folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VITSE-PREZIDENTI LAVOZIMINI TUGATISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOSh VAZIRI LAVOZIMINI TA’SIS ETISh VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI (ASOSIY QONUNI)GA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKIS
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Vitse-prezidenti lavozimini tugatish hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimini ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari komiteti amaldagi qonunlarga mazkur Qonundan kelib chiqadigan o‘zgartishlarni kiritish haqida takliflar tayyorlasin.
250
611
Qonunchilik
“Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan “Tumanlar va shaharlar ko‘chalarida vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida”gi elektron jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga “Mening fikrim” veb-portali orqali “Tumanlar va shaharlar ko‘chalarida vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida”gi elektron jamoaviy murojaat (bundan buyon matnda jamoaviy murojaat deb yuritiladi) kelib tushdi. 10 000 dan ziyod ovoz to‘plagan ushbu jamoaviy murojaatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘rnatilgan amaldagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqichma-bosqich almashtirish haqidagi taklif bayon etilgan. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvorliklaridan biridir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, shu jumladan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. O‘zbekiston yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr), Yo‘l belgilari va signallari to‘g‘risidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr), Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiyaga (YuTShK) (Jeneva, 1956-yil 19-may) va boshqa shu kabi muhim xalqaro shartnomalarga qo‘shildi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda. 2017-yil 11-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3127-sonli Qarori qabul qilindi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-mayda qabul qilingan 377-sonli Qarori bilan “2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi” hamda ushbu Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibi belgilandi, yo‘l-transport hodisalarini profilaktika qilish tizimi takomillashtirildi, yo‘l harakatini nazorat qilishning yuqori samaradorligini, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish imkoniyatini ta’minlovchi yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish tizimi kengaytirildi. Yo‘l harakati qoidalari buzilishlarining videokuzatuvi va ularni qayd etish tizimidan keng foydalanilmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning va transport vositalari hamda yo‘llarning texnik holatini yaxshilashning barqaror huquqiy asoslarini yaratish, yo‘l infratuzilmalarini rivojlantirish va yangi inshootlar qurish, yo‘l harakati ishtirokchilarining malakasi hamda madaniyatini yuksaltirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir profilaktika ishlarining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha tizimli va izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakatimizda har yili 10 mingdan ziyod yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, ular natijasida ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘lmoqda. Yo‘l-transport hodisalarining yarmidan ko‘pi piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq. Yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan harakat qoidalarini qo‘pol ravishda mensimaslik, haydovchilarning haydash malakasi va madaniyati pastligi yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablaridir. Xalqaro tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina mamlakatlarda (Germaniya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Polsha, Chexiya, Shveysariya, Finlyandiya, Tailand va hokazo) vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan svetoforlar keng qo‘llaniladi. Xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan svetoforlar chorrahalar xavfsizligini oshiradi, avariyalar sodir bo‘lishini hamda tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi. O‘zbekistonda oddiy svetoforlarni vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan svetoforlarga bosqichma-bosqich almashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Chunonchi, hozirgi paytda mavjud 1943 ta svetofordan 563 tasi (28%) vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan ta’minlangan. Bu yil mamlakatimiz bo‘yicha 85 ta shunday svetofor o‘rnatish, shu jumladan 20 tasini poytaxtda o‘rnatish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 1986 va 1991-yillarda qabul qilingan amaldagi “Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari”, “Svetoforlar” davlat standartlari ancha eskirgan hamda yo‘l harakatining tegishli tarzda tartibga solinishini ta’minlamaydi. Shu sababli ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani hisobga olgan holda ushbu sohada yangi davlat standartlarini qabul qilish zarurati mavjud. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda elektron jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddatda: Serqatnov chorrahalardagi amaldagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqichma-bosqich almashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini; yangilangan “Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari”, “Svetoforlar” standartlari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ilg‘or xalqaro va xorijiy tajriba hisobga olingan holda ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini ta’minlasin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ushbu Qarorning mohiyati ijrochilarga yetkazilishini hamda ahamiyati aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3. Ushbu Qaror “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilsin. 4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi zimmasiga yuklatilsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
239
6,275
Qonunchilik
Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash shartlari va tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom qoidalari veterinariya ishlab chiqarish xizmatlari xodimlariga hamda xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tavsiyaviy xususiyatga ega. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: davlat veterinariya xizmati xodimi — hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo bo‘lishining, tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati ko‘rsatilishiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs; xavfli mehnat sharoiti — ta’siri davlat veterinariya xizmati xodimining jarohat olishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti; zararli mehnat sharoiti — ta’siri davlat veterinariya xizmati xodimining kasallikka chalinishiga (sog‘lig‘ining zararlanishiga) olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti. 4. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash ularning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama (foiz miqdorida) to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 5. Quyidagi davlat veterinariya xizmati xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) 12 foizli ustamalar belgilanadi: Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, laboratoriya (veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari) mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari; Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari, laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari; Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi direktori va uning o‘rinbosari; veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni standartlash va sertifikatlash bo‘limi mudiri, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari; tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazorati bo‘yicha mutaxassislar, hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar, veterinariya uchastka mudirlari, veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari; kasallik yuqtirilmagan hayvonlar uchun (sinov laboratoriya hayvonlari yetishtiruvchi) vivariy mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari; Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinariya punktlari veterinariya feldsherlari (dezinfektorlar), veterinariya-sanitariya uchastkalari veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (dezinfektorlar), veterinariya sanitarlari; davlat veterinariya xizmati muassasalari maxsus avtomobil haydovchilari. 6. Quyidagi davlat veterinariya xizmati xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) 24 foizli ustamalar belgilanadi: Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari mikrobiologiya, virusologiya, mikologiya, parazitologiya, bakteriologiya, serologiya, taksikologiya laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklari) veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari; Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazidagi mikroorganizm shtammlarini nazorat qilish bo‘limi, veterinariya dori vositalarini va oziqabop qo‘shimchalarini aprobatsiya qilish bo‘limi, veterinariya dori vositalari va oziqabop qo‘shimchalarining sifati va muomalasi davlat nazorati bo‘limi mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar) veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari; Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti gelmintologiya, protozoologiya, gelmintozoonoz, patanatomiya, virusologiya, brutsellyoz va tuberkulyoz laboratoriyasi mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari; kasalliklarning jonli qo‘zg‘atuvchilari yuqtirilgan hayvonlar bilan ishlash (sinov-laboratoriya hayvonlari yetishtiruvchi) vivariy hamda rentgen kabinetlarida ishlaydigan bo‘lim mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari. Davlat veterinariya xizmati xodimiga u ishlayotgan mehnat sharoitining zararliligidan kelib chiqib, to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalarning (12 yoki 24 foizli) har ikkalasi ham to‘g‘ri kelgan holatlarda, uning lavozim maoshiga 24 foizli ustama belgilanadi. 7. Xavfli va zararli mehnat sharoitlarda ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha to‘lovlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb ataladi) moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom qoidalari ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari xodimlariga hamda xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tavsiyaviy xususiyatga ega. 3. Xodimlarga ish haqi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishgan hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tarif razryadlaridan kelib chiqib hisoblanadi. 4. Xodimlarning ish faoliyati samaradorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida, shuningdek, ular tomonidan mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni ta’minlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sun’iy urug‘lantirish ishlarini tizimli tashkil etishni ta’minlaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan moddiy rag‘batlantirish tadbirlari amalga oshiriladi. 5. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda: xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik xizmatlari uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga ustama; O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadigan shaxsiy ustamalar; oylik, choraklik, yil yakuni bo‘yicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar; ishdagi yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirishlar; ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar; xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ular sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam; xodimlarning hayotini sug‘urta qilish yoki boshqa turdagi to‘lovlar belgilanadi. 6. Xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik xizmatlari uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga quyidagi ustamalar budjet mablag‘laridan har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz; 5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz; 10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz; 15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz; 20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz; 25 yildan ortiq — 30 foiz. 7. Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Qo‘mitaning malakali, tashabbuskor xodimlariga rais tomonidan veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanadi. 8. Ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar beriladi. 9. Yangi yil, 8-mart xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayram kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanadi. 10. Ishdagi yutuqlari uchun xodimlarni oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdorda moddiy rag‘batlantiradi. 11. Xodimlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Zarur holatlarda, ish haqi fondi doirasida (kam ta’minlangan oilalar, xodimning davolanishi, to‘y, ma’raka va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli to‘lanadi. 12. Shaxsiy ustamalar, mukofotlar va moddiy rag‘batlantirishlar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari bilan ustamalar va qo‘shimcha haqlar, shuningdek budjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 (20) foizlik qo‘shimcha (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi. 13. Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar to‘lanadi. 14. Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshiriladi. 15. Quyidagilar xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 16. Quyidagilar xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; Davlat veterinariya qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari (pulli veterinariya xizmati ko‘rsatishdan, vaqtincha foydalanilmagan mol-mulkni ijaraga berishdan tushumlar, beg‘araz olingan yordamlar va qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar); qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 17. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
133
13,895
Qonunchilik
SIRDARYo VILOYATINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILIShIGA BA’ZI O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ma’muriy-hududiy tuzilmalarni maqbullashtirish va takomillashtirish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasini yanada oqilona shakllantirish maqsadida va “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi takliflari qabul qilinsin: a) Sirdaryo viloyatining Mehnatobod tumanini alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatib, mazkur tuman egallab kelgan hududlarni Mirzaobod tumani tarkibiga (Bahoriston, Yo‘ldoshobod qishloqlari va “Yangiyer” baliqchilik xo‘jaligi hududi hamda “Turkiston” o‘rmon xo‘jaligi hududining bir qismi) va Xovos tumani tarkibiga (Binokor, Zafarobod, Turkiston, Chamanzor, Qahramon, Husniobod qishloqlari hududi va “Turkiston” o‘rmon xo‘jaligi hududining bir qismi) qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi; b) Oqoltin tumani hududining bir qismini (Barlos, Chinobod qishloqlari hududi va “Sirdaryotelekom” yordamchi xo‘jaligi) Mirzaobod tumani tarkibiga; Xovos tumani hududining bir qismini (Do‘stlik qishlog‘i, “Shirin” shirkat xo‘jaligi, “2-Farhod” shaharchasi, Guliston davlat universitetining o‘quv xo‘jaligi va Ichki ishlar vazirligi harbiy qismining yordamchi xo‘jaligi) Boyovut tumani tarkibiga; Sharof Rashidov tumani hududining bir qismini, Uchtom qishlog‘i bilan birgalikda, Oqoltin tumani tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi; Yangiyer shahrining Xovos shaharchasini Xovos tumani tarkibiga o‘tkazib, uni tumanning ma’muriy markazi etib belgilash to‘g‘risidagi; v) Sharof Rashidov tumanining nomini Sardoba tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi. 2. Sirdaryo viloyatining Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Xovos tumanlari va Yangiyer shahrining chegaralari grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar: tugatilgan xalq deputatlari Mehnatobod tuman Kengashi hududida joylashgan saylov okruglari va boshqa o‘tkazilayotgan hududlardagi saylov okruglaridan saylangan deputatlar tegishincha xalq deputatlari Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari Kengashlari deputatlari ekanliklari; nomi o‘zgartirilgan Sharof Rashidov tuman xalq deputatlari Kengashi deputatlari xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sirdaryo viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritilayotgan davrda tuman xo‘jaligi tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashkiliy tartibda va bir maromda boshqarilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 5. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi muhokamasiga kiritilsin.
93
2,822
Qonunchilik
ROSSIYA FEDERATSIYASI DAVLAT DUMASI BELOVEJ BITIMLARINI BIR TOMONLAMA BEKOR QILISh TO‘G‘RISIDA QAROR QABUL QILINGANLIGI HAMDA SOBIQ SOVET HUDUDIDAGI DAVLATLARARO MUNOSABATLARDA YuZ BERAYOTGAN AYRIM JARAYoNLAR MUNOSABATI BILAN O‘ZEKISTON RESPUBLIKASI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari Kengashlari Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Belovej bitimlarini bir tomonlama bekor qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi, Belorussiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida shartnoma, shuningdek Belorussiya va Rossiya o‘rtasida hamjamiyat tuzish haqida shartnoma imzolanganligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilib, qaror qiladilar: 1. Qayd etilsinki, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining mohiyatiga ko‘ra SSSRni qayta tiklashga qaratilgan qarori g‘ayriqonuniy bo‘lib, xalqlarning suvereniteti va o‘z taqdirini o‘zi belgilash hamda tashqaridan aralashuvsiz o‘z kelajagini o‘zi hal etish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalari va prinsiplarini qo‘pol suratda buzadi. O‘zbekiston parlamenti mamlakat ko‘p millatli xalqining xohish-irodasini bajara borib, 1991-yil 31-avgustda, Belovej bitimlari tuzilishidan ancha ilgari O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. Bu mustaqillik 1991-yil 29-dekabrdagi umumxalq referendumida ham tasdiqlanib, unda fuqarolarning 98,2 foizi o‘z davlatlarining mustaqilligi va suverenitetini qat’iy yoqlab ovoz berdi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mazkur voqealar yuzasidan bildirgan fikr va xulosalari qo‘llab-quvvatlansin. Davlatlararo integratsiya va kooperatsiyaning Prezident tomonidan bayon etilgan beshta sharti barcha davlat tuzilmalarining bu boradagi amaliy faoliyati uchun asos tariqasida ma’qullansin. 3. Shu narsa ta’kidlab o‘tilsinki, u yoki bu suveren davlatning “chuqur integratsiya” deb atalmish turli bitimlar yoki shartnomalarga qo‘shilishi, integratsiyalashgan davlatlarning har xil hamjamiyatlarini tuzish har bir alohida davlatning erkin huquqi, ichki ishidir. 4. Sobiq Ittifoqni har qanday shaklda, u Yevroosiyo Ittifoq bo‘ladimi, federatsiya yoki konfederatsiya bo‘ladimi, qayta tiklashga qaratilgan hamda millatlar ustidan turuvchi tuzilmalar yaratishni nazarda tutadigan davlatlararo ittifoqlar va birlashmalarda ishtirok etish suveren, mustaqil davlatning maqomiga zidligi sababli O‘zbekiston Respublikasi uchun maqbul emas deb hisoblansin. Integratsiya niqobi ostida bugungi kunda suveren va mustaqil davlatlarni hamda ularning xalqlarini o‘tmishga qaytarish, totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimini va kommunistik mafkurani qayta tiklashga qaratilgan tashabbuslar va intilishlar ayniqsa xavflidir. 5. O‘zbekiston Respublikasining barcha manfaatdor tuzilmalari MDH doirasida integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida bu munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish tadbirlarni ko‘rish zarur deb hisoblansin. Integratsiya teng huquqlilik asosida va o‘zaro foydali bo‘lishi, har biri o‘z kuchi va imkoniyatiga tayanadigan hamda xalqaro e’tirof etilgan normalarga muvofiq shaxsiy va umumiy manfaatlar yo‘lida boshqa mamlakatlar bilan ixtiyoriy hamkorlik qiladigan davlatlarning mustaqilligi, suvereniteti va erkinligini kamsitmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi uchun uni qarama-qarshi turuvchi bloklarga qaytarishga hamda uning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish sari intilishini cheklashga qaratilgan urinishlar ham mutlaqo nomaqbuldir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari Kengashlari butun xalqning xohish-irodasini ifodalab, shuni ma’lum qiladilarki, O‘zbekiston o‘zi tanlab olgan, mustaqil demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvga qaratilgan yo‘ldan hech qachon qaytmaydi va o‘z mamlakatining gullab-yashnashini, uning barcha fuqarolari munosib turmush kechirishini ta’minlaydi.
249
3,969
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining: 2002-yil 22-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi; 2002-yil 18-noyabrda qabul qilingan “A. R. Muhamedovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida”gi; 2002-yil 11-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida”gi; 2002-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha Komissiya tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlansin.
85
784
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ittifoq bo‘ysunishidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tishi to‘g‘risida” 1991-yil 22-iyuldagi qaroriga muvofiq hamda respublika xalq xo‘jaligining gidrometeorologiya ta’minotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. SSSR Gidrometeorologiya davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublika gidrometeorologiya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi (“Boshgidromet”) ga aylantirilsin. “Boshgidromet” markaziy apparati xodimlarining soni 24 nafardan iborat etib belgilansin (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni hisobga olinmagan holda). “Boshgidromet” boshlig‘iga markaziy apparatning tuzilishi va shtat jadvalini xodimlarning belgilangan soni va mehnat haqi fondi doirasida tasdiqlash huquqi berilsin. “Boshgidromet”ga uch nafar boshliq o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari hamda 7 kishidan iborat hay’atga ega bo‘lishga ruxsat etilsin. 2. SSSR gidrometeorologiya davlat qo‘mitasining V.A.Bugayev nomidagi O‘rta Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Eksperimental aerokosmik asbobsozlik maxsus konstruktorlik byurosi “Boshgidromet” ixtiyoriga berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “Boshgidromet” quyidagilarni amalga oshiradi: gidrometeorologiya sohasida tarmoqlararo boshqaruv va respublikaning butun hududida tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini kuzatish; xalq xo‘jaligi davlat boshqaruv organlarining, mudofaa va xavfsizlikning, shuningdek, aholining gidrometeorologiya ta’minoti; vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan gidrometeorologik va boshqa geofizik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha olib boriladigan ishlarni nazorat qilish. 4. Belgilab qo‘yilsinki, “Boshgidromet” respublika mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan asosiy ishlar bilan birga xo‘jalik shartnomalari asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologiya xizmati ko‘rsatish ishlarini bajarishi mumkin. 5. Gidrometeorologiya xizmati tizimida amal qiluvchi quyidagi imtiyozlar “Boshgidromet” xodimlari uchun saqlab qolinsin: borish qiyin bo‘lgan stansiyalar xodimlarini bepul ovqat bilan ta’minlash; bepul maxsus kiyim bilan ta’minlash; vafot etgan yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotgan hollarda muassasa hisobidan sug‘urta qilish; aviameteorologiya bo‘linmalari xodimlarining imtiyozli yo‘l haqi. 6. “Boshgidromet” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorolgiya Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini va ushbu qarorning 5-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan loyihasini bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston shartnoma va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi kvotalarni taqsimlashda moddiy-texnika resurslari ajratishni, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi esa “Boshgidromet” ning faoliyat ko‘rsatishi va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Boshgidromet”ga 2 ta xizmat avtomobilini, shu jumladan, bittasini O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligining umumiy foydalaniladigan tizimidan saqlashga limit ajratsin. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi ajratilgan limitga muvofiq “Boshgidromet” ga xizmat transportining xizmat ko‘rsatishini ta’minlasin.
63
3,744
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Resp
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 30-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
865
Qonunchilik
Poytaхtda isitish mavsumi yakunlandi
26 mart kuni Toshkent shahar hokimi «2017/2018 yillardagi isitish mavsumini yakunlash toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. «Toshissiqquvvati» DUKda Norma.uz portaliga хabar berishlaricha, isitish tizimidagi sinovlar yakunlanishiga qarab bosqichma-bosqich oʻchiriladi.  Bir vaqtning oʻzida «Toshissiqquvvati» DUK va kommunal хizmat koʻrsatish sohasidagi boshqa korхonalar, shuningdek tuman hokimliklari va хususiy uy-joylar mulkdorlarining shirkatlariga kelgusi isitish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrilishini ta’minlash topshirildi.
36
539
Qonunchilik
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
196
705
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining Kotibiyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin: 2006-yil 13-iyulda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”; 2006-yil 10-avgustda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi B.H. Ubaydullayev to‘g‘risida”. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
95
482
Qonunchilik
Haqiqiy emas bitim: sabablari va oqibatlari
Har kuni fuqarolik munosabatlari ishtirokchilari oʻrtasida turli хildagi talay bitimlar tuziladi. Va, shartnomaviy munosabatlarga kirishgan holda hamma muayyan huquqiy oqibatlar barpo etishga intiladi. Bunda istalgan natijaga erishmaslik хatari mavjud, shu jumladan agar taraflar oʻrtasida tuzilgan bitim haqiqiy emas boʻlsa. Bizning sharhimizda – bunday bitimlar va salbiy oqibatlarni oldini olish yuzasidan bir nechta amaliy maslahatlar. Muhim! Tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish shartlari qonunchilik bilan tartibga solingan. Ular jumlasiga: qonunchilik bilan koʻzda tutilgan shaklga rioya qilmaslik; mazmunning qonunchilikka nomuvofiqligi; bitim tuzayotgan jismoniy va yuridik shaхslarning unda ishtirok etishga qobiliyatsizligi; bitim ishtirokchilarining хohish va irodalarining nomuvofiqligi. Amaliyotdan: Yuridik shaхslar oʻrtasida kanselyariya buyumlari yetkazib berish shartnomasi tuzilgan. Shartnomada koʻzda tutilgan 100% oldindan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yetkazib beruvchi oʻz majburiyatlarini bajardi – buyurtma berilgan tovarlar partiyasini хaridor manziliga yuklab joʻnatdi. Biroq hujjatli tekshirish chogʻida vakolatli organlar tomonidan koʻrsatilgan shartnoma tuzilgan paytda yetkazib beruvchida ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziya mavjud emasligi aniqlandi. Bu haqiqiy emas bitimning aniq misoli. Bunda yetkazib beruvchi tegishli ruхsat beruvchi hujjatga  ega boʻlmasdan bitim tuzgan, bu bilan oʻzining huquqiy layoqatidan tashqariga chiqqan, buni FKning 125-moddasi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatadi.   ________________ 125-modda. Yuridik shaхs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimning haqiqiy emasligi Yuridik shaхs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaхs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. ________________ Qayd qilamizki, koʻrsatilgan normani tushuntirgan OXS Plenumi litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilgan, toʻхtatib turilgan yoki litsenziya bekor qilingan hollarda yuridik shaхs tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish faktini qoidabuzarliklar jumlasiga tenglashtiradi. Koʻrsatilgan bitim turi nizolashilayotgan toifaga kiritiladi, ya’ni u faqat sud qarori2 bilan haqiqiy emas  deb topilishi mumkin. Qonun yuridik shaхs muassisi (ishtirokchisi)ga, shuningdek davlat organlariga bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida nizo qoʻzgʻatishga huquq beradi. Mazkur chora eng avvalo litsenziyalanadigan faoliyat turini  amalga oshiradigan shaхslar bilan bitimlar boʻyicha kontragentlar manfaatlarini himoya qilish meхanizmi boʻlib хizmat qiladi. Shunday qilib, ham korхonaning oʻzining yoki uning muassisi (ishtirokchisi) da’vosi boʻyicha, ham litsenziyalovchi organning3 arizasi asosida taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma хoʻjalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb topiladi. Bu shartnoma taraflari uchun nimani anglatadi? Umumiy qoidalarga koʻra, bunday shartnoma taraflar uchun qandaydir oqibatlarni keltirmaydi, bundan uni haqiqiy emas deb topish oqibatlari mustasno. Keltirilgan misolda,  garchi taraflar tomonidan shartnoma shartlarini bajarishga (pullar oʻtkazilgan, tovar yuklab joʻnatilgan) qaratilgan muayyan harakatlar amalga oshirilgan ekan, bitim haqiqiy emas deb topilganligi bois taraflar shartnoma tuzilgunga qadar boʻlgan dastlabki holatga qaytishlari kerak. Bu хaridor tomonidan olingan tovarlarni sotuvchiga qaytarish zarurligini (tovarni naturada taqdim etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda uning qiymati pul ekvivalentida kompensatsiya qilinadi), tovar uchun oʻtkazilgan pul mablagʻlarini esa хaridorga qaytarish zarurligini bildiradi4. Diqqatni ancha ahamiyatli yana bir nozik jihatga qaratishni хohlardik. Koʻrib chiqilayotgan holatda, tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishdan va tegishli oqibatlarni qoʻllashdan tashqari yetkazib beruvchi korхona mansabdor shaхslariga Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksning 165-moddasiga asosan 10 dan 20 EKIH miqdorida jarima solinadi. Koʻrsatilgan harakatlar ma’muriy undiruvdan keyin takroran sodir etilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 190-moddasi boʻyicha javobgarlik yuz beradi. Qonunchilik bilan bitimlarning ayrim turlarini tuzishga ayrim shaхslarning qobiliyatlarini belgilovchi boshqa talablar ham koʻzda tutiladi. Masalan, Davlat korхonalari toʻgʻrisida Nizom5 bilan unitar korхona mol-mulkini tasarruf qilish faqat mazkur mol-mulk egasi, ya’ni davlat korхonasi muassisi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi  mustahkamlangan. Shuningdek qonunchilik bilan jamiyat tomonidan yirik bitim6 tuzish tartiboti tartibga solingan. Muassislar tomonidan oʻz manfaatlarini himoya qilishning kafolati sifatida maхsus kiritiladigan ayrim cheklovlar yuridik shaхslarning ta’sis hujjatlarida ham saqlanishi mumkin. Shuning uchun oʻrnatilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitim manfaatdor shaхslar arizasiga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Qonunga zid emasmi? FKning 116-moddasi tufayli qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim haqiqiy emas deb topiladi. Bitim taraflari uchun bu shartnomaviy munosabatlarning tegishli turini tartibga soladigan huquqiy normalarni oʻrganish zaruratini bildiradi, chunki qonun chiqaruvchi kelishuvlarning ayrim turlarini haqiqiy boʻlmagan kelishuvlar jumlasiga kiritib, ularga nisbatan ayrim cheklovlarni kiritadi.  Fuqarolik kodeksida saqlanadigan bunday cheklovlarning ayrimlari mana bular: garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir; garov bilan ta’minlangan majburiyatning muddati oʻtgan qismi bajarilgan taqdirda qarzdor yoki garovga qoʻyuvchining undiruvni garov ashyosiga qaratishni toʻхtatish huquqini cheklovchi kelishuv ham haqiqiy emas deb topiladi;  garovga qoʻyuvchiga qonun hujjatlari bilan taqdim qilinadigan huquqlarga  nisbatan uning huquqlarini cheklovchi lombarddagi ashyolar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir; hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan, oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish хuddi hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartlar kabi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas; gʻayriqonuniy manfaatlarni sugʻurtalash toʻgʻrisidagi shartlar ham  oʻz-oʻzidan haqiqiy emas hisoblanadi. Misol tariqasida muomalada boʻlishi cheklangan ob’yektlar  – oʻqotar qurol, giyohvandlik vositalari yoki  ularning prekursorlari, psiхotrop moddalar va h.k. bilan bitimlarni ham keltirish mumkin. Agar, olaylik, sotishga ruхsat berilgan tur ostida haqiqatda taqiqlangan ashyolar sotilayotgan boʻlsa, u holda: birinchidan, koʻrsatilgan bitimlar haqiqiy emas deb topiladi; ikkinchidan, shunday tarzda sotilgan ashyolar va preparatlar musodara qilinadi; va uchinchidan, savdo qatnashchilari ularning noqonuniy muomalada boʻlishi uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Bitimlar tuzish jarayonida  oʻz ichiga хoʻjalik shartnomalari namunalari, shuningdek ularni tayyorlash va rasmiylashtirish boʻyicha ekspert tavsiyalarini oladigan “Korхona yuristi” dasturiy mahsulotiga amal qilishni sizga maslahat beramiz. *** Xulosada qonunchilikni buzib tuzilgan bitimlarning salbiy oqibatlarini oldini olishga yordam beradigan bir nechta maslahatlar beramiz: bitim tuzishda uning shakli va mazmuniga nisbatan normativ hujjatlar talablarini diqqat bilan oʻrganing; kontragentlardan ularning shunga oʻхshash turdagi bitimlar tuzishga qobiliyatligidan guvohlik beruvchi qoʻshimcha hujjatlarni, shu jumladan, agar shartnoma predmeti litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻlsa, ruхsat berish tusidagi hujjatlarni soʻrab oling; bitim tuzish jarayoniga yuristlarni jalb qiling yoki hech boʻlmaganda, shartnoma loyihasining amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqligi yuzasidan yuridik хulosa oling. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.  Mavzuga doir materiallar: Avtomobilni хaridini oхirigacha rasmiylashtir Aхborotni notoʻgʻri oshkor qilish qanday oqibatlarga sabab boʻladi Shartnomada neustoyka: jarima yoki penya 1  OXS Plenumining “Oʻzbekiston  Respublikasi Fuqarolik kodeksining  bitimlarni haqiqiy emas deb topish  toʻgʻrisidagi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” qarori. 2 Nizolashilayotgan bitimlardan farqli oʻlaroq, oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlar sud qaroridan qat’i nazar avval boshdan haqiqiy emas hisoblanadi. 3 Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga (VMning 5.11.2005 yildagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan) asosan litsenziya talabgori roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi shahar (tuman) hokimligi litsenziyalovchi organ hisoblanadi. 4 Yuridik adabiyotda ta’riflangan tartibot ikki tomonlama restitutsiya deb nomlanadi.  5 Vazirlar Mahkamasining 16.10.2014 yildagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan. 6 Oʻzbekiston Respublikasining 06.05.2014 yildagi OʻRQ-370-son “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Qonunning yangi tahriri 84-moddasiga qarang.
43
9,073
Qonunchilik
"E-SUD" tizimi takomillashtirilmoqda
Hozirgi vaqtda  "E-SUD" – milliy elektron sudlov aхborot tizimi sudlarga internet orqali murojaat qilish, sud jarayonlarining borishi haqida хabardor boʻlib turish hamda chiqarilgan sud hujjatlarini elektron shaklda qabul qilib olish imkoniyatini yaratgan.  Bu qulaylikdan kelgusida majburiy ijro va advokatura tizimi хodimlari ham unumli foydalanishi, ularning sudlar bilan elektron munosabatlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Zero, bu tizim ish unumdorligining oshishi, ortiqcha qogʻoz sarfiga chek qoʻyish, turli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarining avtomatlashishiga yoʻl ochadi. Poytaхtimizda «Ye-SUD» milliy elektron aхborot sudlov tizimidan foydalanish tartibi va uni yanada kengaytirish istiqbollariga bagʻishlab oʻtkazilgan seminar-treningda shu haqda soʻz yuritildi.  Aхborot tizimlari sudlar tizimida хavfsiz elektron hujjat aylanishini ta’minlash, ishlarni koʻrish samaradorligining oshishiga хizmat qilmoqda. Bu tizim murojaat qiluvchilarga qulaylik yaratish bilan birga, sud хodimlari tomonidan oʻz mansabini suiiste’mol qilish holatlariga barham berishda ham muhim omil boʻlayotir. «E-SUD» tizimiga fuqarolik ishlari boʻyicha 75 sudning barchasi ulangan. Tizim taraflarning ovoragarchiligi, turli sansolarliklar, ortiqcha qogʻozbozlik va boshqa sarf-хarajatlarga chek qoʻymoqda.  Interfaol shaklda oʻtkazilgan treningda milliy elektron sudlov aхborot tizimining maqsad va vazifalari, undan foydalanish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berildi. Erishilgan natijalar muhokama qilinishi bilan birga, tizim doirasida yangi modul va хizmat turlarini joriy etish, uni boshqa aхborot tizimlari va manbalari bilan integratsiya qilish masalalari ham tahliliy koʻrib chiqildi. Joriy  yil yanvar oyidan beri sudlarga 265 mingdan ortiq ariza va da’vo arizalar elektron shaklda kelib tushgan. Ayni paytda ularning 60%i qanoatlantirilgan. Zamonaviy tizimlar keng joriy etilishi yurtdoshlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish samaradorligi oshishiga хizmat qiladi. Alijon NAZAROV, «Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik»  loyihasining "Elektron hukumat" boʻyicha mutaхassisi.
36
2,107
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 991-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. 6-bandda: “b” kichik banddagi “500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan yoki unga ekvivalent” so‘zlari “2 mlrd so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin; “v” kichik banddagi “1 million AQSh dollaridan” so‘zlari “4 mlrd so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 12-bandda: sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘larini Kengash tomonidan belgilangan tartibda parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi”. 3. 13-bandning oltinchi xatboshidagi “taqdim etish” so‘zlaridan keyin “hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish” so‘zlari qo‘shilsin. 4. 14-banddagi “budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda” so‘zlari “Kengash tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. 15, 34 va 89-bandlardagi “Jamg‘arma Kengashi” va “Jamg‘arma Kengashiga” so‘zlari tegishli ravishda “Kengash” va “Kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. 21-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Jamg‘arma faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xarid qilish, Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda operatsiya xarajatlarini, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash va mehnatga haq to‘lashga tenglashtirilgan to‘lovlarni hamda rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarni to‘lash xarajatlarini amalga oshirish”. 7. 22-banddagi “20” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin. 8. 35-bandning birinchi xatboshidagi “1 million AQSh dollaridan” so‘zlari “4 mlrd so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin, “ekvivalentda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 9. 41 va 68-bandlardagi “3 (uch)” so‘zlari “2 (ikki)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Quyidagi mazmundagi 411-band qo‘shilsin: “411. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, ularni ko‘rib chiqishning to‘g‘riligi va imtiyozli kreditlar ajratilishi, shuningdek imtiyozli kreditlar ajratish va ular bo‘yicha kompensatsiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi”. 11. 42-banddagi “bir hafta” so‘zlari “3 (uch) ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. 43-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi”. 13. 44-bandga “Jamg‘arma” so‘zidan keyin “1 (bir) ish kuni mobaynida” so‘zlari qo‘shilsin. 14. 45-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “45. Bosh tijorat banki ijobiy qarorni olgandan so‘ng bu haqda darhol bank filialiga xabar beradi. Shu bilan birga, bosh bankdagi vakolatli shaxs bank, Jamg‘arma va kredit oluvchi o‘rtasida kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risida uch tomonlama shartnomani imzolaydi hamda uni 1 (bir) ish kuni mobaynida kichik tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili imzolashi uchun bank filialiga yuboradi”. 15. 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “47. Jamg‘arma kompensatsiya taqdim etishni rad etgan taqdirda bosh tijorat banki bank filialini darhol bundan xabardor qiladi. Bank filiali kreditlar bo‘yicha kompensatsiya berish rad etilgani haqida xabarnomani olganidan so‘ng kichik tadbirkorlik subyektiga kredit ajratish rad etilgani xususida ma’lum qiladi. Bunda bank filiali kichik tadbirkorlik subyektiga umumiy ravishda belgilangan tartibda bozor shartlarida kredit shartnomasi tuzishni taklif etadi”. 16. 49-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “49. Tijorat banklari belgilangan tartibda: “Ushbu Nizomga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” 12800 hamda “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar” 14400 alohida balans hisob raqamlarida muddatlar va qarz oluvchilarning turlari bo‘yicha ajratilgan kreditlarning hisobini yuritadi; Kompensatsiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan hisoblangan foizlarni olish” 16325 alohida balans hisob raqamlarida Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlar hisobini yuritadi”. 17. 50 va 83-bandlarning ikkinchi xatboshidagi, 56-banddagi “5 (besh)” so‘zlari “3 (uch)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 18. 51-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “51. Jamg‘arma kompensatsiyasi kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq bir paytning o‘zida bank reyestri asosida bir qancha kredit shartnomalari bo‘yicha bankning “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bunda “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga tushgan mablag‘lar bankning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan” hisoblangan foizlarni olish” 16300 hisob raqamiga avtomatik ravishda o‘tkaziladi”. 19. 54, 55 va 57-bandlardagi “52” raqami “53” raqami bilan almashtirilsin. 20. 61-banddagi “500 ming AQSh dollaridan oshmaydigan yoki kafillik olish uchun ariza taqdim etilgan kundagi ekvivalent miqdorida beriladi” so‘zlari “2 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda beriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. 63-bandda: birinchi xatboshiga “Mazkur Nizomga muvofiq” so‘zlaridan keyin “faqat” so‘zi qo‘shilsin; oltinchi xatboshidagi “65” raqami “66” raqami bilan almashtirilsin. 22. Rus tilidagi matnda: 65-bandning birinchi xatboshidagi “Poruchitelstva” so‘zi “Poruchitelstvo” so‘zi bilan almashtirilsin. 23. 69-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “69. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘arma kafilligini olish uchun bosh tijorat banki tomonidan yuborilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilgandan so‘ng 5 (besh) ish kuni mobaynida: taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi. Jamg‘arma, zarur bo‘lganda, 1 (bir) ish kuni mobaynida bosh bankdan yetishmayotgan axborotni (hujjatlarni) so‘rab oladi; ushbu Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan umumlashtirilgan ma’lumotlarni ushbu Nizom shartlariga muvofiqlik yuzasidan tekshiradi; kafolat olish uchun ariza ma’qullangan taqdirda xulosani rasmiylashtiradi va unga kichik tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotni ilova qiladi”. 24. 70-banddagi “uch kun muddatda” so‘zlari “2 (ikki) ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 25. 71-banddagi “besh kun muddatda” so‘zlari “3 (uch) ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 26. 79-bandning birinchi xatboshidagi va 81-bandning oltinchi xatboshidagi “75” raqami “78” raqami bilan almashtirilsin. 27. 1-ilovada: “Muddatlar” ustunining “3-bosqich” pozitsiyasidagi “3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin; “Muddatlar” ustunining “5-bosqich” pozitsiyasidagi “5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin. 28. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
202
7,888
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Respublika aholisini o‘simlik yog‘i bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, tashqi bozordagi salbiy konyunktura o‘zgarishlarining mamlakatimiz ichki bozoridagi narx-navoga va ijtimoiy holatga ta’sirini yumshatish hamda ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatidan 60 — 69-pozitsiyalar chiqarib tashlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
173
963
Qonunchilik
“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-287-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 13-noyabrda kiritilgan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-287-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
184
719
Qonunchilik
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-dekabrdagi 116, 2013-47-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2551, 2014-yil 8-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 2-son, 27-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
197
1,077
Qonunchilik
Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 2274-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 2) 2278-modda: birinchi qismining dispozitsiyasidagi “va ularni tasarruf etish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 3) 2279-modda: nomidagi “Qiyoslash vositalarini” degan so‘zlar “Bojxona identifikatsiyalash vositalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bojxona identifikatsiyalash vositalarini o‘zgartirish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yo‘qotish, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukxonasini, yuklangan tovarlarni qonunga xilof ravishda ochish, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 4) 22710-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 5) 22714-modda: uchinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar musodara qilinib” degan so‘zlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar musodara qilinib” degan so‘zlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 22716-modda: birinchi qismining dispozitsiyasidagi “jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin o‘ttiz kun ichida ularni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, agar bunday olib chiqish shart bo‘lsa, — tovarlarni va transport vositalarini musodara qilishga sabab bo‘ladi”; uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin; to‘rtinchi qismining dispozitsiyasidagi “jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; beshinchi qismining dispozitsiyasidagi “uchinchi” degan so‘z “to‘rtinchi” degan so‘z bilan almashtirilsin; 7) 22718-modda: birinchi qismining dispozitsiyasidagi “va ularni tasarruf etish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda tasarruf etish, — fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 8) 22719-modda: birinchi qismining: dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan so‘zlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar musodara qilinib” degan so‘zlar “tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 22720-modda: birinchi qismining: dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; sanksiyasidagi “fuqarolarga” degan so‘z chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 10) 22721-modda: birinchi qismining: dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib” degan so‘zlar “tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining: dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan so‘zlar “tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismining: dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, bundan ushbu Kodeksning 22722-moddasida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”; sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan so‘zlar “tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 22722-modda birinchi qismining: dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlarni musodara qilib” degan so‘zlar “tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 12) 22723-modda birinchi qismining: dispozitsiyasidagi “qiyoslash vositalaridan” degan so‘zlar “bojxona identifikatsiyalash vositalaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sanksiyasidagi “fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib” degan so‘zlar “tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 13) 22725-modda: birinchi qismining dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 14) 22726-moddaning dispozitsiyasidagi “agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 15) 271-moddaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasining birinchi qismida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar mustasno”; 16) 287-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6) ushbu Kodeksning 901, 1842, 1843, 1851, 189, 1891, 198, 227, 2271 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan”; 17) 291-modda birinchi qismining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) ushbu Kodeksning 901, 198, 227 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan”; 18) 294-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma’muriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish choralarini qo‘llash nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u ma’muriy sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, musodara qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish alohida hollarda, agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
181
13,390
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi QL-484-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 9-aprelda kiritilgan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi QL-484-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
130
684
Qonunchilik
DORI VOSITALARI VA TIBBIYOT BUYuMLARINI IShLAB ChIQARISh UChUN MO‘LJALLANGAN IMPORT QILIShDA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘IDAN OZOD QILINADIGAN XOM AShYoLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 6-maydagi 5-3-6/28, 53, EG-01/10-2053 va 01-02/8-9-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009-yil 20-apreldagi 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1952, 2009-yil 8-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 19-20-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xomashyolar ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 1. 60-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. 158-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. 539 va 540-pozitsiyalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Quyidagi mazmundagi 614 — 1028-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: 5. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “in bulk” — qadoqlash, oxirgi joylash va yorliqlash bosqichlaridan tashqari barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgan tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan farmatsevtik mahsulotdir”. 6. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar “O‘zfarmsanoat” DAK bilan kelishilgan.
213
1,746
Qonunchilik
Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; Iste’molchilarga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari 2-ilovaga muvofiq; 2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda: Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin; ushbu qaror bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq namunaviy shartnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar issiqlik ta’minoti tashkilotlari — issiqlik energiyasini yetkazib beruvchilar bilan ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasi iste’molchilari, shuningdek issiqlik ta’minoti jarayoniga jalb qilingan manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, ular o‘rtasida shartnomalar tuzish va issiqlik sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avariya — issiqlik ta’minotining to‘xtatilishiga yoxud hajmining pasayishiga va issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatishga olib kelgan issiqlik ta’minoti tizimlarining buzilishi yoki ishdan chiqishi; isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimi — issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan ichki va tashqi joylaridagi muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalar (shu jumladan issiqlik punktlari), shu jumladan isitish va issiq suv ta’minotining kvartira ichidagi tik quvurlari, shuningdek isitish va (yoki) issiq suv ta’minoti xizmatlarini bajaruvchi tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun tik quvurlar (markazlashtirilgan isitish va yoki issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lmaganda); kvartira ichidagi asbob-uskuna — ko‘p kvartirali uyning turar joy yoki noturar joy xonasidagi va ko‘p kvartirali uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlari tarkibiga kirmaydigan ulardan foydalanilgan holda issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari, mexanik, sanitariya-texnik uskuna va boshqa asbob-uskuna (tarmoqlar, jo‘mraklar va issiq suv uchun mo‘ljallangan aralashtirgichlar, radiatorlar va shu kabilar); issiq suv ta’minoti — ko‘p kvartirali uylarda Iste’molchilarni tarmoqni turar joy va noturar joy xonasiga ulash bo‘yicha zarur hajmlarda beriladigan zarur sifatga ega bo‘lgan issiq suv bilan kecha-kunduz ta’minlash; issiqlik tarmog‘i va foydalanish javobgarligining balans mansublilik chegarasi (keyingi o‘rinlarda balans mansublilik chegarasi deb ataladi) — issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi bilan belgilanadigan issiqlik tarmoqlaridan foydalanilganligi uchun javobgarlik (majburiyat) belgisi bo‘yicha issiqlik tarmoqlarining ajralish liniyasi; turar joy xonasi — belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, fuqarolarning doimiy yashashiga, shuningdek ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxonalar, manevrlashtirilgan turar joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz keksalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va maxsus mo‘ljallangan boshqa uylar) sifatida belgilangan tartibda foydalanish uchun mo‘ljallangan xona; issiq suvni individual hisobga olish asboblari (keyingi o‘rinlarda individual hisobga olish asbobi deb ataladi) — issiq suvning (uning harorati 50-75o S doirasida bo‘lishi kerak) real hajmini yoki uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha Iste’molchi issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun Etkazib beruvchi bilan o‘zaro hisob-kitob qiladigan texnika xavfsizligi, foydalanish, ta’mirlashga yaroqlilik, o‘zaro almashtirish, qurilmalar indikatorlariga erkin yaqinlashish bo‘yicha texnik shartlar talablarini qondiradigan suvning turli miqdor oqimlarini o‘lchash uchun zarur va yetarli gradatsiyalar bo‘yicha ishlab chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaga ega bo‘lgan quvur kesimi orqali o‘tadigan issiq suvdagi issiqlik energiyasi hisobining sifat (miqdor) hisobini amalga oshiruvchi o‘lchov vositasi; Ijro etuvchi — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, isitish va issiq suv ta’minoti tizimlaridan foydalangan holda Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan uy ichidagi tizimlarga xizmat ko‘rsatish va ularning texnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaxs; aloqa bog‘lash yo‘llari — ko‘p kvartirali uylarda Etkazib beruvchi tomonidan, shu jumladan telefon, elektron pochta bo‘yicha, Internet-saytlar orqali (kommunal soha uchun ixtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari) tashkil etiladigan va saqlanadigan Etkazib beruvchi va Ijro etuvchi (Iste’molchi) o‘rtasidagi aloqa bog‘lash yo‘llari, shuningdek aloqa bog‘lash va Ijro etuvchilarni (Iste’molchilarni) xabardor qilish uchun ko‘p kvartirali uylardagi Iste’molchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa aloqa bog‘lash shakllari; issiqlik energiyasini iste’mol qilishning normativ hajmi — ko‘p kvartirali uylarda individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini aniqlashda foydalaniladigan Iste’molchi tomonidan issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi); issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi (keyingi o‘rinlarda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi deb ataladi) issiqlik beruvchi va teskari quvurlar orqali o‘tadigan, berilgan issiqlik energiyasini va issiqlik manbaini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi, Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun Etkazib beruvchi bilan uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qiladi; isitish — ulangan tarmoq orqali isitiladigan turar joy xonasida havo haroratining me’yorini saqlash; isitiladigan maydon — turar joy xonalarining umumiy maydoni. Isitish asboblari (isitiladigan yuzalar bilan) yoki issiqlik ta’minotining uy ichki tizimlariga ulangan xonalarga birlashtirilgan holda qayta rejalashtirilgan (isitiladigan yuzalar bilan) peshayvonlar, balkonlar, ayvonlar va terrasalar maydoni isitiladigan maydon hajmiga kiradi; rejali uzib qo‘yish — Ijro etuvchi va Iste’molchi bilan belgilangan tartibda oldindan kelishilgan va xabardor qilingan holda rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash jadvali bo‘yicha issiqlik tarmoqlarini Etkazib beruvchi tomonidan ta’mirlash va profilaktika ishlarini bajarish uchun isitishlar oralig‘i davrida Iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish. Etkazib beruvchi — issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida issiqlik energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs; Iste’molchi — ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti shartnomasi bo‘yicha yoki boshqa qonuniy asosda xonaga mulk egasi huquqidan foydalanuvchi, issiqlik ta’minoti shartnomasi bo‘yicha issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; professional boshqaruvchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi asosida ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi yuridik shaxs; loyihalash hujjatlari — issiqlik ta’minoti tizimlariga ulash loyihasining texnik shartlariga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar; hisob-kitob davri — issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi) aniqlanishi kerak bo‘lgan vaqt davri. Hisob-kitob davri kalendar oyga teng etib belgilanadi; issiqlik ta’minoti tizimi — texnologik jihatdan issiqlik tarmoqlariga ulangan issiqlik energiyasi manbalari va issiqlik iste’moli tizimlari majmui; xonalarning mulkdorlari — ko‘p kvartirali uyda qonun hujjatlariga muvofiq turar joy yoki noturar joyga mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; issiqlik ta’minoti — turar joy va noturar joy xonalar mulkdorlarining isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini issiq suv (issiqlik manbai) bilan ta’minlash; issiqlik punkti (elevator bog‘lamasi) — quyidagilar uchun mo‘ljallangan bog‘lama: issiqlikdan iste’mol (isitish, issiq suv ta’minoti) turlariga qarab issiqlik manbaini taqsimlash; issiqlik manbai parametrlarini, issiqlikni iste’mol qilish rejimini hisobga olish va nazorat qilish; tezkor qayta ulashlarni amalga oshirish. texnik shartlar — markazlashtirilgan kommunal isitish tizimiga ulanish uchun issiqlik bilan ta’minlash tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma. 3. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi hamda mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, issiqlik ta’minotining barcha tashkilotlari Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiydir, ular Iste’molchilar tomonidan kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi. 4. Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Etkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi. Ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin. Bunda issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma tuziladi. 5. Isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarga, shu jumladan issiqlik punktiga (elevator bog‘lamasiga) texnik xizmat ko‘rsatish Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va shu kabilar) bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha, to‘lov asosida Etkazib beruvchi yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. 6. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Iste’molchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: turar joy yoki noturar xonaning mulkdori shaxsini tasdiqlovchi hujjat; ko‘p kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo bo‘lgan sana; ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘linmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma; tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun); issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar xonaning mulkdori uchun); 7. Issiqlik ta’minoti shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi: iste’mol va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari; balans mansublilik chegaralari; issiqlik energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatish yoki cheklash shartlari; haq to‘lash tartibi, vaqti, tariflar va shartlar; iste’molchiga issiqlik energiyasini yetkazib bermagan yoki to‘liq hajmda yetkazib berilmagan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish; hisobga olish asboblari bo‘yicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi); issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilishning asosiy shartlari; tomonlarning huquq va majburiyatlari; tomonlarning javobgarligi; nizolarni hal etish tartibi; tomonlarning rekvizitlari; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar. 8. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga amal qiladilar. 9. Ijro etuvchi tomonidan isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimni foydalanish uchun texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash sharti bilan Etkazib beruvchi Iste’molchiga sifatiga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi shart. 10. Ko‘p kvartirali uyda xonalar mulkdorlarining umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tayyorligini ta’minlash Ijro etuvchiga yoki ko‘p kvartirali uyda xonalarning mulkdorlariga (ushbu uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yuklanadi. 11. Isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining texnik holati va ulardan foydalanishga, asbob-uskunalarga, asboblarga qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etilishini nazorat qilish kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 12. Iste’mol xossalari va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak, ya’ni: isitish bo‘yicha — belgilangan tartibga ko‘ra xonalarni isitish bo‘yicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20o S, agar ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18o S bo‘lishi lozim; issiq suv ta’minoti bo‘yicha — issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 — 75o S bo‘lishi kerak. Bunda: suvning epidemiya xavfsizligi; suvning qulay organoleptik xossalari; suvning inson organizmiga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi ta’minlanishi kerak. 13. Xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Etkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi. Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8oSdan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8oS yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak. 14. Turar joy xonalarini isitish tizimi issiqlik ta’minoti sohasidagi normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi hamda ulardan turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga muvofiq foydalanilishi kerak. 15. Quyidagilar: ko‘p kvartirali uylarning ayrim turar joy va noturar joy xonalarini isitishning ushbu tizimlarini issiqlik jihatidan va gidravlik qayta tartibga solmaslik uchun isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish; isitish asboblariga qo‘shimcha seksiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek qayta jihozlash bo‘yicha talablarga rioya etmasdan isitish uchun radiatorlarning kamgaygini olib tashlash va isitish hamda sanitariya-texnik asboblar joyini o‘zgartirish taqiqlanadi. 16. Iste’molchi issiqlik energiyasi to‘liq uzib qo‘yilishi va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi tanaffus to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiriladi (ko‘p kvartirali uyning barcha kirish joylaridagi e’lonlar taxtasiga yoki ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi doirasida e’lon joylashtirish, shuningdek tanaffuslar vaqti ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari orqali). 17. Odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan ishlarni bajarish maqsadida issiqlik tarmoqlaridagi yoxud issiqlik energiyasi manbalaridagi yoki isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarida avariyali va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha Etkazib beruvchi, boshqaruvchi tashkilot tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan zarur chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan Issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, kelishmasdan va Iste’molchini ogohlantirmasdan, biroq uni 2 sutkada darhol xabardor qilgan holda issiqlik ta’minotini to‘xtatish yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi. 18. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va kommunal xizmatlar, shu jumladan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qiluvchi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu Qoidalar doirasida iste’mol xossalari parametrlarini, xizmatlar ko‘rsatish rejimini aniqlashtirishga hamda aholi punktining iqlim sharoitlarini va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda sifatning kafolatli darajasini belgilashga haqlidir. 19. Aholini markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iste’molchilarni mahalliy issiqlik ta’minoti (modul, lokal, bug‘ qozonxonasi, isitish qurilmalari) bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rishi shart. Mahalliy bug‘ qozonxonasi qurish mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, keyinchalik Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun tezkor boshqarish va xizmat ko‘rsatish huquqi bilan Etkazib beruvchiga (yoki boshqaruvchi tashkilotda texnik va moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tashkilotga) beriladi. 20. Isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish oqibatida yangi ko‘p kvartirali uylarni issiqlik ta’minotining mavjud tizimiga birlashtirish yoki mavjud ko‘p kvartirali uylarning shartnomaviy miqdorlariga nisbatan issiqlik yuklamasini ko‘paytirish uchun ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish (rekonstruksiya qilish) boshlangungacha texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, birlashtiriladigan issiqlik tarmoqlarining balans mansubligidan qat’i nazar, Etkazib beruvchidan texnik shartlar olinishi zarur. Texnik shartlar to‘lov undirilmasdan beriladi. 21. Texnik shartlar Etkazib beruvchi tomonidan: issiqlik ta’minotining yangi tizimlari birlashtirilganda — buyurtmachining (quruvchining) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalashtiruvchining; Ijro etuvchining, ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlarining (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yoki ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimlari rekonstruksiya qilinganda yoki kengaytirilganda — ularning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalashtiruvchining arizasi bo‘yicha beriladi. Arizada loyihalashtirilayotgan obyektni, uni loyihalashtirish va qurish muddatini, joylashgan joyini (kartografiya materiali), issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha loyiha yechimi va talablariga asoslangan issiqlik iste’moli turlari (isitish, issiq suv ta’minoti) bo‘yicha issiqlik yuklamalarini tavsiflovchi ma’lumotlar qisqacha ko‘rsatiladi. 22. Etkazib beruvchi ushbu Qoidalarning 21-bandida ko‘rsatilgan ariza olingandan keyin ikki hafta muddatda yangidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minotiga dastlabki texnik shartlarni beradi, ular uchun ularni turli maydonlarda joylashtirish variantlarining texnik-iqtisodiy qiyoslashlari yoki qurilishni (rekonstruksiya qilishni) asoslash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bajariladi. Tashqi issiqlik ta’minoti sxemalari o‘zgartirilishini talab etuvchi ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha mo‘ljallangan loyiha yechimlarini kelishish qurilish uchun maydonni tanlashda Etkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 23. Texnik shartlarda: a) issiqlik ta’minoti manbai va ishonchliligi darajasi, asosiy va zaxira kiritishlardan keyin issiqlik tarmoqlariga yoki elektr stansiyalar va issiqlik markazlari kollektorlariga ulash nuqtasi, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli; b) boshqa iste’molchilarning yuklamalari hisobga olingan holda asosiy va zaxira kiritishlarni birlashtirish nuqtalarida issiqlik manbai va gidravlik rejim parametrlari; v) isitishga, ventilatsiyaga, issiq suv ta’minotiga va texnologik ehtiyojlarga arizada ko‘rsatilgan tegishli miqdorlarga bo‘lgan holda umumiy maksimal soatli issiqlik yuklamasi; g) hisobga olishga va hisobga olishning uydagi umumiy asbobini o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar; d) quvurlar hamda kanallar va kameralar (bo‘shliqlar), tamba va tartibga soluvchi armatura o‘rnatishga, quvurlarni izolatsiyalashga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarining asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar; e) isitish-ventilatsiya va texnologik yuklamalarni birlashtirishning issiqlik sxemasi va issiq suv ta’minoti yuklamasi; j) loyihalashtirish va ishlarni bajarish qancha davom etishining amaldagi normalari hisobga olingan holda belgilangan texnik shartlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi. 24. Ulashni nazorat qilish va Iste’molchilarning issiqlik yuklamasini aniqlash maqsadida texnik shartlarning bir nusxasi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Etkazib beruvchida qoladi. 25. Etkazib beruvchi tomonidan berilgan texnik shartlar ariza beruvchilarning, shuningdek issiqlik ta’minotining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ushbu vazifa yuklangan loyiha tashkilotlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi. Texnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin, amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Texnik shartlar belgilangan tartibda har gal 2 yilga uzaytirilishi mumkin. Etkazib beruvchining issiqlik tarmoqlariga yangi yoki qo‘shimcha issiqlik yuklamalarini birlashtirishga yangi texnik shartlarni buyurtmachi (quruvchi) yoki boshqaruvchi tashkilot, Iste’molchi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda oladilar. 26. Davlat yoki xususiy uy-joy fondining maqsadlari va vazifalari o‘zgarganda berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin ushbu turar joy fondini boshqarish huquqi berilgan uy-joy mulkdorlari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarning 21 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda yangi texnik shartlarni olishlari kerak. 27. Texnik shartlarga muvofiq litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti loyihasi qurilish ishlari boshlangunga qadar Etkazib beruvchi bilan kelishilishi kerak. Issiqlik ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqishda texnik shartlar va normativ hujjatlar talablaridan chekinish aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga kelishish rad etilganligi asoslangan holda xat yuboriladi. Buyurtmachi (quruvchi), boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra loyiha tashkiloti rad etishga sabab bo‘lgan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etishga haqlidir. 28. Iste’molchilarning qo‘shimcha yuklamalari bilan bog‘liq bo‘lgan issiqlik ta’minoti tizimining ishlab turgan inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish Etkazib beruvchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 29. Ko‘p kvartirali uyning yangidan birlashtiriladigan, rekonstruksiya qilinadigan issiqlik ta’minoti tizimi belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga, qurilish sohasidagi texnik shartlarga, normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi hamda turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari hamda texnika xavfsizligi normalariga javob berishi kerak. 30. Buyurtmachi (quruvchi, boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari) pudrat tashkilotidan issiqlik ta’minoti tizimini ushbu Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo‘yicha qabul qiladilar. Shundan keyin buyurtmachi (quruvchi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot, ko‘p kvartirali uylardagi xonalarning mulkdorlari) “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga talablarga javob beradigan loyiha, texnik va foydalanish hujjatlarini belgilangan tartibda, shuningdek ulardan vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadida ko‘zdan kechirish uchun o‘z issiqlik ta’minoti tizimlarini taqdim etishga majburdirlar. 31. Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarida montaj qilishda kamchiliklar, berilgan texnik shartlardan yoki Etkazib beruvchi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan loyiha hujjatlaridan chekinish aniqlanganda, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tayyorlangan xodimlar bo‘lmagan, ushbu Qoidalar va texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinmagan, ular texnika xavfsizligi va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmagan hollarda ularni foydalanishga qo‘yish sanab o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi. Faqat “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini foydalanishga qo‘yish uchun berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘p kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimidan foydalanishga ruxsat etilishi mumkin. Ko‘p kvartirali uyning maxsus tayyorlangan xodimlarga ega bo‘lmagan issiqlik ta’minoti tizimidan faqat issiqlik ta’minotining ushbu tizimlari shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruvchi tashkilotga berilgan taqdirda foydalanishga ruxsat etilishi mumkin. 32. Etkazib beruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalaridan va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi ruxsatnoma mavjud bo‘lganda va Iste’molchilar bilan belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin Iste’molchiga issiqlik energiyasini beradi. 33. Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va foydalanishga ruxsat berilishi uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi javob beradi. Foydalanish jarayonida Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan, biroq bir oyda kamida bir marta belgilanadi. 34. Issiqlik ta’minotining ishlab turgan tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shuningdek ushbu tizimlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi, bunday tizimlar, ishlarni bajarishga xarajatlar summasini to‘lash uchun Iste’molchiga talab qo‘yilgan holda, Etkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining xodimlari tomonidan darhol uzib qo‘yilishi kerak. Issiqlik ta’minoti tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish (yuridik va jismoniy shaxslar) aniqlanganda yoki shikastlanish yoxud issiqlik tizimidan suv oqib ketishi natijasida issiq suv isrof qilinganda Etkazib beruvchining vakili tomonidan ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, ulardan biri ulanishning egasiga yoki Iste’molchiga topshiriladi. Iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnoma Ijro etuvchining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili bilan birgalikda Etkazib beruvchining vakili tomonidan imzolanadi. Ushbu holatda dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi va u Iste’molchining javobgarligi choralarini aniqlash va quyidagi tartibda hisoblab chiqilgan foydalanilgan issiq suv hajmi uchun to‘lashga ko‘chirma berilgan holda Etkazib beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun asos hisoblanadi: o‘zboshimchalik bilan ulanganda isrof qilingan yoki suv oqishi yoxud shikastlanish sababli yo‘qotiladigan suvning miqdori (m3) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 7,76 — suv sarfini o‘lchash doimiy koeffitsiyenti; d — o‘zboshimchalik bilan ulangan quvurning diametri yoki undan suv oqib chiqadigan teshikning ekvivalent diametri, mm; N — o‘zboshimchalik bilan ulangan yoki quvurdagi teshikdan oqib tushadigan issiq suv bosimi, suv stolbasi metri; n — quvurdan suv oqqan muddat, soat. O‘zboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yo‘qolgan issiqlik energiyasi miqdori (Gkal) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: G — o‘zboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yo‘qotiladigan suv miqdori, m3; tissiq s. — o‘zboshimchalik bilan ulangan quvurdagi yoki shikastlanishda oqadigan issiq suv harorati, 0S; tsovuq s. — issiqlik manbaidagi sovuq suv harorati, 0S. Turar joy binosi noturar joy binoga aylantirilganda Iste’molchi yetti kun muddatda issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzishi, hisobga olish asbobini o‘rnatishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Issiq suv ta’minotiga zaruriyat bo‘lmaganda Iste’molchi Etkazib beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi va uzib qo‘yishni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Issiq suv ta’minoti tiklanganda ham Iste’molchi bu haqda Etkazib beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart. 35. Issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. 36. Ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik energiyasining umumiy va individual (bir xonadagi) hajmini (sarfini) aniqlaydigan va issiq suvning real hajmini miqdoriy hisobga oladigan, shuningdek uning sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydigan umumiy va individual hisobga olish asboblari bilan ta’minlanadi. 37. Ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobidan uni balansida saqlovchining (kimning balansida ekanligiga qarab Etkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining) mablag‘lari hisobiga foydalaniladi va qiyoslovdan o‘tkazish amalga oshiriladi. 38. O‘rnatilgandan keyin uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi Ijro etuvchi va Etkazib beruvchining vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibdagi komissiya tomonidan ishga tushiriladi hamda Etkazib beruvchi tomonidan tamg‘alanadi. 39. Ijro etuvchilar Ijro etuvchi va Etkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida issiqlik energiyasini hisobga olishning umumiy asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan issiqlik energiyasi uchun Etkazib beruvchi bilan hisob-kitob qiladilar. 40. Ijro etuvchi issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi saqlanishini ta’minlashi kerak. 41. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari: O‘zbekiston Respublikasining o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilishi; belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilishi; individual pasportiga, qiyoslovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga va tekshirish tamg‘alariga ega bo‘lishi; litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq o‘rnatilishi; Etkazib beruvchi tomonidan tamg‘alangan bo‘lishi; Qiyoslashdan o‘tkazish muddatida qiyoslovdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 42. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i: bosimning o‘zgaruvchan darajasi elektron sarflarni o‘lchagichlar (difmanometrlar) uchun — 1 yilda 1-martani; ultratovush, elektromagnit, oqimli va shu kabi sarfni o‘lchagichlar uchun — 2 yilda 1-martani tashkil etadi. individual hisobga olish asboblari uchun qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i: yuridik shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 4 yilda 1-martani; jismoniy shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 8 yilda 1-martani tashkil etadi. 43. Hisobga olish asboblari o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilmaganda Etkazib beruvchi tomonidan issiq suvni hisoblash, qiyoslovni o‘tkazish vaqtigacha hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha: turar joy binolarida — soz holatdagi hisobga olish asbobining oxirgi qayd etilgan ko‘rsatkichlari vaqtidan boshlab qiyoslov o‘tkazilgungacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha; noturar joy xonalar bo‘yicha — hisobga olish asbobi qiyoslov o‘tkazilgunga qadar hisoblab chiqilgan yuklama bo‘yicha amalga oshiriladi. 44. Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari shkalasining o‘lchov birligi Xalqaro birliklar tizimi (SI) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan quyidagi fizik miqdorlarda ifodalanadi: issiqlik energiyasi sarfi — Gkal.da; issiq suv hajmi — kub metrlarda; issiqlik manbai harorati — Selsiy bo‘yicha darajalarda (0S); atmosferadagi bosim — kgs/sm2 (atm)da ifodalanadi. 45. Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uylardagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilganda) uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari shikastlanganligi holati aniqlanganda yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda Etkazib beruvchini darhol xabardor qiladi. Etkazib beruvchi, o‘z navbatida, bunday buzilish holati aniqlanganda, belgilangan tartibda, Ijro etuvchini, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlarini darhol xabardor qiladi. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 46. Ta’mirlash o‘tkazilishi yoki uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish davrida 30 sutkagacha issiqlik energiyasi hisob-kitobi asboblari ishlamay qolishidan oldingi issiqlik ta’minotining oxirgi 30 sutkasi uchun uning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha (isitish davridagi yoki isitish davridan boshqa davrda issiqlik bilan ta’minlash rejimlari hisobga olingan holda), 30 sutkadan ortig‘i uchun — shartnoma yuklamasi miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi yoki ko‘p kvartirali uydagi xonalar mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) qarori asosida ta’mirlash yoki uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazgunga qadar issiqlik energiyasi iste’molini to‘xtatishga haqlidir, bunda Etkazib beruvchi tik quvur armaturasini tamg‘alaydi, bu haqda qo‘shma dalolatnoma tuziladi. 47. Ko‘p qavatli uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobining shikastlanganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirilmagan hollarda ushbu Qoidalarning 45-bandida qayd etilgan tartibga muvofiq issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob: Ijro etuvchilar (Iste’molchilar) tomonidan Etkazib beruvchi o‘z vaqtida ogohlantirilmaganda — shartnomaviy yuklama miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib; Etkazib beruvchi Ijro etuvchini (Iste’molchilarni) o‘z vaqtida ogohlantirmaganda — issiqlik ta’minotining oldingi 30 sutkada aniqlangan o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha (issiqlik ta’minoti rejimlari hisobga olingan holda isitish davrida yoki isitish mavsumidan boshqa davrda) amalga oshiriladi. 48. Issiqlik energiyasi berishning hisobini yuritish Etkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi yoki ko‘p qavatli uy mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) o‘rtasidagi balans mansublilik chegarasida amalga oshiriladi va ko‘p qavatli uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlarini ko‘rish Etkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari bilan birgalikda amalga oshiriladi. 49. Iste’molchilarning hisobga olish asboblarini sotib olish, o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) Etkazib beruvchi tomonidan Iste’molchilarning (subiste’molchilarning) mablag‘lari hisobiga bajariladi. Bunda Etkazib beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni iste’molchilarga bajarish uchun narxni tartibga solish organlari bilan kelishilgan alohida tariflarni belgilashi lozim. Iste’molchining (subiste’molchining) xohishiga ko‘ra va uning hisobiga individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, ta’mirlash va almashtirish “O‘zstandart” agentligi organlarida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. 50. Etkazib beruvchi Iste’molchiga “O‘zstandart” agentligi tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan individual hisobga olish asboblari turlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart. 51. Individual hisobga olish asboblarini o‘rnatish uchun Iste’molchi Etkazib beruvchiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgandan keyin Etkazib beruvchi uch kun muddatda Iste’molchi bilan individual hisobga olish asboblarini sotib olish va o‘rnatishga shartnoma tuzadi. Shartnomada Iste’molchi tomonidan shartnoma summasining 100 foizini oldindan to‘lash to‘g‘risidagi shart nazarda tutiladi. Bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarni issiq suvni hisobga olish asboblari bilan jihozlash Etkazib beruvchi hisobidan uy-joy mulkdoridan individual hisobga olish asbob qiymatini keyingi 12 oy mobaynida to‘lash shartnomasi asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 52. Etkazib beruvchi yoki “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilot Iste’molchi tomonidan issiq suvni individual hisobga olish asbobi o‘rnatilgan joyga borish imkoni berilishi sharti bilan, to‘lov amalga oshirilgandan keyin 30 kalendar kun mobaynida Iste’molchiga individual hisobga olish asbobini o‘rnatishi shart. Etkazib beruvchi tomonidan individual hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatiga rioya qilinmagan taqdirda Iste’molchi qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyentni to‘lashdan ozod etiladi. 53. Individual hisobga olish asbobini o‘rnatish, ta’mirlash, davlat tekshiruvidan o‘tkazish yoki almashtirish uchun yechib olish bo‘yicha xizmatlar yangidan o‘rnatiladigan individual hisobga olish asbobining raqami yoki o‘rnatish va yechib olish paytidagi hisobga olish ko‘rsatkichlari bilan birgalikda hisobga olishning yechib olinadigan individual hisobga olish asbobi raqami ko‘rsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuzilgan holda, Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida bajarilishi kerak. 54. Individual hisobga olish asbobini o‘rnatish yoki uni yechib olish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni tuzish, shuningdek Etkazib beruvchi tomonidan ularni tamg‘alash bepul amalga oshiriladi. 55. Individual hisobga olish asbobini va ulardagi tamg‘alarning saqlanishi va butligi uchun javobgarlik Iste’molchiga, hisobga olish umumiy asboblarining saqlanishi va tamg‘alarining butligi uchun javobgarlik — balansda saqlovchiga yuklanadi. 56. Individual hisobga olish asboblarining shikastlanganligi, ulardagi tamg‘alarning uzilishi yoki uning butunligi buzilgan taqdirda, shuningdek tekshirish muddati tamom bo‘lganda Iste’molchi bu haqda darhol Etkazib beruvchini xabardor qilishi shart. Ushbu holat bo‘yicha taraflar tomonidan tegishli qo‘shma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik individual hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek rejali tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 57. 56-bandda qayd etilgan tartibga muvofiq bir sutka mobaynida individual hisobga olish asbobining shikastlanganligi to‘g‘risida ogohlantirilmagan hollarda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob issiq suvni hisobga olishning soz holatdagi asbobi ko‘rsatkichlari oxirgi marta qayd etilgan paytdan boshlab tekshirish o‘tkazilgunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha amalga oshiriladi. 58. Etkazib beruvchi Iste’molchilarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimini yil choragida bir marta tekshirishi, Iste’molchilar tomonidan individual hisobga olish asbobi yozib olingan ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini o‘z ma’lumotlari bilan tekshirishi va ular tomonidan issiq suvning iste’mol qilingan hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilishi, shuningdek zarur hollarda yoki Iste’molchining talabiga ko‘ra uy ichidagi issiqlik ta’minoti tizimi yoki uy ichidagi asbob-uskunalarni tekshirishi shart. 59. Iste’molchilar (oldindan kelishuv bo‘yicha yozma yoki og‘zaki shaklda) Etkazib beruvchining vakillari, ularda xizmat guvohnomalari bo‘lgan taqdirda, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asbobi, isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga, kvartira ichidagi asbob-uskunaga ularni ko‘zdan kechirish uchun boshqaruvchi tashkilot vakilining majburiy ishtirokida to‘siqsiz ko‘zdan kechirishlarini ta’minlashi shart. 60. Individual hisobga olish asbobini tekshirish, hisobga olish asbobini yechib olish, tekshirish joyigacha olib borish va u erdan keltirish, hisobga olishning tekshirilgan asbobini o‘rnatish ishlarini, shuningdek tekshirish bo‘yicha metrologiya xizmatlariga haq to‘lashni o‘z ichiga oladi. 61. Individual hisobga olish asbobidan foydalanishning belgilangan cheklangan muddati tamom bo‘lgunga qadar Etkazib beruvchi oldindan (kamida 10 kalendar kundan oldin) Iste’molchiga shartnomada qayd etilgan individual hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tamom bo‘lganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda bildirishnoma yuboradi. Iste’molchi bildirishnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda buyurtmanomani, hisobga olishning individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun Etkazib beruvchining vakillari tomonidan chiqarib olingan kun va vaqtni yozma yoki og‘zaki shaklda (telefon orqali) kelishadi, keyinchalik yechib olish sanasi, individual hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari va tekshirishni o‘tkazish va hisobga olishning tekshirilgan individual hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlari ko‘rsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi. Iste’molchi uzrli sabab bilan (xizmat safari, davolanish, dam olish) hozir bo‘lmagan taqdirda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun yechib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatma olingan kundan boshlab hozir bo‘lmagan davrga uzaytiriladi. 62. Etkazib beruvchining individual hisobga olish asbobini qiyoslovdan o‘tkazish va ta’mirlash, uni yechib olingan kundan boshlab, qayta o‘rnatish va tamg‘alash 15 ish kunidan ortiqni tashkil etmasligi lozim. 63. Individual hisobga olish asboblarini tekshirish yoki ta’mirlash davrida, issiq suv ta’minoti uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob oldingi uch oylik individual hisobga olish asboblarining o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkichlari yozib olingan paytdan boshlab 30 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi. 64. Ko‘p kvartirali uyning pastki qismi Etkazib beruvchi va Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda Iste’molchi) o‘rtasidagi balans mansublilik chegarasi hisoblanadi. Issiqlik punkti binoning tashqarisida joylashgan taqdirda issiqlik tarmoqlari tomonidan elevator bog‘lamasining kirish qopqoqlari gardishlari ajratish chegarasi hisoblanadi. 65. Uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining zarur texnik holati va ulardan foydalanish Ijro etuvchi (Iste’molchi — bunday uy bevosita boshqarilganda) tomonidan ta’minlanadi. 66. Xonadon ichidagi asbob-uskunaning zarur texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanish Iste’molchi tomonidan ta’minlanadi. Bunda uy-joy mulkdoriga tegishli bo‘lgan xonadondagi suv olinadigan tik quvurdan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tarmoqlanishi, xonadon mulkdorining foydalanish bo‘yicha javobgarlik joyi hisoblanadi. 67. Etkazib beruvchiga tegishli bo‘lgan issiqlik tarmoqlarida Iste’molchiga tegishli bo‘lgan qurilmalar va asbob-uskunalar bo‘lmasligi kerak. 68. Isitish davri tamom bo‘lgandan keyin Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda — Iste’molchilar) Etkazib beruvchining vakili hozirligida isitishning uy ichidagi tizimini gidravlik presslashi va keyinchalik uni tarmoqdagi suv bilan to‘ldirgan holda yuvishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnomalar tuziladi. Tizimlarni yuvish uchun vodoprovod suvidan yoki texnik suvdan foydalaniladi. Yuvishning qancha muddat davom etishi, yuviladigan tik quvurning diametri, tarmoqdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ijro etuvchining (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda — Iste’molchilarning) va yuvishni amalga oshiruvchi tashkilotning vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga yoziladi. Uyning ichidagi isitish tizimini yuvish to‘g‘risidagi dalolatnoma Etkazib beruvchi va Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) vakillari tomonidan imzolanadi. 69. Yuvish bo‘yicha xarajatlar Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) hisobiga amalga oshiriladi va umumiy mulkni saqlash hamda ta’mirlashga majburiy badallarni shakllantirishda nazarda tutiladi. 70. Etkazib beruvchining issiqlik tarmoqlarini rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlarni bajarishda issiqlik ta’minotini bir yilda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, belgilangan tartibda uzib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi. 71. Etkazib beruvchi kamida 2 sutka oldin Iste’molchini yozma ravishda ogohlantirgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, quyidagi hollarda issiqlik energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rish huquqiga ega: to‘lovni issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda issiqlik energiyasi uchun to‘lov hujjati bo‘yicha amalga oshirmaslik; Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish; Etkazib beruvchining vakillarini hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirish va ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun hisobga olishning umumiy va individual hisobga olish asboblariga sababsiz qo‘ymaslik. 72. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlar bajarilganda yoki yangi Iste’molchilar ulanganda Etkazib beruvchi ko‘p kvartirali uydagi mavjud xonalarning issiqlik ta’minotini uzib qo‘yish huquqiga ega. Iste’molchilarni ogohlantirish issiqlik energiyasini berishdagi tanaffusni kelishish uchun 7 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda Ijro etuvchi (Iste’molchilar) issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasalar, Etkazib beruvchi ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga ega. 73. Avariyalarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish uchun Etkazib beruvchi Iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish huquqiga ega, biroq uzib qo‘yish sabablari to‘g‘risida darhol bildirishnoma yuboradi. 74. Etkazib beruvchi Iste’molchilar oldida issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar, issiqlik berish parametrlarining pasayishi va issiqlik energiyasini yetkazib bermaslikka sabab bo‘luvchi quyidagi holatlarda: Etkazib beruvchining asbob-uskunasi ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan tabiiy ofatlar, shuningdek yong‘in va tashqi havoning harorati 30S dan past va ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun qabul qilingan hisob-kitobdagi harorat 48 soatdan ko‘p davom etadigan uzoq muddatli sovuq tushishi, birlamchi suv sifatining yomonlashishi; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining xodimlari va Iste’molchilar tomonidan issiqlik ta’minoti rejimi o‘zgarishiga sabab bo‘lgan buzilishlar; bir necha sutka mobaynida Ijro etuvchi yoki Iste’molchilar tomonidan shartnomaviy issiqlik yuklamalari oshirilishiga yoki issiqlik manbai parametrlarining pasayishiga olib kelgan uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yilishi tufayli issiqlik energiyasi to‘liq berilmasligi uchun Iste’molchilar oldida moddiy javob bermaydi. 75. Etkazib beruvchi: issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmda, issiqlik energiyasining ulangan tarmoq orqali uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga va tomonlar bilan kelishilgan rejimiga rioya etishga; issiqlik energiyasini standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq sifat bilan yetkazib berishga; Iste’molchiga ko‘p kvartirali uydagi turar joy va noturar joy xonalarining hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari bo‘yicha ma’lumotlarni berishga; issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik tarmoqlarining balans mansubliligi ajralishi chegarasida issiqlik manbai (issiq suv) parametrlarini saqlashga va: harorat bo‘yicha kamida 500S va 750Sdan yuqori bo‘lmagan; aniqlash nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim bo‘yicha 0,03 MPa (0,3 kgs/sm2) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/sm2)gachadan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka; ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan isitish davrida turar joy xonalarida havo haroratini ta’minlashga; issiqlik beruvchi quvurda havo harorati bo‘yicha issiqlik manbai parametrlarining (+/-) 3 %dan ortiq, suv bosimi bo‘yicha: issiqlik beruvchi quvurda -(+/-) 5 %, issiqlik qaytadigan quvurda -(+/-) 20 KPAdan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka; issiqlik ta’minoti bo‘yicha amaldagi va yangi me’yoriy hujjatlar joriy etilishi to‘g‘risida aloqa kanallari orqali Ijro etuvchini va Iste’molchini xabardor qilishga; tariflardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ular amalga kiritilishidan 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishga; Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul berishga; da’vo muddati doirasida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilarning qarzlarini undirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishga majbur. shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirishga va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborishga. 76. Iste’molchilar (Ijro etuvchi) tomonidan issiqlik ta’minoti yo‘qligi yoki issiqlik manbai parametrlarining shartnomaviy parametrlarga nisbatan pasayishi to‘g‘risida belgilangan tartibda ariza berilgandan keyin Etkazib beruvchi 18 soat mobaynida ariza beruvchining vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomani tuzish uchun o‘z vakili hozir bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek Etkazib beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini qoplashga yoki yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini kelgusi davrdagi o‘zaro hisob-kitoblarda hisobga olishga majbur. Etkazib berilmagan issiqlik energiyasi hajmi Iste’molchi va Ijro etuvchining vakillari ishtirokida Etkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 77. Etkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun to‘liq hajmda javob beradi. Etkazib beruvchi, agar issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati pasayishi yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari buzilishi oqibatida yuz berganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlay olsa, issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. 78. Ijro etuvchi: kvartira ichidagi asbob-uskunalarning texnik va sanitariya holatini ko‘zdan kechirish va zarur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun Iste’molchilar bilan oldindan kelishilgan vaqtda ularning kvartirasiga kirishni, avariyalarni bartaraf etish uchun esa — istalgan vaqtda kirishni talab etish, shuningdek Iste’molchining aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni to‘liq qoplashni undan talab qilish; kvartira ichidagi asbob-uskunalarning holatini ko‘zdan kechirish yo‘li bilan issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati (saqlanishi)ni nazorat qilish huquqiga ega. Ijro etuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega. 79. Ijro etuvchi quyidagilarga majbur: issiqlik energiyasini tegishli hajmlarda va zarur sifatda berish uchun issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlarini zarur tarzda saqlash; ulardan foydalangan holda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga mustaqil ravishda yoki boshqa shaxslarni jalb etgan holda xizmat ko‘rsatish; avariyalarni bartaraf etish, shuningdek Iste’molchining buyurtmanomalarini o‘z vaqtida bajarish, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi va sifati bo‘yicha Iste’molchilarning murojaatlari (arizalari, taklifi, shikoyatlari) hisobini yuritish; isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari va (yoki) issiqlik tarmoqlari va asbob-uskunalari ishida nosozliklar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning mo‘ljallanayotgan to‘xtatib turilishi davri yoki cheklanishining sabablari to‘g‘risida Iste’molchini xabardor qilish; Iste’molchining talabiga ko‘ra issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligining sabablarini aniqlash uchun o‘z vakilini yuborish (tegishli dalolatnoma tuzilgan holda), shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar, issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki sifatsiz ko‘rsatilganligi sababli Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qayd etuvchi dalolatnomani yuborish; ko‘p kvartirali uydagi xonaning ichkarisida rejali ishlar o‘tkazilishidan oldin uch kundan kechikmay ushbu xonaga kirish vaqtini Iste’molchi bilan kelishish yoki Iste’molchining xonasi ichkarisida ishlarni bajarish to‘g‘risida unga yozma bildirishnoma yuborish. Yozma bildirishnomada ishlarning bajarilishi uchun mas’ul xodim (familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), bajariladigan ishlarning turi, sanasi, vaqti va muddatlari ko‘rsatiladi; isitish va issiqlik suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari qayta jihozlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; isitish tizimidan tarmoq suvining oqishi va chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; Etkazib beruvchining vakili bilan birgalikda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi bilan birlashtirish shtutserlarini tamg‘alash, tamg‘alarning, shu jumladan zavod tamg‘alarining saqlanishini ta’minlash; ko‘p kvartirali uyni isitish tadbiriga tayyorlash, shu jumladan germetizatsiya hamda deraza va eshik yoriqlarini (shu jumladan shaxtalar va tuynuklarni) oyna bilan berkitish va isitish yo‘li bilan ko‘p kvartirali uyning umumiy xonalarini (kvartiralar oralig‘idagi maydonchalarni) isitish, kirish yo‘laklarida isitish asboblari, radiator aks ettiruvchilari o‘rnatish, tomlarni yopish materiallarini to‘plash ishlarini bajarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish; isitish davri boshlanishidan bir oy oldin Etkazib beruvchiga uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarining isitish davriga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etish; issiqlik iste’moli rejimiga nisbatan Etkazib beruvchining tezkor ko‘rsatmalarini bajarish; Etkazib beruvchi bilan ta’mirlashlarning hajmi, muddati va jadvallarini kelishgan holda rejali-oldini oluvchi ta’mirlashni va quvurlarni, tik quvur va tartibga soluvchi armaturani sinashni o‘z vaqtida bajarish; issiqlik va issiq suv berilishidan va to‘xtatilishidan 7 kun oldin Iste’molchini ogohlantirish; Etkazib beruvchining buyurtmanomalari bo‘yicha uning vakolatli vakillarining isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga to‘siqsiz kirishini ta’minlash; yetkazuvchining balansidagi issiqlik tarmoqlarini, asbob-uskunalar va uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha oldindan kelishilgan ishlarni bajarish uchun o‘z hududiga Etkazib beruvchini kiritish; uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud bo‘lganda har oyda oyning oxirgi haftasida Etkazib beruvchining vakili bilan birgalikda ularning ko‘rsatkichlarini yozib olish, uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini hisobga olish daftariga yozish, issiqlik energiyasi hajmini Iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash, Iste’molchining talabiga ko‘ra murojaat qilingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida unga ko‘rsatib o‘tilgan daftarni taqdim etish; belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan va issiqlik tarmoqlarining yer osti trassasi o‘tadigan uy atrofidagi hududda: qurilishlar tiklanishiga; materiallar uyilishiga; issiqlik tarmoqlaridan kamida 5 metr masofada daraxtlar o‘tqazilishiga; avariyali ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishiga to‘sqinlik qiluvchi yer qazish ishlari bajarilishiga; issiqlik tarmoqlari o‘tadigan xonalarda odamlar doimiy ravishda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, navbatchi xodimlar bundan mustasno. Ijro etuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 80. Ijro etuvchi, shuningdek ko‘p kvartirali uylarning barcha yo‘laklarida yoki ko‘p kvartirali uylar yaqinida joylashgan e’lonlar taxtalariga quyidagilarni joylashtirishga majbur: dispetcherlik, avariya yoki avariya-dispetcherlik xizmatlarining rasmiy nomi, manzili, ish rejimi, telefonlari raqamlari, Etkazib beruvchi rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi; issiqlik ta’minoti xizmatlariga, issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha alohida tariflarning miqdorlari, ular asosida tariflar qo‘llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tariflar o‘zgargan taqdirda — o‘zgargan tariflarning miqdorlari; issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov tartibi va shakli. 81. Etkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan toraytiruvchi qurilmalarning hisob-kitoblari asosida Ijro etuvchi ularni tayyorlashga va Etkazib beruvchining vakili hozirligida issiqlik punktiga o‘rnatishga majbur. O‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalar Etkazib beruvchining vakili tomonidan Ijro etuvchi bilan birgalikda tamg‘alanadi va saqlash uchun Ijro etuvchiga topshiriladi. Ushbu holat bo‘yicha tegishli qo‘shma dalolatnoma tuziladi. 82. Ijro etuvchi issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga rioya qilish yuzasidan Etkazib beruvchi tomonidan, o‘z shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi sharti bilan, qonun hujjatlariga, ushbu Qoidalarga, issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish sifati uchun javob beradi. 83. Ijro etuvchi Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ma’naviy zarar, shuningdek issiqlik punktining toraytiruvchi qurilmalaridagi va uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblaridagi tamg‘alar buzilganligi uchun to‘liq hajmda javob beradi. 84. Ijro etuvchi, agar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, issiqlik ta’minotining ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini yoki ushbu Qoidalar va issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari Iste’molchi tomonidan buzilganligini isbot qilsa, bunday buzilish uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. 85. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega: ko‘p kvartirali uyda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan, uning mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uzluksiz ko‘rsatilishini talab etish; ushbu Qoidalarga va issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq, ushbu xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etilgan holda, issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilanganidan ortiqcha tanaffuslar vaqti uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lamaslik; qonun hujjatlarida, issiqlik ta’minoti shartnomasida yoki issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifat va tartibda ko‘rsatilmaganda neustoyka (jarimalar, penyalar) to‘lashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish; issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (shaxsan yoki o‘z vakili orqali), shuningdek Etkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni bepul olish; issiqlik ta’minoti xizmatlarining hajmi va sifati, uni ko‘rsatish shartlari, issiqlik ta’minoti uchun to‘lov miqdori va uni to‘lash tartibi o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul olish; buyurtmanomalar yuborilgan paytdan boshlab issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligi va aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani 18 soat mobaynida olish. Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin: 86. Iste’molchi quyidagilarga majbur: individual hisobga olish asboblarining yaqqol ko‘rinib turgan nosozliklari aniqlanganda bu to‘g‘rida Ijro etuvchi (Etkazib beruvchi)ga darhol xabar berish, shu jumladan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tuzilgan shartnomada qayd etilgan telefon, elektron pochta orqali xabar berish; kvartira ichidagi asbob-uskunalarning nosozliklari (avariyalar) aniqlanganda ularni bartaraf etish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish; isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlaridagi avariyalar, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa buzilishlar to‘g‘risida tegishli ravishda Ijro etuvchiga yoki Etkazib beruvchiga darhol xabar berish; issiqlik ta’minotining foydalanilgan xizmatlari uchun to‘lovni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash; issiqlik energiyasidan foydalanishda texnika xavfsizligi choralariga rioya etish; issiq suvni individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini yig‘ish uchun ko‘p kvartirali uyning har bir yo‘lagida yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida o‘rnatilgan metall qutiga solish yo‘li bilan individual hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini Ijro etuvchiga (Etkazib beruvchiga) taqdim etish; individual hisobga olish asboblaridan nazorat ko‘rsatkichlarini yozib olish uchun Etkazib beruvchining vakilini, xizmat guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, oldindan kelishilgan vaqtda qo‘yishni ta’minlash; yuz bergan o‘zgarishlar (egasi, odamlar soni, maydon o‘zgarishi, turar joy fondidan noturar joy fondiga va noturar joy fondidan turar joy fondiga aylantirish) paytidan (kunidan) boshlab 10 ish kunidan kechikmay issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanish shartnomasi shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida Etkazib beruvchini o‘z vaqtida xabardor qilish. Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 87. Iste’molchi isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 88. Iste’molchi uchun quyidagilar taqiqlanadi: isitish tizimidan issiqlik manbaini chiqarib tashlash; uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchal
64
63,116
Qonunchilik
“Ekologik audit to‘g‘risida”gi QL-480-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 20-martda kiritilgan “Ekologik audit to‘g‘risida”gi QL-480-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
91
649
Qonunchilik
1992—1995 YILLARDA ZARAFShON-UChQUDUQ MINTAQASINI IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATDAN JADAL RIVOJLANTIRISh VA NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI KORXONALARINING IShINI BARQARORLAShTIRIShNI TA’MINLASh TADBIRLARI HAQIDA
Hozirgi vaqtda markaziy Qizilqumda qimmatbaho va nodir metallar, fosforitlar, kvars va kvars-polevoshpat qumlari, qurilish va pardozbop toshlarning yirik mineral-xomashyo bazasi yaratildi, qisqa muddat ichida volfram, vanadiy konlarini tayyorlashning geologik istiqbollari aniqlandi. Bu hol mavjud kon-qazish korxonalarini yanada kengaytirish va yangilarini qurish, bu mintaqada yashovchi aholining ijtimoiy sharoitini yaxshilash va farovonligini oshirish uchun real sharoit yaratadi. Lekin moddiy-texnika ta’minotidagi, materiallar, asbob-uskunalar, kimyoviy reagentlar yetkazib berishdagi uzilishlar Muruntov karyerini rivojlantirishni, 1992-yilda oltin chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarishni, Uchquduq shahrida zavod qurilishidagi qurilish-montaj ishlarini va Zarafshon, Navoiy shaharlarida gidrometallurgiya korxonalarini qayta qurishni xavf ostiga solib qo‘ydi. Ijtimoiy sohadagi obyektlarni rivojlantirish ham kechikmoqda. Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga davlat buyurtmasiga muvofiq u realizatsiya qilgan oltinning 40 foizi miqdorida va belgilangan topshiriqdan ortiq topshirgan oltin uchun tushgan foydaning 80 foizi miqdorida valyuta mablag‘lari o‘tkaziladi. 2. “Qizilqumkamyobmetalloltin” konserni ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlarini jalb etgan holda 1992-yilda Oqjetpes, Kosmanachi va Visokovoltnoye konlarining tarkibida kumush bo‘lgan manbalarini qayta ishlash yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligini texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslab bersin, kumushning sotiladigan narxini qayta ko‘rib chiqsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi: “O‘zdavkimyo” konserni bilan birgalikda 1992-yilda Jeroy-Sardara fosforit ma’danlarini sanoat jihatidan texnologiya sinovini o‘tkazib fosfat o‘g‘itlari olsin. Sinov ijobiy natija bersa “O‘zdavkimyo” konserni O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi bilan kelishgan holda manfaatdor tashkilotlarni jalb etib, 1992-yilning ikkinchi yarmida yiliga 300—350 ming tonna konsentrat ishlab chiqaradigan kon va boyitish fabrikasini loyihalashtirishga kirishsin. 1992-1993-yillarda Jeroy kvars qumlari konini razvedka qilib, uning zaxiralarini 4 mln. tonnadan 20 mln tonnaga yetkazsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda sobiq SSSR Atom energetikasi va sanoati vazirligi tomonidan 1991-yilning iyun oyida Markaziy Qizilqumning mineral resurslarini sanoat jihatidan o‘zlashtirishni jadallashtirishning birgalikda ishlab chiqilgan istiqbol Dasturi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. “Sredazgazprom” ishlab chiqarish birlashmasi, “Sredazneftegazstroy” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasi 1992-yilning dekabrida Zarafshon shahriga gaz yetkazib beruvchi tarmoq gaz quvurlarini yotqizishni ta’minlasin. 6. “O‘zshartnomasavdo” “Sredazgazprom” ishlab chiqarish birlashmasi va “O‘rtaosiyoneftgazqurilish” ishlab chiqarish qurilish-montaj birlashmasiga 1992-yilning birinchi yarmida, ilovaga* muvofiq, gaz yetkazib beruvchi tarmoq gaz quvurlari yotqizish uchun moddiy-texnika resurslarini ajratsin. 7. “O‘rtaosiyoneftgazqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasi, “O‘zshartnomasavdo” 1992-yilga ajratilgan neft asortimentidagi quvurlarning 2,8 ming tonnasini Zarafshon shahriga gaz yetkazib beruvchi tarmoq gaz quvurlarini yotqizish uchun yetkazib berishni nazarda tutsin. 8. Mazkur qarorni bajarishni ta’minlash yuzasidan ilova* qilinayotgan tadbirlar tasdiqlansin. 9. Respublika vazirliklari, konsernlari, loyihalash va boshqa tashkilotlari har yilning may oyida mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi haqida O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasiga umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilish uchun axborot bersin.
208
3,797
Qonunchilik
Banklar naqd valyuta bera boshladi
Aprel oyidan boshlab jismoniy shaхslar хalqaro toʻlov kartalariga sotib olingan valyutani naqd shaklda olishlari mumkin. Xalqaro toʻlov kartalariga valyuta oldi-sotdisida ham jismoniy shaхslarning schyotlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilgan. 2018 yil 23 martdagi «Bank хizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3620-son qarorni ijro etish maqsadida ushbu yangiliklar joriy etildi, deya хabar beradi Markaziy bank. Markaziy bankning eslatib oʻtishicha, mijozlar toʻlov kartalari orqali naqd valyutani bank kassasidan olayotganlarida shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) asosida mijoz identifikatsiya qilinadi. Bundan tashqari, tijorat banklari naqd valyuta olinadigan bankomatlar sonini muntazam oshirib boradilar va joriy yil oхirigacha 1000 dan ortiq bankomat oʻrnatiladi. Xalqaro toʻlov tizimlari qoidalariga muvofiq, bitta bank kartasidagi naqd mablagʻlar boshqa banklarda (bankomatlarda yoki toʻlov terminallarida) olinganda qoʻshimcha vositachilik haqi (odatda, olinayotgan summaning 1%i) ushlab qolinadi. TIF Milliy banki, Hamkorbank, Oʻzsanoatqurilishbank, Ipoteka bank, Agrobank, Oriyent finans bank, Aziya alyans bank, Qishloq qurilish bank va Ipak yoʻli banki хalqaro toʻlov kartalariga valyuta sotib olish va sotish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishga tushirdi.
34
1,377
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 34, 27-2017-son qarori (ro‘yxat raqami 2995, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 10/18/2995/1020-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 19-band “apellatsiya komissiyasiga” degan so‘zlardan keyin “imtihon natijalari e’lon qilingan paytdan boshlab 72 soat ichida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 21-banddagi “26-iyulga qadar bo‘lgan muddatda” degan so‘zlar “48 soat ichida shikoyat qilgan shaxslar ishtirokida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 1-ilovada: a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Abituriyentlarning turnikda tortilish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi: 11 marotaba va undan ko‘p tortilganda — 3 ball; 9-10 marotaba tortilganda — 2 ball; 7-8 marotaba tortilganda — 1 ball; 1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — 0 ball.”; b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Abituriyentlarning 100 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi: 14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — 3 ball; 14,5 — 14,8 soniyada bajargan taqdirda — 2 ball; 14,9 — 15,4 soniyada bajargan taqdirda — 1 ball; 15,5 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — 0 ball.”; v) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Abituriyentlarning 3000 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi: 13,20 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajargan taqdirda — 4 ball; 13,21 daqiqadan 14,00 daqiqagacha bajargan taqdirda — 3 ball; 14,01 daqiqadan 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — 2 ball; 14,31 daqiqada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — 0 ball.”.
226
2,362
Qonunchilik
Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash, shuningdek, ularga ko‘rsatiladigan uy-joy kommunal xizmatlar darajasini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar: Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzilganligi; iste’molchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobvarag‘ini joriy etgan holda Toshkent shahri bo‘yicha Kommunal xizmatlarni boshqarish markazi va kommunal korxonalarning billing tizimlari bilan integratsiyalashtirilgan Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish, keyinchalik ushbu tizimni respublika bo‘yicha ommalashtirish yuzasidan choralar ko‘rilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan: 2020 ― 2022-yillar uchun Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli indikatorlar) 1 va 1a-ilovalarga muvofiq; 2019 ― 2021-yillarda Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Toshkent shahar hokimi, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli indikatorlarni o‘z vakolatlari doirasida bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) Toshkent shahar hokimi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi; b) Toshkent shahar tumanlari hokimlari tegishli hududda issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi: issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash; issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashga, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishiga ko‘maklashish; issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga ta’mirlash xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash; issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishini, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish; issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish; v) Toshkent shahar tumanlari hokimlarining issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligi tegishli hududda maqsadli indikatorlarning bajarilishi holati va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yiliga kamida ikki marotaba baholanadi, shuningdek, mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi. 4. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab issiqlik quvurlarini rekonstruksiya qilishda majburiy tartibda issiqlikni saqlovchi, shu jumladan penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolatsiyali va himoya qobig‘iga o‘ralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar ishlatiladi. 5. 2019 ― 2022-yillarda Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini isloh qilishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin: issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazish sarf-xarajatlarini kamaytirish, magistral va uylarning ichki issiqlik ta’minoti tarmoqlarida mavjud yo‘qotishlarni qisqartirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish; issiqlik ta’minoti sohasiga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari, jumladan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda uning iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi faol joriy etilishini ta’minlash; issiqlik ta’minoti sohasida davlat tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha har tomonlama tahlil o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish; issiqlik ta’minoti sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; Qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish; mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining holati to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. Ishchi guruh (A.J. Ramatov) bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etsin. 6. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Kengash va uning doimiy komissiyalari ish rejalarini ishlab chiqishda yiliga kamida ikki marotaba: issiqlik ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish orqali tanqidiy o‘rganish bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazishni; ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish sohasidagi ishlarning holati, shuningdek, aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash sifati to‘g‘risidagi axborotini eshitishni nazarda tutish tavsiya etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har tomonlama tahlil asosida: issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish hamda issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish sohasidagi boshqa miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi 2030-yil uchun Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha maqsadli mo‘ljallarni; joylarda elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya) texnologiyalarini joriy etishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda: zamonaviy va innovatsion resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishni inobatga olgan holda issiqlik saqlaydigan qurilish materiallari ishlab chiqarish standartlarini qayta ko‘rib chiqish; ko‘p kvartirali uylarni qurishda issiqlikni saqlash darajasini baholash tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rsin. 9. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda iste’molchilarning yuklamalari va issiqlik energiyasi manbalarining quvvatlari balansini xatlovdan o‘tkazish asosida ortiqcha quvvatlarni maqbullashtirish choralarini ko‘rsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.O. Ortiqxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
101
7,820
Qonunchilik
2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublika shaharlarida yashayotgan aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish borasidagi tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zmetkombinat” AJ, “Qizilqumsement” AJ va “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining: ustav kapitali 1,0 milliard so‘m miqdorida bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “O‘zshahar qurilish invest” respublika ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zshahar qurilish invest” IK deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi; 1-ilovaga muvofiq, kompaniyaning ustav jamg‘armasida o‘z ulushi bilan ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zmetkombinat” AJ, “Qizilqumsement” AJ va “O‘zbekinvest” MSKni “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasining muassislari etib belgilash to‘g‘risidagi; “O‘zshahar qurilish invest” IK zimmasiga arzon ko‘p kvartirali uylarni to‘liq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma asosida buyurtmachi funksiyalarini, shu jumladan moliyalashtirishni tashkil qilish va qurilishning borishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish, keyinchalik qurilgan arzon ko‘p kvartirali uylarni beriladigan imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga aholiga sotish uchun “Ipoteka bank” ATIBga topshirish vazifasini yuklash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zmetkombinat” AJ, “Qizilqumsement” AJ va “O‘zbekinvest” MSK: ikki hafta muddatda “O‘zshahar qurilish invest” IKning Ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar, shuningdek uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasinlar; bir oy muddatda “O‘zshahar qurilish invest” IKning ustav kapitalini shakllantirsinlar, uning faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash va kompaniyaning zarur moddiy-texnika bazasini yaratish, shuningdek keyinchalik uni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan amaliy choralarni ko‘rsinlar. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda Toshkent shahar hokimligining “Investitsiya dasturlari qurilishi departamenti” DUK “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda “O‘zshahar qurilish invest” IK davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda belgilangan tartibda kreditlar qayta rasmiylashtirilishini amalga oshirsinlar, arzon ko‘p kvartirali uylarni moliyalashtirish bo‘yicha hujjatlar, shuningdek bunday uylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha va loyihadan oldingi hujjatlarni unga topshirsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. 3-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ko‘p kvartirali arzon uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini, namunaviy loyihalarni rasmiylashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini texnik nazorat qilish, shuningdek mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish funksiyalari zimmasiga yuklangan “O‘zshahar qurilish invest” IK — buyurtmachi etib”. 2. 4-bandida: a) ikkinchi xatboshidagi “buyurtmachilarga” so‘zi “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zshahar qurilish invevst” IKning kreditlar bo‘yicha majburiyatlari ta’minoti sifatida aholiga kvartiralar sotilgunga qadar ko‘p kvartirali uylardagi xonalarni keyinchalik sotishdan tushadigan mablag‘larni garovga qabul qilsin”; v) beshinchi xatboshidagi “buyurtmachilarga” va “ularga” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zshahar qurilish invest” IKga” va “unga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 6-bandidagi “buyurtmachilarning” so‘zi “buyurtmachi — “O‘zshahar qurilish invest” IKning” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin. “buyurtmachiga kredit va Dasturni amalga oshirishda qatnashuvchi jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berish uchun AK “Xalq banki” tomonidan “Ipoteka bank” ATIBning, jumladan, 5 yillik imtiyozli davr bilan yiliga 6,5 foiz stavka bo‘yicha milliy valyutada banklararo depozit hisobvarag‘iga berilgan buyurtmalari asosida 20 yil muddatga beriladigan 672,8 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar”. 5. 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “arzon ko‘p kvartirali uylarning massivlarini qurish uchun pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalarning eng yaxshilarini tanlab olish natijalari bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazmagan holda “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan sotib olish”. 6. 11-bandining ikkinchi xatboshidagi “buyurtmachilarga” so‘zi “buyurtmachiga” so‘zi bilan almashtirilsin. 7. 17-bandida: a) oltinchi xatboshidagi “buyurtmachilar” so‘zi “buyurtmachi” so‘zi bilan almashtirilsin. v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zshahar qurilish invest” IK — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga barcha turdagi soliqlar hamda majburiy to‘lovlarni to‘lashdan”.
179
6,470
Qonunchilik
Egallab olingan uchastkada imorat qurayapsizmi – jarimaga tortilasiz
MJTKning 99-moddasi («Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish») yangi tahrirda bayon etildi (2.05.2019 yildagi OʻRQ–534-son Qonunga qarang). Oʻzgartirishlarning mohiyati quyidagilardan iborat. Birinchidan, hozir faqat mansabdor shaхslarga nisbatan qoʻllaniladigan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar fuqarolarga nisbatan ham amal qila boshlaydi. Bunda mansabdor shaхslarning javobgarligi oshiriladi (quyidagi jadvalga qarang). T/r Huquqbuzarlik Fuqarolarga nisbatan jarima (2019 yil 4 avgustdan amalga kiritiladi) Mansabdor shaхslarga nisbatan jarima 2019 yil 4 avgustgacha 2019 yil 4 avgustdan 1 Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob’yektlari mustasno) 5 EKIHdan 10 EKIHgacha 3 EKIHdan 5 EKIHgacha 10 EKIHdan 20 EKIHgacha Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa 10 EKIHdan 15 EKIHgacha 5 EKIHdan 10 EKIHgacha 20 EKIHdan 30 EKIHgacha 2 Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arхitektura yechimlarini buzish 15 EKIHdan 20 EKIHgacha 5 EKIHdan 10 EKIHgacha 30 EKIHdan 40 EKIHgacha Xuddi shunday huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish 20 EKIHdan 25 EKIHgacha 10 EKIHdan 15 EKIHgacha 40 EKIHdan 50 EKIHgacha 3 Ob’yektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy хulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruхsatnomasisiz qurish 25 EKIHdan 30 EKIHgacha 10 EKIHdan 15 EKIHgacha 50 EKIHdan 70 EKIHgacha Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish 30 EKIHdan 40 EKIHgacha 15 EKIHdan 30 EKIHgacha 70 EKIHdan 100 EKIHgacha Ikkinchidan, teskari vaziyat: faqat fuqarolarga tegishli boʻlgan jarimalar mansabdor shaхslar uchun ham qoʻllaniladi, fuqarolarning javobgarligi esa oshiriladi (quyidagi jadvalga qarang). Huquqbuzarlik Mansabdor shaхslarga nisbatan jarima (2019 yil 4 avgustdan amalga kiritiladi) Fuqarolarga nisbatan jarima 2019 yil 4 avgustgacha 2019 yil 4 avgustdan Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish 70 EKIHdan 100 EKIHgacha 10 EKIHdan 20 EKIHgacha 50 EKIHdan 70 EKIHgacha Uchinchidan, binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda teхnik reglamentlar talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga solinadigan jarimalar oshirilib, quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: Toʻrtinchidan, fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun sanksiyalar joriy etilmoqda. Bu holda fuqarolarga 70 EKIHdan 100 EKIHgacha, huquqbuzarlikni takror sodir etganda esa 100 EKIHdan 150 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi. Mansabdor shaхslarga (masalan, fuqarolar yollagan pudratchilarga) 100 EKIHdan 150 EKIHgacha, huquqbuzarlik takror sodir etilganda esa 150 EKIHdan 200 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi.  Eslatib oʻtamiz, iyun oyidan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar oshiriladi, oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oldini olmagan yer egalari esa javobgarlikka tortiladi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 4.08.2019 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
68
4,224
Qonunchilik
FVV boʻlinmalari qanday pullik хizmatlar koʻrsatadi
FVV Moliya vazirligi bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatiladigan pullik хizmatlar roʻyхatini tasdiqladi (roʻyхat raqami 3184, 20.09.2019 yil). Unga quyidagi хizmatlar kiritilgan: 1) yongʻin хavfsizligi choralarini qoʻllash, oʻzini tutish qoidalari va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullarini, jamoaviy va shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini oʻrgatish; 2) poligrafiya mahsulotlarini (oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari, jurnallar va boshqa bosma mahsulotlar), favqulodda vaziyatlar va yongʻindan himoya qilish boʻyicha materiallarni, oʻquv filmlarini sotish; 3) suv havzalarida, choʻmiluvchilarning ommaviy toʻplanish joylarida (plyajlarda, hovuzlarda va boshqalarda) qutkaruvchi gʻavvoslarning navbatchilik oʻtashi - Byudjet tashkilotining rivojlantirish  jamgʻarmasi mablagʻlari bilan ta’minlanadigan qoʻshimcha хodimlar (qutqaruvchilar) hisobiga yuritiladi; 4) suv ostida teхnik, kema koʻtarish ishlarini, choʻkib ketgan predmetlarni qidirish boʻyicha ishlarni, suv ob’yektlari quyi qismini tozalash va gʻavvoslik ishlarining boshqa turlarini bajarish; 5) хizmat itlarining kuchuklarini sotish; 6) itlarni vaqtincha parvarishlash (itlar uchun mehmonхona); 7) balandlikdagi ishlarni bajarish (panellararo choklarni germetizatsiyalash, turli хil inshootlarni montaj va demontaj qilish, balandlikda oynalarni yuvish, fasadlarni tozalash va ta’mirlash, daraхtlarni olib tashlash va kesish va boshqalar); 8) shaхsiy himoya vositalarini tekshirish va sinovdan oʻtkazish, radiatsion razvedka oʻtkazishga moʻljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilish; 9) aholiga reklama va marketing aхborotlarini uzatish uchun avtomatlashtirilgan ogohlantirish va aхborot berish tizimidan foydalanish; 10) yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yongʻin хavfsizligi sohasida mahsulot va хizmatlarni sertifikatlash; 11) aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yongʻin хavfsizligi va suv ob’yektlarida odamlar хavfsizligini ta’minlash sohasidagi mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish; 12) aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yongʻin хavfsizligi va suv ob’yektlarida odamlar хavfsizligini ta’minlash sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy-teхnik konsultatsiya va ekspertiza oʻtkazish; 13) moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va uskunalarning yongʻin хavfsizligi boʻyicha sinovlarini oʻtkazish; 14) qurilish konstruksiyalarining katta oʻlchamli qismlarini va ularning elementlarini yongʻinga chidamliligi va yongʻin хavfsizligini sinovdan oʻtkazish; 15) yongʻinga qarshi himoya teхnik vositalari, yongʻin avtomatikasi va favqulodda vaziyatlarni aniqlash va tugatishning boshqa teхnik vositalarini ishlab chiqarish va sotish; 16) yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash; 17) yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarining ishchi holatini tekshirish; 18)  yongʻinga qarshi aslaha-anjomlarni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va ularga хizmat koʻrsatish, olovni oʻchirish moddalarining sifatini tiklash; 19) tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa hududlarni yongʻinlardan himoya qilish  - shartnoma asosida ta’minlanadigan yongʻin хavfsizligi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi; 20) yongʻin хavfsizligini ta’minlash sohasida evakuatsiya rejalarini, yoʻriqnomalarni, pasportlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish); 21) hisoblashni bajarish: • хonalar va binolardan odamlarni evakuatsiya qilish vaqti, shuningdek yongʻinning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan darajaga yetish sharoitidagi davomiyligi; • portlash-yongʻin va yongʻin хavfsizligi boʻyicha хonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalari; • keltirilgan metallning qalinligi va metall konstruksiyalarning yongʻinga chidamliligi chegaralari; • binolap orasidagi minimal yoʻl qoʻyiladigan masofa (issiqlik oqimining kritik zichligini aniqlash); • turli maqsaddagi bino хonalarida yongʻin boʻlishi ehtimolida harorat rejimi va issiqlik yuklamasi; • yongʻinlarning oldini olish va oʻchirishni amalga oshiruvchi boʻlinmalarning ishlashini ta’minlash uchun zarur boʻlgan kuchlar va vositalar miqdori; 22) sun’iy suv havzalari, yertoʻlalar va yoniga borib boʻlmaydigan joylardan suvlarni chiqarib olish (toʻldirish); 23) moʻrilarni tozalash; 24) avto yoʻllarning qulashiga olib kelishi хavfi bor boʻlgan yonbagʻirlaridagi tosh jinslarini tushirish; 25) 99951-harbiy qism tomonidan pudrat (muhandislik-qurilish) ishlarini bajarish; 26) avtonom dizel generatorlaridan foydalanish; 27) yoʻlovchilar va yuklarni tashish - qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi; 28) muhandislik va boshqa teхnikalardan (avtokran, buldozer, ekskavator, evakuator va boshqalar) foydalangan holda ishlarni bajarish; 29) tomosha, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda kuchlar va vositalarning navbatchiligi; 30) FVV va uning tasarrufidagi tashkilotlarning muzeylarida koʻrish va mavzuli ekskursiyalarni oʻtkazish; 31) yordamchi хoʻjalik mahsulotlarini sotish - yordamchi хoʻjalikda barcha turdagi goʻsht va sut, qoramol, ot, choʻchqa, quyonlar, qushlar va asalarilar boqish, shuningdek issiqхonalar, mevali bogʻlar va baliq koʻpaytirish uchun hovuzlar yuritishga ruхsat etiladi. Koʻkat, sabzavot, don, quruq hamda sarхil yem-хashak yetishtirish biriktirilgan yerlarda amalga oshiriladi; 32) kichik kemalar haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Roʻyхatda koʻrsatilgan pullik хizmatlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda jismoniy va yuridik shaхslarning iхtiyoriy murojaatlari (pullik хizmat koʻrsatish haqida) asosida koʻrsatiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
51
6,133
Qonunchilik
Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga muvofiq, yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, yosh iste’dod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikaning har bir hududida 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklarini (keyingi o‘rinlarda — Texnoparklar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish; hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish; yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish; zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish; iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish; yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish; iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish; ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish. 3. Belgilansinki: Texnoparklar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi; Texnoparklar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi; Texnoparklarning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi; Texnoparklar rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: 2020 — 2023-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali (keyingi o‘rinlarda — reja-jadval) 1-ilovaga muvofiq; Yoshlar texnoparkining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishliligi bo‘yicha Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari reja-jadvalda belgilangan muddatlarda Texnoparklarni to‘liq foydalanishga topshirishga shaxsan mas’ul etib belgilansin. 5. Texnopark faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari; Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Belgilab qo‘yilsinki: Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi; Texnopark direktori mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tenglashtiriladi; Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Texnoparklarda ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan yuqori deb topilgan innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqqan tadbirkorlik subyektlariga tegishlicha “Yashnobod” innovatsiya texnoparki, “Xorazm” innovatsion texnoparki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining rezidenti maqomini berish tartibi joriy etiladi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari: Texnoparklarni tashkil qilish talablariga javob beradigan mavjud binolar va inshootlarni operativ boshqaruv huquqi asosida Texnoparklarga berilishini; Texnoparklar tashkil etilganidan boshlab, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti hamda viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: a) ikki oy muddatda: Texnoparklar ustavlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; Texnoparklar rezidentlarini ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishini; b) o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga muntazam ravishda barcha hududiy kengashlari orqali Texnoparklar faoliyatiga iqtidorli yoshlarni maqsadli jalb etish, rezidentlarning ishlanmalarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, zarur hollarda, media mahsulotlar ishlab chiqish chora-tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklatilsin.
89
8,014
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Turizmni mamlakat iqtisodiyotidagi strategik soha sifatida rivojlantirishni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari lavozimi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishining nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
112
1,603
Qonunchilik
Sasson Kakshurini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida tennisni targ‘ib qilish va rivojlantirishga, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun “ITP limited” Kompaniyasi prezidenti, xalqaro tennis turnirlari tashkilotchisi Sasson Kakshuri “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
65
292
Qonunchilik
Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga muvofiq, shuningdek ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish va ularni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizom 32-bandining birinchi xatboshiga “O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalari hamda “Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
124
1,235
Qonunchilik
RESPUBLIKA “MAHALLA” XAYRIYA JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil targ‘ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an’analarini keng ommalashtirish respublikaning mahallalari o‘rtasida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlash choralarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. O‘zbekiston aholisi ko‘p sonli mahalla faollarining respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. “Mahalla” jamg‘armasini ro‘yxatga olish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan belgilab qo‘yilishi ta’kidlansin. 3. Yangi tashkil etilgan jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilansin: O‘zbekiston aholisining tarixan tarkib topgan udum va an’analarini asrash va boyitishga har tomonlama ko‘maklashish; kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetimlarga va yolg‘iz qolgan qariyalarga nisbatan insonparvarlik va mehr-shafqat munosabatida bo‘lish g‘oyalarini qilish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish; bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy rivojlantirishga ko‘maklashish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ichida “Mahalla” jamg‘armasini tashkil qilish va bu jamg‘armaning faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish tadbirlarini belgilovchi qaror qabul qilsin.
68
1,480
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, jismonan sog‘lom, ma’naviy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy qarashlarga ega va Vatanga sadoqatli yoshlarni tarbiyalash, shuningdek demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim sohasiga oid islohotlarda ayrim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ta’lim jarayoni to‘liq qamrab olinmagan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kolleji (keyingi o‘rinlarda kollej deb ataladi) faoliyatini monitoring qilish natijasida qonun hujjatlarining doimiy ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yilgani va buning oqibatida kollejdagi muhit va o‘quv-tarbiya jarayoni izdan chiqqani, jumladan: kadrlarni tanlash va ular bilan ishlash amaliyoti noto‘g‘ri tashkil etilgani, xususan, oshna-og‘aynigarchilik, urug‘-aymoqchilik va mansabni suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilgani, shuningdek, pedagoglar qo‘nimsizligining yuqoriligi va ularning kasb darajasi keskin pasayib ketgani; ijro intizomining pasaygani, yuqori idoralarning topshiriqlari va ko‘rsatmalarini ochiqchasiga rad etish, ish yuritishga mas’uliyatsizlik bilan yondashish; o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha belgilangan tartibning qo‘pol buzilishi, o‘quvchilarning darslarga qatnashishini nazorat qilishdagi loqaydlik, darslarda uzilishlar bo‘lishiga o‘qituvchilarning o‘zlari sabab bo‘layotgani; turli “foydali” tadbirlar o‘tkazish bahonasida nohaq yig‘imlar yig‘ilishi, rahbariyat, pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar yomonlashgani, o‘quvchilarning bilim darajasi asossiz ravishda oshirib baholangani, bitiruvchilarga diplomni rasmiylashtirish va topshirishda belgilangan normalarning buzilishi holatlari; xulqi buzuq o‘quvchilar bilan alohida ishlashga yuzaki yondashilgani, o‘quvchilarning ma’naviy va intellektual fazilatlarini, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha ota-onalar bilan nomigagina suhbat o‘tkazilayotgani, o‘quvchilarning ma’naviy va intellektual sifatlarini mustahkamlashda, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda ota-onalar tomonidan kollejlar ma’muriyatiga va pedagoglar jamoasiga yordamni tashkil etish borasida o‘zaro amaliy hamkorlikning yo‘qligi; kollejning dolzarb muammolarini hal etishda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida kollej, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda vakolatli organlar o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganligi; kollej bo‘linmalari rahbarlari va pedagoglar tarkibining malakasini, kasbiy va ma’naviy-axloqiy sifatlarini oshirish masalalari yuzasidan tizimli monitoring olib borilmayotganligi aniqlandi. Kollej rahbariyatining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlariga, shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishga mas’uliyatsiz munosabat oqibatida kollejning ayrim o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kollejda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kollej va uning rahbariyatining faoliyati o‘ta qoniqarsiz deb hisoblansin. Kollej direktori N.S. Temirova xizmat burchini qo‘pol ravishda buzgani va xizmat vazifalarini tegishli ravishda muntazam bajarmagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgani va maxsus unvon — O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining “2-darajali adliya maslahatchisi” martaba darajasidan mahrum etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kolleji faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklansin: o‘rta maxsus professional yuridik ma’lumotga ega mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kollej faoliyatini har tomonlama, tanqidiy tahlil qilish, o‘quv jarayoniga pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini baholash; o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularda namunali huquqiy madaniyat va ongni, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish ishlarining holatini tahlil qilish; kollejning tovar-moddiy boyliklarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni va moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganishni tashkil etish; kollejda ta’lim jarayonini zamonaviy shakl va uslublar, pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; kollejda yuzaga kelgan vaziyatni sog‘lomlashtirish va o‘rganish davomida aniqlangan xato hamda kamchiliklarning kelgusida oldini olish borasida kollej rahbariyati va pedagog kadrlariga zarur uslubiy yordam ko‘rsatish; 2017-yilda kollej rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar va zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Komissiya (E. Kanyazov) bir oy muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlasin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, kollej o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan mutaxassisliklar va kasblarni o‘z ichiga olgan “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yuridik kadrlari tayyorlaydigan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi. 5. Toshkent yuridik kollejida o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda bir oy muddatda: o‘quvchilarda tizimli fikrlash, ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, protsessual hujjatlar tuzish qobiliyatini shakllantirish, chet tillar bo‘yicha o‘quv yuklamasini oshirish nazarda tutilgan holda va ish beruvchilarning zamonaviy tendensiyalari hamda ehtiyojlarini hisobga olib, malaka talablari, kollej o‘quv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda tasdiqlasin; o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga mas’ullik hamda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish choralarini ko‘rsin; 7. Adliya vazirligi: TDYU, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari bilimlarini baholash to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, Toshkent yuridik kollejining yangilangan Ustavini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, sud va huquqni muhofaza qilish organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yuridik kadrlariga bo‘lgan ehtiyojning chuqur o‘rganilishini ta’minlasin hamda shu asosda kelgusi o‘quv yillarida o‘quvchilar qabul qilishning istiqbolli rejasi to‘g‘risida takliflar tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus, professional yuridik ma’lumoti bo‘lishini talab etadigan mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini ikki oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin. 9. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari Toshkent yuridik kollejiga ushbu kollej o‘quvchilarining amaliyot o‘tashini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar. 10. Belgilansinki, o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham kollejdan chetlashtiriladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kollejga 2 ta yengil, jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin. 13. Mazkur qarorning 11-bandining amal qilishi TDYU huzuridagi akademik litseyga, TDYUga quyidagi huquqlar taqdim qilingan holda, tatbiq etilsin: TDYUning budjetdan tashqari mablag‘lari (faqat o‘qitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishdan tushadigan tushumlar) hisobidan litsey uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, litsey o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash; budjetdan tashqari mablag‘lar (to‘lov-kontrakt mablag‘lari) hisobidan litseyga uning xodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash uchun moddiy yordam ko‘rsatish. 15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
184
10,354
Qonunchilik
Uy-joy fondini хususiylashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 7.06.2016 yildagi 190-son qarori bilan Hukumatning davlat uy-joy fondini хususiylashtirish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini хususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalarida (1.03.1993 yildagi VMQga 2-ilova) aniqlashtirilishicha, ushbu Qoidalar yer uchastkalari davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarning oʻrniga zararlarni qoplash tartibida davlat uy-joy fondidan mulkdorlarga beriladigan uylarga (uylarning bir qismiga) yoki kvartiralarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli хususiylashtirilayotgan uy-joylarga orderni rasmiylashtirish tartibi belgilandi. Fuqaro хususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» DUK, keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi)  quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: хususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorning (buyruqning) nusхasi; uy-joyni хususiylashtirayotgan fuqaroning pasporti nusхasi; uy daftarining nusхasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusхasi (17-shakl); fuqaroning imtiyozli asosda хususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma. Vakolatli organ 15 kun mobaynida mazkur hujjatlar asosida davlat orderini rasmiylashtiradi va uni arizachiga beradi. Order rasmiylashtirilganligi va berilganligi boʻyicha хizmatlar uchun EKIHning 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan orderlar oʻrniga dublikat beriladi, dublikat berilishi boʻyicha хizmatlar uchun EKIHning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (4.04.1994 yildagi 180-son VMQga 1-ilova) boshqalarga berishga rozilik bildirgan хususiylashtirilayotgan uy-joylarning egalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatiga alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qoʻshildi. Bunday ma’lumotnoma berilganligi uchun EKIHning 0,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
64
2,848
Qonunchilik
Soliq qonunchiligidagi barcha oʻzgarishlar – yangi veb-saytda
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan yaratilgan mazkur loyihaning teхnik ijrosi UZINFOCOMga topshirilgan edi. Sayt soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni oddiy va tushunarli tilda foydalanuvchilarga yetkazib berish maqsadida yaratilgan. Saytdagi barcha ma’lumotlar uch boʻlimda: «Yuridik shaхslar uchun soliqlar», «Jismoniy shaхslar uchun soliqlar» va «Tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliqlar»da jamlangan. Ushbu boʻlimlarda soliq toʻlovchi toifalariga mos soliq turlari koʻrsatib oʻtilgan. Ma’lumotlar shunday taqdim etilganki, unda foydalanuvchilar joriy yildagi stavkalarni oʻtgan yilgilari bilan solishtirishlari mumkin. Jadvallar tagida keltirilgan matnlarda turli ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan, soliq va majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga havolalar keltirilgan. Joriy yilda mamlakatimiz soliq siyosatida katta oʻzgarishlar roʻy berishi kutilmoqda. Respublikamizning Soliq kodeksi yangi tahrirda qabul qilinganidan keyin kiritiladigan oʻzgartirishlar mazkur portalda ham berib boriladi. Shuningdek, sayt orqali soliq qonunchiligidagi boshqa koʻplab yangiliklarni kuzatib borish mumkin. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
61
1,196
Qonunchilik
Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 martdagi 173-son qarorida nazarda tutilgan. Savdo-logistika terminalini qurish uchun «Sirdaryo savdo logistika markazi» korхonasiga Sirdaryo viloyatining Sayхunobod tumanidagi «Farovon» MFY hududida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladi. Loyihani amalga oshirish doirasida 2020–2024 yillarda metall, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarini saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish boʻyicha terminal qurilishi uchun 25,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda. Xitoyning «Xinjiang Guorui Economic & Trade Co., LTD» kompaniyasi investor boʻladi. Kamida 200 ta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish nazarda tutilgan. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, DBQ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, «Oʻzstandart» agentligi va «Oʻzdavkarantin» inspeksiyasi boʻlinmalari terminal hududida bepul joylashtiriladi. Bu bojхona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologiya masalalarini hal etishga, ekologik nazorat oʻtkazish va muvofiqlikni baholash ishlarini joylarda «yagona darcha» tamoyili asosida koʻrsatishga imkon yaratadi. Shuningdek savdo-logistika terminalida davlat va tijorat хizmatlari, shu jumladan хalqaro logistika хizmatlari koʻrsatiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2020 yildan kuchga kirdi.
52
1,486
Qonunchilik
AKTUAR XIZMATLARINI KO‘RSATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) muvofiq aktuar xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 1. Aktuar xizmatlari mustaqillik, xolislik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 2. Mazkur Nizom maqsadlarida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar: aktuariy — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxs; aktuar tashkilot — aktuar xizmatlarini ko‘rsatuvchi va o‘z shtatida kamida bitta aktuariyga ega bo‘lgan yuridik shaxs; aktuar tekshiruvi — amalga oshirilayotgan sug‘urta va investitsiya operatsiyalarining xavflilik darajasini aniqlash, shuningdek sug‘urtalovchining moliyaviy holatini baholash maqsadida sug‘urtalovchining sug‘urta va moliyaviy faoliyati ko‘rsatkichlarining tahlilini o‘z ichiga oluvchi aktuar xizmatlari majmuasi; aktuar kuzatuvi — sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, takroriylik va zarar yetkazilish oqibatlarining og‘irlik darajasini aniqlash, sug‘urta zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash, sug‘urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish, sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini belgilash, investitsiya faoliyati natijalarini baholash, daromadlarni sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish va boshqa aktuar xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zi ichiga oluvchi aktuar xizmatlari majmuasi. buyurtmachi — sug‘urtalovchi yoki aktuar xizmatlarining boshqa buyurtmachisi. 3. Sug‘urtalovchilar yiliga bir marta — har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy davomida moliya yilidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha aktuar tashkilotni aktuar tekshiruvini amalga oshirish uchun jalb etishlari shart. Aktuar tekshiruvini amalga oshirish natijalari bo‘yicha aktuar tashkilot tomonidan aktuar hisoboti tuziladi va quyidagi savollar bo‘yicha aktuar xulosasi chiqariladi: amalga oshirilayotgan sug‘urta operatsiyalarining xavflilik darajasi; amalga oshirilayotgan investitsiya operatsiyalarining xavflilik darajasi; sug‘urtalovchining moliyaviy holati. 4. Aktuar tekshiruvi o‘tkazilayotganda aktuar xizmatlarini mustaqillik va xolislik prinsiplari asosida ko‘rsatilishini ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim: aktuar xizmatlarini ko‘rsatish uchun aktuar tashkilotni jalb etayotgan sug‘urtalovchi ushbu aktuar tashkilotning mulkdori, muassisi (aksiyadori) bo‘lmasligi lozim; sug‘urtalovchiga aktuar xizmatlarini bevosita ko‘rsatuvchi aktuariy ushbu sug‘urtalovchining xodimi bo‘lmasligi yoki ushbu sug‘urtalovchining mulkdori, muassisi (aksiyadori), rahbari bilan yaqin qarindosh (ota-ona, er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar va bolalar, shuningdek erning-xotinning ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari) bo‘lmasligi lozim. 5. Aktuar tekshiruvi mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilgan holda o‘tkazilganda, aktuar tekshiruvini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan (chiqarilgan) aktuar hisoboti (aktuar xulosasi) haqiqiy emas deb hisoblanadi. 6. Aktuar tekshiruvini amalga oshirish shartnomasining tarafi tomonidan mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan holatlar boshqa tarafdan yashirilganda ushbu holatlarni yashirgan taraf boshqa tarafning shartnomani tuzish va ijro etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qoplab beradi. 7. Aktuar tashkilot aynan bir sug‘urtalovchida ketma-ket uch yildan ortiq aktuar tekshiruvini amalga oshirishga haqli emas. 8. Aktuar kuzatuvi buyurtmachining xohish-istagiga ko‘ra amalga oshiriladi. Aktuar kuzatuvi o‘tkazilayotganda ko‘rsatiladigan aktuar xizmatlarining turlari va hajmlari buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Aktuar kuzatuvini o‘tkazish natijalari bo‘yicha aktuar tashkilot tomonidan aktuar hisoboti tuziladi va aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan savollar bo‘yicha aktuar xulosasi chiqariladi. 9. Aktuar tashkilotning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aktuar xizmatlarining mustaqillik va xolislik prinsiplari asosida ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida aktuariy, aktuar tashkilot va uning xodimlariga har qanday shakldagi ta’sir o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi. 10. Aktuar xizmatlari buyurtmachi va aktuar tashkilot o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida va unga muvofiq ko‘rsatiladi. Bunda aktuar tekshiruvini va aktuar kuzatuvini bitta shartnoma doirasida ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi quyidagi muhim shartlarni nazarda tutishi lozim: aktuar xizmatlarining turlari va hajmlari (shu jumladan, aktuar xulosasi chiqarilishi lozim bo‘lgan savollar, shundaylar mavjud bo‘lganda), shuningdek qiymati. Bunda aktuar xizmatlari har bir turining qiymati alohida ko‘rsatiladi; aktuar xizmatlarini ko‘rsatish muddati; o‘zaro hisob-kitoblar tartibi; taraflarning huquq va majburiyatlari; taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikdagi javobgarligi; nizolarni hal etish tartibi; taraflarning rekvizitlari; shartnoma tuzilgan sana va joy. 12. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasining taraflari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: a) buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: aktuar tashkilotdan aktuar xizmatlarini bevosita ko‘rsatadigan aktuariyning malaka sertifikatini tanishib chiqish uchun taqdim etishini talab etish; aktuar xizmatlarini ko‘rsatish natijalari bo‘yicha aktuar hisoboti va aktuar xulosasini olish; aktuar tashkilotdan aktuar xizmatlarini ko‘rsatish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar olish; buyurtmachi quyidagilarga majbur: aktuariyga aktuar xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborotni u talab qilayotgan tartibda va hajmda taqdim etish; aktuariyga (aktuar tashkilotga) aktuar xizmatlarining mustaqillik va xolislik prinsiplari asosida ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi yoki vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar berish; b) aktuar tashkilot quyidagi huquqlarga ega: aktuar hisob-kitoblarning usullarini mustaqil belgilash; buyurtmachidan aktuar xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish huquqini so‘rash, og‘zaki va yozma tushuntirishlar hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni olish; aktuar tashkilot quyidagilarga majbur: aktuar xizmatlarining mustaqillik va xolislik tamoyillari asosida ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar vujudga kelganda, aktuar xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar berish; aktuar xizmatlarini ko‘rsatish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash; buyurtmachining talabiga ko‘ra bevosita aktuar xizmatlarini ko‘rsatadigan aktuariyning malaka sertifikatini tanishib chiqish uchun taqdim etish; aktuar xizmatlarini ko‘rsatish davomida buyurtmachidan olingan maxfiy axborotni tarqatmaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasining taraflari shartnoma shartlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 13. Aktuar tashkilot aktuar xizmatlarini sifatli yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgardir. Buyurtmachi tomonidan to‘liq bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etilishi oqibatida aktuar tashkilot aktuar xizmatlarini sifatli yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgar bo‘lmaydi. 14. Aktuar hisoboti ikki nusxada tuziladi (buyurtmachi va aktuar tashkilot uchun bittadan), aktuar xizmatlarini bevosita ko‘rsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi va aktuar tashkilot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Aktuar hisobotining varaqlari raqamlangan va tikilgan bo‘lishi lozim. 15. Aktuar hisobotidagi ma’lumot maxfiydir. 16. Aktuar hisoboti buyurtmachiga aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan aktuar xizmatlarini ko‘rsatish muddati tugaganidan keyin 10 ish kuni davomida taqdim etiladi. 17. Aktuar hisobotida aktuar xizmatlarini ko‘rsatishning borishi, aniqlangan xato va kamchiliklar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar, shuningdek aktuar xizmatlarini ko‘rsatish natijasida olingan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. 18. Aktuar hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: hisobotning nomi, tuzilgan sanasi va joyi; kirish qismi; tahliliy qismi; yakuniy qismi. 19. Aktuar hisobotining kirish qismida aktuar tashkilotning (shu jumladan, bevosita aktuar xizmatlarini ko‘rsatgan aktuariyning familiyasi, ismi, otasining ismi, malaka sertifikatining seriyasi, raqami va berilgan sanasi) va buyurtmachining (shu jumladan, mavjud bo‘lganda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi) rekvizitlari, shuningdek aktuar xizmatlarini ko‘rsatishning asosi va buyurtmachi faoliyatining umumiy tavsifi bayon etiladi. 20. Aktuar hisobotining kirish qismida quyidagilar bayon etiladi: aktuar xizmatlarini ko‘rsatishning borishi tavsifi va umumiy natijalari; aktuar xizmatlarini ko‘rsatish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning tavsifi; sug‘urtalovchi moliyaviy yil boshiga moliyaviy holatining bazaviy tavsifi, sug‘urtalovchi tomonidan oldingi aktuar xizmatlarini ko‘rsatish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar (aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda); moliyaviy yil davomida amalga oshirilgan sug‘urta operatsiyalarining tahlili, tavakkalchilik siyosatini, ushlab qolish siyosatini, zaxiralarni shakllantirish siyosatini, tarif siyosatini baholash, sug‘urtalovchi tomonidan majburiyatlarni bajara olmaslik ehtimolini olib borilayotgan sug‘urta operatsiyalarining tavakkalchilik o‘lchovi sifatida baholash (aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda); moliyaviy yil davomida amalga oshirilgan investitsiya operatsiyalarining, investitsiya portfelining diversifikatsiyasi, qaytarilishi, foydaliligi va likvidligining tahlili, umumiy investitsiya portfelida zaxiralarning (ajratilgan aktivlarning) holati (diversifikatsiya, qaytarilish, foydalilik va likvidlik talablariga muvofiq kelgan holda) (aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda); tahlil, baholash va hisob-kitobning boshqa turlari; aktuar xizmatlarini ko‘rsatish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklar, shundaylar mavjud bo‘lganda; aktuariy ixtiyoriga ko‘ra boshqa axborot. 21. Aktuar hisobotining yakuniy qismida aktuariyning xulosalari, maslahatlari va takliflari bayon etiladi (shu jumladan, aktuar tekshiruvi amalga oshirilganda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha, amalga oshirilayotgan sug‘urta va investitsiya operatsiyalarining samaradorligini oshirish, sug‘urtalovchining umumiy moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha maslahatlari va takliflari). 22. Aktuar hisoboti bir-birini istisno etuvchi, bir-biriga zid bo‘lgan va yanglishtiruvchi faktlarni, ma’lumotlarni, xulosalarni va ularning har xil talqinlarini o‘z ichiga olmasligi lozim. 23. Bila turib yolg‘on aktuar hisobotlarini tuzish qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish davomida aktuariy tomonidan olingan buyurtmachi hujjatlarining mazmuniga mos kelmaydigan aktuar hisoboti bila turib yolg‘on tuzilgan hisoblanadi. 24. Aktuar hisobotlari 5 yil davomida saqlanadi. 25. Aktuar xulosasi ikki nusxada tuziladi (buyurtmachi va aktuar tashkilot uchun bittadan), aktuar xizmatlarini bevosita ko‘rsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi va aktuar tashkilot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Aktuar xulosasining varaqlari raqamlangan va tikilgan bo‘lishi lozim. 26. Aktuar xulosasi buyurtmachiga aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan aktuar xizmatlarini ko‘rsatish muddati tugaganidan keyin 10 ish kuni davomida taqdim etiladi. Aktuar tashkilot tomonidan tasdiqlangan aktuar tekshiruvini amalga oshirish natijalari bo‘yicha chiqarilgan aktuar xulosasining nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan aktuar xizmatlarini ko‘rsatish muddati tugaganidan keyin 10 ish kuni davomida taqdim etiladi. 27. Aktuar xulosasini chiqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmaganligi oqibatida aktuar tekshiruvini amalga oshirish natijalari bo‘yicha aktuar xulosasini chiqarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, aktuar tashkilot eng qisqa, ammo aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan aktuar xizmatlarini ko‘rsatish muddati tugaganidan keyin 3 ish kunidan kechiktirmasdan Agentlikka aktuar xulosasini chiqarish imkoniyati bo‘lmaganligining sabablarini ko‘rsatgan holda yozma xabarnoma taqdim etadi. 28. Aktuar xulosasida aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan savollar yuzasidan aktuariyning fikri aks ettiriladi. 29. Aktuar xulosasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: aktuar xulosasining nomi, chiqarilgan sanasi va joyi; kirish qismi; konstatatsiya qismi; yakuniy qismi. 30. Aktuar xulosasining kirish qismida aktuar tashkilot (shuningdek, aktuar xizmatlarini bevosita ko‘rsatgan aktuariyning familiyasi, ismi, otasining ismi, aktuariy malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi) va buyurtmachining (shu jumladan, mavjud bo‘lganda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya raqami, seriyasi va berilgan sanasi) rekvizitlari aks ettiriladi. 31. Aktuar xulosasining konstatatsiya qismida quyidagilar bayon etiladi: aktuar xulosasi chiqarilayotgan savollar; aktuariy fikrini tasdiqlovchi buyurtmachi faoliyatining ko‘rsatkichlari; aniqlangan xato va kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar, shundaylar mavjud bo‘lgan taqdirda. 32. Aktuar xulosasining yakuniy qismida ko‘rilayotgan savollar bo‘yicha aktuariyning fikri aniq ko‘rsatilishi lozim. 33. Aktuar xulosasi bir-birini istisno etuvchi, bir-biriga zid bo‘lgan va yanglishtiruvchi faktlarni, ma’lumotlarni, xulosalarni va ularning har xil talqinlarini o‘z ichiga olmasligi lozim. 34. Bila turib yolg‘on aktuar xulosalarini tuzish qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish davomida aktuariy tomonidan olingan buyurtmachi hujjatlarining mazmuniga mos kelmaydigan aktuar xulosasi bila turib yolg‘on tuzilgan hisoblanadi. 35. Aktuar xulosalari 5 yil davomida saqlanadi. 36. Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan barcha bahs va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim. 37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
78
15,633
Qonunchilik
Agar хizmatlar elektron shaklda koʻrsatilgan boʻlsa, realizatsiya qilish joyi qanday aniqlanadi
Elektron tijoratning zamonaviy shart-sharoitlarida talay хizmatlar elektron shaklda koʻrsatilmoqda. QQS toʻlovchi boʻlgan korхonalar savolga duch kelishmoqda: bunday vaziyatda shunday хizmatlarni realizatsiya qilish joyini qanday qilib toʻgʻri aniqlash mumkin? Buxgalter.uz tushunishga yordam beradi: - Elektron shakldagi хizmatlarni realizatsiya qilish joyini ularning хaridorlari  faoliyatni amalga oshirayotgan (turgan) joy boʻyicha aniqlang. Bu Oʻzbekistonda turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan shaхslar tomonidan olingan elektron shakldagi хizmatlarga Oʻzbekistonda QQS solinishini anglatadi . Agar quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, Oʻzbekiston jismoniy shaхs tomonidan elektron shakldagi хizmatlarni olish joyi deb e’tirof etiladi; Aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda internetdan avtomatik usulda foydalanish orqali koʻrsatilgan хizmatlar elektron shakldagi хizmatlar jumlasiga kiradi. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
95
974
Qonunchilik
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga putur yetkazadi, ular ko‘pincha talon-toroj qilish, poraxo‘rlik, bojxona qonunchiligini buzish kabi jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Sud amaliyotini o‘rganish sudlar mazkur toifadagi ishlarni asosan to‘g‘ri hal etilishini ta’minlayotganliklarini ko‘rsatdi. Shuning bilan birgalikda, valyuta qimmatliklari tushunchalarini turlicha talqin qilish, jinoyatlarni noto‘g‘ri tavsiflash kabi xatoliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etilmayapti, ayrim hollarda jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga o‘tkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yo‘llar bilan va qaysi manbalardan qo‘lga kiritilayotganligi, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti. Shu munosabat bilan hamda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalarni tushuntirish zaruriyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi: 1. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish manbalari, o‘tkazish yo‘llari, usullari, jinoyatlarning barcha ishtirokchilari aniqlanishi va javobgarlikka tortilishiga alohida e’tibor qaratilishi, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilishi lozim. 2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, valyuta qimmatliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi sakkizinchi bo‘limida belgilangan bo‘lib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi: chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan to‘lanadigan to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasno. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasiga ko‘ra, chet el valyutasi jumlasiga quyidagilar kiradi: muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhi) hududida naqd to‘lovning qonuniy vositasi bo‘lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklari; hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag‘lar. 4. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish deb, O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valyuta qimmatliklarini o‘rnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi. 5. Valyuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari o‘zicha valyuta qimmatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazishni tashkil etmaydi. Valyuta qimmatliklariga nisbatan bo‘lgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof ravishda o‘tgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblanadi. 7. Chet el valyutasining ancha, ko‘p va juda ko‘p miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim. 8. Fuqarolar tomonidan birinchi marotaba sodir etilgan valyuta qimmatliklarini ancha miqdordan kam miqdorda qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 170-moddasida bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olish yoki o‘tkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni sodir etganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jazoni ijro etish tugagandan keyin bir yil davomida sodir etilsa, JK 177-moddasi birinchi qismi bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki o‘tkazish JK 177-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi. Agar shaxsda ancha miqdor yoki undan ortiq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish maqsadi bo‘lib, bu maqsadni qismlarga bo‘lib amalga oshirsa, uning harakatlari valyuta qimmatliklari umumiy summasidan kelib chiqib, JK 177-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. 9. Qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov dalolatnomasi (ayblov xulosasi) va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgiga ko‘ra javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topilganligi aks ettirilishi shart. Bunda shuni inobatga olish lozimki, qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilish uchun shaxs muqaddam valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi talab etilmaydi. 10. Valyuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valyuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og‘dirish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim va Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi. 12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon bo‘lgan valyuta qimmatliklari ko‘rinishidagi, pul muomalasida qo‘llanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga ro‘y-rost o‘xshamaydigan kupyuralar o‘tkazilgan bo‘lsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qo‘pol ravishda aldash niyati bo‘lganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi bo‘yicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim. Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni o‘tkazgan shaxsning qilmishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish sifatida tavsiflanishi lozim. 13. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli bo‘lgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga o‘tkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim. 14. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 40510, 471-moddalariga muvofiq, hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim qabul qilinganida sudlar ishga qo‘shilgan ashyoviy dalillar masalasini hal etishlari shart. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi bo‘yicha qaytarilishi lozim. Egasining xohishi bilan jinoiy bitimning obyekti bo‘lgan valyuta qimmatliklari, ularning egasi qaysidir asoslarga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilmagan taqdirda ham davlat daromadlari hisobiga o‘tkazilishi kerak. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish orqali orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat daromadlari hisobiga o‘tkaziladi. Agar jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul yoki boshqa qimmatliklar topilmasa, olingan summa yoxud qimmatliklarning qiymati davlat foydasiga undiriladi. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat ishlarining sudlarda to‘g‘ri ko‘rib chiqilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
117
9,056
Qonunchilik
2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ining mavjud mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasini, xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholining bandligini, daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur): 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish, servis va qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ida yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 3-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ida ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat 4-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining Pop tumani “Chodak” qishlog‘ida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: “Chodak” qishlog‘ini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish; aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash, aholining toza ichimlik suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; ijtimoiy soha obyektlari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, hududlarini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish; turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish orqali soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga erishish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Namangan viloyati va Pop tumani hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda: davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; muammoli masalalarni muntazam ravishda o‘rganib borish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin; zarur hollarda, belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolgan holda Dasturda belgilangan loyihalarning manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda “Chodak” qishlog‘idagi ishsiz yoshlar, xotin-qizlar hamda o‘zining kasbiy malakasini oshirmoqchi (yangi kasb egallamoqchi) bo‘lgan fuqarolar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Namangan viloyati hokimligi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobiga “Chodak” qishlog‘i hududida istiqomat qilayotgan aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash maqsadida hududdagi tez tibbiy yordam shoxobchalarini tibbiy xizmat uchun maxsus avtomobil vositalari, portativ rentgen va ultratovush apparatlari bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan, markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari ko‘rsatgichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda 2021 — 2023-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin. 8. “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi buyurtmachi va loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha davlat-arxitektura qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin. 10. Namangan viloyati hokimligi har chorak yakuni bo‘yicha Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holatini xalq deputatlari Namangan viloyati va Pop tumani Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilib borish choralarini ko‘rsin. 11. Namangan viloyati hokimligi: manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli parametrlarning so‘zsiz bajarilishini, bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin; har chorak yakuniga ko‘ra Dasturdagi loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligini yig‘ilishlarda muhokama qilib Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.
144
7,168
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni va 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4421-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmonida: 3-ilovadan 87-pozitsiya chiqarib tashlansin; 5-ilova quyidagi mazmundagi 331-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1849-son qarori rus tilidagi matnida: 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kompleks po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon Kabineta Ministrov” so‘zlari “Ministerstvo vodnogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-banddagi “v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” so‘zlari “v sfere vodnogo xozyaystva pri Ministerstve vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan (daleye — Agentstvo)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandning ikkinchi xatboshisidan “po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya (daleye — Agentstvo)” so‘zlari chiqarib tashlansin; 11, 12 va 13-bandlardan “po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokida “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2324-son qarori rus tilidagi matnida: a) 2-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari “Ministerstvo vodnogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Sentru realizatsii investitsionnix proyektov v selskom i vodnom xozyaystve pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan (daleye — Sentr)” so‘zlari “Agentstvu po realizatsii proyektov v sfere vodnogo xozyaystva pri Ministerstve vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan (daleye — Agentstvo)” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ministerstvu vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan sovmestno s Sovetom Ministrov Respubliki Karakalpakstan obespechit videleniye pomeщeniya v g. Bustane Ellikkalinskogo rayona dlya peredachi Agentstvu v bezvozmezdnoye polzovaniye”; oltinchi xatboshidagi “Sentra” so‘zi “Agentstva” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 3, 9, 10, 11-bandlardan “selskogo i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-apreldagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallar tizimini qayta tiklash)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2332-son qarori rus tilidagi matnida: a) 2 va 4-bandlarning ikkinchi xatboshisidan “selskogo i” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 5-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Sentrom realizatsii investitsionnix proyektov v selskom i vodnom xozyaystve pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan (daleye — Sentr)” so‘zlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v sfere vodnogo xozyaystva pri Ministerstve vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan (daleye — Agentstvo)” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Sentra” so‘zi “Agentstva” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ministerstvu vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan sovmestno s xokimiyatom Surxandarinskoy oblasti obespechit videleniye pomeщeniya v Altinsayskom rayone dlya peredachi Agentstvu v bezvozmezdnoye polzovaniye”; v) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari “Ministerstva vodnogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 11-banddagi “truda i sotsialnoy zaщiti naseleniya” va “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari tegishincha “zanyatosti i trudovix otnosheniy” va “Agentstva” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 1-ilova izohining ikkinchi xatboshisidagi “gruppi upravleniya proyektom v g. Tashkente i gruppi realizatsii proyekta v Surxandarinskoy oblasti” va “Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari tegishincha “gruppi realizatsii proyektom v g. Tashkente i v Surxandarinskoy oblasti” va “Ministerstva vodnogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 25-avgustdagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2396-son qarorida: a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilova izohining rus tilidagi matnida: uchinchi xatboshidagi “Minselvodxoz” so‘zi “Minvodxoz” so‘zi bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidan “selskogo i” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2410-son qarori rus tilidagi matnida: 2-bandning uchinchi xatboshisidan, 5, 6, 9 va 10-bandlardan “i vodnogo” so‘zlari chiqarib tashlansin; 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentstvo po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-banddagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “2017-2018-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash quvvatlarini tashkil etish hamda qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2716-son qarori rus tilidagi matni 6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Agentstvu po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvu po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2731-son qaroriga 1-ilovaning 67-pozitsiyasi “Mas’ullar” ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning Orol dengizi havzasiga ta’sirini yumshatish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2784-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-bandda: uchinchi xatboshidan “i vodnogo” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshidagi “Agentstvo po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4, 5, 9 va 10-bandlardan “i vodnogo” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-fevraldagi “Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2795-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-bandda: uchinchi xatboshidan “i vodnogo” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshidagi “Agentstvo po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4, 5, 9 va 10-bandlardan “i vodnogo” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son qaroriga 1-ilovadan 23-pozitsiya chiqarib tashlansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3282-son qarorida: 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12 va 13-bandlardagi “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining” so‘zlari “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3586-son qarori 8-bandi birinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3671-son qarori 8-bandida: birinchi xatboshidagi “(K.V. Akmalov)” so‘zlari “(A.A. Abduxakimov)” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3704-son qarorida: b) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; v) 3-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”; g) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; d) 11-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Toshkent davlat agrar universitetining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” DUK o‘rnida “Axborot-maslahat markazi (extension center)” DUK tashkil etilsin”; ikkinchi xatboshidagi “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” so‘zlari “Axborot-maslahat markazi (extension center)” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 1, 1a, 1b va 1v-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3790-son qarori 6-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qarori 5-bandining “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish”. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4020-son qarorida: a) 10-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi”; “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 19-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayevga — urug‘chilikning zamonaviy tizimini shakllantirish, birlamchi urug‘chilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shug‘ullanuvchi urug‘chilik klasterlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish, issiqxona xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlariga axborot-maslahatlar bilan ko‘maklashish, markazning faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek hokimlar bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun”; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi) Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi”. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4170-son qarori 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Suv xo‘jaligi vazirligi va” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-son qarorida: 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-ilovaning izohidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qaroriga 4-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4292-son qarorida: 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “132” raqami “143” raqami bilan almashtirilsin; 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4399-son qarorida: 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-ilovaning 2-pozitsiyasi “Qarorning bandlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” ustunidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4406-son qarorida: 2-bandning birinchi xatboshisi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi,” so‘zlaridan keyin “uning huzuridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 3-bandning uchinchi xatboshisi “Qishloq xo‘jaligi vazirligini loyihaning buyurtmachisi hamda” so‘zlaridan keyin “uning huzuridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-son qarori 6-bandidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4421-son qarorida: a) 6-bandning “v” kichik bandida: ikkinchi xatboshidagi “oliy maktablar” so‘zlari “texnikumlar” so‘zi bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “oliy maktablarni” so‘zlari “texnikumlarni” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “oliy maktabda” so‘zlari “texnikumda” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “oliy maktab” so‘zlari “texnikumlar” so‘zi bilan almashtirilsin. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4512-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisidagi va 17-bandidagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
109
22,359
Qonunchilik
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 22-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin: “341. Agar xaridlar reja-jadvali uch oy oldin maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan bo‘lsa, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati yetti kundan kam bo‘lmasligi kerak.”. 2. Quyidagi mazmundagi 471-band bilan to‘ldirilsin: “471. Tanlovda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narx preferensiyasi qo‘llaniladi.”. 3. Quyidagi mazmundagi 1271-band bilan to‘ldirilsin: “1271. Tenderda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narx preferensiyasi qo‘llaniladi.”.
119
1,633
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
94
609
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TUVALOQLARNI KO‘PAYTIRISh SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dasturlarni samarali amalga oshirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi parrandalarning noyob turlarini sun’iy ko‘paytirish sharoitlarini yaratish, O‘zbekistonda genofondni saqlash va ularning turlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markazi tomonidan: Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida pitomniklar qurish boshlanganligi, tuvaloq jo‘jalari o‘stirish uchun xorijiy asbob-uskunalarning to‘liq kompleksiga ega bo‘lgan 14 ta maxsus konteynerlarni (inkubatorlar, chorva ozuqasi tayyorlash uchun maxsus binolar, veterinariya davolash shoxobchalari, temir panjarali maydonchalarni) montaj qilish tugallanganligi, tashqi elektr, suv, gaz va issiqlik ta’minoti tarmoqlari qurilganligi; tuvaloqlarning 250 dona tuxumi to‘planganligi, 228 ta tuvaloq jo‘jalari ochirilganligi, Birlashgan Arab Amirliklaridan 67 ta tuvaloq jo‘jalari keltirilganligi, hozirgi vaqtda ikkita pitomnikda 2010-yilda tuxumlay boshlaydigan jami 295 ta tuvaloq jo‘jalari o‘stirilayotganligi; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish davom ettirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari uchun nazarda tutilgan huquqlar va imtiyozlarni Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markaziga nisbatan tatbiq etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi: Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markazi buyurtmanomalariga binoan, parrandalarning noyob turlarini o‘stirish va ularni tabiatga chiqarishni ko‘paytirish ishlarini bajarish uchun uzoq muddatli asosda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasinlar; Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markaziga qarashli avtomobil vositalarini “M” seriyasidagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami belgilari bilan ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markazi buyurtmanomalari asosida: kelgusida maxsus, yuqori texnologiyali asbob-uskunalar vositasida (inkubatorlarda) o‘stirish uchun tuvaloqlar tuxumlarini yig‘ishga; O‘zbekiston Respublikasiga tuvaloqlarni (O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan turlari kabi) va ularning tuxumlarini chetdan keltirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat berilsin. 5. Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni ko‘paytirish markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan tuvaloqlar, ularning tuxumlari, yuqori kaloriyali chorva ozuqalari, yuqori texnologiyali asbob-uskunalar hamda mazkur parrandalarni ko‘paytirish loyihasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnikalar bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari ) ozod qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
113
4,280
Qonunchilik
Mahalla faollari koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi
Prezidentning 13.07.2017 yildagi PQ-3132-son «Mahalla iftiхori» koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda OʻzAda хabar beriladi. Koʻkrak nishoni bilan jamiyatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadilar. Ushbu nishon bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaхslar EKIHning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. Shuningdek u bilan taqdirlanganlarga mamlakatimiz sanatoriylarida davolanishlari uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma olish huquqi taqdim etiladi. «Mahalla iftiхori» koʻkrak nishonining oʻzi diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. U davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Koʻkrak nishoni bilan birga 160х110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlgan, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlangan guvohnoma beriladi. Koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Takroran taqdirlash amalga oshirilmaydi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
51
1,874
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YoZISh (FHDY) ORGANLARIDA ISh YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ish yuritishning yagona uslubini joriy etish, hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarga malakali huquqiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ish unumdorligini oshirish maqsadida Adliya vazirligi hay’ati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2006-yil 1-iyundan amalga kiritilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari: barcha FHDY organlarini va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish harakatlarini amalga oshirish vakolati berilgan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etilishi va mazkur Yo‘riqnoma talablariga qat’iy rioya etishni; joriy yilning may oyida mazkur Yo‘riqnomani amaliyotga tatbiq etish yuzasidan FHDY organlari xodimlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish harakatlarini amalga oshirish vakolati berilgan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) bilan seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishni ta’minlasinlar. 3. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (P. Samatov): 2006-yil may oyida ushbu Yo‘riqnoma qoidalarini qo‘llash bo‘yicha seminar o‘tkazishni tashkillashtirsin; fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritishni muntazam ravishda nazorat qilib borishni ta’minlasin. 4. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (N. Burxonov) ushbu hay’at qarorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) ushbu hay’at qarorini “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 2000-yil 5-iyundagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ga (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi), Adliya vazirligi hay’atining 2005-yil 27-oktabrdagi 34-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (bundan buyon matnda “FHDY organlari” deb yuritiladi) ish yuritish tartibini belgilaydi. FHDY organlari tizimini tuman va shahar FHDY bo‘limlari, Nikoh uylari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar FHDY arxivlari (bundan buyon matnda “adliya boshqarmasi FHDY arxivi deb yuritiladi) tashkil qiladi. 1. FHDY organlari quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: a) tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd etish; b) dalolatnoma yozuvlarini tiklash; v) yetarli asoslar mavjud bo‘lib, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish faktlari bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish. 2. Oila kodeksining 203-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq qayd etiladi. Dalolatnoma yozuvlari oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi. 3. FHDY organlari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish natijasida tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqida gerbli guvohnomalar (dastlabki va takroriy ravishda) beriladi. 4. Gerbli guvohnoma blanklari qat’iy hisobda turuvchi blanklar hisoblanadi va ma’lum seriya, tartib raqamiga ega bo‘lib, Adliya vazirligi buyurtmasiga ko‘ra faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasida (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” bosma fabrikasi deb yuritiladi) muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi. Gerbli guvohnomalar blanklarini “Davlat belgisi” bosma fabrikasidan qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (jo‘natish) Adliya vazirligining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi. Gerbli guvohnomalar blanklarini Adliya vazirligidan qabul qilib olish, hisobga olish, saqlash va topshirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda “adliya boshqarmasi” deb yuritiladi) boshliqlarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan uch kishi (boshqarma boshlig‘ining FHDY organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari, bosh hisobchi va FHDY ishlari bo‘yicha mas’ul xodim)dan iborat tarkibda tuzilgan maxsus komissiya gerbli guvohnoma blanklarini qabul qilayotganida o‘ramlar sonini, o‘ram yorlig‘ining butunligini, agar buzilgan bo‘lsa o‘ram yorlig‘ida ko‘rsatilgan guvohnoma raqamlari va soni to‘g‘riligini, guvohnomalar soni yukxat bilan to‘g‘ri kelish kelmasligini tekshirishi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzishlari zarur. Shuningdek, ushbu komissiya tomonidan FHDY organlarida va shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlarida (bundan buyon matnda “QFY” deb yuritiladi) to‘ldirish chog‘ida buzilgan guvohnomalar dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi va 2 nusxada tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha har yili bir marta yondirib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi yillik hisobot bilan Adliya vazirligiga taqdim qilinadi. 6. “Davlat belgisi” bosma fabrikasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar blanklari Adliya vazirligida shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan, yukxat asosida gerbli guvohnomalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, guvohnomaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda kirim qilinadi. 7. Adliya vazirligidan qabul qilingan gerbli guvohnoma blanklari adliya boshqarmasida, shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan yukxat asosida gerbli guvohnomalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, guvohnomaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda kirim qilinadi (1-ilova). Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar FHDY organlarida, FHDY bo‘limlaridan qabul qilingan gerbli guvohnomalar QFY larida xuddi shu tarzda kirim qilinadi (1-ilova). Xuddi shu tartibda gerbli guvohnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari Adliya vazirligining Ishlar boshqarmasi tomonidan yuritiladi. Tashqi Ishlar vazirligi konsullik muassasalari gerbli guvohnomalar blankalari bilan, ehtiyojiga qarab, Toshkent shahri uchun tayyorlatilgan seriyadagi gerbli guvohnomalar hisobidan ta’minlanadi. 8. Adliya boshqarmasida gerbli guvohnomalarni FHDY bo‘limlari va Nikoh uylariga, FHDY bo‘limlarida esa FHDY harakatlarini yurituvchi QFY ga tarqatish daftarlari yuritiladi. Ular raqamlanib, tikilib, adliya boshqarmasining rahbariyati tomonidan imzolanib, muhrlanadi (2-ilova). 9. Adliya boshqarmasi FHDY bo‘limlari, Nikoh uylarini gerbli guvohnoma blanklari bilan uch oylik ehtiyoji miqdorida (chorak hisobotini qabul qilgandan keyin) ta’minlaydi va sarflanishi ustidan har chorak hisobotlarini qabul qilishda sarflash daftari bilan taqqoslab tekshirib, nazorat qiladi. Adliya boshqarmasidan gerbli guvohnomalar FHDY organlari rahbarlariga, ular vaqtincha bo‘lmaganida (xizmat safari, ta’til, kasallik va h. k.) tegishli buyruq bilan ularning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga gerbli guvohnomalarni tarqatish daftarida ularning lavozimi, familiyasi yozilib, imzosi qo‘ydirilgan holda beriladi. 10. FHDY bo‘limlari QFYlarini har chorakda 1-shakl hisobotini qabul qilgandan keyin, bir choraklik ehtiyoji miqdorida gerbli guvohnoma blanklari bilan ta’minlaydi va sarflanishi ustidan har oylik 97-shakl hisobotini qabul qilishda sarflash daftari bilan solishtirib nazorat qiladi. FHDY bo‘limlaridan gerbli guvohnomalar QFY raislariga, ular vaqtincha bo‘lmaganida (xizmat safari, ta’til, kasallik va h. k.) tegishli buyruq bilan ularning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga gerbli guvohnomalarni tarqatish daftariga ularning lavozimi, familiyasi yozilib, imzosi qo‘ydirilgan holda beriladi. 11. Gerbli guvohnoma blanklarining yo‘qolganligi yoki noqonuniy sarflanganligi holatlari aniqlangan hollarda 24 soat ichida Adliya vazirligiga maxsus xabar berilishi va besh kun ichida xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi, zarur hollarda, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilishi lozim. 12. Adliya boshqarmasida gerbli guvohnomalarning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi bo‘yicha mas’uliyat boshqarma boshlig‘ining FHDY organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosariga, FHDY organlarida FHDY organi rahbarlariga va QFY raislariga yuklatiladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mas’ul shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra ishda vaqtincha bo‘lmaganida (ta’til, xizmat safari, kasallik sababli va h. k.), javobgarlik tegishli buyruq bilan tayinlangan shaxslarga yuklatiladi. 13. FHDY organlari adliya boshqarmasidan gerbli guvohnomalarni qabul qilib olayotganida, maxsus komissiya a’zolari ishtirokida har bir guvohnoma o‘rami alohida ochilgan holda tekshirib ko‘riladi. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki o‘ram yorlig‘iga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan uch nusxada dalolatnoma tuziladi va shu kuniyoq Adliya vazirligiga faks orqali maxsus xabar qilinadi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari nuqsonli blankalar chiqqan o‘ram yorlig‘i va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan uch kun ichida Adliya vazirligiga jo‘natiladi. Bu holda dalolatnomaning ikkinchi nusxasi Adliya vazirligida qoldirilib, birinchi nusxasi o‘ram yorlig‘i va nuqsoni bor blankalar bilan tegishli xat orqali “Davlat belgisi” bosma fabrikasiga jo‘natiladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi o‘ram yorlig‘i kseronusxasi bilan bevosita adliya boshqarmasida qoldiriladi. 14. FHDY organlarining adliya boshqarmasidan qabul qilib olgan guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlanib tikiladi va adliya boshqarmasi boshlig‘ining FHDY organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari tomonidan imzolanib, muhrlanadi. QFYlarining FHDY bo‘limlaridan olingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlangan holda tikilib, FHDY bo‘limining mudiri tomonidan imzolanib, muhrlanadi. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar FHDY bo‘limlari tomonidan va FHDY bo‘limlaridan qabul qilingan gerbli guvohnomalar QFYlari tomonidan shu kuniyoq ularning hisobi va saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan kirim qilish daftariga gerbli guvohnomaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda kirim qilinadi (3-ilova). 15. FHDY organida gerbli guvohnomalarning hisobga olinishi, sarflanishi va saqlanishi uchun mas’ul mansabdor shaxs almashgan hollarda gerbli guvohnomalarni va ularning hisobot hujjatlarini qabul qilish-topshirish ishlari adliya boshqarmasi boshlig‘ining FHDY organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari ishtirokida amalga oshiriladi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Yangi mas’ul xodimga gerbli guvohnoma blankalarini hisobga olish, saqlash va sarflash mas’uliyati yuklatiladi. QFY raisi almashgan hollarda esa gerbli guvohnoma blankalarini va ularning hisobot hujjatlarini qabul qilish-topshirish shu fuqarolar yig‘ini joylashgan hududdagi FHDY bo‘limi mudiri yoki uning vazifasini bajaruvchi xodim ishtirokida amalga oshiriladi va bu haqda 3 nusxada dalolatnoma tuziladi. Alohida hollarda tegishli FHDY bo‘limining xabariga ko‘ra bu masalani hal etish uchun adliya boshqarmasi tomonidan mas’ul xodimlar jalb etilishi mumkin. 16. Qat’iy hisobdagi gerbli guvohnoma blankalari adliya boshqarmasida maxsus jihozlangan, begona shaxslar kirishi taqiqlangan alohida xonalarda, FHDY organlari va QFYlarida po‘lat seyflarda yoxud maxsus temir shkaflarda saqlanishi zarur. Gerbli guvohnoma blankalari bilan ishlash huquqiga, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslargina egadirlar. Gerbli guvohnoma blankalari turgan xonaga kirish va blankalar bilan tanishishga, ular uchun mas’ul shaxslardan tashqari, ularning ishtirokida, adliya boshqarmasi va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari haqlidirlar. 17. Ishdan tashqari vaqtlarda gerbli guvohnomalar saqlanib turgan temir shkaflar, seyflar va xonalar belgilangan tartibda muhrlangan bo‘lishi lozim. 18. FHDY organlari faoliyati Adliya vazirligi va adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda gerbli guvohnoma blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishi holatlari albatta tekshiriladi va natijasi haqida alohida ma’lumotnoma tuziladi. 19. FHDY organlarida gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari gerbli guvohnomalarning har bir turi uchun alohida yuritiladi (4-ilova). 20. FHDY organlarining gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari tikilib, raqamlanib, adliya boshqarmasi boshlig‘ining FHDY organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari tomonidan, QFYlarining sarflash daftarlari esa tegishli FHDY bo‘limi mudiri tomonidan imzolanib, sanasi ko‘rsatilgan holda muhrlanishi shart. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari qat’iy hisobda yuritilishi lozim. Adliya boshqarmasi tomonidan FHDY organlariga faqat gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari to‘liq to‘ldirilib, tugatilganidan keyin yangi daftarlar beriladi. Berilayotgan daftarlar raqamlanib, ularni tarqatish bo‘yicha alohida kitobga qayd qilinadi va olgan shaxsga imzo qo‘ydiriladi. 21. O‘tgan yilning yillik hisobotidan ortib qolgan gerbli guvohnomalar sarfi sarflash daftarida joriy yilning 1-yanvarida 1-tartib raqamidan boshlab olib boriladi. 22. Gerbli guvohnomalarning har bir alohida ochilgan o‘rami yangidan 1-tartib raqamidan boshlab sarflanadi (4-a ilova). 23. Takroriy beriladigan gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari alohida yuritiladi.Takroriy sarflash uchun guvohnomalar, adliya boshqarmasi tomonidan FHDY organining ehtiyojini hisobga olgan holda beriladi. Adliya boshqarmasi FHDY arxivlarida ham xuddi shu tartibda takroriy guvohnomalarni sarflash daftarlari yuritiladi (5-ilova). Bu guvohnomalarning yil oxiriga qoldig‘i mazkur Yo‘riqnomaning 21-bandida ko‘rsatilgan tartibda davom ettiriladi. 24. Sarflash daftariga yozuvlar gerbli guvohnomalarni to‘ldirish oldidan kiritiladi. Sarflash daftarida aniqlangan xato bitta chiziq bilan o‘chiriladi va keyingi qatorga to‘g‘ri yozuv kiritiladi. 25. Sarflash daftarlariga kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida izohlanib, muhr bilan tasdiqlanishi zarur. Gerbli guvohnomalarni sarflashda guvohnoma raqamlarining ketma-ketlik qoidasini buzish, sarflash daftaridagi yozuvlarni o‘chirish, bo‘yash, ustidan qog‘oz yopishtirish qat’iyan man etiladi. Sarflash daftarida har oyda, chorakda sarflangan guvohnomalarni orada ochiq qatorlar qoldirib ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. 26. FHDY bo‘limlari va QFY larida to‘ldirish vaqtida buzilgan gerbli guvohnomalar tegishli dalolatnoma tuzilib, har chorakda gerbli guvohnomalar hisoboti bilan birga adliya boshqarmasiga topshiriladi. Adliya boshqarmasining gerbli guvohnomalar uchun mas’ul xodimi ishtirokida ularning seriya, tartib raqamlari qirqib olinib dalolatnomaning 1-nusxasiga ilova qilingandan keyin, maxsus komissiya ishtirokida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi 27. Har oyda, chorakda qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari haqida hamda har chorakda sarflangan va qoldiq gerbli guvohnomalar to‘g‘risida hisobotlar tuziladi va tegishliligi bo‘yicha FHDY organlari, adliya boshqarmasi va Adliya vazirligiga topshiriladi. Hisobotlarning to‘g‘riligi uchun QFY larida ularning raislari, FHDY bo‘limlarida va Nikoh uylarida ularning rahbarlari, adliya boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining FHDY organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari mas’ul bo‘ladi. 28. FHDY organlarida dalolatnoma yozuvlarining har bir turi bo‘yicha maxsus alfavit daftarlari yuritiladi. Qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar shu kunning o‘zida tegishli alfavit daftarlariga yozib boriladi (6-ilova). 29. Alfavit daftarlari tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik, o‘lim haqida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida alohida va bir yo‘la ikki nusxada yoziladi. 30. Dalolatnoma yozuvlarida familiya va ism o‘zgartirilgan barcha hollarda yangi familiya va ism ushbu dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan yildagi alfavit daftariga kiritiladi. Avvalgi familiya va ismi alfavitdan o‘chirilmaydi. 31. Alfavit daftarining muqovasida mazkur daftar qaysi dalolatnoma yozuvi bo‘yicha va qaysi yil(lar) uchun yuritilayotganligi yozib qo‘yiladi. 32. QFY lari har oylik hisobotdan keyin qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha familiya va ismlarni tuman (shahar) FHDY bo‘limi alfavit daftariga FHDY bo‘limi mas’ul xodimi nazorati ostida kiritib boradi. 33. Nikoh va nikohdan ajralganlik haqida alfavit daftarlariga er hamda xotinning familiya va ismlari alohida-alohida kiritiladi. 34. Alfavit daftarlarining bir nusxasi joriy yil tugashi bilan (yangi yilning yanvar oyining 15-kunidan kechiktirmay) keyinchalik kompyuter bazasiga kiritish uchun Adliya boshqarmalari FHDY arxivlariga topshiriladi. 35. Boshqa FHDY organlaridan kelgan guvohnomalar uchun alfavit daftari alohida yuritiladi (7-ilova). 36. FHDY organiga kelgan barcha xat, xabarnoma va arizalar kelgan kunida ro‘yxatga olish kitobiga kirim qilinib, shu kuniyoq ijroga qaratilib, qonunda belgilangan muddatlarda ijro etilishi lozim. Barcha kirim qilingan hujjatlarning birinchi varag‘ining pastki o‘ng burchagiga kirim qilingan sana va kirim raqami yozib qo‘yiladi (8-ilova). Ijro etilgan xatdagi chiqish raqami kirim raqami bilan bir xil bo‘ladi. 361. FHDY organida tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi takroriy guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilingan arizalarni ro‘yxatga olish daftarlari mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha har bir fuqarolik holati dalolatnomalari uchun alohida yuritiladi. 37. FHDY organining o‘z tashabbusiga ko‘ra jo‘natilayotgan xat, xabarnoma va arizalar alohida chiqish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilib raqamlanadi (9-ilova). 38. FHDY organlarida ish yuritishni ixchamlashtirish va tartibli olib borish maqsadida har bir FHDY organida Ish hujjatlari nomenklaturasi yuritiladi (10-ilova). 39. Tug‘ilganlikni qayd etishda bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma, ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va nikoh guvohnomasi talab etiladi. Zarur hujjatlar taqdim etilmagan hollarda FHDY bo‘limi dalolatnoma yozuvini qayd etish rad qilinganligi haqida asoslantirilgan ma’lumotnoma beradi. 40. Tug‘ilganlikni qayd etish uchun asos bo‘lib hisoblanuvchi tug‘ilganlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma, dalolatnoma (bola tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bo‘lsa) tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasining orqa tomoniga tikilib, u bilan birga 75 yil davomida saqlanadi. 41. Tug‘ilganlikni qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilangan bir oylik muddat o‘tkazib, bola 16 yoshga to‘lguncha murojaat etilgan hollarda tug‘ilganlikni qayd etish rad qilinmaydi, balki umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bola bir yoshga to‘lganidan so‘ng, uning tug‘ilganligi ota-onasidan birining doimiy yashash joyida qayd etiladi va zaruratga qarab qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotnomalar talab qilinishi mumkin: bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida uchastka pediatridan ma’lumotnoma; maktabgacha ta’lim muassasasi yoki maktabdan u yerga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; tegishli FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. Bola bir yoshga to‘lganidan so‘ng tug‘ilganlik qayd etilgan hollar 14 (22) shakl hisobotida muddati o‘tkazib qayd ettirilgan tug‘ilish ustunida ajratib ko‘rsatiladi. 411. Bola tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bo‘lsa va ushbu holatda u bir yoshga to‘lgandan so‘ng tug‘ilganlik qayd etilgan taqdirda, mazkur Yo‘riqnomaning 41-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotnomalarga qo‘shimcha ravishda FHDY organiga bola tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma ham taqdim etiladi. Agarda tug‘ruqxonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzilmagan bo‘lsa va tug‘ilishni qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi. 42. Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onaning FHDY organiga birgalikda bergan arizasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, agar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizaga nikohda turgan shaxsning (erning) notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinishi yoki FHDY organiga kelib yozma ravishda o‘z roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDY organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 43. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi to‘ldirilgach, albatta arizachi tomonidan o‘qib chiqilib imzolanishi lozim va unga asosan shu vaqtning o‘zida tug‘ilganlik haqida gerbli guvohnoma va sug‘urta kassasiga topshirish uchun ma’lumotnoma to‘ldirilib arizachiga beriladi (11-ilova). Ayrim sabablarga ko‘ra gerbli guvohnoma bo‘lmay qolgan hollarda, tug‘ilganlikni qayd etish rad etilmasdan, belgilangan tartibda dalolatnoma yozuvi qayd etilib, arizachiga ma’lumotnoma beriladi. Bu holda dalolatnoma yozuvining gerbli guvohnoma raqami yoziladigan joyi chizilmasdan ochiq qoldiriladi va belgilar uchun ustunida gerbli guvohnoma berilmaganligi haqida yozib qo‘yiladi. Keyinchalik gerbli guvohnoma to‘ldirilganida guvohnoma raqamining yoniga berilgan sanasi yozib qo‘yiladi. 44. Tug‘ilganlikni yolg‘iz (qonuniy nikohda bo‘lmagan) ona tomonidan qayd ettirishda FHDY organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va yozma arizasi taqdim etiladi (12-ilova). Ariza belgilangan shakl bo‘yicha to‘ldirilmay, erkin holda yozilganida, unda belgilangan shaklda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan barcha ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lishi zarur. Yolg‘iz onaning arizasi belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lib, ishonchnoma orqali dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkin emas. Agarda tug‘ilgan bolaning onasi voyaga yetmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik bolaning tug‘ilganligini qayd etish haqidagi tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan qayd etiladi. Bunday holda, bolani tuqqan onaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek yashash joyidan, o‘qiyotgan bo‘lsa o‘qish joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnomalar taqdim etilishi lozim. 45. Yolg‘iz ona arizasida bolaning, onaning va otaning familiyasi bir xilda ona familiyasi bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim. 46. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini qayd etishda yolg‘iz ona shaxsan ishtirok etolmagan taqdirda arizadagi ona imzosi tug‘ruqxona yoki ona joylashtirilgan shifoxona shifokorining imzosi va tug‘ruqxonaning muhri bilan yoxud notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi shart. Boshqacha tartibda yoki ishonchnoma orqali dalolatnoma yozuvi qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 47. Yolg‘iz onalar arizalari ro‘yxatga olish daftariga qayd etilib, arizaning o‘ng tomonining pastki qismiga kirish raqami va ro‘yxatga olingan sanasi yozilib, tartib bilan tikib boriladi (13-ilova). Arizaning yuqori o‘ng burchagiga dalolatnoma yozuvi raqami, sanasi va berilgan gerbli guvohnoma raqami yozib qo‘yiladi. 48. Yolg‘iz onaga farzandining tug‘ilganligi haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma beriladi (14-ilova). 49. Tug‘ilganlikni qayd ettirish muddatini o‘tkazib (16 yoshgacha) murojaat qilinganida, FHDY organiga tug‘ilganlikni qayd ettirish muddatini o‘tkazib yuborganlik sababi ko‘rsatilgan ariza bolaning tug‘ilganligini va sog‘ligini tasdiqlovchi hujjat bilan birga taqdim etiladi (15-ilova). Mazkur Yo‘riqnomaning 41-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotnomalar taqdim etilganda, yuqorida ko‘rsatilgan ariza ushbu ma’lumotnomalar bilan birga beriladi. 50. Muddatini o‘tkazib tug‘ilganlikni qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining II-III bo‘limlariga ko‘ra amalga oshiriladi. 51. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd ettirish uchun FHDY organiga tibbiyot muassasasi, ichki ishlar bo‘limi, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki vasiylik va homiylik organi bola topilgan joydagi FHDY organiga bolaning topilganligi to‘g‘risida dalolatnoma va uning yoshi, jinsini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomani ilova qilgan holda ariza bilan murojaat etadi (16-ilova). 52. O‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onaning otalikni belgilash haqidagi arizasi uni qabul qilgan FHDY bo‘limining mas’ul xodimi tomonidan imzolanib, tartib raqami va sanasi yozilib, ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinadi va ketma-ket tikib boriladi (17-ilova). 53. Otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilgungacha, bolaning tug‘ilganligini qayd etish bilan bir vaqtda yoki bolaning tug‘ilganligi qayd etilgandan so‘ng berilishi mumkin. Arizani qabul qilishda FHDY bo‘limining mas’ul xodimi undagi ma’lumotlarni ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtirib tekshirib qabul qiladi (18-ilova). Otalikni belgilashda ota-onadan biri ishtirok etolmagan taqdirda, uning arizadagi imzosi belgilangan tartibda (tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism, jazoni o‘tash muassasasi rahbari imzosi va gerbli muhr bilan yoki notarius tomonidan) tasdiqlanishi zarur. Ishonchnomaga asosan otalikni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Otalik sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanganida, uning qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida belgi bo‘lishi yoki ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim. Dalolatnoma yozuvi yolg‘iz ona arizasiga asosan qayd etilgandan keyin, otalikni belgilash holati rasmiylashtirilayotganda, bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan o‘tib, ona erining familiyasiga o‘tgan bo‘lsa, ona ustuniga onaning familiyasiga o‘zgartirish kiritilib, bu haqda onadan qo‘shimcha ravishda ariza olinmaydi. Bu holatda otalikni belgilash ota va onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 54. Otalik belgilangandan keyin arizachiga otalik belgilanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beriladi (19-ilova). 55. Otalikni belgilash tug‘ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda rasmiylashtirilmagan hollarda, dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish uchun adliya boshqarmasi FHDY arxiviga xabarnoma yuboriladi (20-ilova). 56. Farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun FHDY bo‘limiga farzandlikka olish haqida hokim qarori va farzandlikka olinuvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, shuningdek farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Farzandlikka oluvchilar ikki yoki undan ko‘p bolani bir vaqtda farzandlikka olgan hollarda hokim qarori har bir bola uchun alohida bo‘lishi, umumiy chiqarilgan hollarda esa, nechta bola farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, shuncha nusxada taqdim etilishi lozim va har bir qarorda alohida kirim va ijro haqida belgilar qo‘yilishi lozim. Agar bola viloyat hududida bir tumandan ikkinchi tumanga farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, yangi dalolatnoma yozuvi ochilmasdan hokim qarori va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY bo‘limiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritib yangi guvohnoma berilishi uchun yuboriladi. Agar 10 yoshga to‘lmagan bola respublika hududida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga farzandlikka olinayotgan bo‘lsa va hokim qarorida uning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bolaning farzandlikka olingan joyidagi FHDY bo‘limi tomonidan hokim qarori asosida tiklangan dalolatnoma yozuvi ochilib, dastlabki dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY bo‘limiga uni bekor qilish haqida xabarnoma yuboriladi. Boshqa barcha hollarda farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuviga hokim qarori asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 57. Farzandlikka olish haqidagi hokim qarorlari taqdim etilgan kunida alohida daftarga ketma-ket tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosi ta’minlanib, bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi bilan birgalikda maxsus yig‘majildga tartib bilan tikiladi (21-ilova). 58. Hokim qarorining pastki o‘ng burchagiga ro‘yxatga olingan raqam va sanasi yozib qo‘yiladi. 59. Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnomasiga qiya chiziq tortilib, farzandlikka olinganligi sababli bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi. 60. Hokim qarorining yuqori o‘ng burchagiga tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvining qayd etilgan raqami va sanasi, qarorning pastki o‘ng burchagiga esa berilgan guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va sanasi yozib qo‘yiladi. 61. Bola farzandlikka yolg‘iz ona(ota) tomonidan olingan hollarda, agar ota(ona) ustunini to‘ldirish bo‘yicha hokim qarorida ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, ota(ona) haqida ma’lumotlar yolg‘iz ona(ota)ning arizasidagi ko‘rsatma asosida ona (ota) familiyasi bo‘yicha yoziladi. Hokim qarorida Oila kodeksi, Qoidalar va Yo‘riqnoma talabiga zid holda ota yoki ona haqida ma’lumotlar kiritilgan (qonuniy nikohda bo‘lmagan shaxslarni ota-ona deb yozish yoki bola farzandlikka yolg‘iz ona yoki ota tomonidan olinganida ikkinchi tomonning familiyasini o‘zgacha yozish va h. k.) hollarda ushbu qarorga qo‘shimcha ravishda o‘zgartirishlar kiritish haqida hokim qarori talab qilinishi yoki uni tegishli tartibda bekor qilinishi uchun prokuratura organiga murojaat etilishi lozim. 62. Farzandlikka olishni rasmiylashtirgandan keyin FHDY bo‘limi farzandlikka oluvchi(lar)ga farzandlikka olinganlik haqida ma’lumotnoma beradi (22-ilova). 63. Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish uchun adliya boshqarmasi FHDY arxiviga xabarnoma yuboriladi (23-ilova). Xabarnoma nusxasi hokim qarori bilan birga yig‘majildga tikiladi. 64. Nikohga kiruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalar shu kunning o‘zida maxsus daftarga ro‘yxatga olinib, arizaning qayd etilgan sanasi va raqami hamda nikohni qayd etish tayinlangan sanasi yozib qo‘yiladi (24-ilova). Ariza qabul qilingan vaqtida nikohlanuvchi shaxslarga tibbiy ko‘rikka berilgan yo‘llanmalar raqami arizaning kirim raqamiga drob orqali tartib bilan qo‘shib boriladi. 65. Nikohga kirish haqida belgilangan shaklda to‘ldirilgan arizadagi ma’lumotlar nikohga kiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida aniq yozilishi va arizani qabul qiluvchi mas’ul xodim ishtirokida imzolanishi hamda u tomonidan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar arizachilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, ofitsyerlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi) bilan tekshirib qabul qilinishi lozim (25-ilova). Ariza 2 qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi topshirish vaqtida to‘ldirilib, o‘sha kundagi sana yoziladi. 2-qismi esa, nikohlanuvchilar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan keyin, FHDY organiga tibbiy ma’lumotnomalar taqdim etilgan vaqtida to‘ldiriladi va shu kunning sanasi qo‘yiladi. IIB tomonidan vaqtincha pasport o‘rniga berilgan ma’lumotnoma (F № 9 — O‘zbekiston fuqarolari uchun, F № 36-fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) bilan nikoh qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 66. Uzrli sabablar bo‘lganda FHDY organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Nikohni qayd etish alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da ariza berilgan kuni amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda muddatni qisqartirish sababi nikohga kirish haqida arizaning yuqori chap burchagiga yozilib asoslantiriladi va mudirning imzosi bilan tasdiqlanadi. 67. Nikohga kirish haqidagi qabul qilingan arizalar nikoh qayd etilgungacha alohida yig‘majildlarda saqlab turiladi. Chet el fuqarolari bilan nikohni qayd etishda, arizaga chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi va tarjimasi hamda nikohda turmasligi haqidagi, ya’ni oilaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan holda ilova qilinadi. 68. Belgilangan muddatda yo‘qlanmagan arizalar alohida yig‘majildga tikilib boriladi va uzrli sabablar bo‘lganda nikohni qayd etish belgilangan kundan boshlab, uch oy davomida yo‘qlangan arizalar bo‘yicha nikoh qayd etilishi mumkin. Bunday holda nikohga kirish haqida arizaning orqa tarafidagi bo‘sh joyga nikohlanuvchilar tomonidan belgilangan muddatga kelolmaganlik sababi, nikohni qayd ettirish istagi va shu kunning sanasi yozilib, imzolar qo‘yiladi. 69. Ariza berilgan kundan boshlab, to‘rt oylik muddatda yo‘qlanmagan arizalar arizachilarning familiyasi, ismi, ariza berilgan va nikoh qayd etish belgilangan sanalari ko‘rsatilib, tuzilgan dalolatnoma asosida yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi va dalolatnomalar alohida yig‘majildga tikib boriladi. To‘rt oylik muddatdan keyin nikohga kirish istagini bildirgan shaxslar nikohga kirish haqida qayta ariza bilan murojaat etadilar. 70. Nikohlari qayd etilgan shaxslarning arizalari tibbiy ko‘rik ma’lumotnomalari bilan birgalikda, zaruratiga qarab, oylik, chorak va yillik qayd etilgan dalolatnoma yozuvi tartibiga qat’iy amal qilgan holda, tikib boriladi hamda yig‘majildning ichki chap tomonida tegishli ma’lumotlar yozib boriladi (26-ilova). 701. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida yashab turgan bo‘lsalar) otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra, nikoh ota-onasining yoki nikohlanuvchilardan birining yashash joyidagi FHDY organida qayd etilishi mumkin hamda bu to‘g‘risida FHDY organi tomonidan nikohlanuvchilarning yashab turgan joylaridagi FHDY arxivlariga xabarnoma yuborilishi lozim. Ushbu olingan xabarnomalar asosida FHDY arxivlari tomonidan alohida tegishli alfavit daftarlari yuritiladi. Masalan: nikohlanuvchi shaxslardan birining doimiy yashash joyi Andijon viloyati, ikkinchisiniki esa Samarqand viloyatida bo‘lib, nikohlari Toshkent shahar 1-son Nikoh uyida qayd etilgan bo‘lsa, bunday holatda Toshkent shahar 1-son Nikoh uyi tomonidan fuqarolarning nikohlari qayd etilganligi to‘g‘risida Andijon va Samarqand viloyat FHDY arxivlariga xabarnoma yuboriladi. 71. Voyaga yetmagan farzandlari hamda mulkiy nizolari bo‘lmagan er-xotinlarning nikohdan ajralish haqidagi arizalari tushgan kunida alohida daftarga ro‘yxatga olinib, arizaning yuqori o‘ng qismiga qabul qilgan mansabdor shaxsning imzosi qo‘yilib, nikohdan ajratish tayinlangan sana yoziladi (27-ilova). 72. Nikohdan ajratishni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar uchun uchta yig‘majild yuritiladi. Birinchi yig‘majildga 1998-yil 1-sentabrga qadar Respublika sudlarining, shuningdek, qaysi yilda chiqarilganligidan qat’i nazar, MDH davlatlari va boshqa davlat sudlarining nikohni bekor qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarorlari (ular bo‘yicha FHDY bo‘limida nikohdan ajralganlikni qayd etish nazarda tutilgan hollarda ), er-xotindan birining 3 yildan oshiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi haqidagi sud hukmlari, yoki ulardan birini bedarak yo‘qolgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi sud qarorlari, er-xotinlarning o‘zaro roziligi asosida nikohdan ajralish haqidagi arizalari dastlabki dalolatnoma yozuvlariga muvofiq tartib bilan tikiladi va uning ichki chap tomonida tegishli ma’lumotlar yozib boriladi (28-ilova). 73. Sudning hal qiluv qarori, hukm, o‘zaro rozilik asosida nikohdan ajralish haqidagi arizaning yuqori o‘ng burchagiga dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi yozib qo‘yiladi. 74. Ikkinchi yig‘majildga dastlabki dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan qo‘shimchalar bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari tikiladi va ichki chap tomoniga tegishli ma’lumotlar yozib qo‘yiladi (29-ilova). 75. Uchinchi yig‘majildga muddatida yo‘qlanmagan arizalar tikib boriladi. 76. Voyaga yetmagan farzandlari hamda mulkiy nizolari bo‘lmagan er-xotin o‘zaro roziligi asosida nikohdan ajralish haqida FHDY organiga birgalikdagi ariza bilan murojaat etadilar (30-ilova). 77. Er yoki xotindan biri nikohdan ajralganlikni qayd etish belgilangan (uch oylik muddat tugagan) kunda biron bir sababga ko‘ra FHDY organiga kela olmaydigan alohida hollarda, arizaning orqa tarafiga sababini ko‘rsatib, nikohdan ajralganlikni uning ishtirokisiz qayd etish haqida yozib qoldiradi va bunga ikkinchi tomonning roziligi bildirilgan imzosi bo‘lishi zarur. Bu holda nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvida yozuvni qayd etish vaqtida ishtirok etmagan tomon haqida belgilar uchun ustunida yozib qo‘yiladi va u keyinchalik FHDY bo‘limiga murojaat etgan vaqtida dalolatnoma yozuvida imzosi qo‘ydirilib, guvohnoma yozib beriladi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan ajralganligi haqida belgi qo‘yiladi. 78. Nikohdan ajratish haqida qabul qilingan arizalar nikohdan ajralganlik qayd etilgungacha alohida yig‘majildda saqlab turiladi. 79. Belgilangan muddatda yo‘qlanmagan arizalar alohida yig‘majildga tikilib boriladi va uzrli sabablar bo‘lganda nikohdan ajralganlikni qayd etish belgilangan kundan boshlab, uch oy davomida yo‘qlangan arizalar bo‘yicha nikohdan ajralganlik qayd etilishi mumkin. Bunday holda nikohdan ajralish haqida arizaning orqa tarafidagi bo‘sh joyga arizachilar tomonidan belgilangan muddatda kelmaganlik sababi, nikohdan ajralganlikni qayd ettirish istagi va shu kunning sanasi yozilib, imzolar qo‘yiladi. 80. Belgilangan muddatdan keyin uch oylik muddatda yo‘qlanmagan arizalar arizachilarning familiyasi, ismi, ariza berilgan va nikohdan ajralganlikni qayd etish belgilangan sanalari ko‘rsatilib tuzilgan dalolatnoma asosida yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Ariza berilgan kundan boshlab, olti oylik muddatdan keyin nikohdan ajralish istagini bildirgan shaxslar nikohdan ajralish haqida yangidan birgalikdagi ariza bilan murojaat etishlari lozim. 81. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan er(xotin) bilan nikohdan ajralishni xohlovchi xotin(er) FHDY bo‘limiga sudning bu haqdagi qonuniy kuchga kirgan qaroridan nusxani ilova qilgan holda ariza bilan murojaat etishi lozim (31-ilova). 82. Er-xotindan biri sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga hukm qilingan hollarda nikohdan ajralishni xohlovchi er yoki xotin nikohdan ajralish haqidagi arizasida mahkumning jazoni o‘tayotgan joyini ko‘rsatib, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko‘chirma ilova qilishi lozim (32-ilova). Ushbu ariza murojaat etgan fuqaroning doimiy yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qabul qilinadi va nikohdan ajratish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga kiritilib, hukm asosida deb izohlanadi. 83. FHDY bo‘limi arizani tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazib, shu kuniyoq jazoni ijro etish muassasasiga nikohdan ajralish haqida ariza tushganligidan mahkumni xabardor qilish hamda roziligini aniqlash uchun xabarnoma yuboradi va mahkumning muassasa tomonidan tasdiqlab yuborilgan rozilik xatini olgach, FHDY bo‘limi nikohdan ajralganlikni qayd etadi (33-ilova). Mahkum rozilik bermagan hollarda nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshirilishi tushuntiriladi. 84. Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari ularni qayd etish uchun asos bo‘lgan sud qarorlarida, hukmlarda ularning qonuniy kuchga kirganligini tasdiqlovchi belgi yoki bu haqda ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina qayd etiladi. O‘zbekiston hududida qayd etilgan nikoh chet el sudida ajratilgan hollarda, O‘zbekiston fuqarolari mazkur qarorni legalizatsiya qilingan nusxasini tarjimasi bilan birga nikoh qayd etilgan FHDY organiga taqdim etadilar va mazkur organ rahbari nikoh dalolatnoma yozuviga uning ajratilganligi haqida tegishli belgini qo‘yadi hamda murojaat qilgan shaxsga ma’lumotnoma beradi. Nikohdan ajralganlikni qayd etgan FHDY organi nikohni qayd etgan FHDY organiga yoki adliya boshqarmasi FHDY arxiviga bu haqda xabarnoma yuboradi (34-ilova). 85. O‘limni qayd etish o‘lim haqida tibbiy guvohnoma yoki sudning vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaroriga asosan amalga oshirilib, o‘limni qayd etish uchun asos bo‘lgan hujjat o‘lim haqida dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi bilan birga tikilib, adliya boshqarmasi FHDY arxivida 75 yil davomida saqlanadi. 86. O‘limni qayd ettirish uchun FHDY organiga o‘lim haqida tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan (bu haqda belgi qo‘yilgan yoki tegishli ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan) qarori bilan birga 16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, 16 yoshdan oshganlarning esa pasportlari va harbiy bileti taqdim etiladi. O‘lgan fuqaroning hujjati taqdim etilmagan hollarda o‘limni qayd etish rad etilmaydi, bunday holda dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida “Hujjati topshirilmadi, dalolatnoma yozuvi o‘lim haqida tibbiy guvohnomaga yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qaroriga asosan qayd etildi” deb yozib qo‘yiladi. 87. O‘limni qayd etish muddatini o‘tkazib murojaat etilganida, FHDY organi tomonidan o‘limni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O‘limni qayd etish muddatini o‘tkazib, bir yilgacha murojaat etilganda, marhumning o‘lgan joyi bo‘yicha yoki o‘limidan oldin yashagan joyi bo‘yicha, bir yildan so‘ng murojaat etilganda esa, marhumning o‘limidan oldin yashagan joyi bo‘yicha FHDY organi tomonidan o‘lim qayd etiladi. O‘lim haqida tibbiy guvohnomaning asl nusxasi taqdim etilmagan hollarda, fuqaroning vafot etgan va o‘limidan oldin yashagan joyidagi adliya boshqarmasi FHDY arxivi tomonidan o‘lim qayd etilmaganligi haqida ma’lumotnoma olinganidan keyingina dalolatnoma yozuvi qayd etiladi. 88. O‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, FHDY organi tomonidan marhumning yaqinlariga qabristonga va sug‘urta kassasiga topshirish uchun ma’lumotnomalar beriladi (35-ilova). O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi shaxslar O‘zbekistondan tashqarida vafot etgan hollarda, marhumning jasadi dafn etish uchun olib kelinganida, hududida o‘lim sodir bo‘lgan davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli hujjat taqdim etilganida, marhum dafn etiladigan joydagi FHDY bo‘limi tomonidan qabristonga va sug‘urta kassasiga ma’lumotnomalar beriladi. Ma’lumotnoma FHDY bo‘limidan chiqish daftarida ro‘yxatdan o‘tkazilib, alohida yig‘majildga tikiladi va yig‘majildning ichki chap tomonida ro‘yxati ko‘rsatib boriladi. 89. Vafot etganlarning pasportlari FHDY bo‘limi tomonidan har oylik hisobot yakunida ikki nusxada tuzilgan ro‘yxat bilan ichki ishlar bo‘limiga topshiriladi (36-ilova). Vafot etgan harbiy burchlilarning harbiy biletlari ham xuddi shu tartibda mudofaa ishlari bo‘limiga topshiriladi (36-a ilova). 90. Vafot etganlarning pasportlari ichki ishlar bo‘limiga va harbiy biletlar mudofaa ishlari bo‘limiga topshirilganda, ro‘yxatlarning ikkinchi nusxasida qabul qilingan sana va qabul qilgan xodimning familiyasi, imzosi va lavozimi ko‘rsatilishi lozim. Agar fuqaroning o‘limi, uning doimiy yashash joyi bo‘yicha emas, balki vafot etgan joyi bo‘yicha qayd etilganda, uning pasporti va harbiy bileti ularni bergan ichki ishlar va mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboriladi. 901. Tug‘ilgan bola uning tug‘ilishi qayd etilmasdan vafot etganda, unga tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvi hamda bir vaqtning o‘zida o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilib, talab qilinganda o‘lim haqidagi guvohnoma beriladi. 91. 16 yoshgacha o‘lgan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomalari har chorakda 2 nusxada tuziladigan dalolatnoma asosida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Dalolatnomada o‘lgan bolaning familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi, guvohnomaning seriya va raqami ko‘rsatilishi shart. Dalolatnomaning 1-nusxasi adliya boshqarmasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa yoqilayotgan guvohnomalarning qirqib olingan seriya, raqamlari yopishtirilgan holda FHDY bo‘limi arxivida alohida yig‘majildda saqlanadi. 92. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish uchun arizachining yashash joyidagi yoki tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qilinadi (37-ilova). Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga asosan kiritilishi lozim bo‘lgan hollarda mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ariza beriladi. Nikohga kirishda umumiy familiya tanlab, lekin shaxsini tasdiqlovchi hujjati o‘zgarishsiz qolgan hollarda, fuqaro nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytish haqida ariza bergan hollarda, bu holat nikoh dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish orqali amalga oshiriladi. Nikohdan ajralganda nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishni tanlab, lekin shaxsini tasdiqlovchi hujjati o‘zgarishsiz qolgan hollarda fuqaro tegishli ariza bilan FHDY organiga murojaat qiladi va FHDY organi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritiladi. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish ishonchnoma orqali amalga oshirilmaydi. 93. Arizalar shu kunning o‘zida maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ariza va taqdim etilgan hujjatlar alohida yig‘majildga tartib bilan tikiladi (39-ilova). Xulosa qilinishi lozim bo‘lgan arizalar bo‘yicha hujjatlar alohida yig‘majildga tikilib, yig‘majildning ichki chap tomoniga hujjatlar ro‘yxati yozib qo‘yiladi. O‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlari albatta yig‘majildga tikilishi lozim. 94. Ota-onaning birgalikdagi arizasi asosida 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning familiyasi, ismiga o‘zgartirish kiritilganda, bolaning roziligi arizaning pastki chap tomoniga FHDY bo‘limi mudirasi tomonidan tasdiqlangan holda kiritiladi. 941. Bola 16 yoshga kirgunga qadar familiyasi, ismi yoki ota ismiga milliy-tarixiy an’analarga ko‘ra qo‘shimchalar (xon, xo‘ja, hoji, bek, bonu, bibi, begim, zoda, mir, abdu va hokazolar) qo‘shilsa, bu holat uning ota-onasini arizasiga ko‘ra dalolatnoma yozuviga qo‘shimcha kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 942. Bola 16 yoshga to‘lishi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida imlo xatolar bo‘lganligi sababli, unga tuzatish kiritish yoki ismiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi. 943. Agarda, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 15-moddasiga ko‘ra ismining oxiriga xon, xo‘ja, hoji, bek, bonu, bibi, begim, zoda, mir, abdu va ota ismini yozishda — evich, ovich, evna, ovna, qizi, o‘g‘li, iy, zoda qo‘shimchalarni kiritishni istasa, bu holat yoshidan qat’i nazar, dalolatnoma yozuviga qo‘shimcha kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.”. 95. Fuqaroning jinsi o‘zgarganida dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat sog‘liqni saqlash organlari xulosasiga asosan amalga oshiriladi. 96. O‘zgartirishlar faqat bitta dalolatnoma yozuviga kiritiladigan hollarda, FHDY bo‘limi mudiri arizani va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish uchun yetarli asoslar bo‘lgan hollarda shu kunning o‘zida ariza asosida xulosa tuzmasdan tegishli dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritadi va arizachiga yangi guvohnoma yozib beradi. 961. Agarda, fuqaro bitta hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashayotgan bo‘lsa, lekin uning tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari boshqa hududda qayd etilgan bo‘lsa, fuqaro unga tegishli bo‘lgan dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uchun dalolatnoma yozuvi qayd etilib, saqlanayotgan joydagi FHDY bo‘limiga murojaat qiladi. Bunday hollarda, agar dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, fuqaroning arizasiga asosan FHDY bo‘limi tomonidan shu kunning o‘zida uning dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. 962. Agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirilib, erkalash shaklida yozilgan va imlo xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa hamda fuqaro dalolatnoma yozuvidagi ismini tuzatishni istasa, fuqaroning yoshidan qat’i nazar, FHDY bo‘limida uning arizasiga asosan, shu kunning o‘zida dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan: tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida ismi Moxchexra deb yozilgan bo‘lsa — Mohichehraga, Batirdan — Botirga”. 97. O‘zgartirishlar kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuv(lar)i Respublikadan tashqarida bo‘lgan, shuningdek, ikki va undan ortiq dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilishi lozim bo‘lgan hollarda FHDY bo‘limi mudiri bu haqda asoslantirilgan xulosa tuzadi (40-ilova). Xulosaning nechta nusxada tuzilishi o‘zgartirishlar nechta FHDY organida qayd etiladigan dalolatnoma yozuvlariga kiritilishiga qarab belgilanadi. 98. Fuqaro doimiy yashash joyi bo‘yicha FHDY organiga ariza bergan hollarda dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi xulosa xabarnoma bilan birga dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga ijro uchun yuboriladi. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritgan FHDY organi xabarnomani dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga o‘zgartirish kiritish uchun yuqori turuvchi FHDY arxiviga yuboradi (41-ilova). Arxivga yuborilgan xabarnoma nusxasi ariza ijrosining tasdig‘i sifatida birga tikilishi lozim. O‘zgartirish respublika hududida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlariga kiritilishi lozim bo‘lgan hollarda, yig‘majild xulosani tuzgan FHDY bo‘limining o‘zida saqlanadi. O‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida bo‘lgan hollarda, o‘sha FHDY organi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilib, guvohnoma berilganligi nazorat qilinadi va arizaga gerbli guvohnoma raqami yozib qo‘yiladi. O‘zgartirish boshqa respublikada qayd etilgan dalolatnoma yozuviga kiritilishi lozim bo‘lgan hollarda yig‘majild nusxasi va xabarnoma rus tiliga tarjima qilingan holda jo‘natiladi. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish haqidagi arizani ijro etgan mas’ul xodim tomonidan arizaning yuqori o‘ng burchagiga o‘zgartirish kiritilganligi sababli yangidan berilgan guvohnoma raqami va berilgan sanasi yozib qo‘yiladi. Dalolatnoma yozuviga qanday asoslarga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritilganligi belgilar uchun ustunida qisqa va aniq izohlanib, mas’ul shaxsning imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanishi zarur. 99. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilganda tegishli alfavit daftariga o‘zgartirilgan familiya va ism avvalgi yozuvlar o‘chirilmagan holda kiritiladi. 100. Arizachiga dalolatnoma yozuv(lar)iga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi (42-ilova). 101. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish uchun berilgan arizalar shu kunning o‘zida maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ariza va taqdim qilingan hujjatlar alohida yig‘majildga tartib bilan tikiladi. Ishonchnoma orqali familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlari nusxasi albatta yig‘majildga tikilishi lozim. Agar ular boshqa FHDY organlarida qayd etilgan bo‘lsa, FHDY bo‘limi mudiri so‘rovnoma orqali ulardan nusxalar oladi. Yig‘majildning ichki chap tomoniga, unda tikilgan hujjatlarning ro‘yxati yozilib, ilova qilingan hujjatlar ketma-ketlik bilan tikiladi hamda yig‘majildning orqa tomoniga uning nechta varaqdan iboratligi yozilib, mudir tomonidan tasdiqlanadi. 102. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida FHDY organiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat etiladi (43-ilova). Arizachi voyaga yetmagan hollarda (16 yoshdan 18 yoshgacha) familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish uchun ota-onasining yozma rozilik arizasi olinishi lozim. 103. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida arizalar shu kunning o‘zida alohida ro‘yxatga olish daftariga kiritiladi (44-ilova). 104. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish bo‘yicha ariza va to‘plangan hujjatlar yig‘majildi maxsus tekshirish o‘tkazib, xulosa berish uchun IIB ga yuboriladi (45-ilova). Aloqa xatining nusxasi yig‘majild IIB dan xulosa bilan qaytarilgach, unga tikib qo‘yiladi. IIB ning javob xati ham yig‘majildga tikiladi. 105. Arizaga ilova etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, ichki ishlar bo‘limining xulosasiga asosan FHDY bo‘limi mudiri arizachining familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish yoki rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan xulosa tuzadi (46-ilova). 106. Xulosaga ko‘ra tegishli (arizachining nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganligi, voyaga yetmagan bolalarining tug‘ilganligi haqidagi) dalolatnoma yozuvlariga arizachining o‘zgartirilgan familiya, ism, ota ismi kiritilib, ular asosida yangi guvohnomalar (qayta davlat boji undirilmasdan) beriladi. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish bilan bog‘liq ravishda kiritilgan o‘zgartirishlar albatta tegishli alfavitlarga kiritilishi lozim. 107. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirgan shaxsga bu haqda ma’lumotnoma beriladi (47-ilova). 108. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik sababli o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida bo‘lsa, u holda FHDY organi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish haqida xabarnoma bilan birga xulosadan nusxa yuboradi. Dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish uchun xuddi shunday xabarnoma adliya boshqarmasi FHDY arxiviga ham yuboriladi (48-ilova). Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik to‘g‘risida IIB ga va tuman mudofaa bo‘limiga (fuqaro harbiy burchli bo‘lgan hollarda) 7 kun ichida xabar beriladi (49, 49-a-ilovalar). Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik sababli berilgan gerbli guvohnomalar raqamlari xulosaning oxirida berilgan yoki boshqa FHDY bo‘limidan olib berilgan sanalari ko‘rsatilgan holda yozib qo‘yiladi. Arxivga yuborilgan xabarnoma nusxasi ariza ijrosining tasdig‘i sifatida yig‘ma jildga tikiladi. 109. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirgan shaxs FHDY organiga bu masalada ikkinchi marta ariza bilan oradan bir yil o‘tgandan so‘ng murojaat etishi mumkin. 110. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi ariza arizachining yashash joyidagi FHDY bo‘limiga belgilangan shaklda berilib, murojaat etuvchi haqidagi va uning iltimosini asoslovchi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim (50-51-ilovalar). Ishonchnoma orqali dalolatnoma yozuvini tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 111. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi arizalar qabul qilingan kunida ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinadi (52-ilova). 112. Ariza va taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama o‘rganib chiqilib, zarur hollarda tegishli FHDY organlaridan kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalari talab qilib olinib, dalolatnoma yozuvi umuman etilmaganligini yoki yo‘qolgan dalolatnoma yozuvining haqiqatda bo‘lganligini aniqlagandan keyin FHDY bo‘limi mudiri dalolatnoma yozuvini tiklash haqida asoslantirilgan xulosa tuzadi (53-54-ilovalar). Dalolatnoma yozuvining yozuvni tiklash uchun asos ustunida xulosaning sanasi va yig‘majild raqami ko‘rsatiladi. 113. Adliya boshqarmasi FHDY arxivi hamda FHDY organlari arxivlari temir stellajlar bilan jihozlangan, quyosh nuridan, zaxdan saqlangan, shamollatib turishga moslashtirilgan deraza va eshigiga temir panjara o‘rnatilgan alohida xonalarda joylashtirilishi lozim. Arxiv xonasiga kirish va dalolatnoma yozuvlari bilan ishlash huquqiga, arxiv mudiri, FHDY organi rahbari va arxiv uchun mas’ul xodimlargina haqlidirlar. Ulardan tashqari arxiv xonasiga kirish va dalolatnoma yozuvlari bilan tanishish huquqiga arxiv mudiri, FHDY organi rahbari yoki arxiv uchun mas’ul shaxs ishtirokida, adliya boshqarmasi va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari (tegishli buyruq asosida) haqlidirlar. Arxiv xonasiga begonalarning kirishi qat’iyan man etiladi. FHDY arxivida elektr isitgichlar va shamlardan foydalanish man etiladi. Arxiv xonasi va dalolatnoma yozuvlari haftada bir marta chang yutgich bilan tozalanishi lozim. 114. Adliya boshqarmalari va FHDY organlari arxivlarida mavjud dalolatnoma yozuvlari daftarlari ro‘yxati (arxiv fondi) tuziladi. 115. Dalolatnoma yozuvlari daftar shaklida tikish uchun tayyorlanganida dalolatnoma yozuvlarining qayd etilgan yili, turi va dalolatnoma yozuvlari ketma-ketligiga rioya etilgan holda taxlanib, muqovada hisobga olish varag‘i qo‘shib tikiladi. Tikib tayyorlangan daftarning muqovasiga dalolatnoma yozuvlari qaysi raqamdan boshlanib, qaysi raqamda tugaganligi, soni va orada yo‘qolgan dalolatnoma yozuvlari bo‘lsa, ularning raqamlari va soni haqidagi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi (55-ilova). 116. Daftar shaklida tikilgan dalolatnoma yozuvlarining har biri qora qalam bilan yuqori o‘ng burchagida raqamlanib, oxirida “_____” “varaqda dalolatnoma yozuvi tikilib, raqamlandi” deb, ishonch yozuvi ko‘rsatilgan holda FHDY organining mas’ul xodimi tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. 117. FHDY arxivida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari daftarlari temir stellajlarga xronologik tartibda, dalolatnoma yozuvlari turlari bo‘yicha har bir tuman, shahar, qishloq fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha alohida taxlangan holda saqlanadi. 118. Dalolatnoma yozuvlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqidagi FHDY arxiviga kelib tushgan xabarnomalar shu kuniyoq xat-xabarnomalarni ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinib, ijrosi ta’minlanishi lozim. 119. Adliya boshqarmalari FHDY arxivlarida shu hududda joylashgan har bir tuman, shahar FHDY bo‘limlaridan kelib tushgan xabarnomalar zudlik bilan ijrosi ta’minlanib, bu haqda belgi qo‘yilgan holda alohida yig‘majildga tartib bilan tikib boriladi. 120. FHDY arxividagi mavjud dalolatnoma yozuvlari daftarlari raqamlanib, arxiv fondi daftariga kiritiladi (56-ilova). 121. FHDY organi arxividan zarur hollarda manfaatdor shaxslarning arizalari yoki tegishli tashkilot, muassasalarning so‘rovnomalariga asosan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnoma, ma’lumotnomalar, dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar, ko‘chirmalar beriladi(yuboriladi). 122. Takroriy guvohnoma berish(yuborish)ni so‘rab yozilgan arizalarda arizachining familiyasi, ismi, ota ismi va yashash manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriya, raqami, qachon, kim tomonidan berilganligi, takroriy guvohnoma so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, talab qilinayotgan guvohnoma turi, dalolatnoma yozuvi raqami, qachon va qaysi FHDY organi tomonidan qayd etilganligi, takroriy guvohnoma nima maqsadda talab qilinganligi aniq ko‘rsatiladi. 123. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvidan nusxalar va takroriy guvohnomalar fuqaroning o‘ziga, ota-onasiga va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga beriladi (bola farzandlikka olingan hollar bundan mustasno). Chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma orqali takroriy guvohnoma berishda, ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan holdagina qabul qilinadi. 124. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizada guvohnoma so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, dalolatnoma yozuvining qayd etilgan joyi, sanasi va raqami, ota-onasining familiyasi, ismi, ota ismi va millati ko‘rsatilishi lozim (57-ilova). 125. Nikoh, nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizada er (xotin), sobiq er(xotin) ning familiyasi, ismi, ota ismi hamda dalolatnoma yozuvi qachon, qaysi FHDY bo‘limida qayd etilganligi ko‘rsatiladi (58-ilova). 126. Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvidan nusxalar va takroriy guvohnomalar nikohlangan shaxslarning o‘zlariga yoki notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga berilishi mumkin. Zarur hollarda, nikohlangan shaxslarning ota-onalariga, farzandlariga ariza asosida nikoh qayd etilganligi haqida ma’lumotnomalar berilishi mumkin. Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvida nikoh ajratilganligi haqida belgi bo‘lgan hollarda takroriy guvohnoma berilmaydi. 127. Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar va takroriy guvohnomalar nikohdan ajralgan shaxslarning o‘zlariga yoki notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga berilishi mumkin. Zarur hollarda, nikohdan ajralgan shaxslarning farzandlariga, merosxo‘rlariga nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berilishi mumkin. 128. O‘lim haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizada vafot etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari arizachining marhumga qarindoshligi yoki merosxo‘rligi ko‘rsatiladi (59-ilova). 129. O‘lim haqida dalolatnoma yozuvidan nusxa va takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo‘rlariga yoki notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga beriladi. 130. Takroriy guvohnoma olish uchun murojaat etgan shaxs FHDY organiga albatta shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim. 131. Takroriy guvohnoma berilishi uchun asos bo‘luvchi dalolatnoma yozuvining ayrim bandlari to‘ldirilmagan bo‘lsa, takroriy guvohnoma berishda ushbu ma’lumotlar so‘ralgan joyga chiziqcha qo‘yiladi. Guvohnoma takroriy berilganda guvohnomaning o‘ng tomoni yuqori qismiga “Takroriy” deb belgi qo‘yiladi. 132. Tuman (shahar) FHDY bo‘limi arxivida kerakli dalolatnoma yozuvi topilmagan hollarda, takroriy guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvi so‘ralgan ariza, ushbu tuman (shahar) FHDY bo‘limi arxivida so‘ralgan dalolatnoma yozuvi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan birga, dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi bo‘yicha qidirish uchun adliya boshqarmasi FHDY arxiviga yuboriladi (60-ilova). 133. Dalolatnoma yozuvidan nusxa, ko‘chirmalar olinganida dalolatnoma yozuvida bor bo‘lgan barcha ma’lumotlar o‘zgarishsiz ko‘chiriladi va nusxaning orqa tarafining pastki qismiga “nusxa asliga to‘g‘ri” deb yozilib, mas’ul xodimning imzosi va FHDY organi muhri bilan tasdiqlanib, nusxa ko‘chirilgan sana yozib qo‘yiladi. 134. Viloyat, shahar FHDY arxivida dalolatnoma yozuvini qidirishda tekshiruv hududdagi barcha FHDY organlari bo‘yicha dalolatnoma yozuvi qayd etilgan deb ko‘rsatilgan yil va undan oldingi hamda keyingi uch yillik dastlabki va tiklangan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha
149
63,458
Qonunchilik
O‘QUVChI VA TALABA YoShLARNI SPORTGA JALB QILIShGA QARATILGAN UZLUKSIZ SPORT MUSOBAQALARI TIZIMINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturiga muvofiq tashkil etish hamda ushbu tizimning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va jamoat tashkilotlari tomonidan ta’minlansin. 2. O‘zbekiston o‘quvchi va talaba yoshlarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarini o‘tkazish rejasi 1-ilovaga, Tashkiliy qo‘mitalar tarkibi 2, 3, 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Musobaqalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta’minlash va anjumanlarni ko‘ngilli o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga yuklatilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni va musobaqalar davrida tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin. 5. Tashkiliy qo‘mitalar mazkur musobaqalarni o‘tkazish to‘g‘risida alohida dasturlar ishlab chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda sport o‘yinlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, shuningdek, homiylarning mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda o‘tkazilishi nazarda tutilsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” birlashmasi, “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: mazkur sport musobaqalarining respublika final o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan inshootlarni xalqaro talablar darajasida tayyorlash va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash; musobaqalar davomida o‘quvchi yoshlarda o‘z ona yurti bilan faxr-iftixor tuyg‘ularini kamol toptirishga, ularning vatanparvarlik ruhini ko‘tarishga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish topshirilsin. 7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Tashkiliy qo‘mitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarining yo‘l xarajatlari uchun imtiyozli tarif qo‘llasinlar. 8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin. 9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.T. Risqiyev va Bosh vazir o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
124
4,151
Qonunchilik
O‘zbekiston metallurgiya zavodining bir guruh ishchi va xizmatchilarini taqdirlash to‘g‘risida
Respublika metallurgiya sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari hamda jamoat turmushida faol ishtirok etayotganliklari uchun quyidagilarga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvoni berilsin:
94
197
Qonunchilik
Yuridik shaхslar transportni qisqa muddatli ijaraga olishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 16.11.2021 yildagi «Transport vositalarini ijaraga berish faoliyati kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 684-son qarori qabul qilindi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining 29.12.2020 yildagi «Avtomototransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek velosipedda mamlakat boʻylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 812-son qaroriga muvofiq qabul qilindi. Quyidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda:  Ma’lumot uchun! Qisqa muddatli ijara shartnomasi – ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasidagi transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi yozma shakldagi bitim, u 30 kundan oshmaydigan muddatga tuziladi, notarial tasdiqlanishi va IIV Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati organlarida roʻyхatdan oʻtkazilishi talab etilmaydi.  Birinchidan, belgilanishicha, qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha yuridik shaхs ham transport vositasini ijaraga olishi mumkin. Ijaraga beruvchi, zarurat boʻlganda, yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda oladi. Ikkinchidan, ijarachining huquqlari belgilandi. Ular quyidagilarga haqlidir: Uchinchidan, ijarachining majburiyatlari toʻldirildi. Xususan, ijaraga olingan transport vositasida mamlakatdan tashqariga chiqish taqiqlanadi. Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
68
1,727
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o‘quvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 2-noyabrdagi 25-mh, 21-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o‘quvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2731, 2015-yil 23-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 47-son, 600-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
969
Qonunchilik
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 1993-yil 23-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ishini tashkil etishda faol ishtirok etsin. Shu yil 1-iyulga qadar Jamg‘arma hamda uning respublika barcha mintaqalaridagi filiallarini tashkil etishda xamda ularning faoliyatida viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limlari, pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti, akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutining ishtirokiga doir takliflarni ishlab chiqsin. 5. “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘armasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 1 milliard so‘m ajratilsin. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlari, korxonalari, xo‘jaliklari va tashkilotlari Jamg‘armaning Ustav vazifalarini bajarishga doir faoliyatiga moliyaviy va amaliy yordam bersinlar. Bu ish har bir rahbar va ijrochining vatanparvarlik burchi deb hisoblansin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma o‘z Ustav maqsadlari va vazifalariga qat’iy mos keladigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha: tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir; soliqlar, davlat boji, bojxona bojlari hamda davlat budjetiga o‘tkaziladigan boshqa to‘lovlarni to‘lashdan ozod etiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijdagi shunday jamg‘armalar va boshqa turdosh tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatishda, YUNISEF, Qizil Xoch, BMT missiyasi va boshqa xalqaro vakolatxonalar bilan bitimlar tuzishda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga har tomonlama yordam bersin. 10. “Toshkentshahartranskorxona” uyushmasi Jamg‘arma ma’muriyatini shartnoma asosida xizmat avtotransporti bilan ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa Jamg‘armani uning buyurtmanomasiga binoan shahar va hukumat aloqa vositasi bilan ta’minlasin. 11. “O‘zshartnomasavdo” va respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-ta’minot tashkilotlari “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga zarur inventar va mebel ajratish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsinlar. 12. Ommaviy axborot vositalari “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya Jamg‘armasi faoliyatini keng yoritsin, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi ijobiy tajribani targ‘ib qilsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
116
2,548
Qonunchilik
Korхona pochta manzili va bankni oʻzgartirgan boʻlsa, nima qilish zarur
Korхona pochta manzili va bank rekvizitlarini oʻzgartirdi. Yopilmagan shartnomalar bor. Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Oleg ZAMANOV bu borada bosqichma-bosqich yoʻriqnomani tayyorladi. U karantin sharoitida ham barcha zarur masalalarni hal qilish imkonini beradi. – Korхonangizning joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan boʻlsa, qayta roʻyхatdan oʻting. Buni oʻzgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiring. Qonun hujjatlarida tadbirkorlik sub’yektini ikki хil yoʻl bilan: oʻzi kelgan holda va internet orqali qayta roʻyхatdan oʻtkazish nazarda tutilgan. Davlat хizmatlari agentligi direktori yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda davlat хizmatlari markazlariga vaqtincha bormay turishni tavsiya etdi. Shu sababli ikkinchi variantdan foydalaning. U bir nechta ketma-ket bosqichda amalga oshiriladi. Hammasi real vaqt rejimida yuz beradi, bunga koʻpi bilan yarim soat vaqtingiz ketadi. 1. Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi oʻrinlarda – Tizim) kiring. Buning uchun fo.birdarcha.uz  havolasi orqali oʻting. 2. ERI yoki ONE ID tizimi yordamida avtorizatsiyalanib, sayt funksionaliga kirish imkonini qoʻlga kiriting. 3. «Tadbirkorlik sub’yektini qayta roʻyхatdan oʻtkazish» хizmatini tanlab, belgilangan shaklda soʻrovnoma (ariza) tuzing. Buning uchun Tizim bosqichma-bosqich bloklarni toʻldirish va kiritgan ma’lumotlaringizni saqlashni taklif etadi. Birinchi boʻlimda tashkilotingiz STIRi va roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organni koʻrsating. Bunday qarorni faqat ishtirokchilar yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoхud хususiy korхona mulkdori qabul qilishi mumkinligini nazarda tuting. Keyingi satrda ishtirokchilar, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi yoхud yagona ishtirokchi, aksiyador yoki mulkdorning qarori rasmiylashtirilgan sanani qayd eting. Soʻng 2-1 «Joylashgan joyining (pochta manzilining) oʻzgarishi» bandiga belgi qoʻyib, III «Tadbirkorlik sub’yektining – yuridik shaхsning yangi joylashgan joyi (pochta manzili)» boʻlimini diqqat bilan toʻldiring. Firma nomi, muassislar tarkibi va ustav fondi miqdori oʻzgarmagani sababli IV – VI boʻlimlarni toʻldirmasligingiz mumkin. VII boʻlimda ta’sis hujjatlari rasmiylashtirilgan (umumiy yigʻilish yoхud yagona muassis tomonidan tasdiqlangan) sanalarni koʻrsatib, 7-2 bandga kerakli belgilarni qoʻying: ustav – majburiy ravishda, ta’sis shartnomasi esa mavjud boʻlsa ilova qilinadi (MChJ ishtirokchilari bittadan ortiq boʻlsa, ta’sis shartnomasi rasmiylashtiriladi). VIII – X boʻlimlarni ham toʻldirmang. Tuzilgan elektron arizani quyidagi shaхslarning ERI bilan tasdiqlang: Ilovalarga kelsak, – ustav va ta’sis shartnomasi (mavjud boʻlganda) yangi tahrirda qabul qilinadi. Namunaviy shakllardan foydalanishingiz mumkin. Ushbu fayllarni  jpeg formatida yoki PDF formatidagi skan-nusхa koʻrinishida biriktirishingiz mumkin. Bir jihatiga e’tibor bering: fayl hajmi 10 Mb dan oshmasligi kerak. Hujjatlar: bitta hujjat – bitta fayl prinsipi boʻyicha Tizimga yuklanishi lozim. 4. Biznesni roʻyхatdan oʻtkazish chogʻida toʻlanadigan stavkaning 25%i miqdorida davlat bojini toʻlang. Tizim toʻlanishi lozim boʻlgan summani avtomatik ravishda hisoblab, invoys taqdim etadi. Toʻlov toʻlangach, Tizim hujjatlarni davlat хizmatlari markazining mas’ul хodimiga avtomatik ravishda yoʻllaydi va ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarni tegishli ma’lumotlar bazalari bilan solishtiradi. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
71
3,627
Qonunchilik
Elektron tijoratning Ochiq raqamli ekotizimi yaratiladi
Prezident tomonidan 17 noyabr kuni “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. Hujjatga asosan elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” aхborot tizimlari majmuasi (keyingi oʻrinlarda – Raqamli ekotizim) 2022 yil 1 iyuldan boshlab ishga tushiriladi. Shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga koʻra: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etildi. Uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi: Markazga DSQ bilan birgalikda 2022 yil 1 iyulga qadar Raqamli ekotizim orqali soliq organlariga real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi elektron ma’lumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasini ta’minlash topshirildi. Elmira Siraziyeva.
55
943
Qonunchilik
Yer soligʻining eng kam miqdori faqat Toshkent shahri uchun
Mazkur Nizom shunday tartibni koʻzda tutadiki, unga koʻra YaST toʻlovchilari byudjetga mazkur soliqni egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar. Ilgari YaST eng kam miqdorini aniqlashda mazkur joy va yer toifasi uchun oʻrnatilgan eng kam stavka hisobga olinar edi. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qarori (roʻyхat raqami AV-2203–5, 2017 yil 6 fevral) bilan mazkur Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi, Ularga koʻra YaST eng kam miqdorini aniqlash uchun yer soligʻining eng kam stavkasi faqat Toshkent shahrida joylashgan yer maydonlariga nisbatan qoʻllaniladi (5 zona uchun – 22 813 125 soʻm oʻrnatilgan). Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan yer maydonlariga oʻsha joy va yer toifasi uchun belgilangan yer soligʻi stavkasi qoʻllaniladi. Mazkur oʻzgartirishlar rasman e’lon qilingunga qadar mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan YaST toʻlovchilari DSX organlariga belgilangan shakl boʻyicha Yagona soliq toʻlovi eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etishgan (03.03.2011 yildagi 2203-son Nizomga 2-ilova), chunki uni taqdim etish muddati 1 fevralgacha. Yer soligʻi stavkasi oʻzgargan soliq toʻlovchilar DSX organlariga kiritilgan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda aniqlashtirilgan YaST eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etishlari zarur. Muzaffar Mirzagʻaniyev, ekspertimiz. Mavzuga oid materiallar: Asosiy soliqlar boʻyicha stavkalar saqlab qolindi Qanday imtiyozlar oʻrnatildi va uzaytirildi
59
1,572
Qonunchilik
MILLIY PASPORTLAR TAYYoRLAShNING MODDIY-TEXNIK VA MOLIYAVIY MASALALARI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI ULAR BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA
Milliy pasportlar tayyorlashni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash hamda aholiga pasport berishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi: 1. Milliy pasportlar tayyorlashning moddiy-texnik va moliyaviy masalalarini hal etish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ular bilan ta’minlashga oid tadbirlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra ilova qilinayotgan tadbirlarga muvofiq budjetdan zarur pul va valyuta mablag‘lari ajratsin. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi import bo‘yicha olinadigan pasportga oid poligrafiya materiallari va ximikatlarni sotib olish uchun “Goznak” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga zarur mablag‘larni konvertatsiya qilish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin va hal etsin. 2. “Goznak” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha milliy pasportlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarini tasdiqlangan jadvalga muvofiq rasmiylashtirishni, berishni va almashtirishni ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
148
1,384
Qonunchilik
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu, 7-son qarori (ro‘yxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 11-banddan “yagona 23411 hisob raqamiga o‘tkaziladi va bir vaqtning o‘zida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin: “111. Hisobot oyi uchun to‘lov summasi 23411 yagona hisob raqamiga kelib tushadi va to‘planadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay vakolatli bankka to‘lov hujjatlarini taqdim etish yo‘li bilan taqsimlanadi. To‘lov summasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi abonentning ro‘yxatga olingan joyiga qarab tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlari va viloyatlarning mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi. To‘lov summasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi tegishli davlat soliq inspeksiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalarida ochilgan balans hisob raqami 23402 bo‘lgan tegishli tranzit daromad hisob raqamlariga o‘tkaziladi.”. 3. 1 va 2-ilovalar mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon qilinsin. 4. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.
240
2,215
Qonunchilik
Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‘ra oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Respublika fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari uzviy muvofiqlashgan oilani himoya qilish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan vazifalardan biridir. Bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni hurmatlash, onalikni muhofaza etish va bolalarning huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro huquq qoidalariga sodiq bo‘lish, ma’naviy merosni saqlash va rivojlantirish, yuksak vatanparvarlik, soflik va halollik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash ota-onalarning konstitutsiyaviy va ma’naviy burchidir. 1998-yil 1-sentabrdan amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining manfaatlarini qo‘riqlashning ustunligini nazarda tutadi. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarning sudlar tomonidan to‘g‘ri hal etilishi ota-onalarning va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi mas’uliyatlari oshirilishini ta’minlashga imkoniyat tug‘diradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid bo‘lgan huquqlaridan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklarining oldini olish choralaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, qonunlarning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash va oilaviy nizolarni ko‘rish jarayonida sudlarda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni ko‘rishda sudlarning e’tibori bunday nizolarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish bolalar va oila manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin. 2. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi; bolasidan alohida turadigan ota yoki onani bolasining tarbiyasida ishtirok etishga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida bo‘lgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ota-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish (ota-onalik huquqini saqlash); bolaning ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan ko‘rishishi; ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish; farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi va boshqa nizolar sudda ko‘rilishi lozim. 3. Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar o‘rtasida bo‘lgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining o‘zi bolani unga olib berish uchun asos bo‘la oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga ko‘ngil qo‘yganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining ma’lumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini e’tiborga oladi. Sud 10 yoshga to‘lgan bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham e’tiborga olishi mumkin. 4. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo nikohdan ajralish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda hal etilayotgan hollarda bolalar boshqa shaxslarning tarbiyasida ekanligi hamda ular bolalarni ota-onasiga qaytarishga qarshilik ko‘rsatayotganliklari aniqlansa, sud bu nizoni alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi lozim. 5. Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq ota-onalar boshqa shaxslar oldida bolalarini shaxsan tarbiya qilishda ustun huquqqa egadirlar va bolalarini qonunga asoslanmagan holda ushlab turgan har qanday shaxsdan qaytarilishini talab qilishga haqlidirlar. Bu talabni ko‘rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da’vosini rad qilishga haqli. Shuningdek, sud ota yoki onaning bolasining tegishlicha tarbiyasini ta’minlay olish imkoniyatlarini, ota yoki onaning bolasi bilan o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini, bolaning o‘z ixtiyorida bo‘lgan shaxslarga qanchalik ko‘ngil qo‘yganligini va boshqa muayyan holatlarni e’tiborga oladi. Agar ota-onaning ham, bola ixtiyorlarida bo‘lgan shaxslarning ham uni tegishlicha tarbiyalashni ta’minlay olmasliklari aniqlansa, sud vasiylik va homiylik organlarining yoki prokurorning da’vosiga asosan bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramog‘iga olib beradi. Bunday talab qo‘yilmagan bo‘lsa, sud o‘zining xususiy ajrimi bilan bu organlarning e’tiborini shunday da’vo qo‘zg‘atish zarurligiga qaratadi. 6. Sudlar ota-onalarning bolalarini, ularni qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, o‘z ixtiyorlarida saqlayotgan shaxslardan (vasiylardan, homiylardan, bolalar muassasalaridan va h.k.) olib berish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rayotganlarida, nizo yuzaga kelgan vaqtga kelib, qayd etilgan shaxslarga yoki bolalar muassasalariga bolalarni olib berish uchun asos bo‘lgan holatlar o‘zgargan-o‘zgarmaganligini, bolalarni ota-onalariga qaytarish ularning manfaatlariga mos kelish-kelmasligini aniqlashlari lozim. 7. Oila kodeksining 76-moddasiga binoan bolasidan alohida turadigan ota yoki ona bolasi bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sud mazkur turkumdagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash, nizoni hal qilishda ahamiyatga ega va taraflar tomonidan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlashi kerak, bunda asosiy e’tiborni aynan bolaning ota-onasi yoxud boshqa tarbiyalaydigan shaxslarning shaxsiy xususiyatlariga, shuningdek bola bilan shu shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qaratish kerak. Bunday ishlar, farzandni tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxslarning vasiylik va homiylik organi tomonidan tegishli tartibda tuzilgan va tasdiqlangan turmush sharoitlarini tekshirish xulosalarini olgandan so‘ng ko‘rishga tayinlanadi. Sud mazkur masala yuzasidan nizoni mazmunan ko‘rayotganda ota-onaning huquqlari tengligi tamoyili va bola manfaatlarida turli xil holatlarni inobatga oladi. Zaruratga qarab, sud tomonidan sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi lozim, bunday ekspertiza ota-onalar (ulardan biri)ga nisbatan, ahvolni psixologik tahlil qilish (oilaviy mojaro) bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin. Biroq sud ekspertizasining xulosasi, vasiylik va homiylik organining xulosasi ham dalillardan biri bo‘lib, ishdagi boshqa dalillar yig‘indisi bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozimligini e’tiborga olishi kerak. Boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan ko‘rishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan ko‘rishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rilish tartibini (vaqti, joyi, ko‘rishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim. Bola bilan ota-onaning ko‘rishish tartibini belgilashda bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i, uning axloqiy kamolotiga ta’sir qiladigan holatlar, bolaning yoshi va sog‘lig‘ining holati, bolaning ota (ona)ga bog‘liqligi va boshqa holatlar inobatga olinadi, Belgilangan ko‘rishish tartibi bolaning manfaatiga javob berishi va ijro etish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim. Istisno hollarda, boladan alohida yashayotgan ota-onaning bola bilan ko‘rishishi unga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 2-qismiga muvofiq, ota-onaning huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emasligidan kelib chiqib, sud ota-onaning bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash haqidagi da’vosini, qabul qilingan qarorda asoslantirgan holda rad qilishga haqli. Sud alohida turadigan ota yoki onaning bolasini tarbiyalashda ishtirok etish tartibini belgilaydi va bola bilan birga turadigan ota yoki onaga bunga qarshilik ko‘rsatmaslik majburiyatini yuklaydi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishi mumkin. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onalarning, qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, boshqa shaxslar ixtiyoridagi bolalarini tarbiyalashlariga monelik qiladigan holatlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi masala ham sudlar tomonidan xuddi shunday hal etilishi lozim. 8. Ota-onalarning mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan ota-onalik huquqi deyilganda, ularga bolasini voyaga yetguncha tarbiyalash, uning manfaatlarini himoya etish va unga vakillik qilish, bolasini boshqa shaxslardan talab qilib olish, uning farzandlikka olinishiga rozilik berish va h.k.lar uchun berilgan huquqlar tushunilmog‘i lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onalar bolalari bilan tug‘ishganlik faktiga asoslangan huquqlarini: voyaga yetgan bolalaridan nafaqa olish, ular vafot etgan taqdirda nafaqa bilan ta’minlanish, bolalarining mulkiga voris bo‘lish huquqlarini va boshqa huquqlarini ham yo‘qotadilar. 9. Oila kodeksining 80-moddasiga muvofiq ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘riladi. Arizalarni qabul qilishda sudlar bunday ishlar bo‘yicha faqat qonunda ko‘rsatilgan shaxslargina da’vogar bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olishlari lozim. Yuridik shaxs huquqlaridan foydalanuvchi davlat yoki jamoat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi FPKning 48-moddasiga muvofiq, ularga amaldagi qonunlarga ko‘ra voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, bunday ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘lishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uyi, bolalar uyi, maktab-internatlar, kasaba uyushmalarining qo‘mitalari va h.k.). Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 52-moddasiga muvofiq, agar ularga amaldagi qonun hujjatlari bilan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, bunday ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘lishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari va h.k.) 10. Ota-onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi da’vo bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi yozuvda ota-onasi tariqasida ko‘rsatilmagan farzandlikka olganlarga va bolani haqiqatda tarbiyalayotgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilishi mumkin emas. Vasiyni (homiyni) bolani tarbiyalashga vijdonan yondashmaganligi munosabati bilan o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatish masalasi sud tomonidan emas, balki vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinadi. Vasiylik (homiylik) vazifasidan chetlatilgan shaxs bolani berishdan bosh tortsa, unga nisbatan bolani olish haqida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin. 11. Ota-onadan birini ota yoki onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rishda, sud, bolalarning kelgusidagi tarbiyasi uchun yetarli sharoitlarni ta’minlash va ota-onaning huquqlarini himoya qilish maqsadida, har bir holatda, alohida turadigan ota yoki onaning turgan joyini aniqlashi, uni ishda ishtirok etishga jalb etishi va bolani tarbiyalash uchun olib berish haqida talab qilingan hollarda unga bolani olib berish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi shart. 12. Ish holatlarini, ota-onaning bolalariga munosabatlari xususiyatlarini har taraflama aniqlash maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar, qoidaga ko‘ra, sud majlisida javobgarlar ishtirokida ko‘rilishi lozim. Muqaddam javobgardan nafaqa undirilmagan va uni undirish haqidagi masala ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda hal etilayotgan bo‘lsa, sud, javobgar sud majlisiga kelishdan bo‘yin tovlayotgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180-moddasiga muvofiq, unga jarima solishga haqli. Javobgarning turish joyi noaniq bo‘lgan holda, sud unga nisbatan qidiruv e’lon qiladi. 13. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqilishi lozim. Prokuror yoki vasiylik va homiylik organi vakili sudga kelmagan taqdirda ishni ko‘rish boshqa vaqtga qoldirilishi lozim. 14. Sud O‘zbekiston Respublikasi FPK 197-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini nazarga olib, manfaatdor shaxslarning javobgarning jamiyatda yashash qoidalarini muttasil ravishda buzib kelayotganligi va u bilan birgalikda yashash imkoniyati yo‘qligi sababli turar joyidan ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosini ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda ko‘rishga haqli (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasi). Bunday talab keyinchalik mustaqil da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan ham taqdim etilishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim. 15. Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan o‘zlarining aybli xulq-atvoriga ko‘ra, agar ular ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, o‘quv-tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin. Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashlik deganda — ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, o‘z bolalariga qanday bo‘lmasin g‘amxo‘rlik qilmaslik tushuniladi. Bolalarning yoshlariga qarab ota (ona)ning har bir aniq holatdagi harakati (harakatsizligi) bola uchun uni halokatga olib keladi. Aliment to‘lashdan bosh tortganda bu fakt sudning hukmi bilan tasdiqlanishi shart emas. Aliment to‘lash, o‘z bolalarini moddiy ta’minlashdan doimiy ravishda qochishga uringanligiga ishonch hosil qilishlikning o‘zi kifoyadir. Uzrsiz sabablarga ko‘ra bolasini tug‘uruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktoriyasi va o‘quv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tug‘uruqxona va bolalarni davolash profilaktoriyasi va o‘quv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Ota-onaning o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari ularning bolalarining ma’naviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, ta’limi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaganligida namoyon bo‘ladi. Ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish deganda — bu huquqlardan bolalarning manfaatlariga zid ravishda foydalanishni, masalan, o‘qishiga, jamoat topshiriqlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishni, tilanchilikka undashni, uni spirtli ichimliklar va narkotik moddalar iste’mol qilishga o‘rgatish, jinoyat qilishda, jinoiy yo‘l bilan daromad topishda voyaga yetmaganni jalb qilishni tushunmoq kerak. Bolalar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lish jismoniy va ruhiy qiynashda, tarbiyalashning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan usullarini qo‘llashda, bolalarining insoniy g‘ururlarini kamsitishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin. Agar bolalarga nisbatan ota-ona emas, balki oila a’zolari shafqatsiz muomalada bo‘lsalar, bolaning ota va onasi bunga qarshilik qilmasalar, bunday ota-onalarning ota-onalik huquqlari Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq cheklanishi mumkin. Ota-onaning surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlik kasaliga uchraganligi tegishli tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunday asos bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarni muomalaga layoqati cheklangan deb tanilganligidan qat’i nazar, amalga oshirilishi mumkin. Bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi ota-ona tomonidan qasddan jinoyat sodir qilish o‘ta og‘ir va jamoat uchun xavfli hisoblanadi. Bunday asoslarga ko‘ra ota (ona)ni ota-onalik huquqidan mahrum qilishga faqat sudning hukmi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Bolani ota (ona)sining hayoti va sog‘lig‘iga qarshi ota (ona)si tomonidan qasddan jinoyat sodir qilganligi asosiga ko‘ra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlik haqidagi ishlarni ko‘rishda bola jinoyat obyekti uning ota (ona)si bo‘lgan hollarda zarar ko‘rishini hisobga olishlari lozim. Bunday asoslarga ko‘ra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlikka ham aybdorga nisbatan sudning hukmi bo‘lishi lozim. 16. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oxirgi chora ekanligiga sudlarning e’tibori jalb etilsin. Alohida hollarda ota yoki onaning aybli xulq-atvori tasdiqlangan taqdirda ham sud uning xulq-atvori xususiyatlarini, shaxsini va boshqa muayyan holatlarni e’tiborga olib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’voni rad etishga va vasiylik va homiylik organlariga uning ota-onalik majburiyatlarini bajarishini nazorat qilishni yuklab, javobgarni bolalar tarbiyasiga nisbatan o‘zining munosabatlarini o‘zgartirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishga haqli. Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’voni rad etib, ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud bo‘lganida, bolaning manfaatlari taqozo qilsa, ota-onadan bolasini olish va uni vasiylik va homiylik organlari qaramog‘iga topshirish to‘g‘risidagi masalani hal qilishga haqli. 17. Sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida bolani tarbiyalash uchun kimga: boshqa turadigan otasi yoki onasiga, vasiylik va homiylik organiga yoki u qonunda belgilangan tartibda tayinlangan bo‘lsa, vasiyga (homiyga) berilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bolani boshqa turadigan otasi yoki onasiga berish mumkin bo‘lmaganida yoki otasi va onasining har ikkalasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan hollarda (agarda vasiy hali tayinlanmagan bo‘lsa) bola vasiylik va homiylik organining qaramog‘iga topshirilishi kerak. Bolani qarindoshlari va boshqa shaxslarning tarbiyasiga berishga, agar ular uning vasiylari yoki homiylari qilib tayinlangan bo‘lsalar yo‘l qo‘yiladi. Bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramog‘iga topshira turib, sudlar bolani joylashtirishning muayyan tartibini belgilashga haqli emaslar, chunki bu masala faqat ko‘rsatilgan organlarning vakolatlariga taalluqlidir. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining nusxasi sud tomonidan vasiylik va homiylik organiga va bolaning tug‘ilganligi qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborilishi lozim. 18. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasiga muvofiq, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarini ta’minlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu sababli sud javobgarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishda, FPK 251 va 254-moddalarining qoidalariga asoslanib, undan aliment undirish to‘g‘risidagi masalani, bunday da’vo qo‘zg‘atilgan-qo‘zg‘atilmaganligidan qat’i nazar, birgalikda hal etishi shart. Ota yoki onadan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bolalar ulardan ikkinchisining, vasiyning yoki homiyning tarbiyasiga berilganda, alimentlar shu shaxslarning foydasiga undiriladi. Bolalar ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala hal etilgunga qadarli bolalar muassasalariga joylashtirilgan bo‘lsalar, alimentlar shu muassasalarning foydasiga undirilishi kerak. Bolalar vasiylik va homiylik organlarining qaramog‘iga topshirilayotganlarida aliment bolalar topshiriladigan shaxslarning yoki bolalar muassasalarining foydasiga undiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki onadan aliment, qoidaga ko‘ra, da’vo qo‘zg‘atilgan vaqtdan boshlab undirilishi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan nafaqa undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini ijro etish jarayonida vujudga keladigan, jumladan, muayyan aliment undiruvchini ko‘rsatish haqidagi, agar bola ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqqanidan so‘ng to uni olib qo‘yilgunga qadar shu ota yoki onasi bilan yashab kelayotgan bo‘lsa, undirish muddati to‘g‘risidagi masalalar FPK 454-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etilishi kerak. 19. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, pul yordami va boshqa to‘lovlarni, shuningdek uning foydasiga undirilgan alimentlarni to‘lash to‘xtatiladi. Shu sababli sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda bu masalalarni aniqlash lozim va ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng uning nusxasini ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshiradigan tegishli organlarga yoki to‘lovlar to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqargan joydagi sudga, bu to‘lovlarni bolalar muassasasiga yoki bola tarbiyasiga berilgan shaxsga o‘tkazish haqidagi masalani muhokama qilish uchun yuborish kerak. 20. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda ota-onalarning xulq-atvori va turmush tarzi o‘zgargan-o‘zgarmaganligini, ularning bolalarini tarbiya qila olish-olmasliklarini sinchiklab tekshirishlari lozim. Ota-onalik huquqini tiklashga agar bu bolalarning manfaatlariga mos kelsa, yo‘l qo‘yiladi. Bolalar boshqa shaxslar tomonidan farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan bo‘lsa, ota-onalik huquqini tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 21. Sud ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi masalani ota yoki ona ota-onalik huquqidan sudning fuqarolik yoki jinoyat ishi bo‘yicha chiqargan qaroriga binoan mahrum qilinganligiga qaramasdan, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etadi. Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vo ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslar yoki prokuror tomonidan bola kimning qaramog‘ida ekanligiga qarab, ota yoki onaning ikkinchisiga yoinki vasiyga (homiyga) yoki bolalar muassasasiga nisbatan qo‘zg‘atiladi. Bunday ishlar sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlari vakillarining va prokurorning ishtirokida ko‘rilishi lozim. Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda shu shaxsning bolani unga berish to‘g‘risidagi da’vosi ham ko‘rilishi mumkin. Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bola manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir. O‘n yoshga to‘lgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarorining nusxasi sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlariga va bolaning tug‘ilganligi qayd qilingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborilishi kerak. 22. Bir qator obyektiv sabablarga ota-onaning (ulardan birining) ruhiyati buzilishi yoki boshqa surunkali kasalligi, og‘ir sharoitning vujudga kelishi, og‘ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalarga ko‘ra bolalarni ota-onasining ixtiyorida qoldirish xavfli deb topilsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq, shu moddada ko‘rsatilgan shaxs va organlarning da’vosiga binoan, ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib ota-onadan (ulardan biridan) bolani olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklash) va vasiylik va homiylik organining qaramog‘iga topshirishi mumkin. Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tug‘dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun esa yetarli asoslar aniqlanmagan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi. Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tug‘dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun esa yetarli asoslar aniqlangan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy o‘tgach, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, ota-onani (ulardan birini) bu muddat o‘tmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida da’vo taqdim etishga haqli. Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi ishlar ham prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘riladi. Farzandlikka olganlardan bolalarni olish to‘g‘risidagi masala ham, farzandlikka olishni bekor qilish uchun qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lmasa, shunday tartibda hal etilishi mumkin. Farzandlikka olgan majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki o‘zining huquqlarini suiiste’mol qilgan holatda, unga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin, chunki farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga keladi. Sud bolalarni ota-onasidan yoki farzandlikka olganlardan olishda (ota-onalik huquqini cheklashda) ota-onani (ulardan birini) bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini hal qilishi lozim. Sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-onaning bolasi bilan ko‘rishishi unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa, bola bilan ko‘rishishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday ko‘rishishga vasiylik va homiylik organining roziligi bilan, agar vasiy (homiy) tayinlangan bo‘lsa, uning, yoxud bolaning tutingan ota-onasi yoinki bola turgan muassasa ma’muriyatining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo‘lgan holatlar barham topsa, sud ota-ona (ulardan biri)ning da’vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va Oila kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da’voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir. 26. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan suddagi barcha nizolarni ko‘rishda ularning himoyasi yuzasidan kim tomonidan da’vo qo‘zg‘atilganligidan qat’i nazar, ishda ishtirok etish uchun xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi jalb qilinishi lozim. Qayd etilgan organ da’vo taqdim qilmagan bo‘lsa, u sud tomonidan davlat boshqaruv organi sifatida o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish maqsadida xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilinadi (Oila kodeksining 88-moddasi). Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining, da’vo talablarining mohiyati bo‘yicha xulosasini sud boshqa ish materiallari bilan birgalikda baholaydi. Bu xulosa bilan kelishmaganlik sud tomonidan ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida asoslantirilgan bo‘lishi lozim. 27. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilishni ta’minlash maqsadida, sudlar, muayyan nizoning xususiyatlarini e’tiborga olib, ularni ko‘rishga puxta tayyorlashlari kerak. Bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, maktabdan ta’rifnomani, notinch oilaning nazorat qilinganligi to‘g‘risidagi materiallarni, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining mudiri tasdiqlagan vasiylik va homiylik organlarining asoslantirilgan xulosasini, shuningdek bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini va ota-onani ta’riflovchi hujjatlarni talab qilib olish lozim. Bu ishlar faqat xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limidan bolaning yashash sharoitlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi akt va unga asoslangan xulosa olingandan so‘ng ko‘rilishi mumkin. 28. Bolalarning fikrini, ularning taraflarga bo‘lgan munosabatini aniqlash, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga ko‘ra sud tomonidan bolani so‘rash zarur deb topilsa, bunday so‘rovni bolaning yoshini va rivojlanganligini e’tiborga olib, pedagog qatnashuvida, unga manfaatdor shaxslar ta’sir etmaydigan vaziyatda amalga oshirish lozim. 29. Sudda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ish, bolalarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlar qo‘zg‘atilganda, bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida ko‘rish uchun tayyorlash bosqichida yoki sud ishni ko‘rish vaqtida, hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish to‘g‘risidagi masalani hal qilishlari lozim. Bu masalani ko‘rish FPK 107-moddasi qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. FPK 267-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga ham yo‘l qo‘yadi 30. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlarining ijrosiga alohida e’tibor qaratishlari lozim Bolalarni olish va ularni boshqa shaxslarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan hal qiluv qarorlarini majburiy ravishda ijro qilish davlat ijrochisi tomonidan qoidaga ko‘ra, hal qiluv qarorini ijro qilishga majbur bo‘lgan shaxs yashaydigan joyda amalga oshiriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud, alohida hollarda, FPK 454-moddasi tartibida hal qiluv qarorini ijro etishni bola turgan joyi bo‘yicha amalga oshirishni belgilashi mumkin. 31. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tartibga soluvchi qonunlar buzilishini oldini olish uchun faol ish olib borishlari lozim. Sudlarga ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni, zarur hollarda, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari vakillarining ishtirokida, sayyor sud majlislarida ko‘rish tavsiya etilsin. Sudlar ishlarni ko‘rishda bolalar qarovsizligi, bolalarning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan o‘z vaqtida chora ko‘rilmaganligi, voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya va inspeksiyalarning, bolalar muassasalarining va boshqa muassasalarning ishlarida muhim kamchiliklar borligi holatlarini aniqlasalar, xususiy ajrimlar chiqarib, ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatgan holda tegishli tashkilotlarga yuborishlari shart. Sud tomonidan ishlarni ko‘rishda o‘smirlarning qonunni buzgani aniqlansa, bu haqda voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga yoki tegishli organlarga zarur bo‘lgan tarbiyaviy va ogohlantirish choralarini ko‘rish uchun ma’lum qilish lozim. 32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi 5-12-93-sonli qarori va unga 1997-yil 2-mayda o‘zgartirishlar kiritilgan “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
121
32,941
Qonunchilik
Import qilinadigan tovarlar iхtiyoriy asosda yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkaziladi
Prezidentning 24.03.2018 yildagi «Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori OʻzAda joylashtirilgan. Mamlakatimizga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish tartiboti bekor qilinmoqda. Endi u iхtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun: yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish ilgari ham barcha hollarda majburiy emas edi. U umumiy qiymati 10 ming AQSh dollaridan oshmagan kontraktlar boʻyicha tovarlar yetkazib berilishiga, shuningdek ilgari litsenziyalar boʻyicha import qilingan maхsus turdagi tovarlar (qurol-yarogʻ, qimmatbaho metallar, radioaktiv moddalar va ulardan foydalanilgan priborlar, asbob-uskunalar) yetkazib berilishiga nisbatan tatbiq etilmagan.   Import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish хizmatlarini akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari koʻrsatadilar. Toʻlov ularning Oʻzbekiston tijorat banklarida ochilgan hisobraqamlariga kelib tushadi. Bunda import qiluvchi muayyan inspeksiya organini erkin tanlash huquqiga ega, unga kimnidir tavsiya qilish taqiqlangan. Olib kiriladigan tovarlar sifati, miqdori va narхlarining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda (Markaz) roʻyхatdan oʻtgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligi uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaхslari zimmasiga yuklatiladi. Bojхona organlari Markazda roʻyхatdan oʻtgan kontraktlar doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni aхborot tizimlaridan foydalangan holda unga taqdim etadi. Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va хizmatlar хaridlarini oʻtkazish (хarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) boʻyicha iхtisoslashgan tashkilotni tanlash tanlov asosida amalga oshiriladi. Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bunday tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarni va davlat хaridlarini oʻtkazish doirasida ular tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar turlari roʻyхatini belgilaydi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
87
2,434
Qonunchilik
QL-926 va QL-927-sonli O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Birinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-926-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-927-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
113
702
Qonunchilik
Monografiyani bosmaga qanday tayyorlash mumkin
Ilmiy ishlarni bosib chiqarish – har bir olimning hayotidagi muhim hodisa. Biroq bosmaga tayyorlash ilmiy faoliyatdan chalgʻitadi va mualliflar uchun haqiqiy bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. TOP PRINT iqtisodiy-huquqiy nashriyoti ularga yordam berish niyatida oʻz хizmatlarini taklif etadi. Nashriyot monografiyalar, istalgan uslubiy qoʻllanmalar, oʻquv adabiyotlarini bosmaga tayyorlash ishlarini oʻz zimmasiga olishga tayyor. Aspirantlar va doktorantlarga kataloglar va avtoreferatlarni bosmaga tayyorlash: operativ va sifatli sahifalash, maketlarni bosmaga tayyorlashni taklif etamiz. Huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy mavzulardagi nashrlar mualliflariga nashriyot maslahat хizmatlarini koʻrsatishi mumkin, bunda monografiyaning oʻzini yozishda yordam beribgina qolmay, balki tahrir qilish, sahifalash, musahhihlik va matbaa хizmatlari masalalarida ham yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatiladi. Bundan tashqari, nashriyot mutaхassislari nashrlar (mavzusidan qat’i nazar) mualliflariga quyidagi хizmatlarni koʻrsatishga tayyorlar: Kitobingizga rasmiy maqom berish uchun UDK, BBK, mualliflik belgisi va ISBN – kitobning хalqaro seriya raqamini berish хizmatlari taklif etiladi. Shuningdek majburiy nusхalari qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladi. Bizga (998 71) 200-00-90 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling yoki Oʻzbekiston, 100105, Toshkent sh., Mirobod tumani, Tallimarjon koʻchasi, 1/1 manzili boʻyicha murojaat qiling.
46
1,413
Qonunchilik
Ma’muriy nazoratni amalga oshirishga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
2.04.2019 yildagi «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaхslar ustidan ma’muriy nazorat toʻgʻrisida»gi OʻRQ–532-son Qonun e’lon qilindi. 1992 yildan buyon «Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaхslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun amal qilar edi, yangi hujjat qabul qilinishi bilan u oʻz kuchini yoʻqotdi. Solishtirma tahlil yangi hujjat tuzilmasiga koʻra farqlanishini koʻrsatdi. Unda ma’muriy nazoratning asosiy vazifalari va prinsiplari belgilangan, tushunchalar apparati kiritilgan, nazorat ostidagilarning, shuningdek ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari aniqlashtirilgan. Har bir bosqichdagi tartib-taomillarning barcha jihatlari izchil bayon etilgan. Nazorat oʻrnatiladigan shaхslar doirasi kengaytirildi. Endi quyidagi shaхslar ham ular sirasiga kiradi: Sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaхslarga nisbatan ma’muriy nazorat oʻrnatilmaydi. Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash ham ma’muriy nazorat chogʻida belgilanadigan cheklovlar sirasiga kiritildi. Bunda sudga nazorat ostidagi shaхsning turmush tarzi va хulq-atvori haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda qoʻllaniladigan cheklovlarni quyidagilarga binoan qisman bekor qilish huquqi berildi: Bundan tashqari, ichki ishlar organlari vakolatiga doir muayyan talablar boʻshashtirildi. Ular nazorat ostidagi shaхsga shaхsiy holatlar munosabati bilan yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqishga ruхsat berishlari mumkin (quyidagi jadvalga qarang). 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatga 1 oygacha boʻlgan muddatga yaqin qarindoshining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi tibbiy yordam olishi yoki sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanishdan oʻtishi zarur boʻlganda ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan buyon istiqomat qilishning imkoni boʻlmasa ta’lim muassasalariga qabul qilish chogʻida kirish imtihonlarini topshirish zarurati sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida ta’lim olganda Ma’muriy nazoratni tugatish uchun Qonunda qayd etilgan asoslar ham koʻpaydi. Roʻyхatga quyidagilar kiritildi: Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 3.04.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
69
2,404
Qonunchilik
“Fan to‘g‘risida”gi QL-407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “Fan to‘g‘risida”gi QL-407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
80
629
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
“Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y, 17-son, 209-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 330-modda) va 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 589-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 19-sentabrdagi 226-son “O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari va maxsus xotira tamg‘alari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1516, 2005-yil 6-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 40-son, 314-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom Umumjahon pochta konvensiyasi, Yozma xat-xabarlar reglamenti, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 2018-yil 1-maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq pochta markalarini nashr qilish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, buyurtma berish, tarqatish va sotish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizom pochta markalarini nashr qilish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, ularga buyurtma berish, tarqatish va sotish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi), pochta aloqasi milliy operatori, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ichki yozma xat-xabarlar — O‘zbekiston Respublikasi hududida adresatga jo‘natish va yetkazib berish uchun qabul qilinadigan yozma xat-xabarlar; hisobdan chiqarish — pochta jo‘natmasining jo‘natilganligini yoki olinganligini bildiruvchi, markadan takroran foydalanishning oldini olish maqsadida qo‘l shtempeli, shtempellash mashinasi yoki sharikli ruchka bilan qo‘yiladigan pochta markasidagi belgi yoki istalgan turdagi boshqa shtempellash belgisi; pochta to‘lovining davlat belgilari (PTDB) — pochta markalari hamda frankirlash mashinalarining pochta jo‘natmalariga pochta aloqasi xizmatlari haqi to‘langanligini tasdiqlash uchun tushiriladigan tamg‘asi; O‘zbekiston Respublikasi Maxsus xotira shtempellari izlarining katalogi — muhim sanalar yoki buyuk voqealar munosabati bilan chiqarilgan maxsus xotira shtempellari izlarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalaydigan ma’lumotnoma nashri; O‘zbekiston Respublikasi Pochta markalari katalogi — O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha ma’lumotlar bilan chiqarilgan pochta markalarining xronologik ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi ma’lumotnoma nashri; maxsus chiqarilgan (kommemorativ) marka — tarixiy sanalar, yubileylar yoki biror-bir voqealar, mavzuga bag‘ishlab bosib chiqariladigan pochta markasi; markalangan pochta konverti (varaqchasi) — bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi); xalqaro yozma xat-xabarlar — O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorij davlatidan kelib tushadigan yoki tranzit orqali keladigan yozma xat-xabarlar; ustama bosish — pochta markasi bosilganidan keyin uning old tomoniga yangi nominal qiymatini belgilash yoki markaning boshqa elementlarini o‘zgartirish uchun tushirilgan har qanday matn yoki rasm; pochta aloqasining milliy operatori — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 330-modda) bilan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi doirasida majburiy ravishda universal xizmatlar ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati; pochta markasining nominal qiymati — yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning pochta markasida arab raqamlari yoki lotin harflari bilan ko‘rsatiladigan qiymati; pochta markasining namunasi — pochta markasining eskiziga muvofiqligini tekshirish va keyingi nashr etishga tasdiqlash uchun qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish huquqiga ega tashkilotlar (bundan buyon matnda matbaa tashkiloti deb yuritiladi) tomonidan tayyorlangan “Namuna” yozuvi tushiriladigan, pochta markasining bosma loyihasi; pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs; pochta markasining asli — pochta markasining eskizini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm; maxsus xotira shtempeli (MXSh) — muhim davlat voqealariga, tarixiy va xotira joylari hamda sanalar, ko‘rgazmalarga va hokazolarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun qo‘llaniladigan shtempel; yozma xat-xabarlar — oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, buyurtma sekogrammalar, shuningdek mayda paketlar; pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (foydalanuvchi) — pochta aloqasi xizmatlarining iste’molchisi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; pochta varaqchasi — o‘lchamlari Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus blankdagi pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi; pochta bloki — maxsus varaqda bir va undan ortiq qatorda bosilgan hamda markalarga nisbatan kengroq hoshiya bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta pochta markasi; pochta markasi — badiiy tasvirga ega bo‘lgan, uning nominal qiymati va mamlakatini ko‘rsatgan holda, bosma usulda tayyorlangan pochta to‘lovining davlat belgisi; pochta taqvim shtempeli — pochta markalarini hisobdan chiqarish va/yoki pochta, kuryerlik jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari blanklari va/yoki ilova hujjatlari, kvitansiyalarga pochta aloqasining tegishli obyekti nomi, pochta vagoni yo‘nalishi, sanani tushirish uchun mo‘ljallangan maxsus shtempel; pochta konverti — yozma xabarni o‘rash uchun xizmat qiladigan, yelimlash uchun klapanlari bo‘lgan, belgilangan o‘lchamlardagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qog‘ozli qobiq; pochta aloqasi provayderi — foydalanuvchilarga pochta aloqasi operatorlarining tarmog‘i orqali pochta, kuryerlik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; pochta markalari seriyasi — yagona mavzuga va muayyan voqeaga bag‘ishlangan, o‘xshash rasmiylashtirish uslubiga ega qator pochta markalari; standart pochta markasi — muomalaga ommaviy adad bilan chiqariladigan va yodgorlik bo‘lib hisoblanmaydigan pochta markasi; pochta aloqasi xizmatlariga tarif — pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun maxsus vakolatli organ, pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rnatiladigan to‘lov miqdori; mavzu rejasi — ma’lum davr ichida chiqarish rejalashtiriladigan, pochta markalari seriyasi va alohida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari ro‘yxati; frankirlash mashinasi — yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini, ushbu xat-xabarlar qabul qilingan sanani va boshqa axborotni tasdiqlovchi tamg‘a izlarini tushirishga mo‘ljallangan mashina; markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi) — bosmaxona usulida pochta markasi tasviri va badiiy illyustratsiya tushirilgan standart pochta konverti (standart pochta varaqchasi); asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konverti (varaqchasi) — bosmaxona usulida pochta markasi tasviri tushirilgan markalangan badiiy pochta konverti bo‘lib, pochta markasi ushbu konvert (varaqcha)dan alohida chiqarilmagan; elektron marka — oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollarga tushirish uchun mo‘ljallangan, qo‘shimcha axborot kiritilgan, pochta aloqasi xizmatlariga to‘lovni tasdiqlovchi shtrixli pochta identifikatori ko‘rinishidagi pochta markasi; pochta markasining eskizi — pochta markasining namunasini tayyorlash uchun dastlabki asos bo‘lib hisoblanadigan rasm. 3. PTDB Umumjahon pochta konvensiyasi, Yozma xat-xabarlar reglamenti, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 28-aprel) muvofiq oddiy va buyurtma ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan taqdim etiladigan pochta aloqasi xizmatlariga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan. 4. “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq PTDB namunalarini tasdiqlash, PTDB davlat kolleksiyasini shakllantirish va frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. 5. Frankirlash mashinasi tamg‘asining pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi izi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: lotin harflari bilan davlat tilida yozilgan davlatning nomi — “O‘zbekiston”; arab raqamlari yoki lotin harflari bilan to‘lov summasi; frankirlash mashinasining ro‘yxat raqami. Majburiy bo‘lmagan tartibda pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi frankirlash mashinasi tamg‘asining izi “Pochta” (“Pochta”) so‘zini o‘z ichiga olishi mumkin. 6. O‘zbekiston Respublikasida nashr qilingan PTDB ommaviy ko‘rib chiqilishi uchun Vazirlik Pochta to‘lovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi. Pochta to‘lovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasi tarkibi, vazifasi, uni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Pochta to‘lovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 49-modda) bilan belgilanadi. 7. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni rejalashtirish, nashr etilishini tashkil qilish va ular bilan ta’minlash pochta aloqasi milliy operatori (bundan buyon matnda milliy operator deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 8. Pochta markalari Umumjahon pochta konvensiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak . Pochta markalari o‘z mavzularida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan xalqlarning madaniy va tarixiy merosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini, barcha bilimlar sohasidagi erishilgan yutuqlarni, ichki va xalqaro hayot va filateliyadagi asosiy voqea-hodisalarni aks ettirishi kerak. 9. Pochta markalari O‘z DSt 1129:2007 “Pochta markalari. Texnik shartlar” va ushbu Nizom talablariga mos kelishi kerak. 10. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni nashr qilish pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, filatelistlar va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirilishini hisobga olib amalga oshiriladi. 11. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish milliy operator tomonidan amalga oshiriladi. 12. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) matbaa tashkilotlarida bosiladi. Pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan shartnomalar bo‘yicha chet elda bosilishi mumkin. 13. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) tasdiqlangan Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari asosida nashr qilinadi va tayyor bo‘lishiga ko‘ra Vazirlik tomonidan muomalaga kiritiladi. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni muomalaga kiritish sanasi Vazirlik tomonidan belgilanadi va milliy operator tomonidan pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, filatelistlar va foydalanuvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) tayyorlovchi korxonalardan olinishiga ko‘ra milliy operatorning buyruqlari bilan muomalaga kiritiladi. Milliy operator muomalaga kiritilayotgan pochta markalari va pochta bloklarining tartib raqamini (identifikatsiya raqamlari)ni yuritadi. Pochta markasiga va pochta blokiga identifikatsiya raqami ularning muomalaga kiritilishi bilan Vazirlik tomonidan beriladi. 14. Milliy operator filatelistlar va foydalanuvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining Pochta markalari katalogi va boshqa reklama mahsulotini chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Pochta markalari katalogiga pochta markalari to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi: chiqarilgan sana, identifikatsiya raqami, chiqarilgan markalar bag‘ishlangan seriya yoki voqea-hodisaning nomi, rassom yoki dizaynerning F.I.O., tasvirning qisqacha izohi, rangi, bosish usuli, qog‘oz turi, pochta markasi (pochta bloki)ning o‘lchami, varaqdagi pochta markalarining miqdori, perforatsiya to‘g‘risida axborot, nominal qiymati, adadi va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Pochta markalarining katalogini chiqarish davriyligi milliy operator tomonidan belgilanadi. 15. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarish bo‘yicha amaliy ish Vazirlik qoshida tashkil etiladigan Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya va Badiiy kengash ishtirokida milliy operator tomonidan ishlab chiqiladigan istiqbol va har yillik pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari asosida tuziladi. Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya vazifalariga quyidagilar kiradi: emissiya siyosatining umumiy prinsiplarini belgilash; pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini ko‘rib chiqish. Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlaridan biri tomonidan boshqariladi, uning tarkibiga Vazirlik, milliy operator, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari, O‘zbekiston filatelistlari jamiyatining vakillari kiritilishi mumkin. Badiiy kengash vazifasiga kichik bosma shakldagi asarlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan xalqlarning madaniy va tarixiy merosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini, barcha bilimlar sohasidagi erishilgan yutuqlarni, ichki va xalqaro hayotdagi asosiy voqea-hodisalarni aks ettirish bo‘yicha nashr qilishga tayyorlangan ishlarning badiiy darajasini belgilash, shuningdek boshqa vazifalar kiradi. Badiiy kengash tarkibiga Vazirlik, milliy operator mutaxassislari, kichik shakllar janri bo‘yicha ixtisoslashgan rassomlar va san’atshunoslar, tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari, O‘zbekiston Filatelistlar jamiyatining vakillari kirishi mumkin. Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya va Badiiy kengash to‘g‘risidagi nizomlar va ularning shaxsiy tarkibi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 16. Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarish bo‘yicha amaliy ish milliy operator tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan istiqbol va har yillik markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari asosida amalga oshiriladi. 17. Mavzu rejalarini shakllantirishda quyidagi prinsiplar hisobga olinadi: a) atoqli jamoat va davlat arboblari, fan va madaniyat, san’at arboblari tug‘ilgan kunidan 25 yilga karrali sana bilan, ammo vafotidan keyin kamida 10 yil o‘tgandan so‘ng yubileylarga chiqariladigan pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da tasvirlanishi mumkin. Mavzuga bag‘ishlangan seriyalarni chiqarish hollarida ushbu talabdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan shaxslarni pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da tasvirlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajariladi. b) tarixiy ahamiyatga ega voqea-hodisalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan viloyatlar va shaharlar, shuningdek tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, o‘quv muassasalari tashkil etilganligi yubileylari pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da, shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da 50 yilga karrali sanalar bo‘yicha tasvirlanishi mumkin. Mavzuga bag‘ishlangan seriyalarni chiqarish hollarida ushbu talabdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. v) pochta markalarida ustama bosishlarni tayyorlash Vazirlikning qaroriga ko‘ra alohida hollarda amalga oshiriladi. 18. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejasini shakllantirish Vazirlikning topshiriqlari, davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston filatelistlar jamiyati, jismoniy shaxslarning takliflari asosida milliy operator tomonidan har yili, rejalashtiriladigan yildan oldin keladigan yilning 1-martigacha amalga oshiriladi. 19. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish har yilgi mavzu rejalarining loyihalari Badiiy kengashda ma’qullangandan keyin milliy operator tomonidan rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-apreligacha Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiyaga taqdim etiladi. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejasining loyihasi Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga tasdiqlash uchun kiritiladi. 20. Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejasi rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-mayigacha tasdiqlanishi kerak. 21. Pochta markalari standart markalar va maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar ko‘rinishida chiqariladi. Maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar pochta markalari, seriyalar, pochta bloklari, kichik varaqlari, ulanmalar va boshqa filateliya mahsuloti ko‘rinishida tayyorlanadi. 22. Standart pochta markalari seriyalarini nashr qilish pochta aloqasi xizmatlari uchun pochta aloqasi xizmatlariga tarif o‘zgarganda ommaviy adad bilan, shuningdek pochta markasining mavzusi o‘zgarganda 5 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Standart chiqarilgan markalarning sarflanishiga ko‘ra pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining mavjud ehtiyojini hisobga olgan holda ular qo‘shimcha nashr qilinadi. 23. Rejadan tashqari pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni nashr qilish ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning qarori asosida amalga oshiriladi. Rejadan tashqari pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarish (shu jumladan, ustama bosishlarni tayyorlash) bo‘yicha takliflar ularni muomalaga kiritish rejalashtirilgan sanasidan 6 oy oldin ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Alohida hollarda ko‘rsatilgan muddat qisqartirilishi mumkin. 24. Har yilgi pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalari 50 tagacha mavzuli pochta markalari (standart chiqariladigan markalarni hisobga olmasdan), 10 tagacha mavzuli asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni chiqarishni ko‘zda tutadi. Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) mavzularining miqdori har yili milliy operator tomonidan belgilanadi. 25. Pochta markalarining nominal qiymati O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi pochta aloqasi xizmatlari uchun tariflarga mos keladi. Pochta markalarining nominal qiymatini milliy operator belgilaydi. 26. Pochta markalarining adadlari milliy operator tomonidan o‘z ehtiyojlarini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini va zarur zaxirani shakllantirishni hisobga olib belgilanadi. Milliy operatorga pochta markalari adadlarining bir qismini hisobdan chiqarilgan ko‘rinishda tayyorlashga ruxsat beriladi. Pochta markalarini hisobdan chiqarish milliy operator tomonidan belgilanadigan o‘yib tushirish orqali taqvim shtempeli yordamida bajariladi va bosmaxona usulida hamda shtempellash mashinasini qo‘llash yoki qo‘lda amalga oshirilishi mumkin. Hisobdan chiqarilgan ko‘rinishda chiqarish uchun pochta markalarining adadi milliy operator tomonidan belgilanadi. 27. Mavzu rejalari tasdiqlanganidan keyin milliy operator chiqarish uchun rejalashtirilgan pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning asl nusxalarini va eskizlarini ishlab chiqadi. Buning uchun miniatyura sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan rassomlar jalb etiladi, eng yaxshi mavzular va rasmlar tanlovlari tashkil etiladi. 28. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning asl nusxalari va eskizlari Badiiy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi, zarur bo‘lganda, ushbu mavzu bo‘yicha mutaxassislar bilan kelishiladi. Badiiy kengash tomonidan ma’qullangan pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning eskizlari matbaa tashkilotlariga pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning namunalarini tayyorlash uchun topshiriladi. 29. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning namunalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning namunalari milliy operator tomonidan tasdiqlanadi. 30. Pochta markalarida quyidagi ma’lumot bo‘lishi kerak: lotin harflari bilan davlat tilida yozilgan davlatning nomi — “O‘zbekiston”; arab raqamlari yoki lotin harflari bilan yozilgan nominal qiymati; chiqarilgan yili. Majburiy bo‘lmagan tartibda pochta markalarida “Pochta” (“Pochta”) so‘zi bo‘lishi mumkin. Mutlaq mualliflik huquqlari egasi o‘z huquqlari to‘g‘risida xabardor qilish uchun pochta markalarida mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi har bir nusxada aks ettiriladi va quyidagi uch elementdan iborat bo‘ladi: aylana ichidagi lotincha “S” harfi; mutlaq mualliflik huquqlari egasining F.I.O. (nomi); pochta markasi birinchi marta chop etilgan yil. Yozuvlar aniq o‘qiladigan bo‘lishi kerak, ularning pochta markasidagi joylashishi mavzuning kompozitsion yechimi bilan qat’iy belgilanadi. Pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)da asardan foydalanish uchun mutlaq mualliflik huquqlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq asar muallifi bilan tuzilgan shartnomalar asosida milliy operatorga tegishli. Shaxsiy nomulkiy huquqlar asar muallifida saqlanib qoladi. 31. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) hamda ularni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha materiallarning (bundan buyon matnda arxiv materiali deb yuritiladi) tasdiqlangan namunalarini saqlash uchun milliy operator tomonidan Pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlari arxivi (bundan buyon matnda Arxiv deb yuritiladi) tashkil etiladi. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) muomalaga kiritilganidan keyin arxiv materiali, shuningdek muomalaga kiritilgan pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning har bir turidan 300 tadan nusxa miqdorida Arxivga saqlash uchun topshiriladi. Pochta markalari, asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning qolgan adadi milliy operatorning omborida saqlanadi. Ombordan pochta markalarini berish tartibi milliy operator tomonidan belgilanadi. 32. Pochta markalari muomalaga kiritilganidan keyin milliy operator Yozma xat-xabarlar reglamentining qoidalariga muvofiq Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro byurosiga rasmiy xabar yuboradi. Pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ning nashr qilinganligi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalariga yuboriladi, Vazirlik, milliy operator saytlarida va xalqaro kataloglarda joylashtiriladi. 33. Milliy operator keyingi yil uchun tasdiqlangan pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini joriy yilning 1-iyuligacha o‘z tarkibiy bo‘linmalari, pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga yetkazadi. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirishni hisobga olgan holda milliy operatordan pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari)ni olish uchun talabnomalarni shakllantiradilar. Talabnoma milliy operatorga rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmay beriladi. 34. Pochta markalariga buyurtma berish va ularni tarqatish milliy operator tomonidan amalga oshiriladi. 35. Pochta markalarini sotish ular muomalaga kiritilgan kundan boshlab nominal qiymati bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, pochta markalarini sotish bo‘yicha agentlar tomonidan amalga oshiriladi. 36. Standart pochta markalari, markalangan pochta konvertlari (varaqchalari), markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari), shu jumladan asl marka tushirilgan markalangan badiiy pochta konvertlari (varaqchalari) pochta aloqasi operatorlari, provayderlari, pochta markalarini sotish bo‘yicha agentlar tomonidan sotiladi va ularning zaxiralaridan to‘liq foydalanilguncha yoki muomaladan chiqarilguncha qo‘llaniladi. 37. Maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar pochta operatorlari, provayderlari, pochta markalarini sotish bo‘yicha agentlar tomonidan ular muomalaga kiritilgan kundan boshlab uch yil davomida sotiladi. Ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar Vazirlikning qarori bilan sotuvdan olinadi va sotuvdan olinganidan keyin bir oy muddat ichida belgilangan tartibda milliy operatorga qaytarilishi kerak. Aholi, tashkilotlarda bo‘lgan, sotuvdan olingan maxsus chiqariladigan (kommemorativ) markalar pochta aloqasi xizmatlari uchun amaldagi tariflarga muvofiq ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning to‘lovi uchun haqiqiydir. 38. Ustama bosilgan pochta markalarini sotish ularni muomalaga kiritish bo‘yicha Vazirlik qarorlarida belgilanadigan muddatlarda amalga oshiriladi. 39. Pochta markalarini muomaladan chiqarish Vazirlikning qarori bilan amalga oshiriladi. Muomaladan chiqarilgan pochta markalari ichki va xalqaro yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlarning to‘lovi uchun haqiqiy emas. 40. Sotuvdan olingan yoki muomaladan chiqarilgan pochta markalari kolleksiyaga oid filateliya materiali bo‘lib hisoblanadi va milliy operatorning tarkibiy bo‘linmalari, filateliya magazinlari, savdo agentlari orqali preyskurantdagi narxlar bo‘yicha sotiladi. Preyskurantdagi narxlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq milliy operator tomonidan belgilanadi. 41. Pochta markalarini tashqi bozorga yetkazib berish chet ellik sheriklar bilan kontraktlar (shartnomalar) asosida milliy operator tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 42. Elektron marka quyidagi axborotni o‘z ichiga olishi kerak: elektron markaning yagona identifikatsiya raqami; pochta jo‘natmasini jo‘natish narxi; jo‘natuvchi va oluvchi nomi (fuqarolar uchun — F.I.O., yuridik shaxslar uchun — to‘liq nomi) va ularning joylashgan eri (pochta manzili); pochta jo‘natmasining toifasi (oddiy, buyurtma); pochta jo‘natmasining og‘irligi. Elektron marka pochta jo‘natmasi to‘g‘risidagi boshqa axborotni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 43. Elektron marka Internet orqali masofadan turib sotib olinadi va konvertga (qog‘oz varag‘iga) bevosita foydalanuvchining ofisida standart dasturiy vositalar yordamida yoki uyidagi kompyuter yordamida bosib chiqariladi. 44. Elektron markalarni tarqatish milliy operator tomonidan amalga oshiriladi. 45. Davlat ahamiyatidagi muhim voqealar va tarixiy xotira joylari hamda sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda pochta markalarini maxsus hisobdan chiqarish uchun taqvim pochta shtempellarining bir turi bo‘lib hisoblanadigan MXSh qo‘llaniladi. Ular standart shakldagi shtempellardan o‘zining tashqi bezatilishi (qo‘shimcha matn, rasm), ularni qo‘llash maqsadlari va usuli bilan farqlanadi. 46. MXSh Vazirlikning qarori bilan muomalaga kiritiladi va milliy operatorning tarkibiy bo‘linmalarida jo‘natiladigan yozma xat-xabarlarni maxsus hisobdan chiqarish uchun xizmat qiladi. 47. MXShni bevosita rejalashtirish va tayyorlash milliy operator zimmasiga yuklanadi. 48. MXSh qayd qilingan yoki o‘tkazma taqvim sanasi bilan chiqariladi. 49. MXSh tayyorlanishini rejalashtirish davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston filatelistlar jamiyatining takliflari asosida pochta markalari, markalangan va filateliya mahsulotlarini nashr qilish mavzu rejalarini tuzishda milliy operator tomonidan amalga oshiriladi. Milliy operatorga rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-martigacha kelib tushgan talabnomalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. 50. Rejadan tashqari MXShni tayyorlash ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning qarori asosida amalga oshiriladi. Rejadan tashqari MXShni tayyorlash bo‘yicha takliflar ularni qo‘llash sanasidan 4 oy oldin ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. 51. MXSh izlarining eskizlari Badiiy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi, zarur bo‘lganda, ushbu mavzu bo‘yicha mutaxassislar bilan kelishiladi. Badiiy kengash tomonidan ma’qullangan MXSh izlarining eskizlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 52. MXShni tayyorlash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlangan MXSh izlarining eskizlariga muvofiq bajariladi. Bir matn va rasmli MXShning bir nechta nusxalarini tayyorlashda har bir nusxa raqam yoki harf bilan farqlanishi kerak. 53. MXShda milliy operator tarkibiy bo‘linmalarining nomi davlat tilida lotin harflari bilan ko‘rsatiladi. Buyurtmachining xohishiga ko‘ra MXShdagi voqea-hodisa yoki yubiley sanasi to‘g‘risidagi matn davlat va/yoki boshqa tilda bajarilishi mumkin. 54. MXSh maxsus hisobdan chiqarishni o‘tkazishdan oldin 10 kundan kechiktirmay Vazirlikning qarori bilan muomalaga kiritiladi, qarorda MXSh nomi, uni qo‘llash vaqti va joyi, foydalanilayotgan mastikaning rangi, rasmning qisqacha tavsifi, muallif to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 55. Milliy operator maxsus hisobdan chiqarish o‘tkazilishidan 1 oy oldin o‘z tarkibiy bo‘linmalarini MXShni qo‘llash joyi, muddatlari va maxsus hisobdan chiqarish uchun chiqarilayotgan pochta markalari va shu bilan bog‘liq filateliya materiallari to‘g‘risida xabardor qiladi. Milliy operator muomalaga kiritilayotgan MXShning tartib bo‘yicha raqamlanishi (identifikatsiya raqamlari)ni yuritadi. MXShga identifikatsiya raqami u muomalaga kiritilganidan keyin Vazirlikning qarori bilan beriladi. Milliy operator O‘zbekiston Respublikasi MXSh izlarining katalogini chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi MXSh izlarining katalogini chiqarish davriyligi milliy operator tomonidan belgilanadi. Katalogda shtempel chiqarilishi bilan bog‘liq voqea-hodisa, maxsus hisobdan chiqarishni o‘tkazish sanasi va joyi ko‘rsatiladi, shtempel rasmi va izining tavsifi, shtempelning identifikatsiya raqami va o‘lchami, muallif to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. 56. Milliy operator tarkibiy bo‘linmalar MXShni olishlarini hisobga olib, maxsus hisobdan chiqarishlarni o‘tkazishdan uch kun oldin MXShni qo‘llash joylariga yuboradi. 57. MXShdan foydalanish faqat maxsus hisobdan chiqarishlar uchun milliy operatorning muayyan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Vazirlikning qarori bilan belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda Vazirlik maxsus hisobdan chiqarishni o‘tkazish muddatini uzaytirishi mumkin. 58. MXSh bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan pochta markalari hisobdan chiqariladi. MXSh bilan hisobdan chiqarish yozma xat-xabarlar jo‘natish uchun qabul qilinganda bajariladi. MXSh izlari muomaladan chiqarilgan, ilgari maxsus hisobdan chiqarilgan pochta markalariga, shuningdek chet el filateliya materialiga qo‘yilmaydi. Manzili ko‘rsatilmagan konvertlarga MXSh izlarining qo‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi. 59. Maxsus hisobdan chiqarish o‘tkazilayotgan milliy operatorning tarkibiy bo‘linmalari ommaviy axborot vositalari yoki joylardagi e’lonlar orqali aholi va O‘zbekiston filatelistlar jamiyatini MXShni qo‘llash muddatlari va joyi to‘g‘risida xabardor qiladilar. 60. Milliy operatorning tarkibiy bo‘linmalarida oldindan, maxsus hisobdan chiqarish o‘tkazilgunga qadar, maxsus hisobdan chiqarilishi kerak bo‘lgan yozma xat-xabarlarni solish uchun maxsus pochta qutilari o‘rnatiladi. Yozma xat-xabarlar maxsus hisobdan chiqarilganidan keyin adresatlarga jo‘natiladi. 61. Milliy operatorning tarkibiy bo‘linmasi maxsus hisobdan chiqarish iltimosi bilan boshqa hududlardan kelib tushgan yozma xat-xabarlarga shtempel izini qo‘yishga majbur. MXShdan to‘g‘ri foydalanish va uning saqlanishi uchun javobgarlik maxsus hisobdan chiqarish o‘tkazilayotgan milliy operator tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 62. MXSh milliy operatorning tarkibiy bo‘linmalarida belgilangan tartibda saqlanadi va maxsus hisobdan chiqarish tugatilgan kundan boshlab keyingi kundan kechiktirmay qaytarilishi kerak. 63. MXSh qaytarilgandan keyin milliy operator O‘zbekiston Filatelistlar jamiyati va filateliya magazinlarining buyurtmalari bo‘yicha filateliya materialini maxsus hisobdan chiqaradi, so‘ngra MXShda kertik bajariladi va ular Arxivga saqlash uchun topshiriladi. 64. Qalbaki PTDBlarini sotish maqsadida tayyorlaganlikda yoki sotganlikda, shuningdek frankirlash mashinalarining oldindan ma’lum qalbakilashtirilgan tamg‘a izlaridan foydalanganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 65. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
98
37,205
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-322-IV-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda mazkur Qo‘mita va uning kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi kotibiyati uchun qo‘shimcha 3 ta, shu jumladan, 2 ta boshqaruv xodimi shtat birligi ajratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni rahbari (A. Ziyayev) bir hafta muddatda: Senatning shtatlar jadvaliga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif tayyorlasin; Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi, Qo‘mita raisi o‘rinbosari hamda Qo‘mita kotibiyatining xodimlarini xizmat xonalari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-197-IV-sonli Qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi)ning asosiy vazifalari, funksiyalarini, Qo‘mita faoliyatini tashkil etish hamda uni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi. 2. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) Kengashi qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Qo‘mita Senat oldida mas’ul va unga hisobdordir. 4. Qo‘mita faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va Senat Kengashiga takliflar kiritish; davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish hamda doimiy monitoring qilish; axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarining rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishi, shuningdek, davlat xaridlari, xizmat safarlari xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga va o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishi hamda yangilab borilishi to‘g‘risidagi hisobot yoki axborotlarini eshitib borish; axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid mavjud qonunchilik bazasini tahlil qilish, umume’tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonunlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad hamda vazifalariga hamda xalqaro huquq normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar berish; axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga doir masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib borish; joylarda aholi, jumladan, axborot xizmati sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ommaviy axborot vositalari bilan bevosita muloqot qilish orqali axborot siyosati hamda davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash masalalariga oid haqiqiy ahvolni o‘rganish hamda bu borada aniqlangan dolzarb masalalarni parlament nazorati doirasida hal etish choralarini ko‘rish; jismoniy va yuridik shaxslarning axborot siyosati hamda davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish. 5. Qo‘mita o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Qonunchilik palatasidan kelib tushgan axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonunlarni davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzgan holda dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi (qonunlarda umumdavlat va hududiy manfaatlar mutanosibligi ta’minlanganiga alohida e’tibor bergan holda), ular bo‘yicha xulosa tayyorlaydi hamda Senatning yalpi majlisi kun tartibiga kiritish bilan bog‘liq takliflarni Senat Kengashiga kiritadi; axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ro‘yobga chiqarilishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi, zarur hollarda Senatning yalpi majlisida muhokama qilinishi shart bo‘lgan taklif va mulohazalarni ishlab chiqadi, Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi, zarur hollarda taklif va mulohazalarni tayyorlaydi, Senatning tegishli qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ko‘rilgan choralarni tahlil qiladi; “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining joylarda ijro etilishini o‘rganadi va muhokama qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining O‘zbekistonning Internet tezligi bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining Internet tarmoqlari orqali erkin, tezkorlik bilan axborot olish imkoniyatini yaratish borasida olib borilayotgan ishlari holatini o‘rganadi va muhokama qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik o‘rganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qilganlik holatini o‘rganadi va muhokama qiladi; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish xamda ularning faoliyatini monitoring qilish holatini o‘rganadi va muhokama qiladi; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari holatini o‘rganadi va muhokama qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot sohasidagi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi qarorlar loyihalarini tayyorlaydi; Senat majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalalarini qo‘yadi; axborot sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan ochiqlik va oshkoralikni tartibga soluvchi qonunlarga rioya etilayotganligi, Senat, uning Kengashi, Qo‘mita qarorlari bajarilayotganligi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi; yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; parlament so‘rovi yuborish bo‘yicha Senat Kengashiga takliflar kiritadi; axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Senat, uning Kengashi qarorlari, davlat dasturlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishining holatini hamda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi; axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligini o‘rganish hamda ular bo‘yicha xulosalar va takliflar tayyorlashda ishtirok etadi; axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish yuzasidan muntazam tahlillar olib boradi; axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida bu boradagi xalqaro tajribani o‘rganadi va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi; chet el davlatlari parlamentlarining tegishli qo‘mitalari (komissiyalari) bilan hamkorlik qiladi; Senatga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning axborot siyosati, ochiqlik hamda oshkoralikni ta’minlashga oid murojaatlarini ko‘rib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish orqali xalq bilan muloqotni amalga oshiradi, murojaatlarning tahlilini yuritadi; davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspertlik hamda boshqa xulosalarni, statistik va tahliliy ma’lumotlarni talab qilib oladi; Qo‘mita a’zolarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni eshitadi; Senatning yalpi majlislarida ma’qullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng aholi e’tiboriga yetkazish maqsadida joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini amalga oshiradi; qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, qonun hujjatlarini takomillashtirish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha tadbirlar (konferensiya, davra suhbati, seminarlar) o‘tkazadi; Qo‘mita faoliyatiga doir masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik qiladi; Qo‘mita faoliyatini tashkil etish va Qo‘mita a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirishga oid masalalarni hal etadi. Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 6. Qo‘mita senatorlar orasidan Senat vakolatlari muddatiga rais, uning o‘rinbosari va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Qo‘mita raisi, qoida tariqasida, uning ikki nafar a’zosi Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin. Qo‘mita a’zolarini saylash va uning tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 7. Qo‘mita raisi: Qo‘mita ish rejasi loyihasini tayyorlaydi va qo‘mitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi; zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, Qo‘mita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi; Qo‘mita a’zolariga topshiriqlar beradi, ularga Qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq materiallar va hujjatlarni yuboradi; Qonunchilik palatasidan kelib tushgan qonunlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar ishida ishtirok etish, shuningdek, Qo‘mitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun Qo‘mita a’zolarini belgilaydi; davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni Qo‘mita ishida ishtirok etishga taklif qiladi; Senat, uning Kengashi majlislarida, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan munosabatlarda Qo‘mita nomidan ish ko‘radi; Qo‘mita qarorlarning ijrosiga doir ishlarni tashkil etadi; Senatni, uning Kengashini, Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini Senat rahbariyati topshiriqlari bajarilishidan xabardor qiladi; Qo‘mita tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi va Qo‘mita tavsiyalari ko‘rib chiqilishidan Qo‘mita a’zolarini xabardor qiladi; qonunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 8. Qo‘mita raisining o‘rinbosari Qo‘mita raisining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qo‘mita raisi yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, uning vazifasini bajarib turadi. Qo‘mitada ish yuritish Qo‘mita raisining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. 9. Qo‘mita o‘z faoliyatini majlislar shaklida amalga oshiradi. Qo‘mitaning majlislari Senat majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Qo‘mita majlisini rais o‘z tashabbusiga yoki Qo‘mita a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tashabbusiga ko‘ra chaqiradi. 10. Qo‘mita a’zosi Qo‘mita majlislarida ishtirok etishi shart. Qo‘mita a’zosi uzrli sabablarga ko‘ra Qo‘mita majlisida ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi haqida Qo‘mita raisini oldindan xabardor qiladi. 11. Qo‘mita majlisi to‘g‘risida Qo‘mita raisi, qoida tariqasida, Senat Raisini majlis o‘tkazilishidan kamida yetti kun avval xabardor qiladi. Shu bilan bir vaqtda unga barcha zarur hujjatlarni taqdim etadi. Senat Raisidan majlisni o‘tkazish to‘g‘risida rozilik olinganidan so‘ng Qo‘mita raisi Qo‘mita a’zolarini va majlisning boshqa ishtirokchilarini xabardor qiladi. 12. Qo‘mitaning majlislarida, Qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, u vakolatli hisoblanadi. 13. Qo‘mita majlisini Qo‘mita raisi, u bo‘lmagan yoki o‘z vazifalarini bajara olmagan taqdirda, — Qo‘mita raisining o‘rinbosari yoki Qo‘mita a’zolaridan biri olib boradi. 14. Qo‘mitaning majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida Qo‘mita yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qo‘mita majlislariga davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Senatning boshqa qo‘mitalari a’zolari va Senat devoni xodimlari taklif qilinishi mumkin. 15. Qo‘mita ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan Qo‘mita jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qo‘mitaning davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Qo‘mitaning qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. 16. Qo‘mita Senatning boshqa qo‘mitalari bilan hamkorlikda qo‘shma majlislar o‘tkazishi mumkin. 17. Qo‘mitaning ishi uning ish rejasiga, shuningdek, Senat, Senat Kengashi, Senat Raisi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etiladi. 18. Qo‘mitaning yillik ish rejasi har yili 15-dekabrdan kechiktirmay Senat Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi. Qo‘mitaning yillik ish rejasi Senat Kengashi majlislarida ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Qo‘mitaning ish rejasi Senat Kengashi tomonidan kelgusi yilning 1-fevraliga qadar tasdiqlanadi. 19. Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Qo‘mita huzurida ekspert guruhlari tuziladi. Ekspert guruhlarining faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida belgilanadi. 20. Qo‘mita o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarilishini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlaridan, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari vakillaridan va sohada yetuk nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan shaxslardan iborat tarkibda ilmiy-konsultativ kengashlar, ishchi guruhlar tuzishi mumkin. 21. Qo‘mitaning joylardagi a’zolari har oyda o‘z faoliyati haqida Qo‘mitaga tegishli axborotlar taqdim etib boradi. 22. Qo‘mita faoliyatining tashkiliy, axborot-tahliliy, moddiy-texnik ta’minoti Senat devoni tomonidan amalga oshiriladi. 23. Ushbu Nizomga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar Senat Kengashi qarori bilan kiritiladi.
168
17,433
Qonunchilik
“AGROBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKINING INVESTITSIYaVIY FAOLLIGINI YANADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bank tizimi rolini yanada oshirish, iqtisodiyotning agrar sektori va qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik yangilash uchun “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek iqtisodiyotni har tomonlama chuqur rivojlantirishda, bazaviy infratuzilmani shakllantirish hamda eksport salohiyatini izchil yuksaltirib borishda banki ishtiroki samaradorligini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining investitsiya faoliyati sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin: agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan faol investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish, zamonaviy xorijiy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shu asosda yuqori sifatli, jahon va ichki bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqishni ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror boyitish; bankning shaxsiy resurslarini safarbar qilish va ulardan, shuningdek investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun samarali foydalanish, qo‘yilgan mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib olishni ta’minlash; ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tashqi va ichki bozorlarda sotish istiqbollarini chuqur tahlil etish asosida investitsiyaviy loyihalarni tanlab olish, kompleks baholash va ekspertiza qilish mexanizmini takomillashtirish, ishlab chiqarishning texnik hamda texnologik darajasi oshirilishini ta’minlash, loyihalarning amalga oshirilishidan ko‘riladigan moliyaviy foydani prognozlash; zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarda krizisli boshqaruvning zamonaviy usul va mexanizmlarini joriy qilish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etgan holda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish va keyinchalik strategik investorlarga sotish; qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarga keng ko‘lamda bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishning boshqa shakllarini tashkil qilishda ko‘maklashish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish; investitsiyaviy loyihalarni tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha bank xodimlarini tizimli asosda qayta tayyorlash hamda malakasi oshirilishini tashkil etish, bankni yuqori malakali, tashabbuskor, bankning investitsiyaviy faoliyatini avj oldirish vazifalarini samarali yechish qobiliyatiga ega rahbarlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2009-yilda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyalarini ilovaga muvofiq hajmlarda qo‘shimcha joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
113
3,665
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti haqida. 2. “O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimovning javobi haqida. 3. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B. Saidovning axborotini eshitish haqida. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida.
94
1,230
Qonunchilik
15 aprel – madaniyat va san’at хodimlari kuni
Prezident tomonidan 7.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va san’at хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi OʻRQ-694-son Qonun imzolandi. Hozirgi paytda koʻp davlatlarda ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Xususan, 2008 yildan boshlab Italiya, Ispaniya, Rossiya, Argentina, Meksika, Kuba, Latviya va Litva kabi mamlakatlarda 15 aprel Tinchlik bayrogʻi ostida Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Ushbu bayram kuni madaniyat va san’at sohasida koʻp yillar mehnat qilib, mazkur sohaning rivojlanishiga, oʻzbek milliy madaniyatining dunyo darajasidagi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarishda munosib hissa qoʻshgan hamyurtlarimiz «Madaniyat va san’at fidokori» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 4.05.2021 yilda qabul qilingan va Senat tomonidan 29.05.2021 yilda ma’qullangan. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 7.06.2021 yildan kuchga kiradi. Lola Abduazimova.
45
1,020
Qonunchilik
OSIYO RIVOJLANISh BANKI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Osiyo rivojlanish banki ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Osiyo rivojlanish banki (ORB) bilan birgalikda amalga oshirish mo‘ljallangan loyihalar ro‘yxati ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Osiyo rivojlanish banki bilan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul Bosh vazir o‘rinbosarlari: ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar; ORB bilan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agentlik sifatida belgilangan respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda xarajatlarning mahalliy ulushini mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini qarzga olingan mablag‘larni to‘lashning aniq manbalarini loyihalarni xarajatlarni qoplashini va iqtisodiy samaradorligi yuzasidan ekspertiza qilishni nazarda tutgan holda ORB bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 3. Belgilab qo‘yilsinki: ORB ishtirokida ishlab chiqilayotgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqlar ishchi guruhlari tomonidan majburiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda Moliya vazirligiga kelishib olish uchun taqdim etiladi; yangi loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashga buyurtmanomalar Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orqali Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari bilan kelishilgandan keyin ORBga yo‘naltiriladi. 4. Ilovada ko‘rsatilgan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari Makroiqtisodiyot va statistika vaziri B. S. Hamidov moliyaviy va texnikaviy ko‘mak olish uchun Osiyo rivojlanish bankiga buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
85
2,017
Qonunchilik
ILM-FAN SOHASI XODIMLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Ilm-fan sohasi xodimlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ular qo‘shgan hissani e’tiborga olib: 1. “Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining quyidagi qismi respublika ilm-fan sohasi xodimlariga joriy etilsin: — ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralar shaxsiy mulk qilib bepul topshirilsin; — yer uchastkalari va yakka tartibda uy-joylar qurishga sotib olish uchun binokorlik materiallari birinchi navbatda ajratib berilsin. Ushbu Farmon 1-bandining amal qilishi mehnat faoliyatining ana shu sohasida kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ilmiy xodimlar jumlasiga kiruvchi nafaqaxo‘rlarga ham joriy etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlasin. 3. Ushbu Farmon e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
56
1,264
Qonunchilik
Zargarlik sanoati koʻrgazmasi doimiy asosda oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasi 10.01.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, teхnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair-2020” birinchi хalqaro koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 17-son qarorni qabul qildi. 2020 yil may oyining 8-10 kunlari Toshkent shahrida “Yoshlar ijod saroyi” koʻrgazmalar maydoni bazasida koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi. Keyinchalik u har yili may oyi birinchi haftasining juma kunidan yakshanba kunigacha oʻtkaziladi. Koʻrgazmani tashkil qilish boʻyicha хarajatlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi qoshidagi Zargarlik sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi. TIV, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi va SSPga zamonaviy uskuna hamda teхnologiyalar, shuningdek, zargarlik sanoati buyumlarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda qatnashishga jalb etish boʻyicha faol reklama-aхborot kampaniyalari va tashkiliy ishlarni amalga oshirish topshirildi. Shuningdek, хorijiy davlatlarning zargarlik tarmogʻida oʻtkaziladigan хalqaro tadbirlarning har yilgi jadvaliga “Uzbek Jewellery Fair-2020” хalqaro koʻrgazma-savdosini kiritish boʻyicha ishlar amalga oshiriladi. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi koʻrgazma ishtirokchilari oʻrtasida tarqatish maqsadida zargarlik sanoati buyumlarining batafsil katalogi chop etilishini hamda koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun aхborot-ma’lumot bukletlari va boshqa tarqatma materiallari tayyorlanishini ta’minlaydi. Koʻrgazma ishtirokchilariga tashrif buyuruvchilar oʻrtasida oʻz mahsulotlarini sotishga ruхsat berildi. Ishtirokchilar uchun tashkiliy masalalarni hal qilish oʻz sohasida TIV, IIV, DBQ, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJga topshirildi. Qaror bilan Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini koʻrgazmalarda, koʻrgazma-savdolarda, yarmarkalarda yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2020 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
55
2,406
Qonunchilik
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoatning bazaviy tarmoqlarini texnik va texnologik jihozlash, ularning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlatga yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushni) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga belgilangan tartibda berish tanlov asosida 5 yilgacha bo‘lgan muddatga quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaning mavjudligi; ishonchli boshqaruvchi tomonidan tegishli komissiyaga korxona faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha biznes-rejani taqdim etish; korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga ishonchli boshqaruvga beriladigan ulush bo‘yicha tayinlanadigan a’zolarning kamida 40 foizi miqdorida davlat vakillarini kiritish; ishonchli boshqaruvchining xizmatlariga uning ma’muriy xarajatlarini qoplash uchun har oy to‘lanadigan mukofot puli va moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra biznes-reja parametrlarining bajarilishiga qarab hisoblanadigan bonus ko‘rinishida haq to‘lash. Bunda, ishonchli boshqaruvchi tasdiqlangan biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‘lari, uskunalar, dasturiy mahsulotlar shaklida o‘z mablag‘larini jalb etgan hollarda ushbu mablag‘lar asoslantirilgan hisob-kitoblar va mustaqil auditor xulosasiga ko‘ra hamda ishonchli boshqaruvchi va korxona o‘rtasida kelishilgan alohida grafikka muvofiq belgilangan tartibda qoplab berilishi lozim. 2. Belgilab qo‘yilsinki, ustav kapitalidagi davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar paketlari (ulushlari) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalarga nisbatan: a) qonun hujjatlarining quyidagi talablari tatbiq etilmaydi: tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishga bo‘lgan texnik topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan (birgalikda moliyalashtiriladigan) holatlar bundan mustasno; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5215-son Farmonining 2-ilovasiga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bo‘yicha kontraktlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida; ishonchli boshqaruvchi tomonidan kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ilgari surilgan shaxslar korporativ boshqaruvchining malaka guvohnomasiga ega bo‘lishi to‘g‘risida; b) summasidan qat’i nazar, idoraviy (ichki) tanlov komissiyalari baholaydigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li orqali tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish kontraktlarini, shu jumladan import kontraktlarini mustaqil ravishda tuzish huquqi beriladi; v) 2019-yil 1-fevraldan boshlab olib kiriladigan (olib chiqiladigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bojxona rasmiylashtiruvida vakolatli iqtisodiy operatorlar maqomi qo‘llaniladi; g) korxonalar tomonidan ushbu qarorga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) to‘g‘risidagi axborotni ular tuzilgan sanadan boshlab uch kundan kechiktirmay davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portaliga joylashtirish tartibi joriy etiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi aksiyalar (ulushlar) davlat paketini ishonchli boshqarish bo‘yicha o‘zi tuzgan shartnomalarning lozim darajada bajarilishi ustidan samarali monitoring olib borsin. 4. Belgilansinki: investitsiya va infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik shartlarini hamda kontraktlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan beriladi; korporativ boshqaruvchining malaka guvohnomasiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha mustaqil a’zosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan, shu jumladan xorijlik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi ustun bo‘lgan, ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berilgan korxonalar tomonidan investitsiya loyihalari kuzatuv kengashining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 5. “O‘zstandart” agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qurilish vazirligi 2019-yil 1-martga qadar metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari, davlat standartlari, texnik me’yorlar, qoidalar va reglamentlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qurilishda qo‘llaniladigan materiallarning sifati va xavfsizligiga doir ekologik standartlarni, talablarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi amaliyotni inobatga olgan holda quyish sexlarida ma’nan eskirgan uskunalar va texnikadan foydalanishni taqiqlash nazarda tutilsin. 6. “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxatiga kiritilsin va mazkur korxonalarga nisbatan qabul qilinayotgan qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar tatbiq etilsin. 7. “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishga oid “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bilan birgalikda: harakat tarkibi parkini, jumladan xususiy operator kompaniyalarini tashkil etish orqali kengaytirish choralarini ko‘rsin; ushbu korxonalar ehtiyojlari uchun bo‘sh vagonlar berishning choraklik grafiklarini tasdiqlab, ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlagan holda import va eksport qilinadigan yuklar logistikasi bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bilan birgalikda 2019-yil 10-yanvarga qadar “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning import kontraktlari bo‘yicha olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni amalga oshirish bo‘yicha har oy bajariladigan tadbirlar grafigi; aniq davrda ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishi lozim bo‘lgan tovarlar turlarining ro‘yxati, shuningdek, ularni mahalliylashtirish darajasi; tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari. 10. “O‘zmetkombinat” AJga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zmetkombinat” AJning 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3468-son qaroriga muvofiq “Quyish-prokatlash kompleksini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) amalga oshirish doirasidagi qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik norma va qoidalariga rioya qilgan holda parallel loyihalash hamda o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish shartlari asosida bajarishga ruxsat berilsin. Quyidagilar Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yil 1-yanvarga qadar: a) “O‘zmetkombinat” AJ, pudratchi va subpudratchilar: O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan materiallar, uskunalar, maxsus va transport texnikasi, ularning ehtiyot qismlari, asbob va anjomlar uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan; b) yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari ham doimiy muassasa, ham O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbasi orqali olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan; v) jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: tanlov shartlariga ishonchli boshqaruvdan kutilayotgan natijalar bo‘yicha davlat talablarini kiritish; talab darajasidan past bo‘lmagan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan biznes-reja taqdim etgan talabgorlarning tanlov savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish; aksiyalar (ulushlar) davlat paketi ishonchli boshqaruvga berilgan jamiyatlarning yillik biznes-rejalarini ularning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash; jamiyat tomonidan biznes-rejaning bajarilishi, qilingan xarajatlarning, eksport va import kontraktlari bo‘yicha narxlarning asoslanganligini har yili mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan, shu jumladan davlatning vakolatli organi tomonidan jalb etilgan tashkilot tomonidan tasdiqlash; ishonchli boshqaruvchi tomonidan tasdiqlangan yillik biznes-rejalar to‘liq bajarilgan va ijobiy auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda ishonchli boshqaruv shartnomasini tanlov savdolarini o‘tkazmasdan uzaytirish. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2807-son qarori rus tilidagi matnining 6-bandidagi “1-dekabrya 2018 goda” so‘zlari “1-marta 2020 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Simli blok o‘rnatgan holda 2-son sortoprokat sexi “300” stanida katankani ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2825-son qarori rus tilidagi matnida: 5-banddagi “1-yanvarya 2019 goda” so‘zlari “1-marta 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-ilovaning nomlanishidagi “1-yanvarya 2019 goda” so‘zlari “1-marta 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Foydali qazilmalar konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasidagi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3145-son qarori rus tilidagi matnining 3-bandida: a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi “Olmaliq KMK” AJni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3211-son qarori 1 — 8 va 13 — 24-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Uch-Quloch” konini ochiq usulda o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3452-son qarori 1 — 7 va 10 — 15-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qarori rus tilidagi matnining 311-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “311. Oborot po realizatsii produksii iz medi po gruppe 74 kodov TN VED na eksport za inostrannuyu valyutu oblagayetsya nalogom na dobavlennuyu stoimost po ustanovlennoy stavke (za isklyucheniyem produksii sobstvennogo proizvodstva AO “Almalikskiy GMK”, AO “Uzmetkombinat” i AO “Uzvtorsvetmet”)”. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxatining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 20 va 21-bandlar bilan to‘ldirilsin: “20. AO “Uzmetkombinat” 21. AO “Uzvtorsvetmet””. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ishlab chiqish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3954-son qarori rus tilidagi matnida: a) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “do 1-marta 2019 goda” so‘zlari “do 1-oktabrya 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: satri quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi satrlar bilan to‘ldirilsin: quyidagi mazmundagi izohlar bilan to‘ldirilsin: “***) podlejit utochneniyu v svyazi s izmeneniyem obyemov metallurgicheskogo sirya isxodya iz soderjaniya metalla v sirye, a takje tseni na birjevix torgax ****) chast iz nix vklyuchayetsya v obyemi postavok v 2018 godu”.
174
15,408
Qonunchilik
Oʻquv-tarbiya muassasalari qanday tashkil etilgan
Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisida nizom hamda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlari tasdiqlandi (17.10.2019 yildagi 880-son VMQga qarang). Nizom alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj boʻlgan bolalar uchun Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasining (keyingi oʻrinlarda oʻquv-tarbiya muassasasi deb ataladi) maqomi, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.  Oʻquv-tarbiya muassasasiga umumiy oʻrta ma’lumot olishni tugatmagan, 14 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan oshmagan voyaga yetmaganlar quyidagi holatlarda joylashtiriladi: Voyaga yetmaganlarni oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish va qabul qilish sud ajrimi asosida amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar oʻquv-tarbiya muassasasiga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari хodimlari tomonidan olib boriladi va joylashtiriladi. Quyidagilar oʻquv-tarbiya muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi: Oʻquv-tarbiya muassasasi bolalarning ruhiy va fiziologik holatini inobatga olgan holda, ta’lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar oʻrgatish maqsadida tashkil etiladi. Oʻquv-tarbiya muassasasi ushbu muassasani attestatsiyadan oʻtkazish asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Oʻquv-tarbiya muassasasida maхsus sharoitlarni ta’minlash maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi: Oʻquv-tarbiya muassasasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, umumiy oʻrta ta’limning oʻquv rejasi va ta’lim dasturlari, shuningdek tarbiyalanuvchilarning ehtiyojlari va muammolari turidan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlari (hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish, alkogol va giyohvandlik vositalariga qaramlikdan davolash, ruhiy jarohat asoratlari bilan ishlash va boshqa dasturlar) asosida ta’lim beriladi. Eslatib oʻtamiz, Milliy gvardiyaga Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi, IIVga Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi biriktirildi (29.05.2019 yildagi PQ-4342-son). Ushbu idoralar tegishli oʻquv-tarbiya muassasasining oʻz vaqtida toʻliq ta’minoti va maishiy shart-sharoitlari yaхshilanishiga koʻmaklashishga mas’uldir. Xalq ta’limi vazirligi respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va ta’lim jarayonini yoʻlga qoʻyish, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi. Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida sinflardagi oʻquvchilar soni 15-20 nafardan iborat etib belgilanadi. Tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ushbu muassasalarda, istisno tariqasida, oʻquvchilar sonidan qat’i nazar sinflar ochishga ruхsat etiladi. Tarbiyalanuvchilarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan turli toʻgaraklar, qiziqishlar boʻyicha klublar, seksiyalar (shu jumladan sport seksiyalari), studiyalar tashkil etiladi. Yozgi ta’til davrida tarbiyalanuvchilar uchun oromgohlar, ular ommaviy dam olishi uchun boshqa turlar tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchi oʻquv-tarbiya muassasasi hududidan tashqariga muassasa rahbariyatining yozma ruхsatnomasiga koʻra, faqat oʻquv-tarbiya muassasasining хodimlari, ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslar kuzatuvida chiqadi. Tarbiyalanuvchi oʻquv-tarbiya muassasasini oʻzboshimchalik bilan tark etgan taqdirda, muassasa ma’muriyati bu haqda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni, mazkur muassasa joylashgan hududdagi va tarbiyalanuvchining yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini хabardor qiladi, shuningdek ichki ishlar organlari bilan birgalikda uni topish va oʻquv-tarbiya muassasasiga qaytarish choralarini koʻradi. Tarbiyalanuvchilar oʻquv-tarbiya muassasasidan chiqarilayotgan vaqtda doimiy yashash joylariga ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar kuzatuvida yuboriladi. Nizomda ish hujjatlarini va tarbiyalanuvchilarning shaхsiy hujjatlarini yuritish tartibi, tarbiyalanuvchilarga tibbiy хizmat koʻrsatish, ularga ta’til berish, ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi, tarbiyalanuvchilarning oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlishini toʻхtatish tartibi, tarbiyalanuvchilar va pedagoglarning majburiyatlari, rahbar хodimlarni lavozimga tayinlash va oʻquv-tarbiya muassasasini moliyalashtirish tartibi belgilangan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.10.2019 yildan kuchga kirdi.   Anvar Irkaхodjayev.
49
4,735
Qonunchilik
Elektron hisobotlarni taqdim etish tartibi oʻzgaradimi
DSQ Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq hizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni taklif qilmoqda. Xususan, Nizomning 8-bandidan ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlanmoqda (qora bilan ajratilgan): 8. Hisobot elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda, davlat soliq хizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari hisobotni avtomatik tarzda qabul qilinishini, shuningdek soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani yuborilishini ta’minlaydi. Hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi. Belgilanmagan shakldagi hisobot taqdim etilganda davlat soliq хizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq toʻlovchiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni koʻrsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi. Ushbu oʻzgartirishlar qandaydir oqibatlarga olib keladimi? Ushbu tuzatishlar mantigʻidan har qanday elektron hujjat faqat kameral nazorat qilingandan keyin qabul qilinishi kelib chiqadi. Bu esa, oʻz navbatida, amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmaydimi? Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
54
1,385
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalari to‘g‘risidagi masalani muhokama qilib hamda 2006-yil Homiylar va shifokorlar yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida bayon qilingan qoidalar va xulosalar qo‘llab-quvvatlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalari: 2006-yil Homiylar va shifokorlar yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan ishlab chiqiladigan dasturni tayyorlashda faol ishtirok etsinlar; “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, maqsadli vazifalari hisobga olingan holda 2005-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan qonunchilik faoliyati dasturi”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasidan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli takliflar tayyorlasinlar; kelgusi yil Homiylar va shifokorlar yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan 2006-yilga mo‘ljallangan o‘z ish rejalarida zarur tadbirlarni nazarda tutsinlar; 2006-yil Homiylar va shifokorlar yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni hayotga tatbiq etishga safarbar qilish borasidagi ishlarni faollik bilan amalga oshirsinlar. 4. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A.A.Karimov zimmasiga yuklatilsin.
250
2,232
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jalik texnikasi bilan jihozlash mexanizmlarini yanada tako
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jalik texnikasi bilan jihozlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq xo‘jaligini texnik jihozlashni yanada yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-maydagi PQ-2969-sonli qarori 2-bandining uchinchi xatboshi.
250
737
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2020-yil 11-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-717-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
170
705
Qonunchilik
2017-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlari to‘g‘risida
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan paxta xomashyosi yetishtirishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoateksport”, “O‘zagrotexsanoatxolding” xolding kompaniyalari hamda O‘zbekiston Fermyerlari kengashining 2017-yil hosili: qo‘lda terilgan paxta xomashyosining 1 kilogrammi uchun birinchi bosqichda — 450 so‘mdan, ikkinchi bosqichda 2017-yil 1-oktabrdan boshlab — 500 so‘mdan to‘lash; mashinada terilgan paxta xomashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so‘mdan to‘lash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga 2017-yil hosili paxta xomashyosi xarid narxlarining bir hafta muddatda yetkazilishini ta’minlasinlar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yig‘im-terimida, uni tashishda va tayyorlashda qatnashayotgan xodimlarga ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga amalda topshirilgan paxta xomashyosi uchun terimchilarga terim pullarini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa — har kuni to‘lash tavsiya etilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari paxta terimchilariga terim pullarining ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalari bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar. 4. Paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otryadlari tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati paxta yig‘im-terimi mavsumida tashkil etiladigan terimchilar otryadlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qilsin. 5. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otryadlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda 2017-yil hosili paxta tolasi uchun ulgurji narxlar preyskurantini ishlab chiqish va tasdiqlashda paxta tozalash korxonalarining terimchilar otryadlari rahbarlari ish haqini to‘lash bo‘yicha xarajatlarini nazarda tutsin. 7. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati: Jamg‘arma bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosining 90 foizi uchun — joriy yilda va qolgan 10 foizi uchun — 2018-yilning 1-apreligacha preyskurant narxlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini; “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2018-yilning 10-yanvarigacha bo‘lgan muddatda Jamg‘armaga 2017-yil hosili paxta xomashyosi uchun yakuniy 10 foizli to‘lovlar uchun mablag‘lar yig‘ma ma’lumoti taqdim etilishini ta’minlasin. 8. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan mas’uliyat “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari zimmasiga yuklansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev hamda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisi A.S. Kamalov zimmasiga yuklansin.
63
4,226
Qonunchilik
Yoʻl belgilarini хatlash yil oхirigacha tugatiladi
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 784-son qarori bilan Uzavtoyo'lbelgi» DUKning asosiy vazifalari belgilandi va korхonaning boshqaruv apparati tuzilmasi tasdiqlandi. «Uzavtoyo'lbelgi» DUKning asosiy vazifalari: Yil oхirigacha shaharlar koʻchalari va avtomobil yoʻllari pasportiga asosan yoʻl belgilari, aхborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa teхnik vositalarini хatlovdan oʻtkazish tugallanadi. Yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa teхnik vositalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari (shu jumladan, valyuta mablagʻlari) hisobidan ishlab chiqariladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 4.10.2017 yilda kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov,   ekspertimiz.
50
980
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 5-dekabrdagi 80, 2014-36-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2632, 2014-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 599-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror 2016-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
104
865
Qonunchilik
2019 yildan polietilen paketlarni bepul berish toʻхtatiladi
Prezidentning 18.05.2018 yildagi «Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan. Tanlov asosida tanlab olingan хususiy korхonalarga chiqindilarni toʻplash va olib chiqishga ruхsat beriladi Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat-хususiy sheriklik asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatishga ruхsat berildi. Buning uchun ularga chiqindi toʻplash shoхobchalarida lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan tuman va shahar hududlari biriktiriladi. Hududlarni muayyan хususiy tashkilotga biriktirib berish tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yoʻli bilan «E-IJRO AUKSION» orqali amalga oshiriladi. Tanlov oʻtkazilmagan deb topilgan hollarda, tegishli hududlar «Toza hudud» DUK yoki «Maхsustrans» DUKga tanlov oʻtkazilmagan holda biriktirib beriladi. Bu meхanizm joriy yilning 1 avgustidan amal qila boshlaydi. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirib berish tartibi keyinroq alohida Nizomda tasdiqlanadi.  Bunda 1 iyulga qadar ishlab chiqiladigan namunaviy ommaviy shartnoma asosida fuqarolarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari koʻrsatiladi. Ya’ni, hozir nazarda tutilganidek har bir iste’molchi-jismoniy shaхs bilan alohida shartnoma tuzish shart boʻlmaydi.   Eslatib oʻtamiz, ommaviy shartnomada tashkilot oʻz faoliyati хususiyatiga koʻra oʻziga murojaat qiladigan har bir shaхsga nisbatan amalga oshirishi shart boʻlgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish sohasidagi vazifalarini bir shaхsni boshqa shaхsga nisbatan afzal koʻrmagan holda amalga oshirishi belgilanadi (FKning 358-moddasi).   Soliq va bojхona imtiyozlari 2023 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga: Bepul paketlar boʻlmaydi, alohida olib kirish va ishlab chiqarish taqiqlanadi Kelgusi yilning 1 yanvaridan quyidagilar taqiqlanadi: 2020 yilga qadar muddatda foydalanish хususiyatini yoʻqotgandan soʻng atrof muhitga zarar yetkazuvchi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish topshirildi. Ekologik monitoring – maхsus portalda Joriy yilning 1 sentyabriga qadar aholiga atrof muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi maхsus veb-portal yaratiladi. Bu maydonda mazkur sohadagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi foto- va videomateriallar joylashtiriladi, vakolatli organlar tomonidan har bir хabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻriladi.   Davlat ekologiya qoʻmitasining veb-saytida mamlakat hududlari kesimida barcha chiqindi toʻplash shoхobchalari joylashishining elektron хaritasini koʻrsatuvchi sahifa ochiladi. Undan mazkur sohada davlat-хususiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida aholi yashash punktlari, yashovchi aholi va mavjud konteynerlar sonini topish mumkin boʻladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov.
59
3,314
Qonunchilik
MARKAZIY OSIYO XALQLARI MADANIYATI ASSAMBLEYaSI XALQARO JAMOATChILIK HARAKATINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASINI QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari o‘rtasida madaniyat, ma’rifat, til, ilm-fan va ma’naviy qadriyatlarga asoslangan o‘zaro hamkorlikning tobora rivojlanib borayotgani hamda ushbu mintaqa ziyolilari va keng jamoatchilikning murojaatlarini inobatga olib, xalqlarimiz o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik va ma’naviy birlikni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi xalqaro jamoatchilik harakatining xalqlarimizning mushtarak boy an’anaviy merosini avaylab-asrashga, adabiyot, san’at, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlarini dunyoga tanitish, bu sohada yangi imkoniyatlarni izlab topish va targ‘ibot ishlarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyat dasturi ma’qullansin. 2. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi xalqaro jamoatchilik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida uning Jamg‘armasi tuzilgani va Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgani inobatga olinsin. 3. Jamg‘armaning asosiy maqsadi va vazifalari: Assambleya dasturini amalga oshirishga, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga mintaqa va boshqa mamlakatlardagi sarmoyadorlarni jalb qilish, o‘z Nizomi doirasida ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat, tijorat, turizm va noshirlik ishlari bilan shug‘ullanish; Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy birligi g‘oyasini ulug‘lash, ilmiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarini takomillashtirish, tinchlik va osoyishta hayot yo‘lida do‘stlik, hamjihatlik, hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash; buyuk ajdodlarimizning asrlar mobaynida yaratilgan va noyob ma’naviy mulkimizga aylangan merosi — mushtarak milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asrash, boyitish, mustaqillik manfaatlari yo‘lida keng targ‘ib qilish; yosh avlodning mushtarak an’analarga hurmat va sadoqat, istiqlol tufayli qayta uyg‘ongan o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, mehr-oqibat, yaqin qo‘shnichilik va birodarlik tuyg‘ularini yurak-yurakdan his etishi, mintaqada tinchlik va osoyishtalik bunyodkorlari, porloq istiqbol ijodkorlari bo‘lib kamol topishi uchun sa’y-harakat ko‘rsatish; muntazam ravishda madaniyat, adabiyot, san’at, folklor, milliy hunarmandchilik, bolalar ijodi kabi sohalar bo‘yicha xalqaro festivallar, anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, Assambleyaning turli mukofot va sovrinlarini joriy etish, shu orqali ijod ahli va ziyolilarni shonli tarixi, byetimsol buguni, yorqin kelajagi bir bo‘lgan qon-qardosh xalqlarning azaliy va abadiy hamkorligini ulug‘lovchi badiiy barkamol, yuksak insonparvarlik ruhidagi o‘lmas asarlar yaratishga ilhomlantirishdan iborat ekanligi e’tiborga olinsin. 4. Jamg‘armaning ta’sischilari va homiylari, turli tashkilotlar, korxonalar va jamoatchilikning uni moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash haqidagi takliflari ma’qullansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Jamg‘armaga Vazirlar Mahkamasi zaxirasidan 10 (o‘n) million so‘m mablag‘ ajratsin. 8. Toshkent shahar hokimligi (K.To‘laganov) bir oy muddatda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi xalqaro jamoatchilik harakatining qarorgohi hamda Jamg‘arma uchun alohida bino ajratsin. 9. Ommaviy axborot vositalariga Jamg‘arma faoliyatini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin. 10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
139
3,346
Qonunchilik
Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi 7 aprelda boʻlib oʻtdi
Deputatlar bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar va qabul qildilar. Ular orasida JPKga tuzatishlar, хususiy mulkchilik, shuningdek pedagoglarning kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi himoyasini ta’minlashga oid loyihalar ham bor.     JPKga shaхsni ushlash, unga huquqlarini tushuntirish, ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaхsiy tintuv va olib qoʻyishni videoyozuvga olish toʻgʻrisidagi talab kiritiladi. Shaхsni ushlash jarayonida videoyozuv qoʻllanilmagan taqdirda, huquqni muhofaza qilish organlari binosida unga huquqlarini videoyozuvga qayd etgan holda tushuntirish lozim. Shaхsga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi choralar qoʻllanilganligi haqida ularning oila a’zolari yoki yaqin kishilari хabardor qilinishi shart. Deputatlar tuzatishlarni ikkinchi oʻqishda qabul qildilar va Senatga yubordilar. Deputatlar qizgʻin muhokamadan soʻng jismoniy va yuridik shaхslarning mulk huquqlari kafolatlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga yoʻnaltirilgan tuzatishlar uchun ovoz berdilar. Xususan, soʻnggi paytlarda yer uchastkalarini olib qoʻyish jarayonlarida koʻp uchrayotgan quyidagi huquqbuzarlik holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi: Kun tartibidagi keyingi masala ta’lim boʻldi. Parlament a’zolari MJTKga tuzatishlar bilan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar: «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunga ta’lim muassasalari pedagogik хodimlarining kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsining davlat himoyasini ta’minlash, ularning kasbiy faoliyatiga aralashishga hamda хizmatlar vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan modda kiritiladi. Soʻngra deputat tomonidan Yer kodeksi, «Oʻrmon toʻgʻrisida»gi va «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritiladigan tuzatishlar qabul qilindi. Ularning maqsadi oʻrmon хoʻjaligi fondi yerlaridan samarali va oqilona foydalanish masalalarini tartibga solishdan iborat. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga jismoniy va yuridik shaхslarga investitsion shartnomalar yoki DXSh asosida oʻrmon fondi yerlarini 49 yildan koʻp boʻlmagan muddatlarga taqdim etish huquqi beriladi. Shuningdek oʻrmon fondi uchastkalariga asalari oilalari (uyalari) va хoʻjaliklarini joylashtirish uchun ruхsatnoma berish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Oʻrmon fondi hududida rekreatsion zonalar tashkil etish tartib-taomillari soddalashtiriladi, bu ekoturizmni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. «Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi Parlament ikkala palatasi vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan maхsus Kelishuv komissiyasiga yuborildi. Komissiya deputat va senatorlar bir fikr-mulohaza kelolmagan taqdirda tuziladi. Mazkur holatda, ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 24 oktyabrda qabul qilingan, biroq Senat tomonidan 2020 yil   28 fevralda rad etilgan. 30 martda quyi palatadagi qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng deputatlar Senatdan aniq takliflar kelib tushguniga qadar qonun loyihasi muhokamasini keyinga qoldirishga qaror qildilar. Kelishuv komissiyasi barcha kelishmovchiliklarni bartaraf etishi kutilmoqda.
69
3,185
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritilsin.
117
211
Qonunchilik
Advokatni sud orqali litsenziyadan mahrum qilish meхanizmi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar ishlab chiqildi. Eslatib oʻtamiz, ilgari amal qilgan advokatlik litsenziyalarining amal qilishi adliya organlarining qarori bilan toʻхtatilgan va bekor qilingan. Biroq 2018 yil oktyabrda «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin vaziyat oʻzgardi. Hozir ikki tartib parallel ravishda amal qilmoqda: suddan tashqari (adliya organining qarori bilan) va ma’muriy sudning qarori boʻyicha. Har bir tartib boʻyicha belgilangan asoslar roʻyхati mavjud. Advokatning nojoʻya хatti-harakatlariga, asosan, sud tartibi qoʻllaniladi (quyidagi jadvalga qarang), bu unga vakolatli organlar bilan bir qatorda turib oʻz pozitsiyasini himoya qilishga imkon beradi. Ma’muriy sudga murojaat qilish uchun asoslar Litsenziyani toʻхtatib turish Litsenziyani bekor qilish Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda; litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda Bunda quyidagi idoralar sudga murojaat qilishi mumkin: Arizaga jadvaldagi holatlarni tasdiqlovchi materiallar ilova qilinadi. Sud ishtirok etuvchi shaхslarni sud majlisining vaqti va joyi haqida хabardor qiladi hamda ularning kelishini majburiy deb e’tirof etishi mumkin. Ish sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab koʻpi bilan 15 kun ichida koʻrib chiqiladi. Jarayon davomida sud quyidagilarni belgilaydi: Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror u qabul qilingan kundan 10 kun oʻtgach (apellyatsiya berilgan hollarda – apellyatsiya instansiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab), litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror esa u qabul qilingan kundan qonuniy kuchga kiradi. Advokatlik litsenziyasining amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror nusхasi ish jarayoni ishtirokchilariga u qabul qilingan kunda, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusхasi esa keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oleg Zamanov.
58
3,227
Qonunchilik
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI, SUT VA ChORVA MAHSULOTLARI XARID QILIShGA ShARTNOMALAR BO‘YIChA HISOB-KITOBLAR O‘Z VAQTIDA QILINIShI UChUN JAVOBGARLIKNI SUG‘URTA QILISh TO‘G‘RISIDA
Qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini sug‘urtaviy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining meva-sabzavot mahsulotlari, sut va chorva mahsulotlari xarid qilishga shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z vaqtida qilinishi uchun tayyorlov tashkilotlarining javobgarligini sug‘urta qilishni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin hamda uni amalga oshirish sxemalariga 1 va 2-ilovalariga muvofiq rozilik berilsin. 2. Sug‘urtaning mazkur turini amalga oshirish “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasiga topshirilsin va meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta tariflarining sug‘urta summasining 2 foizi miqdorida, sut va chorva mollari xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha esa 1 foizi miqdorida bo‘lishiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 6-martdagi 125-son qaroriga 3-ilovaning 12-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. 1. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining bo‘linmalari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga (keyingi o‘rinlarda matnda “mahsulot” deb ataladi) kontraktatsiya shartnomalari (keyingi o‘rinlarda matnda “xarid qilishga tuzilgan shartnoma” deb ataladi) tuzadilar. Xarid qilishga tuzilgan shartnomada barcha zarur rekvizitlar, shu jumladan mahsulot turi, miqdori va sifati, yetkazib beriladigan mahsulotning kontraktlar tuzilgan kundagi qiymati, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek tomonlarning ular tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun o‘zaro mulkiy javobgarligi ko‘rsatiladi. 2. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda matnda “sug‘urtalanuvchi” deb ataladi) “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasining bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda matnda “sug‘urtalovchi” deb ataladi) mahsulot xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikning sug‘urta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda matda “sug‘urta shartnomasi” deb ataladi) tuzish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishadi. Arizaga sug‘urtalanuvchining soliq inspeksiyasining belgisi qo‘yilgan oxirgi sanadagi balansi, tayyor mahsulotni sotishga tuzilgan shartnomalar ilova qilinadi. 3. Sug‘urtalovchi taqdim etilgan hujjatlar turkumini ko‘rib chiqadi, sug‘urtalanuvchining to‘lov qobiliyatini aniqlaydi va to‘lovga qobiliyatli sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta shartnomasi tuzadi, shartnomada sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va xarid qilishga tuzilgan shartnoma, sug‘urta shartnomasi mavzusi, sug‘urta puli miqdori, amal qilish muddati, tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari, tuzilgan sanasi, sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi rahbarlarining tegishli muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan konditsion mahsulot uchun sug‘urtalanuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab 5 kundan ortiq muddatda to‘liq yoki qisman haq to‘lanmasligi sug‘urta hodisasi hisoblanadi. Sug‘urtalovchining javobgarligi darajasi, sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda, sug‘urtalanuvchi, nazarda tutilgan avans chiqarib tashlangan holda, xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning 50 foizini tashkil etadi. Sug‘urta shartnomasi xarid qilishga tuzilgan shartnomaning amal qilishi muddatiga tuziladi va sug‘urta hodisasi paydo bo‘lgan taqdirda xarid qilishga tuzilgan shartnoma muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab olti oygacha amal qiladi. 4. Sug‘urta shartnomasi hisoblab chiqilgan sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan paytdan boshlab kuchga kiradi, shundan keyin sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasi kuchga kirganligidan dalolat beruvchi hujjat hisoblanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida yozib beriladi. 5. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab 5 kun o‘tgandan keyin haq to‘liq yoki qisman to‘lanmagan taqdirda sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi ariza yuboradi. 6. Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda ariza qabul qilingan sanadan boshlab 10 kun muddatda sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzadi. 7. Sug‘urtalovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga sug‘urta tovonini sug‘urta dalolatnomasi tuzilgan sanadan boshlab 3 kun muddatda to‘laydi. 8. Sug‘urtalovchi qarz summasini sug‘urtalanuvchidan quyidagi tartibda undirib oladi. Sug‘urtalanuvchiga qarzni to‘lash uchun sug‘urta tovoni to‘langan sanadan boshlab 90 kunlik muddat belgilanadi. Ushbu muddat davomida sug‘urta fondi mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq undirilmaydi. Ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta tovoni to‘langan sanadan boshlab sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta tovonini amalda qoplash sanasigacha, biroq mahsulot uchun haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab olti oydan ortiq emas, sug‘urta fondi mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq to‘laydi. Haq miqdori mahsulot haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun xarid qilishga tuzilgan shartnomadagi sanksiya summasiga qaraganda 0,1 foiz yuqori, biroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. So‘ngra summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi. 1. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bo‘linmalari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga (keyingi o‘rinlarda matnda “mahsulot” deb ataladi) kontraktatsiya shartnomalari (keyingi o‘rinlarda matnda “xarid qilishga tuzilgan shartnoma” deb ataladi) tuzadilar. Xarid qilishga tuzilgan shartnomada barcha zarur rekvizitlar, shu jumladan mahsulot turi, miqdori va sifati, yetkazib beriladigan mahsulotning kontraktlar tuzilgan kundagi qiymati, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek tomonlarning ular tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun o‘zaro mulkiy javobgarligi ko‘rsatiladi. 2. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda matnda sug‘urtalanuvchi” deb ataladi) “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasining bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda matnda “sug‘urtalovchi” deb ataladi) mahsulot xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikning sug‘urta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda matda “sug‘urta shartnomasi” deb ataladi) tuzish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishadi. Arizaga sug‘urtalanuvchining soliq inspeksiyasining belgisi qo‘yilgan oxirgi sanadagi balansi, tayyor mahsulotni sotishga tuzilgan shartnomalar ilova qilinadi. 3. Sug‘urtalovchi taqdim etilgan hujjatlar turkumini ko‘rib chiqadi, sug‘urtalanuvchining to‘lov qobiliyatini aniqlaydi va to‘lovga qobiliyatli sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta shartnomasi tuzadi, shartnomada sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va xarid qilishga tuzilgan shartnoma, sug‘urta shartnomasi mavzusi, sug‘urta puli miqdori, amal qilish muddati, tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari, tuzilgan sanasi, sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi rahbarlarining tegishli muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan konditsion mahsulot uchun sug‘urtalanuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab 15 kundan ortiq muddatda to‘liq yoki qisman haq to‘lanmasligi sug‘urta hodisasi hisoblanadi. Sug‘urtalovchining javobgarligi darajasi, sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda, sug‘urtalanuvchi, nazarda tutilgan avans chiqarib tashlangan holda, xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning 50 foizini tashkil etadi. Sug‘urta shartnomasi xarid qilishga tuzilgan shartnomaning amal qilishi muddatiga tuziladi va sug‘urta hodisasi paydo bo‘lgan taqdirda xarid qilishga tuzilgan shartnoma muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab olti oygacha amal qiladi. 4. Sug‘urta shartnomasi hisoblab chiqilgan sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan paytdan boshlab kuchga kiradi, shundan keyin sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasi kuchga kirganligidan dalolat beruvchi hujjat hisoblanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida yozib beriladi. 5. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab 15 kun o‘tgandan keyin haq to‘liq yoki qisman to‘lanmagan taqdirda sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi ariza yuboradi. 6. Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda ariza qabul qilingan sanadan boshlab 10 kun muddatda sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzadi. 7. Sug‘urtalovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga sug‘urta tovonini sug‘urta dalolatnomasi tuzilgan sanadan boshlab 3 kun muddatda to‘laydi. 8. Sug‘urtalovchi qarz summasini sug‘urtalanuvchidan quyidagi tartibda undirib oladi. Sug‘urtalanuvchiga qarzni to‘lash uchun sug‘urta tovoni to‘langan sanadan boshlab 90 kunlik muddat belgilanadi. Ushbu muddat davomida sug‘urta fondi mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq undirilmaydi. Ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta tovoni to‘langan sanadan boshlab sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta tovonini amalda qoplash sanasigacha, biroq mahsulot uchun haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab olti oydan ortiq emas, sug‘urta fondi mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq to‘laydi. Haq miqdori mahsulot haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun xarid qilishga tuzilgan shartnomadagi sanksiya summasiga qaraganda 0,1 foiz yuqori, biroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. So‘ngra summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
176
11,742
Qonunchilik
Maktabgacha ta’limda DXSh sur’ati oshiriladi
Bu haqda Prezidentning 2020 yil 30 yanvardagi qarorida qayd etilgan, qaror matni OʻzAda joylashtirilgan. 2018–2019 yillarda mazkur yoʻnalishga ekvivalenti 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlar jalb etishga erishildi. Ular hisobidan 140,1 ming oʻrinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlardan 992 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar berilgan. 420 ta bitimlarning 100 dan ortigʻi boʻyicha хususiy sheriklar tomonidan ishlar hajmining toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻi bajarilgan. Boshlangan ishlarni davom ettirish uchun banklarga tuzilgan shartnomalar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar beriladi. Xususan, Moliya vazirligi tomonidan 1 martga qadar 182 mlrd soʻm  mablagʻ ajratiladi, ular hisobidan 15 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1%li stavka boʻyicha kreditlar beriladi. Olingan foizlar toʻliqligicha bankda qoldiriladi. 1 dekabrga kelib ushbu mablagʻlar hisobidan kreditlar berilgan  shartnomalar boʻyicha ishlarning kamida 25%i bajarilishi lozim. 2018–2019 yillarda belgilangan tartibda tuzilgan 300 dan ortiq bitimlar boʻyicha kreditlar 2020 yilda хalqaro moliya institutlaridan ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda kredit muddati bir хil: 15 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, biroq foiz stavkasi turlicha boʻladi (toʻlanadigan foiz quyidagicha taqsimlanadi: 2%i bankda qoldiriladi, 98%i respublika byudjetiga oʻtkaziladi): 2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar boʻyicha kreditlar banklar tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalarida beriladi hamda хalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) va avval ajratilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi. 2018–2019 yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar boʻyicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan хususiy sherikning oʻz mablagʻlari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim boʻlgan ishlar (tovarlar) toʻliq amalga oshirilganidan soʻng banklar tomonidan moliyalashtiriladi. DXSh loyihalari ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat boʻysunuvidagi shaharlar, viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlarida amalga oshiriladi. Buning uchun hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati va qamrovi oʻrganib chiqiladi hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning qoʻshimcha oʻrinlarga boʻlgan ehtiyoji aniqlanadi. 2020 yil va kelgusi yillarda bitimlar faqatgina хalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda avval ajratilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maхsus ochilgan shaхsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar doirasida tuziladi. Moliya vazirligi tomonidan хususiy sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan byudjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi boʻyicha doimiy monitoring yoʻlga qoʻyiladi. Oleg Zamanov.
44
3,264
Qonunchilik
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari o‘tkazilishi yakunlari to‘g‘risida
Qayd etilsinki, respublikada Olimpiya o‘yinlari qoidalari va talablari bo‘yicha o‘tkaziladigan yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” uzluksiz sport musobaqalarining 3 bosqichli tizimi tashkil etilgan va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar natijasida sport bilan shug‘ullanish uchun barcha mintaqalarda teng qulay shart-sharoitlar yaratilgan, bolalarni sport to‘garaklari va seksiyalari bilan qamrab olish kengaydi, musobaqalar ishtirokchilari orasida sport mahorati va sport raqobati darajasi o‘sdi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish doirasida shu yil 29 — 31-mayda Namangan shahrida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarning yakunlovchi bosqichida sportning 16 turi bo‘yicha 996 nafar sportchi qatnashdi. Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatlari jamoalari musobaqalarda eng yaxshi natijalarga erishdi. Bu ularga “Barkamol avlod-2014” o‘yinlari yakunlari bo‘yicha yetakchilik qilish imkonini berdi. Shu bilan birga, orqada qolgan jamoalar (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) natijalarining tahlili ushbu mintaqalarda yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish ishlari zarur darajada tashkil etilmaganligini ko‘rsatdi. Jumladan, sport obyektlaridan mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga tushirilmasdan hali yetarlicha samarali foydalanilmayapti. Sport obyektlarining bandligi respublika bo‘yicha bir kunda 9,5 soat bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida bir kunda 8,8 soatni, Jizzax viloyatida 9,0 soatni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,3 soatni tashkil etadi. Bolalar sport obyektlarini trenerlar, ayniqsa ayol trenerlar bilan butlash ishlari yetarlicha olib borilmayapti. Ayol trenerlarning ulushi respublika bo‘yicha o‘rtacha 25,4 foiz bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich Jizzax viloyatida 18,4 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23,5 foizni tashkil etadi. Oliy ma’lumotli trenerlarning respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi 46,6 foiz bo‘lgani holda ular ulushi Sirdaryo viloyatida 25,2 foizni, Jizzax viloyatida 41,3 foizni tashkil etadi. Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish ishlarini yanada takomillashtirish, bolalar sport obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek “Barkamol avlod-2014” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yakunlarini chiqarish, shu jumladan natijali faoliyatni rag‘batlantirishning aniq chora-tadbirlarini va ushbu ishda qoniqarsiz ko‘rsatkichlar uchun shaxsiy mas’uliyatni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Bolalarning sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olinishini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilganligi, shuningdek “Barkamol avlod-2014” sport o‘yinlarining yakunlovchi bosqichida tegishli jamoalarning ishtiroki natijalari bo‘yicha erishilgan yuqori sport ko‘rsatkichlari uchun: Toshkent shahri hokimi R.J. Usmanovga, Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupovga va Samarqand viloyati hokimi Z.T. Mirzayevga; “Barkamol avlod-2014” musobaqalarida yuqori natijalarga erishishga ulush qo‘shgan 1-ilovaga* muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining hududiy boshqarmalari va madaniyat va sport ishlari boshqarmalari rahbarlariga; o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari “Barkamol avlod-2014” musobaqalarida eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan 2 va 3-ilovalardagi* akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlariga, shuningdek mintaqaviy jamoalarning trenerlariga tashakkurnoma bildirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1, 2, 3-ilovalarda ko‘rsatilgan madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining rahbarlarini, shuningdek mintaqaviy jamoalar trenerlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Sport obyektlaridan foydalanishning yetarlicha samaradorligi ta’minlanmaganligi, bolalar sport obyektlarini trenerlar bilan butlash masalalaridagi kamchiliklar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining ta’lim muassasalarida sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning darajasi pastligi va jamoalarning qoniqarsiz yakuniy natijalari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Y. Yangiboyevga, Sirdaryo viloyati hokimi O.Sh. Ashurmatovga va Jizzax viloyati hokimi S.U. Ismailovga hayfsan e’lon qilinsin. 4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish tadbirlarini ta’minlash masalalarida yetarlicha ish olib borilmaganligi, shuningdek “Barkamol avlod-2014” yoshlar o‘yinlarining boshlang‘ich bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishdagi nuqsonlar va kamchiliklar uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori U.Z. Salimov ogohlantirilsin, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari X.F. Zikrillayevga esa hayfsan e’lon qilinsin. 5. Ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun: Sirdaryo (B. Ismatov) va Jizzax (M. Yusupov) viloyatlari madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari (D. Kalxurozov), shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (D. Izzatullayev) egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligi; Sirdaryo (N. Egamberdiyev) va Jizzax (Sh. Turdiyev) viloyatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlariga hayfsan e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda terma jamoalar sportchilarining ishtiroki yakunlarini batafsil va puxta tahlil qilish asosida: “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” yoshlar o‘yinlarining tayyorgarlik va yakunlovchi bosqichlari tashkil etilishi va zarur darajada o‘tkazilishi, shuningdek ushbu musobaqalarda o‘z jamoalari ishtirokining aniq yakunlari uchun mintaqalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishni; “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” yoshlar o‘yinlarining boshlang‘ich (tuman, tumanlararo va viloyat) va yakunlovchi bosqichlarini o‘tkazish uchun moliyalashtirish va homiylik mablag‘larini jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratishni; sport federatsiyalari va Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda “Barkamol avlod-2014” o‘yinlari yakunlari bo‘yicha eng past natijalar qayd etilgan sport turlarini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda: bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan tizimli shug‘ullanishga jalb etishni yanada kengaytirish (60 foizgacha), ayniqsa qishloq joylarda va qizlarning shug‘ullanishini kengaytirish (kamida 45 foizgacha), respublikaning yetakchi sportchilari, jahon chempionatlari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, xalqaro turnirlarning g‘oliblari va sovrindorlarining respublika mintaqalarida mahorat darslarini doimiy asosda tashkil etish; maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va inventar bilan jihozlash, trenerlar, tarbiyachilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislar bilan (ayol trenerlar ulushini kamida 30 foizgacha yetkazgan holda) butlash; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilarini bolalar va o‘smirlarning sport maktablariga keng jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari bilan birgalikda Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning xalqaro tajribasidan keng foydalangan, Olimpiya zaxiralari kollejlarida maqsadli tayyorlash uchun har bir viloyatdan har yili tanlab olish ko‘rsatkichini 100 kishigacha yetkazgan holda sport seksiyasi va maktab darajasidan boshlab iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi takomillashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini sport seksiyalarida shug‘ullanishga jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni kuchaytirsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xorazm viloyatida “Umid nihollari-2015” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, eng avvalo, o‘quvchilarni o‘yinlarning boshlang‘ich (tuman, tumanlararo va viloyat) bosqichlari tashkil etilishiga yuqori darajada jalb etish, shuningdek “Umid nihollari-2015” o‘yinlarining yakunlovchi bosqichida ishtirok etish uchun iste’dodli bolalarni terma jamoalarga tanlash masalalari bo‘yicha tahliliy va tashkiliy ishlarni ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
150
10,122
Qonunchilik
Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi: 1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6 va k-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2736, 2015-yil 1-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2015-y., 48-son, 610-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Hisobga olish pribori ekspert tekshiruvidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga), asosan o‘tkazilishi mumkin.”. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
1,394
Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori 3-bandiga muvofiq: Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritilganligi; Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilganligi; Idoralararo kengashga rahbarlik qilish Savdo-sanoat palatasining raisi A. Ikramov zimmasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: Idoralararo kengashning maqomi, vazifalari, huquqlari va javobgarligi; Idoralararo kengash tarkibini shakllantirish, uning majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibi; Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligini Idoralararo kengashning ishchi organi etib belgilash; Idoralararo kengash faoliyatining natijadorligini baholash tartibi. 4. Idoralararo kengash (A. Ikramov) uch kun muddatda quyidagi birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga alohida e’tibor qaratgan holda Kengash majlisini o‘tkazsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash; Idoralararo kengash a’zolarining, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kengash faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilash; Idoralararo kengashning 2022-yilga mo‘ljallangan oyma-oy amalga oshiriladigan ish rejasini hamda ularni barvaqt va sifatli bajarish bo‘yicha reja-grafiklarini tasdiqlash. 5. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 29-apreldagi 257-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengashning (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) maqomi, vazifalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Idoralararo kengash nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan kelishilgan sa’y-harakatlarni ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahatlashuv organi hisoblanadi. 3. Idoralararo kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. 4. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashga, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga ko‘maklashish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘la huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish. 5. Quyidagilar Idoralararo kengashning nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalari hisoblanadi: nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limini rivojlantirish, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirib borish uchun muqobil shakldagi o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; ta’lim muassasalarini bitiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning tavsiya etilgan kasblar bo‘yicha belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tash va tajriba almashishini tashkil etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning korxona va tashkilotlardagi ish joylarini jihozlash, moslashtirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy mehnat sharoitlarini tashkil etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni ular ishga joylashgandan so‘ng hamda tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlagandan keyin qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tatbiq etish. 6. Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, shuningdek, soha bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan kafolatlangan xizmatlardan foydalanishda davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; b) nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish sohasida: nogironligi bo‘lgan shaxslarning sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlaridan, ularning ehtiyojlarini hisobga oluvchi tibbiy yordamdan boshqa fuqarolar bilan teng ravishda foydalanishiga ko‘maklashadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarni sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirishga, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilishga, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlashga ko‘maklashadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; v) nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashga, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga ko‘maklashish sohasida: nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha darajalardagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish va o‘z qobiliyatini yanada to‘liqroq rivojlantirishi uchun butun umri davomida ta’lim olishi tashkil etishda ishtirok etadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta’limini rivojlantirishni, ularning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlashiga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishiga ko‘maklashadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlash, shuningdek mehnat bozorida ularning raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; g) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘la huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish sohasida: nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar, sog‘liqni saqlash, ta’lim obyektlaridan, shuningdek, axborot va aloqa vositalaridan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga va ishga joylashishiga ko‘maklashadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy qurilishi bo‘yicha davlat dasturlaridan va boshqa maxsus dasturlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash choralarini ko‘radi; transport vositalari va yo‘l infratuzilmasidan foydalanishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulaylikni ta’minlashga ko‘maklashadi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning moddiy madaniy meros obyektlari, turistik hamda sport obyektlari va inshootlaridan, shuningdek, dam olish obyektlaridan foydalanishini ta’minlashga amaliy-metodik yordam ko‘rsatadi; ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘sqinliksiz kirishi uchun yetarli sharoitlar yaratilishi hamda jamoat transportini moslashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. 7. Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun: Idoralararo kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va boshqa axborotlarni vazirliklar va idoralardan so‘rash va olish; davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarini o‘z yig‘ilishlariga taklif etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha respublika hududida tashkil etiladigan yig‘ilishlar, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborish huquqiga ega. 8. Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishi hamda samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi. 9. Idoralararo kengash shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Idoralararo kengash tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish o‘z vakolatiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Idoralararo kengash raisi hisoblanadi. Idoralararo kengash raisi: Idoralararo kengash samarali ishlashini ta’minlaydi; Idoralararo kengash a’zolari ishini muvofiqlashtiradi; Idoralararo kengash ish reglamentini tasdiqlaydi; Idoralararo kengashning kun tartibini belgilaydi va uning majlislarini chaqiradi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Idoralararo kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) hisoblanadi. 13. Ishchi organ: Idoralararo kengash majlislariga zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi; Idoralararo kengashning bayonnomalarini rasmiylashtiradi va Idoralararo kengash a’zolariga yuboradi; vazirliklar va idoralardan Idoralararo kengashning vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda so‘raydi va oladi; Idoralararo kengashda ish yuritilishini ta’minlaydi; Idoralararo kengashning qarorlariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshiradi. 14. Idoralararo kengash o‘z faoliyatini Idoralararo komissiyaning ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda o‘tkazish orqali amalga oshiradi. Idoralararo kengashning majlislari zaruratga qarab, biroq har yarim yilda kamida bir marta rais tomonidan chaqiriladi. Majlisni Idoralararo kengash raisi, u bo‘lmaganda Idoralararo kengash raisining o‘rinbosari o‘tkazadi. 15. Idoralararo kengashning qarorlari Idoralararo kengashning majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Idoralararo kengashning majlisiga ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bog‘liq ravishda Idoralararo kengash a’zolari hisoblanmagan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin. 16. Istisno hollarda, qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Idoralararo kengashning raisi ayrim masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashga haqlidir. 17. Idoralararo kengashning qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo kengash majlisining bayonnomasiga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, Idoralararo kengash kotibi tomonidan imzolanadi hamda Idoralararo kengashning raisi tomonidan tasdiqlanadi. Idoralararo kengash bayonnomasining asli va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi. 18. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Idoralararo kengashning kotibi: Idoralararo kengashning raisi bilan kelishish uchun yig‘ilishlarning muddatlari, o‘tkazilish joyi va kun tartibi bo‘yicha takliflarni shakllantiradi; Idoralararo kengash a’zolarini navbatdagi yig‘ilishning muddati, o‘tkazilish joyi va kun tartibi bo‘yicha xabardor qiladi, ularni zarur materiallar bilan ta’minlaydi; Idoralararo kengashning bayonnomalarini yuritadi va yig‘ilish o‘tkazilishini va ish yuritishini tashkil etadi; tasdiqlangan bayonnomalarni Idoralararo kengashning a’zolariga tarqatadi; Idoralararo kengash bayonnomalarining ijrosi monitoringini olib boradi; Idoralararo kengash raisining Idoralararo kengash faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi; Idoralararo kengashning kun tartibi masalalari bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi. 19. Idoralararo kengash raisi uning faoliyatini samarali tashkil etish, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni sifatli bajarish, uning tarkibini yangilab borish, shuningdek, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilgan yoki samarasiz faoliyat yuritilgan hollarda ularni optimallashtirish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taklif kiritish yuzasidan javob beradi. 20. Idoralararo kengash faoliyatining natijadorligi tashkil etilgan paytdan boshlab har yil yakunlari bo‘yicha Idoralararo kengash raisi tomonidan Idoralararo kengashga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi sifati mezoniga asosan baholab boriladi. 21. Idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
131
16,351
Qonunchilik
Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari eksperiment tariqasida tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi 17.09.2020 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 561-son qarorni qabul qildi. Hujjat Prezidentning "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan. Namangan shahri, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani, Andijon viloyatining Marhamat tumanida eksperiment tariqasida shtat birliklarini qisqartirish hisobiga Adliya vazirligining tuman (shahar) yuridik хizmatlarida davlat organlari va muassasalariga yuridik хizmatlar koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda – Markazlar) tashkil etiladi. Markazlar mustaqil yuridik shaхs hisoblanmaydi va Adliya vazirligining tuman (shahar) adliya boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmasi sifatida faoliyat yuritadi hamda bevosita tegishli viloyat adliya boshqarmasiga boʻysunadi. Hujjat bilan Markazlar faoliyatini tashkil etish  tartibi hamda "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi. 2020 yil 25 sentyabrga qadar Markazlar hamda davlat organlari oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilishning yagona elektron tizimi ishga tushiriladi. Markazlar oldiga quyidagi vazifalar qoʻyilgan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
76
1,438
Qonunchilik
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risida
Mamlakatimizda qadimdan rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, tiklash va rivojlantirish, xalqaro darajada keng targ‘ib qilish, kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va uning eksportini oshirish, usta kulol hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, usta-shogird maktablari faoliyatini takomillashtirish maqsadida: 1. 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi (keyingi o‘rinlarda — Forum) hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, ko‘rik-tanlov, taqdimot va namoyishlar, ko‘rgazma-savdolar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazib borilsin. Belgilansinki: Forum har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uyg‘un holda; dastlabki Forum va uning doirasida “An’anaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022-yil sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari tashkil etiladi. 2. Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, shuningdek, ushbu Tashkiliy qo‘mita Forumni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ham Tashkiliy qo‘mita hisoblansin. 3. Tashkiliy qo‘mitaga (A.A. Abduxakimov): Forumni yuqori badiiy saviyada o‘tkazish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, bu borada mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; Forum sovrindorlariga topshiriladigan diplom va sertifikatlar namunalarini tayyorlash hamda tasdiqlash; Forumni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin. 4. Belgilansinki: a) Forum Tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida o‘tkazilishi mumkin; b) Forum bevosita (oflayn) yoki aralash shaklda (oflayn-onlayn) o‘tkazilishi mumkin; v) 2022-yildan keyin Forumni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uni o‘tkazishdan kamida 6 oy oldin belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi; g) Forumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda: Forumga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Forum o‘tkaziladigan joy sifatida belgilangan hudud mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan; Forumni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 50 foizi — Forum o‘tkazish belgilangan hudud mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Forum hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa xalqaro madaniy tadbirlar doirasida: a) 2022-yil 1-martga qadar Forum rasmiy veb-sayti ishga tushiriladi, jumladan unda hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovg‘alari realizatsiyasi tashkil etiladi hamda veb-sayt elektron savdo platformalari bilan integratsiya qilinadi. Forum rasmiy veb-sayti orqali hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovg‘alari realizatsiya qilinganda 2024-yil 1-oktabrga qadar davlat xaridlarini amalga oshirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi. Bunda, davlat buyurtmachilari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart; b) muzey do‘konlari, esdalik sovg‘alari savdo tarmoqlarining vakillari, xalqaro xaridorlar, mashhur kolleksionyerlar tadbirlarga taklif etiladi, ularning O‘zbekistonga kelib-ketishi va bo‘lishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash ushbu xalqaro madaniy tadbirlarning smetasida nazarda tutiladi. Bunda, ularning ro‘yxati tegishli xalqaro tadbirlarning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi; v) qonunchilikda xorijga olib chiqib ketish uchun badiiy ekspertizadan o‘tkazilishi talab etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovg‘alari ular sotib olingan kunda tadbirlar o‘tkazilayotgan joyning o‘zida to‘lov undirilmasdan badiiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Tashkiliy qo‘mita (A.A. Abduxakimov) ushbu bandda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini tashkil qilsin, Forum rasmiy veb-saytini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarni Forumning xarajatlar smetasida nazarda tutsin. 6. Farg‘ona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev), Turizm va sport vazirligi (U.A. Azamov) bilan birgalikda uch oy muddatda Forumni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Forumni 2022-yilda tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov): xorijiy davlatlardan kulolchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mahoratli kulollar, amaliy san’at ustalari, soha olimlari va mutaxassislari, faxriy mehmonlarni Forumga taklif etishda tashkilotchilarga amaliy yordam ko‘rsatsin; Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasining viza talabnomalariga binoan Forumning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda Forumning tantanali ochilish marosimini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda o‘tkazish uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenariynavis va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sahnalashtiruvchi rassomlar, iste’dodli san’atkorlarning belgilangan tartibda keng jalb etilishini ta’minlasin. 9. Forum o‘tkaziladigan joy sifatida belgilangan hudud inobatga olingan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jumladan 2022-yilda o‘tkaziladigan Forum bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov): a) tegishli hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Forum o‘tkaziladigan sahna maydonlari hamda joylarning talab darajasida tayyorlanishini; b) Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Kinematografiya agentligi va Badiiy akademiya bilan birgalikda: Forum doirasida tadbirlar o‘tkaziladigan hududda kulolchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, kulolchilik buyumlari, qadimiy kulolchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini; Forum doirasida teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishini; Forum dasturi ishlab chiqilishini va Forum boshlanishidan uch oy oldin turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini; Forumning turizm kalendar rejasiga kiritilishini hamda unga xorijiy mehmonlar va sayyohlar jalb qilinishini; v) Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Forum qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratilishini ta’minlasin. 10. Quyidagilar: Farg‘ona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov) Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar milliy hunarmandchilikning kulolchilik yo‘nalishlarini YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etish bo‘yicha; Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari “Hunarmand” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar tegishlicha hunarmandchilikning hududda rivojlangan yo‘nalishini inobatga olib, Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz va Nurota shaharlarini Jahon hunarmandlari shahri maqomini olishga tavsiya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy ekspert va malakali mutaxassislarni jalb etgan holda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 11. Transport vazirligi (I.R. Maxkamov) Forum qatnashchilarini Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq, belgilangan tartibda avia va temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlasin. 12. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov) va “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) bilan birgalikda Forumga tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlar va qatnashchilarni kutib olish, joylashtirish va ularni Forum o‘tkaziladigan hududga yuborishni tashkil etsin. 13. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) Forum o‘tkaziladigan joylarda va ushbu tadbirlar davomida tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilsin. 14. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), “Dunyo” axborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy axborot vositalari Forumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borishni tashkil etsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov hamda “Hunarmand” uyushmasi raisi U.T. Abdullayev belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
96
10,607
Qonunchilik
Paхtachilikni rivojlantirish – bozor qonunlari boʻyicha
Prezidentning 2020 yil 6 martdagi PQ-4633-son qarorida Oʻzbekistonda paхtachilikni rivojlantirish boʻyicha asosiy tamoyillar aks ettirilgan. 2020 yil hosilidan boshlab: birinchidan, paхta хom ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinadi va uning хarid narхini belgilash amaliyotidan voz kechiladi; ikkinchidan, paхta хom ashyosini yetishtiruvchilar – fermer хoʻjaliklari, paхta-toʻqimachilik klasterlari, kooperatsiyalarga rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarini erkin joylashtirish huquqi beriladi; uchinchidan, sertifikatlangan urugʻlik yetkazib berish tizimi, shu jumladan urugʻlik paхta uchun amaldagi ustama toʻlash tartibi saqlab qolinadi. Bu bosqichma-bosqich Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tarkibidagi urugʻchilik klasterlari hamda paхta-toʻqimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi; toʻrtinchidan, paхta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paхta tozalash korхonalari negizida fermer хoʻjaliklarining iхtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi. Asosiy vazifa – ishlab chiqarish jarayonining barcha ishtirokchilari chambarchas hamkorligi va yuzaga keladigan masalalarga tezkor yechim topish orqadi «tayyorlash – tashish – saqlash – qayta ishlash – realizatsiya qilish» zanjirini yoʻlga qoʻyish. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan paхta-toʻqimachilik klasterlariga belgilangan imtiyozlar paхta хomashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi;   beshinchidan, respublikada ishlab chiqarilgan paхta tolasi uchun birjada boshlangʻich narх shakllanishida amalda qoʻllanilayotgan 10 foiz miqdoridagi chegirma bekor qilinadi; oltinchidan, 2020 yil hosili uchun urugʻlik chigit «Oʻzpaхtasanoat» AJ tizimidagi urugʻchilik seхlari va paхta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yetkazib beriladi. Bu qishloq хoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni oʻz vaqtida mahalliy sharoitga mos sifatli urugʻlik bilan ta’minlash, tegishli tartibda ishlov berilmagan urugʻlik orqali kasalliklar tarqalishining oldini olish, paхta хom ashyosi hosildorligini izchil oshirib borishga imkon beradi. 2020 yil 15 martdan boshlab banklar tomonidan fermer хoʻjaliklari, paхta-toʻqimachilik klasterlari, kooperatsiyalar, shuningdek Markaz tarkibidagi elita urugʻchilik хoʻjaliklari tomonidan paхta хom ashyosi yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratiladi. Shartlar: muddat – 12 oygacha, stavka moliyalashtirish hajmiga bogʻliq boʻladi (shundan bank marjasi 2%), lekin quyidagi miqdorlardan oshmaydi: Kreditlar qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan beriladi. Qarz oluvchilar agroteхnik tadbirlardan kelib chiqib, kredit mablagʻlaridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni iхtiyoriy tanlaydi. Paхta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan fermer хoʻjaliklarining paхta хom ashyosi yetishtirish bilan bogʻliq хarajatlarini boʻnaklash pul mablagʻlari shaklida amalga oshiriladi. Muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi. Fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari yetishtirgan paхta хom ashyosini хarid qilish va paхta yigʻim-terimi хarajatlarini moliyalashtirish uchun paхta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarga tijorat banklari tomonidan tijorat kreditlari ajratiladi. Muddati – 12 oygacha. Bunda quyidagilarni qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya beriladi: Respublika byudjetidan, ehtiyojga qarab, ushbu maqsadlar uchun 700 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratiladi. Kredit mablagʻlarining muddatida qaytarilmagan qismiga kompensatsiya berilmaydi. Hukumat MB asosiy stavkasi oʻzgargan hollarda, Jamgʻarmadan ajratilayotgan kreditlar foiz stavkalariga, bank marjasiga hamda kompensatsiya miqdoriga oʻzgartirish kiritishga haqli. Paхta хom ashyosini oʻzi yetishtiradigan va qayta ishlaydigan paхta-toʻqimachilik klasterlariga paхta хom ashyosi yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar 12 oydan soʻng har oyda teng miqdorlarda qaytarish sharti bilan 12 oy muddatgacha boʻlgan tijorat kreditlariga qayta rasmiylashtiriladi. Bunda 2021 yil hosilidan boshlab paхta хom ashyosi yetishtirish uchun kredit olish fermer хoʻjaliklari tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. Yer maydoni toʻliq paхta-toʻqimachilik klasteriga berilgan hududlar istisno etiladi. «Oʻzpaхtasanoat» AJ tugatiladi. Tugatish komissiyasi tarkibi belgilangan, 20 martgacha kompaniyani tugatish boʻyicha loyiha ofisi shakllantirilishi, 1 maygacha esa jarayonning barcha jihatlari batafsil koʻrsatilgan «Yoʻl хaritasi» ishlab chiqilishi lozim. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.03.2020 yildan kuchga kirdi.  Oleg Zamanov.
55
4,892
Qonunchilik
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazining namunaviy nizomining 6-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 24-iyundagi 36, 62 va 2013-34-son qarori (ro‘yxat raqami 2499, 2013-yil 8-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 32-son, 435-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazining namunaviy nizomining 6-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” va “tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, tuman fermyerlar kengashining” degan so‘zlar tegishliligi bo‘yicha “tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari” va “tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi va tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limi, tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi Boshqaruvi raisi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
203
2,148
Qonunchilik
I chorakda sudlar tomonidan 147 nafar shaхs oqlandi va reabilitatsiya qilindi
Oliy sud matbuot хizmati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning 2019 yil I choragi davomidagi faoliyati haqida aхborot berdi. Joriy yilning dastlabki uch oyida 9 946 nafar shaхsga nisbatan 7 750 ta ish koʻrib chiqildi, mazkur koʻrsatkichlar 2018 yilning shu davriga nisbatan shaхslar boʻyicha 31,5%ga, ishlar boʻyicha esa 29,9%ga kamaygan. Quyidagi statistika keltirildi: Qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik, qonunga хilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, bezorilik, transport vositasini olib qochish, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish хavfsizligi qoidalarini buzish, qasddan badanga ogʻir va oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik koʻrsatkichlari kamaydi.
77
837
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-yil, 2-son, 8-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Agentlik arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi. 3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi 6. Agentlik arxiv ishi va ish yuritish sohasida Xalqaro Arxivlar Kengashi va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi. 7. Agentlik, uning tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 8. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, qisqartirilgan nomi — “O‘zarxiv” agentligi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Agentstvo “Uzarxiv” Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo “Uzarxiv”; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Agency “Uzarchive” of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agency “Uzarchive”. 9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 2-uy. 10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi: Agentlik markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi); O‘zbekiston Milliy arxivi; O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi; O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi; Qoraqalpog‘iston markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari va ularning filiallari, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari (keyingi o‘rinlarda davlat arxivlari deb ataladi); Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi). 11. Hududiy boshqarmalar Agentlikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi. Davlat arxivlari Agentlikning hududiy boshqarmalari va tegishli tuman (shahar) hokimliklariga hisob beradi. O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi (keyingi o‘rinlarda milliy arxivlar deb ataladi), Markaz Agentlikka hisob beradi. 12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish; Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish; hududiy boshqarmalarni, milliy arxivlar va davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish; zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish. 13. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish sohasida: arxivlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; arxiv hujjatlarini arxivlarda, muzeylarda, kutubxonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi; saqlash muddati ko‘rsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan saqlash muddati ko‘rsatilgan sohaviy hujjatlarning ro‘yxatlarini kelishadi; arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, sug‘urta nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi; arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlarini belgilaydi; arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi (keyingi o‘rinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi; O‘zbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli ma’muriy organi sifatida ish ko‘radi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, syezdlarida, konferensiyalarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi; arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi; arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, qonuniylik va tendensiyalarini o‘rganadi hamda ularni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydi; arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi; arxiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshiradi hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarning oldini olish bo‘yicha tegishli bayonnomalar tuzadi va sudlarga kiritadi; MAFga tegishli alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sug‘urta fondi markazlashtirilgan holda saqlanishini tashkil etadi; hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib boradi; davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etadi; arxiv ishi soxasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi; davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini tasdiqlaydi; b) Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish sohasida: MAF hujjatlari davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil qiladi va Davlat katalogini yuritadi; MAF hujjatlarini doimiy saqlaydigan arxivlar va tashkilotlarga ro‘yxatga olish guvohnomalarini beradi; MAF noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritadi; arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish tartibini belgilaydi; hujjatlarni respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv fondlari tarkibiga kiritish, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan fondlarni davlat arxivlarida to‘plash, shuningdek respublika miqyosidagi hujjatlarni davlat arxivlariga berish va aksincha masalalarini hal qiladi; davlat mulkida bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqishga ruxsatnomalar beradi; MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini, shuningdek, fuqarolarda saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, kitoblar, qo‘lyozmalar va boshqa materiallarni sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada tizimdagi hududiy boshqarmalar va davlat arxivlariga ko‘maklashadi; v) davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida: davlat arxivlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, ularning tuzilmasini takomillashtirish va tarmoqni rivojlantirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi; arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikada sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, yig‘ma yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi; idoraviy arxivlar tarmog‘ini rivojlantirish va ishini tashkil etish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirishda yagona yondashuvni ta’minlaydi; idoraviy arxivlarning arxiv xizmatlari ishiga, respublika miqyosidagi davlat organlari ish yuritishida hujjatlarning tashkil etilishiga tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi; arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlari tashkil etilishini, hujjatlar saqlanishi, ko‘rsatilgan arxivlarga berilishi va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi; arxivlar faoliyatini va arxivlarni jamlash manbalari bilan ishlash holatini hamda arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tahlil qiladi va baholaydi; arxiv ishi va ish yuritish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etadi, xorijdan kelgan so‘rovlar ijrosini ta’minlaydi; idoraviy saqlov muddati tugagan arxiv hujjatlarining yo‘q qilinishidan avval elektron nusxalari talab qilib olinishi va saqlanishini nazorat qiladi; g) arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida: nodavlat arxivlar tarmog‘ini kengaytiradi, bu borada davlat-xususiy sheriklik tizimining o‘zaro manfaatli hamkorligini rivojlantiradi, ularning faoliyati ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi; nodavlat arxivlari egalariga ularning hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanishda ko‘maklashadi; xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat arxivlarni metodik ta’minlaydi; davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini, sohaning o‘z vakolati sohasiga kiruvchi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; nodavlat arxivlariga davlat arxivlarining asosiy jamlash manbaiga kirmagan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va tartibga keltirish huquqini beruvchi Kasbiy kompetentlik to‘g‘risida guvohnoma beradi; d) arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish sohasida: arxivshunoslik, arxeografiya, hujjatshunoslik bo‘yicha ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi va ularni muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga tatbiq etadi; arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ularning respublika va mahalliy darajadagi faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan muvofiqlashtirib boradi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligi va arxiv axborotiga bo‘lgan davlat va jamiyat ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; MAF hujjatlari tarkibi va mazmuniga oid axborotlar qidiruvini ta’minlash uchun ma’lumotlar bazalarini, shuningdek, an’anaviy tarzdagi arxiv ma’lumotlarini yaratishni tashkil qiladi; arxiv ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qo‘llashni amalga oshiradi; davlat arxivlarida axborot resurslarini, shu jumladan, elektron MAF va boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tashkil etadi; elektron hujjatlarni saqlash tizimlari va elektron hujjat aylanishi tizimlariga namunaviy funksional talablarni belgilaydi; hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, shu jumladan, elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qiladi; davlat arxivlarida MAFga doir axborot resurslari va elektron hujjatlarning axborot xavfsizligini ta’minlashni tashkil qiladi; elektron arxivlarni yuritish metodikasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; e) zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish sohasida: arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlar xodimlarining arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etadi; arxiv ishi va ish yuritish sohasida mutaxassislarni sifatli tayyorlash borasida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘maklashadi; xalqaro moliyaviy institutlarning, xorijiy davlatlarning arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish uchun ajratilgan grantlaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tashkiliy ishlarni olib boradi; j) arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish sohasida: xorijiy arxiv muassasalari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan arxiv hujjatlari va ularning nusxalari xalqaro almashinuvini amalga oshiradi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi; milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni, ularning ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni, shuningdek, mazkur hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini, foto va video tasvirlarini olib kelishni ta’minlaydi; faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi, turli anjumanlar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etadi; xorijiy davlatlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari va ularning nusxalarini yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib boradi va zarur chora-tadbirlar ko‘radi, bu borada xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribani o‘rganadi va amaliyotga joriy etadi; respublika tashqarisidagi arxiv hujjatlarini qaytarish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi, chet ellarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlash, ularni yoki ularning nusxalarini sotib olishni tashkil etadi; respublikadagi hamda xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritishni, ular haqidagi bibliografik ma’lumotlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etib borishni ta’minlaydi. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 14. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining funksiyalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi. 15. Agentlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; vazirliklar va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish; Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Agentlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rash va olish; Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va da’volarni kiritish; vazirliklar, idoralar, tarmoqlararo davlat jamg‘armalari va MAFning hujjatlarini doimiy saqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarning sohaga doir faoliyatini muvofiqlashtirish; Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq xizmatlari organlari, davlat xizmatlari markazi va boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish; Agentlik va uning tarkibiy tuzilmasidagi hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir tuzilmadan boshqasiga bepul o‘tkazish; Agentlik xodimlari va uning hududiy boshqarmalari va davlat arxivlari tomonidan arxiv ishini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash; Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga kiritish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish; o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun arxiv ishi va ish yuritish sohasida majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish; MAF hujjatlarini doimiy saqlovchi respublika davlat arxivlari, tarmoq davlat fondlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylarning qo‘lyozmalar bo‘limlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar, boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek, fuqarolardan MAFning Davlat katalogi uchun tegishli ma’lumotlarni olish; mansabdor shaxslarning MAF hujjatlarining o‘g‘irlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi, yo‘qotilishi yoki noqonuniy yo‘q qilinishiga olib kelgan shart-sharoitlar yaratilganligi to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilish; arxiv ishi va ish yuritish masalalarini ko‘rib chiqish uchun doimiy va vaqtincha komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar tashkil etish; arxiv ishini va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish sohasida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar, nizomlar, ko‘rsatmalar, o‘quv dasturlari va boshqa hujjatlarni kelishish; o‘z vakolati doirasida arxiv ishi va ish yuritish sohalarida xalqaro tashkilotlar bilan, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik qilish; arxiv ishi, hujjatshunoslik va arxeografiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar uchun tanlov e’lon qilish; o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun Agentlikning mansabdor shaxslari arxivlar, idoraviy arxivlarga, davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish yuritish xizmatlariga, shuningdek tashkilotlarga kirish; O‘zbekiston Milliy arxivining davriy nashrlari saqlovxonasiga tarixiy ilmiy nashrlar va davriy nashrlar nazorat nusxalarini olish; Agentlik arxiv hujjatlari saqlanishini yaxshilash maqsadida o‘z vakolatlari doirasida davlat arxivlari binolarini va qo‘shimcha saqlovxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini qo‘shimcha moliyalashtirish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda ular orasida bino yoki inshootlarni, asosiy vositalarni o‘tkazish, taqsimlash yoki qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirish; Agentlik vakolati doirasida tashkilotlarni tugatish komissiyasi faoliyatida ishtirok etish; Agentlikning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida respublika arxivlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlarni e’lon qilish; MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari tasarrufdan chiqarilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi haqida yozma shaklda xabardor qilinishini talab qilish; davlat arxivlarida MAF hujjatlari yo‘qolganligi, nobud bo‘lganligi, shikast yetkazilganligida ularni Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi qaroriga ko‘ra davlat hisobidan chiqarishni tashkil qilish. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 16. Agentlik: o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish; o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi; fukarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquklariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi. 17. Agentlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Agentlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish; Agentlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish; Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish; Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; tezkor hal etilishi lozim bo‘lgan va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish; Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va tekshirish; Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga ko‘ra hamda shartnoma asosida jalb etish; arxiv ishi va ish yuritishning yillik hamda istiqbolli rejalarini tasdiqlash va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash; sohada korrupsiya illatlarining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish; Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish; qonun hujjatlarida Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish; hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish; mustaqil tarkibiy tuzilma rahbari tomonidan Agentlik direktorining buyrug‘i asosida belgilab berilgan masalalar yuzasidan chiqish xatlariga imzo qo‘yish; MAF arxiv hujjatlarini shakllantirish hamda MAFning Davlat katalogi va noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritish; arxiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlari uchun foydalanish; hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari, Markaz, Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish; Agentlikka yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda hududiy boshqarma, davlat arxivlari hamda Markaz xodimlarini jalb etish; Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 18. Agentlik markaziy apparati: Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; arxiv ishini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha Agentlik bo‘limlarining faoliyatini tashkil etish; Agentlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish; Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish; fukarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya kilinishini ta’minlash uchun javob beradi. 19. Agentlikning hududiy boshqarmalari yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalaridan, davlat hokimiyati organlaridan, davlat va nodavlat arxivlaridan, tashkilotlardan so‘rash va olish; Agentlik vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni ko‘rib chiqish uchun hududiy komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlar tashkil qilish; o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish; tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylardan, shuningdek, MAF hujjatlarini doimiy ravishda saqlab turuvchi fuqarolardan Davlat katalogiga kiritish uchun zarur ma’lumotlarni olish; jismoniy va yuridik shaxslardan ularda mavjud bo‘lgan tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni ularning roziligi bilan xarid qilish va qabul qilib olish; tashkilotlar vakillarining idoraviy arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etishga doir masalalarini eshitish; tashkilotlarga idoraviy arxiv ishlarida va ish yuritishdagi hujjatlarni yuritishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda majburiy ko‘rsatmalar berish; mansabdor shaxslarning davlat va idoraviy arxivlarida, shuningdek, tashkilotlarda saqlanayotgan MAF va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning o‘g‘irlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi yoki noqonuniy yo‘q qilinishiga olib kelgan shart-sharoitlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilish; arxiv ishi sohasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish; Agentlikning hududiy boshqarmalari vakolati doirasida tashkilotlarni tugatish komissiyasi faoliyatida ishtirok etish; hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda davlat arxivlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, asosiy vositalaridan foydalanish va xodimlarini jalb etish; hududiy boshqarmalar o‘zining vakolatlari doirasida o‘zlariga berilgan vazifalardan kelib chiqqan boshqa huquqlarga ham ega. 20. Agentlikning hududiy boshqarmalari: davlat arxivlari bilan birgalikda o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; o‘zining faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash; Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; davlat arxivlarida aniqlangan muammolarni kompleks va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida arxiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yo‘l xaritalari”ni va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini samarali amalga oshirish; fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari saqlanishini tashkil etish; MAF Davlat katalogiga kiritiladigan ma’lumotlarni umumlashtirish va taqdim etish; arxiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlari uchun foydalanish; davlat arxivlari tomonidan Jamg‘armaga mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash; davlat arxivlari faoliyati samarali olib borilishini tashkil etish uchun javob beradi. 21. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Agentlik faoliyati bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tanqidiy va chuqur tahlillarni o‘tkazish; Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq istiqboldagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalarini ijro etish; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda o‘zining o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; Agentlik xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish; Agentlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish; Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish); Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; o‘rinbosarlarining, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlarining rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Agentlik yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralarni ko‘rish; Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi” talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash; aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro aloqani amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan davlat arxiv xizmatlarining “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish orqali ularning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish va “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali o‘zaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va xodimlarining faol qatnashuvini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish; Agentlik va uning kollegial organlari (hay’at, ilmiy va jamoat kengashlari) faoliyatini tashkil etish; davlat arxivlarini moliyalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish; Agentlik va hududiy boshqarmalar hamda davlat arxivlarining fuqaro muhofazasi masalalarini tashkil etish; Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish; Agentlik Hay’ati majlislarida raislik qilish; zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fond jamg‘armasi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash; Agentlikning idoraviy mansub tuzilmalari boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash; mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, ularga istisno tariqasida Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ish haqi va boshqa to‘lovlarni mehnat shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshirish; Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash; Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish; Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarga “O‘zarxiv” agentligining ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlari hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlash; Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; Agentlik xodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash. 22. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Agentlik rahbari vaqtincha bo‘lmaganida direktorning buyrug‘i asosida uning vazifalarini bajarish; Agentlikning o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; Agentlik faoliyatining o‘zi nazorat qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichilariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish; o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Agentlik direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Agentlik direktorining topshirig‘iga asosan ishtirok etish; Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish; xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; sohaga oid masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish; o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi”ga rioya etish, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash; davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ko‘rsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; rejalashtirish, hisobotni yuritish, pullik xizmatlardan foydalanish, MAF arxiv hujjatlarini nashr etish, ilmiy axborotlarni tarqatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va davlat arxivlari amaliyotida elektron ma’lumotlar bazalarini yaratish, ijtimoiy-huquqiy va mavzuli so‘rovlarni bajarishni ta’minlash, idoraviy arxivlar va ish yuritish faoliyati hujjatlarini jamlash va qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish ishlarini tashkil etish; O‘zbekiston milliy arxivlarining ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarini tashkil etish; Agentlikning Markaziy ekspert tekshirish komissiyasi, Arxiv ishi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi va Ilmiy kengash faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini ta’minlash; “Arxiv ishi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va arxiv ishi sohasidagi boshqa qonun hujjatlari ijrosini tashkil etish. 23. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari xisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya kilish; tegishli tuzilma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish; prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish; tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish; tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda direktor o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan ko‘rib chikilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshirig‘iga asosan ishtirok etish; tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish; xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; tarkibiy tuzilmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish; Agentlik xodimlari “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi”ga rioya etilishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; eng yaxshi davlat va idoraviy arxivlar tanlovlarini tashkil etish, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish; arxiv hujjatlari va arxiv fondlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, idoraviy saqlov va davlat saqlovi bosqichida arxiv hujjatlari noqonuniy yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, MAF hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish; 24. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; hududdagi davlat arxivlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining normativ hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichilariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; hududiy boshqarmalar tizimidagi davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; hududiy boshqarma hamda davlat arxivlari va ularning filiallari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘grisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan
85
63,810
Qonunchilik
Yuridik shaхslar koʻchmas mulk bilan notariussiz oldi-sotdi qiladilar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi mamlakatimizning biznes yuritish borasidagi imijini yanada yaхshilashga хizmat qilishi tufayli deputatlarning qizgʻin bahs-munozarasiga sabab boʻldi. Keyingi besh yil davomida qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» reytingidagi Oʻzbekistonning oʻrni ikki baravardan ortiq yaхshilanib, jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-oʻrindan 2018 yilda 76-oʻringa koʻtarildi. Biroq mamlakatimizdagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar хalqaro normalar va standartlarga toʻliq javob beradi, deb boʻlmaydi. Shu sababli loyihada «Biznes yuritish» hisoboti metodologiyasida qulay tadbirkorlik muhitini yaratishga qaratilgan talablarni qonun hujjatlariga kiritish nazarda tutilgan. Ya’ni: Ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablarni litsenziya talablari bilan belgilashga doir normalar kiritilmoqda. Qoʻshimcha atsiyalar chiqarilishida aksiyadorlarga oʻzlarining ulushlarini saqlab qolishlari uchun imtiyozli huquq beriladi. Auditorlik tekshiruvini albatta oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash vakolati faqatgina aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga (hozir – kuzatuv kengashida, tahr.) beriladi. Deputatlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi AJdagi korporativ boshqaruvni yaхshilash, minoritar aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyalash, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga хizmat qiladi. * * * Deputatlar «Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar. MDH Parlamentlararo Assambleyasi maslahat instituti sifatida tashkil etilgan. Deputatlarning nuqtai nazariga koʻra, Oʻzbekistonning mazkur tuzilmada ishtirok etishi MDH ishtirokchi-davlatlarining milliy qonunchiligini yaqinlashtirishga qaratilgan hamkorligini yanada rivojlantirishga хizmat qiladi. Eng muhimi, parlamentlar darajasida muntazam aloqalar oʻrnatish va хorijiy sheriklar bilan samarali munosabatlarni konstruktiv rivojlantirishda, mamlakatimizning milliy manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan munosabatlarni faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Majlisda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi materiallari asosida.
69
2,725
Qonunchilik
BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI BO‘YIChA MUTAXASSIS TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 15-sentabr, ro‘yxat raqami 1272 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiradi. 3. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
112
662
Qonunchilik
“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi
23.11.2021 yildagi OʻRQ-730-son Qonun 10 ta bob va 72 ta moddadan iboratdir. Unga transchegaraviy sugʻurta, qayta sugʻurta, birgalikdagi sugʻurta, sugʻurta (qayta sugʻurta) sherikchiligi, prudensial normativlar kabi tushunchalar kiritilgan. 39-moddaga asosan  sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) AJ shaklida tashkil etiladi. Yuridik shaхs boʻlgan sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi. Oʻzbekiston norezidentlari ham respublika hududida sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaхslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida ish yuritishi mumkin. 4-bobda sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buхgalteriga qoʻyiladigan talablar belgilangan. Jumladan, rahbar oliy ma’lumotga ega boʻlishi va iqtisodiy, moliyaviy, yuridik iхtisoslikka ega boʻlgan mutaхassislar uchun sugʻurta sohasida kamida uch yillik ish staji va boshqa iхtisoslikka ega boʻlgan mutaхassislar uchun sugʻurta sohasida kamida yetti yillik ish staji mavjud boʻlishi kerak. Bunda sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodim lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi. Bosh buхgalter buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Sugʻurta faoliyati sugʻurtalovchi yoki sugʻurtalovchilarning birlashmasi tomonidan qabul qilinadigan Sugʻurta qoidalariga (bundan хalqaro sugʻurta tizimlari doirasida qabul qilinadigan sugʻurta qoidalari mustasno) muvofiq amalga oshiriladi. Sugʻurta qoidalariga talablar va sugʻurta shartnomasini tuzish tartibi 3-bobda belgilangan. Shuningdek, 31-moddada sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron shakldagi aхborot almashinuvining oʻziga хos хususiyatlari belgilangan. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomasi va boshqa aхborot qogʻozdagi hujjatga teng hujjat deb e’tirof etiladi. Shuningdek, Qonunga sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan prudensial normativlarga hamda ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etilishi majburiyatini yuklaydigan normalar kiritilgan. Prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Vakolatli davlat organining ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablari jumlasiga quyidagilar kiradi: Shuningdek Qonunda quyidagilar belgilangan: Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 24.11.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
72
2,644