neft mahsulotlarining sifatli bo‘lishini ta’minlash, ularning ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining dizel yonilg‘isini gidrotozalash va aminotozalash hamda oltingugurt olish qurilmalari qurilishini o‘z ichiga oluvchi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini 1997—1999-yillarda rekonstruksiya qilish, shuningdek ishlab turgan qurilmalarni modernizatsiyalash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga mazkur loyiha bo‘yicha “Mitsui” (Yaponiya) firmasi bilan bazaviy va batafsil loyihalash, asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berish, qurish, ishga tushirishdan oldingi ishlarga, ishga tushirish va ishga tushirish-sozlash ishlariga texnik rahbarlik qilish yuzasidan moliyaviy ta’minlash xarajatlarini hisobga olmagan holda 9895 mln. yapon iyeni va 75,89 mln. AQSh dollaridan oshmaydigan summaga foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan kontrakt tuzishga ruxsat etilsin.
3. “O‘zneftqaytaishlash” davlat ishlab chiqarish birlashmasi loyihaning bosh buyurtmachisi etib belgilansin.
4. Ushbu loyihani moliyaviy ta’minlash Yaponiyaning Eksport-import banki hamda Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki tomonidan beriladigan kreditlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga beriladigan kredit hisobiga amalga oshirilsin.
Kreditlarni uzish “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi mablag‘lari hisobidan, kredit bitimlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilsin.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yaponiyaning Eksport-import banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin va kredit bitimi tuzsin;
olingan kredit buyurtmachiga belgilangan tartibda qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin.
6. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin hamda kredit bitimi tuzsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Yaponiyaning Eksport-import bankiga va Yevropa qayta qurish va taraqqiyot bankkiga mazkur loyiha uchun jalb qilinayotgan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berishga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlariga oid yuridik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
10. Mazkur loyiha bo‘yicha “Mitsui” firmasi va uning xorijiy subpudratchilari kontraktni amalga oshirishning butun davrida:
barcha soliqlar va boj poshlinalari, shu jumladan kontraktni amalga oshirish bilan bog‘liq qurilishlar uchun jalb qilingan vositalarni keltirish va qaytarib olib ketishda soliqlar va poshlinalar;
“O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining buyurtmanomalari bo‘yicha yakka tartibda va guruh bo‘lib keluvchi xodimlarning viza hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yig‘imlari;
O‘zbekiston Respublikasidagi turar joyda ro‘yxatga olinganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
11. Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi va “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Mitsui” firmasi yoki uning mazkur loyiha bo‘yicha subpudratchilari buyurtmanomalari bo‘yicha kelayotgan asbob-uskunalar va materiallar, shu jumladan, qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallar uchun bojxona hujjatlarining o‘z vaqtida (uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda) rasmiylashtirilishini va ularning belgilangan joyga to‘siqsiz olib kelinishini ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan “Mitsui” firmasi bilan, uning mazkur loyiha bo‘yicha xorijiy pudratchilari va subpudratchilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lanadigan yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmlari, ko‘rsatib o‘tilgan yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etgan holda, eksport sifatida hisoblansin.
13. “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan loyihaning kompleks sug‘urtaviy himoyalanishini ta’minlashda ko‘maklashsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Q.J. Haqqulov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 72 | 4,594 |
Qonunchilik | XOPIJIY BANKLAP VA MOLIYA TAShKILOTLAPINING VAKOLATXONALAPI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALAPI TO‘G‘PISIDA | Xopijiy banklap va moliya tashkilotlapining Toshkent shahpida joylashgan vakolatxonalapi xodimlapining mehnatini tashkil etishni va maishiy shapt-shapoitlapini yaxshilash maqsadida Vaziplap Mahkamasi qapop qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Toshkent shahpida Xalqapo bank va moliya mapkazi (XBMM) tashkil etish, unda xopijiy banklap va moliya tashkilotlapining vakolatxonalapini joylashtipish to‘g‘pisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Toshkent shahap hokimligi (A.I. Fozilbekov):
Tupob To‘la ko‘chasidagi 1-uydagi binoni Xalqapo bank va moliya mapkazini joylashtipish uchun bepsin, Milliy bank esa bu binoni balansga qabul qilib olsin;
bip oy muddatda qayd etib o‘tilgan binoda joylashgan tashkilotlapni, Doyche Bank, Malayziya Banki va Evpopa qayta qupish va tapaqqiyot banki vakolatxonalapi bundan istisno, zapup joylap bilan ta’minlasin.
3. Milliy bank (R.S. Azimov):
“Toshkentqupilish” (T.O. Zokipov) bilan bipgalikda xopijiy fipmalapini jalb qilgan holda binoni qayta qupishni, binoning atpofi va Anhop bo‘yini obodonlashtipishni ta’minlasin, Mapkaz joylashgan xonalapni zamonaviy ofis mebeli bilan jihozlasin;
Aloqa vazipligi (K. R. Rahimov) bilan bipgalikda qayd etib o‘tilgan binoning Reytep, Deyta Stpim, SVIFT, VIZA Intepneshnl, Evpokliping, Blumbepg xalqapo moliya telekommunikatsiyalapi tizimiga ulanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazipining o‘pinbosapi K.H. To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlangan loyihalap va bepilgan buyuptma bo‘yicha “Toshkentqupilish” va “O‘zsanoatxo‘jalikqupilish” davlat koppopatsiyalapining kuchi bilan:
ilgapi mana shu maqsadlap uchun ajpatilgan Toshkent shahpi uchastkalapida tegishli ijtimoiy infpastpuktupasi va spopt inshootlapi bo‘lgan 25 ta shinam kottedj qupilishini;
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga qapashli Beldipsoydagi “O‘zsanoatxo‘jalikqupilish” koppopatsiyasi 160-tpestining dam olish tegpasi sifatida pasmiylashtipilmagan eplapda, shuningdek, 1988-yilda Toshkent viloyat kasaba uyushmalapining ko‘ngilli fizkultupa va spopt jamiyatiga, Toshkent viloyati ijpoiya qo‘mitasining kapital qupilish bosh boshqapmasiga va Toshkent viloyat apxitektupa boshqapmasiga ajpatilgan hamda hozipgacha foydalanilmayotgan yondosh uchastkalapda mehmonxona tipidagi bino, oilaviy kottedjlap, suzish basseyni, tennis koptlapi, pestopan va boshqa obyektlap bo‘lgan yuz o‘pinli xalqapo kompleks qupilishini ta’minlasin. Toshkent viloyati hokimi (Ikpomov) bip oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan bipgalikda hujjatlapning pasmiylashtipilishi va ep ajpatilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki dam olish tegpasiga sapflangan xapajatlapni qoldiq balans qiymati bo‘yicha “O‘zsanoatxo‘jalikqupilish” davlat uyushmasining 160-tpestiga to‘lasin.
5. 1, 4-bandlapda qayd etilgan obyektlapni loyihalashtipish, qupish, qayta qupish va jihozlashni mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha xopijiy va mahalliy valyutadagi xapajatlap keyinchalik yangidan bappo etiladigan va qayta qupiladigan obyektlapni tijopat asosida ijapaga bepishdan olinadigan dapomad hisobiga qoplangan holda Milliy bankning o‘z jopiy dapomadlapi hisobidan qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazipligining Tibbiyot-sanitapiya biplashmasi (B.J. Malikov) bip oy muddatda xopijiy banklap va moliya tashkilotlapi xodimlapini hisobga olish va to‘g‘pidan-to‘g‘pi epkin almashtipiladigan valyutada haq to‘lash yoki mamlakatimiz va xopijiy sug‘upta kompaniyalapining polislapidan foydalanish asosida ulapga xizmat ko‘psatish tizimini ishlab chiqsin.
7. “O‘zbekiston havo yo‘llapi” milliy aviakompaniyasi (G‘.M. Rafiqov) , O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlap vazipligi (S.S. Saidqosimov) , Milliy xavfsizlik xizmati (G‘.A. Aliyev) , Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.Q. Gataulin) , Tashqi iqtisodiy aloqalap vazipligi (M.R. Rustambekov) , Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R.S. Azimov) o‘n kun muddatda Toshkent aepopoptida xalqapo qatnovlapning yo‘lovchilapiga pivojlangan mamlakatlapda qabul qilingan amaliyotga muvofiq xizmat ko‘psatish dapajasini ta’minlash imkonini bepuvchi chopa-tadbiplap majmuini ishlab chiqsinlap va pespublika Hukumatiga taqdim etsinlap.
8. Toshkent shahap hokimligi bip oy muddatda “O‘zbeksavdo” uyushmasi (M.Z. Usmonov) va boshqa manfaatdop idopalap bilan bipgalikda epkin almashtipiladigan valyutada savdo qiluvchi va xizmat ko‘psatuvchi xususiy pestopanlap, baplap, kafelap, do‘konlapning keng tapmog‘ini joylashtipish va pivojlantipish dastupini ishlab chiqsin. Dastupni ishlab chiqishda tovaplap va mahsulotlap yipik ulgupji xopijiy fipmalap tomonidan bevosita yetkazib bepilishini nazapda tutgan holda qo‘shma kopxonalap shaklidagi do‘konlap tashkil etilishi pag‘batlantipilsin.
9. “O‘zdavneftmahsulot” biplashmasi (E.T. Tojiyev) bip oy muddatda epkin almashtipiladigan valyutada neft mahsulotlapi bilan uzluksiz ta’minlash va xizmatlap ko‘psatish uchun yonilg‘i quyish shoxobchalapini belgilasin.
10. Mazkup qapopning bajapilishini nazopat qilish Bosh vazipning o‘pinbosaplapi O‘.T. Sultonov va K.H. To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 108 | 5,236 |
Qonunchilik | Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlar davlat xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblansin:
davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik o‘rnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
2. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq.
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
4. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
o‘n kun muddatda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda YIDXPda:
davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini;
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan tijorat takliflarini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda to‘lovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni ko‘llasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) gaz tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi iste’molchilarning gaz tarmoqlariga ulanayotgan yangi va qo‘shimcha gaz iste’moli jihozlariga, shuningdek, gaz ta’minoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari o‘zgarishiga olib keladigan ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgartirilayotganda tatbiq etiladi.
Ushbu Reglament talablari iste’molchilarning 1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lgan gaz tarmoqlariga ulanishiga tatbiq etilmaydi.
3. Tabiiy gazni gaz ta’minoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni yetkazib berish.
Maishiy iste’molchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xo‘jaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarini gaz tarmoqlariga ulash jarayonida texnik shart ishlab chiqish talab etilmaydi hamda tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari (hududiy gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishilmasdan) qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
Bunda loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlarini hududiy gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
41. Quyidagi hollarda texnik shartlar hamda gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi texnik shart mavjud bo‘lib (gaz iste’moli jihozlari, gaz ta’minoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari va ulanish nuqtasini o‘zgartirmasdan) begonalashtirilganda va ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgarganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish priborini o‘rnatish, plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori o‘rnatilishi talab etilmasa, hududiy gaz ta’minoti tashkiloti (keyingi o‘rinlarda HGTT deb ataladi) tomonidan elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (iste’molchi o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) faqat gaz ta’minoti shartnomasi yuboriladi.
5. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) HGTT:
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
gaz ta’minoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti bo‘lsa;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi;
gaz ta’minoti shartnomasini tuzadi;
tabiiy gazni yetkazib berishni amalga oshiradi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” DI deb ataladi) sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslarning gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar beradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, HGTT, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Iste’molchilar gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Zarur hollarda so‘rovnomada ulanish nazarda tutilayotgan gaz kommunikatsiyalari balansda saqlovchilarining roziligi mavjudligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, gaz ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq HGTTning bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq HGTTning bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi.
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
So‘rovnomada gaz iste’molining yuklama hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, HGK xodimlari obyektni joyiga chiqib o‘rganadilar yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan iste’molchining telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘lanib obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u ko‘rsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda HGTTga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
16. HGTT so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlarni tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan taqdim etiladigan o‘rganish xulosasiga asosan ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
HGTT loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, HGTT o‘zining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va tegishli xarajatlarining kalkulatsiyasini aniq ko‘rsatadi.
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan so‘ng real vaqt rejimida iste’molchiga beradi.
17. Iste’molchining obyekti joylashgan hududda quvvati HGK tomonidan iste’molchiga tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlaydigan gaz taqsimoti tarmog‘ining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Boshqa asoslarga ko‘ra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
19. Gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun iste’molchilar HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
So‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.
So‘rovnoma gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun HGTTga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Gaz ta’minoti loyihasi HGTT tomonidan ishlab chiqilgan hollarda gaz ta’minoti loyihasini kelishish talab etilmaydi.
23. HGTT so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni ichida gaz ta’minoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan gaz ta’minoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
24. Gaz ta’minoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Boshqa sabablarga ko‘ra gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy so‘rovnoma tushganidan so‘ng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Gaz ta’minoti loyihasini takroran ko‘rib chiqishda HGTT tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach HGTT tomonidan gaz ta’minoti loyihasi avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat etganda) elektron shaklda yuboriladi.
Agar gaz ta’minoti loyihasi bo‘yicha HGTT tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda loyihalash tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik XGTT zimmasiga yuklatiladi.
26. Gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilar HGTT yoki tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Iste’molchilar (tegishli litsenziyaga ega bo‘lish sharti bilan) qurilish-montaj ishlarini mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin.
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini o‘tkazish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
28. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
29. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
30. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
31. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Iste’molchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, HGTT tomonidan yangi abonent raqami gaz ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, iste’molchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JShShIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yo‘li bilan aniqlashlari mumkin.
32. HGTT so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
33. Tabiiy gazni hisobga olish pribori plombalangan kunning o‘zida HGTT rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasini, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasi va plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma kelib tushgandan so‘ng bir soat ichida bu haqida iste’molchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
35. Iste’molchi rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasi tushgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan gaz ta’minoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) HGTTga yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
36. Iste’molchi gaz ta’minoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda gaz ta’minoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
37. Tabiiy gazni yetkazib berish HGTT tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
38. Gaz iste’moli jihozlarni sozlash-ishga tushirish ishlari hamda ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Yiliga 100 000 gacha kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun, sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish talab etilmaydi.
40. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar “Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
41. Texnik shartlarni, shu jumladan, qo‘shimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, gaz ta’minoti loyihalarini kelishish va tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilishi bundan mustasno.
42. Davlat xizmatlari markazlari, HGTT, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan iste’molchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
43. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
44. Iste’molchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
45. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi yangi yoki amaldagi obyektlarda shartnomaviy o‘lchamlarga nisbatan issiqlik yuklamasi o‘zgarganda (ortganda yoki kamayganda) rekonstruksiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulashga tatbiq etiladi.
3. Issiqlik energiyasini issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida binoning arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi o‘rinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmog‘iga ulash to‘g‘risidagi dalolatnomani (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirish va tasdiqlash.
41. Quyidagi hollarda texnik shart, issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish hamda kelishish talab etilmaydi:
maishiy iste’molchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylarda;
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi texnik shart mavjud bo‘lib begonalashtirilganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda;
issiqlikdan foydalanish hajmlari o‘zgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini o‘rnatish, plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori o‘rnatilishi talab etilmasa, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga tizim orqali faqat issiqlik ta’minoti shartnomasi yuboriladi.
5. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) Issiqlik ta’minoti korxonasi (keyingi o‘rinlarda issiqlik ta’minoti korxonasi deb ataladi) huzuridagi issiqlik tarmoqlariga yuridik va jismoniy shaxslarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ulush xizmatlarini ko‘rsatish xizmati:
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
issiqlik ta’minoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti bo‘lsa;
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (iste’molchi manfaatdor bo‘lganda);
Dalolatnomani rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (iste’molchi manfaatdor bo‘lganda);
v) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi) iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlaydi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, “O‘zenergoinspeksiya”, issiqlik ta’minoti korxonalari, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
7. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Iste’molchilar issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, issiqlik ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulashda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik ta’minoti korxonasining bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik ta’minoti korxonasining bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi.
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
So‘rovnomada issiqlik iste’molining yuklama hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, issiqlik ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan obyekt joyiga chiqib o‘rganiladi yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘lanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmi aniqlanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u ko‘rsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik ta’minoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda issiqlik ta’minoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
16. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalar loyihalarini ham yuborishi mumkin. Bunda, issiqlik ta’minoti korxonasi o‘zining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulatsiyasini aniq ko‘rsatadi.
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda issiqlik ta’minoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan so‘ng real vaqt rejimida iste’molchiga beradi.
17. Ulanish yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyati mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Boshqa asoslarga ko‘ra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
19. Issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun iste’molchilar loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarishga shartnomalar tuzadi.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
So‘rovnomaga issiqlik ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.
So‘rovnoma issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uchun issiqlik ta’minoti korxonasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni ichida issiqlik ta’minoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan issiqlik ta’minoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
23. Issiqlik ta’minoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi issiqlik ta’minoti loyihasini kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Boshqa sabablarga ko‘ra issiqlik ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy so‘rovnoma tushganidan so‘ng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Issiqlik ta’minoti loyihasini takroran ko‘rib chiqishda issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
24. QR-kodli xulosa tasdiqlangach Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali yuboriladi.
25. Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilar issiqlik ta’minoti korxonalari yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
26. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
261. Agar issiqlik ta’minoti korxonasi belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirmasa yoxud asoslantirilgan rad javobini bermasa, xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik issiqlik ta’minoti korxonasi zimmasiga yuklatiladi.
27. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari yoki iste’molchilar qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan so‘ng issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun YIDXPda yoki Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan va iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
So‘rovnoma issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun avtomatik ravishda “O‘zenergoinspeksiya”ga yuboriladi.
28. “O‘zdavenergonazorat” DI joyning o‘ziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini o‘rganadi, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshiradi.
29. “O‘zenergoinspeksiya” bildirishnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
291. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb ataladi) tuzilib, unda iste’molchi elektr qurilmalari foydalanishga tayyorligi (tayyor emasligi) to‘g‘risida yozuv qayd etiladi.
30. Iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalarini montaj qilishda aniqlangan kamchiliklar, texnik shartlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, issiqlik energiyasi qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi Dalolatnomani imzolashni rad etishga asos bo‘ladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli Dalolatnomani imzolashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi bildirishnoma “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari mavjud qoidabuzarliklarni bartaraf etib, qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega bo‘lgan muddat “O‘zenergoinspeksiya”ning qoidabuzarliklar mavjudligi to‘g‘risidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan “O‘zenergoinspeksiya”ning Dalolatnomani imzolashni rad etishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan so‘ng ushbu tashkilotlar “O‘zenergoinspeksiya”ga issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini qaytadan ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylarga chiqish to‘g‘risidagi so‘rovnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuboradi.
“O‘zenergoinspeksiya” so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
Issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishni takroran ko‘rib chiqishda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
31. “O‘zenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan so‘ng iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolashga tayyorligi to‘g‘risidagi so‘rovnomani issiqlik ta’minoti korxonasi, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga, shuningdek, iste’molchiga (elektron ko‘rinishda murojaat etganda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi.
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish “O‘zenergoinspeksiya”ni iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida xabardor qilingandan keyin amalga oshiriladi.
33. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
34. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
35. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik ta’minoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda issiqlik ta’minoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Iste’molchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yangi abonent raqami issiqlik ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, iste’molchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JShShIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yo‘li bilan aniqlashlari mumkin.
36. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
37. Issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
Bir vaqtning o‘zida issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni YIDXP orqali “O‘zenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan kelishadi.
Dalolatnomani imzolanishi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yuqorida keltirilgan barcha tomonlar xabardor qilingan paytdan boshlab ikki kalendar kunidan oshmasligi lozim.
Dalolatnoma yuqorida keltirilgan tomonlarning barcha vakillari tomonidan belgilangan muddatdan kechikmasdan imzolanadi.
Agar Reglamentning ushbu bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng Dalolatnomani qayd etilgan tomonlar imzolamasa, Dalolatnoma kelishilgan deb hisoblanadi.
371. Dalolatnoma mazkur Reglamentning 37-bandida ko‘rsatilgan tomonlar uni imzolagach, issiqlik ta’minoti korxonasining rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
38. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqida iste’molchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
39. Iste’molchi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik ta’minoti shartnomasi issiqlik ta’minoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
40. Iste’molchi issiqlik ta’minoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
41. Issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
42. Ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
43. Texnik shartlarni, shu jumladan, qo‘shimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, issiqlik ta’minoti loyihalarini kelishish, iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlash va issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilishi bundan mustasno.
44. Davlat xizmatlari markazlari, issiqlik ta’minoti korxonalari, “O‘zenergoinspeksiya”, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan iste’molchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
45. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
46. Iste’molchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
47. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etiladi:
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga;
loyiha-smeta hujjatlarida suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan obyektlarga.
3. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzmasdan suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish taqiqlanadi.
4. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
suvni hisobga olish priborini plombalash;
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish;
suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish.
5. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti (keyingi o‘rinlarda SQKX tashkiloti deb ataladi):
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va kelishadi, agar loyiha ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti bo‘lsa;
suvni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi;
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzadi;
suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilishni amalga oshiradi;
b) loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
6. Davlat xizmatlari markazlari, SQKX tashkilotlari, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda texnik shartlar, suv ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
maishiy iste’molchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xo‘jaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida;
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi texnik shart mavjud bo‘lib begonalashtirilganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda;
ulanish nuqtalari o‘zgarganda, suvdan foydalanish hajmlari o‘zgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini o‘rnatish, plombalash va suv ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi. Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori o‘rnatilishi talab etilmasa, SQKX tashkiloti tomonidan iste’molchiga tizim orqali faqat suv ta’minoti shartnomasi yuboriladi.
7. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Iste’molchilar suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olishga Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ichimlik suv ta’minoti obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (o‘lchash vositalari o‘rnatilib, ichimlik suv uy ho‘jaligigacha yetkazilgan taqdirda), iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra SQKX bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish va suvni hisobga olish priborini plombalash amalga oshiriladi.
9. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Zarur hollarda so‘rovnomada ulanish nazarda tutilayotgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilarning roziligi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq SQKX tashkilotining bank hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq SQKX tashkilotining bank hisob varag‘iga o‘tkaziladi.
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
So‘rovnomada suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash iste’molining yuklama hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, SQKX tashkiloti xodimlari obyektni joyiga chiqib o‘rganadilar yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘lanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u ko‘rsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgach real vaqt rejimida uni SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
16. SQKX tashkiloti so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
SQKX tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, SQKX tashkiloti o‘zining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulatsiyasini aniq ko‘rsatadi.
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan so‘ng real vaqt rejimida iste’molchiga beradi.
17. Iste’molchining obyekti joylashgan hududda quvvati SQKX tashkiloti tomonidan iste’molchiga suvni yetkazib berish va undan oqova suvlarini qabul qilishni ta’minlaydigan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Boshqa asoslarga ko‘ra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
19. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun iste’molchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini amalga oshirishga shartnomalar tuzish huquqiga ega.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
So‘rovnomaga suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.
So‘rovnoma suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi SQKX tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hollarda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish talab etilmaydi.
23. SQKX tashkiloti so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
SQKX tashkiloti QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
Xulosani tasdiqlash SQKX tashkilotining ERIsi bilan amalga oshiriladi.
24. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Boshqa sabablarga ko‘ra suv ta’minoti va suvni c | 137 | 63,258 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-669-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 7-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-669-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 735 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 20-oktabrdagi PQ-2637-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi yangi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
patent bojlari, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi “Intellekt Ekspert” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markaziga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 47-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Agentlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek Butunjahon intellektual mulk tashkilotida va intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.
4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
5. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish;
Davlat patent fondini va intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ularning saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining xo‘jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini ta’minlash;
intellektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish;
korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha konsultativ va amaliy ko‘maklashish, shuningdek intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
6. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
intellektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ko‘rsatilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza qilish hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida umumiy ma’lum bo‘lgan tovar belgilarining tegishli reyestrlarini va Ro‘yxatini yuritadi;
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga, berilgan buyurtmanomalarning belgilangan tovarlarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;
intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to‘liq yoki qisman o‘zgaga berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;
intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
Davlat patent fondini butlash ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;
Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
patent bo‘yicha vakolatli vakillarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, patent bo‘yicha vakolatli vakillarning davlat reyestrini yuritadi;
intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
mualliflik huquqi va aralash huquqlar to‘g‘risidagi qonun buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi;
tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va aralash huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi haqida xulosa beradi;
audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun dasturlarni tiklash, realizatsiya qilish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
patent-axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam ko‘rsatadi;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro kooperatsiyani va o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha idoralararo axborot hamkorligini amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari uchun intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, intellektual mulk sohasida kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
intellektual mulk sohasida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va ularda qatnashadi;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirish uchun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va ularda qatnashadi;
intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan qonuniy foydalanish to‘g‘risidagi masalalarda aholi keng qatlamlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini o‘tkazadi;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi hamda Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga binoan mazkur shartnomalarni imzolaydi;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi, belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xorijiy patent idoralari, xalqaro mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlarini va patent-huquqiy adabiyotlarni xalqaro almashishni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o‘rganish va undan foydalanishni tashkil etadi;
intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi hamda ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ishlarida qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi.
7. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan zarur axborotlar, hujjatlar va materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
o‘z vakolatlari doirasida litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklovchi ko‘rsatmalar berish;
ixtirochilik va ijodiyotning boshqa turlari sohasidagi ulkan yutuqlar uchun O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallarni buyurtmachilardan belgilangan tartibda so‘rash;
intellektual mulk obyektlari yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarning muhokamasini tashkil etish va o‘tkazish, ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish uchun buyurtmachilarni va ularning vakillarini taklif etish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, intellektual mulk sohasidagi ilmiy-metodik va axborot materiallarini, davriy nashrlarni hamda boshqa matbaa mahsulotlarini chop etish va tarqatish;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqni himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun mamlakatimizdagi va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
budjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish;
o‘z xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Agentlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarish majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
9. Agentlik:
o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmatlar ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, integral mikrosxemalar topologiyalari bo‘yicha buyurtmanomalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazishning o‘z vaqtidaligi, sifati va maxfiyligi;
budjet mablag‘laridan va patent bojlari undirish mablag‘laridan, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov tushumlaridan hamda Agentlik tasarrufida qoladigan boshqa mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javob beradi.
10. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Bosh direktor moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosari — vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
11. Bosh direktor:
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Xodimlarning umumiy soni doirasida Agentlik tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, Agentlikning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi.
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
patent bojlari, EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Agentlikning joriy ta’minoti budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
13. Agentlikda Bosh direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Bosh direktor taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Agentlik faoliyatining intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yanada takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Hay’at Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda, Bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozma shaklda ma’lum qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
14. Agentlikda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarning kelib chiqish joylari nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq apellatsiyalarni, shuningdek tovar belgilarini O‘zbekiston Respublikasida umumiy e’tirof etilgan deb tan olish to‘g‘risidagi arizalarni sudgacha ko‘rib chiqish uchun Apellatsiya kengashi tuziladi.
Apellatsiya kengashi tarkibiga Bosh direktor, uning o‘rinbosarlari, Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning muhim masalalari bo‘yicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, ko‘rib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun Agentlikda uning yuqori malakali xodimlaridan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, intellektual mulk sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan Ilmiy-texnika kengashi tuziladi.
Ilmiy-texnika kengashi to‘g‘risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
16. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini, ta’lim muassasalarining o‘qituvchilar tarkibini, patent sohasidagi vakolatli xodimlarni, tadbirkorlik subyektlarini hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa manfaatdor shaxslarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Agentlik huzurida Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etiladi.
Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazining ustavi Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
17. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 92 | 21,807 |
Qonunchilik | Oʻquvchilar oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida kasbiy ta’lim oladi | Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son qarori bilan maktablarning 10–11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga iхtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi.
Hujjat bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflari oʻquvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, 10–11-sinflar oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berish uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi, majburiy va bepul amalga oshiriladi (qoʻshimcha pullik хizmatlar koʻrsatilishi mumkin). Kasbiy ta’lim berish muddati 2 yil. U litsey, kollej va maktablardagi majmualarda tashkil etiladi.
Majmuada oʻquvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik asoslarini, mehnat va kasb koʻnikmalarini egallashi, shuningdek ularning kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishi ta’minlanadi. Majmuadagi kasb-hunarning turiga karab hududdagi tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amaliy mashgʻulotlar tashkil etilishi mumkin.
Majmuada 2 oʻquv yili davomida jami 408 soat kasbiy ta’lim beriladi. Har bir oʻquv yili yakunida oʻquvchilar uchun 36 soatdan iborat ishlab chiqarish amaliyoti oʻtkaziladi. Oʻquvchilarning kasb-hunarga oid bilimlarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida majmuada joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratlar amalga oshiriladi.
Majmuani muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilarga mehnat qilish huquqini beruvchi kasb malakasi boʻyicha davlat namunasidagi diplom beriladi. Yakuniy nazoratdan oʻta olmagan oʻquvchilar uchun qayta yakuniy nazorat tashkil etiladi. Qayta yakuniy nazoratdan oʻta olmagan oʻquvchilarga kasbiy ta’limni olganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma beriladi.
Bundan tashqari quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat 2017 yil 24 oktyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Sardor JUMAShOV,
ekspert-yuristimiz. | 67 | 2,040 |
Qonunchilik | Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlashga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom kameral nazorat natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun davlat soliq xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda soliq organlari deb ataladi) tomonidan joyiga borgan holda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlar ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq majburiyatlariga ega bo‘lgan barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
mavzuga oid va ekspress-o‘rganish — soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi bo‘yicha joyiga borgan holda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan o‘rganish;
mavzuga oid va ekspress-o‘rganish ishtirokchilari — soliq organlarining mansabdor shaxslari hamda soliq to‘lovchi, shuningdek, soliq to‘lovchining vakillari.
4. Soliq to‘lovchidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga taalluqli bo‘lmagan hujjatlarni talab qilishga yoxud soliq organi mansabdor shaxslari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni tayinlashga kameral nazorat natijalariga ko‘ra soliq organining talabnomasiga binoan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida uni o‘rganish zarurati asos bo‘ladi.
6. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni tayinlash mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
soliqlar va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligi;
ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining sof foyda va dividendlar hisoblanishi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga 30 foiz miqdorida ajratmani aniqlash to‘g‘risidagi hisobotida soliq organlarida xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatiga doir boshqa ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi;
kameral nazorat natijasida soliq to‘lovchining bank hisob raqamlarida pul mablag‘larining harakatlari tahlilida xarid qilinadigan va realizatsiya qilinadigan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi, nomenklaturasi (assortimenti) va summasi o‘rtasida aniqlangan nomutanosibliklar;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etish majburiyati yuklangan organlar va tashkilotlardan soliq organlariga kelib tushgan axborotlar tahlili bo‘yicha aniqlangan tafovut va farqlar;
valyuta qonunchiligi sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar, shu jumladan, tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha import va eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxining oshirilishi va pasaytirilishi.
7. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish maqsadida, o‘rganilayotgan soliq to‘lovchi, o‘rganishni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi talabnoma, o‘rganish muddati, shuningdek, soliq organining o‘rganishni amalga oshiradigan mansabdor shaxslari tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i chiqariladi.
8. Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslariga mavzuga oid va ekspress-o‘rganish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
mavzuga oid va ekspress-o‘rganish materiallari bilan tanishish va natijasi bo‘yicha ma’lumotlar olish;
o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy hamda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga aloqasi bo‘lmagan hujjatlari va talablarini bajarmaslik;
o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining hatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
mavzuga oid va ekspress-o‘rganish amalga oshirilishida qatnashish uchun o‘zlarining vakillarini taklif qilish huquqiga ega.
Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Soliq to‘lovchilar quyidagilarga majbur:
mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishlari;
mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarini ishlab chiqarish hududlariga, ombor, savdo binolariga hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarga ko‘zdan kechirishni amalga oshirish uchun kiritishlari;
soliq organlari mansabdor shaxslarining mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga tegishli bo‘lgan qonuniy talablarini bajarish, shuningdek, mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish davomida ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik.
Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
10. Soliq organlarining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
kameral nazorat natijalarining haqqoniyligini tekshirish maqsadida soliq to‘lovchining faqat mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga tegishli bo‘lgan buxgalteriya, moliya, statistika, bank ma’lumotlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish;
soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlarini, ombor, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirish;
faqat mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga tegishli bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini olish;
ko‘zdan kechirish davomida tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalar kamomadi yoki ortiqcha tovar-moddiy zahiralar va asosiy vositalar, shuningdek, ularni yaroqsizlanganlik holati aniqlanganda, qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq inventarizatsiyani (to‘liq yoki tanlov asosida) tashkillashtirish, hujjatlarni talab qilish va soliq to‘lovchidan tushuntirishlar olish;
soliq to‘lovchi tomonidan tovar-moddiy boyliklar vositachiga yoki mas’ul saqlashga berilgan hollarda komitent/komissioner va mas’ul saqlovchilarning omborlarini talabnoma rasmiylashtirmagan holda soliq organining tegishli buyrug‘i asosida ko‘zdan kechirish.
Soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Soliq organlarining mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
mavzuga oid va ekspress-o‘rganish boshlanishidan oldin soliq to‘lovchini o‘rganish maqsadi bilan tanishtirish va o‘zlarining xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishlari;
soliq to‘lovchiga soliq organining mavzuga oid va ekspress-o‘rganish tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma nusxasini tilxat olish orqali topshirishlari;
qonun hujjatlariga muvofiq soliq siriga rioya etish.
Soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar soliq to‘lovchi yoki uning vakiliga topshirilgan payt o‘rganish boshlangan payt deb hisoblanadi.
13. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish faqat kameral nazorat o‘tkazilgan soliq davri uchun amalga oshiriladi. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
14. Zarur hollarda (foydali qazilmalar hajmini aniqlashda, nazorat o‘lchovi va hokazo) mavzuga oid va ekspress-o‘rganishda qatnashish uchun o‘rganish natijasidan manfaatdor bo‘lmagan ekspertlar, mutaxassislar hamda tarjimonlar jalb etilishi mumkin.
15. Soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlari, ombor, savdo binolari hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish soliq organining talabnomasiga javoban soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan ishchi o‘rinlarini, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni yoki boshqa mol-mulkni mavjudligini tasdiqlash maqsadida ko‘zdan kechiriladi. Zarur hollarda ko‘zdan kechirish o‘tkazilishida foto va videotasvirga olish orqali amalga oshirilishi mumkin.
16. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi munosabati bilan zurur hujjatlar olib qo‘yilgan hollarda, soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur holat yoritilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Mazkur holatda mavzuga oid va ekspress-o‘rganish jinoyat ishi doirisida taftish o‘tkazilishi sababli kechiktirilishi mumkin.
17. Soliq to‘lovchi tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga taalluqli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma soliq to‘lovchi tomonidan avval taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchsiz deb tan olinishiga asos bo‘ladi.
18. Soliq organining mansabdor shaxslarini soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlariga, ombor, savdo binolariga hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarga ko‘zdan kechirishni o‘tkazish uchun kiritmaslik, o‘rganilishi zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmaslik, shuningdek, soliq xizmati organi xodimlarining mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish davomida o‘z xizmat vazafalarini bajarishga to‘sqinlik qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
19. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish natijasi bo‘yicha soliq organinig mansabdor shaxslari tomonidan qonunbuzilishlar aniqlanganda, ularni soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etgan holda soliq to‘lovchining tushuntirishlari hisobga olingan, batafsil yoritilgan ma’lumot tuziladi.
20. Agar mavzuga oid va ekspress-o‘rganish tugallanganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi holatlari mavjudligi aniqlanmagan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotnomada qayd etiladi.
21. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish ma’lumotiga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
o‘rganishni tayinlash uchun asos hisoblangan mezonlar ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari;
o‘rganishni amalga oshirish davomida olingan hujjatlar nusxalari, shuningdek, o‘rganish doirasida amalga oshirilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
22. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma soliq to‘lovchiga topshirilgan kun yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan kun o‘rganish tugallangan kun hisoblanadi.
23. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish davomida soliq to‘lovchilar o‘rganishni amalga oshirilishi yakunlangunga qadar mustaqil ravishda soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etishga haqli, shu jumladan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishlari, shuningdek, qo‘shimcha hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lashlari mumkin. Mazkur harakatlar o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotnomada aks ettiriladi.
24. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlar natijalari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish maqsadida kameral nazorat materiallariga ilova qilinadi xamda soliq organlarining “tahlikali-tahlil” tizimida aks ettiriladi.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 143 | 12,750 |
Qonunchilik | Davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bekor qilindi | 2019 yildan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bekor qilinadi. 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi. Batafsil – bu yerda. | 56 | 191 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni, “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son, “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimi kiritilganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 11-mart kuni o‘tkazilgan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining 23-son bayonida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazish nazarda tutilganligi;
v) Vazirlar Mahkamasi apparatining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatiga IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentidan Innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis shtat birligi o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda bir oy muddatda:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari loyihalari:
Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining funksional vazifalari hamda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan va qayta nomlangan tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birliklari o‘zgargan tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
b) Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarni zarur nazariy va amaliy ko‘nikmalarga hamda yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish yuzasidan takliflar kiritilishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
1. 1-banddagi “277 nafar” so‘zlari “278 nafar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining tuzilmasi 41-ilovaga muvofiq”;
oltinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining tuzilmasi 12-ilovaga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyatining tuzilmasi 151-ilovaga muvofiq”;
o‘n sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishincha o‘n to‘qqizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining tuzilmasi 16-ilovaga muvofiq”.
3. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. Quyidagi mazmundagi 41-ilova qo‘shilsin:
5. 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 9-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik tashkilotlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish masalalari yuzasidan
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringi hamda importni optimallashtirish masalalari yuzasidan
3. Tashqi ishlar vazirligi — oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari yuzasidan
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish, markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanilishini o‘rganish, mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan
5. Moliya vazirligi — budjet tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini o‘rganish, markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanilishini o‘rganish masalalari yuzasidan
6. Davlat bojxona qo‘mitasi — budjet tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar va monitoring yuritiladigan tashkilotlar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini o‘rganish masalalari yuzasidan
7. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati — importni optimallashtirish maqsadida notarif choralarni kuchaytirish, texnik jihatdan tartibga solish masalalari yuzasidan
8. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — strategik tashkilotlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari yuzasidan
9. Tijorat banklari — investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va muruvvat yordami mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari yuzasidan
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — hududiy investitsiya loyihalarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish va ular samarali amalga oshirilishi monitoringini olib borish masalalari yuzasidan
11. Budjet tashkilotlari, budjet mablag‘larini oluvchilar — monitoring yuritiladigan tashkilotlar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini o‘rganish masalalari yuzasidan”.
8. 10-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. 11-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. 12-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11. 14-ilovaning “Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12. 15-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
13. Quyidagi mazmundagi 151-ilova qo‘shilsin:
14. 16-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
15. 17-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
16. 21-ilovaning “Biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
17. 23-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 128 | 9,421 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAMDA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoni 10-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning kuchi “Angren” maxsus industrial zonasi hududida amalga oshirilayotgan faoliyatga daxldor emas”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda Angren sanoat zonasi ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruhni tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 4-avgustdagi F-3689-son Farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 147 | 1,041 |
Qonunchilik | Investitsiya loyihalari yangi shartlar boʻyicha amalga oshiriladi | Vazirlar Mahkamasining 10.01.2022 yildagi “Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 14-son qarori qabul qilindi.
Hujjat yer uchastkalarini olib qoʻyish masalalarida nizoli vaziyatlarning oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:
birinchidan, nizomning 33-bandiga ikkita хatboshi kiritildi. Ularga koʻra,
ikkinchidan, nizomning 47-bandi yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda, investor ularning koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddatini belgilash toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Ilgari, investor bunday mulkdorlarning koʻchmas mulk ob’yektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli edi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 65 | 1,331 |
Qonunchilik | YO‘LOVChILAR AVTOVOKZALLARI, AVTOSTANSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 21-son, 204-modda) ijrosini ta’minlash, avtovokzallar va avtostansiyalar ishini takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2003-yil 6-dekabrdagi 158-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1305, 2004-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 4-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 113 | 990 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida:
a) 22-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi qo‘shilsin:
“qarzdorlik kelib chiqqanda I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha solidar javobgarligi”;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 108-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda, I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorida:
a) 1-ilovada:
107-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Byuro maishiy iste’molchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, mazkur Qoidalarning 71-bandi talablarini inobatga olgan holda esa o‘n besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, kelib chiqqan qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobvaraqlaridan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda so‘zsiz har oyda chiqarish choralarini ko‘radi”;
113-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”;
b) 2-ilovada:
93-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Iste’mol qilingan tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”;
97-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Byuro iste’molchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat o‘tgandan so‘ng, qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy undirish, shu jumladan kelib chiqqan qarzdorlikni eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ushbu iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobvaraqlaridan so‘zsiz har oyda chiqarish, shuningdek, iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan uzish choralarini ko‘radi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 17-fevraldagi 57-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 2-maydagi 205-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 9-10-son, 72-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda) ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori)” 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 66-modda) 1-ilovaning 4 va 5-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ–398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 53-bandi. | 250 | 6,326 |
Qonunchilik | V.P. ChKALOV NOMIDAGI TOShKENT AVIATSIYA IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI FAOLIYATINI BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Bozor sharoitlarida V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi ishining samaradorligini oshirish va barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, aviabirlashmaning yo‘lga qo‘yilgan kooperatsiyalashgan aloqalari mavjud emasligi, tugallanmagan va tayyor mahsulotning to‘planib qolishi uning moliyaviy ahvolining yomonlashuviga, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmasligiga, budjet va respublika pensiya jamg‘armasi oldidagi qarzlarining oshib ketishiga olib kelmoqda, umuman esa birlashmaning rivojlanish istiqboliga salbiy ta’sir etmoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi masalalari” bo‘yicha 1993-yil 25-maydagi 250-son qarorining 1-bandi quyidagicha o‘zgartirilgan holda:
bosh direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari tugatilsin;
birlashma tizimida funksional direktor lavozimlari joriy etilsin, ularga ishlab chiqarishni, iqtisodiy ishlarni, marketing va innovatsiya faoliyatini tashkil etishga rahbarlik qilishni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin;
belgilab qo‘yilsinki, birlashmaning bosh direktori, funksional direktorlar va mustaqil balansda turuvchi tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
3. V.N. Juravlev — bosh direktor lavozimidan ozod qilinib, birlashmaning tijorat direktori etib tayinlansin;
V.P. Kucherov — bosh muhandis lavozimidan ozod qilinib, birlashmaning bosh direktori etib tayinlansin;
D.H. G‘ulomov — Farg‘ona mexanika zavodining direktori lavozimidan ozod qilinib, birlashmaning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori etib tayinlansin;
V.A. Xlevnoy — birlashmaning iqtisodiy ishlar bo‘yicha direktori etib tayinlansin.
4. Bosh direktor V.P. Kucherov:
birlashmaning tuzilmasini, shtat jadvalini va Ustavini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
birlashmaning tarkibiy bo‘linmalarini va Toshkent shahridagi bosh korxonasini o‘zaro muvofiqlashtirishni va ularga operativ rahbarlik qilishni ta’minlasin
5. Bozor sharoitlarida birlashma faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bu maqsadda xorijiy investorlarni jalb etish hamda uning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shuningdek, mehnat jamoasining ijtimoiy masalalarini hal etish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va V. Chkalov nomidagi ishlab chiqarish birlashmasining — aviabirlashmani ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibiy bo‘linmalarining — V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlashtirishda va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda birlashma mahsulotini sotishda investitsiya va lizing faoliyatini amalga oshirishda o‘zlarining ishtirok etishlari to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 129 | 3,116 |
Qonunchilik | “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASINING USTAVINI VA “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASINING KUZATUVChI KENGAShI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Kuzatuvchi kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 3-martdagi PQ-809-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ustavi 1-ilovaga muvofiq;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bir oy muddatda:
Ustavni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
o‘zining ichki hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
1.1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Kombinat” deb ataladi) unga tezkor boshqarish uchun berilgan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan Davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkiloti hisoblanadi. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilangan doirada o‘z faoliyati maqsadlariga, Muassisning topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
1.2. Kombinat yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, tovar belgilariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.
1.3. Korxonaning davlat tilidagi rasmiy to‘liq va qisqartirilgan nomi: o‘zbek tilida: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (NKMK) Davlat korxonasi, rus tilida: Gosudarstvennoye predpriyatiye “Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat” (NGMK), ingliz tilida: “Navoi Mining and Metallurgisal Combinat” State Compani (NMMC).
1.4. Kombinat joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 27.
1.5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda “Muassis” deb ataladi) Kombinatning muassisi hisoblanadi.
1.6. Kombinat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
1.7. Kombinat Muassisning roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan tijorat tashkilotlarida, shuningdek notijorat tashkilotlarda qatnashchi (a’zo) bo‘lishi mumkin.
1.8. Kombinat boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2.1. Foyda olish, ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, qurilish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish yuzasidan davlat dasturlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ushbu Ustavda ko‘rsatilgan, iste’mol xossalari yuqori va kam xarajatli, ularning raqobatbardoshliligini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish Kombinat faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
2.2. Quyidagilar Kombinat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
2.2.1. Foydali qazilmalarni kavlab olish;
2.2.2. Qimmatbaho va noyob metallarni, qimmatbaho toshlarni kavlab olish;
2.2.3. Tarkibida qimmatbaho va noyob metallar mavjud bo‘lgan sanoat mahsulotlarini qayta ishlash;
2.2.4. Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash;
2.2.5. Qimmatbaho metallar va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini transportda tashish va sotish;
2.2.6. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, konni ochish, qayta ishlash, foydalanish, saqlash, xizmat ko‘rsatish, transportda tashish, zararsizlantirish, utillashtirish va ko‘mish;
2.2.7. Portlovchi va zaharli moddalarni, ular qo‘llaniladigan materiallar va buyumlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish;
2.2.8. Portlatish ishlarini bajarish;
2.2.9. O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida qimmatbaho metallar, uran hamda ularga yo‘ldosh foydali qazilmalarga oid geologiya-qidiruv ishlarini bajarish;
2.2.10. Geodeziya faoliyati;
2.2.11. Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ta’mirlash;
2.2.12. Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ishlatish;
2.2.13. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
2.2.14. Kapital qurilish;
2.2.15. Teleradio eshittirishlar translatsiyasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish;
2.2.16. Telekommunikatsiyalarning mahalliy, shaharlararo va xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko‘rsatish;
2.2.17. Harakatlanadigan radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko‘rsatish;
2.2.18. Shaxsiy radio chaqiriq tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko‘rsatish;
2.2.19. Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish va ularga xizmatlar ko‘rsatish;
2.2.20. Axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish, ta’mirlash va ulardan foydalanish;
2.2.21. Yong‘inga qarshi avtomatlar, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
2.2.22. Ichki qatnovda yo‘lovchilar va yuklarni temir yo‘lda tashish;
2.2.23. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro tashish;
2.2.24. Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tashish, saqlash, realizatsiya qilish, tibbiy ehtiyojlar uchun foydalanish va yo‘q qilish. Prekursorlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.2.25. Fosfor xomashyosi va o‘g‘itlar ishlab chiqarish;
2.2.26. Stanoksozlik;
2.2.27. Qurilish materiallari ishlab chiqarish.
Agar qonun hujjatlarida ushbu bandda nazarda tutilgan tegishli faoliyat litsenziyalanishi belgilangan taqdirda, Kombinat faoliyatning ushbu turini tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir.
2.3. Kombinat shuningdek faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
tibbiy faoliyat;
farmatsevtika faoliyati;
noshirlik va matbaachilik faoliyati;
turistik faoliyat;
ulgurji savdo va savdo-vositachilik faoliyati;
tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish;
bojxona omborini ta’sis etish;
o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish;
aeroportlarda yo‘lovchilar va yuklarni havoda tashish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish;
o‘z ehtiyojlari va boshqa iste’molchilarning ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va aholiga xizmatlar ko‘rsatish;
oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari hamda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni chakana tarmoq orqali sotish;
lyuminessent lampalarni demerkurizatsiyalash;
temir yo‘l transportida yuk karvonsaroylari tashkil etish;
bolalar, o‘smirlar va yoshlar sog‘lomlashtirish oromgohlari va boshqalarni, dam olish zonalarini tashkil etish.
Agar qonun hujjatlarida ushbu bandda nazarda tutilgan tegishli faoliyat litsenziyalanishi belgilangan bo‘lsa, Kombinat faoliyatning ushbu turini faqat litsenziya asosida amalga oshirishga haqlidir.
2.4. Kombinat faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshiradi.
3.1. Kombinat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
3.2. Kombinat Muassisga hisobot beradi.
3.3. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Kombinatning maqsadlari, faoliyati predmeti va turlarini belgilash;
Kombinat Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Kombinatning ijro etuvchi organi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish;
Kombinatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Kombinatning ortiqcha, foydalanilmayotgan, yoxud boshqa maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish va uni tasarruf etish;
Kombinatga berilgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Kombinat mol-mulki bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilish;
Kombinatga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida Kombinat ijro etuvchi organiga da’vo taqdim etish.
3.4. Kombinatni boshqarish:
Kuzatuvchi kengash;
Ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
3.5. Kuzatuvchi kengashning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
3.6. Kuzatuvchi kengashning faoliyati Muassisning qarori bilan tasdiqlanadigan Kombinatning Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
3.7. Kuzatuvchi kengashning vakolatlariga quyidagilar tegishlidir:
qimmatbaho va nodir metallar, uran va fosfor xomashyosini qazib olish uchun mineral-xomashyo bazasidan to‘liqroq va samarali foydalanish maqsadida Kombinatning strategik vazifalarini va uni istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
qimmatbaho va nodir metallarning yangi ochilgan konlarida va ishlab turgan konlarida kavlab olishni o‘zlashtirish va kengaytirish maqsadida Kombinatni rivojlantirishning o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlarga muvofiq modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish;
keyinchalik Muassisga kiritish uchun qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bo‘yicha har yillik davlat buyurtmasini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan Kombinat faoliyatining har yillik ishlab chiqarish biznes-rejalarini, investitsiya dasturlarini va boshqa tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish;
Kombinat moliya-xo‘jalik faoliyatining, zaruriyat bo‘lganda, mustaqil ekspertlar va auditorlarni jalb etgan holda, shu jumladan tuziladigan kontraktlar, moliyalashtirish sxemalari va shartlarini ekspertizadan o‘tkazgan holda, ichki audit xizmati tomonidan yilning har choragida o‘rganilishini tashkil etish;
qo‘shma korxonalar tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
Kombinatning ishlab chiqarish va moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ijro etuvchi organning hisobotini yilning har choragida eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida Kombinat bosh direktorini yollash to‘g‘risida Muassisning nomidan mehnat shartnomasi tuzish va uni bekor qilish;
tashkiliy tuzilmani va Kombinatni boshqarish apparati tuzilmasini ma’qullash;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;
ijro etuvchi organ faoliyati tartibini belgilab beradigan hujjatlarni tasdiqlash;
Miqdori Kombinat aktivlarining 10 foizidan ortiqni tashkil etadigan mol-mulkni sotib olish va o‘zgaga berish bilan bog‘liq bitimlar tuzilishini ma’qullash.
3.8. Kuzatuvchi kengashning qarori bo‘yicha Kuzatuvchi kengash a’zolari Kombinat faoliyatiga tegishli bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish va Kuzatuvchi kengashga yuklangan majburiyatlarni ijro etish uchun ularni ijro etuvchi organdan talab qilish huquqiga egadir. Olingan hujjatlar Kuzatuvchi kengash va uning a’zolari tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
Kuzatuvchi kengash vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar ijro etuvchi organning hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
3.9. Kombinatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.
3.10. Bosh direktor yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ hisoblanadi.
3.11. Kombinatning bosh direktori Muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
3.12.Bosh direktor Kuzatuvchi kengash bilan kelishgan holda Kombinat xodimlarining ish haqi miqdorini tasdiqlaydi.
3.13. Bosh direktor Kuzatuvchi kengash bilan kelishgan holda o‘z o‘rinbosarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlaydi va ozod qiladi.
4.1. Kombinatning ustav fondi o‘zida Kombinat tomonidan ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun unga Muassis tomonidan berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar jamini ifodalaydi.
4.2. Kombinat ustav fondining miqdori 2008-yil 26-martdagi holatiga ko‘ra 980 381 010,0 ming so‘mni tashkil etadi.
5.1. Kombinatning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Kombinat ustaviga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan Muassisning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
6.1. Tezkor boshqarish huquqi bilan Muassis tomonidan Kombinatga biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Kombinatning mol-mulkini tashkil etadi.
6.2. Kombinatning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmasdir va ulushlar (ulushlar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
6.3. Kuzatuvchi kengash Muassis nomidan Kombinatga berilgan davlat mulkining o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanilishi va saqlanishi, shuningdek o‘zgaga berilishi ustidan nazorat qiladi.
6.4. Muassis bilan kelishgan holda Kombinatning bosh direktori quyidagi hollarda Kombinatning mol-mulkini tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni realizatsiya qilish, ularni ijaraga berish yoki garovga qo‘yish;
mol-mulkni ulush sifatida boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga qo‘yish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va realizatsiya qilish;
Kombinat faoliyati maqsadlariga muvofiq bo‘lmagan mol-mulkni o‘zgacha tasarruf etish.
7.1. Barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Kombinatda qoladigan sof foyda Kombinat tasarrufida qoladi va Muassisning yoki, agar Muassis ushbu huquqni Kuzatuvchi kengashga bersa, Kuzatuvchi kengashning qarori bo‘yicha foydalaniladi.
7.2. Muassis o‘z qarori bilan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlarida va homiylik yordami sifatida yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini belgilaydi, ularni tasarruf etish huquqini Kombinatning bosh direktoriga beradi.
7.3. Kombinatning xo‘jalik faoliyati natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash ushbu maqsadlarda tashkil etilgan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
8.1. Kombinat o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira jamg‘armasini, shuningdek miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadigan boshqa jamg‘armalarni tashkil etishi mumkin.
Asosiy vositalarni qayta baholash summasi va bepul olingan mol-mulk qiymati ham zaxira jamg‘armasini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.
9.1. Kombinatning bosh direktori:
Kombinat nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Kombinatning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
Kombinatning ichki tartib-qoidasi va xo‘jalik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
Kombinat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
davlat buyurtmasi va tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarni bajarishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ishlab chiqarish dasturlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
asosiy faoliyatni istiqbolli rivojlantirish, ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy etishga oid tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarni ko‘radi;
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llashni tashkil etadi;
faoliyatning yangi yo‘nalishlariga oid takliflarni ishlab chiqadi;
Kombinat xodimlari mehnatini muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash, atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlari talablari bajarilishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Kombinatning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
9.2. Bosh direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarni bajarishda Kombinat manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi.
9.3. Bosh direktor budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lov o‘z vaqtida to‘lanishi, ish haqi to‘lanishi, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan Kombinatga yetkazilgan zarar, shu jumladan korxonaga berilgan davlat mulki yo‘qotilgan holat uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
10.1. Kombinat hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlash uchun belgilangan tartibda berilishi uchun javob beradi.
10.2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida Kombinat faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
10.3. Bosh direktor yilning har choragida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati natijalari va Kombinatni rivojlantirishning tasdiqlangan eng muhim dasturlari amalga oshirilishi to‘g‘risida Kuzatuvchi kengashga hisobot beradi.
11.1. Kombinat o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Kombinatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Muassis Kombinat majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javob beradi.
11.2 Kombinat Muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12.1. Kombinat Muassis bilan kelishgan holda, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, ham O‘zbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
12.2. Kombinatning filiallari va vakolatxonalari Kombinat tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida Kombinat nomidan ish ko‘radi.
12.3. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan vakolatxonalar va filiallar Kombinat tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida va hududida o‘zlari joylashgan mamlakatlarning qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radilar.
12.4.Kombinatning filiali yoki vakolatxonasi rahbari Kuzatuvchi kengash bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan tayinlanadi va u tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish ko‘radi. Ishonchnoma ushbu rahbar bilan mehnat shartnomasi to‘xtatilgan taqdirda bosh direktor tomonidan bekor qilinishi kerak.
12.5. Kombinat tomonidan tashkil etilayotgan filiallar va vakolatxonalarning majburiyatlari bo‘yicha Kombinat javob beradi.
13.1. Kombinat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Muassisning qarori bo‘yicha yoki sudning qarori bo‘yicha tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
13.2. Kombinatning tugatilishi huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmasdan Kombinat faoliyati to‘xtatilishiga olib keladi, qayta tashkil etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
1.1. Ushbu Nizom “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Kuzatuvchi kengashini (keyingi o‘rinlarda “Kuzatuvchi kengash” deb ataladi) tashkil etish va uning faoliyati tartibini, shuningdek Kuzatuvchi kengash a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
1.2. Kuzatuvchi kengash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Kombinat” deb ataladi) faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etiladi. Kuzatuvchi kengashning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
1.3. Kuzatuvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga asosiy ish joyida ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
1.4. Kuzatuvchi kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga, Kombinat Ustaviga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
1.5. Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining metallurgiya va qimmatbaho metallar sho‘basi Kuzatuvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
1.6. Kuzatuvchi kengash a’zolarining vakolatlari, shuningdek Kuzatuvchi kengashning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan to‘xtatilishi mumkin.
2.1. Kuzatuvchi kengashning vakolatlariga quyidagilar tegishlidir:
qimmatbaho va nodir metallar, uran va fosfor xomashyosini qazib olish uchun mineral-xomashyo bazadan to‘liqroq va samarali foydalanish maqsadida Kombinatning strategik vazifalarini va uni istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
qimmatbaho va nodir metallarning yangi ochilgan konlarida va ishlab turgan konlarida kavlab olishni o‘zlashtirish va kengaytirish maqsadida Kombinatni rivojlantirishning o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlarga muvofiq modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish;
keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bo‘yicha har yillik davlat buyurtmasini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan Kombinat faoliyatining har yillik ishlab chiqarish biznes-rejalarini, investitsiya dasturlarini va boshqa tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish;
Kombinat moliya-xo‘jalik faoliyatining, zaruriyat bo‘lganda, mustaqil ekspertlar va auditorlarni jalb etgan holda, shu jumladan tuziladigan kontraktlar, moliyalashtirish sxemalari va shartlarini ekspertizadan o‘tkazgan holda, ichki audit xizmati tomonidan yilning har choragida o‘rganilishini tashkil etish;
qo‘shma korxonalar tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
Kombinatning ishlab chiqarish va moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ijro etuvchi organning hisobotini yilning har choragida eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida Kombinat bosh direktorini yollash to‘g‘risida Muassisning nomidan mehnat shartnomasi tuzish va uni bekor qilish;
tashkiliy tuzilmani va Kombinatni boshqarish apparati tuzilmasini ma’qullash;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;
ijro etuvchi organ faoliyati tartibini belgilaydigan hujjatlarni tasdiqlash;
Miqdori Kombinat aktivlarining 10 foizidan ortiqni tashkil etadigan mol-mulkni sotib olish va o‘zgaga berish bilan bog‘liq bitimlar tuzilishini ma’qullash.
Kuzatuvchi kengashning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar hal etish uchun Kombinatning ijro etuvchi organiga berilishi mumkin emas.
2.2. Kombinat Kuzatuvchi kengashining vakolatiga o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari uzil-kesil hamda Kuzatuvchi kengash a’zolari va Kombinatning ijro etuvchi organi bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
3.1. Kuzatuvchi kengashning vakolatiga tegishli deb topilgan masalalar bo‘yicha qarorlar uning majlislarida qabul qilinadi.
3.2. Kuzatuvchi kengash majlisi zaruriyatga ko‘ra, biroq bir chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
3.3. Kuzatuvchi kengash a’zolari masalani Kuzatuvchi kengash majlisi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yozma taklif yuborishga haqlidir. Masalani kun tartibiga kiritish to‘g‘risidagi taklifda masalaning aniq ta’rifi, ma’ruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi, taklif etilayotgan qaror loyihasi va Kuzatuvchi kengash majlisi kun tartibi masalasi bo‘yicha materiallar ko‘rsatilishi kerak.
3.4. Uzil-kesil kun tartibi Kuzatuvchi kengash majlisida tasdiqlanadi.
3.5. Kuzatuvchi kengash majlisida Kuzatuvchi kengash kun tartibida ko‘rsatilmagan masalalar ko‘rib chiqilmaydi.
3.6. Kuzatuvchi kengash faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni Kuzatuvchi kengashning ishchi organi amalga oshiradi.
3.7. Kuzatuvchi kengash majlisini o‘tkazish uchun kvorum Kuzatuvchi kengashning tayinlangan a’zolari sonining kamida yetmish besh foizidan iborat bo‘lishi kerak.
3.8. Kombinatning Kuzatuvchi kengashi majlisida qarorlar hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kuzatuvchi kengash majlisi kun tartibi masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi. Kuzatuvchi kengash a’zolari ovozlari teng bo‘lgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
3.9. Ovozning Kuzatuvchi kengash bir a’zosi tomonidan Kuzatuvchi kengashning boshqa a’zosiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.10. Kuzatuvchi kengash raisiga Kuzatuvchi kengash majlisi o‘tkaziladigan sanagacha kamida 7 kalendar kundan kechikmay ishchi organ tomonidan:
Kuzatuvchi kengash majlisi kun tartibi loyihasi;
Kuzatuvchi kengash majlisi kun tartibi masalalari bo‘yicha Kuzatuvchi kengash qarorlari loyihalari;
Kuzatuvchi kengash majlisi kun tartibi masalalari bo‘yicha hujjatlar va axborot materiallari taqdim etiladi.
3.11. Kuzatuvchi kengash raisi tomonidan ma’qullangan kun tartibi loyihasi va tegishli materiallar Kuzatuvchi kengash majlisi o‘tkaziladigan sanagacha besh kundan kechikmay Kombinatning Kuzatuvchi kengashi a’zolariga yuboriladi.
Ayni bir vaqtda Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosiga Kuzatuvchi kengash majlisi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma yuboriladi. Bildirishnoma elektron, faksimil aloqa, telefonogramma orqali yoki Kuzatuvchi kengash a’zosiga shaxsan topshirish yo‘li bilan yuborilishi mumkin va Kuzatuvchi kengash majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
3.12. Kuzatuvchi kengash majlisiga axborotlar (materiallar) Kuzatuvchi kengashning ishchi organi tomonidan Kombinatning ijro etuvchi organi bilan birgalikda tayyorlanadi.
3.13. Zaruriyat bo‘lganda Kuzatuvchi kengash majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy Kuzatuvchi kengash a’zolari ko‘pchiligining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
3.14. Zaruriyat bo‘lganda Kuzatuvchi kengash majlisi Kuzatuvchi kengashning hozir bo‘lgan barcha a’zolarining roziligi bilan kechiktirilishi mumkin.
3.15. Kuzatuvchi kengash majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuvchi kengash majlisi bayonnomasi majlis o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan kechikmay rasmiylashtiriladi.
3.16. Kuzatuvchi kengash majlisi bayonnomasida:
majlis o‘tkaziladigan joy va vaqt;
Kuzatuvchi kengash majlisida hozir bo‘lgan shaxslar;
Kuzatuvchi kengash majlisining kun tartibi;
ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular bo‘yicha ovoz berish yakunlari;
qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi.
3.17. Kuzatuvchi kengash majlisi bayonnomasi raislik qiluvchi va Kuzatuvchi kengash majlisida hozir bo‘lgan a’zolar tomonidan imzolanadi.
3.18. Kuzatuvchi kengashning sirtdan ovoz bergan a’zolarining yozma shaklda ifodalangan va ularning o‘z qo‘llari bilan imzolangan fikri Kuzatuvchi kengash majlisi bayonnomasiga tirkab qo‘yiladi.
3.19. Kuzatuvchi kengash bayonnomalari asl nusxalari saqlanishini Kuzatuvchi kengash kotibi ta’minlaydi. Bayonnomalarga xronologik tartibda tartib raqamlari qo‘yiladi, mufassal tartib raqamiga, alohida hujjatlar yig‘ma jildiga ega bo‘ladi va foydalanish cheklangan axborotlarga ega bo‘lgan hujjatlar uchun belgilangan tartibda saqlanadi.
3.20. Kuzatuvchi kengash majlisi bayonnomalari Kuzatuvchi kengash kotibi tomonidan Kombinatning bosh direktoriga, Kuzatuvchi kengash raisi va a’zolariga yuboriladi.
4.1. Kuzatuvchi kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tayinlanadi.
4.2. Kuzatuvchi kengash raisi uning ishini tashkil etadi, Kuzatuvchi kengash majlisini chaqiradi va unda raislik qiladi.
5.1. Kuzatuvchi kengash a’zosi:
Kuzatuvchi kengash majlisida shaxsan qatnashish, ajratilgan vaqt reglamenti doirasida majlisda muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha so‘zga chiqish;
Kuzatuvchi kengashning qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, majlis bayonnomasiga tirkab qo‘yiladigan o‘zining alohida fikrini bayon qilish;
Kuzatuvchi kengashning qarori bo‘yicha Kombinat faoliyatiga tegishli hujjatlardan foydalanish va ularni Kuzatuvchi kengashga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun ijro etuvchi organdan talab qilish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Kuzatuvchi kengash va uning a’zolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanadilar.
5.2. Kuzatuvchi kengash a’zolari o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash Kuzatuvchi kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
5.3. Kuzatuvchi kengash a’zolari Kuzatuvchi kengash ishida qatnashganligi uchun mukofot puli olish huquqiga egadir.
5.4. Kuzatuvchi kengash a’zolari o‘z vazifalarini halol va davlat manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga majburdir.
6.1. Kuzatuvchi kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Muassis oldida javob beradilar.
7.1. Kuzatuvchi kengash to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7.2. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ushbu Nizomning ayrim bandlariga zid bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, Kuzatuvchi kengash O‘zbekiston Respublikasining keyinroq qabul qilingan qonunchilik normalariga amal qilishi shart. | 185 | 30,669 |
Qonunchilik | BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA | Pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir. Bank huquqiy shaxsdir.
1. Banklar pul omonatlarini qabul qiladilar va joylashtiradilar, kreditlar beradilar hamda jalb etadilar, mijozlar va gumashta banklarning topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitoblarni amalga oshiradilar va ularga kassa xizmatini ko‘rsatadilar.
Banklar qonunga xilof bo‘lmagan va o‘z ustavlarida ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalarni ham, jumladan quyidagi operatsiyalarning hammasini yoki ayrimlarini, chunonchi:
a) mijozlar va gumashta banklarning hisob raqamini yuritishni;
b) investitsiyaga sarflanadigan mablag‘lar egasining yoki ularni tasarruf etuvchilarning topshirig‘iga ko‘ra kapital mablag‘larni pul bilan ta’minlashni;
v) to‘lov hujjatlari va boshqa xil qimmatli qog‘ozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar) chiqarishni;
g) davlat to‘lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, sotish va saqlash hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni;
d) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etishni nazarda tutuvchi kafillik, kafolat berish va boshqa majburiyatlar olishni;
e) tovarlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelib chiqadigan to‘lovni talab qilish huquqini olish, bunday talablarning bajarilishini va ularning inkassatsiyasini tavakkal qilib o‘z zimmasiga olishni (faktoring);
j) asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar sotib olish va ularni ijara shartlari asosida o‘tkazishni (lizing);
z) chet el valyutalarini tashkilotlar va fuqarolardan xarid qilib olish hamda ularni sotishni;
i) chet elda qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek qimmatbaho metallardan hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni xarid qilish va sotishni;
k) qimmatbaho metallarni hisob raqamlariga va omonatlariga jalb etish hamda joylashtirish va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda ana shu boyliklar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalarni bajarishni;
l) mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni jalb etish va ularni joylashtirish, qimmatli qog‘ozlarni boshqarish hamda boshqa ishlarni bajarishni;
m) bank faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan maslahatlar berishni amalga oshirishlari mumkin.
2. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirig‘iga binoan respublika budjetining bajarilishi bo‘yicha kassa operatsiyalarini amalga oshirishlari shart.
3. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z vakolati doirasida beradigan ruxsatga ko‘ra boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan operatsiyalar respublika hududida muomalada bo‘lgan pul birliklarida o‘tkaziladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda banklar kreditorga berish uchun qarzdordan depozitga pul va qimmatli qog‘ozlar qabul qiladilar.
Pul va qimmatli qog‘ozlarni bank depozitiga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
5. Bank operatsiyalarini amalga oshirishga vakolati bo‘lmagan shaxslar va idoralar tomonidan bajarilgan bank operatsiyalari haqiqiy deb hisoblanmaydi.
6. Banklarga mahsulot ishlab chiqarish va qimmatga ega bo‘lgan materiallar bilan savdo qilish sohasida, shuningdek sug‘urtaning hamma ko‘rinishlari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
Firmani nomlashda yoki reklama maqsadlarida “bank” atamasidan yoki tarkibiga shu atama kirgan so‘z birikmasidan, mazkur Qonunga muvofiq, bank operatsiyalariga vakolati bo‘lgan muassasalargina foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasida banklar O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar, O‘zbekiston Respublikasi ham banklarning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasdir, ushbu Qonunda, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan dollar hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘z zimmasiga ana shunday mas’uliyatni olgan dollar bundan mustasno.
1. O‘zbekiston Respublikasining bank sistemasiga quyidagilar kiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe bo‘lgan muassasalar;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
v) respublika aksiyali-tijorat sanoat qurilish banki;
g) respublika aksiyali-tijorat agrosanoat banki;
d) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat jamg‘armalari va aholiga kreditlar berish davlat-tijorat banki;
e) pay, aksiya asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tuzilgan tijorat banklari, ularning filiallari va vakolatxonalari;
j) kooperativ va xususiy banklar.
Tijorat, kooperativ va xususiy banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar o‘zaro munosabatlarini shartnoma asosida quradilar”;
2. Har bir bankning vazifalari banklar tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ro‘yxatidan o‘tkaziladigan o‘z ustavlari bilan belgilanadi.
3. Tijorat banklarining faoliyati respublika Markaziy banki tomonidan ular uchun iqtisodiy normativlar belgilab berilishi va ularning faoliyati ustidan nazorat qilinishi yo‘li bilan boshqariladi. O‘zbekiston Respublikasi banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan boshqa davlatlarda kredit muassasalari, bank sho’balari ochish huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining sho’balari va vakolatxonalari, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochishga ruxsat berish huquqiga egadir.
4. Banklar o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida uyushmalar, assotsiatsiyalar, xolding kompaniyalar va o‘zga xil tashkilotlar tuzishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining banklari o‘z faoliyatlarida mazkur Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, o‘z ustavlariga amal qiladilar.
Banklar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va o‘z ustavlariga muvofiq kelmaydigan ko‘rsatmalar hamda talablarni bajarishga haqli emaslar.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki respublikaning davlat emission va zaxira banki hisoblanadi hamda ushbu Qonun asosida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki huquqiy shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlagan o‘z ustaviga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuziladigan shartnomalar va banklararo bitimlar asosida rubl zonasiga kiruvchi davlatlarning milliy va markaziy banklari hamda boshqa xorijiy davlatlarning banklari bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlarining avuarlari uchun depozitariy hisoblanadi.
Davlat boshqaruv idoralari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolati doirasida amalga oshiradigan ish faoliyatiga aralashishga haqli emasdir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— pul muomalasi, kredit berish, mablag‘ bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash;
— ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini o‘rnatish;
— barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
— barqaror pul muomalasini va O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash;
— bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish.
— Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
— milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo‘jaligini ta’minlash;
—O‘zbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish
— respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish;
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish;
— bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga ruxsatnoma berish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va o‘z majburiyatlarining garovi bo‘lib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga rahbarlikni Rais, uning muovinlari va a’zolaridan iborat Boshqaruv amalga oshiradi. Boshqaruv Raisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlab, so‘ngra uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qo‘mitalari yoki uning topshirig‘i bilan auditor tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va o‘z majburiyatlarining garovi bo‘lib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ustav fondini chet el valyutasida ham tuzishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki olgan foyda hisobidan boshqa turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan fondlar tashkil etiladi, ularni bank o‘z ustaviga muvofiq ravishda boshqaradi, ulardan foydalanadi va tasarruf etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga yillik hisobot va foydani taqsimlashga doir o‘z takliflarini taqdim etadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari rezerv sistema vazifasini bajarish natijasida hosil bo‘ladigan foydadan olinadigan soliqlardan, yig‘imlar hamda davlat bojlaridan ozod qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi ushbu Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
Yagona pul-hisob-kitobi, kredit, valyuta investitsiyasi, emissiya-kassa siyosati o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida respublika hududida joylashgan barcha banklar va bank muassasalari uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit resurslari tubandagilardan iborat:
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida vujudga keltirilgan ustav, rezerv va boshqa fondlarning mablag‘lari;
— O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma bankidagi pul omonatlari;
— boshqa mamlakatlar banklari va hukumatlarning omonatlari;
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ustavida ko‘zda tutilgan boshqa mablag‘lar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga to‘lovli kredit resurslari beradi.
Milliy valyuta joriy etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona to‘lov vositasi hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, o‘zining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.
Respublika inkassatsiya boshqarmasi o‘zining barcha bo‘limlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlarni va chet el valyutasini xarid qilish va sotish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini o‘zgartirish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega:
a) tijorat banklariga ular bilan kelishilgan muddatga kredit berish;
b) to‘lash qobiliyati aniq bo‘lgan, shu bo‘yicha majburiyatli uch shaxsning imzosi bo‘lgan veksellarni va cheklarni xarid qilish, sotish va ular bilan boshqa bitimlarni amalga oshirish, bunda to‘lash vaqti bilan sotib olingan kun orasidagi muddat uch oy bo‘lishi kerak;
v) qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, saqlash va sotish, shuningdek qimmatbaho metallar bozorida operatsiyalar amalga oshirish;
g) to‘lash muddati uch oydan oshmasligi sharti bilan, qimmatli qog‘ozlarni va veksellarni garovga olib, ularning belgilangan narxidan 90 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kredit berish;
d) respublikaning oltin zaxirasini shakllantirish, uning but-butunligini ta’minlash va undan xalq xo‘jaligi hamda tashqi savdo oborotida foydalanish uchun oltin-kumushlar berish;
e) chakana savdoni amalga oshirish va chet el valyutasida xizmat ko‘rsatish uchun ruxsatnoma berish;
j) pul belgilari va tangalar tayyorlashni, tashilishi va saqlanishini tashkil etish;
z) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu Qonunda va bank ustavida nazarda tutilgan vazifalariga kiruvchi boshqa operatsiyalarni va bitimlarni amalga oshirish;
i) “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlarning markaziy va milliy banklari hamda boshqa davlatlarning banklari bilan aloqalar o‘rnatish;
k) respublika nomidan xalqaro moliya tashkilotlariga a’zolik bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilangan miqdorda, umumiy shartlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kredit berishi mumkin. Ushbu miqdor doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qog‘ozlarni kelgusida joylashtirish uchun sotib olish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududidagi o‘z muassasalari va tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi budjetining kassa ijrosini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa davlatlarning banklari bilan munosabatlarda, xalqaro banklar va hamkorlik markaziy banklar darajasida bo‘lishi nazarda tutilgan o‘zga moliya-kredit tashkilotlarida respublika manfaatlarini himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining Hukumati bilan kelishilgan holda davlat zayomlarini joylashtirish, ularning qiymatini to‘lash va ular bo‘yicha foizlar to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirgan holda (milliy va chet el valyutasidagi) davlat qarzlari hisobini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq kelgan va xalqaro amaliyotda foydalaniladigan chet el valyutasidagi har qanday operatsiyalarni respublikada va chet ellarda amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, valyuta va o‘zga manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashgan holda hukumatlararo savdo, to‘lov bitimlarining (shartnomalarning, mo‘ljal bayonlarining) valyuta-moliya shartlarini ishlab chiqishda qatnashish;
hukumatlararo bitimlarga, (shartnomalarga, mo‘ljal bayonlariga) muvofiq ravishda “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar va boshqa davlatlarning Markaziy hamda milliy banklari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
chet el valyutasida aksiyalar, obligatsiyalar va o‘zga qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish, chet el valyutasidagi foydadan valyuta fondlari hosil qilish;
tashqi iqtisodiy operatsiyalar bo‘yicha banklarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi pul birligining chet el valyutasiga nisbatan bo‘lgan kursini tartibga solish, bu pul birligini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish;
litsenziyalar berish qoidalarini belgilash va tijorat hamda chet el banklariga, (ularning sho’balari va vakolatxonalariga) shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklarga valyuta boyliklari bilan bank operatsiyalari o‘tkazishga litsenziyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosatiga muvofiq ravishda banklar uchun chet ellardan kreditlar jalb etish hajmlarini va ular bo‘yicha foiz stavkalari darajasini cheklashni joriy etish;
o‘z huquqlarining muayyan qismini tijorat banklariga o‘tkazish huquqiga egadir.
1. Tijorat banklarini, shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochish tartibi, ularni tashkil etish uchun topshiriladigan hujjatlarning mazmuniga qo‘yiladigan talablar va ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekistondagi banklarni ro‘yxatga olishning umumrespublika kitobini yuritadi. Yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari banklarni ro‘yxatga olish umumrespublika kitobida qayd etilgan paytdan boshlab huquqiy shaxs maqomini oladilar.
3. Tijorat bankini ochishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
— litsenziya berish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
— ta’sis hujjatlari: ta’sis shartnomasi, bank ustavi, ustav qabul qilinganligi va bankning rahbar organlari tayinlanganligi to‘g‘risida majlis bayoni;
— iqtisodiy asoslar va zarur hisob-kitob;
— muassislarning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida auditorning yoki auditorlik firmasining xulosasi;
— muassislar taklif qilayotgan bank va uning filiallari rahbarlarining (boshqaruvchi va bosh muxosib) kasb jihatdan muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
— tijorat banki joylashgan yerdagi Markaziy banki muassasasining ushbu hududda tijorat bankini ochish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi xulosasi, xalq deputatlari mahalliy Sovetining tijorat bankini ochishga roziligi haqidagi ma’lumot.
Rahbariyat tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan taqdirda bank yangi tayinlangan mansabdor shaxslarning professional mahoratini tasdiqlovchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etadi.
4. Chet mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda tijorat bankini tuzishga ruxsatnoma olish uchun ushbu moddaning 3-bandida qayd etib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) ajnabiy huquqiy shaxslar:
— O‘zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish yoki uning sho’basini ochish to‘g‘risida ajnabiy muassis (ishtirokchi)ning tegishli organi qabul qilgan qaror;
— ajnabiy muassis (ishtirokchi) joylashgan mamlakat nazorat organining muassis (ishtirokchi) O‘zbekiston Respublikasi hududida bank yoki uning sho’basini ochishga yozma roziligi, agar shu talab qonunda ko‘rsatilgan bo‘lsa;
— chet ellik muassis — bankning faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan hisobot, respublikaning chet eldagi konsullik muassasalari (respublikaning konsullik muassasasi ochilgunga qadar Rossiyaning konsullik muassasasi) belgilangan tartibda tasdiqlangan (ustav kapitali ko‘rsatilgan holda) uning ustavi, boshqa chet el muassislariga nisbatan esa ana shu muassis mamlakatning savdo reyestridan ko‘chirma yoki chet el muassisning yuridik maqomini va obro‘-e’tiborini isbotlovchi o‘zga bir hujjat;
b) ajnabiy fuqarolar:
— ushbu shaxsning to‘lov qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi xorijdagi birinchi darajali bankning tasdiqnomasi;
— xorijdagi eng kamida ikkita huquqiy shaxsdan yoki to‘lov qobiliyatiga egaligi ma’lum bo‘lgan fuqarolardan tavsiyanoma.
Hamma banklarning raqobat qilish uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ajnabiy banklarining va chet el kapitali ishtiroki etadigan banklarning muassislariga banklar ustav kapitalining eng kam va eng yuqori miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha talablar qo‘yish mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutasida operatsiyalar bajarishga litsenziya berish uchun kerakli qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilishga haqlidir.
6. Litsenziya berish to‘g‘risidagi iltimosnomalar ushbu Qonunda ko‘rsatilgan kerakli hamma hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat ichida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqariladigan tegishli qaror jo‘natilgan kundan boshlab iltimosnoma ko‘rib chiqilgan hisoblanadi.
Ta’sis shartnomasi va ustavning O‘zbekiston Respublikasida amal qilib turgan qonunlarga muvofiq kelmasligi, muassislarning iqtisodiy ahvoli bank mijozlari va omonatchilarning manfaatlariga xavf tug‘diradigan darajada yomon bo‘lishi, shuningdek bankning tavsiya etilgan rahbarlari professional nomuvofiqligi litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
7. Boshqa davlatlarning tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda O‘zbekiston Respublikasining hududida o‘z sho’balari va vakolatxonalarini ochishlari, mintaqalararo banklar tashkil etishlari mumkin. Ularning ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Tijorat banklarining sho’balari va vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlabgina, bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarining sho’balari va vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan foydadan, xo‘jalik hisobi daromadidan respublika budjetiga soliq to‘laydi, bu soliq tijorat banki foydasining, xo‘jalik hisobi daromadining respublika hududida oladigan ulushiga mos bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operatsiyalarini o‘tkazish uchun berilgan litsenziyalarni quyidagi hollarda qaytarib olishi mumkin:
a) litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning yolg‘onligi ayon bo‘lib qolsa;
b) litsenziya olingan kundan boshlab bir yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat boshlanmasa;
v) bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasida ko‘zda tutilmagan operatsiyalarni amalga oshirsa;
g) bank ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan hisobotda yolg‘on ma’lumotlarni bersa;
d) ushbu Qonunning 19-moddasida ko‘rsatilgan asoslarda.
e) litsenziyalar, amaldagi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari shartlarini buzsa.
Litsenziyaning qaytarib olinishi bankning tugatilishini bildiradi.
Litsenziyaning qaytarib olish eng oxirgi chora bo‘lib, undan oldin tartib buzishlarni bartaraf etishga qaratilgan ogohlantirish choralari ko‘rilishi kerak.
9. Chet el banklari va ularning sho’balari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ro‘yxat kitobidan o‘tganlaridan so‘nggina o‘z faoliyatlarini boshlashlari mumkin. Chet el banklarining vakolatxonalari ham ushbu kitobda ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Ustav fondi ajnabiy huquqiy shaxslar va fuqarolarning mablag‘i hisobiga tuziladigan banklarni ochish va ular faoliyatini to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
10. Bank faoliyati to‘xtatilganda, chet el bankining sho’basi yoki vakolatxonasi yoxud boshqa kredit muassasasi tugatilganda ro‘yxatga olish kitobida qayd etilgan yozuvlar bekor qilinadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy jihatdan qay darajada maqsadga muvofiqligiga va bankning bu ishga qay darajada tayyor ekanligiga asoslangan holda, bankning arizasiga ko‘ra, tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etadi.
12. Tijorat banklari ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin bir oy ichida o‘zgartirilgan hujjatlarning notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusxalarni taqdim etishlari shart.
13. Tijorat banklari yoki ularning muassislari litsenziya berish yoki uni qaytarib olish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat vazifalari bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan sudga yoki Oliy xo‘jalik sudiga shikoyat qilishlari mumkin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zining ish faoliyatida tijorat banklarining ishlashi va banklar o‘rtasida halol raqobat prinsiplari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining kundalik faoliyatiga aralashmaydi.
2. Tijorat banklarining moliyaviy jihatdan mustahkamligini ta’minlash, ularning kredit oluvchilari va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari uchun quyidagi iqtisodiy normativlarni belgilaydi:
— ustav fondining eng kam miqdori tijorat banklari uchun 100 million so‘m, kooperativ va xususiy banklar uchun —50 million so‘mga teng bo‘lib, muassislar bank ish boshlaguniga qadar uni to‘lashlari kerak. Bundan buyon “100” va “50” ko‘rsatkichlari pul qadrsizlanishining indeksini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqining o‘sishiga mos ravishda aniqlashtirib boriladi.
— bankning o‘z mablag‘lari miqdori bilan uning aktivlari summasi o‘rtasidagi yo‘l qo‘yiladigan eng katta nisbat;
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashtiriladigan majburiy rezervlarning miqdori;
— bir qarz oluvchiga tavakkal qilib beriladigan qarzning eng katta miqdori;
— balans barqarorligining ko‘rsatkichi;
fuqarolar omonatlari sug‘urtasining umumiy bank fondiga va o‘z rezerv fondiga foydadan ajratmalar normativlari;
valyuta va kurs tavakkallari miqdorlarini cheklash.
3. Tijorat banki iqtisodiy normativlarni buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ana shu holga barham berish muddatlari va shartlarini belgilaydi.
Normativlar muntazam ravishda buzilgan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank operatsiyalarini normativlarga muvofiqlashtirish muddatlari va shartlariga doir ko‘rsatmalari bajarilmagan, yil zarar ko‘rib yakunlangach, bank kreditorlari manfaatlariga xavf soladigan ahvol yuzaga kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banki muassislari (qatnashchilari) oldiga yoki, basharti bank davlat-tijorat banki bo‘lsa, tegishli idora oldiga:
— bankni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
— bankni qayta tashkil etish;
— bankni tugatish haqida masala qo‘yishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu moddada belgilangan normativlarni buzayotgan banklar uchun iqtisodiy jazo sifatida:
— bankning qonunni buzish orqali olgan qo‘shimcha daromadi miqdorida jarima pulni undirish;
— majburiy rezervlarning normalarini oshirish;
— bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bergan litsenziyani qaytarib olishi mumkin.
4-1. Tijorat banklari sho’balarining rahbarlari tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan va ularning gumashtalik hisob raqamlari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki ularga nisbatan quyidagi jazolarni qo‘llanishi mumkin:
bank sho’basining qonunga xilof harakati natijasida olingan qo‘shimcha daromadi miqdorida undan jarima puli undirish;
korxonalarning hisob raqami orqali to‘lovlar o‘tkazilishi kechikishiga muntazam ravishda yo‘l qo‘yib kelayotgan sho’ba tugatilishini tijorat bankidan talab qilish, basharti yuqorida qayd etilgan talabni bajarishdan asossiz ravishda bosh tortilgan taqdirda, bank operatsiyalarini bajarishi uchun mazkur bankka berilgan litsenziyani qaytarib olish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari va ularning sho’balari uchun ular tahlil va nazorat vazifalarini bajarishida zarur bo‘lgan hisobot va boshqa materiallarning xarakteri hamda hajmini belgilaydi. Tijorat banklari va sho’balari qayd etilgan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan muddatlarda taqdim etishlari shart.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklari, ularning sho’balari va boshqa davlatlar banklarining sho’balari faoliyati ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Qonunga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nazorat vazifalarini amalga oshirish yo‘lida tijorat banklari operatsiyalarini yoppasiga yoki oralatib, tanlab tekshirish tayinlashga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimi mutaxassislari va auditor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Hukumatning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini ro‘yobga chiqaruvchi, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi va valyuta mablag‘larini jamlovchi ixtisoslashtirilgan bankdir.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki respublika Markaziy banki va Hukumatning topshirig‘iga binoan:
eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi, O‘zbekiston Respublikasiga chet el valyutasida yetkazib berilayotgan va respublika chet el valyutasida olayotgan davlat zayomlari va kreditlariga xizmat ko‘rsatadi, ular yuzasidan hisobotlar qiladi;
xalqaro valyuta-kredit bozorlarida operatsiyalar bajaradi;
kontrakt shartlarini bajarishlari vaqtida chet el banklari, konsernlari, firmalari va boshqa sheriklar aybi bilan olinmay qolgan mablag‘larni undirishga ko‘maklashadi;
hukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
ustavda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olinadigan o‘z ustavi asosida amal qiladi.
Tijorat (aksiyali, pay asosidagi va xususiy) banklar yuridik va xususiy shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish orqali shartnoma asoslarida kredit-hisob-kitob va o‘zga xil bank xizmati ko‘rsatadilar.
Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat ko‘rsatish hududi va tarmoq belgisiga qarab bir-biridan farqlanadi.
Respublika, mintaqa dasturlari va o‘zga dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli litsenziya olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshiradilar.
Tijorat banklari va ularning sho’balari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxati olinadi.
Ro‘yxatga olish pullidir. Ustavni ro‘yxatga olish xususidagi hujjat bank faoliyatini boshlashga berilgan ruxsatdir.
1. Tijorat banklari o‘z ustavlari asosida ish olib boradigan. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Bankning ustavida:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro munosabatlari;
— bankning nomi va u joylashgan yer (aloqa manzilgohi);
— bank amalga oshiradigan operatsiyalarning ro‘yxati;
— bank tashkil etadigan fondlarning ro‘yxati, ustav fondining miqdori;
— bank huquqiy shaxs ekanligi va u to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi moliya bilan ta’minlashi negizida ishlashi to‘g‘risidagi nizom;
— bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
— bankka qarashli muassasalarning ro‘yxati, ularning maqomi;
— bank va uning sho’balarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi;
— faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi) aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
3. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi shu moddada keltirib o‘tilgan talablardan tashqari, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim.
4. Ustavga bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa qoidalar ham kiritilgan bo‘lishi mumkin. Ustavga o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o‘zgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
Tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari, aksiyalar chiqarish va sotish hisobiga vujudga keltiriladi.
Xalq deputatlari Sovetlarining hamma bosqichlari va ularning ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari, aksionerlari (qatnashchilari) bo‘lishlari mumkin.
Har bir muassis, aksionerlar (qatnashuvchilar)ning ulushlari ustav kapital miqdorining 35 foizidan oshmasligi kerak.
Chet el banklarini va chet el kapitali ishtirokidagi banklarni tashkil etish vaqtida chet ellik muassislarning biri bank bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish vaqtida davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga bo‘ysunmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining xodimlari banklar boshqaruv idoralarida qatnashishlari (o‘rindoshlik asosida lavozim egallashlari) taqiqlanadi.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi amaldagi qonunlariga muvofiq soliqlar to‘laydilar.
Tijorat banklari o‘zlariga qarashli barcha mol-mulklar bilan majburiyatlari bo‘yicha javobgardirlar. Ular muassislar va ishtirokchilarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar. Muassislar va ishtirokchilar bank majburiyatlari bo‘yicha o‘z ulushlari doirasida javobgardirlar, basharti ularning ustavlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Bankning moliyaviy jihatdan mustahkamligini ta’minlash va uning mijozlari manfaatlarini himoya qilish uchun, tijorat banklari ushbu Qonunning 19-moddasida sanab o‘tilgan normativlarga rioya etishlari shart.
Quyidagilar bankning o‘z mablag‘lari hisoblanadi:
— ustav fondi;
— rezervlar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida turadigan boshqa fondlar;
— taqsimlanmagan foyda, aksiyachilar yoki paychilar o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash hisobiga yoxud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mablag‘.
Quyidagilar bank aktivlari hisoblanadi:
— huquqiy va xususiy shaxslarga beriladigan qarzlar;
— qimmatli qog‘ozlar investitsiyalar;
— ko‘chmas mol-mulkka investitsiyalar;
— boshqa aktivlar.
Tijorat banklari yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun olinadigan foydadan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qo‘yilgan tartibda sug‘urta va rezerv fondlari tashkil etadilar.
1. O‘zbekiston Respublikasidagi banklar o‘z mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari hamda omonatlari bo‘yicha sirni saqlash kafolatini beradilar. Bankning barcha xizmatchilari bankning, bank mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlarini sir saqlashlari shart.
2. Huquqiy va xususiy shaxslarning operatsiyalari hamda hisob raqamlariga doir ma’lumotlar huquqiy va xususiy shaxslarning o‘zlariga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tergov organlariga, sudlarga, yoki xo‘jalik sudlariga va auditor tashkilotlariga, soliq solish masalalari yuzasidan moliya va soliq idoralariga berilishi mumkin.
3. Fuqarolarning hisob raqamlari va omonatlari bo‘yicha ma’lumotlar mijozlarning o‘zlari yoki ularning vakillaridan tashqari sud va tergov organlariga ham ularning qaramog‘ida bo‘lgan ishlar bo‘yicha mijozlarning hisob raqamlaridagi va omonatlaridagi pul mablag‘lari va boshqa boyliklari xatlanishi, ulardan haq undirilishi yoki mol-mulki musodara qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda.
4. Hisob raqamlari va omonatlarining egalari vafot etgan taqdirda ularga qarashli hisob raqamlari va omonatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ana shu hisob raqamlari va omonatlarning egalari bank uchun qoldirgan vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxslarga, davlat notarial-idoralariga (ularning ixtiyoridagi vafot etgan omonatchining omonati bo‘yicha merosxo‘rlik ishiga taalluqli bo‘lsa), shuningdek xorijiy mamlakatlarning konsullik muassasalariga beriladi.
1. Huquqiy shaxslarning chet el va xalqaro tashkilotlarning bankda saqlanayotgan pul mablag‘lari va boshqa boyliklarini xatlash faqat tergov organlarining qarorlari, sudlar yoki xo‘jalik sudlarining hal qiluv qarorlari bilan, shuningdek shu boyliklardan haq undirib olish esa — faqat sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari, xo‘jalik sudlari buyrug‘iga hamda boshqa ijro hujjatlariga binoan, shuningdek davlat soliq organlarining talabiga binoan amalga oshiriladi.
2. Fuqarolarning banklarda saqlanayotgan pul mablag‘lari va boshqa boyliklarini xatlash va haq undirib olish faqat sud hukmi yoki qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolarning pul mablag‘lari va boshqa boyliklarini musodara qilish faqat musodara qilish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan hukm yoki mol-mulkni musodara qilish haqida qonunga muvofiq chiqarilgan qaror asosida amalga oshirilishi mumkin.
1. Tijorat banklari shartnoma asoslarida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
2. Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lmasligi kerak”.
1. Banklar bilan mijozlar o‘rtasidagi munosabat shartnomaviy xarakterga egadir.
2. Mijozlar o‘zlariga kredit hisob-kitob va kassa xizmatini ko‘rsatadigan bankni mustaqil tanlaydilar.
1. Banklarning foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorlarini belgilash masalalarida bank operatsiyalari bozorini monopoliyalashtirish, bank ishida raqobatni cheklash maqsadlarida o‘zlarining ittifoqlaridan, uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi.
2. Monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya qilishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq shu maqsadda tashkil qilingan organlar nazorat qiladi.
1. Banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z muassasalarida tijorat banklari uchun gumashtalik hisob raqamini ochadi.
2. Banklar hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan shakllarda amalga oshiradilar.
Banklar kreditni o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlash borasida mijozlarning garovlarini, kafolatlarini, ishonchnomalarini va boshqacha shakldagi majburiyatlarni qabul qiladilar.
Banklar kreditni moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan holda (blankadagi kredit) berish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.
Bankdan olgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmagan qarzdorlarni bank to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilib, asosiy kredit berganlarga, yuqori turuvchi idoraga, korxona ro‘yxatga olingan mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga qarzdor (qatnashchilar)ni ta’sis etuvchilarga xabar berishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga nisbatan, bankning taklifiga binoan, quyidagi chora-tadbirlar qo‘llanilishi mumkin:
operativ boshqaruvni bank kreditor ishtirokida tayinlangan ma’muriyatga topshirish;
qayta tashkil etish.
Bank taklif etgan chora-tadbirlar qarzdorning huquqiy maqomiga qarab uning yuqori organi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi, muassislar (qatnashchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
1. Banklar “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garovga qo‘yilmagan moddiy-tovar boyliklarni, mijoz ishlab chiqaradigan mahsulotni, qimmatli qog‘ozlarni, tovar-taqsimot hujjatlarini va boshqa boyliklarni garovga qabul qilishlari mumkin. Hamma garovga olingan boyliklar mijoz hisobidan sug‘urta qilingan bo‘lishi kerak.
2. Asosiy vositalarga kiruvchi binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulk, basharti, mijoz ularga egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, garov sifatida qabul qilinishi mumkin.
3. Garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda bank garovga qo‘yilgan mol-mulkni sudga yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda sotishga haqlidir.
4. Bankka garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘dan bank garov bilan ta’minlangan qarzni to‘lash uchun foydalanadi, bunda bank boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning da’volariga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.
1. O‘zbekiston Respublikasida aholining jamg‘arma omonatlari barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin.
2. Banklar aholidan omonatlar qabul qilib olish bo‘yicha operatsiyalarni bajarishda o‘z shartlarini mustaqil belgilaydilar. Pul muomalasi mustahkamligini ta’minlash va pul qadrsizlanib narx oshishining oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki omonatlar va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha cheklashlarni joriy etishi mumkin.
3. Omonatlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
4. Omonatlar bo‘yicha pul qabul qilib olish banklar tomonidan amalga oshiriladi va omonatchiga jamg‘arma hujjati beriladi.
Aholidan omonatlarni qabul qiluvchi tijorat banklari jalb etilgan mablag‘lardan shunday foydalanishi kerakki, natijada omonatchilar oldidagi majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilsin va mablag‘larning saqlanishi ta’minlansin.
Shu maqsadda tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma bankidan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab qo‘yadigan tartibda va shartlar asosida aholining omonatlarini sug‘urta qiladigan banklararo fondlarni tuzishlari shart.
1. Mehnat jamg‘armalari va aholiga kredit berish banki (O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki) aholi mablag‘larini banklarga jalb qilish va ularni joylashtirish operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan davlat-tijorat bankidir.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma bankida aholi omonatlari saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishini O‘zbekiston Respublikasi kafolatlaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki jalb etgan pul mablag‘lari xalq xo‘jaligining kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi va O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki tomonidan Jamg‘arma banki muassasalari bevosita xizmat ko‘rsatadigan aholi va yuridik shaxslarga kredit berishdan foydalaniladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qarz majburiyatlariga joylashtiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olinadigan o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
1. O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar omonat qo‘yuvchi bo‘lishlari mumkin.
2. Omonatchilar o‘z jamg‘armalarini saqlash uchun o‘zlari xohlagan bankni tanlab oladilar, ular bir va bir necha bankka omonatlarini qo‘yishlari mumkin.
3. Omonatchilar o‘z jamg‘armalarini tasarruf etishlari, omonatlar bo‘yicha foiz tarzida yoki bank taklif etadigan boshqa ko‘rinishda foyda olishlari, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.
4. Omonat qo‘yuvchi vafot etgan taqdirda omonatni istagan shaxsga yoki davlatga berish to‘g‘risida bankka topshiriq berishi mumkin.
Omonat qo‘yuvchi vafot etgan taqdirda banklar topshiriq berilmagan omonatni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda merosxo‘rlarga beradilar.
1. O‘z nomiga omonat qo‘ygan voyaga etmagan shaxs bu omonatni mustaqil tasarruf etadi.
2. Kimdir tomonidan voyaga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni:
a) voyaga etmagan shaxs 15 yoshga to‘lganiga qadar — voyaga etmagan shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari;
b) voyaga etmagan shaxs 15 yoshga to‘lganda — ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan voyaga etmagan shaxsning o‘zi tasarruf qiladi.
Tijorat banklarida muxosibot hisobi va hisobot berish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan yagona qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan shakl va muddatlarda yillik balans, ko‘rilgan foyda va zarar hisoblarini bu hisoblarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini auditor tashkilotlar tasdiqlanganidan keyin e’lon qiladilar.
Qonunlarga muvofiq tekshiruvlarni o‘tkazish vakolati berilgan auditor tashkilotlar tijorat banklarining faoliyatini tekshirishi kerak. | 37 | 46,132 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLIShGA DOIR CHORA-TADBIRLARNI DAVOM ETTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi (2012-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosiga chiqarilgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uyg‘unlashtirish maqsadida Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga 2012-yilda kuchga kirgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
2. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab yangilangan ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi negizida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2012-yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) chop etilishi hamda manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlasin.
3. 2012-yilning 1-oktabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
4. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 121 | 2,033 |
Qonunchilik | “ISTE’MOLChILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 11-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi”;
2) 21-moddaning ikkinchi qismi “foydalanishga qistashga” degan so‘zlardan keyin “shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 27-modda ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilanganligiga qaramay ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilishga va sotishga qabul qilganlik uchun — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi miqdorida va ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilishga va sotishga qabul qilganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, shuningdek ularga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun:
yuridik shaxslarga — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 138 | 2,962 |
Qonunchilik | “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-539-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 10-avgustda kiritilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-539-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 192 | 444 |
Qonunchilik | “AYRIM XIZMATLARNI KO‘RSATAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLAR UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I VA YaGONA SOLIQ TO‘LOVI BO‘YIChA SOLIQ IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI QARORGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2006-yil 20-iyundagi 54, 2006-28-sonli “Ayrim xizmatlarni ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga (2006-yil 17-iyul, ro‘yxat raqami 1594 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 238 | 948 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatini tuzish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3150-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Agentlik boshqaruv xodimlari umumiy shtatlar soni doirasida 5 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatini (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, Kotibiyat Agentlikning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida faqat O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashiga hisobot beradi.
3 O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Agentlik bir hafta muddatda Agentlikning tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Agentlik direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyatining (Keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini belgilaydi.
2. Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida faqat O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) hisobot beradi.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – davlat organlari va boshqa tashkilotlar) bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
5. Kotibiyatning asosiy vazifasi Muvofiqlashtiruvchi kengashning O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini o‘z vaqtida va samarali joriy etishga yo‘naltirilgan ishini tashkiliy-texnikaviy va axborot jihatidan ta’minlash hisoblanadi.
6. Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ko‘ra quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislarini tashkil etish, ularning bayoni va stenografiyasi ta’minoti;
Agentlikning boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarining kun tartibi loyihasini tayyorlash, uni Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari hamda taklif etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlariga yuborish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari loyihalarini tahririy-texnik jihatdan tayyorlashni, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanganidan keyin ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish va rasmiylashtirishni, shuningdek, qabul qilingan qarorlarni tegishli manzillarga yuborish rasmiylashtirilishini ta’minlash;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining ma’lumot-kodifikatsiya kartotekasini tashkil etish va yuritish;
Muvofiqlashtiruvchi kengashga kelib tushadigan yozishmalar hisobi, tizimlashtirilishi va tahlilini amalga oshirish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash topshiriqlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Kotibiyat boshqa funksiyalarni Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
7. Kotibiyat quyidagi huquqlarga ega:
Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Agentlik tarkibiy bo‘linmalaridan belgilangan tartibda so‘rash;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini tayyorlash uchun zarurat bo‘lganda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb etish.
Kotibiyatning zarur material va ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talabnomalari, shuningdek, tegishli hujjatlarni qayta ishlash, agar Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarida boshqa ijro muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, u tomonidan belgilangan muddatlarda ijro etiladi.
8. Kotibiyat o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning sifatli hamda to‘liq bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
9. Kotibiyatga Agentlik direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
10. Kotibiyatda maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra Agentlik xodimlariga tenglashtirilgan yetakchi inspektor va inspektorlar faoliyat yuritadi.
11. Kotibiyat mudiri maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra Agentlik boshqarmasi boshlig‘iga tenglashtiriladi va rahbarlikni yakka boshchilik asosida amalga oshiradi, Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi.
12. Kotibiyat mudiri quyidagi majburiyatlarni bajaradi: Kotibiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Kotibiyat xodimlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun Agentlikka kiritadi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining bajarilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini o‘tkazish uchun materiallarning sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Kotibiyatga kelib tushgan hujjatlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi va jo‘natiladigan yozishmalarni imzolaydi;
Kotibiyat xodimlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi.
Kotibiyat mudiri boshqa majburiyatlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Kotibiyat mudiri bo‘lmaganda uning majburiyatlarini Kotibiyatning yetakchi inspektori bajaradi.
13. Kotibiyat mudiri quyidagi huquqlarga ega:
Kotibiyat xodimlaridan ularning lavozim majburiyatlari bilan belgilangan vazifalarning to‘liq hajmda va yuqori sifatli darajada bajarilishini talab qilish;
Agentlikning boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni so‘rash;
Agentlik direktoriga Kotibiyat xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
vakolati doirasida xizmat hujjatlarini imzolash, viza qo‘yish.
14. Kotibiyatning Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi mazkur Nizom bilan uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga ko‘ra belgilanadi.
15. Kotibiyat Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini axborot, texnik jihatdan va hujjatlar bilan ta’minlash masalalarida Agentlik tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. | 158 | 8,486 |
Qonunchilik | Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish O‘zbekiston davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) ustavini tasdiqlash to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoni bilan tashkil etilgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish O‘zbekiston davlat uyushmasining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yengil sanoat ministrligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1969-yil 8-apreldagi 154-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 4-son, 34-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekyengilsanoat” O‘zbekiston davlat uyushmasi (bundan keyin uyushma deb ataladi) o‘z faoliyatini jumhuriyat va o‘z tarkibiga kiruvchi “O‘zbekto‘qimachi”, “O‘zbekkiyim”, “O‘zbekpoyabzal” va “O‘zbekchinni” jumhuriyat konsernlari, yengil sanoat va xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari manfaatlari yo‘lida demokratik asosda amalga oshiruvchi ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi.
2. Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ixtiyoriy ravishda uyushma tarkibiga kirgan hamda ta’sis shartnomasiga imzo chekkan konsernlar, davlat, ijara, kooperativ, aksionerlik, qo‘shma va boshqa birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar* uyushma a’zolari bo‘lishlari mumkin. Konsernlarning Ustavlarini O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uyushma Kengashi tasdiqlaydi.
Uyushma a’zolari o‘z xo‘jalik mustaqilliklarini, yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar, “O‘zbekiston SSJda korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSJ Qonuniga, O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlariga va mazkur Ustavga amal qiladilar.
3. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston SSJ Prezidentining farmonlariga, shuningdek, O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi, bank muassasalari va tashqi iqtisodiyot bankida hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, alohida mulkka egalik qiladi, mustaqil va konsolidatsiya qilingan balanslarga ega bo‘ladi.
Uyushma konsernlar va uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi, ularni xususiylashtirishni amalga oshiradi, davlat hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarni, tijorat bankini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi.
Uyushma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk uchun javob beradi, bu mol-mulkka qonun bo‘yicha jarima solinishi mumkin.
Uyushma davlat, uning organlari va tashkilotlari majburiyatlari uchun javob bermaganidek, davlat, uning organlari ham uyushma majburiyatlari uchun javob bermaydi.
Uyushma a’zolari uyushmaning majburiyatlari uchun javob bermaganidek, uyushma ham o‘z a’zolarining majburiyatlari uchun javob bermaydi.
4. Konsernlar, korxonalar bilan uyushma o‘rtasidagi munosabatlar Ta’sis shartnomasi va mazkur Ustavga muvofiq huquqlar va vakolatlarning bir qismini uyushmaning rahbar organlariga berish asosida yo‘lga qo‘yiladi. Uyushma a’zolari o‘rtasidagi munosabat shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
5. Uyushma O‘zbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga, emblemaga va uyushma emblemasi tasvirlangan muhrga ega bo‘ladi.
6. Konsernlar va korxonalarning tashabbusi hamda tadbirkorligini rivojlantirish sharoitida aholining yuqori sifatli xalq iste’moli mollariga bo‘lgan talabini qondirish, assortiment, texnologiya, investitsiya, tijorat siyosatini o‘tkazish paytida uyushma a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish uyushma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yengil sanoat rivojlanishi konsepsiyasini shakllantirish, uyushma ishtirokchilarining uzoq muddatli istiqbollarini, maqsadli ilmiy-texnika, iqtisodiy, ijtimoiy dasturlarini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash;
uyushma ishtirokchilarining birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan xo‘jalikni eng samarali yuritish uchun shart-sharoitlar yaratish, eng ko‘p foyda olish, ishlab chiqarish potensialini kuchaytirish, xomashyo, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va shu asosda tarmoqning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirish;
sanoatning bozor munosabatlari sharoitida ishlashini hisobga olgan holda iqtisodiy normativlar, davlat buyurtmasi va boshqa ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish hamda ularni konsernlar va korxonalarga yetkazish;
konsernlar, korxonalarning rejalari va davlat buyurtmasi negizida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarini shakllantirish;
konsernning har bir ishtirokchisi va umuman uyushmaning manfaatlari yo‘lida balanslangan ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tarmoq ichida kooperatsiyalash, xomashyo va moddiy-texnika resurslarini oqilona taqsimlash yo‘li bilan uyushma a’zolari ishining yuqori samaradorligiga erishish uchun ularning texnikaviy, xo‘jalik va iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
konsernlar va uyushma korxonalarida fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishini yo‘naltirish, texnika, xavfsiz texnologiyalar va materiallarning prinsipial yangi progressiv turlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
mahalliy xomashyo resurslaridan ustun darajada mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha uyushmaning xomashyo va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish vazifasini hal etish uchun investitsiya sohasidagi strategiyani shakllantirish;
ichki va tashqi bozor konyunkturasini o‘rganish, o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi shakllarini, xorijiy tashkilotlar va korxonalar bilan valyuta-moliya va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish;
korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, eksport va import operatsiyalari, shu jumladan, tovarlar, xomashyo, materiallar, asbob-uskuna va ehtiyot qismlarning butun nomenklaturasi bo‘yicha tovar ayirboshlash bitimlari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;
tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat doirasini belgilash va ruxsatnoma berilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha takliflar tayyorlash;
“O‘zlegimpeks” jumhuriyat tashqi iqtisodiy firmasi orqali konsernlar va uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining predmeti bo‘lgan tovarlar bo‘yicha eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;
yengil sanoatning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va valyuta bilan o‘zini o‘zi ta’minlash uchun sharoitlar yaratish;
qo‘shma korxonalar tashkil etish va ularning faoliyatida konsernlar va korxonalarga yordam ko‘rsatish;
zarur asbob-uskunalar, texnologiya, ishlar va xizmatlar importini amalga oshirishni o‘z ichiga olgan holda xorijiy firmalar tomonidan “tayyor holdagi” yengil korxonalar barpo etilishini tashkil qilish va unga ko‘maklashish;
xo‘jalikni yuritishning ijara shakllariga o‘tishda, kichik korxonalar tashkil etishda va bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning xilma-xil shakllarini rivojlantirishda konsernlar, korxonalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
konsernlar va uyushma korxonalarining buyurtmalari (hisob-kitoblari) asosida markazlashtirilgan tartibda taqsimlanadigan ehtiyojlarni aniqlash, tarmoq va tarmoqlararo balanslarga, yillik va uzoq muddatli dasturlarga muvofiqlashtirilgan holda, ularning xarajatlari limitlarini (ehtiyojlarini) ishlab chiqish;
qabul qilingan ishlab chiqarish rejalarining moddiy va xomashyo resurslari, shu jumladan, davlat buyurtmasi (yetkazib berishlar) bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
xo‘jalik hisobidagi jumhuriyat kooperativ tijorat markazi orqali yengil sanoat nomenklaturasi (iste’mol qilinadigan xomashyo va tayyor mahsulot) bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar bilan xo‘jalik aloqalarini tashkil etishda ta’minot-sotish va vositachilik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, SSJI va chet el hududida uyushmaga kiruvchi korxonalar uchun xomashyo va materiallarni mustaqil, shuningdek, jumhuriyat ta’minot organlari ishtirokida xarid qilish;
uyushma va konsernlar tarkibiga kiruvchi korxonalarda tayyorlanadigan xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni sotishni, shu jumladan, iste’molchilar mahsulotni shartnoma bo‘yicha olishni rad etishganda uyushmaning firma savdo tarmoqlari va kooperativ tijorat markazi orqali sotishni tashkil etish;
uyushma ishtirokchilarining roziligi bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxlar darajasini tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilish;
konsernlar, korxonalarga moddiy-texnika ta’minotida, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, marketing xizmatini rivojlantirishda, ijtimoiy sohaning moddiy bazasini mustahkamlashda va jamoalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishda yordam ko‘rsatish;
axborot markazlari va tarmoqlari bazasida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarning o‘zaro hamkorligini, konsernlar va uyushma korxonalari uchun servis hamda boshqa vazifalarning hal etilishini ta’minlash;
korxonalarning roziligi bilan bo‘sh moliyaviy resurslardan mohirlik bilan foydalanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, katta xarajatlar talab etuvchi tarmoq va tarmoqlararo loyihalarni bajarish uchun banklarning kredit resurslarini va boshqa manbalarni jalb etish;
markazlashtirilgan budjet mablag‘lari, shuningdek, birlashmalar va korxonalarning ixtiyoriy ajratmalari hajmini aniqlash, ularni kapital qurilish inshootlari, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, qayta qurish, zarurat bo‘lganda esa texnika bilan qayta jihozlash, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va ularni mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha taqsimlash;
yengil sanoat korxonalarini qurish, kengaytirish va qayta qurishning texnika-iqtisodiy asoslanishini, texnika-iqtisodiy hisob-kitoblari va loyihalarini tasdiqlash hamda qurilishning smeta qiymati va qurilishning texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini asoslab beruvchi taqdim etilgan materiallar bo‘yicha ularni qayta tasdiqlash;
markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan chet el valyuta mablag‘larini, shuningdek, korxonalarning import bo‘yicha xomashyo, materiallar, asbob-uskunalar, shu jumladan, qurilayotgan korxonalar uchun va ehtiyot qismlar olish uchun ixtiyoriy ravishda ajratadigan valyuta mablag‘larini taqsimlash;
konsernlar, korxonalar hamda konsernlar (konsernlarning taqdimiga ko‘ra) va uyushma boshqa ishtirokchilarining rahbarlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, kadrlar siyosatini o‘tkazish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda yordam ko‘rsatish;
konsernlar, korxonalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, ularga huquqiy yordam ko‘rsatish;
yig‘ma-buxgalteriya va statistika hisobotini olib borish;
moliya-xo‘jalik faoliyati sohasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
uyushmaga kiruvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha konsernlar bilan birgalikda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlariga takliflar tayyorlash;
sanoat modellashtirishi, reklamani tashkil etish, konsernga marketing, lizing xizmatlari ko‘rsatish, boshqaruv, shartnoma-huquq masalalarida yordam berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
8. Uyushma o‘ziga birkitilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini o‘z faoliyatining maqsad va vazifalari hamda mol-mulkning nimaga mo‘ljallanganligiga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
9. Uyushmaning mol-mulki ustav fondi, ta’sis (kirish) fondi, markazlashtirilgan fond, valyuta fondi, asosiy fondlar va birgalikdagi xo‘jalik inshootlarining oborot mablag‘lari, rezerv (ehtiyot) fondi, dividendlar va ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlardan iborat bo‘ladi.
Ustav fondi uyushmaning asosiy fondlari, oborot mablag‘lari, boshqa moddiy boyliklari va moliyaviy resurslaridan, shu jumladan, korxonalar va strukturaviy bo‘linmalarning ishlab chiqarish-xo‘jalik funksiyasini bajarish uchun uyushma mablag‘lari hisobidan yaratilgan mol-mulklardan iborat bo‘ladi.
Uyushmaning ta’sis fondi ishtirokchilarning pay va kirish badallari hisobiga tashkil topadi.
Valyuta fondi birgalikdagi tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan natijaning ulushi sifatida hosil bo‘ladi.
Ilmiy-texnika, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning aniq muammolarini hal etish uchun ixtiyoriy asosda birlashgan uyushma a’zolarining maqsadli omonatlaridan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, uyushma mol-mulki o‘zining ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati daromadlari, bank kreditlari, budjet va boshqa markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va dividendlardan olingan daromadlar hisobiga hosil bo‘ladi.
Uyushmaning mol-mulki va mablag‘lari to‘liq uning tasarrufida bo‘ladi va musodara qilinishi mumkin emas.
10. Ishtirokchi korxonalarning mol-mulki uyushma mulki hisoblanmaydi, korxonalar tomonidan ixtiyoriy ravishda uyushma mulkiga berilgan mol-mulk bundan mustasnodir.
11. Uyushma boshqaruvi va uning ishchi apparati uyushmaning uyushma a’zolarining foydadan ajratadigan mablag‘lari hisobiga saqlanadi.
12. Ajratmalar miqdori, hosil bo‘lgan fondlar va rezervlardan foydalanishning yo‘nalishi va tartibi uyushma Kengashi tomonidan belgilanadi.
13. Uyushmaning Ustavini tan oladigan va uyushmaning vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish yuzasidan o‘z zimmasiga majburiyat olgan davlat konsernlari, birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari, kooperativ korxonalar, qo‘shma va chet el korxonalari va tashkilotlari uyushma ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
14. Uyushma ishtirokchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
uyushma faoliyati masalalari bo‘yicha uning rahbar organlari ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish hamda uyushmaning rahbar organlari majlislarida bu masalalarning muhokama qilinishida qatnashish;
tarmoq va korxonalarning eng yuqori natijalarga erishishi va iqtisodiy foyda olishi maqsadida uyushma Kengashining roziligi bilan o‘z imkoniyatlari va mol-mulkining bir qismi bilan boshqa xo‘jalik va birlashmalarda qatnashish;
predmetli (maqsadli) faoliyat shartnomalariga muvofiq maqsadli dasturlarga qo‘yilgan qo‘shimcha badallarga, badallarga mutanosib ravishda daromad olish;
tuzilgan shartnomalardan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi bilan kelishgan holda savdo birjasida yoki zarur asbob-uskuna, xomashyo va moddiy resurslar ayirboshlab, ularni barter asosidagi shartnoma narxlarida sotish;
xomashyo va material yetkazib beruvchilar hamda ulgurji va chakana savdo korxonalari bilan hisob-kitoblarda limitlashtirilgan chek daftarchalarining hisob-kitob cheklaridan foydalanish;
konsernlarning, korxonalarning manfaatlariga daxldor masalalarni tayyorlashda, muhokama qilishda va hal etishda qatnashish;
uyushma Kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqishda teng sharoitlarda qatnashish;
o‘zining rivojlanishi manfaatlarini ko‘zlab uyushmaning ilmiy-texnika ishlanmalarini, mahsulotlarini, uyushmaning konsernlari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni qo‘llash huquqidan birinchi navbatda foydalanish;
o‘z firma belgisida uyushma emblemasidan foydalanish va o‘zining firma ish qog‘ozlari va muhrlarida uyushmaga tegishliligini ko‘rsatish;
mehnat jamoasining qaroriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga muvofiq uyushmaning boshqa ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni saqlagan holda uyushma tarkibidan chiqish.
15. Uyushma a’zolari:
uyushma Ustaviga rioya qilishga, uning rahbar organlari qarorlarini bajarishga;
o‘zining moliya-xo‘jalik va boshqa faoliyatini umuman uyushmaning rivojlanishi va iqtisodiy foyda olishi bilan uzviy birga qo‘shilishini ta’minlab, uyushma vazifalariga muvofiq amalga oshirishga;
uyushma Kengashi tomonidan belgilangan badallarni moliyaviy fondlarga belgilangan muddatlarda to‘lashga majburdirlar.
16. Uyushma ishtirokchilari:
o‘z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun;
umuman uyushmaga zarar yetkazgan o‘z xatti-harakatlari uchun;
Kengash va boshqaruv qarorlarini bajarmaslik natijasida sheriklarga yetkazilgan zarar uchun;
aholi va umuman xalq xo‘jaligining ishtirokchilar zimmasiga shartnoma majburiyatlari ko‘rinishida yuklatilgan mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirmaganliklari uchun qonun tomonidan belgilangan tartibda javob beradilar.
17. Uyushma ishtirokchilarining rahbarlari, Kengash a’zolari moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan o‘z qarorlari uchun intizomiy va moddiy javobgardirlar.
18. Uyushmani boshqarish demokratik asosda amalga oshiriladi. Uyushma Kengashi va boshqaruv uyushmaning rahbar organlari hisoblanadi.
19. Uyushma Kengashi boshqaruvning yuqori organi hisoblanadi. Kengash tarkibiga konsernlarning, yirik korxonalarning rahbarlari, uyushma ta’sischilari, shuningdek, boshqaruv a’zolari va uyushma komplekslarining rahbarlari hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan kiradilar.
Uyushma boshqaruvining Raisi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
Uyushma Kengashining majlisi uning Raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Kengashning navbatdan tashqari majlislari uyushma ishtirokchilarining kamida uchdan bir qismining talabi bilan chaqiriladi.
Uyushma Kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va qaror bilan rasmiylashtiriladi. Kengashning har bir ishtirokchisi bir ovoz berish huquqidan foydalanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Uyushma Kengashi majlislarida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
uyushma faoliyati dasturlari va rejalarini ishlab chiqish va ularni ro‘yobga chiqarish;
uyushma fondlari va rezervlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
maqsadli ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, investitsiya, ijtimoiy va tabiatni muhofaza qilish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun uyushma ishtirokchilarining qo‘shimcha ulush badallarini jalb etish to‘g‘risida;
yangi a’zolar qabul qilish va uning ishtirokchilarining uyushma tarkibidan chiqishi;
apparatning tuzilishi va xodimlari sonini, fondni, lavozim okladlarini, xo‘jalik faoliyati natijalari uchun mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish tizimini, uyushma va konsernlar apparati boshqaruvini saqlash xarajatlarini tasdiqlash;
shuningdek:
boshqaruvning, Kengash ishchi komissiyalarining o‘z ishlari to‘g‘risidagi hisobotlari eshitiladi va tegishli qaror qabul qilinadi;
boshqaruvning qarori yuzasidan shikoyatlar va uning faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
20. Uyushma Kengashi Raisni, uning o‘rinbosarlarini va uyushma boshqaruvi tarkibini, Kengashning qarori bilan muddatidan ilgari chaqirib olish huquqi bilan, besh yil muddatga saylaydi. Kengash Raisi ayni bir vaqtda boshqaruv Raisi ham hisoblanadi va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Uyushma boshqaruvi Raisining o‘rinbosarlari jumhuriyat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
21. Boshqaruv uyushma faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Boshqaruv majlisi uning Raisi tomonidan zaruratga qarab, ammo bir oyda kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Boshqaruv qarori qarorlar yoki buyruqlar ko‘rinishida hayotga joriy etiladi hamda u uyushma va konsernlar barcha a’zolarining bajarishi uchun majburiydir.
Uyushma boshqaruvi:
Kengash qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Kengashda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan barcha masalalarning oldindan ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
uyushma istiqbolini aniqlashni, dasturlari va rejalarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularni ro‘yobga chiqarish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi;
uyushma nomidan bankdan kredit olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
uyushmaning boshqaruv va tashkiliy tuzilishini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun uyushma Kengashiga kiritadi;
uyushma tarkibiga kiruvchi konsernlar, korxonalar va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati masalalarini ko‘rib chiqadi;
ilmiy-texnika kengashini tashkil etadi hamda uning miqdoriy va shaxsiy tarkibini belgilaydi.
22. Boshqaruv Raisi boshqaruv va apparat faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uyushmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, boshqaruv a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Boshqaruv Raisi:
buyruqlar, qarorlar, yo‘riqnomalar va o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa aktlar chiqaradi;
jumhuriyat, uyushma Kengashining qonunchilik va normativ aktlari va o‘z qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
istalgan sovet va chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan munosabatlarda uyushma nomidan vakillik qiladi, uyushma nomidan bitimlar, shartnomalar va boshqa bitishuvlar tuzadi hamda bunday bitishuvlar tuzish uchun ishonchnoma beradi;
shtat jadvalini, uyushma apparatini saqlash xarajatlari smetasini, uning strukturaviy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni, uyushma apparati xodimlarini va konsernlar rahbarlarini mukofotlashning barcha tizimlari bo‘yicha mukofotlarni taqsimlaydi;
uyushma apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan bo‘shatadi, ularga lavozim okladlari va ustamalar belgilaydi, apparat xodimlarini rag‘batlantiradi va ularga jazo beradi;
konsernlarning korxonalari (ularning taqdimiga ko‘ra) va uyushma rahbarlarini tayinlaydi, ular bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzadi, kontrakt (shartnoma, bitishuv) shartlariga muvofiq ularni lavozimidan bo‘shatadi;
konsernlar va uyushma taftish komissiyalari tarkibini tasdiqlaydi;
saylovlar o‘tkazilgunga qadar, belgilangan tartibda, uyushma boshqaruvi va konsernlar raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilarni tayinlaydi;
apparatning tuzilishini va xodimlari sonini, fondni, lavozim okladlarini, xo‘jalik faoliyati natijalari uchun mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish tizimini, uyushma va konsernlar apparati boshqaruvini saqlash xarajatlarini tasdiqlaydi;
uyushmaning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan doimiy va vaqtinchalik ishchi komissiyalar tuzadi;
korxonalarning va uyushma huzuridagi tuzilmalarning ustavlarini tasdiqlaydi;
dalolatnomalar beradi, pul mablag‘lari va moddiy boyliklar olish uchun schyotlar va to‘lov topshiriqlariga imzo chekadi;
uyushmaning rahbar organlari tomonidan yuklatiladigan boshqa funksiyalarni bajaradi.
23. Rahbarlikning joriy funksiyasini amalga oshirish, Kengash va boshqaruv ishini ta’minlash, umumxo‘jalik funksiyalarini bajarish uchun uyushmada ishchi apparat tashkil etiladi.
24. Uyushma operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Belgilangan tartibda moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha turlari bo‘yicha hisobot taqdim etadi, hisobotlar va balanslarning ishonchliligini ta’minlaydi.
25. Uyushma amaldagi qonunchilikka muvofiq, konsernlar, uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining kompleks taftishini o‘tkazishni ta’minlaydi.
26. Uyushmaning taftish komissiyasi amaldagi qonunchilikka, uyushma Ustaviga, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish tartibiga, moliya va shartnoma intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, uyushma a’zolarining takliflari, mehnatkashlarning ariza va shikoyatlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
27. Uyushma taftish komissiyasiga rahbarlikni taftish komissiyasining raisi amalga oshiradi.
28. Taftish komissiyasining raisi uyushma Kengashi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
29. Taftish komissiyasi uyushma Kengashi oldida hisob beradi va o‘z ishining natijalari to‘g‘risida boshqaruvga axborot beradi.
30. Uyushma faoliyatini to‘xtatish uyushma Kengashining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. | 127 | 24,010 |
Qonunchilik | Byudjet tashkilotlarida buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatish kiritildi | Moliya vazirining buyrugʻi (17.03.2018 yilda 2169-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Byudjet tashkilotlarida buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Birinchidan, asosiy vositalarning inventar raqamlari endi 10 belgidan iborat boʻladi. Bu – oʻzgarmas miqdor (ilgari zarurat yuzaga kelganda koʻpaytirish imkoniyati bilan 8 belgidan iborat boʻlgan). Guruh doirasida predmetning tartib raqami uchun qoʻshimcha 2 ta belgining ajratilishi hisobiga oʻzgarish roʻy berdi. Ilgarigidek, dastlabki uchta belgi subschyotni, toʻrtinchi va beshinchi belgi – guruhni ifodalaydi.
Ikkinchidan, asosiy vositalar eskirishining qat’iy me’yorlari belgilandi. Ular Soliq kodeksining 144-moddasida keltirilgan amortizatsiya me’yorlari bilan deyarli bir хil. Faqat quyidagi farqlari mavjud:
– idora mebeli va asboblari (shu jumladan telefon apparatlari, hisoblash uskunalari va boshqalar) uchun 15 foizlik amortizatsiya me’yori joriy etilgan (Soliq kodeksida mazkur pozitsiya nazarda tutilmagan);
– boshqa aktivlar uchun 10 foizlik amortizatsiya me’yori joriy etilgan (Soliq kodeksida ushbu pozitsiya boʻyicha eng yuqori me’yor – 15%).
Shuningdek belgilanishicha, qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan kapital qurilish ob’yektlari yoki uning qismlari, shuningdek tugallanmagan qurilish boʻyicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Mavsumiy tusga ega byudjet tashkilotlarida esa eskirish summasi moliya yili mobaynida har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi.
Uchinchidan, belgilanishicha, kelgusida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan chiqindilarning kirim qilinishi 06-«Boshqa tovar-moddiy zaхiralar» yoki boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 090-«Tovar (ish, хizmat)larga хarajatlar» subschyoti kreditida aks ettiriladi.
Toʻrtinchidan, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlarning kelib tushishi endi 12-«Byudjet mablagʻlari boʻyicha joriy yildagi moliyaviy natijalar» schyotining tegishli subschyoti kreditida ham hisobga olinadi. Ilgarigidek, zarur hollarda 15-«Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» schyoti va boshqa schyotlarda hisobga olishga ruхsat beriladi.
Beshinchidan, chorakning soʻnggi ish kuni oхirida хarajatlar smetasida boʻshab qolgan mablagʻlar tejab qolingan deb hisoblanmaydigan va tegishli byudjetga qaytariladigan yoхud unda qoldiriladigan holatlar belgilandi:
Bunda хodimlar sonining toʻldirilmaganligi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlardan bir yoʻla bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, хizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmining ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan birga, ishda vaqtincha boʻlmagan хodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun qoʻshimchalar belgilash uchun foydalanilishi mumkin.
Byudjet tashkilotlarining moliya yilida foydalanilmay qolgan byudjetdan tashqari mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtadi hamda ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. Oʻtgan moliya yilida foydalanilmay qolgan mablagʻlar keyingi moliya yilida qayta taqsimlanmay, oʻsha maqsadlarda foydalaniladi.
Byudjet tashkiloti qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborilgan, qoʻshib olingan, oʻzgartirilgan) hollarda, byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaraklaridagi (shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablagʻlar qayta tashkil etilgan byudjet tashkiloti tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Byudjet tashkilotlarini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlash хarajatlari toʻхtatilgan hollarda, byudjetdan tashqari mablagʻlar qoldigʻi mazkur tashkilot tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tugatilgan byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobvaraqlaridagi (shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi) mablagʻlar qoldigʻi belgilangan tartibda tegishli byudjet daromadlariga oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Byudjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga (shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga) notoʻgʻri kelib tushgan mablagʻlar qaytarilishi toʻlovchi murojaat qilgan kundan boshlab 10 bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Oltinchidan, markazlashtirilgan moliya-buхgalteriya хizmatlarida buхgalteriya hisobi Yoʻriqnomaga muvofiq tobe muassasalar kesimida alohida yuritilishi aniqlashtirilgan. Parallel ravishda 180-«Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar» subschyotida endi markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalar hisobga olinmasligi belgilandi.
Yettinchidan, ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) tannarхiga kiritilmaydigan davr хarajatlari 211-«Davr хarajatlari» subschyoti debeti va хarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditida hisobga olinishi aks ettirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 89 | 5,224 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatda investitsiya muhitining jozibadorligini yanada oshirish, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda yangi tashabbus va loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. “O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan dastlabki ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi investitsiya kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya kompaniyasi) sifatida qayta tashkil qilinsin.
Bunda, Investitsiya kompaniyasiga 2022-2023-yillarda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida hamkor investorlar tomonidan 200 million AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
2. Belgilansinki:
Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali kelgusida investorlar bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan qo‘shimcha investitsiyalarni hisobga olib, bosqichma-bosqich 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi;
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi;
Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiyalar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida bozor qiymati bo‘yicha hisoblangan aksiyalarning (ulushlarning) 49 foizigacha ulushida ishtirok etish, mol-mulk sotib olish, milliy va xorijiy valyutada qarzlar berish, shuningdek, qonunchilikda zid bo‘lmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi;
Investitsiya kompaniyasi tomonidan bitta loyiha uchun kiritiladigan investitsiyalarning maksimal miqdori ushbu loyiha bo‘yicha umumiy investitsiyalar hajmining 49 foizidan oshmasligi lozim. Bunda, Investitsiya kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalarining bitta loyiha uchun maksimal hajmi 20 million dollardan oshmasligi lozim;
Investitsiya kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalari maksimal hajmining oshirilishiga yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi;
Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihalarini tanlash va moliyalashtirish ushbu loyihalarning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib, mustaqil ravishda investitsiya siyosatida belgilangan mezon va talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
loyihaoldi ishlari, shu jumladan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda loyihani moliyalashtirishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish xarajatlari Investitsiya kompaniyasining mablag‘lari hisobidan Kuzatuv kengashining qaroriga asosan moliyalashtiriladi.
3. Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:
kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish;
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ko‘rinishlarda.
4. Investitsiya kompaniyasiga hududiy loyiha guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘zining investitsiya siyosatida belgilangan mezon va talablarni hisobga olgan holda tanlab olib, hududlarda tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan xolding kompaniyalari orqali ularning 49 foizgacha bo‘lgan qismini moliyalashtirish huquqi berilsin.
5. Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-2023-yillarda hududiy sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini tasdiqlasin.
Belgilansinki, Investitsiya kompaniyasiga:
sanoat va infratuzilma obyektlarini yaratish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish maqsadida bir loyihaga investitsiyalarning belgilangan hajmi doirasida ustav kapitalida 100 foiz ishtirok etish orqali operatsion tashkilotlarni tashkil etish;
mustaqil ravishda o‘z mol-mulkini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitallaridagi ulush va aksiyalarini erkin holda qonunchilikda xususiylashtirish bo‘yicha belgilangan tartiblarni qo‘llamagan holda sotish huquqi beriladi.
6. Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi bir oy muddatda operatsion tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan loyiha guruhlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ularning loyihaviy takliflarini moliyalashtirish mexanizmini ko‘zda tutuvchi Nizomni tasdiqlasin.
7. Investitsiya kompaniyasi va uning operatsion tashkilotlariga belgilangan foyda solig‘i stavkasi uch yil muddatga 50 foizga kamaytirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-son Farmoni 7 — 9-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. | 134 | 5,671 |
Qonunchilik | BINOLAR MAJMUINI YER MAYDONLARI BILAN BIRGA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATIGA UNING O‘Z MULKI QILIB SOTISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 14-noyabrdagi PF-1287-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasining Toshkent shahar, Sharof Rashidov ko‘chasi, 15-uyda joylashgan, maydoni 10543 kv. m bo‘lgan binolar majmuini yer maydonlari bilan birga Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatiga uning o‘z mulki qilib sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Germaniya Federativ Respublikasi Elchixonasi bilan yer maydonlari bilan birga binolar majmuining Germaniya ekspertlari tomonidan hisoblab chiqilgan tegishli narxda, 4,3 mln. Germaniya markasi miqdoridagi bahoda, oldi-sotdi shartnomasini imzolasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ko‘chmas mulkni Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatiga sotishdan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kafolati ostidagi depozit” 20202840600571423001-son schyotiga o‘tkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ko‘rsatilgan mablag‘larni xorijiy banklardagi depozit schyotlarga, foizlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kafolati ostidagi depozit” 20202840600571423001-son schyotiga o‘tkazish sharti bilan joylashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, depozit operatsiyalaridan olingan foizlarni hisobga olgan holda, tushgan mablag‘lardan Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahridagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasiga ko‘chmas mulk sotib olish uchun foydalansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari V.A.Chjen zimmasiga yuklansin. | 128 | 2,066 |
Qonunchilik | Madaniyat хodimlarining yangi maoshlari e’lon qilindi | Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari хodimlari lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3246, 18.06.2020 y.)
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 iyundan davlat madaniyat muassasalari ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, artist, ijodiy va boshqa хodimlarining mehnat haqi miqdorlari oʻrtacha 45%ga oshirildi. Oʻsha paytda mehnatga haq toʻlash guruhlarini inobatga olgan holda хodimlarning malaka toifalari va lavozimlari boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari tasdiqlandi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga yoki 7%ga oshirildi. Tegishincha, quyidagilarning maoshlari хuddi shu tarzda indeksatsiya qilindi:
Ayrim muassasalar va хodimlar toifasi kesimidagi oshiruvchi koeffitsiyentlar oʻzgarishsiz qoldirildi. Ish beruvchilar-byudjet muassasalariga yangi raqamlarni hisobga olib oʻz хodimlarining ish haqlarini qayta hisoblab toʻlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 53 | 1,086 |
Qonunchilik | 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zb | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Vazirlar Mahkamasiga 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv hamda innovatsiyalarga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobini ko‘rib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Xususan, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini bozor mexanizmlari asosida boshqarishni yanada jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-sonli Farmoni qabul qilinib, unga ko‘ra bugungi kunga qadar 541 ta davlat ulushi mavjud korxonalarning 247 tasi 2,3 trln so‘m qiymatda savdoga chiqarilib, 96 tasi 411,6 mlrd so‘mga sotilgan.
Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi 6 ta yirik davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilib, ularning kuzatuv kengashlariga 6 nafar chet ellik malakali ekspert mustaqil a’zo sifatida jalb etilgan.
Geologik izlanishlar yo‘nalishida 400 mln dollarlik kredit shartnomalari rasmiylashtirilib, xalqaro banklar bilan 900 mln dollarlik sindikatlangan kredit ajratish to‘g‘risida bitimlar tuzilgan.
Bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini (obyektlarni) ishlab chiqarishga jalb qilish yuzasidan o‘tkazilgan xatlovlar natijasida 27 675 ta obyekt aniqlanib, 1 215 ta obyekt bo‘sh turgan obyektlar toifasidan chiqarilgan, 1 146 ta obyektdan kelgusida samarali foydalanish belgilanib, 744 ta yangi obyektdan samarali foydalanish choralari ko‘rilgan.
Yoqilg‘i-energetika va tog‘-kon metallurgiya sanoatlari korxonalarida resurs hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish darajasini oshirish, texnologik yuqotishlarni kamaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-sonli qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, chora-tadbirlar belgilab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qarori bilan 2017 — 2021-yillarda sanoat tarmog‘i korxonalari uchun ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishning maqsadli parametrlari tasdiqlangan.
Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, 25 ming km elektr uzatish tarmoqlari hamda 8 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangan, shuningdek, rekonstruksiya qilish natijasida 1,7 milliondan ortiq aholi xonadonlarida elektr ta’minoti yaxshilangan.
Iqtisodiyot tarmoqlarining texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar sonini oshirish, innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Fanlar akademiyasining tegishli yo‘nalishdagi ilmiy tashkilotlari ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilgan.
Sanoatda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va xomashyo sohalarida qayta ishlashni ko‘paytirish, innovatsiyalar va ishlanmalarni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijasida 2010 — 2020-yillarda sanoatdagi yalpi qo‘shilgan qiymatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 105,5 foizni, iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 106,3 foizni tashkil etgan.
Sanoatni raqamlashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni jadallashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, sanoatda bozor mexanizmlarini keng joriy etish, ilmiy yutuqlardan samarali foydalanish maqsadida 2030-yilgacha sanoatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va iqtisodiyotni raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun sohada yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ta’minlangan.
Optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi 81 ming km ni tashkil etib, joriy yil yakuniga qadar 118,6 ming km ga yetkazish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar 1,7 mln ta keng polosali Internet tarmog‘iga ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy sonini 2021-yil oxiriga qadar 3,9 mln taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash doirasida 9 347 ta xalq ta’limi, 5 625 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 3 401 ta sog‘liqni saqlash obyektining yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.
Bundan tashqari, operator va provaydyerlarga Internet xizmatlari uchun mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga 2019-yilning shu davriga nisbatan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobar, 2020-yil davomida Internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirilgan.
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini faol amalga oshirgan holda natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirib, uning onlayn tartibda yangilanib borilishini yo‘lga qo‘ysin;
O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasiga har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan axborot kiritsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin. | 250 | 6,125 |
Qonunchilik | Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 156-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq, shuningdek korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va mazmunini tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish tadbirlari tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 156-moddasiga muvofiq korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibini belgilaydi hamda yuridik shaxslarga, shu jumladan ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarga nisbatan qo‘llanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
shaharni tashkil etuvchi korxona va unga tenglashtirilgan korxona — xodimlari, ularning oila a’zolarini ham qo‘shib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etuvchi yoki xodimlarining soni kamida uch ming kishi bo‘lgan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi yoki tabiiy monopoliyalar subyekti bo‘lgan yuridik shaxs;
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs).
3. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga quyidagi mezonlardan bittasiga javob beradigan yuridik shaxslar kiritiladi:
korxonaning xodimlari soni, ularning oila a’zolarini ham qo‘shib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil qiladi;
korxona xodimlarining soni kamida uch ming kishini tashkil qiladi;
korxona davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini saqlashni ta’minlaydi;
korxona tabiiy monopoliya subyekti hisoblanadi.
4. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestriga (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha kiritiladi.
5. Reyestrni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
6. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritilgan korxonalarni Reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Agentlikka:
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan — korxona xodimlarining soni, ularning oila a’zolarini ham qo‘shib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etishini tasdiqlaydigan ma’lumot;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan — davlat statistika hisobotlari ma’lumotlariga ko‘ra ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni kamida uch ming kishini tashkil qiladigan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumot hamda tegishli aholi punktlaridagi aholi soni to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan — korxonaning davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini saqlashni ta’minlashini tasdiqlaydigan ma’lumot (ushbu ma’lumot iqtisodiy sudlar va boshqa davlat organlari so‘rovi bo‘yicha taqdim etiladi);
Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan — korxonaning tabiiy monopoliya subyekti ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumot taqdim etiladi.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot bundan mustasno) Agentlikka har yili 1-fevraldan kechikmay, shuningdek ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mezonlardan bittasiga javob beradigan yangi korxonalar tashkil qilingan taqdirda taqdim etiladi.
8. Taqdim etilgan ma’lumotni ko‘rib chiqish va korxonalarni Reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish hamda ularni Reyestrdan chiqarish uchun Agentlik tomonidan tegishli Komissiya tuziladi.
9. Komissiya tarkibi va uning ish reglamenti Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
10. Komissiya ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq Agentlikka taqdim etilgan ma’lumotni va unga ilova qilingan materiallarni bir oy muddatda ko‘rib chiqadi, ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha korxonani Reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
11. Agentlik Reyestrga kiritilgan shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar monitoringini doimiy ravishda amalga oshiradi.
12. Korxonalar monitoringi natijalariga ko‘ra ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mezonlardan birortasiga ham javob bermaydigan korxona aniqlangan taqdirda Agentlik tomonidan Komissiya bilan birgalikda uni Reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
13. Reyestrdan ko‘chirma Agentlik tomonidan iqtisodiy sudlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar so‘roviga binoan, so‘rov olingan kundan boshlab bir hafta muddatda beriladi.
14. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarning bankrotlik tartibotlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
16. Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar munosabati bilan paydo bo‘ladigan bahslar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | 153 | 6,217 |
Qonunchilik | Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, tovar xomashyo birjalari tomonidan tashkil etilayotgan birja va elektron savdolarda shaffoflik darajasini oshirish, shuningdek, elektron savdolar jarayoniga aralashish va ularning natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatish imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — “O‘zRTXB” AJ) aksiyadorlarining 2019-yil 19-noyabrdagi umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ilg‘or axborot-texnologiyalarini joriy etish va birja faoliyatida elektron tijoratni izchil rivojlantirish, talab va taklif hamda narxlarni prognozlashtirish uchun tovar bozorlarini, shuningdek, tovar bozorlari konyunkturasiga jiddiy ta’sir etuvchi omillarni har tomonlama tahlil qilish bo‘yicha dolzarb vazifalarni hisobga olgan holda jamiyatning yangilangan tuzilmasi tasdiqlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Birja savdolari mexanizmlarini takomillashtirish va “O‘zRTXB” AJ faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
o‘tkaziladigan savdolar shaffofligini ta’minlaydigan, shuningdek, birjaning barcha platformalarida elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlariga aralashish hamda ularning yakunlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaydigan innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish;
narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarida konyunkturani, jumladan, tovar bozorlarida konyunkturaga jiddiy ta’sir o‘tkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil etish;
birja savdolarini o‘tkazish shakllarini takomillashtirish va yangi savdo vositalarini joriy etish, shuningdek, elektron tijoratni jadal rivojlantirish;
xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy va samarali moliyaviy va HR-menejment uslublarni joriy etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “O‘zRTXB” AJning 2020-yil 1-iyundan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
tovar segmentlari bo‘yicha birja savdolarini mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib va birja a’zolariga foydalanish huquqini bergan holda alohida seksiyalarda o‘tkazish;
mahsulotni seksiya tamoyili bo‘yicha sotishni ta’minlash va brokerlik o‘rinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish bo‘yicha shaffof mexanizmni inobatga olgan holda, yuridik shaxslarni birja a’zolari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish;
birja savdosi qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi birja a’zolarining malaka darajasini har 3 yilda muntazam aniqlash.
4. Quyidagi asosiy tartib-taomillarni nazarda tutuvchi Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar hajmini shakllantirish, ularning boshlang‘ich narxlarini hamda o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini belgilash;
birja savdolarida tuziladigan bitimlar bo‘yicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatga kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan sotishni nazarda tutuvchi “forvard” savdo turini joriy etish;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali eksportga sotish tartibini belgilash;
o‘rtacha birja kotirovkalarini hisoblash hamda mahsulot narxlarining monitoringini yuritish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom birja savdolarida monopolist korxonalar, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar hamda qonunchilikda yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotish nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ichki bozorda va eksportga bozor tamoyillari asosida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga oladigan summa;
yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaroriga ilovadagi ro‘yxatga muvofiq mahsulotlar, xomashyo va materiallar;
birja bitimi — birja savdolarining natijasi bo‘yicha tuzilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
sotuvchi — qonunchilik hujjatlarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotishi nazarda tutilgan tashkilotlar;
xaridor — birja savdolari orqali mahsulot sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlar;
birja a’zolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — BSET) — birja a’zolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini o‘z ichiga olgan axborot tizimi.
3. Mahsulotlarni birja savdolari orqali ichki bozorda va eksportga sotish mazkur Nizomga 1- va 2-ilovalardagi sxemalarga asosan amalga oshiriladi.
4. Birja savdolariga qo‘yiladigan mahsulotlar hajmlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar ko‘rsatkichlariga muvofiq hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan aniqlanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa mas’ul vazirliklar yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, shuningdek, ularning bajarilishi bo‘yicha oylik va choraklik grafiklardan ko‘chirmalarni ular tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kunida monopoliyaga qarshi kurashish organiga yuboradi.
Sotuvchilar savdo kunlari bo‘yicha teng qo‘yishni hisobga olgan holda, yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar asosida hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda, qo‘yish jadvallarini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularni birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish organi sotuvchilarga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar ko‘rsatkichlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, mahsulotni birja savdolariga qo‘yish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish xaqida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga xaqli.
Monopoliyaga qarshi kurashish organining mahsulotni birja savdolariga qo‘yish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish haqidagi ko‘rsatmalarining bajarilmasligi hamda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarini belgilangan muddatda Qo‘mitaga taqdim etmaslik qoidabuzarlikka, ya’ni mahsulotlarni birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘ymaganlikka tenglashtiriladi.
Monopolist va davlat ulushi mavjud tashkilotlar har oylik yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni yuklash grafigini kunlarga taqsimlagan holda, birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi.
6. Sotuvchilar obyektiv va ularga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli jadvallarda nazarda tutilgan hajmlarni va mahsulotni birja savdolariga qo‘yish muddatlarini bajarishning imkoniyati bo‘lmagan holatlarda, mahsulotni birja savdolariga qo‘yish sanasidan bir kun avval, bu haqda monopoliyaga qarshi kurashish organi va uning hududiy organlari, shuningdek, birjani xabardor qiladi.
7. Yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlarga asosan savdolarga qo‘yiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari, bekor qilingan bitimlar hajmlari, xaridor tomonidan tanlanmagan yoki amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan hajmlar, sotuvchining o‘zi tomonidan keyingi birja savdolariga takroran qo‘yilishi shart.
Bunda sotuvchi mahsulotning boshlang‘ich narxini qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega.
8. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishning boshlang‘ich narxi quyidagicha aniqlanadi:
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar darajasida;
narxlar tartibga solinmaganda — sotuvchi-korxona tomonidan mustaqil shakllantirilgan narxda.
9. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan:
mis katodini birja savdolariga qo‘yishda uning boshlang‘ich narxini London metall birjasi (keyingi o‘rinlarda — LMB) narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023-yilda — 4 foiz miqdorida chegirma bilan, 2024-yil 1-yanvardan esa LMB narxida (eksportga sotiladigan narxda) va unga soliq haqidagi qonunlar asosida hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qo‘shgan holda;
misdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlang‘ich narxlari LMB narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023-yilda — 4 foiz miqdorida chegirma bilan, 2024-yil 1-yanvardan esa LMB narxiga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan qo‘shimcha xarajatlarni va soliq haqidagi qonunlar asosida hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qo‘shgan holda;
metall ruxning boshlang‘ich narxi qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan holda, LMB narxlari darajasida, ruxdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlang‘ich narxlari esa LMB narxlariga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan qo‘shimcha xarajatlarni qo‘shgan holda, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan holda aniqlanadi.
10. Birja bitimlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar birjaning hisob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKP) orqali amalga oshiriladi.
11. Birja bitimlari birja savdolariga qo‘yilgan tovar umumiy qiymati va mo‘ljallanayotgan bitim hajmi bo‘yicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan 10 foizgacha bo‘lgan avans sotuvchi va xaridorlar tomonidan kiritilib, hisob-kitoblar HKP orqali amalga oshirilgandan so‘ng tuziladi.
12. Birja a’zolari sotuvchi va xaridorning topshirig‘iga asosan BSETga arizalar taqdim etish orqali birja bitimlarini amalga oshiradilar.
13. BSET qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish natijasida tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga oladi va so‘ngra BSET dasturiy kompleksi tomonidan tuzilgan bitimlar reyestri shakllantiriladi.
14. Birja vositachilik yig‘imlari bitimning keyinchalik rasmiylashtirishidan qat’iy nazar undiriladi.
15. Xaridor birja oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda tuzilgan birja bitimlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun mablag‘larni birjaning talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob-raqamiga o‘tkazishi shart. Bunda majburiyatni bajarish uchun to‘langan zakalat pulidan foydalanish mumkin.
2021-yil 1-apreldan boshlab mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq tashkilotlari tomonidan bitim bo‘yicha to‘lovning 25 foizi avans tarzida HKP (hisob-kliring palatasi)ga o‘tkaziladi. To‘lovning qolgan 75 foizi mis xomashyosi olingandan so‘ng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda xaridor tomonidan sotuvchining bankdagi hisobvaraqiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkaziladi. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafillik, shu jumladan, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi kafilligi, kafolat, bank kafolati, sug‘urta polisi hamda qonunchilik hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanadi.
16. HKP xaridorlar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilgan bitimlar ro‘yxatini sotuvchiga yuboradi. Yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni yuklab jo‘natish kuni shartnomada belgilangan muddatlar doirasida amalga oshirilgan to‘lovlarning tartibiga ko‘ra xaridor tomonidan shaxsiy kabinet orqali aniqlanadi.
17. Kliringni o‘tkazish tartibi va tuzilgan birja bitimlari ijrosini ta’minlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Bitimlar bo‘yicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan yetkazib berish muddati (keyingi o‘rinlarda — forvard bitimlari) namunaviy forvard shartnomasini ochishda sotuvchi tomonidan belgilanadi.
19. Namunaviy forvard shartnomasi tafsilotlari quyidagi asosiy shartlarni o‘z ichiga olishi shart:
shartnoma nomi;
ishlab chiqaruvchining nomi;
shartnoma muddati;
shartnoma bo‘yicha yuklab jo‘natish davri (yuklab berish oyi);
mahsulot nomi, navi va markasi;
lot hajmi;
alohida shartlar;
mahsulot yetkazib berish joyi (manzili).
20. Sotuvchi va xaridorlar forvard bitimlar bo‘yicha savdolarda qatnashish uchun HKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga mo‘ljallanayotgan bitim summasining 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdorida avans kiritadi.
21. Bitim tuzilganidan so‘ng xaridor forvard shartnomasida ko‘rsatilgan muddat ichida sotuvchi hisobraqamiga qolgan pul mablag‘larini to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lab berishi shart.
Bunda to‘lov muddati 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi shart.
Xaridor tomonidan to‘lov belgilangan muddatdan oldin amalga oshirilishi mumkin.
Sotuvchi forvard shartnomasi bo‘yicha to‘liq to‘lovni qabul qilgandan so‘ng to‘lov sanasi haqida birjani bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
211. Sotuvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mahsulotni yuklab berish majburiyati asossiz bajarilmaganda, shartnoma bo‘yicha kiritilgan avans summasidan tashqari har bir kechiktirilgan kun uchun shartnoma qiymatining 0,1 foizi miqdorida penya to‘lanadi.
Bunda penya shartnoma bo‘yicha xaridor tomonidan to‘lov majburiyatlari to‘liq bajarilgan kundan boshlab, sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan mahsulot to‘liq hajmda yetkazib berilgunga qadar yoki buning imkoniyati mavjud bo‘lmasa, shartnoma qiymati to‘liq qaytarib berilguniga qadar har bir kun uchun hisoblanadi.
22. Sotuvchi va xaridor forvard shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida mahsulotni yuklash muddatini kelishadi.
Sotuvchi tomonidan forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulot bir oydan kam bo‘lmagan muddatda yetkazib beriladi.
Bunda sotuvchi tomonidan mahsulotni to‘liq yuklab jo‘natishda rasmiylashtirilgan hisobvaraq va (yoki) yuk xatining sanasi shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oydan kam bo‘lmasligi shart.
23. Avans ajratish va birja bitimini yopish kliring o‘tkazish tartibi va tuzilgan bitimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlashga muvofiq amalga oshiriladi.
24. O‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) har bir mahsulot bo‘yicha uning navi, sinfi, markasi, tipi, qadog‘i va boshqa xususiyatlariga ko‘ra savdo haftasi mobaynida o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga asosan hisoblanadi.
25. Savdo haftasi uchun o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) quyidagi formula asosida hisoblanadi:
N = (Q1+Q2+…+Qn)/(H1+H2+…+Hn),
bunda:
N — o‘rtacha hisoblangan kotirovka;
Q1, 2...n — bitim narxi;
H1, 2...n — bitim hajmi.
O‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblashda amaldagi Birja savdolari qoidalariga muvofiq ro‘yxatga olingan barcha birja bitimlari hisobga olinadi.
26. Savdo haftasi mobaynida ro‘yxatga olingan bitimlar bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) hisob-kitob qilinadigan haftadan keyingi birinchi ish kunida hisoblanadi.
27. Birjalar hisob-kitob qilinadigan haftadan keyingi ikkinchi ish kuni o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) to‘g‘risidagi axborotni o‘zining rasmiy veb-saytlariga va boshqa notijorat manbalariga joylashtiradi.
28. Tovarlar sotilmagan taqdirda, birjalar tomonidan yakunlari bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasi (narxi) hisoblab chiqarilgan savdo haftasini aks ettirgan holda, avvalgi o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) chop etiladi.
Bunda takroran chop etish uch martadan oshmasligi lozim.
29. Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib boradi.
30. Birja narxlarining o‘tgan savdolarga nisbatan keskin oshishi, talab yoki taklifning jiddiy nomutanosibligi kuzatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning oshish sabablarini va manipulatsiya alomatlari mavjudligini o‘rganadi.
31. Monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning keskin oshishi sabablarini aniqlashda quyidagilarni o‘rganadi:
korxonalar tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq mahsulotni savdoga qo‘yish hajmlariga rioya etish;
mahsulotning xaridorligini aniqlash uchun xaridorlar buyurtmanomalari asosida mahsulotning aniq turiga bo‘lgan talabning o‘zgarish danimikasini;
mahsulot boshlang‘ich narxining, shu jumladan monopol korxonalar tomonidan monopol yuqori narxlarni qo‘llash bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini;
birja savdolarida ulushning sun’iy ravishda oshirilishini aniqlash maqsadida birja savdolari ishtirokchilari tomonidan mahsulotni xarid qilish hajmlarini;
sotuvchilar tomonidan birja savdolari ishtirokchilari doirasini chegaralash maqsadida asossiz ravishda o‘rnatilgan katta hajmdagi lotlarni;
birja savdolaridan chetga olingan mahsulot hajmlarining mavjudligini;
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka zid bo‘lgan kelishilgan harakatlarning mavjudligini;
savdo sessiyasi davomida birja tovariga buyurtmanoma berish orqali narxlarning oshishini va keyinchalik savdo sessiyasi yakuniga qadar ushbu buyurtmanomalarning o‘chirib tashlanishini;
birja a’zolarining birja savdosida birja tovarining narxini sun’iy oshishi yoki pasayishiga sabab bo‘luvchi harakatlarini;
tovarlar bo‘yicha belgilangan avans miqdorlari, to‘lov va yetkazib berish muddatlarini.
311. Birja ishtirokchilari quyidagi qasddan qilingan har qanday harakatlari manipulatsiya deb hisoblanadi va ularni amalga oshirish taqiqlanadi:
birjada sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni yetkazib berish shartlariga sun’iy ravishda ta’sir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til biriktirishlar orqali asossiz foyda olish, muayyan ishtirokchilarga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, axborotdan foydalanish orqali boshqa ishtirokchilarga mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, birja narxlarining keskin ko‘tarilishi, qat’iy belgilanishi yoki bir darajada ushlab turish;
Internet, OAV va boshqa kommunikatsiya kanallarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqatish;
birja shartnomasi bo‘yicha yirik, ya’ni barcha xaridorlarga savdolarda teng qatnashish imkoniyatini cheklaydigan lotlar belgilash;
bir xil mahsulotlar sotuvchilari tomonidan belgilangan shartlardan sezilarli darajada farq qiladigan asossiz to‘lov va yetkazib berish muddatlari hamda alohida shartlar kiritish;
birja rasmiy veb-saytiga savdoga qo‘yish jadvallarini joylashtirmaslik;
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini chegaralovchi alohida shartlarni ko‘rsatish;
mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallarida ularning hajmlarini forvard va spot shartnomalari bo‘yicha asossiz ravishda nomuvofiq qo‘yish;
forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish;
savdoga qo‘yish jadvallarida belgilangan hajmlardan kam miqdorda mahsulotlarni savdoga qo‘yish;
savdo jarayonida muayyan birja ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilar narx taklifiga nisbatan noodatiy ravishda tafovuti yirik bo‘lgan narx taklifini berish va buning natijasida savdolar tugagunga qadar buyurtmani o‘chirish yoki tuzilgan bitimni asossiz ravishda jarimani to‘lamagan holda bekor qilish;
mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallariga nisbatan nomuvofiq qo‘yish;
qonunchilik hujjatlariga asosan narxlari tartibga solinadigan mahsulotlarning boshlang‘ich narxlari shakllantirishda belgilangan tartiblarga rioya qilmaslik;
boshlang‘ich narxlarni belgilashda monopol yuqori narx qo‘llash;
birja shartnomasi bo‘yicha bekor qilingan muayyan xaridor ishtirokidagi bitim narxining ushbu birja shartnomasi bo‘yicha aynan o‘sha xaridor ishtirokida keyingi ikki amalga oshgan savdodagi bitimlarining minimal narxlaridan pastligi;
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning birja savdosida sotilmay qolgan qismini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish orqali mahsulotlarni savdolarga qo‘yish hajmlarini qisqartirish;
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qo‘ymaslik;
yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish;
mahsulotlarni muqobil transport turida yuklab jo‘natish imkoniyati bo‘la turib, asossiz ravishda muayyan transport turi orqali yuklab jo‘natish ko‘zda tutilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘yish;
birjada tuzilgan bitim va shartnomalarni asossiz yoki muntazam ravishda jarimalar qo‘llanmasdan bekor qilish;
mahsulotni yuklab jo‘natish navbati bo‘yicha ketma-ketlikka amal qilmaslik.
32. Monopoliyaga qarshi kurashish organi o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha manipulatsiya va narxlarni asossiz oshirilgan holatlar aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘radi.
321. Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan, eksportga sotish holatlari aniqlanganda, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlang‘ich narxi, oldin birja savdolarida sotilmagan hollarda esa bir xil turdagi mahsulot bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) o‘rtasidagi tafovutga ko‘paytirish orqali hisoblangan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
Mahsulotlarni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmagan taqdirda sotuvchidan mahsulotni birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi o‘rtasidagi tafovut, sotuvchi tomonidan savdolarga qo‘yilmagan tovarning hajmiga ko‘paytirilgan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
Quyidagilar birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzilishi deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi:
sotuvchilar tomonidan mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarini belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etmaslik;
birja savdolariga qo‘yiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari, bekor qilingan bitimlar hajmlari, xaridor tomonidan tanlanmagan yoki amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan hajmlar sotuvchining o‘zi tomonidan keyingi birja savdolariga takroran qo‘yilmasligi;
birja savdolariga qo‘yilishi lozim bo‘lgan, sotuvchilar tomonidan ichki bozorda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-xomashyo birjalarida hisobga qo‘yilmasligi va ushbu ma’lumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirilmasligi;
forvard shartnomalari bo‘yicha mahsulotlarni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natilishi hamda mahsulot yuklab jo‘natish navbati bo‘yicha ketma-ketlikka amal qilmaslik holatlari aniqlanganda tuzilgan forvard bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi va sotuvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga olib qo‘yiladi.
33. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlar tovarlarni birja savdolarida sotishlari va xarid qilishlari mumkin.
34. Kontraktlar bo‘yicha birjada xarid qilingan tovarlar uchun hisob-kitoblar chet el valyutasida amalga oshiriladi.
35. Birja savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan eksport kontrakti tovar-xomashyo birjalari savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan tartibiga muvofiq birjada ro‘yxatdan o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi.
Eksport kontraktlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun brokerlar va ularning mijozlari javob beradi.
Eksport kontraktlarining birjada ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda tashqi savdo operatsiyalarining yagona avtomatlashtirilgan elektron tizimida hisobga qo‘yilishi uchun birja javob beradi.
36. Kontraktlarga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar birja a’zolarining yozma arizasiga binoan, o‘zgartirishlarni kiritish sabablarini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
37. Tovarlarni olib chiqishga kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradigan birjalar xaridor va sotuvchidan bitimni rasmiylashtirishga taalluqli bo‘lmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
38. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan, erkin almashtiriladigan valyutada xarid qilingan birja tovarlarini olib o‘tish va deklaratsiyalash tartibi bojxona qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
39. Monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‘yicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
faqat birja orqali eksport qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik eksport prognoz hajmlaridan kelib chiqib hamda oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan shartnomalardagi va uzoq muddatli bitimlardagi (off take contract) hajmlardan istisno holda, birja savdolari orqali eksport qilinadigan hajmlar bo‘yicha kvotalarni belgilaydi;
tashqi bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning asoslangan takliflariga ko‘ra, birja savdolarida ikki oy davomida eksport qilinmagan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishga ruxsat beradi.
40. Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va Birja savdolari qoidalariga muvofiq tegishli choralar qo‘llaniladi.
41. Birja savdolarini tashkil qilish, shartnomalar majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob-kliring xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj, intizom komissiyalari yoki sudda ko‘rilishiga tegishliligi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq hakamlik sudida yohud sud tomonidan hal etiladi.
42. Sotuvchilar yoki xaridorlar to‘lovlarni to‘lash va mahsulotni tanlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, majburiyatlarni bajarmagan tomonning zakalat pullari jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida ushlab qolinadi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida” 2005-yil 26-maydagi 132-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi to‘g‘risida” 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 75-modda) ilovaning 9 va 14-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 55-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 90-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2007-yil 23-oktabrdagi 222-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 58-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-martdagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-11-son, 60-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini yetkazib berilganligi uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 13-martdagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda) ilovaning 3-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 9-modda) ilovaning 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 7-apreldagi 66-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 16-modda) ilovaning 2-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) 3-bandi, shuningdek, qarorga 2-ilova.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 13-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 21-iyundagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 56-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 8-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 14, 17 va 21-bandlari.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 7-martdagi 69-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 18-modda) ilovaning 2-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 5-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 52-modda).
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 37 va 58-bandlari.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 1-noyabrdagi 295-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 78-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 6-oktabrdagi 278-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda) ilovaning 2-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 53-modda) 7-ilovaning 1-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovaning 6, 8 va 18-bandlari.
26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 27-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda) ilovaning 6-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 5-apreldagi 103-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 24-modda) ilovaning 4-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 81-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ qo‘shma korxonasining polimer mahsulotlarini ichki bozorda sotishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 27-iyundagi 216-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 26-son, 317-modda) 4-bandi.
30. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 109-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
31. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 1-son, 15-modda) 6-ilovaning 1-bandi.
32. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 13-martdagi 131-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 25-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyundagi 442-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 123-modda) ilovaning 6-bandi.
34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda) ilovaning 22-bandi.
35. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda) 1-ilovaning 27 va 41-bandlari.
36. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 178-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
37. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini yetkazib berilishida maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida” 2017-yil 27-sentabrdagi 770-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 219-modda).
38. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini yetkazib berilishida maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 2017-yil 28-sentabrdagi 773-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 220-modda).
39. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 25-dekabrdagi 1017-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 300-modda) ilovaning 2-bandi.
40. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 304-modda) ilovaning 16-bandi.
41. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 305-modda) ilovaning 2-bandi.
42. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovaning 5 va 11-bandlari.
43. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 3-modda) 2-ilovaning 21-bandi.
44. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
45. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovaning 47 va 75-bandlari.
46. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 20-apreldagi 341-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
47. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi 367-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
48. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
49. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
50. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga 7-ilovaning 3-bandi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarori 8-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yig‘imlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ uchun foyda solig‘ini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan mahalliy yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarni sotish bo‘yicha “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1% miqdordagi vositachilik yig‘imlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda o‘tkaziladi:”
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-avgustdagi 515-f-son farmoyishining rus tilidagi matni 1-bandidagi “(bez prava rasporyajeniya)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida:
a) 56-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Ushbu qoidalarga ilovada ko‘rsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlarga haqi to‘lanmagani uchun tabiiy gaz berishni kamaytirish belgilangan tartibda energiya bilan ta’minlashning texnologik va avariya broni darajasigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin”.
b) Quyidagi mazmundagi ilova qo‘shilsin:
I. “IES” AJ:
1. Navoiy IES
2. Sirdaryo IES
3. Toshkent IES
4. Yangi Angren IES
5. Toshkent IEM
6. Farg‘ona IEM
7. Tolimarjon IES
8. Muborak IEM
9. Taxiatosh IES
10. To‘raqo‘rg‘on IES
II. “O‘zkimyosanoat” AJ:
1. “Navoiyazot” AJ
2. “Maksam-Chirchiq” AJ
3. “Farg‘onaazot” AJ
III. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasiga kiradigan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish tashkilotlari.” | 188 | 44,693 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRI “ISLOM MADANIYATI POYTAXTI” DEB E’LON QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti — AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-mart kunidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, mamlakatimiz, xususan poytaxtimizning dunyo sivilizatsiyasi, islom fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yurtimizdagi ko‘lamli tarixiy o‘zgarishlarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar Dasturi 1-ilovaga, respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita Dasturda belgilangan tadbirlar keng jamoatchilik va chet ellardagi yirik olimlar va mutaxassislarning faol ishtirokida amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etiladigan xorijiy olimlar ro‘yxati va ularning ma’ruzalari yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
3. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda Dasturda belgilangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etsin.
4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Toshkent shahrining 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlarning mohiyati va ijrosini keng ko‘lamda yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi:
Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi berilishi munosabati bilan shahardagi islomiy obidalar, ziyoratgohlarda va ularning atrofida obodonchilik-ta’mirlash ishlarini;
shaharning diqqatga sazovor joylari, markaziy ko‘chalar, xiyobonlar, tadbirlar o‘tkaziladigan hamda tadbir ishtirokchilarining yashash joylarida bezash ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tadbirlar o‘tadigan joylar va ishtirokchilarning yashash joylarida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori talablariga rioya etilishini ta’minlash topshirilsin.
7. Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin. | 120 | 2,973 |
Qonunchilik | Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;
ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;
uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
to‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;
beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:
birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik to‘liq ta’minlanmagan;
ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirilmagan;
uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo‘lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan;
to‘rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;
beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas.
Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish;
matematika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish;
iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo‘yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta’minlash;
ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish;
Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish;
matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish;
matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish.
2. 2020 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2020-yil 1-noyabrga qadar Ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ixtisoslashtirilgan maktablarning nizomlarini, mazkur maktablarda matematika fani o‘qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Fanlar akademiyasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini (keyingi o‘rinlarda — Milliy sertifikatlash tizimi) joriy qilsin.
8. Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilansin:
matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini (keyingi o‘rinlarda — milliy sertifikat) berish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;
2021-yil 1-sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;
Milliy sertifikatlash tizimi uchun test topshiriqlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borishda ekspert sifatida Institut ilmiy xodimlari jalb qilinadi;
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ilmiy faoliyatga doir davlat dasturiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2021-yil 1-yanvarga qadar Milliy sertifikatlash tizimining onlayn platformasini ishlab chiqsin va joriy etsin.
10. Institut tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, “Matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish” laboratoriyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Institutni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
11. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda majburiy tartibda Institutning ekspert xulosasi olinadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 1-sentabrga qadar:
matematika bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalarida matematika fani uchun ajratilgan soatlar hajmini oshirish;
kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda bitiruvchilarda sohaga oid matematika bo‘yicha amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan loyiha ishlarini amalga oshirish;
kadrlarni integrativ fanlararo tayyorlash maqsadida matematika ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shimcha fanlarni (biologiya, geologiya, kimyo, fizika va boshqalar) joriy qilish choralarini ko‘rsin.
13. Institut huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Jamg‘arma faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Institut tuzilmasida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan saqlanadigan 2 shtat birligidan iborat Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish guruhi tashkil etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotini (keyingi o‘rinlarda — Mukofot) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. Belgilansinki:
Mukofot bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanadi;
Mukofot ikki yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashining taklifiga ko‘ra uchta yo‘nalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar o‘rtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini ta’minlagan tadqiqot) bo‘yicha beriladi;
har bir yo‘nalish bo‘yicha Mukofot sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 50 ming AQSh dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi;
Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida Mukofot nomzodlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tavsiyanomasiga ko‘ra amalga oshiriladi;
taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston matematika jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi;
Mukofot sovrindoriga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) tashkil etilsin hamda ularning namunaviy shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Belgilab qo‘yilsinki:
hududiy bo‘linmalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Institutni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
hududiy bo‘linmalar joylashtirilgan bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni qoplash tegishli oliy ta’lim muassasasining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
hududiy bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va Institutning tarkibidagi ilmiy bo‘linmalari sifatida faoliyat yuritadi;
har bir hududiy bo‘linma tarkibida bir shtat birligidan iborat 2021-yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlanadigan va 2022-yildan boshlab to‘liq xo‘jalik hisobiga o‘tkaziladigan O‘quv markazlari faoliyat yuritadi;
hududiy bo‘linmalarning rahbarlari Institut direktori tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasasining rektori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
hududiy bo‘linmalarning ilmiy-tadqiqot ishlari Institutning ish rejasi va ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida amalga oshiriladi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Institut huzurida qonun hujjatlariga muvofiq holda matematika ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashni (keyingi o‘rinlarda — ilmiy kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
20. Institut rahbariyati ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi Institutda faoliyat yuritishini, shu jumladan o‘rindoshlik asosida jalb etilishini hamda izlanuvchilarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilishini ta’minlasin.
21. Belgilab qo‘yilsinki:
izlanuvchining dissertatsiyalarini ilmiy seminar va ilmiy kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish hamda muhokama qilish sanasi ilmiy kengash tomonidan belgilanadi;
izlanuvchiga tegishli ilmiy darajani berish to‘g‘risidagi qaror ilmiy kengash tomonidan qabul qilinadi;
ilmiy kengash izlanuvchiga dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qilgan kunning o‘zida davlat namunasidagi ilmiy daraja bo‘yicha diplomni berish vakolatiga ega;
ilmiy kengashning tarkibi Institut kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda Institut kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
22. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Institut uchun Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida yangi qurilgan binoni Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
24. “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasi matematika sohasidagi taniqli olimlar haqida turkum badiiy va hujjatli filmlarni suratga olish choralarini ko‘rsin.
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 113 | 16,522 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 232-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-bandning:
birinchi xatboshisidagi “Oliy Majlisiga” degan so‘zlar “Oliy Majlisining Senatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga” degan so‘zlar “Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 14-banddagi “Oliy Majlis” degan so‘zlar “Oliy Majlis Senati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 15-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
5) 17-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
6) 18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’atning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga ko‘ra hay’at tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
7) 24-band “Oliy Majlis” degan so‘zlardan keyin “Senatining” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 132 | 2,519 |
Qonunchilik | ABDULLA QODIRIY YuBILEYINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | 1994-yilda atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kunga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yubileyni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddat ichida yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni respublika miqyosida o‘tkazish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga. oshirishga kirishsin.
2. 1994-yilning oktyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida Abdulla Qodiriy tavalludiga. 100 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali kecha o‘tkazilsin.
3.Toshkent shahar hokimligiga:
Abdulla Qodiriyning hovli muzeyini tashkil qiladigan inshootlarni loyihalashtirish, tuzatish-ta’mirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini 1994-yil mart oyining oxirigacha tugallash;
Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomli bog‘ni yubiley tantanalariga qadar obodonlashtirish va u yerda adibga byust o‘rnatish ishlarini yakunlash topshirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-1994-yillarda yubiley marosimlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni Abdulla Qodiriyning 100 yillik yubileyini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita va Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan moliyaviy hujjatlarga binoan respublika budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha viloyat hokimliklariga bir oy muddat ichida Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tadigan tadbirlarni ishlab chiqib amalga oshirish topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi respublika oliy o‘quv yurtlarida, maktablar va. mahallalarda, viloyatlarda Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan kechalar, adib ijodiyotini targ‘ib etuvchi ilmiy-amaliy anjumanlar va adabiy uchrashuvlar o‘tkazish ishiga bevosita yordam ko‘rsatsinlar.
6. O‘zbekiston Davlat kinokompaniyasiga 1993-yilda Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari asosida ko‘p seriyali badiiy film yaratishga kirishish;
“O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasiga 1994-yilda yozuvchining “O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarining yubiley nashrlarini chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yozuvchi asarlarining 7 jildlik akademik nashrini tayyorlash va chop etishga kirishish topshirilsin.
7. Abdulla Qodiriy nomidagi jamg‘armaning yozuvchining yubiley tadbirlarini o‘tkazish ishlariga o‘z moliyaviy ulushini qo‘shish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.K. Qoraboyev va K.N. To‘laganov o‘rtoqlar zimmalariga yuklatilsin. | 48 | 2,777 |
Qonunchilik | Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289-son, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda hududiy markazlar xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishini nazarda tutuvchi mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Bunda bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab kurslardan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy, noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlashdan o‘tish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida tashkil etiladigan kasbiy qayta tayyorlash kurslariga yo‘naltiradi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda hududiy markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazsin va xatlov natijalariga asosan hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha asoslangan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim qilsin.
Xatlov natijalariga ko‘ra, hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi etib belgilansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda asoslangan takliflar va hisob-kitoblarga muvofiq 2018-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi va Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hududiy markazlar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-avgustdagi 234-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 8-son, 88-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov va maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi (keyingi o‘rinlarda hududiy markaz deb ataladi) bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tadilar.
4. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan pedagog xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida o‘qishga bazaviy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjati nostrifikatsiyadan o‘tgandan keyin qo‘yiladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
buyurtma — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida, Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslaridan o‘tishning 5 yilda kamida bir marta etib belgilangan davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va o‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantirilgan tinglovchilarning kontingenti;
buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
buyurtmanoma — buyurtmachi tomonidan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursiga qabul qilish uchun Hududiy markazga taqdim etiladigan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pedagog xodimlar ro‘yxati;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi — yangi kasbiy bilimlar, mahorat, zamonaviy ko‘nikmalar hamda pedagogik faoliyatni yuritish uchun malaka talablariga muvofiq o‘quv-ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan o‘qitish shakli;
malaka talablari — qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;
pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar;
pedagogning elektron portfoliosi — pedagogning shaxsiy yutuqlari, malaka darajasi va ilmiy-metodik ishlari qayd etilgan elektron to‘plam. Pedagog xodimning bilimi, kasbiy mahorati hamda o‘z ustida mustaqil ishlashi — uzluksiz malaka oshirish natijalarini baholashga ko‘maklashadi va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi;
tinglovchi — hududiy markaz direktori buyrug‘i bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga qabul qilingan pedagog xodim;
tyutor (pedagog o‘qituvchi-konsultant) — masofaviy malaka oshirish ta’lim jarayonida tegishli o‘quv moduli bo‘yicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yo‘naltiruvchi, metodik yordam ko‘rsatuvchi, o‘qish va bilish nazoratini amalga oshiruvchi subyekt;
yakuniy nazorat — yakuniy test sinovlari va bitiruv malakaviy (kursni tugatish) ishining himoyasi natijalari hamda pedagogning elektron portfoliosiga qo‘yilgan baholar yig‘indisi.
6. O‘quv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillari va zamonaviy usullari, malaka talablari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib borish — pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining (keyingi o‘rinlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari deb ataladi) maqsadi hisoblanadi.
7. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining asosiy vazifalari:
pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish;
o‘z pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarni singdirish;
o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllarini amaliyotga joriy etish;
pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish;
oliy ta’lim muassasalari kafedralarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
8. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tarkibida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash);
Buyurtmachi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi):
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga umumiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
buyurtma asosida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarini Davlat budjetidan moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taklif kiritadi;
keyingi kalendar yili uchun Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslarini, oylar, malaka oshirish shakllari va o‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha buyurtmani shakllantiradi va tasdiqlaydi;
hududiy markazlar tomonidan buyurtma bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi, tegishli o‘quv-me’yoriy va normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
hududiy markazlarning axborot-resurs markazi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchilarining tayyorgarligi va kompetensiyasiga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlaydi.
10. Muvofiqlashtiruvchi kengash:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirishni muvofiqlashtiradi va tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarining ilmiy muammolariga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
hududiy markazlarda dars beradigan professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borish, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;
hududiy markazlar faoliyati natijadorligini muntazam o‘rganib boradi va o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hududiy markazlar rahbarlarining hisobotlari muhokamasini tashkil etadi, muhokama natijalari yuzasidan hududiy markazlar rahbarlari faoliyatiga baho beradi.
11. Buyurtmachi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari faoliyatining tizimli tahlilini amalga oshiradi va elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib boradi;
malaka oshirish davriyligiga amal qilgan holda pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga qarab keyingi kalendar yili uchun tinglovchilar kontingentini vazirlikka taqdim etadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlashda, o‘quv kurslarning davomiyligi hamda tashkil etish shakllari bo‘yicha vazirlikka takliflar kiritadi;
mehnat bozorning talablaridan kelib chiqqan xolda yangi mutaxassislikka talab ortishi munosabati bilan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yuzasidan vazirlikka takliflar kiritadi.
12. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti:
pedagog xodimlarning kasbiy bilimi va malakasini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qiladi;
ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqadi;
ta’limning ilg‘or shakl va usullari, zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida pedagog va boshqa mutaxassis xodimlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish choralarini ko‘radi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy tajribalarni, shuningdek, eng yaxshi ta’lim muassasalarining yutuqlarini ommalashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etadi.
14. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari:
maktabgacha ta’lim xodimlarining metodik ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;
maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
masofadan o‘qitish usullari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqadi, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtiradi;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etadi hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadi;
buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib boradi;
o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlaydi, maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etadi;
innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etadi.
15. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish to‘g‘ridan to‘g‘ri (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va bilvosita (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish) shakllari bo‘yicha tashkil etiladi.
16. Pedagog xodimlarning malakasini oshirishning quyidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka oshirish shakllari qo‘llaniladi:
malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish;
“ustoz-shogird” usuli bo‘yicha o‘qitish;
mustaqil o‘qib bilim orttirish;
masofaviy ta’lim;
stajirovka shaklida tajriba orttirish.
17. Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish — hududiy markazda yakka tartibdagi topshiriqlar yoki aniq yo‘naltirilgan dasturlar asosida, ta’limning tegishli turi o‘quv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalarini va kadrlar tayyorlash sifatini hisobga olib, malaka talablariga, shuningdek, ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan fanlar bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish.
Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish 2+2 yoki 3+1 sxemalari bo‘yicha (tegishli ravishda 50 yoki 75% — yashash joyi bo‘yicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25% — bevosita ta’lim muassasasida) masofadan malaka oshirish shaklida tashkil etilishi mumkin. O‘qitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va pedagog xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus virtual kurslar mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi.
18. “Ustoz-shogird” usuli bo‘yicha o‘qitish — tanlov asosida saralab olingan, mamlakatda (mintaqada), ilmiy va pedagogik jamoatchilik o‘rtasida o‘zining yuqori natijalari, kasbiy faoliyatining yuqori ko‘rsatkichlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z maktabi bilan mashhur bo‘lgan yuqori malakali pedagog-ustozlar rahbarligida tegishli ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha pedagog xodimlarning malakasini maqsadli oshirish.
19. Mustaqil o‘qib bilim orttirish — pedagog xodimlar tomonidan kasb mahoratini oshirishga, kasbiy layoqat va ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishini nazarda tutadi.
Mustaqil ravishda bilim olish ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uzluksiz ta’limining (malaka oshirishining) ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallab olinishini rag‘batlantiradi. Mustaqil ta’lim, belgilangan tartibda, malaka oshirishning tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida pedagog xodimga hududiy markaz tomonidan malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat) beriladi.
Malaka oshirishning ushbu shakli ta’lim dasturini ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan va hududiy markaz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi reja asosida mustaqil o‘qish vositasida o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
Mustaqil o‘qib bilim orttirish shaklida malaka oshirish barqaror yuqori professional reytingga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini egallagan, o‘zini o‘zi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondasha oladigan tinglovchilar uchun tavsiya etiladi.
20. Masofaviy ta’lim — onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shaklida amalga oshiriladi.
21. Stajirovka shaklida tajriba orttirish — ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqaruv organlarida pedagog xodimlarni ta’lim va uni boshqarish sohasidagi fan va texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishni, rahbarlik salohiyatini oshirishni nazarda tutadi.
Stajirovka xizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi.
Stajirovka tamom bo‘lgandan keyin kadrlarga stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda ularning stajirovkadan o‘tganligi to‘g‘risida tajriba orttirilgan muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma beriladi.
22. Qisqa muddatli kurslar malaka oshirish ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kurslarida o‘qish bo‘lib pedagog xodimlarning malakasini oshirishning to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari tarzida amalga oshiriladi. Ushbu kurslar majburiy bo‘lmagan holda pedagog xodimlarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashadi.
Mazkur kurslarning ta’lim dasturlari malaka oshirish ta’lim dasturlarining muayyan qismini (fan bloklari yoki modullarini) qamrab olgan va hududiy markaz tomonidan (yoki u bilan hamkorlikda) ushbu kurslar o‘tkazilgan bo‘lsa, kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda ko‘rsatilgan o‘qish soatlari hajmi navbatdagi malaka oshirish bo‘yicha zarur soatlarning jami hajmiga kiradi (hisobga olinadi).
23. Pedagog xodimlarning malakasini oshirishning bilvosita shakllari quyidagilardan iborat:
ochiq o‘quv mashg‘ulotlari;
ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust o‘qishlarida ma’ruzalar bilan qatnashish.
24. Ochiq o‘quv mashg‘ulotlari — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘qitishning interaktiv usullari qo‘llanilgan holda akademik guruhlarda jadval bo‘yicha o‘tkaziladigan oldindan e’lon qilingan muammo yoki innovatsiya mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotdir.
Ochiq o‘quv mashg‘ulotlariga tegishli sohadagi tajribali pedagoglar, olimlar va mutaxassislar taklif etiladi.
Ushbu mashg‘ulotlarning sifati hududiy markaz kafedralarining qo‘shma yig‘ilishida muhokama qilinadi.
25. Ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust o‘qishlarida ma’ruzalar bilan qatnashish — ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari, shuningdek o‘quv jarayonining yuqori sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogika fani va amaliyoti, o‘qitish metodologiyasi va texnologiyasining muhim masalalari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-metodik ma’ruza (axborot)lar bilan chiqishlari orqali ta’minlanadi.
26. Malaka oshirishning bilvosita shakllari pedagog kadrlarning navbatdagi malaka oshirish kursigacha bo‘lgan davrda o‘z ustida mustaqil ishlashi natijalarini baholash va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagog kadrlarni malaka toifalariga attestatsiya qilish jarayonida hisobga olinadi.
27. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
asosiy ishdan bo‘shagan holda;
asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan usul);
asosiy ishdan bo‘shamagan holda (masofaviy ta’lim).
28. Asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan usulda) malakani oshirish hududiy markaz bazasida o‘tkaziladi.
29. Asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan usulda) malaka oshirish kursi umumiy davomiyligining 50 yoki 25 foizi — hududiy markazda auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi. Kursning qolgan qismi maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajargan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni asosiy ish joyida o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning har bir o‘zlashtirilgan moduli bo‘yicha test sinovlari, referat topshirish, amaliyot bo‘yicha hisobot va shu kabilar shaklidagi nazorat nazarda tutiladi.
30. Asosiy ishdan bo‘shamagan holda o‘qitishning masofaviy ta’lim shakli qo‘llaniladi.
31. Quyidagilar qayta tayyorlashning asosiy turlari hisoblanadi:
pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv).
32. Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ma’lumotli nopedagog mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash.
33. Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Pedagog xodimlarni kasbiy qayta tayyorlash, qoida tariqasida, kadrlar tayyorlash o‘quv rejalariga yangi o‘quv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, kadrlarning buyurtmachilari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bo‘lishi munosabati bilan hududiy markaz tashabbusiga ko‘ra shartnoma asosida tashkil etiladi.
34. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi.
35. Ta’lim dasturlarining mazmuni va o‘qitishning davomiyligi malaka talablarida ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi. Qayta tayyorlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog xodimlarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
36. Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy ta’limni olish sifatida qaralmaydi. Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borish huquqini beradi.
37. Hududiy markazda qayta tayyorlash kurslari buyurtmachining buyurtmanomasi asosida, malaka talablariga, shuningdek, ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi: ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, interaktiv seminarlar, trening, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish, bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishini) himoya qilish.
Ayrim o‘quv mashg‘ulotlari maktabgacha ta’lim tashkiloti bazasida tashkil etiladi.
39. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda pedagog xodimning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadigan talablarga bog‘liq holda aniqlanadi.
Pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
40. Malaka oshirishning to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari uchun auditoriya mashg‘ulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
41. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u 16 haftadan (576 soatdan) kam bo‘lmasligi shart. Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
42. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
43. Malaka oshirish kurslari vazirlik tomonidan tasdiqlangan buyurtma asosida hamda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida hududiy markazlarda tashkil etiladi.
44. Hududiy markazlarga taqdim etiladigan buyurtmanomada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, pedagogik staji, ish joyi, lavozimi, oxirgi marta malaka oshirgan vaqti va sertifikat raqami, malaka oshirish yo‘nalishi va malaka oshirishga keladigan vaqti (oyi) ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.
45. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish jadvali har yili 15-dekabrga qadar vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmachilarga yetkaziladi.
46. Buyurtmachilar yuqoridagi jadvalga asosan tegishli pedagog xodimlarning hududiy markazlarga o‘z vaqtida o‘qishga yetib borishlarini ta’minlaydilar.
47. Joriy yilda buyurtmaga kiritilmagan pedagog xodimlar hududiy markaz bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari mumkin.
48. Shartnoma asosidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududiy markazda tashkil etiladi.
Hududiy markaz buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun vazirlikka buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.
49. Shartnoma asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ushbu Nizomning 44-bandida belgilagan hujjatlar talab etiladi.
50. Shartnoma asosida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi rejalashtirilayotgan tinglovchilar (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, pedagogik staji) haqida ma’lumot;
qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish jadvali;
qayta tayyorlash kurslari uchun metodik ta’minotning (o‘quv-mavzu reja, dasturlar, majmualar, ishlanmalar va hokazolar) mavjudligi haqida ma’lumot;
qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan ilmiy-pedagogik salohiyatning (ma’ruzachi va amaliy darslarni olib boruvchi professor-o‘qituvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, asosiy ish joyi) mavjudligi haqida ma’lumot;
qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasining (auditoriya fondi, kompyuter xonalari, fan xonalari, kutubxona va hokazolar) mavjudligi haqida ma’lumot.
51. Hududiy markazda qayta tayyorlash kurslari buyurtmachi tomonidan taklif etiladigan yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
52. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish hududiy markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq kurslar boshlanishi sanasidan boshlab 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
53. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlanishi sanasidan boshlab uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, kelmaslikning sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qo‘yilmaydi.
54. Pedagog xodimlar malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida kelmagan bo‘lsa, ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida o‘qishga ruxsat beriladi.
55. Hududiy markaz qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarning o‘z vaqtida kelmaganligi haqida tegishli buyurtmachiga xabar beradi.
56. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasi va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Namunaviy o‘quv rejasi va dasturlar fan, texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida har yili takomillashtiriladi.
57. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayoniga jalb etilgan tinglovchilari akademik guruhlarga bo‘linadi. Bunda, akademik guruhlar kamida 25 kishini tashkil etadi. Akademik guruhlarni shakllantirishda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining yo‘nalishi, o‘quv reja va dasturlari, pedagog xodimlarning bazaviy ma’lumoti va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, istisno tariqasida, hududiy markaz direktori buyrug‘i bilan malaka oshirish masofaviy ta’lim shaklida amalga oshirilishi mumkin.
58. Tinglovchilarning o‘zlashtirishini baholash tizimi vazirlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
60. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun hududiy markaz professor-o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasasining yetakchi pedagog kadrlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar jalb etiladilar.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o‘tkazish uchun jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61. Hududiy markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
62. Hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tarkibiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan malaka talablari asosida tinglovchilar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish;
yuksak shaxsiy sifatlarning (talabchanlik, xolisonalik, haqqoniylik, xushmuomalalik) mavjudligi;
ta’lim berishda (o‘qitishda) kasbiy mahoratning mavjudligi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini, pedagogika fanining asosiy yo‘nalishlarini, fanlararo aloqalarni, notiqlik mahorati asoslarini, uzluksiz ta’lim atamalari va tushunchalarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan malaka talablarini bilish;
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ijodiy mahoratini, ularning ilmiy tadqiqotlarga intilishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarining mavjudligi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borishi.
63. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun sharoit yaratish (hududiy markazda tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) tegishli hududiy markaz direktori zimmasiga yuklatiladi.
64. Malaka oshirishning masofaviy shakli (keyingi o‘rinlarda masofaviy ta’lim shakli deb ataladi) vazirlik bilan kelishgan holda, maxsus virtual kurslar faoliyat ko‘rsatadigan, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun zarur baza bilan jihozlangan hamda tegishli moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazaga va xodimlar salohiyatiga ega bo‘lgan hududiy markazlar tomonidan tashkil etiladi.
65. Masofaviy ta’lim shakli ishchi o‘quv dasturlar asosida amalga oshiriladi.
66. Masofaviy ta’lim shaklidagi malaka oshirish kursining davomiyligi hududiy markazda o‘qishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq bo‘lishi mumkin.
67. Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha kurslarga yuqori malakali, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan pedagog xodimlar qabul qilinadi.
68. Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyati, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tarkibidan hududiy markaz direktorining buyrug‘i bilan biriktiriladigan tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan amalga oshiriladi.
Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog‘lash, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi mashg‘ulotni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash tyutorning vazifalariga kiradi. Tyutor yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun javob beradi.
Tyutor bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, tyutor bilan aloqa kontakt-sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin (kursning o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda).
69. Buyurtmaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda hududiy markazlarga malaka oshirishga boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.
70. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari hududiy markazdagi o‘quv laboratoriya, axborot-resurs markazlari, sog‘lomlashtirish va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan foydalanish huquqiga ega.
71. Tinglovchi quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin:
o‘z xohishiga binoan;
o‘quv intizomini va hududiy markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ta’lim dasturlarini o‘zlashtirmaganligi uchun;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
72. Tinglovchi malaka oshirish kursidan chetlatilganda, unga hududiy markaz tomonidan sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqda uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga xabar beriladi.
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan o‘ta olmagan buyurtma asosida kelgan tinglovchi, keyingi o‘quv yili uchun buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berilishi asosida buyurtmanomaga kiritiladi.
Malaka oshirish kurslariga qayta yuborilgan pedagog xodim o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy nazoratdan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular o‘z pedagogik faoliyatini ta’lim muassasalarida davom ettirishi uchun hududiy markaz bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakalarini oshirgan bo‘lishlari talab qilinadi.
73. Qayta tayyorlash kursi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish yuzasidan yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga kamida 1 oydan so‘ng yakuniy kursni tugatish ishini qayta himoya qilish imkoniyati beriladi.
74. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan keyin, Yakuniy attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishi) (keyingi o‘rinlarda bitiruv malakaviy ishi deb ataladi) himoya qilishdan o‘tishlari kerak.
Yakuniy attestatsiya komissiyalari hududiy markaz direktorining buyrug‘i asosida tashkil etiladi.
75. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga quyidagilar asosida bitiruv malakaviy ishini himoya qilishiga ruxsat beriladi:
yakuniy test sinovlarining ijobiy natijalari;
pedagogning elektron portfoliosi (kasbiy faoliyati monitoringi) baholari.
76. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat — kamida 4 hafta (144 soat) hajmidagi ta’lim dasturlarini o‘tagan tinglovchilar uchun;
qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom — kamida 16 hafta (576 soat) hajmidagi ta’lim dasturlarini o‘tagan tinglovchilar uchun.
Yakuniy nazorat natijasida o‘qitish dasturini o‘zlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom va malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
77. Pedagog xodimlarning malaka toifalarini olishi (o‘zgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan o‘tkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risida hujjatning (diplom, sertifikat) mavjudligi talab etiladi.
78. Hududiy markazlar faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
hududiy markazni joriy ta’minlashga hamda tasdiqlangan buyurtmaga muvofiq ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
shartnoma asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar va xorijiy kreditlar mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
79. Shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun xarajatlar smetasi hududiy markaz tomonidan tuziladi va belgilangan tartibda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Xarajatlar smetasida kursning o‘quv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barcha dars mashg‘ulotlari uchun to‘lanadigan soatbay haq, hududiy markazning moddiy-texnika ta’minoti, kursni tashkil etish va o‘tkazishga jalb etilgan (rahbar, pedagog va texnik) xodimlarga to‘lanadigan ish haqi, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, to‘lanadigan soliqlar uchun mablag‘lar nazarda tutiladi.
Shartnoma asosida tashkil etiladigan kurslarda o‘qish uchun tinglovchi tomonidan to‘lanadigan mablag‘ ushbu kurslarni o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda (xarajatlar smetasidagi jami xarajatlarni tinglovchilar soniga bo‘lish orqali) hisoblab chiqiladi.
Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun hududiy markaz bilan buyurtmachi o‘rtasida belgilangan tartibda to‘lov kontrakti (shartnoma) rasmiylashtiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
80. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi va ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi.
81. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ta’lim dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar yo‘nalishlar bo‘yicha zarur hamda yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hisobga olingan holda, pedagog xodimlarning malaka tavsiflariga qat’iy muvofiqlik tamoyillari asosida belgilanadi.
82. Ta’lim dasturi fan, texnika va pedagogik texnologiyalarning so‘nggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda ta’lim turlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash talablariga mos kelishi kerak.
Ta’lim dasturida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni o‘zlashtirish nazarda tutilishi lozim.
O‘quv rejasi va dasturlarni tuzish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi ta’lim jarayoniga joriy etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 112 | 44,653 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish bo‘yicha xorijdan kelib tushgan so‘rovnomalarni ijro | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 1997-yil 23-sentabrda 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish bo‘yicha xorijdan kelib tushgan so‘rovnomalarni ijro qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 373, 1997-yil 5-noyabr);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2008-yil 28-apreldagi 10-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish bo‘yicha xorijdan kelib tushgan so‘rovnomalarni ijro qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 373-1, 2008-yil 28-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 22-23-son, 206-modda).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,471 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.