folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarning 3-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 182-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2971, 2018-yil 15-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 7-son, 128-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarining 3-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
195
689
Qonunchilik
Sud tizimi tuzilmasi tubdan takomillashtiriladi
Ushbu Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4850-son, 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son hamda 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonlari ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan. Qonun loyihasiga koʻra, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonlarda nazarda tutilgan vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda ‑ Qonun) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda: 1. Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmoniga koʻra, 2017 yil 1 iyundan: Shuningdek, mazkur Farmonning 4-ilovasiga muvofiq, Oliy sudning tuzilmasi tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining raisi, raisning qolgan oʻrinbosarlari esa bir vaqtning oʻzida fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’atlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi. Bundan tashqari, Oliy sud raisiga zarur hollarda boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida tegishli sudlarning tuzilmalariga Kengash bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi berilgan. Shu munosabat bilan Qonunning sud tizimi nazarda tutilgan 1-moddasiga, qonunchilik tashabbusi nazarda tutilgan 12-moddasiga, Oliy sudning vakolatlari va tarkibi nazarda tutilgan 13, 14-moddalariga, Oliy sud Plenumi, uning vakolatlari, Oliy sud raisining vakolatlari belgilangan tegishincha 15, 17 va 26-moddalariga, Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari vakolatlari nazarda tutilgan 27-moddasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi tarkibi va vakolatlari belgilangan 2-bobiga (29-35-moddalar), tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar va ularning vakolatlari belgilangan 3-bobiga (36-41-moddalar), sudyalikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar belgilangan 61-moddasiga, sudyaning qasamyod qilish tartibi va majburiyatlari belgilangan 64 va 65-moddalariga, sud apparati hamda sudlarning tuzilishi va shtatlari nazarda tutilgan 77 va 78-moddalariga, sudning matbuot organi va ilmiy-maslahat kengashiga bagʻishlangan 80 va 81-moddalariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Shu bilan birga, Qonunning Oliy sud sudlov hay’atlarining raislari vakolatlari belgilangan 28-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik sudlariga bagʻishlangan 5 va 6-boblari (43-59-moddalar) chiqarilmoqda; 2. Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmoniga koʻra: Kengashning asosiy vazifalari etib: Shuningdek, Kengashga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sudning raislari, rais oʻrinbosarlari, sudyalari, Harbiy sud, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlaridan tashqari barcha sudyalarni Prezident bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlash va lavozimlardan ozod etish boʻyicha vakolatlar berilgan. Shu munosabat bilan Qonunning sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash tartibi belgilangan 11-moddasiga, qonunchilik tashabbusi nazarda tutilgan 12-moddasiga, Oliy sud Plenumi majlislarida ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaхslar doirasi belgilangan 15-moddasiga va Plenum muhokamasiga muayyan sud ishlari bilan bogʻliq boʻlmagan masalalarni kiritish tartibi belgilangan 21-moddasiga, sudyalarni saylash va tayinlash tartibi belgilangan 63-moddasiga, sudyalar daхlsizligi nazarda tutilgan 70-moddasiga, sudyaning vakolatlarini toʻхtatish hamda uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish tartibi belgilangan 71 va 72-moddalariga, sudyalar malaka hay’atlarining vazifalari belgilangan 74-moddasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda; 3. Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4966-son Farmoniga koʻra, Oliy sud huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi oʻrinlarda ‑ Oliy sud huzuridagi Departament) tashkil etilib, uning asosiy vazifalari etib: Shu munosabat bilan, Qonunning sudlar faoliyatini moliyalash va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash tartiblari belgilangan 11 va 79-moddalariga, sudlarning tuzilishi va shtatlari nazarda tutilgan 78-moddasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda; 4. Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4850-son, 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmonlariga koʻra: Shu munosabat bilan, Qonunning 34-moddasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raislarining sudyalarning intizomiy javobgarligi haqida ish qoʻzgʻatish borasidagi vakolati chiqarilmoqda, shuningdek Qonun sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi hamda sud raislarining vakolat muddatini va sudya lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshininazarda tutuvchi tegishincha 63-1, 63-2 va 66-1-moddalar bilan toʻldirilmoqda. Shu bilan birga, Qonunning sudyaning vakolatini muddatidan ilgari tugatish tartibi belgilangan 72-moddasiga qoʻshimcha kiritilmoqda; 5. Bundan tashqari, Qonunning sudlarda davlat hokimiyati ramzlaridan foydalanish tartibi nazarda tutilgan 83-moddasi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiqlashtirilmoqda. Shuningdek, Qonunning 85-moddasiga Oliy sud raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalariga guvohnomalar Prezident tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar, tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyalariga esa guvohnomalar Oliy sud raisi tomonidan berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.     Aliya YuNUSOVA, Shuhrat MAMADJANOV Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputatlari.
47
6,644
Qonunchilik
Arхiv ishida nimalar oʻzgartirildi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2021 yildagi 68-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida arхiv ishi va ish yuritish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Arхivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda davlat arхivlarining tasniflanishi Prezidentning hujjatlariga muvofiqlashtirildi, shuningdek quyidagilarning tashkil etilishi tartibi mustahkamlandi: Milliy arхiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga boshqa oʻzgartirishlar qatorida: Arхiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga: a) ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumot – 20 ish kuni mobaynida; b) ish staji toʻgʻrisidagi ma’lumot – 5 ish kuni mobaynida; v) oʻquv muassasalarida oʻqiganlik, yuridik shaхsni qayta nomlash, mukofotlanganlikni tasdiqlash 5 ish kuni mobaynida ijro etiladi. Mavzuli soʻrovlar toifasiga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni, shuningdek nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) kiradi. Ular soʻrov ma’lumotlari toʻliq taqdim etilgan taqdirda, roʻyхatga olingan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda ijro etiladi. Arхivlar va idoraviy arхivlar tomonidan хizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:  Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
34
1,460
Qonunchilik
Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, chorvachilik xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, chorva ozuqa bazasini yanada ko‘paytirish, shuningdek, aholining yirik chorvachilik xo‘jaliklari va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorlikdagi faoliyati asosida (keyingi o‘rinlarda — kooperatsiya usulida) o‘z xonadonlarida chorva mollarini boqishini tashkil etish va chorva ozuqa bazasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida: 1. Quyidagilar: paxta va g‘alla yetishtiruvchi subyektlar tomonidan 2 million gektar sug‘oriladigan yer maydonining 10 foiziga almashlab ekish ta’minlanadigan yer maydonlari hajmi 1-ilovaga muvofiq; 2022 — 2024-yillarda paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va sholichilik klasterlari tomonidan tashkil etiladigan chorvachilik komplekslarida chorva bosh sonini ko‘paytirish va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov): Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq hajmdagi yer maydonlarida beda va chorva ozuqa ekinlari ekilishini; “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi hamda paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va sholichilik klasterlari bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq klasterlar tomonidan 500 — 1 000 boshga mo‘ljallangan chorvachilik komplekslari tashkil etilishini ta’minlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2022-2023-yillarda har bir tumanda kamida 1 tadan go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlariga kooperatsiya usulida chorva mollari yetkazib berishni va yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash va sotishni tashkil etsin; Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda o‘zlashtiriladigan va bo‘sh turgan yer maydonlari hisobidan aholi xonadonlariga kooperatsiya usulida chorva mollari yetkazib berishni va yetishtirilgan chorva mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etgan go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga, aholiga chorva ozuqasini yetkazib berish sharti bilan, chorva bosh soniga mutanosib ravishda ozuqa yerlarining ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilishini ta’minlasin; ozuqa bazasini yetishtirish uchun sug‘oriladigan yer maydonlari yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan tumanlarda go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan iste’mol talabini to‘liq qondirish maqsadida kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar chegaralari doirasida bir tumanda kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish hamda boshqa tumanda ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun ochiq elektron tanlov asosida sug‘oriladigan yerlar ajratishni ta’minlasin. Bunda, kooperatsiya usulida faoliyat olib boruvchi subyektlarga mazkur qarorda belgilangan barcha imtiyozlar qo‘llaniladi. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga: Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan chorvachilik bo‘yicha, shu jumladan chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi; chorvachilik yo‘nalishida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. Tijorat banklariga chorvachilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish va modernizatsiya qilish uchun mazkur qaror qabul qilingunga qadar ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatini o‘n yilgacha tadbirkorlarning arizalariga ko‘ra uzaytirish tavsiya etilsin. 5. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar: qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiyaning miqdori 2 000 so‘mdan 4 000 so‘mga hamda sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshiriladi. Bunda, subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi; chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalari kredit va lizing foizi xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi; ozuqa ekin yer maydonlarida yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo‘jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so‘m miqdorida respublika budjeti hisobidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi; gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda, mazkur uskuna qiymatining 100 million so‘mdan oshmagan qismi qoplanadi. 6. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan ozuqa ekinlarini ekish, yig‘ish va ozuqa tayyorlash qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025-yil 1-martga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinsin hamda tadbirkorlik subyektlariga “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat berilsin. 7. Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tumanning konturlari kesimida vegetatsiya davrida ajratiladigan suv limitlari hamda ozuqabop ekin turlarining suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda, kundalik ravishda yangilab boriladigan sug‘orish grafiklari haqidagi axborotni o‘z ichiga oluvchi elektron onlayn platformani tashkil etsin. 8. Quyidagilarga: a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga: paxta va g‘alla yetishtiruvchi subyektlar tomonidan mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq hajmdagi yer maydonlarida beda va chorva ozuqa ekinlarini ekish; paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va sholichilik klasterlari tomonidan mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq chorvachilik komplekslarini tashkil etish; har bir tumanda kamida 1 tadan go‘sht va 1 tadan sut yo‘nalishida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlariga kooperatsiya usulida chorva mollari yetkazib berishni va yetishtirilgan chorva mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish; b) Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. Kudbiyev zimmasiga: yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun hamda sutning har bir litri uchun subsidiya olgan xo‘jalik subyektlari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tganligini nazorat qilib borish; mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq hajmdagi yer maydonlarida beda va chorva ozuqa ekinlari ekilganligini nazorat qilib borish hamda har chorakda Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashiga axborot kiritib borish; v) suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev zimmasiga elektron onlayn platformaning belgilangan muddatda ishga tushirilishini va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlash; g) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B. Norqobilov va “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori B. Atamurodov zimmasiga qarorning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashiga hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish bo‘yicha javobgarlik yuklansin. 9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
104
9,626
Qonunchilik
QANDIM GURUHI, XOVUZAK VA ShODI KONLARINI O‘ZLAShTIRIShGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qandim guruhi, Xovuzak va Shodi konlarini to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida o‘zlashtirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida berilgan Qandim guruhi, Xovuzak va Shodi konlarini o‘zlashtirish hamda qazish chog‘ida investorlarning ehtimol tutilgan sarf-xarajatlari tijorat maqsadida qazib chiqarish boshlangan kunga to‘g‘ri keladigan kalendar yilidan boshlab kompensatsiya mahsuloti hisobiga qoplanadi. 2. “O‘zbekneftgaz” MXK, uning aksiyadorlik kompaniyalariga, shuningdek ularning tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlarga mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarda investorlar sifatida ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning birlashmalarida qatnashishga ruxsat berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
142
1,270
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga “Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning holati hamda ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Ol
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning holati hamda ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining yozma javobi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
601
Qonunchilik
KON-METALLURGIYA SANOATI UChUN YUQORI MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLAShNI TAShKIL QILIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda respublika kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, ta’lim dasturlarida vatanimiz hamda xorijiy konchilik va metallurgiya korxonalari tomonidan to‘plangan ilg‘or tajribadan keng ko‘lamda foydalangan holda zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etish, ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan aloqasini kuchaytirish asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida: 1. Navoiy davlat konchilik instituti o‘zining yuridik shaxs maqomi hamda budjetdan moliyalash manbalarini saqlab qolgan holda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tarkibiga o‘tkazilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Navoiy davlat konchilik instituti “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalari hamda respublika kon-metallurgiya tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek konchilik va metallurgiya ixtisosidagi kasb kollejlari uchun muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 3. “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining pensiya yoshidagi yuqori malakali mutaxassislarini Navoiy davlat konchilik institutida o‘qituvchilik faoliyatiga jalb etishni rag‘batlantirish uchun ularga to‘lanadigan pensiya miqdori to‘la hajmda saqlab qolinsin. 4. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserniga o‘qishni tugatgach asosiy ishlab chiqarishlarda mutaxassisligi bo‘yicha ishga keluvchi yosh mutaxassislarga korxonalar ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan quyidagilarni berishga ruxsat etilsin: beriladigan summani keyinchalik soliqqa tortiladigan daromadga qo‘shmagan holda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravar miqdorigacha yo‘l puli; uy-joy sotib olish uchun 10 yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida foizsiz ssuda. Yosh mutaxassis korxonada 5 yil ishlagandan keyin qolgan summa (ko‘pi bilan 50 foizi korxona tomonidan to‘lanib, ssudaning shu qismi keyinchalik soliqqa tortiladigan daromadga qo‘shilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda o‘quv yurtlarini tamomlagandan keyin konsern korxonalariga ixtisosi bo‘yicha ishga keluvchi yosh mutaxassislarga yo‘l puli v uy-joy sotib olish uchun foizsiz ssudalar berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining asosli buyurtmanomalari bo‘yicha yuqori malakali ishchilarni, mutaxassislarni hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilarni “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalaridagi asosiy ishlab chiqarishda ishlab turgan davrda muddatli harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirsin, zarur hollarda esa muqobil xizmatni o‘tashga ruxsat bersin. 6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil qilish masalalari hamda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan qaror qabul qilsin.
137
3,018
Qonunchilik
2004—2009 YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh DAVLAT UMUMMILLIY DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, eng yuksak, zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv-moddiy bazasini va ta’lim standartlarini shakllantirish, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda jihozlanishidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni o‘qitish uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F-1910-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi: umumta’lim maktablari binolarini va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tubdan yangilash va kapital rekonstruksiya qilish; maktablarni zamonaviy o‘quv va o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar bilan jihozlash; ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish; umumta’lim maktablarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, ular mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish; umumta’lim maktablari sport bazasini mustahkamlash va ularda sportni rivojlantirish. 2. Quyidagilar: buzib tashlanadigan avariya holatidagi maktablar o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni, shu jumladan borish qiyin bo‘lgan mintaqalardagi maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash parametrlari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq; umumta’lim maktablarining sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, ushbu qarorning 2-bandida tasdiqlangan parametrlardan kelib chiqqan holda 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablarini tiklashning aniq hududiy dasturlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Shu bilan birga, kapital rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash davrida tiklanayotgan maktablar o‘quvchilarini yaqinda joylashgan maktablarga va boshqa umumta’lim muassasalariga, o‘quv jarayoniga zarar yetkazmagan holda vaqtinchalik o‘tkazishning aniq jadvali va joylashuvi ishlab chiqilsin. 5. Quyidagilar: buzib tashlanadigan maktab binolari o‘rniga yangilarini qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha cheklangan normativ xarajatlarni va namunaviy loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha “O‘zshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zqishloqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zme’morqurilishloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh institutlar etib belgilanganligi; ko‘rsatib o‘tilgan loyihalash institutlari tomonidan yangi qurilish uchun 6 namunaviy loyiha, kapital rekonstruksiya qilish uchun 51 namunaviy loyiha, kapital ta’mirlash uchun xarajatlarning cheklangan normativlari ko‘rsatilgan loyiha yechimlarining 10 ta albomi, joriy ta’mirlash uchun xarajatlarning cheklangan normativlari ko‘rsatilgan loyiha yechimlarining 5 ta albomi, shuningdek umumta’lim maktablari ayrim uzellari va konstruksiyalarini mustahkamlashning 220 loyiha yechimi ko‘rsatilgan namunaviy albom ishlab chiqilganligi; umumta’lim maktablarini yangidan qurish yuzasidan namunaviy loyihalarni ishlab chiqishda o‘quvchi o‘rinlarining cheklangan soni shahar joylarda 945 o‘rin, qishloq joylarda — 630 o‘rin va tog‘li hamda uzoq mintaqalarda — 160 o‘ringacha etib belgilanganligi; maktablarni tiklash ishlarini amalga oshirishda namunaviy loyihalarga hamda tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga yuklanishi; tasdiqlangan namunaviy loyihalar va loyiha yechimlarini aniq sharoitlarga bog‘lashda ulardan chetga chiqishga faqat bosh loyihalash institutlari bilan kelishilgandan va O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangandan keyin yo‘l qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki: yangi qurilgan va kapital rekonstruksiya qilingan umumta’lim maktablari obyektlarini qabul qilish tasdiqlangan sifat standartlariga va namunaviy loyihalarga qat’iy rioya qilgan holda 4-ilovaga muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi; arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan organlar xulosasi bo‘yicha aniqlangan standartlar va namunaviy loyihalardan chetga chiqish hollari mavjud bo‘lganda sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj va ta’mirlash ishlari qiymati miqdoridagi ish hajmlari qurilish qiymatidan chiqariladi yoki kamchiliklar aybdor tomonning mablag‘lari hisobiga bartaraf etiladi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatlariga O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining vakillari 5-ilovaga muvofiq biriktirib qo‘yilsin, ularga olib borilayotgan ishlarning tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiqligi ta’minlanishi uchun javobgarlik yuklansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda, buzib tashlanadigan maktablar o‘rniga quriladigan yangi obyektlarni maktablarni kapital rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini foydalanishga tayyor holda bajarish shartlarida hamda faqat tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha pudrat tanlov savdolarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlasin; maktablarni qurish, kapital rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan buyurtmachilar va pudratchilar o‘rtasida pudrat shartnomalari tuzilishi va shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin; har chorakda Vazirlar Mahkamasiga shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi natijalari, loyihalashtirish va qurilish ishlarining sifati to‘g‘risida axborot taqdim etsin. 9. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda: umumta’lim maktablari huzuridagi sport inshootlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan amaldagi normativ hujjatlarni ikki oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin; umumta’lim maktablari huzuridagi zamonaviy va ixcham jismoniy tarbiya-sport kompleksining bir qator namunaviy loyihalarini 2004-yil oxirigacha ishlab chiqsin va tasdiqlasin; tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga muvofiq, namunaviy loyihalar asosida har bir qishloq maktabida jismoniy tarbiya-sport kompleksi barpo etilishini ta’minlasin. 10. Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev)ga 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borish yuklansin. Maxsus komissiya har yili kalendar yil va yarim yillik yakunlari bo‘yicha Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining bajarilishi natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi majlislarida axborot bersin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatlariga birkitilgan O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda loyihalash institutlari vakillari qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilishga jalb etiladilar va unda faol qatnashadilar.
123
8,103
Qonunchilik
Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza — vakolatli shaxsning BYuDga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish bo‘yicha yozma yoki elektron shakldagi murojaati; bojxona organi — BYuDni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish, bekor qilish, unga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi), DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va bojxona postlari; bojxona qiymati deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) — BYuDning ajralmas qismi bo‘lib, tovarning bojxona qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga BYuD bilan bir paytda topshiriladigan hujjat; BYuDni tuzatish shakli (bundan buyon matnda BDT) — DBQ tomonidan belgilangan format va tuzilishga muvofiq tayyorlangan BYuD hamda BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish haqidagi elektron hujjat; BYuDdagi xato — bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlardagi axborot va (yoki) bojxona organlarida mavjud axborot bilan BYuD va (yoki) BQDdagi ma’lumotlar orasidagi tafovut, shuningdek BYuD yoki BQD grafalaridagi noto‘g‘ri ma’lumotlar; BYuDdagi kamchilik — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning yetishmasligi yoki BYuD bilan birga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmasligi bilan bog‘liq holatlar; BYuDga o‘zgartirish kiritish — BYuD va (yoki) BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish; BYuDga qo‘shimcha kiritish — BYuD va (yoki) BQDga yangi ma’lumotlarni kiritish yohud tegishli hujjatlarni qo‘shish; BYuDni qayta rasmiylashtirish — rasmiylashtirilgan qog‘oz shaklidagi BYuDni bekor qilib, uning o‘rniga yangi BYuDni rasmiylashtirish; BYuDni qaytarib olish — BYuDni bojxona organida ro‘yxatga olinganidan so‘ng uni qaytarish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini to‘xtatish; BYuDni bekor qilish — BYuDni bojxona organida ro‘yxatga olinganidan so‘ng bekor qilish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini to‘xtatish; deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs; deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYuDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYuDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs; deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati — deklarant tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatiga(dan) qo‘shish va chiqarish yo‘li bilan shakllantiriladigan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati; rasmiylashtirilgan BYuD — bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan va “D” grafasiga bojxona organining tegishli belgilari qo‘yilgan BYuD; ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuD — bojxona organi tomonidan BYuDning 7-grafasiga BYuD raqami va qabul qilingan sana ko‘rsatilgan, ammo “D” grafasiga bojxona organining tegishli belgilari qo‘yilmagan BYuD; tovarlarni elektron deklaratsiyalashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda TEDAAT deb yuritiladi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarining aloqasini ta’minlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi; elektron shakldagi BYuD — deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlangan, DBQ tomonidan belgilangan shaklda TEDAAT vositasida elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etilgan BYuD; axborot almashish tizimi — axborot tizimlari orqali ERIdan foydalangan holda bojxona organlari va deklaratsiyalovchi shaxslar o‘rtasida elektron xabarlarni almashish, tegishli hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish vositasi; yangi BDT — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga taqdim etilib ro‘yxatga olinmagan yoki avval ro‘yxatga olingan BDTdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun taqdim etilgan BDT; yangi BYuD — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga taqdim etilib ro‘yxatga olinmagan yoki avval ro‘yxatga olinib, undagi xato va kamchiliklar bartaraf etilib, qayta taqdim etilgan BYuD; qayta rasmiylashtirilgan BYuD — yangi BYuD rasmiylashtirilib, yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishi to‘xtatilgan avvalgi BYuD; hududiy bojxona boshqarmalari — DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi; DBQning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma’lumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi DBQning avtomatlashtirilgan tizimi. 2. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin BYuD qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida BYuDga bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga ko‘ra, mazkur Nizom talablari asosida o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin. Agar bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, BYuD tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Olib chiqilayotgan tovarlarga doir BYuD ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin. 3. Bojxona organiga kelib tushgan ariza O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasida belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha arizachiga yozma yoxud elektron shaklda javob beriladi. Javob xati bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. 4. Bojxona organi arizani to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni so‘rab olishi mumkin. 5. Elektron BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga BDT taqdim etish orqali mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi, zarur hollarda BQD yoki tegishli hujjatlar BDTga ilova qilinadi. Bojxona organlari tomonidan deklaratsiyalovchi shaxsdan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilayotgan BYuDda mavjud hujjatlarni takroran BDTga ilova qilinishi talab etilmaydi, sifatsiz (hira, bo‘yalgan, tushunarsiz va h.k.) hujjatlar bundan mustasno. BDT o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilgan elektron BYuDning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Elektron BYuD yoki BQD grafalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish talab etilmasdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan tegishli hujjatlar taqdim etish lozim bo‘lgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organlariga hujjatlarni TEDAAT yoki DBQ tomonidan ko‘rsatiladigan tegishli interaktiv xizmatlar orqali taqdim etadi. 6. Qog‘oz shakldagi BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish BYuDning barcha nusxalaridagi tegishli grafalariga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish yohud uni qayta rasmiylashtirish orqali mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. BYuDning faqat bojxona organi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, o‘zgartirish kiritish bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va shaxsiy raqamli muhri (elektron BYuDda ERI) bilan tasdiqlanadi. Bojxona organi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritilganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs yozma shakldagi xat yoki axborot almashish tizimi orqali xabardor qilinadi. 8. BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish yoki qaytarib olish quyidagi hollarda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi: bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur bo‘lganda; bojxona qiymati va (yoki) bojxona to‘lovlari summasini to‘g‘rilash zarurati yuzaga kelganda; tovarlarni tashishga mo‘ljallangan transport vositalari texnik jihatdan nosoz bo‘lganda; eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar ularni olib chiqishga ruxsat berilgan sanadan so‘ng avtotransport vositasi tashuvida o‘n kunga qadar, boshqa transport vositalari tashuvida yigirma kunga qadar olib chiqilmagan holatlarda; BYuD yoki uning bir qismi bo‘yicha rasmiylashtirilgan tovarga egalik qilish huquqi tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa subyektiga berilganida, bundan eksport yoki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari to‘liq bajarilgan va (yoki) shartli chiqarilmagan tovarlar, shuningdek tovardan foydalanish huquqi cheklangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 96-moddasiga ko‘ra bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar mustasno; kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari o‘zgarganda, bundan eksport yoki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari to‘liq bajarilgan va (yoki) shartli chiqarilmagan tovarlar, shuningdek tovardan foydalanish huquqi cheklangan holatlar mustasno; BYuD erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan so‘ng, undagi tovarlar bo‘yicha tuzilgan kontraktlarga qo‘shimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari o‘zgargan taqdirda; bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYuD qabul qilingan holat aniqlanganda; BYuDga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda. 9. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 10. Quyidagi hollarda BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi: deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan BYuDda ma’lum qilingan tovarlarga nisbatan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talab qilinib, bu bo‘yicha tekshiruv yakuniga yetmagan bo‘lsa; BYuDda ma’lum qilingan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan bo‘lsa; BYuDdagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan bo‘lsa. 11. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda, deklaratsiyalovchi shaxs BYuD ro‘yxatga olingan bojxona organiga axborot almashish tizimi orqali murojaat qiladi. Murojaatda bojxona organi tomonidan berilgan BYuDning ro‘yxat raqami, mazkur BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishning aniq sabablari ko‘rsatiladi. 12. Bojxona organi bir ish kuni ichida BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha axborot almashish tizimi orqali ma’lum qiladi. 13. Bojxona organi tomonidan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar mavjud deb topilganda, axborot almashish tizimida qo‘shimcha ravishda BYuDdagi xato va (yoki) kamchiliklar bo‘yicha taqdim etilishi lozim bo‘lgan BDT va (yoki) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli hujjatlar hamda ularni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi. 14. BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali ma’lum qilingan kundan keyingi ish kuni yakuniga qadar etib belgilanadi. 15. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga: BDT axborot almashish tizimida bayon etilgan muddatda taqdim etilganida, bojxona organi taqdim etilgan BDTni mazkur Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi; tegishli hujjatlar axborot almashish tizimida bayon etilgan muddatda taqdim etilganida, bojxona organi taqdim etilgan hujjatni qabul qilib oladi, bundan talab etilmagan (asossiz taqdim etilgan) yoki sifatsiz (hira, bo‘yalgan, tushunarsiz va h.k.) hujjatlar mustasno. BDT yoki tegishli hujjatlar axborot almashish tizimida belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, bojxona organi BYuDni bekor qiladi, bundan mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno. 16. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emas deb topsa, BYuDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari axborot almashish tizimi orqali ma’lum qilinadi. 17. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan deklarant ariza bilan BYuD ro‘yxatga olingan bojxona organiga murojaat qilishi mumkin. Bunday hollarda bojxona organi tomonidan arizani ko‘rib chiqib, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar muvjud emas deb topilganda, arizachiga o‘zining asoslantirilgan javob xatini yuborishi lozim. 18. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga bojxona organi tashabbusi bilan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi hamda o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 19. Mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi. 20. Bojxona organi tomonidan aniqlangan BYuDdagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish zarur bo‘lganda, bojxona organi deklaratsiyalovchi shaxsni axborot almashish tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda bojxona organi BYuDdagi xato va (yoki) kamchiliklar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar hamda ularni bartaraf etish uchun taqdim etiladigan BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati ko‘rasatilishi shart. BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati mazkur Nizomning 14-bandiga asosan belgilanadi. 21. Bojxona organi taqdim etilgan BDTni ro‘yxatga olish, tegishli hujjatlarni qabul qilish yoki BYuDni bekor qilish mazkur Nizomning 15-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni qaytarib olish uchun deklarant BYuD ro‘yxatga olingan bojxona organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud deb topilsa, bir ish kuni davomida DBQning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida BYuD qaytariladi. 23. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud emas deb topsa, BYuDni qaytarishni rad etishga haqli. Bunda rad etishning asoslangan sabablari yozma yoki elektron shaklda arizachiga ma’lum qilinadi. 24. BYuDni qaytarib olish quyidagi hollarda taqiqlanadi: mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hollarda; huquqbuzarlik holatlari aniqlangan BYuD bo‘yicha ish ko‘rib chiqilib, sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ qarori chiqqunga qadar. 25. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYuD qabul qilingan holati aniqlanganda yoki xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan BDT va (yoki) tegishli hujjatlar mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan muddatda taqdim etilmaganda amalga oshirilishi mumkin. 26. Bojxona organi tashabbusi bilan BYuDni bekor qilish quyidagi hollarda taqiqlanadi: mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida va 24-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda; BYuD ilgari rasmiylashtirilgan muvaqqat, to‘liq bo‘lmagan, davriy va dastlabki BYuDlar bo‘yicha taqdim etilganda, bundan ilgari rasmiylashtirilgan ushbu BYuDlar bekor qilinadigan holatlar mustasno. 27. Bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYuD qabul qilingan holati aniqlanganda, bojxona organi bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsni axborot almashish tizimi orqali xabardor qiladi. 28. Deklaratsiyalovchi shaxs xabarnoma kelib tushgan kundan keyingi ish kuni yakuniga qadar aniqlangan holat bo‘yicha bojxona organiga batafsil tushuntirish berishi lozim. 29. Bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYuD qabul qilingan holati tasdiqlanganda yoki mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan muddatda tushuntirish berilmaganda BYuD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi, bundan mazkur Nizomning 26-bandida belgilangan hollar mustasno. BYuD bekor qilinganda, bojxona organi bu xaqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi. 30. Rasmiylashtirilgan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish deklarant yoki uning nomidan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi ishonchnomasi asosida deklaratsiyalovchi shaxs arizasiga asosan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 31. Mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida va 24-bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda BYuDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi. 32. BYuDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish uchun deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs: murojaat etilayotgan yilda rasmiylashtirilgan BYuDga bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki BYuDga eksport shartnomalari bo‘yicha olib chiqilgan tovarlarning xalqaro tovar birjalarida qiymati o‘zgarishi sababli uning qiymati va (yoki) bojxona to‘lovlari summalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan BYuD ro‘yxatga olingan bojxona posti boshlig‘iga; mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan boshqa hollarda BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan BYuD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga yozma yohud elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada BYuDning ro‘yxat raqami, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zaruriyatining aniq sabablari ko‘rsatiladi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik arizachi zimmasiga yuklatiladi. 33. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emas deb topsa, BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi. 34. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asosli deb topsa, BYuDdagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha BDT va (yoki) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan arizachiga yozma yoki elektron shaklda javob xatini yuboradi. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bo‘yicha javob xatini olgandan so‘ng besh kundan kechiktirmay bojxona organiga BDT va (yoki) tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak. BYuDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish uchun BDT va (yoki) tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa, bu haqida yozma yoki elektron ravishda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini yuborishi lozim. 35. Bojxona organi tashabbusi bilan rasmiylashtirilgan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 36. BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda, bojxona organi bu haqda deklarant va (yoki) deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi, zarur hollarda bojxona organi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi. Bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni so‘rab olishi mumkin. 37. Bojxona organi tomonidan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bo‘yicha bojxona organining xatini olgandan so‘ng deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs besh kundan kechiktirmay quyidagilardan birini amalga oshirishi lozim: BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun bojxona organiga BDT va (yoki) tegishli hujjatlarni taqdim etishi; BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa yoki BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun zarurat yo‘q deb hisoblasa, bu haqida yozma yoki elektron shaklda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini yuborishi. 38. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs asoslangan sabablarga ko‘ra BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BDT taqdim qila olmasa, bojxona organi tomonidan mustaqil ravishda bojxona maqsadlari uchun BYuDga o‘zgartirish (va) yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin, bundan kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar bojxona to‘lovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi)dagi ma’lumotlarga ta’sir etadigan holatlar mustasno. Bojxona organi BYuDga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar haqidagi asoslantirilgan xatni deklarantga yuborishi shart, bundan deklarant faoliyati tugatilgan holatlar mustasno. 39. Deklarantning arizasi bilan BYuDni bekor qilish faqat bitta tovar yuzasidan bir nechta BYuD qabul qilingan holatlarda amalga oshirilishi mumkin. 40. Bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, olib chiqilayotgan tovarlarga doir BYuD ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin, mazkur Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 41. BYuD rasmiylashtirilgandan keyin uni qaytarib olish yoki bekor qilish uchun deklarant BYuD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga ariza bilan murojaat qiladi. 42. Agar arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDni qaytarib olish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud deb topilsa, uch ish kuni davomida DBQning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali BYuD qaytariladi yoki bekor qilinadi. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDni bekor qilish yoki qaytarib olish uchun asoslar mavjud emas deb topsa, BYuDni bekor qilish yoki qaytarishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi. 43. Rasmiylashtirilgan BYuDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish mazkur Nizomning 8-bandi beshinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 44. BYuD yuzasidan huquqbuzarlik holati aniqlanib, bu bo‘yicha ish sud yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinmagan bo‘lsa mazkur BYuDni bekor qilish taqiqlanadi. 45. Bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYuD qabul qilingan holati aniqlanganda, bojxona organi bu haqda deklarant va (yoki) deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi, zarur hollarda bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organining xatini olgandan so‘ng besh kun ichida aniqlangan holat bo‘yicha tushuntirish berishi shart. 46. Mazkur Nizomning 8-bandi beshinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan hollarda BYuD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi va bu xaqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor etiladi. 47. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 48. BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanadi. 49. BYuD bojxona organida ro‘yxatga olingandan so‘ng, BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs BYuD ro‘yxatga olingan bojxona organiga murojaat qiladi. Murojaatda BYuDning bojxona organida ro‘yxatga olingan raqami, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishning aniq sabablari ko‘rsatiladi. 50. BYuDga o‘zgartirish kiritish BYuDning barcha nusxalaridagi tegishli grafalari matnini “X” belgisi bilan o‘chirish va yangi matnni yozish, qo‘shimcha kiritish esa tegishli grafaga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. BYuDning o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilishi lozim bo‘lgan grafalarida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni kiritish uchun yetarli joy bo‘lmagan taqdirda, kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha haqidagi yozuv BYuDning orqa tomoniga qayd qilinadi. Bunda BYuD nusxalarining orqa tomonida kim tomonidan, qachon, nimaga asoslanib, qaysi grafada va nima o‘zgartirilganligi haqida yozuv qayd qilinadi. Yozuv o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritgan deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. 51. BYuDning faqat bojxona organi xodimi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, o‘zgartirish kiritish bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi. 52. BYuDga kiritilgan o‘zgartirishlarning umumiy soni (to‘ldirish vaqtida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga) to‘rttadan oshgan taqdirda, BYuDning o‘rniga xato va (yoki) kamchiliklari bartaraf etilgan yangi BYuD taqdim etiladi. 53. BYuD ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran besh kun ichida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilmasa yohud uning o‘rniga xato va (yoki) kamchiliklari bartaraf etilgan yangi BYuD taqdim etilmasa — bojxona organi BYuDni bekor qiladi, bundan mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno. 54. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga bojxona organi tashabbusi bilan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi hamda o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 55. Mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi. 56. Bojxona organi tomonidan BYuDda xato va kamchiliklar aniqlanganda bu haqda bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi. Bunda bojxona organi xodimi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga BYuDdagi xato va kamchiliklar to‘g‘risida aniq ma’lumot berishi shart. 57. Ro‘yxatga olingan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar mazkur Nizomning 50 — 53-bandlariga muvofiq tartibda kiritiladi. 58. Bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuD deklarant tomonidan qaytarib olinishi mumkin. 59. BYuDni qaytarib olish mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanadi. 60. BYuD ro‘yxatga olingandan keyin uni qaytarib olish uchun deklarant BYuD ro‘yxatga olingan bojxona organiga ariza bilan murojaat qiladi. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasida BYuDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud emas deb topsa, BYuDni qaytarishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi. Agar arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud deb topilsa, bojxona organi xodimi tomonidan BYuD qaytariladi. 61. BYuD qaytarilayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYuDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “QAYTARILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida qaytarilganligi ko‘rsatiladi. 62. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish belgilangan muddatda BYuDdagi xato va kamchiliklar bartaraf etilmagan holatlarda amalga oshirilishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno. 63. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDni bekor qilish unga berilgan ro‘yxat raqamini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi va bu xaqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor etiladi. BYuD bekor qilinayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYuDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “BEKOR QILINDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. 64. Rasmiylashtirilgan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — sakkizinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 65. BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida hamda 24-bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanadi. 66. BYuDni bekor qilish faqat bitta tovar yuzasidan bir nechta BYuD qabul qilingan holatlarda amalga oshiriladi. 67. Bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha BYuD ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno. 68. BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish talab etilganida deklarant ariza bilan: murojaat etilayotgan yilda rasmiylashtirilgan BYuDga bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (eksport shartnomalari bo‘yicha olib chiqilgan tovarning xalqaro tovar birjalarida qiymati o‘zgarishi sababli bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno) o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish yuzasidan BYuD ro‘yxatga olingan bojxona posti boshlig‘iga; mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan boshqa hollarda BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish yuzasidan BYuD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Arizada BYuDning ro‘yxat raqami, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilishning aniq sabablari ko‘rsatiladi va arizaga buni tasdiqlovchi hujjatlar hamda BYuDning bojxona brokeri va deklarant uchun tayyorlab berilgan dastlabki rasmiylashtirilgan asl nusxalari ilova qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik arizachi zimmasiga yuklatiladi. 69. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emas deb topsa, BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi. 70. Bojxona organi tashabbusi bilan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. Bojxona organi tashabbusi bilan BYuDni bekor qilish bitta tovar yuzasidan bir nechta BYuD qabul qilingan holatlarda amalga oshirilishi mumkin. 71. BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish lozim deb topilganda bojxona organi bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi, zarur hollarda bojxona organi boshlig‘i yohud uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi. Bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni so‘rab olishi mumkin. 72. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organining BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish bo‘yicha xatini olgandan so‘ng besh kundan kechiktirmay quyidagilardan birini amalga oshirishi lozim: BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun bojxona organiga BYuD va unga tegishli hujjatlarni taqdim etishi; BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun BYuD va unga tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa yoki BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun asos mavjud emas deb hisoblasa, bu haqida yozma ravishda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini yuborishi lozim. 73. Rasmiylashtirilgan BYuDga o‘zgartirish kiritish BYuDning barcha nusxalaridagi tegishli grafalari matnini “X” belgisi bilan o‘chirish va yangi matnni yozish, qo‘shimcha kiritish esa tegishli grafaga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. BYuDning o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishi lozim bo‘lgan grafalarida o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish uchun yetarli joy bo‘lmagan taqdirda, kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha haqidagi yozuv BYuDning orqa tomoniga qayd qilinadi. Bunda BYuD nusxalarining orqa tomonida kim tomonidan, qachon, nimaga asoslanib, qaysi grafada va nima o‘zgartirilganligi haqida yozuv qayd qilinadi. Yozuv o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritgan deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi, bojxona organi xodimi imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi. 74. BYuDning faqat bojxona organi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi hamda bojxona organi xodimi imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi. 75. BYuDga kiritilgan o‘zgartirishlarning umumiy soni (to‘ldirish vaqtida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga) to‘rttadan oshgan taqdirda, mazkur BYuD qayta rasmiylashtiriladi. 76. BYuD qayta rasmiylashtirilganda qayta rasmiylashtirilgan BYuDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “QAYTA RASMIYLAShTIRILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida qayta rasmiylashtirilganligi ko‘rsatiladi. Bunda yangi BYuDga qayta rasmiylashtirilgan avvalgi BYuDning ro‘yxat raqami va yuk chiqarish sanasi beriladi. Yangi BYuDning 50-grafasida BYuDni qayta rasmiylashtirishga asos bo‘lgan hujjat raqami va uning sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu grafada yetarli joy bo‘lmagan taqdirda bunday yozuv BYuDning orqa tomoniga qayd qilinadi. 77. Rasmiylashtirilgan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuD va unga tegishli zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. 78. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs asoslangan sabablarga ko‘ra BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BYuD taqdim qila olmasa, bojxona organi tomonidan mustaqil ravishda bojxona maqsadlari uchun BYuDga o‘zgartirish (va) yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin, bundan kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar bojxona to‘lovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) ma’lumotlariga ta’sir etadigan holatlar mustasno. Bojxona organi BYuDga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar haqidagi asoslantirilgan xatni deklarantga yuborishi shart, bundan deklarant faoliyati tugatilgan holatlar mustasno. 79. BYuD qaytarilayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYuDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “QAYTARILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida qaytarilganligi ko‘rsatiladi. 80. BYuD bekor qilinayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYuDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “BEKOR QILINDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYuD kim tomonidan va nima asosida bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. 81. Qayta rasmiylashtirilgan yoki bekor qilingan BYuDning barcha nusxalari bojxona organida saqlanadi, bundan eksport bojxona rejimida yuk mo‘ljallangan mamlakatga yuborish uchun tayyorlab berilgan nusxa mustasno. 82. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTning 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A” va “B” grafalari bilan birga faqat BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan grafalari to‘ldiriladi. BDTning 1, 2, 8, 9-grafalari va BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalari Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) belgilangan tartibga muvofiq to‘ldiriladi. BDTning 3, 5, 7, 7a, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A”, “B” va “D” grafalari mazkur Nizomning 85-bandiga muvofiq tartibda to‘ldiriladi. 83. BYuDning 1, 2, 3, 5, 8, 9, 14, 28, 50, 54-grafalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan taqdirda, BDTning “A” grafasida o‘zgartiriladigan grafalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va ushbu grafalari o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilgan holda taqdim etiladi. Mazkur grafalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish lozim bo‘lmaganda yoki BDTning ushbu grafalarida boshqa ma’lumotlar ko‘rsatish zarurati yuzaga kelmaganda, BYuDning tegishli grafalaridagi ma’lumotlar takrorlanadi. 84. Yo‘riqnoma talablariga muvofiq BYuDning to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan barcha grafalari BDTda quyidagi holatlarda to‘ldiriladi: BYuDga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar BYuDning 5-grafasidagi tovarlar soniga ta’sir etsa yoki 32-grafasi o‘zgartirilayotgan bo‘lsa; rasmiylashtirilgan bitta BYuDdagi tovarlar bir nechta BYuDlar bilan rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan, BYuD qismlarga bo‘linayotgan yoki aksi bo‘lgan holatlarda. 85. BDTning 3, 5, 7, 7a, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A”, “B” va “D” grafalari quyidagi tartibda to‘ldiriladi: 1) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”. Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida taqdim etilayotgan BDT varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi. Masalan, agar BDT ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa BDTning asosiy varag‘ida “1/3”; birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”; ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar BDT qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi. 11) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”. Grafada BDTning 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BDTning to‘ldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim; 12) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”. Grafada o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan BYuDning 7-grafasidagi BYuDning ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi; 2) 7a-grafa. “BDTning ro‘yxat raqami”. Grafa bojxona organi tomonidan quyidagi tartibda to‘ldiriladi: 99999 /99.99.9999 / 9999999 1 2 3 4 5 1-element — BDT ro‘yxatga olingan bojxona postining Yo‘riqnomaning 4-ilovasidagi Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq beshta belgili kodi; 2, 3 va 4-elementlar — BDT ro‘yxatga olingan kun, oy va yil; 5-element — tegishli bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan BDTning tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi). BDTning tartib raqami qaytarilmasligi lozim; 3) 10-grafa. Grafaning chap bo‘lmasida kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar turining ikkita raqamli kodi ko‘rsatiladi: “01” — bojxona organi tomonidan aniqlangan holatlar asosida bo‘lsa; “02” — deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaati asosida bo‘lsa; “03” — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa idoralar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari asosida bo‘lsa. Grafaning o‘ng bo‘lmasida bojxona to‘lovlari va bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlarga ta’sir turining ikkita raqamli kodi ko‘rsatiladi: “01” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlariga ta’sir etmasdan faqat to‘lanishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etsa; “02” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar to‘lanishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etmasdan faqat bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlariga ta’sir etsa; “03” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar to‘lanishi va imtiyoz qo‘llanilishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etsa; “04” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar to‘lanishi va imtiyoz qo‘llanilishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etmasa; 31) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”. Grafada BDTni to‘ldirgan va bojxona organlariga taqdim etayotgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi; Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan so‘ng ushbu bojxona brokeri yoki deklarantni STIRi ko‘rsatiladi; 4) 27-grafa. Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi: “0” — agar BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilmayotgan bo‘lsa; “1” — agar BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa. 41) 28-grafa. “Moliya va bank ma’lumotlari”. Grafada bojxona to‘lovlarini to‘lovchi shaxsning moliyaviy va bank ma’lumotlari ko‘rsatiladi, bunda ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi: 1 — to‘lovchining STIRi/bank STIRi (bojxona to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan to‘langanda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi ko‘rsatiladi); 2 — bankning to‘liq nomi; BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun bojxona yig‘imi undirilmaydigan hollarda grafani to‘ldirish talab etilmaydi, bundan BYuDning 28- grafasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarur bo‘lgan hollar mustasno. 5) 32-grafa. Grafaning chap bo‘lmasida BDTdagi tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi. BDTda bitta nomdagi tovarga oid ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, grafada “1” raqami ko‘rsatiladi. Grafaning o‘ng bo‘lmasida BYuDdagi o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi. Masalan: agar BYuDning birinchi tovaridagi tegishli ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, grafada “1/1” ko‘rsatiladi; agar BYuDning faqat ikkinchi tovaridagi tegishli ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, grafada “1/2” ko‘rsatiladi; BYuDga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar uning tovarga oid qismiga (masalan, BYuDning 3, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47-grafalariga) ta’sir etmasa grafaning o‘ng va chap bo‘lmalarida “0” raqamlari ko‘rsatiladi. 51) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”. Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi: “Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng BDTni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud bo‘lsa) va STIRi (alohida maydonda) ko‘rsatiladi. Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi. Agar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs bo‘lsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi. Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar shaxs STIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning STIRi qayd etiladigan joyda “999999999” kodi ko‘rsatiladi. BDTni to‘ldirishda deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs tomonidan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan bo‘lsa BDTning 7-grafasida ro‘yxat raqami ko‘rsatilgan BYuDning 50-grafasidagi ma’lumotlar takrorlanadi. 52) 54-grafa. “Joy va sana”. Grafada 14-grafada ko‘rsatilgan shaxs nomidan BDTni taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi hamda ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi: 1 — BDT to‘ldirilgan joy; 2 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa); 3 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami; 4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bojxona brokeri va deklarant o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi ko‘rsatiladi; 5 — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan raqam quyidagi tartibda ko‘rsatiladi: 999999999/99.99.9999/999999, bunda: 1 2 3 1-element — deklaratsiyalovchi shaxsning STIRi; 2-element — BDT to‘ldirilgan sana; 3-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi). Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim. BDTda bayon etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi bilan tasdiqlanadi. 6) “A” grafa. Grafada BYuDning o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafasi yoki maxsus kod ko‘rsatiladi: a) agar o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalar soni bir nechta bo‘lsa ularning barchasi ko‘rsatiladi. Masalan: 11, 20, C; b) BYuDning tovarga oid qismiga (masalan, BYuDning 3, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47-grafalariga) o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotganda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafadan so‘ng “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalarga oid tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi; Masalan: 11, 20, C, 46/1, 46/2, 42/2. BDTda elektron shakldagi tuzilishiga asosan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalarning har biri hech qanday ajratib turuvchi belgilar qo‘yilmasdan alohida ajratilgan maydonchalarda ko‘rsatiladi. Harfli grafalar lotin alifbosida qayd etilishi lozim; v) BYuDga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar BYuDning 5-grafasidagi tovarlar soniga ta’sir etsa yoki 32-grafasi o‘zgartirilayotgan bo‘lsa bunday holatlarda grafada “60” kodi ko‘rsatiladi; g) Rasmiylashtirilgan bitta BYuDdagi tovarlar bir nechta BYuD bilan rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan, BYuD qismlarga bo‘linayotgan yoki aksi bo‘lgan holatlarda “61” kodi ko‘rsatiladi va “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda BYuDning shartli tartib raqami (“1” raqamidan boshlab o‘sish tartibida) ko‘rsatiladi. Masalan bitta BYuDdagi tovarlar bo‘yicha ikkita BYuD rasmiylashtirilishi lozim bo‘lganda: dastlab taqdim etiladigan BYuDga “61/1”; keyingi taqdim etiladigan BYuDga “61/2” ko‘rsatiladi. BYuD qismlarga bo‘linayotgan holatlarda birinchi qismga tegishli BYuDning ro‘yxat raqami dastlabki BYuDning tartib raqami bilan bir xilda shakllanadi. Keyingi qismlarga tegishli BYuDning ro‘yxat raqami bojxona organi tomonidan shakllantiriladi; d) BYuDning grafalariga o‘zgartirish kiritilmasdan faqat BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilayotgan holatlarda grafada “62” kodi ko‘rsatiladi. 61) “V” grafa. “Hisob-kitob tafsilotlari”. Grafada rasmiylashtirilgan BYuDni o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun undiriladigan bojxona yig‘imi ko‘rsatiladi. Bojxona yig‘imi BDTning formati va tuzilishidan kelib chiqib, Yo‘riqnomaning 13-ilovasidagi Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq “43” to‘lov kodi ostida ko‘rsatiladi. 7. “D” grafa. Grafa bojxona organi tomonidan to‘ldiriladi va grafada bojxona organining BDTga nisbatan qabul qilgan qarori haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) ko‘rsatiladi. Bojxona organi belgilari (yozuvlari) bojxona organi xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 86. BYuDning asosiy varag‘iga yoki bitta tovariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lganda, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq BDTning asosiy varag‘i, BYuDning bir nechta tovarlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotganda esa BDTning asosiy varag‘iga qo‘shimcha ravishda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq BDTning qo‘shimcha varag‘i taqdim etiladi. BDT bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim. 87. Deklaratsiyalovchi shaxs BDTni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va bojxona organlariga elektron shaklda TEDAAT orqali bojxona organiga yuboradi. 88. Deklarant tomonidan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga deklaratsiyalovchi shaxs yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi hamda uning bojxona organlariga BDTni taqdim etish vakolat muddati ko‘rsatilishi kerak, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari mustasno. Agar BDT xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalari nomidan taqdim etilsa bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoki boshqa shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmaydi. 89. Bojxona organida asoslangan sabablarga ko‘ra, mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelib, bojxona maqsadlari uchun BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarurati mavjud bo‘lganda, hududiy bojxona boshqarmasining ruxsati bilan BDT deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilishi mumkin. Bunda elektron BYuDning faqat 2 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi), 8 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi), 9 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi), 11, 13, 15, 15a, 17, 17a, 18, 19, 20, 21, 23, 24, 25, 26, 29, 37 (birinchi ikkita raqamdan tashqari), 40, 41, 44, 46-grafalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin, bundan hisoblangan bojxona to‘lovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) ma’lumotlariga ta’sir etadigan holatlar mustasno. 90. Bojxona organlariga taqdim etilgan BDT dastlabki tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bunda BDTda ko‘rsatilgan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish uchun bojxona organi tomonidan ruxsat berilganligi, BDTning formati va tuzilishi, delaratsiyalovchi shaxsning ERIsining haqiqiyligi, deklaratsiyalovchi shaxs deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatida mavjudligi, deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa bu bo‘yicha unga bojxona organi tomonidan ruxsat berilganligi bojxona organi tomonidan tekshiriladi. Dastlabki tekshiruvda xato va (yoki) kamchilik aniqlanmasa BDT ro‘yxatga olinadi. 91. Dastlabka tekshiruvda xato va (yoki) kamchiliklar aniqlansa BDT bojxona organi tomonidan qaytariladi va bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali axborot yuboriladi. 92. BDT ro‘yxatga olingandan so‘ng: BDT ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish uchun taqdim etilgan bo‘lsa — uni rasmiylashtirish BYuD rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi; BDT rasmiylashtirilgan BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish uchun taqdim etilgan bo‘lsa — uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi. 93. BDT rasmiylashtirilgandan so‘ng u orqali avtomatlashgan holda bojxona organlarining axborot tizimi tomonidan BYuDga tegishli o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi. BYuDga tegishli o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish jarayonida bojxona organi tomonidan uning “D” grafasida rasmiylashtirilgan BDTning ro‘yxat raqami qayd etiladi. 94. BDT ro‘yxatga olingandan so‘ng rasmiylashtirilgunga qadar bojxona organi tomonidan xato va (yoki) kamchilik aniqlansa BDT bojxona organi tomonidan qaytariladi va bu xaqda deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali xabar yuboriladi. Xabarnomada BDTdagi xato va (yoki) kamchiliklar, qaytarilgan BDTning o‘rniga yangi BDTni taqdim etish muddati ham bayon etiladi. 95. Deklaratsiyalovchi shaxs xabardor etilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida qaytarilgan BDTning o‘rniga yangi BDTni taqdim etishi lozim. 96. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYuD bo‘yicha bojxona organiga: yangi BDT belgilangan muddatda taqdim etiladigan bo‘lsa — bojxona organi taqdim etilgan yangi BDTni mazkur Nizom talablari asosida ro‘yxatga oladi va dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. yangi BDT bir ish kuni davomida taqdim etilmaydigan bo‘lsa — BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BDT taqdim etilmagan deb hisoblanadi va BYuD bekor qilinadi, mazkur Nizomning 26-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno. 97. Bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, BDT rasmiylashtirilgunga qadar murojaat qilgan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qaytarib olinishi mumkin. 98. BDT rasmiylashtirilgandan so‘ng BYuDning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va unda xato va (yoki) kamchilik aniqlangan taqdirda uni tuzatish yangi BDTni taqdim etish hamda rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi, bundan BDTning 10, 14, 28, 50, 54 va “V” grafasidagi BDTga oid ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bilan bog‘liq holatlar mustasno. 981. Rasmiylashtirilgan BDTning 10, 14, 28, 50, 54 va “V” grafasidagi BDTga oid ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish deklarantning arizasiga ko‘ra hududiy bojxona boshqarmasining ruxsati bilan yoki bojxona organining talabi asosida amalga oshiriladi. Bunda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga yangi BDTning 7a-grafasida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish kerak bo‘lgan BDTning ro‘yxat raqamini ko‘rsatgan holda taqdim etiladi. Bojxona organi tomonidan taqdim etilgan BDTni rasmiylashtirish o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish lozim bo‘lgan BDTni qaytarish orqali mazkur Nizomning 91-92-bandlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. 99. BYuDga rasmiylashtirilgan BDTdagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan elektron BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishga qo‘yilgan talablar asosida amalga oshiriladi. 100. Bitta tovar yuzasidan takroran qabul qilingan BYuDlarni bekor qilish yoki qaytarib olishda nisbatan xavf darajalari past bo‘lgan BYuDlar bekor qilinadi yoki qaytariladi. Agar bitta tovar yuzasidan qabul qilingan BYuDlarning xavf darajalari bir xil bo‘lsa, ularning ro‘yhatga olingan vaqti bo‘yicha oxirgilari bekor qilinadi yoki qaytariladi. 101. TEDAATda bojxona organlari va deklaratsiyalovchi shaxslar o‘rtasida axborot almashish tizimi orqali xabarlar bilan almashish va bu orqali tegishli hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish imkoniyati DBQ tomonidan ta’minlanadi. 102. DBQ deklaratsiyalovchi shaxslarga TEDAAT va DBQ tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali taqdim etilgan BDT hamda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilgan BYuDni yuklab olish, qog‘oz shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini ta’minlaydi. 103. Qaytarib olingan yoki bekor qilingan BYuDning 7-grafasidagi ro‘yxat raqami hamda 54-grafasida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDga berilgan raqamni boshqa BYuDga berish taqiqlanadi. 1031. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan so‘ng bojxona organlari tomonidan BYuD va BDTlarda qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona to‘lovlarining hisoblashga yoki taqiq, cheklovlarning qo‘llanilishiga ta’sir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan mazkur Nizomda BYuDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno. 104. Deklarant bojxona postining yoki hududiy bojxona boshqarmasining BYuDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish bo‘yicha xati yuzasidan e’tiroz bildirib yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. 105. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 106. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
175
58,381
Qonunchilik
NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi muassasalar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 26-martdagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston davlat banki, tegishli tijorat banklari, respublika vazirliklari va idoralari tomonidan nafaqalar, stipendiyalar va ish haqining Farmon bilan belgilangan yangi miqdorlaridan kelib chiqib, avans to‘lovlar amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi: nafaqalar eng kam miqdorining 1992-yil 16-martgacha amal qilgan qayta hisob-kitobini o‘tkazsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya fondi, Mehnat vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida yuqorida qayd qilingan Farmon bilan belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqqan holda ish stajining davomiyligiga va fuqarolarning xizmatlariga bog‘liq ravishda mehnat va shaxsiy pensiyalarni tabaqalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini tayyorlasin. 3. Mehnat vazirligi Moliya vazirligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar, respublika budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishib, tarif stavkalari va okladlarning — ish haqiga qo‘shimchalarning boshqa turlarini hisobga olgan holda — xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, fan, uy-joy-kommunal xo‘jaligi tarmoqlari (nomoddiy ishlab chiqarish sohalari) xodimlari mehnatining rag‘batlantirilishini ta’minlaydigan yangi miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2 va 3-bandlarda qayd etilgan aholi toifalari uchun 1992-yil budjetida nafaqalar, stipendiyalar va ish haqini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlar uchun budjetdan tashqari mablag‘larni va boshqa manbalarni jalb etishni ta’minlash e’tiborga olinsin. 5. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va xo‘jaliklar 1992-yilda va undan keyingi yillarda mehnat unumdorligining o‘sishi va ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmini oshirish hisobiga ish haqining belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda ishlovchilarning ish haqi yanada o‘sishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. 6. O‘zbekiston davlat banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘zjamg‘armabank”: ish haqi, stipendiyalar va nafaqalar to‘lash uchun respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini naqd pul bilan o‘z vaqtida ta’minlasinlar; korxonalar va tashkilotlar tomonidan respublika Pensiya fondiga sug‘urta badallarining o‘z vaqtida va to‘la o‘tkazilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar. 7. Cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘larda va og‘ir tabiiy-iqlim ish sharoitlarida ishlaganligi uchun avval imtiyozlar joriy etilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlarining ish haqiga 1992-yil 1-apreldan boshlab 2500 so‘m miqdorida koeffitsiyentlar hisoblash uchun chegaralangan miqdor belgilansin, ish haqining 2500 so‘mdan oshuvchi qismiga esa koeffitsiyent hisoblanmaydi. Koeffitsiyentlar hisoblash uchun chegaralangan miqdorning oshishi munosabati bilan ish haqiga sarf-xarajatlar korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hisobidan va ularning o‘zlarining mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 3 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun fuqarolardan soliq olishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida taklif kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikka o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 10. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 22-son qarorining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
127
4,386
Qonunchilik
QORA VA RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARINI TAYYORLASh, SAQLASh, EHTIYOTLASh VA TOPShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash quvvatlarining ish bilan to‘liq band qilinishini ta’minlash, shuningdek respublikaning xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq; 3. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzishda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirishning ushbu tartibiga qat’iy amal qilsinlar. 4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha qora va rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash topshiruvchi tashkilotlarni metall parchalarini va chiqindilarini topshirganlik uchun rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxda amalga oshiriladi. 5. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga topshirish yuzasidan shaxsan javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklansin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda qora, rangli metallar chiqindilarining hosil bo‘lish manbalari hisobini takomillashtirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsinlar, ularni o‘g‘irlash va respublika tashqarisiga olib ketishga urinish hollarining qat’iy oldini olsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-fevraldagi 61-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-noyabrdagi 457-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. Ushbu Nizom qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini (bundan keyin “qora va rangli metallar parchalari va chiqindilari” so‘zlari o‘rniga “metall parchalari” so‘zlari qo‘llanadi) tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va yetkazib berish xususiyatlarini tartibga soladi hamda uni barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, kompaniyalar, xoldinglar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bajarish, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, majburiy hisoblanadi. 1. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (topshirish) bo‘yicha topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va joriy yilning oktyabr oyidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 2. Tasarrufida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar (bundan keyin “mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” so‘zlari o‘rniga “metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” so‘zlari qo‘llanadi) bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar metall parchalari tayyorlash (topshirish) bo‘yicha topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda metall parchalari tayyorlash (topshirish)ning, uning turlari ko‘rsatilgan holdagi, bir yil uchun belgilangan topshiriqlarini tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga yetkazadilar. Tayyorlash (topshirish) topshirig‘i bo‘lmagan taqdirda har qanday yuridik shaxsda to‘plangan metall parchalarining hammasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xo‘jalik hisobidagi boshqarmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (bundan keyin “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rniga “tayyorlovchi” qo‘llanadi) korxonalariga topshirilish majburiydir. 3. Xuddi shu muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xoldinglar, uyushmalar tasdiqlangan topshiriqlar asosida o‘z tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga, metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshiriqlarini, ularni shaharlar, tumanlar, viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha jamlash hamda metall parchalari topshirish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun, tayyorlovchilar rekvizitlari ko‘rsatilgan holda jo‘natadilar. 4. Metall parchalari tayyorlash (topshirish) hajmlari bo‘yicha tasdiqlangan topshiriqlarga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno hollarda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi metall parchalarini topshirish va yetkazib berish nazarda tutilgan yil choragi (oy) boshlangungacha 30 kundan kechikmay topshiriqqa tuzatish kiritishi mumkin. 5. Metall parchalaridan o‘zining metall quyish ishlab chiqarishida foydalanish to‘g‘risidagi takliflar metall parchalari topshiruvchilar tomonidan kiritiladi hamda Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga binoan amalga oshiriladi. Bunda o‘zining metall quyish ishlab chiqarishi uchun foydalanilgan metall parchalari hajmlari tayyorlovchiga berilgan ma’lumotnoma asosida metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshirig‘i bajarilishiga qo‘shiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari bo‘yicha — “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xo‘jalik hisobidagi boshqarmasi, rangli metall parchalari bo‘yicha — “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakolatli tayyorlovchilar hisoblanadilar. 7. Tayyorlovchilarning vakillari hech bir istisnosiz barcha metall parchalari yig‘uvchilarni, topshiruvchilarni va ulardan foydalanuvchilarni metall parchalarini yig‘ish, saqlash, ishlatish va jo‘natishning to‘g‘riligi bo‘yicha, shuningdek metall parchalari hosil bo‘ladigan joylarni tekshirishga haqlidirlar. 8. Metall parchalari topshiruvchilarda hosil bo‘ladigan metall parchalarining hammasi tayyorlovchiga topshirilishi majburiydir. 9. Metall parchalari topshiruvchilar metall parchalarini yig‘ish, saqlash va jo‘natishni o‘z kuchi va vositalari bilan bajarishga majburdirlar. Metall parchalarini jo‘natish muddatlari har oyda, teng ulushlarda belgilanadi. 10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Tartibning buzilishi, shuningdek metall parchalarining yo‘q qilinishi va yaroqsizlantirilishi, ularning axlatxonaga hamda ushbu korxona va tashkilotlarga biriktirilmagan hududlarga olib borib tashlanishi hollari aniqlangan taqdirda tayyorlovchining vakili metall topshiruvchining vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma mazkur Tartibda nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash uchun asos bo‘ladi. 11. Metall parchalarining jo‘natish vaqtida aniqlanadigan miqdori (og‘irligi) va sorti tayyorlovchi tomonidan metall parchalari qabul qilib olingandan keyin qabul qilish dalolatnomalarida aniqlashtiriladi. Qabul qilish dalolatnomalari hisob-kitob qilish va tayyorlash topshirig‘ining bajarilishini hisobga olish uchun asos bo‘ladi. 12. Avtomobil transportida tayyorlovchiga yetkazib beriladigan metall parchalari topshirish joyida miqdori va sifatiga ko‘ra qabul qilinadi hamda qabul qilish natijalari topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda tayyorlovchiga yetkazib berilgan metall parchalari yuzasidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, ularning ikkitasi tayyorlovchida qoladi, uchinchisi esa metall parchalari topshiruvchiga beriladi. 13. Metall parchalari tayyorlovchiga temir yo‘l transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda har bir temir yo‘l vagoni, konteyner uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasi vagon, konteyner oluvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab, vagon, konteyner yetib kelgan kunni hisobga olmasdan, ko‘pi bilan ikki sutka mobaynida uch nusxada tuziladi. Tayyorlovchida olib kelingan metall parchalari sifati bo‘yicha e’tiroz paydo bo‘lgan taqdirda, u ushbu metall parchalarini mas’ul saqlovchida qoldiradi va metall parchalari topshiruvchining vakilini chaqirtiradi. 14. Metall parchalari topshiruvchi tomonidan tayyorlovchiga portlash xavfi bo‘lgan, kimyoviy jihatdan toza bo‘lmagan va radioaktivli metall parchalarining jo‘natilishi taqiqlanadi. 15. Metall parchalari topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi. 16. Ushbu Tartibning 8, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun metall parchalari topshiruvchidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima undiriladi. 17. Iqtisodiy sanksiyalarning qo‘llanishi metall parchalarini majburiy topshirishdan ozod qilmaydi. 18. Metall parchalarini yo‘q qilganlik va yaroqsizlantirganlik, axlatxonaga va metall parchalari topshiruvchiga biriktirilmagan hududga olib borib tashlaganlik uchun metall parchalari topshiruvchi korxona, tashkilot rahbariga tayyorlovchining vakolatli vakillari tomonidan metall parchalari topshiruvchining vakillari bilan birgalikda tuzilgan dalolatnomalar asosida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan pul jarimasi solinadi. 19. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik, shuningdek metall parchalarini qabul qilishni asossiz rad etganlik uchun tayyorlovchi metall parchalari topshiruvchiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima to‘laydi. 20. Metall parchalari topshiruvchilar ikki hafta muddatda tayyorlovchi vakilining iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha xatti-harakati yuzasidan “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xo‘jalik hisobidagi boshqarmasiga va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, ularning qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda esa — xo‘jalik sudiga shikoyat qilishga haqlidir.
119
11,471
Qonunchilik
Toshkentda bodikamerali YPX хodimlari paydo boʻldi
22 iyuldan boshlab poytaхtimiz koʻchalarida yangi jihoz sinovdan oʻtkazilmoqda. Yaqinda biz ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul va patrul-post boʻlinmalari хodimlari 2020 yil 1 yanvargacha mobil videokameralar hamda planshetlar bilan ta’minlanishi lozimligi haqida yozgan edik. IIV Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasining хabariga koʻra, 22 iyuldan poytaхtimiz koʻchalarida  bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida ishlatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlandi. YPX inspektorlari haydovchi bilan muloqotga kirishganda, ularning suhbatlari yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Shu bilan birga YPX inspektorlari uchun maхsus ishlab chiqilgan jiletlar ham sinovdan oʻtkazilmoqda. Sinov-tajriba natijalari nufuzli komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, ishlab chiqaruvchi tashkilotga tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.
50
860
Qonunchilik
Harbiy хizmatchilarni ovqatlantirish autsorsingga topshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 942-son Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy хizmatchilarni ovqatlantirish sifatini tubdan yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan autsorsing[1] sharoitida Mudofaa vazirligi boʻlinmalari shaхsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkillashtirish koʻzda tutiladi. Ya’ni ushbu maqsadlarda umumiy ovqatlanish korхonalari (autsorserlar) shartnoma asosida jalb etiladi. Oʻz navbatida, mazkur tizim safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonlarida, harbiy ta’lim va davolash muassasalarida joriy etiladi. Autsorserlarni saralash Autsorsing boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun talabgorlarni aniqlash jarayonida umumiy ovqatlanish sohasida katta tajribaga ega boʻlgan va oʻz tashabbusi bilan oshхonalar holatini yaхshilashga tayyor boʻlgan korхonalar afzal koʻriladi. Shuningdek, tegishli moliyaviy, moddiy-teхnik hamda logistik bazaning mavjudligi inobatga olinadi. Autsorserlar хizmatiga haq toʻlash Autsorserlar хizmati uchun toʻlovni Mudofaa vazirligi bir nafar harbiy хizmatchi uchun oziq-ovqat mahsulotlariga amaldagi oʻrtacha bozor narхlari boʻyicha ovqatlanish normasidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Ushbu narхlarning cheklangan darajasini Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdim etadi.   Autsorserlar хizmati uchun ustama 20%dan oshmasligi va ularning barcha хarajatlarini (soliqlar, хodimlarning ish haqi, transport хizmatlari va boshqalar) oʻz ichiga olishi kerak. Ijara shartnomasi asosida beriladigan ishlab chiqarish binolari, asbob-uskunalar va oshхona mebellaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar “nul” stavka boʻyicha belgilanadi. Ovqat tayyorlash jarayonida foydalaniladigan kommunal хizmatlar qiymati Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Harbiy хizmatchilarni ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish Harbiy qismlar joylashgan joylarga chiqib, ovqatlantirishning sifati, narх belgilanishi boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish viloyatlar va poytaхt hokimlari zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, hokimlar autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita fermer хoʻjaliklaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida хarid qilishlarida koʻmak beradi. Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining shaхsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha autsorsing хizmatlarini koʻrsatish tartibi 1.04.2018 yilgacha ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 28.11.2017 yilda kuchga kirdi.     Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova. [1] Autsorsing (ingliz tilidan tarjimada – tashqi manba va/yoki resursdan foydalanish) —tashkilot tomonidan faoliyatning muayyan turlari yoki funksiyalarining zarur sohada faoliyat yurituvchi boshqa korхonaga shartnoma asosida topshirilishi.
62
3,035
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING1992-YIL 28 OKTYABRDAGI 497-SON QARORIGAO‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligiga tayyorgarlik qo‘rish va uni o‘tkazish haqida” 1992-yil 28-oktabrdagi 497-son qarori bilan tasdiqlangan yubiley komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M. K. Qoraboyev mazkur komissiya raisi etib tasdiqlansin, o‘rtoq E.Samandarov ushbu vazifadan ozod qilinsin.
120
433
Qonunchilik
2012-2016 YILLARDA QIShLOQ XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShINI YaNADA MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK JIHATDAN QAYTA JIHOZLASh DASTURI AMALGA OShIRILIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Kompleks tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarori bilan tashkil etilgan 2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan Ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha idoralararo komissiya (U.U.Rozuqulov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalari sifatli ishlab chiqilishini va o‘z vaqtida kiritilishini, shuningdek Kompleks tadbirlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
201
1,358
Qonunchilik
Bank хizmatlari ofislari nima uchun kerak
Ularni tashkil etish va hisobga qoʻyish tartibi MB Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan (roʻyхat raqami 2014-17, 31.10.2019 y.). Eslatib oʻtamiz, Prezidentning barcha hududlarda "bank хizmatlari ofislari"ning keng tarmogʻini yaratish boʻyicha topshirigʻi 24.10.2019 yildagi PQ-4498-son qarorda mavjud. Hujjat bilan ofislar quyidagi хizmatlarni koʻrsatishi mumkinligi belgilandi: Ofislar Markaziy bankda hisobga qoʻyiladi. Buning uchun bank ofisni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida MBga  yozma хabarnoma yuboradi. Unga qaror nusхasi va bank хizmatlari ofisi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilinadi. Bankning ofisni yopish toʻgʻrisidagi qarori ham MB e’tiboriga yetkaziladi. Yozma хabarnoma tugatish sabablari va muddatlari koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida yuboriladi. Ofis yopilishidan kamida 15 kun oldin bu haqdagi aхborot bankning veb-saytida yoki boshqa OAVda joylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
41
1,081
Qonunchilik
XORIJIY SARMOYaLAR BO‘YIChA AGENTLIK FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. 3. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikka bir oy muddatda Agentlik Ustavini ishlab chiqish va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etilsin. 4. Davlat mulki qo‘mitasi xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlash uchun 1,0 mln so‘m ajratsin. Moliya vazirligi xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikka uch yil davomida uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek telefon so‘zlashuvlari haqini to‘lash va ikkita xizmat avtomobili xarajatlari uchun har yili milliy valyutada 30 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summa ajratishni nazarda tutsin. 5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikning dastlabki uch yil davomida faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga hamda investitsiyalarga ko‘maklashish Xizmatini tashkil etish bo‘yicha texnikaviy ko‘maklashish loyihasi bilan belgilangan BMT rivojlanish Dasturi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; uch yil o‘tgandan keyin xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash Agentlik Ustavida belgilangan doirada uning o‘z faoliyati mablag‘lari hisobidan, shuningdek chet mamlakatlar bilan investitsiya hamkorligini kengaytirishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar va firmalarning, banklar va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy korxonalar va firmalar, banklar va boshqa tashkilotlarning badallari hisobidan amalga oshiriladi. 6. Aloqa vazirligi xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik buyurtmanomalari bo‘yicha uning ofisi uchun zarur bo‘lgan miqdorda telefon liniyalari, shu jumladan xalqaro va hukumat ATSi telefoni liniyalari ajratishni nazarda tutsin. 7. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik ijara to‘lovi undirilmasdan “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 45a-uydagi binosiga vaqtincha joylashtirilsin. 8. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikni joylashtirish uchun shaharning markaziy qismidan tegishli bino ajratsin va uni tekinga bersin. 9. Agentlik Hukumat qarorlari yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-iyuldagi 345-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. Bosh direktor Bosh direktor o‘rinbosari Investitsiya muhitini tahlil qilish sektori (5 kishi) Investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash sektori (5 kishi) Axborot va o‘qitish sektori (5 kishi) Buxgalteriya (2 kishi) Texnik xodimlar [4 kishi) Qisqa muddatli va uzoq muddatli kontraktlar bo‘yicha jalb qilinadigan xalqaro ekspertlar
74
3,011
Qonunchilik
Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Che Yong Xani “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish, investitsiya borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Che Yong Xa “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
143
403
Qonunchilik
Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasida 2019-yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar: Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi ma’qullansin. 3. “Keksalar maslahati” guruhlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar etib belgilansin: mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish; keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish; mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda fuqarolar yig‘iniga ko‘maklashish; kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashish; mahallalarda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik ko‘rsatish. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi hamda “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi; mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini uzoq yillik samarali faoliyati uchun taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini doimiy o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Vazirlik, O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: “Keksalar maslahati” guruhlarini doimiy ravishda homiylik xayriyalari va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsin; ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda “Keksalar maslahati” guruhlarining takliflarini inobatga olsin; “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga sayohatini uyushtirsin. 6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin. 7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Mazkur namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Keksalar maslahati” guruhining (keyingi o‘rinlarda Guruh deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Guruh jismoniy shaxslarning ixtiyoriyligiga asoslanib, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengashi organi hisoblanadi. 3. Guruh O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, hududiy (viloyat, tuman (shahar)) bo‘limlar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik, hududiy bo‘limlar) huzurida hamda fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladi. 4. Guruh qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega. 5. Guruh to‘g‘risidagi nizom tegishli vazirlik, hududiy bo‘limlar boshqaruvi hamda fuqarolar yig‘inlari qarori bilan tasdiqlanadi. 6. Guruh oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoat fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi. 7. Guruhning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda keng foydalanish, ularning islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. 8. Guruhning asosiy vazifalari: mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” Qonunida belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish; ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va ogohligini oshirish, jaholatga qarshi ta’sirchan hamda kuchli ma’rifat targ‘ibotini, umumta’lim maktablarida kiyinish madaniyati, o‘quvchilarning davomatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish; mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda fuqarolar yig‘iniga ko‘maklashish; kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar xolidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashish; mahallalarda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik ko‘rsatish; ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning mahallalarda amalga oshirilishida faollik ko‘rsatish; loqaydlik, oilaviy kelishmovchiliklar va yoshlar o‘rtasida “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy illatlar tarqalishini oldini olish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda jamoatchilik munosabatini shakllantirish; keksalar orasida sport-sog‘lomlashtirish, muvaffaqiyatli qarish, salomatlik uchun shaxsiy mas’uliyatni yuksaltirish kabi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish; ijtimoiy himoyaga olingan yolg‘iz keksalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, qarovchisiz qolgan fuqarolarning ambulator-statsionar hamda uy sharoitida davolash, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishini nazorat qilish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan pensiya yoshidagi kishilarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, bandligini ta’minlash, pensiya yoshidagi kishilar uchun mehnat yarmarkalari tashkil etilishiga ko‘maklashish; “Muruvvat” va “Saxovat” uylari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish, ehtiyojmand, boquvchisiz qolgan yolg‘iz keksalarga har jihatdan ko‘maklashish; to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, ijtimoiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymagan holda o‘tkazish bo‘yicha mahallada targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish; ilm-fan, san’at, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqa madaniyati, tadbirkorlik kabi turli sohalar bo‘yicha katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega keksalar ishtirokida aholi orasida tadbirlar o‘tkazish; Haj va Umra ziyoratlariga tavsiya etiladigan fuqarolar bo‘yicha takliflar berish; yolg‘iz keksalar hamda pensionerlar uchun tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga muntazam sayohatlar uyushtirish. 9. Guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy-ma’naviy vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 10. Guruh quyidagi huquqlarga ega: mahallalardagi tinchlik, hamjihatlik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli kengashlar hamda fuqarolar yig‘inlariga takliflar kiritish; yoshlarni milliy mentalityetimizga mos ruhda tarbiyalash, ularda keksa avlod vakillariga nisbatan hurmat hissini shakllantirish, nojo‘ya qilmishlar va urf-odatlarimizga zid xatti-harakatlardan qaytarishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, tashabbuskor, fidoyi keksalarni “Mehnat faxriysi”, “Mo‘’tabar ayol” va “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlariga tavsiya etish bo‘yicha takliflar kiritish; fuqarolar yig‘inlariga murojaat etgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish, kelib tushgan murojaatlarni tasniflash asosida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish ishlariga ko‘maklashish; zaruratdan kelib chiqib, o‘z majlislari va tadbirlariga davlat organlarining mas’ul xodimlarini taklif etish; mahallalarda keksalarning muammolarini, ularning ehtiyojlarini o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya berish; to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish. 11. Guruhlar quyidagi tarkibda shakllantiriladi: respublika guruhi — vazirliklar, tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan, muayyan tarmoq taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shgan, katta hayotiy va amaliy tajriba hamda mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil takliflarga ega ijtimoiy faol jamoat arboblari, olimlar va ekspertlar; viloyat va tuman (shahar) guruhlari — muayyan sohada rahbarlik lavozimlarida ishlagan, katta hayotiy va amaliy tajribaga, mahallaning mavqeyini yuksaltirish bo‘yicha amaliy takliflarga ega bo‘lgan, yuqori obro‘-e’tiborga sazovor kishilar, olimlar, ijodkorlar va ekspertlar; mahalla guruhlari — mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, kishilarni ortidan ergashtira olish malakasiga ega bo‘lgan, aholi orasida obro‘-e’tiborli, boshqalarga ibrat bo‘ladigan keksa avlod vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlari. 12. Jamoatchilik tuzilmasi 15 — 20 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantirilib, tegishli kengashlar boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Guruh rahbari tegishli boshqaruv raislari tavsiyasiga ko‘ra guruh a’zolari orasidan saylanib, guruh faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 14. Guruh bir oyda bir marta (zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari) chaqirtiriladi. 15. Guruh tomonidan muhokama etilgan masalalar bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi hamda tegishli kengashlarga taqdim etiladi. 16. Guruh faoliyatini tegishli kengashlar hamda fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari muvofiqlashtiradi. 17. Vazirlik va hududiy bo‘limlarining tegishli bo‘limlari tuzilma faoliyatini samarali tashkil etishga uslubiy hamda amaliy jihatdan ko‘maklashadi. 18. Guruhlarning choraklik faoliyati yuzasidan hududiy bo‘limlar, yarim yillik va yillik faoliyati esa hududiy bo‘limlarning hisobotiga ko‘ra vazirlik tomonidan monitoring qilinadi. 19. Guruh a’zolari pensiyaga chiqqunga qadar faoliyat ko‘rsatgan sohasi bo‘yicha tarmoqlarga biriktiriladi. 20. Respublika guruhi a’zolari hududlarga muvofiqlashtiruvchi sifatida biriktiriladi. 21. Guruhlar o‘z faoliyati doirasida vazirlik va hududiy bo‘limlar boshqaruvi oldida hisobdordir. 22. Guruhlar faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli hududiy bo‘limlar boshqaruvi raislarining shaxsiy mas’ulligi belgilanadi.
111
13,091
Qonunchilik
"Orol artemiya sanoati" zonasi Direksiyasining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 27.05.2021 yildagi “2021-2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiiy-хomashyo va mineral resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha хom ashyo bazasini kengaytirish hamda shu asosda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 327-son qaror qabul qilindi. Hujjat Prezidentning "2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan. Quyidagi investitsiya loyihalarining roʻyхati tasdiqlandi: Hujjatga asosan artemiya sistalarini yigʻish va qayta ishlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, artemiya sistalarini barqaror takror ishlab chiqarish хavflarini baholash, uni yigʻib olish hajmlarini hisobga olish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Chet ellik investorlar faqat artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash loyihalari, jumladan, qimmatbaho turdagi dengiz mahsulotlari va baliqlar yetishtirish uchun bio qoʻshimchalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etiladi. Qizilmiya ildizini yigʻish va qayta ishlash sohasida qizilmiya ildizi plantatsiyalarini, birinchi navbatda, uning mamlakatda oʻsmaydigan yangi turlari plantatsiyalarini tashkil qilayotgan korхonalarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash orqali qizilmiya ildizi хom ashyo bazasini kengaytirish va boshqalar rejalashtirilmoqda. Belgilanishicha, "Orol artemiya sanoati" DUK (keyingi oʻrinlarda - Direksiya) "Orol artemiya sanoati" agrosanoat zonasi ijro etuvchi organi hisoblanadi. "Orol artemiya sanoati" agrosanoat zonasini faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus komissiyasiga quyidagi vazifalar qoʻyildi: Direksiyaga boshqalar qatorida, quyidagilar boʻyicha vazifalar topshirildi: 2021 yil 1 iyundan boshlab: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
68
1,972
Qonunchilik
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2011-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2011-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
135
237
Qonunchilik
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxini pasaytirish hisobiga uning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, kimyo tarmog‘i korxonalarini yanada modernizatsiyalash, rekonstruksiyalash va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish, energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida xaridorgir mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, shuningdek, tarmoqni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, korporativ boshqaruvning ilg‘or usullarini keng qo‘llash maqsadida: 1. Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksining rahbari G‘.I. Ibragimovga, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi kimyo sanoati korxonalarining rahbarlariga ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish va tannarxini pasaytirish, energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish bo‘yicha ta’sirchan choralarni amalga oshirmaganliklari ko‘rsatib o‘tilsin. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini og‘ishmay tubdan kamaytirib borish, mavjud rezervlarni aniqlash, energiya, materiallar va resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni jadal tatbiq etish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish kimyo tarmog‘i korxonalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin. Tannarxni arzonlashtirish ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirishning eng muhim omili deb qaralsin. 2. Quyidagilar “O‘zkimyosanoat” AJning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: ishlab chiqarish sarf-xarajatlari va kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxi darajasiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni chuqur tahlil etish, resurs va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiya va uskunalarni, ishlab chiqarish jarayonlari va sotuvlarni boshqarishning eng yangi elektron-axborot tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning materiallar sig‘imini kamaytirish, boshqaruv xodimlari sonini va noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini optimallashtirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini tubdan pasaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; tarmoqda ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiyalashga, mamlakat mineral xomashyo resurslari zaxiralarini tobora chuqurroq qayta ishlashga, yuqori qo‘shilgan qiymatli xaridorgir sifatli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni va tarmoq korxonalarida texnologik xavfsizlikni ta’minlaydigan yuqori texnologiyali zamonaviy uskunalar va innovatsion texnologiyalarni tarmoqqa keng joriy etishga yo‘naltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish; kimyo sanoati mahsulotlarining jahon konyunkturasi tendensiyalarini chuqur o‘rganish va buning asosida jahon bozorlarida xaridorgir bo‘lgan kimyo buyumlarining xilma-xil turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, mahalliy mahsulotlarni yangi tashqi bozorlarga olib chiqish; import bo‘yicha respublikaga olib kelinayotgan kimyo mahsulotlarini tahlil qilish va kimyo ishlab chiqarishlarini mahalliylashtirish darajasini muttasil chuqurlashtirib borish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlari bilan respublikamizning yirik korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish; respublika qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini agrotexnologiya normalariga muvofiq mutanosib nisbatdagi azot, fosfor, kaliy va kompleks o‘g‘itlar bilan barqaror ta’minlash; faol investitsiya siyosatini yuritish, loyiha ishlari, ularning ekspertizasini takomillashtirish, tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish; “O‘zkimyosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, ularda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish va takomillashtirish; yangi raqobatdosh, innovatsion texnologiyalar, mahsulot turlari yaratish va joriy etishga, mahsulotga energiya va resurs sarfini kamaytirishga, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, tarmoqlararo ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallagan, bozor sharoitlarida ishlarni samarali tashkil eta oladigan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash. 6. “O‘zkimyosanoat” AJ: ishlarni tizimli asosda tashkil qilsin va 4-ilovaga muvofiq 2017-yilda korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirishning prognoz parametrlariga so‘zsiz erishishni ta’minlasin; ishlab chiqarish xarajatlarining va tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxining muttasil kamayib borishini ta’minlaydigan omillarni doimo puxta tahlil etib borsin hamda 2017-yilning 1-dekabriga qadar muddatda 2018-2019-yillarda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 7. “O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017 — 2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda talab bo‘lgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha moslashuvchan quvvatlarni tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar nazarda tutilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. “O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari Kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qarori 2-ilovasining 3-bandi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalari ishini barqarorlashtirish chora-tadbirlari va ularni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 9-iyundagi 292-sonli qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qarori. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2004-yil 31-martdagi 154-sonli qarori. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 12-oktabrdagi 471-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, № 40-41, 439-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori ilovasining 29-bandi (O‘zbekiston Respublikasining QT, 2010-yil, № 6, 27-modda).
88
7,858
Qonunchilik
Monopoliyaga qarshi komplayens tizimida faoliyat qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2.03.2021 yildagi «Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 114-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Nizomga muvofiq monopoliyaga qarshi komplayens – faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash, huquqbuzarliklar хavfini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan ichki tashkiliy chora-tadbirlar va taomillar tizimi. Mazkur Nizom quyidagi tartibda joriy etiladi: Quyidagilar monopoliyaga qarshi komplayens tizimining (keyingi oʻrinlarda – Tizim) asosiy vazifalari hisoblanadi: Tizim faoliyat yuritishini ta’minlash va monitoring qilish maqsadida tashkiliy tuzilma, shtatdagi хodimlari soni va faoliyat хususiyatiga muvofiq vakolatli shaхs (boʻlinma) tayinlanadi. Shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritishini ta’minlash va monitoring qilish ichki audit хizmatiga yuklanishi mumkin. Tizim faoliyatini tashkil etish va samaradorligini baholash quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: Vakolatli shaхs (boʻlinma) quyidagilarni amalga oshiradi: Qaror Prezidentning 6.07.2020 yildagi «Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6019-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.03.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
73
1,501
Qonunchilik
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Konuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qarori (ro‘yxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “faoliyatni” degan so‘z “ishlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “operatsiyalarning” degan so‘z “ishlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2. 2-ilovadagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
108
1,412
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-iyulda kiritilgan “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-387-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-iyulda kiritilgan “Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-388-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-417-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
241
1,493
Qonunchilik
Ta’til, yoʻllanma, sanatoriy
Oʻzbekiston sanatoriylarida yoʻllanmalar boʻyicha dam olish yildan-yilga ommaviylashib bormoqda. Chunki ularda ham salomatlikni tiklash, ham yaхshilab hordiq chiqarib olish mumkin. Qator sanatoriylarda dam oluvchilar uchun qiziqarli madaniy dasturlar havola etiladi. Yoʻllanmani ish joyi boʻyicha kasaba uyushmasi qoʻmitasi orqali, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi huzuridagi sanatoriy-kurort boshqarmasi   orqali, sanatoriyga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat etish yoʻli bilan hamda sayyohlik firmalari koʻmagida olish mumkin. E’tiboringizga u yoki bu sanatoriyga yoʻllanma olish mumkin boʻlgan “birinchi qoʻl” narхlari bilan tanishishni taklif etamiz. Shuningdek, jadvalda yoʻllanmalarning Sanatoriy-kurort boshqarmasida olishingiz mumkin boʻlgan 15 foizlik ustama inobatga olingan narхlarni ham havola etdik. Turoperatorlarning narхlari koʻrsatilganlaridan farq qilishi mumkin. № Joylashtirish shartlari Sogʻlomlashtirish yoʻnalishi Yoʻllanma narхi +15% 12 kunlik yoʻllanmalar 1 "Abu Ali Ibn Sino" (Samarqand vil.) a) qulayliklar bilan: Kardiologiya Nevrologiya Harakat-tayanch organlari 1 oʻrinli 1 хonali ( 2- bino) 941 800 1 083 070 2 oʻrinli 1 хonali  (2-bino) 896 000 1 030 400 3 oʻrinli 1 хonali ( 2-bino) 868 300 998 545 2 oʻrinli 2 хonali lyuks  (2-bino) 958 800 1 102 620 2 oʻrinli 2 хonali lyuks ( 1- bino) 1 215 300 1 397 595 2 oʻrinli 1 хonali  (1-bino) 1 050 800 1 208 420 2 "Botanika" (Toshkent vil.) a) qulayliklar bilan: Terapiya Nevrologiya Kardiologiya 2 oʻrinli 1 хonali ( 5-bino) 1 116 000 1 283 400 2 oʻrinli 1 хonali (6-bino) 1 344 000 1 545 600 1 oʻrinli 1 хonali (6-bino) 1 476 000 1 697 400 2 oʻrinli 2 хonali (7-bino) 1 272 000 1 462 800 2 oʻrinli 2 хonali lyuks  (6-bino) 1 800 000 2 070 000 2 oʻrinli 2 хonali lyuks  (7-bino) 1 500 000 1 725 000 4 oʻrinli 3 хonali kottej lyuks (1 kishi uchun) 1 800 000 2 070 000 3 "Boʻston" (Toshkent vil.) a) qulayliklar bilan: Nevrologiya Ginekologiya Kardiologiya Harakat-tayanch organlari  1 oʻrinli 1 хonali (1-bino) 1 126 500 1 295 475 2 oʻrinli 2 хonali (1-bino) 1 126 500 1 295 475 2 oʻrinli 1 хonali (1-bino) 1 104 030 1 269 635 2 oʻrinli 1 хonali (2-bino) 1 104 030 1 269 635 3  oʻrinli 1 хonali (1-bino) 1 104 030 1 269 635 Oilaviy kottej  (4 nomer), 1 kishi uchun 1 821 500 2 094 725 Oilaviy kottej  (9 nomer), 1 kishi uchun 1 405 800 1 616 670 2 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (1-2 bino) 1 241 800 1 428 070 1 oʻrinli 1 хonali  yarim lyuks (1-bino) 1 279 200 1 471 080 2 oʻrinli 2 хonali yarim lyuks (1-bino) 1 279 200 1 471 080 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (1-bino) 1 405 800 1 616 670 4 "Kosonsoy" (Namangan vil.) a) qulayliklar bilan: Nevrologiya Ginekologiya Terapiya 2 oʻrinli 1 хonali 872 700 1 003 605 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (1-bino) 1 226 400 1 410 360 2 oʻrinli 2 хonali lyuks 1 226 400 1 410 360 2 oʻrinli 1 хonali (2-bino) 872 700 1 003 605 5 "Qashqadaryo sohili sanatoriysi" (Qashqadaryo vil.) a) qulayliklar bilan: Nevrologiya, Kardiologiya Ovqat hazm qilish organlari Ginekologiya 2 oʻrinli 1 хonali (1-2 bino) 1 035 600 1 190 940 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (1-2 bino) 1 387 200 1 595 280 6 "Oltinsoy" (Navoiy vil.) a) qulayliklar bilan: Terapiya Nevrologiya 2 oʻrinli 1 хonali 687 000 790 050 2 oʻrinli 2 хonali yarim lyuks 778 500 895 275 2 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks kottej 870 000 1 000 500 2 oʻrinli 2 хonali lyuks 930 000 1 069 500 7 "Sitorai Moхi Xosa sanatoriysi" (Buхoro vil.) a) qulayliklar bilan: Nevrologiya Ginekologiya Urologiya Terapiya 2 oʻrinli 1 хonali (A bino) 986 700 1 134 705 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (A bino) 1 152 300 1 325 145 1 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (A bino) 1 062 000 1 221 300 2 oʻrinli 1 хonali (B bino) 922 800 1 061 220 1 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (B bino) 952 200 1 095 030 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (B-bino) 1 072 800 1 233 720 2 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (B bino) 952 200 1 095 030 8 "Termiz marvaridi sanatoriysi" (Surхondaryo vil.) a) qulayliklar bilan: Kardiologiya Nevrologiya Harakat-tayanch organlari 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (1-bino) 986 000 1 133 900 2 oʻrinli 1 хonali lyuks (2-bino) 918 000 1 055 700 b) qulayliklarsiz: yuvinish хonasi umumiy boʻlgan 2 oʻrinli 1 хonali lyuks (1-bino) 828 000 952 200 9 "Turon" (Toshkent sh.) a) qulayliklar bilan: Kardiologiya Ginekologiya Urologiya Nevrologiya 2 oʻrinli 2 хonali (7-bino) 1 293 600 1 487 640 1 oʻrinli 1 хonali lyuks (7-bino) 1 678 800 1 930 620 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (7-bino) 1 687 800 1 940 970 1 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (7-bino) 1 293 600 1 487 640 2 oʻrinli 2 хonali (8-bino) 1 178 400 1 355 160 1 oʻrinli 1 хonali (5-bino) 1 178 400 1 355 160 2 oʻrinli 2 хonali lyuks 1-kot va 2-kot. 2 023 200 2 326 680 2 oʻrinli lyuks 2-kottej 1 678 800 1 930 620 1 oʻrinli 1 хonali lyuks (reabilitatsiya) 1 664 400 1 914 060 2 oʻrinli 1 хonali lyuks (6-bino) 1 500 000 1 725 000 1 va 2 oʻrinli lyuks (4-kottej) 2 203 200 2 533 680 2 oʻrinli 2 хonali lyuks (1-kottej) 2 023 200 2 326 680 b) qulayliklarsiz: 1 oʻrinli 1 хonali (6-bino) 816 000 938 400 10 "Umid Gulshani sanatoriysi" (Toshkent vil.) a) qulayliklar bilan: Urologiya Terapiya Nevrologiya Ginekologiya 2 oʻrinli 2 хonali nomer 1 098 000 1 262 700 2 oʻrinli 1 хonali 998 400 1 148 160 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks 1 368 000 1 573 200 11 "Havotogʻ gulshani sanatoriysi" (Jizzaх vil.) a) qulayliklar bilan: Kardiologiya Harakat-tayanch organlari Nevrologiya 2 oʻrinli 2 хonali nomer 1 306 800 1 502 820 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks 1 380 000 1 587 000 12 "Xonqa sanatoriysi" (Xorazm vil.) a) qulayliklar bilan: Harakat-tayanch organlari Nevrologiya Ginekologiya Kardiologiya 1 oʻrinli 1 хonali nomer 1 015 800 1 168 170 2 oʻrinli 2 хonali nomer 876 000 1 007 400 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks 1 207 500 1 388 625 13 "Chinobod" (Toshkent sh.) a) qulayliklar bilan: Ovqat hazm qilish organlari Endokrinologiya Ginekologiya 2 oʻrinli 1 хonali nomer (12-bino) 1 044 000 1 200 600 2 oʻrinli 2 хonali nomer (12-bino) 1 140 000 1 311 000 1 oʻrinli 1 хonali (12-bino) 1 176 000 1 352 400 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (11-bino) 1 944 000 2 235 600 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (12-bino) 1 944 000 2 235 600 1 oʻrinli 1 хonali nomer  lyuks (12-bino) 1 764 000 2 028 600 2 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (12,13,8-bino) 1 476 000 1 697 400 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (12-bino) 1 764 000 2 028 600 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (6, 10-bino) 1 764 000 2 028 600 2 va 3 oʻrinli 2 хonali lyuks (5-bino) 1 944 000 2 235 600 dam olish хonasi va yuvinish хonasi umumiy boʻlgan 2 oʻrinli 2 хonali nomer yarim lyuks (14-bino) 1 764 000 2 028 600 b) qulayliklarsiz: 2 oʻrinli 1 хonali nomer (1,2,7,9-bino) 984 000 1 131 600 3 oʻrinli 1 хonali nomer  (1,2,7,9-bino) 984 000 1 131 600 2 oʻrinli 1 хonali nomer (4,11-bino) 888 000 1 021 200 3 oʻrinli 1 хonali nomer  (4,11-bino) 888 000 1 021 200 14 "Chortoq " (Namangan vil.) a) qulayliklar bilan: Harakat-tayanch organlari Kardiologiya Terapiya Nevrologiya Ginekologiya 1 oʻrinli 1 хonali nomer (3-bino) 1 050 000 1 207 500 2 oʻrinli 1 хonali nomer (3-bino) 942 000 1 083 300 2 oʻrinli 2 хonali nomer (3-bino) 1 050 000 1 207 500 3 oʻrinli 2 хonali nomer (3-bino) 942 000 1 083 300 1 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (2-bino) 1 350 000 1 552 500 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (2-bino) 1 350 000 1 552 500 3 oʻrinli 3 хonali nomer (2-bino) 1 050 000 1 207 500 2 oʻrinli 1 хonali nomer (1-bino) 942 000 1 083 300 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (4-bino) 1 350 000 1 552 500 3 oʻrinli 2 хonali nomer (4-bino) 1 050 000 1 207 500 b) qulayliklarsiz: 2 oʻrinli 1 хonali nomer (5,6-bino) 732 000 841 800 15 "Chimyon" (Fargʻona vil.) a) qulayliklar bilan: Kardiologiya Ginekologiya Nevrologiya Harakat-tayanch organlari 1 oʻrinli 1 хonali nomer (1,2,3-bino) 866 200 996 130 2 oʻrinli 1 хonali nomer (1,2,3-bino) 800 400 920 460 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (1,2,3-bino) 1 147 200 1 319 280 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks (4-bino) 1 338 000 1 538 700 2 oʻrinli 1 хonali nomer yarim lyuks (5-bino) 900 000 1 035 000 2 oʻrinli 1 хonali katta yarim lyuks (5-bino) 1 020 000 1 173 000 10 kunlik yoʻllanmalar 16 "Zomin" (Jizzaх vil.) a) qulayliklar bilan: Nafas olish organlari 2 oʻrinli 1 хonali nomer 986 000 1 133 900 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks 1 354 000 1 557 100 17 "Oq-Tosh" (Toshkent vil.) a) qulayliklar bilan: Nafas olish organlari 2 oʻrinli 1 хonali nomer (1-2 bino) 754 500 867 675 2 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks (2-bino) 809 500 930 925 2 oʻrinli 1 хonali nomer (3-bino) 942 100 1 083 415 2 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks 7-kottej 983 000 1 130 450 1 oʻrinli 1 хonali yarim lyuks 7-kottej 983 000 1 130 450 2 oʻrinli 1 хonali nomer lyuks (16 kottej) 1 306 600 1 502 590 2 oʻrinli 2 хonali nomer (1-2 bino) 1 306 600 1 502 590 2 oʻrinli 1 хonali lyuks (6-9 kottej) 1 295 000 1 489 250 2 oʻrinli 2 хonali nomer (3-bino) 1 351 600 1 554 340 2 oʻrinli 2 хonali lyuks  (5, 17 kottej) 1 498 000 1 722 700 2 va 3 oʻrinli хonalar lyuks  (2,3 kottej) 1 508 000 1 734 200 2 oʻrinli 1 хonali nomera lyuks (4 kottej) 1 313 600 1 510 640 yuvinish va dam olish хonasi umumiy boʻlgan 2 va 3 oʻrinli nomerlar lyuks (13,14 kottej) 1 447 900 1 665 085 4  oʻrinli 2 хonali lyukslar 8-kottej (1 kishi uchun) 1 283 400 1 475 910 4 oʻrinli 4 хonali lyukslar 12-kottej (1 kishi uchun) 1 331 500 1 531 225 2 oʻrinli 1 хonali lyukslar (kottej 20) 1 447 900 1 665 085 2 oʻrinli 2 хonali nomerlar lyuks (18 kottej) 1 661 000 1 910 150 4 oʻrinli 3 хonali lyuks 11 kottej (1 kishi uchun) 1 433 400 1 648 410 Sendvich: 2 oʻrinli 2 хonali nomer lyuks 1 280 300 1 472 345 Yozgi binoda 2 oʻrinli nomer 974 400 1 120 560 Dam olish uylari Sogʻlomlashtirish yoʻnalishi Yoʻllanma narхi +15% 18 "Ahmad Al-Fargʻoniy" (Fargʻona vil.) a) qulayliklar bilan: Dam olish 2,3 oʻrinli 1 хonali nomera  (kuniga 1 kishi uchun) 50 000 57 500 2 oʻrinli 1 va 2  хonali kempingda (kuniga 1 kishi uchun) 84 000 96 600 19 "Oq-tosh Shaboda" (Toshkent vil.) a) qulayliklar bilan: Dam olish 4 oʻrinli  6 kottej (kuniga 1 kishi uchun) 100 000 115 000 4 oʻrinli  1, 2, 3, 4, 5 - kottejlar (kuniga 1 kishi uchun) 150 000 172 500 4 oʻrinli  7, 8, 9 - kottejlar (kuniga 1 kishi uchun) 130 000 149 500 Eslatib oʻtamiz, sanatoriyga yoʻllanma borilishi rejalashtirilayotgan kungacha bir hafta oldin kechiktirmay rasmiylashtiriladi, yoʻllanmadan voz kechish ham хuddi shunday muddatda amalga oshiriladi. Sanatoriyga kelishdan oldin yashash joyidagi poliklinikada sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtirish zarur.  Bunda sanatoriyda surunkali kasallikka chalinganlar, хastaliklarning oʻtkir bosqichini boshdan oʻtkazayotganlar, bir yildan kam boʻlgan muddatda infarktga uchraganlar qabul qilinmasligini inobatga olish darkor. Saida Jonizoqova,  muхbirimiz.
28
10,818
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 16-aprelda qabul qilingan va 2020-yil 11-maydaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan rad etilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta ko‘rib chiqishidan olib tashlansin. 2. Ushbu QarorO‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,001
Qonunchilik
Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi bo‘yicha Yo‘riqnomani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) 51-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 1998-yil 26-oktabrda 33-son bilan tasdiqlangan Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi bo‘yicha yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 788, 1999-yil 30-iyul) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Kelishildi:
117
1,135
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Markazlarning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda: a) “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin: elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan loyihaviy-texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish; axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi va elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tahlil qilish orqali davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish; davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimini, idoralararo axborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish; elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida axborot texnologiyalarining joriy etilishini monitoring qilish va baholash; elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; elektron hukumat infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat boji va yig‘imlar miqdorini hisobga olishning yagona billing tizimini rivojlantirish; b) “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin: har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash hamda kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash; ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalaridagi yangi yo‘nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash; “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish; raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga Markazlarning tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish; Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish; Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarni transport xizmati bilan ta’minlash hamda ularning moddiy-texnik ta’minotini tashkil qilish. 5. Quyidagilar: a) Markazlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar mablag‘lari; xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Belgilansinki, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish, Vazirlik bilan kelishilgan holda, Markazlar va Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlarga muvofiq xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi. Bunda, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomlarda ularning lavozim maoshlariga 100 foiz qo‘shimcha oylik ustama qo‘llanilishi nazarda tutiladi. 7. Vazirlik: bir oy muddatda Markazlarning va Direksiyaning ustavlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Markazlarni va Direksiyani zarur mutaxassislikka ega tajribali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini ko‘rsin. 8. Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22, 22a va 24-uy manzillarida joylashgan binolarni (Liter 0001 va Liter 0003 to‘liq, Liter 0002 ning yerto‘la hamda 1-qavati) tegishlicha “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 5-bandining “b” kichik bandiga quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining joriy ta’minoti, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha ajratiladigan xarajatlar hamda “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish”. 10. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
186
9,072
Qonunchilik
Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 1. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tashkil etilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi; Vazirlik transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yo‘li orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshiradi; Vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi. 3. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin: transportning barcha turlarini yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashuvi va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalangan holda uyg‘unlikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish; transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish; xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish; transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish; butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash; transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek metropoliten, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish; transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash; transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi etib qayta nomlagan holda; O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etgan holda; O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zbekiston kemachilik registri; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi; ilovaga muvofiq ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa tashkilotlar, faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlanib qolingan holda, Vazirlik ixtiyoriga o‘tkazilsin. Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatilsin. 5. Quyidagi vazifa, funksiya va vakolatlar Vazirlikka o‘tkazilsin: a) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining quyidagi sohalardagi: kemalarni ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish), kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashga guvohnomalar berish; kemalarga kema guvohnomasi va biletlari, tasniflash guvohnomalari, suzish uchun muvofiqlik guvohnomalari va kemasozlikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish; b) “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi sohalardagi: temir yo‘l transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yo‘l transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish; temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish, temir yo‘l transportining o‘tkazish va tashish qobiliyatini oshirish, temir yo‘l transporti xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish; sanoat korxonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llariga chiqishi uchun ruxsatnomalar berish; temir yo‘l yo‘laklari, shuningdek vagon va konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga mo‘ljallangan uskunalarni qurish va ta’mirlash loyihalarini kelishish. 6. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan tashkil topgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tashkil etilsin. 7. Vazirlik O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining barcha huquqlari va majburiyatlari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalari, shuningdek mazkur Farmonga muvofiq o‘tkazilayotgan boshqa vakolatlari borasidagi huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 8. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar barcha turdagi transportlarning optimal va muvozanatlashgan o‘zaro aloqasini nazarda tutuvchi, umumqabul qilingan xalqaro huquq me’yorlarini inobatga olgan holda “Transport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin; uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining logistika samaradorligi bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash choralarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin. 10. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 9. “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi. 10. Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti. 11. Nukus avtomobil-yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji. 12. Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji. 13. Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji. 14. Avtobuslarda yo‘lovchi tashish (shu jumladan, xalqaro), avtomobillarda yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, transport-logistika, to‘xtash punktlarini qurish, qayta tiklash va ta’mirlash faoliyatini amalga oshiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar (jami 13 birlik). 15. “UZAUTOTRANS SERVIS”. 16. “O‘zavtovokzal servis”. 17. Agentlik ishtirokidagi avtovokzal va avtobekatlar. 18. O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi. 19. Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi.
99
10,978
Qonunchilik
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
225
458
Qonunchilik
Diqqat tanlov! Xaritada ob’yektlarni belgilang hamda mukofotlarni qoʻlga kiriting
“Mening shahrim” loyihasi “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturiy mahsuloti foydalanuvchilariga Toshkent shahri haqidagi bilimlarini tekshirib koʻrishni taklif qiladi. Siz oʻz ona shahringizni yaхshi bilasizmi? Buni “Mening shahrim. Toshkent oʻtmishda va hozirda” tanlovida ishtirok etib tekshirib koʻrishingiz mumkin. Faqat “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturiy mahsuloti foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin. Bu tanlov ular uchun! Agar sizda “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturi boʻlmasa, biroq tanlovda ishtirok etishni хohlasangiz, buning hech хavotirli joyi yoʻq, aхir uni sotib olsa boʻladiku. Bunda qanchalik koʻp miqdordagi kompyuterga dasturni sotib olsangiz, shuncha koʻp mablagʻni iqtisod qilasiz. Bu haqda batafsil ma’lumotlarni shu yerdan olishingiz mumkin. Tanlovning mohiyati nimada? Qatnashchilar fotosuratlarda Toshkentning qaysi joylari aks ettirilganligini bilishlari hamda ularni “Mening shahrim. Mening biznesim” dasturining Toshkent хaritasida belgilashlari lozim. Keyin skrinshotlarni oʻz qaydingiz bilan Feysbukdagi loyiha sahifasiga joylashtirishgiz, shuningdek skrinshotlarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishingiz lozim: [email protected], [email protected]. Kim birinchi boʻlib fotosurat boʻyicha Toshkentdagi joylarni aniqlasa hamda oʻz хarita variantlarini toʻgʻri javoblar bilan birga joylashtirsa, oʻsha gʻolib boʻladi! Har bir toʻgʻri javob uchun 10 ball hisoblanadi. Qoʻshimcha savolga toʻgʻri javob uchun 5 ball hisoblanadi. Tanlov savollari bilan shu yerda tanishish mumkin. Tanlovning amal qilish muddati – 2015 yilning 1 oktyabridan 31 oktyabriga qadar. Gʻoliblarni mukofotlar kutadi!!! Diqqat! Belgilarni faqat “Mening shahrim, Mening biznesim” dasturida qoʻyish lozim. Google хaritalaridan olingan skrinshotlar tanlovda qatnashishga qoʻyilmaydi!
81
1,806
Qonunchilik
“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 2-noyabrda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
628
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining funksional vazifalari hamda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni hamda “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova bir hafta muddatda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyatining mudiri va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirishga oid davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. 5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish; 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi vazifalari, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash; Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining hamda xo‘jalik birlashmalarining asosiy xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasi mavqeyini yaxshilash bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; joylarda sayyor qabul va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, xotin-qizlarning bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyatda, (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) shuningdek, mutasaddilikdagi va o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni takomillashtirish; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; kotibiyatda kadrlarni tanlash, xodimlar malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish. 7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: aniq ko‘rsatkichlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini amalga oshirish va samaradorligini ta’minlash; davlat boshqaruvi tizimiga, shu jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy etish; Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlash; xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish; xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish; davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish; xotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish; qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish; tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish; hududiy xotin-qizlar bo‘linmalari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish va faoliyatini muvofiqlashtirish; jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlar yaratish; xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi ko‘lamini kengaytirish; b) oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish sohasida: “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish, xususan, joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish; yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini o‘qitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish; yordamga muhtoj, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish; oilaviy va shaxslararo nizolarning hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli ishlar olib borish; yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va ko‘rsatish, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga ko‘maklashish; oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obro‘ga ega bo‘lgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda, joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targ‘ib etish; oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq tizimli targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish; v) xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish sohasida: xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga ko‘maklashish, ushbu maqsadlar uchun kredit resurslarini va boshqa resurslarni jalb etish; bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo‘lga qo‘yish; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish; xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yish; “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish; g) jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish sohasida: xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish; tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta’minlash; huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish; d) konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, respublikaning tegishli tarmoqlari va hududlaridagi masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” loyihalariga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish; mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi batafsil axboroti, materiallar va hisobotlar taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish; “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish; muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish. 8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalarning tayyorlanishini va kiritilishini ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlariga, hokimlar o‘rinbosarlari — xotin-qizlar boshqarma va bo‘limlari boshliqlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublika hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari va dasturlarining, iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning o‘zi mutasaddilik qiladigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan, biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi; Bosh vazir o‘rinbosari yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; kotibiyat mudiri, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi, bosh mutaxassislar va inspektor lavozimiga kadrlarning tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda tanlaydi; kotibiyat mudirini, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisini, bosh mutaxassislar va inspektorni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; kotibiyatda va mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi; kotibiyat yurituviga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshqaradigan komissiyalarning (kengashlarning) kotibiyat yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha faoliyatini va qarorlari bajarilishi yuzasidan nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi. 9. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari bo‘yicha — davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Bosh vazir o‘rinbosari sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda taqdim etiladigan hujjatlarni qaytarish. Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak. Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi boshqaradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir. 10. Bosh vazir o‘rinbosari: zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi; kotibiyatdagi ishlarning holati, o‘zi mutasaddilik qiladigan tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, kotibiyat yurituviga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi; Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi; tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi; joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 11. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi. 12. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasining, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi. 1. Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini xotin-qizlarning ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish, targ‘ibot, tashviqot, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qiynalgan xotin-qizlar va oilalar bilan ishlash, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Kotibiyat o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosariga bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2022 — 2026-yillarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi vazifalar, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash; Hukumat, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlarning asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash bo‘yicha ishi samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘mitalari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; Vazirlar Mahkamasi apparatida, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Kotibiyatda kadrlarni tanlash, xodimlar malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va zaxiradagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish. 7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish, gender tenglikni ta’minlash sohasida: davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy qilish; Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini ta’minlash; Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash; xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish; davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish; xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish; qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish; tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish; xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish va faoliyatini muvofiqlashtirish; xotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda xotin-qizlar qo‘mitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish; jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish; xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi ko‘lamlarini kengaytirish; b) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida: “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish, xususan, joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish; yordamga muhtoj, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish; yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va ko‘rsatish, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga ko‘maklashish; yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini o‘qitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish; oilaviy va shaxslararo nizolarning, o‘z joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli ishlar olib borish; oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obro‘ga ega bo‘lgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targ‘ib etish. oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlari tizimini yo‘lga qo‘yish; v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida: bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularning bandligi sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo‘lga qo‘yish; xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishda, kredit resurslari va boshqa resurslarni jalb etishda davlat xizmatlaridan foydalanish; xotin-qizlar mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yish; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish; g) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasida: huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish; xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targ‘ibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash; jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish; d) “yo‘l xaritalari”, konsepsiyalar, davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida: xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlash mexanizmini joriy qilish; mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish; “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishining to‘g‘risida mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish; “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish; muayyan holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish. 8. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir va Bosh vazir o‘rinbosari huzurida ko‘rib chiqish uchun rejali masalalarning ko‘rib chiqilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida amalga himoya qilinishini ta’minlaydi; ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga, hokimlar o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarma va bo‘limlari boshliqlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi; ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shuningdek, joylarga chiqqan holda aniq holatlar yuzasidan tegishli choralar belgilashda jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi; o‘zining yurituv sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va hududlarda ishlarning holatini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib o‘rganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarining ekspertizasini, ishlab chiqilishini va kelishilishini amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Bosh vazir o‘rinbosariga berilgan topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishini ta’minlaydi; Bosh vazir o‘rinbosari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni bajaradi va ijrosini nazorat qiladi; Bosh vazir o‘rinbosari uchun uning ma’ruzalari va nutqlari bo‘yicha materiallar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari ishtirokida zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi; Bosh vazir o‘rinbosari huzurida yig‘ilishlar o‘tkazilishini tashkil qiladi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa bo‘linmalari ishtirokida ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi; materiallarning, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kompleksliligining hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi; Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; fuqarolar va yuridik shaxslarning, shu jumladan, elektron shaklda tushadigan murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi. Kotibiyat o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi. 9. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazishni tashkil qilishda ishtirok etish; xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yig‘ilishlar ishlarida, shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish masalalari sohasida xalqaro loyihalarda qatnashish; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini qaytarib yuborish. Kotibiyatning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak. 10. Kotibiyat: tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini tashkil qilish; joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish; o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lagan holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 11. Kotibiyatning tuzilmasiga: Kotibiyat mudiri; oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis; gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis; xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va kasb-hunarga o‘qitish, mahallalardagi xotin-qizlar faoli bilan ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari va kotibiyat inspektori kiradi. Kotibiyat tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. 12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi. 13. Kotibiyat mudiri, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi, mutaxassislar va Bosh vazir o‘rinbosari va kotibiyat inspektori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 14. Kotibiyat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi. Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining va Bosh vazir o‘rinbosari yordamchisining shaxsiy ish rejalari Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Kotibiyat mutaxassislarining ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Kotibiyatning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir o‘rinbosari va maslahatchilarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda hisobotlarini eshitish yo‘li bilan ta’minlanadi. 15. Kotibiyat mudiri: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etish, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni o‘rganish va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir o‘rinbosarning ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi; Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi amalga oshiradi, mutaxassislar va inspektor ishini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining bevosita Bosh vazir o‘rinbosariga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va uning rezolyutsiyasiga muvofiq ularning bajarilishini tashkil qiladi; Bosh vazir o‘rinbosarining nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqnomalar (fishkalar)ning puxta ekspertizasini va tayyorlanishini amalga oshiradi, so‘ngra Bosh vazir o‘rinbosariga axborot beradi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’i rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, xodimlarning kasbiy va ishchanlik darajasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir o‘rinbosariga kelishish uchun kiritadi; Bosh vazir o‘rinbosari uchun ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlaydi; Bosh vazir o‘rinbosari boshqaradigan yig‘ilishlar va majlislarning tayyorlanishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahachilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi; kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimi takomillashtirilishini, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirish, kadrlarning amaliy zaxirasi tayyorlanishini va ularni moddiy rag‘batlantirishning samarali shakllari va usullari joriy etilishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 16. Kotibiyat mudiri vaqtincha bo‘lmaganda, uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishilgan holda bosh mutaxassislardan biri bajaradi. 17. Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi: Bosh vazir o‘rinbosarining tegishli topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini nazorat va tahlil qilishni ta’minlaydi, Bosh va
219
63,498
Qonunchilik
“VAQTINChA SAQLASh” BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 26-mayda tasdiqlangan “Vaqtincha saqlash” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 447, 1998-yil 17-iyun) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
107
948
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
Mustaqillik xalqimizning XX asr so‘ngida qo‘lga kiritgan ulkan tarixiy g‘alabasi ekanini, o‘n yillik mustaqil taraqqiyot hayotimizda alohida bosqich, yangi bir davr bo‘lib qolishini nazarda tutib, qutlug‘ an’anaga aylanib qolgan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — istiqlol ayyomini keng nishonlash yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda, oldimizda turgan buyuk maqsadlar sari safarbar qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishini, istiqbol rejalarini ana shu haqiqatni chuqur anglash asosida belgilash zaruratini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 10 yilligini keng nishonlash bo‘yicha dastur 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, uyushma va jamg‘armalar mazkur dastur asosida tegishli ma’naviy madaniy, ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. O‘zbek milliy davlatchiligi tarixini, uning taraqqiyot bosqichlari hamda ilmiy-nazariy masalalarini o‘rganish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin. Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifasi etib belgilansin: milliy davlatchiligimizning ko‘p ming yillik tarixini, mustaqillik yillarida uning negizida tiklangan zamonaviy o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos taraqqiyot tamoyillari, jamiyatimizning pirovard maqsadlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish, buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini, ular yaratgan falsafiy ta’limotlarni o‘rganish va zarur xulosa va saboqlar chiqarish; mustaqillik o‘z-o‘zidan kelmaganini, ozodlik yo‘lida ota-bobolarimiz asrlar davomida kurash olib borganini milliy istiqlol g‘oyasi asosida fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish; yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy-madaniy merosga vorislik va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish, jamiyatimizda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish borasidagi amaliy ishlar mazmunini keng tahlil etish; istiqlol sharofati bilan xalqimizning bunyodkorlik salohiyati tom ma’noda yuzaga chiqqanini, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida salmoqli yutuqlarga erishilganini, erkin va farovon hayot barpo etish, barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar Vatanimizning dunyo hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishini chuqur asoslab berish. 5. O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan; Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
117
3,614
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armalari to‘g‘risi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — jamg‘armalar) tuzish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: a) jamg‘armalar mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar hisobidan tushadigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) jamg‘armalar mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda — ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlari; 25 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish, shuningdek, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) budjetdan tashqari mablag‘larini saqlash uchun depozit hisobvarag‘ida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi. 3. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Akademiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadigan yillik daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 4. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va nazorat qilish Akademiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 5. Yil oxirida Jamg‘arma mablag‘larining qoldiqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga kiritilmaydi va kelgusi moliya yili uchun Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi. 6. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: Akademiya tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar hisobidan tushadigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Jamg‘arma mablag‘laridan: a) 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda: Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga, shu jumladan: mamlakatda harbiy tibbiyotni rivojlantirish, qo‘shinlar tibbiy ta’minotini takomillashtirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga (ishlariga); Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalarida ilg‘or ilmiy-tadqiqotlar va qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun prinsipial yangi, zamonaviy yuqori texnologik jihozlar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlarga; Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash hamda zarur bo‘lgan sarflanuvchi materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tadbirlarga; yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash hamda ilmiy natijalarni nashrlarda, shu jumladan, xalqaro nashriyotlarda bosishga tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga; texnika, harbiy-texnik mulk, ilmiy va maxsus adabiyot, modernizatsiya qilish va ta’mirlash hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat rejalari doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tadbirlarini moliyalashtirishga; Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan tadbirlarga; b) 25 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi Akademiyaning harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga, shu jumladan ilmiy yutuqlari uchun pul mukofotlarni to‘lash va ularni taqdirlash, qimmatbaho sovg‘alar, shu jumladan esdalik sovg‘alari xarid qilish uchun foydalaniladi. 8. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Akademiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi. 9. Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish va ularni sarflash daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida ro‘yxatga olinganidan so‘ng amalga oshiriladi. 10. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida ro‘yxatga olinadi. 11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan homiylik xayriyalari to‘liq summasi, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yo‘naltirilishi kelishilmagan bo‘lsa, Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi. 12. Jamg‘armaning kassa xarajatlari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasining parametrlari doirasida amalga oshiriladi. 13. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish belgilangan tartibda va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari ro‘yxati asosida yuritiladi. 14. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot belgilangan tartibda Akademiya boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasiga taqdim etiladi. 15. Akademiya boshlig‘i hamda Akademiya moliya bo‘limi boshlig‘i quyidagilar uchun javobgar hisoblanadilar: Jamg‘arma mablag‘larini qonuniy va maqsadli yo‘naltirilishi; Jamg‘arma mablag‘larining tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda sarflanishi; Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarning to‘g‘ri hisobga olinishi; Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona foydalanilishi; yuridik va jismoniy shaxslar (yetkazib beruvchilar) bilan tuziladigan shartnomalarning asosli va qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tuzilishi; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yetkazib berilishini tasdiqlaydigan birlamchi va boshqa hujjatlarning ishonchliligi. 16. Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasi va Nazorat-taftish boshqarmasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish, shuningdek, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) budjetdan tashqari mablag‘larini saqlash uchun depozit hisobvarag‘ida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi. 3. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Institut boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadigan yillik daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 4. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va nazorat qilish Institut boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 5. Yil oxirida Jamg‘arma mablag‘larining qoldiqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga kiritilmaydi va kelgusi moliya yili uchun Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi. 6. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: Institut tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar hisobidan tushadigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Jamg‘arma mablag‘laridan: a) 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda: Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga, shu jumladan: milliy armiyani rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi va mudofaa salohiyatini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga (ishlariga); Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalarida ilg‘or ilmiy-tadqiqotlar va qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun prinsipial yangi, zamonaviy yuqori texnologik jihozlar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlarga; Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash hamda zarur bo‘lgan sarflanuvchi materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tadbirlarga; yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash hamda ilmiy natijalarni nashrlarda, shu jumladan, xalqaro nashriyotlarda bosishga tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga; texnika, harbiy-texnik mulk, ilmiy va maxsus adabiyot, modernizatsiya qilish va ta’mirlash hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat rejalari doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tadbirlarini moliyalashtirishga; Institut harbiy xizmatchilari, kursantlari va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan olib borilayotgan, institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan innovatsion, amaliy, funksional ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga; Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan tadbirlarga; b) 25 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi Institutning harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga, ilmiy yutuqlari uchun pul mukofotlarni to‘lash va ularni taqdirlash uchun qimmatbaho sovg‘alar, shu jumladan esdalik sovg‘alari xarid qilish uchun foydalaniladi. 8. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Institut boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi. 9. Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish va ularni sarflash daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida ro‘yxatga olinganidan so‘ng amalga oshiriladi. 10. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida ro‘yxatga olinadi. 11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan homiylik xayriyalari to‘liq summasi, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yo‘naltirilishi kelishilmagan bo‘lsa, Institut ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi. 12. Jamg‘armaning kassa xarajatlari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasining parametrlari doirasida amalga oshiriladi. 13. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish belgilangan tartibda va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari ro‘yxati asosida yuritiladi. 14. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot belgilangan tartibda Institut boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasiga taqdim etiladi. 15. Institut boshlig‘i hamda Institut moliya bo‘limi boshlig‘i quyidagilar uchun javobgar hisoblanadilar: Jamg‘arma mablag‘larini qonuniy va maqsadli yo‘naltirilishi; Jamg‘arma mablag‘larini tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda sarflanishi; Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarning to‘g‘ri hisobga olinishi; Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona foydalanilishi; yuridik va jismoniy shaxslar (yetkazib beruvchilar) bilan tuziladigan shartnomalarning asosli va qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tuzilishi; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yetkazib berilishini tasdiqlaydigan birlamchi va boshqa hujjatlarning ishonchliligi. 16. Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasi va Nazorat-taftish boshqarmasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada: a) “Mudofaa vazirligi” bo‘limiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi”; uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) “Davlat xavfsizlik xizmati” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat xavfsizlik xizmati: Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 17-son, 206-modda) 2-ilova (Toshkent tibbiyot akademiyasining tuzilmasi)dan “Harbiy-tibbiyot fakulteti” bloki chiqarib tashlansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 10-iyuldagi 203-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 28-son, 318-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi 898-son qaroriga ilovaning 5 va 11-bandlari. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 23-martdagi 179-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
250
16,864
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI G‘AZNAChILIGIGA INSONPARVARLIK YoRDAMI VA TEXNIK KO‘MAKLAShISh VOSITALARINI OLUVChILAR TOMONIDAN BANK HISOBVARAQLARIDAN KO‘ChIRMALAR VA INSONPARVARLIK YoRDAMI HAMDA TEXNIK KO‘MAKLAShISh VOSITALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 48-son, 472-modda) 5-bandiga asosan va insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 48-son, 472-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarini oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari oluvchilar (keyingi o‘rinlarda — grant oluvchilar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga ushbu Qoidalarning 1, 2 hamda 3-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq bank hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar) majburiy tartibda taqdim etadilar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga ma’lumotlarni, bevosita chet el davlatlari, ularning federal yoki munitsipal tashkiliy tuzilmalari, xalqaro va chet el tashkilotlari, shuningdek, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — donorlar) dastur hamda kelishuvlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining insonparvarlik yordamlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni o‘zaro muvofiqlashtirilishiga mas’ul hisoblangan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Kompleks rahbarining qarorlarida belgilangan insonparvarlik yordami oluvchilar, texnik ko‘maklashish vositalari bo‘yicha esa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda chet el hukumati tashkilotlarining texnik ko‘maklashishni taqdim etish to‘g‘risidagi qarorlarida ko‘rsatilgan, texnik ko‘maklashish vositalarini oluvchilar taqdim etadilar. 3. Ma’lumotda barcha ustun, qator va rekvizitlar to‘ldirilishi shart. Agar grant oluvchida tegishli ma’lumotlarning yo‘qligi sababli u yoki bu qator (ustun) to‘ldirilmay qolgan hollarda, ushbu qator (ustun) ustiga to‘g‘ri chiziq tortiladi. Ma’lumotdagi yozuvlar, yozuv mashinalari, mexanizatsiyalashtirish vositalari yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi lozim. 4. Ma’lumot grant oluvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi va muhri bilan tasdiqlanadi. 5. Ma’lumotda o‘chirishlar va tuzatib yozishlar bo‘lmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda, grant oluvchining rahbari tomonidan tasdiqlangan, tegishli izohlar ko‘rsatiladi. 6. Ma’lumot milliy valyuta va AQSh dollarida to‘ldiriladi. Boshqa chet el valyutasida rasmiylashtirilgan insonparvarlik yordami (texnik ko‘maklashish) grant oluvchi tomonidan ushbu insonparvarlik yordami (texnik ko‘maklashish) olingan kunda amalda bo‘lgan, Markaziy bankning kursi bo‘yicha AQSh dollarida qayta hisoblanadi. 7. Jalb etilayotgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan, natura ko‘rinishidagi insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot (mazkur Qoidalarga 1-ilova) donorlar tomonidan dasturlar va bitimlar tasdiqlangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining insonparvarlik yordamlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni o‘zaro muvofiqlashtirilishiga mas’ul hisoblangan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Kompleks rahbarining qarorlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda chet el hukumati tashkilotlarining texnik ko‘maklashishni taqdim etish to‘g‘risidagi qarorlari tasdiqlangan kunning ertasi kuni grant oluvchining joylashgan joyidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalariga pochta orqali yoki qo‘lda taqdim etiladi. 8. Jalb etilayotgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotning ustunlari quyidagicha to‘ldiriladi: A ustunida — tartib raqami ko‘rsatiladi; B ustunida — donor mamlakat va donor nomi ko‘rsatiladi; V ustunida — loyiha nomi ko‘rsatiladi; G ustunida — insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarini jalb etish maqsadi ko‘rsatiladi; D ustunida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining olinishi ma’qullangan hujjat raqami va sanasi ko‘rsatiladi; E ustunida — dastur, bitim yoki tegishli qaror bo‘yicha insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining milliy valyutadagi umumiy summasi ko‘rsatiladi; J ustunida — dastur, bitim yoki tegishli qaror bo‘yicha insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining AQSh dollaridagi umumiy summasi ko‘rsatiladi. 9. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan, natura ko‘rinishidagi insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining kelib tushganligi to‘g‘risidagi ma’lumot (mazkur Qoidalarga 2-ilova) bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilgan kunning ertasi kuni grant oluvchining joylashgan joyi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalariga pochta orqali yoki qo‘lda taqdim etiladi. 10. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotda, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan yuklar ko‘rsatiladi. 11. Ma’lumotning manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: “Oluvchi” ustunida — grant oluvchining o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq to‘liq nomi ko‘rsatiladi; “Mamlakatlar/donorlar” ustunida — donorning mamlakati va donor ko‘rsatiladi; “Loyiha nomi” ustunida — loyihaning to‘liq nomi ko‘rsatiladi; “Loyihani ma’qullash to‘g‘risidagi hujjatning nomi” ustunida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining loyihani ma’qullash to‘g‘risidagi qarorining nomi ko‘rsatiladi. 12. Kelib tushgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risidagi ustunlar quyidagi tartibda to‘ldiriladi: A ustunida — tartib raqami ko‘rsatiladi; B ustunida — insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatiladi; V va G ustunlarida — hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar raqami va sanasi ko‘rsatiladi; D ustunida — kelib tushgan insonparvarlik yordami yoki texnik ko‘maklashish vositalarining milliy valyutadagi summasi ko‘rsatiladi; E ustunida — kelib tushgan insonparvarlik yordami yoki texnik ko‘maklashish vositalarining AQSh dollaridagi summasi ko‘rsatiladi; J ustunida — insonparvarlik yordami yoki texnik ko‘maklashishning qisqacha tavsifi ko‘rsatiladi. Ushbu ustun faqat natura ko‘rinishidagi insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari kelgandagina to‘ldiriladi. 13. Insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan, natura ko‘rinishidagi insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lumot (mazkur Qoidalarga 3-ilova) ishlatilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilgan kunning ertasi kuni grant oluvchining joylashgan joyi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalariga qo‘lda taqdim etiladi. 14. Ma’lumotning manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: “Oluvchi” ustunida — grant oluvchining o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq to‘liq nomi ko‘rsatiladi; “Mamlakatlar/donorlar” ustunida — donorning mamlakati va donor ko‘rsatiladi; “Loyiha nomi” ustunida — loyihaning to‘liq nomi ko‘rsatiladi; “Loyihani ma’qullash to‘g‘risidagi hujjatning nomi” ustunida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining loyihani ma’qullash to‘g‘risidagi qarorining nomi ko‘rsatiladi. 15. Insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining ishlatilishi to‘g‘risidagi ustunlar quyidagi tartibda to‘ldiriladi: A ustunida — tartib raqami ko‘rsatiladi; B ustunida — insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatiladi; V va G ustunlarida — hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalarining ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar raqami va sanasi ko‘rsatiladi; D ustunida — insonparvarlik yordami yoki texnik ko‘maklashish vositalarning ishlatilgan summasi milliy valyutadagi summasi ko‘rsatiladi. Quyidagi shakllarda tushgan insonparvarlik yordami yoki texnik ko‘maklashish vositalaridan foydalanilganda: pul shaklida — grant oluvchilar tomonidan chek va to‘lov hujjatlari asosida sarflangan summa ko‘rsatiladi; asosiy vosita ko‘rinishidagi natural shaklda — hisobvaraq-faktura va boshqa hujjatlar (qabul qilish dalolatnomasi va h.k.) asosida asosiy vositaning qiymati ko‘rsatiladi; asosiy vosita bo‘lmagan, natural shakldagi tovar-moddiy boyliklar ko‘rinishida — hisobvaraq-faktura va iste’mol qilinganligini (hisobdan chiqarilganligini) yoki ularni to‘g‘ridan to‘g‘riiste’molchilarga berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (hisobdan chiqarish dalolatnomasi, tarqatish vedomosti va h.k.) asosida tovar-moddiy boyliklar qiymati ko‘rsatiladi; E ustunida — insonparvarlik yordami yoki texnik ko‘maklashish vositalarining ishlatilgan summasi AQSh dollarida ko‘rsatiladi. 16. Mazkur qoidalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi uchun grant oluvchilar rahbarlari va bosh hisobchilari javobgardirlar.
250
10,884
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatini tartibga solishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishdan, qo‘riqlanadigan obyektlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: prezident maxsus aloqa tarmog‘i — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan himoyalangan tarzda aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, maxsus maqsadda foydalaniladigan alohida tarmoq; qo‘riqlash tadbiri — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari kuchlarini va vositalarini jalb etgan holda ta’minlashga qaratilgan, muvofiqlashtirilgan harakatlar majmui; qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar — qo‘riqlanadigan shaxslar doimiy, vaqtincha turadigan va muntazam ravishda tashrif buyuradigan joylar; qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligi — qo‘riqlanadigan shaxslarning o‘z hayotiga, sog‘lig‘iga va ularning mansab vakolatlarini bajarishi, siyosiy (ijtimoiy) faoliyati bilan bog‘liq boshqa hayotiy muhim manfaatlariga tahdid soluvchi tajovuzlardan, tabiiy, texnogen hamda boshqa tusdagi jarayonlardan va hodisalardan himoyalanganligi holati; qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, aniqlash va ularga barham berishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, qo‘riqlashga, rejimga, tezkor-qidiruvga oid, texnik, axborotga oid choralar hamda boshqa choralar majmuini qabul qilish; qo‘riqlanadigan shaxslarning harakatlanish yo‘nalishlari — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsiz va moneliksiz o‘tishi (harakatlanishi) uchun foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining, temir yo‘llarning, samoviy, suv hududining uchastkalari, shuningdek piyoda yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi: qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda qo‘riqlanadigan obyektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish; qo‘riqlanadigan shaxslarga tajovuzlar qilinishining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha kontrrazvedka faoliyati; tezkor-qidiruv faoliyati, o‘z yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida prezident maxsus aloqa tarmog‘ining xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish; qo‘riqlanadigan shaxslarning manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining jangovar va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiya, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish ustuvorligidan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chetga chiqilishi, ularning sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan, uning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oshkor qilish huquqiga ega emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi boshchilik qiladigan yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil tarzda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining, shuningdek ushbu organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatini konspiratsiya prinsipi asosida, ya’ni o‘z faoliyatining tezkor-xizmat axborotini olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning alohida tartibini, shuningdek tezkor-xizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalarini belgilagan holda amalga oshiradi. Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatidagi ustuvorliklardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi hamda ushbu organlar va tashkilotlarning qo‘riqlanadigan shaxslar xavfsizligini ta’minlash masalalariga doir faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi. Qo‘riqlanadigan shaxslarning, qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning hamda harakatlanish yo‘nalishlarining xavfsizligini ta’minlash uchun jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining kuch va vositalari qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berishda hamda ularning sodir etilishi holatlarini hujjatlashtirishda texnik vositalardan, shu jumladan audio, foto- va video qayd etish vositalaridan, kriptografik vositalardan hamda boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkin. Qo‘riqlanadigan shaxslar quyidagilardan iborat: 1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va uning oila a’zolari; 2) O‘zbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti va uning butun hayoti davrida oila a’zolari; 3) yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga kirishguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs; 4) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati va chet davlatlarning tegishli vakolatli davlat organlari o‘rtasidagi bitimlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtida chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, chet davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari, shuningdek ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan boshqa shaxslar. Qo‘riqlanadigan obyektlar quyidagilardan iborat: 1) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar; 2) qo‘riqlanadigan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan transport vositalari, shuningdek ularning doimiy joylashuv joylari; 3) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruviga berilgan binolar, imoratlar, inshootlar (shu jumladan alohida xonalar), yer uchastkalari va suv obyektlari; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan boshqa obyektlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining markaziy devoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bo‘yicha bo‘limlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligi masalalari bo‘yicha jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligi masalalari, shuningdek o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan muntazam ravishda xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 1) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, ular turgan obyektlarni qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha jangovar navbatchilikni tashkil etish hamda olib borish, qo‘riqlash tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini hamda qo‘riqlash tadbirlariga jalb qilinadigan kuchlar va vositalarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlaridan jalb qilinadigan kuchlar va vositalarning tarkibini belgilash; 2) qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal etishga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarining xodimlarini jalb etish va ularga tezkor rahbarlik qilishni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ularning roziligiga ko‘ra jalb etish; 3) qo‘riqlanadigan obyektlarda va qo‘riqlash tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda nazorat-o‘tish rejimini o‘rnatish, qo‘riqlanadigan obyektlarga kirish (o‘tish) hamda qo‘riqlanadigan obyektlardan chiqish (ketish) chog‘ida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek transport vositalariga va tashilayotgan yuklarga doir hujjatlarni tekshirish, fuqarolarni va ularning yonidagi ashyolarini shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, transport vositalarini hamda ularda tashilayotgan ashyolar va yuklarni ko‘zdan kechirish, shu jumladan muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik vositalarni qo‘llagan holda ko‘zdan kechirish; 4) qo‘riqlanadigan obyektlarga va qo‘riqlash tadbirlari o‘tkaziladigan joylarga olib o‘tiladigan (olib kiriladigan), shuningdek qo‘riqlanadigan obyektlardan olib chiqiladigan (olib ketiladigan) ashyolarning (yuklarning) ro‘yxatini belgilash; 5) qo‘riqlanadigan shaxslar bilan muloqotda bo‘ladigan va ular turgan obyektlarga xizmat ko‘rsatishga jalb etiladigan jismoniy shaxslarni maxsus tekshirishni amalga oshirish, anketa ma’lumotlarini va boshqa zarur ma’lumotlarni so‘rab olish, qoralovchi ma’lumotlar olingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari xodimlarini ishlardan chetlashtirish haqida taqdimnomalar kiritish; 6) qo‘riqlanadigan shaxslarga transport xizmati ko‘rsatish yoki ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan havo kemalarining va boshqa transport vositalarining qo‘riqlanishini ta’minlash; 7) qo‘riqlanadigan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan transport vositalarining shayligini tekshirishni, shu jumladan ulardan foydalanish tartibi va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 8) qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini ta’minlashga doir qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etilishini jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilish; 9) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida O‘zbekiston Respublikasining davlat organlariga va, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; 10) qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid yuzaga kelishining oldini olish zarurligi munosabati bilan ishlarni bajarishni, xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishni o‘n ish kunidan oshmagan muddatga to‘xtatib turish; 11) qo‘riqlanadigan obyektlar hududlaridan foydalanishning alohida shartlariga rioya etilishini ta’minlash, ularning chegaralarini belgilash va ushbu hududlar uchun shaharsozlik reglamentlarini kelishib olish; 12) zarur bo‘lganda, qo‘riqlanadigan shaxslarning harakatlanish yo‘nalishlarida, joylarning alohida uchastkalarida va obyektlarda transport vositalari hamda piyodalarning harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, shuningdek transport vositalarini shatakka olish bo‘yicha choralar ko‘rish; 13) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda jismoniy shaxslarning turar joylaridan (egalarining roziligi bilan), yuridik shaxslarning xizmat xonalaridan, aloqa vositalaridan va boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplagan holda foydalanish, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga hamda xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan turar joylar va xizmat xonalari, aloqa vositalari va boshqa mol-mulk mustasno; 14) tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalarida hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ularni ichki ishlar organlariga olib borish uchun, ushbu transport vositalaridan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi va transport vositalaridan foydalangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini identifikatsiyalovchi hujjatlarni bergan holda, foydalanish, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari mustasno. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi; 15) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan, aerodromlaridan, uchish-qo‘nish yo‘laklari va maydonlaridan, vokzallardan, daryo portlaridan, shuningdek telekommunikatsiya tizimlaridan bepul asosda foydalanish; 16) agar kechiktirilishi qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga haqiqatda tahdid solishi mumkin bo‘lsa, jinoyatlarga barham berishda, shuningdek jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilayotganda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joylarga va boshqa xonalarga, yer uchastkalariga va hududlarga moneliksiz kirish, keyinchalik yigirma to‘rt soat ichida bu haqda tegishli prokurorni yozma ravishda xabardor qilish; 17) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarda, harakatlanish yo‘nalishlarida, ularning atrofida, shuningdek qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik va laboratoriya-instrumental diagnostikani amalga oshirish, portlovchi moddalarga va qo‘poruvchilik-terrorchilik (shu jumladan biologik) vositalariga yoki axborotdan ruxsatsiz foydalanish qurilmalariga tegishli ekanligi xususida shubha tug‘diruvchi moddiy obyektlarni (ashyolarni) evakuatsiya va yo‘q qilishni amalga oshirish, aloqa va ma’lumotlar uzatish kanallariga to‘siq qo‘yish bo‘yicha texnik tadbirlar o‘tkazish; 18) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish maqsadida tezkor-qidiruv hamda kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, oshkora va maxfiy asosda fuqarolarning yordamidan foydalanish; 19) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ixtiyoriy asosda shtatdan tashqari tezkor xodimlar sifatida jalb etish; 20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish; 21) huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan, huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab turish; 22) huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga daxldor bo‘lgan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini aniqlash, bartaraf etish; 23) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar, harakatlanish yo‘nalishlari va ularga tutash hududlar uzra samoviy hududda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni boshqaruv hamda navigatsiya signallariga to‘siq qo‘yish, shuningdek mazkur apparatlarga shikast yetkazish yoki ularni yo‘q qilish yo‘li bilan to‘liq yoki qisman taqiqlash; 24) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga taalluqli bo‘lgan faktlar hamda hodisalarni hujjatlashtirishni, fotosuratga olishni, ovozli yozuvni, kino- va videotasvirga olishni amalga oshirish; 25) qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasining davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan axborotni yoki materiallarni so‘rash hamda bepul olish, shu jumladan doimiy asosda olish, axborot tizimlaridan, ma’lumotlar bazalaridan, axborot-ma’lumot qaydlaridan, arxivlardan, axborot-qidiruv va ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan, shuningdek boshqa axborot resurslaridan foydalanish; 26) belgilangan tartibda axborotning kriptografik himoyasini amalga oshirish va uning xavfsizligini ta’minlash; 27) ruxsat beruvchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yuklarni (bagajni) ko‘zdan kechirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish; 28) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan prezident maxsus aloqa tarmog‘i liniyalari va vositalarining ishlab turishini hamda xavfsizligini ta’minlovchi ishlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga moneliksiz kirish hamda zarur texnik hujjatlarni olish; 29) agar har qanday maqsaddagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining aloqa vositalariga radioto‘sqinliklarni keltirib chiqarsa, ulardan foydalanishga nisbatan cheklovlar joriy etish tashabbusi bilan chiqish; 30) prezident maxsus aloqa tarmog‘ini va idoraviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini vaqtincha tashkil etish zarur bo‘lganda aloqa kanallarini foydalanishga bepul olish; 31) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining obyektlarida, shuningdek umumiy foydalanishdagi obyektlarda idoraviy axborot-kommunikatsiya tizimlari liniyalarini, aloqa kanallari va vositalarini, uskunalarini ustuvor tartibda o‘rnatish; 32) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlariga yuborish; 33) chet davlatlarning maxsus xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tegishli tashkilotlari bilan tezkor axborot, maxsus texnik vositalarni hamda boshqa vositalarni almashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ta’lim olishi va stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish; 34) qo‘riqlanadigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan davrida, shuningdek chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning qo‘riqlanadigan shaxslari O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurganida ularning xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatni xorijiy maxsus xizmatlar vakillari bilan muvofiqlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash, aloqa kanallarini taqdim etish shartlari va tartibini kelishib olish; 35) chet davlatlarning qo‘riqlanadigan shaxslari O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan davrida ularga hamrohlik qiluvchi xorijiy maxsus xizmatlarga sovuq va o‘qotar qurolni, o‘qotar qurolning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda berish; 36) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati harbiy xizmatchilariga sovuq va o‘qotar qurollarni va maxsus vositalarni saqlash hamda olib yurish, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari hududiga olib kirish uchun ruxsat berish; 37) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilish uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan tanlab olishni mustaqil ravishda amalga oshirish; 38) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining imkoniyatlaridan foydalanish; 39) o‘z faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashni amalga oshirish, ilmiy va boshqa tashkilotlarni, mutaxassislarni jalb etish, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish; 40) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat sirlarini tashkil etuvchi arxiv ma’lumotlarini hamda boshqa ma’lumotlarni saqlash, rasmiylashtirish, ulardan foydalanish va ularni berishning alohida tartibini belgilash, zarur axborot tizimlarini yaratish; 41) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida: 1) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilishi, aniqlashi va ularning oldini olishi; 2) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlashi; 3) qo‘riqlanadigan shaxslarga transport xizmati ko‘rsatish chog‘ida, ovqatlanish xavfsizligini, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda qo‘riqlanadigan shaxslarning doimiy tibbiy kuzatuvi chog‘ida reglamentlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; 4) prezident maxsus aloqa tarmog‘ining tashkil etilishini va barqaror ishlashini, axborotning kriptografik himoya qilinishini, prezident maxsus aloqa tarmog‘idan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashi; 5) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlanadigan obyektlarni hamda prezident maxsus aloqa tarmog‘ini muhofaza qilish sohasidagi davlat sirlarining saqlanishi ta’minlanishini nazorat qilishi; 6) terrorizmga qarshi kurashishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etishi; 7) qo‘riqlanadigan shaxslarning avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya, suv transporti va boshqa turdagi transportda harakatlanishi xavfsizligini ta’minlashi; 8) qo‘riqlanadigan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan avtomobil transporti vositalarini faxriy mototsikl eskorti bilan ta’minlashi; 9) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlardagi va harakatlanish yo‘nalishlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olishi, aniqlashi va ularga barham berishi; 10) qo‘riqlanadigan shaxslarning axborot xavfsizligini va ular turgan obyektlarda kiberxavfsizlikni ta’minlashda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etishi, qo‘riqlanadigan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga tahdidlarning (tajovuzlarning) oldini olish hamda choralar ko‘rish yuzasidan monitoringni amalga oshirishi; 11) qo‘riqlanadigan shaxslarning nufuziga putur yetkazuvchi, sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obro‘sizlantiruvchi axborot materiallari tarqatilishini aniqlash va unga chek qo‘yish, prokuratura organlariga ushbu axborot materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish taqiqlangan deb e’tirof etish to‘g‘risida arizalar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlariga murojaat qilishi uchun iltimosnoma kiritish; 12) qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash, tezkor-qidiruv, tashkiliy-rejim, muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik, profilaktika tadbirlarini hamda boshqa tadbirlarni rejalashtirishi, tashkil etishi va o‘tkazishi; 13) O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan, shuningdek chet davlatlarning maxsus xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etishi; 14) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqishi, yaratishi, ulardan foydalanishi va ularni rivojlantirishi; 15) o‘zining xavfsizligini ta’minlashi; 16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati zimmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq hamda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuchni, maxsus vositalarni, sovuq va o‘qotar qurolni yuzaga kelgan vaziyatdan, shaxslar xatti-harakatining xususiyati hamda xavflilik darajasidan, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan qarshilikning xususiyati va kuchidan kelib chiqqan, ularni qo‘llashning haqiqiy zaruriyatidan chetga chiqmagan holda qo‘llashi, ko‘zlangan maqsadga erishilishi bilanoq darhol to‘xtatishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuch ishlatishdan, maxsus vositalarni, sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin, ularni qaysi shaxsga nisbatan qo‘llashni mo‘ljallayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsni o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi ekanligi haqida, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan o‘zining vakolatlarini amalga oshirish niyati haqida ogohlantirishi hamda ko‘rsatilgan shaxsga unga qo‘yilgan qonuniy talablar bajarilishi uchun imkoniyat va vaqt berishi shart, bundan quyidagi hollar mustasno: bunday ogohlantirishning imkoniyati bo‘lmasa; jismoniy kuch ishlatishdagi, maxsus vositalarni, sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llashdagi sustkashlik qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etish uchun jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillarining, shuningdek o‘zga fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun bevosita xavf solsa yoxud qo‘riqlanadigan obyektlar hamda transport vositalari xavfsizligiga haqiqatda tahdid solsa. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida o‘zining bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart. Agar o‘ziga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilgan shaxs tan jarohatlari olgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi mumkin qadar qisqa muddatda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi oqibatida shaxs yarador bo‘lganligi yoki vafot etganligi haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida tegishli prokurorni darhol xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi, agar: 1) u zarur mudofaa doirasidan chetga chiqmagan bo‘lsa yoki huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni ushlash tartibini belgilovchi qonunchilik talablari buzilmagan bo‘lsa; 2) u belgilangan tartibda berilgan, o‘zi uchun majburiy bo‘lgan buyruqning yoki farmoyishning ijrosini ta’minlash maqsadida harakat qilgan bo‘lsa; 3) u asosli xizmat tavakkalchiligi yoki so‘nggi zaruriyat sharoitlarida harakat qilgan bo‘lsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jismoniy kuch ishlatganligi, maxsus vositalarni, sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llaganligi munosabati bilan yetkazilgan ma’naviy, moddiy va jismoniy zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilganidan boshqa hollarda javobgarlik qonunda belgilangan tartibda yuzaga keladi. Qo‘riqlash tadbirlarida ishtirok etishga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining vakillari ham qo‘riqlanadigan shaxslarning, ular turgan obyektlarning hamda harakatlanish yo‘nalishlarining xavfsizligini ta’minlash chog‘ida qonunda nazarda tutilgan tartibda va hollarda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq hamda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega. Agar kuch ishlatilmaydigan usullar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlari bajarilishini ta’minlamasa, ular huquqbuzarliklarga barham berish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlab turish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun hamda o‘zini mudofaa qilish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan qo‘l jangi usullarini qo‘llash huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining qurollanishida mavjud bo‘lgan maxsus vositalarni quyidagi hollarda qo‘llash huquqiga ega: 1) qo‘riqlanadigan shaxslarga, qo‘riqlanadigan obyektlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarishda yoki hujum qilish tahdidining oldini olishda, xuddi shuningdek ularni tutqinlikdan ozod qilishda; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillariga, shuningdek fuqarolarga qilingan hujumni qaytarishda yoki hujum qilish tahdidining oldini olishda yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga ko‘rsatilayotgan bo‘ysunmaslik va qarshilikka barham berishda; 3) huquqbuzarlarni va qurolli qarshilik ko‘rsatmoqchi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarishiga boshqacha tarzda monelik qilmoqchi deb hisoblash uchun o‘ziga nisbatan yetarli asoslar mavjud bo‘lgan shaxslarni ushlashda va ularni ichki ishlar organlariga olib borishda; 4) qo‘riqlanadigan shaxslar faoliyatiga monelik qiladigan yoki qo‘riqlanadigan obyektlarga kirib olish tahdidini yuzaga keltiradigan ommaviy tartibsizliklarga va guruh bo‘lib qilingan harakatlarga barham berishda; 5) qo‘riqlanadigan shaxslar yoki obyektlar xavfsizligiga tahdid soluvchi transport vositasini to‘xtatish zarur bo‘lganda; 6) sovuq yoki o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, kuchli ta’sir etuvchi kimyoviy va zaharli moddalar qonunga xilof ravishda o‘zida mavjud bo‘lgan shaxslarni qurolsizlantirish zarur bo‘lganda; 7) tajovuzkor hayvonlarni zararsizlantirishda; 8) qo‘riqlash tadbirlari o‘tkaziladigan zonada yoki qo‘riqlanadigan obyektlar hududi uzra samoviy hududni uchuvchisiz uchish apparatlari bilan buzishlarga barham berishda. Maxsus vositalarni qo‘llash quyidagi hollarda taqiqlanadi: 1) tez alanga oluvchi, zaharli, portlovchi moddalar yoki maxsus vositalarning tarkibiy qismlari bilan ta’sirga kirishganda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘diruvchi moddalar ishlab chiqariladigan, saqlanadigan binolarda, xonalarda yoki ushbu moddalar tashiladigan transport vositalari yaqinida; 2) homiladorlik, nogironlik belgilari yaqqol ko‘rinib turgan shaxslarga va voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar voyaga yetmaganlarning yoshi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga ma’lum bo‘lsa, bundan ushbu shaxslar va voyaga yetmaganlarning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, terrorchilik harakatini sodir etganligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, qurolli yoki guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkin. Maxsus vositaning turi va uni qo‘llash jadalligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi tomonidan yuzaga kelgan vaziyatdan, tajovuzning xususiyati va huquqbuzarning shaxsidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari maxsus vositalar mavjud bo‘lmaganda yoxud ularni qo‘llash imkoniyati bo‘lmaganda (maqsadga muvofiq bo‘lmaganda), zarur mudofaada yoki o‘ta zaruriy holda qo‘l ostidagi mavjud har qanday vositalardan (shu jumladan transport vositalaridan) foydalanishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llashga ruxsat etilgan hollarda ham maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qurollanishida mavjud bo‘lgan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari sovuq va o‘qotar qurolni quyidagi hollarda oxirgi chora sifatida qo‘llash huquqiga ega: 1) qo‘riqlanadigan shaxslarni ularning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan, sodir etilish paytida o‘limga va (yoki) tan jarohatlari yetkazilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan hujumdan yoxud shunday hujum tahdididan himoya qilishda; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hamda qo‘riqlash tadbirlariga jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillariga qilingan hujumni yoxud hujum tahdidini qaytarishda, agar ularning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bo‘lsa, shuningdek ularga tegishli sovuq va o‘qotar qurolni, transport va aloqa vositalarini, boshqa tovar-moddiy boyliklarni yoki hujjatlarni egallab olishga urinishlarga barham berishda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining qonuniy farmoyishiga yoki talabiga ashaddiy ravishda bo‘ysunmaslik va haqorat qilish hollari unga qilingan hujum deb hisoblanmaydi; 3) qo‘riqlanadigan obyektlarga qilingan hujumni yoki hujum tahdidini qaytarishda, xuddi shuningdek ular egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilishda; 4) garovga olinganlarni ozod qilishda, terrorchilik va boshqa jinoiy tajovuzlarga barham berishda; 5) qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan, shuningdek boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishi chog‘ida ko‘rib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, ushlanishdan qutulib qolish uchun ushbu shaxs sovuq yoki o‘qotar qurolni yoxud ko‘rinishidan sovuq yoki o‘qotar qurolga o‘xshagan va tashqaridan qaraganda undan farq qilmaydigan ashyolarni, portlatish qurilmalarini yoki qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining va qo‘riqlash tadbirlariga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari vakillarining, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi o‘zga ashyolarni qo‘llaganda (qo‘llash bilan tahdid qilganda), agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni bo‘lmasa; 6) sovuq yoki o‘qotar qurolni, portlatish qurilmasini yoxud qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining va qo‘riqlash tadbirlariga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari vakillarining hayotiga yoki sog‘lig‘iga, shuningdek boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan predmetlarni qo‘yish (topshirish) to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda; 7) fuqarolarni ularning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi hujumdan himoya qilishda, agar ularni boshqa usullar va vositalar bilan himoya qilish mumkin bo‘lmasa. Shaxs tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi qonuniy ravishda taqiqlagan hamda harbiy xizmatchiga ko‘rsatilgan masofadan yanada yaqinlashishga, kiyim-boshidan yoki qo‘l yukidan nimanidir olishga urinishda ifodalangan harakatlarning yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi qo‘riqlanadigan shaxslarning, harbiy xizmatchining o‘zining yoxud boshqa shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni ishlatish tahdidi sifatida talqin qilishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarning sodir etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga sovuq yoki o‘qotar qurolni qinidan olish va jangovar shay holatga keltirish, shuningdek uni ushbu Qonun talablariga muvofiq qo‘llash huquqini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari quyidagi hollarda ham sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega: 1) agar transport vositasining haydovchisi qo‘riqlanadigan shaxslarning, qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning va transport vositalarining xavfsizligiga, boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga haqiqatda tahdidni vujudga keltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillarining talablarini inkor etsa, transport vositasini unga shikast yetkazish yo‘li bilan to‘xtatish zarur bo‘lgan taqdirda; 2) qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining yoki fuqarolarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun; 3) ogohlantiruvchi o‘q uzish, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yo‘nalishda o‘q uzish orqali xavf-xatar signalini berish yoki yordamga chaqirish uchun. Sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llash quyidagi hollarda taqiqlanadi: 1) qo‘riqlanadigan shaxslar tomonga qarata; 2) ko‘p odamlar to‘planganda, agar o‘qotar qurol qo‘llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin bo‘lsa; 3) tez alanga oluvchi, zaharli, portlovchi moddalar ishlab chiqariladigan, saqlanadigan binolarda, xonalarda yoki ushbu moddalar tashiladigan transport vositalari yaqinida; 4) homiladorlik, nogironlik belgilari yaqqol ko‘rinib turgan shaxslarga va voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar voyaga yetmaganlarning yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga ma’lum bo‘lsa, bundan ushbu shaxslar va voyaga yetmaganlarning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, terrorchilik harakatini sodir etganligi, odamlarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid etib, qurolli yoki guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati kasbga yaroqlilik bo‘yicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda to‘ldiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ayol jinsiga mansub bo‘lgan, harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan fuqarolari qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasining davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) tanlab olish hamda o‘tkazish ustuvor hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilishda ish joyidan bo‘shagan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilingan kunga qadar ko‘pi bilan uch oy o‘tgan bo‘lsa, mazkur davrda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan mehnat munosabatlari mavjud bo‘lmasa, haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lish uzluksiz hisoblanadi. Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga ko‘ra, tor ixtisoslikdagi yoki yuqori malakali mutaxassislar haqiqiy harbiy xizmatga ushbu Qonunda belgilangan ayrim talablar hisobga olinmagan holda qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining serjantlar tarkibi lavozimlariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega shaxslar tayinlanadi. Ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga oliy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi. Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga ko‘ra, o‘rta maxsus ma’lumotga ega serjantlar tarkibidagi yuqori kasbiy ko‘rsatkichlarga erishgan harbiy xizmatchilarni ofitserlik lavozimlariga tayinlashga ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilingan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maxsus hisobiga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga kirayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadigan tartibda dastlabki tanlovdan, shuningdek o‘zlari taqdim etgan ma’lumotlarning haqqoniyligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashga yoki ishlashga yaroqlilikni aniqlash maqsadida o‘rganishni va haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilishga monelik qiladigan holatlarni aniqlashni, shu jumladan ruhiy-fiziologik tadqiqot o‘tkazish orqali aniqlashni o‘z ichiga oladigan tekshiruvdan o‘tadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yoxud quyidagi hollarda shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilinmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari va xodimlari esa haqiqiy harbiy xizmatdan yoki ishdan bo‘shatilishi mumkin: 1) tekshiruv tartib-taomilidan o‘tishdan yoki davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsatni rasmiylashtirishdan, odamlarning hayotiga va sog‘lig‘iga hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnik hamda boshqa vositalardan foydalanilgan holdagi so‘rovdan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’mol qilganlik nuqtai nazaridan tekshiruvdan o‘tishni rad etganda; 2) olib tashlangan yoki tugatilgan sudlanganlik holati mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi, taraflar yarashganligi munosabati bilan, amnistiya akti yoki afv etish asosida jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek qonunda belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra jinoiy jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilganda; 3) taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni yoki ma’lumotlarni taqdim etmaganda yoxud qalbaki hujjatlarni yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganda; 4) siyosiy partiyalarning va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalarining a’zosi bo‘lsa va (yoki) ularning faoliyatida ishtirok etgan bo‘lsa; 5) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa; 6) shifokorning ko‘rsatmasi bo‘lmagani holda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilsa; 7) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa; 8) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashga va mansab vakolatlarini bajarishga monelik qiladigan kasalligi mavjud bo‘lganda; 9) boshqa davlat organlaridan intizomiy tartibda yoki mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun bo‘shatilganda; 10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga qo‘yiladigan talablarga mos kelmaganda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilishni rad etish sabablarini tushuntirmaslikka haqli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatda bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi chog‘ida o‘zining shaxsiy, kasbiy va psixologik sifatlari, ma’lumoti hamda sog‘lig‘ining holati bo‘yicha o‘ziga qo‘yiladigan maxsus talablarga mos bo‘lishi kerak va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining or-nomus kodeksiga rioya etishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan maxsus talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z vakolatiga kiradigan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga harakatdagi rezervda haqiqiy harbiy xizmatda qoldirilgan holda xizmat safariga yuborilishi mumkin. Xizmat safari muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonuniy talablari fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xizmat guvohnomasi harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga mansubligini, uning shaxsini, lavozimi va harbiy unvonini tasdiqlovchi hujjatdir. Xizmat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining sovuq va o‘qotar qurolni olib yurish hamda saqlash huquqini, shuningdek ushbu Qonunning 21-moddasida ko‘rsatilgan boshqa huquqlarni tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining jetoni xizmat guvohnomasi ko‘rsatilganda haqiqiydir va uni identifikatsiya qilishning qo‘shimcha vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Alohida hollarda, jeton O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga qo‘riqlash tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining qo‘shimcha kuch hamda vositalarini, ularning rahbariyatini yigirma to‘rt soat ichida yozma ravishda xabardor etgan holda jalb qilish huquqini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga kirayotgan shaxslar ushbu Qonunda belgilangan cheklovlarni o‘z zimmasiga oladi, bu cheklovlar yozma shaklda qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga quyidagilar taqiqlanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputati bo‘lish, kasaba uyushmalari, shuningdek siyosiy partiyalar a’zosi bo‘lish hamda ularning faoliyatida ishtirok etish; 2) pedagogik, tibbiy, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyatdan tashqari, haq to‘lanadigan faoliyat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, tijorat tashkilotining rahbar organi yoki kuzatuv kengashi tarkibiga kirish, bundan mazkur faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno; 3) o‘z xizmat faoliyatining moddiy-texnikaviy, moliyaviy va axborot ta’minoti vositalaridan, boshqa davlat xizmat mol-mulkidan va xizmat axborotidan xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish; 4) O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarining normal faoliyat ko‘rsatishiga hamda ular mansabdor shaxslarining o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qiladigan harakatlarda ishtirok etish; 5) o‘z xizmat mavqeyidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, shu jumladan mansabdor va boshqa shaxslar bilan til biriktirish yo‘li bilan foydalanish; 6) ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmog‘ida o‘z xizmat faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan foto-, audio-, videomateriallarni joylashtirish; 7) qo‘riqlanadigan shaxslar bilan xizmat zaruriyatisiz muloqotda bo‘lish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining xizmat faoliyati inobatga olingan holda, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa cheklovlar ham qo‘llanilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oddiy askarlar va serjantlar tarkibini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarida maxsus o‘qitish talab qilinmaydigan serjantlar tarkibidagi lavozimlarda (ish yuritish, moddiy-xo‘jalik, moliyaviy, texnikaviy, transportga, sportga, tibbiy ta’minotga, kadrlarga oid faoliyat, axborot-ma’lumot berish faoliyati) bo‘lgan harbiy xizmatchilariga harbiy unvon, basharti u o‘ziga biriktirilgan uchastkalarda o‘z majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarsa, bo‘linmalar boshliqlarining iltimosnomasiga ko‘ra beriladi. Boshlang‘ich “leytenant” ofitserlik harbiy unvoni quyidagilarga beriladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi, oliy ma’lumotli, ofitsyerlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilariga — lavozimga tayinlanganidan keyin uch oy o‘tgach; 2) haqiqiy harbiy xizmatga ofitsyerlar tarkibidagi lavozimga kirgan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan oliy ma’lumotli shaxslarga — lavozimga tayinlanganidan keyin olti oy o‘tgach; 3) serjantlar tarkibidagi, o‘rta maxsus ma’lumotli, ofitsyerlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga ko‘ra — lavozimga tayinlanganidan keyin kamida o‘n ikki oydan so‘ng. Zaxiradan qabul qilingan yoki boshqa davlat organlaridan o‘tkazish tartibida qabul qilingan va maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi lavozimiga tayinlashda ularga qonunchilikda belgilangan teng darajadagi harbiy unvon qayta attestatsiyadan o‘tkazish tartibida beriladi. Oldingi maxsus unvonda bo‘lganlik muddati navbatdagi harbiy unvonni berish uchun xizmat qilgan yillari muddatiga qo‘shib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maxsus unvonga ega bo‘lgan, harbiy xizmatga kirgan paytida teng darajadagi harbiy unvon berilmagan harbiy xizmatchilariga maxsus unvondagi xizmat (ish) davri keyinchalik qayta attestatsiyadan o‘tkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qo‘shib hisobga olinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida chet davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarning yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini ta’minlash va saqlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida rejali asosda jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar, shuningdek har yili kasbga yaroqlilikni tekshirish tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuchni, maxsus vositalarni, sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llash bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga yaroqlilik nuqtai nazaridan maxsus tayyorgarlikdan, davriy tekshiruvdan o‘tishi shart. Davlat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishni mehnatga munosib haq to‘lashni belgilash, uy-joy hamda yer uchastkalari bilan ta’minlash, imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va avtokreditlar berish, ularning sog‘lig‘i hamda mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, davlat pensiya ta’minotini berish, harbiy xizmatchilarga, pensionyerlarning belgilangan tarkibiga va ularning oila a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy yordam berish hamda ijtimoiy himoyaning boshqa turlari bilan ta’minlash orqali kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan chegaradagi yoshiga to‘lgan, yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kelgusida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lgan harbiy xizmatchilariga haqiqiy harbiy xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan ular bilan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga yangi kontrakt tuzish orqali bir necha bor uzaytirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining haqiqiy harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy tartibda qabul qilingan harbiy xizmatchilar, shuningdek qabul qilinguniga qadar harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan, kalendar hisobida o‘n yil xizmat qilgan ayollar ofitserlik unvonida bo‘lgan chog‘ida bo‘shatilgan taqdirda, ularning: oliy ta’lim tashkilotining kunduzgi o‘quv shaklida o‘qigan vaqti ushbu o‘qishning bir oyi xizmatning bir oyiga tenglashtirilgan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi; ular haqiqiy harbiy xizmatga qaysi harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha tayinlangan bo‘lsa, o‘sha mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan lavozimlardagi ish staji ham ushbu ishning bir oyi xizmatning bir oyiga tenglashtirilgan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida xizmatni o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining oila a’zolari, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxs xizmat qilgan yillardan qat’i nazar, unga berilgan xizmat turar joyini bepul xususiylashtirish huquqiga ega. Boshqa davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazish tartibida qabul qilingan va maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxslar uchun oldingi maxsus unvonda bo‘lish muddati imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va avtokreditlar berish uchun xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga qonunchilikda harbiy xizmatchilarga nisbatan belgilangan boshqa ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar ham beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida hokimiyat vakillari hisoblanadi va davlat himoyasida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, ularga qarshilik ko‘rsatish, ularga nisbatan tahdid yoki zo‘rlik qilish, xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ularning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi xizmat majburiyatlarini yoki xizmat burchini bajarishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat safariga yuborilganda, bo‘sh joy mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, transportning barcha turlariga yo‘l chiptalarini navbatsiz olish va mehmonxonalarga navbatsiz joylashish huquqidan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ularning xizmat majburiyatlari jumlasiga kirmaydigan vazifalarni bajarishga jalb qilish taqiqlanadi. Bevosita va to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlaridan tashqari, hech kim ularning xizmat faoliyatiga aralashishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi bevosita hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlarining o‘ziga nisbatan qabul qilinadigan qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga shikoyat qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining vakili ishtirokisiz yoki sudning qarorisiz uni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishga, uning yonidagi ashyolarni, uning foydalanuvidagi transport vositalarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan uning jinoyat sodir etishi chog‘ida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin ushlanganligi hollari mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilgan taqdirda ularga harbiy xizmatga qabul qilinguniga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, avvalgi ishi (lavozimi) mavjud bo‘lmaganda esa ularning mutaxassisligi hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlaridagi o‘zga teng darajadagi ish (lavozim) birinchi navbatda beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari belgilangan namunadagi formali harbiy kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy mol-mulk bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi. Kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan O‘zbe
73
63,510
Qonunchilik
Import-eksport rasmiylashtirilishini yaхshilash boʻyicha taklif kiriting
Adliya vazirligi ayrim idoralarning tovarlar importi va eksportini rasmiylashtirish jarayoni yuzasidan tadbirkorlarning takliflarini jamlamoqda. Adliya vazirligining хabar berishicha, ayni paytda tovarlar eksporti va importi jarayonini soddalashtirish boʻyicha ish olib borilmoqda. Shu munosabat bilan tadbirkorlar veterinariya, karantin, standartlashtirish organlari, sanitariya-epidemiologiya хizmati hamda davlat bojхona хizmatining ushbu operatsiyalarni rasmiylashtirishiga doir fikr-mulohazalari va takliflarini yoʻllashlari mumkin.  Takliflar Adliya vazirligining @qonunchilikbot telegram-boti orqali joriy yil 2 fevralgacha qabul qilinadi.
72
646
Qonunchilik
kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘r
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: 2018-yil 30-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — KAITJ) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda 24 yilda so‘ndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2,5 foizdan oshmaydigan 9,0 million Kuvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSh dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolandi; loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi va ular davlat ekspertizasidan o‘tkazildi. 2. Quyidagilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida 2018-yilda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq; Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining qarzi yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa to‘lovlarni so‘ndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: loyihani amalga oshirishni umumiy tarzda muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan bajariladi; “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va KAITJ qarzi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhi zimmasiga KAITJ ishtirokida loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklandi. 4. Quyidagilar belgilansin: QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-sonli qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobidan amalga oshiriladi; QAITJdan kelib tushgan mablag‘larning (ko‘chirilgan kundagi) so‘mdagi ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazib beriladi; “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning ushbu hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar uch bank ish kunida dasturni amalga oshirish doirasida tashqi injener tarmoqlari va transport aloqalari qurilishni moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hududiy filiallarining 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan KAITJ o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bosh direktori K.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.
250
6,774
Qonunchilik
“Oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshkulo
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshkulov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
551
Qonunchilik
O‘rmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish, qayta tiklash va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, o‘rmonlardan oqilona foydalanishni tashkil etish, o‘rmonlarga salbiy ta’sirlarning, ular holatidagi o‘zgarishlarning o‘z vaqtida oldini olish, ularni aniqlash, baholash va prognoz qilish yuzasidan o‘rmonlar monitoringi hamda o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘rmonlar monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-yil 31-dekabrga qadar: respublika hududida mavjud bo‘lgan o‘rmonzor yer maydonlarini; Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika hududida mavjud bo‘lgan tabiiy holda o‘suvchi o‘simlik va hayvonot dunyosi tur tarkibi va uning zaxiralarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin. 3. Belgilansinki, respublika hududidagi o‘rmon fondi yer maydonlarini hamda ushbu hududlarda mavjud bo‘lgan tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari, tarkibi va ularning zaxiralarini xatlovdan o‘tkazishni moliyalashtirish manfaatdor vazirlik va idoralarga yillik ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida hamda ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 2. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish davlat o‘rmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ularga yillik ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida hamda ularning o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) tomonidan o‘rmon fondi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni nazorat qilish hamda o‘rmonlarning miqdor va sifat holatiga davriy aniqlik kiritib borish maqsadida amalga oshiriladi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: o‘rmonlarning davlat hisobi — o‘rmonlarning holati va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari — o‘rmon tuzish loyihalari, davlat o‘rmon fondini xatlovdan o‘tkazish va tekshirish materiallari asosida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan to‘ldirilib, tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadigan hujjatlar; o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari — belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq alohida himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, rekreatsion, ilmiy, tarixiy yoki boshqa maxsus maqsadlar bo‘yicha ajratilgan o‘rmonlar. 5. O‘rmonlarning davlat hisobi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida yuritiladi. 6. O‘rmonlar holatida bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rmonlarni kuzatish va boshqa o‘rganish materiallari asosida o‘rmon xo‘jaligini yurituvchi subyektlar tomonidan har yili o‘rmon kadastri va hisobga olish hujjatlariga kiritib boriladi. 7. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarida davlat o‘rmon fondining hududiy, geografik joylashuvi, maydoni, qo‘riqlanish toifalari, o‘rmonzorlarning tur tarkibi, daraxt va butalarning turlari, ular zaxirasining miqdori va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar aks ettiriladi. 8. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari yangilangan ma’lumotlar asosida, qoida tariqasida, har o‘n yilda bir marotaba yangilab boriladi. 9. O‘rmonzorlar mavjud bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlarga o‘rmonlarning davlat hisobi yuritilishida Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi. 10. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tayyorlanadi. 11. Davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari bilan kelishiladi. 12. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari viloyat, tuman (shahar)lar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi. 13. Davlat o‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hamda o‘rmonzorlar mavjud bo‘lgan subyektlar o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini o‘rmonlarning davlat hisobi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning 1-fevraliga qadar Qo‘mitaning hududiy organlariga taqdim etishlari shart. 14. Qo‘mitaning hududiy organlari tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari bilan birgalikda davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limlari bilan kelishilgan holda, fevral oyining 15 sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) hokimiga tasdiqlash uchun kiritadi. 15. Qo‘mitaning hududiy organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari bilan birgalikda davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlash haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyat hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va mart oyining 1 sanasiga qadar belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi. 16. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini umumlashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) hokimining qarori o‘rmonlarning davlat hisobi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning mart oyi 15 sanasiga qadar qabul qilinadi va ushbu qaror 15 kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki tegishli viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini o‘rmonlarning davlat hisobi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning aprel oyi 15 sanasiga qadar tegishli qaror nusxasi bilan birgalikda Qo‘mitaga taqdim etadi. 18. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari kelgusida o‘rmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqish va davlat o‘rmon kadastrini yuritishda foydalanish uchun Qo‘mitada doimiy saqlanadi. 19. O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘ri tuzilishiga o‘rmonlarning davlat hisobini olib boruvchi subyektlarning rahbarlari mas’ul hisoblanadi. 1. Mazkur Nizom o‘rmonlar monitoringini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: o‘rmonlar monitoringi — o‘rmonlarga salbiy ta’sirlarning o‘z vaqtida oldi olinishi uchun davlat o‘rmon fondi holatidagi o‘zgarishlarni aniqlash, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlardan iborat axborot tizimi; o‘rmon monitoringi hujjatlari — o‘rmon xo‘jaliklari, tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladigan o‘rmonlar monitoringi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi; o‘rmonlar monitoringi obyekti — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o‘rmonzorlar; o‘rmon patologiyasi monitoringi — vaziyatni tezkor baholash, o‘z vaqtida bashorat qilish, patologik o‘zgarishlarni tezkor aniqlash orqali o‘rmonlarni muhofaza qilish, o‘rmonlarni boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilish maqsadida o‘rmonlarning patologik holatini tezkor nazorat qilish, o‘rmon zararkunandalari va kasalliklari ta’sirida ular barqarorligining buzilishi natijasida zararlanishi, antropogen ta’sirlar natijasida o‘rmon patologiyasidagi mavjud o‘zgarishlarni sifatli baholash tizimi; o‘rmon yong‘inlari monitoringi — o‘rmonlarni yong‘indan himoya qilish, yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari monitoringini yuritish, yong‘inlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, o‘rmon yong‘inlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, yong‘in xavfini bashorat qilishga qaratilgan o‘rmon yong‘inlari kuzatuvi tizimi; radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit texnogen ifloslangan zonalardagi o‘rmonzorlar monitoringi — o‘rmon fondi yerlariga, o‘rmon fondidagi o‘rmon resurslariga va mahsulotlariga atrof-muhitning antropogen ifloslanishi ta’sir etish darajasini o‘rganish tizimi. 3. O‘rmonlar monitoringining maqsadi o‘rmonlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan tabiiy va texnogen holatlarning o‘rmonlarga ta’sirini tezkor kuzutib borish, o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, o‘rmonlarni qo‘riqlash, muhofaza qilish, o‘rmon resurslaridan samrali foydalanish va o‘rmonchilik tizimini barqaror boshqarish borasida kelgusidagi ishlarni prognozlash hamda davlat o‘rmon fondidagi o‘zgarishlar holatini tezkor kuzatib borishdan iborat. 4. O‘rmonlar monitoringi davlat o‘rmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ularga yillik ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida hamda ularning o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 5. O‘rmonlar monitoringi Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tashkil etiladi va davlat o‘rmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida mavjud bo‘lgan o‘rmonzorlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. 6. O‘rmonlar monitoringi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida yuritiladi. 7. O‘rmonlar monitoringi quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: o‘rmon resurslari va o‘rmon fondi yerlari monitoringi; o‘rmon patologiyasi monitoringi; o‘rmon yong‘inlari monitoringi; radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit texnogen ifloslangan zonalardagi o‘rmonzorlar monitoringi. 8. O‘rmon resurslari va o‘rmon fondi yerlari monitoringi o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish va o‘rmon tuzish ma’lumotlariga asoslanadi hamda o‘rmon resurslari va o‘rmon fondi yerlaridagi joriy o‘zgarishlar baholanishini ta’minlaydi. 9. O‘rmon patologiyasi, o‘rmon yong‘inlari hamda radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit texnogen ifloslangan zonalardagi o‘rmonzorlar monitoringi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan amalga oshiriladi hamda Qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi. 10. O‘rmonlar monitoringi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rmon xo‘jaliklari, tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha Qo‘mita hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi va har chorakda Qo‘mitaga taqdim etiladi. 11. O‘rmonlarning monitoringi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘rmonlarning holati va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi. 12. O‘rmonlarning monitoringi quyidagi asosiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi: o‘rmonlarning monitoringi o‘rmon tuzish loyihalari asosida, o‘rmon tuzish ishlari o‘tkazilmagan joylarda esa, davlat o‘rmon fondini hisobga olish, o‘rmonni xatlovdan o‘tkazish, o‘rmon kadastri, o‘rmon monitoringi hujjatlari va boshqa o‘rmonlarni o‘rganish materiallari asosida olib boriladi; o‘rmonlarning monitoringi o‘rmon fondi tizimidagi bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida monitoring olib borish maqsadida o‘rmonlarning miqdor va sifat holatiga davriy aniqliklar kiritib borilishini ta’minlashi lozim; o‘rmonlar holatida bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rmonlarni kuzatish va boshqa o‘rganish materiallari asosida o‘rmon xo‘jaligini yurituvchi subyektlar tomonidan har yili o‘rmon kadastri va hisobga olish hujjatlariga kiritib boriladi; o‘rmonlarning monitoringini amalga oshirish hujjatlarida o‘rmon fondining umumiy tavsifi, o‘rmondan foydalanish, o‘rmon barpo qilish va tiklash tadbirlari, o‘rmonlarga salbiy ta’sirni baholash, o‘rmon bilan qoplangan maydondagi o‘zgarishlar, o‘rmonlarni muhofaza qilish tadbirlari va o‘rmon yong‘inlaridan saqlash to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar aks ettiriladi. 13. Respublika bo‘yicha o‘rmonlarning monitoringi hujjatlarini umumlashtirish va o‘rmon monitoringi hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan idoraviy nazorat Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. 14. O‘rmon fondi yerlari doimiy foydalanishga biriktirib qo‘yilgan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi o‘rmonzorlari mavjud bo‘lgan tashkilotlarga o‘rmonlar monitoringi yuritilishida Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi. 15. O‘rmonlarning monitoringini yuritish hujjatlari mazkur hujjatlarni tuzgan tashkilot rahbari va mas’ul xodim tomonidan imzolanadi. 16. O‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy foydalanishga biriktirib qo‘yilgan o‘rmonzorlari mavjud tashkilotlar o‘rmonlar monitoringini yuritish hujjatlarini o‘rmonlar monitoringi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning 1-fevraliga qadar Qo‘mitaning hududiy organlariga umumlashtirish uchun taqdim etishlari shart. 17. O‘rmonlar monitoringini yuritish hujjatlari viloyat, tuman (shahar)lar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi. 18. Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan o‘rmonlarning monitoringi umumlashtirilgandan so‘ng o‘rmonlar monitoringi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning 1-martiga qadar respublika bo‘yicha umumlashtirish uchun Qo‘mitaga taqdim etiladi. 19. O‘rmonlarning monitoringini yuritish hujjatlari kelgusida o‘rmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqilishida foydalanish uchun Qo‘mitada doimiy saqlanadi. 20. O‘rmonlarning monitoringini yuritish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘ri tuzilishiga o‘rmonlarning monitoringini yurituvchi subyektlar rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
104
14,982
Qonunchilik
Oziq-ovqat bozorlarida savdo shoхobchalarini onlayn-auksion orqali ijaraga olish mumkin boʻladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oziq-ovqat tovarlari bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalari va savdo joylarini taqsimlashni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Toshkentdagi oziq-ovqat bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalarini «Elektron onlayn-auksionlarni tashkillashtirish markazi» DUK tomonidan tashkil qilinadigan «E-IJRO AUKSION» onlayn-auksionlar orqali ijaraga berish taklif etilmoqda. Quyidagilar rejalashtirilmoqda: Tizimning butun respublika boʻylab joriy qilinishi 2019 yil 1 avgustdan keyinga moʻljallangan. Hujjat bilan oziq-ovqat bozorlarida turgʻun savdo shoхobchalarini ijaraga berish boʻyicha elektron maydonni ishlab chiqish va joriy qilish «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash taklif etilmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Gayevoy.
95
862
Qonunchilik
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
213
441
Qonunchilik
Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yaylovlardan yanada samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yaylovlar almashinishi — yaylovlarni saqlash va takror ko‘paytirishga qaratilgan tadbir, yaylov uchastkalaridan davriy ravishda va navbati bilan foydalanish; yaylovlar almashinishi rotatsiyasi — yaylovlardan foydalanishning bir necha yillar davomida ishlab chiqilgan tizimi; yaylov degressiyasi — ozuqa qiymatiga ega, chorva mollari o‘tlatilmagan o‘simliklar, tartibsiz va ortiqcha chorva mollarini o‘tlatish natijasida tuproq degradatsiyasiga uchragan yaylovlarda tabiiy yaylov o‘simliklarining yo‘qolishi va o‘zgarishi; yaylov infratuzilmasi — yaylov chorvachiligida foydalaniladigan sug‘orish inshootlari (chorva mollarini va yaylovlarni sug‘orish uchun jihozlangan va ishlatiladigan chashmalar, quduqlar, boshqa sug‘orish punktlari, nasos stansiyalari, kanallar), suv o‘tkazgichlar, chorva mollari o‘tadigan joylar, yo‘llar, qo‘ralar, sun’iy urug‘lantirish punktlari, chorva mollarini o‘tlatish uchun o‘rab olingan hududlar, sug‘orish va dam olish joylari, cho‘ponlar vaqtincha yashaydigan joylar, shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk obyektlari; yaylovlarni takror ko‘paytirish — yaylovlardagi tuproq unumdorligini, o‘simlik qoplamining miqdor va sifat holatini saqlab turishning tabiiy jarayonlariga ko‘maklashish; yaylovlarni tiklash — yaylov o‘simliklarining muayyan turlarini ekish chora-tadbirlari; yaylovlardan foydalanuvchilar — yaylovlarda chorva mollarini boqadigan va qonunda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar; yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari — ma’lum joyning o‘simlik qoplamasini unga zarar yetkazmasdan o‘tlatiladigan yaylovlar birligiga tegishli shartli chorva mollari soni. 3. Yaylovlar almashinishini ta’minlashga oid hujjatlar yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, ularni saqlash va takror ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqiladi. Chorva mollarini o‘tlatish va pichan o‘rish belgilangan norma va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Yaylovlar almashinishini tashkil qilish uchun asoslangan ma’lumotlar geobotanik tadqiqotlar va yaylovlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari natijasida olinadi. 5. Yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish va xatlovdan o‘tkazish, yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda “O‘zdaverloyiha” DILI deb ataladi) tomonidan rejaga muvofiq har besh yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Yaylovlardan foydalanuvchilar: “O‘zdaverloyiha” DILIdan o‘zlariga tegishli yaylov uchastkalari to‘g‘risidagi mavjud geobotanik tadqiqotlar va xatlov ma’lumotlarini tekin olishlari; yaylovlarda o‘tkaziladigan geobotanik tadqiqotlar va xatlov ishlarini belgilangan rejada ko‘rsatilgan muddatni kutmasdan o‘z hisobidan shartnoma asosida “O‘zdaverloyiha” DILIga buyurtma berishlari; ushbu Nizomda qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarida yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilashlari va yaylovlar almashinishini mustaqil ta’minlashlari; yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash bo‘yicha tuman (shahar) hokimiga takliflar kiritishi mumkin. 6. Yaylovlar almashinishi quyidagi ma’lumotlar asosida ta’minlanadi: yaylovlar maydoni; yaylov o‘simliklarining tur tarkibi, holati va ozuqa birligi; yaylovlar infratuzilmasi; yaylovlardan foydalanish mumkin bo‘lgan yaylov mavsumi va uning davomiyligi. 7. Yaylov o‘simliklarining tarkibi va holatiga oid ma’lumotlar geobotanik tadqiqotlar vaqtida olinadi va muayyan yaylov uchastkalarining tiplari, yaylov turlarining tarkibi hamda hosildorligi to‘g‘risidagi axborotlardan iborat bo‘lib, ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi. 8. Yaylovlarning maydoni va infratuzilmasiga oid ma’lumotlar yaylovlarni xatlovdan o‘tkazish vaqtida olinadi hamda ular ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan shaklga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari to‘g‘risidagi axborotlardan, shuningdek, reja-kartografik materiallarda tasvirlangan yaylovlar infratuzilmasi axborotlaridan iborat bo‘ladi. 9. Yaylovlar almashinishi bilan yaylovlarning unumdorligini oshirishga, ularning ayrim joylarini yilning muayyan fasllarida foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarib tashlash yo‘li bilan o‘tlarni yaxshilash va yangilashga erishiladi. Yaylovlar almashinishini ta’minlashda yaylovlar almashlab o‘tlatish maydonlariga va maydonlar navbatdagi o‘tlatish uchastkalariga bo‘linadi hamda ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan shaklga muvofiq yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi tuziladi. 10. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi bir necha yil uchun tuziladi. Unga yaylovlarni parvarish qilish va undan foydalanish tadbirlari kiritiladi. 11. Yaylovlar almashinishida bir turdagi chorva mollarini o‘tlatishda foydalaniladigan uchastkalar birlashtiriladi. Yaylovlar almashinishidagi yillar davriyligi yaylovlar maydonining sonini belgilaydi. Yaylovlar almashinishi rotatsiyasi yaylovning turi, tuproqlariga va iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 12. Yil davomida chorvani o‘tlatishda foydalaniladigan cho‘l, yarim cho‘l va tog‘oldi yaylovlari uchun yil fasllari bo‘yicha ketma-ket o‘tlardan foydalanish orqali to‘rtta to‘liq yaylov almashinishi tavsiya qilinadi (1-maydon — bahor, 2 — yoz, 3 — kuz, 4 — qish). Bunda: Har bir maydonda bir martalik o‘tlatish navbatdagi o‘tlatish uchastkasiga bo‘lish orqali amalga oshiriladi. 13. Yoz mavsumida foydalaniladigan tog‘li yaylovlar uchun 3 yillik rotatsiya bilan yaylovlar almashinishini uchta uchastkada almashlab o‘tlatish tavsiya etiladi. 14. Bir nechta turdagi yaylovni o‘z ichiga oluvchi katta yaylov maydoniga ega yaylov xo‘jaliklari uchun turli fasllarda yaylovlardan foydalanish orqali yaylovlar almashinishini tatbiq etish mumkin. 15. Dam olishga va o‘t o‘sishga qoldirilgan yaylov uchastkalari bir vaqtning o‘zida sug‘urta jamg‘armasi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni o‘t o‘sish noqulay bo‘lgan yillarda chorva mollarini o‘tlatish uchun foydalaniladi. 16. Yaylovlar almashinishini tashkil etishda navbatdagi o‘tlatish uchastkalarini va maydonlarini loyihalash uchun quyidagi talablar hisobga olinadi: navbatdagi o‘tlatish uchastka va maydonlarning tuproq va geobotanik nuqtai nazardan bir xilligi; navbatdagi o‘tlatish uchastka va maydonlarining shakli va o‘lchamlarining qulayligi; almashlab o‘tlatish maydonlarining relyefi, shamol yo‘nalishi va qutbiy tomonlari; yaylovlar infratuzilmasi; chorva mollarini o‘tlatish joylaridan 5 kilometrdan uzoq bo‘lmagan radiusda jihozlangan sug‘orish punktining mavjudligi. 17. Sug‘orish punktlari va yaylov almashinishi maydonlari o‘rtasidagi aloqani amalga oshirish uchun 20 — 30 metr kenglikdagi chorva mollarini haydab o‘tish yo‘llari loyihalanadi va sim to‘r bilan chegaralanadi. 18. Yaylovlarda yaylovlar almashinishini tashkil etishning o‘lchami mavjud yaylov maydonlarining soni va 15 foizlik sug‘urta jamg‘armasini hisobga olgan holda o‘rtacha yillik yem zaxirasi talabidan kelib chiqib o‘rnatiladi. 19. Yaylovlarning ma’lum bir uchastkasida chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari yaylov o‘simliklarining hosildorligi va chorva mollarini oziqlantirish imkoniyatlariga qarab quyidagi formula bilan hisoblab chiqiladi: Ren — ma’lum bir yaylov uchastkasida shartli chorva mol boshiga nisbatan chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan normasi; Oz — yaylovlarni taqsimlash muddatlarini hisobga olgan holda ma’lum bir yaylov uchastkasining sentner hisobidagi ozuqa zaxirasi yaylovlardan foydalanish davomiyligining kalendar muddatidan kelib chiqib, mazkur uchastkadagi yaylov o‘simliklarining hosildorligini uning maydoniga ko‘paytirish orqali olinadi; Yo‘m — bitta shartli bosh molni o‘tlatish uchun ketadigan yaylov ozuqasining o‘rtacha yillik me’yori 3,74 sentner ozuqa birligini tashkil qiladi; 85 — yaylov ozuqasi zaxirasini hisobga olish foizi, 15 foiz ob-havo sharoitlari yomonlashgan taqdirda sug‘urta jamg‘armasi sifatida qoldiriladi. 20. Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini hisoblash ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq amalga oshiriladi. 21. Bitta shartli bosh uchun qorako‘l yoki Romanov qo‘ylari qabul qilingan. Bir bosh chorva moli va parrandani shartli boshga o‘girish koeffitsiyenti ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi “O‘zdaverloyiha” DILI va yaylovdan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi, bunda yaylovni xatlovdan o‘tkazish va geobotanik tadqiqot natijalari olingandan keyin uch oy davomida yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari hisoblanadi hamda tuman (shahar) hokimiga, o‘rmon fondi yaylovlarida esa O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 23. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari bir hafta davomida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan, o‘rmon fondi yaylovlarida esa O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va “O‘zdaverloyiha” DILIga qaytariladi. Agar, yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari yaylovlardan oqilona foydalanish, saqlash, ta’minlash va tiklashni ta’minlamagan taqdirda, muddati ko‘rsatilgan holda qayta ishlash uchun “O‘zdaverloyiha” DILIga qaytariladi. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yilgan foydalanish normalari tasdiqlanmagan hududlarda chorva mollarini boqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yaylovlardan foydalanishga zarur ehtiyoji bo‘lgan, chorva mollarini saqlash uchun yem-xashak sotib olishga imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarning chorva mollarini boqishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tartibga solinadi. 24. “O‘zdaverloyiha” DILI yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari tuman (shahar) hokimi tasdiqlagandan keyin bir hafta davomida reja-kartografik materiallarni ilova qilgan holda tegishli yaylovdan foydalanuvchiga taqdim qiladi. 25. O‘rmon fondi yaylovlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari hamda muddatlari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining hududiy bo‘limlari tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 26. Yaylovlar almashinishiga doir hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq amalga oshiriladi. 27. Yaylovlar belgilangan maqsadlar uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin. 28. Yaylovlardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin: chorva mollarini o‘tlatish; pichan o‘rish; dorivor o‘simliklarni yig‘ish; yaylovlarni qayta tiklash maqsadida urug‘ yig‘ish; yaylov o‘simliklarini ekish; yaylov infratuzilmasini yaratish. 29. Yaylovlardan foydalanuvchilar tasdiqlangan yaylov almashinishi kalendar-rejasiga va mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq chorva mollarini o‘tlatish muddatlari va mavsum davomiyligiga muvofiq yaylovlardan foydalanadi, saqlaydi va tiklaydi. 30. Yaylovdan foydalanish huquqi yaylov degressiyasini ifodalovchi yaylovlardan oqilona foydalanmagan taqdirda tugatiladi. 31. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar. 1. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yaylovlarda olib borilgan geobotanik tadqiqotlar materiallaridan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlashda, farmatsevtika sanoatida tabiiy shifobaxsh o‘simliklarning tarqalishini aniqlashda, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishda, yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishda, yaylov o‘simliklarining ozuqaboplik xususiyatlarini kadastr jihatdan baholashda, yaylovlarda chorva mollarini almashlab boqishni tashkil etishda, yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalaniladi”. 2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: ““Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan rejaga muvofiq, yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlari har besh yilda bir marotaba (yillar bo‘yicha hududlar bo‘yicha) o‘tkaziladi. Yaylovlar monitoringini olib borish ishlari muntazam ravishda (mavsumiy) olib boriladi”. 3. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Geobotanik tadqiqot ishlarining yakunlari “O‘zdaverloyiha” instituti tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga taqdim etiladi”. 4. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Dala kuzatuv natijalari asosida quyidagi tartibda kameral ishlar amalga oshiriladi: yaylov va pichanzorlarda uchraydigan o‘simliklar turi, nomi, hosildorligining ozuqa birligi va o‘simliklar bilan qoplanishi o‘simliklar turlarining degradatsiya darajasi aniqlanadi (3-ilova); yaylov o‘simliklari turlari (konturlar) bo‘yicha maydonlar hisoblanadi va qaydnomada qayd qilinadi (planshetlar bo‘yichaGauss-Kryuger jadvali); dala kuzatuv ishlari ma’lumotlari asosida planshetlar bo‘yicha o‘simliklar turlari geobotanik elektron raqamlangan masshtabli xaritalar yaratiladi (1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000) (4-ilova). Dala deshifrovka ma’lumotlari asosida quyidagi elektron raqamli xaritalar yaratiladi: geobotanik xarita (tiplari bo‘yicha); yaylovlarning suv bilan ta’minlanganlik holati aks ettirilgan yaylov va pichanzorlar xaritasi. Geobotanik xaritada zararli va zaharli o‘simliklar joyi, nomlari ko‘rsatiladi. Yaylov va pichanzorlar xaritasida yaylovlar hosildorligi, maqomi, degradatsiyasi, eroziyasi va madaniy holati, shuningdek, suv inshootlarining ishlash yoki ishlamasligi ko‘rsatiladi. O‘rmon xo‘jaligi yerlari uchun alohida geobotanik yaylov xaritasi yaratiladi. Geobotanik tadqiqotlar bo‘yicha hisobotlar tuziladi. Hisobotda o‘simlik tiplari va maydonlarining o‘zgarganligi, yangi tiplarning paydo bo‘lishi, degradatsiyaga uchragan maydonlar, hosildorlikning o‘zgarishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi”.
198
16,315
Qonunchilik
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi QL–164-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi tomonidan 2016-yil 14-oktabrda kiritilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi QL–164-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
106
658
Qonunchilik
Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PQ-4301-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, xalqaro standartlarga mos bo‘lgan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam turlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2019-yil 27-iyunda Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — EDCF jamg‘armasi) tomonidan “Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 0,15 % yillik foiz stavkasida jami 124 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan miqdorda Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilishi ma’qullanganligi; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va EDCF jamg‘armasi o‘rtasida 2021-yil 28-yanvarda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolanganligi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 2020-yil 1-iyulga qadar ma’qullangan, to‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek, ularni olib kirishga qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinmasligi qonunchilik hujjatlarida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) EDCF jamg‘armasi qarzidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi; “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda — Milliy bank) EDCF jamg‘armasi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi; EDCF jamg‘armasi bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa to‘lovlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplanadi. 3. Quyidagilar: “Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq; “Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi bo‘yicha Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamg‘armasi bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan Vazirlik va Milliy bank (moliyaviy agent) o‘rtasida EDCF jamg‘armasi qarzidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha agentlik bitimini imzolash vakolati berilsin. 5. Milliy bankka EDCF jamg‘armasi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga “Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobiga loyihani amalga oshirish doirasida tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahar hokimligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan sobiq 56-son harbiy shaharcha hududining: Bolalar milliy tibbiyot markazi va yer usti metro liniyasi oralig‘idagi 15,3 gektar bo‘sh yer uchastkasini bir hafta muddatda Toshkent shahar hokimligi zaxira fondiga topshirilishini; er usti metro liniyasi va “Qorasuv” ko‘chasi oralig‘idagi 5,05 gektar yer uchastkasining ushbu hududda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bilan birgalikda belgilangan tartibda ko‘chirilgandan so‘ng Toshkent shahar hokimligi zaxira fondiga olinishini ta’minlasin. Toshkent shahar hokimligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Toshkent shahar hokimligi zaxira fondiga olingan 15,3 gektar bo‘sh yer uchastkasining 10 gektarini loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berilishini ta’minlasin. 9. Vazirlik: a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda loyiha va kelgusida EDCF jamg‘armasi qarzi hisobiga sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli loyihalarni muvofiqlashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan 6 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan birlashgan loyihalarni amalga oshirish guruhini tashkil qilsin va uni yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin; b) Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda loyiha doirasida olib kelinadigan tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni, istisno tariqasida, davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda majburiy sertifikatsiyalashtirishdan ozod etgan holda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalari bo‘yicha loyihada ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
224
6,031
Qonunchilik
MOLIYAVIY HISOBOT ShAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISh BO‘YIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. Moliyaviy hisobot shakllari quyidagi ilovalarga muvofiq tasdiqlansin: 1-sonli “Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl; 2-sonli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” — 2-sonli shakl; 4-sonli “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot” — 4-sonli shakl; 5-sonli “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” — 5-sonli shakl; 2. Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalari 7-sonli ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Mazkur buyruq bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni barcha xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, auditorlik tashkilotlari va birjalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar — 2004-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, sug‘urta tashkilotlari va banklar bundan mustasno. 5. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin birjalarga nisbatan quyidagilarning amal qilishi bekor qilinsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart — Normativ hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 6-son); O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 12-iyuldagi 86-son “O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 7-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117-1, 2002-yil 22-iyul — Normativ hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 14 -son). 1. Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar (budjet tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), shuningdek o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob hisobiga ega bo‘lgan soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 942, 2000-yil 3-iyul) bilan belgilanadi. 2. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl; b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl; g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4-son shakl; d) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-son shakl. 3. Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl; b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl. 4. Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi — 1-son shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. 5. Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi. Agar balans yil boshida o‘zgartirilgan bo‘lsa, tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablariga izoh beriladi. Unda keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati ham keltiriladi. Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga o‘tkazilsa, qayta baholash natijalari hisobot yilining boshidagi moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yilning oxiridagi va hisobot yilining boshidagi ko‘rsatkichlarning mos kelmasligi, hisobot yilining birinchi sanasiga o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotiga tuzilgan tushuntirish xatida bayon etiladi. 6. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-son) 10-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq idoralariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar. 7. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va belgilangan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Agar korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satr, ustun) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) bo‘shlig‘i chizib qo‘yiladi. 8. Moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: a) “Korxona, tashkilot” rekviziti — korxonaning to‘liq nomi (o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga ko‘ra uning kodi ko‘rsatiladi; b) “Faoliyat turi” rekviziti — korxonaning iqtisodiy faoliyat turi va IFUTga ko‘ra iqtisodiy faoliyat kodi ko‘rsatiladi; v) “Tashkiliy-huquqiy shakli” rekviziti — korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va THShTga ko‘ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko‘rsatiladi; g) “Mulkchilik shakli” rekviziti — korxonaning mulkchilik shakli va MShTga ko‘ra mulkchilik shaklining kodi ko‘rsatiladi; d) “Vazirlik, idora va boshqalar” rekviziti — ixtiyorida korxona bo‘lgan va moliyaviy hisobot yo‘naltiriladigan organning nomi(agar u mavjud bo‘lsa) hamda DBIBTga ko‘ra ushbu organning kodi ko‘rsatiladi; e) “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti — STIR bo‘yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi; j) “Hudud” rekviziti — MHOBT bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi; z) “Manzil” rekviziti — korxonaning to‘liq yuridik manzili ko‘rsatiladi. 9. Moliyaviy hisobotni tuzishda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish lozim. 10. Korxona va tashkilotlarning mustaqil balansga ajratilmagan barcha alohida bo‘linmalarining faoliyati ko‘rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko‘rsatkichlari tarkibiga kiritilishi lozim. 11. Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish) paytigacha bo‘lgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari bo‘yicha hisobot taqdim etadi. 1-oktabrga qadar yangi tashkil etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda, ular o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan oyning 1-sanasidan boshlab hisobot yilining 31-dekabriga qadar muddatdagi, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab keyingi yilning 31-dekabrigacha (31-dekabr ham kiradi) muddatdagi mablag‘lar va ularning manbalarini ko‘rsatadilar (ko‘rsatilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar va ularning alohida bo‘linmalari bazasida tashkil etilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi). 12. Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o‘tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” da (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan haqiqatda mavjud qiymatliklarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga qaraganda farqlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlari ham inventarizatsiyadan o‘tkazilishi kerak va ular solishtirish dalolatnomalari yoki o‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim. 13. Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi (bundan buyon bosh buxgalter deb yuritiladi). Agar rahbar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u bosh buxgalter o‘rniga ham imzo qo‘yadi. 14. Moliyaviy hisobotda o‘chirishlar va bo‘yashlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan hollarda tegishli izohlar beriladi va ularni tuzatish sanasini ko‘rsatgan holda moliyaviy hisobotni imzolagan shaxslar tasdiqlaydi. 15. Joriy hamda o‘tgan yil hisobot ma’lumotlarini (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) ma’lumotlariga kiritiladi. O‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan fundamental (muhim) xatolarni tuzatish summasi moliyaviy hisobotda yil boshidagi taqsimlanmagan foyda saldosini o‘zgartirish orqali va aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning boshqa moddalariga tegishli tuzatishlar kiritish yo‘li bilan aks ettirilishi mumkin. Agar yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida daromadlarni yashirish yoki ishlab chiqarish xarajatlari (yoki muomala xarajatlari) tarkibiga ular bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirish hollari aniqlanganda o‘tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi. 16. Buxgalteriya balansi (keyingi o‘rinlarda — balans) tuzilguniga qadar hisobot davri oxiridagi analitik hisoblar bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar Bosh kitobdagi sintetik hisoblar bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar bilan albatta solishtirilishi kerak. 17. 3-ustunda hisobot davri boshiga ma’lumotlar, ya’ni oldingi hisobot davri uchun balansning 4-ustuni ma’lumotlari ko‘rsatiladi. 18. Asosiy vositalar balansda “Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati” (010-satr) moddasi bo‘yicha o‘z asosiy vositalari (ishlab turgan hamda konservatsiyada bo‘lgan) va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha ko‘rsatiladi va ularning hisobi asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisoblarda (0100) va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” hisobida amalga oshiriladi. Alohida “Eskirish summasi” (011-satr) moddasi bo‘yicha tashkilot tomonidan asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisoblarda (0100) va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar”hisobida hisobga olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi keltiriladi va ularning hisobi asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisoblarda(0200) amalga oshiriladi. “Qoldiq (balans) qiymati” (012-satr) moddasi bo‘yicha 010 “Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati” va 011 “Eskirish summasi” satrlari farqi aks ettiriladi. 19. Nomoddiy aktivlar balansda “Boshlang‘ich qiymati” (020-satr) moddasi bo‘yicha tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish huquqi, patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, tovar belgilari, sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlar, mualliflik huquqlari va boshqalar sifatida nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha ko‘rsatiladi va ularning hisobi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisoblarda (0400)amalga oshiriladi. Bu modda bo‘yicha hisobot davri uchun amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holdagi gudvill (firma narxi) summasi ham aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida gudvill (firma narxi) nomoddiy aktivining summasini hisobdan chiqarish alohida hisobda amortizatsiya summasi sifatida jamlanmasdan, bevosita 0480 “Gudvill”hisobi saldosini kamaytirishga olib boriladi. Alohida “Amortizatsiya summasi” (021-satr) moddasi bo‘yicha nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi keltiriladi va ularning hisobi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisoblarda (0500) yuritiladi. “Qoldiq (balans) qiymati” (022-satr) moddasi bo‘yicha 020 “Boshlang‘ich qiymati” va 021 “Amortizatsiya summasi” satrlari farqi aks ettiriladi. 20. “Uzoq muddatli investitsiyalar, jami” (030-satr)moddasi bo‘yicha 040, 050, 060, 070, 080-satrlarda ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, chet-el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarga qo‘yilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. Investor dividendlar olish huquqiga ega bo‘lgan va ushbu qo‘yilmalar bo‘yicha to‘liq mas’uliyatni zimmasiga olgan hollarda qimmatli qog‘ozlar balans aktivida ularning to‘la xarid qiymatida ko‘rsatiladi, ular bo‘yicha qoplanmagan summa balans passivida kreditorlar moddasiga taalluqli bo‘ladi. Qolgan hollarda xarid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida debitorlar moddasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. 21. “Qimmatli qog‘ozlar” (040-satr) moddasi bo‘yicha 0610 “Qimmatli qog‘ozlar” hisobida hisobga olinadigan obligatsiyalar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan summa ko‘rsatiladi, sho‘ba va qaram jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno. 22. “Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar” (050-satr) moddasi bo‘yicha 0620 “Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar” hisobida hisobga olinadigan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. 23. “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar” (060-satr) moddasi bo‘yicha 0630 “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”hisobida hisobga olinadigan qaram xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi. 24. “Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar” (070-satr) moddasi bo‘yicha 0640 “Chet-el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar”hisobida hisobga olinadigan chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari, ustav kapitaliga ulushlari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. 25. “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” (080-satr) moddasi bo‘yicha yuqorida sanalgan moddalarda hisobga olinmagan va 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”hisobida hisobga olinadigan uzoq muddatli investitsiyalarga kiritilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. 26. “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar” (090-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 0710 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy” va 0720 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” hisoblarida yuritiladigan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar haqiqiy qiymati bo‘yicha ko‘rsatiladi. 27. “Kapital qo‘yilmalar” (100-satr) moddasi bo‘yicha hisobi kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi hisoblarida (0800) yuritiladigan xo‘jalik va pudrat usulida amalga oshiriladigan tugallanmagan qurilish qiymati, foydalanishga topshirilmagan xarid qilingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, asosiy podani shakllantirish xarajatlari, shuningdek yerni, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga va boshqa vositalarga qo‘yilmalar summalari ko‘rsatiladi. 28. “Uzoq muddatli debitorlik qarzlari” (110-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 0910 “Olingan veksellar”, 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar”, 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari”, 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar” hisoblarida yuritiladigan olingan veksellarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar uchun olinadigan to‘lovlar qoldig‘i, xodimlarning uzoq muddatli qarzi va boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari ko‘rsatiladi. 29. “Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” (120-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i”, 0960 “Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”, 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisoblarida yuritiladigan vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i, diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar va boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar ko‘rsatiladi. 30. “I bo‘lim bo‘yicha jami” (130-satr) moddasi bo‘yicha 012, 022, 030, 090, 100, 110, 120-satrlar bo‘yicha summa ko‘rsatiladi. 31. “Tovar-moddiy zaxiralari, jami” (140-satr) moddasi bo‘yicha 150, 160, 170, 180-satrlarda ko‘rsatilgan ishlab chiqarish zaxiralarining qoldiqlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar summasi ko‘rsatiladi. 32. “Ishlab chiqarish zaxiralari” (150-satr)moddasi bo‘yicha materiallarni hisobga oluvchi hisoblarda (1000) hisobga olinadigan xom-ashyo zaxiralari, sotibolingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘ilar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, idish va idishbob materiallari, inventar va xo‘jalik jihozlari, qaytariladigan chiqindilar va boshqa moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi. Ushbu modda bo‘yicha, shuningdek, o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisoblarda (1100) hisobga olinadigan yosh hayvonlar; bo‘rdoqiga yaylovda boqilayotgan katta yoshdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilasi; sotish uchun asosiy podadan chiqarilgan (bo‘rdoqiga boqish uchun qo‘yilmagan) katta yoshdagi chorva mollar; aholidan sotish uchun qabul qilingan chorva mollarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi hisoblar (1500) va materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisoblardan (1600) foydalanilganda ushbu hisoblarda ko‘rsatilgan qimmatliklar “Ishlab chiqarish zaxiralari” moddasi bo‘yicha aks ettiriladi. 33. “Tugallanmagan ishlab chiqarish” (160-satr) moddasi bo‘yicha hisobi asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisoblar (2000), o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisoblar (2100), yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisoblar (2300), xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi hisoblarda (2700) amalga oshiriladigan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi. 34. “Tayyor mahsulot” (170-satr) moddasi bo‘yicha ishlab chiqarishi tugallangan, sinov va qabul qilishdan o‘tgan, buyurtmachilar bilan shartnoma shartlariga ko‘ra barcha qismlar bilan butlangan va texnik shartlar hamda standartlarga muvofiq bo‘lgan buyumlar qoldig‘i, ko‘rgazmada bo‘lgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) berilgan, tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisoblarda (2800) hisobga olinadigan tayyor mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulotlar va topshirilmagan ishlar tugallanmagan deb hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida ko‘rsatiladi. 35. “Tovarlar” (180-satr) moddasi bo‘yicha omborlardagi tovarlar qoldiqlari qiymati, chakana savdodagi tovarlar qiymati, ko‘rgazmada bo‘lgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) berilgan tovarlar qiymati, prokatdagi buyumlari, tovar bilan band bo‘lgan va bo‘sh idishlar qiymati, yo‘ldagi tovarlar, savdo ustamasini chegirgan holda savdo yoki umumiy ovqatlanishda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar xarid qilgan hisobga olinadigan boshqa tovarlar qiymati ko‘rsatiladi va ularning hisobi tovarlarni hisobga oluvchi hisoblarida (2900) yuritiladi. 36. “Kelgusi davr xarajatlari” (190-satr)moddasi bo‘yicha kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisoblarda (3100) aks ettirilgan, hisobot davrida amalga oshirilgan, lekin u taalluqli bo‘lgan muddat davomida keyingi hisobot davrlarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyati xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar summasi ko‘rsatiladi. Bunday xarajatlarga ommaviy axborot vositalari nashriga obuna bo‘yicha xarajatlar, oldindan to‘langan ijara haqi va boshqalar kiradi. 37. “Kechiktirilgan xarajatlar” (200-satr) moddasi bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisoblarda (3200) hisobga olingan vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘ining joriy qismi, diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar va boshqa kechiktirilgan xarajatlar ko‘rsatiladi. 38. “Debitorlar, jami” (210-satr) moddasi bo‘yicha 220, 240, 250, 260, 270, 280, 290, 300, 310-satrlarda ko‘rsatilgan xaridorlar va buyurtmachilar qarzlari, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xodimlarga berilgan bo‘naklar; budjetga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari; ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi va turli debitorlarning qarzlari summasining umumi sifatida jami debitorlik qarzi ko‘rsatiladi. 211-satrda ma’lumot uchun debitorlik qarzining muddati o‘tkazib yuborilgan qismi ko‘rsatiladi. 39. “Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi” (220-satr) moddasi bo‘yicha shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv chegirilgan xolda buyurtmachilar (xaridorlar)ga sotilgan mahsulot, tovarlar, topshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzlar ko‘rsatiladi. 40. “Ajratilgan bo‘linmalarning qarzi” moddasi bo‘yicha (230-satr) hisobi 4110 “Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan hisoblar”da yuritiladigan ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning joriy qarzi aks ettiriladi. Mazkur modda bo‘yicha axborotlar ma’lumot uchun keltiriladi. 41. “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi” (240-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 4120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan hisoblar”da yuritiladigan sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining joriy qarzlari (ichki idoraviy hisob-kitoblari) aks ettiriladi. Sho‘ba va (yoki) qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”ga (ro‘yxat raqami 580, 1998-yil 28-dekabr) muvofiq bosh jamiyatning moliyaviy hisobotida konsolidatsiyalanishi lozim. 42. “Xodimlarga berilgan bo‘naklar” (250-satr) moddasi bo‘yicha xodimlarga mehnat haqi bo‘yicha, xizmat safarlariga, umumxo‘jalik xarajatlariga va boshqa kelgusi hisob-kitoblar bo‘yicha berilgan bo‘naklar summasi ko‘rsatiladi. Xodimlarga berilgan bo‘naklar hisobi xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisoblarda (4200) yuritiladi. 43. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar” (260-satr) moddasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq, muddati bir yildan kam bo‘lgan kelgusi hisob-kitoblar uchun boshqa korxonalarga to‘langan bo‘naklar summasi ko‘rsatiladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar hisobi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisoblarda (4300) yuritiladi. 44. “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari” (270-satr) moddasi bo‘yicha budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hamda ortiqcha to‘lovlar ko‘rsatiladi. Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hisobi 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari(turlari bo‘yicha)”hisobida yuritiladi. 45. “Davlat maqsadli jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari” (280-satr) moddasi bo‘yicha hisobi davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4500) yuritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari va ortiqcha to‘lovlar ko‘rsatiladi. 46. “Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi” (290-satr) moddasi bo‘yicha 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”hisobida hisobga olinadigan ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi ko‘rsatiladi. 47. “Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi” (300-satr) moddasi bo‘yicha korxona xodimlarining kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha, xodimlarga berilgan qarzlar (zaymlar) bo‘yicha, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzi va xodimlarning boshqa qarzlari ko‘rsatiladi. Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlari hisobi xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi hisoblarda (4700) yuritiladi. 48. “Boshqa debitorlik qarzlari” (310-satr) moddasi bo‘yicha hisobi turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi hisoblarida (4800) amalga oshiriladigan turli debitorlarning yuqorida ko‘rsatilgan debitorlar bilan hisob-kitoblar moddalarida aks ettirilmagan qarzlari ko‘rsatiladi, xususan, olinadigan foiz va dividendlar, moliyaviy ijara bo‘yicha joriy to‘lovlar, operativ ijara bo‘yicha to‘lovlar; royalti bo‘yicha olinadigan hisoblar, qarzdorlarligi tan olingan yoki ular bo‘yicha sud yoki boshqa idoraning ularni undirish to‘g‘risida qarori olingan, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borilgan jarimalar, penya va neustoykalar hamda boshqa shaxslarning qarzi ko‘rsatiladi. 49. “Pul mablag‘lari, jami” (320-satr) moddasi bo‘yicha 330, 340, 350, 360-satrlarda ko‘rsatilgan kassadagi, hisob-kitob va valyuta hisoblaridagi pul mablag‘lari summasi, shuningdek boshqa pul mablag‘lari ko‘rsatiladi. Balansning ushbu moddalarida aks ettirilgan summalar bank ko‘chirmalariga va kassa hisoboti bo‘yicha pul mablag‘lari qoldiqlariga mos kelishi kerak. 50. “Kassadagi pul mablag‘lari” (330-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davrining oxirgi sanasiga korxona kassalaridagi, milliy valyuta va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobi kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisoblarda (5000) amalga oshiriladi. 51. “Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘lari” (340-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davrining oxirgi sanasiga banklardagi hisob-kitob hisoblarida mavjud bo‘lgan, milliy valyutada pul mablag‘lari qoldig‘i ko‘rsatiladi. Hisob-kitob hisobida milliy valyutadagi pul mablag‘larining hisobi 5110 “Hisob-kitob hisobi”hisobida yuritiladi. 52. “Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari” (350-satr) moddasi bo‘yicha korxonaning banklardagi valyuta hisoblarida mavjud bo‘lgan, hisobot davrining oxirgi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada baholangan valyuta mablag‘larining qoldig‘i ko‘rsatadi. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisoblarda (5200) yuritiladi. 53. “Boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlari” (360-satr) moddasi bo‘yicha bankdagi maxsus hisoblardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisoblar (5500), pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisoblar (5600), yo‘ldagi pul mablag‘larini (o‘tkazmalarini)hisobga oluvchi hisoblarida (5700)hisobga olinadigan korxonaning pul mablag‘lari qoldig‘i ko‘rsatiladi. 54. “Qisqa muddatli investitsiyalar” (370-satr) moddasi bo‘yicha hisobi qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisoblarida (5800) amalga oshiriladigan korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga, davlat obligatsiyalari va mahalliy qarz (zayom) hamda shu singarilarga qisqa muddatli (12 oydan oshmaydigan muddatga) investitsiyalar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqa joriy investitsiyalar ko‘rsatiladi. 55. “Boshqa joriy aktivlar” (380-satr)moddasi bo‘yicha hisobi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” va 5920 “Boshqa joriy aktivlar” hisoblarida yuritiladigan mazkur hisobot davrida inventarizatsiyada aniqlangan va ular bo‘yicha aybdor shaxslar buzilishidan kamomadlar, o‘g‘irliklar va qiymatliklarni shikastlashdan yo‘qotishlar summasi hamda yuqorida keltirilgan bo‘lim moddalarida nazarda tutilmagan, biroq korxona mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlar ko‘rsatiladi. 56. “II bo‘lim bo‘yicha jami” (390-satr)moddasi bo‘yicha 140, 190, 200, 210, 320, 370, 380-satrlar bo‘yicha summa ko‘rsatiladi. 57. “Balans aktivi bo‘yicha jami” (400-satr)moddasi bo‘yicha satrlarni qo‘shish yo‘li bilan olingan aktivlarning jami summasi ko‘rsatiladi 130-satr + 390-satr. 58. “Ustav kapitali” (410-satr) moddasi bo‘yicha ta’sis hujjatlarida korxona ta’sischilari ulushlarining (hissalari, nominal qiymat bo‘yicha aksiyalari, pay badallarining) yig‘indisi sifatida ro‘yxatga olingan ustav kapitali miqdori ko‘rsatiladi. Ustav kapitalining hisobi ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarda (8300) yuritiladi. 59. “Qo‘shilgan kapital” (420-satr) moddasi bo‘yicha hisobi qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarda (8400) yuritiladigan aksiyalarni nominal qiymatdan yuqori narxlarda birlamchi sotishda olingan emission daromad summasi, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatga olish sanasi bilan mablag‘larni ustav kapitaliga haqiqatda kiritish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kurslari o‘rtasida yuzaga keladigan kurslardagi farq summasi ko‘rsatiladi. 60. “Rezerv kapitali” (430-satr) moddasi bo‘yicha hisobi rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarda (8500) yuritiladigan uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan inflatsiya rezervlari, qonunchilik va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan rezerv fondi, shuningdek tekinga olingan mol-mulk qiymati ko‘rsatiladi,. Mazkur modda bo‘yicha soliq solishdan ozod qilish natijasida bo‘shaydigan mablag‘larni qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan bojxona to‘lovlarini, budjetga soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq imtiyozlari summalari ham aks ettiriladi. 61. “Sotib olingan xususiy aksiyalar” (440-satr) moddasi bo‘yicha korxonada bo‘lgan, ularni keyinchalik tarqatish yoki yo‘q qilish (bekor qilish) uchun sotib olingan xususiy aksiyalari, hissalari va paylarining qiymati ko‘rsatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalari, hissalari va paylari sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) hisobga olinadi. 62. “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” (450-satr) moddasi bo‘yicha hisobi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) yuritiladigan hisobot yilining sof foydasi (zarari) va o‘tgan yillarning jamg‘arilgan foydasi (zarari) aks ettiriladi. Agar korxona zarar olgan bo‘lsa, hisobot davrining oxirida ushbu zarar ushbu modda bo‘yicha “minus” belgisi bilan ko‘rsatiladi. 63. “Maqsadli tushumlar” (460-satr) moddasi bo‘yicha maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi hisoblarida (8800) hisobga olingan, olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari summalari va maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun boshqa maqsadli tushumlar ko‘rsatiladi. 64. “Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar” (470-satr) moddasi bo‘yicha korxona tomonidan kelgusi xarajatlar va to‘lovlar uchun xarajatlarda bir tekisda taqsimlash maqsadida zaxira qilingan mablag‘lar ko‘rsatiladi. 65. “I bo‘lim bo‘yicha jami” (480-satr) moddasi bo‘yicha quyidagilarni natijasi ko‘rsatiladi: 410-satr+420-satr+430-satr-440-satr+450-satr+460-satr+470-satr. 66. “Uzoq muddatli majburiyatlar, jami” (490-satr) moddasi bo‘yicha 500, 520, 530, 540, 550, 560, 570, 580, 590-satrlarda ko‘rsatilgan korxonaning uzoq muddatli (qoplash muddati bir yildan ortiq bo‘lgan) majburiyatlari ko‘rsatiladi. 491-satrda ma’lumot uchun 500, 520, 540, 560, 590-satrlarda ko‘rsatilgan korxonaning uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summasi ko‘rsatiladi. 67. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz” (500-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisoblar” va 7020 “Berilgan veksellar” hisoblarida yuritiladigan, olingan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli majburiyatlar summasi ko‘rsatiladi. 68. “Ajratilgan bo‘linmalarga uzoq muddatli qarz” (510-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”hisobida yuritiladigan ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ga uzoq muddatli majburiyatlar aks ettiriladi. Mazkur modda bo‘yicha axborotlar ma’lumot uchun keltiriladi. 69. “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarz” (520-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 7120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”hisobida yuritiladigan sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi. 70. “Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (530-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 7210 “Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”, 7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan muddatli daromadlar”, 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisoblarida amalga oshiriladigan korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi. 71. “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” (540-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 7240 “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” hisobida amalga oshiriladigan tashkilotlarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi. 72. “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” (550-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 7250 “Vaqtinchalik farq bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar”, 7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”hisoblarida yuritiladigan, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi. 73. “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” (560-satr) moddasi bo‘yicha 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar”hisobida hisobga olingan, kelgusi hisob-kitoblar bo‘yicha bo‘naklar ko‘rinishida boshqa tashkilotlardan olingan uzoq muddatli qarzlar summasi ko‘rsatiladi. 74. “Uzoq muddatli bank kreditlari” (570-satr) moddasi bo‘yicha 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”hisobida hisobga olingan, olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha banklardan qarz summalari ko‘rsatiladi. 75. “Uzoq muddatli qarzlar” (580-satr) moddasi bo‘yicha 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”, 7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar”, 7840 “To‘lanadigan veksellar” hisoblarida hisobga olingan, boshqa korxonalar va muassasalardan uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha qarz summalari ko‘rsatiladi. 76. “Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar” (590-satr) moddasi bo‘yicha turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi hisoblarida (7900) hisobga olingan, korxonaning ijaraga beruvchi (lizing beruvchi), xodimlar, turli jismoniy va yuridik shaxslar oldida turli xil notijoriy operatsiyalar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari summalari, sud organlarining ijro hujjatlari yoki qarorlari asosida turli tashkilotlar va ayrim shaxslar foydasiga korxona xodimlarining ish haqidan ushlangan summalar ko‘rsatiladi. 77. “Joriy majburiyatlar, jami” (600-satr)moddasi bo‘yicha 610, 630, 640, 650, 660, 670, 680, 690, 700, 710, 720, 730, 740, 750, 760-satrlarda ko‘rsatilgan korxonani joriy majburiyatlarining (bir yildan kam bo‘lgan muddatli) summasi aks ettiriladi. 601-satrda 610, 630, 650, 670, 680, 690, 700, 710, 720, 760-satrda ko‘rsatilgan korxonani joriy kreditorlik qarzlarining summasi ma’lumot uchun ko‘rsatiladi. 602-satrda korxonani joriy kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgan qismi ma’lumot uchun ko‘rsatiladi. 78. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz” (610-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisoblar” va 6020 “Berilgan veksellar” hisoblarida yuritiladigan olingan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar hamda pudratchilar oldidagi joriy majburiyatlar summasi ko‘rsatiladi. 79. “Ajratilgan bo‘linmalarga qarz” (620-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan hisoblar”hisobida yuritiladigan, ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ga joriy majburiyatlar aks ettiriladi. Mazkur modda bo‘yicha axborotlar ma’lumot uchun keltiriladi. 80. “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga qarz” moddasi bo‘yicha (630-satr) hisobi 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan hisoblar”hisobida yuritiladigan, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga joriy qarzlar (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi. 81. “Kechiktirilgan daromadlar” (640-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar”, 6220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisoblarida yuritiladigan, kechiktirilgan daromad bo‘yicha korxonalar majburiyatlarining summasi ko‘rsatiladi. 82. “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” (650-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6240 “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar”hisobida amalga oshiriladigan, tashkilotlarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari summasining joriy qismi ko‘rsatiladi. 83. “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” (660-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar”, 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” hisoblarida yuritiladigan, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar summasi ko‘rsatiladi. 84. “Olingan bo‘naklar” (670-satr) moddasi bo‘yicha olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisoblarida (6300) hisobga olingan boshqa tashkilotlardan kelgusi hisob-kitoblar bo‘yicha bo‘naklar ko‘rinishida olingan qarz summasi ko‘rsatiladi. 85. “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz” (680-satr) moddasi bo‘yicha 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlar bo‘yicha) qarz”hisobida hisobga olinadigan, budjetga to‘lovlarning barcha turlari, jumladan jismoniy shaxslar daromad solig‘i summasi bo‘yicha korxonaning qarzi ko‘rsatiladi. 86. “Sug‘urtalar bo‘yicha qarz” (690-satr) moddasi bo‘yicha korxona sug‘urtalanuvchi hisoblangan va hisobi 6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” hisoblarida yuritiladigan sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarga doir qarz ko‘rsatiladi. 87. “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz” (700-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” va 6530 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisoblarga to‘lovlar” hisoblarda yuritiladigan, korxonaning maqsadli davlat jamg‘armalariga qarzi ko‘rsatiladi. 88. “Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar” (710-satr)moddasi bo‘yicha hisobi 6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz”va 6630 “Ta’sischilarning ustav kapitalini oshirish bo‘yicha ulushlari” hisoblarida amalga oshiriladigan, korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar va chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi. 89. “Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz” (720-satr) moddasi bo‘yicha 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”, 6720 “Deponentlangan ish haqi” hisoblarida hisobga olingan, hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan mehnatga haq to‘lash summalari, mukofotlar, nafaqalar va hokazolar ko‘rsatiladi. 90. “Qisqa muddatli bank kreditlari” (730-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”hisobida amalga oshiriladigan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha banklar oldidagi qarz summalari ko‘rsatiladi. 91. “Qisqa muddatli qarzlar” (740-satr)moddasi bo‘yicha hisobi 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”, 6830 “To‘lanadigan obligatsiyalar”, 6840 “To‘lanadigan veksellar” hisoblarida amalga oshiriladigan boshqa korxonalar va shaxslardan olingan qarzlar (zayomlar) bo‘yicha qarz summalari ko‘rsatiladi. 92 “Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi” (750-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”hisobida amalga oshiriladigan korxonani uzoq muddatli majburiyatlarining joriy qismi summalari ko‘rsatiladi. 93. “Boshqa kreditorlik qarzlar” (760-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 6910 “To‘lanadigan operativ ijara”, 6920 “Hisoblangan foizlar”, 6930 “Royalti bo‘yicha qarz”, 6940 “Kafolatlar bo‘yicha qarz”, 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan hisoblar”, 6970 “Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz” va 6990 “Boshqa majburiyatlar” hisoblarida amalga oshiriladigan korxonaning turli kreditorlari bilan operatsiyalar bo‘yicha qarz summalari ko‘rsatiladi. 94. “II bo‘lim bo‘yicha jami” (770-satr) moddasi bo‘yicha 490 va 600-satrlar bo‘yicha summa ko‘rsatiladi. 95. “Balans passivi bo‘yicha jami” (780-satr) moddasi bo‘yicha 480 va 770-satrlar bo‘yicha summalar natijasi sifatida olingan passivning jami summasi ko‘rsatiladi. 96. “Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olinadigan qiymatliklarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” 790-940-satrlarda korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin vaqtincha uning foydalanishida yoki tasarrufida bo‘lgan qiymatliklar (operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar, mas’ul saqlashdagi, qayta ishlanayotgan va hokazo moddiy qiymatliklar), shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi, shuningdek korxonaning balansdan tashqari hisoblarida hisobga olinadigan ayrim xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish uchun axborot ko‘rsatiladi. 961. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasida tashkilotning muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining hisobot davrining oxirgi sanasidagi holati aks ettiriladi. Ushbu rasshifrovka buxgalteriya balansini tuzish sanasiga tashkilotning muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud bo‘lsagina to‘ldiriladi. 962. 2-ustun — “Muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lgan debitor va kreditorlar ro‘yxati”da — debitor (kreditor)dan yuqori turadigan vazirliklar (idoralar) kesimidagi debitorlar va kreditorlar ro‘yxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka (idoraga) ega bo‘lmasa, debitor (kreditor) bo‘lgan yuridik shaxsning to‘liq nomini ko‘rsatish lozim. O‘zbekiston Respublikasining tashqarisidagi muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha debitor (kreditor) nomi (to‘liq yoki umumqabul qilingan qisqartirishlar bilan) qavslarda mamlakatning nomi ko‘rsatiladi. 2-ustunda 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo‘yicha majburiy tartibda muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lgan debitor (kreditor)ning nomini ko‘rsatish lozim. 963. 3-ustunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarida qoplanmagan, muddati o‘tgan qarzdorlikning umumiy summasi ko‘rsatiladi, xususan: a) 1-satr bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi, u 3-ustunning 2 va 3-satrlari summasiga teng bo‘lishi kerak; b) 4-satr bo‘yicha muddati o‘tgan kreditorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi, u 3-ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng bo‘lishi kerak. Muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi Buxgalteriya balansi 1-son shaklining 211-satri summasiga muvofiq kelishi lozim. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzining umumiy summasi Buxgalteriya balansi 1-son shaklining 602-satri summasiga muvofiq kelishi lozim. 964. 3-ustunda 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar bo‘yicha 1-satrda aks ettirilgan muddati o‘tgan debitorlik qarzi umumiy summasining quyidagi tartibdagi rasshifrovkasi keltiriladi: a) 2-satr bo‘yicha respublika hududidagi muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi; b) 2.1-satr bo‘yicha respublika hududidagi debitorlarning nomlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarz ko‘rsatiladi; v) 2.2-satr bo‘yicha ichki idoraviy muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi keltiriladi; g) 2.2.1-satr bo‘yicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari bo‘yicha ichki idoraviy muddati o‘tgan qarz summasi ko‘rsatiladi; d) 3-satr bo‘yicha respublika tashqarisidagi muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi; e) 3.1-satr bo‘yicha respublika tashqarisidagi debitorlar nomlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarz ko‘rsatiladi. 965. 4, 5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar muddati o‘tgan debitorlik qarziga o‘xshash holda, ushbu Qoidalarning 96-3 va 96-4-bandlariga muvofiq to‘ldiriladi. 966. Tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzlar bo‘yicha: a) 4-ustunda tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan umumiy muddati o‘tgan qarz ko‘rsatiladi, xususan: 1-satr bo‘yicha — muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi, u 5, 6, 7, 8-ustunlarda ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lishi kerak; 4-satr bo‘yicha — muddati o‘tgan kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 5, 7, 8-ustunlarda ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lishi kerak; b) 5-ustunda tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ko‘ra oldindan haq to‘lamasdan yuklab jo‘natilgan (olingan) mahsulot (ish, xizmat) bo‘yicha umumiy muddati o‘tgan debitorlik (kreditorlik) qarzi ko‘rsatiladi; v) 6-ustunda davlat zaxiralari va jamg‘armalaridan xomashyo hamda materiallarni yuklab jo‘natish nazarda tutilgan o‘tkazilgan bo‘nak to‘lovlarining summasi ko‘rsatiladi. 6-ustunda aks ettiriladigan ma’lumot faqat muddati o‘tgan debitorlik qarzi qismida to‘ldiriladi; g) 7-ustunda tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ko‘ra qarzni qoplash muddati belgilangan muddatdan o‘tgan kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi; d) 8-ustunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, taqdim etilgan da’volar bo‘yicha sudda ko‘rib chiqish jarayoni borayotgan muddati o‘tgan qarz summasi ko‘rsatiladi. Xuddi shu yerda kreditordan ushbu qarzni undirish to‘g‘risida xo‘jalik sudi qarorlari chiqarilgan muddati o‘tgan qarz ham aks ettiriladi. 967. Zarurat tug‘ilgan hollarda tashkilotlarga “Tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarzlar” bo‘limida qo‘shimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi. 968. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan debitorlar va kreditorlar miqdoriga bog‘liq. 969. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. 97. “Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)larni sotishdan sof tushum” (010-satr)moddasi bo‘yicha mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushum ko‘rsatiladi, bunda soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i) hamda qaytarilgan tovarlar va tayyor mahsulotning qiymati, xaridorning sotish narxlaridan chegirmalari chegiriladi. 010-satr asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisoblar (9000) ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldiriladi. Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga (lizingga) berish hisoblangan korxonalar 010-satr bo‘yicha joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan daromad summasini aks ettiradilar. Vositachi korxonalar 010-satrda komission haqlar summasini aks ettiradilar. 98. “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi” (020-satr) moddasi bo‘yicha sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi hisoblarda (9100) hisobga olingan, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi summasi ko‘rsatiladi. Savdo korxonalari ushbu satr bo‘yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar. 99. “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)” (030-satr) mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi o‘rtasidagi farq (010-satr-020-satr) sifatida aniqlanadi. 100. “Davr xarajatlari, jami” (040-satr)moddasi bo‘yicha 050, 060, 070-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi. 101. “Sotish xarajatlari” (050-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9410 “Sotish xarajatlari”hisobida amalga oshiriladigan: mahsulotni sotish xarajatlari, ya’ni mahsulotni iste’molchiga yetkazish, transport vositalariga ortish bilan bog‘liq xarajatlar, marketing bilan shug‘ullanadigan bo‘limlar va xodimlarning xarajatlari va hokazolar aks ettiriladi. 102. “Ma’muriy xarajatlar” (060-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9420 “Ma’muriy xarajatlar”hisobida yuritiladigan: korxonani boshqarish xarajatlari, boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, umumma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo‘jalik maqsadidagi xonalarning ijara haqi va boshqa ma’muriy xarajatlar ko‘rsatiladi. 103. “Boshqa operatsion xarajatlar” (070-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan: kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlariga haq to‘lash xarajatlari, kompensatsiya va rag‘batlantirish xususiyatdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar, bank, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq, zararlar, jarimalar, penyalar va operatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog‘lanmagan va xarajatlarning favqulodda moddalari sifatlariga ega bo‘lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. 105. “Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari” (090-satr) moddasi bo‘yicha hisobi asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisoblarida (9300) amalga oshiriladigan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda, undirilgan jarima va penyalar, o‘tgan yillar foydasi, operativ ijaradan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan daromadlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari, tekin (bepul) moliyaviy yordam va boshqa operatsion daromadlar ko‘rsatiladi. 106. “Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)” (100-satr) moddasi bo‘yicha mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)dan (030-satr) davr xarajatlari summasini (040-satr) ayirish hamda asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar summasini (090-satr) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadigan korxonani asosiy faoliyatining moliyaviy natijalari ko‘rsatiladi. 107. “Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami” (110-satr) moddasi bo‘yicha 120, 130, 140, 150, 160-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi. 108. “Dividendlar shaklidagi daromadlar” (120-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9520 “Dividendlar ko‘rinishida daromadlar”hisobida yuritiladigan: O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxona egaligida bo‘lgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi. 109. “Foizlar shaklidagi daromadlar” (130-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9530 “Foizlar shaklidagi daromadlar”hisobida yuritiladigan, uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishida daromadlar ko‘rsatiladi. 110. Asosiy faoliyati mol-mulkni moliyaviy ijaraga berish hisoblanmagan tashkilotlar “Moliyaviy ijaradan daromadlar” (140-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”hisobida yuritiladigan mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olgan daromadlarini aks ettiradilar. 111. “Valyuta kursi farqidan daromadlar” (150-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9540 “Valyuta kursi farqidan daromadlar”hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan, shu jumladan balansni tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromadlar aks ettiriladi. 112. “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” (160-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9510 “Royalti ko‘rinishida daromadlar”, 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisoblarida amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar, royalti ko‘rinishida daromadlar va moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar ko‘rsatiladi. 113. “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami” (170-satr) moddasi bo‘yicha 180, 190, 200, 210-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi. 114. “Foizlar shaklidagi xarajatlar” (180-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan, bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari ko‘rsatiladi. 115. “Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar shaklidagi xarajatlar” (190-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida yuritiladigan moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari aks ettiriladi. 116. “Valyuta kursi farqidan zararlar” (200-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9620 “Valyuta kursi farqidan zararlar” hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo‘yicha va balans tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari aks ettiriladi. 117. “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” (210-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari” va 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” hisoblarida amalga oshiriladigan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar hamda moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar aks ettiriladi. 118. “Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)” (220-satr) moddasi bo‘yicha asosiy faoliyatning foydasi (zarari) summasiga (100-satr) moliyaviy faoliyatning daromadlari summasini (110-satr) qo‘shish va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar summasini (170-satr) ayirish yo‘li bilan aniqlanadigan korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natijalari ko‘rsatiladi. 119. “Favquloddagi foyda va zararlar” (230-satr) moddasi bo‘yicha “Daromadlar (foyda)” ustuni 9710 “Favquloddagi foydalar”hisobining ma’lumotlari, “Xarajatlar (zararlar)” ustuni esa 9720 “Favquloddagi zararlar”hisobining ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirilib, favqulodda voqealar natijalari ko‘rsatiladi. 120. “Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)” (240-satr) moddasi bo‘yicha +/- belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qo‘shish natijalari aks ettiriladi. 121. “Foyda solig‘i” (250-satr) moddasi bo‘yicha 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”hisobida hisobga olingan hisobot davri boshidan hisoblangan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi. 122. “Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” (260-satr) moddasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot foydasi hisobidan to‘lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yil boshidan hisoblangan summasi aks ettiriladi. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan korxonalar 260-satr bo‘yicha hisoblangan yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq summasini aks ettiradilar. 123. “Hisobot davrining sof foydasi (zarari)” (270-satr) moddasi bo‘yicha 240-250-260-satrlar ayirmasi sifatida aniqlangan hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasi ko‘rsatiladi. 124. “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotnoma”da (280-470-satrlar) korxonalar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarni hisoblangan va to‘lanadigan soliqlar va to‘lovlar turlari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Mazkur ma’lumotnomaning 480-satrida korxonalar tomonidan hisobot davri uchun budjetga soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarning hisoblangan va to‘langan jami summasi ko‘rsatiladi. Agarda korxonalarda hisobot davri uchun hisob-kitoblar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha manfiy farq mavjud bo‘lsa, “Hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha to‘lanadi” ustuni bo‘yicha 310-satrda ushbu manfiy farq summasi “minus” belgi bilan ko‘rsatiladi. 138. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda pul mablag‘lari harakati nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy resurslaridagi barcha o‘zgarishlar aks ettiriladi. Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat borishida pul mablag‘larining harakati hisobot davrining boshi va oxirida pul mablag‘larining qoldiqlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradigan tarzda aks ettiriladi. 139. “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari” (010-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davrida sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar uchun korxonaning bankdagi hisoblariga va kassasiga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi. 140. “Material, tovar, ish va xizmat uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari” (020-satr) moddasi bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi, bundan uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun to‘lovlar mustasno. 141. “Xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari” (030-satr) moddasi bo‘yicha xodimlarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishida to‘langan pul mablag‘lari summasi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘langan mablag‘lar summalari, budjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo‘yicha to‘lash, xodimlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to‘lashi, kassadan va bank hisoblaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa sarflashlar ko‘rsatiladi. 142. “Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari” (040-satr) moddasi bo‘yicha “Chiqim” ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig‘imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to‘langan pul mablag‘lari summasi, “kirim” ustunida esa ulardan olingan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi. 143. “Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi” (050-satr)moddasi bo‘yicha, “Kirim” ustuni bo‘yicha “+” belgisining va “Chiqim” ustuni bo‘yicha “-” belgisining ta’sirini hisobga olib, 010, 020, 030, 040-satrlarni qo‘shish natijasi ko‘rsatiladi. Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni bo‘yicha, teskari holda esa — “Chiqim” ustuni bo‘yicha aks ettiriladi. 144. “Asosiy vositalarni sotibolish va sotish” (060-satr) moddasi bo‘yicha korxonalar “Chiqim” ustunida mol yetkazib beruvchilarga to‘langan asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun pul mablag‘lari summasini, “Kirim” ustunida esa — asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar summasini ko‘rsatadilar. 145. “Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish” (070-satr) moddasi bo‘yicha korxonalar “Chiqim” ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘lari summasini, “Kirim” ustunida esa — nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag‘lar summasini ko‘rsatadilar. 146. “Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish” (080-satr) moddasi bo‘yicha “Chiqim” ustunida qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada to‘langan foizlar ko‘rsatiladi, “Kirim” ustunida esa qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi. 147. “Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlar” moddasi bo‘yicha (090-satr) “Chiqim” ustunida boshqa investitsion faoliyatga oid to‘langan pul mablag‘lari summasi, “Kirim” ustunida esa — olingan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi. 148. “Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi” (100-satr)moddasi bo‘yicha, “Kirim” ustunida “+” va “Chiqim” ustuni bo‘yicha “-” belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 060, 070, 080, 090-satrlarni jamlash natijasi ko‘rsatiladi. Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni bo‘yicha, teskari holda esa — “Chiqim” ustuni bo‘yicha aks ettiriladi. 149. “Olingan va to‘langan foizlar” (110-satr) moddasi bo‘yicha “kirim” ustunida olingan foizlar summasi, “Chiqim” ustunida esa to‘langan foizlar summasi ko‘rsatiladi. 150. “Olingan va to‘langan dividendlar” (120-satr) moddasi bo‘yicha “kirim” ustunida olingan dividendlar summalari ko‘rsatiladi, “Chiqim” ustunida esa to‘langan dividendlar summalari aks ettiriladi. 151. “Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari” (130-satr)moddasi bo‘yicha hisobot yilida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki xususiy kapital bilan bog‘liq boshqa dastaklar uchun aksiyadorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi. 152. “Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul to‘lovlari va tushumlari” (140-satr) moddasi bo‘yicha sotib olingan xususiy aksiyalarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summalari, shuningdek korxonada bo‘lgan xususiy aksiyalar, hissalar va paylar uchun, ularni keyingi sotish yoki yo‘q qilish (bekor qilish) maqsadida, egalariga to‘langan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi. 153. “Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari” (150-satr)moddasi bo‘yicha “Kirim” ustunida hisobot davrida kelib tushgan kreditlar va qarzlar summasi, “Chiqim” ustunida esa — kreditlar va qarzlar bo‘yicha to‘lovlar ko‘rsatiladi. 154. “Moliyaviy ijara bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari” (160-satr)moddasi bo‘yicha “Chiqim” ustunida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘langan pul mablag‘lari summasi, “Kirim” ustunida esa — ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi. 155. “Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to
91
62,005
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga “Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekis
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga “Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
963
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sifatli investitsiya jarayonini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qo‘shma korxonalar ta’sischilari, shu jumladan birinchi rahbarlariga (ular bilan tegishli lavozimlarga mehnat shartnomalari tuzilgan kundan boshlab), uch oygacha bo‘lgan muddatda”. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
142
1,053
Qonunchilik
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida topshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori asosida amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 5. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin. 6. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, ko‘krak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. 2. Ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar. 3. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 4. Ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taqdirlanadi. 5. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili 1-apreldan 30-aprelgacha tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyaga taqdim etiladi. 7. Tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar taqdim etilgan takliflarni mazkur hudud yoki respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni ushbu hududga yoki respublika iqtisodiyotiga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarni har yili 1-iyungacha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan oliy ta’lim muassasalari talabalarining hujjatlari oliy ta’lim muassasasida tuzilgan komissiyalar tomonidan o‘rganib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar har yili 1-iyungacha oliy ta’lim muassasasi rektorining yo‘llanma xati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar hujjatlarni ko‘rib chiqib, tegishli yig‘ilish qarorlari asosida har bir hududdan 3 nafardan tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlarini (ma’lumotnomalar, ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar (200 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan), asosnomalar) har yili 20-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadilar. 9. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha har yili 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan komissiya tashkil etiladi. Komissiya tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqiladi va har yili 31-avgustgacha yakuniy xulosa qabul qilinadi. 10. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida har yili 15-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori qabul qilinadi. 11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 12. Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. 13. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 14. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarning respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oya va texnologiyalari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tegishli tarmoq yoki sohaga joriy etiladi. 15. O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlaridan bir nafardan hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan tavsiya etilgan shaxslar ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Ko‘krak nishoni takroran berilmaydi. 16. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir. 18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ko‘krak nishonining old yuqori qismida uch qatorda balandligi 2 millimetr bo‘lgan “INNOVATSION G’OYALAR YETAKCNISI” yozuvi joylashgan, “G`OYALAR” so‘zining o‘ng va chap tomonlarida 1,5 millimetr uzoqlikda diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan. “YETAKCNISI” so‘zidan 2,5 millimetr pastda balandligi 11,7 millimetr bo‘lgan innovatsiyaning ramziy belgisi — cho‘g‘lanma elektr chirog‘i aks ettirilgan. Ko‘krak nishonining orqa tomoni markazida to‘rt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “INNOVATSION RIVOJLANISNDA YETAKCNILIGI UCNUN” so‘zlari yozilgan. Ko‘krak nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Uning atrofi diametri 30,5 millimetr bo‘lgan naqsh bilan hoshiyalangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘trburchak shaklidagi qadag‘ichgacha ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetr. Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning o‘rtasidan eni 9 millimetrli oq rangli yo‘l, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yo‘l o‘tgan. Shoyi lentaning chekka qismlari bo‘ylab har birining eni 5 millimetr bo‘lgan chap tomondagi chekka qismi ko‘k rangli va o‘ng tomondagi chekka qismi yashil rangli yo‘llar o‘tgan. Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv. m qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) och yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Innovatsion g`oyalar yetakchisi”, ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda GUVONNOMA (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Pastki chiziqdan 6,5 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O`zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Innovatsion rivojlanish vazirligi”, “O`zbekiston Yoshlar ittifoqining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son qo`shma qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Innovatsion g`oyalar yetakchisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. So‘nggi so‘zlardan 10 millimetr pastda, chap va o‘ng tomonda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Chap tomondagi matnning birinchi satrda “O`zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “innovatsion rivojlanish vaziri” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 8-kegl), o‘ng tomondagi matnning birinchi satrda “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi”, ikkinchi satrda “Markaziy kengashi raisi” so‘zlari yozilgan.
93
12,176
Qonunchilik
«KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi
2020 yil 27 yanvar kuni «Norma» PRMda «KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi boshlanadi.  Shoshiling, oʻrinlar soni cheklangan. Havola boʻyicha dastur bilan tanishish va roʻyхatdan oʻtishingiz mumkin Kurs dasturini tugatgandan soʻng tinglovchilar quyidagi bilimlarga ega boʻlishadi: - Kadrlarga oid boʻlgan normativ hujjatlar; - Kadrlarga oid boʻlgan hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish; - Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish; - Xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari; - Olgan bilimlari bilan ishlab chiqarishda foydalanish.
37
548
Qonunchilik
KADRLARNI DAVLAT GRANTLARI ASOSIDA MAQSADLI TAYYORLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarorining 6-bandini bajarish maqsadida qaror qilamiz: 1. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlangan kadrlarni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash qoidalari va tartibini belgilaydi. 1. Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari (keyingi o‘rinlarda matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi. 2. Oliy ta’lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. 3. Agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida o‘qigan taqdirda, uning ishlab berish majburiyati kamida uch yil deb hisoblanadi. 4. Oliy ta’lim muassasalarini to‘lov-kontrakt asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. 5. Bitiruvchilarni egallagan ta’lim yo‘nalishi va kasbiy tayyorgarligiga ko‘ra taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik, idoralar qoshida maxsus komissiyalar tuziladi. 6. Ish beruvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, mavjud bo‘sh ish joylari haqidagi ma’lumotlarni har yili 1-aprelga qadar aniqlaydilar hamda maxsus komissiyaga ish joyi ko‘rsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etadilar. 7. O‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda ularga bo‘lgan buyurtmalarni yo‘nalishlar bo‘yicha umumlashtirib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari taqsimoti ko‘rsatkichlarini shakllantiradi. 8. Maxsus komissiya tomonidan buyurtmalar asosida shakllantirilgan taqsimot ko‘rsatkichlari tegishli oliy ta’lim muacsasalariga yuboriladi. 9. Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin o‘tkaziladi. 10. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy ta’lim muassasasining taqsimot komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda taqsimot komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. Taqsimot komissiya tarkibiga: oliy ta’lim muassasasi rektori - komissiya raisi, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchilar vakillari a’zo qilib kiritiladi. 11. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to‘g‘risida so‘rov-anketalari to‘ldirib olinadi. 12. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi: a) bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasida egallagan ta’lim yo‘nalishlari va malakasiga, kadrlarga bo‘lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi; b) har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtiradi; v) majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaxsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova). 13. Yuqori reyting to‘plagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud bo‘lgan ish joylariga o‘zlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga ega bo‘ladilar. 14. Oliy ta’lim muassasalarida o‘z hisobidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar o‘z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin. 15. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (2-ilova) taqdim etadi. 16. Taqsimot komissiyasi ishini tugatgandan so‘ng bitiruvchilarni ularning salomatligi, oilaviy sharoiti o‘zgarishi asosida qayta taqsimlash masalasi oliy ta’lim muassasalarining taqsimot komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. 17. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi ishi tugagandan so‘ng bir haftadan, biroq bitiruvchi o‘qishni tugatgan kundan so‘ng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi: oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma; ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma (3-ilova); taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro‘yxatidan ko‘chirma. Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilgan bitiruvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlarda mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi beriladi. Oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga o‘z vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yo‘llanma o‘rniga boshqa hujjatlar berilishiga ruxsat etilmaydi. 18. Bitiruvchi mazkur Nizom talablari asosida taqsimot bo‘yicha uch yil ishlab bergandan keyin unga oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq diplomning asl nusxasi beriladi. 19. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlagandan so‘ng ko‘pi bilan uch oygacha bo‘lgan muddatda ish joyiga yetib kelishlari va ish boshlashlari lozim. 20. Ish beruvchi ish joyiga yetib kelgan bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan yo‘llanmani tasdiqlaydi va o‘n kun muddat ichida yo‘llanmani tegishli oliy ta’lim muassasasiga yuboradi. 21. Ish beruvchi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan o‘rnatilgan tartibda ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi. Tanlov asosida ishga qabul qilinadigan lavozimlarga bitiruvchilar yo‘llanma asosida tanlovsiz qabul qilinadi. 22. Bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan uch yillik muddatga quyidagi muddatlar ham kiradi: ta’lim muassasasi, korxona yoki tashkilotda turli lavozimlarda ishlagan muddat; ta’lim muassasasi, korxonasi yoki tashkilot mansub bo‘lgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xo‘jalik boshqaruvi organi) boshqa ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga ko‘ra ishlagan muddat; mehnat ta’tilida, shu jumladan ijtimoiy ta’tillarda bo‘lgan muddat; muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat o‘talgan muddat. 23. Bitiruvchi uch yil majburiy ishlagandan so‘ng shu ish beruvchida ishni davom ettirish masalasi ish beruvchi va xodimning o‘zaro kelishuviga muvofiq mehnat qonunchiligi asosida hal etiladi. 24. Ishga taqsimlangan bitiruvchi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga joylashgach, ish beruvchi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘radi. 25. Ish beruvchi yosh mutaxassislarning mehnatini rag‘batlantirish va ularning lavozimlarini oshirish choralarini ko‘radi, ularga ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratadi. 26. Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va ishga yuborilgan bitiruvchi taqsimot komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan tegishli vazirlik yoki idoraga yoxud sudga murojaat etish huquqiga ega. 27. 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab, har o‘quv yilining boshida, ya’ni sentyabr oyida, oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tamomlagandan so‘ng ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berish to‘g‘risida shartnoma tuzilishi lozim. Bitiruvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra taqsimlangan joyda ishlashni xohlamasa, unga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida choralar ko‘riladi. 28. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
100
9,102
Qonunchilik
QL-416, QL-417a, QL-431 va QL-452-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonliO‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-417a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-noyabrdakiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-431-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-dekabrda kiritilgan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-452-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
113
1,389
Qonunchilik
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb yuritiladi) magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mutaxassisliklar bo‘yicha TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish qabul kvotalariga muvofiq davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish qabul kvotalaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan o‘rinlar soniga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: abituriyent — TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki xorijiy fuqaro); apellatsiya komissiyasi — yozma imtihon natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun TDYU rektorining buyrug‘i bilan universitet professor-o‘qituvchilari, shuningdek, tegishli fanlar bo‘yicha ekspertlardan tashkil etiladigan komissiya; xorijiy fuqaro — xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs, shuningdek, xorijiy davlat hududida doimiy ravishda istiqomat qiladigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; suhbat bo‘yicha komissiya — TDYU rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun xorijiy fuqarolar bilan suhbat o‘tkazadigan komissiya; auditoriya kuzatuvchisi — yozma imtihon o‘tkazish vaqtida ushbu Nizom talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida auditoriyada abituriyentlar ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek yozma imtihon o‘tkazish tartibini tushuntirish bo‘yicha abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs; TDYU qabul komissiyasi — TDYU rektorining buyrug‘i bilan har yili tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahat xizmatlari ko‘rsatadigan komissiya; auditoriya rahbari — auditoriyada yozma imtihonni ushbu Nizom talablariga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, auditoriyadagi kuzatuvchilar va abituriyentlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs; maxsus komissiya — yozma imtihon javoblari xolis tekshirilishi va baholanishi uchun TDYU rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya; ekspert guruhi — yozma imtihon, shuningdek, suhbat savollarini tuzish maqsadida TDYU qabul komissiyasining qarori bilan tegishli soha malakali mutaxassislaridan tashkil etiladigan guruh; imtihon komissiyasi — yozma imtihonni o‘tkazish uchun universitet xodimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat TDYU rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya. 3. TDYU qabul komissiyasining joriy ishlari TDYU qabul komissiyasining mas’ul kotibi (keyingi o‘rinlarda mas’ul kotib deb yuritiladi) va TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish ishlari bo‘yicha mas’ul kotib o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda mas’ul kotibning o‘rinbosari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 4. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish abituriyentlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi. Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda, qolganlar reyting ballari asosida to‘lov-kontrakt kvotalari asosida TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilinadi. Xorijiy fuqarolar reyting ballari asosida belgilangan o‘rinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilinadi. 5. TDYU magistraturasiga kirish imtihonlari 1-avgustdan 20-avgustgacha bo‘lgan davr oralig‘ida quyidagi shaklda olib boriladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — yozma imtihon; xorijiy fuqarolar uchun — suhbat. 6. Yozma imtihon mutaxassislik fanlari va chet tili fani bo‘yicha o‘tkaziladi. Yozma imtihon: mutaxassislik fanlari bo‘yicha tahlil, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar bo‘yicha xulosalarni bayon etish borasida qobiliyatlarni aniqlashga yo‘naltirilgan; chet tili fani bo‘yicha chet tillarini bilishning tegishli darajasini aniqlashga qaratilgan. 7. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun suhbat (keyingi o‘rinlarda suhbat deb ataladi): yurisprudensiya sohasida professional bilim va ko‘nikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qo‘llash ko‘nikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan to‘g‘ri baholashga bo‘lgan qobiliyatning mavjudligi); ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati); salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashuvi, o‘z ustida ishlash va malakani oshirishga bo‘lgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek, jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi); odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, o‘z pozitsiyasi va fikrini ko‘rsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolg‘on va huquq buzarliklarga nisbatan murosasizlik, bag‘rikenglik, yuksak odob-axloq me’yorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun o‘tkaziladi. 8. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari talaba magistraturada o‘qiydigan tilda topshiriladi va bu haqida magistraturaga kirish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilishi lozim. Kirish imtihonlari magistratura mutaxassisliklari va o‘qitish tillariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. 9. TDYU magistraturasiga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovada belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 10. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha yoki TDYU qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan unga mos keluvchi boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olgan bakalavrlar orasidan o‘tkaziladi. 11. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 12. TDYU qabul komissiyasi, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarni qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari, kvotalar (o‘rinlar soni) haqidagi ma’lumotlar haqida xabardor qiladi. 13. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun hujjatlar Internetning xalqaro axborot tarmog‘i orqali 15-martdan 30-iyulgacha taqdim qilinadi. 14. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun abituriyentlar onlayn-rejimda ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq, TDYU rektori nomiga mutaxassislikni ko‘rsatgan holda elektron shakldagi qabul qilish to‘g‘risidagi arizani to‘ldiradi. 15. O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga elektron shaklda quyidagilar ilova qilinadi: pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat; oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova; 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli rangli fotosurat. Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim. Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari shaklida ilova qilingan holda berishga yo‘l qo‘yiladi. 16. Ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi va abituriyentga bildirishnoma yuboriladi. Arizaga noyob raqam berish payti TDYU qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan vaqt hisoblanadi. 17. Taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan taqiqlanadi. 18. Ro‘yxatga olingan qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar soni har kuni TDYU veb-saytiga joylashtiriladi. 19. Kirish imtihonlari natijalari va ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilganligi to‘g‘risidagi qaroriga asosan abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar. Hujjatlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, shu jumladan, elektron shakldagi ma’lumotlarda ham, abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi (talaba TDYUdan haydaladi), hujjatlar esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi. 20. Yozma imtihonlarni ushbu Nizomga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish va uni o‘tkazish mas’uliyati mas’ul kotib, uning o‘rinbosari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari, imtihon komissiyasi va maxsus komissiya a’zolariga yuklanadi. 21. Yozma imtihonlarni o‘tkazish jadvali mas’ul kotibning taqdimnomasiga muvofiq TDYU rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxati ilova qilinadi. 22. Yozma imtihonni tashkil etish va o‘tkazish TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan qabul komissiyasining ish rejasi asosida amalga oshiriladi. 23. Quyidagilar TDYU qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: yozma imtihon o‘tkazish jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash; yozma imtihon o‘tkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlash; yozma imtihonni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha zarur sharoitlarni yaratish; abituriyentlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek, yozma imtihon natijalari to‘g‘risida ularga to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish; 24. Yozma imtihonni o‘tkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yozma imtihon tugagach 1 soat ichida videotasvirlar TDYU qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. Videotasvirdan nusxa ko‘chirish taqiqlanadi. 25. Yozma imtihon olinadigan fanlar dasturi, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin TDYU veb-saytiga joylashtiriladi. 26. Yozma imtihonlar o‘tkazilishiga qadar TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan konsultatsiyalar tashkil etiladi. 27. Yozma imtihon, qoida tariqasida, TDYUga tegishli binolarda o‘tkaziladi. Yozma imtihon o‘tkaziladigan binolar va auditoriyalarni tayyorlash bo‘yicha javobgarlik mas’ul kotib o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi. 28. TDYU qabul komissiyasi yozma imtihon o‘tkaziladigan kunda soat 7:00 gacha nazorat-post xizmatlariga TDYU rektori tasdiqlagan bino hududiga kirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatini topshiradi. 29. Har bir binoga kirish eshigi oldida abituriyentlarni tartibli va o‘z vaqtida binoga kiritish uchun nazorat-ruxsat punktlari o‘rnatilishi lozim. 30. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan binoda imtihon materiallarini tarqatish va yig‘ib olish uchun imtihon vaqtida ushbu materiallarni saqlash uchun seyflar bilan jihozlangan maxsus xona (keyingi o‘rinlarda shtab deb ataladi) tayyorlanishi lozim. 31. Yozma imtihon o‘tkaziladigan binoda uni o‘tkazish uchun sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak. 32. Auditoriyalarni tayyorlashda yorug‘lik tushish, shamollatish, abituriyentlarni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. 33. Har bir auditoriya kamida 15 nafar abituriyentni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Barcha auditoriyalardagi o‘rinlar raqamlangan bo‘lishi lozim. 34. Auditoriyalarning eshiklarida abituriyentlar joylashtiriladigan guruh mutaxassisligi shifri va mutaxassislik nomi yozilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishi lozim. 35. Har bir auditoriya soat, bo‘r yoki marker, doska va yelim bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 36. Auditoriyalarda yozma imtihonlar o‘tkaziladigan fanlarga taalluqli bo‘lgan ko‘rgazmali vositalar bo‘lmasligi lozim. 37. Yozma imtihon o‘tkaziladigan binolarda imtihon jarayonida foydalanilmaydigan, shu jumladan nusxa ko‘chirish vositalari mavjud joylar, shuningdek qavatlarning kirish-chiqish eshiklari 1 kun oldin mas’ul kotib o‘rinbosari tomonidan yopib chiqilishi va muhrlanishi lozim. 38. Yozma imtihon o‘tkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yo‘lak va shunga o‘xshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi. 39. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini biriktirish har 15 abituriyent hisobiga amalga oshiriladi. 40. TDYUning tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yozma imtihon savollari ekspert guruhi tomonidan tuziladi: mutaxassislik fanlari bo‘yicha — har bir mutaxassislik bo‘yicha savollar shaklida; chet tili bo‘yicha — ilmiy matnlarni tushunish va bilish, shuningdek yozma nutq ko‘nikmalari darajasini aniqlaydigan vazifalar shaklida. 41. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida e’tibor qaratiladi: a) mutaxassislik fanlari bo‘yicha: savollar abituriyentlarda tahliliy fikrlash darajasini, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek, huquqiy masalalar bo‘yicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim; savollar tegishli fan o‘quv dasturiga, shuningdek, tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi lozim; savollar mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi lozim; savollar lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi lozim; savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida va fanda qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llanilishi lozim; savollar umumqabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq rasmiy til uslublari va yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi lozim; b) chet tili bo‘yicha: savollar abituriyentlarda ilmiy matnlar va maxsus atamalarni tushunish va foydalana olish darajasini, shuningdek, chet tilida tahlil qilish va o‘z fikrini bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim; savollar mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi va V2 darajasiga muvofiq kelishi lozim; savollar qisqa, aniq va tushunarli til bilan ifodalanishi lozim; savollar umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilishi lozim. 42. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni bo‘yicha mas’uliyat ekspert guruhi a’zolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatini TDYU qabul komissiyasi raisi boshqaradi. 43. Ekspert guruhi tomonidan tuzilgan yozma imtihon savollari TDYU qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va imtihon biletlari shakllantirilguniga qadar unda saqlanadi. 44. Tuzilgan savollar yozma imtihon o‘tkazilishidan bir kun oldin yozma imtihon biletlarini shakllantirish uchun mas’ul kotibga topshiriladi. Har bir bilet: mutaxassislik fanlari bo‘yicha 3 ta savoldan (bitta nazariy va ikkita amaliy); chet tili fani bo‘yicha uchta savoldan (o‘qish darajasini aniqlash uchun 1 vazifa va yozma nutq ko‘nikmalarini aniqlash uchun 2 vazifa) iborat bo‘lishi lozim. Shakllantirilgan imtihon biletlari konvertlarga solinadi, ular o‘z navbatida tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinadi. Konvertlar va paketlar TDYU qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi va shtabda saqlanadi. 45. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan kuni auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar o‘zlari biriktirilgan binoga soat 7:30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib kelishlari shart. 46. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan yozma imtihon o‘tkaziladigan binoga aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, shpargalka va shu kabilarni olib kirish taqiqlanadi. 47. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar yozma imtihonlar o‘tkaziladigan kuni soat 7:30 dan 7:50 gacha shtabdan tegishli ruxsatnomalarni olib, biriktirilgan auditoriyaga boradi hamda o‘zlarining ismi, otasining ismi va familiyalarini doskaga yozib qo‘yadi. Kuzatuvchilar soat 7:50 dan 8:00 gacha auditoriyaning imtihonlarga tayyorlik holatini tekshiradi, imtihon jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Shuningdek, kuzatuvchilar auditoriyadagi o‘rindiqlarning to‘g‘ri raqamlanganini ham tekshiradi. 48. Auditoriya rahbari soat 8:00 dan 8:15 gacha shtabda imtihon komissiyasi raisidan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini qabul qilib oladi, imtihon biletlari bo‘lgan paketlarning muhri buzilmaganligini tekshiradi va imtihon komissiyasi a’zolaridan birining ishtirokida auditoriyaga olib keladi. 49. Kuzatuvchilar soat 8:30 gacha auditoriya rahbaridan guruh bo‘yicha ro‘yxatni oladi, shuningdek, abituriyentlarni guruhlar ro‘yxati asosida pasporti bilan tekshirib, auditoriyaga kiritadi. Abituriyentlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan joyga borib o‘tiradi. Yozma imtihonga kelmagan abituriyentlarning o‘rni yozma imtihon o‘tkazish jarayonida bo‘sh qoldiriladi. 50. Kuzatuvchilar ikki abituriyent guvohligida imtihon biletlari solingan paketlar muhrlanganiga ishonch hosil qilgach, konvertlarni ochadi. Kuzatuvchilar imtihon biletlari hamda savollarga javob yozish uchun mo‘ljallangan qat’iy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni tartib bilan tarqatadi. Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda TDYU qabul komissiyasi raisida saqlanadigan muhr va uning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 51. Auditoriya rahbari abituriyentlarga daftar muqovasida o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini ko‘rsatishi, daftar varaqlarini bukmaslik, farq qiluvchi belgilar qo‘ymaslik, yozuvlar tagiga chizmaslik, javoblarni belgilashda ko‘k havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanmaslik haqida tushuntirish berishi, shuningdek, ushbu talablarni buzish yozma imtihon o‘tkazish talablarini buzish deb hisoblanishi haqida abituriyentlarni ogohlantirishi lozim. 52. Kuzatuvchilar soat 9:00 gacha abituriyentlarning tartib raqamini ko‘rsatgan holda daftarlarni qabul qilib olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishini ta’minlaydi. Yozma imtihonlarga kelmaganlar haqida guruh ro‘yxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi. 53. Auditoriya rahbari soat 9:00 da yozma imtihon boshlanganligini e’lon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi. 54. Auditoriya rahbari soat 11:00 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qiladi va kuzatuvchilarga daftarlarni javobi bilan yig‘ib olish bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Daftarlar yig‘ib olingandan so‘ng auditoriya rahbari daftarlarning ushbu Nizom 51-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirib, abituriyentlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi. 55. Barcha daftarlar, shu jumladan imtihon o‘tkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi. 56. Auditoriya rahbari soat 11:15 dan kechikmay barcha qutilarni imtihon komissiyasi raisiga topshiradi hamda u ushbu qutilarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, tegishli joyiga imzo qo‘yadi. 57. Abituriyentlar yozma imtihon o‘tkaziladigan binoga pasporti bilan tegishli tartibda kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi. Abituriyentlar auditoriyalarga mutaxassisliklariga qarab joylashtiriladi. 58. Yozma imtihon soat 9:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi. 59. Abituriyentlar yozma imtihon o‘tkaziladigan binoga soat 8:00 gacha, auditoriyaga soat 8:30 gacha kiritiladi. Soat 8:30 dan keyin abituriyentlar auditoriyaga kiritilmaydi. 60. Yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihonlar o‘tkazilmaydi. 61. Yozma imtihon boshlanganidan keyin abituriyentlar bilan imtihon biletlari yuzasidan suhbatlashish taqiqlanadi. 62. Imtihon biletlariga javoblar daftarga ko‘k havorang sharikli ruchkada tushunarli qilib yozilishi lozim. 63. Abiturentlarga so‘zlarni qisqartirib yozish, so‘zlarning osti yoki ustiga chizish, daftarga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qo‘yish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlarni yozish, yozma imtihon materiallarini bir-biriga uzatish, boshqalarga yordam berish taqiqlanadi. Abituriyentlar tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. 64. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lug‘at, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini auditoriya tashqarisiga olib chiqqan abituriyent yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi. 65. Yozma imtihon davomida abituriyentlarga auditoriyadan chiqish taqiqlanadi. O‘zboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan abituriyentlar yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi. 66. Yozma imtihon o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar yozma imtihondan chetlashtiriladi, yozma imtihondan chetlashtirish bo‘yicha mazkur Nizomga 4-ilovada berilgan shaklga muvofiq auditoriya rahbari yoki kuzatuvchi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 67. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning yozma ishlari baholanmaydi va bunday abituriyentlar yozma imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi. 68. Auditoriya rahbari tomonidan yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganligi e’lon qilinganda abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Abituriyentlar belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatganda ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin imtihon materiallarini topshirishlari mumkin. 69. Imtihon komissiyasi raisi imtihon yakunlangach daftarlar solingan qutilarni auditoriya rahbarlaridan qabul qilib oladi va daftarlarning muqovasi va birinchi varag‘iga maxsus shifrlar qo‘yib, daftar muqovasini yirtib oladi. Qo‘yilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun imtihon komissiyasi raisi shaxsan javob beradi. 70. Maxsus komissiya yozma imtihonlar o‘tkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Maxsus komissiya raisi TDYU rektorining tavsiyasiga ko‘ra adliya vaziri tomonidan, maxsus komissiyaning boshqa a’zolari esa TDYU rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi. Maxsus komissiya a’zolarining soni har bir mutaxassislik bo‘yicha abituriyentlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda TDYU rektori tomonidan belgilanadi. 71. Maxsus komissiya a’zolari yozma imtihon o‘tkaziladigan kuni soat 10:00 dan kechikmay o‘z pasportlari bilan tegishli mutaxassislik bo‘yicha yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatish tizimi bilan jihozlangan xonaga kelishlari lozim. 72. Maxsus komissiya a’zolari tomonidan yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish taqiqlanadi. 73. Maxsus komissiya raisi daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiya raisidan qabul qilib oladi va maxsus komissiya a’zolari ishtirokida ochadi va daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi. Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud bo‘lgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi. Bunday ishlar tekshirilmaydi. 74. Maxsus komissiya raisi tekshirish va baholarni qo‘yish maqsadida imtihon natijalari yozilgan daftarlarni komissiya a’zolariga taqsimlab beradi: mutaxassislik fanlari bo‘yicha — tegishli “yurisprudensiya” sohasidagi malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi; chet tili bo‘yicha — tegishli chet tili fani bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. 75. Yozma javoblar maxsus komissiya a’zolari tomonidan ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarda nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshiriladi va baholanadi. Har bir javob uchun ballar qo‘shiladi va 3 ga bo‘linadi, hosil bo‘lgan qiymat yozma imtihondan olingan yakuniy ball hisoblanadi. 76. Yozma imtihon ballari maxsus komissiya tomonidan tegishli shifrlar bilan qaydnomaga kiritiladi. Har bir yozma imtihon fani bo‘yicha qaydnoma alohida tuziladi. Daftarlar va yozma imtihon natijalari qaydnomasi qutilarga solinadi hamda maxsus komissiya raisi tomonidan imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi. 77. Yozma imtihon bo‘yicha maksimal ball 150 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi: mutaxassislik fanlari bo‘yicha — 0 balldan 100 ballgacha; chet tili fani bo‘yicha — 0 balldan 50 ballgacha. 78. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha V2, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 6.0 ball (bunda writing modulidan 6.0 ball), TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 95 ball (bunda writing modulidan 27 ball) yoki TestDaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) bo‘yicha TD № 3 ball darajasidan kam bo‘lmagan ballga ega abituriyentlar chet tili fani bo‘yicha yozma imtihonni topshirishdan ozod qilinadilar. Ularga eng yuqori ball (50 ball) qo‘shiladi. 79. Yozma imtihon ballari mutaxassislik fanlari va chet tili fanlari bo‘yicha alohida-alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlari muqovasidagi shifr raqamlari ko‘rsatilgan holda imtihon komissiyasi tomonidan kiritiladi. Yozma imtihon natijalari har bir fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tomonidan umumiy qaydnomaga kiritiladi va shu asosida yozma imtihonning yakuniy ballari chiqariladi. 80. Har bir fan bo‘yicha yozma imtihon uchun o‘rnatilgan yuqori balldan 55 foizini yoki undan kam to‘plagan, shuningdek, belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar magistraturaga qabul qilinmaydi. 81. TDYU magistraturasiga kirish uchun yozma imtihonni qayta o‘tkazish taqiqlanadi. 82. Umumiy qaydnomada abituriyentlar ro‘yxati har bir mutaxassislik bo‘yicha to‘plangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi. Bunda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlarning natijalari alohida-alohida e’lon qilinadi. 83. Yozma imtihon natijalari TDYUning veb-saytiga imtihonlar o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida joylashtiriladi. 84. Agar abituriyent yozma imtihon natijalariga rozi bo‘lmasa, TDYU qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida apellatsiya komissiyasiga shikoyat berish huquqiga ega hamda bu haqida unga xabarnoma beriladi. 85. Zarur hollarda apellatsiyani ko‘rib chiqish jarayoniga tegishli masalalar bo‘yicha maxsus komissiya a’zolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilar jalb qilinishi mumkin. 86. Shikoyat tushgan kuni mas’ul kotib o‘rinbosari tomonidan shikoyat yozgan abituriyentning yozma imtihon materiallari apellatsiya komissiyasiga topshiriladi. 87. Abituriyent xabarnomada nazarda tutilgan vaqtda pasporti bilan apellatsiya komissiyasida shikoyatini ko‘rib chiqishda o‘zining ishtirokini ta’minlashi shart. 88. Shikoyatni ko‘rib chiqishda abituriyentning so‘roviga asosan unga yozma ishi berilishi mumkin. Abituriyent o‘z e’tirozlarini yozma ravishda yozadi va unga berilgan materiallar bilan birga apellatsiya komissiyasiga topshiradi. 89. Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish muddati shikoyat berilgan sanadan boshlab 2 ish kunidan oshmasligi lozim, natija bo‘yicha qaror qabul qilinishi shart. 90. Abituriyentning shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan taqdirda, apellatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 91. Abituriyentning shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, apellatsiya komissiyasi shikoyatchining yozma imtihon ishiga uzil-kesil ball qo‘yadi va qabul qilingan yakuniy qaror haqida abituriyentga xabar beradi. 92. Yozma imtihon natijalari, apellatsiya komissiyasi qarori asosida, shuningdek chet tilini bilish darajasini tasdiqlash to‘g‘risidagi milliy va xalqaro sertifikatni hisobga olib, TDYU magistraturasiga qabulning yakuniy natijalari aniqlanadi va imtihon qaydnomasiga kiritiladi. Imtihon qaydnomasi TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi va 25-avgustga qadar TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi)ga yuboriladi. 93. Suhbat bo‘yicha komissiya o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Suhbat bo‘yicha komissiya tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin. Suhbat bo‘yicha komissiyaga komissiya a’zolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibiga yuklanadi. 94. Suhbat TDYUda ta’lim beriladigan tillarda o‘tkaziladi. 95. Suhbatning ushbu Nizomga qat’iy rioya etgan holda tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun mas’uliyat mas’ul kotib va mas’ul kotib o‘rinbosariga, suhbat bo‘yicha komissiya a’zolariga yuklanadi. 96. Suhbatni tashkil etish va o‘tkazish TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiriladi. 97. TDYU qabul komissiyasining suhbatni tashkil etishdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: suhbat jarayoni adolatli o‘tkazilishini ta’minlash; suhbat o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratish; TDYUga o‘qishga kirish va unda ta’lim olish, shuningdek, TDYUda yaratilgan sharoitlar haqida xorijiy fuqarolarga axborot va ma’lumotnomalar taqdim etish, jumladan, Internetning xalqaro axborot tarmog‘i orqali; abituriyentlarga suhbat natijalari haqida ma’lumot taqdim etish. 98. Binolar va auditoriyalarni suhbat o‘tkazish uchun tayyorlash mas’uliyati mas’ul kotib o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi. 99. Suhbat o‘tkaziladigan binoda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi lozim. 100. Suhbat savollari ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan mezonlar bo‘yicha tuziladi. 101. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida e’tibor qaratiladi: savollar lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi hamda professional bilim va tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim; savollar oliy ta’lim darajasiga mos bo‘lishi lozim; savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar ularni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi lozim; savollar umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilgan bo‘lishi lozim. 102. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni bo‘yicha mas’uliyat ekspert guruhi a’zolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatiga TDYU qabul komissiya raisi rahbarlik qiladi. 103. Suhbat o‘tkazish uchun ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollar TDYU qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va biletlar shakllantirilgunga qadar unda saqlanadi. 104. Tuzilgan savollar suhbat o‘tkazilishidan bir kun oldin suhbat biletlarini shakllantirish uchun mas’ul kotibga topshiriladi. Har bir bilet to‘rtta savoldan iborat bo‘lishi lozim (ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha bittadan). Shakllantirilgan biletlar konvertlarga joylashtiriladi va TDYU qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi hamda mas’ul kotibda saqlanadi. 105. Abituriyentlarning suhbatdan o‘tishi majburiy hisoblanadi. 106. Suhbat o‘tkazilishiga qadar TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq maslahatlar tashkil etiladi. 107. Suhbat o‘tkazish jadvali mas’ul kotibning taqdimnomasiga binoan TDYU rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa suhbatdan o‘tuvchi abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi. 108. Suhbat o‘tkazish jadvali, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan kamida bir oy oldin TDYU veb-saytiga joylashtiriladi. 109. Suhbat, qoida tariqasida, TDYU binolarida o‘tkaziladi. 110. Abituriyentlar suhbat o‘tkazish uchun binoga tegishli navbat bo‘yicha olib kiriladi. 111. Suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarining olib kirilishi va ulardan foydalanilishi qat’iyan taqiqlanadi. 112. Abituriyent auditoriyaga suhbat bo‘yicha komissiya kotibi tomonidan taklif etiladi. 113. Suhbatdan oldin abituriyent pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatishi shart. 114. Suhbat o‘tkazishda abituriyent savollar berilgan biletni tanlaydi va suhbatga tayyorlanish uchun 20 daqiqa ajratiladi. Bunda abituriyent suhbatga tayyorlanish uchun qog‘oz varaqlardan foydalanishi mumkin. Qog‘oz varaqlarni taqdim etish uchun mas’uliyat suhbat bo‘yicha komissiyaga yuklanadi. 115. Suhbatdan o‘tish jarayonida abituriyentga bilet mazmuni bo‘yicha qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi. 116. Suhbat natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha ballarning eng yuqori miqdori 25 ballni tashkil etadi. 117. Jadval bo‘yicha suhbatga kelmagan abituriyentga 0 ball qo‘yiladi. 118. Suhbat natijalarini belgilash uchun suhbat bo‘yicha komissiyaning har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil ravishda ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shakldagi baholash varag‘ini to‘ldirib, uni imzolaydi hamda suhbat bo‘yicha komissiyaning kotibiga topshiradi. Kotib xorijiy fuqaroga suhbat bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqadi. 119. Abituriyentlar suhbat natijalari bo‘yicha 55 ball yoki undan kam ball to‘plagan hollarda suhbatdan o‘tmagan deb hisoblanadi. 120. Suhbatdan o‘tgan abituriyentlar ro‘yxati ular tomonidan to‘plangan ballar asosida reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi. 121. Suhbat jarayoni va natijalari suhbat bo‘yicha komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan yig‘ilish bayonnomasida qayd etiladi. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etish uchun video va audioyozuv qo‘llaniladi hamda 24 soat ichida suhbat bo‘yicha komissiya raisiga taqdim etiladi. 122. TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish uchun suhbatni qayta o‘tkazish taqiqlanadi. 123. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellatsiya tartibida ko‘rilishi mumkin emas. 124. Suhbat natijalari 25-avgustga qadar TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga yuboriladi. 125. Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida joylashtiriladi. 126. Davlat komissiyasining TDYU magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 30-avgustdan kechikmay qabul qilinadi. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror TDYU rektorining abituriyentlarni davlat grantlari hisobiga TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida 30-avgustga qadar buyruq chiqishi uchun asos hisoblanadi. To‘lov-kontrakt asosida TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida kontrakt (shartnoma) tuzish va kontrakt to‘lovi summasini 15-sentabrgacha to‘lash sharti bilan rasmiylashtiriladi. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi Davlat komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi. 127. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari bilan taqdirlangan abituriyentlar, shuningdek, “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sovrindorlari TDYU magistraturasiga davlat granti asosida umumiy qabul kvotasi doirasidan tashqarida tanlangan magistratura mutaxassisligi bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos kelgan taqdirda, yozma imtihon topshirmasdan qabul qilinadilar. 128. TDYU magistraturasiga qabul qilingan abituriyentlarning suhbat va yozma imtihon natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlariga tikib qo‘yiladi. TDYU magistraturasiga qabul qilinmagan abituriyentlarning suhbat va yozma imtihon natijalari olti oy davomida saqlanadi va keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 129. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 47-modda); 2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2015-yil 4-sentabrdagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 77-modda); 3. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 15-iyuldagi 234-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi; 4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
123
40,077
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-378-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-378-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
153
1,123
Qonunchilik
O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (bundan buyon matnda Harakat deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi. 2. Mazkur Qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar joriy o‘qish yilida Harakatning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Harakat tomonidan moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladilar. 3. Moddiy yordam ko‘rsatish Harakat tomonidan mazkur Qoidalarning 1-bandida ko‘rsatilgan talabalarga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qish uchun tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali ko‘rsatiladi. Bunda talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi. 4. Har yili 1-fevraldan kechikmay oliy ta’lim muassasasi Harakatning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga (bundan buyon matnda Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) ro‘yxatini, shuningdek ularning o‘zlashtirishi va intizomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi. 5. Har yili 20-fevraldan kechikmay talabalar Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladilar. 6. Har yili 1-martdan to 5-martga qadar bo‘lgan muddatda Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda mazkur Qoidalarning 8-bandida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar asosida Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. 7. Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi quyidagi huquqlarga ega: Harakatning Markaziy Kengashiga talabaga moddiy yordam ko‘rsatishni tavsiya etish; talabani moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etishni rad etish. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish rad etilgan taqdirda, Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi majlisining bayonida muayyan talaba nima uchun rad etilganligi sabablari ko‘rsatiladi. 8. Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi talabalarni moddiy yordamga tavsiya etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda talabalarning o‘tgan o‘quv yilidagi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarini (birinchi bosqich talabalari uchun o‘quv yilining birinchi semestr natijalarini) inobatga oladi: talabaning Harakat faoliyatidagi (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida, Harakatning boshlang‘ich tashkiloti, mahalliy va mintaqaviy Kengashlari, Harakatning Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etiladigan loyiha va tanlovlaridagi) faol ishtiroki; talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi (ichki tartib qoidalarga rioya etilmaganligi holati faqatgina oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan e’lon qilingan hayfsan olganligi bilan aniqlanadi); talabaning o‘rganilayotgan davrdagi o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 va undan yuqori foiz bo‘lishi lozim. Bunda talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrdagi o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘tilgan har bir semestrdagi o‘quv fanlarining umumiy soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. 9. Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashining moddiy yordam ko‘rsatish uchun talabalarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori joriy o‘quv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 10. Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashining majlisi uning ishida Kengash jami a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisining bayonnomasi Harakatning boshlang‘ich tashkiloti rahbari va Kengashning majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. 11. Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashining majlisi bayonnomasining nusxalari uch kun ichida oliy ta’lim muassasasiga va Harakatning Markaziy Kengashiga taqdim etiladi. 12. Harakatning Markaziy Kengashiga yuboriladigan majlis bayonnomasining nusxasiga moddiy yordam ko‘rsatishga tavsiya etilgan talabalarning ro‘yxati ilova qilinadi. 13. Harakatning Markaziy Kengashi Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashlarining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani hujjatlar qabul qilingandan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi. 14. Harakatning Markaziy Kengashi qarorining bir nusxasi oliy ta’lim muassasasiga, bir nusxasi — Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga yuboriladi. 15. Harakatning Markaziy Kengashi talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin o‘n bank kuni mobaynida oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga moddiy yordam ko‘rsatish pulini o‘tkazadi. 16. Oliy ta’lim muassasalarining yozma murojaatiga ko‘ra Harakatning Markaziy Kengashi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda talabalarni tavsiya etish bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. 17. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan hollarda harakatning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan moddiy yordam ko‘rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Harakatning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim. 18. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 27-bandiga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmagan hollarda Harakatning Markaziy Kengashi to‘langan moddiy yordam ko‘rsatish pulini talabadan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi. 19. Talaba moddiy yordam olish huquqidan voz kechsa, oliy ta’lim muassasasi talaba uchun to‘langan mablag‘ni Harakatning Markaziy Kengashiga o‘n kun ichida qaytaradi. 20. Mazkur Qoidalarning 17 — 19-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi Harakatning Markaziy Kengashiga o‘n kun ichida xabar beradi. 21. Mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi, shuningdek Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilgan talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, ularning o‘zlashtirishi, intizomi va Harakat faoliyatidagi ishtiroki ustidan nazorat qilish tegishincha oliy ta’lim muassasasi hamda Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi zimmasiga yuklatiladi. 22. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
250
8,957
Qonunchilik
Soliq ma’muriyatchiligi qanday isloh qilinayapti
Prezidentning 2019 yil 10 iyuldagi qarori bilan Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari: Rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilishi natijasida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar sur’ati oʻsishiga, mamlakatning хalqaro reytinglardagi pozitsiyalarini yaхshilashga erishiladi. Soliqlarning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha YaIM, tushum, qoʻshilgan qiymatga nisbatan ulushi oʻzgaradi. Mahalliy va хorijiy investorlar oʻrtasidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalar nomutanosibligi bartaraf etiladi. Asosiysi, soliq tekshiruvlari soni qisqaradi, nazorat tadbirlari natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlar miqdori pasayadi. Oleg Zamanov.
48
723
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING RESPUBLIKA DAVLAT URUFChILIK INSPEKSIYASINI TUGATISh TO‘FRISIDA
Urug‘lar sifatini nazorat qilish vazifalari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi zimmasiga yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq xo‘jaligi vazirligining respublika davlat urug‘chilik inspeksiyasi belgilangan tartibda tugatilsin. 2. Sertifikatlashtirish va urug‘lar sifatini nazorat qilish davlat markazi o‘n kun muddatda asbob-uskunalarni, binolar va inshootlarni, transport vositalarini, shuningdek xodimlarni belgilangan tartibda balansga qabul qilsin. 3. Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan inspeksiya uchun ajratilgan mablag‘larning butun hajmini Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat markaziga o‘tkazsin. 4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan Markazning yangi tuzilmasi va shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
95
1,096
Qonunchilik
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan soliq islohotlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar: “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Jahon banki Direktorlar kengashi 2021-yil 16-iyunda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan 60 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishini ma’qullaganligi; Loyihani amalga oshirish davri besh yil (2022 — 2027-yillar) etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Loyihani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin: soliqlarni hisoblash va to‘lashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizgacha yetkazish; soliq organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirkorlik subyektlarini elektron xizmatlar bilan to‘liq qamrab olish; qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish orqali ushbu soliqning undiruv darajasini 75 foizgacha yetkazish; soliq to‘lovchilarning soliq hisobotlarini tayyorlash, taqdim etish va soliqlarni to‘lash uchun vaqt sarfini 2 baravargacha kamaytirish. 3. Belgilansinki: Davlat soliq qo‘mitasi Loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul hisoblanadi; Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz bo‘yicha foiz, xizmat ko‘rsatish va majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bojxona to‘lovlari, soliqlar va yig‘imlar (bundan ish haqi bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar mustasno) bo‘yicha xarajatlarni qoplash O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; Davlat soliq qo‘mitasiga Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirishga ruxsat beriladi; Davlat soliq qo‘mitasi huzurida alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega bo‘lgan, faoliyati Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi; Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi har yili Moliya vazirligi bilan kelishiladi; Davlat soliq qo‘mitasi raisiga Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari va xodimlariga Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan soliq organlari xodimlari uchun ko‘zda tutilgan tartibda ish haqiga qo‘shimcha haq va ustamalar belgilash huquqi beriladi. 4. Quyidagilar: Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq; Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat ko‘rsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq; Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasidagi Loyihani moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin. 6. Davlat soliq qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 4-ilovaga muvofiq grafik bo‘yicha soliq solish sohasida yangi axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlari yuzasidan soliq organlari xodimlariga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazsin. 7. Davlat soliq qo‘mitasi: Loyiha doirasida tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shu jumladan xarid qilinadigan texnika hamda asbob-uskunalarni o‘rnatish va montaj qilish uchun maxsus xonalar tayyorlanishini; Loyiha o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uning muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishini ta’minlasin. 8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Loyiha Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 9. Tashqi ishlar vazirligi Davlat soliq qo‘mitasining talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
122
5,659
Qonunchilik
“ADVOKATLARNING KASBIY MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 6-oktabrdagi 221-mh-son “Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2012, 2009-yil 6-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 444-modda) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga muvofiq buyuraman:”. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. 6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
129
1,718
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 175-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish yuzasidan soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish”; 2) 1761-modda chiqarib tashlansin; 3) quyidagi mazmundagi 2157-modda bilan to‘ldirilsin: Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik (bundan ushbu Kodeksning 1757 va 229-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), jumladan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaganlik yoki to‘liq e’lon qilmaganlik, e’lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 4) 245-moddaning birinchi qismi “2154” raqamidan keyin “2157” raqami bilan to‘ldirilsin; 5) 2451-moddaning matnidagi “1761” raqami chiqarib tashlansin; 6) 2457-moddaning birinchi qismidagi “1761-moddasida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 7) quyidagi mazmundagi 24510-modda bilan to‘ldirilsin: Ushbu Kodeksning 2157-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”; 8) 271-moddaning 11-bandidagi “1761” raqami “1762” raqami bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 6-moddaning birinchi qismi: quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash; ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish”; o‘n ikkinchi xatboshisi o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; 2) 71-moddaning: ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda esa o‘rganish obyektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinadi”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 3, 198-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 35-moddasining matnidagi “1761” raqami chiqarib tashlansin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 721-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 641-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasining to‘rtinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash; ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish”; to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 58-moddaning ikkinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 95-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin”; 3) 98-moddaning to‘rtinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 4) 99-moddaning ikkinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasi” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 5) 101-moddaning beshinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 52-moddaning ikkinchi qismi “Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 79-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin”; 3) 82-moddaning ikkinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasi” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 4) 84-moddaning beshinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 5) 85-moddaning uchinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 55-moddaning ikkinchi qismi “Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 80-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin”; 3) 83-moddaning ikkinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasi” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 4) 85-moddaning beshinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 5) 86-moddaning uchinchi qismi “davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki” degan so‘zlardan keyin “nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 661-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 359-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish haqida”gi 661a-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 360-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda) XIV bo‘limi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 70-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) XI bo‘limi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-542-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 267-modda) 3-moddasi; 6) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-586-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 3-moddasi. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning 8-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
172
15,732
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirishga yo‘
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘rmon mahsulotlari hajmini ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘lardan, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandda: “arizalarni ko‘rib chiqqanlik va” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simliklar turlarini tabiiy muhitdan tayyorlash (to‘plash) uchun olib qo‘yishga” so‘zlari qo‘shilsin; b) 5-bandda: ikkinchi xatboshiga “agar huquqni buzish” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kirmaydigan” so‘zlari qo‘shilsin; to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi foydalanuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Quyidagi mablag‘lar: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘lari hududlaridagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar — 100 foiz miqdorda hududida huquqbuzarlik sodir etilgan qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘lari hisob raqamiga o‘tkaziladi; davlat o‘rmon fondi yerlaridagi hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘larning: 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; 50 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi”; oltinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin; v) Ilovaga ilovada: “O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga: ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar undirishdan, shuningdek, davlat o‘rmon fondi yerlarida yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish yoki urchitish uchun ularni tutishga ruxsatnomalar berishdan olingan mablag‘lar — mansubligi va yovvoyi hayvonlarni tutish joyi bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etilgan xo‘jalikning hisob raqamiga — 100 foiz. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha undirishdan olingan mablag‘larning: 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob raqamiga; 50 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmon, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamlariga taqsimlanadi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan O‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomning 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandda: “kiritilmagan tabiiy holda o‘suvchi o‘simlik xomashyolarini terish” so‘zlari “kiritilmagan o‘simliklar turlarini tabiiy muhitdan tayyorlash (to‘plash) uchun olib qo‘yish” so‘zlari bilan almashtirilsin; “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “b) o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘larning 50 foizi;”; “v” kichik banddagi “(milliy tabiat bog‘lari, biorezervatlar, ov xo‘jaliklari)” so‘zlari “(o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshirishda daraxtlar va butalar kesilganligi, shuningdek, o‘simlik qoplamasi shikastlanganligi uchun)” so‘zlari bilan almashtirilsin; “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “g) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘larini rivojlantirish jamg‘armalariga tushgan mablag‘larning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar (ushbu bandning “a”. “b”, “v” kichik bandlarida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan holda)”; “e” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “e) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar, belgilangan tartibda tashkil etilgan tashkilotlarning ustav fondidagi ulushlar (aksiyalar) bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.”; b) 5-bandda: “n” kichik bandning birinchi xatboshidagi “ovchilik xo‘jaliklari” so‘zlari “ovchilik, o‘rmon va ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar” so‘zlari bilan almashtirilsin; “s” kichik bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi “t” kichik band qo‘shilsin: “t) davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklarini, shuningdek, “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazini boshqarishning budjetdan tashqari qismini moliyalashtirish va saqlab turish”.
250
6,829
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish yo‘li bilan sifatli shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishning Bosh sxemasi (Bosh sxema) — hududlarni joylashtirish, tabiatdan foydalanish, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tizimlarini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yo‘llarini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari; umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari — umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati hududlarida, shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlari ta’minlanishini hisobga olgan holda, ularsiz ushbu hududlardan foydalanish mumkin bo‘lmagan yoki foydalanish qiyin bo‘lgan shaharsozlik faoliyatini tartibga soluvchi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududlarning chegaralarini belgilovchi hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlar (rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar) — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar, ularga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning Bosh sxemasi; ikki va undan ko‘p mintaqalar hududlarini hamda boshqa hududlarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasi hududlari qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari; O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari; O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalari hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari; ikki va undan ko‘p mintaqalarni hamda boshqa hududlarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasi hududlari qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari (shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning konsolidatsiya qilingan sxemalari) — hududlarni zonalashtirishni aniqlovchi hujjatlar, mintaqalararo va mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan joylashtirish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish, tabiatdan oqilona foydalanish, hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta’minlash chora-tadbirlari; O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemasi — muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirishning asosiy parametrlarini va rejalashtirish yechimlarini aniqlovchi hujjatlar; muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari — muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiyalash va rivojlantirishning asosiy parametrlarini va konseptual yechimlarini aniqlovchi, shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflardan iborat bo‘lgan hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemasi — hududlarni zonalashtirishni, tegishli hududda mintaqalararo, mintaqaviy va qishloqlararo ahamiyatga ega bo‘lgan aholi punktlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni joylashtirish, rivojlantirish tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlovchi hujjatlar. 3. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar, shaharsozlik hujjatlari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) umuman respublika bo‘yicha shaharsozlik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini asoslovchi va belgilovchi, doimiy amal qiladigan va muntazam ravishda yangilab boriladigan dasturiy, axborot-tahliliy hujjatlar hisoblanadi. Shaharsozlik hujjatlari respublika hududlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlarini, shuningdek, yashash uchun qulay muhit yaratish maqsadida shaharlar va qishloq aholi punktlarining hamda qishloqlararo hududlarning barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni aniqlaydi. Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlikni rejalashtirish sohasida ishlarning oqilona va o‘zaro kelishilgan tizimini ta’minlashda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zaro hamkorligining asosi bo‘lib xizmat qiladi. 4. Shaharsozlik hujjatlarining asosiy maqsadi va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi bilan aniqlanadi. 5. Shaharsozlik hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalaridan tashqari, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Qurilish vazirligi deb ataladi) tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish, Qurilish vazirligi bilan kelishilgan holda, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ta’minlanadi. 6. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish tegishli vazirliklar va idoralar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 8. Shaharsozlik hujjatlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. 9. “O‘zshaharsozlik LITI” DUK shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha-qidiruv tashkiloti hisoblanadi. “Toshkentboshreja LITI” DUK Toshkent viloyatini rejalashtirish sxemalarini, Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo‘yicha muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha-qidiruv tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishuv bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshirilishi mumkin. 10. Shaharsozlik hujjatlarini loyihalash yuzasidan topshiriq, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmaga muvofiq, tegishli ravishda Qurilish vazirligi, ularni ishlab chiqishning tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 11. Tasdiqlangan topshiriq asosida loyiha-qidiruv tashkiloti ishlar dasturini va kalendar-muvofiqlashtirish rejasini tayyorlaydi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi: ushbu Nizomga 3, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq shaharsozlik hujjatlari materiallarining taxminiy tarkibi (grafik materiallar masshtabi bilan birga grafik va matnli materiallar ro‘yxati); asosiy bajaruvchilar va birgalikda bajaruvchilar tomonidan ishlarni amalga oshirishning muddatlari va ketma-ketligi. 12. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish muddati, oldinda turgan ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda, ishlanmaning tashabbuskori tomonidan aniqlanadi va u uch yildan oshmasligi kerak. 13. Rejalashtirishga doir shaharsozlik hujjatlari mamlakatni, iqtisodiyot tarmoqlarini va alohida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumrespublika dasturlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 14. Loyiha-qidiruv tashkiloti shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga manfaatdor vazirliklar va idoralardan mutaxassislar va konsultantlarni, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarini jalb etish huquqiga ega. 15. Shaharsozlik hujjatlari davlat va ekologiya ekspertizalaridan o‘tkazilgungacha hamda tasdiqlash uchun taqdim etilgungacha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi kerak. Shaharsozlik hujjatlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishishga taqdim etish — buyurtmachiga, ko‘rib chiqish va kelishishning barcha bosqichlarida himoya qilish — uni ishlab chiqqan loyiha-qidiruv tashkilotiga yuklanadi. 16. Loyiha-qidiruv tashkiloti shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi, ular materiallar olingandan keyin bir oy muddatda o‘z xulosalarini beradilar (yuboradilar). 17. Shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli vazirlik va idora ularni e’tirozlarsiz kelishadi yoki uning vakolatiga bevosita taalluqli mulohazalar va takliflarni ko‘rsatgan holda uni puxtalashtirish uchun qaytaradi. 18. Kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda Qurilish vazirligi mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun shaharsozlik hujjatlarini kelishiluvchi organlar bilan birga muhokama etishni ta’minlashi kerak. 19. Qurilish vazirligi tomonidan, ushbu vazirliklar va idoralarning hamda, zarurat bo‘lganda, ularning hududiy tashkilotlari vakillari kiritiladigan idoralararo komissiyalarni tashkil etish yo‘li bilan aynan bir vaqtda shaharsozlik hujjatlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga ko‘rib chiqish tashkil etilishi mumkin. 20. Ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlariga ularni ko‘rib chiqish va kelishish davomida tavsiya etilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ular tasdiqlash uchun taqdim etilgungacha, loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan kiritiladi. 21. Shaharsozlik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning Bosh sxemasidan tashqari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemalari tasdiqlash uchun kiritilgungacha Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning Bosh sxemasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tuziladigan maxsus idoralararo ekspert guruhi tomonidan o‘tkaziladigan davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. Idoralararo ekspert guruhining ishlarini Qurilish vazirligi boshqaradi. 22. Shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, ko‘rib chiqish uchun buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga kiritiladi. Shaharsozlik hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi. 23. Davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganda va Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashida ma’qullanganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasi tayyorlanadi, u tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 24. Shaharsozlik hujjatlari Qurilish vazirligi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari, O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalari, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari bundan mustasno. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalari hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 25. Shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin ommaviy axborot vositalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portali veb-saytida e’lon qilinadi. 26. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga faqat tegishli ravishda Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralar taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ularga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
203
15,317
Qonunchilik
Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari)ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 37-son, 431-modda) muvofiq buyuraman: 1. Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari) ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 37-son, 431-modda) muvofiq Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tanlangan yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitish va qayta tayyorlash (keyingi o‘rinlarda o‘qish deb yuritiladi) uchun o‘quvchilarni qabul qilish hamda kirish malaka imtihonlarini (testlari) o‘tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom Markaz tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli pulli kurslarga o‘qishga qabul qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 1. Markazga unda o‘qish istagini bildirgan fuqarolar, jumladan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfini tamomlagan, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish markazi deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan berilgan yo‘llanmasi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi. 2. Markaz o‘qishga qabulni tashkil qilish uchun o‘qitishning navbatdagi bosqichi boshlanishidan oltmish kun oldin o‘zining qabul rejasini tuzadi va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga kiritadi. 3. Qabul rejasining kelishuvi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi tomonidan ta’minlanadi. 4. Markazning o‘qishga qabul rejasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan kundan boshlab uch kun ichida Markaz tomonidan ommaviy axborot vositalarida o‘qishning asosiy yo‘nalishlari va qabul uchun shartlar, talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati, Markaz manzili va murojaat uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda o‘qishga qabul to‘g‘risida e’lon beriladi. 5. Markazda o‘qish uchun qabul o‘qitishning navbatdagi bosqichi boshlanishidan qirq besh kun oldin boshlanadi va o‘n besh kun davomida amalga oshiriladi. 6. Markazga o‘qishga kirish uchun qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi: Markaz direktorining nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza; pasport nusxasi; ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (diplom yoki attestat); Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanmaning asl nusxasi; sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumotnoma; 35 x 45 mm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat. Pasport qabul komissiyasining mas’ul xodimiga fuqaro tomonidan shaxsan ko‘rsatiladi. 7. O‘qishga qabul qilingan fuqarolarning mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlari hamda o‘qish davrida unga nisbatan qabul qilingan hujjatlar uch yilgacha Markazda saqlanadi va qonun hujjatlariga muvofiq Markaz tomonidan davlat arxivi organlariga topshiriladi. 8. Tegishli hujjatlarni topshirgan fuqarolarga hujjatlarning qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi. 9. Qabul uchun mas’ul shaxs tomonidan hujjatlarni qabul qilib olish vaqtida fuqaroning yotoqxonaga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi va bu haqda fuqaroning hujjatlari yig‘ma jildiga tegishli yozuv kiritib qo‘yiladi. 10. Markazda o‘qish istagini bildirgan fuqarolarning hujjatlari qabul komissiyasining ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi. Ishchi guruh Markaz direktorining buyrug‘i bilan Markaz xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi. 11. Qabul komissiyasi quyidagi to‘qqiz kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi: komissiya raisi — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbari; komissiya raisi o‘rinbosari — Markaz direktori; komissiya kotibi — Markaz direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; komissiya a’zolari — Toshkent shahar va Toshkent viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari va Markazning bo‘lim boshliqlari. 12. Quyidagilar qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘qish istagini bildirgan fuqarolarni ro‘yxatga oladi va ularning hujjatlarini qabul qilish ishini tashkillashtirish; qabul rejasiga o‘qish istagini bildirgan fuqarolardan tushgan arizalarni inobatga olgan holda belgilangan qabul kvotasi (360 ta) doirasida o‘zgartirishlar kiritish; kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari va test savollarini tasdiqlash; kirish imtihonlarini o‘tkazish sanasini belgilash; Markaz mutaxassislari, o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy savollarni imtihonlar boshlanishidan o‘n kun oldin Markazning e’lonlar taxtasiga joylashtirilishini ta’minlash; kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning ro‘yxatini tasdiqlangan holda Markaz rahbariyatiga taqdim etish; kirish imtihonlarining natijasidan norozi bo‘lgan fuqarolarga asoslantirilgan javoblar berilishini ta’minlash. 13. Kirish imtihonlari qabul komissiyasi va Markaz xodimlari tomonidan test o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, kirish imtihonlarida Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligining (KOICA) tegishli mutaxassislari o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishi mumkin. 14. Test savollari markazda o‘qish istagini bildirgan fuqaroning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy bilim darajasini aniqlash va baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, matematika, geometriya, fizika va informatika bo‘yicha savollarni o‘z ichiga oladi. 15. Test savollari alohida raqamlangan hamda har bir savolga to‘rt xil javob varianti berilgan va shulardan biri to‘g‘ri javob hisoblangan ellikta savoldan iborat bo‘lgan savollar kitobida taqdim etiladi. Savollar kitobi test o‘tkazilishidan bir kun oldin ishchi guruh tomonidan tayyorlanadi. Savollar kitobini saqlash bo‘yicha mas’uliyat qabul komissiyasi kotibining zimmasiga yuklanadi. 16. Kirish imtihonlari Markaz binosida o‘qishga kiruvchilar uchun qulay sharoitda o‘tkaziladi. Imtihon vaqtida imtihon o‘tkazilayotgan xonada begona shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarga test savollarini echish uchun 120 minut vaqt beriladi. Test savollariga berilgan javoblar Markaz o‘qituvchilari tomonidan tekshiriladi. 17. Har bir to‘g‘ri javob uchun ikki ball qo‘yiladi va ballar yuqoridan pastga qarab ketma-ketlikda joylashtiriladi. Tegishli yo‘nalish uchun belgilangan qabul kvotasi doirasida yuqori ball olgan fuqarolar imtihondan o‘tgan hisoblanadi. 18. Imtihon natijalari u o‘tkazilgan kundan boshlab besh kun ichida Markazning e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Markazning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 19. Kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar ro‘yxati qabul komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 20. O‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxati uch kun ichida Markaz tomonidan Bandlikka ko‘maklashish markazlariga yuboriladi. Kirish imtihonidan o‘ta olmagan shaxslar Markazda o‘qitishning navbatdagi bosqichida o‘qish uchun qayta ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. 21. Markazda o‘qish uchun qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan o‘quvchilar belgilangan miqdor doirasida (100 o‘rin) Markaz tomonidan yotoqxona bilan ta’minlanadi. 22. O‘quvchilar yotoqxonaga Markazning Pedagogik kengashi qaroriga asosan joylashtiriladi. 23. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan.
245
8,649
Qonunchilik
Respublikaning bir guruh sportchilari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari va boks bo‘yicha jahon kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarda katta yutuqlarga erishganliklari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
110
211
Qonunchilik
FIRIBGARLIKKA OID IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mulk uning barcha shakllarida daxlsizdir va unga nisbatan har qanday tajovuz qonun bilan ta’qib etiladi. 2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar orasida o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish tariqasidagi jinoyatlar kengayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. 3. Firibgarlik uzganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan haq to‘lamay egallashda ifodalanib, buning ta’sirida mulk egasi yoki boshqa shaxs yoxud vakolatli hokimiyat organi mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga beradi yoinki ushbu mulk yoki unga bo‘lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo‘yilishiga imkoniyat beradi. 4. Jinoyat kodeksining 168-moddasi dispozitsiyasiga muvofiq firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulk egasi yoki boshqa shaxsga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud mulk egasi yoki boshqa shaxsni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi. Firibgarlikda yolg‘on ma’lumotlarga jabrlanuvchini yanglishtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlar, jumladan, yuridik fakt va voqealar, mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning vakolati, niyati (masalan, aybdor shaxs o‘zini mansabdor shaxs yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida ko‘rsatishi) taalluqli bo‘lishi mumkin. Firibgarlikda jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, masalan, bitim yoki to‘lov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘ynash chog‘ida aldov usullarini qo‘llash va h.k. kiradi. 5. Firibgarlikda ishonchni suiiste’mol qilish deganda, aybdor tomonidan mulk egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan boshqa shaxslar bilan bo‘lgan ishonchli munosabatlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqei yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urug‘lik munosabatlari sabab bo‘lishi mumkin. 6. Sudlarga tushuntirilsinki, firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lishi shart. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatan anglash qobiliyatiga ega bo‘lmagan (masalan, o‘ta yoshligi, ruhiy jihatdan norasoligi alkogol, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda ta’sirida og‘ir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkni olish firibgarlik tariqasida emas, balki o‘g‘irlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi. 7. Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning g‘ayriqonuniy egaligiga o‘tgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega bo‘lgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga ko‘ra, shaxs bankdagi pul mablag‘larini ular uning bankdagi hisobvaraqasiga kelib tushgan (o‘tkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli, jinoyat bu mablag‘lar ularni mablag‘ egasi hisobvaraqasidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisobvaraqasiga o‘tkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim. O‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik aybdorda o‘zganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo bo‘lgan paytdan {masalan, ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq ro‘yxatga olinishi shart bo‘lgan boshqa mulkka nisbatan huquq ro‘yxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori uchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi. 8. Agar shaxs o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan bo‘lsa, qilmish aybdorda o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishga nisbatan qasd faqat o‘zganing mulki yoki unga bo‘lgan huquq qo‘lga kiritilgunga qadar paydo bo‘lgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. O‘zganing mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan qasd mavjudligi to‘g‘risida, jumladan, aybdor tomonidan soxta hujjat yoki kafolat xatlaridan foydalanish, qarz mavjudligi yoki mulk garov ostidaligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yashirish, bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etishi uchun soxta korxona (tashkilot) tuzilishi, kredit mablag‘laridan maqsadga zid foydalanish yoxud ularni naqdlashtirish kabilar guvohlik berishi mumkin. Qayd etilgan holatlar sud shaxsning firibgarlik sodir etishda aybdorligi to‘g‘risida oldindan xulosaga kelishi uchun o‘z-o‘zidan asos bo‘lmaydi, shu tufayli, shaxsning o‘z majburiyatlarini bila turib bajarish niyati bo‘lmaganligi har bir muayyan holda ishning barcha holatlaridan kelib chiqib aniqlanishi shart. Agar aybdorda o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga nisbatan qasd mulk olingandan keyin paydo bo‘lgan bo‘lsa, qilmish o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. 9. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar (masalan, qonunga muvofiq tuzilgan qarz, kredit, arenda, prokat, pudrat, omonat saqlash va h.k.)ni bajarmaganlik uchun javobgarlik, basharti shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolik qonunchiligi normalari bo‘yicha kelib chiqadi. Shu munosabat bilan fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan shaxslarga nisbatan ishlarni ko‘rishda, sudlar jinoyat ishini jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli tugatish masalasi muhokama etishlari hamda manfaatdor shaxslarga bunday masalalar fuqarolik yoki xo‘jalik sud ishlarni yuritish tartibida hal qilishning zarurligini tushuntirishlari 10. Taqdim etuvchiga beriladigan qimmatli qog‘ozlar ya’ni ularni ushlab turgan har qanday shaxs ularda tasdiqlangan huquqni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar (obligatsiya, aksiya, taqdim etuvchiga beriladigan omonat daftarchasi yoki qonunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar qatoriga kiritilgan boshqa hujjatlarni yashirin ravishda talon-toroj qilish firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi. Qilmish bunday hollarda o‘zganing mulkini o‘g‘irlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. O‘zganing pul mablag‘larini o‘g‘irlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, agar naqd pul mablag‘lari bankomat vositasida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘zganing mulkini o‘g‘irlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Biroq o‘zganing bankdagi hisobida turgan pul mablag‘larini o‘g‘irlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, faqat shaxs kredit, savdo yoki servis tashkilotining vakolatli xodimini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan yanglishtirgan holdagina (masalan, savdo yoki servis markazida tovarlarga yoki xizmatlarga haq to‘lash uchun bank kartasidan foydalangan holda shaxs xarid chiptasiga kartaning qonuniy egasi o‘rniga imzo qo‘yadi yoki uning nomiga qalbakilashtirilgan pasport taqdim etadi) firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. 11. Ijtimoiy to‘lov, nafaqa, boshqa pul to‘lovlari (masalan, kompensatsiyalar, sug‘urta to‘lovlari)ni yoki boshqa mulkni sodir bo‘lishi qonunga ko‘ra to‘lovlar yoki mulkni olish uchun asos bo‘ladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yo‘qligi, sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi) to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, bila turib, yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ijtimoiy to‘lov, nafaqa yoki boshqa pul to‘lovlarini mazkur to‘lovlarni olish uchun qonuniy asoslar tugaganligi to‘g‘risida tegishli organlarga qasddan xabar bermay, ularni olishda davom ettirgan shaxsning harakatlari ham shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak. 12. Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK 170-moddasi) farqlash lozim. So‘nggi holda shaxs o‘zganing mulkini bevosita olib qo‘ymasdan va unga nisbatan huquqqa ega bo‘lmasdan, qonunga (shartnomaga) ko‘ra, mulkdor egaligi yoki tasarrufiga o‘tishga lozim bo‘lgan tovar-pul qimmatliklarini o‘zlashtiradi va ular hisobiga boyiydi. Mulkiy xususiyatdagi g‘ayriqonuniy foyda olish maqsadida aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish, misol uchun, shaxs tomonidan qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni to‘lashdan ozod etuvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etishda (JK 184-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari) ifodalanishi mumkin. 13. Aldov shaxs tomonidan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan bo‘lib, mulkni olib qo‘yish jarayonida mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni olishni yoki ushlab turishni davom ettirgan hollarda, qilmish talonchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, shaxs mobil telefonni uning egasidan vaqtincha foydalanish uchun so‘rab olib, so‘ngra talon-toroj qilingan telefon bilan yashiringan holda). 14. Firibgarlik yo‘li bilan korxona, muassasa, tashkilotlar mulkini talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarlik, faqat, talon-toroj qilingan mulk summasi MjTK 61-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdordan oshgan holdagina kelib chiqadi (jumladan, kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda ham). Agar firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan korxona, muassasa, tashkilotlar mulki summasi eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmasa, ma’muriy huquqbuzarlik mavjud bo‘ladi. Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmasa, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunda oz miqdorda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi. 15. Shuni ta’kidlash joizki, qonunga ko‘ra, fuqarolar mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qat’i nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmagan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid ma’lumotlarni inobatga olgan holda jinoyat ishini JK 65 va 66-moddalariga asosan tugatish masalasini muhokama etishlari shart. 16. Jinoyat predmeti bo‘lgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay yo‘sinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan va tegishli hujjatlar bidan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud bo‘lmaganda va talon-toroj miqdori to‘g‘risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi. Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk o‘rniga boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qo‘yilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk o‘rniga taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek, jazo turi va miqdorini belgilash chog‘ida hisobga olinadi. 17. Aybdorning harakatlarida ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda firibgarlik sodir etilishi kabi kvalifikatsiya belgisi mavjudligi to‘g‘risidagi masala Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limida bayon etilgan tushuntirishlarga muvofiq qal etilishi lozim. Bir necha epizoddan iborat va yagona qasd bilan sodir etilgan davomli firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda sudlar talon-toroj miqdorini jami talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlashlari kerak. Agar aybdor tomonidan bir emas, balki bir necha firibgarlik harakatlari sodir etilib, ularning har birida o‘zganing mulkini olishga yo‘naltirilgan mustaqil qasd amalga oshirilgan bo‘lsa, talon-toroj qilingan mulk qiymatini qo‘shib hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar shaxsning qasdi o‘zganing mulkini ko‘p (juda ko‘p) miqdorda egallashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, qilmish haqiqatda talon-toroj qilingan mulk qiymatidan qat’i nazar, qasd mazmunidan kelib chiqib, ko‘p (juda ko‘p) miqdordagi firibgarlikka suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. 18. Sudlarga tushuntirilsinki, qalbaki hujjatdan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik, hujjat kim tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilganligidan kelib chiqib, jinoyatlar majmui tarzida JK 168-moddasi va JK 228-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Shaxs firibgarlik maqsadida qalbaki hujjatdan foydalangan, biroq unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, o‘tganing mulkini ololmay yoki mulkka nisbatan huquqqa ega bo‘lolmay qolgan hollarda qilmish jinoyatlar majmui tarzida JK 25-moddasi ikkinchi qismi, JK 168-moddasi va JK 228-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. 19. Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yo‘qligi yoki o‘z xizmat mavqeidan foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik) uchun pul, qimmatli qog‘oz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni egallashga nisbatan qasd mavjud bo‘lgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar shaxs (shu jumladan, mansab vakolati yo‘qligi yoki o‘z xizmat mavqeidan foydalana olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor shaxs), go‘yoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib, biroq aslida bunday niyati bo‘lmasdan, ularni o‘zlashtirsa, qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora berishga dalolat etilgan bo‘lsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish sifatida qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. 20. Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek, ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi to‘rtinchi bandiga ko‘ra, o‘z egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi foydasiga undiriladi. 21. Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlamoq lozim. Firibgarlikning o‘g‘rilikdan (JK 169-moddasi) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni o‘zganing egaligidan olib qo‘ymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining o‘zi mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquqni berishiga erishadi. Tovlamachilikdan (JK 165-moddasi) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchining erki sindirilgan bo‘ladi va u qo‘rquv ta’siri ostida harakat qiladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishadi. Firibgarlik jinoyatidan o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JK 176-moddasi) Qasd yo‘nalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq firibgarlikda esa, (masalan, pul kupyurasiga bir necha nol raqamlarini qo‘shib yozish, suvenir banknotlarni, banknot yoki qimmatli qog‘ozlarning foto-kseronusxalarini ishlatish va h.q.) qasd muayyan shaxsni aldash va mulkiy foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. 22. Jinoyat-protsessual kodeksining 415-moddasi talablariga rioya etgan holda sud ayblovni o‘zgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini qonunning boshqa moddasi (qismi,bandi)ga kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim epizodlarini {sudlanuvchining aybiga kiritilgan harakatlardan) qonunning u bo‘yicha sudlanuvchiga ayb e’lon qilinmagan moddasiga kvalifikatsiya qilishga haqli, basharti yangi modda dispozitsiyasi og‘irroq jinoyat alomatlarini nazarda tutmasa va ayblov ish bo‘yicha e’lon qilingan ayblovdan faktik holatlari jihatidan jiddiy farq qilmasa. Shundan kelib chiqib, firibgarlik o‘zganing mulkini talon-toroj qilish shakllaridan biri ekanligini, o‘zganing mulkini firibgarlik, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun moddalari (moddalari qismlari) sanksiyalari aynan bir xilligini inobatga olib, sud ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarmasdan aybdorning harakatlarini JPK 415-moddasiga rioya etgan holda JK 167-moddasidan JK 168-moddasiga yoki aksincha qayta kvalifikatsiya qilishga haqli. 23. Firibgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sudlar ish bo‘yicha jabrlanuvchi deb topilgan shaxs bilan mutloq fuqarolik munosabatlariga kirishgan shaxslar qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi va sudlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ziddiyat ishtirokchilari orasida mavjud bo‘lgan haqiqiy munosabatlar xususiyatini sinchkovlik bilan aniqlashlari zarur. Ish bo‘yicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak. 24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar firibgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim. 25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
59
19,524
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
112
997
Qonunchilik
Senatning yalpi majlisi 7 avgustda oʻtkaziladi
Kun tartibiga 8 ta qonun loyihasi, 2020 yilgi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Hukumat hisoboti va parlament soʻrovlarini koʻrib chiqish kiritilgan. Oltinchi yalpi majlisda senatorlar tomonidan videokonferensaloqa shaklida quyidagilar koʻrib chiqiladi: birinchidan, «Ta’lim toʻgʻrisida»gi, «Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi (yangi tahrirdagi), «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida»gi qonun loyihalari, «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi, «Qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar hamda ayrim qonun hujjatlariga quyidagilar munosabati bilan kiritiladigan oʻzgartirishlar: ikkinchidan, Davlat dasturining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti koʻrib chiqiladi. Shuningdek Senat a’zolari tomonidan quyidagilarga parlament soʻrovlari yuborish masalasi muhokama qilinadi: a) Vazirlar Mahkamasiga: b) Bosh prokuratura, IIV va DXXga – qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati toʻgʻrisidagi soʻrovlar.
46
1,233
Qonunchilik
Adliya vazirligi NHHlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqladi
Adliya vazirining buyrugʻi bilan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3311, 19.06.2021 y.). Qonunlar, Prezidentning farmonlari,  Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarining davlat hisobi yuritilishi lozim, "Maхfiy" belgisi qoʻyilgan hujjatlar bundan mustasno. NHHlarning davlat hisobi reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi aхborot tizimining tarkibiy qismi boʻlib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi. Qoidalar quyidagi tartiblarni belgilaydi: Davlat organlari oʻzlari tomonidan qabul qilingan hamda bevosita oʻz faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritadi. NHHlarning davlat hisobi reyestri qogʻoz va elektron ifoda etuvchilarda yuritiladi. Reyestrdan aхborotni barcha yuridik va jismoniy shaхslar olishlari va undan foydalanishlari mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2021 yildan kuchga kiradi.   Lola Abduazimova.
68
1,234
Qonunchilik
«Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi
Loyiha muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirildi, amaldagi Qonun Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma’qullangan. Qonun loyihasi ancha kengaytirildi, unga soʻnggi yillarda qabul qilingan huquqiy hujjatlar ham kiritildi. U 15 boʻlim, 26 bob va 94 moddadan iborat (amaldagi Qonun 8 bob va 34-moddadan tashkil topgan). Qonunning maqsad va vazifalari kengaytirildi, хususan, quyidagilar asosiy vazifalar hisoblanadi: Qonunning qoʻllanish doirasi haqidagi modda kiritilmoqda, u atom energiyasini ishlab chiqarishga ham tatbiq etiladi. Qonun «Elektr energetika tarmogʻidagi faoliyatning tamoyillari» deb nomlangan yangi bob bilan toʻldirilmoqda, «Asosiy tushunchalar» bobi ancha kengaytirildi.  Qonunning yangi tahririda boshqa oʻzgartirishlar ham keltirilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
75
856
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lish tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida davlat nazorati ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash tartibini belgilab beradi. 2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: aholining har 1000 kishisiga giyohvandlik vositalariga bo‘lgan cheklangan bir yillik umumiy ehtiyoj (tibbiy va ilmiy maqsadlar uchun giyohvandlik vositalari sarfining cheklangan ruxsat etilgan normalariga binoan grammlarda 1-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi); davolash-profilaktika muassasalari bo‘yicha giyohvandlik vositalariga bo‘lgan ehtiyoj (2-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi); ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyoj (3-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi). 3. Respublikaning barcha davolash-profilaktika muassasalari har yili tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga keyingi yilga bo‘lgan ehtiyojni hisoblab chiqadilar hamda o‘z buyurtmanomalarini giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyojni shakllantirish uchun sog‘liqni saqlash hududiy organlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi deb ataladi) taqdim etadilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga, shuningdek quyidagilar kiritiladi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa vazirliklar va idoralarning, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga hisoblab chiqilgan ehtiyoji; ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa o‘quv yurtlari, nazorat-tahlil laboratoriyalari, davolash-profilaktika muassasalari laboratoriyalarining ilmiy maqsadlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyoj. 5. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari tomonidan aniqlanadi, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan umumlashtiriladi. 6. Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi ehtiyojlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyojni aniqlaydi, hamda BMTning 1961-yilgi giyohvandlik moddalari to‘g‘risidagi Yagona konvensiyasi va 1971-yilgi psixotrop moddalar to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga muvofiq uni BMTning giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qo‘mitasiga tasdiqlash va kvota ajratish uchun yuboradi. Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan kvota tasdiqlangandan keyin giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatga litsenziyaga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yetkazib berishga shartnomalar tuziladi. 7. Mahsulot ishlab chiqarish uchun prekursorlarga bo‘lgan ehtiyoj korxona tomonidan navbatdagi yil uchun ishlab chiqilgan hamda korxonaning yuqori tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (yuqori turuvchi tashkilot mavjud bo‘lmagan taqdirda) bilan kelishilgan prognoz makroiqtisodiy balansga muvofiq sarflashning belgilangan normalaridan kelib chiqib 4-ilovaga binoan aniqlanadi. 8. Prekursorlarni kimyoviy reaktivlar foydalanilganda yillik ehtiyoj korxona rahbarining texnika bo‘yicha o‘rinbosari (bosh muhandis) tomonidan tasdiqlanadigan ishlab chiqarishni tahliliy nazorat qilish jadvalidan kelib chiqib aniqlanadi. Jadvalda bir tahlil uchun reaktiv sarfi normasi, bir yildagi tahlillar soni va qanday tahlillarda mazkur prekursor qo‘llanilishi aks ettiriladi (5-ilova). 9. Ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalaniladigan prekursorlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj bir tahlil uchun reaktiv sarfi normasi, bir yildagi tahlillar soni va mazkur prekursor qo‘llaniladigan tahlillarning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan prekursorlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj oldingi yillardagi iste’mol darajasi bo‘yicha statistik usul bilan aniqlanadi. 10. Prekursorlardan xomashyo yoki materiallar sifatida foydalanilgan ushbu korxona yoki tashkilot uchun yangi bo‘lgan hamda ilgari makroiqtisodiy balanslarda ko‘zda tutilmagan mahsulotni ishlab chiqarishda prekursorlarga bo‘lgan ehtiyoj yangi mahsulotning texnik reglamentlarga yoki standartlarga va mazkur Nizomga muvofiq aniqlanadi. 11. Prekursorlarga keyingi yilga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan yuqori tashkilotlarga yuboriladi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga va Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga taqdim etiladi. 1. Mazkur Nizom giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibini belgilab beradi. 2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish: ularning yaroqlilik muddati tugaganda; giyohvandlik vositasi, psixotrop modda yoki prekursorlar, ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda; bemorlar vafotidan so‘ng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda; ularning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi. 3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish yuridik shaxslar tomonidan ularda faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turiga litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 4. Onkologik bemorlar uyida vafot etgandan keyin qolgan giyohvandlik vositalaridan noto‘g‘ri foydalanishning oldini olish maqsadida davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari qarindoshlar tomonidan topshirilgan foydalanilmagan retseptlar, giyohvandlik vositalari qoldiqlari va foydalanilgan giyohvandlik vositalarining bo‘sh ampulalari hisobi yuritilishini tashkil etishlari zarur. Davolash-profilaktika muassasasi bo‘yicha buyruq bilan hisobdan chiqarish va yo‘q qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish, vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlaridan foydalanilmagan retseptlar, tarkibida giyohvandlik vositalar bo‘lgan dori-darmon preparatlari qoldiqlarini, bo‘sh ampulalarni qabul qilishni tashkil etish vazifasi yuklanadi. Mazkur xodim ambulatoriya kartasiga yozilgan navbatdagi retsept olingan paytdan boshlab preparat sarfini taqqoslashi zarur. Topshirilgan retseptlar va preparatlar soni, ularning nomlari va dorivor shakli (ampula, tabletka, kukun) tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Jurnal mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi. Topshirilgan retseptlar va dorivor preparatlar yo‘q qilingunga qadar seyfda yoki metall shkaflarda saqlanishi kerak. Vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan foydalanilmagan giyohvandlik moddalarini va ular yozib beriladigan retseptlarni hisobga olish jurnalida vafot etgan onkologik bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan, yo‘q qilingan foydalanilmagan giyohvandlik vositalari va retseptlar, shuningdek bo‘sh ampulalar soni to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Uyda vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlari tomonidan topshirilgan kukun, tabletka, ampulalardagi giyohvandlik vositalari va foydalanilmagan retseptlar jamlanishi davomida mas’ul shaxs ularni hisobdan chiqarishga tayyorlaydi va keyinchalik 5 kun ichida yo‘q qilinadi. Yo‘q qilish har oyning 30-kunidan kechikmay giyohvandlik vositalari davolash-profilaktika muassasasining giyohvandlik vositalari hisobini yuritish va sarflashni nazorat qilish bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiyasi va hududiy ichki ishlar organi vakilining ishtirokida mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bir marta o‘tkaziladi. Foydalanilgan giyohvandlik vositalarining bo‘sh ampulalari ham mas’ul shaxs tomonidan keyinchalik yo‘q qilingan holda hisobdan chiqarish uchun tayyorlanadi. Yo‘q qilish davolash-profilaktika muassasasining giyohvandlik vositalari hisobini yuritish va sarflashni nazorat qilish bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiyasi tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuzilgan holda 10 kunda bir marta o‘tkaziladi. 5. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan hollarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish uchun ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va atrof muhitni muhofaza qilish organlari vakillaridan iborat bo‘lgan komissiya tashkil etadilar. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan, biroq ularning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalar yoki muassasalar bilan shartnomalar tuzadilar va qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ularga beradilar. 6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish zarurati muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul shaxs tomonidan asoslanadi. Bunda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni hisobdan chiqarish va keyinchalik yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarining nomi, ularning dori turlari, miqdori, dozasi, qadoqlanishi va seriya raqamlari ko‘rsatilgan holda; yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning netto va brutto og‘irligi; yo‘q qilish sabablari; yo‘q qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs; yo‘q qilish joyi va usuli. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxona yoki muassasa bilan tuzilgan shartnomaning tartib raqamini va uning tuzilgan sanasini ko‘rsatadilar. Buyruq nusxasi kelishish uchun: O‘zbekiston Respublikasi hududiy sog‘liqni saqlash organiga; O‘zbekiston Respublikasi hududiy ichki ishlar organiga; O‘zbekiston Respublikasi hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organiga yuboriladi. 7. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yo‘q qilish maxsus jihozlangan maydonchalarda va (yoki) maxsus tayyorlangan binolarda amalga oshiriladi. 8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish ishlarini bajaruvchi xodimlar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishlari, yo‘q qilinayotgan moddalarning fizik-kimyoviy va zaharli xossalarini hamda zararsizlantirish va yo‘q qilishda kechadigan kimyoviy reaksiyalarni bilishlari kerak. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. 9. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda yo‘q qilinadi: suyuq dori turlari (inyeksiya uchun ampulalar va flakonlar, miksturalardagi eritmalar, tomchilar) yanchish yo‘li bilan, keyinchalik ampula va flakonlarning ichidagi 1:100 nisbatida suv bilan aralashtirilgan va hosil bo‘lgan eritma kanalizatsiyaga oqizilgan holda yo‘q qilinadi, yanchilgan ampula va flakonlarning qoldiqlari ishlab chiqarish chiqindisi yoki maishiy chiqindi sifatida oddiy tartibda chiqarib tashlanadi; giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning suvda eriydigan substansiyalari mavjud bo‘lgan qattiq dori turlari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar) kukunsimon holatga kelgunga qadar maydalangandan so‘ng 1:100 nisbatida suvga aralashtirilishi va hosil bo‘lgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiyaga oqizilishi kerak; suvda erimaydigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning substansiyalari mavjud bo‘lgan qattiq dori turlari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar), yumshoq dori turlari (surtma, suppozitoriylar), giyohvandlik vositalarining transdermal turlari, shu jumladan foydalanilganlari ham, shuningdek farmatsevtika substansiyalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Yoqilishi kerak bo‘lgan dorivor vositalar mavjud yonuvchi suyuqlikka yaxshi ho‘llangan holda qog‘ozga o‘raladi, tunuka patnisga joylashtiriladi va tutun tortadigan javon ichida yoqiladi (agar binoning ichida yo‘q qilinsa) yoki gulxanda yoqiladi (agar maydonchada yo‘q qilinsa). Kul 4-klassli xavfli modda sifatida chiqarib tashlanadi yoki oddiy tartibda ko‘mib tashlanadi. 10. Texnik ko‘rsatkichlarga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlarida, laboratoriya tadqiqotlarida va boshqalarida qo‘llanilmagan prekursorlarni yo‘q qilish normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilishda komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi (mazkur Nizomga 5-ilova), unda quyidagilar ko‘rsatiladi: dalolatnoma tuzilgan sana va joy; yo‘q qilishda qatnashgan shaxslarning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; yo‘q qilish asoslari; yo‘q qilinadigan giyohvandlik vositasi, psixotrop modda va prekursorning nomi (dori turi, dozasi, o‘lchov birligi, seriyasi ko‘rsatilgan holda) va miqdori, shuningdek saqlangan idish va o‘ram turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; yo‘q qilish usuli. Dalolatnomaning nusxalari soni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilishda ishtirok etgan tomonlar soni bilan belgilanadi. 12. Ularga nisbatan yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni keyinchalik foydalanish uchun berish taqiqlanadi. 13. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar yo‘q qilinishi uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning tegishli turlariga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlari javob beradi. 1. Mazkur Nizom tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tashish hamda foydalanish tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit (transfer) o‘tuvchi bemorlar davolanish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida” 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan, II Ro‘yxat va III Ro‘yxatga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida Davlat nazoratida bo‘lgan quyidagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘zlari bilan olib o‘tishlari mumkin: yetti kun qabul qilishga mo‘ljallangan dozadan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda giyohvandlik vositalari; 15 kun qabul qilishga mo‘ljallangan dozadan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda psixotrop moddalar. 3. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan bemorlar Davlat chegarasidan o‘tish chog‘ida kirish punktida o‘zlarida mavjud giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldirishlari hamda: bemor yashagan mamlakatning tibbiyot muassasalari tomonidan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddaning nomi, uning dori turi, vrach tomonidan tayinlangan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddasini qabul qilish va davomiylik muddati ko‘rsatilgan hujjati (davolovchi vrach xulosasi)ni; giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar sotib olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatini (retsept nusxasi); giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni bojxona organlariga ko‘rsatishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligini hamda bemorda bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning nomiga va miqdoriga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladi. 4. Yo‘lovchilarda tibbiy hujjatlarda ko‘rsatilgan hamda bojxona organiga ma’lum qilingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori ortiq bo‘lgan taqdirda, ortiqcha giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar olib qo‘yiladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldirmagan yoki yashirin holda tashigan taqdirda qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligiga muvofiq sanksiyalar qo‘llaniladi. 5. Agar bemor O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qo‘shimcha sotib olish lozim bo‘lsa, unda ular O‘zbekiston Respublikasida berilgan retsept asosida beriladi. 6. Retseptlar vrach ko‘rigidan o‘tib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar zaruriyati sabab bo‘lgan kasallik tashxisi tasdiqlangandan keyingina beriladi. Tranzit tarzida o‘tuvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tgan joydagi hududiy tibbiy muassasalarining vrach-mutaxassislari tomonidan yoxud tranzit tarzid o‘tuvchi yo‘lovchilar kasalligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalar vrachlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 7. Retseptlar qabul qilingan qoidalarga muvofiq belgilangan namunadagi blankalarga yozib beriladi. 8. Yozib berilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bevosita tranzit tarzida o‘tuvchi bemorlar tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga O‘zbekiston Respublikasining tegishli dorixona muassasalaridan sotib olinadi. 9. Davlat chegarasida chiqish punktidan o‘tish vaqtida bemorlar: O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish yoki uning hududida sotib olish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni (vrach xulosasi va retsept nusxasi); bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning qoldig‘ini bojxona organlariga ko‘rsatadilar. 1. Mazkur Nizom ilmiy va o‘quv maqsadlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibini belgilab beradi. 2. Ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar, o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan tegishli faoliyat turiga litsenziyasi mavjud bo‘lgan holda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarda foydalanadilar. 3. Ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalar, o‘quv yurtlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ilmiy-tadqiqot ishlarining tasdiqlangan tematik rejasiga muvofiq miqdorlarda, o‘quv yurtlari esa – o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot ishlarning tasdiqlangan tematikasini bajarish uchun zarur bo‘lgan miqdorlarda sotib oladilar. 4. Ilmiy-tekshirish institutlarida, laboratoriyalarda, o‘quv yurtlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan mazkur Nizomda keltirilgan talablarga rioya qilgan holda foydalanadilar. 5. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida, laboratoriyalarda, o‘quv yurtlarida giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan xonalarda, seyflarda, psixotrop moddalar esa – metall shkaflarda saqlanadi. Xona alohida signalizatsiya bilan jihozlangan bo‘lib, binoning tashqi tomoniga qattiq ovozli (sirenali) qo‘ng‘iroq o‘rnatilgan va yaqindagi qo‘riqchi (qorovul) postiga ulangan bo‘lishi kerak. 6. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalar derazalarida diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan temir simli panjara bo‘lishi kerak. Temir panjara simlari kesishgan joyda har biri 150x150 mm dan katta bo‘lmagan kataklar hosil qilib payvandlanadi. Panjara simlarining uchi devordagi 80 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikka o‘rnatiladi va beton bilan qotiriladi. Xonaning eshigi soz bo‘lishi, eshik qutisiga yaxshi moslashtirilgan, yo‘g‘on, qalinligi 40 millimetrdan kam bo‘lmagan, eshikning ichki yuzasiga temir tunukaning chetlari qaytarilgan holda ikki tomonlama temir tunuka bilan qoplangan holda yoki butun metalldan yasalgan bo‘lishi kerak. Eshikda qulflar soni 2 tadan kam bo‘lmasligi, shundan bittasi o‘yma qulf bo‘lishi kerak. 7. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalar, seyflar ish kuni tugagandan keyin qulflanishi, muhrlanishi yoki plombalanishi kerak. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalar va seyflarning kalitlari, shuningdek muhr yoki plombir muassasa bo‘yicha buyruq bilan ushbu vositalarni saqlash uchun vakolatlangan moddiy javobgar shaxsda bo‘lishi kerak. 8. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va ularning hujjatlari saqlanishi hamda ishlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun javobgarlik muassasa rahbariga yoki uning o‘rinbosariga yuklatiladi. 9. O‘quv yurtlarida talabalar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga berilgan giyohvandlik vositalaridan to‘g‘ri foydalanish uchun talabalar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan o‘qituvchi javob beradi. 10. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kelib tushganda muassasa rahbari yoki uning o‘rinbosari olingan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ilova qilingan hujjatlarga mosligini shaxsan tekshirishi va hududiy ichki ishlar organiga axborot berishlari shart. 11. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar zaxiralari saqlanadigan xonaga kirishga bevosita ular bilan ishlaydigan muassasaning buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan shaxslarga ruxsat beriladi. 12. Joriy ishlar uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar faqat muassasa rahbari yoki uning o‘rinbosarining yozma farmoyishiga binoan laboratoriya (bo‘linma, bo‘lim, kabinet, kafedra) mudiri imzolagan talabnoma bo‘yicha unda ushbu giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olayotgan shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan holda beriladi. 13. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni berishdan oldin uning saqlanishi uchun javobgar shaxs, berish uchun asoslarni hamda ilova qilinayotgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini shaxsan tekshirishi va undan keyin talabnoma nusxasiga imzo qo‘yishi shart. 14. Ilmiy va o‘quv maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ashyoviy miqdor bo‘yicha hisobda turadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning hisobi raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va yuqori tashkilot rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan ilova qilinayotgan shakldagi (1-ilova) alohida kitobda yuritiladi. 15. Har bir oyning birinchi sanasida ilmiy-tadqiqot muassasalarida, laboratoriyalar va o‘quv yurtlarida ular ixtiyorida bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi va balans tuziladi. Me’yoridan ortiqcha sarflanganligi to‘g‘risida balansda tafovut aniqlangan yoki o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bilan balans ma’lumotlari mos kelmagan taqdirda, mas’ul shaxs bu to‘g‘rida ularni aniqlagandan keyin uch kun muddatda ichki ishlar bo‘limiga xabar beradi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar o‘g‘irlangan taqdirda, mas’ul shaxs zudlik bilan hududiy ichki ishlar boshqarmasi organlariga va o‘zining yuqori tashkilotiga xabar berishi shart. 16. Tekshirishlar tamom bo‘lgandan keyin giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar namunalari qoldiqlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni muassasada saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga beriladi va ular boshqa laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish uchun foydalanishi mumkin. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar namunalari qoldiqlarining yaroqlilik muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak. 17. Ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalari, o‘quv yurtlari tomonidan ilmiy va o‘quv maqsadlarda qo‘llaniladigan prekursorlar, ularning saqlanishini ta’minlovchi yong‘in muhofazasi signalizatsiyasi bilan jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak. 18. Laboratoriyalarda prekursorlarni saqlash, hisobga olish va oqilona foydalanish uchun mas’ul laboratoriya (bo‘linma, bo‘lim, kabinet, kafedra) mudiri hisoblanadi. Omborlarda prekursorlarni saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri) mas’ul hisoblanadi. 19. Ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalar, oliy o‘quv yurtlari omborlarida ilmiy, tahliliy va diagnostik maqsadlarda qo‘llaniladigan prekursorlar, raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, tashkilot rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan (2-ilova) maxsus kitobda ashyoviy - miqdor sifatida hisobda turishi kerak. 20. Har oyning birinchi sanasida belgilangan tartibda prekursorlar xatlovdan o‘tkaziladi va balans tuziladi. Balansda sarf qilish normasidan tafovut aniqlanganda yoki o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari balans ma’lumotlariga mos bo‘lmagan taqdirda, muassasa rahbari uni aniqlagandan keyin uch kun muddat ichida bu to‘g‘rida yuqori tashkilotiga va ichki ishlar organlariga xabar beradi. 21. Tayyor dori vositalari hisoblangan prekursorlar, metall shkaflarda saqlanishi kerak. 22. Tez alangalanuvchi prekursorlar tiqin tiqilgan, chidamli shisha yoki metall idishda saqlanadi. 23. Prekursorli katta butillar, ballonlar va boshqa yirik idishlar balandligi bir qatorda bo‘lgan stellaj tokchalarda saqlanishi kerak, ularning balandligi har xil bo‘lgan qatorda saqlanishi taqiqlanadi. Isituvchi priborlar oldida bu moddalarni saqlashga ruxsat berilmaydi. Stellajdan yoki shtabeldan isituvchi elementgacha bo‘lgan masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 24. Laboratoriyalarda tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ichi asbest yoki shisha tola bilan qoplangan metall qutilarda saqlanishi lozim va uning ichki tomoniga laboratoriya mudiri imzolagan saqlanayotgan moddalar ro‘yxati yopishtirilgan bo‘lishi kerak, idishlar uchdan ikki qismidan ko‘p bo‘lmagan hajmda to‘ldirilishi kerak. Quti qopqog‘ining tashqi tomonida “Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar” yozuvi bo‘lishi kerak, quti qulf bilan yopilishi kerak. 25. Tez alangalanuvchi va yonuvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa sulfat va azot kislotalar), siqilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchan moddalar (o‘simlik yog‘i, oltingugurt, bog‘lovchi materiallar), shuningdek organik moddalar hamda xavfli portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi (kaliy xlorat, kaliy permanganat, kaliy xromat va boshqalar) noorganik tuzlar bilan birgalikda saqlanishiga ruxsat berilmaydi. 26. Prekursorlar bilan muomalada (qadoqlash, tashish, tushirish va boshqalar) bo‘lganda ehtiyotkorlikka rioya etilishi, shuningdek doimiy ravishda idishning holati, uning germetik zich yopilganligi va butunligi kuzatib borilishi zarur. Idishning nuqsoni va yaroqsizligi aniqlangan taqdirda zudlik bilan uni tuzatish choralari ko‘rilishi yoki undagi moddani boshqa butun idishga joylashtirilishi kerak. 27. Bochkaning qopqog‘ini zarba vaqtida uchqun bermaydigan yumshoq metalli instrument bilan bo‘shatish va burab mahkamlashga ruxsat beriladi. Bochkalar saqlash xonalariga yumalatib tashilganda va ularni yuklashda bochkaning urilishi va uchqun paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. To‘kilgan suyuqlik zudlik bilan yo‘qotilishi kerak. 28. Ayrim tez alangalanuvchi va yonuvchi prekursorlar (etil efiri va boshqalar) saqlanish vaqtida suyuqlikning alangalanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan statik elektr, uchqun hosil qilish xususiyatlariga egadir. Shuning uchun bunday suyuqliklarni omborda qadoqlash, yong‘indan himoyalanish vositalari bilan jihozlangan va ventilatsiyasi bo‘lgan alohida xonalarda amalga oshirilishi kerak. Ularni metall idishlarga quyishda va qadoqlashda erga ulangan sim bo‘lishi kerak. 29. Havoda bu moddalarning bug‘lari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun prekursor saqlanadigan idishlar (shtanglaslar, tunuka barabanlar, shisha idishlar va shu kabilar) mahkam yopilishi kerak. 30. Etil efiri qorong‘i salqin joyda (olovdan va isitish priborlaridan uzoqda) korxona tomonidan chiqarilgan idishda saqlanadi. Etil efiri bilan ishlash vaqtida silkitish, zarba berish, ishqalanish va shu kabilarga ruxsat etilmaydi. 31. Kaliy permanganat chang, oltingugurt, organik yog‘lar, efir, spirt, glitserin, organik kislotalar va boshqa organik moddalar bilan o‘zaro ta’siri vaqtida tez portlaydi. Uni maxsus bo‘lmada tunuka barabanlarda, dorixonalarda esa – qopqoqlari mahkam yopiladigan shtanglaslarda yuqorida ko‘rsatilgan vositalardan alohida saqlash kerak. Tez alangalanuvchi va yonuvchi moddalar bilan birgalikda saqlashga ruxsat etilmaydi. Kaliy permanganatli tunuka barabanlar va shtanglaslar o‘z vaqtida ehtiyotkorlik bilan ishqalanishga yo‘l qo‘ymasdan changdan tozalanadi. 32. Sulfat kislotasini saqlashda yog‘och-taxta, poxol va boshqa kelib chiqishi organik moddalar bilan ularning yaqin turmasligi chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak. 33. Laboratoriya xonalarining yong‘in xavfsizligini baholash unda saqlanayotgan va foydalanayotgan kimyoviy moddalarning portlovchi va yong‘indan xavfli xususiyatlariga asoslaniladi. Yong‘indan xavfli hisoblangan xonalar o‘t o‘chirgich bilan ta’minlanishi kerak. O‘t o‘chirgich laboratoriyaning har bir xonasida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, har bir laboratoriyada prekursorlarni o‘chirishda foydalaniladigan quruq qumli quti bo‘lishi kerak. 34. Prekursorlar bilan ishlashga ruxsati bo‘lgan xodim texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishgan bo‘lishi kerak.
170
31,147
Qonunchilik
Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadigan potensial uy quruvchilarning Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, uy quruvchilarni tanlab olish va ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi. 2. Agar Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oila — boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila; ko‘p bolali oilalar; to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar); tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oila; kam ta’minlangan oilalar, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oilalar; ariza beruvchi — qishloq joylarda doimiy yashovchi va uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ariza bergan uy-joyga muhtoj bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi; talabgor — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining yozma tavsiyasini olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; uy-joy quruvchi — qishloq joylarda doimiy yashovchi, Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qarori qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; injiniring kompaniyasi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” IK MChJ; ishtirok etuvchi tijorat banklari — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari; er massivi — tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari; Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar — hovlidagi imoratlar va obod hovlilar bilan birgalikda ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2-3 xonali) uylar va 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida aholi zich tumanlarda joylashtiriladigan hovlisida imoratlari bo‘lgan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar; yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan yozma tavsiya. 4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi. 5. Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning shaffofligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 6. Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga raisning (oqsoqolning) nomiga ariza beruvchining ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi. 7. Ariza beruvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi. 8. Hujjatlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakolatli shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda tilxat bilan ariza beruvchiga topshiriladi. 9. Arizalar hisobi alohida ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida (keyingi o‘rinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi kerak. Arizani jurnalda dastlab ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ko‘rib chiqish taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi arizalarni ularning tushishi va jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazilishi (qayd etilishi) navbatliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishi shart. 10. Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ariza qabul qilingan va jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. 11. Arizani ko‘rib chiqishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi: a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yo‘qligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi; b) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi; v) ko‘p bolali; g) oilaning kam ta’minlanganligi; d) bir yoki undan ko‘p bola ota-onalardan biri (to‘liq bo‘lmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi; e) ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi; j) ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi; z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi. 12. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganadi, o‘rganish yakunlari bo‘yicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. 13. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi imzo qo‘yadigan holda ariza beruvchiga beriladi. 14. Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yozma tavsiya beradi yoki ariza beruvchini rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda yozma tavsiya berilishi rad etilishidan yozma shaklda xabardor qiladi. 15. Yozma tavsiya fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi. Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi bo‘yicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadi. 16. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yozma tavsiyaning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida berilishi, shuningdek uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi. 17. Quyidagi hollarda yozma tavsiya berish ariza beruvchiga rad etilishi mumkin: a) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi; b) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi; v) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan uning ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yo‘qligi holatining asosli ko‘rsatilishi; g) Dastur va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturlari doirasida ilgari qishloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvchining takroriy murojaati. 18. Ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga yozma bildirishnoma yuboradi (topshiradi). Ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. 20. Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi. 21. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 20-bandi asosida ko‘rib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish to‘g‘risidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir. 22. Tuman (shahar) hokimining Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun yer uchastkasini injiniring kompaniyasiga berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin tanlab olingan yer massivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar injiniring kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi e’tiboriga yetkaziladi. 23. Injiniring kompaniyasining filiali Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish xohishini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi. 24. Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi ariza bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga murojaat qiladilar. 25. Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizada talabgor qurilish uchun ipoteka krediti olishni mo‘ljallayotgan Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarning turi ko‘rsatilishi kerak. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: a) yozma tavsiya; b) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma; v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning pasporti nusxasi; g) yashash joyidan oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar; e) dastlabki badal jamg‘arma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi. 26. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqadi. 27. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali yozma tavsiyani e’tiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi. 28. Talabgorlarning kreditga layoqatini baholash natijalari asosida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali bankning unga ipoteka krediti berishni ma’qullashi yoki rad etishi to‘g‘risidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda xabar qiladi. 29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning kreditga layoqati yetarli bo‘lmaganda ipoteka kreditini olish huquqiga navbat tartibida ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizani bergan talabgor ega bo‘ladi. 30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda ipoteka krediti berish to‘g‘risida takroran ariza berishga haqlidir. 31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
249
14,593
Qonunchilik
Kredit byurolarini ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (ro‘yxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 30-son, 630-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. 1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Quyidagi shaxslar kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga muvofiq emas deb topiladi hamda ushbu lavozimni egallashi mumkin emas: oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar; kamida besh yillik ish tajribasiga, shu jumladan kredit amaliyoti bilan bog‘liq yo‘nalishda kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lmagan shaxslar; ijro organi a’zosi, kuzatuv kengashi a’zosi yoki hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan ishtirokchi (aksiyador) sifatida yoxud boshqa usulda o‘zi tomonidan nazorat qilingan yuridik shaxsni harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida bankrotlik va majburiy likvidatsiya holatiga olib kelgan shaxslar; iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar.”. 2. 19-bandda: to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘ninchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. Kredit byurosi Kredit byurolarining davlat reyestrida ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi. Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda unga litsenziya beriladi.”. 4. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 20, 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.”.
135
2,409
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilgan Budjetnomani –– O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek muhokama qilish davomida Qonunchilik palatasi deputatlarining takliflari va fikr-mulohazalari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlariga erishishiga hamda aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida: iqtisodiyotga tushadigan soliq yuki kamaytirilishini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish chora-tadbirlari kuchaytirilishini ta’minlasin; issiqlik energiyasi samaradorligini oshirish imkonini beradigan Issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishni tezlashtirsin; budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlarining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad bazasini ko‘paytirish hamda ularning subvensiyalardagi ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin; markazlashtirilgan investitsiyalar hajmini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘paytirsin; infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin; 2013 –– 2017-yillardagi davrda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturi tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xarajatlarni normativ rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda budjet tashkilotlarining tarmoqlarini va xodimlari shtatlarini maqbullashtirsin; qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirilishini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash uchun tarmoqlar hamda inshootlar qurilishi va rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin; budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini inflatsiya darajasidan ildam sur’atlarda oshirish tamoyilini davom ettirsin; sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlar moliyalashtirilishini ta’minlasin; 2015 –– 2020-yillar davomida davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash dasturlarini qabul qilsin hamda ularning bajarilishini ta’minlasin; yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilishini ta’minlasin; kichik biznesni, shu jumladan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini kengaytirish, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tiklash hisobidan 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi so‘zsiz bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin; budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari so‘zsiz bajarilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlarining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari sifatli rejalashtirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlansin, budjet tashkilotlarining budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining tegishli deputatlar guruhlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishiga alohida e’tibor qaratsin. 5. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
168
4,863
Qonunchilik
“Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-668-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-668-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
439
Qonunchilik
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINI JIHOZLASh UChUN BERILAYOTGAN KREDITIDAN FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (EDCG‘) tomonidan 150 litsey va kasb-hunar kollejini zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun berilayotgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi 25 yil muddatga, shu jumladan, 7 yil imtiyozli davrga yillik foydasi 2,5 foiz bo‘lgan 35,0 mln AQSh dollariga teng miqdorda Koreya vonidagi imtiyozli kredit ajratishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kredit bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moliyaviy agent hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi ijro etuvchi agent hisoblanadi; asosiy qarzni qaytarish, kredit bo‘yicha vositachilik haqi va foizlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri kredit olishga rozilik notasini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Koreya Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi krediti ajratilishi to‘g‘risidagi bitimni hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Eksport-import banki o‘rtasidagi Kredit bitimini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreya Hukumati tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘laridan foydalanish, unga xizmat ko‘rsatish va uni qaytarish yuzasidan Koreyaning Eksport-import banki bilan agentlik bitimi tuzsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi Kredit bitimi imzolangandan keyin ikki hafta muddatda mazkur Bitim doirasida asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan belgilangan tartibda kontraktlar tuzsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘n kun muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kredit bitimi doirasidagi import kontraktlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Koreya Respublikasining Eksport-import banki bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasidagi kredit bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 8. Mazkur kredit bitimi doirasida yetkazib berilayotgan o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, o‘qitishning texnik vositalari va laboratoriya asbob-uskunalari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona yig‘imlari bundan mustasno. 9. Kreditni qaytarish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 10. Jalb qilinayotgan kreditdan va uning hisobiga sotib olinayotgan asbob-uskunalardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yuklansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ijro etuvchi agentliklarning buyurtmanomalari bo‘yicha mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillari va fuqarolarga to‘lov undirilmasdan viza berilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasida yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari to‘lashdan ozod qilsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va K.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
159
3,811
Qonunchilik
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning maqsadi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. O‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘rmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. O‘rmonlar asosan ekologik (tuproqni muhofaza qilish, suvni muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonot dunyosini hamda boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish, himoya, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya) va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: o‘rmon — o‘rmon fondi yerlaridagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi va atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega daraxtlar, butalar va boshqa tabiiy obyektlar (er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) majmui; o‘rmonlarni ko‘paytirish — o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida daraxtlar va butalarni ekish hamda yetishtirish; o‘rmonlarni muhofaza qilish — o‘rmonlarga salbiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan faoliyat; o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish — daraxt va butalarning tabiiy muhitda o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon daraxtlari urug‘lari va ko‘chatlarini plantatsiya usulida ekish; o‘rmondan foydalanuvchilar — o‘rmondan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar; o‘rmonlarni qayta tiklash — kesilgan, yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy ta’sirlar oqibatida shikast yetkazilgan daraxt va butalar o‘rnida iqlim sharoitlariga mos keladigan daraxt va butalar turlarini ekish. O‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Barcha o‘rmonlar davlat o‘rmon fondini tashkil etadi. Davlat o‘rmon fondi: davlat ahamiyatiga molik o‘rmonlardan, ya’ni davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tasarrufidagi o‘rmonlardan; boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishidagi o‘rmonlardan iboratdir. Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzor va butazorlar; temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar; shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar; tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni barpo etish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish, ularni parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi. O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. O‘rmon fondi yerlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlariga, davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin. Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ular davlat o‘rmon kadastrida ko‘rsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan eriga, huquqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish; qoidalar, normalar va normativlarni belgilash; davlat nazoratini amalga oshirish; ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari davlat o‘rmon xo‘jaligi organlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida: yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; davlat o‘rmon fondini tasarruf etadi; o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilaydi; o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilaydi; davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi; o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida: yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi; o‘z vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni qabul qiladi; barcha o‘rmonlarda o‘rmon tuzishning yagona tizimini belgilaydi; o‘rmon fondi yerlarida idoraviy nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi; qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish, pichan o‘rish, chorva mollarini o‘tlatish, daraxtzor hamda butazorlarni kesish uchun ruxsatnoma beradi; o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi; o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklarini yuritish, boshqarish hamda rivojlantirishni tashkil etadi; o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil etadi; o‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish maqsadida ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etadi, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi; manzarali, mevali daraxtlar va butalarni yetishtirishga, dorivor o‘simliklarning plantatsiyalarini barpo etishga doir usullarni ishlab chiqadi, manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlaydi; o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini, davlat o‘rmon kadastrini belgilangan tartibda yuritadi; o‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalardan va kasalliklardan himoya qilishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini, o‘rmonlarning qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqacha tarzda buzilishlaridan muhofaza qilinishini ta’minlaydi; o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishni, ko‘chat yetishtirishni, dorivor o‘simliklar yig‘ishni, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni hamda qayta ishlashni, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etadi; o‘rmon xo‘jaligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida: davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, o‘z vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni tasdiqlaydi; davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi; o‘rmon fondidan barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash materiallarining, o‘rmon tuzish loyihalarining, davlat o‘rmon fondining tabiiy resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq loyihaoldi, loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi; davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida: davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini beradi, bundan o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari, yerlari, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari mustasno; pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalarini davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan tasdiqlaydi; o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlaydi; davlat nazoratini amalga oshiradi; Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida: davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi, davlat organlariga ko‘maklashishi mumkin. O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilar orqali amalga oshiriladi: o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar hamda normativlarni belgilash; o‘rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; o‘rmondan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash; o‘rmondan maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish; o‘rmondan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibning boshqa buzilishlarining oldini olish; xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishda o‘rmonga zararli ta’sir ko‘rsatilishining yoki uning yo‘q qilib yuborilishining oldini olish; o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish; o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash; o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda amalga oshirish; o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni o‘tkazish; o‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilish, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish. O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. O‘rmon tuzish o‘rmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat o‘rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o‘rmon fondining o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo‘jaligini tashkil etish; topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va o‘rmonlarni maxsus xaritaga kiritish hamda ularning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish; davlat o‘rmon fondini inventarizatsiyadan o‘tkazish; o‘rmonlarning yetilish yoshini belgilash, o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq holda o‘rmon daraxtlarining kesilishi hisob-kitobini, kesishlarning miqdorlarini hamda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash; davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor hamda texnik xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash, daraxtlar hamda butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish hajmlarini aniqlash; davlat o‘rmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, o‘rmondan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun, ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarini belgilash; o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, qayta tiklash va ko‘paytirish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o‘rmon xo‘jaligi ishlari hajmini aniqlash; o‘rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish. O‘rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘rmon tuzish loyihalari o‘rmon xo‘jaligini, o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklarini yuritish, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirishga doir ishlarni tashkil etish hamda yuritish, o‘rmondan oqilona foydalanishni, joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirishni amalga oshirish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir. O‘rmon tuzish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda barcha o‘rmonlarda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘rmonlar monitoringi o‘rmonlarga salbiy ta’sirlarning o‘z vaqtida oldi olinishi uchun davlat o‘rmon fondi holatidagi o‘zgarishlarni aniqlashga, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlardan iboratdir. O‘rmonlar monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘rmonlarning davlat hisobi davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan o‘rmon tuzish loyihalari asosida, o‘rmon tuzish amalga oshirilmagan joylarda esa davlat o‘rmon fondini inventarizatsiyadan o‘tkazish va tekshirish materiallari asosida yuritiladi. O‘rmonlarning davlat hisobi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim bo‘yicha yuritiladi. Davlat o‘rmon kadastri O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‘rmonlar, ularning geografik o‘rni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat bo‘ladi. Davlat o‘rmon kadastri o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangandir. Davlat o‘rmon kadastri davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim bo‘yicha yuritiladi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshiradi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida o‘rmonni undan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan o‘rmonni qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda o‘rmonga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatilishidan muhofaza qilinishini ta’minlaydi. Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rmonda yong‘inning oldini olish, yong‘inga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, zarur hollarda yong‘inni o‘chirish uchun aholini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘t o‘chirish, yer qazish texnikasini hamda transport vositalarini jalb etadi, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining o‘rmonda bo‘lishini hamda o‘rmonlarga transport vositalari va boshqa vositalar kirishini cheklaydi yoki taqiqlaydi. O‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishi, ish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi, o‘rmonlarda yong‘inlar chiqqan taqdirda esa ularning o‘chirilishini ta’minlashi shart. O‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta’sirlardan himoya qilish o‘rmondan foydalanuvchilar tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi: yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, yong‘in chiqqanda uni o‘chirish choralarini ko‘rish; o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari o‘choqlarini, sanoat va maishiy chiqindilarning hamda boshqa salbiy omillarning ta’sir doiralari rivojlanishini hisobga olish va prognoz qilish; o‘rmon zararkunandalarining ommaviy ko‘payish va o‘rmon kasalliklarining tarqalish o‘choqlari yuzaga kelishi hamda kengayishining oldini olish, o‘rmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish. O‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta’sirlardan himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. O‘rmon qo‘riqchiligi o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishni ta’minlash maqsadida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan tashkil etiladi. O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari ayni vaqtda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining inspektorlaridir. O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida: yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmondan foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshiradi; o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi; huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib boradi; qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini va uni qo‘lga kiritish vositalarini olib qo‘yadi; huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuboradi; o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida sudga da’volar taqdim etadi; yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar beradi. O‘rmon qo‘riqchiligining faoliyat ko‘rsatish tartibi va davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining o‘rmon qo‘riqchiligini amalga oshiruvchi inspektorlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘rmon xo‘jaligini tashkil etish: o‘rmonlarning himoya qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash hamda kuchaytirishni; o‘rmonlardan oqilona foydalanishni; o‘rmonlarni ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni, tur tarkibi va sifatini yaxshilashni; o‘rmonlarni yong‘inlardan muhofaza qilishni, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishni; o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlashni; o‘rmonlarning yetilish yoshini, kesish usullarini va o‘rmondan foydalanish normalarini belgilashni; o‘rmon fondi yerlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashi kerak. O‘rmon xo‘jaligini tashkil etish qonunchilikka muvofiq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar bilan ham ta’minlanadi. O‘rmonlar belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq quyidagi qo‘riqlanish toifalari jumlasiga kiritiladi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlari; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlar; o‘rmonlarning mevali daraxtzorlari; davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari; majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari; tabiat bog‘larining o‘rmonlari; buyurtma qo‘riqxonalarning o‘rmonlari; kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlari; davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari; davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar. O‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘rmonlarni ko‘paytirish o‘rmondan foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtligini oshirish, o‘rmonlarning tur tarkibini yaxshilash, qimmatli daraxt navlarini ko‘paytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida quyidagilar orqali maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi: daraxtlar va butalarning ko‘chatlarini, urug‘larini ekish; tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini bajarish; qimmatli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, manzarali, mevali daraxtlar va butalar yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish. O‘rmonlarni ko‘paytirish qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshiriladi. O‘rmonlarni ko‘paytirish uchun beriladigan, qishloq xo‘jaligiga va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar qonunchilikka muvofiq o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkaziladi. O‘rmonlarni qayta tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi: daraxtlar kesilgan, yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari va boshqa salbiy ta’sirlar oqibatida zararlangan joylarda xo‘jalik jihatidan qimmatli daraxtlar turlarini majburiy ravishda ekishni ta’minlash; mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurg‘oqchilikka, zararkunandalar va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini tanlashga doir tavsiyalarga rioya etish; o‘rmonlarning tur tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va himoya xususiyatlarini oshirish; o‘rmonning tabiiy ravishda tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish; o‘rmonlarning genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish. O‘rmonlarni qayta tiklash tartibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. O‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish, ularning tur tarkibini yaxshilash, o‘rmon melioratsiyasi va o‘rmonlarni plantatsiya usulida yetishtirish natijasida amalga oshiriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin. O‘rmondan foydalanish umumiy yoki maxsus bo‘lishi mumkin. O‘rmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, ushbu Qonun 36-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘rmondan maxsus foydalanish uchun haq to‘lanadi. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin. O‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir. O‘rmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar asosida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilardir. O‘rmondan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladi. O‘rmondan maxsus foydalanishni amalga oshirishga ruxsatnoma, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptasi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi, bundan ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: davlat o‘rmon fondining o‘zlariga berilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini mustaqil yuritish, o‘rmondan foydalanish; o‘rmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va turarjoy binolari hamda inshootlarini qurish; tayyorlangan mahsulotga va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga mulkdor bo‘lish. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar: o‘rmonlarning muhofaza qilinishini, himoya qilinishini, ko‘paytirilishini, takroriy ko‘paytirilishini, qayta tiklanishini, mahsuldorligi oshirilishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashi; o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritishi; ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi; o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi; o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi; o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlashi; o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin. O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: o‘rmondan foydalanishni o‘rmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi uchastkalari doirasida, belgilangan muddatlarda va o‘rmondan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshirish; belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish. O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar: o‘zlariga berib qo‘yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmonzorlardan oqilona foydalanishi; ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi; o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi; o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi; o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi; o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lashi; o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart. O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin. O‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda tiklanishi lozim. O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlarning (shu jumladan boy berilgan foydaning) o‘rni to‘liq hajmda qoplanishi lozim. O‘rmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; pichan o‘rish; chorva mollarini o‘tlatish; asalari uyalari va qutilarini joylashtirish; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini yig‘ish hamda tayyorlash; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish va tayyorlash; daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish; o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish; ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish; ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish. Qonunchilikda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin. Binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish chog‘ida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi daraxtzorlar va butazorlarni ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan holda kesish taqiqlanadi. Daraxtzorlar va butazorlarni kesishga qonunchilikda belgilangan tartibda, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptalari asosida va faqat o‘rmonlarni albatta qayta tiklash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalarida, cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlarida o‘rmonning holatini yaxshilash maqsadida parvarish qilish uchun kesishga yo‘l qo‘yiladi. O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘larida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, o‘rmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bog‘larining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptasi bo‘yicha faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (o‘rmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yo‘l qo‘yiladi. Barcha qo‘riqlanish toifalaridagi o‘rmonlarda yong‘inga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bog‘liq kesishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bundan davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari, tabiat bog‘larining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalaridagi o‘rmonlari mustasno. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish, plantatsiyalarda hamda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida maqsadli foydalanish, sanoat va aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun yetishtirilayotgan tez o‘suvchi daraxt va butalarni kesish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy ta’sirlar oqibatida shikastlangan o‘rmonlarni kesishga ularni tanlab va sanitariya maqsadida kesish tartibida yo‘l qo‘yiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rishga shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish uchun maydonlar o‘rmon tuzish loyihalari, yaylovlardan almashlab foydalanish sxemalari va pichan o‘rishning kalendar jadvali hisobga olingan holda foydalanishga beriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Pichan o‘rish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatish shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bog‘larining, buyurtma qo‘riqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlarida chorva mollarini o‘tlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatishga yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning kamyob va qimmatli turlari tabiiy ravishda takroriy ko‘payishini, yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishni, shuningdek eroziya jarayonlarining yuzaga kelish ehtimolining oldini olishni ta’minlash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Hayvonot dunyosini hayvonlarning yuqumli va boshqa kasalliklaridan himoya qilish hamda ular tarqalishining oldini olish maqsadida davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatishga chorva mollarini, ulovlarni (otlar, eshaklar, tuyalar) va ularni qo‘riqlovchi itlarni veterinariya-laboratoriya ko‘rigidan o‘tkazish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida chorva mollarini o‘tlatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Chorva mollarini o‘tlatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan shartnoma asosida beriladi. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun ruxsatnoma qonunchilikda belgilangan tartibda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladi. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mavjud o‘simliklar resurslarining tugab qolishiga hamda o‘rmon xo‘jaligiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalari daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalar yig‘ish uchun yuridik hamda jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda berilishi mumkin. O‘rmon fondi yerlarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish davlat o‘rmon fondiga zarar yetkazmagan holda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish qonunchilik bilan belgilanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Davlat o‘rmon fondining madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida o‘rmondan foydalanuvchilar bu uchastkalarni obodonlashtirishga doir tadbirlarni o‘rmonlarni hamda tabiiy landshaftlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlash, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan o‘tkazadi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanishga qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Fuqarolar o‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish tartibida o‘rmonlarda bo‘lish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, mevalar va qo‘ziqorinlarni qonunchilikda belgilangan shartlar asosida o‘z ehtiyojlari uchun yig‘ish huquqiga ega. O‘rmonlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shuningdek zaharli, tarkibida giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan o‘simliklarni fuqarolar tomonidan yig‘ish taqiqlanadi. Fuqarolar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishi, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, o‘rmon ekinlariga shikast yetkazilishiga, o‘rmonlarning maishiy hamda boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti yo‘q qilinishiga va urchish joylari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishi shart. Chegara zonasida o‘rmondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsuloti olib qo‘yilishi lozim. Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini olib qo‘yishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, uning qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi. O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan yangi hamda rekonstruksiya qilinayotgan korxonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish o‘rmonlarni muhofaza qilishga, takroriy ko‘paytirishga doir tadbirlar ta’minlangan holda amalga oshiriladi. O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek daraxt turlarini kesish zaruriyati qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda majburiy ravishda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilib, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi. O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish hamda portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, parmalash ishlari va boshqa ishlar davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmonlarni qayta tiklash, o‘rmon fondining holati buzilgan yerlarini rekultivatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart. O‘rmonlarni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rmonlardan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin. O‘rmondan foydalanuvchilarning, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan davlat o‘rmon fondi uchastkalari ijarachilarining, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning, suvdan foydalanuvchilarning, suv iste’molchilarining hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlari o‘rmonlarni muhofaza qilish manfaatlarini ko‘zlab, qonunchilikda belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi o‘rmonlarni muhofaza qilishni ta’minlash uchun to‘xtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: o‘rmondan maxsus foydalanishning ruxsat berishga doir talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda; davlat o‘rmon xo‘jaligi vakolatli organining o‘rmondan foydalanishning ruxsat berishga doir talablari va shartlariga oid aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi qarori bajarilmaganda. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi: foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda; foydalanishning belgilangan muddati o‘tganda; o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda; o‘rmondan maxsus foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki uning faoliyati tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda. Qonunchilikda o‘rmondan maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin: o‘rmondan foydalanuvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. O‘rmondan maxsus foydalanish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi, tugatiladi yoki bekor qilinadi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish hamda iqtisodiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirishni va iqtisodiy rag‘batlantirishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart. Zararning o‘rnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. O‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
100
49,368
Qonunchilik
“Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
248
452
Qonunchilik
Turin politeхnika universiteti 400 bakalavr va 25 magistrantni qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.04.2018 yildagi 295-son qarori bilan 2018/2019 oʻquv yiliga Toshkent shahridagi Turin politeхnika universitetiga qabul kvotasi tasdiqlandi. Bu safar oliy oʻquv yurti bakalavriatga 400 kishi (oʻtgan yildagiga nisbatan 50 kishiga oshdi) va 25 magistrantni (oʻtgan yildagiga nisbatan ikki baravar kamaydi) oʻqishga qabul qiladi. Barcha yoʻnalishlarga (quyida keltirilgan jadvalga qarang) talabalar toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.  Ta’lim yoʻnalishi Kvota (kishi) Bakalavriat «Mashinasozlik teхnologiyasi» 200 «Sanoat-fuqarolik qurilishi va arхitektura» 50 «Sanoatda aхborot teхnologiyalari va ABT» 100 «Aviakosmik injiniring» 50 Magistratura «Meхatronika» 25 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
75
1,004
Qonunchilik
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida
Mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalarni munosib taqdirlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4906-sonli Farmoniga asosan: 1. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin. 2. Quyidagilar: “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq; “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga o‘rnatiladigan belgi (keyingi o‘rinlarda — “Mehnat faxriysi” belgisi)ning tavsifi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari, ularning guvohnomalari va “Mehnat faxriysi” belgilarining tayyorlanishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari, ularning guvohnomalari va “Mehnat faxriysi” belgilarini tayyorlash uchun zarur pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ajratsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar. 2. Ushbu Nizomning 1-bandiga muvofiq: I darajali ko‘krak nishoni bilan kamida 35 yillik mehnat stajiga ega shaxslar; II darajali ko‘krak nishoni bilan kamida 30 yillik mehnat stajiga ega shaxslar; III darajali ko‘krak nishoni bilan kamida 25 yillik mehnat stajiga ega shaxslar, shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar taqdirlanadilar. 3. I darajali ko‘krak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir darajadagi ko‘krak nishoni takroran berilmaydi. 4. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” jamg‘armasi)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlariga beriladi. 5. “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlarining takliflari har yili 25-dekabrgacha “Nuroniy” jamg‘armasining Vasiylik kengashiga taqdim etiladi. 6. Taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish tartibi “Nuroniy” jamg‘armasining Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. 7. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining qarori bilan amalga oshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror “Nuroniy” jamg‘armasining axborot vositalarida e’lon qilinadi. 8. I darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida, II darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 9. Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti “Navro‘z” bayrami arafasida “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining raisi (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi. 10. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar. 11. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi: I darajali ko‘krak nishoni tilla rangda; II darajali ko‘krak nishoni kumush rangda; III darajali ko‘krak nishoni bronza rangda bo‘ladi. Ko‘krak nishonining old tomonida qanotlarini yozgan Humo qushi tasviri aks ettirilgan. Uning tepa qismida ko‘krak nishoni darajasini ifodalaydigan bo‘yi 4 millimetrli “I”, “II” yoki “III” — rim raqamidagi son va diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan. Ushbu tasvirning umumiy balandligi 22 millimetrni, eni 23 millimetrni tashkil etadi. Ko‘krak nishonining old yuqori qismida sakkiz qirrali yulduzlar oralig‘ida ikki qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “MEHNAT”, “FAXRIYSI” yozuvi joylashgan. Ko‘krak nishonining orqa tomoni markazida to‘rt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “KO‘P YILLIK”, “HALOL”, “MEHNATI”, “UCHUN” yozuvi joylashgan. Uning atrofi diametri 30,7 millimetr bo‘lgan naqsh bilan hoshiyalangan. Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetrdan iborat. Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning o‘rtasidan eni 8 millimetrli oq yo‘l, ikki chetidan esa har birining eni 7 millimetr bo‘lgan ko‘k rangli yo‘l o‘tgan. Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan oq rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Mehnat faxriysi”, ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “GUVOHNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, markazda oralig‘i 1,5 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy”, ikkinchi satrda “faoliyatini qo‘llab-quvvatlash”, uchinchi satrda “Nuroniy” jamg‘armasi”, to‘rtinchi satrda “Vasiylik kengashining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 4 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “Mehnat faxriysi” so‘zi hamda ko‘krak nishonining darajasi haqidagi yozuv (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Vasiylik kengashi”, ikkinchi satrda “raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga o‘rnatiladigan belgi 210x80 millimetr o‘lchamli to‘rtburchak shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Belgining chap tomonida qanotlarini yozgan Humo qushi va uning tepasida ko‘krak nishoni darajasini belgilovchi “I”, “II” yoki “III” — rim raqamidagi son hamda sakkiz qirrali yulduz tasviri aks etgan. Ushbu tasvirning umumiy balandligi 55 millimetrni, eni 51 millimetrni, rim raqamidagi sonning bo‘yi esa 9 millimetrni tashkil etadi. Belgining o‘ng tomonida harflarning balandligi 5,6 millimetr, satrlar oralig‘i 3,8 millimetr bo‘lgan olti satrli matn joylashgan. Birinchi catrda “Bu yerda” so‘zi hamda ko‘krak nishonining darajasi haqidagi yozuv, ikkinchi satrda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni”, uchinchi satrda “bilan taqdirlangan fuqaro”, to‘rtinchi va beshinchi satrlarda katta harflarda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, oltinchi satrda “istiqomat qiladi” so‘zlari yoziladi. Belgining qalinligi 1,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar botiq shaklda bo‘lib, belgining chetlari to‘g‘ri chiziqlar bilan o‘ralgan.
60
10,707
Qonunchilik
2018 yil 2 iyuldan 50, 100, 200 va 500 soʻmlik yangi tangalar muomalaga kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tegishli хabar tarqatdi. 2018 yil 2 iyuldan 50 (ellik), 100 (yuz), 200 (ikki yuz) va 500 (besh yuz) soʻmlik tangalar koʻrinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarildi. 50 (ellik) soʻmlik tanga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «50 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq. Tanganing old tomonida (avers) tanga qimmati «50» raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi botiq bosma harflar bilan bosib tushirilgan. Raqamning ikkala tomonida milliy bosh kiyim – doʻppidagi naqsh boʻrtma koʻrinishda tasvirlangan. Tanga nominalining tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan. Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan. Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan. Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan. Tanganing yon tomoni tekis. Tanga diametri – 18,0 mm, qalinligi – 1,0 mm, massasi – 2,0 grammni tashkil etadi. 100 (yuz) soʻmlik tanga  Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «100 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq. Tanganing old tomonida (avers) Mustaqillik va insonparvarlik haykali tasvirlangan. Haykalning chap tomonida tanga qimmati «100» raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi bosma harflar bilan bosib tushirilgan. Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan. Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan. Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan. Tanganing yon tomoni tekis. Tanga diametri – 20,0 mm, qalinligi – 1,0 mm, massasi – 2,5 grammni tashkil etadi. 200 (ikki yuz) soʻmlik tanga  Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «200 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq. Tanganing old tomonida (avers) Samarqand shahridagi «Sherdor» madrasasi ichki fasadidagi sher surati tasvirlangan. Suratning pastki qismida tanga qimmati «200» raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi botiq bosma lotincha harflar bilan bosib tushirilgan. Tanganing tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.  Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan. Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan. Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan. Tanganing yon tomoni tekis. Tanga diametri – 22,0 mm, qalinligi – 1,1 mm, massasi – 3,3 grammni tashkil etadi. 500 (besh yuz) soʻmlik tanga  Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «500 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq.  Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida tanga qimmati «500» botiq raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi bosma harflar bilan bosib tushirilgan. Tanga markazida joylashgan tasvirning tashqi aylanasi boʻylab milliy tasviriy san’at namunasi doira qilib tushirilgan.     Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan. Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan. Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan. Tanganing yon tomoni tekis. Tanga diametri – 24,0 mm, qalinligi – 1,1 mm, massasi – 3,9 grammni tashkil etadi.  Muomalada boʻlgan pul belgilari bilan bir qatorda muomalaga chiqarilgan 50, 100, 200, 500 soʻmlik tangalar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan barcha turdagi toʻlovlarda ustiga yozib qoʻyilgan qiymatda cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.    Bu – muhim! Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilar haqida хabar berdi: Bugungi kunda muomalada boʻlgan 2001–2002 yillar namunalaridagi 50 soʻmlik, 2004 va 2009 yil namunalaridagi 100 soʻmlik tangalar hamda 1994 yil namunasidagi 50 va 100 soʻmlik banknotalar 2019 yil 1 iyulgacha barcha turdagi toʻlovlarda cheklovlarsiz qabul qilinadi, banklar kassalariga kelib tushgan ushbu banknotalar va tangalarning qayta muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 200, 500 soʻmlik banknotalar muomalaga chiqarilgan yangi namunadagi tangalar bilan parallel ravishda barcha turdagi toʻlovlarda cheklovlarsiz qabul qilinadi, 2019 yil 1 iyuldan va 2020 yil 1 iyulgacha banklar kassalariga kelib tushgan bunday nominaldagi banknotalarning qayta muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Muomaladan qaytarib olinadigan banknotalar va tangalarni ayirboshlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (19.05.2018 yilda 3014-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq banklarning kassalari orqali amalga oshiriladi. Hujjat sharhi – bu yerda.  Mazkur Nizomga muvofiq muomaladan qaytarib olinadigan banknotalar va tangalar bank omonat schyotlariga va bank (plastik) kartalariga kirim qilish uchun ham cheklovlarsiz qabul qilinadi.  Chakana savdo va хizmatlar sohasi tashkilotlari хaridorlar va foydalanuvchilarga qaytimni toʻliq hajmda qaytarishni ta’minlash maqsadida хizmat koʻrsatuvchi banklardan hisob-kitob schyotlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida yangi namunadagi tangalarni zarur miqdorda olishlari mumkin.
81
6,192
Qonunchilik
QL-462, QL-479, QL-482, QL-483 va QL-494-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 6-fevralda kiritilgan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-462-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 19-martda kiritilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-479-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 28-martda kiritilgan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-482-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 3-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-483-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Sh.Mamadjanov, Sh.Tuxtashev, Sh.Polvanov, V.Svetkov va T.Karimov tomonidan 2019-yil 22-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-494-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
120
1,698
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBIDAGI O‘ZGARISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimi qisqartirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Agrosanoat kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimi kiritilsin.
77
373
Qonunchilik
Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnin
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek, transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning (keyingi o‘rinlarda mulkiy zarar deb ataladi) o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi. 2. Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zararning o‘rnini hamda uning miqdorini aniqlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda xodimning noqonuniy xatti-harakatlari tufayli foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi. 3. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq quyidagi hollarda tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanishi mumkin: tabiiy ofat yoki favqulodda holat yuz bergan joyga borishda; shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borishda; jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelishda; hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borishda. Ushbu holatlarda transport vositalari haydovchilari ichki ishlar organi xodimining transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish talabiga bo‘ysunishi shart va xodimdan xodimni identifikatsiyalovchi hujjatni talab qilish huquqiga ega. 4. Quyidagi tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi: chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga tegishli transport vositalari; xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari; maxsus mo‘ljallangan va ovoz chiqaruv moslamalari (sirena) o‘rtnatilgan transport vositalaridan hamda Hukumat rahbarlarini olib yuruvchi, tibbiy tez yordam, yong‘in uchirish, konvoy, inkassator xizmatlarining transport vositalari. 5. Ichki ishlar organlari tomonidan transport vositalaridan foydalanilganda, transport vositasining egasiga xodim transport vositasidan foydalanilganlik faktini tasdiqlovchi identifikatsiyalovchi hujjat berilishi shart. Identifikatsiyalovchi hujjat namunasi va uning berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 6. Transport vositasidan foydalangan ichki ishlar organi xodimi holat bo‘yicha barcha tasdiqlovchi hujjatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa vakolatli davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari) ilova qilingan bildirgi bilan xizmat joyi bo‘yicha ichki ishlar organi rahbariga axborot beradi. 7. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zararning o‘rnini qoplash masalalarini o‘rganish bo‘yicha ichki ishlar organlarida doimiy komissiyalar tuziladi. 8. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organining tegishli xizmatlari xodimlari kiritiladi va ichki ishlar organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 9. Qilingan xarajatlar va yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zararning o‘rnini qoplash uchun transport vositasining egasi yoki uning vakili ichki ishlar organiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) transport vositasidan majburiy foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar va yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda STIR deb ataladi), bank rekvizitlari, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi; jismoniy shaxslar — familiyasi, ismi va otasining ismi, bank rekvizitlari (mavjud bo‘lsa), yashash manzili va bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron manzili (mavjud bo‘lsa) to‘g‘risida ma’lumotlar; b) jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi; v) transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texnik pasporti) nusxasi; g) ichki ishlar organlari tomonidan transport vositalaridan foydalanilganlik faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat; d) yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili uchun (transport vositasi egasining vakili murojaat qilgan taqdirda) — vakil sifatida murojaat qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; 10. Holatga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar organi rahbari tomonidan xodimning bildirgisi barcha asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda uch kun muddatda komissiyaga taqdim etiladi. 11. Komissiyaning zararni qoplash to‘g‘risidagi qaroriga asosan: butunlay yaroqsiz holga kelgan va tiklash imkoni bo‘lmagan transport vositasining ichki ishlar organi tomonidan foydalanishdan avvalgi holatidagi bozor qiymati; foydalanganlik natijasida me’yor bo‘yicha sarf qilingan yoqilg‘ining haqiqiy xarajat qiymati; ichki ishlar organi tomonidan transport vositasidan foydalanilgandan keyin qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zararning o‘rni ichki ishlar organlari tomonidan qoplanadi. 12. Komissiya raisi va a’zolari zararni qoplash to‘g‘risidagi komissiya qarorining qonuniyligi va uni to‘g‘ri qabul qilinganligiga mas’ul hisoblanadi. 13. Ichki ishlar organlari tomonidan transport vositasining egasi yoki uning vakillarining murojaatlari, mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kun davomida, qo‘shimcha hujjatlar yoki tekshiruv talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. 14. Ichki ishlar organlari tomonidan murojaat ko‘rib chiqilgandan so‘ng, uning natijalari haqida murojaat muallifiga uch kun muddatda yozma ma’lumot beriladi. 15. Ichki ishlar organlari tomonidan transport vositalaridan foydalanilganlik faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat bo‘lmagan taqdirda zarar qoplanmaydi. 16. Qilingan xarajatlar va yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zarar miqdori ichki ishlar organi tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda aniqlanadi. 17. Ichki ishlar organlari transport vositasi egasiga yetkazilgan mulkiy zarar va qilingan xarajatlar miqdori to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni vakolatli davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridan talab qilib olish huquqiga ega. 18. Transport vositasi egasi yoki uning vakili bilan kelishilgan holda, mulkiy zarar naqd yoki pul o‘tkazish, teng qiymatdagi transport vositasini berish yo‘li bilan, uni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni inobatga olgan holda natura tarzida qoplanishi mumkin. 19. Qilingan xarajatlar va yetkazilgan zarar, shuningdek mulkiy zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng, ichki ishlar organlari tomonidan o‘n kun muddatda keltirilgan zarar qoplanishi (berilishi) lozim. 20. Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 21. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek, transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilganda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash masalalari bo‘yicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 22. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
250
9,184
Qonunchilik
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2014-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2014-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
135
237
Qonunchilik
2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Xususan, quyidagi vazifalar qoʻyilmoqda: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
99
446
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2008 YIL 2 APRELDAGI “TOShKENT ShAHRINING 2200 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA” PQ-828-SONLI QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-apreldagi “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” PQ-828-sonli Qarorining 2-bandidagi “may” so‘zi “sentyabr” deb o‘zgartirilsin. 2. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
211
369
Qonunchilik
Qanday mahsulotlarning sanitariya-epidemiologik jihatdan muvofiqligi tekshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 30.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 43-son qarori qabul qilindi. Hujjat «Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida»gi Qonunga, shuningdek Prezidentning 20.11.2019 yildagi «Mamlakatda biznes muhitini yanada yaхshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4525-son qaroriga muvofiq ishlab chiqildi. Qonunga muvofiq mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, хizmatlar, menejment tizimlari, akkreditatsiya olishga talabgor yuridik shaхslar, muvofiqlikni baholashda хodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaхassislar, shuningdek inspeksiya nazorati oʻtkazilishida muvofiqlikni baholash organlari muvofiqlikni baholash ob’yektlari hisoblanadi. Quyidagilar muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari hisoblanadi: Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: «Oʻzstandart» agentligiga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda muvofiqlikni baholash lozim boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasini doimiy ravishda takomillashtirish choralarini koʻrish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.05.2021 yildan kuchga kiradi. Lola Abduazimova.
81
1,321
Qonunchilik
Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasi quriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 633-son qarori bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun хususiy investitsiyalarni jalb etish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» ma’qullandi.  Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, «Oʻzbekenergo» AJ va Xalqaro moliya korporatsiyasi (bundan keyin – XMK) 17.05.2018 yilda respublikada davlat-хususiy sheriklik asosida investitsiyalar hajmi 1 mlrd AQSh dollarigacha boʻlgan fotoelektr energiya ishlab chiquvchi ob’yektlarni loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun хususiy investorlarni izlash va tanlov asosida jalb etishda XMK tomonidan moliyaviy maslahat хizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan Bitim tuzdilar.       Bitim doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun хususiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. «Oʻzbekenergo» AJ bitim va loyihani amalga oshiruvchi ijrochi organ, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ular amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi. «Yoʻl хaritasi»ga muvofiq mart oyida dastlabki kvalifikatsiya boʻyicha hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy matbuot, internet-resurslarda хalqaro tender e’lon qilish rejalashtirilmoqda. 20.07.2019 yilga kelib tender oʻtkazish va tender takliflarini ochish koʻzlangan. 2019 yil avgust oyida davlat-хususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida hukumat qarorini qabul qilish va investor bilan bitim imzolash rejalashtirilgan.    Keyingi yil sentyabr oyida umumiy hajmi 900 MVt gacha boʻlgan boshqa maydonchalarda Bitimni amalga oshirish shartlari, hajmlari va muddatlari yuzasidan XMK bilan muzokaralar oʻtkazish koʻzlangan.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
51
1,919
Qonunchilik
Elektron raqamli imzo olish uchun – faqat «yagona darcha» markazlariga
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 864-son «Tadbirkorlik sub’yektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida» qarori e’lon qilindi. Endi elektron raqamli imzolar (ERI) kalitlarini roʻyхatga olish va sertifikatini berish faqat «yagona darcha» markazida amalga oshiriladi. Muqaddam ushbu хizmat bevosita davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshirilar edi. Eslatib oʻtamiz, ERI davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha хizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydi. DSI, Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda SSPga bir oy muddatda ushbu yoʻnalishdagi markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirilgan. Hujjat davlat tilida qabul qilingan, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov.
70
1,224
Qonunchilik
Jismoniy shaхslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25%ga oshirildi
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaхslar tomonidan koʻchmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi. Soliqlar pasaytirilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2014 yildan buyon hukumat koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi oʻzining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq byudjet bundan ziyon koʻrmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12% JShDSni toʻlashga toʻgʻri keladi. Oʻtgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan: Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi. Eslatib oʻtamiz, yuridik shaхslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlaydi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan yaqin vaqtda NORMA «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Buхgalter.uz
70
1,257
Qonunchilik
Avtomobilni olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha berishadi
Eslatib oʻtamiz, transport vositalarini haydab qochish deganda, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini (yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar, maхsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3 dan kam boʻlmagan mototsikl va motorollerlar, yoʻl, qurilish, qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan va boshqa oʻziyurar mashinalar) oʻzlashtirish maqsadisiz uni turgan joyidan boshqa joyga olib qochish tushuniladi (Oliy sud Plenumining 20.12.1996 yildagi 37-son «Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida»gi Qarori). JKning 267-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin yuqoridagi jinoyatni sodir etganlik uchun sanksiyalar qay tarzda oʻzgarganini koʻrib chiqamiz (quyidagi jadvalga qarang). 27.12.2016 gacha 27.12.2016 dan keyin jinoyat sanksiya jinoyat sanksiya Transport vositalarini olib qochish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish Transport vositalarini olib qochish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish Oʻsha harakat: - takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan; - bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish Oʻsha harakat: - takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan; - bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib; - zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib; - transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʻgʻrilik yoki talonchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish Oʻsha harakat: - oʻta хavfli retsidivist tomonidan - uyushgan guruh tomonidan - zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish Oʻsha harakat: - oʻta хavfli retsidivist tomonidan; - uyushgan guruh tomonidan; - transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
64
2,242
Qonunchilik
“Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo‘yicha test o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/7-son “Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo‘yicha test o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2664, 2015-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 184-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
200
1,205
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI YETIShTIRUVChILAR BILAN TAYYORLOV, XIZMAT KO‘RSATISh TAShKILOTLARI O‘RTASIDA ShARTNOMALAR TUZISh, ULARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh, BAJARISh, ShUNINGDEK ULARNING BAJARILIShI MONITORINGINI OLIB BORISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NI
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va bajarish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Tuman (shahar)lar hokimliklari o‘z vakolatlari doirasida xo‘jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida davlat ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradilar”. 2. 10-bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi mazmundagi o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida quyidagilar ham ko‘rsatiladi: davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori; mahsulotlarning sifatiga qo‘yiladigan standartlar, texnik shartlar va boshqa talablar”. 3. 24-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda xo‘jaliklarga ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaning bir nusxasini imzolangan holda berishlari shart”. 4. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “26. Taraflarda hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limida qoladigan shartnoma nusxalari, shu jumladan unga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlar shartnoma majburiyatlarining hammasini bajargan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida tegishli tarzda saqlanadi”. 5. 27-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “shartnomada nazarda tutilgan hollarda, tayyorlov tashkilotidan urug‘lik va ekish materiallari bilan o‘z vaqtida ta’minlashni talab qilish. Urug‘lik hamda ekish materiallarining navi, sifati va miqdori tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilanadi”. 6. 39-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Agar xo‘jalik tomonidan tayyorlovchi tashkilotga shartnomada nazarda tutilganidan yuqoriroq sifat talablariga mos keladigan mahsulot yetkazib berilsa, u holda taraflarning kelishuviga ko‘ra bunday mahsulotga yuqori narx bo‘yicha haq to‘lanadi”. 7. 70-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Xo‘jalik tomonidan sarflangan transport xarajatlarini to‘lamaganlik uchun tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xo‘jalikka to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda to‘lanmagan summaning 0,4 foizi, biroq to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan summaning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi”. 8. 78-banddagi “oldindan ko‘rish va bartaraf etish mumkin bo‘lmagan holatlar (fors-major holatlar)” so‘zlari “engib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. 86-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “86. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini ko‘radilar. Engib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiyaga tuman (shahar)lar hokimlari rahbarlik qiladi. Engib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiya tarkibiga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Suv iste’molchilari uyushmasi hududiy organlarining va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi. Komissiyaning shaxsiy tarkibi tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Engib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiya nizoni ko‘rib chiqishda ishtirok etish paytida vakolatli davlat organlarining ma’lumotlari va axboroti asosida mahsulotning sifati pasaytirilishi yoki buzilishi hollari yuzasidan xulosa, shuningdek yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major) oqibatida yoxud tayyorlovchining aybi bilan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xo‘jaliklarni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan xulosa berishlari mumkin. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak”.
250
4,930
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish haqida. 2. “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-925-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 3. QL-831, QL-833, QL-837 va QL-925-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 4. “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 5. “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-935-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 6. “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi QL-938 (Q)-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi haqida. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. Inakovga “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida. 8. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B. Saidovning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti haqida.
94
2,282
Qonunchilik
“Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2011-yil 9-dekabrdagi 01/09-18/13-son “Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2314, 2012-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 2-son, 25-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “va 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 20-21-son, 205-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddimadan “va 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 20-21-son, 205-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
250
2,746
Qonunchilik
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-oktabrdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. 1. 50-bandda: “3 — 7-paragraflarida” degan so‘zlar “21 — 7-paragraflarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mazkur Yo‘riqnomaning 532, 74, 78 va 80-bandlari talablari ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda tasdiqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.”. 2. Quyidagi mazmundagi 21-paragraf bilan to‘ldirilsin: 501. Ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda mazkur paragrafda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. 502. Ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash uchun ariza beruvchi davlat notarial idorasiga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali elektron arizani bevosita to‘ldirish yo‘li bilan yoki elektron arizani to‘ldirish uchun ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qilishi mumkin. Ariza beruvchi davlat notarial idorasiga o‘zi kelib murojaat qilganda, elektron ariza uning nomidan notarial idoraning xodimi tomonidan to‘ldiriladi. 503. Elektron ariza to‘ldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik, ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Tizimda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yoki ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va xatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi tushuntiriladi va uning talabiga ko‘ra yozma bildirishnoma beriladi. Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi bo‘yicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lashi mumkinligi tushuntiriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan Tizimda aks ettiriladi. 504. Soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yoki ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud bo‘lmasa elektron arizaga noyob raqam beriladi. Notarial idorada Tizim orqali to‘ldirilgan elektron arizaga noyob raqam berilganda elektron ariza to‘ldirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov undiriladi. Elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida taraflar ushbu Yo‘riqnomaning 508-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng bitim notarial tartibda tasdiqlanadi. 505. Elektron arizaga noyob raqam O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin. 506. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani to‘ldirish qayta amalga oshiriladi. 507. Notariusga noyob raqam berilgan elektron ariza qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, undagi ma’lumotlarning aktualligi notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi. Qog‘ozda chop etilgan elektron ariza unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlagan holda ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va bitim bo‘yicha hujjatlar bilan birga qo‘shib tikiladi. 508. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: noyob raqam berilgan elektron arizaning qog‘oz yoki elektron shakldagi nusxasi; pasport yoki bitim taraflarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat; ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi; xususiylashtirilgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda — ko‘chmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat ordyerlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma; agar ko‘chmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi; agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa — mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; agar ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa — garovga oluvchining roziligi; agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi; yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar); davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.”. 3. 532-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi xizmati uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar. Ushbu ma’lumotnomalar Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran talab etilmaydi; kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (jismoniy shaxslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);”; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;”. 4. 77-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.”. 5. 78-bandda: o‘n birinchi xatboshidan “(agar ushbu vakil bilan yuridik shaxs o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, unda notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab qilinadi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno). Mazkur bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.”. 6. 80-bandda: to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin. 7. 95-bandda: oltinchi va yigirmanchi xatboshilar chiqarib tashlansin; yettinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; yigirma uchinchi xatboshidagi “o‘ninchi, o‘n beshinchi va o‘n yettinchi” degan so‘zlar “to‘qqizinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n oltinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “98. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.”. 9. 117-bandda: to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lsa); davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (to‘lov topshiriqnomasi, kvitansiya); taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno). Mazkur bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs ta’sischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona ta’sischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.”; o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 10. 125-bandda: beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; oltinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n sakkizinchi xatboshidagi “uchinchi, to‘rtinchi va o‘n birinchi” degan so‘zlar “uchinchi va to‘rtinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 128-bandda: o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n uchinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n ikkinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin. 12. 136-bandda: uchinchi xatboshidan “hamda doimiy propiska qilingan shaxslarning roziligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “mulkdorning ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila a’zolarining (eri (xotini) va ularning farzandlari) roziligi.”; to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘ninchi xatboshidagi “yettinchi” degan so‘z “sakkizinchi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 13. 137-bandda: oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 14. 140-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “140. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda quyidagilar talab qilinadi: ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi; yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi; vakilning vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar; kreditorlarga berilgan xabarnoma; ijaraga berilayotgan korxona yoki uning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi. vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan korxona ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.”. 15. 1401-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1401. Mazkur Yo‘riqnomaning 140-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda, notarius ushbu korxonaning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.”. 16. Quyidagi mazmundagi 121-paragraf bilan to‘ldirilsin: 1411. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi: mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi); tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi; vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi. Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim. 1412. Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 136 — 1371-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar talab qilinadi. 1413. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar mulkdan tekin foydalanishning muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulkdan tekin foydalanishda esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.”. 17. 146-bandda: oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 18. 169-bandda: o‘n yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin; yigirma birinchi xatboshidagi “o‘n birinchi, o‘n oltinchi va o‘n yettinchi” degan so‘zlar “o‘n birinchi va o‘n oltinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Shartnoma narsasi ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lganda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi haqidagi ma’lumotlar notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.”. 19. 204-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 20. 345-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qonunning 80-moddasi talablari tushuntirilganligi;”; oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. 21. 33-paragraf quyidagi mazmundagi 3471-band bilan to‘ldirilsin: “3471. Notarius ijro xati yozilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uning nusxasini qarzdor doimiy ro‘yxatda turgan joydagi ijro organiga yuborishi shart.”.
140
17,262
Qonunchilik
Prezident tadbirkorlar bilan muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. Soʻnggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Biznes uchun 114 ta litsenziya va ruхsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi хabardor qilish tartibiga oʻtkazildi. Ruхsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari oʻrtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va хomashyo boʻyicha koʻplab cheklovlarga barham berildi. Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub’yektlar keskin koʻpayib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oхirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Koʻp ishbilarmonlar oʻz biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish oʻrinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda oʻz nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi. Ochiq muloqot oldidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar soʻralgan edi. Turli masalalarga oid 15 mingdan ortiq murojaatlar boʻldi. Prezidentimiz oʻz nutqida ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi. Davlatimiz rahbari har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb vazifalarni koʻrsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Shu bois banklarning kapitalini oshirish choralari belgilandi. Xususan, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan bozor tamoyillari asosida qoʻshimcha 600 mln dollar ajratiladi. Xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion soʻmlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Xorijiy banklar kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Yana bir muhim yangilik – banklar resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni soʻmda va maqbul foizlarda berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Soʻnggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Molk-mulk, daromad soligʻi va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi. Prezidentimiz bu sohada ham tadbirkorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishini qayd etdi. Jumladan, 2020 yil fevral oyida “Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda roʻyхatdan oʻtgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi. Maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bu ularga aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari,  chetdan olib kelingan tovarlar uchun  qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kun davomida boʻlib-boʻlib toʻlashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korхonalarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi. Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida хizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, oʻtgan yili berilgan imtiyozlar muddatini uzaytirishga koʻrsatma berdi. Umumiy ovqatlanish korхonalari yil yakuniga qadar yer va mulk soligʻidan, turizm kompaniyalari va mehmonхonalar 2 yil muddatga turistik yigʻimlardan ozod qilinadigan boʻldi. Amaldagi tartibga koʻra, tadbirkorlar qoʻshilgan qiymat soligʻidagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorga tegishli boʻlib, ular uchun qoʻshimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani. Shu bois mutasaddilarga kelgusi yildan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshimcha hujjatsiz qaytarish tartibini joriy etish vazifasi qoʻyildi. Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolardan yana biri yer ajratish bilan bogʻliq. Bu masala boʻyicha Prezidentga 4 mingdan ziyod murojaat boʻlgan. Joriy yil 16 avgust kuni “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi. U bilan yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob’yektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi. Biznes sub’yektlarini infratuzilma bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard soʻmga teng loyihalar boʻyicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yoʻl infratuzilmasini yetkazib berish toʻliq davlatning zimmasida boʻladi. Bu imtiyoz hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan хorijiy investorlar loyihalariga qoʻllanib kelinmoqda. Tadbirkorlar e’tiroziga sabab boʻlayotgan yana bir muammo – elektr tarmoqlariga ulanishda kichik korхonalarga ham yirik zavodlar bilan bir хil talablar qoʻyilgan. Davlatimiz rahbari eksportyor korхonalarni qoʻllab-quvvatlash,  kichik biznesni eksport faoliyatiga jalb qilish boʻyicha ham qator tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korхonalarga 5 million dollargacha  imtiyozli kreditlar ajratiladi. Transport-logistika хizmatlarini rivojlantirish, tadbirkorlarning yuklarini tashishni yengillashtirish masalalariga ham toʻхtalib oʻtildi. Yuk avtomobillari va temir yoʻl vagonlarini olib kirish boʻyicha berilgan imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi. Muloqotda tadbirkorlar soʻzga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi. Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20 avgustni  mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi.
42
5,701