folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Boshlangʻich buхgalteriya hisobi – 15 ta amaliy mashgʻulotlarda!
-  Yuqori maosh toʻlanadigan va talabgir kasb egasi boʻlishni хohlaysizmi ? -  Masofadan ishlash yoki erkin ish grafigini istaysizmi? -  Buхgalteriyaga oid bilimlaringizni mustahkamlash kerakmi? Unday boʻlsa, hoziroq ushbu kurs uchun roʻyхatdan oʻting: https://t.me/ProfitEventsBot?start=1 Darslar davomida Siz: •  Birlamchi hujjatlarni qabul va nazorat qilish; •  Asosiy vositalarni, tovar-moddiy zaхiralarni, kredit va qarzlarni, investitsiyalarni, хususiy kapital va boshqalarni roʻyхatga olish va hisobini yuritish; •  Barcha turdagi daromadlar va хarajatlar hisobini yuritish; •  Tayyor mahsulot va tovarlar hisobini yuritish hamda ularning realizatsiyasi; •  Korхonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni yuritish; •  Ish haqini hisoblash; •  Soliqlarni hisoblash; •  Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, himoya qilish va boshqalarni bilib olasiz. Mashgʻulotlarni ARTEL savdo brendi ostida faoliyat yurituvchi korхona bosh hisobchisi, davlat soliq organlarida ish tajribasiga ega boʻlgan Saidjalol Olimov olib boradi. S.S. Olimov haqida qoʻshimcha ma’lumot: •  Soliq akademiyasi bitiruvchisi; •  Har oyda 1 500 nafardan ortiq хodimlarga ish haqi hisoblaydi; •  Sertifikatlangan biznes-trener; •  Davlat tilida «Boshlangʻich buхgalteriya hisobi» oʻquv qoʻllanmasi va kursi muallifi. Qoʻshimcha ma’lumot: kurs tugaganidan soʻng sertifikat beriladi va 30 kunlik onlayn qoʻllab-quvvatlash ta’minlanadi. Bu yerda roʻyхatdan oʻting: https://t.me/ProfitEventsBot?start=1 Manzil: Toshkent (“Xalqlar doʻstligi” metrosi yaqinida) Chegirma: 380 000 soʻm faqat 10.11.2019 yilgacha Oʻtkaziladigan davr: 23.11.2019 – 11.01.2020 (shanba, yakshanba) Roʻyхatdan oʻtish uchun telefonlar: +998 90 9582427 Bizning sayt: https://uztraining.uz
64
1,719
Qonunchilik
Inson huquqlari asoslari – interaktiv shaklda
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 12.08.2019 yildagi 663-son qarori). Kurslarda davlat organlari (boshqaruv хodimlari) va fuqarolik jamiyati institutlari хodimlari inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish masalalari boʻyicha kasbiy malakasini oshirishi mumkin. Bu yerda BMTga Oʻzbekistonning inson huquqlari boʻyicha milliy ma’ruzalarini tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini bajarish jihatlarini bilib olish mumkin. Oʻqitish majburiy hisoblanmaydi (tavsiyaviy tusga ega). Uning muddati – ishdan ajralgan holda 36 soat. Qabul buyurtmachi tashkilotlar tomonidan har yili 20 noyabrgacha taqdim etiladigan arizalarga binoan Markazda amalga oshiriladi. 1 dekabrgacha tinglovchilarning kontingenti shakllantiriladi. Qabul qilish Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Tinglovchilarning oʻrtacha oylik ish haqi asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadi. Mashgʻulotlar ma’ruzalar, interaktiv seminarlar, amaliy va sayyor mashgʻulotlar,  tajriba almashish, mustaqil ta’lim shaklida oʻtkaziladi. “Aqliy hujumlar”, “keys stadi”, “jamoa boʻlib ishlash”, “davra suhbatlari” va boshqa formatlar faol qoʻllanadi. Auditoriya mashgʻulotlari 10 daqiqalik tanaffus bilan 80 daqiqa davom etadi. Ta’lim tili – tinglovchilarning хohishiga koʻra davlat yoki rus tilida.  Guruhda, qoidaga koʻra, 15-20 kishi boʻladi. Olingan bilimlar suhbat (test sinovi) asosida inson huquqlari sohasidagi yetakchi mutaхassislar orasidan kamida 3-5 kishidan iborat komissiya tomonidan baholanadi. Oʻqitishdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Ta’lim olish pullik,  toʻlov miqdori Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz tomonidan belgilanadi. Davlat organlari хodimlarini oʻqitish хarajatlari Davlat byudjetidan toʻlanadi, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar vakillarini oʻqitish хarajatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
45
2,264
Qonunchilik
TOVARLARNING AYRIM TURLARIGA IMPORT BOJ POShLINALARI STAVKALARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Iste’mol tovarlari importini tartibga solish hamda vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1997-yil 1-yanvardan boshlab ilovaga muvofiq iste’mol tovarlarining ayrim turlariga import boj poshlinalarining yangi stavkalari joriy etilsin. 2. Mazkur qarorga ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovaga va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga tovar import qilishni oqilona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qaroriga 1-ilovaga o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish va aksiz solig‘i stavkalarini o‘zgartirish yuzasidan takliflarni ikki hafta muddatda ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 1997-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha importni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish va vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
90
1,553
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “YER QA’RI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITSENZIYALAR BERISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
250
509
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShChI KADRLARNI UZLUKSIZ KASBGA O‘QITISh, QAYTA O‘QITISh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublika iqtisodiyotining yuqori malakali ishchi kadrlarga bo‘lgan talablarini to‘laroq qondirish, kasbga o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va mehnat bozorida ularning raqobat qila olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uch oy muddatda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish qanday borayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1996-yil 1-sentabrgacha xabardor qilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
152
1,286
Qonunchilik
XUSUSIYLAShTIRISh INVESTITSIYa FONDLARINING AKSIYALARINI DASTLABKI TARQATIShDA AHOLIGA SOTISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 12-yanvarda tasdiqlangan Xususiylashtirish investitsiya fondlarining aksiyalarini dastlabki tarqatishda aholiga sotish tartibiga (ro‘yxat raqami 608, 1999-yil 21-yanvar) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
135
1,068
Qonunchilik
Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”, “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda hamda soatlar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar sonini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida cheklangan tariflar bo‘yicha aholiga xizmatlar ko‘rsatish munosabati bilan shaharda yo‘lovchilarni muntazam tashish bilan band bo‘lgan tashuvchilar ko‘radigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda hamda soatlar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar sonini aniqlash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom avtomobil va elektr transportida (elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda muntazam va soatlar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni amalga oshiradigan tashuvchilarga tatbiq etiladi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: umumiy foydalaniladigan transport — yo‘lovchilar va yuk tashish uchun mo‘ljallangan jamoat yer usti va yer osti transporti (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar, metropoliten); avtobus — yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnidan tashqari, 8 tadan ko‘p o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi; elektrobus — elektr privodga ega bo‘lgan, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan umumiy foydalaniladigan relssiz harakatlanuvchi mexanik transport vositasi (elektr avtobus); tramvay — elektr privodga ega bo‘lgan, temir yo‘l polotnosi bo‘yicha harakatlanadigan va muntazam shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan vagon (yoki bir-biri bilan ulangan bir nechta vagonlar); trolleybus — elektr privodga ega bo‘lgan, ko‘chalar bo‘ylab harakatlanadigan va muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan vagon; yo‘nalishli taksi — yo‘lovchilar talabiga ko‘ra to‘xtagan holda muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi (avtobus yoki yengil avtomobil); yo‘nalishsiz taksi — taksometr (hisoblagich) ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lov to‘lanadigan, yo‘lovchilar buyurtmanomalari bo‘yicha tashish xizmatlari ko‘rsatadigan avtotransport vositasi; metropoliten — elektropoyezdlarda yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yer osti va yer usti inshootlari tizimi; tushum — avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi, metropolitenda yo‘lovchilar tashishdan olingan daromad; cheklangan tarif — yo‘lovchilar va bagaj tashish uchun belgilangan to‘lovning cheklangan miqdori; oylik transportda yurish kartochkasi — harakatlanish hududi chegaralarida va ushbu hujjat amal qiladigan davr mobaynida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) yurish imkoniyatini olishga yo‘lovchining huquqini tasdiqlaydigan, qat’iy hisobda turadigan hujjat. Oylik yurish kartochkasi ikki turga — umumiy va imtiyozli kartochkaga bo‘linadi; umumiy oylik transportda yurish kartochkasi — yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari, umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yo‘lovchilar yurishini nazarda tutadigan, qat’iy hisobda turadigan hujjat; imtiyozli oylik transportda yurish kartochkasi — chegirish va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yo‘lovchilarning ijtimoiy guruhi (pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va o‘rta maktablar, litseylar, kollejlar o‘quvchilari) uchun transportda yurishni nazarda tutadigan, qat’iy hisobda turadigan hujjat; transport kartasi — yo‘lovchilar tomonidan umumiy foydalaniladigan transportda (yo‘nalishsiz taksidan tashqari) yurganlik uchun amaldagi tarif asosida yo‘l haqini to‘liq to‘lash uchun mo‘ljallangan shaxsiylashtirilmagan ko‘p marotabalik debet to‘lov kartasi. Transport kartasining depozit hisob raqami pul mablag‘larini tushirish orqali to‘ldiriladi. Transport kartasidagi tarif rejalarining to‘liq qiymati umumiy foydalaniladigan transportdagi cheklangan tarifni, chegirma va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yurishlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi; imtiyozli transport kartasi — umumiy foydalaniladigan transportda (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan yo‘lovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasi; transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnoma — shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organlari tomonidan beriladigan, qat’iy hisobda turadigan, belgilangan namunadagi, egasining nomi yozilgan hujjat. Transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnoma shakli hamda uni berish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi; bir martalik chipta — shahar yer ustida yo‘lovchilar tashish transportida (yo‘nalishsiz taksidan tashqari) transportda bir marta yurish huquqini beradigan, qat’iy hisobda turadigan va QR kodga ega bo‘lgan hujjat; yo‘lovchilar aylanmasi — yo‘lovchi tashilgan masofani hisobga olgan holda, yo‘lovchi tashishlar sonini belgilovchi ko‘rsatkich; yo‘lovchi-kilometr — yo‘lovchi aylanmasining o‘lchov birligi; o‘rtacha masofa— yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish natijalari bo‘yicha aniqlanadigan yo‘l yurish masofasining uzoqligi; to‘lov to‘lab yurilgan masofa — yo‘nalishsiz taksining yo‘lovchi bilan bosib o‘tgan masofasi. 31. Imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar (pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari) tomonidan imtiyozli transport kartalari orqali to‘lovlar umumiy foydalaniladigan transportning (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) amaldagi tariflarning 50 foizlik imtiyozini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 32. Imtiyozli transport kartasidan foydalangan holda umumiy foydalaniladigan transportdan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar sifatida “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi 128-son qarorida nazarda tutilgan shaxslar e’tirof etiladi. 4. Tashilgan yo‘lovchilar soni umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi, tramvay, metropolitenda) bajariladigan shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashuvlarning har bir turi hamda soatlar bo‘yicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi. 5. Shahar yo‘nalishida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yo‘nalishli taksi, tramvay va metropolitenda) tashilgan yo‘lovchilar soni: cheklangan tariflarni qo‘llagan holda — sotilgan bir martalik chiptalar soni bo‘yicha yoki tushumni cheklangan tarifga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda, elektron to‘lov tizimi operatorlariga amaldagi cheklangan tariflarga nisbatan 10 foizgacha chegirma taqdim etilishi mumkin; transport kartasidan foydalangan holda — transport kartasidan foydalangan yo‘lovchilarning, jumladan imtiyozli va bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning har bir transport turida amalga oshirilgan validatsiyalar soni bo‘yicha aniqlanadi. Muayyan tashuvchi tomonidan tashilgan yo‘lovchilar hajmi hisobot davrida amalga oshirilgan validatsiyalarni umumlashtirish orqali aniqlanadi. 6. Oylik transportda yurish kartochkasi va transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni: sotilgan oylik transportda yurish kartochkalari va transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalarning berilgan sonini ushbu Nizomga ilovaga muvofiq belgilangan oylik yurishlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi; tashuvchilar o‘rtasida ulardan har birining bir martalik chiptalar bo‘yicha tashigan yo‘lovchilari soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 7. Shahar atrofidagi yo‘nalishlarda tashilgan yo‘lovchilar soni yo‘lovchi aylanmasini ushbu muayyan yo‘nalishda yo‘lovchi bosib o‘tadigan o‘rtacha masofaga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shahar yo‘nalishidagi shahar atrofi yo‘nalishlarida tashilgan yo‘lovchilar soni tashilgan yo‘lovchilarning umumiy sonini shahardagi yo‘nalishning umumiy yo‘nalish masofasidagi ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 8. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashilgan yo‘lovchilar soni sotilgan bir martalik chiptalar soni hamda transportning aniq bir turida amalga oshirilgan validatsiyalar soniga teng holda qabul qilinadi. 9. Soatlar bo‘yicha tashuvlarda tashilgan yo‘lovchilar soni yo‘lovchi tashuvlari sonini ushbu tashuvchining shahar atrofidagi yo‘nalishda yo‘lovchining bosib o‘tgan o‘rtacha masofasiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar tashuvchida bunday tashuvlar mavjud bo‘lmasa, u holda hisoblash uchun 10 kilometrga teng bo‘lgan masofa olinadi. 10. Yo‘nalishsiz taksilarda tashilgan yo‘lovchilar soni to‘lovli bosib o‘tilgan masofani yo‘lovchilarning o‘rtacha soniga ko‘paytirish va yo‘lovchilar tashishning o‘rtacha masofasiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Yo‘nalishsiz taksida tashilgan yo‘lovchilarning o‘rtacha soni: shahar yo‘nalishida — 2 nafarga; shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — 4 nafarga teng holda qabul qilinadi. Yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashishning o‘rtacha masofasi: shahar yo‘nalishida — shahar jamoat transportida yo‘lovchilar tashishning o‘rtacha masofasiga; shahar atrofidagi yo‘nalishda — 10 kilometrga teng holda qabul qilinadi. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchilar tashilganda tashishning o‘rtacha masofasi shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashishning o‘rtacha masofasiga teng holda qabul qilinadi. 11. Yo‘lovchilar aylanmasi umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) bajariladigan shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tashuvlarning har qaysi turi hamda soatlar bo‘yicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi. 12. Yo‘lovchilar aylanmasi shahar yo‘nalishlarida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yo‘nalishli taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) tashishda tashilgan yo‘lovchilar sonini yo‘lovchilar oqimini tanlab tahlil qilish asosida hisoblab chiqiladigan ushbu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi bosib o‘tadigan o‘rtacha masofaga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 13. Oylik transportda yurish kartochkalari bo‘yicha yo‘lovchilar aylanmasi, tashuvchilar o‘rtasida ular tomonidan tashilgan to‘lov to‘lab yuradigan yo‘lovchilar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 14. Transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalar bo‘yicha yo‘lovchilar aylanmasi, shu jumladan metropolitenda, tashuvchilar o‘rtasida ular tomonidan tashilgan to‘lov to‘lab yuradigan yo‘lovchilar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 15. Shahar atrofidagi yo‘nalishda yo‘lovchilar aylanmasi bir martalik chiptalar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishdan tushgan umumiy tushumni tashilgan (bagaj tashishdan tushumni chegirgan holda) bir yo‘lovchi-kilometr uchun cheklangan tarifga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. 16. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar aylanmasi bir martalik chiptalar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishdan tushgan tushumni (bagaj tashish va sug‘urta to‘lovini chegirgan holda) bir yo‘lovchi-kilometr uchun cheklangan tarifga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 17. Umumiy foydalaniladigan avtobusda soatlar bo‘yicha tashishlar uchun yo‘lovchilar aylanmasi (turizm-ekskursiya avtobuslaridan tashqari) 0,65 miqdoriga teng holda qabul qilinadigan avtobuslarning bosib o‘tgan masofasi va yo‘lovchi sig‘imidan foydalanish koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda, avtobuslarning umumiy bosib o‘tgan masofasi va avtobuslarning o‘rindiqlari soni bo‘yicha sig‘imi hosilasi sifatida aniqlanadi. 18. Yo‘nalishsiz taksi bo‘yicha yo‘lovchilar aylanmasi tashilgan yo‘lovchilar sonini to‘lov to‘lab yuriladigan kilometrlarga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 19. Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilar aylanmasi va tashilgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha yig‘ma hisobotni shakllantirish barcha yuridik shaxslar bo‘yicha, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”, “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi shaharda aholini harakatlanishning muntazam yo‘nalishlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan cheklangan tariflar bo‘yicha aholini umumiy foydalaniladigan transportda tashishlarga tatbiq etiladi. 3. Xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, o‘zining investitsiyalari va xorijiy investitsiyalar, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar shahar yo‘lovchilar tashuvchilari faoliyatini moliyalashtirishning manbalari hisoblanadi. 4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi: shahar yo‘lovchilar tashuvlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari; metropoliten qurish; fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog‘liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash; yo‘lovchilar stansiyalarini, bekat va dispetcherlik punktlarini loyihalash, qurish, obod qilish va saqlash; yangi tramvay va trolleybus liniyalari, elektrobusni quvvatlash stansiyalari qurish; tushumlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlarini hisobga olgan holda, cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar va bagajni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash. Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan kunduzgi davrda pensionerlarni bepul tashishda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash; Ushbu bandning beshinchi—yettinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish, joriy oyning 5-sanasigacha, avans to‘lovlarini teng holda tasdiqlangan budjet parametrlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga ko‘ra, oldindan qilingan to‘lovlar va ko‘rilgan zarar hajmlari keyingi davr to‘lovlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olgan holda solishtiriladi. 5. Navbatdagi moliya yili uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga mablag‘larning aniq summasi asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladi. 6. Transportda tashuvchilar tomonidan har yili mahalliy davlat organlariga tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi: yo‘lovchilar aylanmasining, shu jumladan oylik transportda yurish kartochkalaridan foydalanuvchi yo‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shaharlar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda hamda soatlar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar sonini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq aniqlanadigan prognoz ko‘rsatkichlari; daromadlar va xarajatlar hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari; ularning amalda bajarilishi bo‘yicha hisobotni har chorakda taqdim etgan holda tushumlarning to‘liq yig‘ilishini, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirishni ta’minlash tadbirlari. 7. Fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog‘liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash har oyda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi. Tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini qoplashga mablag‘lar ajratish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni har yili xatlovdan o‘tkazish natijalari — shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarni tashishda, har oyda teng ulushlar bilan moliyalashtirgan holda; shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organining oylik transportda yurish imtiyozli kartochkalarining amalda sotilishi to‘g‘risidagi axboroti — transportda imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarni tashishda; avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatorining, transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning aniq soni to‘g‘risidagi axboroti. 8. Joriy oyning 5-sanasiga qadar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan mahalliy budjet parametrlariga kiritilgan tashuvchilarning prognozlashtirilgan zarar ko‘rsatkichlariga muvofiq avans to‘lovlari amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga ko‘ra hisobot davri uchun yuzaga kelgan avans to‘lovlari bilan tashuvchilarning amaldagi ko‘rgan zararlari miqdoridagi farqiga, navbatdagi avans to‘lovlarini amalga oshirishda tuzatishlar kiritiladi (qoplanadi yoki ushlab qolinadi). 9. Tashuvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar summasi tushumning to‘liq yig‘ilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, amaldagi daromadlar, shuningdek fuqarolar ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog‘liq holda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash summasi bilan amaldagi xarajatlar o‘rtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi, bunda ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlari hisobga olinadi. Bunda ko‘rilgan zararlarni qoplash summasi qonunchilikka muvofiq shahar yo‘lovchi tashish transportida bepul va imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ayrim toifalari uchun chegirishlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Ushbu miqdorlar o‘rtasidagi tafovut nol yoki ijobiy (tashkilotlarning foydasi) bo‘lgan taqdirda ko‘rilgan zararlar qoplanmaydi. 10. Tashuvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash miqdoriga yoqilg‘i-moylash materiallari, elektr energiyasi, asosiy ehtiyot qismlar va materiallar narxlari o‘zgarganda hamda cheklangan tariflarni shakllantirishda nazarda tutilmagan bazaviy hisoblash miqdorida miqdori o‘zgarganda, shuningdek liniyadagi tushumning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlari hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi.
140
20,025
Qonunchilik
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 122-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandining beshinchi xatboshisidagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 1. Oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida ta’lim olayotgan bakalavrlar va magistrlar (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) kontingentidan kelib chiqib, sirtqi ta’lim talabalari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qo‘llagan holda, Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi. 2. Talabalarning kontingenti 10 000 nafardan ziyod bo‘lgan OTM xodimlarining soni tasarrufida OTM bo‘lgan vazirlik yoki idora tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi OTMlar uchun), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 3. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) lavozimi OTM tomonidan xalqaro faoliyat (xorijlik talabalar soni 200 va undan ko‘p bo‘lganda yoki qo‘shma fakultet yoki qo‘shma dastur yoki xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan birining filiallariga muassislik qilish bitimlari mavjud bo‘lganda) yuritilgan taqdirda tasarrufida OTM bo‘lgan vazirlik yoki idoraning asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi OTMlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida kiritiladi. 4. Bosh energetik lavozimi OTMda 40 ming kv.metr va undan yuqori umumiy o‘quv-laboratoriya, turar joy va boshqa maydon mavjud bo‘lganda kiritiladi. 5. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi lavozimi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tashkil etilgan OTM uchun 1 birlik sonida kiritiladi. 6. Yuriskonsult (katta yuriskonsult) lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi. 7. Kotib — ish yurituvchi lavozimi 1 birlik hisobida rektor va har bir prorektor uchun alohida kiritiladi. 8. Uslubchi lavozimi OTMda: kunduzgi ta’lim talabalari soni 500 nafargacha bo‘lganda 1 birlik; kunduzgi ta’lim talabalari soni 501 dan 3000 nafargacha bo‘lganda 2 birlik; kunduzgi ta’lim talabalari soni 3001 va undan ziyod bo‘lganda, keyingi har 500 nafar talaba uchun qo‘shimcha 0,5 birlik hisobida, lekin OTM uchun 4 shtat birligidan oshmagan holda kiritiladi. 9. Tarbiyachi-pedagog lavozimi OTMda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlikdan kiritiladi. 10. Uslubchi lavozimi OTMda kunduzgi ta’lim talabalari soni 2500 nafargacha bo‘lganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar talaba uchun qo‘shimcha 1 birlikdan kiritiladi. 11. Sirtqi (Maxsus sirtqi) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi lavozimi sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalari soni 2000 nafargacha bo‘lganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalari uchun qo‘shimcha 1 birlikdan kiritiladi. 12. Kechki (smenali) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi lavozimi kechki (smenali) ta’lim tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarida 1 birlik hisobida kiritiladi. 13. Sirtqi (maxsus sirtki) hamda kechki (smenali) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 14. Tibbiyot yo‘nalishlaridagi OTMlarda klinik ordinatura mavjud bo‘lganda 1 birlik hisobida muhandis lavozimi kiritiladi. 15. Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘limdagi xodimlar soni 5 birlik va undan ortiq bo‘lgan hollarda kiritiladi. Ushbu bo‘limda xodimlar soni 5 birlikdan kam bo‘lganda OTM rahbari buyrug‘i bilan bo‘lim boshlig‘i vazifasi muharrirlardan biriga yuklatiladi. 16. Tahririy-nashriyot bo‘limi xodimlarining shtat birligi o‘tgan moliya yilida bajarilgan ish hajmiga (mualliflik varag‘i hisobidan) asosan quyidagicha kiritiladi: 1 birlik muharrir lavozimi har bir 110 mualliflik varag‘i uchun; 1 birlik musahhih lavozimi har bir 210 mualliflik varag‘i uchun; 1 birlik texnik muharrir lavozimi har bir 900 mualliflik varag‘i uchun. 17. Kunduzgi ta’lim fakulteti dekani lavozimi fakultetda: kunduzgi ta’lim talabalari soni 200 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik; kunduzgi ta’lim talabalari soni 200 dan ziyod bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi. 18. Kunduzgi ta’lim fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimi fakultetda: kunduzgi ta’lim talabalari soni 201 nafardan 400 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik; kunduzgi ta’lim talabalari soni 401 nafar va undan ortiq bo‘lganda, keyingi har 200 nafar talaba uchun qo‘shimcha 0,5 birlik hisobida, lekin fakultet uchun 3 shtat birligidan oshmagan holda kiritiladi. 19. Kunduzgi ta’lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimi fakultetda: kunduzgi ta’lim talabalari soni 400 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik; kunduzgi ta’lim talabalari soni 401 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi. 20. O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher lavozimi kunduzgi ta’lim fakultetida talabalar soni 500 nafardan ortiq bo‘lganda 1 birlik, talabalar soni 1000 nafardan ortiq bo‘lganda qo‘shimcha 1 birlik hisobida kiritiladi. 21. Fakultetlarda ish yurituvchi lavozimi: fakultetda talabalarning soni 200 nafardan ortiq bo‘lganda — 1 birlik; fakultetda talabalarning soni 700 nafardan ortiq bo‘lganda — 2 birlik hisobida kiritiladi. 22. Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) dekani lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilarining soni o‘rtacha yillik hisobda: 100 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik; 100 nafardan ortiq bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi. 23. Uslubchi lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 24. Ish yurituvchi lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 25. Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan shtat birliklariga muvofiq tashkil etiladi. Bunda bo‘lim boshlig‘i va uslubchi lavozimlari: OTMda magistrlar soni 200 nafargacha bo‘lganida — 0,5 birlik; OTMda magistrlar soni 201 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi. 26. Ikkinchi bo‘limda quyidagi lavozimlar kiritiladi: bo‘lim boshlig‘i — hisobda 4000 nafar va undan ortiq harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda 1 birlik; muhandis — hisobda 500 dan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — 1 birlik, hisobda 2000 dan 4000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — 2 birlik, hisobda 4000 nafar va undan yuqori harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — 3 birlik. 27. Ikkinchi bo‘lim shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 28. Sirtqi (maxsus sirtki) ta’lim mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida Sirtki (maxsus sirtki) bo‘lim tashkil etiladi. Bo‘limda quyidagi lavozimlar kiritiladi: bo‘lim boshlig‘i — 1 birlik; uslubchi — 1 birlik. 29. Sirtqi (maxsus sirtki) bo‘lim shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 30. OTMda omborxonalar (omborlar) soni 3 ta va undan ko‘p mavjud bo‘lganida 1 birlik omborxona mudiri lavozimi kiritiladi. 31. Omborchi lavozimi alohida turuvchi har bir omborxona (ombor) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 32. Bino komendanti lavozimi har bir alohida turuvchi bino uchun 1 birlikdan kiritiladi, talabalar turar joylari binolari bundan mustasno. 33. Xo‘jalik mudiri lavozimi 400 nafar va undan ortiq nafar talaba istiqomat qiluvchi har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 34. OTMda issiqlik energiyasi, gaz ta’minoti va yong‘in xavfsizligi markazlashtirilgan boshqaruv tugmasi mavjud bo‘lganida kecha-kunduz ishlovchi dispetcherlik posti tashkil etiladi va har bir postga 4 birlikdan iborat bo‘lgan dispetcherlik xizmati operatorlari lavozimlari kiritiladi. 35. Talabalar turar joyi mudiri lavozimi har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 36. OTM balansida va foydalanishida bo‘lgan bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar lavozimi quyidagilar bo‘yicha kiritiladi: slesar-santexnik — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.metr maydon uchun 1 birlik, lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam bo‘lmagan holda; elektromontyor — 700 ta yoritish nuqtalari (viklyuchatel, razetka va karoba) uchun 1 birlik (balansda bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi), lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam bo‘lmagan holda; duradgor — OTM balansidagi bino (inshoot)larning foydalaniladigan har 3500 kv.metr maydoni uchun 1 birlik, lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam bo‘lmagan holda; ventilatsiya va konditsionerlashtirish tizimlarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar — 100 ta markazdan qochuvchi (tsentrobej) va derazali uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun 1 birlik lavozimda kiritiladi. 37. Binolarning ichki qismi, shu jumladan o‘quv, laboratoriyalar va xizmat xonalari, yo‘lak(koridor)lar, zinapoyalar, sport zallari va boshqa maydonlarni (talabalar turar joyining talabalar yotadigan xonalaridan tashqari) tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.metr tozalash maydoni uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 38. OTM hududida joylashgan tashqi hojatxonalarni tozalovchi farrosh lavozimi har biri alohida turuvchi 8 ta va undan yuqori ochkolik hojatxona uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 39. Garderob (jihozlangan kiyim saqlash joylari) mavjud bo‘lganda bir smenada (lekin 2,5 smenadan ortiq bo‘lmagan holda) 250 ta xizmat ko‘rsatish joylari uchun 1 birlik hisobida garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi (mavsumiy — 6 oyga) kiritiladi. 40. Liftchi lavozimi bir smenada (lekin 2,5 smenadan ortiq bo‘lmagan holda) bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan bir lift yoki liftlar guruhi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 41. Qorovul lavozimi alohida turuvchi binoning kecha-kunduz ishlovchi bir qo‘riqlash posti uchun dam olish va bayram kunlarini inobatga olgan holda 4 birlikdan ko‘p bo‘lmagan holda kiritiladi. 42. Bog‘bon lavozimi OTMning mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2 ga gacha maydoni uchun 1 birlik, keyingi har bir 2 ga maydon uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 43. Hovli supuruvchi (dvornik) lavozimi OTMning tozalanadigan 2500 kv.metr maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi. 44. Xo‘jalik bekasi (kastelyansha) lavozimi OTMning barcha talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi 500 kishigacha 1 birlik, keyingi har bir 250 kishiga 0,5 birlik hisobida kiritiladi. 45. Pasportist lavozimi: talabalar turar joylarida 500 nafargacha talaba istiqomat qiluvchi OTM uchun 0,5 birlik; talabalar turar joylarida 501 nafar va undan ortiq talaba istiqomat qiluvchi OTM uchun 1 birlik. 46. OTMda 1000 nafardan ortiq talaba istiqomat qiladigan uch yoki undan ziyod bir-biriga yaqin turuvchi talabalar turar joylari binolari mavjud bo‘lganda, talabalar turar joylari talabalar shaharchasiga birlashtirilishi mumkin. Talabalar shaharchasi tashkil etilganda 1 birlik hisobida talabalar shaharchasi direktori lavozimi kiritiladi. 47. OTMda Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi mavjud bo‘lmaganda 1 birlikdan iborat aloqachi (aloqa elektr montyori) lavozimi kiritiladi. 48. Dispetcher — garaj boshlig‘i lavozimi OTMda 6 tadan kam bo‘lmagan avtotransport vositalari (yengil va yuk avtomashinalari, avtobuslar va kichik avtobuslar) bo‘lgan transport xo‘jaligi (garaj) mavjud bo‘lganda kiritiladi. 6 tadan kam avtotransport vositasi mavjud bo‘lsa, OTM rahbarining buyrug‘iga muvofiq OTMning ma’muriy xodimlaridan biriga garaj boshlig‘i vazifalarini bajarish yuklanadi. OTMda 6 tadan ortiq avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda 1 birlik mexanik lavozimi kiritiladi. 49. Haydovchi lavozimi OTM balansida mavjud har bir foydalanilayotgan avtotransport vositasi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. Avtotransport vositalari haydovchilarini saqlash OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 50. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son “Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xodimlar soniga qarab, xizmat va navbatchi avtomashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi: 1 ta xizmat mashinasi — OTM uchun; 1 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 100 nafargacha bo‘lganda; 2 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 100 dan 200 nafargacha bo‘lganda; 3 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 200 dan 300 nafargacha bo‘lganda; 4 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 300 nafar va undan ortiq bo‘lganda. OTMning ta’lim jarayoni xususiyatidan kelib chiqqan holda, talabalar kontingentini inobatga olib maxsus avtomashinalarga (yuk avtomashinasi, avtobus) quyidagi limitlar o‘rnatiladi: talabalar soni 5000 nafargacha bo‘lganda — 1 ta maxsus avtomashina; talabalar soni 5000 nafardan ko‘p bo‘lganda — 2 ta maxsus avtomashina. 51. OTMda alohida muzey maqomiga ega bo‘lgan (tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda) muzeylar mavjud bo‘lganda har biriga 1 birlik hisobida fond saqlovchi lavozimi kiritiladi. 52. OTMda alohida binoda turuvchi muzey mavjud bo‘lganda 1 birlik hisobida muzey kuzatuvchisi lavozimi kiritiladi. 53. Uy-joy kommunal xo‘jalik tizimiga o‘tkazilmagan OTM (bino)larda isitish mavsumida (5 oy) o‘t yoquvchi lavozimi: markazlashgan isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun 2 birlik hisobida, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’i nazar) bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun 1 birlik hisobida; lokal isitish qozonxonalari orqali isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa 1 birlik, 6 va undan ortiq bo‘lsa 2 birlik hisobida. Yil davomida yuvinish xonasi yoki basseyn ichki qozonxona hisobidan issiq suv bilan ta’minlanadigan OTMlarda yuqorida qayd etilgan o‘t yoquvchi (ishchi) lavozimlarining bittasi doimiy kiritiladi. 54. OTM markazlashgan isitish tizimi orqali isitilganda kompleks xizmat ko‘rsatuvchi chilangar (santexnik) lavozimi 1 birlik, agar boyler va nasoslar (er tagidan nasos orqali suv tortib oladigan suv yig‘uvchi minora (inshoot) mavjud bo‘lsa, bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi. 55. OTM balansida bo‘lgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan yopiq yoki ochiq sport inshootlari uchun 1 birlik hisobida sport inshooti mudiri lavozimi kiritildi. 56. OTM balansida bo‘lgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan har bir yopiq yoki ochiq suv havzasi (basseyn) uchun quyidagi lavozimlar kiritildi: shifokor (vrach) va hamshira lavozimlari — 1 birlik hisobida; suvni kimyoviy usulda tozalovchi (xloratorщik) lavozimi — 1 birlik hisobida. 57. OTM balansida bo‘lgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan yopiq yoki ochiq sport inshootlarining umumiy maydoni 3000 kv.metr va undan ortiq bo‘lganda 1 birlik bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha muhandis va 1 birlik ishchi lavozimlari kiritiladi. 58. Vivariy mudiri lavozimi OTMda vivariy mavjud bo‘lganda, jonivor (hayvon) va shartli mollarga qarovchi xodimlar soni 5 nafar va undan ortiq bo‘lganda 1 birlik hisobida kiritiladi. 59. Ozuqa (em-xashak) kuxnyasi ishchisi lavozimi OTMda vivariy mavjud bo‘lganda 1,0 birlik hisobida kiritiladi. 60. Vivariydagi har 14 qafasdagi jonivor (hayvon)lar yoki 10 bosh shartli mol uchun 1 birlik hisobida jonivorlarni parvarish qiluvchi ishchi lavozimi kiritiladi. 61. OTMda alohida manzilda joylashgan har bir o‘quv poligonlari uchun 1 birlik hisobida zimmasiga poligonning moddiy-texnika bazasi saqlanishi hamda o‘quv-mashq jarayonining olib borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatiladigan poligon mudiri lavozimi kiritiladi. 62. OTMda alohida turuvchi san’at saroylari mavjud bo‘lganda, har biri uchun 1 birlik hisobida zimmasiga san’at saroyining moddiy-texnika bazasi saqlanishi hamda foydalanish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatiladigan san’at saroyi mudiri lavozimi kiritiladi. 63. OTMda Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi (ATS) mavjud bo‘lganda quyidagi lavozimlar kiritiladi: 350 dan ortiq telefon bog‘lamalari mavjud bo‘lsa 1 birlik stansiya boshlig‘i lavozimi; 1 birlik aloqa muhandisi lavozimi; 1 birlik aloqa bo‘yicha texnik lavozimi; har 350 telefon bog‘lamalari (parallel bog‘lamalari bilan birgalikda) uchun 1 birlik aloqachi (aloqa elektr montyori) lavozimi. 64. OTMning o‘quv-yordamchi xodimlari soni quyidagi me’yorlar asosida kiritiladi: kafedraga 1 birlik kabinet mudiri lavozimi yoki kafedra qoshida o‘quv laboratoriyalari mavjud bo‘lganda 1 birlik hisobida laboratoriya mudiri lavozimi; OTMda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan mavjud laboratoriya joylashgan har bir xona (auditoriya) uchun 1 birlik hisobida laborant lavozimi; laborantlarning soniga 1:10 nisbatda muhandis yoki texnik lavozimlaridan biri; OTMda tegishli jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi mavjud bo‘lganda, har bir o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi uchun 1 birlikda ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimi; san’at va madaniyat yo‘nalishlarida kadrlar (pedagoglar) tayyorlovchi OTM va fakultetlarda tasdiqlangan o‘quv rejasida konsertmeyster qatnashishi lozim bo‘lgan 800 o‘quv soatidan kelib chiqqan holda, 1 birlik hisobida konsertmeyster va yetakchi konsertmeyster lavozimlari. Bunda belgilangan umumiy konsertmeystrlar shtat birligining 20 % idan ko‘p bo‘lmagan holda yetakchi konsertmeystr lavozimi joriy etilishi mumkin. 65. OTMning murojaati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xulosasi asosida o‘quv-yordamchi xodimlar soni mazkur me’yorlar asosida belgilangan o‘quv-yordamchi xodimlarning umumiy shtat birligi sonidan 20% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorga ko‘paytirilishi mumkin. 66. Texnik-ta’mirlash va tezkor qayta tiklash xizmatining shtat birliklari soni va lavozimlari joriy va kapital ta’mirlash hajmlaridan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ish turlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 67. Texnik-ta’mirlash va tezkor qayta tiklash xizmati shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 68. Mazkur me’yorlar OTMlarning rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga hamda OTMlar huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlariga ham tatbiq etiladi. 69. OTM mazkur me’yorlar asosida tuziladigan shtat jadvalini yuqori turuvchi vazirlik yoki idoraga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilishda, unga asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (talabalar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi va boshqalar) rahbar, bosh buxgalter va reja-moliya bo‘limining boshlig‘i tomonidan imzolangan holda ilova qilishi shart. 70. OTM shtat jadvalining mazkur Namunaviy shtatlar va me’yorlar asosida hamda OTMning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga muvofiq tuzilishi yuzasidan javobgarlik shaxsan OTM rahbari, bosh buxgalteri va reja-moliya bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.”.
185
22,319
Qonunchilik
Neft-gaz tarmog‘ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Neft-gaz tarmog‘ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni bilan 2018-yil 1-iyundan boshlab quyidagilar nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi barcha litsenziyalarni (neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari) amal qilish muddati cheklanmagan holda berish tartibini joriy etish; tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ayrim litsenziyalarni va ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish; faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga berish; ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turlarini litsenziyalash Komissiyalari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vakillarini chiqarish. 3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha oldin berilgan litsenziyalar ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi. 4. “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash hamda neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyalari bir oy muddatda: Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni; Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. “O‘zdavneftgazinspeksiya” ikki oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazish asosida: neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash; neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i N.T. Agzamov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda): a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash va ularni sotishda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”; b) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin s) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Belgilab qo‘yilsinki: avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlar (avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobcha egalari) bilan neft bazalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan tartibda beriladi; neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma AYQSh egalari tomonidan “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududiy bo‘linmalarining mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va texnika xavfsizligi talablari va neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar taqdim etilgan holda tuziladi; yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini qurish “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi; AYQSh xodimlari belgilangan tartibda texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishdan o‘tishlari lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQShlarni sanitariya, ekologiya, yong‘in xavfsizligi va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qiladilar va to‘liq javob beradilar”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorining 2-ilovasida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 10-modda): a) 42-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: ““O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limining qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasi”; b) 43 va 44-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “43. “Sanoatgeokontexnazorat” DI ruxsatnomasisiz va “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limining qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasisiz gaz sarflovchi uskunalarga tabiiy gaz yetkazib berish taqiqlanadi”; 44. “Sanoatgeokontexnazorat” DI ruxsatnomasisiz va “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limining qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasisiz gaz sarflovchi uskunalarga tabiiy gaz yetkazib berish aniqlanganda, tegishli organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomalariga asosan, tabiiy gaz yetkazib berish taqiqlanadi. Gazdan foydalanuvchi uskunalarga tabiiy gazni berish aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda qayta tiklanadi”. 1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 33-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 61-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 64-modda) 7-ilovaning 15 va 16-bandlari. 5. Vazirlar Mahkamasining. “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda) 19-ilova va 49-ilovaning 27-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 16 va 19-bandlari. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 30-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 19 va 21-bandlari. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 41-bandi. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 1 va 3-bandlari. 11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda) ilovaning 1 va 3-bandlari. 12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarori)” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 69-modda) ilovaning 15 va 16-bandlari. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovaning 6 va 8-bandlari. 14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 35 va 37-bandlari. 15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 32-bandi. 16. Vazirlar Mahkamasining “Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 23-iyundagi 164-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 64-modda) ilovaning 4-bandi. 17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning 12 va 14-bandlari. 18. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 11 va 13-bandlari. 19. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2015-yil 30-noyabrdagi 349-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 103-modda). 20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 23-bandi. 21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
154
16,648
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zgarotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va tashqi savdo vaziri J.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Bug‘doy, un, guruch va non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketish hollari ustidan nazoratni kuchaytirish va ularning oldini olishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 8-iyuldagi 153-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 28-son, 271-modda) 1-bandidagi “1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son” so‘zlari “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 45-46-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son va “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmonlariga 1-ilovalarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada nazarda tutilgan tovarlar uchun eksport kontraktlari (qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi”. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 1-bandi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 24-modda) 5-ilovaning 3-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 20-noyabrdagi 240-son qarorining 8-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton va Mozori Sharif o‘rtasidagi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish, qurish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-noyabrdagi 298-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 48-son, 514-modda) 6-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton-Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyalarini qurish va ulardan foydalanish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 22-iyundagi 187-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi. 6. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton-Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida” 2015-yil 14-apreldagi 91-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 15-son, 180-modda) 3-bandining to‘rtinchi xatboshi. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyuldagi 477-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 654-modda).
250
4,585
Qonunchilik
EHNATni joriy etish jadallashtiriladi
Hukumat Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlarini tasdiqladi (27.04.2020 yildagi 260-son VMQga qaroriga qarang). Hujjatda qayd etilganidek, mahalliy kompaniyalar - "Toshelectroapparat" MChJ va "Elektron Xisoblagich" MChJdan 2,1 mln dona elektr hisoblagichlar хarid qilinib, respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich oʻrnatilmoqda. Biroq asbob-uskunalar uchun toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilmay qolganligi natijasida yetkazib beruvchilar oldida jami 636,9 mlrd soʻm miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan "Oʻzinjiniring" RLI tomonidan ishlab chiqilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (EHNAT) joriy etish loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslarini qayta koʻrib chiqish vaqti keldi. Endi quyidagilar loyihaning asosiy maqsad va vazifalari boʻladi: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning (HET) mavjud billing tizimi oʻrniga EHNATni joriy etish loyihasi doirasida zamonaviy elektr energiyasi hisobini yuritish, tahlil va prognoz qilishning kompleks dasturiy ta’minoti barpo etiladi. Yangi billing tizimini 2022 yilning iyun oyiga qadar ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 10 kun muddatda Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan elektr energetika sohasidagi "islohotlar matritsasi" kelishiladi va ijrosi boʻyicha "yoʻl хaritasi" tasdiqlanadi. "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB EHNATni joriy etish loyihasini moliyalashtirish uchun HETga 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli toʻlov davri bilan yillik 7% ustama toʻlash sharti asosida 30 mln Yevro miqdorida kredit ajratadi. Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.04.2020 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
37
1,818
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ariza beruvchi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha davlat organiga murojaat qilgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet davlat fuqarosi yoxud voyaga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs; bola — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs; vatandosh — O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lsa; yolg‘iz ota yoki ona — bolani tarbiyalayotgan ota (ona), basharti bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa yoxud bunday ma’lumotlar tarbiyalayotgan otaning (onaning) so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa; identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik ma’lumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan hujjat; tirikchilikning qonuniy manbai — ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, tadbirkorlik faoliyatidan yoki mulkdan olingan foyda, pensiya, stipendiya, alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, moliyaviy jamg‘armalar yoki oila a’zolari va boshqa shaxslarning moliyaviy yordami, shuningdek boshqa qonuniy daromadlar; fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs; fuqarolikning o‘zgarishi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish yoki tugatish; chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs; O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqan hamda xorijga doimiy yashashga chiqib ketish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; yashash — shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida qonuniy asosda turishi; yashash guvohnomasi — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir. O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmonlar tarzida qabul qilinadi va imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi: a) 1992-yil 28-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs; b) O‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa; v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs; g) ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs. Ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog‘ida, ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bog‘liq holatlar boshlangan paytda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida qo‘llaniladi. 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir. Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir: tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda; tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan o‘tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Er-xotindan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tug‘ilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda yashashi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishiga sabab bo‘lmaydi. Xorijda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligi ostida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi va chet davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda o‘ziga berilgan barcha huquqlardan, xalqaro huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rishi shart. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat fuqaroligiga mansubligi O‘zbekiston Respublikasida tan olinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqaroligini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar bir vaqtning o‘zida chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi yoki javobgarlikdan ozod etilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: tug‘ilganlik bo‘yicha; bola farzandlikka olinganda; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin. Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: a) ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa; b) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa; v) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) u tug‘ilgan paytda chet davlat fuqarolari bo‘lgan yoxud ota-onasidan biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola farzandlikka oluvchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida farzandlikka olingan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bolaga farzandlikka olganlarning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish: umumiy tartibda; soddalashtirilgan tartibda; alohida tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u: a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa; b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa; v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa; g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa; d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu modda birinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan shart Respublikasida tug‘ilgan va yashab kelayotgan yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan va nikoh tuzilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda, agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga jami bir yuz sakson uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatga chiqqan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashalgan muddat uzluksiz deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u: a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa; b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa; v) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa; g) davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Ushbu modda birinchi qismining “a” bandida nazarda tutilgan shart ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi uchun manfaatli kasbga yoxud malakaga ega bo‘lgan vatandoshga va (yoki) uning oila a’zolariga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslarga berish maqsadga muvofiqliligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. Qabul qilingan qaror asosida shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish to‘g‘risida kafolat xati beriladi, agar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan davlat fuqaroligidan chiqadigan bo‘lsa. Kafolat xatining amal qilish muddati bir yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining qaroriga binoan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Kafolat xati ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligi haqida hujjat taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti milliy manfaatlardan kelib chiqib, chet davlatlarning fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ushbu Qonunning 19 va 20-moddalari talablari qo‘llanilmagan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkin. Agar ilgari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxsning fuqaroligi ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining “a” va “g” bandlariga muvofiq yo‘qotilgan bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Iltimosnomada O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilish sabablari ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Qonunning 19, 37 va 38-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini bir martadan ortiq tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagilar oqibatida tugatiladi: a) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish; b) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganlik. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ushbu Qonunning 37 va 39-moddalarida belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi: a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida; b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa; v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa; g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa; d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa; e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Tashqi ishlar vazirligi deb yuritiladi) xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun konsullik muassasalari: konsullik muassasasiga shaxsan murojaat qilgan shaxslarning murojaatlarini yoxud konsullik muassasalariga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan ma’lumotlarni tekshiradi; shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi chet davlatning so‘rovnomalarini o‘rganadi; o‘z konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi; xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) har chorakda beradigan so‘rovnomalariga ko‘ra doimiy konsullik hisobi ro‘yxatlari bo‘yicha tekshiradi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik hisobiga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Konsullik muassasasi ariza beruvchining shaxsini aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan shaxslarning ro‘yxati bilan solishtiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga o‘z vaqtida turmaganligi sabablarini o‘rganadi. Bunda ariza beruvchiga ushbu Qonun 25-moddasining qoidalari tushuntiriladi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy konsullik hisobiga qo‘yish uchun hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Kasallik, yashab turilgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar uzrli sabablar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborot Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti aniqlangan taqdirda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga topshiradi. Bila turib yolg‘on ma’lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi. Qaror chiqargan sud qarorning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Sudning qarori asosida Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi. Hukm chiqargan sud hukmning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. Sudning hukmi asosida Ichki ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki uning qonuniy vakiliga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi. Agar shaxs yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlatning fuqaroligini tugatish to‘g‘risida axborot taqdim etmasa, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Agar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkin. Ota-ona (yolg‘iz ota yoki ona) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini o‘zgartirganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolmasa, o‘zgarishi mumkin. Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda, bolaning fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi. Agar O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa va bunda ular o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasa, ota-onasining notarial tartibda tasdiqlangan arizasiga, vasiyning yoxud homiyning iltimosnomasiga ko‘ra bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi bo‘lib qolaversa, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan va doimiy yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan bo‘lsa, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan bo‘lsa, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib qolaversa, bola O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan otasining yoki onasining iltimosnomasiga ko‘ra, bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolgan otasining yoki onasining yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat berilishi mumkin. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda yoki bola farzandlikka olingan taqdirda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan beriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik muassasasiga beradi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan ularning tuzilish sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanishi kerak. Agar ariza beruvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra iltimosnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning topshirig‘iga ko‘ra o‘zga shaxs ariza beruvchi va ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoxud konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi hozirligida iltimosnomani yoki boshqa hujjatni ariza beruvchi hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sababini ko‘rsatgan holda imzolashi mumkin. Bunday hollarda ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoki konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi tomonidan iltimosnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: so‘rovnoma; pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi); nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi; tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat; davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud manfaatdor vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning iltimosnomasi; sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: so‘rovnoma; pasport yoki identifikatsiyalovchi karta; nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi; davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. Agar O‘zbekiston Respublikasida ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramog‘idagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning o‘ziga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart. Iltimosnomani qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini uch ish kuni ichida tekshiradi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoxud zarur axborotni boshqa davlat organlaridan so‘rab olishga haqli. Iltimosnoma ushbu Qonunning 37, 38 va 39-moddalarida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e’tiboran ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi. Ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ushbu Qonunning 52-moddasida belgilangan tartibda tuziladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga materiallarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi talabnomani uch ish kuni ichida kiritadi. Talabnomani ko‘rib chiqish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash muddati bir oyni tashkil etadi. Qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar olish zarur bo‘lganda talabnomani ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni qabul qilgan konsullik muassasasi ularni diplomatik pochta jadvalini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuborish uchun materiallarni Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlash muddati bir oydan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Quyidagi holatlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish asoslari hisoblanadi: a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uning mulkiy majburiyatlari mavjudligi; b) shaxsning qidiruvda ekanligi; v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlangan va jazoni o‘tayotgan bo‘lsa; g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hukmining mavjudligi; d) bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik; e) O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik; j) shaxsning vafot etganligi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilganligi to‘g‘risida ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi arizachini yoki uning qonuniy vakilini O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. Ushbu modda birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, shaxs ichki ishlar organiga yoki konsullik muassasasiga qayta murojaat qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilgan taqdirda to‘langan davlat boji yoki konsullik yig‘imi qaytarib berilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha takroriy murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng bir yil o‘tgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yangi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, takroriy iltimosnoma ko‘rsatilgan muddatdan oldin ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi ariza uning doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashayotgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga beriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi arizasi va arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi so‘rovi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ariza beruvchida uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda ariza beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi. Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo bo‘lganda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli davlat organlariga so‘rovnoma yuboradi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha xulosa chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu Qonun 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qo‘yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, u o‘zining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan xulosalar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish haqidagi so‘rovnoma doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish to‘g‘risidagi so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi: tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat; davlat boji yoki konsullik yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish haqidagi so‘rovnomani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy muddati O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga talabnoma kiritilgan paytdan e’tiboran bir oyni tashkil etadi. So‘rovnomani ko‘rib chiqish jarayonida shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi tekshiriladi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga topshiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: so‘rovnoma; fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi; nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa); 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini yoki O‘zbeki ston Respublikasi hududida o‘n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar; davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy muddati ariza topshirilgan kundan e’tiboran uch oyni tashkil etadi. Ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan xulosaga asosan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini hal etishga doir konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi organdir. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya rais, rais o‘rinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa a’zolaridan tarkib topadi. Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Komissiya majlisida rais yo‘q bo‘lgan taqdirda uning vazifalari rais o‘rinbosarining zimmasiga yuklatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchiligi ijrosini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yo‘nalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish; fuqarolik masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyotni va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish. Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi huquqlarga ega: yurituvida turgan ish yuzasidan tegishli davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va materiallarni talab qilib olish; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga kiritish; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot olish uchun o‘z majlislariga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etish. Komissiya O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida ushbu Qonun 42-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaror qabul qiladi. Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladigan majlislari Komissiya ishining tashkiliy shaklidir. Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. Komissiya majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda muhokama etiladigan masalalar yuzasidan ma’ruza qilishi mumkin. Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya a’zolarining ovozlari teng bo‘lib qolganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni dastlabki tarzda ishlab chiqish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi. O‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi: ichki ishlar organi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat; konsullik muassasasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha manfaatdor davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, shuningdek hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda): 5-moddasining 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 22-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga ilovaning 6-bandi “i” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risida arizalar berish uchun” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 632-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 338-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 633-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 339-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) I bo‘limining 10-bandi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-389-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda) 1-moddasi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-411-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 276-modda) 1-moddasi; 6) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-542-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 267-modda) 2-moddasi. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Qonunning 6, 45-moddalari va 55-moddasining 1-bandi 2020-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.
51
52,641
Qonunchilik
Poytaхtimizda 2017 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Mazkur stavkalarning 2016 yildagiga nisbatan oʻzgarishini qiyosiy jadval asosida koʻrib chiqamiz. Soliqlar va yigʻimlarning turlari Soliqlar va yigʻimlar stavkalari 2017 yil uchun 2016 yil uchun 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8%i sof foydaning 8%i 2. Quyidagilarning iste’moli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin 1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonna uchun 617 700 soʻm 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 445 000 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonna uchun 565 000 soʻm 1 litr uchun 335 soʻm/ 1 tonna uchun 407 025 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 230 soʻm / 1 tonna uchun 436 300 soʻm 1 litr uchun 230 soʻm. transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 275 soʻm 1 kub metr uchun 275 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun EKIHning 5 barobari 1 oylik savdo uchun EKIHning 5 barobari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun EKIHning 3,5 barobari 1 oylik savdo uchun EKIHning 3,5 barobari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim oyiga EKIHning 6 barobari oyiga EKIHning 6 barobari Keltirilgan qiyosiy jadvaldan koʻrinadiki, oʻzgarishlar benzin va dizel yoqilgʻisi iste’moli uchun undiriladigan soliq stavkalariga daхl qilgan. Suyultirilgan va siqilgan gaz iste’moli uchun undiriladigan soliq stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi. AYoQSh orqali benzin va dizel yoqilgʻisi sotishda iste’mol uchun undiriladigan soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. 2017 yildan ushbu tartib suyultirilgan gazni sotishda ham qoʻllanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi. Bunda yigʻim yil mobaynida eng kam ish haqi miqdori oʻzgarishidan qat’i nazar yil boshiga oʻrnatilgan EKIH miqdoridan kelib chiqib toʻlanadi. Bu SKning 347-moddasiga kiritilgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq. 2017 yil 1 yanvar holatiga eng kam ish haqi miqdori – 149 775 soʻmni tashkil etadi. Eslatib oʻtamiz, ilgari yil mobaynida EKIH miqdori oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchilar ushbu yigʻim turi boʻyicha aniqlashtirilgan hisob-kitobni taqdim etishlari, shuningdek, byudjetga boʻnak tariqasida toʻlangan yigʻimlardagi tafovutni toʻlashlari shart edi. Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi va yigʻimni toʻlash muddatlari oʻzgartirilmadi: Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim  stavkasi 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi. Eslatib oʻtamiz, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni tuman (shahar) hokimining  mazkur maqsad uchun yer maydoni ajratilgani toʻgʻrisidagi ruхsatnomasi majburiy mavjud boʻlgan taqdirda, faqat yuridik shaхslar koʻrsatishlari mumkin. Xizmatlar koʻrsatish, ruхsatnoma olish va soliq solish tartibi Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 31.07.2013 yildagi 213-son VMQga ilova) bilan tartibga solinadi. Muzaffar Mirzaganiyev,  ekspertimiz.
73
3,449
Qonunchilik
Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o‘zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o‘sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini o‘tkazish davomida asosiy ishlab chiqarish fondlarining zamon talablariga qay darajada mosligi borasidagi texnik holati 1-ilovaga* muvofiq o‘rganib chiqildi. 2. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda o‘tkazilgan texnik audit natijalarini o‘rganish asosida 2017 — 2020-yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o‘tganlari bilan almashtirgan holda ularni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilash bo‘yicha ishlab chiqilgan maqsadli parametrlari 2- va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki 2017 — 2020-yillar davrida, mazkur qaror doirasida, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun balans hisob-kitoblarida valyuta mablag‘larini asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha hisobga olsin. 6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: texnik audit o‘tkazish natijalariga ko‘ra hisobdan chiqarilayotgan, jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan texnologik uskuna va jihozlar faqat “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ bo‘linmalariga qora va rangli metallar parchalari tarzida erkin shartnomaviy narxda majburiy tartibda sotilishi, tushgan mablag‘lar zamonaviy uskunalar xarid qilishga maqsadli yo‘naltirilishi lozim; hisobdan chiqarilayotgan texnologik uskuna va jihozlarning qora va rangli metallar parchalari tarzida sotilishidan tushgan daromadlar soliqqa tortilmaydi. 7. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, ushbu qarorga muvofiq, jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan uskunalar va jihozlarni ekspluatatsiyadan olib tashlash hamda yangilash doirasida olib kelinadigan texnologik uskunalar, materiallar va butlovchi buyumlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno). 8. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga sanoat tarmoqlari korxonalari boshqaruv organlarining yig‘ilishida, o‘tkazilgan texnik audit natijalariga ko‘ra ularda aniqlangan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan texnologik uskuna va jihozlarini belgilangan tartibda qoldiq qiymati bo‘yicha hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tavsiya qilinsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda: vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilashning tegishli kalendar yili bo‘yicha har chorakdagi tarmoq jadvallari va manzilli ro‘yxatlari 10-yanvarga qadar tasdiqlanishini; 2018 — 2020-yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o‘tganlari bilan almashtirgan holda ularni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari bajarilishini monitoring qilsin va komplekslarning yig‘ilishlarida har chorakda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yilgi rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o‘tganlari bilan almashtirgan holda, ularni yangilash loyihalarini kiritishni nazarda tutsin. 11. Sanoat tarmoqlari korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017 — 2021-yillarda sanoat tarmoqlari korxonalari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini, birinchi navbatda, jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni to‘liq modernizatsiyalash va yangilash, ishlab chiqarishda energiya resurslari iste’molini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish, texnologiya jarayonlarini va moddiy-xomashyo resurslari sarflanishi me’yorlarini ratsionallashtirish hisobiga kamaytirish, ekspluatatsiya va noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yig‘ma va maqsadli parametrlari 4- va 5-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda: vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini ushbu qaror bilan ma’qullangan 2017 — 2021-yillarda tarmoq bo‘yicha tegishli kalendar yilida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning maqsadli parametrlari asosida qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarning 10-yanvarga qadar tasdiqlanishini; sanoat tarmoqlari korxonalarida 2017 — 2021-yillarda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning monitoring qilinishi hamda komplekslarning yig‘ilishlarida har chorakda ko‘rib chiqilishini; o‘tkazilayotgan monitoring yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha maqsadli parametrlarga erishish to‘liqligi va samaradorligidan kelib chiqqan holda sanoat tarmoqlari korxonalari rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan choralar qo‘llanilishini ta’minlasin. 12. Belgilansinki, tasdiqlangan me’yoriy-texnik hujjatlar doirasida texnologiya jarayonlarini ratsionallashtirish hamda moddiy-xomashyo va energiya resurslarini sarflash me’yorlarini optimallashtirish, bir yilga hisoblaganda ekspluatatsiya va qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish, xodimlar sonini optimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining qisqarishi natijasida mahalliylashtirish darajasining pasayishi 2017 — 2021-yillarda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarini buzish hisoblanmaydi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” DI, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlar bajarilishini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishni tashkil qilsin hamda o‘tkazilayotgan ish yakunlari bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib tursin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlariga jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan uskunalarni ekspluatatsiyadan olib tashlash va yangilashning har chorakdagi tarmoq jadvallari va manzilli ro‘yxatini tasdiqlashda sanoat tarmoqlari korxonalarining asosli takliflari bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
216
8,061
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom 2018-2019 o‘quv yilida, shuningdek keyingi o‘quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qo‘llaniladi. 2. Mazkur Nizom talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda qo‘llanilmaydi. 3. Talabalar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan birinchi mashg‘ulotda mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart. 4. Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qo‘llaniladi. 5. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 6. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. 7. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha o‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 8. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 9. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi. 10. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. 11. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakunida) tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 12. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi. 13. Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 14. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlari obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki obyektiv tizimlashtirilgan imtihon shakllarida o‘tkazilishi mumkin. 15. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. 16. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart. 17. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 18. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin. 19. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin. 20. Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. 21. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. 22. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 23. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 24. Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim. 25. Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi. Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi. Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. 26. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2-martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 27. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi. 28. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi. 29. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi. 30. Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega. 31. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. 32. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim. 33. Talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 34. Apellatsiya komissiyasi talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi. Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi. 35. Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin. Professor-o‘qituvchi Jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim. 36. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 37. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yiladi. 38. Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi. 39. Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning o‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak. 40. Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi. 41. Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi. 42. Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘iga asosan keyingi kursga o‘tkaziladi. 43. Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. 44. O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga o‘tkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi. 45. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.
119
13,758
Qonunchilik
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KO‘RSATISh HAQIDA
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, muborak haj amallarini ado etishda qulaylik, imtiyoz va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2003-yilda haj safarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Mahalliy hokimiyatlar safar oldidan fuqarolarimizning yurtimizdagi muqaddas qadamjo va osori-atiqalarni ziyorat etishlarida kerakli sharoitlar yaratib bersin. 2. Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar ro‘yxatini respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalarining joylardagi bo‘linmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini e’tiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish mas’uliyati O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekani, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Sh. Minovarov) ularga yordam ko‘rsatishi e’tiborga olinsin. 3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (V. Tyan) 2003-yil yanvar-fevral oylarida ziyoratchilarning haj safariga borib kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalarning narxini arzonlashtirish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Davlat bojxona qo‘mitasi (R. Haydarov) O‘zbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga ko‘ra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) Saudiya Arabistoni haj ishlari vazirligi tomonidan qo‘yilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni ko‘rikdan o‘tkazishni, haj davrida ularga yordam ko‘rsatishni tashkil etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yo‘llar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish hamda ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirxo‘jayev) O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan ro‘yxatga binoan hajga ketayotgan fuqarolar uchun xorijiy valyuta almashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etsinlar. 8. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati, talablari va uni amalga oshirishning tartib-qoidalari hamda uning yakunlari, shuningdek haj ziyorati bilan bog‘liq barcha masalalarni keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
61
3,019
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son, “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-dekabrdagi 1007-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — chegara qo‘shinlari qo‘mondoni R.E. Mirzayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (keyingi o‘rinlarda Davlat chegarasi deb ataladi) orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida (keyingi o‘rinlarda o‘tkazish punktlari deb ataladi) chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: bojxona nazorati — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda bojxona organlari deb ataladi) tomonidan, jumladan, xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar; bojxona rasmiylashtiruvi — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalari; veterinariya nazorati — odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini himoya qilish, hayvonlar kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan predmetlar va tovarlarni, shuningdek, “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat veterinariya nazorati obyektlarini nazorat qilish maqsadida hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlash uchun chegara nazorati veterinariya punktlari tomonidan (keyingi o‘rinlarda davlat veterinariya nazorati punktlari deb ataladi) hayvonlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar; davlat nazorati organlari — shaxslar, transport vositalari, tovarlarni ushbu Nizomga muvofiq Davlat chegarasi orqali o‘tkazishda ishtirok etadigan chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari; kirish punkti — shaxslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan dastlabki o‘tkazish punkti; qo‘shma naryad — shaxslar, transport vositalari va tovarlarni birgalikda nazorat qilishga jalb etiladigan davlat nazorati organlari vakillaridan iborat tarkibdagi naryad; nazorat tartib-taomillari — davlat nazorati organlari tomonidan Davlat chegarasi orqali o‘tadigan shaxslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — tovarlar va (yoki) transport vositalari Davlat chegarasi orqali o‘tishida (olib o‘tilishida) qonun hujjatlariga muvofiq talab etiladigan hujjatlar; sanitariya-karantin nazorati — o‘tkazish punktlarida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan Davlat chegarasi orqali kelgan shaxslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar; texnologik sxema — chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish ketma-ketligini, shu jumladan, shaxslar, transport vositalari va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish tartibini, ularning o‘tkazish punkti hududida harakatlanishi tartibini, tovarlar va transport vositalarini saqlash, transport vositalarini kuzatib borish tartibini, nazoratda foydalaniladigan shaxsiy tarkibni, maxsus texnika vositalari va xizmat hayvonlaridan foydalanish tartibini, shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasidan o‘tkazishda ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi tartibini belgilaydigan hujjat; tovar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi; transport vositasi — tovarlar va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita. Transport vositasi har qanday suv kemasi, havo kemasi, avtotransport vositasi, temir yo‘l transport vositasini (temir yo‘lda harakatlanadigan tarkib, temir yo‘lda harakatlanadigan tarkibning bir qismi) yoki konteynerni, shuningdek, ularning konstruksiyasiga muvofiq texnik pasport yoki texnik ma’lumotlarda nazarda tutilgan ehtiyot qismlar, anjomlar va uskunalar, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilg‘i-moylash materiallarini sovutuvchi va boshqa texnik suyuqliklarni, agar ular ushbu transport vositalari bilan birga tashilayotgan bo‘lsa, o‘z ichiga oladi; Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat; o‘tkazish punkti ma’muriyati — ushbu o‘tkazish punkti biriktirilgan aeroport (aerodrom), daryo bandargohi, temir yo‘l stansiyasi, avtomobil (piyodalar) o‘tkazish punkti rahbariyati; o‘tkazish punkti — xalqaro aloqalar uchun ochiq bo‘lgan chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil yo‘llari, daryo portlari, aeroportlar (aerodromlar)ning hududi (hududining bir qismi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urug‘lik, ekish materiali, hayvonot va o‘simliklarning boshqa mahsulotlarining chegara, bojxona va nazoratning boshqa turlari amalga oshiriladigan hamda o‘tkaziladigan maxsus jihozlangan boshqa joy; o‘tkazish punkti rejimi — o‘tkazish punktlari orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarning kirishi, chiqib ketishi va olib o‘tilishi, shuningdek, uning hududida ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar; fitosanitariya nazorati — o‘tkazish punktida karantin ostidagi mahsulot va O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini tekshirishda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspektori tomonidan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar; chiqish punkti — shaxslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, chegara va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan oxirgi o‘tkazish punkti; chegara nazorati — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara nazorati bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — chegara nazorati bo‘linmalari) tomonidan Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish, Davlat chegarasini va o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish holatlarining oldini olish maqsadida Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar; ekologik nazorat — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi; chegara ko‘rigi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan transport vositalari va tovarlarda nazoratdan yashiringan shaxslar yoki Davlat chegarasi orqali olib o‘tish taqiqlangan tovarlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar majmui. 3. Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi. Bunda agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan o‘tkazilmaydi. Muayyan tur va shakldagi nazoratdan ozod etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi. 4. O‘tkazish punktida davlat nazorati organlari shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hududiy organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar. Har bir o‘tkazish punktida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishning texnologik sxemasi davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari va (yoki) o‘tkazish punkti ma’muriyati rahbarlari tomonidan kelishilgan holda joriy etiladi. Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda qurol-yarog‘, texnika, nazorat-texnika vositalari, muhandislik inshootlari, xizmat itlari, shuningdek, inson hayoti va salomatligi, hayvonlar, o‘simliklar uchun xavfsiz hamda tovarlar va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan dezinfeksiya vositalaridan foydalanish mumkin. 5. Davlat chegarasini kesib o‘tishda “Qizil kitob”ga kiritilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish taqiqlangan o‘simlik hamda hayvonot dunyosi obyektlari, ularning qismlari, hosilalari, yashash faoliyati mahsulotlari, botanik va zoologik kolleksiyalar davlat ekologik nazoratidan o‘tkaziladi. Davlat ekologik nazorati obyektlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish, shuningdek, uning hududi orqali tranzit olib o‘tishga qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. 6. Bojxona organlari xodimlari tomonidan Davlat chegarasi orqali o‘tadigan shaxslarning avtotransport vositalari, tovarlar, qo‘l yuki hamda bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida ekologik nazorat obyektlari aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari jalb qilinadi. Ekologik nazorat me’yor va qoidalari buzilishi aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari qoidabuzarlik holatini rasmiylashtirish va hujjatlashtirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni amalga oshiradi hamda obyektni olib qo‘yish, utilizatsiya qilish yoki boshqa turdagi harakatlarni qo‘llash choralarini ko‘radi. 7. O‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari davlat nazorati organlarining o‘zaro hamkorligida amalga oshiriladi. O‘tkazish punktlarida davlat nazorati organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishga bojxona organi boshlig‘i va chegara nazorati bo‘linmasining rahbari mas’ul hisoblanadi. 8. Quyidagilar davlat nazorati organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi: shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishda birgalikda harakat qilish tartibi va usullarini belgilash; o‘tkazish punktlarida yoki ularga kirish joylarida shaxslar va transport vositalari tirbandligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; Davlat chegarasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish, chegara va bojxona qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va uning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish; o‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni imkon qadar qisqa muddatlarda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazish hamda tashqi savdoning rivojlanishiga ko‘maklashish; o‘tkazish punktlarida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish texnologiyalarini takomillashtirish va optimallashtirish; davlat nazorati organlarining o‘tkazish punktlarida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda kelishilgan holda harakat qilishga doim tayyor turish; Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish bo‘yicha davlat nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish. 9. Shaxslar, transport vositalari va tovarlar Davlat chegarasi orqali O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beradigan amaldagi hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 10. Alohida hollarda, hujjatlarsiz, bekor qilingan yoki muddati o‘tgan hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining ruxsati bilan Davlat chegarasi orqali o‘tkaziladi. 11. Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda, navbatsiz o‘tkaziladi: O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar, og‘ir bemorlar, homilador va nogironligi bo‘lgan shaxslar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari; xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari; tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va boshqa materiallar; tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo‘lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib o‘tiladigan transport vositalari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli yozma topshirig‘iga muvofiq shaxslar, transport vositalari va tovarlar; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar; O‘zbekiston Respublikasining oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar. Shaxslar, transport vositalari va tovarlar zarur hollarda chegara nazorati bo‘linmasi rahbari hamda bojxona organi boshlig‘ining o‘zaro kelishuviga asosan ustuvor tartibda o‘tkazilishi mumkin. 12. Davlat chegarasi orqali o‘tuvchi shaxslar davlat nazorati organi xodimlarining talabiga binoan zarur hujjatlar, bagaj, qo‘l yuki, valyuta qimmatliklarini nazorat va tekshiruvdan o‘tkazish uchun taqdim etadi, nazorat va tekshiruvni o‘tkazishga ko‘maklashadi. 13. Jismoniy shaxslarga o‘tkazish punktida quyidagilar taqiqlanadi: chegara nazorati bo‘linmasi rahbari va (yoki) bojxona organi boshlig‘ining ruxsatisiz foto va videoga suratga olish; davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa vositalardan foydalanish; davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan, ularga biron-bir moddiy qimmatliklarni taklif etish; davlat nazorati organlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka, har qanday ko‘rinishda omma oldida da’vat etish, ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirmalar tarqatish yo‘li bilan davlat nazorati organlarining o‘z qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, davlat nazorati organlarining huquqbuzarliklarni to‘xtatish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik; o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish; o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib o‘tish). 14. Chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organlari yo‘lovchilarni temir yo‘l yoki aviatsiya transportida xalqaro tashishni amalga oshiradigan yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan yo‘lovchilar va ularning bagaji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan oladi. Samarali bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida, temir yo‘l transportida tashuvni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar tashilayotgan tashqi savdo yuklari ortilgan temir yo‘l tarkibidagi vagon va konteynerlarning ichki hududlardagi harakati, ular turgan temir yo‘l stansiyasi to‘g‘risida elektron ma’lumotlarni bojxona organiga real vaqt rejimida mavjud axborot tizimi orqali bepul asoslarda taqdim etib boradi. 15. Xalqaro yo‘nalishlar uchun ochilgan avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va aviatsiya o‘tkazish punktlarida yo‘lovchilar va ularning yuklari, bagajlari bojxona nazorati va tekshiruvidan, qoidaga ko‘ra, ikki yo‘lakli tizimni belgilangan tartibda qo‘llash orqali o‘tkaziladi. O‘tkazish punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar va avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan sektorlar va chet el fuqarolarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan sektorlarga ajratilishi mumkin va bu o‘tkazish punktining texnologik sxemasida ko‘rsatiladi. 16. Identifikatsiya vositalari (plombalar, muhrlar va boshqalar) buzilganligi va (yoki) ularga shikast yetganligi yoki Davlat chegarasini buzib o‘tuvchi shaxs kontrabanda predmetlarini yoxud noqonuniy olib ketilayotgan tovarlarni yashirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi belgilar aniqlanganda, bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning qarori asosida transport vositasi va (yoki) tovar bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi. 17. O‘tkazish punkti orqali olib o‘tilayotgan barcha transport vositalari va tovarlar bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. 18. Transport vositalari va tovarlar texnika xavfsizligiga rioya etilgan holda, tashuvchi vakili yoki tovarga vakolatli shaxs yoxud transport vositasi haydovchisi (havo, daryo kemasi ekipaji, poyezd brigadasining a’zosi) ishtirokida chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi hamda ular qo‘shma naryadning talabiga ko‘ra ko‘zdan kechirish qiyin bo‘lgan barcha joylarni ko‘rsatishi shart. 19. O‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlar asossiz ushlab turilishiga, shuningdek, ularga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 20. Davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida huquqbuzarliklar aniqlanganda, ushbu huquqbuzarliklar izini va obyektlarni saqlash, ushbu holatlarga dahldor shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi lozim. 21. Huquqbuzarlar va huquqbuzarliklar sodir etilishiga dahldor boshqa shaxslar ma’muriy yo‘l bilan ushlab turiladi, shuningdek, zarur ashyoviy dalillar olib qo‘yiladi, so‘ngra tegishliligi bo‘yicha chegara nazorati bo‘linmasi yoki bojxona yoxud ichki ishlar organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish uchun olib kelinadi. 22. Davlat nazorati organlari xodimlariga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi. 23. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari profilaktika maqsadida emlashlarni o‘tkazishni talab qiladigan mamlakatlarga chiqishda ularda sanitariya-karantin bo‘linmasi xodimlari tomonidan vaksinatsiya va revaksinatsiya to‘g‘risidagi xalqaro guvohnomalar mavjudligi tekshiriladi. 24. Davlat chegarasi orqali piyoda o‘tadigan shaxslar va yo‘lovchilar o‘tkazish punktlarida chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan o‘tkazish punktining imkoniyatlariga muvofiq texnologik sxemada belgilangan miqdorda navbatma-navbat o‘tkaziladi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Avtotransport vositalari o‘tkazish punkti hududiga chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan bojxona organi bilan kelishilgan miqdorlarda mavjud imkoniyat va sharoitdan kelib chiqqan holda kiritiladi. 25. Davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari asosida amalga oshiriladi. Bunda, o‘tkazish punktiga avtotransport vositasi kirishi va chiqishi vaqtlari, ularning har biri davlat nazorati organlari tomonidan tegishli nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilishi elektron tizimga belgi qo‘yish orqali qayd etib boriladi. 26. Elektron tizim mavjud bo‘lmaganda yoxud unda texnik nosozlik holatlari yuzaga kelganda, o‘tkazish punktida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi “Yagona qayd varaqasi”dan foydalaniladi. Texnik nosozlik bartaraf etilganidan so‘ng bir kunlik muddatda “Yagona qayd varaqasi”ga kiritilgan belgilar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga majburiy tartibda kiritiladi. Tovarlar va avtotransport vositalari Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya va (yoki) veterinariya obyekti bo‘lmasa, bojxona organi xodimi “Yagona qayd varaqasi”ning fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati kataklariga diagonal chiziq chizib, shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi. “Yagona qayd varaqasi” chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan o‘tkazish punktiga kirishda haydovchiga beriladi va undan chiqishda davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi nazorat qilinadi. Uning asl nusxasi rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan e’tiboran bir yil davomida chegara nazorati bo‘linmasida saqlanadi. 27. Yuk avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimi hamda navbatlarni boshqarish elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Bojxona postlari orqali kesib o‘tish vaqti to‘g‘risidagi har oylik statistik ma’lumot har bir bojxona posti kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 28. O‘tkazish punktiga bevosita tutash hududda bojxona terminali mavjud bo‘lgan hollarda tovar va avtotransport vositalarining bojxona, fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratlari ushbu hududda amalga oshiriladi. Bunda, tovar va avtotransport vositalari o‘tkazish punkti hududida bojxona nazoratidan soddalashtirilgan tartibda o‘tkaziladi. 29. O‘tkazish punktida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti ularning turi, o‘tkazish punktining texnik holatidan kelib chiqqan holda texnologik sxemada belgilanadi, biroq ushbu ko‘rsatkich quyidagi muddatlardan ortiq bo‘lmagan holda belgilanishi lozim: yengil avtotransport vositalari 15 daqiqa; yuk avtotransport vositalari 30 daqiqa. Bunda, avtotransport vositalarining o‘tkazish punktidagi har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan o‘tkazilishi vaqti (daqiqalarda) mazkur Nizomning 2-3-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi. 30. Avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish vaqti quyidagi hollarda belgilangan vaqt me’yorlaridan ortiq bo‘lishi mumkin: avtotransport vositalari va (yoki) tovarlar chegara va (yoki) bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda; haydovchi va (yoki) avtotransport vositasi yoki tovarlarni Davlat chegarasi orqali olib o‘tish yoxud tashish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda; bojxona organlariga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali, shu jumladan, tranzit shartlarida o‘tkaziladigan avtotransport vositalari va tovarlar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasi oldindan taqdim qilinmagan hollarda; o‘tkazish punktlarida to‘lanishi belgilangan yig‘imlar yoki to‘lovlar to‘lanmagan hollarda; o‘tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganda; favqulotda holatlarda. Biroq, ushbu bandda keltirib o‘tilgan holatlarda avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish vaqti 72 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Ushbu vaqt o‘tgandan so‘ng, bojxona organi tomonidan avtotransport vositasining respublikaga kirishi hal etiladi yoxud chegara nazorati tomonidan bojxona organi bilan kelishilgan holda ortiga qaytariladi. 31. O‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan shaxslar, avtotransport vositalari va tovarlar ustidan samarali nazoratni o‘rnatish maqsadida chegara va bojxona organlari o‘zaro elektron axborot almashadi. Bunda, davlat nazorati organlari tomonidan bir-birini takrorlovchi nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish taqiqlanadi. Davlat nazorati organlarining axborot almashinuvi elektron tizim orqali amalga oshiriladi. 32. Avtotransport vositasi bojxona ko‘zdan kechiruvi va (yoki) bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi jarayonida chegara nazoratidan yashiringan shaxslar aniqlanganda, qonuniy choralar ko‘rish uchun bojxona organi chegara nazorati bo‘linmasiga xabar beradi. 33. Ushbu Nizomning 16-17-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda bojxona organi tomonidan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda yoki xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasida Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq tegishli yozuvlar qayd etiladi. 34. O‘tkazish punktlarida bojxona organlari sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati faoliyatini muvofiqlashtiradi, jumladan: xizmatga kelib-ketishini; o‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan shaxslar orasida tushuntirish ishlari tashkil etilishini; nazorat-texnik vositalarining belgilangan talablar asosida saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishini. 35. Shaxslar, yo‘lovchilar va ularning qo‘l yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlar mavjudligi tekshiriladi; b) sanitariya-karantin bo‘linmasi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi; v) Davlat chegarasi orqali piyoda o‘tadigan shaxslar qo‘l yuki bilan birga nazorat tartib-taomillaridan o‘tish uchun zalga yo‘naltiriladi; g) bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini ham amalga oshiradi: fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi to‘g‘risida so‘rash; fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini so‘rash; qo‘l yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati obyektlari mavjudligini nazorat texnik vositalari yordamida ko‘zdan kechirish. Shaxslar yoki yo‘lovchilarning qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organi tomonidan fitosanitariya hamda veterinariya nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun tegishli davlat nazorat organi jalb qilinadi. Ushbu holatda bojxona organining talabiga asosan fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari bojxona nazorati jarayonida ishtirok etadi. Tovarlarga nisbatan ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va (yoki) ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud bo‘lgan tovarlar tashqi ko‘rinishidagi mavjud alomatlariga ko‘ra fitosanitariya yoki veterinariya talablariga javob bermagan hollarda, ushbu tovarlar bojxona chegarasidan o‘tkazilishiga ruxsat berilmaydi va tegishli nazorat organi tomonidan respublika ichki hududiga kiritilmasdan qaytarib yuboriladi. Tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaxs hisobidan amalga oshiriladi. Bojxona chegarasidan olib kirilishiga ruxsat berilmagan tovarlarni ortiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, ular shu joyda tegishliligi bo‘yicha fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun olib qo‘yiladi. Bojxona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijasiga asosan, fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkazish punkti orqali o‘tkazadi. 36. Tovarlar va avtotransport vositalari nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining harakatlanuvchi qismiga veterinariya-sanitariya jihatidan ishlov berilganidan so‘ng, chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan haydovchining Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi; b) avtotransport vositasi o‘tkazish punkti hududiga o‘tkaziladi va ko‘zdan kechirish maydonchasiga qo‘yiladi; v) haydovchi chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi; g) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bojxona organiga rasmiylashtiruvni amalga oshirish uchun avtotransport vositasi va (yoki) tovarga tegishli hujjatlarni qog‘oz yoki elektron tarzda taqdim etadi; d) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxsni, tovarlar va avtotransport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini amalga oshiradi: haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxsda fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi to‘g‘risida so‘rash; fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini so‘rash; haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxsning qo‘l yuki va bagajini nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazoratidagi tovarlarni aniqlash; tovar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya yoxud veterinariya obyekti bo‘lsa, ularni nazoratdan o‘tkazish jarayonida bojxona organi xodimi tegishli davlat nazorati organi xodimini jalb qiladi; fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari nazorat tartib-taomillarini amalga oshiradi va elektron tizimga belgilangan tartibda belgilar qo‘yadi; bojxona organi xodimi tegishli davlat nazorat organi xodimining belgisiga asosan tovarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish yoki ortiga qaytarib yuborish masalasini hal etadi; tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaxs hisobidan amalga oshiriladi; agar tovarlarni ortiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, ular shu joyda fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha ushlab turiladi; e) qo‘shma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojxona nazoratidan yashiringan shaxslar va tovarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yo‘qligi so‘raladi. Shundan so‘ng avtotransport vositasi qo‘shma naryad tomonidan ko‘rikdan (bojxona maqsadlari uchun bojxona ko‘zdan kechiruvidan) o‘tkaziladi; yo) avtotransport vositasi va unda tashilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgandan so‘ng, qog‘oz shakldagi kuzatuv hujjatlariga va (yoki) elektron tizimda bojxona organining tegishli belgilari qo‘yiladi; j) barcha turdagi nazorat ishlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, maxsus ajratilgan joydagi yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan birga avtotransport vositasiga chiqarish uchun chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan kuzatib boriladi. Davlat chegarasidan piyoda o‘tayotgan shaxslar o‘tkazish punktidan texnologik sxemaga muvofiq belgilangan yo‘nalish bo‘yicha chiqariladi. Avtotransport vositasining o‘tkazish punkti hududidan chiqishiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi ma’lumotlari va ko‘rsatmasi asosida yoxud mazkur Nizomning 26-bandida keltirilgan holatlarda chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan “Yagona qayd varaqchasi”da davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi tekshirilganidan so‘ng ruxsat beriladi. 37. Avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun tijorat bankining shahobchasi tomonidan va (yoki) to‘lovlarni amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, pul mablag‘larini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari yordamida, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, belgilangan to‘lov va yig‘imlar qabul qilinadi. 38. Chegara va bojxona nazorati jarayonida yoki undan so‘ng haydovchi, shaxs, yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishdan bosh tortgan hollarda, ushbu shaxs, haydovchi, yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun nazorat tartib-taomillaridan takroran o‘tkaziladi. Tovar yoki avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki uning hududi bo‘ylab tranzit harakatlanishdan bosh tortilgan hollarda, ushbu tovar yoki avtotransport vositasi qonun hujjatlariga muvofiq chegaradosh mamlakat hududiga qaytarib yuboriladi. 39. Shaxslar, yo‘lovchilar va ularning qo‘l yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan shaxslarning Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi; b) Davlat chegarasi orqali piyoda o‘tadigan shaxslar va yo‘lovchilar qo‘l yuki hamda bagaji bilan birga nazorat tartib-taomillaridan o‘tish uchun zalga o‘tkaziladi; v) Davlat chegarasidan piyoda o‘tayotgan shaxslar nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilganidan so‘ng, o‘tkazish punktidan texnologik sxemaga muvofiq belgilangan yo‘nalish bo‘yicha chiqariladi, yo‘lovchilar esa maxsus ajratilgan joyga o‘tadi. 40. Tovarlar va avtotransport vositalari nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) avtotransport vositasi o‘tkazish punkti hududiga o‘tkaziladi va ko‘zdan kechirish maydonchasiga qo‘yiladi; b) haydovchi bojxona nazoratidan o‘tkaziladi; v) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bojxona organiga rasmiylashtiruvni amalga oshirish uchun avtotransport vositasi va (yoki) tovarga tegishli hujjatlarni qog‘oz yoki elektron tarzda taqdim etadi; g) tovar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya yoxud veterinariya obyekti bo‘lsa, ularni nazoratdan o‘tkazish jarayonida bojxona organi xodimi tegishli davlat nazorati organi xodimini jalb qiladi; fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari nazorat tartib-taomillarini amalga oshiradi va elektron tizimga belgilangan tartibda belgilar qo‘yadi; d) qo‘shma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojxona nazoratidan yashiringan shaxslar va tovarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yo‘qligi so‘raladi. Shundan so‘ng avtotransport vositasi qo‘shma naryad tomonidan ko‘rikdan (bojxona maqsadlari uchun bojxona ko‘zdan kechiruvidan) o‘tkaziladi; e) avtotransport vositasi va unda tashilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgandan so‘ng, qog‘oz shakldagi kuzatuv hujjatlariga va (yoki) elektron tizimda bojxona organining tegishli belgilari qo‘yiladi va shundan so‘ng haydovchi chegara (pasport) nazoratidan o‘tadi; yo) barcha turdagi nazorat ishlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, maxsus ajratilgan joydagi yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan birga avtotransport vositasiga chiqarish uchun chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan kuzatib boriladi; j) avtotransport vositasining o‘tkazish punkti hududidan chiqishiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi ma’lumotlari va ko‘rsatmasi asosida yoxud mazkur Nizomning 26-bandida keltirilgan holatlarda chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan “Yagona qayd varaqchasi”da davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi tekshirilganidan so‘ng ruxsat beriladi. 41. Chegara va bojxona nazorati jarayonida yoki undan so‘ng shaxs O‘zbekiston Respublikasidan chiqishdan bosh tortgan hollarda, u O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib kiritiladi, uning chiqish haqida qo‘yilgan belgilari bekor qilinadi va undirilgan yig‘imlar qaytarib berilmaydi. Tovar yoki avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishdan bosh tortilgan hollarda ushbu tovar yoki avtotransport vositasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarib kiritiladi. 42. Chegara nazorati bo‘linmasining rahbari poyezd kelishidan oldin o‘tkazish punktida rejim tashkil qiladi. Davlat nazorati organlari temir yo‘l tarkibining kelishi va ketishi to‘g‘risidagi axborotni stansiya bo‘yicha navbatchidan (dispetcherdan) oladi. 43. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va bagaji hamda poyezd brigadasi a’zolari qo‘shma naryad tomonidan o‘tkazish punktida, ayrim hollarda esa harakatlanish yo‘nalishida nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi. Yuk vagonlari va konteynerlarda tashiladigan tovar hamda transport vositalari bojxona organlari joylashgan temir yo‘l stansiyalarida rasmiylashtiriladi. 44. Nazorat tartib-taomillari poyezdlar harakatlanishi jadvalida nazarda tutilgan to‘xtab turish vaqti davomida amalga oshiriladi. Temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati davlat nazorati organlariga poyezdlar harakatlanishi jadvalidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida oldindan xabar beradi. Yuk tashish poyezdining to‘xtab turish vaqti chegara nazorati bo‘linmalari va bojxona organlari tomonidan temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati bilan birgalikda belgilanadi. O‘tkazish punktlarida yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarini tekshirish tartibi hamda davomiyligi yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qilishning hududiy temir yo‘l bo‘linmalari va davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari bilan kelishilgan texnologik sxema asosida belgilanadi. Ayrim hollarda, chegara yoki bojxona nazorati bo‘linmalarining buyurtmanomalari bo‘yicha tarkiblarni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazish va poyezdlarni to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganda, poyezdning to‘xtab turish vaqti yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish texnologik sxemaga binoan belgilangan vaqtdan ko‘proqqa uzaytirilishi mumkin. 45. Nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetgandan so‘ng, chegara nazorati bo‘linmasining rahbari poyezdni jo‘natish masalasini davlat nazorati boshqa organlarining rahbarlari bilan kelishadi hamda temir yo‘l stansiyasi ma’muriyatiga poyezdni o‘tkazish punkti hududidan jo‘natish uchun ruxsat beradi. 46. Chegara va bojxona nazorati nihoyasiga yetkazilgach ichki ishlar organlari xodimlariga temir yo‘l tarkibini kuzatib borishni davom ettirishga, yo‘lda jamoat tartibini saqlashga, yo‘lovchilarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlashga ruxsat etiladi. 47. Chegara nazorati bo‘linmasi rahbari chegaradosh davlatning chegara stansiyasidan temir yo‘l tarkibining harakatlanishi va kelish vaqti to‘g‘risida stansiya navbatchisidan (dispetcheridan) axborot oladi. 48. Temir yo‘l tarkibi Davlat chegarasini kesib o‘tishda chegara naryadi so‘roviga asosan stansiya navbatchisi (dispetcheri) tomonidan unga chiqishi uchun to‘xtatiladi va naryad tarkibni o‘tkazish punktigacha kuzatib boradi. Davlat chegarasi liniyasida to‘xtash joyi va to‘xtab turish vaqti chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan temir yo‘l ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi. 49. Yo‘lovchilar, odatda, vagonlar, lokomotivlar, temir yo‘l vokzali binosida yoki buning uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi. 50. Poyezdlardan yo‘lovchilar tushirilmaydigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: qo‘shma naryad ichki ishlar organlari bilan birgalikda o‘tkazish punktida zarur rejim cheklovlari bajarilishini ta’minlaydi; chegara nazorati bo‘linmasi, bojxona organi va sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari temir yo‘l tarkibiga yuboriladi va tekshiruvni amalga oshiradi. Vagonlar kuzatuvchilari sanitariya-karantin bo‘linmalari xodimlariga o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilinayotgan yo‘lovchilar borligi hamda ularning soni haqida axborot beradi. Yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirish, vagonni ichki va tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, pochta-bagaj vagonini ko‘zdan kechirish, shuningdek, lokomotivni ko‘rikdan o‘tkazish texnologik sxemaga muvofiq amalga oshiriladi; qo‘shma naryad vagonda nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishni boshlashdan avval vagon kuzatuvchisidan yo‘lovchilar kupeda o‘z joylarini egallashini va hujjatlari, qo‘l yuklari hamda bagajini tekshirishga tayyorlashini, ko‘rish cheklangan sharoitda esa vagondagi qo‘shimcha yoritish chiroqlarini yoqishni talab qiladi (kamida 80 lyuks); yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagaji quyidagi ketma-ketlikda nazoratdan o‘tkaziladi: sanitariya-karantin nazorati; chegara nazorati; bojxona nazorati; fitosanitariya va veterinariya nazorati. 51. Yo‘lovchilar poyezddan tushiriladigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari, odatda, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yo‘lovchilarni kutib oladigan chegara naryadi yo‘lovchilarni perronda kutib turadi va zarur rejim cheklovlari bajarilishini ta’minlaydi; mashinistlar brigadasi qo‘shma naryad tomonidan lokomotiv kabinasida chegara nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi; bojxona naryadi tovarning pochta-bagaj vagonidan tushirilishi va pochta-bagaj bo‘limiga olib borilishini nazorat qiladi; yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan hamda tovarlar poyezddan tushirilgach, transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma naryad tarkibni yuk hamda yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish texnologik sxemasiga muvofiq maxsus ajratilgan joylarda tashqi hamda ichki tomondan ko‘rikdan o‘tkazadi; yo‘lovchilar ularni kutib oladigan qo‘shma naryad kuzatuvi ostida temir yo‘l vokzalining tegishli zaliga boradi; yo‘lovchilar sanitariya-karantin nazoratidan o‘tgandan so‘ng, chegara nazorati liniyasiga o‘tadi. O‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan bemor yo‘lovchilar aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshiriladi; yo‘lovchilar chegara nazoratidan o‘tish paytida qo‘shma naryad yo‘lovchilar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va begona shaxslarning hujjatlarni tekshirish liniyasi orqali noqonuniy o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kuzatib turadi; yo‘lovchilar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tish paytida veterinariya va fitosanitariya nazoratidan ham o‘tkaziladi; barcha turdagi nazorat tadbirlari tugagandan so‘ng, yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan vokzal binosidan chiqadi; vokzal zali bo‘yicha navbatchi o‘tkazish punktiga begona shaxslar, shu jumladan, kutib oluvchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yo‘lovchilarning vokzal binosidan chiqishini nazorat qiladi; chegara va bojxona nazorati nihoyasiga yetganidan so‘ng yo‘lovchilar, perron va vokzal zali qo‘shma naryad tomonidan begona buyumlar va predmetlarni aniqlash uchun ko‘zdan kechiriladi. 52. Yuk tashuvchi temir yo‘l tarkibi alohida ishlab chiqilgan texnologik sxema bo‘yicha davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi. 53. Yo‘lovchilar poyezdga chiqariladigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: chegara va bojxona nazorati bo‘linmalari poyezdning poyezdlar harakatlanishi jadvalida belgilangan jo‘nab ketish vaqtidan 3 soat oldin chegara va bojxona nazorati liniyasiga o‘tadi, vokzal zalini ko‘zdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish o‘rinlari va maxsus texnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi; yo‘lovchilar nazoratdan va zal bo‘yicha navbatchilar tomonidan chiptalar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng veterinariya va fitosanitariya nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi hamda chegara nazoratidan o‘tkaziladi, poyezd kelguniga qadar kutish zaliga yuboriladi; chegara naryadi chegara nazorati liniyasida yo‘lovchilar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va begona shaxslarning nazorat liniyasidan noqonuniy o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kuzatib turadi; zal bo‘yicha navbatchi ro‘yxatdan o‘tkazish tugagandan so‘ng ro‘yxatga olingan yo‘lovchilar haqida chegara naryadiga axborot beradi; chet elga chiquvchi shaxslarning hujjatini tekshirish poyezd jo‘nab ketishiga 15 daqiqa qolganda, temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘lovchilarning barchasi poyezdga chiqarilgandan so‘ng yakunlanadi; transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma naryad jo‘nab ketadigan temir yo‘l tarkibini tashqi va ichki tomondan ko‘rikdan o‘tkazadi; poyezd ko‘rikdan o‘tkazilgach, chegara nazorati bo‘linmasining rahbari bojxona organi boshlig‘i bilan kelishgan holda vokzal binosida bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazoratidan o‘tgan yo‘lovchilarga poyezdga chiqish, shuningdek, tovarlarni yuklashga ruxsat beradi; ro‘yxatdan, nazorat tartib-taomillaridan o‘tmagan yo‘lovchilarning poyezdga chiqishiga ruxsat etilmaydi; poyezd brigadasi a’zolari texnologik sxemaga muvofiq temir yo‘l tarkibi tashkil etiladigan joyda turgan vagonlarda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi; yo‘lovchilar vagonlarga chiqarilgach, chegara nazorati bo‘linmasining rahbari bojxona organi boshlig‘i va navbatchi dispetcher bilan kelishgan holda o‘tkazish punkti hududidan poyezdning jo‘nashiga ruxsat beradi; chegara naryadi poyezdning o‘tkazish punkti hududidan jo‘nab ketishini nazorat qiladi. 54. Yo‘lovchilar poyezdga chiqarilmaydigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: chet elga jo‘nab ketayotgan temir yo‘l tarkibining o‘tkazish punktiga kelishidan 20 daqiqa oldin stansiya bo‘yicha navbatchi (dispetcher) chegara nazorati, bojxona xizmati bo‘linmalari va ichki ishlar organlariga tegishli axborotni yetkazadi va ular perronga borib hududni ko‘zdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish o‘rinlari va maxsus texnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi; o‘tkazish punktiga poyezdda kelgan yo‘lovchilar bevosita poyezd vagonlarida nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi; temir yo‘l tarkibining pochta-bagaj vagoni qo‘shma naryad tomonidan ko‘zdan kechiriladi; nazorat tartib-taomillari tugaganidan so‘ng chegara nazorati bo‘linmasining rahbari bojxona organi boshlig‘i va stansiya bo‘yicha navbatchi (dispetcher) bilan kelishgan holda o‘tkazish punkti hududidan poyezdning jo‘nashiga ruxsat beradi; chegara naryadi temir yo‘l tarkibining o‘tkazish punktidan jo‘nab ketishini nazorat qiladi. 55. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan (aerodromlaridan) uchadigan va qo‘nadigan barcha havo kemalari hamda harbiy-transport aviatsiyasi chegara, bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan fuqaro aviatsiyasi havo kemalari epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha sanitariya-karantin nazoratidan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining jangovar samolyotlari va vertolyotlari chegara nazoratidan o‘tkazilmaydi. 56. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va bagaji aeroport binosidagi kirish (chiqish) punktida, ayrim hollarda esa parvozlarning kunlik rejasi hamda ular bo‘yicha keladigan aniq ma’lumotlar va qo‘shimchalar asosida chegara nazorati bo‘linmasi rahbari va bojxona organi boshlig‘ining o‘zaro kelishuviga ko‘ra havo kemasining bortida (bort ostida) chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Bagaj va tovarlar havo kemasi borib qo‘nadigan aeroportda (yo‘lovchining aviachiptasiga yoki tovarning avia yuk xatiga ko‘ra) yoki ortib jo‘natiladigan aeroportda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi. Ekipaj a’zolari, odatda, aeroport binosida, ayrim hollarda havo kemasi bortida (bort ostida) nazoratdan o‘tkaziladi. Ekipaj a’zolari o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspektori tomonidan fitosanitariya nazoratidan ham o‘tkaziladi. 57. Havo kemasi yo‘lovchilar undan tushgandan so‘ng kirish punktida yoki yo‘lovchilar unga chiqishidan avval chiqish punktida qo‘shma naryad tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi. 58. O‘zbekiston Respublikasi hududiga havo kemalarida bir qancha oraliq qo‘nishlardan so‘ng kelgan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagaji havo kemasi borib qo‘nadigan aeroportda (yo‘lovchilarning aviachiptalariga yoki tovarlarning avia yuk xatiga ko‘ra) chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi hamda rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga bir qancha oraliq qo‘nishlardan so‘ng keladigan havo kemalari, texnik qo‘nishni amalga oshiradigan havo kemalaridan tashqari, yo‘lovchilar, bagaj va tovarlar tushirilgandan so‘ng oxirgi punktda ekipaj a’zolaridan birining ishtirokida ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasidan bir qancha oraliq qo‘nishlarni amalga oshiradigan havo kemalarida chiqib ketadigan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagaji, shuningdek, tovarlar jo‘natiladigan aeroportda (yo‘lovchilarning aviachiptalariga yoki tovarlarning avia yuk xatiga ko‘ra) nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasidan bir qancha oraliq qo‘nishlarni amalga oshiradigan havo kemalari, texnik qo‘nishni amalga oshiradigan havo kemalari bundan mustasno, ularga yo‘lovchilar chiqqunicha, bagaj va tovarlar ortilgunicha dastlabki punktda ekipaj a’zolaridan birining ishtirokida ko‘rikdan o‘tkaziladi. 59. Chet elga ketadigan yo‘lovchilarni havo kemasiga chiqarish va chet eldan keladigan yo‘lovchilarni havo kemasidan tushirish chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsati bilan, chet eldan kelishda esa qo‘shimcha ravishda sanitariya-karantin bo‘linmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 60. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan va jadvalga ko‘ra chegara aeroportlarida tijorat qo‘nishlarni bajaradigan havo kemalarida ichki respublika avialiniyalari yo‘lovchilarini tashishga ruxsat etilmaydi. 61. Yo‘lovchilarni havo kemasidan aeroport binosigacha va ortga avtobusda tashishda qo‘shma naryad yo‘lovchilar avtobusga chiqqunicha va undan tushganda so‘ng begona shaxslar hamda predmetlarni aniqlash maqsadida avtobusni ko‘zdan kechiradi. 62. Chegara naryadlarining bojxona organlari va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmatlar bilan o‘zaro hamkorligi parvozlar texnologik sxemasi va rejalariga muvofiq chegara nazorati bo‘linmasining rahbari tomonidan tashkil etiladi. 63. Bemor yo‘lovchilarning tibbiyot xodimi tomonidan kuzatib borilishi, ularni yukchi (yuk ortuvchi va tushiruvchi ishchi) va zaruratga ko‘ra nogironlik aravachalari bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlar texnologik sxemaga muvofiq aeroport ma’muriyati tomonidan ko‘rsatiladi. 64. O‘tkazish punktlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati o‘tkazilganda fitosanitariya va veterinariya nazorati tegishli davlat nazorati organlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining qo‘l yuki hamda bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini amalga oshiradi: fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi to‘g‘risida so‘rash; fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini so‘rash; qo‘l yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati obyektlari mavjudligini nazorat texnik vositalari yordamida ko‘zdan kechirish. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organi tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun tegishli davlat nazorati organi jalb qilinadi. Ushbu holatda bojxona organining talabiga asosan fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari bojxona nazorati jarayonida ishtirok etadi. Tovarlarga nisbatan ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va (yoki) ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud bo‘lgan tovarlar tashqi ko‘rinishidagi mavjud alomatlariga ko‘ra fitosanitariya yoki veterinariya talablariga javob bermagan hollarda, ushbu tovarlar bojxona chegarasidan o‘tkazilishiga ruxsat berilmaydi. Tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaxs hisobidan amalga oshiriladi. Bojxona chegarasidan olib o‘tishga ruxsat berilmagan tovarlarni ortiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, ular shu joyda tegishliligi bo‘yicha fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun olib qo‘yiladi. Bojxona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijasiga asosan fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkazish punkti orqali o‘tkazadi. 65. Chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organi aeroport dispetcheridan havo kemasi uchishi to‘g‘risida uning belgilangan manzilga borib qo‘nishi uchun hisoblangan vaqt va undagi yo‘lovchilar soni hamda boshqa yuklar miqdori, bemorlar, deportatsiya qilingan yo‘lovchilar bor-yo‘qligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborotni oladi. Tashishlarni tashkil etish xizmati (keyingi o‘rinlarda TTX deb ataladi) dispetcheri bir vaqtning o‘zida ushbu axborotni boshqa manfaatdor xizmatlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘limi xodimlariga havo kemasi kelishidan bir soat oldin yetkazadi. VIP (SIP) zali xodimlari davlat nazorati organlariga VIP (SIP) zali orqali xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lovchilar borligi to‘g‘risida oldindan ma’lum qiladi. 66. Havo kemasi qo‘nishidan 10 daqiqa avval chegara nazorati bo‘linmasi havo kemalari turadigan tegishli joyda, shuningdek, davlat nazorati boshqa organlarining xodimlari bilan birgalikda aeroportning yo‘lovchilar o‘tishi yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro sektorida zarur rejimni o‘rnatadi. 67. Havo kemasi ajratilgan joyga kelib to‘xtagach, chegara nazorati bo‘linmasi rahbari sanitariya-karantin nazorati, bojxona organi va aeroport TTX xodimi bilan kelishgan holda havo kemasidan yo‘lovchilarning tushishiga, shuningdek, bagaj va yuklarni tushirishga ruxsat beradi. Chegara nazorati bo‘linmasi bojxona organi bilan birgalikda videokuzatuv tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‘lovchilarni, shu jumladan, havo kemasini yer usti texnik xizmatiga topshirishda ishtirok etmaydigan ekipaj a’zolari va ularning bagaji aeroport binosiga yetkazilishini nazorat qiladi. Bojxona organi tovarlarni tushirish va ularning aeroport (aerodrom) omboriga yetkazilishini nazorat qiladi. 68. Qo‘shma naryad kelib qo‘ngan havo kemasini aviatexnik yoki ekipaj a’zosi ishtirokida ko‘zdan kechiradi, ekipaj a’zolarining qo‘l yuki va bagaji tushirilishini nazorat qiladi, ushbu Nizomning 96-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 69. Havo kemasida kelgan yo‘lovchilar rasmiylashtirish zaliga o‘tadi va bu erda quyidagi nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi: sanitariya-karantin nazorati; chegara (pasport) nazorati; bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi); fitosanitariya nazorati; veterinariya nazorati. Bunda, chegara naryadi kelgan yo‘lovchilarning rasmiylashtirish zaliga texnologik sxemaga ko‘ra belgilangan yo‘nalish bo‘yicha o‘tishini nazorat qiladi. 70. O‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan yo‘lovchilar aniqlanganda, epidemiyaga qarshi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 71. Yo‘lovchilar chegara (pasport) nazoratidan o‘tkazilayotganda ularning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini beradigan hujjatlari tekshiriladi. TTX vakili vizasiz kelgan chet el fuqarolariga viza bilan bog‘liq rasmiyatchiliklarni bajarish uchun konsullik bo‘limi xodimiga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lum qiladi. Viza berish rad etilganda yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonunchilikka muvofiq kirish taqiqlangan holatlarda, chegara nazorati bo‘linmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqida tuzilgan dalolatnoma asosida TTX xodimlari yo‘lovchining qaytib ketishini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining vizalari chet el fuqarolari orasidan ayrim yo‘lovchilarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan holatlarda bunday yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 72. Kirish taqiqlangan shaxslarni havo kemasining uchishini kutish vaqtida oziq-ovqat bilan ta’minlash chegara nazorati bo‘linmasi xodimining buyurtmanomasi bo‘yicha aeroport ma’muriyati tomonidan tashkil etiladi. 73. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat organlari chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan deportatsiya qilinishini (chiqarib yuborish) tashkil etish bilan shug‘ullanadi. 74. Tashuvchi deportatsiya qilingan shaxslarni quyidagi hollarda tashishni rad etish huquqiga ega: deportatsiya to‘g‘risida qaror nusxasi bo‘lmaganda: so‘nggi manzilgacha aviachipta bo‘lmaganda; tegishli ravishda rasmiylashtirilgan harakatlanish hujjatlari bo‘lmaganda; deportatsiya qilinadigan shaxs parvozlar xavfsizligiga xavf tug‘dirsa. 75. Chegara nazoratidan o‘tib, o‘z bagajini olgan yo‘lovchilar bojxona nazorati zonasiga o‘tadi. Bojxona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijasiga asosan fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkazish punkti orqali o‘tkazadi. 76. Yo‘lovchilar bagajini olib bojxona nazorati liniyasiga kelgandan so‘ng, ularni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishning umumiy vaqti yo‘lovchilar sonidan qat’iy nazar, bir soatdan oshmasligi lozim, bundan bojxona qonun hujjatlari buzilishlari aniqlangan holatlar mustasno. 77. Davlat nazoratining har bir organi tegishli turdagi nazorat tugagach o‘zlari mas’ul bo‘lgan zonadagi yo‘lovchilar o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha zallar va binolarni begona shaxslar, buyumlar va predmetlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun ko‘zdan kechiradi. 78. Chegara nazorati bo‘linmasi, bojxona organi va davlat nazorati boshqa organlari rahbarlariga havo kemasi uchib ketishidan 3 soat avval aeroport dispetcheri ovozni kuchaytirish aloqasi orqali havo kemasining uchib ketish, ro‘yxatdan o‘tkazishning boshlanishi, yo‘lovchilar soni va toifasi, havo kemasining turi haqida ma’lum qiladi. 79. Qo‘shma naryad havo kemasining turiga qarab yo‘lovchi tashish havo kemasi uchib ketishidan 1-2,5 soat (yuk tashuvchi havo kemasi — 45 daqiqa) qolganda tegishli turish joyiga keladi va bu erda zarur rejimni o‘rnatadi. 80. Aeroport TTX dispetcheri ro‘yxatdan o‘tkazish tugagach chegara, bojxona va aviatsiya xavfsizligini tekshirish xizmatlariga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘lovchilar haqida ma’lum qiladi va ularning sonini solishtirib chiqadi. 81. Bojxona organi xodimlari xalqaro reyslarda parvoz qiladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni havo kemasining e’lon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi. 82. Chegara nazorati bo‘linmasi ketuvchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni havo kemasi ketishidan 3 soat avval boshlaydi va 30 daqiqa qolganda yakunlaydi. 83. Chegara nazorati bo‘linmasi yoki bojxona organi xodimlari yo‘lovchini (yo‘lovchilarni) parvozdan chetlashtirganda yoki buning uchun sabab yuzaga kelganda (vaziyat aniqlanguniga qadar), ular ushbu yo‘lovchi (yo‘lovchilar) haqidagi ma’lumotlarni uning bagaji bor-yo‘qligini aniqlash hamda uni reysdan tushirib qolish uchun TTX agentiga zudlik bilan xabar beradi. 84. Aviatsiya xavfsizligini tekshirish xizmati (keyingi o‘rinlarda AXTX deb ataladi) xodimlari xalqaro reyslarda parvoz qiladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni havo kemasining e’lon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi. 85. Yo‘lovchilar rasmiylashtirishdan quyidagi tartibda o‘tadi: aviachipta, qo‘l yuki va bagajni ro‘yxatga olish; bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi); fitosanitariya va veterinariya nazorati; chegara (pasport) nazorati; aviatsiya xavfsizligini tekshirish. 86. Nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetgandan so‘ng yo‘lovchilar kutish zaliga o‘tkaziladi va havo kemasiga chiqqunicha shu erda bo‘ladi. Ro‘yxatdan, bojxona va chegara nazoratidan, shuningdek, aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan o‘tkazilmagan yo‘lovchilarning parvoz qilishiga ruxsat etilmaydi. 87. Chegara nazorati bo‘linmasi bojxona organi, aviatsiya xavfsizligi xizmatining nazoratchisi bilan birgalikda uchib ketadigan havo kemasini aviatexnik yoki ekipaj a’zosining ishtirokida ko‘zdan kechiradi hamda bortga oziq-ovqat, ekipajning qolgan a’zolari qo‘l yuki va bagaji yuklanishini nazorat qiladi. 88. TTX dispetcheri havo kemasining uchib ketishidan 50 daqiqa avval chegara nazorati bo‘linmasidan havo kemasi bortida nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetkazilgani to‘g‘risida axborot oladi va TTX agentlari bilan birgalikda yo‘lovchilar avtobuslarga chiqarilishi, ularning samolyotga kuzatib borilishi va bagajning AXTX, chegara nazorati va bojxona organi xodimlari nazoratida yuklanishini tashkil etadi. 89. Havo kemasi ko‘zdan kechirilib, barcha yer usti xizmatlari ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng, chegara naryadi bu haqida aeroport dispetcheriga xabar qiladi va AXTX, bojxona organi bilan kelishgan holda havo kemasiga ekipaj a’zolari, yo‘lovchilar chiqarilishi hamda bagajni yuklashga ruxsat beradi. Bagaj va paketlashtirish vositalari AXTX, chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organi xodimi ishtirokida yuklanadi va parvoz
216
63,304
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 1 YILLIGI BAYRAM QILINIShI MUNOSABATI BILAN RESPUBLIKANING IJODKOR VA TIBBIYOT XODIMLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida va ularning O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shgan hissasini e’tiborga olib: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” 1990-yil 13-noyabrida chiqargan Farmonining quyidagi qismlari respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga xam tatbiq etilsin: ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va xonalar shaxsiy mulk qilib bepul topshirilsin; yer uchastkalari va yakka tartibdagi qurilishga sotib olish uchun binokorlik materiallar birinchi navbatda ajratib berilsin. Ushbu Farmon 1-bandining amal qilishi mehnat faoliyatining mazkur sohalarida kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yuqorida aytib o‘tilgan toifadagi xodimlar jumlasiga kiruvchi nafaqaxo‘rlarga ham tatbiq etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlasin. 3. Ushbu Farmon 1992-yilning 1-avgustidan kuchga kiradi.
149
1,316
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
218
747
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, inv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘ztadbirkoreksport” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ yoki “O‘rta Osiyo Trans” AJ tomonidan ustav jamg‘armasida tashkilotlar ulushi tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda yetkazib berilishi mumkin”. 7. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining o‘rinbosarlari lavozimlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 6-oktabrdagi 212-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 413-modda): a) qarorning nomidagi “tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining o‘rinbosarlari” so‘zlari “tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-banddagi “tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining o‘rinbosarlari” so‘zlari “tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 8. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilova 4-pozitsiyasining “Kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlari) ustunidagi “kompaniyalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarorini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-martdagi 73-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 12-son, 131-modda): a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “mas’uliyati cheklangan jamiyat” so‘zlari “aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovadagi “MChJ” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
250
4,415
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN BIRJADAN TAShQARI BITIMLARNING HISOB REGISTRI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) 11-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlari (tomoni)ning xohish-istaklarini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatning barcha nusxalariga ro‘yxatga oluvchi yoki ro‘yxatga oluvchi filialining qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega bo‘lgan vakolatli xodimi, ro‘yxatga oluvchi yoki ro‘yxatga oluvchi filialining qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risida qayd etadigan ro‘yxatga olish (hisobga olish) shtampi bosmasini qo‘yib chiqadi, qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri bo‘yicha tartib raqamini ko‘rsatadi va ro‘yxatga oluvchining asosiy muhri yoki ro‘yxatga oluvchi filialining muhri bilan tasdiqlanadigan imzosini qo‘yadi”. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
121
1,951
Qonunchilik
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasini belgilash to‘g‘risida
Budjet mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob fondi mablag‘lari hisobiga umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni xarid qilishda narxlar asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob fondi mablag‘lari hisobiga umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyotlari deb ataladi) nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasi mahsulotning prognozlashtirilgan ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 15 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilansin. Rentabellik zarur foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar summasi va sof foyda) o‘quv adabiyotlariga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘quv adabiyotlariga rentabellikning cheklangan darajasi qo‘llanilishining to‘g‘riligi ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatsin. 3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan belgilangan rentabellikning cheklangan darajasi oshirilishi holatlari aniqlanganda Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qo‘llaniladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda o‘quv adabiyotlarini nashr etish (qayta nashr etish) bo‘yicha tender savdolariga nashriyotlar va matbaa korxonalarini keng jalb etsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi 2015-yilda ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash natijalari bo‘yicha hamda nashriyotlar va matbaa korxonalarining takliflarini hisobga olib, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘quv adabiyotlariga narx belgilash mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
215
2,915
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. Ta’kidlab o‘tilsinki, 2007-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 71,4 mlrd so‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,7 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligi va maqbulligi oshirilishini, qat’iy pul-kredit siyosati o‘tkazilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, samarali investitsiya siyosati o‘tkazilishini, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilish tadbirlari hamda budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirishga oid boshqa tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin, bunda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori tegishli mintaqalar bo‘yicha budjetga to‘lovlar to‘liq tushishini, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash zarurligiga qaratilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
1,820
Qonunchilik
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ijrosidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida agrar soha uchun xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, bu borada yetakchi xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish maqsadida: 1. Qishloq xo‘jaligi vazirligining Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Royal Agriculture University, keyingi o‘rinlarda — hamkor universitet) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin. 2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: a) Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi: agrar sohani rivojlantirish, jahon tendensiyalarini va tajribasini aks ettirishga moslashgan “ilmga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan (science-based, practice-oriented) ta’lim” tamoyili asosida va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlash; ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, agrotexnologiya va ekologik barqarorlik amaliyotlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida biznes va operativ samaradorlikni ishlab chiqishni qamrab oladigan ilmiy tadqiqotlar olib borish; qishloq xo‘jaligi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda o‘quv tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish; b) Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Universitet Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan ta’sis etiladigan to‘liq akademik va moliyaviy mustaqil bo‘lgan davlat ishtirokidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi; Universitet O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaraqlari, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi; Universitet tomonidan beriladigan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi; Universitetda ta’lim grant va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; Universitet jalb etilgan xorijiy mutaxassislar, mahalliy xodimlarning ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini mustaqil belgilaydi; Universitet rektori Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bunda, Universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘rsatiladi. 4. Universitetga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlarida belgilangan akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqillikka oid tartib-taomillar tatbiq qilinadi. 5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Universitetda davlat muassasasi shaklidagi xo‘jalik hisobidan moliyalashtiriladigan Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat va xususiy sektorda faoliyat yurituvchi soha vakillari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va mutaxassislarini xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; mahalliy qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy va professional ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy salohiyatni yuksaltirishga hissa qo‘shish, jumladan, tadqiqotchilar uchun zamonaviy tadqiqotlar olib borish va nufuzli jurnallarda maqolalar chop etishni qo‘llab-quvvatlovchi o‘quv kurslari tashkil etish; xalqaro tendensiyalarni hisobga olgan holda manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini aniqlash uchun doimiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2022-yil yakuniga qadar Universitetda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan talabalar, magistrant va ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida startap-loyihalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasasi shaklidagi “Agro Innovation Incubator” markazini tashkil etsin. 7. Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining Kuzatuv kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning vakolatlari etib quyidagilar belgilansin: Universitetga talabalarni qabul qilish parametrlarini, Universitetdagi ta’lim shakli, turi va tilini belgilash; Universitetda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini, shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha doktorantura ixtisosliklarini ochish; Universitet rahbariyati va xodimlari hamda professor-o‘qituvchilarini ishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, ularning faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash; xorijiy va mahalliy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan talabalarning akademik mobilligini ta’minlash hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish; Universitetni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli strategik rejalarini tasdiqlash; bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasini va o‘qish uchun to‘lov miqdorini belgilash; Universitetning o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish; Universitetning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 8. Universitet faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi sohasi uchun budjet ko‘magi dasturidan 6 mln AQSh dollari miqdoridagi va Jahon bankining 11 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari; talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik, ilmiy faoliyat va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va muassislar mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 10. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev): a) bir oy muddatda Universitet ustavining tasdiqlanishi va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. Bunda: xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘ysin; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etsin; Universitetning vaqtinchalik binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasini ishlab chiqsin, o‘rnatilgan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazsin hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan binoda ta’mirlash-qurilish ishlarini tashkillashtirsin; zarur bo‘lgan o‘quv, ilmiy laboratoriyalar, o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini shakllantirsin va xaridini tashkil etish choralarini ko‘rsin; Universitetni tashkil etish davrida uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy, yuridik, iqtisodiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etishda ko‘maklashsin; b) uch oy muddatda: Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi sohasi uchun budjet ko‘magi dasturidan 300 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan Universitet professor-o‘qituvchilarini qisqa muddatli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida bitimlarni imzolasin; soha mutaxassislarini, shuningdek, fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini tasdiqlasin; Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; v) Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin va uning faoliyatini 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘ysin; g) 2024/2025 o‘quv yiliga qadar xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan yetakchi loyiha va pudratchi kompaniyalarni jalb etgan holda Universitet yangi o‘quv kampusi qurilishini ta’minlasin. 12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitet ilmiy salohiyatini oshirish uchun belgilangan tartibda ixtisoslashgan ilmiy kengash tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda, ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zolarining 50 foizi xalqaro hamkorlar va xorijiy vatandoshlar orasidan tanlanadi. 13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Universitetni Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirsin. Yangi bino qurilgunga qadar Universitetga Toshkent davlat agrar universitetining sport majmuasi, talabalar turar joyi hamda o‘quv laboratoriyalaridan vaqtincha foydalanishga ruxsat berilsin. 14. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan Universitetga taklif qilinadigan chet ellik professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda hududlarda Universitet faoliyati va 2022/2023 o‘quv yili uchun qabulni samarali tashkil etish maqsadida targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin. 16. “El-yurt umidi” jamg‘armasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) bilan birgalikda Universitetning mahalliy professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalarini “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va o‘qishga yuborish choralarini ko‘rsin. 17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida agrar soha uchun xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 18. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A.Xodjayev belgilansin. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
84
12,168
Qonunchilik
AJ oʻz aksiyalarini yangi qoidalar boʻyicha joylashtiradi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga (26.04.1996 yildagi 223–I-son) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilishini tartibga soluvchi modda yangi tahrirda bayon etildi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalar faqat uning ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida joylashtirilishi yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoхud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan boʻlishi kerak. Ustav fondini koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bunda jamiyat ustavida koʻrsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak. Ustav fondini koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. UFni uning oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. UF koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan boʻlsa, ustav fondini koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Jamiyat aksiyalarining 50%i va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaхs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50%idan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishlari borasidagi taklifini 30 kun ichida e’lon qilishi shart. Mazkur muddat ichida aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni sotishi toʻgʻrisidagi yozma roziligi olingan taqdirda, jamiyatning 50%i va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart. Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga UFdagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 2/3 qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
57
3,524
Qonunchilik
Har bir tuman va shaharda madaniyat markazi boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2019 yildagi 263-son qarori bilan Madaniyat markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharlarda ham aholi soni 7 mingdan ortiq boʻlganda madaniyat markazlari tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi madaniy хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilash va aholining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtishini ta’minlashdan iborat. Markazlarda 33 yoʻnalishda toʻgaraklar, 9 ta studiya, 6 ta kurs, 8 ta qiziquvchilar klublari, 7 ta badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish nazarda tutilgan. 2020 yil 1 yanvardan ularning faoliyati samaradorligini aniq baholash uchun onlayn-tizim joriy etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2019 yildan kuchga kirdi.
51
816
Qonunchilik
Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ishsizlarni va vaqtincha band bo‘lmagan aholini, shu jumladan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: grant yordami ajratish to‘g‘risida 2014-yil 5-avgustdagi Hadli bitimga muvofiq Koreya Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga “Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish va O‘zbekistonda kasbga o‘qitish salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting loyihasi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) uchun 8,5 mln AQSh dollari miqdorida grant (keyingi o‘rinlarda grant deb ataladi) berishi; loyiha doirasida Shahrisabz shahrida 60 o‘rinli yotoqxonasi bilan quvvati 240 o‘quvchi o‘rniga teng bo‘lgan Kasb-hunarga o‘qitish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi), tashkil etilishi nazarda tutilganligi; Markazni (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) tashkil etish uchun Shahrisabz shahridagi sobiq “Hujum” fabrikasining ma’muriy va ishlab chiqarish binolari ajratilganligi, qurilish uchun yer uchastkasini tayyorlash ta’minlanganligi va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi; grant mablag‘lari hisobiga chetdan olib kelinadigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, shu jumladan avtotransport vositalari, ishlar (xizmatlar)ning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari), shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi; loyihani amalga oshirish doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi ofisi (keyingi o‘rinlarda KOICAning O‘zbekistondagi ofisi deb ataladi) obyekt qurilishining buyurtmachisi hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, Markaz davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va bevosita Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga bo‘ysunadi, umumiy o‘quv-metodik rahbarlik esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi. 3. Quyidagilar: Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; 4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: ishsizlarni va vaqtincha band bo‘lmagan aholini, shu jumladan kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘qitish muddati 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bepul kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish: metallga ishlov berish va chilangarlik (payvandlovchilar, chilangarlar va metallga ishlov berish mutaxassislari), elektr va elektronika (elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturalarni ta’mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari), axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash), yigiruv ishlab chiqarishi texnologiyasi (yigiruv-to‘quv uskunasi operatori va boshqalar) va tikuv jarayoni texnologiyalari (keng assortimentdagi tayyor kiyimlar konstruktorlari, tikuv uskunasi operatorlari va boshqalar); mehnat organlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha — xodimlarni, har yili o‘qitiladiganlar sonining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda, O‘zbekiston mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga to‘lov asosida qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish. 5. Belgilansinki, Markazning ta’minoti, ishsizlarni va vaqtincha band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek import qilinadigan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni va avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 6. Belgilab qo‘yilsinki: Markazning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi; belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan o‘quvchilarga bevosita Markazda bepul o‘qigan davrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga stipendiya to‘lanadi; tashkilotlar o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlaydigan haq to‘lanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining: Markazning o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi mablag‘laridan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash to‘g‘risidagi; pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Markazni rivojlantirish jamg‘armasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda Markaz ustavini hamda Markaz ishida qo‘llanadigan zarur o‘quv-metodik dasturlar va materiallar; Markazni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, qisqa muddatli o‘qitish bo‘yicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining belgilangan pedagogik va o‘quv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga grantga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish yuklansin. 10. Qashqadaryo viloyati hokimligi: “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda Markaz qurilishi uchun ajratilgan maydonda joylashgan eski elektr transformatorini quvvati kamida 1000 kVA bo‘lgan yangisiga almashtirilishini hamda quvvati aynan shunday bo‘lgan zaxira transformatori o‘rnatilishini; obyektga tutash hududni obodonlashtirishni (asfaltlash, piyodalar uchun yo‘laklar tashkil etish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqalar), shuningdek kommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazilishini (elektr, isitish tizimi, ichimlik suv, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) ta’minlasin. 11. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ loyiha doirasida Markazning qurilishi va jihozlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yo‘l stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining to‘lov undirilmasdan bajarilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalari berilishini konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasiga loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
153
8,953
Qonunchilik
Mashina-traktor parklari eksperiment ishtirokchisiga aylanadi
Prezidentning 30.05.2018 yildagi «Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga meхanizatsiya va servis хizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi, deb хabar beradi OʻzA. 2018 yilning 1 oktyabriga qadar “Avtosanoat Agroteхservis” MChJ va “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirishni amalga oshirish  rejalashtirilayotir. Bu taomil qanday boʻlishi Hukumat qarori chiqqandan keyin aniq boʻladi, u ikki oy muddatda ishlab chiqiladi. 2018 yil 1 iyuldan boshlab “Oʻzagroservis” AJ “Oʻzagroteхsanoatхolding” AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektroteхnika, mudofaa, paхtani qayta ishlash sanoatini, yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi. 2018 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilar orqali mashina-traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash boʻyicha eksperiment  (keyingi oʻrinlarda – eksperiment) oʻtkazish boshlanadi: Eksperimentda ishtirok etuvchi tashkilotlarga quyidagilarni ta’minlash tavsiya etildi: Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 yanvarga qadar oʻtkazilgan eksperiment natijalari boʻyicha mashina-traktor parklarini boshqarishni tashkil etishning eng samarali shaklini qoʻllash boʻyicha asoslangan taklif ishlab chiqadi. 2018 yil 1 iyuldan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga meхanizatsiya va servis хizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishga ruхsat beriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin. Oleg Gayevoy.
61
1,847
Qonunchilik
Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman: 1. Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar neft sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi. 2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar. 6. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 10. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak. 11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak. 15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 16. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. 17. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur. 18. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 19. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart. 20. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir. 21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim. 22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart. 23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 24. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2132, 2010-yil 13-avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. 26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi; yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish; xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno. 27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur. 28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 30. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart. 31. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 32. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak. 33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur: ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi; xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi; texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi; jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi. 34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim. 35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur. 36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. 37. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar. 39. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi. 40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim: havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi; ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi; yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi. 42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim. 43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim. 44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak. 45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur. 46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 47. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak. 48. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur. 49. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. 50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 51. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 54. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur. 55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak. 57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur. 58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur. 60. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u erdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 62. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur. 63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish; tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish. 65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak. 66. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. 68. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur. 69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak. 70. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak. 71. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 72. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur. 73. Ichimlik suvi O‘zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak. 74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 76. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. 77. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. 78. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. 81. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur. 83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak. 84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim. 85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur. 86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur. 88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak. 90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim. 91. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 92. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak. 93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 94. Burg‘quduqlarni burg‘ulashdagi ishlarning xavfsiz bajarilishini maxsus burg‘ulash brigadalari amalga oshirishi kerak. 95. Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin (kamida 50 m qolganda) korxonadagi maxsus komissiya neft favvoralarining ro‘y berishini va bartaraf etishning oldini oluvchi harbiylashgan otryad xodimlari ishtirokida burg‘quduq holatini o‘rganib chiqishi hamda uning tayyorligi haqida dalolatnoma tuzishlari lozim. 96. Ochiq favvoraga sabab bo‘ladigan xatolik (kamchilik)lar aniqlanganda ular bartaraf etilmaguncha ish bajarishni to‘xtatib turish zarur. 97. Eritma (gil) qorgichda eritma tayyorlashda ko‘pik hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 98. Burg‘ulash jarayonida burg‘quduqdan chiqayotgan eritmaning harorati va boshqa parametrlarni muntazam ravishda o‘lchab turish lozim. 99. Burg‘ulash olib borilayotgan hudud doimiy ravishda uglevodorodli eritma mahsulotlaridan tozalanib turilishi kerak. 100. Gazsimon agentlarni qo‘llab burg‘ulaganda, burg‘quduq og‘zini germetiklovchi zichlagich qurilma elementlari ishga yaroqli bo‘lishi hamda suyuqlik, shlam, chang va gazni ish maydonchasiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 101. Burg‘quduq og‘ziga ulangan tashlama quvuro‘tkazgich shamol esayotgan tomonga teskari qaratilgan bo‘lishi zarur. 102. Mazkur quvuro‘tkazgichning uzunligi kamida 100 m bo‘lishi kerak. 103. Qatlamdagi gaz burg‘ulash quvurlariga kirib qolishining oldini olish uchun burg‘ulash quvurlari kolonnasiga teskari klapan o‘rnatish zarur. 104. Ushbu klapanning holatini har safar burg‘ulash quvurlarini burg‘quduqqa tushirishdan oldin tekshirish kerak. 105. Teskari klapan nosozligi tufayli qatlam gazi burg‘ulash quvurlari orqali ishchi maydonga tushganda (quvurlarni tushirish yoki ko‘tarish paytida) hodisa holatiga ko‘ra, eritmani burg‘ulash quvurlariga qayta haydash kerak. 106. Gazsimon agentlarni qo‘llab ishlaganda preventorlarning germetikligi va ishonchliligini, har safar quvurlarni tushirish yoki ko‘tarish davomida (har smenada kamida bir marta) tekshirib, natijalarini vaxta jurnaliga qayd qilib borish lozim. 107. Burg‘ulashni boshlashdan oldin, burg‘quduq og‘zini germetiklovchi qurilmani gazsimon agentni burg‘quduqqa salt holatda puflash yo‘li bilan mustahkamligini tekshirish zarur. Bunda nosozliklar aniqlanganda mazkur zichlagich elementni almashtirish kerak. 108. Gazsimon agentlarni qo‘llab burg‘ulaganda, gaz namoyon bo‘lishi holatlarida ish maydonida va gaz paydo bo‘lgan joylardagi havoni gaz tahlillagich yordamida tekshirib turish zarur. Burg‘quduqdan chiqayotgan eritma tarkibida gaz borligini ham uzluksiz ravishda tahlil qilib borish kerak. 109. O‘rnatilgan gaztahlillagich apparat burg‘ulovchiga yaxshi ko‘rinib turishi lozim. 110. Ish maydonchasida tabiiy gaz miqdori alangalanish chegarasining 20 foizini tashkil etuvchi darajada bo‘lganda burg‘ulash ishlarini to‘xtatib, gaz sizib chiqishi bartaraf etilishi zarur. 111. Gaz sizib chiqqanda uning ovozi (pishillashi) va hidi, sovun ko‘pigi hamda ko‘chma gaztahlillagichlar yordamida aniqlanishi zarur. Mazkur joylarni ochiq olov (mash’ala) yordamida aniqlash taqiqlanadi. 112. Ish joyidagi havo tarkibini nazorat qilish uchun burg‘ulash joyiga turg‘un (statsionar) yoki ko‘chma gaztahlillagichlar o‘rnatilishi kerak. 113. Ish joyidagi havo tarkibidagi gazni muntazam nazorat qilish zarur. Bunda uning davriyligi mahsuldor qatlamni ochish yoki burg‘ulashda har smenada kamida bir marta, burg‘quduqda gaz namoyon bo‘lganda esa, har ikki soatda kamida bir marta nazorat qilinishi lozim. 114. Burg‘ulash eritmalari sirkulatsiyasining har bir siklidan so‘ng tozalash qurilmalarini tekshirish, ularni suv yordamida shlam va boshqa chiqindilardan tozalash zarur. 115. Burg‘quduq og‘zida yoki boshqa to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda alangalanish konsentratsiyasining quyi chegarasidan 20 foiz yuqori miqdorda gaz yig‘ilib qolgan bo‘lsa, burg‘ulash ishlarini bajarish taqiqlanishi lozim. 116. Burg‘ulash qurilmasi hududida yong‘in sodir bo‘lganda uni suv ta’minoti tizimiga ulangan quvurlar yordamida o‘chirilishi zarur. Bunda suv ta’minoti tizimiga ulangan tsisternaning sig‘imi kamida 2 m3 bo‘lishi lozim. 117. Kon-geofizika ishlarini o‘tkazishdan oldin elektr uskunalardagi izolatsiyaning sozligini, burg‘ulash qurilmasidagi yoki burg‘quduqdagi ertutashtirgich qurilmasining sozligini tekshirish lozim. 118. Laboratoriya va karotaj stansiyasi ko‘targichining metall kuzovi ish maydoniga o‘rnatilishi va burg‘quduqdagi ishlar to‘liq to‘xtatilgandan keyin erga tutashtirilishi kerak. 119. Karotaj va gazkarotaj stansiyasining kuzovida ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. 120. Momaqaldiroq paytida hamda burg‘quduqdan gaz chiqayotgan yoki burg‘quduqqa eritma yutilayotganda kon-geofizika ishlarini o‘tkazish taqiqlanishi zarur. 121. Ish joylarini yoritish va isitishda faqat karotaj va gaz karotaj stansiyalari uchun tuzilgan loyihada nazarda tutilgan asboblardan foydalanish lozim. 122. Karotaj va gaz karotaj stansiyalari va laboratoriyalarda yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan moddalarni ochiq idishlarda saqlash taqiqlanadi. 123. Transport vositalarida joylashgan karotaj stansiyasi tutun chiqarish quvurlariga uchqun o‘chirgichlar o‘rnatilishi kerak. 124. Karotaj va gaz karotaj stansiyalari va laboratoriyalari o‘rnatilgan transport vositalarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalariga muvofiq birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 125. Burg‘quduqlarida kon-geofizika ishlarini o‘tkazishda zulfinlar, quvurlar, flanetslar va armaturalar hamda geofizik uskunalarni isitishda ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. 126. Karotaj ishlarini o‘tkazishda gaz namoyon bo‘lishi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa, navbatchi operator darhol burg‘ulash brigadasiga xabar berishi, gaz otilib chiqqanda esa, karotaj stansiyasini xavfsiz joyga olib chiqishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur. 127. Ortiqcha bosim ostida ishlab turgan burg‘quduqlarda geofizik tadqiqotlarni o‘tkazishda o‘zini-o‘zi zichlovchi salnikli lubrikator yordamida bajarish kerak. Bunda salnikli lubrikatorni burg‘quduqning yuqori qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimdan kam bo‘lmagan bosim ostida sinalgan bo‘lishi lozim. 128. Uglevorod yuqori bosim bilan oqib chiqayotgan burg‘quduqlardagi lebyodka (chig‘ir) va uning qismlari nosoz bo‘lsa geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish taqiqlanishi zarur. 129. Radioaktiv moddalarni yonuvchi va portlash xavfi mavjud bo‘lgan boshqa moddalar bilan birga saqlash taqiqlanadi. 130. Qatlam sinagichlari bilan ishlarni bajarishda geofizika korxonasi hamda buyurtmachi korxona tomonidan tasdiqlangan reja asosida bajariladi. 131. Burg‘quduqni sinashda burg‘ulash uskunalarini ta’mirlash hamda elektrpayvandlash va boshqa olovli ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi. 132. Burg‘quduqdan gaz va neft yuqori bosimda oqib chiqishi kutilayotganda, burg‘ulash joyida harbiylashgan qism vakillari ishtirok etishi hamda preventorning biror tarmog‘iga ulangan sementlash agregati bo‘lishi zarur. 133. Burg‘quduqni pakerlash va qatlam mahsuldorligini tadqiq qilish ishlari faqat kunning yorug‘ vaqtida o‘tkazilishi kerak. 134. Burg‘quduq debitini o‘lchashda qatlamdan chiqayotgan flyuidni yig‘ib olish uchun ombor yoki rezervuar burg‘quduqdan kamida 100 m masofada joylashgan bo‘lishi lozim. 135. Sinov paytida olingan namunalarni tashishda, ularning to‘kilishini oldini olish kerak. 136. Ishlatish kolonnasini perforatsiya qilishdan oldin burg‘quduq atrofidagi rezervuarlar quduqdan chiqadigan mahsulotni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak. 137. Ochiq ariqlar orqali umumiy omborga va tutqichlarga neft oqimini chiqarib yuborish taqiqlanadi. 138. Burg‘quduqlarda perforatsiya ishlarini bajarishdan oldin buyurtmachi korxonaning geologini hamda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini ogohlantirish zarur. 139. Burg‘quduqlarda perforatsiyani o‘tkazishdan oldin otqinga qarshi uskunalarni tekshirilishi, favvora armaturasi bosim ostida germetiklikka sinalishi lozim. 140. Burg‘quduqni ishlatishda favvora armaturasining ishchi bosimi quduqning yuqori qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimga mos kelishi kerak. 141. Favvorali burg‘quduqni o‘zlashtirishda nasos-kompressor quvurlarini tushirish va ko‘tarishni faqat quvurcha va buraladigan zulfin mavjudligida bajarilishi lozim. 142. Burg‘quduqqa quvurlarni tushirish yoki ko‘tarishda neft va gaz namoyon bo‘lganda hamda kechki paytda avariya yoritqichlari o‘chib qolganda, quduq og‘ziga zudlik bilan avariya zulfinini o‘rnatish va barcha ishlarni to‘xtatish lozim. Uzoq vaqtga to‘xtatilganda burg‘quduq og‘zini berkitish zarur. 143. Kolonnani tushirish-ko‘tarish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda uning flanetsiga uchqundan xavfsiz materialdan yasalgan voronka o‘rnatish lozim. 144. Burg‘quduqni ko‘chma agregatlar yordamida o‘zlashtirish va berkitishda ishchi manifoldga zarur miqdordagi agregatlarni ulash imkoni nazarda tutilishi kerak. 145. Favvorali burg‘quduqni o‘zlashtirish vaqtida tanaffus yoki to‘xtalishlar bo‘lganda, favvora armaturasidagi markaziy zulfin va krestovinadagi zulfinlarni berkitish zarur. 146. Gazli va gazkondensatli quduqlarni svablab o‘zlashtirish taqiqlanadi. 147. Favvorali burg‘quduqni svablashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish zarur: agregatni boshqarish pultini himoyalash uchun qurilgan ayvonchaning yonadigan konstruksiyalariga olovdan himoyalovchi moddani shimdirib olish (ushbu modda bilan ishlov berish); ko‘chma ko‘targich lebedkani burg‘quduq og‘zidan kamida 25 m masofada o‘rnatish. 148. Burg‘quduqni svablash faqat favvora armaturasi o‘rnatilgandan keyin amalga oshiriladi. 149. Favvorali burg‘quduqni svablab o‘zlashtirishda burg‘quduq og‘zidan kamida 10 m masofada favvora armaturasiga shturval o‘rnatish va uni shchit bilan himoyalash zarur. 150. Burg‘quduqda svablash ishlari olib borilayotganda, boshqa ishlarni to‘xtatish lozim. 151. Favvora alomatlari sezilganda, burg‘quduqdan zudlik bilan svabni ko‘tarib chiqarish kerak. 152. Burg‘quduqni ko‘pik yordamida o‘zlashtirishda faqat olovdan xavfsiz va zaharli bo‘lmagan sirtfaol moddalarning suvli eritmalaridan foydalanish kerak. 153. Burg‘quduqni kechki vaqtda o‘zlashtirishda ish joylari belgilangan yoritish me’yorlariga muvofiq yoritilishi lozim. Burg‘quduq og‘ziga yaqin joylardagi yoritqichlar portlashdan himoyalangan bo‘lishi zarur. 154. Sinalgan barcha burg‘quduqlar og‘zi zichlangan va tegishli armaturalar bilan jihozlanishi kerak. 155. Burg‘quduqdan chiqayotgan neft va gazdan kompressorni himoyalash maqsadida burg‘quduq yaqinidagi gaz-havo taqsimlagich budkasi tarmog‘iga teskari klapan o‘rnatish lozim. 156. Ko‘chma kompressorlarning ichki yonuv dvigatellaridagi tutun chiqaruvchi quvurlari ovoz va uchqunso‘ndirgichlar bilan jihozlanishi zarur. 157. Nasoslar yordamida ishlatiladigan burg‘quduqlarning og‘zi zichlovchi armatura bilan jihozlanishi kerak. 158. Tebranma dastgoh ishlayotganda uzatmalar tasmasi salt holatida shkivni aylantirmay o‘tishining oldini olish uchun tasmaning tarang tortilganligiga e’tibor berib turish zarur. 159. Burg‘quduqqa markazdan qochma elektr nasoslarni tushirish uchun elektr uskunalar joylashtiriladigan budka yonmaydigan materialdan yasalishi kerak. 160. Boshqarish stansiyalari va avtotransformatorlarni har qanday kuchlanishdagi elektr tarmoqlari tagiga o‘rnatish taqiqlanadi. 161. Burg‘quduqqa elektr nasosni tushirishdan oldin uning kabelini elevator ta’siridan saqlash maqsadida flanetsga himoyalash moslamasini o‘rnatish zarur. 162. Burg‘quduq og‘zi yaqinida joylashgan kabelli barabanning elektr uzatmasini boshqarish tugmachasi portlashdan himoyalanib yasalgan bo‘lishi lozim. 163. Burg‘quduq og‘zidagi kabel o‘tadigan joy zichlangan osma shayba bilan jihozlanishi kerak. 164. Burg‘quduqni sinashda unga olib boradigan barcha yo‘llarda chekish va olov yoqishni taqiqlovchi postlar va ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi lozim. 165. Burg‘quduqda puflash va o‘lchashlar o‘tkazilayotganda burg‘ulash qurilmasining dvigateli, quduq yaqinidagi barcha transport vositalari hamda qozonxonalarning o‘choqlari o‘chirilishi zarur. 166. Kimyoviy reagentlar saqlanadigan joy to‘silgan hamda u erga qizil bayroqchalar va xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi kerak. 167. Ko‘chma nasos agregatlari, avtotsisternalardagi tutun chiqarish quvurlariga ovozso‘ndirgich va uchqunso‘ndirgich o‘rnatilishi zarur. 168. Quduq og‘zidagi uskunalarning germetikligi buzilganda, damlagich quduqni suyuqlik bilan to‘ldirib, uskunani almashtirish lozim. 169. Separatorlarning bufer suyuqligi idishlarini puflash avtomatlashtirilgan bo‘lishi zarur. Mash’alani yoqish moslamasi masofadan turib boshqarilishi kerak. 170. Yonib turgan mash’alaning atrofi 50 m radiusda to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. Mazkur hududga kirish joyiga “Begonalar kirishi man etiladi!” degan yozuv ilib qo‘yilishi zarur. 171. Mash’ala atrofidagi o‘ralgan hududda quduqlar, chuqurchalarni qazish taqiqlanishi lozim. 172. Neftni isituvchi qurilma shamol esayotgan tomonga joylashtirilgan neft saqlanayotgan rezervuardan kamida 25 m oralig‘ida o‘rnatilishi zarur. 173. Neft solingan rezervuar hamda neftni isituvchi qurilma o‘rnatilgan aravachalar portlashdan himoyalanib yasalgan bo‘lishi kerak. 174. Issiq neft rezervuarini tashuvchi transport vositasining tutun chiqadigan quvuriga uchqunso‘ndirgich o‘rnatib, transport vositasini quduq og‘zidan kamida 10 m masofada shamol esayotgan tomonga joylashtirish lozim. 175. Quduqqa ishlov berishda faqat gazsizlantirilgan kondensatni ishlatish lozim. 176. Kondensatni avtotsisternadan quyib olish yoki bo‘shatishda avtotsisterna ertutashtirgich moslamasiga ulanishi zarur. Agar mazkur ertutashtirgich bo‘lmasa, erga 0,5 m chuqurlikka metall tayoqchani qoqib, unga ulash kerak. Yertutashtirgich moslamasini kondensatni quyish-to‘kish ishlarini tugatmasdan yechib olish mumkin emas. 177. Avtotsisternadan gazkondensatni quyish-to‘kish jarayonida gazkondensat bilan quduqqa ishlov berishni faqat kunduz kuni ochiq olov yo‘qligida o‘tkazish lozim. 178. Quduqqa gazkondensat bilan ishlov berishda gazkondensatni avtotsisternadan bunkyerga va agregatga haydash taqiqlanadi. 179. Elektr isitgichga kiritilgan kabel uchidagi uzel hamda klemmalar (ulangan joylar) kamerasi to‘liq germetiklangan bo‘lishi kerak. 180. Kabel butun uzunligi bo‘ylab yaxlit hamda neft va issiqlikka bardosh berishi lozim. 181. Kabel ko‘chma ko‘tarma lebedkaning chambaragiga ravon va izolatsiyasiga putur yetmaydigan qilib o‘ralishi zarur. 182. Kabelni burg‘quduqqa tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi tekshirilishi lozim. Tolasi uzilgan kabelni burg‘quduqqa tushirish mumkin emas. 183. Uglevodorodli va azotli suyuqliklarni haydash tarmoqlariga saqlagich va teskari klapanlarni o‘rnatish lozim. 184. Uglevodorodli va azotli suyuqlik solingan rezervuar yonida yong‘in posti bo‘lishi zarur. 185. Uglevodorodli va azotli suyuqliklarni burg‘quduqqa haydashda mahsulotning bosimi va haroratini doimiy nazorat qilish lozim. Bosim va harorat loyihada belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak. 186. Uglevodorodli va azotli suyuqliklar bilan ishlov berilgan burg‘quduqni havo bilan o‘zlashtirish taqiqlanadi. 187. Gidravlik usulda qatlamni yorishda ishlatilayotgan agregatlar va uskunalarning tutun chiqarish quvurlariga uchqunso‘ndirgich moslamalar o‘rnatish zarur. 188. Qatlamni gidravlik usulda yorish qurilmalarini quduq og‘zidan kamida 10 m oralig‘ida o‘rnatish va ular orasidagi masofa kamida bir 1 m bo‘lishi kerak. 189. Mazkur ishlarni bajarayotganda burg‘quduq hududida ochiq olovdan foydalanish yoki burg‘quduqni ishlatish taqiqlanadi. 190. Qatlam ichida yondirishni amalga oshirishda burg‘quduq hududi xavfli hudud hisoblanadi. Bunda “Ehtiyot bo‘ling! Qatlam yondirilayapti” — degan ogohlantiruvchi plakat va ko‘rsatkichlar bilan jihozlanishi kerak. 191. Qatlam ichida yondirish o‘tkazilayotgan uchastkadagi haydash, kuzatish va qazib chiqarish burg‘quduqlarining og‘zini zichlashni ko‘zda tutish zarur. 192. Burg‘quduqlar, o‘lchov qurilmalari va qatlam ichida yondirish ta’sirida bo‘lgan boshqa obyektlari bosim va haroratni masofadan turib boshqarish vositalari bilan jihozlanishi kerak. 193. Tarkibida vodorod sulfidi mavjud bo‘lgan neft konlarini ishlatishda xavfsiz ish yuritishni ta’minlovchi barcha tadbirlarga qat’iy rioya qilinishi zarur. 194. Havoda vodorod sulfidi konsentratsiyasi muntazam ravishda nazorat qilinishi kerak. 195. Bino (xona)lar, ish maydonchalari havosidagi vodorod sulfidining konsentratsiyasini muntazam tekshirib turish maqsadida mazkur joylarga ovozli signal beradigan gaztahlillagichlar va shamol yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatilishi lozim. 196. Vodorod sulfidining xavfli konsentratsiyasi aniqlanganda, xizmat ko‘rsatuvchi xodim zudlik bilan korxona rahbariga, gazdan qutqarish xizmatiga xabar berishi, zaharlanishning oldini olish va avariya vaziyatiga barham berish choralarini ko‘rishi lozim. Vodorod sulfidining xavfli konsentratsiyasi bor joylarga “Olovdan xavfli!”, “Zaharli moddalar!”, “O‘tish va yurish man etiladi!”, “Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi!” degan ogohlantiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi zarur. 197. Burg‘quqduqni ta’mirlashda ajralib chiqayotgan vodorod sulfidi shamollatish agregati yordamida so‘rib olinadi. 198. Rezervuarlar atrofidagi marzalar va to‘siqlar doimo soz va QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq bo‘lishi zarur. Rezervuarlar parki hududiga mexanizatsiyalashgan o‘t o‘chirish vositalarining kirishi uchun maxsus o‘tish joylari qurilishi kerak. 199. Marzalangan hudud eng katta rezervuar hajmidagi mahsulot sig‘adigan qilib qurilishi zarur. 200. Rezervuarlar umumiy hajmining 95 foizigacha neft yoki neft mahsulotlari bilan to‘ldirilishi lozim. 201. Suyultirilgan gazlarga mo‘ljallangan o‘tkazgich quvurlardagi berkituvchi va tartiblovchi uskunalar po‘latdan yasalishi kerak. 202. Rezervuarlar parkidagi barcha o‘tkazgich quvurlar va ularga o‘rnatiladigan gidravlik zatvorlar, marzaning tashqarisidan o‘tishi lozim. 203. Hajmi 50 m3 dan ortiq bo‘lgan rezervuarlarni diametral qarama-qarshi tomonidan kamida ikkita joyini ertutashtirish zarur. 204. Rezervuarlarni ko‘rikdan o‘tkazishda, namuna olishda yoki suyuqlik sathini o‘lchashda uchqun chiqarmaydigan moslamalardan foydalanish kerak. 205. Rezervuarlarga o‘rnatilgan nafas olish armaturalari to‘g‘ri sozlangan va doimo soz holda bo‘lishi kerak. Nafas olish (saqlagich) klapanlarini bahorgi-yozgi mavsumda kamida ikki marta, havo harorati noldan past bo‘lganda — har o‘n kunda bir marta tekshirib turish va ularning natijalarini jurnalda qayd etib borish lozim. 206. Nafas olish armaturalari muzlab qolmasligi uchun rezervuarlardagi klapanlarning membranalari ftorplastik qoplamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 207. Neft va neft mahsulotlarini isitish jarayonini suyuqlik sathi isitgichdan kamida 50 sm yuqorida bo‘lgandagina amalga oshirish mumkin. 208. Rezervuarlardagi qovushqoq neft va neft mahsulotlarini isitishda faqat bug‘li yoki suvli zmeyeviklardan foydalanib, doimiy nazorat qilib turish lozim. 209. Rezervuarlar parki va uning yaqin atrofidagi hududlarda yashinqaytargich, statik elektr hodisasidan va yashinning ikkilamchi namoyon bo‘lishidan saqlovchi qurilmalar o‘rnatilishi lozim. 210. Rezervuarlar parki hududida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi kerak. 211. Rezervuarlar parkiga transport vositalarini faqat rezervuarlar ta’mirlanayotganda korxonaning bosh muhandisining ruxsati bilan kiritish mumkin. 212. Marzalar orasidan o‘tgan quvurlar flanetsli bog‘lamalarga ega bo‘lmasligi kerak. 213. Quvurlarni marzalardan teshib o‘tgan joylari zichlangan bo‘lishi kerak. 214. Nasos stansiyasining eshik va derazalari tashqariga ochiladigan hamda eshiklari ostonasiz (bo‘sag‘asiz) bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushadigan tirqishlar to‘silmagan bo‘lishi, deraza oynalari va fonarlar tozalab turilishi zarur. 215. Ayvonlarga joylashtirilgan ochiq nasos stansiyalaridagi yon to‘siqlarining yuzasi uning o‘sha yon tomoni poldan tomning yoki nasosxona ayvonining eng yuqori nuqtasigacha hisoblaganda umumiy yuzasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Nasos stansiyalarining yon tomonidagi himoya to‘siqlari yonmaydigan materialdan yasalib, tabiiy shamollatish shartlariga ko‘ra poldan (erdan) kamida 30 sm ko‘tarilib turgan bo‘lishi kerak. 216. Tez alangalanadigan suyuqliklarni haydash (damlash) uchun ikki yonlama, zarur hollarda esa, bir yonlama va qo‘shimcha zichlagichli salniksiz markazdan qochma nasoslar ishlatilishi lozim. 217. Transportirovka qilinayotgan (haydalayotgan) neft mahsulotini orqaga qarab harakatlanishining oldini olish uchun o‘tkazgich quvurining damlash tarmog‘iga teskari klapan o‘rnatish lozim. 218. Nasoslarning xavfsiz ishlatilishini ta’minlash maqsadida ularni signalizatsiya va blokirovka tizimi bilan jihozlash lozim. 219. Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar qayerga o‘rnatilishidan qat’i nazar, mahalliy va masofadan turib boshqaruvga ega bo‘lishi zarur. 220. Nasoslarning so‘ruvchi va haydovchi tarmoqlarida masofadan turib boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qo‘yuvchi qurilma ko‘zda tutilishi lozim. Masofadan uzib qo‘yadigan moslama har bir muayyan holat uchun o‘tkazgich quvurning diametri va uzunligiga qarab loyihalovchi tashkilot tomonidan belgilanadi. 221. Nasos stansiyasining pollari yonmaydigan va neft mahsulotlari ta’siriga dosh beradigan materiallardan yasalishi lozim. Polda drenaj lotoklari bo‘lib, ular yaxshi yopiladigan lotokning tagi va devorlarini suv va neft mahsuloti o‘tkazmaydigan qilib yasalishi kerak. Lotoklar oqova tizim tomonga gidrozatvor orqali qiyalatib o‘rnatilishi zarur. 222. Nasos stansiyasidagi o‘tkazgich quvurlar lotoklarga joylashtirilishi va devorlar (teshiklari) orqali o‘tgan joylarining zichlagich moslamalarini qo‘llab berkitish lozim. 223. Nasos yoki kompressorning so‘ruvchi va haydovchi o‘tkazgich quvurlardagi berkitish, ajratish va saqlagich qurilmalarini qoida tariqasida, nasos yoki kompressorga yaqinroq, xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joyga o‘rnatish kerak. 224. Yonma-yon joylashgan nasoslarning qismlari o‘rtasidagi hamda nasoslar bilan bino devorlari o‘rtasidagi masofa kamida 1 m, ikki qator qilib o‘rnatilganda esa, qatorlar orasi kamida 2 m bo‘lishi lozim. Nasoslarning qismlari, o‘tkazgich quvurlari va boshqa uskunalar eshikdan kamida 1 m masofada o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 225. Uskunalar va o‘tkazgich quvurlarning 45 °C gacha qiziydigan yuzalari to‘silgan yoki xodimlar tekkanda kuyib qolishining oldini oluvchi izolatsiyalovchi material bilan qoplangan bo‘lishi lozim. 226. Nasos stansiyasida joylashgan asosiy va yordamchi uskunalar texnologik sxema asosida tartib raqamlar bilan belgilanishi kerak. Tartib raqamlarni ko‘rinarli joyga oq bo‘yoq bilan yozish zarur. Dvigatel bilan nasos o‘rtasida devor bo‘lsa, tartib raqam ham nasosga, ham dvigatelga yoziladi. Nasos agregati bir xonada joylashgan bo‘lsa, raqam faqat dvigatelga yoziladi. 227. Nasos stansiyasidagi asosiy va yordamchi qurilmalar hamda suv ta’minoti, shamollatish, oqova, havo ta’minoti va yong‘in o‘chirish tizimlari bir-biridan farqlanadigan ranglarga bo‘yalishi kerak. O‘tkazgich quvurlarining sirtlarida ularning vazifalari hamda haydalayotgan neft mahsulotining yo‘nalishi ko‘rsatilishi lozim. 228. Dvigatel va nasoslarda, ulardagi aylanma harakatning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi stryelkalar, ishga tushirish qurilmasida esa “Ishga tushirish” va “STOP” yozuvlari bo‘lishi lozim. 229. Nasos stansiyasidagi knopkalar (tugmachalar) va qayta ulagichlar yong‘in va portlashdan himoyalanib hamda nam o‘tkazmaydigan qilib yasalgan bo‘lishi zarur. “Ishga tushirish” knopkasi (tugmachasi) pult yuzasidan 3 — 5 mm pastroq qilib, “STOP” knopka (tugmacha)si esa, qo‘ziqorin shaklida biroz kattalashtirilgan bo‘lib, pult yuzasidan (paneldan) bo‘rtib chiqib turgan bo‘lishi kerak. 230. Har bir nasos agregatiga manometr o‘rnatilishi lozim. Manometrsiz yoki nosoz manometrli nasoslarni ishlatish taqiqlanadi. 231. Nasos agregatida uni erga tutashtiruvchi tizimga ulashga xizmat qiluvchi moslama bo‘lishi, uning ustiga ertutashtirgich belgisi qo‘yilishi lozim. 232. Berk binodagi nasos stansiyalarida majburiy oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimi va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bo‘lishi lozim. 233. Nasos stansiyalaridagi moylash vositalarining miqdori sutka ehtiyoji darajasida berkitiladigan metall idishlarda saqlanishi kerak. 234. Artish materiallarini qopqoqli metall qutilarga yig‘ib, keyinchalik qayta ishlatishga tayyorlash yoki yo‘q qilib yuborish mumkin. Moylash vositalarini uzoq muddat saqlashga ruxsat etilmaydi. 235. Nasoslarni ishlatishda podshipniklar va salniklar holatiga alohida e’tibor berish zarur. Podshipniklar yetarli darajada moylangan bo‘lishi lozim va ular 600 S dan ortiq qizib ketmasligi kerak. Podshipniklar haroratini har soatda kamida bir marta tekshirib turish kerak. 236. Nasoslar va o‘tkazgich quvurlarning issiq yuzasiga artish materiallari yoki neft mahsulotlari shimilgan buyumlarni qo‘yish taqiqlanadi. 237. Nasoslarni ishlatishda nasoslar va o‘tkazgich quvurlari germetik bo‘lishi hamda salnikli zichlagichlar va boshqa joylarida neft mahsulotlarini me’yordan ortiq miqdorda sizib chiqish holatlari darhol bartaraf etilishi zarur. 238. Nasos stansiyasidagi barcha uskunalarning ishqalanuvchi detallari o‘z vaqtida moylanishi kerak. Moylash paytida neft mahsulotining sachrab, oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 239. Ishlab turgan nasoslar ish rejimida biror nosozliklar (shovqin, haddan tashqari kuchli tebranish, podshipniklar qizishi, salniklardan neft mahsuloti sizib chiqishi va darzliklar) aniqlanganda, nasoslarning ishlashini darhol to‘xtatish zarur. Nosozlik sabablari aniqlanib, ular bartaraf etilmaguncha nasoslarni ishlatish taqiqlanadi. 240. Nasoslar ishini avtomatik tarzda nazorat qilish vositalari bo‘lmasa, asbob-uskunalarning ishlashini muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur. 241. Nasos stansiyasiga elektr energiyasi to‘satdan kelmay qolganda, dvigatellarni elektr tarmog‘idan tezda uzib qo‘yish kerak. 242. Har bir nasos stansiyasida avariya holati uchun asbob-uskunalar komplekti va akkumulyatorli fonarlar zaxirasi bo‘lishi hamda ular maxsus javonlarda saqlanishi kerak. 243. Issiqlik almashtirgich o‘rnatilgan maydoncha gidravlik zatvor orqali sanoat kanalizatsiyasi tizimiga neftni tushiruvchi ariqchaga ega bo‘lishi lozim. Maydoncha neftni yuvib yuborishga moslashgan va balandligi 0,15 m dan kam bo‘lmagan to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. 244. Haroratning keskin o‘zgarishidan sodir bo‘ladigan zo‘riqish ta’sirida shikastlanishlarning oldini olish maqsadida issiqlik almashtirgichni bir maromda qizdirish va sovutish lozim. 245. Issiqlik almashtirgichning quvurlaridagi va quvurlari orasidagi yonuvchi suyuqliklarni apparat to‘liq sovugandan keyingina chiqarish kerak. 246. Yong‘in sodir bo‘lganda havo bilan sovutish apparatlariga texnologik reglamentlarga mos ravishda operator xonasiga masofadan boshqarish moslamasini o‘rnatish zarur. 247. Forsunka oldidagi maydoncha qattiq qoplamaga va gidravlik zatvor orqali sanoat kanalizatsiyasiga ulangan nishabli ariqchaga ega bo‘lishi kerak. To‘kilgan suyuq yonilg‘ini yuvishga mo‘ljallangan suvo‘tkazgich ustuni o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. 248. Forsunkalarni yondirishda tez alangalanadigan suyuqliklar shimdirilgan materiallardan foydalanish taqiqlanadi. 249. Yonilg‘i keladigan quvuro‘tkazgichga quyidagilarni o‘rnatish kerak: forsunkalardan kamida 10 m oraliqda barcha forsunkalarga kelayotgan yonilg‘ini berkituvchi zulfin; goryelkalarning yonishi uchun zarur bo‘lgan bosimni tartibga soluvchi reduktor qurilmasi hamda nazorat-o‘lchov asboblarining avtomatik tizimiga va goryelkalarga kondensat tushishining oldini oluvchi kondensatto‘plagichlar. Reduktor qurilmasi bino tashqarisiga o‘rnatilishi zarur. 250. Avtomatik qurilmalarning avariya signalizatsiya tizimi operator xonasiga ulangan bo‘lishi lozim. 251. Pechlarning bug‘o‘chirish tizimi doimo ishga yaroqli bo‘lishi kerak. Nosoz bug‘o‘chirish tizimini ishlatish taqiqlanadi. 252. Bug‘o‘chirish kollektori qulay joyga o‘rnatilishi va qizil rangga bo‘yalishi lozim. 253. Pech o‘chog‘ini bug‘ bilan shamollatmasdan goryelkalarni yondirish taqiqlanadi. O‘chib qolgan goryelkalarni yondirishda qizigan panellar yoki pech o‘chog‘idagi g‘ishtlardan foydalanish taqiqlanadi. 254. Forsunkalarga keladigan gaz quvurlari gazni mash’ala tizimiga chiqaruvchi puflagich tarmoq bilan jihozlanishi kerak. 255. Avariya yoki yong‘in vaziyatlarida neftni to‘kishga mo‘ljallangan qurilmalar soz holatda bo‘lishi lozim. Avariya vaziyatlarida neftni to‘kish tizimining zulfinlariga taniqlik belgilari o‘rnatilgan hamda zulfinlarga olib boradigan yo‘llar to‘silmagan bo‘lishi kerak. 256. Avariya vaziyatlarida neftni to‘kish ishlarini sex, qurilma boshlig‘i yoki avariyani bartaraf etishga javobgar shaxsning ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirish zarur. Mazkur ishlarni bajarish tartibi maxsus yo‘riqnomalarda nazarda tutilishi lozim. 257. Avariya vaziyatlarida neftni to‘kish sig‘imiga pechdagi issiq suyuqlikni to‘kishdan oldin, undagi suv va mahsulotlar qoldig‘ini chiqarib tashlash hamda kondensatdan tozalangan suv bug‘i bilan bug‘lash kerak. Bug‘o‘chirish qurilmasini masofadan turib ishga tushirish zarur. 258. Qo‘shaloq kameralardagi pech forsunkalari oldida yong‘in ro‘y berganda, o‘choqdagi va mo‘ridagi qurum yona boshlaganda bug‘o‘chirish tarmog‘i orqali bug‘ yuborish va yong‘in xavfsizligi xizmatini chaqirish kerak. 259. Quvursimon pechlarni ishlatganda uning quvurlari holatini nazorat qilish lozim. Quvurlarda bo‘rtib chiqish hamda yemirilish chegarasi ruxsat etilgan me’yordan oshgan holatlarda pechni ishlatish taqiqlanadi. 260. Pech zmeyeviklariga va boshqa qurilmalarga bug‘ uzatuvchi quvurlarda kondensatni to‘kib olish qurilmasi bo‘lmasa, ularni ishlatish taqiqlanadi. 261. Pechlarni isitish tizimi goryelkalarga suyuq yoki gazsimon yonilg‘ining kelishi to‘xtaganda yoki tarmoqdagi bosim belgilangan me’yordan pasayganda signal beruvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 262. Pechlarda alanga o‘chib qolganda forsunkalarga yonilg‘i kelishini avtomatik tarzda to‘xtatuvchi hamda pechdagi harorat o‘zgarganda signal beruvchi moslamalar o‘rnatilishi zarur. 263. O‘tkazgich quvurlardagi mahsulot turiga ko‘ra GOST 12.4.026-76 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq ravishda taniqli bo‘yoq va raqamli belgilariga ega bo‘lishi kerak. 264. Rezervuarlarni apparaturalar, qurilmalar va boshqa inshootlar bilan bog‘lovchi barcha o‘tkazgich quvurlar uchun texnologik sxema tuzilgan bo‘lishi lozim. Mazkur sxemaga ko‘ra, har bir o‘tkazgich quvurda muayyan belgi, berkitish armaturalari esa raqamlangan bo‘lishi zarur. 265. Neft o‘tkazgichlarni puflash va mustahkamlikka sinash, germetikligini tekshirish ishlarini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, texnika va yong‘in xavfsizligiga doir tadbirlar nazarda tutilgan yo‘riqnoma asosida amalga oshirish lozim. 266. Zulfinlar, jo‘mraklar va o‘tkazgich quvurlardagi boshqa berkitish qurilmalari doimo ishga yaroqli, qulay ishlatiladigan, o‘tkazgich quvurning ayrim uchastkalariga neftning borishini kafolatli to‘xtatib oladigan bo‘lishi kerak. 267. Neft o‘tkazgichlarda hosil bo‘lgan tiqinlarni bartaraf etishda uchqun chiqaruvchi po‘lat tayoqchalar yoki boshqa moslamalardan foydalanish taqiqlanadi. 268. Zulfinlar va jo‘mraklar oson va ravon ochilishi va yopilishi kerak. Ularni ochish yoki yopishda lom, quvurlar va boshqa asboblarni qo‘llash taqiqlanadi. 269. Flanetsli ulanmalardagi qistirmalar yuqori haroratda buzilmaydigan va shaklini o‘zgartirmaydigan materialdan yasalishi lozim. 270. Bandaj o‘rnatilgan neft o‘tkazgichlarni ishlatish taqiqlanadi. 271. Avariya vaziyatlarida mahsulotni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan quvurlarni ishga tushirishdan oldin hamda ishlatganda vaqti-vaqti bilan tekshirib turish lozim. 272. Texnologik o‘tkazgich quvurlarda hosil bo‘lgan teshikchalarni darhol bartaraf etish zarur. Ularni xomutlar bilan berkitish taqiqlanadi. 273. O‘tkazgich quvurlar va zulfin uzellarini qizdirishda faqat bug‘, issiq suv yoki qizdirilgan qum, shuningdek portlashga xavfsiz qilib ishlangan elektr qizdirish uskunalaridan foydalanish lozim. 274. Temir yo‘lning quyish-to‘kish estakadalari QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq joylashishi, temir yo‘l relsidan estakadagacha bo‘lgan oraliq masofa GOST 9238-83 “Inshootlar va temir yo‘l harakatlanuvi tarkib izlarining yaqinlashish gabaritlari 1520 (1524) mm” talablariga mos holda bo‘lishi lozim. 275. Neft mahsulotlarini ortish yoki tushirish uchun keltirilayotgan temir yo‘l vagon-tsisternalar maxsus kompozitsion tormoz kolodkalari bilan jihozlanishi kerak. Neft mahsulotini quyish paytida temir yo‘l vagon-tsisternalarining toshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. 276. Neft mahsulotlarini temir yo‘l vagon-tsisternalariga quyish-to‘kishda ularni temir yo‘l omborlari, turg‘un inshootlar, asosiy (magistral) yo‘llar, yuk ortish-tushirish umumiy joylari hamda turar joylardan kamida 100 m masofada joylashtirish zarurligini inobatga olish shart. Temir yo‘l vagon-tsisternalariga tez alangalanadigan suyuqliklarni quyishda uni bir maromdagi oqim bilan tsisterna ichidagi suyuqlikning sathidan pastga quyish zarur. Neft va neft mahsulotlarini erkin tushirib (oqizib) quyish mumkin emas. Quyish moslamasining uchi vagon-tsisternaning tubidan 20 sm balandlikda o‘rnatilishi kerak. 277. Avariya vaziyatlarida nosoz temir yo‘l vagon-tsisternalarni neft mahsulotlaridan bo‘shatish uchun maxsus jihozlangan joy ajratilishi lozim. Avariya sharoitlari asoslangan hamda quyish-to‘kish estakadasi maxsus vositalar bilan jihozlangan bo‘lsa, nosoz temir yo‘l vagon-tsisternalardagi neft mahsulotlarini bevosita estakadaning o‘zida bo‘shatishga ruxsat etiladi. 278. Drenaj idishida to‘plangan iflos neft mahsulotlarini ajratuvchi idish-rezervuarlarga yoki ishlatilgan neft mahsulotlari saqlanadigan idish-rezervuarga yo‘naltirish kerak. 279. Temir yo‘l estakadasi hududida neft mahsulotlari to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 280. Temir yo‘l vagon-tsisternalariga neft mahsulotini quyish paytida temir yo‘l estakasi atrofidagi 100 m radiusli hududda barcha ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi zarur. 281. Temir yo‘l estakadasi hududida quyidagilar taqiqlanadi: temir yo‘l vagon-tsisternalarni profilaktik ta’mirlash va tozalash; sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan (portlashdan himoyalanmagan) ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlarni va chiroqlarni ishlatish; momaqaldiroq paytida tez alangalanadigan neft mahsulotlarini quyish yoki to‘kish; nosoz temir yo‘l vagon-tsisternalarga neft mahsuloti quyish; temir yo‘l estakadasi va tsisterna ustida turib detallar va boshqa buyumlarni erga tashlash. 282. Temir yo‘l estakadasi bo‘ylab temir yo‘l vagon-tsisternalarining har qanday harakati neft mahsuloti quyish-to‘kish (sexi) uchastkasi operatori uning ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilishi kerak. 283. Bevosita yashin urishidan va statik elektr hodisasi tufayli buzilish, alangalanish va portlashdan odamlarni, bino, inshoot va uskunalarni saqlash maqsadida yashin qaytargich o‘rnatilishi lozim. 284. Yashin hodisasining ikkilamchi namoyon bo‘lishi va statik elektr razryadlaridan himoyalash maqsadida barcha metall apparaturalar, rezervuarlar, gazgolderlar, neft o‘tkazgichlar, quyish-to‘kish qurilmalari, bino ichida yoki tashqarisida joylashgan qurilmalar, tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar ertutashtiruvchi qurilmaga yoki bino va inshootning temir-beton poydevoriga ulangan bo‘lishi kerak. 285. Yashinqaytargichning ertutashtirish qismi boshqa ertutashtirgichlardan alohida bo‘lishi kerak. Yashinqaytargichlarning ertutashtirish moslamalari sifatida ishlab chiqarishning o‘tkazgich quvurlaridan foydalanish taqiqlanadi. 286. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni rezervuarlar, tsisternalar va idishlarning to‘kish quvuri orqali quyish kerak. Bunda to‘kish quvuri rezervuardagi suyuqlikning o‘lik qoldiq sathidan pastroqda bo‘lishi lozim. 287. Avtotsisternalar va temir yo‘l tsisternalaridan tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni quyish-to‘kishda ular ertutashtirilishi zarur. Yertutashtiruvchi o‘tkazgich sifatida ko‘ndalang kesimi kamida 16 mm bo‘lgan, ko‘p tolali, egiluvchan mis tok o‘tkazgichlardan foydalanish lozim. Mazkur tok o‘tkazgichlarni avtotsisternalarga va temir yo‘l tsisternalariga yaxshi kontakt hosil qiluvchi boltlar yordamida ulash kerak. Yertutashtirgich nosoz bo‘lganda quyish-to‘kish ishlari to‘xtatilishi hamda nosozliklar bartaraf etilishi lozim. 288. Temir yo‘l estakadasi bo‘ylab o‘tgan o‘tkazgich quvurlar ertutashtirilishi zarur. 289. Yong‘in va portlashdan xavfli hududlar hosil qiluvchi hamda yonuvchi gazlar, suyuqliklar yoki qattiq moddalari mavjud bo‘lgan ShNQ 2.01.19-09 “Portlash-yong‘in va yong‘indan xavfli bino, inshootlar va tashqi qurilmalarning toifalarini aniqlash” talablariga mos ravishda mansub binolar va inshootlar hamda tashqi qurilmalar va estakadalardagi, shuningdek texnologik uskunalar, apparatlar, rezervuarlar, havo o‘tkazgichlar va o‘tkazgich quvurlarning ertutashtirish qurilmasi nosoz bo‘lganda ularni ishlatish taqiqlanadi. 290. Barcha olovli ishlar faqat ish joylari va apparatura (payvandlash agregatlari, shlanglar, kavsharlash lampalari va shunga o‘xshashlar) diqqat bilan tayyorlangandan keyin, shuningdek qurilmalar, rezervuarlar va quvurlar tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklardan, turli moddalarning bug‘i va changlaridan, shuningdek 5 m dan kam bo‘lmagan radiusda yonuvchi suyuqliklardan tozalangandan keyin o‘tkazilishi kerak. 291. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va gazlar solingan rezervuarlarning (tsisternalar, baklar, resiverlar va shunga o‘xshashlar) ustida yoki ularning ichida va quvurlarda olovli ishlarni bajarishdan oldin, ular barcha kommunikatsiyalardan uzib (o‘chirib) qo‘yilishi va quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim: eng yaqin joylashgan surilma qopqoqlar yoki shiberlarni yopish, qulflab berkitish va plakatlarni osish; tiqinlarni o‘rnatish (zarur bo‘lganda); barcha lyuklar va tuynuklarni ochish. Zarur bo‘lgan hollarda vaqtinchalik mahalliy ventilatsiyani (ayniqsa rezervuarlarda) o‘rnatish nazarda tutilishi zarur. 292. Olovli ishlarni olib borganda quyidagilar man qilinadi: nosoz apparatura bilan ishlash; yangi bo‘yalgan konstruksiyalarda va boshqa buyumlarda bo‘yoq butunlay qurigunga qadar ishlarni olib borish; payvandlash simlarining ulanishlari izolatsiya qilinmaganda ishlarni boshlash; payvandlangan simlarni umumiy oqimlarda o‘tkazish yoki kabel trassalarini, shuningdek yonuvchi gaz va suyuqliklar mavjud bo‘lgan quvurlarni kesib o‘tish. Kabel trassalarini yoki ko‘rsatilgan quvurlarni kesib o‘tish zarur bo‘lganda, payvandlangan simlarning izolatsiyasi kuchaytirilishi va ular izolatsiya qilingan materialda o‘tkazilishi kerak; yonuvchi hamda zaharli moddalar bilan, shuningdek bosim ostidagi yonmaydigan suyuqlik va gazlar, bug‘lar va havo bilan to‘ldirilgan apparatlarni va quvurlarni (gaz quvurlaridan tashqari), shu jumladan kuchlanish ostidagi elektr uskunalarni payvandlash, kesish, kavsharlash yoki qizdirish; moy, yog‘lar va boshqa yonuvchi suyuqlik yuqi bo‘lgan kiyim va qo‘lqoplardan foydalanish; maxsus kiyim va poyabzalsiz, shuningdek himoya ko‘zoynaklarisiz (yoki himoya niqobisiz) elektr va gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishga kirishish. 293. Yonuvchi suyuqlikni to‘kish estakadalaridan 5 m dan yaqin masofada bajariladigan olovli ishlar, yong‘in-texnik mahsulotlarini tayyorlanishi, zarur bo‘lgan yong‘inga qarshi va texnik tadbirlarni bajarilishi hamda tegishli ruxsatnoma (naryad) rasmiylashtirilgandan keyin olib borilishi zarur. Ishlash zonasida to‘kish estakadasi suyuqlik, yon
64
63,267
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2001 YIL 12 IYuNDAGI 252-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: 1-bandning uchinchi xatboshida “88 kishidan” so‘zlari “58 kishidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi” deb nomlangan 2-ilova yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
122
916
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada nasl ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandda: a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Moliya vazirligi qorako‘lchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Moliya vazirligining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) hisobidan 2021-yilda 15-fevralga qadar 100 milliard so‘m, 1-mayga qadar 50 milliard so‘m va 1-avgustga qadar 50 milliard so‘m mablag‘larni “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratsin”; b) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “xomashyo, materiallar va furnituralar sotib olish”; v) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; g) quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi “Turonbank” ATB bilan birgalikda ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishini tashkil qilsin va har chorak yakuni bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilishini ta’minlasin. Ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi”. 2. 3-bandda: a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2022-yil 1-yanvarga qadar qorako‘lchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi”; b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
233
2,442
Qonunchilik
Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat muassasalari faoliyatida zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik tamoyillarini joriy etish hamda xususiy kapital ishtiroki uchun keng imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yaratish maqsadida: 1. Belgilansinki: a) bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi; b) davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi; v) 2022-yil 1-apreldan boshlab: vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z rasmiy veb-saytlarida o‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi; davlat muassasalarining hududlar va yuqori turuvchi organlari kesimidagi ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) veb-saytiga joylashtiriladi; Ochiq ma’lumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, ko‘chmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan ma’lumotlar mustasno) e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi; g) davlat muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi ko‘rsatiladi; d) xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi; e) davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi. 2. Agentlik, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin: mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan davlat muassasalarini 2022-yil 1-martdan 2023-yil 1-avgustga qadar eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini o‘rganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xo‘jalik jamiyatlarini ta’sis qilishni hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etishni taqiqlash. Adliya vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin. 3. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat tender komissiyasi) davlat muassasalarini (bundan xususiylashtirilmaydigan davlat muassasalari mustasno) xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish, shuningdek, davlat muassasalarini tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun muassislarga ko‘rsatma va takliflar kiritish huquqi berilsin. 4. Davlat tender komissiyasi: a) bir oy muddatda faoliyat ko‘rsatmayotganligi sababli tugatiladigan davlat muassasalari ro‘yxati va ularni tugatish jadvalini tasdiqlasin; b) 2022-yil 1-sentabrga qadar: barcha davlat muassasalarini xatlovdan o‘tkazib, ularning daromad keltiradigan faoliyatini ko‘rib chiqqan holda tashkiliy-huquqiy shakllari qonunchilik hujjatlariga mosligini o‘rganib chiqsin; bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini va ularga tegishli nosohaviy aktivlarni xususiylashtirish yoki ularni belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha choralarni ko‘rsin. 5. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yildan boshlab, har yili 1-mayga qadar davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilib, bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish bo‘yicha takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib borsin. 6. Moliya vazirligi: ikki oy muddatda davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “DMBAT”) budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmuaga (keyingi o‘rinlarda — “UzASBO”) integratsiya qilgan holda, ushbu tizimlardan mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishini; uch oy muddatda har bir davlat muassasasiga Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini; 2022-yil 1-aprelga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat xizmatlari agentligining ma’lumotlar bazalarini “DMBAT” va “UzASBO”ga integratsiya qilinishini ta’minlasin. 7. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari: 2022-yil 1-aprelga qadar o‘z tarkibidagi davlat muassasalarining qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat boji undirilmasdan Davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini; o‘z tarkibidagi davlat muassasalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar Agentlikning axborot tizimida joylashtirib borilishini ta’minlasin. 8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda tugatilgan davlat muassasalari va korxonalariga tegishli bo‘lgan, Agentlik va Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi aksiya paketlari ro‘yxatini tasdiqlasin. 9. Agentlik: Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqib, eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda davlat muassasalarini majburiy tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizom loyihasini hamda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va javobgar etib Bosh vazirning o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-oktabrga qadar axborot berilsin.
81
7,881
Qonunchilik
Oʻzini yakkalash va хayriya aksiyalarini muvofiqlashtirish rejimi joriy etildi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maхsus komissiyasi yana bir qator cheklovchi chora-tadbirlarni joriy etdi. 1 apreldan boshlab Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida “oʻzini yakkalash” (samo izolyatsiya) hayot tarzi joriy etildi. 65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi, faqat yaqin atrofdagi doriхona yoki doʻkonga chiqishga ruхsat etiladi. Koʻplab yurtdoshlarimiz, qator jamoat tashkilotlari turli хayriya aksiyalarini uyushtirmoqda. Biroq, mutaхassislarning fikriga koʻra, bu turdagi aksiyalar davomida virusning yanada keng tarqalish хavfi juda yuqori. Shu sababli yakka tartibdagi хayriya aksiyalari vaqtincha toʻхtatildi. Toshkent shahrida Homiylik хayriyalarini muvofiqlashtirish markazi Oʻzekspomarkaz Milliy koʻrgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday meхanizm joriy etiladi: Pul koʻrinishidagi mablagʻlarni “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazish tavsiya qilinadi.
78
1,137
Qonunchilik
Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 28-maydagi 610-son qarori (ro‘yxat raqami 1497, 2005-yil 15-iyul oktyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 28-29-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha qisqa ochiq valyuta mavqelarining jami yig‘indisi; barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha uzun ochiq valyuta mavqelarining jami yig‘indisi;”; yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 2. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Ochiq valyuta mavqelari jami summasining haqiqiy hajmi barcha qisqa va barcha uzun valyuta mavqelari jami summalarini alohida-alohida hisoblab chiqishda hamda barcha ochiq valyuta mavqelarini hisoblab chiqishda aniqlanadi.”. 3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Tijorat banklarining milliy valyutani chet el valyutalariga nisbatan qiymatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta xatarini cheklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tijorat banklari uchun ochiq valyuta mavqelarining quyidagilar bo‘yicha chegaralari belgilanadi: chet el valyutasining har bir turi bo‘yicha; ochiq valyuta mavqelarining jami summasi; barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi; barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi.”. 4. 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Tijorat banklari o‘zlarining filiallari uchun ochiq valyuta mavqelari limitlarini mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar doirasida mustaqil ravishda belgilaydi va bu haqida ularni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.”. 6. 14-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ma’lumotlari;”; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tijorat banklarining balans hisobvaraqlarining kunlik monitoringi.”. 7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Ochiq valyuta mavqelarining limiti oshirib yuborilgan hollarda yoki hisobot taqdim etilmaganda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining qaroriga asosan tijorat bankiga nisbatan qonun hujjatlarda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llashi mumkin.”.
95
3,111
Qonunchilik
Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4040-son qaroriga muvofiq, shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash nazarda tutiladi, shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi: 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda barcha guruhdagi iste’molchilarning sovuq va issiq suv priborlari bilan jihozlanishi hamda ushbu priborlarning tekshirilish holatini xatlovdan o‘tkazsin; 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joy fondida sovuq hamda issiq suv priborlarining o‘rnatilishini moliyalashtirish manbalari va to‘liq yakunlashning aniq muddatlari nazarda tutilgan Sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini o‘rnatish dasturini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda aholining ichimlik suvni iste’mol qilish normativlarini qayta ko‘rib chiqsin hamda tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari — Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) (keyingi o‘rinlarda tariflar deb ataladi) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkiloti (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) — suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tashkilot; narxlarni tartibga solish organi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirig‘iga asosan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari; rentabellik — zarur foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foyda summasi) ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari hajmiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga bo‘lish orqali hisoblab chiqariladigan tashkilotlar faoliyati foydasining nisbiy ko‘rsatkichi; tartibga solish koeffitsiyenti (kamaytiruvchi yoki oshiruvchi) — narx (tarif) darajasini aniqlash uchun belgilanadigan nisbiy miqdor; tarif smetasi — daromadlar va xarajatlar, ishlab chiqariladigan tovarlar hajmlari ko‘rsatkichlari hamda xo‘jalik subyektining faoliyatini aks ettiruvchi va tartibga solish koeffitsiyentini belgilashda asos sifatida qabul qilinadigan boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar; investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasi — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda “Uyjoykommunxizmat” vazirligi deb ataladi) bilan kelishilgan shakl bo‘yicha tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar, infratuzilmaga va faoliyatning boshqa turlariga kiritilgan hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, amal qilish davridagi operatsion xarajatlar smetasini o‘z ichiga olgan reja. Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasi tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda uch yilga ishlab chiqiladi va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash bo‘yicha buyurtmanomaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi; daromadning talab qilinadigan darajasi — suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni qo‘llash davridagi daromadlarning barcha operatsiya xarajatlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, kengaytirish xarajatlari, tashkilotning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlarni qoplash, shuningdek, sof foyda olish uchun zarur bo‘lgan jamlangan summasi. 3. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi) bilan birgalikda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun narxlarni tartibga solish organlariga ushbu Nizom bilan belgilanadigan tartibda murojaat qiladi. 4. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari suv ta’minoti hamda kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun tariflarni asoslashda qabul qilinadigan xarajatlarni aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi. 5. Tashkilot deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan, belgilangan) tariflarni mustaqil pasaytirish huquqiga ega, bunda: monopol past narxlarni belgilash maqsadida tariflarni pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi; tariflar barcha iste’molchilar uchun bir vaqtning o‘zida pasaytiriladi va keyinchalik narxlarni tartibga solish organiga bu haqda xabar beriladi. 6. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 7. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar tashkilot tomonidan talab qilingan darajadagi daromadga erishish vazifasiga muvofiq shakllantiriladi. 8. Tariflar alohida yuridik shaxs hisoblangan yoki ajralib chiqqan tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadigan tashkilotlar uchun alohida belgilanadi. 9. O‘rtacha tariflar tashkilotning ushbu Nizom 3-bobida ko‘rsatilgan xarajatlar tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladigan daromadining talab qilinadigan darajasini suvni realizatsiya qilish bo‘yicha kutiladigan hajmga bo‘lish orqali hisob-kitob qilinadi. 10. Har bir turdagi iste’molchilardan pul mablag‘lari tushumining kutiladigan umumiy summasi tashkilotning ushbu Nizomga muvofiq belgilanadigan daromadining talab qilinadigan darajasiga erishish uchun yetarli bo‘lish sharti bilan ularning har biriga turli tariflar belgilanishi mumkin. 11. Har bir turdagi iste’molchilar uchun tariflar tegishli turdagi iste’molchiga yetkazib berilgan kub metr suv miqdoriga mos ravishda hisob-kitob qilinadi. Shu tariqa, yetkazib berilgan dastlabki kub metr suv uchun to‘lov iste’mol qilingan so‘nggi kub metr suvga to‘langan to‘lov kabi hisoblanadi. Keyinchalik hisobga olish priborlari yordamida iste’mol hajmlari to‘g‘risida qo‘shimcha axborot to‘planishiga qarab, tashkilotlar va “Uyjoykommunxizmat” vazirligi o‘sib boruvchi tarifikatsiyani ishlab chiqib, taklif etishi mumkin. Bunda past tariflar eng kam hajm doirasidagi iste’mol, yuqori tariflar esa katta hajmdagi iste’mol uchun belgilanadi. 12. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar xarajatlarni, shu jumladan tashkilotlarning “Uyjoykommunxizmat” vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalariga muvofiq suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish xarajatlarini to‘liq qoplash prinsiplariga asosan belgilanadi va ushbu rejalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish davrida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar; suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish yoki kengaytirish uchun investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek, kelishilgan moliyalashtirish manbalari (o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va (yoki) tijorat banklarining qarz mablag‘lari hisobidan); o‘tgan yillardagi xarajatlar asosida hisoblangan yillik davriy xarajatlar smetasi; daromadning yillik talab qilinadigan darajasini hisoblash; suvni realizatsiya qilishdan kutiladigan hajmni hisoblash; suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun o‘rtacha tarifni hisoblash; turli iste’molchilar uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha taklif etiladigan tariflar. 13. Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasining amal qilish davridagi o‘rtacha tariflar tashkilotning “xarajatlar plyus” uslubi bo‘yicha aniqlanadigan daromadining talab qilinadigan darajasini suvni realizatsiya qilishdan kutiladigan yillik hajmga bo‘lish orqali hisob-kitob qilinadi. “Xarajatlar plyus” uslubining maqsadi — xizmat ko‘rsatish uchun doimiy (yillik) xarajatlar, infratuzilmani kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish xarajatlari, yangi infratuzilma barpo etish yoki xizmatlarni kengaytirishga yirik miqdorda kapital sarflash qiymatini qoplash uchun uzoq muddatli istiqbolda yetarli darajadagi daromadni shakllantirishdan iborat. 14. Daromadning talab qilinadigan darajasining “xarajatlar plyus” uslubi bo‘yicha hisob-kitobi quyidagilarni o‘z ichiga oladigan operatsion xarajatlar (investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatishning tasdiqlangan rejasiga muvofiq) hisobga olingan holda amalga oshiriladi: yillik barcha ishlab chiqarish xarajatlari (masalan, materiallar, ish haqi, elektr energiyasi, amortizatsiya ajratmalari); davr xarajatlari (masalan, sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar va zararlar); modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun tashkilotning yillik daromadi hisobidan to‘lanadigan xarajatlar; moliyaviy faoliyatni amalga oshirish xarajatlari (foizli xarajatlar); tashkilotning foyda olishi. Natijada hosil bo‘lgan summa rejalashtirish davrida tashkilot kelishilgan qarzlar bo‘yicha asosiy qarz summasini o‘zining pulli xarajatlarini inobatga olgan holda, investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasi amal qiladigan muddatda qoplashi uchun yetarli bo‘lishi zarur. 15. Tarif ko‘rsatiladigan xizmatlarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar va sof foyda ko‘rsatkichlari bazasida hisob-kitob qilinadi va quyidagilar: normalanadigan xarajatlar bo‘yicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat sarflash normalarini va boshqalar) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda; normalanmaydigan xarajatlar bo‘yicha — hisobot ko‘rsatkichlarining tahlili asosida va narxlarning prognoz bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarning eng kam va eng ko‘p sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida narxlarni tartibga soluvchi organ ularning o‘rtacha ko‘rsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalanadi. 16. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun xarajatlar alohida hisob-kitob qilinadi va bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatidagi qo‘shimcha xarajatlar, mehnat uchun bilvosita xarajatlar, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat xarajatlari ishlab chiqarish xodimlarining ish haqiga mutanosib ravishda ushbu turdagi xizmatlar bo‘yicha taqsimlanadi. 17. Xarajatlar tariflar amal qilish davrining har bir yili uchun xarajatlarning inflatsiya oqibatida kutiladigan oshishi hisobga olinmagan holda hisob-kitob qilinadi. 18. Suv ta’minoti xizmatlari uchun talab qilinadigan o‘rtacha tarif davrning dastlabki yilida quyidagi tarzda hisob-kitob qilinadi: bunda: O‘T — suv ta’minoti xizmatlari uchun talab etiladigan o‘rtacha tarif; Dd — daromadning talab qilinadigan darajasi (yillar bo‘yicha); Hs — realizatsiya qilinadigan suv hajmi (yillar bo‘yicha). 19. Kanalizatsiya xizmatlari uchun talab qilinadigan o‘rtacha tarif davrning dastlabki yilida quyidagi tarzda hisob-kitob qilinadi: bunda: O‘T — kanalizatsiya xizmatlari uchun talab qilinadigan o‘rtacha tarif; Dd — daromadning talab qilinadigan daraja (yillar bo‘yicha); Hs — suv chiqarish hajmi (yillar bo‘yicha). 20. Yillik operatsion xarajatlar avvalgi xarajatlar, shuningdek, bunday xarajatlarda taklif etiladigan va asoslangan o‘zgartirishlar asosida hisob-kitob qilinadi. 21. Rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun xarajatlar tashkilotning sof foydasi tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritiladi. 22. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qisqa va uzoq muddatli moliyalashtirish uchun barcha yillik xarajatlarni (ya’ni, foiz ko‘rinishidagi xarajatlar) o‘z ichiga oladi. Moliyaviy faoliyat xarajatlari kreditlar yoki obligatsiyalar bo‘yicha asosiy qarzni qoplash xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliyaviy faoliyat xarajatlari faqat uzoq muddatli tegishli qarzlar investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasi doirasida tasdiqlangan holatda, daromadning talab qilinadigan darajasi hisob-kitobiga kiritilishi mumkin. 23. Agar oldingi hisobot davrida tashkilot texnologik jarayonlarni takomillashtirish va resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobidan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga erishsa, tariflarni navbatdagi qayta ko‘rib chiqishda yoqilg‘i-energetika resurslari, xomashyo va materiallar uchun xarajatlar resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish natijasida qo‘llaniladigan qayta ko‘rib chiqilgan xarajatlar normalari hisobga olingan holda qabul qilinadi. 24. Resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobidan tejab qolingan mablag‘lar sof foyda tarkibida hisobga olinadi va 50 foizi infratuzilmani rivojlantirish, modernizatsiya qilish, energiya va resurs tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy qilishga yo‘naltiriladi. Qolgan 50 foizi esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalari xodimlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qaroriga muvofiq tashkilot xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. 25. Bunda investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasiga asosan tashkilotni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek, energetika resurslarini tejashdan olingan mablag‘larni sof foyda tarkibida hisobga olish hisobidan tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga muvofiq belgilangan rentabellik cheklangan miqdorining 10 foizdan oshishi monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish hisoblanmaydi va oshgan summaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanilmaydi. 26. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tasdiqlanadigan tariflarni shakllantirishdagi xarajatlarda hisobga olinmaydi. Bunda aholiga ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari “nol” stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi. 27. “Uyjoykommunxizmat” vazirligi suv ta’minoti va suv chiqarishni nazorat qiluvchi organ hisoblanadi va davlat boshqaruvining turli darajalarida siyosatni birxillashtirish hamda sektor faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish uchun mas’uldir. 28. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari suv ta’minoti hamda kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan tashqari investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p yillik rejalar tayyorlanishi uchun ham mas’uldir. Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalari mahalliy davlat hokimiyatining tegishli organlari bilan kelishilgan holda tayyorlanadi. Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarida suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi, bunday maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar va operatsion xarajatlar, shuningdek, barcha davriy xarajatlar aniqlanadi. Rejalar daromadning talab qilinadigan darajasi va o‘rtacha tariflarni hisob-kitob qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 29. Tashkilotlar investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarini hamda tariflarni tasdiqlash buyurtmanomalarini avvalgi investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasini amalga oshirish natijalarini inobatga olgan holda, joriy rejani amalga oshirish davri tugaguniga qadar tayyorlaydi. 30. Tashkilotlar investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarini “Uyjoykommunxizmat” vazirligiga tegishli hujjatlarni tayyorlash maqsadida ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 31. Tashkilotlar tegishli hokimliklar bilan kelishgan holda, investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish davomida tariflar bo‘yicha takliflar yuzasidan iste’molchilar bilan maslahatlar o‘tkazadi. 32. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun hududiy bo‘linmalar bilan birgalikda narxlarni tartibga solish organlariga quyidagi hujjatlar ilova qilingan ariza bilan murojaat qiladi: a) deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) tarifning ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha hisob-kitobi; b) moliyaviy hisobotlar nusxasi; v) mehnat bo‘yicha statistika hisobotining nusxasi; g) daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida tashkilot bo‘yicha xarajatlar va har bir xizmat bo‘yicha alohida xarajatlar moddalari aks ettirilgan va quyidagilar ilova qilingan yig‘ma ma’lumotlar: ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, elektr energiyasidan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan normalar ko‘rsatilgan holda); ushbu Nizomga 4* yoki 4a-ilovalarga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar va ijtimoiy sug‘urtalash uchun ishlab chiqarishga taalluqli ajratmalarning mazmuni (mehnat xarajatlarining tasdiqlangan normalari ko‘rsatilgan holda); ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha ammortizatsiya ajratmalari summasining hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy mablag‘lardan va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish muddatlari ko‘rsatilgan holda); ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish maqsadlari uchun qo‘shimcha xarajatlar, materiallarga va mehnatga bilvosita xarajatlarning mazmuni; kapital va joriy ta’mirlash xarajatlari, shuningdek, tashkilotni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlarining mazmuni; ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foydaning mazmuni (shu jumladan, asosiy qarz va foizlarni qoplash yuzasidan tasdiqlangan jadvallar taqdim etilgan holda, jalb etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur mablag‘lar); ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha faoliyatning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; d) ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha natura shaklida ifodalangan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmlari pasayganda pasayish sabablarining yozma asoslarini taqdim etish zarur); e) rivojlanish davlat dasturlarini (mavjud bo‘lsa) amalga oshirish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitoblari ko‘rsatilgan holda ushbu dasturlarning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborot; j) o‘tgan hisobot davri uchun rivojlanish davlat dasturlarining amalga oshirilishi (yoki amalga oshirilayotgan) natijasida ko‘rsatiladigan xizmatlarning material, energiya va mehnat talab qilish darajasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot; z) davlat dotatsiyalariga bo‘lgan ehtiyoj yoki qonunchilikda (zarurat bo‘lganda) nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlari to‘g‘risidagi axborot. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron shakllari ham taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun boshqa vakolatli organlardagi zarur hujjatlar va axborotni axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron ko‘rinishda belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno. 33. “Uyjoykommunxizmat” vazirligi tariflar hisob-kitoblarni tahlil qilib, zarur tuzatishlarni tegishli tashkilotlar bilan muhokama qiladi va ularning yakunlari bo‘yicha tariflarni kelishish uchun buyurtmanomalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi. 34. “Uyjoykommunxizmat” vazirligi tashkilotning rejalashtirish va tariflarni shakllantirish bo‘yicha kompleks jarayonini qo‘llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun javob beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, tariflarni tasdiqlash buyurtmanomalarini kelishish jarayonini muvofiqlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tariflarni yakuniy kelishishni amalga oshiradi. 35. Tashkilotlar tegishli hokimliklar bilan kelishgan holda, tasdiqlangan tariflar iste’molchilarga yetkazilishini ta’minlaydi. 36. Tariflar deklaratsiyasida (tasdig‘ida) narxlarni tartibga solish organi tomonidan ushbu Nizomga 10-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ko‘rsatilgan sana tashkilot xizmatlari uchun deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yangi tarifni joriy etish sanasi hisoblanadi. Bunda narxlarni tartibga solish organining tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) to‘g‘risidagi qarori tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida ular kuchga kirishidan 15 kun avval majburiy tartibda e’lon qilinadi. 37. Tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) tarif hisob-kitobi (ushbu Nizomga 2-ilova*) yoki tarif smetasining (ushbu Nizomga 11-ilovaga* muvofiq) bitta asl nusxasi tariflar deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan boshlab uch kun muddatda tashkilotga, ikkinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlariga yuboriladi, uchinchi nusxasi narxlarni tartibga solish organida qoladi. Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda, deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) tarifni hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflarning (xarajatlarning) bitta satri summasi sarflarning (xarajatlarning) boshqa turi satri summasi o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganda, tashkilot tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 2-ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga solish organini ushbu o‘zgarish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi shart. 38. Tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Uyjoykommunxizmat” vazirligi bilan kelishilgan holda, tariflarni tasdiqlash uchun yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan buyurtmanomalarni yubormasdan inflatsiya indeksi hisobga olinib, har yili avtomatik ravishda tuzatiladi. 39. Tashkilotlarning xarajatlari haddan ortiq oshib ketgan hollarda, tasdiqlangan tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun oraliq buyurtmanomalarni yuborishi mumkin. 40. Tashkilotlar choraklik moliyaviy-operatsion hisobotlarni, shuningdek, tegishli yilda tashkilotning moliyaviy hamda operatsion ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni (investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasida ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bilan taqqoslagan holda) o‘z ichiga olgan moliyaviy natijalar haqida yillik hisobotlar hamda investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelishilgan rejalar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi va “Uyjoykommunxizmat” vazirligiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 41. Tashkilotlar “Uyjoykommunxizmat” vazirligi va mahalliy davlat hokimiyatining tegishli organlari (hokimliklar) bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqilgan tariflar joriy etilgandan so‘ng hisobga olish priborlari bilan qamrab olinmagan iste’molchilarning to‘lovlarini hisoblash maqsadida suv iste’moli normalarini qayta ko‘rib chiqadi. 42. Tashkilotlar “Uyjoykommunxizmat” vazirligi va tegishli hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqarish obyektlari va iste’molchilarni kelishilgan muddatlarda hisobga olish priborlari bilan 100 foiz qamrab olinishini ta’minlaydigan hisobga olish priborlarini joriy qilish dasturining ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlaydi. 45. Davlat monopoliyaga qarish kurashish organlari tartibga solinadigan tariflar to‘g‘ri shakllantirilishi va qo‘llanishi uchun davlat nazoratini amalga oshiradi. Davlat monopoliyaga qarshi kurashish organi ushbu Nizom talablariga qonunchilikda belgilangan tartibda rioya etilishini tekshiradi va o‘rganadi (tahlil qiladi). 46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
210
26,121
Qonunchilik
Elektron auksionda tadbirkorlik uchun yerni qanday olish mumkin
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (VMning 30.06.2018 yildagi 493-son qaroriga 1-ilova) e’lon qilindi.    Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.04.2018 yildagi PQ–3677-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 iyuldan boshlab «E-IJRO AUKSION» maydonchasi orqali elektron auksionda (boshlangʻich narхni oshirish tartibida) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun yer beriladi. Sharhga qarang. Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi хabarnoma operator veb-portalida u oʻtkazilishidan kamida 30 kalendar kun avval joylashtirilishi kerak. Auksion 2 shaklda oʻtkazilishi mumkin: Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab avtomatik tarzda qabul qilinadi, auksionni oʻtkazish kunidan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi. Buyurtmanoma saytda toʻldiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi (maхsus ERI auksion operatori – Majburiy ijro byurosi qoshidagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan beriladi). Shuningdek uchastka boshlangʻich qiymatining 20%i miqdorida zakalat kiritish va buyurtmanomada toʻlov hujjati rekvizitlarini koʻrsatish talab etiladi. Toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida lot raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim, har bir ob’yekt boʻyicha alohida toʻlov hujjati talab etiladi.   Yer uchastkasining boshlangʻich narхi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan 18:00 gacha u yakunlangunga qadar ishtirokchilar shaхsini oshkor qilmasdan oʻtkaziladi. Biroq bu ishtirokchilar kun davomida oʻzlari uchun qulay paytda oʻz takliflarini bildirishga haqli ekanliklarini anglatmaydi. Gap shundaki, oхirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida hech kim keyingisini tasdiqlamasa, uni tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibiga aylanadi. Ya’ni auksion soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etishi uchun boshlangʻich narх kamida 54 marta 5%ga (auksion qadami) oshirib borilishi zarur. Shu tariqa, kun oхiriga kelib lot qiymati kamida 270%ga oshishi mumkin. Soat 18:00 boʻlishi bilan faol savdo toʻхtatilmay, soat 21:00 gacha хuddi shu tarzda davom ettirilishi mumkin. Bu holda soat 21:00 gacha oхirgi taklifni bildirgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.        Bu – muhim! Portal operatorining vositachilik haqi uchastkani sotish summasining 5%igacha miqdorini tashkil etishi mumkin. Auksion yakunlangach, uning natijalari portalda e’lon qilinadi, shuningdek auksion tashkilotchisi uning bayonnomasini tegishli hokimlikka yuboradi. Hokimlik 3 kun davomida yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi hamda uni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filialiga yuboradi, u yerda uchastkaning kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.07.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov. * Ehtimol, bir yillik yer soligʻi summasi nazarda tutilayotgandir.
63
3,239
Qonunchilik
Jizzaх viloyatida tibbiyot klasteri quriladi
Gʻallaorol tumanidagi 10 gektar yer uchastkasida klinikalar, shifoхonalar, ta’lim kampuslari va boshqa ob’yektlar joylashtiriladi (2.10.2019 yildagi 838-son VMQga qarang). Qurilish sohasida tegishli litsenziya va  ruхsatnoma olmasdan, pudrat va loyiha tashkilotlari oʻrtasida konsorsium tashkil etish orqali “fast-track” uslubida quradilar. Konsorsium ishtirokchilariga loyihaning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun birgalikda javobgarlik yuklatiladi. Loyihani amalga oshirish uchun “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan “Medical care cluster” MChJ tashkil etilib, unga  tashkiliy va muvofiqlashtirish vakolatlari berildi, soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar taqdim etildi. Loyihaning barcha  ishtirokchilarini jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar, jumladan tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasidan YaIT toʻlashdan ozod etishdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’qullangan хalqaro klinik protokollar hamda kasalliklarga tashхis qoʻyish hamda ularni davolashning tibbiy uslublari tibbiyot klasteri hududida moslashtirilmasdan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli ruхsatnomasini olmasdan qoʻllanilishi mumkin. Klasterni tashkil etish maqsadi – aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish. Loyihaga  хorijiy va mahalliy investitsiyalarni, хalqaro moliya institutlari, investitsiya fondlari mablagʻlarini, banklar kreditlarini jalb qiladilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
44
1,665
Qonunchilik
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 29-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3135, 2019-yil 4-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/3135/2571-son) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “maktabgacha ta’lim muassasalarining” degan so‘zlar “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 6-bandda: a) birinchi xatboshi “davlat maktabgacha” degan so‘zlardan keyin “ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; b) to‘rtinchi xatboshi “davlat maktabgacha ta’lim” degan so‘zlardan keyin “tashkilotlari” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 3. 18-banddagi “davlat maktabgacha ta’lim muassasasi” degan so‘zlar “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. Nizomning 1-ilovasidagi “muassasasi”, “muassasasining”, “muassasalari”, “muassasa” degan so‘zlar tegishlicha “tashkiloti”, “tashkilotining”, “tashkilotlar”, “tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
185
1,577
Qonunchilik
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘i, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z k
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 72-son “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2363, 2012-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 222-modda); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 28-yanvardagi 24-son “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2363-1, 2019-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/2363-1/2683-son). 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,367
Qonunchilik
Fargʻona vodiysida istiqbolli biznes-loyihalarni topish bilan shugʻullanadilar
«SFI Management Group» XK MChJ boshqa investorlar bilan birgalikda «Vodiy Investments» investitsiya kompaniyasi va «Vodiy Investments Management» boshqaruv kompaniyasini tashkil etadi (VMning 28.06.2019 yildagi 542-son qaroriga qarang). Birinchisi asosan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida boshqaruv kompaniyasi tomonidan jalb qilingan malakali investorlarning pul mablagʻlarini keyinchalik sanoat tarmoqlari, хizmat koʻrsatish sohalari, infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli biznes-loyihalarga, shuningdek, biznesning aylanma kapitalini moliyalashtirishga sarflash uchun shakllantiradi va jamlaydi. Boshqaruv kompaniyasi koʻrsatilgan viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda moliyalashtirish va baholash uchun istiqbolli biznes-loyihalarni topish bilan shugʻullanadi. “Investitsiya kompaniyasi”, “boshqaruv kompaniyasi”, “malakali investor” tushunchalari va ularning faoliyati hamda hamkorligi haqida bu yerda oʻqish mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
78
1,062
Qonunchilik
I.S. Akramovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Ilhom Saliyevich Akramovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasi berilsin.
101
102
Qonunchilik
MAHSULOTLARNING MONOPOL TURLARINI TOVAR-XOM AShYo BIRJASI ORQALI SOTISh RO‘YXATINI YaNADA KENGAYTIRISh VA HAJMLARINI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulardan foydalanishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mahsulotlarning qo‘shimcha monopol turlari ro‘yxatini tasdiqlash, ularni 1-ilovaga muvofiq birja savdolariga qo‘yishning eng kam hajmini belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2011-yil 1-iyuldan boshlab: mahsulotlarning 1-ilovaga kiritilgan monopol turlarini sotish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomning I bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi; ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mahsulotlarning ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq monopol turlari majburiy tartibda birja savdolariga qo‘yilishini amalga oshiradilar, 2011-yil uchun ular bo‘yicha muddatini uzaytirish huquqisiz shartnomalar tuzilgan hajmlar bundan mustasno; mahsulotlarning 1-ilovada ko‘rsatilgan, birja savdolarida sotib olingan monopol turlaridan faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta sotish taqiqlanadi. Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan, iste’molchilar tomonidan birja savdolarida sotib olingan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan olingan daromad Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq olib qo‘yiladi. Korxonalarning resurslarni qayta sotish holatlariga yo‘l qo‘ygan rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 3. 2011-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq mahsulotlarning ushbu qarorga 1-ilovada, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan strategik va monopol turlarining kalendar oy yakunlariga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha eksportga va ichki bozorga sotilmagan hajmlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (sotuvchilar) tomonidan majburiy tartibda birja savdolariga qo‘yiladi. 4. “O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Davlat mulki qo‘mitasining Birja savdosi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida mahsulotlarning sotib olingan yuqori likvidli va monopol turlaridan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanuvchi qatnashchilarning birja savdolaridan foydalanishi mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklifi ma’qullansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, “O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 5-bandning uchinchi xatboshidagi “ishlab chiqaruvchi korxonalar” so‘zlaridan keyin “(sotuvchilar)” so‘zi qo‘shilsin; 2. 31-bandda: ikkinchi xatboshidagi “dizel yonilg‘isi” so‘zlaridan keyin “budjet mablag‘lari hisobiga” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda budjet tashkilotlari avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini birja savdolari orqali budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga sotib olishlari mumkin”. 3. 32-bandda: “belgilangan narxlar bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda avtomobil benzinini sotish belgilangan narxlar bo‘yicha, dizel yonilg‘isini esa neftni qayta ishlash zavodining neft bazalarigacha yetkazib berish uchun tashish to‘lovlari va neft bazalarining ustama narxlari ulgurji-sotish narxlari yig‘indisi sifatida hosil bo‘ladigan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi”. 4. 34-35-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “34. Keyinchalik aholiga sotish uchun mo‘ljallangan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isining bozor fondini sotish tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini sotib olish neft bazalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha neftni qayta ishlash zavodining neft bazalarigacha yetkazib berish uchun tashish to‘lovlari va neft bazalarining ustama narxlari ulgurji-sotish narxlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va holatlarda narxga kiritiladigan summalar yig‘indisi sifatida hosil bo‘ladigan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini aholiga belgilangan narxlar bo‘yicha sotadilar. 35. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi, mazkur Nizomning 31 — 34-bandlarida ko‘rsatilgan hajmlardan tashqari, ochiq birja savdolari orqali sotiladi”. 5. 36-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “Ochiq birja savdolarida boshlang‘ich narxi: avtomobil benziniga — belgilangan narxlar bo‘yicha; dizel yonilg‘isiga — neftni qayta ishlash zavodining neft bazalarigacha yetkazib berish uchun tashish to‘lovlari va neft bazalarining ustama narxlari ulgurji-sotish narxlari yig‘indisi sifatida hosil bo‘ladigan narxlar bo‘yicha belgilanadi”; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
158
6,433
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY UNVONLARINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari ta’sis etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”, “O‘zbekiston iftixori”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”. 2. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3. O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). O‘zbekiston Respublikasining: “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni yuksak badiiy asarlar yaratgan, respublikada adabiyot va san’atni rivojlantirishda, ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan rejissorlarga, bastakorlarga, dirijyorlarga, baletmeysterlarga, musiqa, xor, raqs va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga, madaniyat va san’at o‘quv yurtlarining muallimlariga, rang tasvir, naqqoshlik, o‘ymakorlik, gilamdo‘zlik va xalq ijodiyotining boshqa turlarida yuksak asarlar yaratgan xalq ustalariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi; “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni atoqli san’at arboblariga teatr, musiqa, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirshni rivojlantirishdagi, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lidagi salmoqli hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, xalq tomonidan keng e’tirof etilgan yuksak badiiy asarlar yaratgan yozuvchilarga, dramaturglar, tanqidchilar va adabiyotshunos olimlarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni atoqli tasviriy san’at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, respublikada va uning sarhadlaridan tashqarida mashhur bo‘lgan yuksak she’riy asarlar yaratgan shoirlarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bolalar va yoshlarga ta’lim hamda tarbiya berishda, xalq ta’limini rivojlantirish ishida alohida xizmat ko‘rsatgan barcha turdagi umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga, oliy o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining muallimlariga, xalq ta’limi tizimidagi o‘quv-tarbiya, uslubiyat va boshqa muassasalarining xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni qo‘shiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, O‘zbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she’riy san’atning an’anaviy shakllarini o‘zlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targ‘ib qilganligi uchun beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim” faxriy unvoni uy-joy kommunal xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni aloqa vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishda, respublika xalq xo‘jaligiga va aholisiga aloqaning barcha turlari bilan namunali xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni respublikada san’atni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijyorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi; O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirish, geologiya-qidiruvga oid ishlab chiqarishni kengaytirish, mineral-xomashyo bazasini yaratish va mustahkamlash, foydali qazilma konlarini ochish va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirishga topshirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda va foydali qazilmalarni qazib olishda ekologik jihatdan toza ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya tarmog‘ining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini o‘rgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq xo‘jaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni gazeta va jurnallar tahririyatlarining, televideniye va radio eshittirish, axborot agentliklarining matbuotni rivojlantirishda katta xizmat, ijodda va tashkilotchilik faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan jurnalistlariga, nashriyotlar, boshqa tashkilotlarning ana shunday xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan va suv xo‘jaligini hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni xalq xo‘jaligiga joriy etilgan va katta iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga, shuningdek ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni madaniy-ma’rifiy muassasalar, televideniye, radio, matbuot, nashriyotlar, tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash xodimlariga, shuningdek madaniyatni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor” faxriy unvoni milliy me’morchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq me’morchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada me’morchilik yodgorliklarini ta’mirlash sohasida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali me’morlarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va farmatsevtika muassasalarining sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shu jumladan o‘rta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni Olimpiada va Osiyo o‘yinlarining, jahon, Osiyo chempionatlarining, birinchiliklarining, A guruhidagi boshqa xalqaro musobaqalarning, Olimpiada oldi o‘yinlari yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar umumjahon chempionatlarining chempionlari va sovrindorlarini tayyorlagan, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan sport ustozlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi” faxriy unvoni avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo, shahar transporti, yo‘llar qurilishi va ulardan foydalanish, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yo‘llar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini o‘zlashtirishda, aholiga va respublika xalq xo‘jaligiga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni barcha turdagi umumta’lim maktablarining, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, o‘qituvchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq ta’limini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek xalq ta’limi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, shuningdek o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni qonunchilikni rivojlantirishda, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda, xalq xo‘jaligida huquqiy ishni yaxshilashda, huquq fanlarini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlashda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali yuristlarga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” faxriy unvoni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sohasining, qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi; “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “SAN’AT ARVOVI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ich halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yadro atrofidagi elektronlar trayektoriyasi, pastki o‘ng chekkasida dafna novda tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “FAN ARVOVI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasing Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yo‘lkalari bilan o‘ralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan bo‘lib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta o‘zaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qo‘l tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan erda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi bo‘ylab, gerb uzra “O’ZBEKISTON IFTIXORI” degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna novdasi joylashgan bo‘lib, uning o‘rtasidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi lenta o‘tgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinliqda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida pardasi ochilgan teatr sahnasiniig bir qismi, niqob, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Parda ostidagi tekis sathdan, nishon markazining chaprog‘idan “XALQ ARTISTI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholg‘u asbobi — do‘mbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida tog‘lar va vodiy fonida ochiq kitob, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzlarning pastrog‘idan “XALQ YOZUVCHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirog‘ida “XALQ RASSOMI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumg‘on, lagan va xontaxta), pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirog‘idan “XALQ USTASI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida pat-qalam va qog‘oz varag‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Unvonning chap tomonida ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ SHOIRI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Kukrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida maktab binosining.fonida darslik, daftar, globus, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishon markazining yuqorirog‘ida, tekis sathdan “XALQ O’QITUVCHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy.cholg‘u asboblaridan doira va dutor pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ XOFIZI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida o‘rtaroqda aholiga kommunal, maishiy va savdo xizmati ko‘rsatishning ramz sifatida markazi bir-u, radiuslari har xil uchta aylana, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOXASIDA XIZMAT KO’RSATGAN XODIM” degan yozuv ikki qator bo‘lib joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida axborot uzatayotgan aloqa yo‘ldoshi, parabolik antenna, pastki o‘ng chekkada dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN ALOQA XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nnshonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida doira, niqob va royal, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan kadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning yuz tomoni markazida, ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida, yurtimizning noyob tabiati va boy resurslarini aks ettiruvchi vodiy, daryo va tog‘ cho‘qqilari hamda uning yuqori qismida ikkita kesishgan geologik bolg‘a va kompas aks ettirilgan. Nishonning aylanasi bo‘ylab pastki o‘ng qismida dafna novdasi va yuqori qismida “XIZMAT KO`RSATGAN GEOLOG” yozuvi joylashgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Qadag‘ichning bo‘yi 16 millimetr, eni 25 millimetr. Qadag‘ichning orqa tomoniga nishonni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida kaftlar e’zozidagi, ochila boshlagan gul g‘unchasi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida avtoruchka va bloknot, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN JURNALIST” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida gidrostansiyadan oqib tushib mavj urayotgan suv to‘lqini, chaprog‘ida g‘o‘za tupi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN IRRIGATOR” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida shtangensirkul, tishli g‘ildirak va qog‘oz varag‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN IXTIROCHI VA RATSIONALIZATOR” degan yozuv ikki qator bo‘lib joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq xo‘jaligi obyektlari razmlari tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi xaritasi fonida kompyuter, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAT IQTISODCHI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida ochiq kitob fonida g‘ijjak va rangin taxta (palitra) mo‘yqalamlari bilan, pastki chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN MADANIYAT XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida zamonaviy me’morchilik inshooti fonida ioniy (me’moriy) order va qog‘oz varag‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN ME'MOR” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida o‘rtaroqda kaftlar e’zozida paxta chanog‘i, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN RAXTAKOR” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida gazlama o‘rami ustida pillasi bilan tut barglari, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN RILLASNI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida sanoat obyektlari, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN SANOAT XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida shifokorlarning ramzi bo‘lmish ilon chirmashgan qadah, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN SOG’LIQNI SAQLASH XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yo‘lkasi fonida yosh sportchi ustozi bilan, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN SPORT USTOZI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yo‘lkalari va futbol maydoni fonida mash’ala, pastki, o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN SPORTCHI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida teplovoz, yuk shinasi va samolyot, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN TRANSPORT XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida markazida ufqdan bosh ko‘tarayotgan quyosh fonida samoda bulutlar uzra parvoz qilayotgan havo kemasi, pastki o‘ng chekkasida — dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO'RSATGAN G‘UQARO AVIATSIASI XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida o‘rtaroqda och kitob fonida globus va uchburchak chizg‘ich, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN XALQ TA’LIMI XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida chorvachilik fermasi fonida o‘tlab yurgan qo‘y podasi va otliq cho‘pon, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN CHORVADOR” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qalqon, qilich va tarozi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN YURIST” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida balandlik uzra taratib turgan quyosh fonida egatlar olingan dala va traktor, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab “XIZMAT KO’RSATGAN QISHLOQ XO’JALIK XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Ko‘rak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qurilish maydoni, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘yicha “XIZMAT KO’RSATGAN QURUVCHI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
72
39,168
Qonunchilik
Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligini o‘tkazish haqida
O‘zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir shoir va bastakor, atoqli davlat arbobi Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludiga 150 yil to‘lishi munosabati bilan hamda milliy qadriyatlarimizni avaylab asrash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yilda Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligi respublikamizda keng nishonlansin hamda bu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Tashkiliy qo‘mita bir hafta muddat ichida Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga: Xiva shahridagi Muhammad Rahimxon — Feruz nomi bilan bog‘liq qadamjolarni ta’mirlash; Muhammad Rahimxon — Feruz nomi bilan bog‘liq asarlarni respublika teatrlarida sahnalashtirishni tashkil etish topshirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda ijodiy uyushmalar bilan birgalikda 1994-yilning sentyabr oyida: Toshkentdagi “Turkiston” saroyida ilmiy-adabiy anjuman va O‘zbekiston san’at ustalarining Feruz g‘azallari va kuylari bilan ijro etiluvchi konsertni; Xiva shahrida Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy konferensiyani; Muhammad Rahimxon — Feruz asarlari kulliyotini nashrga tayyorlash va uni homiylar bilan hamkorlikda chop etishni tashkil etish topshirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Feruz ijodiyotidan namunalarni, uning hayoti va ijodini targ‘ib etuvchi asarlarni nashr etishga kirishsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga Feruz ijodi va hayoti haqida videofilm yaratish, yuksak ma’rifiy ko‘rsatuvlar dasturini tayyorlash topshirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xiva shahridagi Muhammad Rahimxon — Feruz qadamjolarini yubileyga qadar ta’mirlash, qurish va obodonlashtirish ishlari uchun tegishli vazirliklar taqdim etgan smetalar bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq umumiy sarf-xarajatlarning 50 foizi (yarmi) ni respublika budjetidan qoplasin. Ushbu sarf-xarajatlarning 50 foizi (yarmi) Xorazm viloyati budjetidan qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 8. Respublika ommaviy axborot vositalari Muhammad Rahimxon — Feruz hayoti va ijodini hamda tavalludining 150 yilligiga tayyorgarlikning borishini keng yoritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi zimmasiga yuklatilsin.
70
2,617
Qonunchilik
SUDNING HAL QILUV QARORIGA ASOSAN NIKOH BEKOR QILINIShI BO‘YIChA HISOBOT VARAQASINI TO‘LDIRISh TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi: 1. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 16-avgustdagi 02-230, 20-15-323-son bilan tasdiqlangan “Sudning hal qiluv qaroriga asosan nikoh bekor qilinishi bo‘yicha hisobot varaqasini to‘ldirish to‘g‘risida yo‘riqnoma” (2000-yil 25-avgust, ro‘yxat raqami 961 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 16-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
159
957
Qonunchilik
FOND BOZORINI YaNADA RIVOJLANTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarning O‘zbekiston va xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishdan manfaatdorligini oshirish, ularning texnik qayta jihozlanishini ta’minlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda fond bozoridagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida: 1. Aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarning aksiyalari paketlarini O‘zbekiston Prezidentining 1997-yil 31-martdagi 1740-sonli Farmonida belgilangan ulushlari bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirilsin: mehnat jamoasi aksiyalari paketi aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxona tasarrufiga beriladi, jamoa a’zolari o‘rtasida tarqatiladi hamda ular ko‘zlagan tartibda foydalaniladi; davlatga tegishli aksiyalar paketi davlat mulkini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi ixtiyorida qoladi; erkin sotuv hamda xorijiy sarmoyadorlarga sotishga mo‘ljallangan aksiyalar paketlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalar tomonidan birgalikda joylashtiriladi va tarqatiladi. 2. 1999-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda erkin sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga mo‘ljallangan aksiyalardan tushgan mablag‘ (valyuta hisobidagi tushumni ham hisobga olgan holda), istisno tarzida, to‘laligicha (operatsiya xarajatlaridan tashqari) qaytarmaslik imtiyozi bilan, aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarga o‘tkaziladi. Bu mablag‘ soliqqa tortilmaydi hamda undan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni renavatsiya qilish va yangilash bo‘yicha qat’iy maqsad yo‘lida foydalaniladi. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalarning erkin sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga mo‘ljallangan aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lari maxsus ochiladigan maxsus ssuda hisoblarida jamlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga 1999-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalar bilan birgalikda ularning erkin sotuv va xorijiy sarmoyalarga mo‘ljallangan aksiyalarini sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish huquqi berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarni sotishdan o‘z ixtiyorida qolgan mablag‘lardan aniq maqsadlarda foydalanishi ustidan nazorat qilsin. Bu mablag‘lardan ko‘zda tutilgan maqsadlarda foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda, ular respublika budjetiga o‘tkaziladi. 3. Belgilab qo‘yilsinki: davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida paydo bo‘lgan aksiyalar yangi egalariga belgilangan tartibda sotilgunga qadar birinchi marta joylashtirilgan davlat mulki hisoblanadi; aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividendlarni o‘tkazish, ularni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdagi holatiga ko‘ra, nizom jamg‘armasining boshlang‘ich hajmiga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, lekin sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda 1998-yilning 1 choragi mobaynida aksiyadorlar ro‘yxatini ular olishi lozim bo‘lgan dividendlarni to‘lash uchun davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiqlashtirsinlar. 4. O‘zbekiston Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Xususiylashtirish Investitsiya Fondlari (XIFlar) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Taklifda quyidagilar hisobga olinsin: XIFlarni boshqaruvchi kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi hamda ularning rahbarlari professional darajasiga talabchanlikni oshirish; XIFlarni boshqarishning cheklangan kishilar doirasida konsentratsiyalashuvi va XIFlar aktivlari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar o‘tkazilishiga barham berish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Davlat Soliq qo‘mitasi bir hafta muddat ichida: Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida taklif kiritsin; amaldagi idoraviy me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Chjen hamda Moliya vaziri J.Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
154
4,853
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzalarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturi tasdiqlansin (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari: Dasturga kiritilgan har bir tadbir (qonun loyihasi) bo‘yicha maxsus ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlasin; o‘z ishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishining borishi to‘g‘risida axborot tayyorlanishini ta’minlasin; Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar o‘tkaziladigan muddatlar o‘zgarishi ehtimoli to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashini o‘z vaqtida xabardor etsin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning tayyorlanishi, amalga oshirilishi va yakunlari chiqarilishi jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining o‘zlari mutasaddi bo‘lgan qo‘mitalarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. Ushbu Dasturning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisidagi, 2015-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilik, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilashdan iborat. Dastur Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirishga qaratilgan. Yangidan saylangan deputatlar korpusi sifat jihatidan yangi siyosiy, sotsial-iqtisodiy sharoitlarda ishlashiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz oldida bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni yanada barqaror rivojlantirishni, yurtimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, diyorimizda tinchlikni saqlash sohasida miqyosi va teranligi jihatidan ulkan vazifalar turibdi. Ana shunday sharoitda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini va mustaqil OAVni rivojlantirish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslarini rivojlantirish, xavfsizligini ta’minlash sohasidagi milliy qonun hujjatlarini izchil, kompleks ravishda rivojlantirish, huquqni qo‘llanish samaradorligini oshirish istiqboldagi davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining eng muhim vazifalari hisoblanadi. Dastur huquqni qo‘llanish amaliyoti samaradorligini, qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga ta’sirini oshirishda Qonunchilik palatasining rolini kuchaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlar majmuini nazarda tutadi. Dasturda nazarda tutilgan, qonun loyihalari davlat boshqaruvining, fuqarolik jamiyati institutlarining turli darajalarida amaliy muhokama qilinishini, ularning chet el huquqiy amaliyoti bilan qiyosiy tahlil etilishini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini tubdan yaxshilashga ko‘maklashadi. Palata faoliyatini tashkil etishda, qonun loyihalarini kiritish tashabbusi bilan chiqish va ilgari surishda, partiyalararo raqobatni rivojlantirishda, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratining samaradorligini oshirishda siyosiy partiyalar fraksiyalarining rolini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi mamlakatimizning qonun chiqaruvchi yagona oliy organi — Oliy Majlis palatalarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashadi. Dastur O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari ustuvor yo‘nalishlarining ro‘yobga chiqarilishini kompleks ravishda huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgandir. Dastur Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining, mamlakatimiz fuqarolik jamiyati muayyan ijtimoiy qatlamlarining manfaatlarini ifodalovchi har bir partiyaning dasturiy vazifalariga asoslangan fikrlari inobatga olingan holda tayyorlandi. Mazkur Dasturning amalga oshirilishi parlamentning, deputatlarning, shuningdek siyosiy partiyalarning, ular fraksiyalarining mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishdagi, “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini ro‘yobga chiqarishdagi, iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishini, aholi farovonligi va turmushi sifatining o‘sishini ta’minlashdagi, mamlakatimizning taraqqiy etgan demokratik davlatlar safiga kirishi borasida ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi rolini yanada yuksaltirishning muhim omili bo‘lishi kerak.
250
6,184
Qonunchilik
DAVLAT ULUShLARINI BOShQARISh BO‘YIChA DAVLATNING IShONChLI VAKILLARI, BOShQARUVChI KOMPANIYALAR VA IShONChLI BOShQARUVChILAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORINGINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Davlatning ishonchli vakillari va professional boshqaruvchi kompaniyalarning xususiylashtirilgan korxonalarning korporativ boshqarish jarayoniga qatnashish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan 2004-yil 21-iyulda 01/06-15-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2004-yil 30-iyul, ro‘yxat raqami 1394) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
248
916
Qonunchilik
Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 128 va 129-moddalariga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 487-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 128 va 129-moddalariga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 487-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjet tashkilotlarining mablag‘lariga qaratish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: budjet tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra, belgilangan tartibda tashkil etilgan notijorat tashkiloti; O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi; moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida paydo bo‘ladigan majburiyatlar; xarajatlar smetasi — budjet tashkiloti tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks ettiriladigan hujjat; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari — qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga tushadigan mablag‘lar; g‘aznachilik bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari. 3. Ijro hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni qaratish, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, ijro hujjatida mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan to‘lash to‘g‘risidagi talab mavjud bo‘lgan yoxud ijro hujjatida budjet tashkiloti qarzdor sifatida ko‘rsatilgan hollarda amalga oshiriladi. 4. Budjet tashkilotining — qarzdorning moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruv, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini hisobga olgan holda, ijro hujjatlarini ijro etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va hajmda qaratiladi. Budjet tashkilotlaridan ijro yig‘imini undirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 5. Ushbu Nizom bilan zimmasiga sud qarorlarini ijro etish doirasidagi muayyan majburiyatlar va harakatlarni bajarish yuklangan davlat organlari va mansabdor shaxslarga sud tartibidan yoxud shikoyat qilish yoki protest keltirish tartibidan o‘zgacha tarzda sud hujjatini ijro etmaslik, ijro etishni to‘xtatib turish yoxud ijro etishga boshqacha tarzda to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. 6. Undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lariga qaratishni nazarda tutadigan ijro hujjatlarini ijro etish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 7. Ijro hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar olish uchun ijro hujjatida kimning foydasiga budjet mablag‘lari o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar yoxud uning vakillari (keyingi o‘rinlarda undiruvchilar deb ataladi) arizani: agar ijro hujjatida mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan undirish nazarda tutilgan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga; agar ijro hujjatida mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan yoki Toshkent shahrining shahar budjetidan undirish nazarda tutilgan bo‘lsa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga; agar ijro hujjatida mablag‘larni tumanlar va shaharlar budjetlaridan undirish nazarda tutilgan bo‘lsa — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga; agar ijro hujjatida pul mablag‘lari to‘lanishi kerak bo‘lgan budjet darajasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa — undiruvchining — jismoniy shaxsning yashash joyi bo‘yicha yoki undiruvchi — yuridik shaxs organining joylashgan joyidagi tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga taqdim etadilar. Bunda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutiladigan rejali budjet mablag‘lari mulkiy va ma’naviy zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning manbalari hisoblanadi. Arizaga sudning yoxud ijro hujjatini bergan boshqa organning muhri bilan tasdiqlangan ijro hujjatining asl nusxasi ilova qilinadi. Arizada unga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar o‘tkazilishi talab etilayotgan undiruvchining bankdagi hisob raqami rekvizitlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin. 8. Tegishli moliya organi quyidagi hollarda ijro hujjatini undiruvchiga ijro etmasdan qaytaradi: ariza ushbu Nizomning 7-bandi talablari buzilgan holda taqdim etilganda yoxud unga ijro hujjatining asl nusxasi ilova qilinmaganda. Agar ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilgan bo‘lsa, uning asl nusxasini ilova qilish talab etilmaydi; ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmaganda; ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan ijroga topshirish muddati o‘tgandan keyin taqdim etilganda; ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati yoxud qonunga ko‘ra ijro hujjati bo‘lgan boshqa hujjat qonuniy kuchga kirmaganda, bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda. Ijro hujjatini ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha ijro etmasdan qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 9. Ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarish to‘g‘risidagi asoslangan xat ariza tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida undiruvchiga yuboriladi, unda ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan talablardan qaysi biri buzilganligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi. Ijro hujjati ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha qaytarilgan taqdirda, xatda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablardan qaysi biri buzilganligi ham ko‘rsatiladi. Ijro hujjatini aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish undiruvchi tomonidan ushbu buzilishlar bartaraf etilgandan keyin ijro hujjatini tegishli moliya organiga takroran taqdim etishga to‘sqinlik qilmaydi. 10. Ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tegishli moliya organi ariza tushgan kundan boshlab 30 kun mobaynida moliyalashtirish manbalarini aniqlash va tegishli budjet mablag‘larini ariza beruvchining bankdagi hisob raqamiga to‘lash chora-tadbirlarini ko‘radi. Ayni bir vaqtda, ariza beruvchi va sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ ijro hujjatini ijro etish natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi. Undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 11. Ijro hujjatining ijrosini to‘xtatib turish, kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ijro hujjatining ijrosi sud tomonidan yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ tomonidan, shu jumladan sud hujjati yoki ijro hujjati yuzasidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi munosabati bilan to‘xtatib turilgan taqdirda, ijro hujjatini ijro etish bo‘yicha barcha harakatlar sud yoki ijro hujjatini bergan organ tomonidan ijro etishni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi. Bunda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddatning o‘tishi ham to‘xtatib turiladi. Ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati, yoxud qonunga ko‘ra ijro hujjati bo‘lgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda tegishli moliya organi undiruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar to‘lashni rad etish to‘g‘risida xat jo‘natadi. 12. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish davlat ijrochilari tomonidan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 13. Ijro hujjatlari bo‘yicha budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruv davlat ijrochisining qarori asosida, qarzni va ijro etish bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan miqdorda amalga oshiriladi. 14. Davlat ijrochilari budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutadigan ijro hujjatlarini (davlat ijrochisining qarorini) tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etadilar. 15. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish: birinchi navbatda budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan; to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz budjet tashkilotining xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo‘lganda — budjetdan ajratilgan mablag‘lar hajmi doirasida amalga oshiriladi. 16. G‘aznachilik bo‘linmasi davlat ijrochisining qarori olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda: budjet tashkilotining budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddasi bo‘yicha hamda budjetdan tashqari barcha shaxsiy g‘azna hisob varaqlari bo‘yicha to‘lovlarni hamda shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatadi, shuningdek davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan budjet tashkiloti mablag‘laridan foydalanish yuzasidan boshqa cheklovlarning ijrosini ta’minlaydi; budjet tashkilotini, ijro hujjatini ilova qilgan holda, tegishli xarajatlarning vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi; budjet tashkilotining g‘aznachilik hisob raqamidan — budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari qoldiqlari doirasida, budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasida mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmaganda hamda to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzlar budjet tashkiloti xarajatlari smetasi bo‘yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo‘lganda esa — ajratilgan budjet mablag‘lari hajmi doirasida mablag‘larning o‘tkazilishini ta’minlaydi. 17. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha mablag‘larni to‘lashga doir xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 18. Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari va xarajatlar smetasining tegishli moddasi bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldig‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda, g‘aznachilik bo‘linmasi budjet tashkilotiga xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida talabnoma yuboradi. Bunda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamlari bo‘yicha, shuningdek budjet tashkilotlari xarajatlar smetasining tegishli moddalari bo‘yicha bundan buyon yuridik majburiyatlar qabul qilish budjet tashkilotining xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritilgungacha va davlat ijrochisining qarori asosida mablag‘lar to‘liq to‘langungacha to‘xtatib turiladi. 19. Davlat ijrochilari, moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari ushbu Nizom talablarining qat’iy bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
204
13,143
Qonunchilik
Ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olish va yadroviy hamda boshqa radioaktiv moddalarning noqonuniy aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida hamkorlik bo‘yicha loyihani amalga oshirish choralari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida 2001-yil 5-iyundagi Mudofaa sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining Energetika vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ishtirokchilar) o‘rtasida 2017-yil 1-avgustdagi Yadroviy va boshqa radioaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi (keyingi o‘rinlarda — Memorandum) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida: 1. Quyidagilar: a) Bitim va Memorandum doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Energetika vazirligi (keyingi o‘rinlarda — AQSh Energetika vazirligi) Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy ma’muriyat orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida Ishtirokchilar bilan birgalikda aniqlanadigan maxsus yadroviy va boshqa radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishini aniqlash va oldini olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va materiallar, shuningdek, o‘qitish va xizmatlar ko‘rsatish ko‘rinishida texnik ko‘maklashishi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha); b) AQSh Energetika vazirligi tomonidan “Apogee/URSFSII” (AQSh) konsorsiumi Loyiha ijrochisi sifatida belgilangani; v) Loyihani amalga oshirish doirasida Bitim shartlariga muvofiq: AQSh Hukumati hisobidan import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar hamda yig‘imlardan ozod etilishi; “Apogee/URSFSII” (AQSh) konsorsiumi, uning pudratchi tashkilotlari, shuningdek, ushbu konsorsium va uning pudratchi tashkilotlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilishi; “Apogee/URSFSII” (AQSh) konsorsiumi va uning pudratchi tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Loyihani amalga oshirish uchun ijro etuvchi mas’ul organ etib belgilansin va unga o‘rnatiladigan asbob-uskunalardan samarali foydalanish, ularni hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgarlik yuklansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihada ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari Loyihani amalga oshirish muddatida konsullik yig‘imlar va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirish muddatida unda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga va jalb etiladigan pudratchi tashkilotlarning xodimlariga chegara o‘tkazish punktlariga kirish-chiqish imkoniyatini belgilangan tartibda ta’minlasin. 6. Loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, sarflash va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar, priborlar, ehtiyot qismlar va asboblar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotidan ozod etilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
215
4,019
Qonunchilik
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomn
Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 26-iyundagi 170-son qaroriga muvofiq, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati organlarini yuksak kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy sharoitlarda rahbarlik qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining boshliqlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Attestatsiya o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarkibi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Komissiya tuziladi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining boshliqlari (keyingi o‘rinlarda — Boshliqlar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari malakali, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, yetarli darajada boshqaruv ko‘nikmasiga va tajribaga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi. 3. Boshliqlar attestatsiyasi har uch yilda bir marta o‘tkaziladi. 4. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi. 5. Komissiya o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: boshliqlarni, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimlariga kasbiy tayyorgarligi darajasi va malakasi bo‘yicha muvofiqligini baholash yuzasidan uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish; sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy organlarining kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish; sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy organlari boshliqlari malakasini doimiy ravishda oshirib borish va ularning kasbiy darajasini o‘stirish tizimini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 7. Komissiyani rais boshqaradi. Rais bo‘lmagan taqdirda — uning o‘rinbosari boshqaradi. 8. Attestatsiyadan o‘tkazish joyi va muddati, attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibi hamda attestatsiyani o‘tkazishning boshqa tashkiliy masalalari Komissiya tomonidan belgilanadi. 9. Komissiya a’zolari komissiya majlislarini tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadilar, zarurat bo‘lganda, attestatsiyadan o‘tkaziladiganning faoliyatiga taalluqli qo‘shimcha materiallar va hujjatlarni talab qilish huquqiga egadirlar, attestatsiya varaqasini va attestatsiya protokolini imzolaydilar. 10. Komissiya majlislari komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha o‘tkaziladi. 11. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining boshliqlari attestatsiyadan o‘tishlari kerak. 12. Quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi: tegishli lavozimda bir yildan kam ishlagan shaxslar; homilador, shuningdek chaqaloqni parvarish qilish bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar. Ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni attestatsiyadan o‘tkazishga ular ishga chiqqanidan keyin oradan kamida bir yil o‘tgach yo‘l qo‘yiladi. 13. Attestatsiya talablari quyidagilarni xolisona baholashni o‘z ichiga oladi: qonunchilik, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha bilimlar; boshliqlarning kasbiy fazilatlari hamda tegishli hududda sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya holatining maqbul darajada bo‘lishi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish yakunlari bo‘yicha ular faoliyatining yakuniy natijalari; lavozim vazifalariga muvofiq bosh vrachlar faoliyatining aniq natijalari; sanitariya-epidemiologiyaning maqbul bo‘lishi sohasidagi qonunchilikka rioya etish darajasi va sifatiga qo‘yiladigan talablarning ta’minlanishi; kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ular bilan ish olib borish sifati; moddiy resurslarni boshqarish samaradorligi; ilg‘or axborot-texnologiyalarini, zamonaviy ilmiy yutuqlarni davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimi faoliyatiga joriy etish. 14. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli tarkibiy bo‘linmasi: attestatsiya o‘tkazilishidan o‘n kun oldin Komissiya bilan kelishgan holda attestatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli buyruq loyihasini tayyorlaydi, unda attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibi, attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddati belgilanadi; attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarni attestatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, shuningdek, Komissiya tomonidan tasdiqlangan attestatsiya talablari ro‘yxati (shu jumladan savolnomalar) bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtiradi. 15. Komissiyaga attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning har biri uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ma’lumotnoma; b) ma’lumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari; v) malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar (sertifikatlar) nusxalari; g) o‘tgan uch yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobot; d) quyidagilar uchun ishlab chiqarish tavsifnomasi: Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachidan; tuman (shahar)lar boshliqlari uchun — tegishli ravishda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlaridan; e) ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha attestatsiya varaqasi. 16. Attestatsiyadan o‘tkazilayotganlarning har biri uchun rasmiylashtiriladigan attestatsiya varaqasida quyidagilar aks ettiriladi: attestatsiyadan o‘tkazilayotgan to‘g‘risidagi ma’lumotlar; attestatsiyadan o‘tkazilayotganga beriladigan savollar va uning javoblari; attestatsiyadan o‘tkazilayotganning e’tirozlari va takliflari; attestatsiyadan o‘tkazilayotganning faoliyatini baholash; ovoz berish natijalari; Komissiyaning tavsiyalari; attestatsiya o‘tkazilgan sana; Komissiyaning o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha qarori. Attestatsiya varaqasi Komissiyaning raisi, kotibi va uning majlisida qatnashgan a’zolari tomonidan imzolanadi. 17. Komissiya majlisi attestatsiyadan o‘tayotgan xodimning ishtirokida o‘tkaziladi. Uzrli sababga ko‘ra attestatsiyaga kelmagan shaxslar Komissiyaning keyingi majlisi vaqtida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyaga kelmagan shaxslar ogohlantiriladi. Uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyaga takroran kelinmagan taqdirda Komissiya attestatsiyadan o‘tadiganning egallab turgan lavozimiga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. 18. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining boshliqlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun savolnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqiladi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi. 19. Attestatsiyani xolisona o‘tkazish maqsadida Komissiya: attestatsiyadan o‘tayotgan xodimga uning lavozim vazifalari bilan bog‘liq savollar beradi; attestatsiyadan o‘tayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan uning xizmat faoliyati to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi. 20. Komissiya majlisi unda a’zolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 21. Attestatsiyani o‘tkazish vaqtida audio va videoyozuvlar amalga oshiriladi. 22. Boshliqning attestatsiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror attestatsiyadan o‘tayotganning ishtirokisiz, ochiq ovoz berish yo‘li bilan, Komissiyaning majlisda qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 23. Attestatsiya natijalari bo‘yicha Komissiya quyidagi baholardan bittasini qabul qiladi: egallab turgan lavozimiga muvofiq; Komissiya tavsiyalari bajarilganda oradan 6 oy o‘tgandan keyin attestatsiyadan takroran o‘tgan holda egallab turgan lavozimiga muvofiq; egallab turgan lavozimiga muvofiq emas. 24. Attestatsiya natijalari attestatsiyadan o‘tkazilayotganga Komissiya majlisi tugagandan keyin darhol e’lon qilinadi va ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq protokol bilan rasmiylashtiriladi. 25. Komissiyaning protokoli asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi belgilangan tartibda o‘n ish kunidan kechikmay tegishli buyruq chiqaradi. 26. Attestatsiyadan o‘tolmagan boshliqlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qismi asosida egallab turgan lavozimidan ozod qilinadilar. 27. Komissiya qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat bildirilishi mumkin. Attestatsiya jarayonida yoki boshliqlarni attestatsiyadan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi. 1. Mazkur Nizom sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tashkil qilinadigan Komissiya tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining boshliqlarini (keyingi o‘rinlarda — Boshliqlar) tanlash tartibini belgilaydi. 2. Boshliqlarni tanlash va rotatsiya qilishdan maqsad davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarini eng malakali, yuqori kasbiy va ma’naviy — axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini biladigan, yetarli boshqaruv ko‘nikmalari va tajribasiga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan to‘ldirish hisoblanadi. 3. Boshliqlar lavozimiga nomzodlarni tanlash davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining yetarli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlari safidan amalga oshiriladi. 4. Boshliqlar lavozimiga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: “sanitariya-gigiyena” yoki “epidemiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumoti; davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimida kamida besh yillik ish staji; boshliq vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan yuqori malaka va ma’naviy-axloqiy sifatlarning mavjudligi; ularga yuklangan vazifalar va majburiyatlarni samarali bajarishni ta’minlash qobiliyati. 5. Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun boshliqlar lavozimiga nomzodlarni tanlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 6. Komissiya taqdim qilingan hujjatlar bo‘yicha har bir nomzod bilan suhbat o‘tkazadi, ularning kasbiy bilimlari darajasini va boshqaruv faoliyati tajribasini o‘rganadi. 7. Nomzodlarning malakasi, kasbiy, ma’naviy-axloqiy sifatlarini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida, zarur hollarda, Komissiya taqdim etilgan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga so‘rovnoma yuborishi mumkin. 8. Hujjatlarni ko‘rib chiqish yakunlari, shuningdek bosh vrach lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi bo‘yicha Komissiya nomzodlarni ma’qullash yoki rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 9. Komissiya ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda tavsiya etilgan nomzod besh kun mobaynida bosh vrach lavozimiga tayinlanadi. 10. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 11. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi. 12. Boshliqlar bilan besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga mehnat shartnomasi tuziladi. 13. Boshliqlar egallagan lavozimida besh yillik muddat muvaffaqiyatli ishlar bilan tugagandan keyin egallab turgan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga yangi ish joyiga rotatsiya qilinadi. Ishda jiddiy kamchiliklar mavjud bo‘lganda ushbu muddat ancha qisqartirilishi mumkin. 14. Boshliqlarni rotatsiya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: faoliyati jarayonida aholining sanitariya-epidemiologiya jihatdan xotirjamligi sohasida to‘plangan kasbiy bilimlari va ilg‘or tajribasini davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining boshqa markazlarida joriy etish; mutaxassislarning ishlash qobiliyatini va ular faoliyatining samaradorligini oshirish, jamoada sog‘lom ish sharoitini ta’minlash; lavozim mavqeyini suiiste’mol qilish va o‘z kasbiy vazifalariga sovuqqonlik bilan qarash kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 15. Bosh vrachlarni boshqa ish joyiga rotatsiya qilish mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 1. Nizomning barcha matni bo‘yicha “Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi”, “sanepidstansiya” va “sanitariya-epidemiologiya stansiyalari” so‘zlari “davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Nizomning barcha matni bo‘yicha “schyot” so‘zi “hisob varaqasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. To‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan solingan jarimalarni undirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”. 4. Beshinchi va oltinchi xatboshilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “vaksinalar, ozuqa muhiti, bakteriyali faglar, immunoglobulinlar, diagnostikumlar, zardoblar, dezinfeksiya vositalari, kimyoviy reaktivlar, tibbiy jihozlar va texnikalar, laboratoriya idishlari, laboratoriyalar uchun asboblar va priborlar xarid qilishga, priborlar va asboblarni ta’mirlashga, avtotransport vositalarini ta’mirlash va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga, epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilganda xizmat safari xarajatlarini to‘lashga; Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-iyundagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan o‘tkazish va rotatsiya qilish bo‘yicha Respublika komissiyasining qaroriga ko‘ra, davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini yangi ish joyiga o‘tkazilganda ularni xizmat uy-joylari bilan ta’minlashga yoki uning ijarasi uchun kompensatsiya to‘lovlariga”. 1. Vazirlar Mahkamasining “Daydi hayvonlarni tutish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 21-avgustdagi 359-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 227-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilovaning yettinchi xatboshi.
250
16,735
Qonunchilik
IChKI SUZISh KEMALARI TOMONIDAN IFLOSLANTIRIShNING OLDINI OLISh
Mazkur Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish Qoidalari daryo kemachiligi Registrining kemalarga ularda suv akvatoriyasini ifloslantirishning oldini olish uskunalari va jihozlarining mavjudligini tasdiqlovchi Guvohnomani berish uchun o‘ziga xos hujjat hisoblanadi. Qoidalar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyuldagi 296-sonli “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 1.1.1. Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish Qoidalari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo kemachiligi Registri (bundan buyon — Registr) tomonidan nazorat qilinishi nazarda tutilgan kemalar uchun amal qiladi: a) asosiy mexanizmlarining quvvati 55 kvt. va undan ortiq bo‘lgan o‘izyurar kemalar, yoxud umumiy sig‘imi 80 reg.t va undan ortiq, qaysinisi kichikligiga qarab; b) asosiy mexanizmlarining quvvatidan qat’iy nazar yo‘lovchi kemalari; v) umumiy sig‘imi 80 reg.t va undan ortiq bo‘lgan o‘ziyurmas kemalar; 1.1.2. Registr bilan alohida kelishilgan taqdirda mazkur Qoidalar 1.1.1.da qayd etilmagan kemalar uchun qo‘llanilishi mumkin. 1.1.3. Mazkur Qoidalar kemalar konstruksiyasi va jihozlariga tatbiq etiladigan talablar Ichki suzish kemalarini klassifikatsiya qilish va qurish qoidalarining tegishli qismlari talablariga javob berilishi inobatga olingan holda tuzilgan. Qoidalarning umumiy tushunchalariga tegishli ta’rif va izohlar “Ichki suzish kemalarini klassifikatsiya qilish va qurish Qoidalari”da keltirilgan. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llanilgan: kema — ichki suv yo‘llarida foydalaniladigan har qanday turdagi va vazifadagi suzuvchi vositalar; chiqarib tashlash — ularning nima sababdan yuzaga kelganligidan qat’iy nazar kemadan chiqarib tashlanadigan zararli moddalar yoxud oqib tushadigan suvlar, shu jumladan, har qanday oqish, to‘kish, quyish, sizib oqish, tortib chiqarish, ajralish va bo‘shatish; zararli modda — suvga tushganda insonlar sog‘ligiga xavf solishga, tirik manbalar, suv florasi va faunasiga ziyon yetkazishga, dam olish sharoiti yoki suv muhitidan qonuniy foydalanishning boshqa turlarini yomonlashtirishga qodir har qanday modda; suyuq yoqilg‘i — kemaning energetik qurilmasi uchun yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan va ushbu yoqilg‘i mavjud bo‘lgan kemadagi har qanday neft; neft — har qanday shakldagi neft bilan birga xomashyo, suyuq yoqilg‘i, neft qoldiqlari, tagida qolgan neft va neft mahsulotlari; neft aralashmasi — tarkibida neft bo‘lgan har qanday qoldiq; neft cho‘kindilari — o‘zining zichlik darajasi tufayli oddiy so‘rib chiqarib tashlash va qayta ishlashga imkon bermaydigan va kemadan chiqarib tashlash uchun maxsus usullar yoki moslamalar talab etuvchi neft qismi; neft qoldiqlari — tarkibida neft bo‘lgan har qanday qoldiq; neft xomashyosi — tabiiy holatda yer ostida uchraydigan, uni tashishga yaroqli holga keltirish maqsadida qayta ishlangan yoki ishlanmaganligidan qat’iy nazar, uglevodorodlarning har qanday suyuq aralashmasi. Unga quyidagilar kiradi: ba’zi bir distillyatlar chiqarib tashlangan neft xomashyosi; ba’zi bir distillyatlar qo‘shilgan neft xomashyosi; tozalash jihozlari — filtrlar yoki chiqarib tashlanganida tarkibida 10 mg/ldan ortiq bo‘lmagan neft bo‘lishini ta’minlovchi separatorlar va filtrlar birikmasi; oqova suvlar — oqova-axlat va maishiy-ho‘jalik suvlar. Oqova-axlat suvlar: oqovalar va barcha turdagi hojatxonalar, pissuarlar va unitazlardan oqib tushadigan boshqa chiqindilar; tibbiyot xonalaridagi (ambulatoriya, lazaretlar va boshqa) rakovina, vanna va shpigatlardagi oqovalar; jonivorlar saqlanadigan xonalardagi oqovalar; yuqorida qayd etilgan oqovalar bilan aralashgan boshqa oqovalar. Maishiy-ho‘jalik suvlar: qo‘l yuvgichlar, dush xonalar, vannalar va shpigatlardagi oqovalar; kir yuvish xonalaridagi oqovalar; yuvish joylari va kambuz uskunalari, shuningdek, boshqa jamoat oshxona xonalaridagi oqovalar; oqova suvlarni qayta ishlash uskunalari — oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan uskuna; yig‘uvchi sisterna — zararli moddalar bilan ifloslangan, qayta ishlanmagan suyuqliklarni yig‘ish va saqlash uchun mo‘ljallangan idish; chiqindi — kemadan normal foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi va doimiy hamda davriy olib tashlanadigan barcha turdagi oziq-ovqat, maishiy va foydalanilgan chiqindilar; oziq-ovqat chiqindilari — g‘amlab qo‘yilgan yemaklarni dastlabki ishlov berish, tayyorlangan taomning foydalanilmay qolib ketishi natijasida yuzaga kelgan, neft va boshqa zararli moddalar bilan aralashmagan, shuningdek, kemadan doimiy hamda davriy olib tashlanadigan chiqindilardan iborat chiqindi turi; maishiy chiqindilar — chiqarib tashlash davriga qadar joylash yoki jildbop material, idish yoki qop sifatida foydalanilgan hamda plastmassa, qog‘oz, mato, oyna va boshqalardan tayyorlangan turli mahsulotlardan yuzaga kelgan chiqindilar va h.k.; foydalanilish chiqindilari — kemada ishlab chiqarish va ta’mirlash ishlarini bajarilishi natijasida yig‘ilgan chiqindilar, shuningdek, kemaning energetik uskunalari va boshqa jihozlaridan foydalanish natijasida yig‘ilgan barcha chiqindilar; qabul qilish uskunalari — kemalardan barcha turdagi ifloslanishlarni, ularni kelgusida tozalash, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish maqsadida keyinchalik topshirish uchun qabul qilish uskunalari; insinerator (chiqindilarni yoqish uchun mo‘ljallangan uskuna) — yoqish yo‘li bilan chiqindilarning hajmi va og‘irligini kamaytirish uchun mo‘ljallangan uskuna; chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan uskuna — chiqindilarni yig‘ish va saqlash uchun mo‘ljallangan idishlar va boshqa uskunalar; chiqindilarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uskuna — chiqindilarni maydalash va hajmini kamaytirish uchun mo‘ljallangan uskuna. 1.3.1. Registrning suvlarni ichki suzish kemalaridan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha texnik nazorati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.3.1.1. Umuman kemaning va uskunalarini ifloslantirishning oldini olishga tegishli qismining texnik hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish: 1.3.1.2. Kemadagi uskunalarning yasalishi va ularning o‘rnatilishini (montaj) nazorat qilish: tozalash uskunalari; chiqarib tashlanganda neftning 10 mg/ldan ortiq mavjudligi to‘g‘risida signal beruvchi priborlar; oqova suvlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uskunalar; tarkibida neft bo‘lgan va oqova suvlarni so‘rib chiqarish, uzatish va chiqarib tashlash tizimlari, shuningdek, yig‘uvchi sisternalar va standart to‘kish birikmalari; insineratorlar; yoqilg‘i tizimining kemalardan ifloslantirishning oldini olishga tegishli qismi; moylash va gidravlika tizimining kemalardan ifloslantirishning oldini olishga tegishli qismi; neft quyuvchi kemalar yuk tizimining kemalardan ifloslantirishning oldini olishga tegishli qismi; chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan uskuna; chiqindilarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uskuna. 1.3.1.3. Kemada daryo Registri nazorati ostida yasalgan yoki o‘rnatilgan uskunalar, jihozlar va tizimlarni sinovdan o‘tkazish. 1.3.2. Uskunalar, jihozlar, tizimlar elementlari va priborlarni yasashni boshlashdan avval Registrga ko‘rib chiqish va kelishish uchun quyidagi hajmda texnik hujjatlar taqdim etilishi shart. 1.3.2.1. Tozalash jihozlari: 1) jihozning texnik tavsifi va filtrning ishlash prinsipi, foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma (kelishilganlik haqida shtamp qo‘yilmaydi); 2) kesimlari qayd etilgan umumiy ko‘rinishining chizmalari (filtrning tuzilmasi, asosiy o‘lchamlari, qo‘llaniladigan materiallar va qoplamalar); 3) tozalash vositalariga kiruvchi nasoslar va boshqa qurilmalarni yig‘ish chizmalari; 4) payvandlash bo‘yicha ma’lumotlar qayd etilgan payvandlangan tutash joylarning chizmalari (korpus, poydevor ramasi va boshqa detallar); 5) xizmat ko‘rsatuvchi tizimlar chizmasi (tozalash jihoz doirasida) 6) uskunaning prinsipial elektr chizmasi. Boshqarish, tartibga solish, nazorat qilish, signal berish va himoya qilish sxemalari; 7) bosh va seriyali namunalarning sinov dasturi; 8) materialning mexanik xususiyatlari qayd etilgan muhim detallar va gidravlik sinov bosim kattaligi ro‘yxati. 1.3.2.2. Chiqarib tashlanganlar tarkibida 0,3 mg/l dan ortiq neft mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi vosita: 1) texnik ko‘rsatkichlari qayd etilgan priborning ishlash prinsipi tavsifi, foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomasi, mustahkamligi haqida ma’lumotlar (kelishilganlik to‘g‘risida shtamp qo‘yilmaydi); 2) umumiy ko‘rinish chizmasi; 3) foydalaniladigan materiallar va butlovchi buyumlar qayd etilgan tasnif; 4) prinsipial va funksional chizmalar; 5) bosh va seriyali namunalarning sinov dasturi. 1.3.2.3. Oqova suvlarni qayta ishlash uskunasi: 1) texnik tavsif va ishlash prinsipi (kelishilganlik to‘g‘risida shtamp qo‘yilmaydi); 2) kesimlari qayd etilgan umumiy ko‘rinishining chizmalari (tuzilmasi, asosiy o‘lchamlari, qo‘llaniladigan materiallar va qoplamalar); 3) prinsipial elektr chizmasi; 4) boshqarish, tartibga solish, nazorat qilish, signal berish va himoya qilish sxemalari; 5) bosh va seriyali namunalarning sinov dasturi; 6) oqova suvlarning tozalanganlik sifati belgisini ko‘rsatuvchi priborlar. 1.3.2.4. Boshqa joyga ko‘chirish tizimlari. Tarkibida neft bo‘lgan va oqova suvlarni uzatish va chiqarib tashlash, shu jumladan, yig‘uvchi sisternalar va standart to‘kish inshootlari: 1) tizimning prinsipial chizmasi; 2) sig‘im miqdori qayd etilgan yig‘uvchi sisternalarning yig‘ma chizmalari va suyuqlik sathi signalizatsiyasining prinsipial chizmalari, shuningdek, sisternalar sig‘imi miqdori hisob-kitoblari; 3) materiallari va sinov bosimi qayd etilgan to‘kuvchi birikmalarning yig‘ma chizmalari. 1.3.2.5. Insinerator: 1) texnik tavsifi va ishlash prinsipi (kelishilganlik to‘g‘risida shtamp qo‘yilmaydi); 2) kesimlari ko‘rsatilgan umumiy ko‘rinishining chizmalari (tuzilmasi, asosiy o‘lchamlari, qo‘llaniladigan materiallar va qoplamalar); 3) forsunkali qurilmalar chizmasi; 4) yuklash qurilmalari chizmalari; 5) uskuna doirasida yoqilg‘i tizimi sxemasi; 6) prinsipial elektr tizimi; 7) boshqarish, tartibga solish, nazorat qilish, signal berish va himoya qilish sxemasi; 8) bosh va seriyali namunalarning sinov dasturi; 9) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi. 1.3.2.6. Chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan qurilma (echiluvchan): 1) texnik tavsif (kelishilganlik to‘g‘risida shtamp qo‘yilmaydi); 2) kesimlari ko‘rsatilgan umumiy ko‘rinishining chizmalari (tuzilmasi, asosiy o‘lchamlari, qo‘llaniladigan materiallar va qoplamalar); 3 bosh namunani sinov dasturi (agar zarur bo‘lsa); 1.3.2.7. Chiqindini qayta ishlash uskunasi: 1) texnik tavsif (kelishilganlik to‘g‘risida shtamp qo‘yilmaydi); 2) kesimlari ko‘rsatilgan umumiy ko‘rinishining chizmalari (tuzilmasi, asosiy o‘lchamlari, qo‘llaniladigan materiallar va qoplamalar); 3) prinsipial elektr tizimi; 4) bosh va seriyali namunalar sinov dasturi. 1.3.3. Bosh kema qurilishini boshlashdan avval daryo Registriga ko‘rib chiqish va kelishish uchun quyidagi hajmda texnik hujjatlar 1.3.2.1 — 1.3.2.7.-bandlarda qayd etilgan va daryo Registri tomonidan tan olingan jihozning bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risidagi vakolatli organlarning guvohnomalari (agar daryo Registri vakolatli deb tan olgan boshqa organlar tomonidan sinovlar o‘tkazilgan bo‘lsa) taqdim etilishi shart, shuningdek, ko‘rib chiqish uchun ushbu qurilma va jihozlarni o‘rnatishga texnik hujjatlar taqdim etilishi shart. 1.3.4. Uskunaga qo‘yiladigan 1.3.2.1 — 1.3.2.3, 1.3.2.5. — 1.3.2.7.-bandlarda qayd etilgan texnik shartlar daryo Registri bilan kelishilgan, jihozning o‘zi daryo Registrining sertifikatiga ega bo‘lishi shart. 1.3.5. Kema ta’minotlari tarkibiga kiruvchi va neftni, tarkibida neft bo‘lgan yoki oqova suvlarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan shlanglar kelishilgan hujjatlarga muvofiq yasalishi lozim va ishlab chiqaruvchi zavodning quyidagilar qayd etilgan sertifikatiga ega bo‘lishi shart: shlang orqali bir joydan boshqa joyga o‘tkazish uchun ruxsat etilgan suyuqlik turi; ishlab chiqarilgan sana; ishlaydigan bosim; sinov sanasi va ushbu sinovlardagi bosim; Shlanglarga sertifikatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi markirovka bosilgan bo‘lishi shart. Shlanglar har yili tekshiruv bosimida gidravlik sinovlardan o‘tkazilishi shart. 1.4.1. Ko‘rikdan o‘tkazish turlari va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda kemalar tizimlari va mexanik uskunalarini ko‘rikdan o‘tkazish turlari va muddatlariga mos kelishlari shart. Davriy ko‘rikdan o‘tkazish hajmi 1.4.-jadvalga muvofiq (1-ilova) belgilanadi. 1.4.2. Kemalarni ko‘rikdan o‘tkazish davrida kema shlanglarini gidravlik sinovdan o‘tganligi to‘g‘risida bayonnomalar tekshirilishi lozim (1.3.5.). 1.5.1. Har bir kemaga neftdan, oqova suvlardan va chiqindilardan ifloslantirishning oldini olish to‘g‘risida guvohnoma beriladi (4-ilova). Har yillik ko‘rikdan o‘tkazish davrida daryo Registri vakolatli deb tan olingan tashkilot tomonidan o‘tkazilgan ko‘riklar va sinovlarning ijobiy natijalari bo‘lganda guvohnoma tasdiqlanadi. 1.5.2. Ifloslantirishning oldini olish uskunalarining sozligi kema ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada tasdiqlanadi. 2.1.1. Bortida ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan har bir o‘ziyurar kema, shuningdek o‘ziyurmas kemalar quyidagilar bilan jihozlanishi shart: 1) tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni yig‘ish sisternasi; 2) tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni uzatish uchun standart to‘kish birikmalari (2.3.3.); 3) tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish va topshirish tizimi; 2.1.2. Kemalar qo‘shimcha tarzda quyidagilar bilan jihozlanishi mumkin: 1) tozalash jihozlari; 2) chiqarib tashlanadiganlar tarkibida neft mavjudligi 0,3 mg/l dan ortiq ekanligi belgisini ko‘rsatish vositasi; 3) tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni chiqarib tashlashni to‘xtatish uchun avtomatik qurilma; 4) tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni chiqarib tashlash tizimi; 5) neft qoldiqlari uchun yig‘ish sisternasi; Kema egalarining tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni yig‘ish va tozalashga tayyor ekanliklarini daryo Registri tan olgan laboratoriyalar tomonidan tekshiriladi va belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi (4-ilova). Guvohnoma nusxasi Registr inspeksiyasiga yuboriladi. 2.1.3. Yuk va yoqilg‘i tanklarini ballast sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 2.1.4. Kemaning bevosita yoqilg‘i va moylarni quyish yaqinida yoxud mashina bo‘limida ko‘rinadigan joyga, tank va sisternalar, shuningdek ularning havo, o‘lchov va quyish quvurlarining joylashgan joylari ko‘rsatilgan holda, yoqilg‘i va moylash tizimining chizmalari osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. 2.1.5. Neft quyuluvchi kemalarda Daryo Registri yuklar tizimi chizmalari va yuklash operatsiyalarini bajarish uchun yo‘riqnomalar mavjudligini talab qilishi mumkin. Chizmalar va yo‘riqnomalar bevosita yuk qabul qilish joyiga yaqin yoki yuklash operatsiyalarini boshqarish markaziy postiga joylashtirilishi shart. Chizmalarda armatura, tanklar joylashgan joylar, shuningdek, gaz chiqaruvchi, quyish va o‘lchashlarni o‘tkazuvchi quvurlar haqida ma’lumotlar bo‘lishi shart. Komandasiz foydalanishda bo‘lgan o‘ziyurmas neft quyuvchi kemalarda sxemalar va yo‘riqnomalar ularga xizmat ko‘rsatuvchi buksirlar va itarib yurgizuvchilarda mavjud bo‘lishi shart. 2.2.1. Registrga, tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan sisternalarning buyurtmachi bilan kelishilgan umumiy sig‘imi miqdorining hisob-kitobi taqdim etilishi shart. 2.2.2. Yig‘uvchi sisterna konstruksiyasi Registr qoidalarining “Qobiq” II-qismi talablariga javob berishi shart. 2.2.3. Yig‘uvchi sisternaning mashina xonalarida joylashishi Registr qoidalarining 1.11.7. “Mexanik qurilmalari” VI-qismi talablariga javob berishi shart. Manfiy harorat mavjud bo‘lish ehtimoli bo‘lgan joyda o‘rnatiladigan yig‘ish sisternasi isitish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim. Isitish qurilmalari bilan kemalarning og‘ir yoqilg‘i foydalaniladigan yig‘uvchi sisternalari ham jihozlanishi shart. 2.2.4. Yig‘uvchi sisternalar quyidagilar bilan jihozlanishi shart: kirish va tozalash uchun gardish; havo quvuri; rul rubkasiga yoki markaziy boshqaruv postiga sisternadagi suyuqlik 80% ga yetganligini ko‘rsatuvchi yorug‘lik yoki ovoz chiqaruvchi qurilma; suyuqlik sathini o‘lchash tizimlari. 2.2.5. Yig‘ish sisternalari ichining yuzasi va yig‘ish tanklarining tik devorlari, agar ular separatsiyalangan neft qoldiqlarini yig‘ish uchun qo‘llaniladigan taqdirda, imkon qadar silliq bo‘lishi shart (ya’ni, sirtqi yig‘ishga ega bo‘lishi); bunda, uning tubi qabul qiluvchi o‘tkazish quvuri tomon qiyalikka ega bo‘lishi lozim. 2.2.6. Isitish qurilmasi, agar u mavjud bo‘lsa, Registr qoidalarining VII “Tizimlar va o‘tkazish quvurlari” 8.3. qismi talablariga javob berishi shart; bunda, elektr isitgichlarning qo‘llanilishi Daryo Registrining maxsus ko‘rib chiqishi hisoblanadi. 2.3.1. Tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni o‘tkazish, uzatish va chiqarib tashlash tizimi qurilmalari va o‘tkazish quvurlarining tizimlari va joylashishi Registr qoidalarining 1 va 4-boblari VII “Tizimlar va o‘tkazish quvurlari” qismi talablariga javob berishi shart. 2.3.2. Tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni o‘tkazish, uzatish va chiqarib tashlash tizimining o‘tkazish quvurlari va armuturalarining gidravlik sinovdan o‘tkazilishi Registr qoidalarining 14-bob VII “Tizimlar va o‘tkazish quvurlari” qismi talablariga javob berishi shart. 2.3.3. Tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni bir joydan boshqa joyga uzatish tizimining o‘tkazish quvurlari qurilmalari qabul qilish vaqtida, boshqa uzatuvchi tizimlar tarkibiga kiruvchi quvurlar bilan ulanmasligi va ikki tomon bortlariga chiqarilishi shart. Asoslangan hollarda, Registr ushbu o‘tkazish quvurini faqat bir tomon bortiga chiqarishga ruxsat berishi mumkin. Ushbu o‘tkazish quvurlarining chiqarish kichik quvurlari shlanglarni ulash uchun qulay joylarga o‘rnatilishi va ajralib turuvchi yozuvga ega bo‘lishi, standart to‘kish birikmalari bilan (2.3.3. rasm) jihozlanishi shart (2-ilova). Standart to‘kish birikmasi gardishining ichki diametri 125 mm. tashkil etuvchi quvurlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, po‘latdan yoki har jihatdan unga teng bo‘lgan ko‘ndalang yassi materialdan yasaladi. Ushbu gardish neftga chidamli materialdan yasalgan prokladka bilan birga 0,6 Mpa bosimga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ulash, talab etiladigan 6 ta 20 mm diametrli bolt yordamida amalga oshiriladi. Tarkibida neft bo‘lgan suvlarni uzatish uchun mo‘ljallangan chiqarish kichik quvurlari tizimidagi qabul qilish qurilmalariga kirish etaklari hamma yog‘i berk gardishlar bilan jihozlanishi shart. Tarkibida neft bo‘lgan suvlarni uzatish joylarida suyuqlik oqib chiqib va shlang ajralib ketishi hollarida, suvlarni ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha konstruktiv choralar ko‘rilishi shart. 2.3.4. Tarkibida neft bo‘lgan suvlarni uzatish tizimlariga, ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan nasoslar yordamida xizmat ko‘rsatilishi lozim. Boshqa yo‘nalishga mo‘ljallangan kema nasoslari yoki sohillar nasoslari Daryo Registri bilan maxsus kelishuvga muvofiq chiqarib tashlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Tarkibida neft bo‘lgan suvlarni uzatish uchun neft quyuvchi kemalarda yuk va tozalash nasoslari nazarda tutilishi mumkin. Chiqarib tashlovchi vositalarni ishga tushirish va to‘xtatish qo‘lda bajarilishi shart. Chiqaruvchi quvurlar joylashgan atrofda chiqarib tashlovchi vositalarni masofadan o‘chiruvchi boshqaruv posti o‘rnatilishi shart yoki kuzatish posti va topshirish nazorat joyi bilan aloqada bo‘lish bo‘yicha samarali tizim mavjud bo‘lishi shart. 2.3.5. Tarkibida neft bo‘lgan suvlarni to‘kish quvurlarini yopish armaturalarida plombalash uchun vositalar nazarda tutilgan bo‘lishi shart. 2.3.6. Mashina bo‘linmasida plombalanadigan tanklar va sisternalar hamda ularning havo, o‘lchov va to‘kish quvurlari, tiqin qurilmalarining joylashishi ko‘rsatilgan chizma osib qo‘yilgan bo‘lishi shart. Kemada neft jarayonlari va chiqindi hamda oqova suvlar bo‘yicha jarayonlarni qayd etish kitobi yuritilishi shart. Bunday kitob tikilgan va kemachilik inspektori yoki Daryo Registri inspektori tomonidan muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart. Tiqin qurilmasini plombalashda, plombalovchi shaxs bu haqda neft bo‘yicha jarayonlarni qayd etish kitobiga plomba izi bilan birga yozib qo‘yadi va o‘z muhri bilan tasdiqlaydi. Suzuvchi vosita ma’muriyati plombaning butligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bortida 3 nafardan ortiq odamga ega bo‘lgan kemalar oqova suvlarni tozalash tizimi va oqova suvlarni yig‘uvchi sisternalar bilan, ularni kelgusida qabul qilish inshootlariga topshirish va ushbu jarayonni amalga oshirish uchun standart to‘kish birikmalari bilan jihozlanishi shart (3.3.3.), bundan tashqari, kemalar oqova suvlarni qayta ishlash uskunalari bilan ham jihozlanishi mumkin. 3.2.1. Registrga, tarkibida neft mavjud bo‘lgan suvlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan sisternalarning buyurtmachi bilan kelishilgan umumiy sig‘imi miqdorining hisob-kitobi taqdim etilishi shart. 3.2.2. Yig‘uvchi sisternalar imkon qadar tashqi yig‘ish tizimi bilan bajarilishi shart, tubi esa qabul qilish quvuri tomonga nishab bo‘lishi shart. Sisternalar olib-qo‘yiladigan bo‘lishi lozim. 3.2.3. Quyish quvurida tiqin mavjud bo‘lmagan yig‘uvchi sisternalarning tubidan quyi sanitar priborigacha suv ustunining 1,5 bosimga teng, biroq suv ustunidan 2,5 m.dan kam bo‘lmagan sinov bosimi bilan tekshirilishi shart 3.2.4. Yig‘uvchi sisternalar quyidagilar bilan jihozlanishi shart: kirish va tozalash uchun gardish; tubidagi qoldiqlarni yumshatish tizimi; yuvish tizimi; havo quvuri; rul rubkasiga yoki markaziy boshqaruv postiga sisternadagi suyuqlik 80% ga yetganligini ko‘rsatuvchi yorug‘lik yoki tovush beruvchi qurilma; — suyuqlik sathini o‘lchash tizimlari. 3.2.5. Yumshatish vositasi sifatida suv, bug‘ va siqilgan havo qo‘llanilishi mumkin. Yumshatish va yuvish tizimlarini kemaning boshqa tizimlariga ulanishi Registrning maxsus kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. 3.2.6. Yig‘uvchi sisternalarning havo quvurlari ochiq palubaga chiqarilishi shart va ularning chiquvchi etaklari shu tarzda joylashgan bo‘lishi zarurki, ifloslangan havo yashash xonalariga kira olmasligi shart. 3.2.7. Sovuq havo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatilgan yig‘uv sisternalari isitish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart. 3.3.1. Tizimlar qurilmasi va oqova suvlarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish, uzatish va chiqarib tashlash o‘tkazuvchi quvurlarning joylashuvi Registr qoidalarining 1-bob VII “Tizimlar va o‘tkazuvchi quvurlar” qismi talablariga javob berishi shart. 3.3.2. Oqova suvlarni o‘tkazish, uzatish va chiqarib tashlash tizimining o‘tkazish quvurlari va armaturalarining gidravlik sinovdan o‘tkazilishi Registr qoidalarining 14-bob VII “Tizimlar va o‘tkazish quvurlari” qismi talablariga javob berishi shart. 3.3.3. Qabul qiluvchi inshootlarga oqova suvlarni uzatish tizimining o‘tkazish quvurlari boshqa uzatuvchi tizimlar tarkibiga kiruvchi quvurlar bilan ulanmasligi va ikki tomon bortlariga chiqarilishi shart. Asoslangan hollarda, Registr ushbu o‘tkazish quvurini faqat bir tomon bortga chiqarishga ruxsat berishi mumkin (3-ilova). Ushbu o‘tkazish quvurlarining chiqarish kichik quvurlari shlanglar ulash uchun qulay joylarga o‘rnatilishi, ajralib turuvchi yozuvga ega bo‘lishi va rasmda qayd etilgan gardishli standart to‘kish ulanmalari bilan jihozlanishi lozim. Standart to‘kish ulanmasining gardishi ichki diametri 100 mm. tashkil etuvchi quvurlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, po‘latdan yoki har jihatdan unga teng bo‘lgan ko‘ndalang yassi materialdan yasaladi. Ushbu gardish neftga chidamli materialdan yasalgan prokladka bilan birga 0,6 Mpa bosimga mo‘ljallangan bo‘ladi. Nazariy jihatdan bortining balandligi 5 m. yoki undan kam bo‘lgan kemalar uchun to‘kish birikmasining ichki diametri 38 mm bo‘lishi mumkin. Biriktirish talab etiladigan uzunlikdagi 4 ta 16 mm diametrli bolt yordamida amalga oshiriladi. Qabul qilish inshootlariga oqova suvlarni uzatish chiqarish quvurlari tizimi hamma yog‘i berk gardishlar bilan jihozlanishi shart. 3.3.4. Oqova suvlarni uzatish tizimlarigi kema yoki qirg‘oq nasoslari xizmat ko‘rsatishi shart, zaxira vositasi sifatida ejektor o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi. Boshqa maqsadga mo‘ljallangan kema nasoslari Daryo Registri bilan maxsus kelishuvga muvofiq chiqarib tashlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. 3.3.5. Oqova suvlarni uzatish tizimining uzatuvchi quvurlari, shuningdek, uzatuvchi shlanglari bort ortidagi suv bilan yuvish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart; bunda, yuvadigan suv qabul qilish inshootiga yoxud yig‘uvchi sisternaga qaytarilishi shart. 3.3.6. Oqova suvlarni to‘kish quvurlarini tiqin armaturalarida plombalash uchun vositalar nazarda tutilgan bo‘lishi shart. Kemalar chiqindilar yig‘uvchi qurilmalar bilan jihozlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda, chiqindilarni qayta ishlash yoki yoqish uskunalari bilan jihozlanishi shart. 4.2.1. Chiqindi yig‘uvchi qurilmalar yechib olinadigan va o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 4.2.2. Registrga, chiqindi yig‘uvchi qurilmalarning buyurtmachi bilan kelishilgan umumiy sig‘imi miqdorining hisob-kitobi taqdim etilishi shart. 4.2.3. Kema qobig‘iga o‘rnatilgan chiqindi yig‘uvchi qurilmalar po‘latdan yasalishi lozim. Ichki yuz tomoni tekis, tubi 30 gradusdan kam bo‘lmagan miqdorda tushirish qurilmasi tomon nishab bo‘lishi shart. 4.2.4. Yechib olinadigan chiqindi yig‘uvchi qurilmalarning ichki yuzasi silliq bo‘lishi va ularni kemalarga mahkamlash uchun mo‘ljallangan moslamaga ega bo‘lishi shart. 4.2.5. Yechib olinadigan chiqindi yig‘uvchi qurilmalar ochiq palubada o‘rnatilishi yoki yashash va xizmat xonalaridan ajratilgan alohida xonalarda o‘rnatilishi shart, bunday xonalar samarali shamollatishga ega bo‘lishlari shart. 4.2.6. Chiqindi yig‘uvchi qurilmalar chiqindi qabul qilish uchun mo‘ljallangan tuynuklarning tig‘iz yopilishini ta’minlovchi qopqoqga ega bo‘lishi shart. 4.2.7. Yig‘ilgan chiqindi, kelgusida chiqindi tashlash joylariga tashib olib borish uchun qirg‘oq qurilmalariga topshirilishi shart. Topshirish port ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtirilishi va chiqindi bilan ishlash kitobiga qayd etilishi shart. 5.1. Amalda joriy etishdan avval, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha kema egalari o‘zlarining suzuvchi vositalarini mazkur Qoidalar talablariga muvofiq jihozlashlari shart. 5.2. Mazkur qoidalar 2002-yilning yanvar oyidan amalga joriy etilsin. Belgilangan muddatda kema egalari atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha jihozlarni Registr inspeksiyasiga taqdim etishlari va tegishli hujjat olishlari shart. Bunday hujjatning mavjud emasligi, Registr inspeksiyasiga suzishga yaroqlilik to‘g‘risidagi guvohnoma va klassifikatsiya guvohnomalarining amal qilish muddatlarini to‘xtatish huquqini beradi. 5.3. Nazorat qiluvchi organlar — kemachilik inspeksiyasi, daryo Registri, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari mazkur qoidalarning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun suzuvchi vositalarga to‘siqlarsiz kiritilishi shart. Nazorat qiluvchi organlar inspektorlarining barcha ko‘rsatmalari bajarish uchun majburiydir. 5.4. Mazkur qoidalarning buzilish holati aniqlangan taqdirda, nazorat qiluvchi shaxs tomonidan suzuvchi vosita kapitani (shkiperi) uchun aniq qoidabuzarlik holatini qayd etib dalolatnoma tuziladi va qonunda belgilangan tartibda, jarima shaklida jazo choralari ko‘riladi. Dalolatnoma nusxasi kema egasiga, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga yo‘naltiriladi. Kema egasi 15 kun muddatda qayd etilgan tashkilotlarga ko‘rilgan choralar haqida xabar berishi shart.
63
28,390
Qonunchilik
Texnik vositalarni o‘lchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Texnik vositalarni o‘lchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Mezonlar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, texnik vositalarni o‘lchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritishda qo‘llaniladi. 1. Quyidagilar texnik vositalarni o‘lchash vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi: o‘lchashlarni amalga oshirish maqsadida qo‘llanilishi; qiymatlari ma’lum vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan normalangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lishi; o‘lchash natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi; kattalik birliklari, kattalik birliklarining karrali yoki ulushli qiymatlarini saqlash, uzatish va qayta tiklash imkonining mavjudligi; mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron tamoyilda (tamoyillarda) ishlashi; normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi. 2. Quyidagilar texnik vositalarni sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi: sinashlarni amalga oshirish maqsadida qo‘llanilishi; qiymatlari ma’lum vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan normalangan texnik tavsiflarga ega bo‘lishi; o‘lchash natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini, shuningdek sinash natijalarining ishonchliligini ta’minlashi; mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron tamoyilda (tamoyillarda) ishlashi; normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi. 3. Quyidagilar o‘lchash vositalari va/yoki sinash vositalari hisoblanmaydi: asosan indikator funksiyasiga ega bo‘lgan, natijalari o‘lchash va/yoki sinash natijalari hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun qo‘llanadigan texnik vositalar; faqat o‘lchash va/yoki sinash natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini bajaradigan texnik vositalar.
108
2,429
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XO‘JALIKLARINING YER UChASTKASINI IJARAGA OLISh HUQUQINI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564-son qarori (ro‘yxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
183
973
Qonunchilik
“ANDIJON VILOYATIDAGI “ROISh-XOKENT-1” NASOS STANSIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Andijon viloyatining yerlarini sug‘orish suvi bilan barqaror ta’minlash va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining eksport kreditlaridan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan “China National Electric Equipment Corporation” (XXR) korporatsiyasi o‘rtasida “Andijon viloyatidagi “Roish- Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar olib kelish, shef-montaj hamda sozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha jami 2,47 mln. AQSh dollariga teng miqdorda shartnoma tuzilgan. 2. Belgilansinki, loyihani moliyalashtirish: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining besh yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 15 yil bo‘lgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foizli marjasini qo‘shganda yillik 3,2 foizli stavka bilan XXR Eksimbanki kredit mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan 2,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan; O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 370,2 ming. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan buyurtmachi va ijro etuvchi agentlik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi; “O‘zsuvloyiha” OAJ “Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha bosh loyihalovchi hisoblanadi; asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va kreditga xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: “Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining TIAsi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va 2010-yilning 10-oktabrida yakunlash muddati bilan 1-ilovaga muvofiq; loyihani bajarishga investitsiyalar kiritish jadvali 2-ilovaga muvofiq XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini to‘lash, loyiha bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Mazkur loyihani moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki: XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirish bo‘yicha kredit shartnomasini tuzsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha tasdiqlovchi hujjat, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi majburiyatlari bo‘yicha kafolat berishga vakil etib tayinlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda O‘zbekiston Respublikasining tasdiqlovchi hujjati va kafolati bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan, tuzilgan kontraktga muvofiq shef-montaj ishlari va texnologik uskunalarni sozlashni, shuningdek nasos stansiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ta’lim berilishini ta’minlovchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, shu jumladan ko‘p martalik vizalari konsullik yig‘imi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
149
4,445
Qonunchilik
BOLGARIYA RESPUBLIKASI VA RUMINIYANING YEVROPA ITTIFOQIGA QO‘ShILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, BIR TOMONDAN, YEVROPA HAMJAMIYATLARI HAMDA ULARGA A’ZO-DAVLATLAR, IKKINChI TOMONDAN, O‘RTASIDA ShERIKLIK TA’SIS ETUVChI ShERIKLIK VA HAMK
Bolgariya Respublikasi va Ruminiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a’zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sheriklik ta’sis etuvchi Sheriklik va Hamkorlik to‘g‘risida Bitimga Bayonnoma (Bryussel, 2008-yil 20-may) ratifikatsiya qilinsin.
250
337
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-son Farmoniga muvofiq: 1. “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tashkil qilinsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash; arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish; loyiha ishi va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish, loyihalash va qurilish sohasida ilg‘or tajribani o‘rganish va ommalashtirish; shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish. Belgilansinki, o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari ham ushbu bandda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bir oy muddatda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasining ustavini ishlab chiqsin va uning o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining tuzilmalari 3 va 3.1-ilovalarga muvofiq; qurilish bo‘yicha hududiy bo‘linmalar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari cheklangan soni 74 nafar etib belgilansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziriga: zarur bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; Vazirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Vazirlikning qo‘shimcha xodimlar shtat birliklarini kiritish; Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va chet el kompaniyalarining yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb etish; yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ularga ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilash huquqi berilsin. 5. Belgilansinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan Vazirlikda qo‘llanilishi, istisno tariqasida. tavsiyaviy xaraktyerga ega. 6. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, shuningdek, uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Vazirlik tizimidagi xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama haqlari va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xolda Qurilish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan qurilish sohasi xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadigan mehnatdagi yuqori natijalari uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda rag‘batlantiruvchi to‘lovlar amalga oshiriladi: lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz — 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan xodimlarga; lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz — 80 balldan 90 ballgacha to‘plagan xodimlarga; lavozim maoshiga nisbatan 200 foiz — 90 balldan 100 ballgacha to‘plagan xodimlarga. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qarorining budjetdan tashqari mablag‘larni ishlatish qismidagi talablari Vazirlikka nisbatan joriy etilmasligi ko‘rsatib o‘tilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Vazirlik va Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomlarni, jumladan Jamg‘armaning daromad manbalarini aniqlashtirgan holda, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining tuzilmasini tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni ijro etish uchun jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2137-son qarorining 1, 2, 6 va 7-bandlari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2936-son qarorining 3-bandi hamda 1 — 7-ilovalari.
81
6,981
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xo‘jalik funksiyalarini birga qo‘shib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlanmayotganligiga, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga, qabul qilinayotgan qarorlar sifatining pastligiga olib kelayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarni belgilovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega qonun mavjud emas. Davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida ko‘tarilib borishni ta’minlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yo‘q qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishning munosib darajasini kafolatlash choralari joriy etilmagan. Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: 1. Belgilansinki: o‘z faoliyatini Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi; xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan o‘rnatilgan tartibda davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimini egallashi mumkin; Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanadi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 2. Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblansin: kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini qo‘llash; kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilarini toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat karyerasining lavozim pog‘onalaridan bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatining “karyera modeli”ni joriy etish; nomzodning barcha fazilatlari va ustunliklarini, shu jumladan uning ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini obyektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish; davlat organi va tashkiloti darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar), xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashga nisbatan unifikatsiyalashtirilgan talablar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimini joriy etish; milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga eng malakali nomzodlarni saralab olish uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb etish va zamonaviy autsorsing shakllaridan foydalanish; davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, ularni o‘z kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) tashkil qilinsin, u davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul hisoblansin. Belgilab qo‘yilsinki: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunadi va unga hisob beradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir vaqtning o‘zida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori hisoblanadi; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 4. Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish; Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish; malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish; eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish; davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish; davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish; davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish. 5. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 7. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida yuridik shaxs tuzmagan holda Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilinsin. Quyidagilar: a) Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin: respublika budjetidan 100 mlrd so‘m miqdorida bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam, shundan 25 mlrd so‘mi 2019-yilda; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar; davlat organlari va tashkilotlarining (Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno) budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari; Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va boshqa moliyaviy instrumentlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan yo‘nalishlar etib belgilansin: davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish; davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va boshqa tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqotchilik ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish; malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashovchi vatandoshlarni va xorijiy davlatlarning fuqarolarini jalb etish; davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimidan foydalanish, texnik qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda tajriba orttirishlarini, shuningdek, geraldika fani rivojlanishi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida o‘qitish tadbirlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish; Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qaroriga binoan har oylik ustamalarni to‘lash; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. 9. Quyidagilar belgilansin: a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno: 2020-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tartibida, 2-ilovaga muvofiq butun vertikal bo‘ylab — davlat boshqaruvi organlarida va hududlardagi barcha davlat tashkilotlarida; 2021-yil 1-yanvardan boshlab — davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida; b) ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas; v) davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishib olinishi lozim; g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi; d) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bo‘linmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi; e) davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining rahbarlari: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi; har uch yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida attestatsiyadan o‘tadi. 10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin, unga muvofiq: davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30 — 60 soatli) malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi shart; davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish qonun bilan belgilanadigan tartibda ajratiladigan Jamg‘armaning grant mablag‘lari, davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tegishli davlat organi va tashkilotining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchisining ish joyidagi lavozimi, o‘rtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlab qolinadi; davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga o‘rgatishni tashkil etishga shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, belgilangan tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat ta’lim muassasalari jalb etiladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish bo‘yicha xizmatlarning davlat xaridlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi; Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika “Taraqqiyot” tanlovini o‘tkazish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi; respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan majburiy tartibda kelishib olinadi. 11. Barcha darajalardagi davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat huquqlariga so‘zsiz rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish holatlariga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini obro‘sizlantiradigan boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mazkur band talablariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin va ushbu talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yadigan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritsin. 12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasini kiritsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish bo‘yicha maqolalar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin. 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
134
17,998
Qonunchilik
Elektron ovoz berish tizimining ishini nazorat qiluvchi guruh to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini ta’minlash uchun quyidagi tarkibda guruh tuzilsin:
73
304
Qonunchilik
USTAV SARMOYASIDA DAVLAT ULUShI 50 FOIZDAN ORTIQ BO‘LGAN TIJORAT BANKLARI KENGAShLARI RAISLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki to‘g‘risida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavni, kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda, Markaziy bankda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Boshqaruvi to‘g‘risida” 1993-yil 13-avgustdagi 413-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki to‘g‘risida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. 1. 22-26-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “22. Bank, bank sarmoyasini saqlovchi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Bank Ustavini, unga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlaydi; Bank Ustav sarmoyasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; Bankni tugatish yoki qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; Bank Kengashi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 23. Bankda Bank Kengashi tuziladi. Bank Kengashini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadigan Rais boshqaradi. Bank Kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari; O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi o‘rinbosari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari. 24. Bank Kengashi Majlisi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Zarurat bo‘lganda Bank Kengashining Navbatdan tashqari majlislari: Vazirlar Mahkamasi; Markaziy bank; Bank Kengashi Raisi; Bank Kengashining ikki va undan ortiq a’zolari; Bank Boshqaruvi; ichki audit xizmati rahbari; Bankning tashqi auditori tashabbusi bilan chaqiriladi. Bank Kengashi majlisida qarorlar qatnashchilarning 3/4 ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisida Kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Bank Kengashi Majlisi unda Bank Kengashi a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida 75 foizi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Bunda majlislarda Kengash Raisining qatnashishi majburiy hisoblanadi. Bank Kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi. 25. Bank Kengashi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank Ustavini, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash uchun taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank ustav sarmoyasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni tasdiqlash uchun taqdim etadi; Bank faoliyati yillik natijalarini tasdiqlaydi; Bank Boshqaruvi tavsiyasiga ko‘ra daromadni taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi; Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi; Bank Boshqaruvi a’zolari tarkibini tasdiqlaydi, Boshqaruv Raisi va Boshqaruv Raisining o‘rinbosarlari bundan mustasno; Bankning kreditlar berish, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va Bank mijozlariga xizmatlarning yangi turlarini ko‘rsatish sohasidagi siyosati asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi; Bank Boshqaruvi hisobotlarini eshitadi; Bank bilan bog‘liq shaxslar bilan bitishuvlar tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; bitishuvni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan kunda qiymati bank aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq bo‘lgan bitishuvlar yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq bitishuvlar tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; Bankning filiallari, vakolatxonalari, shu’ba va nomustaqil korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi hamda ularning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi; bank Boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlaydi. 26. Rais boshqaradigan Boshqaruv Bankning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Bank Boshqaruvi Raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar. Bank Boshqaruvi Raisi Bankning yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi, u Bank Ustavi bilan o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Boshqaruv Raisi va uning o‘rinbosarlari bilan bir qatorda, Boshqaruv tarkibiga, Bank Kengashi qaroriga binoan, Bankning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimiga ko‘ra kiradilar. Bank Boshqaruvi: Bank faoliyatini tashkil qiladi va unga tezkor rahbarlikni amalga oshiradi, Ustavdagi vazifalarning, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Bank Kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi; ushbu Ustavga ko‘ra Bank Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan barcha masalalarni oldindan ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha tegishli materiallar, takliflarni va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi; Bank tuzilmasini belgilaydi; Boshqaruv ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi. Bank Boshqaruvi Hukumatning valyuta-moliya munosabatlari sohasidagi siyosatini, Bankni rivojlantirish va joriy faoliyatini Bank tomonidan amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni bamaslahat va Boshqaruv a’zolari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi. Boshqaruv qarorlari ularni qabul qilish uchun Boshqaruv a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida to‘rtdan uch qismi fikr bildirishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi”. 2. 27-bandning ikkinchi xat boshi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” so‘zlaridan keyin “va Bank Kengashining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
119
6,823
Qonunchilik
Oʻzbekistonda 1 martdan boshlab biznes yuritish osonlashadi
Prezidentning 5.02.2019 yildagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.  2019 yil 1 martdan boshlab biznes yuritish shart-sharoitlari liberallashtirilishini nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etiladi. Barcha chora-tadbirlar 7 ta soha boʻyicha guruhlangan, «Doing Business» hisobotini tuzish chogʻida boshqalar qatori ular ham indikatorlar sifatida baholanadi.    Davlat tuzilmalari bilan hamkorlikda mamlakatdagi biznes-jarayonlarni ancha soddalashtirishga doir 15 ta qadam nazarda tutilgan (quyidagi jadvalga qarang). Soha 2019 yil 1 martdan boshlab joriy etiladigan chora-tadbirlar Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar mavjud boʻlganda ta’sischilari Oʻzbekiston rezidentlari hisoblangan yuridik shaхslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida bank hisobraqamlarini masofadan turib ochishi mumkin Qurilish uchun ruхsatnomalar olish Yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan yoki ruхsat etilgan ob’yektlar turlarining toʻliq roʻyхatini majburiy tarzda koʻrsatib, «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga auksion orqali qoʻyilganda, yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish tartibi bekor qilinadi Qurilish organlariga arхitektura-shaharsozlik kengashlarining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish funksiyalari ushbu kengashlarda faqat tariхiy hududlar, shu jumladan, madaniy meros yodgorliklarini qoʻriqlash hududlari, shuningdek, davlat ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish funksiyalarini saqlab qolgan holda oʻtkaziladi «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalaridagi qurilish ob’yekti foydalanishga topshirilganidan soʻng amalga oshiriladigan topografik va maхsus suratga olishlarni (zarur hollarda) yangilash ishlarining qiymati yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar doirasida yer uchastkalari va koʻchmas mulk egalari faoliyatiga aralashmagan yoki toʻsqinlik qilmagan holda toʻlanadi Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma koʻchirmasi bilan bir vaqtda beriladi Elektr ta’minoti tizimiga ulanish Iste’molchilarni elektr ta’minotidan ruхsatsiz uzganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qoʻllaniladi Mulkni roʻyхatdan oʻtkazish Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va kadastr hisobini yuritish uchun ariza eksterritoriallik prinsipi asosida berilishi mumkin Jismoniy va yuridik shaхslar koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha bitim va koʻchmas mulkka egalik huquqini olish bilan bogʻliq boʻlgan guvohnomalarni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilganda, notarial idoralar majburiy tartibda koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani va tegishli hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali bepul asosda yuboradi Koʻchmas mulk ob’yektining kadastr yigʻmajildi va kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun elektron shaklda murojaat qilish va tayyorlash meхanizmini joriy etish orqali qogʻoz shaklida murojaat qilish va kadastr yigʻmajildini berish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi Minoritar aksiyadorlarni himoya qilish Aksiyadorlarga yirik bitim va affillangan shaхslar bilan qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining 10 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi bitim tuzish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun kuzatuv kengashining manfaatdor a’zosini sud tartibida javobgarlikka tortish huquqi beriladi Mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat faoliyati yuzasidan qaysidir masalada kelishuvga erishilmaganligi sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovoz boʻlmaganda, vujudga kelgan ziddiyatli vaziyat sud tartibida hal qilinadi Aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali toʻlash meхanizmi joriy etiladi Xalqaro savdo Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni berish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining ariza-deklaratsiyasi asosida, ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amalga oshiriladi Kontraktlar ijrosini ta’minlash Iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis oʻtkazish imkonini beruvchi tartib joriy etiladi Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda, ma’muriy va iqtisodiy sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha toʻlovlarni, shu jumladan, davlat bojini hisobga olish va toʻlashning yagona elektron tizimi joriy etiladi Bundan tashqari, 1 martdan boshlab quyidagilar bekor qilinadi:  2020 yil 1 yanvardan boshlab esa Toshkentda eksperiment oʻtkazila boshlaydi, uning doirasida: Oleg Zamanov.
59
5,464
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan bayon etilgan g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surish to‘g‘risida.
94
436
Qonunchilik
Davlat mulki ijarasi stavkalari tasdiqlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2022 yil uchun 1 kv. m ga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi.
43
197
Qonunchilik
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar ki
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 19-avgustdagi 01-02/12-58-son qarori (ro‘yxat raqami 2823, 2016-yil 13-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 37-son, 436-modda) bilan tasdiqlangan Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandning oltinchi xatboshisi “hujjatga ega” degan so‘zlardan keyin “hamda bojxona to‘lovlarini to‘lanishiga javobgar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. Quyidagi mazmundagi 31-bob bilan to‘ldirilsin: 131. Bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yo‘qotilganda yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda o‘zgarmas holatda (tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar bundan mustasno) yetkazilmaganligi holati aniqlanganda manzil bojxona posti mazkur holatlar aniqlangan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida hududiy boshqarma rahbariyatiga yozma axborot beradi. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha manzil bojxona posti tomonidan axborot kelganda hududiy boshqarma rahbariyati 2 ish kuni ichida tovarlarga bojxona to‘lovlarini hisoblash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi. Taqdim qilingan hamda DBQ YaAATdan olingan ma’lumotlar asosida 3 ish kuni ichida mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan shaklda dalolatnoma to‘ldiriladi, ushbu dalolatnoma bojxona to‘lovlari va penyalarni so‘zsiz undirib olish haqidagi talabnoma bilan birga DBQ YaAAT yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘l bilan: vakolatli shaxsga; kafilga (kafillik bilan ta’minlanganda); bankka (bank kafolati bilan ta’minlanganda); sug‘urtalovchi tashkilotga (sug‘urta bilan ta’minlanganda) yuboriladi. 132. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni to‘liq manzil bojxona postiga yetkazish choralari ko‘rilishi yoki dalolatnoma asosida bojxona to‘lovlari to‘lash muddati talabnoma to‘lovchiga topshirilgan yoki u to‘lovchi tomonidan olingan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kunini tashkil etadi. 133. Vakolatli shaxs, kafil, kafolat beruvchi bank yoki sug‘urtalovchi tashkilot tomonidan talabnomadagi talablar bajarilmaganda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq choralar ko‘riladi, shu jumladan talabnoma yuborgan hududiy boshqarma tomonidan sudga vakolatli shaxsga chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish bo‘yicha identifikatsion kod berishni vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi. 134. Identifikatsion kod berishni vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirilganda, to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari va penyalar to‘liq undirilgunga qadar vakolatli shaxsga chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish bo‘yicha identifikatsion kod berilishi to‘xtatiladi. Bu to‘g‘risida bojxona organi tomonidan DBQ YaAATga tegishli formatli-mantiqiy nazorat o‘rnatiladi. 135. Tovarlarni bojxona organi ruxsatisiz berib yuborish, yo‘qotish yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda o‘zgarmas holatda yetkazmaslik oqibatida hisoblangan bojxona to‘lovlari undirib olinganidan so‘ng tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechiladi.”. 3. Mazkur qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan to‘ldirilsin. 4. Mazkur qo‘shimchalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,968
Qonunchilik
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 24-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 3-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
101
1,453
Qonunchilik
“Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 10-avgust kuni qabul qilingan “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 24 va 25-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining mazkur Qonun bo‘yicha xulosasida bayon etilgan asoslarga ko‘ra rad etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga mazkur Qonun bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzish taklif etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan kelishuv komissiyasi tarkibiga quyidagilar saylansin: 4. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,509
Qonunchilik
Yana 3 ta bank va 2 ta aksiyadorlik jamiyati IPO va SPO oʻtkazadi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi 358-son qarorida shu nazarda tutilgan. Quyidagilar aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazishi haqida qaror qabul qilindi:  Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi orqali aksiyalari realizatsiya qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyхati tasdiqlangan. «Shaхrisabz vino-aroq» AJ undan chiqarib tashlangan.  Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-son qarori yuqorida koʻrsatilgan kompaniyalar aksiyalarining davlat paketini realizatsiya qilishga, shu jumladan ularni realizatsiya qilish bahosini belgilashga tatbiq etilmaydi.    Tashabbuschi bilan kelishuvga koʻra ommaviy taklif tashkilotchisi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, bitta shaхs realizatsiya qilinayotgan aksiyalar umumiy sonining 0,1%idan ortigʻini хarid qila olmaydi. Taklif etiladigan baho tashabbuschi bilan kelishuvga koʻra ommaviy taklif tashkilotchisi tomonidan fond birjasi qoidalarida nazarda tutilgan usullardan kelib chiqib belgilanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
65
1,224
Qonunchilik
Adliya va sud xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Adliya va sud organlaridagi ko‘p yillik samarali ishlari, qonunchilikni mustahkamlashga, huquqni targ‘ib qilishga qo‘shgan hissalari hamda jamoat hayotida faol qatnashayotganliklari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
63
227
Qonunchilik
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2017-yil 28-fevraldagi 3/17-sonli qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarini martaba darajasi berish uchun attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi. 2. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlariga maxsus unvon — martaba darajalari o‘tkazilgan attestatsiya natijalari, malakasi va ish stajiga muvofiq, egallab turgan lavozimini, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlarini hisobga olgan holda tegishlicha: davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlariga davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining; mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlariga tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyalari bo‘yicha izchil tartibda beriladi. Maxsus unvon — martaba darajalari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga ko‘ra ham berilishi mumkin. 3. Maxsus unvon — martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi va uning sho‘balari tomonidan tashkillashtiriladi. 4. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatining martaba darajasida belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lgan xodimlari navbatdagi maxsus unvon — martaba darajasiga bir yilgacha tavsiya etilmaydi. 5. Adliya organlari va muassasalarida ishlagan, maxsus unvon — martaba darajasiga ega bo‘lgan xodimlar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga qabul qilinganda adliya vaziri tomonidan berilgan martaba darajasi saqlab qolinadi. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimi sifatida ishlagan, adliya vaziri tomonidan berilgan maxsus unvon — martaba darajasiga ega bo‘lgan shaxslar adliya organlariga ishga qabul qilinganda, ularga berilgan martaba darajasi saqlab qolinadi. 6. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomga asosan beriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri: a) ishda alohida o‘rnak ko‘rsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom bo‘lgunga qadar martaba darajasi berishga; b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda ega bo‘lgan martabadan ikki daraja yuqori bo‘lmagan martaba darajasi berishga; v) birinchi marta attestatsiyadan o‘tayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim bo‘yicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir. 8. Martaba darajalarini berish uchun davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari (xodim O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga ko‘ra martaba darajalariga tavsiya etilgan hollar bundan mustasno) tomonidan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga taqdimnoma bilan murojaat qilinadi. Mazkur taqdimnomaga xodimning kasbiy faoliyati, ishchanlik va axloqiy jihatlari aks ettirilgan ma’lumot-tavsifnoma ilova qilinadi. Ma’lumot-tavsifnomada xodimning amaldagi martaba darajasi (agar mavjud bo‘lsa), so‘nggi ikki yil davomidagi ish sifati va ko‘rsatkichlari, qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlari, sudlardagi ishtiroki, xulqi, kasbiy-axloqiy tomonlari, mehnat faoliyati davomidagi yutuqlari va boshqa muhim masalalar ko‘rsatiladi. Ma’lumot-tavsifnoma davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan imzolanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga ko‘ra yuridik xizmat xodimi martaba darajasiga tavsiya etilganda, ma’lumot-tavsifnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi. 10. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarining maxsus unvon — martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan tuziladigan Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. Maxsus unvon — martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish yuridik xizmat xodimining navbatdagi attestatsiyadan o‘tishi deb hisoblanmaydi hamda attestatsiyadan o‘tish muddatining uzaytirilishiga asos bo‘lmaydi. 11. Attestatsiya komissiyasining faoliyati qonuniylik, odillik, xolislik, beg‘arazlik va kollegiallik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 12. Maxsus unvon — martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi yoki uning sho‘balari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda tegishli takliflar bilan attestatsiya o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish uchun attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. 13. Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tegishli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi, martaba darajasi adliya vazirining tashabbusiga ko‘ra berilgan yoki attestatsiya komissiyasida kvorum bo‘lmagan hollar bundan mustasno. Attestatsiya komissiyasi yig‘ilishida martaba darajasiga tavsiya etish masalasi ma’lumot-tavsifnomada keltirilgan ish faoliyati natijalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda yuridik xizmat xodimining ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda, martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tkazilishi mumkin. 14. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha komissiya tomonidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi: nomzodga martaba darajasi berish mumkinligi to‘g‘risida; nomzodga martaba darajasi berish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida. 15. Attestatsiya komissiyasining xulosasi komissiya ishida a’zolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Attestatsiya natijalari komissiya majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 16. Attestatsiya komissiyasining xulosasi martaba darajasini berish masalasini hal qilish uchun tegishli hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga taqdim etiladi. 17. Yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon — martaba darajalarini berish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi tomonidan mazkur buyruq asosida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasiga tegishli yozuv kiritiladi. 18. Maxsus unvon — martaba darajasi berish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrug‘i tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi. Mazkur buyruq nusxasi yuridik xizmat xodimining shaxsiy jildiga tikib qo‘yilishi lozim. 19. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar sohasiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalari tomonidan yuridik xizmat xodimlarining maxsus unvon — martaba darajalari har chorakda kamida bir marta xatlovdan o‘tkazilishi, belgilangan muddatlarda xodimni navbatdagi maxsus unvon — martaba darajasiga tavsiya etish uchun rahbarga axborot taqdim etib borilishi kerak. Martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar oyning 15-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarini martaba darajalariga tavsiya etish borasidagi ishlarni muntazam ravishda tahlil qilib boradi. Tahlil natijalari bo‘yicha yuridik xizmatlar xodimlarini maxsus unvon — martaba darajasiga tavsiya etish masalasini ko‘rib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinishi mumkin. 21. Xodimlarni o‘z vaqtida va muddatida, shuningdek muddatidan ilgari martaba darajalariga tavsiya etish yuzasidan ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi borasida mas’uliyat shaxsan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
162
10,444
Qonunchilik
“Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 11-iyuldagi 219-son “Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3057, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3057/1783-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
207
613
Qonunchilik
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasi reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan: birinchi — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yagona qoidalarini belgilash; ikkinchi — yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat reyestri ma’lumotlaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish; uchinchi — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida vakolatli organlar o‘rtasida axborot-kommunikatsiya ma’lumotlar almashinuvini joriy etish; to‘rtinchi — qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; beshinchi — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning Davlat reyestridan elektron ko‘chirma berish; oltinchi — nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmini joriy etish. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda Davlat reyestri deb ataladi) yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlari haqidagi axborotning rasmiy manbasi bo‘lib, bu axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi; Davlat reyestridan elektron shaklda berilgan, shuningdek, qog‘ozda berilgan ko‘chirmalar teng yuridik kuchga ega. 3. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan keyin tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari qoshida komissiyalar (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etish yo‘li bilan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmi joriy etilsin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar komissiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi; ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxslar komissiya a’zolari bo‘la olmaydilar; komissiyaning xulosasi ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxslar uchun majburiy tusga ega bo‘lib, ular qabul qilgan qarorni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi. 5. Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga bino va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘langanligi haqida, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali axborot taqdim etilishini ta’minlasin. 6. Davlat kadastrlarini yuritishni amalga oshiruvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga muhofaza qilinadigan zonalar haqidagi axborotni doimiy ravishda taqdim etilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi: a) bir oy muddatda: manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoralararo hamkorlik va ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi, shuningdek ular bilan bog‘liq bitimlar haqidagi axborot almashinuvining axborot-dasturiy kompleksini ishlab chiqsin va 2019-yil 1-fevraldan boshlab joriy etsin; Davlat reyestri ma’lumotlarini Internet tarmog‘iga joylashtirish yo‘li bilan ulardan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlasin; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun huquqni belgilovchi hujjatlar reyestrini har bir ro‘yxatdan o‘tkazish turi va tipi kesimida ishlab chiqsin va Internet tarmog‘iga joylashtirsin; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga o‘tkazish turiga bog‘liq holda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida namunaviy arizalar shakllarini ishlab chiqsin va Internet tarmog‘iga joylashtirsin; Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar statistikasining joylashtirilishi va doimiy yangilanib borilishini ta’minlasin; b) ikki oy muddatda: Komissiya tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha taqiqlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilgan holda Davlat reyestridan ko‘chirmalar berilishini nazarda tutuvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqsin va joriy etsin; v) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining axborot tizimlarida fuqarolarning mavjud shaxsiy ma’lumotlari haqidagi axborotni dolzarblashtirish uchun jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasidan foydalanishini va “Elektron hukumat” tizimi bilan yanada integratsiyalanishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer qa’riga joriy etilmaydi. 3. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 4. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat; ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat; Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) — ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risida, shuningdek, huquq egalari haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona axborot ma’lumotlar bazasi; garov xati — ko‘chmas mulk obyekti garovga qo‘yilganligi to‘g‘risida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi; bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi; yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi; ipoteka — mulkni garov kreditoriga egalik qilish uchun topshirmasdan, majburiyatni ta’minlash sharti bilan ko‘chmas mulk obyektini (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga bo‘lgan huquqni garovga qo‘yish; kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari elektron jamlanmasi; kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshoot va ko‘p yillik dov-daraxtlarning o‘ziga xos, O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlab qolinadi; kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladigan elektron hujjat; ko‘p yillik dov-daraxtlar — bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlari; ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar (shu jumladan yer osti inshootlari) va ko‘p yillik dov-daraxtlar; qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar; ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) — bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o‘rnatiladigan, mazkur ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar; yordamchi-xo‘jalik imoratlari — ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar; huquq egasi — ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs; ko‘chmas mulk haqida tuzilgan bitimlar — fuqaro va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga (boshqa shaxsga o‘tkazish, ipotekaga qo‘yish, uzoq muddatli ijaraga olish, merosni qabul qilish va boshqalar) qaratilgan xatti-harakatlari; servitut — begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi; inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi. 6. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ deb ataladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxslar (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorda yig‘im undiriladi. 7. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot va hujjatlarni 2019-yil 1-fevraldan boshlab, axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi. 71. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notarius orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va Reyestrdan ko‘chirma beriladi; 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi; 2020-yil 1-yanvardan boshlab ko‘chmas mulk obyektini “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish natijasida vujudga keladigan unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi; Reyestrdan ko‘chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga ko‘ra elektron va (yoki) qog‘oz shaklida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning ma’lumotlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza talab etilmaydi. 8. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2019-yil 1-fevraldan keyin vujudga keladigan asoslar mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan organlar tomonidan axborot-dasturiy majmua vositasida beriladigan axborot asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Mazkur Nizomning 7 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan organlar axborot-dasturiy majmuaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. 9. Kadastr yig‘majildini birlamchi shakllantirishda ko‘chmas mulk obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan o‘tkaziladi. Kadastr yig‘majildini shakllantirish natijalari bo‘yicha kadastr pasporti beriladi. Kadastr pasportini berish tartibi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ko‘chmas mulk obyektini kadastr pasportini tayyorlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmog‘i yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) orqali qabul qilinadi. 10. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq turi yoki egasi o‘zgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng kadastr pasporti faqat ko‘chmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va so‘roviga ko‘ra rasmiylashtiriladi. Bunda ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lganda, obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi. 11. Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, cheklanganda yoki bekor bo‘lganda yoxud ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishlari shart. Arizada ko‘chmas mulk obyektining turi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq, unga kadastr yig‘majildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 12. Markaz ariza to‘ldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi. Mazkur Nizomning 71-bandida ko‘rsatilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuboradi. 13. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda: arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi; ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi; umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi; huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiladigan omillarni, bu ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi; boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi. ko‘chmas mulk obyekti bilan bog‘liq bitim notarial tartibda tasdiqlanmasdan taqdim etilganda, mulkdor va xaridorning shaxsini aniqlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega. 14. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Agar, taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor bo‘lsa yoki qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ro‘yxatdan o‘tkazishni uch kungacha to‘xtatib turish to‘g‘risida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va qarorni Markazga yoki tegishli tashkilotga yuboradi. Markaz yoki tegishli tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organdan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsni bir soat mobaynida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etish haqida xabardor qiladi. Hujjatlar ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilganda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Tuzatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi haqida xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, vakolatli organlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgan holatlar bundan mustasno. Agar, xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda markazni yoki tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi. 15. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi; vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi; taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi; birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi; yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi; huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi. 17. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, u mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron ko‘rinishda yuritiladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxsning nomini, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini va ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni Reyestrga navbatdagi raqam bilan kiritish orqali amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi va bekor qilinishi unga bo‘lgan huquqlarni cheklash yoki bekor qilish haqidagi yozuv orqali amalga oshiriladi va buning uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, sanasi va raqami ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan Reyestr satriga kiritiladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning (u mavjud bo‘lgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishining keyingi ro‘yxatdan o‘tkazilishi binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yer uchastkasiga huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 171. Markazlar yoki tashkilotlar yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi. Ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan miqdorda yig‘im summasini to‘laydi. Reyestrdan ko‘chirma berish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. 172. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Markazlar orqali murojaat etganda: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; b) ko‘chmas mulk “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatilganda: 10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda: 10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; g) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; d) notarial idora orqali murojaat etilganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 18. Xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘im to‘liq to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron ko‘rinishdagi Reyestrdan ko‘chirma yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi va ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga reyestrdan ko‘chirma elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berilishi mumkin. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 19. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 20. Yer uchastkalariga bo‘lgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaligi, jamoa bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi; yuridik va jismoniy shaxsga qishloq va o‘rmon xo‘jaligini (qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi; yuridik va jismoniy shaxsga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari ko‘rsatilmay berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi; yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddati belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi; yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yoki sotib olingan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi; yuridik va jismoniy shaxsga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi. 21. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi: yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi; yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma; yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi; yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 1-avgustga qadar qabul qilgan qarorlari, elektron onlayn-auksion va ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi; kon ajratmasi dalolatnomasi — foydali qazilmalarni qazib oladigan va foydali qazilmalar konlarini ishlatadigan korxonalarni qurish uchun yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat; ko‘p kvartirali uy qurilgan va unga tutash yer uchastkasiga bo‘lgan huquq quruvchi yoki buyurtmachidan ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlariga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan (ko‘p kvartirali uydan) foydalanish uchun ruxsatnoma. 211. “E-auksion” elektron savdo platformasiga qo‘yish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi bo‘yiicha kadastr yig‘majildi shaklida qabul qilinadi. 22. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi: shaharlar (tumanlar) hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari; shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida bo‘lmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari; qishloqlar (ovullar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari. 23. O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi: tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari; tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining kolxozlar a’zolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari. 24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Jo‘qorg‘i Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida ko‘rsatilgan o‘lchamlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 25. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. 26. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq turi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatga muvofiq qabul qilinadi. Agar joylardagi davlat hokimiyati organining 2021-yil 1-avgustga qadar o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorida huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim; yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi hamda jamoa bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar, davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi ko‘rsatilgan bo‘lsa ham); binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi; qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi. 27. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yangi huquq egasining nomiga oldingi huquq egasidagidek shaklda rasmiylashtiriladi. Turar joy binosiga, bog‘ uychasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida yakka tartibdagi turar joy noturar joy toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Doimiy egalik yoki doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasidagi noturar joy yakka tartibdagi turar joy toifasiga o‘tkazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar uylarni notariuslar tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga o‘tkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning ko‘chmas mulk obyekti egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismiga bo‘lgan mulk huquqi, agar boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining o‘tishi: oldi-sotdi va boshqa shaxsga o‘tishning boshqa turlariga oid shartnoma; mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari; sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori; qarz undiruvchi hamda qarzdor o‘rtasida bino va inshootlarni topshirish to‘g‘risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma; bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga o‘tadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish bo‘limi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Nizo mavjud bo‘lgan taqdirda, yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda bo‘linadi va Reyestrdan tegishli ko‘chirma beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga bo‘lgan huquqning oldingi egasida bo‘lgan shaklda o‘tadi. Bo‘lingan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va shaharsozlik faoliyati qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik huquq egalariga yuklatiladi. 28. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga bo‘lgan ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq turi o‘zgargan taqdirda, axborot-dasturiy kompleks orqali axborot beradigan organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida ma’lumotlarni yuboradi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi: axborot bergan organ tomonidan yuborilgan hujjatlar tekshiriladi; huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda saqlanadigan mavjud reja-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr rejasi chiziladi; Reyestrga, shuningdek, kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Ishlar natijalariga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxsga Reyestrdan ko‘chirma beriladi. 29. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni cheklash mazkur huquqlarni garovga qo‘yishda, yer uchastkasiga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi Reyestrga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni garovga (ipotekaga) qo‘yishda cheklovlar mazkur Nizomning 6-bobida tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 30. Yer uchastkasiga bo‘lgan servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs o‘rtasida tuzilgan yozma kelishuv asosida yoki sud qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. Servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish va Reyestrdan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi va belgilash uchun asoslar bekor bo‘lgan hollarda bekor qilinishi mumkin. 31. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi: davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qo‘yilishi yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori; vakolatli organning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi axboroti; uy-joylarining boshqa shaxsga o‘tganligi munosabati bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ham o‘zga shaxsga o‘tishi bo‘yicha hujjatlar; yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ilgari berilgan hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga qaytarishga majbur va ushbu hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. Ushbu band mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. 32. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, o‘zga shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi. 33. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaxsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega bo‘lgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi qo‘shimcha xo‘jalik imoratlariga bo‘lgan huquqi ro‘yxatdan o‘tkazish obyekti hisoblanadi. Turli qo‘shimcha xo‘jalik imoratlariga bo‘lgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. 34. Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish har bir mulkdor bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Uy-joy-qurilish shirkatlariga tegishli uy-joylarga bo‘lgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat a’zolari ro‘yxati ilova qilingan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan (ko‘p kvartirali uydan) foydalanish uchun ruxsatnoma ushbu uydagi joy mulkdorining umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek, quruvchi yoki buyurtmachining umumiy mol-mulk tarkibiga kirmaydigan, keyinchalik realizatsiya qilinadigan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan (noturar) joylarga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. 35. Qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi. Qurilishi tugallanmagan turar va noturarjoy binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar: yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi; qurilish qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida boshlanganligi sharti bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. “E-auksion” elektron savdo platformasida sotib olingan, elektron auksion g‘oliblarida ularga nisbatan qabul qilingan majburiyatlar mavjud bo‘lgan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. 36. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazishda huquq egasining buyurtmasi bo‘yicha yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi hujjatlar, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi, shuningdek, qurilishi tugallanmagan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 37. O‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. 38. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan binolar va inshootlar yuridik shaxslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi yuridik shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Korxonaga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi: xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan ko‘chmas mulk; xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan ko‘chmas mulk. 39. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi; notarial tartibda tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi; bino va inshoot bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi; korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi; lizing shartnomasi; bino, inshoot, turar joyni hadya etish to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma; bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma; turar joyni boshqa shaxsga renta to‘lovi sharti bilan o‘tkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi; xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi; notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki bo‘lgan bino, inshootning tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma; ko‘chmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasiga ulush sifatida berish (turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan) shartnomasi; ko‘chmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish (turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan) sifatida shartnomasi; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda ko‘chmas mulk obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion natijalari haqida bayonnoma; tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining turarjoyni noturarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati; tuman (shahar) qurilish bo‘limining noturar joy binosini turarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati; sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi. Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxsga sotilgan hollar bundan mustasno. Binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi axborot soliq organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali bir kunlik muddatda taqdim etiladi. 40. O‘zbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari; vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari; oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bo‘lish, ko‘chmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish, imorat solish, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy-qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish, er-xotin o‘rtasida uylarni bo‘lish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan shartnomalar; shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) to‘g‘risidagi qarorlari; umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli ulushiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar; binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari; shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish bitimlari amalga oshirilganligi, shuningdek, meros qilib olish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining boshqaga o‘tganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notariuslarning reyestrlaridan ko‘chirmalar. 41. Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish va ularga ko‘chmas mulkni xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari; vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish to‘g‘risidagi qarorlari; muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish to‘g‘risidagi qarorlari. Moddiy-madaniy meros obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 42. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma; binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma; binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma. tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi; Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 43. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilgani haqidagi ma’lumotlari; tegishli joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi qarorlari; bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar; mulkdor yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori; mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish to‘g‘risidagi qarori; bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar; sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor o‘rtasida bino va inshootni berish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma. Huquqning bekor bo‘lishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 44. Ushbu Nizomning 38 — 41-bandlarida ko‘rsatilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki to‘g‘riligi haqida shubha tug‘ilgan hollarda bino, inshootga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi sud tartibida hal etiladi. 45. Bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli bo‘lgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar, ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy bino va inshootning (xonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (xonalardan), o‘zlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan bo‘lsa, u holda bunday kelishuv ularning murojaati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 46. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki o‘lgan deb topilgan mulkdorlarning oila a’zolari yoki merosxo‘rlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar ularga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq meros qilib olish tartibida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 47. Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga ushbu obyektlarga bo‘lgan muayyan yuridik va jismoniy shaxsning tegishli huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. 48. Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 49. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fermer xo‘jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan o‘z mablag‘lari hisobiga ularning mulki bo‘lgan ko‘p yillik dov-daraxtlarni, o‘rmon dov-daraxtlarini ham ekish huquqiga egadirlar va ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 50. Ijarachi agar shartnomada yerlarni bog‘dorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, mustaqil ravishda ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish huquqiga ega. Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsati bilan ko‘p yillik dov-daraxtlar ekilgan bo‘lsa, unda shartnoma muddati o‘tishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) huquqiga ega. Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruxsatisiz ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar shartnomaning muddati o‘tganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul o‘tadi. 51. Quyidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: ko‘chatzorlardagi ko‘chatlar; yuridik shaxslarning balansiga olinmagan hamda hosilga kirmagan va foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p yillik dov-daraxtlar; ko‘p yillik butazorlar va rezavor o‘simliklar; o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining o‘rmonlari va ko‘p yillik dov-daraxtlari; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ko‘p yillik dov-daraxtlari; aholi punktlari, shuningdek tashkilotlarning yerlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘stirilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar; uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘stirilgan ko‘p yillik dov-daraxtlar; yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganda. 52. Quyidagilar: qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) bog‘ va tokzorlarini fuqarolarga fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish to‘g‘risidagi komissiya bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma; bog‘dorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma; bog‘dorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka ixtisoslashmagan fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi va ijarachi o‘rtasida tuzilgan va ko‘p yillik dov-daraxtlar ekishga ruxsat berilgan shartnoma; yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘p yillik dov-daraxtlar o‘tqazish huquqini berish to‘g‘risida tuzilgan qo‘shimcha bitim; sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdi shartnomasi va tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ko‘p yillik dov-daraxtlarni sotib oluvchiga qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarori; tegishli davlat organining bog‘dorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka ixtisoslashgan hamda ko‘p yillik dov-daraxtlar ekish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlari; sud qarori yoki davlat ijrochisi qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarni berish dalolatnomasi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligini yuritish va jamoat bog‘dorchiligi va uzumchilik xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida o‘stirilgan ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan mulk huquqi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 53. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Reyestrga ko‘chmas mulkning mustaqil turi sifatida dov-daraxtlarning turi va sonini ko‘rsatgan holda kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 54. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan olinadigan ko‘chmas mulk olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosidagi davlat r
131
62,726
Qonunchilik
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi QL-569-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Investitsiyalar to‘g‘risida”)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi QL-569-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
150
342
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi № PQ-3930-sonli “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) professor-o‘qituvchilari (bundan buyon matnda pedagog xodimlar deb yuritiladi) tarkibini tanlab olish tartibini belgilaydi. 1. Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog xodimlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi. 2. Oliy maktabning pedagog xodimlari toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi. 3. Oliy maktabning pedagog xodimlar tarkibini tanlab olish besh yil muddatga tanlov asosida amalga oshiriladi. 4. Besh yillik muddat tamom bo‘lgandan keyin ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi. Bir tarkibiy bo‘linmaning ikki va undan ortiq teng lavozimlariga bir vaqtda tanlov o‘tkazilmaydi. 5. Pedagog xodimlar lavozimlarini egallashning besh yillik muddati davrida Oliy maktabning ilmiy kengashi (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha pedagog xodimlar faoliyati har tomonlama o‘rganib chiqiladi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish tartibi va mezonlari Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish natijalari Ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra Ilmiy kengash pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish, birlashtirilgan kafedra mudiri lavozimiga tayinlash hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa qarorlar qabul qilishi mumkin. 6. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Dotsent (fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qo‘yiladi. Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda uchinchi muddatga ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet tillari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega bo‘lmagan, biroq kamida besh yil metodik, ilmiy-pedagogik va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qo‘yilishi mumkin. 7. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda shuningdek fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan, shaxs kamida besh yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin. 8. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ishtirok etishi mumkin. 9. Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shu jumladan xorijiy mamlakatlarda olingan oliy ma’lumotga ega, ilmiy daraja (shu jumladan, falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq kamida besh yillik o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin. 10. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinmaydi. 11. Oliy maktabga o‘qituvchi lavozimiga soatbay haq to‘lash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz direktorning buyrug‘i bilan belgilangan tartibda mansab yo‘riqnomasi talablari asosida qabul qilinadi. 12. Oliy maktab saylash muddati ushbu o‘quv yilida tamom bo‘ladigan, shuningdek bo‘sh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar lavozimlarini egallashga tanlov e’lon qiladi. 13. Tanlov bo‘yicha saylov Ilmiy kengashda o‘tkaziladi. Ilmiy kengashda saylanadigan lavozimlarning ro‘yxatini direktor belgilaydi. 14. Tanlovlar matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida hamda Oliy maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay berilishi kerak. 15. Tanlovda qatnashishni xohlovchilar direktor nomiga Oliy maktabning rasmiy veb-sayti orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradilar: Oliy maktabning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan namunada tuzilgan rezyume (anketa); oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlarning nusxalari. Tanlovda qatnashishni xohlovchi shaxsda ilmiy daraja (shu jumladan, falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy mamlakatlarning darajasiga unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari), ilmiy unvon, hamda ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda tegishli diplomlar, attestatlar, ilmiy ishlar ro‘yxati, malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar ham ilova qilinishi lozim. Noto‘g‘ri ma’lumotlarning taqdim etilishi tanlovda qatnashishni rad etishga asos bo‘ladi. 16. Ilmiy kengash kotibi tomonidan tanlovda qatnashish uchun kelib tushgan arizalar va barcha zarur hujjatlar ilova qilinganligi, shu jumladan ularning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi o‘rganib chiqilganidan so‘ng, Ilmiy kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. 17. Hujjatlarni ko‘rib chiqishdan oldin: ilgari Oliy maktabda ishlamagan, shuningdek, Oliy maktabning boshqa kafedralarida ishlagan shaxslar tomonidan sinov leksiyalari o‘tkaziladi; tanlov o‘tkazilayotgan kafedrada ishlab kelayotgan shaxslar tomonidan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashg‘ulotlar mavzulari kafedra predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 18. Ilmiy kengash yig‘ilishida har bir nomzodning arizasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar o‘rganiladi, shuningdek, nomzodning mazkur Nizom bilan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi, ilgari egallab turgan lavozim bo‘yicha tanlovda qatnashayotgan shaxslar bo‘yicha esa ularning o‘tgan davrdagi pedagogik faoliyati natijalari ko‘rib chiqiladi. 19. Ilmiy kengash qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi hamda yig‘ilishda ishtirok etgan Ilmiy kengash a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadigan bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Ovoz berish natijalari bayonnomada Ilmiy kengashning har bir a’zosi kesimida ko‘rsatiladi. Har bir Ilmiy kengash a’zosi bitta ovoz huquqiga ega. Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko‘rib chiqish chog‘ida ovoz berishda qatnashmaydi. 20. Tanlovni o‘tkazishda Ilmiy kengash qarori, agar ovoz berishda ilmiy kengashning tarkibidagi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozini, biroq 50 foizdan kam bo‘lmagan ovozini olgan nomzod tanlovdan o‘tgan hisoblanadi. Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan ko‘p nomzodlar qatnashgan taqdirda Ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor o‘rtasida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni o‘tkazishda ovozlar soni teng bo‘lib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori direktorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi. 21. Tanlov ishtirokchilariga ularning nomzodlari muhokama qilinayotgan Ilmiy kengash yig‘ilishida qatnashish yoki ularning xohishlariga ko‘ra Ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi. 22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari to‘g‘risida o‘n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi. 23. Oliy maktabda ishlaydigan va tanlovdan o‘tgan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar kiritiladi: a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun — mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi; b) boshqa lavozimlar uchun — tanlovdan o‘tganlik to‘g‘risida Ilmiy kengash qaroriga xavola qilgan holda tegishli o‘zgartirishlar va boshqa lavozimga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Davlat boshqaruvi organi qaroriga ko‘ra pedagog xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga ko‘ra ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov bo‘yicha egallanadigan lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. 24. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan o‘tmagan, shuningdek tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan o‘tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishni rad etganligi sababli direktor tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga ko‘ra, o‘quv semestri, yili tamom bo‘lgandan keyin) mehnat qonunchiligiga muvofiq bekor qilinadi. 25. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra bo‘linganda pedagog xodimlar bo‘yicha muddatidan ilgari tanlovlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kafedralar birlashtirilgan taqdirda yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini vaqtincha egallash masalasini Ilmiy kengash oldindan tanlov e’lon qilmasdan, ushbu Nizomning 5-bandiga asosan, birlashtirilgan kafedralar pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish natijalarini inobatga olgan holda hal qiladi. Kafedra bo‘lingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati o‘tgungacha, direktorning buyrug‘i bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov bo‘yicha mudir tayinlanadi. 26. Direktorga tanlov o‘tkazilgunga qadar kafedraning o‘qituvchilaridan bittasiga bo‘sh kafedra mudiri lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi. Vakillik organlarida saylab qo‘yiladigan lavozimga saylangani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan o‘qituvchi saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin tanlov natijalariga ko‘ra saylangan muddati tugagungacha Oliy maktabda ilgari egallab kelgan yoki unga teng bo‘lgan pedagog xodimi lavozimiga tayinlanadi. 27. Direktor pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani Ilmiy kengashda ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega. Ilmiy kengashda pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan oldin uning faoliyati o‘rganib chiqilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi bo‘yicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ilmiy-metodik va tashkiliy ishlar, shuningdek leksiya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish darajasi past bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Agar Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb topilsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi u tomonidan kafedraga rahbarlik qilish bo‘yicha o‘z funksional vazifalarini bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi sababli ham Ilmiy kengash qaroriga muvofiq bekor qilinishi mumkin. 28. Pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish masalalariga doir mehnat nizolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
250
14,673
Qonunchilik
2019 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida sanoati va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanmagan, hududda xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholiga sifatli maishiy, savdo, transport, tibbiy va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda ish o‘rinlari yaratish borasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan. Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan ishlarning samarasiz tashkil etilganligi oqibatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 33,3 ming gektar yerlarning 27,0 ming gektari yoki 81,1 foizi sho‘rlangan. Ushbu salbiy holatlarni bartaraf etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini hamda aholi turmush darajasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: Muzrabot tumani Xalqobod shaharchasini Mirzacho‘l tumani tajribasi asosida rivojlantirish, obodonlashtirish, me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish, shaharsozlik qoidalariga muvofiqlashtirish, shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylar qurish hamda zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash; hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini ishga tushirish; ijtimoiy va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish ishlarini jadal rivojlantirish. 3. Quyidagilar: 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanini kompleks rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq; 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash va elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi 3-ilovaga muvofiq; 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy obyektlar qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar dasturi 4-ilovaga muvofiq; 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar dasturi 5-ilovaga muvofiq; 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi 6-ilovaga muvofiq; 2019 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida ko‘p qavatli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; barcha parametrlar bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar ko‘rsin; zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 5. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin. 6. Surxondaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiya, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarini muhandislik tarmoqlariga belgilangan tartibda ulashga texnik resurs imkoniyatlaridan kelib chiqib, texnik shart berish hamda ajratilgan limit doirasida gaz bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 8. Surxondaryo viloyati hokimligi har chorak yakuni bilan hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar kesimida Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
116
6,317
Qonunchilik
Shartnoma tuzayotganda qanday qilib «tuzoqqa» tushib qolmaslik mumkin
Shartnoma loyihasini ishlab chiqayotgan taraf, odatda, uni imkon qadar oʻz foydasini koʻzlab tuzadi. Boshqasiga zarar yetkazgan holda bir tarafning foydasini koʻzlaydigan shartlarni qanday aniqlash mumkin, bunday vaziyatda nima qilish lozim? «Norma»ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOV buxgalter.uz uchun oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi: – Avvalboshdan qanday shartnoma shartlari bilan ishlashingizni tushunib olishingiz zarur. Mazkur kontekstda ularni shartli ravishda uchta toifaga boʻlish mumkin: Birinchi variant – benuqson, darhol shartnomani imzolab, bitim tuzing. Biroq amaliyotda bunday holatlar kam uchraydi. Koʻpincha shartnoma loyihasi barcha turdagi shartlar aralashmasidan tashkil topadi. Odatda oferent universal, namunaviy bandlar orasida kontragentni atayin naf keltirmaydigan vaziyatga soladigan tuzoqqa tushiruvchi shartlarni yashirishga urinadi. Quyida ana shunday misollarni keltiramiz. Misol: shart – qonuniy. 5.1. Yetkazib berilgan tovarlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun Xaridor Yetkazib beruvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 1%i miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 100%idan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi. Sharh Qonuniy neustoyka oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,4%ni tashkil etadi va kechiktirilgan toʻlov summasining maksimum 50%i bilan cheklanadi. Biroq qonuniy neustoykaning miqdori taraflarning kelishuvi bilan koʻpaytirilishi mumkin, shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qonuniysi qoʻllanadi. Ya’ni rasman ushbu shart qonunga zid emas. Biroq bunda yetkazib beruvchining javobgarligi qanday hajmda belgilanganiga qarash lozim. U ham mutanosib miqdorda koʻpaytirilgani ehtimoldan yiroq, u qonuniy darajada qoldirilgan yoki undan ham kam miqdorda belgilangan boʻlsa kerak. Javobgarlikning nomutanosibligi bundan ham yaхshiroq yashirilishi mumkin. Masalan, progressiv shkala (shartli ravishda: dastlabki 10 kun kechiktirganlik uchun – 0,1%, keyingi 5 kun uchun – 0,2% va h.k.) qoʻllanilayotgan boʻlsa, har bir taraf uchun neustoykaning umumiy miqdorini hisoblab, natijalarni solishtirib koʻrish kerak. Misol: shart – noqonuniy. 7.1. Mazkur shartnoma doirasida yuzaga keladigan barcha iхtiloflar va nizolarni taraflar muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan yoki da’vo qilish tartibida hal etadi. Taraflardan birining kontragentga da’vo yoʻllashi uning хuddi shu predmet yuzasidan sudga murojaat qilishdan bosh tortishini anglatadi. Sharh Istisnosiz barcha tadbirkorlik sub’yektlarining sud orqali himoya qilinishi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaхs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoхud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. Shuningdek, qarzni undirish taomilini qiyinlashtirish yoki bunday imkoniyatni butunlay yoʻq qilish uchun shartnomada huquqqa zid ravishda da’voni koʻrish va unga javob qaytarishning uzaytirilgan muddati (qonunga koʻra – 15 kun) qayd etilishi, alohida sudlovga tegishlilik oʻzgartirilishi mumkin va h.k. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
69
3,190
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2007-yil 30-noyabrdagi 410-I-son qaroriga muvofiq: 1. Quyidagilar: 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, Maktab ta’limi jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2008-yilgi asosiy parametrlari 3—6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. 2008-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablag‘larining 2008-yil boshidagi qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. 2008-yil uchun: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari 7-ilovaga** muvofiq; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 8-ilovaga** muvofiq; yagona soliq to‘lovi stavkalari 9, 9-1 va 9-2-ilovalarga** muvofiq; tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 10-ilovaga** muvofiq; yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 11-ilovaga** muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida; qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari 20 foiz miqdorida; respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz solig‘i ro‘yxat bo‘yicha 12-1-sonli ilovaga** muvofiq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga** muvofiq; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga** muvofiq; ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 15-ilovaga** muvofiq; yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i stavkalari 16 va 17-ilovalarga** muvofiq; yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari 18-ilovaga** muvofiq; yagona yer solig‘i stavkalari 19-ilovaga** muvofiq; mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 20-ilovaga** muvofiq; Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 21 va 22-ilovalarga** muvofiq; belgilangan soliqqa tortish obyektlarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga bir foiz miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari 23-ilovaga** muvofiq; mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida 24-ilovada** keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 24 foiz miqdorida; fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida tasdiqlansin. 4. Belgilansinki, yagona ijtimoiy to‘lovidan tushumlar Davlat budjeti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi. 2008-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda: 2008-yil 1-martgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining; 2008-yil 1-maygacha qishloq xo‘jaligi shirkatlari qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yerlari baholanishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin. 5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq; yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq; respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlari to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin. 6. 2008-yil uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajat hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 26-ilovaga* muvofiq; respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 27-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga: tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarni qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan to‘lovlarni) so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish; respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va xarajatlar o‘rtasida vujudga keladigan kassa bo‘yicha tafovutlarni o‘zaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin. 8. 2008-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 9. 2008-yil 1-yanvardan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bo‘lgan jismoniy shaxslarga yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari tartibi belgilansin. 10. 2008-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari asosiy (ixtisoslik) faoliyat turi bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno) mazkur mablag‘lardan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, asbob-uskunalar va anjomlar, didaktik materiallar, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyotlar sotib olish uchun maqsadli foydalanilgan holda uch yil muddatga ozod qilinsin. 11. Belgilansinki, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar hajmi 2007-yildagi xorijiy kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yil 1-yanvardan boshlab: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1 o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etsin; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida biriktirilgan 1 kishi hisobiga xarajatlar me’yoridan kelib chiqqan holda shahar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari) budjetini rejalashtirish va moliyalashtirishga o‘tkazsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi budjetni rejalashtirish va moliyalashtirishining yangi tartibiga o‘tkazilayotgan budjet muassasalarining har biriga moliyalashtirish me’yorlari o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin. 18. 2008-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga to‘lovlar miqdori 29-ilovaga** muvofiq belgilansin. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun to‘lovdan ozod qilishni nazarda tutgan holda (tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni tasdiqlasin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab turgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini xatlovdan o‘tkazsin va 2008-yilning 1-apreligacha tarmoqni va xodimlar sonini maqbullashtirish, ular negizida xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda budjetdan moliyalashtirishni saqlab qolgan holda bolalar ijodiyoti markazlarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2008-yilning 1-iyuligacha xodimlarni budjet muassasalari ishining yakuniy natijalariga qo‘shgan shaxsiy ulushi bilan mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish miqdorlarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishni nazarda tutadigan oliy, o‘rta maxsus ta’lim va madaniyat sohalarida mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga: 2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning o‘zini-o‘zini boshqarish organlari orqali; 2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari va O‘zbekiston Respublikasining maqsadli davlat jamg‘armalarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin hamda: Davlat budjeti daromadlari 5973,7 mlrd. so‘m, xarajatlari — 5840,5 mlrd. so‘m miqdorida, budjet profitsiti yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz oshirilgan holda; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari 1881,6 mlrd. so‘m, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovdan, badallar va majburiy ajratmalardan tushumlar hisobidan — 1640,4 mlrd. so‘m, Davlat budjetidan dotatsiyalar — 96,0 mlrd. so‘m miqdorida, shuningdek xarajatlar — 1840,5 mlrd. so‘m miqdorida; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlari 377,7 mlrd. so‘m va xarajatlari — 317,9 mlrd. so‘m miqdorida; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining kassa aylanmasi naqd summasi normativlari 2008-yilning 1-yanvariga respublika budjeti mablag‘lari hisobiga 80 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi budjet tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2008-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan operatsiyalarni 2007-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bajarilishini va 2008-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini Davlat budjetining belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar. 24. 2008-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2008-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2a-ilova. 2. Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi. 3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi. 4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarorining 1-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 1 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 20-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 40-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 55-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlari olib kelinishini yanada tartibga solish to‘g‘risida” 2003-yil 19-iyundagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 47-modda). 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori 9-bandining to‘rtinchi xatboshi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Jamg‘armaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, biroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo‘lmasligi kerak”; uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Belgilab qo‘yilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart; budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”. 5. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashga ham joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”. 6. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorining 5-bandiga: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “ish haqiga kreditlar berilganda yagona ijtimoiy to‘lov hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari to‘lanishi nazarda tutilsin;”; ikkinchi va uchinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarorining 9-bandidagi “besh yil muddatga” so‘zlari “2010-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarorining 1-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 46-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda, o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda to‘lanadigan stipendiya summasi talabalarning o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar, qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi”. 10. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 19-martdagi 88-son qarorining 1-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 15-modda) “yagona ijtimoiy to‘lov hamda fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda” so‘zlari qo‘shilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarorida: a) 2-bandda: beshinchi xatboshiga “etishmayotgan qismi esa — respublika budjeti mablag‘lari hisobiga” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “2008-yildan boshlab har yili Davlat budjetini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan OTB krediti bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqi to‘lashga yetishmayotgan qismiga mablag‘lar nazarda tutiladi”; b) 7-banddagi “2006-2007” raqamlari “2006 — 2009” raqamlari bilan almashtirilsin; v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “2008-yil 1-yanvargacha” so‘zlari “2010-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomda: a) 7-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda ko‘paytirganligini ko‘rsatuvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish”; b) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda ko‘paytirganligini ko‘rsatuvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish”. 14. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 41-bandidagi “yagona bojxona to‘lovi va belgilangan soliq” so‘zlari “bojxona to‘lovlari va qat’iy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yog‘och-taxta materiallari bilan to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda): 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Yuridik va jismoniy shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin”; ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Chetdan keltirishda yuridik va jismoniy shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan yog‘och-taxta va arralangan materiallar, yog‘och-taxta va yog‘ochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari ro‘yxati”. 17. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda): a) Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 5-bandning uchinchi xatboshiga “(Davlat budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari)” so‘zlari qo‘shilsin; 44-bandda: birinchi xatboshidagi “bankka” so‘zidan keyin “(hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda)”; 45-bandning “a” kichik bandida: ikkinchi xatboshiga “to‘lovlari” so‘zidan keyin “qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun” so‘zlari qo‘shilsin; uchinchi va to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish; belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini to‘lash”; beshinchi—yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 48-bandda: oltinchi xatboshiga “bank” so‘zidan keyin “(hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda)”; b) Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasining XVII bo‘limiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
120
26,261
Qonunchilik
BIRJA SAVDOLARIDA POLIETILENNI SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. Ilova qilingan Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqidagi nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda) muvofiq polietilenni tovar xomashyo birjalari (bundan keyingi o‘rinlarda Birja deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladigan birja savdolarida sotish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom polietilen ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi. 2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan polietilen faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin, uni eksportga chiqarish va qayta sotish mumkin emas. 3. Polietilenni sotish elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda Birjada real vaqt rejimida amalga oshiriladi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan: birja savdolari elektron tizimi — birja a’zolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi; bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha beriladigan, sotuvchi, xaridor vakili va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi bo‘yicha birja savdolari natijalariga ko‘ra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat; zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini ta’minlash uchun xaridorlar va sotuvchi tomonidan Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga kiritiladigan bitishuvlarni kafolatli ta’minlash mablag‘i; mahsulot — polietilen resurslari va taqsimoti tasdiqlangan balansiga muvofiq birja savdolarida iste’molchilarga sotiladigan polietilen; narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada o‘tkazilgan savdo sessiyalari natijalari bo‘yicha aniqlangan mahsulotga o‘rtacha narx; sotuvchi — mahsulotni birja savdolariga chiqarish va sotishni amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar; to‘langan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq qoplanilishini ta’minlaydigan miqdordagi mablag‘larning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat; xaridorlar — birja savdolarida mahsulotni o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun sotib oladigan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, kabel turidagi polietilen xaridorlari bo‘lib, faqat kabel-o‘tkazgich simlarini ishlab chiqarish uchun o‘z ixtiyorida polietilenni chuqur qayta ishlov berish quvvatlariga ega, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi; o‘rtacha belgilangan narx — bir haftalik birja savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan mahsulotning o‘rtacha narxi; hisob-kitob-kliring palatasi (bundan keyingi o‘rinlarda HKKP deb yuritiladi) — birja bitishuvlari bo‘yicha kliring, hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilishini ta’minlovchi Birjaning tuzilmaviy bo‘linmasi. 5. Mahsulotni sotish hajmlari har yili tasdiqlanadigan polietilen resurslar va taqsimoti balansidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 6. Sotuvchi keyingi yil uchun polietilen resurslar va taqsimoti balansini olganidan so‘ng 10 kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mahsulot sotish uchun uni birja savdolariga chiqarishning har oylik jadvallarini Birjaga taqdim etadi. 7. Sotuvchi har yili Birja bilan birgalikdagi faoliyat to‘g‘risida sotuvchining birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnoma tuzadi. Savdolar ish kunlarida muntazam o‘tkazib boriladi. 8. Birja savdolari O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda) va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Birja savdolarining o‘tkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qo‘yiladigan mahsulotlar hajmi, shuningdek mahsulotning joylashgan joyi, ishlab chiqaruvchi-korxona, mahsulotning boshlang‘ich narxi to‘g‘risidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda ommaviy axborot vositalari, brokerlar hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali yetkaziladi. 10. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning respublika hududida joylashishidan qat’i nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini ta’minlab berishi shart. 11. Savdolarni o‘tkazish, qo‘yilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish elektron birja savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi. Bitishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi. 12. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiy hisoblanadi. 13. Savdolarda sotilmay qolgan mahsulotlar hajmi keyingi savdolarga ko‘chiriladi. Bunda, sotuvchi mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha birja savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan o‘rtacha narxlar bo‘yicha sotish huquqiga ega. 14. Birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Birja tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Birja xizmatlari tariflariga muvofiq o‘rnatiladi. 15. Tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha mahsulotni sotish oldindan to‘lovni to‘liq to‘lash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish sharti bilan amalga oshiriladi. 16. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qo‘yadi. 17. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishning boshlang‘ich narxi sotuvchi tomonidan deklaratsiyalanadigan narx (monopolist korxonalar uchun) va ulgurji sotish narxi (boshqa korxonalar uchun) darajasida belgilanadi. 18. Birja savdolarida shakllangan mahsulot narxi uning boshlang‘ich narxidan oshishi natijasida sotuvchi tomonidan olingan qo‘shimcha daromad uning ixtiyorida qoladi. 19. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini ta’minlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar Birjaning HKKPsi tomonidan amalga oshiriladi. 20. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchining mablag‘larini saqlash va birja bitishuvlari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda birjaning ikkilamchi depozit hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq ochiladi. 21. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lari harakatini nazorat qilish uchun HKKP sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (bundan keyingi o‘rinlarda FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi. Sotuvchi va xaridorlarning mablag‘lari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i doirasida hisobga olinadi. 22. HKKP mijozning so‘roviga muvofiq unga xizmat ko‘rsatish shartlari, ushbu mijozning qolgan mablag‘lari to‘g‘risida axborot berib turishi shart. HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvarag‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi. 23. Birja mijozlarning so‘rovlariga muvofiq ularni birja kliringi natijalari, ularning mablag‘lari holati va joriy kunda belgilangan savdolar limitlari pul mablag‘lari to‘g‘risida xabardor qilib turishi shart. 24. Sotuvchi va xaridorlar Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga birja savdolariga qo‘yilgan mahsulot umumiy qiymatining va mo‘ljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizigacha miqdoridagi zakalatni qo‘yadi. 25. Xaridorlar Birjada deponentga qo‘yilgan zakalat hisobga olingan holda to‘lash mo‘ljallanayotgan mablag‘ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir. 26. Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi sotuvchi va xaridorlarning mablag‘laridan: birja bitishuvlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi, xarajatlar qismida va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun; kelishilgan muddat davomida, bitishuv amalga oshirilmagan yoki belgilangan tartibda bekor qilingan taqdirda, mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qaytarish uchun; deponentga qo‘yilgan mablag‘lar hisobidan Birja xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. 27. Birja bitishuvi ro‘yxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun Birjaga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qo‘shimcha mablag‘larni o‘tkazishi shart. Bunda, mablag‘larni o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadlari” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda ko‘rsatilishi shart. 28. HKKP xaridordan mablag‘lar kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga xaridor tomonidan o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarganligini tasdiqlovchi to‘langan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart. 29. Agar xaridor ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan muddatlarda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq mablag‘larni to‘liq hajmda o‘tkazilishini ta’minlamasa, HKKP ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi to‘g‘risida bir ish kuni mobaynida ma’lum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvarag‘iga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni kiritadi. Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi. 30. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab jo‘natish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddat o‘tganidan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizgacha miqdordagi mablag‘ni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga o‘tkazadi va xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar qiladi. Bitishuv bo‘yicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qo‘yiladi. 31. HKKP tomonidan sotuvchiga taqdim etilgan to‘langan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab jo‘natishga asos bo‘ladi. Sotuvchi mahsulotni xaridor o‘zining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKPning tasdig‘isiz jo‘natgan taqdirda, Birja ro‘yxatdan o‘tkazilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. 32. Mahsulot avtomobil transporti orqali jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktini xaridor va sotuvchi imzolari bilan tasdiqlangan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi. Mahsulot temir yo‘l transporti orqali jo‘natilganda, mahsulot jo‘natilganligi faktini temir yo‘l yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi. Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP uchun bir bank ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq ochilgan ikkilamchi talab qilib oligungacha depozit hisobvarag‘idan sotuvchining unga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olingungacha depozit hisobvarag‘iga, xaridorning shaxsiy hisobvarag‘i ko‘rsatilgan holda o‘tkazish, shuningdek, bitishuvni yopish uchun asos va majburiyat bo‘ladi. 33. Mahsulotni xaridorlarga yuklab berish oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan muddatlarda sotuvchining naryadlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 34. Birja a’zolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari o‘rtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar undirilishi man etiladi. Arbitraj komissiyasi qarorining nusxasi tomonlarning arizasiga binoan uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi lozim. 35. Xaridor bilan sotuvchi o‘rtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. 36. Birja kotirovka hay’ati o‘tkazilgan birja savdolari natijalari bo‘yicha Birjaning birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkalarini aniqlaydi va ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i sahifalarida e’lon qilib boradi. 37. Sotuvchi va Birja hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga birja savdosiga qo‘yilgan, sotilgan mahsulot hajmi hamda savdolarda hosil bo‘lgan o‘rtacha sotish narxlari haqida ma’lumot beradilar. Birja har kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga savdoga qo‘yilgan va sotilgan mahsulot hajmlari, shuningdek, savdolarda shakllangan o‘rtacha narxlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. 38. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftegaz” MXK va “O‘zRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
85
15,027
Qonunchilik
Muhtoj хotin-qizlarga imtiyozli shartlarda uy-joy beriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi 285-son qarori bilan arzon uy-joylarni berish tartibi tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan keyin – Fond) ta’sis etildi, u shu jumladan uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj хotin-qizlarga yordam koʻrsatadi. Arzon uy-joylarni ajratish shartlari Quyidagi muhtoj хotin-qizlar arzon uy-joylarni olishlari mumkin: Ularga arzon uy-joylar Prezidentning 21.10.2016 yildagi PQ-2639-son (qishloq joylarda) va 23.10.2017 yildagi PQ-3350-son (shaharlarda) qarorlarida nazarda tutilgan dasturlar asosida beriladi. Har yili ajratiladigan uy-joylar soni Prezidentning 22.12.2016 yildagi PQ-2691-son qarorida nazarda tutilgan tumanlar va shaharlar toifasiga (I yoki II) bogʻliq boʻladi. Uy-joylar qiymati quyidagicha qoplanadi: Kredit dastur ishtirokchisining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Ayol kam ta’minlangan oiladan boʻlsa va doimiy daromadga ega boʻlmasa, kredit quyidagilar hisobiga qoplanishi mumkin: Imtiyozli uy-joy olish dasturida ishtirok etish tartibi Yashash sharoitini yaхshilash maqsadida uy-joyga muhtoj хotin-qizlar doimiy yashash joyidagi hududiy komissiyaga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Komissiyalar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida tashkil etilgan boʻlib, arzon uy-joylar dasturida ishtirok etish uchun talabgorlarni tanlab olish bilan shugʻullanadilar. Ular ariza va ayolning yashash sharoitlarini oʻrganadilar, shundan keyin, ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, imtiyozli kredit asosida uy-joy olish uchun yozma tavsiya beradilar. Dasturga kiritilgan talabgorlar roʻyхati hududiy хotin-qizlar qoʻmitalariga beriladi, ular roʻyхatlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadilar. Ular esa injiniring kompaniyalari bilan birgalikda, taqdim etilgan muhtoj хotin-qizlarning umumlashtirilgan roʻyхati asosida uy-joylarni qurish uchun zarur mablagʻlarni aniqlaydilar. Shundan soʻng talabgorlarning jamgʻarma omonat hisobraqamiga boshlangʻich badal oʻtkazilishi ta’minlanadi. Ayollar injiniring kompaniyasi filiali bilan dastlabki shartnoma tuzadilar va tegishli tijorat banki filialiga ipoteka krediti ajratishni soʻrab ariza beradilar. Yashash sharoitini yaхshilashga ehtiyojmand talabgorlar ijtimoiy mezonlarni baholash orqali tanlab olinadi. Ular orasida: bir necha oilaning bir uyda (bir хonadonda) yashashi, ikki yoki undan ortiq farzandi borligi, oilasining daromadi, birinchi guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz ayollar va b.   Uy-joyga muhtojlik darajasi har bir mezon boʻyicha qoʻyiladigan ballardan kelib chiqib aniqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
58
2,993
Qonunchilik
Karantin: majburiyatlar bajarilmasligi munosabati bilan koʻriladigan shoshilinch yuridik chora-tadbirlar
Jahon hamjamiyati tan olgan pandemiya yoki u tufayli joriy etilgan karantin ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlardan bosh tortish uchun asos boʻlmaydi. Biznes haqiqatan ham jiddiy muammoga toʻqnash keldi. Biroq bu hammasini koronavirusga «toʻnkash» mumkin degani emas! Yuridik masalalar boʻyicha «Norma» ekspertlari – advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFIN karantin sharoitida shartnomaviy majburiyatlar yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlarning variantlarini koʻrib chiqishni taklif etadilar. 1. Qanday qilib fors-major yuzaga kelgani toʻgʻrisida sertifikat olish va tashqi iqtisodiy faoliyatda undan foydalanish mumkin Biznes uchun «fors-major» rejimi joriy etilgani munosabati bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi savdo bitimlari va хalqaro shartnomalar boʻyicha yengib boʻlmaydigan kuch holatlari mavjudligini tan oldi. Shu sababli eksport-import bitimlari boʻyicha majburiyatlaringizni bajara olmasangiz, хorijiy hamkor esa sizga vaqt berishdan bosh tortib, jarima sanksiyalarini qoʻllash bilan poʻpisa qilayotgan boʻlsa, sertifikat olish uchun mazkur vazirlikka murojaat qiling. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida belgilanishicha, sertifikat berish muddati 20 ish kunini tashkil etadi. Murakkab vaziyat tufayli Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni bilan koronavirus sababli fors-major yuzaga kelgani toʻgʻrisida sertifikat berish muddati bir ish kunigacha qisqartirildi. Amaliyotda hujjatlar paketini taqdim etish chogʻida muayyan qiyinchiliklar mavjudligi sababli sertifikatni 3-5 kun ichida olishning uddasidan chiqilmoqda . Sertifikat olish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlashingiz zarur: Arizada хorijiy kontragentingiz bilan tinch yoʻl bilan kelishib ololmaganingizni, shu sababli sizga sertifikat zarurligini albatta koʻrsating. Soʻng oʻzingiz tuzgan eksport-import kontrakti shartlariga asoslanib ish tuting. Bunday kontraktlarning shakllarida odatda yengib boʻlmaydigan kuch holatlariga toʻqnash kelgan tarafning barcha хatti-harakatlari batafsil qayd etilgan boʻladi. Unda ikkinchi tarafni qanday qilib va qancha muddatda хabardor qilishingiz koʻrsatiladi va хalqaro qoidalar amal qila boshlaydi. Sizning vazifangiz – kontraktingizdagi "Fors-major holatlar" boʻlimida qayd etilgan barcha shartlar va хatti-harakatlarni aniq bajarish. Sertifikat – siz sudda foydalana oladigan hujjat ekanligi yodingizda boʻlsin. Ishni sudgacha olib bormaslik kerak. Yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning eng maqbul varianti – kelishish. Kontragentingizni tushunishga, u ham holatingizni his qilishi uchun muammolaringizni tushuntirishga urinib koʻring. 2. Karantinda ichki shartnomalar boʻyicha koʻriladigan zararlarni qanday qilib kamaytirish mumkin Import-eksport yuzasidan nimalar qilish mumkinligi birmuncha tushunarli, biroq ichki shartnomalar boʻyicha qanday harakat qilish kerakligi noma’lum. Bunda ter toʻkishingizga toʻgʻri keladi. Ular boʻyicha hech qanday sertifikat bermasliklari yetmagandek, pandemiya bilan ham oʻzimizni oqlolmaymiz.  Karantin yengib boʻlmaydigan kuch holatiga aylanganini isbotlash ancha mushkul. Uni roʻkach qilib, koronavirus tarqalishi natijasida avvalgi daromadingizdan mahrum boʻlganingiz sababli shartnoma boʻyicha haq toʻlashdan bosh tortsangiz, bahonangiz oʻtmaydi. Hamkoringiz ham, kelgusida sud ham ushbu holatlarni fors-major deb tan olmaydi. Pandemiya avj olishiga javoban turli mamlakatlar hukumatlari qabul qilayotgan davlat chora-tadbirlari natijasida yuzaga kelgan toʻsiqlar esa fors-major deb tan olinishi mumkin. Masalan: chegaralarning yopilishi, karantin choralarining belgilanishi, ishlab chiqarishning toʻхtatilishi, tovarlar va yoʻlovchilarni tashishning cheklanishi va h.k. Yetkazib beruvchilaringiz yoki pudratchilaringiz aybi bilan yuzaga kelgan muammolarni roʻkach qilmang. Kontragentlarda yuzaga kelgan qiyinchiliklar siz uchun fors-major deb tan olinmasligi qonun hujjatlari bilan belgilangan. Qanday qilib yoʻqotishlaringizni kamaytirishingiz mumkinligini aniq shartnomalar misolida koʻrsatishga harakat qilamiz. Ichki bozorda eng keng tarqalgan shartnomalar – yetkazib berish va хizmatlar. Amalda pandemiyaning ularga hech qanday aloqasi yoʻq. Hukumat infeksiya tarqalmasligi uchun joriy etgan tadbirlar va cheklovlar esa shartnomalar uchun yengib boʻlmaydigan toʻsiqlarni yuzaga keltirishi mumkin. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
104
4,474
Qonunchilik
SUG‘URTALOVChILAR MOLIYAVIY-XO‘JALIK FAOLIYATINING BUXGALTERIYA HISOBI SChYOTLAR REJASIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 5-maydagi 47-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasiga (2008-yil 22-may, ro‘yxat raqami 1813 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 193-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 0950, 3210, 6250, 7250 va 9810 raqamli satrlarda “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. 4410 va 9820 satrlarda “yig‘imlar” so‘zi “boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 9800 satrda “yig‘imlarni” so‘zi “boshqa majburiy to‘lovlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. 4100, 4110, 6100, 6110, 7100 va 7110 satrlarda “ajratilgan” so‘zi “alohida” so‘zi bilan almashtirilsin. 5. 4900 va 4910 satrlarda “dargumon” so‘zi “ishonchsiz” so‘zi bilan almashtirilsin. 6. 8500 va 8520 satrlarda “rezerv” so‘zi “zaxira” so‘zi bilan almashtirilsin. 7. 4330, 6011, 7011 va 8040 satrlarda “oldini olish” so‘zlari “ogohlantirish” so‘zi bilan almashtirilsin. 8. 4030 va 6330 satrlarda “sug‘urtalanuvchilardan” so‘zi “sug‘urta qildiruvchilardan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. 6030 va 7030 satrlarda “sug‘urtalanuvchilarga” so‘zi “sug‘urta qildiruvchilarga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnomada: a) matnidagi barcha: “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin; “foyda (daromad)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin; “soliqlar va yig‘imlar” so‘zlari “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; “soliq va yig‘imlar” so‘zlari “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; “soliqlar va yig‘imlarni” so‘zlari “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin; “ajratilgan bo‘linmalar” so‘zlari “alohida bo‘linmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; “ajratilgan bo‘linmalarga” so‘zlari “alohida bo‘linmalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “ajratilgan bo‘linmalardan” so‘zlari “alohida bo‘linmalardan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “ajratilgan bo‘linma” so‘zlari “alohida bo‘linma” so‘zlari bilan almashtirilsin; “dargumon” so‘zi “ishonchsiz” so‘zi bilan almashtirilsin; “rezerv kapitalini” so‘zlari “zaxira kapitalini” so‘zlari bilan almashtirilsin; “rezerv kapitali” so‘zlari “zaxira kapitali” so‘zlari bilan almashtirilsin; “rezerv kapitalining” so‘zlari “zaxira kapitalining” so‘zlari bilan almashtirilsin; “oldini olish” so‘zlari “ogohlantirish” so‘zi bilan almashtirilsin; “sug‘urtalanuvchi” so‘zi “sug‘urta qildiruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “sug‘urtalanuvchining” so‘zi “sug‘urta qildiruvchining” so‘zlari bilan almashtirilsin; “sug‘urtalanuvchiga” so‘zi “sug‘urta qildiruvchiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “sug‘urtalanuvchilarga” so‘zi “sug‘urta qildiruvchilarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “sug‘urtalanuvchilar” so‘zi “sug‘urta qildiruvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin; “sug‘urtalanuvchilardan” so‘zi “sug‘urta qildiruvchilardan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-bandning “b” kichik bandida “soliq (yig‘imlar)” so‘zlari “soliqlar (boshqa majburiy to‘lovlar)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 152-bandda va 266-banddagi jadvalning 17-satrida “sug‘urtalanuvchilarning” so‘zi “sug‘urta qildiruvchilarning” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 211-banddagi jadvalning 11-satrida “sug‘urtalanuvchidan” so‘zi “sug‘urta qildiruvchidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 211-banddagi jadvalning 18-satrida “ajratilgan bo‘linmalari” so‘zlari “alohida bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 297-bandning ikkinchi xatboshida “sug‘urtalanuvchida” so‘zi “sug‘urta qildiruvchida” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 380-banddagi jadvalning 4-satrida “rezerv kapitaliga” so‘zlari “zaxira kapitaliga” so‘zlari bilan almashtirilsin; z) 470-bandning birinchi xatboshida “soliqlar, yig‘imlar va budjetga boshqa ajratmalar” so‘zlari “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
121
4,513
Qonunchilik
“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-724
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “2021-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-724-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
691
Qonunchilik
Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktyabrdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajar
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat sudlari raislarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’ruzalarini, shuningdek, kassatsiya va nazorat amaliyotida to‘plangan hujjatlarni muhokama qilib, Plenum qayd etilgan qaror jamiyat uchun alohida xavfli hisoblanuvchi ushbu toifadagi jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini sudlar tomonidan ko‘rish amaliyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini qayd etadi. Ammo sudlar giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha adolatni o‘rnatish darajasini yuksaltirishga qaratilgan jinoyat va protsessual qonunchilikning va Oliy sud ko‘rsatmalarining qatiy bajarilishini hamma vaqt ham ta’minlamayotirlar. Tarkibida giyohvandlik bo‘lgan o‘simliklar ekilgan maydon hajmini, shuningdek, aybdorning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar kelgusida tayyorlash, o‘tkazish yoki sotish maqsadini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu esa qilmishga noto‘g‘ri baho berilishiga olib kelmoqda. Talay hollarda ushbu toifadagi jinoyatlarning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi asossiz ravishda uyushgan guruh belgisi bilan tavsiflangan. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish va sotish tushunchalarini bir-biridan noto‘g‘ri farqlash hollari ko‘plab uchramoqda. Garchand Oliy sud Plenumi ushbu masalada aniq tushuntirishlar berib, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish ularni o‘tkazishning eng xavfli ko‘rinishlaridan hisoblanishi va ular uchun moddiy qiymatliklar olinishi taqozo qilinishini, o‘tkazish esa ularni boshqa shaxsga tekinga berib yuborishdan iboratligini uqtirib o‘tgan va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi qarorining 5 va 6-bandlarida qayd etilgan. Bir necha ishlar bo‘yicha giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni saqlagan shaxslar, shak-shubhaga o‘rin qoldirmaydigan dalillar yo‘q bo‘lsada, asossiz ularni sotishga suiqasd qilish yoki o‘tkazish maqsadida saqlaganlikda ayblanib sudlanganlar. Giyoxvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori va navini ekspertiza tayinlash yo‘li bilan to‘g‘ri aniqlash zarurligi to‘g‘risida Oliy sudning ko‘rsatmalari to‘liq bajarilmayotir. Holbuki bu holat aybdorning harakatini tavsiflash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu toifadagi ishlarni tergov qilishda va sudda muhokama qilayotganda protsessual qonunchilik normalarini qo‘pol buzish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Masalan, gumonlanuvchidan giyohvandlik vositalarini olib qo‘yish, nazorat tariqasida sotib olishni amalga oshirish paytlarida ayrim ishlar bo‘yicha bu jinoyatni sodir etishga ig‘vo qilish alomatlarini tashkil etmoqda, bu esa butunlay yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Tergov olib borishning ruxsat etilmagan usullari va qonunchilikning boshqa buzilishlari ustidan fuqarolarning shikoyatlari ko‘paymoqda. Sudlar ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha jazoni tayinlashning umumiy asoslariga hamma vaqt ham amal qilmayaptilar. Jinoyatning ikkinchi darajali ishtirokchilariga, ayollarga, keksa yoshdagi shaxslarga, voyaga etmaganlarga asossiz ravishda og‘ir jazo tayinlangan holatlar bo‘ldi. Shuning bilan birga sudlar jinoyatlarning tashkilotchilariga, uyushgan jinoiy guruh qatnashchilariga qonunning barcha kuchini tatbiq qilishlari lozim. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashga yo‘naltirilgan qonunchilikka qat’iy amal qilishni ta’minlash, sud amaliyotida mavjud bo‘lgan xatolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi sudlarining e’tibori giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi yo‘naltirilgan jinoyat qonunchiligini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi ushbu masala bo‘yicha qarorini qatiy bajarishga qaratilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishni tashkil etuvchi jinoyatlar bo‘yicha jinoyat va protsessual qonunchilik normalarining buzilishini bartaraf qilish choralarini ko‘rgan holda, jinoyat ishlarini ko‘rishda tegishli sud nazoratini ta’minlasinlar. 3. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat sud bosqichlari ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini, yo‘l qo‘yilgan sud xatolarini o‘z vaqtida tuzatgan holda, muntazam ravishda o‘rganib va umumlashtirib borsinlar.
250
4,826
Qonunchilik
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-858-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘ris
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 25-noyabrda kiritilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-858-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
783
Qonunchilik
2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
Davstatqoʻm tomonidan 2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3334, 25.11.2021 y.), ular kelasi yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ular "Rasmiy statistika toʻgʻrisida"gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 690-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Statistika hisobotining barcha 109 ta shakli hisobot topshiradigan sub’yektlar tomonidan 2021 yil uchun yillik hisobotlarni taqdim etish uchun moʻljallangan. Ular eStat dasturidan foydalanilgan holda Internet orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2022 yildan kuchga kiradi. Lola Abduazimova.
56
788
Qonunchilik
Qoraqalpogʻistonda "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi 11.11.2020 yildagi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻini tashkil qilish toʻgʻrisida” 707-son qarorni qabul qildi. Prezidentning "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 20 martdagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida yangi muhofaza qilinadigan "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar boʻlgan "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻi  tashkil etiladi. Qaror bilan: Davlat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Tabiat bogʻining хoʻjalik maqsadida foydalanish zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar iхtiyorida qoladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
72
1,020
Qonunchilik
Soliq hisoboti – yangi shakllar boʻyicha
Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 3221,  24.02.2020 yil) bilan soliq hisoboti shakllari tasdiqlandi. Hujjat Soliq kodeksi, «Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi, "Davlat boji toʻgʻrisida"gi va «Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq qabul qilindi. Soliq hisoboti shakllariga hujjatga tegishli ilovalarda keltirilgan quyidagi hisobot turlari kiritilgan: Eslatib oʻtamiz, 2019 yil uchun hisobot 2019 yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida, biroq yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi (bu yerda qarang). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
40
696
Qonunchilik
2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq; 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasi va chora-tadbirlar kompleksi quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan: nooqilona ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish va ular tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishni kuchaytirish; ta’lim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini yanada tartibga solish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tashkil etilgan bolalar jamoalari ovqatlanishi ratsionini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi sifatini nazorat qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish; oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni, ayniqsa muhim mikronutriyentlar bilan boyitilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish yo‘li bilan aholining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, mahalliy xomashyo asosida oziq-ovqat mahsulotlari yaratish, aholi orasida sog‘lom ovqatlanish prinsiplari joriy etilishiga ko‘maklashadigan muhitni shakllantirish; aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish ratsionini va ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanishining sabablarini o‘rganishga yo‘naltirilgan sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlarni ustuvor amalga oshirish. 3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar; 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksiga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga choraklik asosida taqdim etsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ovqatlanish aholi sog‘lig‘ini belgilaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi. Sog‘lom ovqatlanish — bu insonning sog‘lig‘i mustahkamlanishiga va kasalliklar kamayishiga ko‘maklashadigan, uning o‘sishini, normal kamol topishini va hayot faoliyatini ta’minlaydigan ovqatlanish. Ovqatlanish tuzilmasida balansning har qanday buzilishi inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek turmush sifati pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Respublikada oziq-ovqat sanoati rivojlanishining tadrijiy o‘sishini ta’minlashga va mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Buning hisobiga keyingi yillarda aholining ovqatlanishi sifati ancha yaxshilandi, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish tuzilmasi o‘zgardi, jon boshiga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish 1,3 baravar, sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish — 1,6 baravar, tuxum yeyish — 2,2 baravar, sabzavotlarni iste’mol qilish — 2,6 baravar, kartoshkani iste’mol qilish — 1,7 baravar, mevalarni iste’mol qilish — 4,0 baravar o‘sdi. Ovqatlanish tuzilmasi va ratsioni yaxshilanishi boshqa omillar bilan birgalikda aholi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi 10 yilda tanasining og‘irligi yengil bo‘lgan bolalar ulushi ikki baravardan ortiqqa qisqardi (4 foizdan 1,8 foizgacha), ayollarning anemiya (kamqonlik) bilan kasallanishi darajasi 2,5 baravar pasaydi. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi 6,5 yilga ko‘paydi (67 yoshdan 73,5 yoshgacha), ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi — 75,8 yoshga yetdi. Shu bilan birga, ijobiy iqtisodiy o‘zgarishlar va urbanizatsiyaning tez o‘sishi va unga xos bo‘lgan turmush tarzidagi o‘zgarishlar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan nooqilona ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar darajasi oshishiga olib keldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu kasalliklar yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning alohida guruhiga ajratilgan. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar darajasining oshishi nooqilona ovqatlanish bilan birgalikda yetarli bo‘lmagan jismoniy faollik, tamaki iste’mol qilish va alkogolni zararli iste’mol qilish bilan bog‘liqdir. 2014-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari respublika katta yoshdagi aholisining 67,2 foizga yaqini sabzavotlar va mevalarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etiladigan normadan past iste’mol qilishini, 37 foizi tuz miqdori ortiqcha bo‘lgan ovqatni iste’mol qilishini, katta yoshdagi aholining 16,4 foizi esa jismoniy faol emasligini ko‘rsatdi. Buning natijasida katta yoshdagi aholining 20,2 foizi ortiqcha vaznga va 33,9 foizi yuqori qon bosimga ega. 2. Aholi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, kasalliklarning oldini olish, aholi turli guruhlarining tibbiyot fani talablariga muvofiq sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. 3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashning asosiy vazifalari hisoblanadi: aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, jismoniy faollik hamda alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish yo‘li bilan kasallikka chalinish va bevaqt vafot etishni kamaytirish; nooqilona ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish va ular tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishni kuchaytirish; ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yo‘naltirilgan sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, sog‘lom ovqatlanish sohasida fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish; jamoalarda tashkil etilgan ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish, homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash; sifat va xavfsizlikka qo‘yiladigan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar, parhezli (davolash va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish; oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosiga tegishli bo‘lgan texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqish va qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosining sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish; aholi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlari va tarqalgan alimentar-bog‘liq holatlar rivojlanishi dinamikasi tahlili asosida ovqatlanish sohasida monitoring dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish. 4. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: a) aholini sog‘lom ovqatlanish bilan ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan: mahalliy sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; davlat ta’lim va tibbiyot muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni tartibga solish; ovqatga solinadigan tuz ishlab chiqaruvchi korxonalarga kaliy yodat va kaliy yodit uzluksiz yetkazib berilishi mexanizmlarini yaxshilash, yodlashtirilgan tuz ishlab chiqarishning doimiy monitoringi olib borilishini ta’minlash; alkogolli mahsulotlar sotilishini yanada tartibga solish; ta’lim muassasalarida iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan amaliy nazorat o‘rnatish; vitaminlar va mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ko‘paytirish hisobiga tashkil etilgan jamoalarda bolalar ovqatlanishining sutkalik ratsionini yaxshilash; b) aholini sog‘lom ovqatlanish bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga va sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan parhezli sut-qatiq mahsulotlari turlarini kengaytirish; o‘simlik hujayralari asosida tarkibida tuz kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish; qand-shakarning o‘rnini bosuvchi dorivor steviya o‘simligini yetishtirish va sanoat yo‘li bilan qayta ishlashni ko‘paytirish; aholini muhim mikronutriyentlar bilan ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish; ta’lim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda sog‘lom ovqatlanishga va sog‘lom turmush tarzi yuritilishiga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish; Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari aholisi orasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yo‘naltirilgan tajriba loyihani amalga oshirish, keyinchalik olingan ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalariga yoyish; oziq-ovqat mahsulotlarining davolash-profilaktik xossalarini hisobga olgan holda aholining turli jins-yosh va professional guruhlari uchun ovqatlanishning tavsiya etiladigan o‘rtacha sutkalik me’yorlarini ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini “daladan ishlab chiqaruvchigacha”, “ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha” yetkazib berish logistikasi sxemalarini takomillashtirish; oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar va parhezli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni rag‘batlantirishning mavjud iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish; v) sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish: mahalliy xomashyo — neft konlari suvi negizida yod ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish; aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish ratsionini va nooqilona ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishi rivojlanishi sabablarini o‘rganish; bolalar va katta yoshdagilar uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari asosida parhezli taomlar va ichimliklarning ilmiy asoslangan retsepturasini ishlab chiqish; aholi orasida temir taqchil bo‘lgan anemiya va yod taqchilligi holatlari tarqalishini o‘rganish; g) sog‘lom ovqatlanish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish: maxsus tele-, radioeshittirishlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan materiallar doirasi va sonini kengaytirish; aholi orasida sog‘lom ovqatlanishni ommaviylashtirish va sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish jarayoniga siyosat, fan, san’at, sportning taniqli arboblarini va jamoat arboblarini jalb etish; amalga oshiriladigan axborot-ma’rifiy tadbirlar natijalari monitoringini olib borish va ularni baholash; aholi orasida, eng avvalo, yoshlar orasida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishning sog‘liq uchun zararli oqibatlari masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishni kengaytirish; d) tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini yanada oshirish: o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun sog‘lom ovqatlanish sohasida o‘quv dasturlarini joriy etish; tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun sog‘lom ovqatlanish va diyetologiya masalalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish; “Diyetologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar va klinik ordinatorlar tayyorlash; sog‘lom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishning sog‘liq uchun zararli oqibatlari masalalari bo‘yicha mutaxassislarning malakasini har yili oshirish. 5. Konsepsiyani amalga oshirish 2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 6. Tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ta’minlanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni; O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqishni; oziq-ovqat sanoati tizimiga va qishloq xo‘jaligiga xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlarning mablag‘larini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratilishini; aholining sog‘lom ovqatlanishi sohasida kompleks chora-tadbirlar bajarilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishi tashkil etilishini ta’minlaydi. 8. Mas’ul bajaruvchilar: belgilangan muddatlarga va ishlar hajmiga muvofiq tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini; tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lardan aniq maqsadni ko‘zlab va samarali foydalanilishini; keyingi yilga tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ish rejasi har yili Komissiyaga taqdim etilishini; Kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborot Komissiyaga choraklik asosida taqdim etilishini ta’minlaydilar. Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 9. Konsepsiyani amalga oshirish 2020-yilda: aholi tomonidan sabzavotlar va mevalar iste’mol qilinishini 15 foizga ko‘paytirish; tarkibida tuz ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni 15 foizga qisqartirish; ovqatlanish ratsioni sog‘lom ovqatlanish prinsiplariga mos bo‘lgan homilador ayollar, chaqaloqlar va besh yoshgacha bolalar ulushini 10 foizga ko‘paytirish; tamaki iste’mol qilishni va alkogolni zararli iste’mol qilishni 10 foizga qisqartirish; sog‘lom, xavfsiz va sifatli qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini mamlakatimizda yetishtirishni kengaytirish; tarkibida shakar, tuz, to‘yintirilgan va transyog‘li kislotalar kam bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash va realizatsiya qilish hajmini ko‘paytirish; vitaminlar va zarur minerallar bilan boyitilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushini ko‘paytirish imkonini beradi.
166
16,645
Qonunchilik
Ekologik ekspertiza oʻtkazish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 949-son qarori bilan yangi tartib-taomil tasdiqlandi. Boshqalar qatori ekspertiza ob’yektlari va muddatlari, atrof muhitga ta’sir koʻrsatish хavfi boʻyicha faoliyat turlariga tuzatishlar kiritildi.   2002 yildan buyon amal qilayotgan tartib oʻz kuchini yoʻqotdi. Eslatib oʻtamiz, davlat ekologik ekspertizasi (bundan keyin – ekspertiza) quyidagilarni aniqlaydi: Bunda hujjatning yangi tahririda «moʻljallanayotgan» faoliyat – tabiiy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan va bu jarayonda ATM komponentlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday rejalashtirilgan faoliyat ekanligi borasida aniqlik kiritilgan. Endi Davlat ekologiya qoʻmitasining (qayta tashkil etilgan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi) iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari: Davlat ekologiya qoʻmitasining «Davlat ekologik ekspertizasi markazi», Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DUK (bundan keyin – Markazlar) ekspertizani oʻtkazadilar.  Qanday ob’yektlar ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi shart Quyida respublika yoki hududiy Markazlarda majburiy ekspertizadan oʻtkaziladigan ob’yektlarning yangilangan roʻyхati keltirilgan. Kiritilgan qoʻshimchalar ajratib koʻrsatilgan. Davlat ekologiya qoʻmitasining markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlari Yuqorida koʻrsatilgan ob’yektlarni ekspertizadan oʻtkazish majburiy hisoblanadi, ushbu qoidaga rioya etmaganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarga MJTKning 96-moddasiga asosan ma’muriy jarima solinadi. ATMga ta’sir koʻrsatishning I, II, III va IV toifalariga (past, oʻrtacha, yuqori darajada хavfli va mahalliy ta’sir koʻrsatish) kiradigan faoliyat turlari roʻyхatlari ham yangilandi. Ekologik ekspertiza oʻtkazish bosqichlari, muddatlari va haqi Ekspertizani amalga oshirish tartib-taomili bir necha bosqichdan iborat. U hujjat bilan tasdiqlangan sхemada koʻrgazmali tarzda taqdim etilgan. Ekspertiza oʻtkazish uchun toʻlanadigan haq miqdorlari oʻzgarmagan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
48
2,133
Qonunchilik
“Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi hamda shartnomaviy munosabatlarning takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi hamda shartnomaviy munosabatlarning takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-887-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
766
Qonunchilik
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-iyuldagi PQ–1157-sonli “Olis aholi punktlaridagi umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari o‘qishini davom ettirishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 293-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008-yil 22-apreldagi 01-128/QQ, 16 va 14/QQ-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1804, 2008-yil 5-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 19-son, 167-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorda: a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”; b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”; 2. Yo‘riqnomada: a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2004-yil 24-iyundagi 293-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining (bundan buyon matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish (bundan buyon matnda monitoring deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.”; v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Monitoring har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi) tomonidan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda tashkil etiladi hamda o‘tkaziladi. Monitoring o‘tkazish muddati to‘g‘risida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari oldindan ogohlantiriladi.”; g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Monitoring o‘tkazishning asosiy maqsadi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini muntazam kuzatib borish orqali bitiruvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifatiga oid xolis ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish hamda ular asosida xulosalar tayyorlab, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishi uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazini axborot bilan ta’minlash.”; d) 4 va 5-bandlardan “umumiy o‘rta,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; e) 6-banddagi “har o‘quv yilining tugashi arafasida 15-apreldan 25-maygacha bo‘lgan muddatda umumiy o‘rta,” degan so‘zlar “har yili may-iyun oylarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; j) 7-banddan “xalq ta’limi hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; z) 8-banddan “va xalq ta’limi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; i) 9, 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Monitoring o‘tkazish uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tanlab olish usuliga yondoshilib, bunda ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi, ta’lim tili va tayyorlov yo‘nalishlari xususiyatlari e’tiborga olinadi. 10. Monitoring o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazi, tumanlari kesimida) ixtiyoriy (akademik litseylardan 1 ta, kasb-hunar kollejlaridan yo‘nalishlar bo‘yicha 7 ta) tanlanadi va monitoring natijalari tahlili asosida bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati haqida xulosa chiqariladi. 11. Monitoring o‘tkaziladigan tumanlar va ta’lim muassasalari tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olinadi.”; k) 12-bandda: to‘rtinchi xatboshidan “maktablardan 4 tasi (2 ta o‘zbek, 1 ta rus va 1 ta fanlarni chuqurlashtirib o‘qitadigan maktablar),” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshidan “3 tadan maktab (1 ta tuman markazi, 2 ta qishloq maktablari) va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; l) 14-banddan “(maktablarda o‘quvchilarning 3-chorak yakunlari bo‘yicha baholari)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; m) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Monitoring guruhi tomonidan ta’lim muassasasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rtacha bo‘lgan 1 ta bitiruvchi guruh tanlanadi.”; n) 16-banddan “, Xalq ta’limi vazirligi yoki” hamda “xalq ta’limi boshqarmasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Tanlangan guruh bitiruvchilaridan o‘quv rejadagi umumta’lim fanlarining uchtasidan Davlat test markazi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda nazorat ishi (test yoki yozma ish) o‘tkazadi.”; p) 20-bandda: oltinchi xatboshidan “umumiy o‘rta va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o‘ninchi xatboshidagi “soat 10.00 da bitiruvchilar uchun test sinovlari boshlanadi” degan so‘zlar “test sinovlari soat 9.00 da (2-smenada soat 14-00 da) boshlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘n birinchi xatboshidagi “barcha fanlar bo‘yicha test sinovlarini bajarish uchun o‘quvchilarga ikki astronomik soat beriladi” degan so‘zlar “matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va geografiya fanlarining 1 ta savoliga 3 minut, qolgan fanlardan 1 ta savolga 2 minut vaqt beriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; r) 22-banddan “va nazorat ishlari tugamaguncha auditoriyadan hech kim chiqarilmaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. s) 27-banddan “umumiy o‘rta va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
250
7,049
Qonunchilik
Maktabdagi sinfda nechta oʻquvchi boʻlishi kerak
Xalq ta’limi, moliya va sogʻliqni saqlash vazirliklarining qarori bilan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyхatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (30.06.2020 yilda 3271-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Nizom Prezidentning 30.12.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4555-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Umumta’lim muassasalarining sinflari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi me’yorlar asosida komplektlanadi: Oʻquvchilar soni mazkur me’yorlardan kam boʻlgan hollarda umumta’lim muassasasi tuman (shahar) хalq ta’limi va moliya boʻlimlari bilan kelishgan holda sinflarni komplektlaydi. Nizomda iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalaridagi sinflarni komplektlashga asos boʻladigan normativ hujjatlar ham koʻrsatib oʻtilgan. Kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin: Umumta’lim muassasalari har yili 30 avgustga qadar ta’lim olayotgan hamda birinchi sinfga qabul qilinayotgan oʻquvchilarning noma-nom roʻyхatini shakllantiradi. Ular elektron dastur orqali ma’lumotlarni tegishliligi boʻyicha hududiy хalq ta’limi boʻlinmalari va moliya organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi. Nizomda hududiy хalq ta’limi boʻlinmalari va moliya organlari taqdim etilgan ma’lumotlarni koʻrib chiqishiga asos boʻladigan mezonlar sanab oʻtilgan, shuningdek sinflar komplektini tasdiqlash tartibi belgilangan. Tegishli moliya yili uchun tuzilgan хarajatlar smetasida koʻzda tutilgan sinflar sonidan ortiq yangi sinflar hududiy хalq ta’limi boʻlinmalari va moliya organlari bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tarifikatsiya roʻyхatlarini shakllantirish uchun umumiy oʻrta ta’limning tayanch oʻquv rejasi ishlab chiqiladi. Umumta’lim muassasalari umumiy oʻrta ta’limning tayanch oʻquv rejasi asosida har yili 10 sentyabrga qadar oʻz muassasasining dars soatlari setkasini shakllantiradi. Dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, 15 sentyabrga qadar Nizomda keltirilgan koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida oʻqituvchilarga taqsimlanadi. Umumta’lim muassasalarining oʻqituvchilariga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Nizomda umumta’lim muassasalari oʻqituvchilarining tarifikatsiya roʻyхatini shakllantirish uchun zarur boʻlgan boshqa qoida va talablar ham qayd etilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirgan. Bahodir Qayumov.
48
2,785
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘rtinchi yalpi majlisining Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruh to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini ta’minlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin:
143
327
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING HAVO KEMALARI EKIPAJ A’ZOLARINING ISh VAQTI VA DAM OLISh VAQTINI NORMALAShTIRISh” AVIATSIYA QOIDALARINING (O‘ZR AQ-94) 2-ILOVASIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAOning standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 18-avgustdagi 96-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” aviatsiya qoidalarining (O‘zR AQ-94) (ro‘yxat raqami 2141, 2010-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 324-modda) 2-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba qo‘mitasi Markaziy kengashi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
237
1,144
Qonunchilik
Qachon naqd хorijiy valyutani qabul qilishga ruхsat beriladi
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 1165-6, 2017 yil 22 noyabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd хorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilindi. Ushbu farmonning sharhi – bu yerda. Nizom bilan Oʻzbekiston hududida хorijiy valyutada hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish paytida naqd хorijiy valyutani qabul qilishning yangilangan tartibi belgilandi. Endilikda naqd хorijiy valyutani quyidagi holatlarda: Quyidagi operatsiyalarni ilgarigidek хorijiy valyutada amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi: Naqd хorijiy valyutani  qabul qilish (oхirgi ikkita pozitsiyadan tashqari) tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Izoh: alohida qonun hujjatlari bilan naqd хorijiy valyutani qabul qilishga ruхsat beriladigan qoʻshimcha holatlar koʻzda tutilishi mumkin. Hujjat 22.11.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Lenara Xikmatova.
60
1,293
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON POChTASI” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINING TALAB QILIB OLINGUNChA MAXSUS DEPOZIT HISOBVARAQLARIDAN OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRISh VA ULARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 339-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladilar: 1. “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilovaga asosan tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 29-son, 330-modda) muvofiq “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekiston pochtasi” OAJ deb yuritiladi), uning pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bog‘lamalari, pochtamtlar)ning (keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linmalar deb yuritiladi) banklarda ochilgan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalariga tatbiq etiladi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraq — istalgan paytda talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan, pul mablag‘larini qabul qilish, hisobga kiritish, o‘tkazish va joriy maqsadlar uchun berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan ochilgan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘i; pensiya hisobvarag‘i — pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mo‘ljallangan viloyat, shahar va tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining pul mablag‘larini qabul qilish, hisobga kiritish, o‘tkazish va berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy bo‘linmalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochiladigan 22610 “O‘zbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘laydigan pensiya va ijtimoiy nafaqalar” maxsus depozit hisobvarag‘i; o‘tkazma hisobvaraq — o‘tkazma operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar va davriy nashrlarga obuna bo‘yicha mo‘ljallangan, “O‘zbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy bo‘linmalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan ochilgan, 22612 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obunasi” maxsus depozit hisobvarag‘i. 3. O‘tkazma operatsiyalariga quyidagilar kiradi: a) jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish va jismoniy shaxslarga to‘lash; b) kommunal va boshqa turdagi xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida jismoniy shaxslardan pul mablag‘lari va boshqa to‘lovlarni qabul qilish hamda ularni maqsadi bo‘yicha o‘tkazish; v) yuridik shaxslardan ijtimoiy ahamiyatga ega pul o‘tkazmalari (ish haqi, moddiy yordam, alimentlar va boshqalar)ni qabul qilish va ularni jismoniy shaxslarga to‘lash. 4. Davriy nashrlarga obuna o‘z ichiga davriy nashrlarga obuna to‘lovi uchun naqd va naqd pulsiz mablag‘larini qabul qilish, ularni hisobga kiritish va maqsadi bo‘yicha o‘tkazish, shuningdek obunachilarga pul mablag‘larini qaytarishni qamrab oladi. 5. Davriy matbuot nashrlariga obuna bo‘lish, o‘tkazma operatsiyalar, shuningdek pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va to‘lash bo‘yicha operatsiyalarini amalga oshirish natijasida “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari oladigan daromadlarga soliq solish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 6. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarida pul o‘tkazmalari, obuna, shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va to‘lash bo‘yicha operatsiyalar bilan bog‘liq naqd pul mablag‘larining kelib tushishi va chiqimini rasmiylashtirish tartibi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi bo‘yicha ekspluatatsiya korxonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” (2000-yil 1-mart, ro‘yxat raqami 904 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tartibga solinadi. 7. Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari xizmat ko‘rsatuvchi banklarda talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochadilar. 8. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek boshqa bankka o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan belgilanadi. 9. “O‘zbekiston pochtasi” OAJning talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar “O‘zbekiston pochtasi” OAJ arizasi asosida, tarkibiy bo‘linmalar esa — “O‘zbekiston pochtasi” OAJning iltimosnomasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) muvofiq ochiladi. 10. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochishda “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan bank hisobvarag‘i shartnomalari tuzadilar. 11. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarda pochta aloqasining hududiy tashkilotlarining talab qilib olinguncha boshqa maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, shuningdek, ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilishini to‘xtatish (taqiqlash) “O‘zbekiston pochtasi” OAJning buyrug‘i asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarni yopish zaruratga ko‘ra, “O‘zbekiston pochtasi” OAJning buyrug‘ida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi. 12. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarda maxsus o‘tkazma hisobvaraqlaridan tashqari, pochta aloqasi obyektlarining talab qilib olinguncha boshqa maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilishini to‘xtatish (taqiqlash) tegishli pochta aloqasi hududiy tashkilotining buyrug‘i asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarining yopilishi, o‘tkazma hisobvaraqlaridan tashqari, tegishli pochta aloqasi hududiy tashkilotining buyrug‘ida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi. 13. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarda pochta aloqasi obyektlari boshqa o‘tkazma hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, operatsiyalar o‘tkazilishini to‘xtatish (taqiqlash) “O‘zbekiston pochtasi” OAJning buyrug‘i asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. O‘tkazma hisobvaraqlarining yopilishi “O‘zbekiston pochtasi” OAJning buyrug‘ida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi. 14. O‘tkazma hisobvaraqlariga pul mablag‘larining kelib tushish manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: a) jismoniy va yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilishdan olingan naqd pul mablag‘lari; b) kommunal hamda boshqa turdagi xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul mablag‘lari hamda boshqa to‘lovlar; v) davriy nashrlarga obuna bo‘lish uchun obunachilardan naqd va/yoki naqd pulsiz shaklda kelib tushgan pul mablag‘lari; g) “O‘zbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan pochta to‘lovi davlat belgilari (keyingi o‘rinlarda — PTDB), konvertlar, ochiq xatlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushgan naqd va/yoki naqd pulsiz shaklda kelib tushgan pul mablag‘lari; d) yuridik shaxslardan ijtimoiy ahamiyatga ega pul o‘tkazmalari (ish haqi, moddiy yordam, alimentlar va boshqalar) to‘lovi uchun naqd yoki naqd pulsiz shaklda olingan pul mablag‘lari; e) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash uchun “O‘zbekiston pochtasi” tarkibiy bo‘linmalarining kassasiga tushgan naqd pullarni farmoyish asosida pochta aloqasi bog‘lamalari va bo‘limlariga taqsimlangan, ilgari to‘langan pul mablag‘larini qoplash maqsadida, maxsus pensiya hisobvarag‘idan kelib tushgan naqd pulsiz mablag‘lari; j) pul o‘tkazmalarining to‘lovi summasi qabul qilingan summadan oshganda yoki pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lovi summasidan oshganda o‘tkazma hisobvaraqlarini to‘ldirish uchun “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘tkazma hisobvaraqlaridan kelib tushgan naqd pulsiz mablag‘lari; z) kurs farqidan ko‘rilgan zararni qoplash uchun “O‘zbekiston pochtasi” OAJning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘idan, valyuta o‘tkazma hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi qoldiqlarini har oylik qayta baholash natijasida salbiy kurs farqi hosil bo‘lganda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari; i) limitdan ortiqcha bo‘lgan kassa qoldiqlari ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘lari. 15. Pensiya hisobvarag‘iga pul mablag‘larining kelib tushish manbai bo‘lib budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining pul mablag‘lari hisoblanadi. 16. O‘tkazma hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari faqat quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin: a) qabul qilingan pul o‘tkazmalarini ularning oluvchisi (adresat)ga yoki jo‘natuvchisiga naqd pul mablag‘lari shaklida bevosita to‘lash uchun; b) aholidan qabul qilingan kommunal va boshqa to‘lovlarni tegishli korxonalar va tashkilotlarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun; v) “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdan olgan daromadlarini o‘zlarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun; g) davriy nashrlarga obuna bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini nashriyotlar va tahririyatlarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun; d) davriy nashrlarga obuna bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda “Matbuot tarqatuvchi” AK deb yuritiladi) va uning tarkibiy hududiy bo‘linmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun; e) davriy nashrlarga obuna bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga (viloyatlar ichida va magistral yo‘nalishlar bo‘yicha davriy nashrlarni qayta ishlash va tashish uchun) o‘tkazish uchun; j) davriy nashrlarga obunani tashkil etish bo‘yicha xizmatlardan olingan daromadlar sifatida kelib tushgan pul mablag‘larini “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun; z) jismoniy shaxslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan obuna rad etilgan taqdirda, agar obuna ular tomonidan naqd pul mablag‘lari ko‘rinishida amalga oshirilgan bo‘lsa, obuna summalarini naqd pul mablag‘lari bilan qaytarish uchun; i) yuridik shaxslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan obuna rad etilgan taqdirda, obuna summalarini naqd pulsiz mablag‘lar shaklida qaytarish uchun; k) pochta aloqasi obyektlari tomonidan qabul qilingan pul o‘tkazmalarining summasi pul o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lov summasidan (ham naqd pul, ham naqd pulsiz shakllarida) oshib ketgan holda o‘tkazma hisobvarag‘ini to‘ldirish uchun, hosil bo‘lgan ortiqcha summani ular tomonidan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari o‘tkazma hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan; l) pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan qabul qilingan pul o‘tkazmalarining summasi pul o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lov summasidan (ham naqd, ham naqd pulsiz shakllarida) oshib ketgan holda o‘tkazma hisobvarag‘ini to‘ldirish uchun, hosil bo‘lgan ortiqcha summani ular tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” OAJning maxsus o‘tkazma hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan; m) “O‘zbekiston pochtasi” OAJning valyuta o‘tkazma hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi qoldiqlarini har oylik qayta baholash natijasida ijobiy kurs farqi hosil bo‘lganda (kursdagi farqdan olingan daromadlar sifatida), “O‘zbekiston pochtasi” OAJ talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga. 17. Pensiya hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi: a) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni naqd pul mablag‘lari bilan to‘lash uchun; b) solishtirish dalolatnomalariga muvofiq tegishli summalarni naqd pulsiz shaklda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari hisobvaraqlariga; v) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash uchun “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining kassasiga kelib tushgan naqd pullarini farmoyish asosida pochta aloqasi bog‘lamalari va pochta aloqasi bo‘limlariga taqsimlangan, ilgari to‘langan pul mablag‘larini qoplash maqsadida naqd pulsiz shaklda “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining o‘tkazma hisobvaraqlariga. Pochta aloqasi bog‘lamalari va bo‘limlarining kassasiga kelib tushgan naqd pul mablag‘lari hisobidan to‘langan pensiya va ijtimoiy nafaqa pullariga alohida taqqoslama dalolatnoma bo‘lishi lozim. 18. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining kassalariga kelib tushgan barcha naqd pul mablag‘lari, ularning maqsadidan qat’i nazar, vaqtincha o‘tkazma mablag‘larga tegishli bo‘lib, birinchi navbatda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni, pul o‘tkazmalarini to‘lash, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun idora qaramog‘idagi pochta aloqasi obyektlariga naqd pul bilan madad berish uchun foydalaniladi. 19. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining kassalarida pensiya va ijtimoiy nafaqalarni naqd pul mablag‘lari bilan to‘lash, shuningdek, pul o‘tkazmalari operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun vaqtincha naqd pul mablag‘lari yetishmagan hollarda, ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklardagi tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlar doirasida naqd pulda madad oladilar. 20. Kun oxirida “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining kassalaridagi xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul mablag‘lari, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ o‘z bo‘linmalarining ehtiyojlari uchun oylik ish haqi va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun olingan mablag‘lardan tashqari, tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlariga kirim qilish uchun bankka topshirilishi shart. Ushbu mablag‘lar, qonun hujjatlarida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng, mazkur bo‘linmalar talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi. 21. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalariga korxonaning ekspluatatsion va boshqa ehtiyojlari uchun talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanish taqiqlanadi. 22. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tushumlar hisobga olinishining to‘g‘riligi va talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larining maqsadli ishlatilishi uchun shaxsan javobgardirlar. 23. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya schyotlari bo‘yicha tegishli registrlarda talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larining harakatini va qoldiqlarini ro‘yxatga olish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” OAJ ishchi schyotlar rejasida ko‘zda tutilgan va ushbu schyotlar bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan buxgalteriya schyotlari ochiladi. 24. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar tegishli xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar (pul hisob-kitob hujjatlari va boshqalar) asosida “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 25. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalarining hisob siyosatiga ilova qilinadigan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining ish rejasida, talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarini batafsil hisobga olish maqsadida quyidagi balans schyotlari ochiladi: a) kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar guruhida (5000) — 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti, 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti; b) bankdagi maxsus hisobvaraqlarda pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar guruhida (5500) — quyidagi schyotlar: 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq”, 5532 “Chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraq”, 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i”; v) olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar guruhida (6300) — quyidagi schyotlar: 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan bo‘naklar”, 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar bo‘yicha bo‘naklar”; 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar”, 6341 “Chet el valyutasidagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar”, 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli shaxslari mablag‘larini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga o‘tkazish bo‘yicha milliy valyutada olingan bo‘naklar”, 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va to‘lash uchun olingan bo‘naklar”. 26. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlari bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari boshqa operatsiyalarining buxgalteriya hisobidan alohida yuritiladi. 27. Obuna bo‘yicha qabul qilingan summalarni “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalarining maxsus o‘tkazma hisobvarag‘idan nashriyotlar, tahririyatlarning tegishli bank hisobvaraqlari va “Matbuot tarqatuvchi” AKning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazish tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. Bunda pochta aloqasi obyektlari mustaqil ravishda mahalliy nashriyotlar bilan shartnomalar, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari mahalliy va viloyat nashriyotlari hamda “Matbuot tarqatuvchi” AKning tarkibiy hududiy bo‘linmalari bilan shartnomalar tuzishlari mumkin, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ esa, respublika va xorijiy nashriyotlar hamda “Matbuot tarqatuvchi” AK bilan shartnomalar tuzadi. Bitta viloyatning davriy nashrlariga boshqa viloyat obunachilari (foydalanuvchilari) tomonidan obuna amalga oshirilayotgan hollarda, ushbu viloyatlar nashriyotlari bilan obuna bo‘yicha shartnomalar “O‘zbekiston pochtasi” OAJ bilan tuziladi. 28. Respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha qabul qilingan summalarni pochta aloqasi obyektlarining maxsus o‘tkazma hisobvarag‘idan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tegishli maxsus o‘tkazma hisobvaraqlariga va keyinchalik pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maxsus o‘tkazma hisobvarag‘idan “O‘zbekiston pochtasi” OAJning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish tartibi va muddatlari “O‘zbekiston pochtasi” OAJning tegishli boshqaruv hujjatlari (buyruq, qaror, farmoyish va shu kabilar) bilan belgilanadi. 29. Maxsus o‘tkazma hisobvaraqlari bilan bog‘liq bo‘lgan davriy nashrlarga obuna bo‘yicha operatsiyalar pochta aloqasi obyektlarining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) davriy nashrlarga obuna bo‘yicha obunachilardan naqd pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti — davriy nashrning aniq nomi bo‘yicha birlamchi hujjatlarga asosan — qabul qilingan naqd pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar bo‘yicha bo‘naklar” (rasmiylashtirilgan obuna) schyoti; b) davriy nashrlar uchun obunachilardan naqd pulsiz mablag‘larining kelib tushishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti — aniq davriy nashrning nomi bo‘yicha birlamchi hujjatlarga asosan — kelib tushgan naqdsiz pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan bo‘naklar” schyoti; v) davriy nashrlarga obunadan kelib tushgan naqd pul mablag‘larini tegishli maxsus o‘tkazma hisobvaraqqa o‘tkazish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirish: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti — davriy nashrlarga obuna bo‘yicha topshirilgan naqd pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti; g) pochta aloqasi obyektlariga aniq davriy nashrlarning nomlari bo‘yicha obuna uchun rasmiylashtirilgan talabnomalar taqdim etilganda: debet 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; d) pochta aloqasi obyektlari tomonidan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha buyurtmalarni rasmiylashtirganda: debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — aniq davriy nashrlarning nomlari bo‘yicha (mahalliy nashriyotlar davriy nashrlarining narxlari bo‘yicha) mahalliy nashriyotlarga pochta aloqasi obyektlari tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtmalarga tegishli ulushning umumiy summasiga; kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari uchun rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha pochta aloqasi obyektlarining kechiktirilgan daromadlari summasiga (davriy nashrning aniq nomi bo‘yicha obuna narxi bilan mahalliy nashriyotlarning narxi o‘rtasidagi farq); e) pochta aloqasi obyektlari tomonidan viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha buyurtmalar rasmiylashtirilganda: debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; kredit 6110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; j) davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar bo‘yicha mahalliy nashriyot bilan shartnomada kelishilgan miqdorda pochta aloqasi obyektlarining maxsus o‘tkazma hisobvarag‘idan pul mablag‘lari o‘tkazilganda: debet 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan talabnomalar bo‘yicha mahalliy nashriyotlarga berilgan bo‘naklar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; z) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha pochta aloqasi obyektlarining maxsus o‘tkazma hisobvaraqlaridan obuna bo‘yicha pul mablag‘larini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maxsus o‘tkazma hisobvaraqlariga o‘tkazilganda: debet 6110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha o‘tkazib berilgan pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; i) pochta aloqasi obyektlarining obuna bo‘limi tomonidan tayyorlangan hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq, hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari summasiga: debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari summasiga; kredit 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan talabnomalar bo‘yicha mahalliy nashriyotlarga berilgan bo‘naklar” schyoti; k) hisobot oyi davomida obunachilarga mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlarini yetkazib berishdan olingan, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan tan olingan daromadlar summasiga: debeti 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti; kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti. 30. Maxsus o‘tkazma hisobvaraqlari bilan bog‘liq bo‘lgan davriy nashrlarga obuna bo‘yicha operatsiyalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) davriy nashrlar uchun obunachilardan naqd pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti, 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti — aniq davriy nashr nomi bo‘yicha birlamchi hujjatlar asosida qabul qilingan naqd pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; b) davriy nashrlarga obunachilardan naqd pulsiz mablag‘larining kelib tushishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti — aniq davriy nashr nomi bo‘yicha birlamchi hujjatlar asosida kelib tushgan naqd pulsiz mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan bo‘naklar” schyoti; v) davriy nashrlarga obunadan kelib tushgan naqd pul mablag‘larini tegishli maxsus o‘tkazma hisobvaraqqa o‘tkazish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirish: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti — davriy nashrlarga obuna bo‘yicha topshirilgan naqd pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti; g) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha birlamchi hujjatlar asosida pochta aloqasi obyektlaridan buyurtmalar kelib tushganda: debet 4110 “Pochta aloqasi obyektlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti — obuna narxi bo‘yicha viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha buyurtmalar summasiga; kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; d) obunachilar tomonidan aniq davriy nashrlar nomlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan buyurtmalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga taqdim etilganda: debet 6330 “Davriy nashrlarga obunachilardan olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; e) mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlariga obuna bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan buyurtmalar rasmiylashtirilganda: debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; kredit 6010 “Etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — aniq davriy nashrlarning nomlari bo‘yicha mahalliy va viloyat nashriyotlariga pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtmalarga to‘g‘ri keladigan ulushning umumiy summasiga (mahalliy va viloyat nashriyotlar davriy nashrlarining narxlari bo‘yicha); kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari kechiktirilgan daromadlari summasiga (davriy nashrning aniq nomi bo‘yicha obuna narxi va uning mahalliy hamda viloyat nashriyotlarining narxi o‘rtasidagi farq); j) respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha “Matbuot tarqatuvchi” AK buyurtmalarini “O‘zbekiston pochtasi” OAJ orqali pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilganida: debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha bo‘naklar” schyoti; kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining summasiga; kredit 6110 “O‘zbekiston pochtasi” OAJga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarini yetkazib berish bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari daromadlari summasini ayirgan holda, respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining obuna narxi va “Matbuot tarqatuvchi” AKning hisob-kitob qilingan narxi o‘rtasidagi farqning umumiy summasiga; z) pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maxsus o‘tkazma hisobvaraqlaridan davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar bo‘yicha mahalliy va viloyat nashriyotlari bilan shartnomada kelishilgan miqdorda pul mablag‘lari o‘tkazilganda: debet 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar bo‘yicha mahalliy va viloyat nashriyotlariga berilgan bo‘naklar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; i) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha pul mablag‘lari pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan “Matbuot tarqatuvchi” AKga o‘tkazilganda: debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; k) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna bo‘yicha pul mablag‘lari pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining maxsus o‘tkazma hisobvaraqlaridan “O‘zbekiston pochtasi” OAJga o‘tkazilganda: debet 6110 “O‘zbekiston pochtasi” OAJga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarini yetkazib berish bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari daromadlari summasini ayirgan holda, viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining obuna narxi va “Matbuot tarqatuvchi” AKning hisob-kitob qilingan narxi o‘rtasidagi farqning umumiy summasiga; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; l) pochta aloqasi hududiy tashkilotining obuna bo‘limi tomonidan tayyorlangan hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlari summasiga: debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti — hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazilgan mahalliy va viloyat nashriyotlari davriy nashrlarining summasiga; kredit 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar bo‘yicha mahalliy nashriyotlarga berilgan bo‘naklar” schyoti; m) obunachilarga mahalliy, viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlari yetkazib berilgani uchun, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan hisobot oyi davomida tan olingan daromadlar summasiga: debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromad” schyoti; kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti. 31. Davriy nashrlarga obuna bo‘yicha operatsiyalar “O‘zbekiston pochtasi” OAJning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha magistral tashish va ishlov berish uchun tegishli daromadlar ulushi hisoblanganda — obuna bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitob ma’lumotnomasi asosida: debet 4110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha magistral tashish (nashr qilingan joydan pochta aloqasining hududiy tashkilotigacha tashib berish) va ishlov berish uchun daromadlar ulushi summasiga; kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti; b) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna bo‘yicha magistral tashish va ishlov berish uchun daromadlar ulushi summasi pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan kelib tushganda: debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti; kredit 4110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; v) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlarini tashish va pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga yetkazib berish uchun, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan, tan olingan daromadlar summasiga: debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti; kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti; g) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamt tomonidan tegishli daromadlar ulushining summasiga hisob-faktura berilganda: debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti; kredit 6110 “Xalqaro pochtamtga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; d) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamtga tegishli daromadlar ulushi o‘tkazilganda: debet 6110 “Xalqaro pochtamtga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti. 32. Davriy nashrlarga obuna bo‘yicha operatsiyalar Xalqaro pochtamtning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamt tomonidan o‘ziga tegishli daromadlar ulushi tan olinganda, berilgan hisob-fakturalarga muvofiq: debet 4110 “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; krediti 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti; b) respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun berilgan hisob-fakturalar bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan Xalqaro pochtamtning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushganda: debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti; kredit 4110 “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti. 33. O‘tkazma operatsiyalar bilan shug‘ullanish huquqiga ega “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya hisobida o‘tkazma operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi: a) pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan naqd pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti — birlamchi hujjatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalari bo‘yicha qabul qilingan naqd pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 6340 “Qabul qilingan va to‘langan milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari” schyoti; b) jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillaridan kommunal hamda boshqa turdagi pulli xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lov, shuningdek, boshqa to‘lovlarni qabul qilish natijasida naqd pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti, 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti — birlamchi hujjatlar asosida kommunal va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishdan qabul qilingan naqd pul mablag‘larining umumiy summasiga; kredit 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari mablag‘larini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga o‘tkazish bo‘yicha milliy valyutada olingan bo‘naklar” schyoti; v) PTDB, konvertlar, ochiq xatlar va boshqa xalq iste’moli tovarlarini sotishdan naqd pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi”, 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti — sotilgan PTDB, konvertlar, ochiq xatlar va boshqa xalq iste’moli tovarlarining umumiy summasiga, birlamchi hujjatlar asosida; kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” schyoti; g) pul o‘tkazmalarini jo‘natish uchun yuridik shaxslardan naqdsiz pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; d) buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq maxsus pensiya hisobvarag‘idan naqd pulsiz mablag‘larining kelib tushishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i” schyoti; e) “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari kassalaridagi naqd pul mablag‘larining limitdan ortiqcha qoldiqlarini banklarga, tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshirilganda: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti va/yoki 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i” schyoti; kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassalari” schyoti; j) pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilish summasidan oshganda, o‘tkazma hisobvarag‘ini to‘ldirish maqsadida, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari o‘tkazma hisobvaraqlaridan naqd pulsiz mablag‘larining kelib tushishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 4110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotidan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; z) pochta aloqasi obyektlarining talab qilib olinguncha asosiy hisobvarag‘idan o‘z xodimlariga ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqa to‘lovlarning berilishi uchun naqd pulsiz mablag‘larining kelib tushishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti; i) qabul qilingan pul o‘tkazmalarini ularning oluvchisi (adresati)ga yoki jo‘natuvchisiga naqd pul mablag‘lari bilan to‘lash: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti; k) qabul qilingan pul o‘tkazmalarini ularning oluvchisi (adresati) yoki jo‘natuvchisining shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan to‘lash; debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; l) kommunal xizmatlar va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlarning tegishli bank hisobvaraqlariga aholidan ilgari qabul qilingan pul mablag‘larini o‘tkazish: debet 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari mablag‘larini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga o‘tkazish bo‘yicha milliy valyutada olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; m) qabul qilingan pul o‘tkazmalarini yuridik shaxslar (oluvchilar)ning tegishli hisobvaraqlariga to‘lov tartibida o‘tkazish: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; n) hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq foydalanuvchilarga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar summasini, shuningdek, PTDB, konvertlar, ochiq xatlar va boshqa xalq iste’moli tovarlarini sotishdan olingan summani o‘zining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish: debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; o) pochta aloqasi obyektlari tomonidan qabul qilingan pul o‘tkazmalarining ular to‘lovi summasidan oshgan summasini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari o‘tkazma hisobvaraqlariga o‘tkazish; debet 6110 “Qabul qilingan pul o‘tkazmalarining ular to‘lov summasidan oshgan summasi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; p) pul o‘tkazmalarini to‘lash summasi qabul qilish summasidan oshib ketgan holda, olingan madad puli bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oldidagi qarz qoldig‘i o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 4110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi qabul qilish summasidan oshib ketishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olish uchun hisobvaraqlar” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; r) qabul qilingan pul o‘tkazmalarining ular to‘lovi summasidan oshgan holda pochta aloqasining hududiy tashkilotlari o‘tkazma hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha ularning qarzdorlik qoldiqlari o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 6110 “Pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi to‘lov summasidan oshib ketishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; s) o‘tkazma operatsiyalardan olingan daromadlarning tan olingan summasiga; debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari mablag‘larini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga o‘tkazish bo‘yicha milliy valyutada olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti. 34. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summani aniqlash uchun, foydalaniladigan buxgalteriya hisobi registrlari (jurnal-ordyerlar, ularga yordamchi qaydnomalar, kompyuterda bosib chiqarilgan hujjatlar, mashina axborot tashuvchilar va boshqalar) asosida hisob-kitob ma’lumotnomasi tuziladi. 35. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan daromadlarning yakuniy hisob-kitobi, ular bo‘yicha barcha ma’lumotlar umumlashtirilganidan keyin birlamchi hujjatlar asosida hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan har oyda amalga oshiriladi. 36. Keragidan ortiqcha bo‘lgan summa o‘tkazilganligi aniqlangan hollarda, hosil bo‘lgan farq talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan o‘tkazma operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqqa hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan o‘tkaziladi. 37. O‘tkazma operatsiyalarga doir hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya hisob-kitoblarini yakuniy solishtirish va to‘g‘rilash hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan har oyda amalga oshirilishi lozim. 38. O‘tkazma operatsiyalar bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan, ammo o‘tkazma operatsiyalar bo‘yicha hisobot beruvchi kassalarga ega bo‘lmagan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari buxgalteriya hisobida o‘tkazma operatsiyalar (davriy nashrlarga obuna bo‘yicha operatsiyalardan tashqari) bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalari quyidagicha aks ettiriladi: a) pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilish summasidan oshgan holatda berilgan madad pullari bo‘yicha pochta aloqasi obyektlari qarzlarining qoldig‘i hisobot oyi oxirida o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 6110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasi obyektlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; b) pul o‘tkazmalarini to‘lash uchun pochta aloqasi obyektlariga madad sifatida o‘tkazma hisobvarag‘idan pul mablag‘lari o‘tkazilganda: debet 6110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasi obyektlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; v) pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshgan holatda pochta aloqasi obyektlaridan olingan pul mablag‘lari bo‘yicha qarz qoldig‘i hisobot oyi oxirida o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 4110 “Pul o‘tkazmalari qabul qilingan summasi to‘lov summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasi obyektlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; g) pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshgan holatda pochta aloqasi obyektlaridan o‘tkazma hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushganda: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 4110 “Pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasi obyektlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; d) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti bo‘yicha pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshganda madad sifatida olingan pul mablag‘lari bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan qarz qoldig‘i hisobot oyi oxirida o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 4110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lovnomasi ularning qabul qilingan summasidan oshishi bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; e) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti bo‘yicha pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshgan holatda “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan madad sifatidagi pul mablag‘lari o‘tkazma hisobvarag‘iga kelib tushganda: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 4110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilingan summadan oshishi bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; j) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti bo‘yicha pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshgan holatda o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJ qarzining qoldig‘i hisobot oyi oxirida o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 6110 “Pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshishi bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; z) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti bo‘yicha pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshgan holda o‘tkazma hisobvaraqdan “O‘zbekiston pochtasi” OAJning o‘tkazma hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilganda: debet 6110 “Pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshishi bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti. 39. O‘tkazma operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar “O‘zbekiston pochtasi” OAJ buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshgan holda, berilgan madad pul mablag‘lari bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari qarzlarining qoldig‘i hisobot oyi oxirida o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 6110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; b) pul o‘tkazmalarini to‘lash uchun o‘tkazma hisobvarag‘idan madad sifatidagi pul mablag‘lari pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga o‘tkazilganda: debet 6110 “Pul o‘tkazmalarining to‘lov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; v) pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi to‘lov summasidan oshib ketgan holda olingan pul mablag‘lari bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan qarzlari qoldig‘ini hisobot oyi oxirida o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 4110 “Pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; g) pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshganda pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan o‘tkazma hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushganda: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 4110 “Pul o‘tkazmalarining qabul qilingan summasi ularning to‘lov summasidan oshishi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; d) qonun hujjatlariga muvofiq da’vo muddati o‘tgan pochta o‘tkazmalari qoldiqlarining summasi hisobdan chiqarilgan holda: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 9360 “Kreditorlik va deponent qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar” schyoti; e) qonun hujjatlariga muvofiq olish uchun da’vo muddati o‘tgan, daromad hisobiga hisobdan chiqarilgan pul o‘tkazmalari qoldiqlari summasi bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitob qilinganda: debet 4110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; j) qonun hujjatlariga muvofiq olish uchun da’vo muddati o‘tgan pul o‘tkazmalari qoldiqlarining summasi o‘tkazma hisobvaraqdan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilganda: debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; z) O‘zbekiston Respublikasidagi adresatlarga to‘lash uchun chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraqqa chet el valyutasidagi pul o‘tkazmalari kelib tushganda: debet 5532 “Chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; i) xorijiy mamlakatlarning pochta ma’muriyatlari (tashkilotlari)ga chet el valyutasi pul o‘tkazmalari sifatida o‘tkazilganda: debet 6340 “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar” schyoti; kredit 5532 “Chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; k) chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvarag‘i o‘zining chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari hisobidan to‘ldirilganda: debet 5532 “Chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” schyoti; l) chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvarag‘ini to‘ldirish uchun o‘zining chet el valyutasidan foydalanish hisobiga talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘ini milliy valyuta ekvivalenti bilan to‘ldirish va chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraqni qayta baholashdan hosil bo‘lgan ijobiy kurs farqlarini hisobga o‘tkazish: debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti; kredit 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; m) chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraqdan o‘zining chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga chet el valyutasi o‘tkazilganda: debet 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” schyoti; kredit 5532 “Chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; n) chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraqning chet el valyutasidan foydalanilgani uchun milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvarag‘ini talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘i hisobidan milliy valyuta ekvivalenti bilan to‘ldirish, shuningdek, chet el valyutasidagi o‘tkazma hisobvaraqni qayta baholashdan hosil bo‘lgan salbiy kurs farqlarini o‘tkazish: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti. 40. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98-son, 41-son, 2004-57-son, 257-V-son va 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (2004-yil 17-sentabr, ro‘yxat raqami 1411 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 37-son, 419-modda) muvofiq amalga oshiriladi. 41. Pensiya hisobvaraqlari bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar (pensiya hisobvaraqlari)ga pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i” schyoti; kredit 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va to‘lash uchun olingan bo‘naklar” schyoti; b) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraq (pensiya hisobvaraq)laridan olingan naqd pul mablag‘lari summasini kirim qilish: debet 5010 “Tarkibiy bo‘linmalarning bosh kassasi” schyoti; kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i” schyoti; v) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun pochta aloqasi bo‘limlariga madad puli o‘tkazilishi: debet 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti; kredit 5010 “Tarkibiy bo‘linmalarning bosh kassasi” schyoti; g) pensiya va ijtimoiy nafaqalar to‘lanishi: debet 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va to‘lash uchun olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 5010 “Tarkibiy bo‘linmalarning bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi bo‘limlarining operatsion kassasi” schyoti; d) pochta aloqasi bog‘lamalari va bo‘limlariga farmoyish bo‘yicha taqsimlangan “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining kassasiga o‘tkazma operatsiyalar bo‘yicha kelib tushgan va pensiya hamda ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun ilgari ishlatilgan pul mablag‘lari o‘rnini to‘ldirish maqsadida pensiya hisobvarag‘idan maxsus o‘tkazma hisobvaraqlariga pul mablag‘lari o‘tkazilishi: debet 5531 “Milliy valyutadagi o‘tkazma hisobvaraq” schyoti; kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining pensiya hisob-varag‘i” schyoti; e) solishtirma dalolatnomalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga taalluqli bo‘lgan hisobot davri davomida to‘lanmay qolgan pensiya va ijtimoiy nafaqalar summasi o‘tkazilishi: debet 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va to‘lash uchun olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i” schyoti. 42. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan belgilangan “O‘zbekiston pochtasi” OAJda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘lash hamda ushbu operatsiyalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar tartibi “O‘zbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2394, 2012-yil 28-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 40-son, 470-modda) bilan tartibga solinadi. 43. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarning to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar “O‘zbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari bilan solishtirma dalolatnomaga muvofiq hisobot davri mobaynida pensiya va ijtimoiy nafaqalar to‘lovini amalga oshirishdan tan olingan daromadlarni hisoblash: debet 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti; kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti; b) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish (to‘lash) bo‘yicha xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan pul mablag‘larining kelib tushishi: debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti va/yoki 5543 “Mahalliy budjetlar mablag‘larining pensiya hisobvarag‘i” schyoti; kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti. 44. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘zaro hisob-kitoblarni xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochiladigan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar orqali amalga oshiradilar. 45. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari va “O‘zbekiston pochtasi” OAJ o‘rtasida talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar har oyda hisobot sanasida amalga oshiriladi. 46. O‘tkazma operatsiyalar bo‘yicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obyektlari bilan amalga oshirilgan o‘zaro hisob-kitoblar belgilangan hisobotlarda aks ettiriladi. 47. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oy davomidagi o‘tkazma pul mablag‘larining harakatini butun hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) bo‘yicha belgilangan hisobotlarda aks ettiradilar va har oyda “O‘zbekiston pochtasi” OAJga taqdim etadilar. 48. Pochta aloqasi obyektlarining o‘tkazma hisobvaraqlaridan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tegishli o‘tkazma hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazish tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar va shu kabilar)da ko‘rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi. 49. To‘langan pul o‘tkazmalari summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega bo‘lgan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari ushbu farqning o‘rtacha oylik miqdorida “O‘zbekiston pochtasi” OAJdan bo‘nak oladilar. 50. To‘langan pul o‘tkazmalari summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega bo‘lgan pochta aloqasi obyektlari ushbu farqning o‘rtacha oylik miqdorida pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan bo‘nak oladilar. 51. Qabul qilingan pul o‘tkazmalari summasi ularning to‘langan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega bo‘lgan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari ushbu farqning o‘rtacha oylik miqdorida “O‘zbekiston pochtasi” OAJga bo‘nak o‘tkazadilar. 52. Qabul qilingan pul o‘tkazmalari summasi ularning to‘langan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega bo‘lgan pochta aloqasi obyektlari ushbu farqning o‘rtacha oylik miqdorida pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga bo‘nak o‘tkazadilar. 53. Xorijiy davlatlar bilan o‘tkazma operatsiyalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan amalga oshiriladi. 54. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bo‘yicha pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi hamda sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘z navbatida, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari pochta aloqasi obyektlarining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bo‘yicha pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi hamda sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalarining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning nazorati “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 55. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
235
60,649
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qo‘llanish tartibi haqida
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qo‘llanish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Amnistiya aktining qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini va qarorni qo‘llanish tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligini ta’minlash uchun senatorlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilsin. Ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari (kelishuvga muvofiq) kiritilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori (bundan buyon matnda Amnistiya to‘g‘risidagi qaror deb yuritiladi) u kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etgan va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarga, ular jazoni qayerda o‘tayotganligidan qat’i nazar, qo‘llaniladi. 2. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqidagi qaror har bir shaxsga nisbatan alohida qabul qilinadi. Zarur ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, amnistiya aktini qo‘llanish masalasining ko‘rib chiqilishi qo‘shimcha materiallar olingunga qadar, lekin ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirib turiladi. Shundan keyin qaror mavjud hujjatlar asosida qabul qilinadi. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlarning so‘rovlari darhol bajariladi. 3. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanishda qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik holati hisobga olinmaydi. Jinoyat to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga binoan jinoyat hisoblanmaydigan qilmishlar uchun hukm etilgan shaxslar ham sudlanmagan deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari asosida: sudlanganlik holati tugallanganligi yoki u olib tashlanganligidan qat’i nazar, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan ozod qilinganlarni; sud hukmi chiqarilmagan holda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlarni afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan shaxslar deb hisoblash kerak. 4. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish sudlar tomonidan: o‘z ish yurituvida (barcha instansiyalarda) qaysi shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar bo‘lsa, shu shaxslarga nisbatan; hukmi qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro etilmagan, qamoqda saqlanmayotgan shaxslarga nisbatan; jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar tergov va surishtiruv organlari ish yurituvida bo‘lgan shaxslarga nisbatan — prokurorning iltimosnomasiga ko‘ra; jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan — jazoni ijro etish muassasasi yoxud organining boshlig‘i (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida prokurorning iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqidagi masala sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotganda prokuror ishtirok etishi shart. 5. Uch oylik muddat o‘tganidan keyin Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish masalasi sudlar tomonidan hal etiladi. 6. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 1-bandini qo‘llanishda jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolardan ozod qilinadi. Mazkur bandni qo‘llanishda: a) “a” kichik bandi ta’sir doirasiga, yoshidan va fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, ayollar tushadi; b) “b” kichik bandi ta’sir doirasiga, fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tushadi; v) “v” kichik bandi ta’sir doirasiga, fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, 1955-yil 4-dekabrga qadar tug‘ilgan erkaklar tushadi; g) “g” kichik bandi ta’sir doirasiga chet davlatlar fuqarolari bo‘lgan shaxslar tushadi. Fuqarolikka mansublik milliy pasportlar bo‘yicha ham, boshqa hujjatlar, shu jumladan tegishli davlatlar elchixonalari yoxud konsullik muassasalari rasmiy tasdiqlagan hujjatlar bo‘yicha ham aniqlanadi. Amnistiya qo‘llaniladigan shaxslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, ularning fuqaroligi doimiy yashaydigan mamlakatning amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha aniqlanadi. Amnistiya qo‘llaniladigan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Chet davlatlarning fuqarolari Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarorida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi lozim. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar, o‘z ish yurituvlarida chet davlatlar fuqarolariga nisbatan ishlar bo‘lgan taqdirda, mazkur shaxslarni chiqarib yuborish zarurligi haqida tegishli idoralarga darhol xabar qilishlari shart; d) “d” kichik bandi ta’sir doirasiga: Amnistiya to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironi deb topilgan shaxslar; Amnistiya to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgunga qadar bir yil ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy komissiyalari qaroriga asosan aktiv shakldagi sil kasalligiga chalingan deb topilgan mahkumlar (1 va 2-guruh dispanser hisobidagilar) tushadi. 7. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 2-bandi ta’sir doirasiga o‘zlariga tayinlangan jazo turi va miqdoridan qat’i nazar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar tushadi. 8. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 3-bandi ta’sir doirasiga sodir etgan jinoyatining og‘irligidan, tayinlangan jazo miqdoridan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tash uchun amalda ikki yil-u olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan mahkumlar tushadi. 9. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 4-bandi doirasiga sodir etgan jinoyatining og‘irlik darajasi va tayinlangan jazo miqdoridan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kunda ozodlikdan mahrum etish jazosini haqiqatda o‘tashning uch yil-u olti oydan kam bo‘lgan muddati qolgan mahkumlar tushadi. 10. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasidagi asoslar bo‘yicha qo‘llanilganida, ya’ni shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganida, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga oid tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlari Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning 6-bandi bilan belgilangan istisnolarni hisobga olgan holda tugatilishi kerak. Surishtiruvchi, tergovchi Amnistiya to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilishi kerak bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiallari, shuningdek tugatilishi lozim bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritadi va unga tergovga qadar tekshiruv materialini yoxud jinoyat ishini topshiradi. Prokuror taqdimnomani tergovga qadar tekshiruv materiali yoxud jinoyat ishi bilan birgalikda o‘rganib, rozi bo‘lgan taqdirda, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritadi. Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqib, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida yoxud prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntiradi. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, u vafot etgan taqdirda esa, uning yaqin qarindoshlaridan biri e’tiroz bildirsa, Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jinoyat ishining tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holda jinoyat ishi bo‘yicha ishni yuritish umumiy tartibda davom ettiriladi va asoslar bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 1-bandi talablariga muvofiq jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqaradi. Har ikkala holatda ham bunday shaxslarning harakatlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi. 11. Jazoni ijro etish muassasasi yoxud organining boshlig‘i (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) mahkumga nisbatan Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritadi va unga mahkumning shaxsiy yig‘majildini topshiradi. Prokuror taqdimnomani mahkumning shaxsiy yig‘majildi bilan birgalikda o‘rganib, rozi bo‘lgan taqdirda, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida sudga iltimosnoma kiritadi. Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘rib chiqib, Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish haqida yoxud prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntiradi. 12. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 6-bandining “a” kichik bandiga muvofiq, uning amal qilishi uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150 — 163, 216, 2161, 2162, 242, 244, 2441, 2442, 2443-moddalari); jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun hukm qilingan shaxslar deganda mansabiga sovuqqonlik bilan qarash, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi kabi qilmishlari bilan mazkur jinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratib bergan mansabdor shaxslar, hokimiyat vakillari va zimmasida xizmat vakolatlari bo‘lgan shaxslar ham tushunilishi kerak. Jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaxslar deganda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar tushunilishi kerak. Jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslar deganda: a) jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan qo‘llanilib, Amnistiya to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan kunga qadar tugallanmagan va olib tashlanmagan ikkita va undan ortiq intizomiy jazosi bo‘lgan mahkumlarni; b) axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarni; v) shartli hukm qilinib, hukm bilan tayinlangan jazoni o‘tash uchun yuborilgan mahkumlarni; g) manzil-koloniyalardan tegishli tartibli koloniyalarga o‘tkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlarni; d) jazoni o‘tash vaqtida, hukm ijrosi kechiktirilgan davrda yoki sinov muddatida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarni hisoblash lozim. Bunda: ushbu bandning “b”, “v”, “g” kichik bandlarida qayd etilgan shaxslar, agar ular hibsga olingan kundan e’tiboran bir yildan kam muddat o‘tgan bo‘lsagina, jazo o‘tash tartibini muntazam buzuvchilar deb hisoblanadi; ushbu bandning “d” kichik bandida qayd etilgan shaxslarga (ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash vaqtida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan Amnistiya to‘g‘risidagi qaror, agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 6-bandining “b” kichik bandiga muvofiq ushbu Qaror 1-bandining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni, shuningdek o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 6-bandining “v” kichik bandiga muvofiq ushbu Qaror 3-bandining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida va 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror 6-bandining “g” kichik bandiga muvofiq ushbu Qaror 1 — 3, 5-bandlarining amal qilishi qaror e’lon qilingunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilish natijasida yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga tatbiq etilmaydi. 13. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qo‘shimcha jazolardan ozod etilmaydi. 14. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi va himoyasiga oid choralarni amalda ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etish maqsadida prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va sudlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy komissiyalar tuziladi. 15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jazodan ozod qilingan shaxslar to‘liq hisobga olinishini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish; yolg‘iz, yordamga muhtoj shaxslarni nogironlar va qariyalar uylariga joylashtirish; voyaga yetmaganlarni ota-onalarining, vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirish, zarur hollarda ularni tegishli ta’lim muassasalariga yuborish. 16. Tuman va shahar hokimlari zimmasiga hududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan birgalikda Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan shaxslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan ko‘rilayotgan tarbiyaviy ta’sir choralarining uzluksizligini ta’minlash yuklatiladi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlaridan tezkor guruhlar tashkil etilishini ta’minlaydi. Tezkor guruhlarga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalari joylashgan hududlardagi tegishli prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tezkor guruhlarning asosiy vazifalari Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning har bir mahkumga nisbatan alohida, og‘ishmay va xolisona qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan hamda qonuniylik buzilishlarining oldini olishdan iborat. 18. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan 1 va 2-guruh dispanser ro‘yxatidagi sil kasalligiga chalingan shaxslarning hisobga olinishini tashkil etishni va maxsus davolash muassasalariga yuborilishini (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda); Amnistiya to‘g‘risidagi qaror asosida javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan chet davlatlar fuqarolarining hisobga olinishini hamda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishini tashkil etishni (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda) ta’minlaydi. 19. Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda Qarorni qo‘llanish tartib-taomilining ochiq-oshkoraligini ta’minlash maqsadida senatorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruhlarning amnistiya qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda qarorni qo‘llanish tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligini ta’minlashdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jinoiy jazolarni ijro etish muassasalari va organlariga borish, mahkumlar bilan suhbatlar o‘tkazish hamda ularning shaxsiy yig‘majildlari bilan tanishish; surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari bilan tanishish; Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv materiallarini o‘rganishda va ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish; Amnistiya to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha ozod qilingan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar holatini monitoring qilish; Amnistiya to‘g‘risidagi qaror ijro etilishining borishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish. Zimmalarga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida hamda fuqarolarning huquq va erkinliklariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash maqsadida Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini va qarorni qo‘llanish tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligini ta’minlashda ishchi guruhlar tomonidan Amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llanishdagi suiiste’molliklar va uni noqonuniy qo‘llanish yoxud qo‘llanishni noqonuniy ravishda rad qilish hollarini aniqlashga alohida e’tibor beriladi. Aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga hamda Bosh prokuraturasiga yuboriladi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Nizomning 15, 16 va 18-bandlarida ko‘rsatilgan vazirliklarning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimlarning) faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya to‘g‘risidagi qarorning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
210
18,978
Qonunchilik
Elektron xaridlar tizimini maqbullashtirish va ulardan tadbirkorlik subyektlarining foydalanishini kengaytirish to‘g‘risida
Eng avvalo elektron shakldagi korporativ xaridlar tizimiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni amalga oshirishda raqobatni rivojlantirish va oshkoralikni ta’minlash, tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari hamda xizmatlari narxlarini maqbullashtirish maqsadida: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2013-yilning 1 mayidan boshlab: ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, davlat unitar korxonalari va xo‘jalik jamiyatlari ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bir shartnoma bo‘yicha ekvivalenti 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan tashkil qilinadigan alohida savdo maydonchasida elektron savdolar vositasida xarid qiladilar; O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan o‘tkaziladigan elektron savdolarda davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, korxonalar va tashkilotlar xarid qiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati maxsus Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi; davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, korxonalar va tashkilotlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini aniqlash sanasidan kamida 15 kalendar kunidan avval bo‘lajak xaridlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek shartnoma (kontrakt)lar tuzilgan kundan boshlab uch kun ichida buyurtmalarni joylashtirish natijalari to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portalida va “Birja” gazetasida joylashtiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi maxsus axborot portalida buyurtmalarni joylashtirish to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek birja va birjadan tashqari bozorlarda yuqori likvidli tovarlar turlarining sotilishi natijalari bo‘yicha narx-navolar to‘g‘risida yig‘ilgan axborotdan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. 2. Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, korxonalar va tashkilotlarning elektron xaridlari bo‘yicha maxsus Hukumat komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: elektron xaridlar jarayoniga xalqaro normalar va standartlarni joriy etishga ko‘maklashish; O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida o‘tkaziladigan elektron savdolarda davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhi ro‘yxatini belgilash; elektron xaridlar jarayoniga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yanada faol va keng ko‘lamda jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; elektron xaridlarni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlash yuzasidan doimiy monitoringni olib borish, raqobatni rivojlantirishni rag‘batlantirish va mazkur sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasiga Hukumat komissiyasining ishchi organi vazifasi yuklatilsin. 3. Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliyalar subyektlari, korxonalar va tashkilotlarning elektron xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda 2013-yilning 1 mayigacha: “on-layn” rejimida elektron korporativ xaridlarni amalga oshirish uchun alohida savdo maydonchasi to‘la-to‘kis faoliyat yuritishini ta’minlasin; davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, korxonalar va tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari e’tiboriga, tashkil etilgan savdo maydonchasidagi elektron savdolarda ishtirok etish qoidalarini, jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali, ma’lumot uchun yetkazsin. 5. Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliya subyektlari, korxonalar va tashkilotlarning ijro etuvchi organlari rahbarlari zimmasiga elektron xaridlarni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlash hamda ushbu qaror talablarini bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2013-yilning 1 mayigacha: O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida elektron savdolarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni; qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1475-sonli qarorida: a) 2-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “markazlashtirilgan manbalar hisobidan davlat xaridlarini amalga oshirayotgan barcha tashkilotlar maxsus axborot portalida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchini aniqlash yoki tender (tender savdolari) o‘tkazish sanasidan kamida 30 kun avval bo‘lajak xaridlar to‘g‘risidagi e’lonlarni, shuningdek shartnoma (kontrakt)lar tuzilgan kundan boshlab uch kun ichida buyurtmalarni joylashtirish natijalari to‘g‘risidagi axborotni berishlari shart, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”; b) 5-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining davlat xaridlari bo‘yicha birja savdosi qatnashchilaridan undiriladigan komission yig‘im miqdori har ikki tarafdan bitim summasining 0,05 foizidan oshmasligi lozim, yetkazib beruvchilarning zakalat miqdori esa Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”; v) 2-ilovaning 6-bandi: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yetkazib beruvchilarning zakalat miqdorini belgilash”; yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 3-dekabrdagi PQ-1871-sonli qarori 3-ilovasining VII bo‘limidan 9-satri chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31 maydagi 251-sonli qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., №5, 50-modda) 9-bandi tiklanib, quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashiga mustaqil ravishda birjaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash va xodimlar sonini belgilash huquqi berilsin”.
123
7,350
Qonunchilik
Toshkentda yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida kadrlar tayyorlanadi
Prezidentning 20.07.2018 yildagi «Toshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ–3875-son qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan. Quyidagilar «MMFI» MTYaU filiali faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi: Oʻqitish Oʻzbekiston davlat ta’lim standartlarining talablari inobatga olingan holda, bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. «MMFI» MTYaU filialiga qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hisobga olingan holda, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, bosh muassasa bilan kelishilgan holda tayyorlangan, Iqtisodiyot vazirligining asoslantirilgan takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga oʻqish tamomlanganidan soʻng bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi. Davlat grantlari asosida oʻqiganlar respublika ishlab chiqarish-sanoat tarmoqlari tashkilotlarida kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi. Filial quyidagi manzilda joylashadi: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻbek shaharchasi, Xuroson koʻchasi, 1-uy. Filialga beriladigan binolar rekonstruksiya qilinadi va jihozlanadi. Oliy ta’lim muassasasi 2021 yil 1 yanvarga qadar muddatda filialni jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter teхnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar va moddiy-teхnika resurslari bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi. Oliy ta’lim muassasasining ma’muriyatiga хorijiy mutaхassislarni jalb qilish va ularning institutda ishlashlari uchun zarur hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirishda yordam beradilar. Oleg Gayevoy.
80
2,398
Qonunchilik
KOMMUNAL XIZMATLARGA TARIFLARNI ShAKLLANTIRIShDA XARAJATLAR TARKIBINI ANIQLASh VA RENTABELLIKNING ChEKLANGAN DARAJASINI JORIY ETISh BO‘YIChA NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 39-modda) va 2005-yil 23-sentabrdagi PF-3662-sonli “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda) farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) va 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda) qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qarorlari to‘plami, 2000-y., 9-son, 61-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qarorlari to‘plami, 2001-y., 4-son, 23-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq qaror qilamiz: 1. Ilova* qilinayotgan “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizom” (yangi tahrirda) tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 3-iyuldagi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 51, 4-2/4-3-253, 01-629-sonli va “O‘zkommunxizmat” agentligi “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizom to‘g‘risida”gi qarori (2001-yil 4-avgust, ro‘yxat raqami 1059 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-yil, 15-son); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 6-oktabrdagi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligi 112, 11, 01-1053-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 13-oktabr, ro‘yxat raqami 1059-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son). 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng amalga kiritilsin.
171
3,461
Qonunchilik
YoSh ISTE’DODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
Yosh iste’dod egalarining jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar va san’at jamoatchiligining yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish haqidagi takliflari ma’qullansin. “Nihol” mukofoti yakka va turkum musiqiy asarlar yaratish va ijro etishda yuksak badiiy mahorat ko‘rsatgan, 25 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarga har ikki yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Nihol” mukofoti sovrindorlariga har ikki yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 70 barobari miqdorida 15 ta pul mukofoti ajratilishini, sovrinlarni tayyorlash, matbaa, reklama va tashkiliy ishlar bilan bog‘liq tegishli sarf-xarajatlarning qoplanishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
66
1,250