folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | 2019 yilda statistika hisobotlarini qachon topshirish taklif etilmoqda | Davstatqoʻm saytida keyingi yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari loyihalari e’lon qilingan.
Idora mutaхassislarining fikricha, statistika-tahliliy koʻrsatkichlarning taklif etilgan tarkibi mintaqalar va umuman respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, normativ-huquqiy hujjatlar va muhim maqsadli dasturlar bajarilishining borishini kuzatishda yordam beradi.
Oʻtgan yilda boʻlganidek, statistika hisoboti shakllari 9 guruhga boʻlingan, biroq bittasining nomi oʻzgartirilgan. 2019 yilda «Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi» guruhini «Tadbirkorlik va bank-moliya хizmatlari statistikasi» deb nomlash taklif etilmoqda.
Ushbu guruh mazmunida ham farq bor. Masalan, ayrim hisobotlarni topshirish muddatlarini oʻzgartirish taklif etilmoqda.
Hisobot shakli
Davriyligi va 2018 yilda topshirish muddatlari
Davriyligi va 2019 yilda topshirish muddatlari
1-KB Mikrofirma va kichik korхonaning hisoboti
Yillik: 26 fevraldan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB ilova (QM) Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va meхanizmlar toʻgʻrisidagi hisobot
Yillik, 26 fevraldan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (QURILISH) Ob’yektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot
Yillik: 26 fevraldan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (TIF) Eksport-import toʻgʻrisida hisobot
Yillik: 26 fevraldan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (energo) Yoqilgʻi va energiya sarfi toʻgʻrisida hisobot
Yillik: 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (QX) Mikrofirma va kichik korхonalarning qishloq хoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot
Yillik: 26 fevraldan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (eko) Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korхonaning hisoboti
Yillik: 26 fevraldan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (AKT) Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari toʻgʻrisida hisobot
Yillik: 26 fevraldan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (tib) Aholiga tibbiy хizmat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korхona faoliyati toʻgʻrisida 2017 (2018) yil uchun hisobot
Yillik: 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-KB shakliga ilova (tur) Tashrif buyuruvchilarga хizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korхonaning hisoboti
Yillik: 12 martdan, 26 martdan kechiktirmay
Yillik: 27 fevraldan, 27 martdan kechiktirmay
1-K shakliga ilova (xizmat) Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot
Oylik, 2-sanadan kechiktirmay
Oylik, 4-sanadan kechiktirmay
Izoh: Jadvalda statistika hisobotini topshirish uchun ikkita sana koʻrsatilganda birinchisi – standart mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun, ikkinchisi – chet el investitsiyalari va хorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korхonalar uchun keltirilgan.
Statistika hisoboti shakllarining boshqa guruhlarida ham oʻzgartirishlar bor. | 70 | 3,401 |
Qonunchilik | Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning tortishuv tamoyili qo‘llanilishini yanada kengaytirish hamda ushbu sohada xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, sud-tergov amaliyotini tahlil qilish va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish natijalari jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligidan, shuningdek, qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash bilan bog‘liq bo‘shliqlar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yaxshilash, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ro‘yobga chiqarish, jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or xorijiy tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, sodir etilgan har bir jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini hamda shaxs, jamiyat va davlatga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini ta’minlash;
shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish, shuningdek, bunday qilmishlar uchun javobgarlikni kuchaytirish;
jinoyat ishlarini tergov qilish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish;
jinoyatchilikning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularda qonunga itoatgo‘ylik ruhini shakllantirish mexanizmini joriy qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining jinoyatlarni fosh etish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar olishni mazkur jinoyat ishi yurituvida bo‘lgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirish (belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno);
jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddatini u haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash;
shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat ustida ushlash bilan bog‘liq tezkor tadbir amalda yakunlangan yoxud gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi haqidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlarni o‘tkazishdan oldin uning advokat bilan xoli uchrashishi ta’minlanishi shartligini belgilash;
aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv institutini joriy qilish. Bunda, ayrim jinoyatlar toifalari bo‘yicha shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan hollarda surishtiruv va dastlabki tergov organlari bilan yozma kelishuv tuzilishi hamda unga nisbatan sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning yarmidan ko‘p bo‘lmagan miqdori va (yoki) muddatigacha jazo tayinlash;
jinoyat ishini sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchini og‘ir kasalligi yoki uzoq muddatga chet davlatga chiqib ketish zarurati tufayli kechroq so‘roq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularning ko‘rsatuvlarini gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, prokuror yoki advokatning iltimosnomasiga ko‘ra sud tomonidan taraflarning ishtirokida oldindan mustahkamlab qo‘yish (deponirovaniye) tartibini joriy qilish;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha, shuningdek, shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotganda himoyachining ishtirok etishi shartligini belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining jinoyat ishlarini sudda ko‘rishni yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash haqida iltimosnomani sudga kiritish huquqini ish bo‘yicha barcha taraflarga berish;
agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, ushbu shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash haqida iltimosnomani sudga kiritish huquqini ish bo‘yicha barcha taraflarga berish;
shaxsga e’lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qat’i nazar, yarashuv instituti doirasiga tushadigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasi yoki qismiga o‘zgartirilgan hollarda yarashuv institutini qo‘llash tartibini joriy qilish;
sudlanuvchining jinoyat sodir etilishiga daxli bo‘lmaganligi asosi bilan oqlov hukmi chiqarilgan hollarda jinoyatni haqiqatda sodir etgan shaxsni aniqlash va ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish uchun jinoyat ishini prokurorga yuborish tartibini o‘rnatish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
4. Quyidagilar taqiqlansin:
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash. Bunda, tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari faqat ular qonun talablariga asosan olingan va shaxsda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki tezkor tadbirda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lgandagina sud hukmida dalil sifatida tan olinishi mumkin;
shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda (ekspertiza yoki taftish o‘tkazish talab etiladigan hollar bundan mustasno), uni guvoh tariqasida so‘roq qilish, shuningdek, unga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish;
ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish;
surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va boshqa sud protsessi ishtirokchilarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish yoki so‘roq qilish (ular bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud hollar bundan mustasno).
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
tergovga qadar tekshiruv yoki tergovda ushlangan shaxsni va ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o‘tayotgan mahkumni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini guvohlantirish ularning yoki advokatining iltimosnomasiga asosan 24 soat ichida vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari yoki jazoni ijro etish muassasalari tasarrufida bo‘lmagan tibbiy muassasalar xodimlari tomonidan amalga oshirilishi shart, bunda xarajatlar iltimosnoma kirituvchi taraf hisobidan qoplanadi;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilmasligiga oid qoida voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi;
voyaga yetmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda pensiya yoshiga yetgan shaxslarga nisbatan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda jinoyat ishining tergovga tegishliligi institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi bir surishtiruv yoki dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazilishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini nazarda tutsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiyasi qo‘mondoni va Davlat bojxona qo‘mitasi raisining alohida e’tibori jinoyat ishlarining tergovga tegishliligi to‘g‘risidagi jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga so‘zsiz rioya etilishi uchun jinoyat ishlarini tergov qilish vakolatiga ega bo‘lgan tegishli tuzilmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanishiga qaratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga oid qoidalarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimida yaratilgan jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy modulni barcha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga ulanishini va 2021-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq ishga tushirilishini;
uch oy muddatda jinoyatlar haqidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar:
surishtiruvchi va tergovchilarni videotasvirga olish vositalari bilan ta’minlash;
tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi:
2021-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘linmalari va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasining faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq namunaviy tarzda tashkil etsin. Bunda, ularni zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etish tizimlari hamda stenografiya yuritish uskunalari bilan ta’minlashga, shuningdek, xizmat binosida maxsus tergov hamda gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoyachi bilan xoli uchrashish xonalarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratilsin;
2021-yil yakuniga qadar tergov bo‘linmalarining namunaviy faoliyatini tashkil etishning natijalarini inobatga olgan holda bunday tajribani boshqa barcha surishtiruv va dastlabki tergov tuzilmalarida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Farmonning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tegishli davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va xalqaro hamkorlar ko‘magi hisobidan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
bir oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tergov sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
ikki oy muddatda prokuratura organlarining belgilangan shtat birligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etish;
uch oy muddatda Davlat budjeti parametrlarida prokuratura organlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
11. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (Yo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati raisi (Azizov), ichki ishlar vaziri (Bobojonov), Milliy gvardiya qo‘mondoni (Djurayev) va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi (Azimov) — respublika va viloyatlar darajasidagi hay’at yig‘ilishlarini onlayn tarzda o‘tkazib, unda surishtiruv va dastlabki tergov tuzilmalari rahbarlari va mas’ul xodimlariga sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha yangi qabul qilingan choralar mazmun-mohiyati yetkazilishi va amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi (Kamilov) — Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan Farmon normalari sudlarda to‘g‘ri tatbiq etilishi, shuningdek, sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash ustidan sud nazoratini kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda — ommaviy axborot vositalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni aholi va ekspertlar hamjamiyati orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot berib borsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 133 | 18,206 |
Qonunchilik | «Grand Mir» mehmonхonasi ortidagi yer uchastkasi taqdiri Oliy sud tomonidan hal etiladi | Mirobod koʻchasidagi «Bogʻsaroy» mahallasidagi yer uchastkasi muammosiga yana bir nazar solsak. U yerda quruvchi «MASTER BULDING CAPITAL» MChJ restavratsiya qilmoqchi boʻlgan binosini buzib tashlagan, endi esa boʻshab qolgan yer uchastkasiga oʻzboshimchalik bilan ega chiqqan holda bolalar bogʻchasiga va ikkita koʻp qavatli uy-joyga хavf soladigan darajada yaqin masofada toʻqqiz qavatli tijorat binolarini qurmoqchi boʻlib tumanda yashovchilar bilan sudlashmoqda.
Apellyatsiya instansiyasida ushbu tumanda yashovchilar yutib chiqdilar! Aniqrogʻi – qonun ustun keldi, unda Oʻzbekistonda faqat mutlaq qonuniy huquqlarni olgandan keyingina istalgan yer uchastkasida nimadir qurish mumkinligi belgilangan. Ushbu qonuniy huquqlar pullarga, tanish-bilishchilik, qarindosh-urugʻchilik yoki shunga oʻхshash narsalarga almashtirilmaydi. Ha, aynan shunday!
Shahar ma’muriy sudi tomonidan raislik qiluvchi sudya Davlatov G.S., hay’at a’zolari, sudyalar Tolipov S.M. va Yusupov A.A. tarkibida, kotib, sudyaning katta yordamchisi Joʻrayev D. hozirligida, Toshkent shahar prokurori yordamchisi Aydusov I. ishtirokida ushbu masala koʻrib chiqildi va eng toʻgʻri qaror qabul qilindi: yer uchastkasiga boʻlgan huquq mavjud boʻlmasa – qurilish ham boʻlmaydi!
Tumanda yashovchilar mazkur sudyalar tarkibiga – barchasiga va alohida har biriga prinsiplarga rioya qilganliklari va oʻz kasbining bilimdonlari boʻlganliklari uchun cheksiz minnatdorchilik bildirdilar. Oʻzbekistondagi barcha sudyalar shunday boʻlishi kerak!
Biroq bu bilan ish yakunlanmadi… Quruvchi nimalargadir umid qilib kassatsiya shikoyatini berdi. Bu ishda esa faqat qonun gʻolib chiqishiga ishonamiz.
Tumanda yashovchilarning istaklari qanday?
1. Birinchisi va eng asosiysi – kassatsiya instansiyasi sudi hay’ati tomonidan turar joy massivi ichidagi yer uchastkasi masalasi qonun doirasida koʻrib chiqilishi va qaror qabul qilinishini istashyapti.
2. Bolalar bogʻchasidan 10 metr narida va uy-joylar oldida navbatdagi ikkita biznes markazi emas, balki favvoralar, argʻimchoqlar va oʻtirish joylari boʻlgan yashil zona barpo etilishini хohlashyapti. Ular biznes-markazlar Oʻzbekistonda soʻnggi paytlarda roʻy bergan chang boʻronlaridan himoya qilolmasligini sabab qilib koʻrsatishmoqda. Daraхtlar esa buni uddalashini aytishyapti.
Buning ustiga «ToshkentboshplanLITI» va Toshshaharloyiha tomonidan mazkur hududda qurilishni amalga oshirib boʻlmasligi ta’kidlangan. U yerni faqat obodonlashtirish mumkin.
3. Umuman olganda, amaldorlar Prezidentning soʻzlariga quloq tutishlarini istashyapti, u 2021 yilning noyabr oyida roʻy bergan chang boʻroni oqibatida Toshkentda havodagi soatbay chang konsentratsiyasi хavfsiz boʻlgan miqdordan koʻp marotaba oshib ketganda shunday degan edi: «Toshkent shahrida yashil zonalar sonini koʻpaytirish ustuvor vazifalardan biriga aylanadi. Shaharda koʻp qavatli uylar orasida har qanday qurilishga chek qoʻyiladi... Xalq muammolarini hal etish davlatning asosiy vazifalaridan biri boʻlib qoladi».
Karina PANKRATOVA,
«Bogʻsaroy» mahallasi tashabbuskor guruh a’zosi,
Yuliya YaShINA,
buxgalter.uz portali bosh muharriri. | 87 | 3,102 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda) 73-moddasi to‘rtinchi qismining “g” bandidagi “jinoiy uyushma tashkil etish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar) kuyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 531-moddaning sakkizinchi qismidagi “mol-mulkni musodara qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 539-moddadagi “ichki ishlar organi” degan so‘zlar “jazoni ijro etuvchi organlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 546-modda:
birinchi qismidagi “garnizon harbiy sudining sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qo‘mondonlikning iltimosiga binoan ushbu Kodeksning 545-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi” degan so‘zlar “okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qo‘mondonlikning iltimosnomasiga asosan ko‘rib chiqiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi—to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi masala okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan bo‘lsa, shu shaxsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qo‘mondonlikning vakili qatnashishi shart.
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mavjud materiallarni o‘qib eshittirishdan boshlanadi, so‘ng okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan xizmat qilganligidan va namunali xulq-atvoridan dalolat beruvchi ma’lumotlarni aniqlab oladi.
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 162-modda chiqarib tashlansin;
2) 179-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi”.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 102 | 4,425 |
Qonunchilik | 1 fevraldan qanday oʻzgarishlar boʻldi | Toʻlovlar indeksatsiyasi, sport sohasidagi ta’lim tizimi islohotlari hamda biznes uchun bir qator pozitiv yangiliklar – 2020 yil 1 fevraldan kuchga kirgan Oʻzbekiston qonun hujjatlaridagi oʻzgartirishlar ana shulardan iborat.
Ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar oshirildi
Indeksatsiya miqdori 7%ni (1,07 baravar) tashkil etadi. Natijada 1 fevraldan MHEKM 679 330 soʻm (tegishincha, yangi tarif setkasi joriy etiladi), pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 238 610 soʻm, eng kam pensiya va bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa – 466 680 soʻm, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarga beriladigan eng kam nafaqa miqdori – 286 390 soʻmni tashkil etdi.
Ushbu sanadan Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida ayrim ijtimoiy toʻlovlarning yangi qiymatlari amal qilishni boshladi (batafsil qarang).
Bunda bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishsiz qoldi – 223 000 soʻm. Oʻzbekistonda birinchi marta ish haqi, pensiya va stipendiyalar oshirilishi soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va BHMga bogʻliq boshqa toʻlovlarni indeksatsiyalash bilan bogʻliq boʻlmadi.
Yer uchastkalarini хususiylashtirish tajribasi yakunlanadi
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 martidan «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kiradi. Unda qayd etilgan tartibni dastlab Sirdaryo viloyatida tajriba tariqasida sinab koʻrishga qaror qilindi. Pirovardida qonun chiqaruvchilarda barcha ijobiy va salbiy jihatlarni tahlil qilish imkoni boʻladi, zarurat boʻlganda, qonun normalariga keyinchalik nomuvofiqliklar boʻlmasligi uchun tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Biznesga – qoʻshimcha qulayliklar
2020 yil 1 fevraldan «Doing Business» reytingida mamlakatimiz pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha ishlar doirasida:
Tutchilik va ipakchilikka – subsidiyalar
Quyidagilarga Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratiladi:
Alkogol – organoleptik baholashga
1 fevraldan boshlab alkogolli mahsulotlarni organoleptik baholashni oʻtkazadigan maхsus respublika komissiyasi oʻz faoliyatini boshlaydi. Organoleptik baholash – bu inson sezgi a’zolarining oʻrganilayotgan ob’yekt sifatidagi mahsulot хususiyatlariga boʻlgan javob reaksiyasi, ya’ni inson sezgi a’zolari yordamida – koʻrish, hid bilish, ta’m sezish, ushlab koʻrish orqali mahsulot sifatini (hidi, ta’mi, rangi va boshqalarni) tekshirishdan iboratdir.
Sportda – yangi talablar va imtiyozlar
2020 yil 1 fevraldan olimpiya sport turlari boʻyicha respublika sport musobaqalari ishtirokchilari doping-testlarni topshirishni boshlaydilar. Turli musobaqalar gʻoliblari, sovrindorlariga bir yoʻla qoʻshimcha ragʻbatlar beriladi. Ular uchun pul mukofotlari hamda sport va muddatidan oldin ilmiy unvonlar berish joriy etiladi.
BMT huzuridagi doimiy vakolatхonada va AQShdagi Bosh konsulхonada shtat kengaytiriladi
2020 yilning 1 fevralidan Oʻzbekistonning BMT huzuridagi Doimiy vakolatхonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulхonasi shtatlar jadvaliga mehnatga haq toʻlash fondini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda tegishlicha haydovchi-meхanik va birinchi kotib qoʻshimcha lavozimlari kiritiladi.
Oleg Zamanov. | 38 | 3,134 |
Qonunchilik | Har qanday doriхonada nimani topish mumkin? | Roʻyхatga 70 nomdagi dori vositalari va 6 nomdagi tibbiy buyumlar kiradi.
Belgilanishicha, Roʻyхatga kiritilgan dori vositalarining oʻrniga хuddi shu tarkibdagi ta’sir qiluvchi moddalar va dori shakliga ega boʻlgan, Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtgan boshqa dori vositalari ham tan olinadi.
Eslatib oʻtamiz, ilgari ushbu hujjat qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida muhokama uchun joylashtirilganda, biz uni batafsil e’lon qilgandik.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 12 martda kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
Mavzuga oid material:
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyхati kengaytirildi | 43 | 892 |
Qonunchilik | Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining mamlakat mintaqalarida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi to‘g‘risida”gi parlament eshituvi yakunlari haqidagi axborotini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi to‘g‘risida”gi parlament eshituvi yakunlari haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (A. Xaitov), O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri (G. Saidova), O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (B. Xodiyev), O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi (B. To‘rayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi (B. Yangiboyev), viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi to‘g‘risida”gi parlament eshituvi yakunlari bo‘yicha qarorining o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan ko‘rilgan choralar va natijalari haqida ushbu Qo‘mitaga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi to‘g‘risida”gi parlament eshituvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Qo‘mita qarorini tegishli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqish natijalari haqidagi umumlashtirilgan axborotni 2013-yil 15-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga taqdim etsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi tasdig‘iga kiritilsin.
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi (M. Xujamberdiyev) zimmasiga yuklatilsin. | 250 | 2,721 |
Qonunchilik | BANKLARNI RO‘YXATGA OLISh VA ULAR FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 36-son, 363-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 42-son, 454-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 68-bandning birinchi xatboshisidagi “o‘n besh ish kunidan oshmasligi” degan so‘zlar “kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 73-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi”.
3. 97-banddan “Markaziy bankdan oldindan rozilik olingan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 98—102-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. 104-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“filialni tashkil etish to‘g‘risidagi hamda bank filiali to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi bank kengashining qarori”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“filialni ochish uchun iqtisodiy asoslov hamda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq filialning taxminiy balans qaydnomasi va daromadlar to‘g‘risidagi taxminiy hisoboti”. | 136 | 2,402 |
Qonunchilik | “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda bo‘lib o‘tgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojla | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda bo‘lib o‘tgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida qilgan ma’ruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi). | 250 | 557 |
Qonunchilik | Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
depozit (omonat) sertifikati (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) — bankka qo‘yilgan depozit (omonat) summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) depozit (omonat) summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
tsessiya — sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish;
tsedent — sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechayotgan tomon;
tsessionariy — sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqini olayotgan tomon.”.
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “1 — 3 ilovalar” degan so‘zlar “1 va 3-ilovalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 10-bandning birinchi xatboshisidagi “talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish (tsessiya)” degan so‘zlar “tsessiya” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Sertifikat blankasida sertifikatni chiqarish va uning muomalada bo‘lish shartlari (bundan buyon matnda chiqarilish shartlari deb yuritiladi), shu jumladan tsessiyani rasmiylashtirish hamda sertifikat yo‘qotilganda uni qayta tiklash tartibi aks ettirilgan bo‘lishi lozim.”.
6. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Sertifikat blankalari Qimmatli qog‘ozlar blankalariga qo‘yiladigan texnik talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1312, 2004-yil 17-fevral) talablariga muvofiq tayyorlanadi.”.
7. 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Depozit sertifikati bo‘yicha tsessiya faqat yuridik shaxslar o‘rtasida rasmiylashtiriladi.
22. Omonat sertifikati bo‘yicha tsessiya faqat jismoniy shaxslar o‘rtasida rasmiylashtiriladi.”.
8. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Sessiya sertifikatning orqa tomonida yoki qo‘shimcha varaqlarda (ilovalar) tsedent va tsessionariyning ikki tomonlama bitimi bilan rasmiylashtiriladi.
Depozit sertifikati bo‘yicha tsessiya har bir tomondan shu kabi bitimlarni amalga oshirish uchun yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan ikki nafar shaxs tomonidan imzolanadi va yuridik shaxslarning muhrlari (muhrlar mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
Omonat sertifikati bo‘yicha tsessiyani har ikki tomon shaxsan imzolaydi.
Har bir tsessiya tsedent tomonidan raqamlanadi.
Sessiyani rasmiylashtirish uzluksiz bo‘lishi shart.”.
9. 25-banddagi “Sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish” degan so‘zlar “Sessiya” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10. 26-band “imzolanishi va muhrlanishi” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
11. 27-band “bankda” degan so‘zdan keyin “yoki uning filialida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
12. 28-banddagi “Talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda (tsessiyada)” degan so‘zlar “Sessiya rasmiylashtirilganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Sertifikat saqlovchisi tomonidan bankka to‘lab berish uchun taqdim etilgan sertifikatlarda tsessiyalar mavjud bo‘lsa, bank tsessiyalarning rasmiylashtirilishi va uzluksizligini tekshiradi. Bunda:
omonat sertifikatlari bo‘yicha — oxirgi tsessiyada qayd etilgan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosi, sertifikatni to‘lab berishni so‘rab yozilgan arizadagi shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosiga mos kelmagan taqdirda, sertifikat saqlovchisi tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma (yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
depozit sertifikatlari bo‘yicha — oxirgi tsessiyada qayd etilgan tsessionariy vakolatli shaxsining imzosi, nomi va muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) sertifikat to‘lab berilishi haqidagi arizada vakolatli shaxs imzosi, yuridik shaxsning nomi, muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mos kelmagan taqdirda, sertifikat saqlovchisi tomonidan sertifikat summasini talab qilib olish huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) taqdim etilishi lozim.
Sertifikat saqlovchisi tomonidan taqdim etilgan sertifikat summasi bo‘yicha talab qilib olish huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) yoki uning nusxasi bank tomonidan to‘lab berilgan sertifikatga qo‘shib tikib qo‘yiladi.”.
14. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Sertifikat bo‘yicha foizlarni hisoblash Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1306, 2004-yil 30-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.”.
15. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bilan kelishilgan. | 152 | 5,920 |
Qonunchilik | Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida | 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 2-dekabrdagi PF-4582-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2014-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 79 | 185 |
Qonunchilik | Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida | Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko‘p sonli yoshlarning o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
1. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilinsin.
3. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
birinchidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
to‘rtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish;
beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
oltinchidan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish;
sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
to‘qqizinchidan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
o‘ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;
o‘n birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
o‘n ikkinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘z lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati, Yoshlar siyosati masalalari xizmati Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
7. Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Idoralararo kengashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini hayotga to‘laqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatish.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilsin.
10. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Turkiston” va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari, “Yosh kuch” jurnali hamda boshqa yoshlar nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil qilinsin;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda “Qizlarjon” jurnalini ta’sis etsin.
11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
“Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlarini, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallarini;
“Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalarni;
“Adabiyot va san’at — shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlarni;
respublikaning chekka hududlarida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot – ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlarni;
“Eng buyuk jasorat — ma’naviy jasoratdir” mavzusida davra suhbatlarini doimiy ravishda tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
12. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar Yoshlar markazlari binolarini qurish, Buxoro va Xorazm viloyatlari Yoshlar markazlari binolari qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari Yoshlar markazlari binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha dastur loyihasini;
respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimining joriy etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan kollejlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari ixtiyoriga beg‘araz o‘tkazish, ularning negizida barcha qulayliklarga, jumladan, kutubxona va kitob do‘koniga ega bo‘lgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlarini, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga to‘lovsiz o‘qitish markazlarini tashkil etish dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining:
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligini joriy etish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish;
yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o‘qish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining yangilangan ustavi va tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini kiritsin;
“Mard o‘g‘lon” va “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha taklif tayyorlasin.
15. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ularning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilarini saqlash xarajatlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari hisobidan qoplanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan ko‘p muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta’lim bo‘yicha to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Yoshlar uylarini barpo etish dasturida barcha yirik shaharlarda — ko‘p qavatli, qishloq tumanlarida — 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rag‘batlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha mo‘ljallangan, boshlang‘ich to‘lovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
tuman markazlari va shaharlarida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishni;
foydalanilmayotgan davlat obyektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga to‘lovsiz ijaraga berish tartibini joriy etishni ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” MXK va “O‘zbektelekom” AKning “Yoshlar” teleradiokanali” AJning 50 foiz aksiyalarini O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
20. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazib borish amaliyotini joriy etsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.Q. Quranbayev zimmasiga yuklansin. | 129 | 19,189 |
Qonunchilik | “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zga | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-sonli “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 18-sentabrdagi 92, 26/I, 2009-28-sonli “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2021, 2009-yil 19-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 43-son, 462-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 88, 314-V-1, 2013-44-sonli “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2021-1, 2013-yil 14-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 42-son, 562-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,686 |
Qonunchilik | 24 may – Ramazon hayitining birinchi kuni | Tegishli qaror Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 may kuni imzolandi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qarorini e’tiborga olib, 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may (yakshanba) kuniga toʻgʻri keladi. Ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadi.
Barcha tadbirlarni joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qat’iy muvofiq ravishda uyda, oila davrasida oʻtkazish topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kun hisoblanadi. Ushbu kun arafasida, ya’ni 23 may (shanba) kuni kundalik ish (smena) muddati barcha хodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi (MKning 121-moddasi). | 41 | 810 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb t | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasining imtiyozli kreditiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarorida:
a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi doirasida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish (II bosqich) loyihasini amalga oshirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga yuklansin. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank vakillaridan tender komissiyasi tuzilsin.
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihaning xorijiy qatnashchilariga, konsullik yig‘imlarini va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida fuqarolar tomonidan muqobil xizmat o‘tiladigan vazirliklar va idoralar ro‘yxatining 7-bandidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlari maqomi to‘g‘risida” 2004-yil 12-apreldagi 170-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlari maqomi to‘g‘risidagi Nizomda:
2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
42-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyat yuritishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio-, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmog‘i axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan”;
b) 2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-iyuldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan berilgan institutsional kreditga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) kirish qismining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi (O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi) tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “(I.Ibragimov), O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga (A.Aripov)” so‘zlari “(R.Iminjanov), O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga (X.Mirzaxidov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
3-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga”, 7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining”, 19-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga”, “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar davrida O‘zbekistonda BMT ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi 15-pozitsiyasining “Mas’ul bajaruvchilar va sheriklar” ustunidagi “O‘zAAA” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 9,912 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA YuZAGA KELADIGAN HUJJATLARNING SAQLANISh MUDDATLARI RO‘YXATINI QO‘LLASh BO‘YIChA KO‘RSATMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi majlis bayonnomasi bilan 2000-yil 3-iyunda tasdiqlangan 10-sonli “Tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan hujjatlarning saqlanish muddatlari ro‘yxatini qo‘llash bo‘yicha Ko‘rsatma”ga (ro‘yxat raqami 951, 2000-yil 26-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 14-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 155 | 1,176 |
Qonunchilik | “Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari, vaksina va boshqa immunobiologik dorilar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Bitimni (Ashgabat, 19 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari, vaksina va boshqa immunobiologik dorilar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Bitimni (Ashgabat, 1993-yil 24-dekabr) denonsatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari, vaksina va boshqa immunobiologik dorilar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Bitimni (Ashgabat, 1993-yil 24-dekabr) denonsatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 995 |
Qonunchilik | “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) 8-bandiga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001-yil 15-sentabrdagi 255-son “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1077, 2001-yil 27-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 20-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 163 | 941 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI RAISINI SAYLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Farruxa Faxriddinovna Muhitdinova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylansin. | 62 | 143 |
Qonunchilik | Deputatlar 2021 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildilar | 2020 yil 1 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Deputatlar «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Deputatlar taklifiga koʻra, 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasida umumta’lim maktablarini jihozlash uchun qoʻshimcha 100 mlrd soʻm, «El-yurt umidi» fondiga qoʻshimcha 32,5 mlrd soʻm, Aхborot-kutubхona markazlarida kutubхona fondini yangilash va toʻldirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholining sogʻlom ovqatlanishini, tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga yangi meхanizmlarni joriy qilish хarajatlariga 63,4 mlrd soʻm, yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini rivojlantirish dasturiga 104 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.
Bundan tashqari, fermer хqjaliklarida faoliyat yuritadigan buхgalterga har oyda ish haqi toʻlash uchun 45,8 mlrd soʻm yoʻnaltiriladigan boʻldi.
Deputatlar tomonidan kelgusi yillarda tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻidan keladigan tushumlarni alkogol mahsulotlari uchun aksiz soligʻi kabi hududlarga respublika aholisidagi ulushiga muvofiq taqsimlanishi yuzasidan takliflar bildirildi. Moliya vazirligi, DSQ va DBQ tomonidan amaldagi soliq imtiyozlari toʻliq хatlovdan oʻtkazgan holda qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishi ham taklif etildi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi hamda Senatga yuboriladigan boʻldi.
Deputatlar tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasining byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga, «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonun, Byudjet kodeksi va «Buхgalteriya хisobi toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.
Xususan, MJTKga byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlash tartibini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga 2 BHM miqdorida jarima qoʻllash nazarda tutilmoqda. Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida davriy moliyaviy hisobotlarini, oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablagʻlar taqsimotini va kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni har chorakda joylashtirib borilishi belgilandi.
Byudjet kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga koʻra byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiritilmoqda. Davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqishda muhim boʻlgan byudjet soʻrovi instituti takomillashtirilmoqda. Boshlangan tadbirlarni va (yoki) parallel loyihalashtirish, tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirilgan qurish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha cheklovlar kiritilmoqda.
Majlisda deputatlar «2021 yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda muhokama qildilar.
Mazkur qonun loyihasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, soliq ma’murchiligi samaradorligini yanada oshirish va byudjetga soliqlarning toʻliq tushishini ta’minlashga qaratilgandir.
Xususan, qonun loyihasi bilan Soliq kodeksi normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini ta’minlash maqsadida, qat’iy belgilangan miqdorda oʻrnatilgan aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va JShDS stavkalarini oʻrnatish nazarda tutilgan.
QQS (15%), foyda soligʻi (15%, ayrim toifalar uchun 20%), jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (12%), yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi (2%), qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻi (0,95%), ijtimoiy soliq (хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - 12% va byudjet tashkilotlari - 25%), aylanmadan olinadigan soliq (bazaviy stavka 4%) stavkalarini saqlab qolish taklif etilmoqda.
Deputatlar «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Qonun loyihasida davlat хaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat хaridlari ishtirokchilariga qulaylik va keng imkoniyatlar yaratish orqali хarid qilish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan normalar oʻz aksini topgan.
Qonun loyihasi bilan davlat хaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni oʻtkazish muddatlari qicqartirilmoqda. Xususan, elektron bozor 1 ish kuni, (amaldagi tahrirda 48 soat), auksion kamida 5 kun (amaldagi tahrirda kamida 10 kun), tanlash kamida 5 kun (amaldagi tahrirda tanlov kamida 30 kun) va tender kamida 15 kun (amaldagi tahrirda tender kamida 30 kun) oʻtkazilishi belgilanmoqda. Davlat buyurtmachilari tomonidan reja-jadvallarni maхsus aхborot portalida joylashtirishning aniq muddatlari belgilanmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. | 78 | 5,215 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son qaroriga muvofiq vakolatli organ bo‘lib, quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi belgilansin:
xalqaro moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro obligatsiyalar emitenti bo‘lib ishtirok etish;
emissiya risolasini, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish dasturini, hamda emissiya shartlarini mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan emissiya hajmini va foiz stavkalarini xalqaro moliya bozorlari sharoitidan kelib chiqib mustaqil ravishda tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga oid shartnoma va bitimlarni tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish jarayonida kerak bo‘ladigan tegishli bank hisob varaqlarini ochish va yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga tegishli boshqa barcha harakatlarni amalga oshirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish uchun tegishli bitimlar va shartnomalarni imzolash vakolati berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun tegishli bitimlar va shartnomalar loyihasiga yuridik xulosa berishni tashkil etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 118 | 2,205 |
Qonunchilik | 1997-yilda paxta yig‘im-terim mavsumini tashkiliy ravishda o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 1997-yil paxta hosilini yig‘ishtirib olishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, paxta mahsuloti hajmlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xo‘jaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida paydo bo‘luvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi xo‘jaliklarning yig‘im-terimga tayyorligini puxta tahlil qilsinlar va moddiy-texnika bazaning yig‘im-terimga va paxta tayyorlashga 1-sentabrgacha tayyorlab qo‘yilishini va yig‘im-terim mavsumini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazishni ta’minlovchi qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
3. Paxta tolasi davlat xaridi hajmi Vazirlar Mahkamasining “1997-yilda paxta yetishtirish hajmlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-dekabrdagi 441-son qaroriga muvofiq belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jahon bozorida paxta tolasi narxining 80 foizi darajasidan kelib chiqib paxtani qayta ishlash va tolani transportda tashish xarajatlarini hisobga olib 1997-yil hosili paxta xomashyosining yangi xarid narxlari preyskurantini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi topshirilgan paxta xomashyosi uchun xo‘jaliklar bilan uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib hisob-kitob qilsin, uzil-kesil hisob-kitoblar qayta ishlash yakunlari bo‘yicha qilinadi.
5. Hosilni yig‘ishtirib olishda moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish uchun xo‘jaliklarga paxta terishda quyidagi chegaralangan miqdorlarda haq to‘lash tavsiya etilsin:
ikki qatorli paxta terish mashinasida terilgan konditsion og‘irligi 1 tonna bo‘lgan paxta uchun — kamida 90 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilganda — 55 so‘m;
qo‘lda terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali paxta uchun — kamida 3,5 so‘m, ingichka tolali paxta uchun kamida 4,5 so‘m.
Yig‘im-terim ishlarida band bo‘lganlar bilan har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Xo‘jaliklar rahbarlarining e’tibori yuqori sortli paxta terib olinishi uchun terimchilarni rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda yig‘im-terim mavsumining dastlabki kunlaridan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi zarurligiga qaratilsin.
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi (Mullajonov) agrosanoat kompleksida mehnatga haq to‘lashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta ko‘rib chiqsin.
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘ztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish va joylashtirish va ishlov berishda, paxta terish texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish bilan band bo‘lgan xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun xo‘jaliklarni va paxta tozalash zavodlarining tayyorlov punktlarini naqd pul bilan ta’minlasinlar.
7. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Jumaniyozov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xo‘jaliklarga defoliantlar yetkazib berilishini va g‘o‘za bargini to‘kish 2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Ro‘zmetov) “O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksionerlik birlashmasining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za bargini to‘kish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin.
8. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Jumaniyozov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
shu yilning 25-avgustiga qadar mashinalarni traktorlarga tirkagan holda, paxta terish texnikasini, yuklash — transportda tashish vositalarini to‘liq tayyor holga keltirsinlar, terish-transport otryadlarini mexanizatorlar va tuzatish-xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan butlasinlar. Xo‘jaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Har bir paxta terish mashinasini ishga qo‘yishning texnikaviy talablariga muvofiq ularni tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda komissiyalar tomonidan qabul qilinishini tashkil etsinlar;
paxta terish mashinalarini paxta yig‘im-terimiga 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda chiqarsinlar;
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
9. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanishiga qadar qishloq xo‘jaligiga 1000 ta paxta terish mashinasi, shu jumladan, xo‘jalik sinovlarini o‘tkazish uchun 50 ta gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, shuningdek “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq traktorlar, pritseplar, ko‘rak terish mashinalari va ehtiyot qismlar yetkazib berilishini ta’minlasin.
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov) paxta terish mashinalarini sotib olsin va ularni asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari mashina-traktor parklari balansiga qabul qilsin hamda 3-ilovaga muvofiq ularning yuqori unum bilan ishlatilishini tashkil etsin.
10. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatidan hosilni yig‘ib-terib olishga paxta terish texnikasi va mehnat resurslarini safarbar qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etsinlar.
12. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov) paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xo‘jaliklarga texnikaviy yordam ko‘rsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga 4-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
13. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilg‘i-moylash materiallari 1997-yil sentyabr — noyabr oylarida xo‘jaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash korxonalariga yig‘im-terim ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni kuzgi shudgorlashni va boshoqli don ekishni uzluksiz o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xomashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekbirlashuv, “O‘zbeksavdo” va “Yog‘moytamakisanoat” uyushmalari, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi joylarda ko‘chma savdo tashkil etib qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalarini o‘z vaqtida hal etsinlar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi paxta yig‘im-terimida band bo‘lgan xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yig‘ishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, san’at va adabiyot ustalarining xo‘jaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 97 | 7,837 |
Qonunchilik | Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2006-yil 8-avgustdagi 63, KGB-176-06, 3/2161, 9, 19, 12, 01-02/22-19-son “Tergov, surishtiruv va sud davomida jinoyat ishlari va materiallari bo‘yicha olib qo‘yilayotgan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish va yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1616, 2006-yil 23-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 350-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda JPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yo‘q qilib tashlash tartibini belgilaydi.
1. Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud quyidagilarni olib qo‘yishga haqli:
ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega bo‘lgan, muayyan xususiyatlari, belgilari, izlari mavjud narsa, hujjat va boshqa yozuvlar;
sud tomonidan fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan milliy va chet el valyuta hamda boshqa qimmatliklar;
muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan narsalar (keyingi o‘rinlarda “muomaladan chiqarilgan” deb yuritiladi) — agarda egasida ularni sotib olish, saqlash, foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma bo‘lmasa;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar — agar unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilgan holda;
davlat mukofotlari va ularga tegishli hujjatlar — ularning kimga tegishliligi aniqlanmagan bo‘lsa yoki ularning egasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo qo‘llanilganligi sababli ularning saqlanishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa, shuningdek sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mahkumni davlat mukofotlaridan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma bilan murojaat etilgan hollarda.
2. Surishtiruvchi, tergovchi va sud mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan narsa va hujjatlarni JPK 198, 200 va 201-moddalariga, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi esa, 329-moddasiga muvofiq ularning talabiga asosan yoki ushbu narsa va hujjatlarning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan taqdim etilgan holda, agarda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lsa yoki kelgusida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ularni qabul qilishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki ularni vakilining arizasiga asosan fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida yoxud garov tariqasida pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarni ham qabul qilib oladi va qonun hujjatlari talablari asosida topshirilishini ta’minlaydi.
3. Narsa, hujjat, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni (keyingi o‘rinlarda “narsalar” deb yuritiladi) olib qo‘yish, taqdim qilish JPK 16, 20 va 24-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Radioaktiv materiallarni olib qo‘yish mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
4. JPKning 206-moddasiga muvofiq, olib qo‘yilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ishga taalluqliligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan, shuningdek ularni boshqa narsalardan farqlovchi belgilarini aniqlash maqsadida JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida belgilangan qoidalar asosida darhol ko‘zdan kechiriladi.
O‘zi bilan muomala qilish uchun muayyan mahoratga ega bo‘lishini, o‘z sifat tavsiflari, individual xususiyatlarining aniq qayd etilishini va qiymatining aniqlanishini talab etuvchi narsalarni olib qo‘yish yoxud qabul qilish tegishli mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega bo‘lgan yoki muomaladan chiqarilgan narsalar olib qo‘yilganida yoxud taqdim qilinganida, surishtiruvchi, tergovchi, sud narsalar olib qo‘yilayotgan yoki qabul qilinayotgan shaxsni, ularning topilishi, qo‘lga kiritilishi va saqlanish vaqti, joyi va boshqa holatlari to‘g‘risida so‘roq qilishi shart.
Ish holatlaridan kelib chiqqan holda, agarda narsani butunligicha olib qo‘yish imkoni bo‘lmasa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ushbu narsaning ishga bog‘liq bo‘lgan izlar (mikroizlar) joylashgan yoki joylashishi mumkin bo‘lgan qismini olib qo‘yish yoki qabul qilishga haqli. Bunda, narsaning shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, agarda buning imkoni bo‘lmasa — narsaning yaxlitligini buzish asosi batafsil bayon etilishi zarur.
Ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan yoki muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ularni ko‘zdan kechirib bo‘lganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi. Narsani qabul qilib olgan shaxsdan bu haqda tilxat olinadi.
5. JPK 90 — 92, 141, 163, 202-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq narsalarning olib qo‘yilganligi, taqdim etilganligi to‘g‘risida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yadi.
Ko‘p sonli narsalarni olib qo‘yish yoki taqdim qilishda ular to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni bayonnomada aks ettirish imkoniyati bo‘lmasa, majburiy tarzda ularning ro‘yxati tuzilib, bayonnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinayotgan ro‘yxatda olib qo‘yilgan, taqdim qilingan hujjatlarning turi va rekvizitlari, narsalarning turi, miqdori, tipi, markasi, modeli, kalibri, seriyasi, raqami va boshqa identifikatsion xususiyatlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Agar olib qo‘yilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ro‘yxatini, ularning miqdori ko‘pligi sababli, shu joyning o‘zidayoq tuzish imkoniyati bo‘lmasa, ular o‘ramga solinib muhrlanadi va narsalari olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta’minlanadi. Bunday holatlarda, olib qo‘yilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning ro‘yxati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda xolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan o‘ramdagi muhrlar va imzolar butunligi ko‘rsatiladi.
6. Zarur hollarda narsalarni olib qo‘yish, taqdim qilish chog‘ida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi, shuningdek JPKning 91-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Basharti, olib qo‘yilayotgan, taqdim etilayotgan narsaning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, olib qo‘yilayotgan yoki taqdim etilayotgan narsalarning har biri alohida fotosuratga (imkoni bo‘lsa, video suratga ham) olinishi shart.
7. Har bir olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsa xolislarga va protsessual harakatining amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Shundan so‘ng, shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan va undagi izlarning (mikroizlar) butunligini ta’minlaydigan o‘ramga joylashtiriladi (fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun yoki garov tariqasida taqdim etilayotgan pul yoki boshqa mol-mulk, katta hajmli narsalar, katta og‘irlikdagi yoki hajmdagi moddalardan tashqari) va narsasi olib qo‘yilgan yoxud qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudyaning imzolari va tasdiqlovchi yozuvlari bo‘lgan yorliq bilan ta’minlanadi, tegishli organ muhri bilan muhrlanib, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
8. Bayonnoma narsani olib qo‘ygan yoxud qabul qilgan shaxs, xolislar, mutaxassislar (agar ular protsessual harakatni amalga oshirilishida qatnashgan bo‘lsalar), shuningdek narsasi olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan shaxs, agarda u yo‘q bo‘lsa, uning voyaga yetgan oila a’zosi yoki tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan imzolanadi.
Bayonnoma nusxasi (sud majlisi bayonnomasidan ko‘chirma) quyidagilarga beriladi:
tilxat orqali narsasi olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan shaxsga, agar u yo‘q bo‘lsa — uning voyaga yetgan oila a’zosiga yoxud tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga;
olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsalar saqlanishi uchun javobgar shaxsga (narsa saqlash uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud organida maxsus ajratilgan xonaga yoxud korxona, muassasa, tashkilotga topshirilganda);
surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borayotgan organ, sudning buxgalteriya hisobi bo‘limiga (depozit hisobiga pul topshirilganda).
9. Ishga aloqador olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsalar JPK 207-moddasida belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi shart.
10. Davlat daromadiga o‘tkazilishi yoxud yo‘q qilib tashlanishi lozim bo‘lgan olib qo‘yilgan yoki taqdim etilgan narsalarni iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish va baholash Nizomning II bo‘limi talablariga asosan amalga oshiriladi.
11. JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va jinoyat ishiga qo‘shish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchining qarori, sudning ajrimiga asosan hal etilishi lozim.
Fuqaroviy da’voni ta’minlash yoxud garov tariqasida olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan pullarni surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirish masalasi alohida qaror (ajrim) chiqarish orqali darhol hal etilishi shart.
Fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun yoki garov tariqasida olib qo‘yilgan, qabul qilingan narsalarni saqlash uchun topshirish masalasi ham shunday tartibda hal etiladi.
12. Ashyoviy dalillar tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishi bilan saqlanadi, agar buning imkoniyati bo‘lmasa (juda katta bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra) saqlashga topshiriladi va bu haqda ikki nusxada bayonnoma tuziladi.
Ashyoviy dalillarni saqlash uchun surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda stellajlari, metall eshigi, panjara qilingan derazalari, qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiyasi bo‘lgan maxsus xonalar jihozlanadi yoki yetarli kattalikdagi maxsus seyf ajratiladi (keyingi o‘rinlarda “saqlash xonasi” deb yuritiladi).
Agarda, narsa o‘zining alohida xususiyatlari yoki sifatlari sababli maxsus saqlash sharoitlarida saqlanishi lozim bo‘lsa (ma’lum harorat, namlik va h. k.), tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud uni shu sharoitlariga ega muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshiradi. Olingan (qabul qilingan) narsalar mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda (olib qo‘yilgan mol-mulk saqlash uchun savdo tashkilotlariga beriladi) ham saqlanishi mumkin.
13. Ashyoviy dalillar saqlash uchun, qoida tariqasida, o‘ramga solingan, muhrlangan ko‘rinishda, o‘ram ichidagi narsalar ro‘yxati bilan birgalikda qabul qilinadi.
14. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlashda olib qo‘yilgan, qabul qilingan obyektlar, ularning belgilari va xususiyatlari, shuningdek ulardagi mavjud izlarning butligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko‘riladi.
15. Jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillarning butligi uchun jinoyat ishi ish yurituvida bo‘lgan shaxs, sudda esa — ish bo‘yicha raislik etuvchi yoki sud raisi javobgar hisoblanadi.
Saqlash xonasiga topshirilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning butligi uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining yoki sud raisining buyrug‘iga asosan mas’ul etib tayinlangan shaxs javobgar hisoblanadi. Bunda, qoida tariqasida, saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya bo‘lmasligi lozim.
Muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshirilgan ashyoviy dalil va boshqa narsalarning butligi uchun mazkur muassasa yoki tashkilotning rahbari javobgar hisoblanadi, bu haqda unga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
16. Saqlash xonasiga faqat ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs (keyingi o‘rinlarda javobgar shaxs deb yuritiladi) ishtirokida kirish mumkin. Agar u yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs bo‘lmasa, saqlash xonasiga kirish tegishli prokurorning, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda DXX deb yuritiladi), ichki ishlar organi (keyingi o‘rinlarda IIO deb yuritiladi) tergov tarmog‘i boshlig‘ining, sud raisining (sudyaning) yozma ruxsati va ularning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu shaxslarda saqlash xonasiga kirish eshigining dublikat kaliti bo‘lishi shart.
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxsning ishtirokisiz saqlash xonasi ochilishining har bir holati bo‘yicha ochilish sabablari ko‘rsatilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada nima munosabati bilan va qaysi ashyoviy dalillar yoki boshqa narsalar saqlash xonasidan olinganligi yoki unga qo‘yilganligi ham ko‘rsatiladi. Dalolatnoma, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilishi uchun, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxsga beriladi.
17. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan yoxud taqdim qilingan o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin faqat Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb yuritiladi), DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy (xo‘jalik) muassasalarida saqlanadi.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalari saqlash uchun harbiy qismlar omborxonalariga yoki tegishli davlat korxonalariga (tashkilotlariga) topshiriladi, zaharlar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ularni saqlash uchun yetarli shart-sharoitlari bo‘lgan tashkilotlar omborxonalariga, ularning rahbariyati (qo‘mondonligi) bilan kelishgan holda va roziligi asosida topshiriladi.
Tegishli organ yoki idoraga qarashli qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, harbiy anjomlar olib qo‘yilgan, taqdim etilgan holatlarda, ular tegishliligi bo‘yicha saqlash uchun berilishi lozim, agar bu tergovga qadar tekshiruv, tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilishini qiyinlashtirmasa.
Radioaktiv materiallar ekspertizadan o‘tkaziladi va saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa tashkilotga topshiriladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan narsalar saqlash uchun topshirilgan har bir holatda bayonnoma tuziladi.
18. Soyli stvolli o‘q otar qurollarni qo‘llash bilan bog‘liq barcha holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar olib qo‘yish (qabul qilish), ko‘zdan kechirish va tegishli tekshirishlar o‘tkazilganidan so‘ng, qurol izi bo‘lgan o‘qlar, gilzalar va patronlarni, shuningdek soyli stvolli o‘q otar qurolni IIVning Davlat o‘q — gilzotekasiga yuborishlari shart.
Soyli stvolli o‘q otar qurolni Davlat o‘q — gilzotekada tekshiruvdan o‘tkazish bilan bir vaqtda, u O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi va uning hududiy bo‘linmalarining yo‘qolgan va aniqlangan qurollarning operativ hisobi bo‘yicha ham tekshiriladi.
Soyli stvolli o‘q otar qurollarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlar tamomlangach, ko‘rsatilgan qurollar O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘qolgan va aniqlangan soyli stvolli o‘q otar qurollar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasiga hisobga qo‘yilishi shart.
19. Tegishliligi aniqlanmagan va qidiruvi ichki ishlar organlarining tegishli tezkor-qidiruv va kriminalistik hisoblari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan narsalar aniqlanganida va olib qo‘yilganida (taqdim etilganida), darhol ushbu obyektlarni mazkur hisoblar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish choralari ko‘riladi.
20. Olib qo‘yilgan (taqdim etilgan) davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ikki nusxada tuzilgan olib qo‘yish bayonnomasi va narsalar ro‘yxati bilan birga olib qo‘yilganidan (taqdim etilganidan) keyin bir sutka muddat ichida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkazayotgan organ buxgalteriyasining kassasiga topshiriladi yoki maxsus aloqa xizmati orqali yuboriladi (ularni o‘rganish zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno). Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga kassir mukofotlar va ularga taalluqli hujjatlarni qabul qilganligi haqida imzo qo‘yib beradi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada olib qo‘yilgan, taqdim etilgan davlat mukofotlari, ularga taalluqli hujjatlar va ularning saqlanish joyi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Agar davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ashyoviy dalil hisoblansa yoki ular bo‘yicha ekspertiza tayinlansa, ular zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organida, sudda qolishi mumkin.
21. Ashyoviy dalil tariqasida olingan yoki jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilgan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport, shu jumladan, suzuvchi vositalarni, shuningdek xatlangan transport vositalari, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan transport vositalarini almashtirish yoki ekspluatatsiya qilishga imkon bermaslik uchun transport vositasining spidometri (elektron spidometrdan tashqari), dvigateli, rul boshqaruvi, boshqa qismlari va detallari oldindan muhrlangan va plombalangan holda (agarda ular egasiga, uning qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga, shuningdek tashkilotlarga saqlashga topshirilishi mumkin bo‘lmasa) saqlash uchun IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda YHXB deb yuritiladi), Bosh prokuratura, IIV va DXXning xo‘jalik boshqarmalariga (bo‘limlariga) topshiriladi va ushbu boshqarma (bo‘lim) rahbarlaridan saqlashga qabul qilinganligi haqida tilxat olinib, ishga qo‘shib qo‘yiladi. Tilxatda saqlash uchun qabul qilingan transport vositasi butligi uchun shaxsan kim javobgar ekanligi ko‘rsatiladi.
Transport vositasini olib qo‘yishda, taqdim etishda, shuningdek saqlash uchun topshirishda YHXB organlari mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi va ixtisoslashtirilgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonalari vakillarini jalb qilgan holda hamda imkoni bo‘lsa, transport vositasining egasi ishtirokida ushbu transport vositasining texnik holati to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
22. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib qo‘yish, taqdim etish, ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va boshqa harakatlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar bo‘yicha ekspertiza tayinlangunga hamda ekspertiza xulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, DXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.
Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 15 kun ichida markazlashtirilgan holda saqlash uchun DXX organlariga topshirilishi shart.
24. Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchining (sudlanuvchining) pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari, ofitser shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi guvohnomalari, harbiy guvohnomalar, qayd etish guvohnomalari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi va ishga navbatdagi varag‘i sifatida tikilgan va raqamlangan alohida muhrlangan paketda saqlanadi. Boshqa shaxsiy hujjatlar, shuningdek belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsa va ashyolar, agar ular ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmasa, egalariga, ularning qarindoshlariga yoki egasi ko‘rsatgan boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning shaxsiy hujjatlari jazoni o‘tash joyiga yuboriladi.
25. Qimmatbaho metallar (bunday buyumlarning parchalari), qimmatbaho toshlar va durdan yasalgan buyumlar, shuningdek qimmatbaho toshlar, qo‘lda yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar tegishli ekspertizalar o‘tkazilganidan so‘ng hamda baholanganidan keyin o‘ralgan holatda, ro‘yxat asosida saqlash xonasiga yoxud xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga (keyingi o‘rinlarda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati deb yuritiladi) saqlash uchun topshiriladi.
26. Muomaladan chiqarilgan qimmatbaho metallarning (oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi boshqa metallar) quymalari, cho‘kindilari (shlix), yombi, xomaki mahsulot shaklidagi, ishlab chiqarish yoki laboratoriyada foydalanishga mo‘ljallangan, shuningdek olmoslar yoki boshqa tabiiy qimmatbaho toshlar tegishli o‘rganishlardan so‘ng, agarda ular ashyoviy dalil hisoblanmasa va keyinchalik maxsus o‘rganilishi lozim bo‘lmasa, Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga topshiriladi.
27. Fuqarolardan olib qo‘yilgan (qabul qilingan) milliy va chet el valyutasidagi pul summalari, davlat zayom obligatsiyalari, pul-buyum lotereya biletlari, omonat daftarchalari, depozit sertifikatlari, akkreditivlari, cheklari va chek daftarchalari, depo hisobvarag‘idan ko‘chirmalar (depozitariy tomonidan beriladigan deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan hujjat) hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar quyidagi tartibda saqlanadi (agarda ular ashyoviy dalil deb hisoblanmasa va maxsus tekshiruvdan o‘tkazish lozim bo‘lmasa):
milliy yoki chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari tegishli organga xizmat ko‘rsatuvchi bankda milliy yoki chet el valyutasida ochilgan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga kiritib qo‘yiladi yoki Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) belgilangan tartibda saqlash uchun bank kassasiga topshiriladi;
davlat zayom obligatsiyalari, omonat daftarchalari, sertifikatlar, akkreditivlar, cheklar va chek daftarchalari, pul-buyum lotereyasi biletlari, shuningdek depo hisobvarag‘idan ko‘chirmalar ularni olib qo‘ygan (qabul qilgan) organda saqlanadi, bunda ularning but saqlanishiga rioya etilishi lozim, yoki o‘ramga solingan holda banklar yoki ularning filiallariga saqlash uchun topshiriladi.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga qaytarib berish uchun, uni topshirgan organ rahbarining imzosi qo‘yilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan yozma so‘rovnomasining asl nusxasiga 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak. Bankka saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarur bo‘lsa, bank qimmatliklar solingan jo‘natmani to‘lig‘icha ularni topshirgan organga qaytarib beradi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi bo‘yicha bankning moddiy javobgar shaxslari, ularni topshirgan organ oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikni haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi xodimi 004-shakldagi kvitansiyani yo‘qotgan hollarda yoki boshqa sabablarga ko‘ra uni bankka taqdim etishni imkoniyati mavjud bo‘lmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirligi, qo‘mitasi va hokazo) tomonidan chiqarilgan buyruq asos bo‘lishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega bo‘lgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning to‘liq va batafsil ro‘yxati qayd etilgan bo‘lishi lozim.
28. Omonat daftarchalarini olib qo‘yish bilan bir vaqtda, tegishli banklarga banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘larni xatlash to‘g‘risidagi qaror nusxasi ham yuboriladi. Xatlash to‘g‘risidagi qarorning matnida ish yurituvdagi jinoyat ishining raqami, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik ishining raqami ko‘rsatiladi.
29. Fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun va garov tariqasida olib qo‘yilgan, qabul qilingan milliy yoki chet el valyutasidagi pul mablag‘lari (ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan va individual xususiyatlarga ega bo‘lgan pul mablag‘laridan tashqari) dastlab dalillarni qayd etish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilib, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, bayonnomasi yoki sud ajrimi nusxasiga muvofiq tergov yoki surishtiruv o‘tkazayotgan organning moliya-xo‘jalik bo‘limiga bir sutka muddat davomida topshiriladi. Buning o‘rniga kassir surishtiruvchi, tergovchi yoki sud organining mas’ul shaxsiga raqami ko‘rsatilgan kirim orderi kvitansiyasini beradi.
Kassir qabul qilingan pullarni ikki sutka davomida olib qo‘yishni (qabul qilishni) amalga oshirgan organning milliy yoki chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga kiritish uchun bankka topshiradi.
Pullarni bankka yetkazishda har bir holatda qo‘riqlanishi ta’minlanadi.
30. Mazkur Yo‘riqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib o‘tilgan narsalar yoki boshqa qimmatliklar ashyoviy dalil bo‘lib hisoblangan hollarda, ular zarur tekshiruvlar o‘tkazilgandan so‘ng uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan, alohida muhrlangan va ro‘yxati ilova qilingan paketlarda javobgar shaxsga saqlash uchun saqlash xonasiga yoki banklar yoki ularning filiallariga topshiriladi. Bunday hollarda yo‘naltiruvchi xatda jo‘natilayotgan qimmatliklar ashyoviy dalil ekanligi va ular olib qo‘yilishi (qabul qilinishi) uchun asos bo‘lgan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan yoki hukmni ijro etuvchi organning alohida farmoyishi berilmagunga qadar saqlanishi haqida alohida ko‘rsatib o‘tiladi.
31. Ishga ashyoviy dalil tariqasida qo‘shilgan hujjatlar, xatlar va boshqa yozuvlar toza qog‘oz varaqlari orasiga solingan holda konvertlarda saqlanadi, bunda ularga qandaydir belgilar, yozuvlar kiritish yoki ularni buklash man etiladi. Konvertlar muhrlanadi, ishga tikiladi va ishning navbatdagi varag‘i sifatida raqamlanadi. Ishga qo‘shilayotgan xatlar va hujjatlar ko‘p miqdorda bo‘lsa, ular ishga ilova qilinadigan alohida konvertga solinadi. Konvertda yoki paketda unga solib qo‘yilgan hujjatlarning ro‘yxati ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi shart.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishga qo‘shilgan korrespondensiyaning mazkur ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasini yuritishga daxldor bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanishini ta’minlashi shart.
32. Olib qo‘yilgan maxfiy xarakterli, lekin ashyoviy dalil bo‘lmagan hujjatlar, chizmalar, fotosuratlar maxsus qismlar va 1-bo‘limlar orqali ularning egasi bo‘lgan tashkilotlar va muassasalarga yuboriladi.
33. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni ularning shikastlanishiga va kelgusida tekshiruvlar o‘tkazish hamda dalil sifatida foydalanish imkonini bermaydigan holatga tushishiga olib keluvchi holatda saqlashga topshirish man qilinadi. Zarur hollarda olib qo‘yilgan, qabul qilingan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni kelgusida saqlash imkonini beruvchi holatga olib kelishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rilishi shart.
O‘zgaruvchan xususiyatga ega, shuningdek bir marta ishlatiladigan yoki vaqtinchalik xususiyatlarga ega bo‘lgan narsalar olib qo‘yilgan, taqdim etilgan holda, olib qo‘yish, qabul qilishni amalga oshirgan organ uning ko‘zdan kechirilishi va ko‘zdan kechirish natijalari JPK 141-moddasi talablariga muvofiq mustahkamlanishini ta’minlashi shart.
34. Biologik kelib chiqishga ega, shu jumladan, mikroskopik yoki kimyoviy tekshiruv o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, tez buziladigan obyektlar germetik zich yopiladigan idishga joylashtirilishi kerak. Bunday idishga joylashtirish sud-tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspert tekshiruvi tamomlangach, biologik obyektlar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan joyda saqlanadi. Agar biologik obyektlarni saqlash uchun maxsus shart-sharoitlar talab qilinsa, ular rahbariyat bilan kelishilgan holda sud-tibbiyot muassasasida saqlanadi.
35. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan davlat ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tovarni davlat daromadiga o‘tkazish yoxud uni qaytarish to‘g‘risida ijro hujjati olingunga qadar davlat ijrochilarining tegishli bo‘limlaridagi depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi to‘g‘risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi davlat ijrochisi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yo‘q qilib tashlaydi.
36. Jinoiy harakatlar obyekti bo‘lib xizmat qilgan yoki o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan oziq-ovqatlar yoki sanoat tovarlari ekspert tekshiruvi uchun butunligicha yoki zarur bo‘lgan qismi (namuna, proba) topshiriladi. Imkoni bo‘lsa, tekshiruvga yuborilayotgan proba yoki namunadan tashqari, qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatini ta’minlash uchun namuna yoki proba ajratib olinadi va muhrlangan ko‘rinishda ishga qo‘shib qo‘yiladi.
37. Ashyoviy dalil tariqasida e’tirof etilgan ish va uy hayvonlari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud tomonidan qaror chiqarilgunga qadar, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda, saqlash uchun jabrlanuvchi shaxslar yoki tashkilotlarga, ular bo‘lmaganda esa, hududiylik bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organi, shirkat yoki fermer xo‘jaliklariga topshiriladi.
38. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada ish bo‘yicha olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsalar qayerda saqlanayotganligi, baholanganligi va ular topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tikilgan ish varag‘i ko‘rsatiladi.
39. Xatlangan narsalar surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bo‘yicha, aniq holatlar va ish manfaatlaridan kelib chiqqan holda, saqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi yoki uy-joy mulkdorlari shirkatiga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari (ular vakolati doirasida), shuningdek zarar yetkazilgan taraf yoki ushbu mol-mulk egasi yoxud uning qarindoshiga topshiriladi va ular qabul qilingan narsaning saqlanishi uchun javobgar ekanligi tushuntiriladi hamda bu haqda tilxat olinadi.
Xatlangan san’at asarlari va antikvar buyumlar saqlash uchun muzeylarga topshirilishi mumkin.
40. Muayyan jinoiy ishlar bo‘yicha ashyoviy dalillar boshqa ishlar bo‘yicha ashyoviy dalillardan alohida holda saqlanadi.
Ochilmagan jinoyatlar bo‘yicha harakatdan to‘xtatilgan ishlar yuzasidan ashyoviy dalillar tergov o‘tkazilgan joyda, harakatdagi ishlar bo‘yicha ashyoviy dalillardan alohida holda, o‘ramga solingan va muhrlangan ko‘rinishda saqlanadi, ularning saqlanishi va keyinchalik foydalanish imkoniyati ta’minlanadi. Bunday obyektlar solingan har bir paket ish raqami, uning qisqacha mazmuni (fabulasi) va qo‘zg‘atish sanasi, o‘ramga solingan obyekt nomi ko‘rsatilgan izohli yozuv bilan ta’minlanadi.
Saqlash sharoiti mazkur Yo‘riqnoma bilan belgilangan obyektlarning toifalariga tatbiqan tanlanadi.
To‘xtatilgan ishlar bo‘yicha maxsus saqlash sharoitlarini talab etadigan biologik obyektlar sud-tibbiyot muassasalarning arxivlarida saqlanadi. Biologik obyektlarni sud-tibbiyot muassasasining arxiviga joylashtirish uchun prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sudning tegishli muassasa rahbariga yuboriladigan xati asos bo‘lib hisoblanadi.
41. Ashyoviy dalillarni, shu jumladan o‘q otar qurol va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishlari bo‘yicha olib qo‘yilgan, ashyoviy dalil bo‘lib hisoblanmagan boshqa narsalarni qayd etish uchun har bir tergovga qadar tekshiruv (olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari bundan mustasno), surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda mazkur Yo‘riqnomaning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq hisobga olish kitoblari yuritilib, ular ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash va hisobga olish uchun javobgar shaxsda turadi. Ushbu kitoblarni yuritish qat’iy hisobdagi hujjatlarni yuritish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Kitobning har bir varag‘i raqamlanadi, ip bilan tikiladi va muhrlanadi hamda tegishlicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov bo‘linmalari rahbari, prokuror, sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.
42. Ashyoviy dalillar va boshqa ashyoviy dalil hisoblanmagan narsalarni hisobga olish kitoblariga yozuvlar narsalarni olib qo‘yish yoki taqdim etish haqidagi bayonnomalar asosida ularning saqlanishi uchun javobgar shaxslar tomonidan kiritiladi.
43. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs hisobga olish kitobida ro‘yxatga olish vaqtida qabul qilinayotgan narsalarning ularni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror bilan muvofiqligini tekshiradi.
44. Kitobga qayd etishda yozuvlar xronologik tartibda amalga oshiriladi, har bir narsa alohida yoziladi. Bir turdagi bir nechta narsa qayddan o‘tkazilayotganda ularning miqdori, kelib tushish sanasi, nomi yoziladi (agar ashyoviy dalillar o‘ramga solingan bo‘lsa, ularning miqdori va nomlari o‘ramni ochish orqali tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin, bu haqda dalolatnoma tuziladi). Bunda har bir narsaga tartib raqami beriladi.
Agar ashyoviy dalillar tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan bo‘lsa va saqlashga topshirilmasa, shuningdek mazkur Yo‘riqnoma 12-bandining uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollarda hisobga olish kitobida bu haqda belgi qo‘yilib, ashyoviy dalillarni o‘zida saqlayotgan mansabdor shaxsning familiyasi ko‘rsatiladi.
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobidan tashqari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshirayotgan organlar rahbarlarining va sudlarning o‘z xohishiga ko‘ra mazkur obyektlarni hisobga olishning boshqa shakllari (qaydnomalar, kvitansiyalar va hokazo) belgilanishi mumkin.
45. Tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yoxud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoxud bir suddan boshqa sudga o‘tkazilganda ish bilan birga topshiriladi. Bu haqda har bir topshirilayotgan narsa bo‘yicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritiladi. Belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
46. Ashyoviy dalillarni ish bilan birga qabul qilayotgan mas’ul xodim hisobga olish kitobida o‘z lavozimi va familiyasini ko‘rsatgan holda tushunarli tarzda imzo chekadi, o‘z imzosini tegishli muassasaning shtampi bilan tasdiqlaydi. Barcha ashyoviy dalillar kelib tushish kunida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Sud tomonidan ishga qo‘shilgan ashyoviy dalillarni ro‘yxatdan o‘tkazish ajrim chiqarilgan kuni amalga oshiriladi.
47. Saqlash xonalariga joylashtirilgan, shuningdek ish bilan birga bo‘lmagan ashyoviy dalillar va fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida xatlangan narsalar tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi topshirilayotgan organ hisobida turadi, bu haqda ashyoviy dalillar saqlanayotgan joyga xabarnoma yuboriladi hamda hisobga olish daftari va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumot varag‘ida ular kimda saqlanayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishini o‘tkazishda, u bilan birga yo‘llanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan ro‘yxatda birma-bir sanab o‘tiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilingan ma’lumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining saqlanayotgan joyi ko‘rsatilib, birma-bir sanab o‘tilishi lozim.
Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xolislar ishtirokida, zarur bo‘lganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida olingan dalillarni ko‘zdan kechirib, ularni aloqa xati yoki ro‘yxat bilan solishtiradi. Ko‘zdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.
48. Ashyoviy dalillar bilan birga tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi yuborilayotgan organning devonxona xodimi, sudning mas’ul xodimi, ushbu narsalarni qabul qilayotganda o‘ramning va undagi muhrlarning butunligi (saqlanganligi)ni tekshiradi.
O‘ram va muhr buzilgan holda sud kotibi sud raisi (sudya, sudning mas’ul xodimi) hozirligida, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining devonxona xodimi uning rahbari yoki o‘rinbosari, shuningdek ish va ashyoviy dalillarni yetkazib bergan shaxs hozirligida o‘ramni ochadi hamda unda mavjud bo‘lgan narsalarni ro‘yxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ma’lumotnomasidagi ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi yozuv va ashyoviy dalillarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror bilan solishtiradi.
49. Agar mavjud ashyoviy dalillar ro‘yxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ma’lumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorning ma’lumotlari bilan to‘g‘ri kelsa, ular yana o‘ramga joylanadi va muhrlanadi. O‘ramning ochilganligi haqida dalolatnoma tuzilib, ishga tikib qo‘yiladi.
O‘ram yoki muhr buzilgan hollarda o‘ram ochilganda, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar ro‘yxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ma’lumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda bu haqda keltirilgan ma’lumotlar bilan to‘g‘ri kelmasligi aniqlansa, shuningdek o‘ramdagi yozuv (o‘ramda mavjud ashyolar ro‘yxati) ushbu yozuvlarga to‘g‘ri kelmagan hollarda, manfaatdor idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu nomuvofiqlik sabablari aniqlamagunga qadar, ish qabul qilinmaydi.
Aniqlangan nomuvofiqliklar to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, tegishlicha sudning raisi (sudya), prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organi boshlig‘i (ushbu organlar tergov tarmoqlarining boshlig‘i) va devonxona xodimi, shuningdek ishni olib kelgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma nusxasi ishni yuborgan organga yuboriladi.
50. Ashyoviy dalil sudda ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida unga raqam (kitob bo‘yicha tartib raqami) beriladi, ashyoviy dalilning kelib tushgan sanasi, nomi, miqdori, u qo‘shib qo‘yilgan ishning raqami, ayblanuvchining (sudlanuvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi. Ashyoviy dalil ro‘yxatdan o‘tkazilgach, uning o‘ramiga jinoyat ishi sudda ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqam qo‘yiladi, shuningdek ashyoviy dalilning raqami ko‘rsatiladi.
51. Jinoyat ishi va ashyoviy dalillar boshqa sud yoki prokuraturaga topshirilganida har bir topshirilayotgan ashyoviy dalil bo‘yicha ashyoviy dalillarni ro‘yxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritilishi kerak.
Agar ashyoviy dalillar sudga yuborilmasdan, surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki boshqa muassasada saqlanayotgan bo‘lsa, sud kotibi ashyoviy dalillarni ro‘yxatga olish kitobiga ular saqlanayotgan joy to‘g‘risida yozuv kiritadi.
52. Jinoyatga oid ish bir tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchidan aynan shu tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organida ishlovchi boshqa tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs, surishtiruvchi yoki tergovchiga topshirilganida, birinchisi topshirishi, ikkinchisi esa ish bo‘yicha olib qo‘yilgan barcha narsalarning borligini tekshirib qabul qilib olishi, ashyoviy dalillarni saqlashga javobgar shaxs ishtirokida ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ularni qabul qilganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishi shart.
53. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, sudning hukmi yoki ajrimida ashyoviy dalillar taqdiri masalasi hal etilishi kerak, bunda:
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;
muomaladan chiqarilgan narsalar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib yuboriladi;
hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan narsalar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
jinoyat yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;
jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar ko‘rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o‘tkaziladi. Ushbu buyumlarning tegishliligi haqidagi nizolar fuqaroviy sud ish yurituvi tartibida hal etilishi lozim;
ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda saqlab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi. Ishdagi hujjatlarni qaytarish masalasi ularning xarakteri va ish uchun ahamiyatiga qarab hal etiladi.
54. Ashyoviy dalil tariqasida mazkur Yo‘riqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib o‘tilgan narsalar qo‘shilgan jinoyat ishini qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu ashyoviy dalillar saqlash uchun topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyaning mavjudligini tekshiradi. Ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ular haqida saqlanayotgan joyi ko‘rsatilgan holda yozuv kiritiladi.
55. Mazkur Yo‘riqnomaning 25 — 27-bandlarida sanab o‘tilgan va ishga sud tomonidan ashyoviy dalillar sifatida qo‘shilgan narsalar ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, o‘ramga solinishi, muhrlanishi va bir sutka muddat davomida xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki javobgar shaxsga saqlash xonasida saqlash uchun topshirilishi kerak.
56. Surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarilayotganida unda to‘xtatilayotgan ish bo‘yicha olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyi belgilanadi. Ushbu obyektlar, maxsus saqlashga topshirilishi lozim bo‘lmasa, to‘xtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshiriladi.
Qayerdaligi aniqlanmagan ayblanuvchilarga nisbatan to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moddiy zararni qoplash maqsadida xatlangan ayblanuvchilarning shaxsiy mol-mulki, ekspertlar tomonidan baholangach, mazkur Yo‘riqnomaning 62-bandiga muvofiq sotilishi mumkin.
57. Qonuniy kuchga kirgan hukm bo‘yicha sud ijro varaqasini yozadi va keyingi kundan kechiktirmasdan uni ijro etish uchun tegishli organga yuboradi.
58. Agar ashyoviy dalillar va boshqa narsalar maxsus saqlashda bo‘lsa, ularni saqlash joyiga ushbu obyektlarning keyingi taqdiri ko‘rsatilgan hukm, ajrim, qarordan nusxa yoki ko‘chirma yuboriladi. Qabul qilingan qaror ashyoviy dalillar saqlanayotgan muassasalarning rahbarlari uchun majburiydir.
59. Muomaladan chiqarilgan narsalar (qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, giyohvandlik, psixotrop moddalar va shu kabilar) IIV va DXX organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Radioaktiv materiallar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa tashkilot tomonidan yo‘q qilinadi.
60. Egalariga qaytarilishi lozim bo‘lgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar ularga tilxat asosida natura shaklida beriladi, tilxat jinoyat ishiga tikib qo‘yiladi va uning navbatdagi varag‘i sifatida raqamlanadi. Bir vaqtning o‘zida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borayotgan organning buxgalteriya hisobi bo‘limi ashyoviy dalillar va boshqa narsalar qaytarilganligi haqida yozma shaklda xabardor qilinadi.
Manfaatdor shaxslar ulardan olib qo‘yilgan narsalarni qaytarib olishlari mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi, xabarnomaning nusxasi tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishiga tikib qo‘yiladi. Tilxatda oluvchi o‘z pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlarni va yashash joyini ko‘rsatadi. Narsalarning egasi shaxsan kela olmaydigan holatda, ularni uning ishonchnomasi bo‘yicha boshqa shaxs olishi mumkin, uning tilxati ham ishga tikib qo‘yiladi. Agar narsalarning egasi muassasa, tashkilot bo‘lsa, narsalar ularning vakillariga ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lganida tilxat orqali topshiriladi.
61. Jinoyat ishi noreabilitatsiya asoslari bo‘yicha tugatilgan holda, zararni qoplash, olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan pul yoxud boshqa narsalarni davlat daromadiga o‘tkazish masalasi jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
62. Ashyoviy dalillar, narsalar va jinoyat qurollarini davlat daromadiga o‘tkazish va ularni yo‘q qilib tashlash Nizomning IV — VII bo‘limlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Orden va medallar mahalliy davlat hokimiyati organiga yoki egalariga beriladi.
63. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qaytarish yuzasidan ijro ish yurituvini qo‘zg‘atish haqidagi qaror, shuningdek ularni olish tartibi to‘g‘risida yozma xabarnoma bir sutka muddat davomida ijro varaqasida ko‘rsatilgan shaxsga yuboriladi.
Ijro ishi yuritilishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng, davlat ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi va uning o‘zi, jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni o‘tkazgan mansabdor shaxs, ushbu narsalarni bergan sudya, shuningdek narsalarni saqlash uchun javobgar shaxs imzo qo‘yadi.
Ijro varaqasida oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs davlat ijrochisiga murojaat qilganida, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, unda narsani topshirish joyi va vaqti, topshirilayotgan narsa nomi, shuningdek topshirishda ishtirok etayotgan shaxslar ko‘rsatiladi. Narsani olgan shaxsdan tilxat olinadi.
Narsa topshirilayotganida kamida 2 nafar xolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Agar ijro varaqasida oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs 3 yil davomida davlat ijrochisiga narsani berish to‘g‘risida murojaat etmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Davlat ijrochisi narsa talab qilib olinmaganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzganidan so‘ng, narsani egasiz deb topish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni hududiyligi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yuboradi.
64. Ijro ishi yuritilishini tamomlashda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Davlat ijrochisining qaror nusxalari u chiqarilgan kuning ertasidan kechiktirmasdan ijro varaqasini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Ijro ishi yuritilishi tamomlanganida, ijro hujjatining asl nusxasi ijro ishi materiallarida qoladi.
65. Ashyoviy dalillar yuzasidan qaror, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgandan so‘ng yoki ishni tugatish to‘g‘risida ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish muddati tugagach, ijroga qaratiladi.
66. Alohida hollarda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan ham olib qo‘yilgan narsalarni egalariga qaytarishi mumkin, agar bu ishni to‘g‘ri hal etishga to‘sqinlik qilmaydi deb topilsa.
67. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ishi tugatilgan shaxslarga ulardan olib qo‘yilgan narsalarni qaytarish mazkur Yo‘riqnomaning 60-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qabul qilingan qaror haqida jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga darhol yozma xabarnoma yuboriladi.
68. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish haqida qaror, hukm (ajrim) chiqarilganidan keyin ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida ashyoviy dalillarga nisbatan qabul qilingan qaror haqida uning mazmuni va sanasi ko‘rsatilgan holda belgi qo‘yiladi.
69. Jinoyat tarkibi yo‘qligi yoki jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan holda, ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan hujjatlar (adabiy asarlar, arizalar, murojaatlar va boshqalar, shu jumladan mualliflar tomonidan tayyorlanganlari ham) egalariga qaytarilishi shart.
70. Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga topshirilgan narsalar belgilangan hollarda egalariga natura shaklida qaytarib beriladi, naturada qaytarish yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarda esa qonun hujjatlariga muvofiq ularning qiymati qoplanadi.
71. Olib qo‘yilgan narsalar (pullar) tilxat orqali reabilitatsiya qilinganlarga yoki JPK 304-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga ular mulkiy zararni qoplash uchun pul to‘lovlarini amalga oshirish haqidagi qaror yoki ajrimni olgan kundan boshlab ikki yil davomida qaytarib berilishi mumkin. Zararni qoplash hisobiga to‘langan mablag‘lar JPK 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugagach, pullar, shuningdek narsalarni sotishdan olingan mablag‘lar respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
72. Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga garov tariqasida qo‘yilgan pul mablag‘lari yoki qimmatliklarni (keyingi o‘rinlarda garov summasi deb yuritiladi) qaytarish haqida hujjat chiqargan sud ijro varaqasini yozib beradi va 3 sutkadan kechiktirmasdan uni qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasi va garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda Majburiy ijro byurosining hududiy organi deb yuritiladi) yuboradi.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi 3 sutkadan kechiktirmasdan depozit hisob raqamiga garov tariqasida qo‘yilgan garov summasining qaytarilishi ko‘rsatilgan, garov tariqasida ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirish (agar bekor qilish yoki o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lmasa) yoxud jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorning (keyingi o‘rinlarda surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarori deb yuritiladi) gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasini, garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birga Majburiy ijro byurosining hududiy organiga yuboradi. Agar garov summasi uni qaytarish to‘g‘risida bevosita qaror qabul qilgan surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan bo‘lsa, mazkur Yo‘riqnomaning 75-bandida ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llaniladi.
73. Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgach, bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi va bir nusxasini ijro ishi yuritilishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng bir sutka davomida ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun yuboradi.
Davlat ijrochisi garov summasi vaqtincha saqlanayotgan organga garov summasini uch kunlik muddat ichida keyingi ijro harakatlarini davom ettirish uchun Majburiy ijro byurosining hududiy organi depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida talabnoma yuboradi. Talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi garov saqlanayotgan organning asosiy hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yish orqali nizosiz tartibda garov summasini hisobdan chiqarishi shart.
74. Majburiy ijro byurosining hududiy organi hisob raqamiga garov summasi kelib tushgach, davlat ijrochisi bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 221-moddasiga asosan garov summasini oluvchi shaxsni xabardor qiladi. Ijro hujjatida garov summasini oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijrochisiga garov summasini qaytarish to‘g‘risida talab qo‘ygan kuni davlat ijrochisi tomonidan uning arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) garov summasi o‘tkazib beriladi.
Garov summasi arizada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) o‘tkazib berilgach, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va uning nusxasi ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish uchun yuboriladi. Ijro hujjati va garov summasi arizada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) o‘tkazib berilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi ijro ishi materiallariga tikiladi.
Agar ijro hujjatida garov oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxsdan yoki uning qonuniy vakilidan u xabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan bo‘lsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Bunday holatda, davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma, ijro hujjati va boshqa zarur hujjatlarni ilova qilgan holda garov summasini egasiz deb topish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qiladi.
75. Garov tariqasidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y bermagan bo‘lsa (shu jumladan, jinoyat ishi tugatilishi yoxud sud qarorining kuchga kirishi munosabati bilan), garov summasi depozit hisob raqamida turgan organ tomonidan ijro hujjati berilmaydi, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining garov summasini qaytarish to‘g‘risidagi qarori esa ijro qilish uchun mazkur organning moliya tarmog‘iga yuboriladi.
Shu bilan bir vaqtda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi qarorda garov summasini oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxsni uni olish joyi va vaqti haqida xabardor qiladi.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov summasini oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili garov summasini qaytarish to‘g‘risida talab qo‘ygan kuni moliya tarmog‘ining mas’ul xodimi tomonidan uning arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) garov summasi o‘tkazib beriladi. Garov summasi arizada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) o‘tkazib berilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi.
Agar surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxsdan yoki uning qonuniy vakilidan u xabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan bo‘lsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Bunday holatda, surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar ilova qilingan holda garov summasini egasiz deb topish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilinadi.
76. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini sudga yuborish haqidagi qaror, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror, jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror tasdiqlanganida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnoma bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishi sudga yuborilganida, shuningdek ish boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organiga yuborilganida, prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining rahbari, sud raisi (sudning mas’ul xodimi) ish bo‘yicha olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni joylashgan joyi ko‘rsatilgan hujjatlarning ishda mavjudligini tekshirishi, ularni ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar bilan solishtirishi shart.
77. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov rahbari, prokuror, sud raisi (sudning mas’ul xodimi) 6 oyda kamida bir marta ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanish holati va sharoitlari, mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq ularni qabul qilish, hisobga olish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar yuritilishi to‘g‘riligini tekshirishi shart.
78. Tekshirish natijalari haqida ashyoviy dalillar va boshqa narsalar uchun maxsus saqlash joylarini jihozlash, ularni saqlash uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘rishga majbur bo‘lgan yuqori turuvchi rahbariyatga yuboriladigan dalolatnoma tuziladi.
79. Javobgar shaxs boshqa ishga o‘tganida, ishdan bo‘shatilganida tegishli prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi boshlig‘i, sud raisi ushbu shaxsga saqlash uchun berilgan, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning mazkur obyektlarni olib qo‘yish aks ettirilgan hujjatlardagi yozuvlarga muvofiqligini tekshirish uchun komissiya tayinlaydi. Tekshirish natijalari ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
80. Qo‘yi organlarda o‘tkaziladigan taftishlar va rejali tekshirishlarda ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish hamda saqlash ahvoli majburiy tartibda tekshiriladi, tekshirish natijalari tegishli ma’lumotnomalar va dalolatnomalarda qayd etiladi.
To‘xtatib qo‘yilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarni saqlash holati alohida qayd etiladi.
81. Olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar shikastlangan, yo‘qolgan hollarda ularning egalariga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni lozim darajada hisobga olish va saqlash shart-sharoitlari ta’minlanmaganligi, ularning yo‘qolishi, shikastlanishiga olib kelgan bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan oqibatlar kelib chiqishida aybdor bo‘lgan shaxslarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
82. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. | 250 | 63,078 |
Qonunchilik | Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-yil 27-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — QAITJ) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda, 24 yilda so‘ndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2 foizdan oshmaydigan 9,0 million Quvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSh dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish doirasida 2020-2021-yillarda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini qurish bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining qarz mablag‘lari yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa to‘lovlarni so‘ndirishning reja jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va QAITJ qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhiga QAITJ ishtirokidagi loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklanadi;
QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobidan qoplanadi;
QAITJdan kelib tushgan qarz mablag‘larining (ko‘chirilgan kundagi) so‘mdagi ekvivalenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi;
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJning hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hududiy filiallarining 22626-son “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan QAITJ o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bosh direktori Q.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin. | 250 | 4,816 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur | “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) yoki hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga, yoshidan qat’iy nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
bir oy muddatda — “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat pensiyalari miqdorlarini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda hisoblash tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni;
ikki oy muddatda — nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqatni yo‘qotish darajasini aniqlashning aniq mezonlarini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
uch oy muddatda — davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning birxillashtirilgan tartibini, pensiya imtiyozlarini qo‘llashni va fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalarni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (keyingi o‘rinlarda — OIV infeksiyasi), shuningdek, hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka (keyingi o‘rinlarda — orfan kasallik) chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik nafaqalar (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
2. Nafaqa olish huquqiga tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar (keyingi o‘rinlarda — nogironligi bo‘lgan bola), kasallikning bosqichidan qat’i nazar OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — TIEK) tomonidan bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lgan deb e’tirof etilgan 18 yoshdan katta shaxslar (keyingi o‘rinlarda — 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs) egadirlar.
3. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
4. Nafaqa qonunchilikda belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nafaqa qonunchilikda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Nafaqani tayinlash davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi) tomonidan amalga oshiriladi hamda nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra pul mablag‘lari fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.
5. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi murojaat (keyingi o‘rinlarda — murojaat):
OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxs va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan;
OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsning va muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan;
nogironligi bo‘lgan bolaning, shuningdek OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, oilaga tarbiyaga olgan (patronat) tutingan ota-onasi (keyingi o‘rinlarda — tutingan ota-ona), vasiysi yoki homiysi tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
51. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi murojaat manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi Davlat xizmatlari markaziga beriladi
9. Nafaqa tayinlashni so‘rab nogironlik belgilangan yoki kasallikning bosqichidan qat’i nazar OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalinganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa berilgan kundan boshlab oltmish kun ichida murojaat etilgan bo‘lsa, nafaqa nogironlik belgilangan yoki OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalinganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa berilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin nafaqa tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga nafaqa uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga tayinlanadi.
OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga nafaqa u 18 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Nafaqa TIEKning ma’lumotida ko‘rsatilgan nogironlik muddati belgilangan so‘nggi oy uchun, davlat tibbiyot muassasasining xulosasida ko‘rsatilgan nogironlik muddati belgilangan so‘nggi oy uchun hamda OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga u 18 yoshga to‘lgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi.
10. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rad etish sabablari ko‘rsatilgan ma’lumotni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.
11. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlash rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan murojaat qiluvchi tomonidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
12. Ariza taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
Nafaqa tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida ma’lumotlar “Pensiya” axborot tizimida saqlanadi.
13. Nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nogironligi bo‘lgan bolaning, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsning yoki ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, tutingan ota-onasi, vasiysi yoki homiysining xohishiga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nafaqa yashash guvohnoma (ID-kartasi) amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi.
Nafaqa oluvchining doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan joyi mavjud bo‘lmasa yoxud yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqani to‘lash doimiy yashash, vaqtinchalik turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi.
Bunda nafaqani to‘lash nafaqa to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.
14. Nafaqalarni to‘lash har oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Nafaqalar qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi mumkin.
15. Qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazish muddati o‘tkazib yuborilganda nafaqalarni to‘lash “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Nafaqalar nogironlik muddati belgilangan so‘nggi oy uchun, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga esa u 18 yoshga to‘lgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa to‘lash ilgarigi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi. Nafaqa oluvchilarni hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek, ularning yig‘ma jildlarini jo‘natish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs, nogironligi bo‘lgan bola yoxud OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxs doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi;
Nafaqa to‘lashning to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib keladigan boshqa holatlar (nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda yoki “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga yuborilganligi yoki undan qaytib kelganligi sababli to‘liq davlat ta’minotidan chiqarilganda, nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim bekor qilinganda) paydo bo‘lganda nafaqa to‘lash tegishli holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi yoki tiklanadi.
16. 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs, nogironligi bo‘lgan bola yoki OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxs ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, tayinlangan nafaqani to‘lash to‘xtatiladi va jazoni o‘tashdan ozod etilgandan keyin tiklanadi (manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno).
17. Oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan hisoblangan nafaqa summasi uni olish uchun murojaat qilingandan oldingi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat uchun bir yo‘la to‘lanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan nafaqa summasi biror-bir muddat bilan cheklashsiz bir yo‘la to‘lanadi.
18. OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga tayinlangan nafaqa unga uning haq to‘lanadigan ishni bajarishidan yoki boshqa turdagi daromadlar (stipendiyalar, alimentlar va shu kabilar) olishidan qat’i nazar to‘lanadi.
Nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan bolaga tayinlangan nafaqa unga boshqa pensiyalar va nafaqalar, shu jumladan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasi olishidan qat’i nazar to‘lanadi.
Har xil nafaqalarning turlarini olish huquqiga ega bo‘lgan OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshdan katta shaxsga va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga uning tanlashi bo‘yicha nafaqaning bir turi tayinlanadi.
Nafaqaga yoki “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biriga huquqi bo‘lgan OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshdan katta shaxsga va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga uning o‘zi tanlagan nafaqa yoki davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanadi.
19. Tayinlangan nafaqa 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs, nogironligi bo‘lgan bola yoxud OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxs to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan davr uchun to‘lanmaydi.
20. Nafaqa miqdori o‘zgarishiga yoki uni to‘lash to‘xtatilishiga olib keladigan holatlar paydo bo‘lgan taqdirda nafaqa oluvchi o‘n kun muddatda bu haqda unga nafaqa to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar qilishi shart.
201. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
21. Nogironligi bo‘lgan bolaga, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxsga yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga tegishli bo‘lgan va uning vafot etishi sababli olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (xotiniga), shuningdek, nogironligi bo‘lgan bola, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxs yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs bilan u vafot etgan kunda birga yashaydigan oila a’zolariga to‘lanadi.
Nogironligi bo‘lgan bola, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxs yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs vafot etgan oy uchun to‘liq olinmay qolingan nafaqa summasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga vafot etgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Bir necha shaxs murojaat qilishganda ularga tegishli nafaqa summasi ular o‘rtasida teng miqdorda taqsimlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan summa, uni olish uchun nogironligi bo‘lgan bola, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga to‘lmagan shaxs yoki 18 yoshdan katta nogironligi bolalikdan bo‘lgan shaxs vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.
Nogironligi bo‘lgan bola, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarning olinmay qolgan nafaqa summasi nogironlik belgilangan muddatdan oshmagan davr uchun, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxslarga 18 yoshdan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
22. Nafaqa miqdori o‘zgargan taqdirda nafaqa qonunchilikka muvofiq qayta hisoblab chiqiladi.
23. OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta to‘langan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘lanadi.
24. Nafaqalarni to‘lash, yetkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga, yoshidan qat’iy nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — mehnatga layoqatsiz fuqarolar), bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga har oylik nafaqalarni (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
2. Mazkur Nizom bo‘yicha:
yoshga doir nafaqa;
nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashqari);
parvarishlash nafaqasi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi.
3. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
4. Nafaqa qonunchilikda belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni tayinlash davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi) tomonidan amalga oshiriladi hamda nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra pul mablag‘lari fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.
Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga, ularning shaxsiy sarf-xarajatlari uchun tegishli yoshga doir yoki nogironlik nafaqasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘ to‘lab boriladi.
5. Yoshga doir nafaqa:
ish stajiga ega bo‘lmagan;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.
6. Yoshga doir nafaqa:
erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
8. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqa farzandi nogironligi bo‘lgan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida Tibbiy — ijtimoiy ekspert komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — TIEK) nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan taqdirda tayinlanadi. Bunda nafaqa miqdori pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdorida belgilanadi.
9. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi.
131. Parvarishlash nafaqasi o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda tayinlanadi. Bunda, parvarishlash nafaqasi o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaga nogironlik belgilangan muddatga tayinlanadi.
Qonuniy vakilga har bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida parvarishlash nafaqasi tayinlanadi.
132. Parvarishlash nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotga asosan tayinlanadi.
133. Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga (otasi, onasi, vasiysi, homiysi, oilaga tarbiyaga oluvchisi (patronat) va farzandlikka oluvchisi) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lguniga qadar tayinlanadi.
14. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib o‘tilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritiladilar.
15. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
16. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
161. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga ushbu Nizomda belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi.
Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila a’zosi o‘ziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi oilaning barcha a’zolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yig‘majildi turgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila a’zosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish to‘g‘risida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Yig‘majildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir a’zosining nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi.
17. Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
171. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nafaqa (parvarishlash nafaqasi bundan mustasno) tayinlash to‘g‘risida manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi.
172. “Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi shaxslarga nafaqa tayinlash to‘g‘risida mazkur tashkilotlar ma’muriyati tomonidan tashkilot joylashgan erdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi.
21. Yoshga doir nafaqa tayinlashni so‘rab ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan yoshga to‘lgandan so‘ng oltmish kun ichida;
nogironlik nafaqasini tayinlashni so‘rab nogironlik guruhi belgilanganidan so‘ng oltmish kun ichida;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlashni so‘rab nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs vafot etgan kundan boshlab olti oy ichida;
parvarishlash nafaqasini tayinlashni so‘rab nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bola o‘zgalar parvarishiga muhtojligi belgilanganidan so‘ng oltmish kun ichida murojaat etilgan bo‘lsa, nafaqa uni olish huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin nafaqa tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga nafaqa uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
22. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rad etish sabablari ko‘rsatilgan ma’lumotni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.
23. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlash rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan murojaat qiluvchi tomonidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
24. Ariza taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga va nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
Nafaqa tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida ma’lumotlar “Pensiya” axborot tizimida saqlanadi.
25. Nafaqalarni to‘lash har oyda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Nafaqalar qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi mumkin.
Nafaqalar nogironlik muddati belgilangan so‘nggi oy uchun, mehnatga layoqatli bo‘lmagan oila a’zosining 18 yoshga to‘lgan oy uchun, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Nafaqa nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nafaqa yashash guvohnomasi (ID-kartasi) amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi.
Doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan joyi mavjud bo‘lmasa yoxud yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqani to‘lash doimiy yashash, vaqtinchalik turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi.
Bunda nafaqani to‘lash nafaqa to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.
26. Qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazish muddati o‘tkazib yuborilganda nafaqalarni to‘lash “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa to‘lash ilgarigi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi. Nafaqa oluvchilarni hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek ularning yig‘ma jildlarini jo‘natish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi.
Nafaqa to‘lashning to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib keladigan boshqa holatlar (nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda yoki “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga yuborilganligi yoki undan qaytib kelganligi sababli to‘liq davlat ta’minotidan chiqarilganda) paydo bo‘lganda nafaqa to‘lash tegishli holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi yoki tiklanadi.
Bunda, “Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi shaxslarga, Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaatlariga asosan nafaqaning 20 foizi to‘lanadi.
27. Nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda tayinlangan nafaqani to‘lash to‘xtatiladi va jazodan ozod etilgandan keyin tiklanadi (manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno).
28. Oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab qilinmagan hisoblangan nafaqa summasi uni olish uchun murojaat qilishdan oldingi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat uchun bir yo‘la to‘lanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan nafaqa summasi biror-bir muddat bilan cheklashsiz bir yo‘la to‘lanadi.
29. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan, nafaqalarning har xil turlarini olish huquqiga ega bo‘lgan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ularning tanlovi bo‘yicha nafaqalarning bir turi tayinlanadi, parvarishlash nafaqasi bundan mustasno.
30. To‘lanayotgan nafaqalar miqdorini o‘zgartirishga yoki nafaqa to‘lash to‘xtatilishiga sabab bo‘luvchi holatlar paydo bo‘lgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda o‘n kun muddatda unga nafaqa to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar qilishi shart.
Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin
31. Nafaqa oluvchiga tegishli bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan to‘liq olinmay qolgan nafaqa summasi merosga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (xotiniga), shuningdek nafaqa oluvchi vafot etgan kunda u bilan birga yashayotgan oila a’zolariga to‘lanadi.
Nafaqa oluvchi vafot etgan oy uchun to‘liq olinmay qolgan nafaqa miqdori yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga vafot etgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Bir necha shaxs murojaat qilishganda ularga tegishli summa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan summa uning uchun nafaqa oluvchi vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.
32. Nafaqalar:
oilaning boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi o‘zgarganda;
qonunchilikka muvofiq nafaqa miqdori o‘zgarganda qayta hisoblab chiqiladi.
33. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlashda oilaning hisobga olinadigan son tarkibi o‘zgarganda, tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
34. Nafaqa oluvchiga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta to‘langan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘lanadi.
35. Nafaqalarni to‘lash, yetkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshi hamda qarorga 4 va 5-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha kiritish haqida” 1995-yil 8-avgustdagi 311-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 27-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilova 4-bandining ikkinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi va o‘n birinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y, 4-son, 22-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y, 3-son, 13-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 6, 7, va 12-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y, 4-son, 21-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 27-yanvardagi 35-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y, 1-son, 5-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarori) 2009-yil 9-fevraldagi 36-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y, 2-son, 10-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilova 5-bandining yettinchi xatboshi va 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda). | 249 | 34,362 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son q | O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-378-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 95-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. 3-bandning birinchi xatboshidagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 1,896 |
Qonunchilik | Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 209-modda), O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Havo kemalarida pochtani tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qoidalar Umumjahon pochta konvensiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 209-modda) va O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va ichki hamda xalqaro havo liniyalari orqali fuqaro havo kemalarida pochta tashish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
1. Ushbu Qoidalarning amal qilishi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarga taalluqlidir.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
aviakompaniya — tashishga doir hujjatlarni rasmiylashtiruvchi va tashuvchining o‘zi, uning agenti yoki boshqa tashuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan tashishga doir hujjatlar bo‘yicha yo‘lovchilar, bagaj, yuk va pochtani tashishga qabul qiluvchi va/yoki ushbu tashish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xizmat ko‘rsatilishini taqdim etadigan havo transportida tashuvchi;
yuk tashish xizmati agenti — pochta aloqasi operatori, provayderining tarkibiy bo‘linmasidan pochtani tashish va havo kemasiga ortish, shuningdek havo kemasi bortidan tushirish uchun qabul qilish va pochta aloqasi operatori, provayderining tarkibiy bo‘linmasiga topshirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun aviakompaniya tomonidan vakolatlangan yuridik shaxs;
havo kemasi — yo‘lovchilar, bagaj va/yoki yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan uchish apparati;
chet el aviakompaniyasi — havo yo‘li to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq belgilangan shartnoma yo‘nalishlari va qoidalariga ko‘ra xalqaro havo liniyalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayinlangan va vakolatlangan chet el aviakorxonasi;
yozma xat-xabarlar — oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari va sekogrammalar, shuningdek mayda paketlar;
pochta — pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui;
“NUKUMATGA OID” belgili pochta jo‘natmasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning alohida toifalari ro‘yxatida ko‘rsatilgan foydalanuvchilarning alohida toifalari tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi;
tezkor pochta — pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish bo‘yicha pochta xizmati.
3. Havo liniyalari orqali pochtani tashish milliy va chet el aviakompaniyalari fuqarolik aviatsiyasining havo kemalarida amalga oshiriladi.
Pochta, davriy bosma nashrlarni havo kemalarida tashish aviakompaniyalarning pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari bilan tuziladigan shartnomalari asosida, shuningdek amaldagi shartnomalarga qo‘shimchalar ko‘rinishida rasmiylashtiriladigan bir martalik talabnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Aeroportlarda pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga:
pochtaga ishlov berish va uni saqlash uchun;
pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish uchun maxsus xonalar ijaraga beriladi. Ushbu obyektlar uchun xonalar pochtaga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan port ichidagi borish yo‘llari, saralash maydonchalari bilan birga beriladi.
5. Beriladigan xonalar maydonining o‘lchamlari, ijara uchun to‘lov, ularni ta’mirlash va kommunal xizmatlardan foydalanish tartibi shartnomalarda belgilanadi.
6. Pochtani tashish aviakompaniya havo kemalarining harakat jadvallarida ko‘zda tutilgan aviareyslar bilan amalga oshiriladi. Reyslar jadvali havo kemalarining mavjudligi va reysni bajarish bo‘yicha imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aviakompaniya tomonidan tuziladi.
Yilda ikki marta, ichki va xalqaro avialiniyalarda havo kemalarining harakat jadvali tasdiqlanishidan besh oy oldin pochta aloqasi operatorlari, provayderlari havo kemalarining jo‘natish aeroportlaridan uchishi va belgilangan aeroportlarga kelib qo‘nishining zarur vaqtini, shuningdek pochtaning rejalashtiriladigan maksimal sutkalik hajmini ko‘rsatib, “NUKUMATGA OID” belgili pochta jo‘natmalari va ustuvor pochta jo‘natmalarining hajmlarini har bir yo‘nalish bo‘yicha kilogrammlarda ajratgan holda, aviakompaniyaga havo kemalarining harakat jadvallari loyihalariga o‘z takliflarini taqdim etadilar.
7. Havo kemalari harakatining tasdiqlangan yangi jadvallari aviakompaniya tomonidan pochta aloqasi operatori, provayderiga pochtani tashish uchun shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan miqdorda taqdim etiladi.
Pochta bilan reyslarni bajaruvchi havo kemalarining harakat jadvalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida (havo kemasi tipining almashtirilishi, havo kemasi uchish vaqtining o‘zgartirilishi va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan aviakompaniyalar yoki aeroportlar ko‘rsatilgan o‘zgarish tasdiqlangandan keyin aeroport hududida joylashgan pochta aloqasi operatori yoki pochta aloqasi obyektini xabardor qiladilar. Xabar berish oldindan kelishilgan usulda va ushbu xabarlarni jo‘natish va olish uchun mo‘ljallangan manzillar bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Pochtani tashish uchun shartnomalar tuzilganda har bir aeroport bo‘yicha bir yilga har chorakka bo‘lgan holda tashishlarning prognoz qilinadigan hajmlari hisobga olinishi zarur.
Ichki liniyalarda pochtani ortishning kelishilgan normalari belgilanishi mumkin.
9. Aviakompaniya jadvalda ko‘rsatilgan eng yaqin reyslar bilan tashishga qabul qilingan pochtaning o‘z vaqtida jo‘natilishini kafolatlashi kerak.
“NUKUMATGA OID” belgili pochta jo‘natmalari, ustuvor pochta jo‘natmalari, kuryerlik jo‘natmalari, tezkor pochta jo‘natmalari va yozma xat-xabarlar solingan qoplar muntazam hamda qo‘shimcha reyslarni bajaruvchi barcha havo kemalarida jo‘natilishi kerak.
10. Aviakompaniya tashishga qabul qilingan pochtaning shartnomalar va bir martalik talabnomalar bilan belgilangan muddatlarda jo‘natilishini kafolatlashi kerak.
11. Qo‘shimcha pochta yukini tashish uchun qabul qilish tartibi shartnomalar bilan belgilanadi.
12. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari shartnomalar bilan belgilangan muddatlar va hajmlarga muvofiq pochtani ko‘rsatishlari, aviakompaniyalar esa, pochtani havo transportida tashish uchun qabul qilishlari shart. Pochtani tashish uchun ko‘rsatilgan dastlabki kelishilgan hajmlardan oshib ketilganda, pochta yukining bunday qo‘shimcha hajmlari faqat bo‘sh tashish sig‘imlari mavjud bo‘lganda tashiladi. Pochtani tashish uchun to‘lov aviatashuvchi bilan kelishilgan pochta tariflariga asosan amalga oshiriladi.
13. Pochta tashish uchun qabul qilinishidan oldin aviatsiya xavfsizligi nazoratidan o‘tkazilishi (tekshirib chiqilishi) kerak. Pochtani tekshirib chiqish aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalarining xodimlari tomonidan texnik vositalardan foydalangan holda bajariladi. Pochta tekshirib chiqilgandan keyin ilova hujjatlariga “Tekshirildi” belgisi qo‘yiladi.
14. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarida havo kemalarida tashish taqiqlangan predmetlar va buyumlar aniqlanganda, bunday pochta, kuryerlik jo‘natmalari tashish uchun qabul qilinmaydi, bu haqda umumiy yukxatga aloqa xodimi va yuk tashish xizmati agentining imzosi chekilib, tegishli belgi qo‘yiladi.
15. Meteosharoitlar sababli havo kemalarining muntazam uchmasligi tufayli, shuningdek aeroportlarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra aeroportlarda katta miqdorda pochta yig‘ilib qolganda, aeroportlar joriy kundagi ortish normalaridan tashqari havo kemalarining navbatdagi va qo‘shimcha reyslari bilan yig‘ilib qolgan pochtani jo‘natish choralarini ko‘radilar.
16. Tegishli reyslar bilan tashilishi kerak bo‘lgan, lekin belgilangan muddatlarda tahririyatlar, nashriyotlar tomonidan pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga yetkazib berilmagan davriy bosma nashrlar bo‘sh sig‘im va tonnaj mavjud bo‘lganda boshqa reyslar bilan jo‘natilishi kerak.
17. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari O‘z DSt 1099:2005 “Pochta qoplari. Texnik shartlar” talablariga mos keluvchi qoplarga joylangan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashishga topshirishlari shart, ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan davriy bosma nashrlar va aviaposilkalar bundan mustasno.
18. Davriy bosma nashrlar tashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provayderlaridan joylanmaning butunligini ta’minlovchi yopiq o‘rovda qabul qilinadi.
19. Qoplarga joylanmagan holda, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda jo‘natishga qabul qilingan, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) qat’iy muvofiq holda o‘rovlangan aviaposilkalarni havo kemalarida jo‘natish uchun qabul qilishga ruxsat etiladi:
a) mo‘rt predmetlar jo‘natiladigan, shu jumladan, aniq asboblar joylangan “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili aviaposilkalar. Bunday posilkalarga barcha bosqichlarda alohida ehtiyotkorlik choralari bilan ishlov berilishi va jo‘natilishi kerak;
b) tirik asalari, drozofila (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar joylangan aviaposilkalar;
v) sinmaydigan yaxlit predmetlar, shuningdek o‘lchamlari va og‘irligi belgilangan normalardan oshmaydigan yirik gabaritli predmetlar joylangan aviaposilkalar;
g) yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va o‘simliklar joylangan posilkalar.
20. Ushbu Qoidalar 19-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda jo‘natish uchun qabul qilingan aviaposilkalar qutilarga joylashdan tashqari, bir xil mato bilan qoplab tikilishi kerak.
21. Aviaposilkalar muhrlangan yoki plombalangan bo‘lishi kerak. Karton o‘rovdagi aviaposilkalar kesishish joylariga iz tushirish moslamalarining izlari yoki taqvim shtempellari izlari tushiriladigan qog‘oz tasma bilan yopishtirilishi mumkin.
Mevalar, sabzavotlar, ko‘chatlar, zavod o‘rovida jo‘natiladigan aniq asboblar, tirik asalari, drozofila (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar, shuningdek ochiq jo‘natiladigan sinmaydigan yaxlit predmetlar joylangan aviaposilkalar muhrlanmaydi.
22. Pochta jo‘natmalari solingan qoplarning og‘irligi 5 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. Sug‘urta qoplar, yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlarning yo‘l qo‘yiladigan og‘irligi — 10 kg gacha, posilkalar joylangan sug‘urta qoplarning og‘irligi — 20 kg gacha.
Faqat “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar va sug‘urta qoplar, shuningdek alohida qo‘nish punktiga og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan bittadan ko‘p bo‘lmagan qopni jo‘natishda istisno sifatida og‘irlikning kamaytirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Havo kemasining bitta qo‘nish punktiga jo‘natiladigan, og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan yozma xat-xabarlar joylangan qoplar bitta umumiy qopga solinib berkitiladi.
23. Havo kemalarida jo‘natiladigan qoplarga qalin karton, fanera yoki plastikdan tayyorlangan birkalarga yopishtirilgan manzil yorliqlari mahkamlanadi, ularda quyidagilar ko‘rsatiladi: qopda (“NUKUMATGA OID”, “Kur’erlik” — “Kuryerskiye”, “Sug’urtali” — “Straxovoy” belgili va boshqalar) jo‘natiladigan pochta jo‘natmalarining toifasi yoki turi; qopda belgilangan aeroport, belgilangan joy, jo‘natish joyining aniq nomi, qop raqami va og‘irligi. Yorliq qopni berkitgan aloqa xodimlari tomonidan imzolanadi. Yorliqqa taqvim shtempeli yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr izi qo‘yiladi. Davriy bosma nashrlar joylangan qoplardan tashqari, ushbu bandda ko‘rsatilgan barcha qoplar muhrlangan (plombalangan) bo‘lishi kerak. Gazetalar joylangan qopning manzil yorlig‘ida ularning nomi ko‘rsatiladi.
24. Manzil yorliqlari pochta jo‘natmalarining turi va toifasiga bog‘liq holda diagonal bo‘yicha farqlovchi chiziqning rangi bilan ajratiladi:
“NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar uchun — qizil rang;
yozma xat-xabarlar va davriy bosma nashrlar joylangan qoplar uchun — ko‘k rang.
25. Manzil yorliqlari bo‘lmagan yoki belgilangan aeroportning aniq nomi yozilmagan manzil yorliqli qoplarni tashish uchun topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.
26. Jadvalga asosan bittadan ortiq qo‘nish huquqiga ega havo kemalarida ochiq jo‘natiladigan aviaposilkalarga aloqa xodimlari tomonidan qizil rangdagi “________ga (tashish hujjatlar bilan qaysi punktgacha rasmiylashtirilganiga ko‘ra belgilangan yoki qayta yuklash aeroportining nomi ko‘rsatiladi) topshirilsin” yozuvli markalash yorliqlari yopishtiriladi. Yozuv yirik harflar bilan va tushunarli yozilgan bo‘lishi kerak.
Havo kemalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarida (yo‘lda qo‘nmasdan) jo‘natiladigan posilkalar markalanmaydi.
27. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga quyidagilarni topshirish taqiqlanadi:
a) buzilgan, shikastlangan va yog‘langan holatdagi pochtani;
b) manzil yorliqlari bo‘lmagan pochtani;
v) pochta yukxatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmaydigan yoki pochta yukxatlariga kiritilmagan pochtani;
g) ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan posilkalardan tashqari, mato bilan o‘rab tikilmagan, ochiq holatda jo‘natiladigan aviaposilkalarni;
d) qoplarga joylanmagan, qiymati e’lon qilingan aviaposilkalarni.
28. Pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 1, 2, 3-ilovalaridagi shakllarga muvofiq jo‘natilgan aviapochta uchun yukxatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Pochta yukxatlari pochtani topshirish uchun javobgar bo‘lgan aloqa xodimlari tomonidan to‘ldiriladi va imzolanadi hamda taqvim shtempelining izlari yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
29. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) aviakompaniyaga belgilanmagan shakldagi yukxatlar bo‘yicha pochtani qabul qilish, pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga esa o‘rnatilmagan shakldagi yukxatlar bo‘yicha pochtani topshirish;
b) yuk tashish xizmati agentlariga pochta yukxatlariga har qanday o‘zgartirishlar kiritish.
30. Pochta yukxatlariga tuzatishlar va o‘zgartirishlar faqat alohida holatlarda aloqa xodimlari tomonidan kiritilishi mumkin, bu yukxatlarning barcha nusxalarida belgilangan va taqvim shtempelining izlari yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
31. Havo transportida jo‘natiladigan pochtaga quyidagi ilova hujjatlari tuzilishi kerak:
a) pochta, kuryerlik jo‘natmalari yoki buyumlari guruhlari uchun — alohida pochta yukxatlari;
b) havo kemasining har bir qo‘nish punktida topshiriladigan pochta uchun — umumiy yukxatlar;
v) havo kemasining har bir reysidagi barcha pochta uchun, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha har bir qo‘nish punkti uchun — reys yukxatlari.
32. Alohida yukxatlar ikki nusxada tuziladi.
“NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urtali qoplar, “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili posilkalar uchun ushbu pochta joylarining miqdoridan qat’i nazar, havo kemasining har bir qo‘nish punkti uchun alohida yukxat tuziladi. Ushbu yukxatning yuqori o‘ng burchagiga shtamp yoki qo‘l bilan “Sug‘urtali” — “Straxovoy” belgisi qo‘yiladi.
Alohida yukxatlar “NUKUMATGA OID” belgili, ustuvor pochta jo‘natmalari, kuryerlik jo‘natmalari, tezkor pochta jo‘natmalari, yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, sug‘urta qoplar guruhi, “Ehtiyot qiling” belgili posilkalar guruhi, davriy bosma nashrlar joylangan posilkalar, qoplar va bog‘lamlar uchun tuziladi.
33. Umumiy yukxatlar har bir qo‘nish punkti uchun uch nusxada tuziladi. Birinchi va ikkinchi nusxalar jo‘natish aeroportiga topshiriladi va pochta bilan birga belgilangan aeroportgacha boradi, bu erda birinchi nusxa pochta bilan birga aloqa xodimiga beriladi, ikkinchisi esa, aloqa xodimining pochtani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan belgilangan aeroportda qoladi. Umumiy yukxatning uchinchi nusxasi pochtani topshirgan aloqa xodimlarida qoladi.
Havo kemasi qo‘nish punktining umumiy yukxatiga davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar uchun tuzilgan barcha qolgan yukxatlar yozib qo‘yiladi. Shu yukxatga “NUKUMATGA OID” belgili, ustuvor pochta jo‘natmalari, kuryerlik jo‘natmalari, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, alohida yukxatlarga kiritilmagan sug‘urta qoplardan tashqari, barcha pochta buyumlari yozib qo‘yiladi.
34. Reys yukxatlari havo kemasining har bir reysi uchun ikki nusxada, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha ravishda har bir qo‘nish punkti uchun tuziladi.
Reys yukxatining ikkinchi nusxasi aeroport xodimining pochtani qabul qilganligi to‘g‘risidagi imzosi va aeroport shtampining izi bilan pochtani tashishga topshirgan aloqa xodimida qoladi, pochta jo‘natilganligi to‘g‘risida aeroport belgisi bilan birinchi nusxa jo‘natish aeroportida qoladi.
Reys yukxatlarida pochtani tashiydigan havo kemasining qo‘nish punktlari, pochta qayerga yuborilayotganligi, uning turlari bo‘yicha miqdori, shuningdek har bir qo‘nish punktigacha pochtaning umumiy miqdori va og‘irligi ko‘rsatiladi.
35. Havo kemasining har bir qo‘nish punkti uchun bitta umumiy yukxat, har bir reys uchun esa — bitta reys yukxati tuzilishi kerak.
36. Alohida ichki havo liniyalarida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bilan aeroportlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yukxatlar miqdori qisqartirilishi mumkin:
a) havo kemasining bitta qo‘nish punkti bo‘lgan liniyalarda reys yukxati tuzilmasligi mumkin. Pochta qabul qilinganligi va topshirilganligi uchun umumiy yukxatlarning ikkinchi nusxalariga imzo qo‘yiladi;
b) qo‘nish punktiga pochtaning unchalik katta bo‘lmagan miqdori kelgan hollarda, bulardan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining har bir turi uchun guruhlar tuzib bo‘lmasligi sababli alohida yukxatlar tuzilmasligi mumkin, “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar uchun yukxatlar bundan mustasno. Bunday hollarda sanab o‘tilgan qoplardan tashqari butun pochta bevosita umumiy yukxatga yoziladi.
37. Jo‘natiladigan pochta uchun pochta hujjatlari (umumiy yukxatning ikki nusxasi, unga qo‘shib yozilgan davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar uchun alohida yukxatlarning birinchi nusxalari bilan birga) havo kemasining har bir qo‘nish punkti uchun ushbu Qoidalarning 4-ilovasidagi shakl bo‘yicha havo kemasi bilan jo‘natiladigan pochta uchun ilova hujjatlari solingan konvertga joylanadi.
“NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar, “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili posilkalar umumiy yukxat ustidan konvertga joylanadi.
Konvertda undagi bosma matnga muvofiq ma’lumotlar ko‘rsatiladi, bu ma’lumotlar aloqa xodimi tomonidan imzolanadi va taqvim shtempelining izi yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
Konvertga umumiy va alohida yukxatlarni to‘liq va to‘g‘ri joylash uchun javobgarlik pochtani jo‘natgan aloqa xodimlari zimmasiga, havo transportida tashishda ularning butligi uchun javobgarlik esa, aviakompaniya zimmasiga yuklanadi.
Pochtani aeroport xodimiga topshirishda birinchi navbatda reys yukxati va yukxatlar solingan konvertlar beriladi.
38. “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar, “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili posilkalar yuk tashish xizmati agentlari hamda aloqa xodimlari tomonidan qoplar raqamlarining yukxatlarda ko‘rsatilgan raqamlarga muvofiqligi nomma-nom tekshirilib, qolgan pochtadan alohida topshiriladi va qabul qilinadi, qolgan pochta (yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar, aviaposilkalar) esa — o‘rovlari, muhrlari, plombalari, bog‘ichlari, tasmalarining butunligi tekshirilib, umumiy hisob bilan topshiriladi va qabul qilinadi.
39. Pochta yuk tashish xizmati agenti pochtani aloqa xodimidan qabul qilgan va unga pochtani qabul qilishda qabul qilingan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining miqdorini harflar bilan, qabul qilish vaqtini, pochtani qabul qilgan xodimning lavozimi va familiyasini ko‘rsatgan holda, shaxsiy shtamp yoki aeroport shtampi bilan tasdiqlanib imzolangan pochta yukxatining nusxasini bergan vaqtdan boshlab jo‘natishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Kerakli darajada markalanmagan, o‘rovi shikastlangan, muhrlari, plombalari buzilgan, bog‘ich, tasmalari uzilgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlari yuk tashish xizmati agenti tomonidan qabul qilinmaydi, bu haqda umumiy yukxatga aloqa xodimi va yuk tashish xizmati agentining tegishli belgisi va imzosi qo‘yiladi.
40. Tashish uchun qabul qilingan pochta yuk tashish xizmati agentlari tomonidan belgilangan yoki pochtani tushirish aeroporti, joylar miqdori va yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar hamda posilkalar turlari bo‘yicha og‘irligini ko‘rsatgan holda, pochta-yuk qaydnomasiga yoki havo kemasining yuk manifestiga yoziladi.
Qabul qilingan pochta reys va umumiy yukxatlarda ko‘rsatilgan og‘irligi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunda, agar qop og‘irligi 100 gramm ulushi 50 grammga teng yoki undan oshsa, uning og‘irligi yuqori 100 grammgacha va aksincha holatda pastki 100 grammgacha yaxlitlanadi.
Yuk tashish xizmati agentlari umumiy og‘irlikni, shuningdek alohida pochta guruhlarining og‘irligini tekshirish huquqiga ega.
41. Aeroportlar hududida joylashgan pochta aloqasi obyektlaridan pochtani yetkazib berish va havo kemalariga ortish, shuningdek havo kemalaridan pochtani tushirish va ushbu obyektlarga yetkazib berish aeroportlarning kuch va vositalari yordamida bajariladi.
Pochta aloqasi obyektlari bo‘lmagan aeroportlarda pochta aeroport kuch va vositalari yordamida havo kemalariga ortiladi va ulardan tushiriladi, aeroportlardan aeroportlar tashqarisidagi pochta aloqasi obyektlarigacha esa pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining kuch va vositalari yordamida yetkazib beriladi.
Pochtani yetkazib berish va qabul qilish muddatlari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniya yoki aeroport o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.
42. Jo‘natish aeroportlarida pochtani havo kemalariga ortish ular qo‘nish punktlarining teskari ketma-ketligi tartibida amalga oshiriladi. Har bir qo‘nish punkti uchun mo‘ljallangan pochta havo kemasida to‘rlar yoki boshqa vositalar bilan ajratilishi kerak.
43. Pochtani havo kemasiga ortish va undan tushirish yuk tashish xizmati agentlari tomonidan bortkuzatuvchi yoki tijorat yuki uchun javobgar bo‘lgan ekipaj a’zolaridan biri ishtirokida amalga oshiriladi.
Bortkuzatuvchi (ekipaj a’zosi) pochtani bevosita havo kemasi yonida yuk tashish xizmati agentlaridan qabul qiladi (topshiradi).
44. Jo‘natish aeroportlarida pochta joylarda qabul qilingan texnologiyaga muvofiq aloqa xodimlari tomonidan tashish uchun qabul qilinadi va topshiriladi.
45. Ushbu Qoidalarning 5-ilovasidagi shakl bo‘yicha idoralararo dalolatnoma yoki Cargo-Damage Report (bundan buyon matnda CDR deb yuritiladi), Irregularity Report (bundan buyon matnda IRP deb yuritiladi), ushbu Qoidalarning 6 va 7-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha quyidagi hollarda tuziladi:
kelgan pochtadagi pochta-yuk qaydnomasi (yuk manifesti) yoki yukxatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning aniq ma’lumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
hujjatlar bo‘lmaganda;
nosoz, shikastlangan o‘rov, shuningdek joylanmasidan foydalanish mumkin bo‘lgan o‘rov aniqlanganda;
muhrlar, plombalar, bog‘ichlar, tasmalarning nosozligi aniqlanganda.
Idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 72 — 80-bandlarida belgilangan.
46. Aloqa xodimi pochtani qabul qilishda:
og‘irligi, o‘rov, muhrlar, plombalar, bog‘ichlar, tasmalarning butunligini tekshirishi;
qabul qilingan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining miqdorini harflar bilan ko‘rsatib, umumiy yukxatning ikkinchi nusxasini imzolashi;
taqvim shtempelining izi yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan imzoni tasdiqlashi va yukxatning ushbu nusxasini pochtani topshirgan yuk tashish xizmati agentiga qaytarishi kerak.
47. Aeroportda pochta aloqasi obyekti bo‘lmaganda pochta aeroport omborida aloqa xodimiga topshiriladi. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bunday hollarda o‘z vakillarining shartnomalarda belgilangan muddatlarda pochtani qabul qilish uchun aeroportga kelishlarini ta’minlashlari kerak.
48. Aloqa xodimi pochtani yuk tashish xizmati agentidan qabul qilgan va pochta yukxatiga tegishli imzoni qo‘ygan vaqtdan boshlab pochta yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
49. Aviakompaniyaning aybiga ko‘ra belgilangan punktga topshirilmagan pochta qolgan pochtadan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan holda birinchi uchib ketayotgan havo kemasi bilan belgilangan joyga qayta jo‘natiladi.
Reys (umumiy) yukxatiga aloqa xodimi tomonidan: “Pochta tashildi. Bepul qayta jo‘natilyapti” belgisi qo‘yiladi. Ushbu pochta pochtani yetkazib berishda xatoga yo‘l qo‘ygan aviakompaniya yoki aeroport hisobidan jo‘natiladi.
50. Yaqin vaqt ichida reys bo‘lmagan holda, ko‘rsatilgan pochta belgilangan punktga pochtani yetkazib berishda xatoga yo‘l qo‘ygan aviakompaniya yoki aeroport hisobidan temir yo‘l orqali yoki boshqa transport turlarida jo‘natilishi mumkin.
Pochtani yetkazib berishda fors-major holatlari bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘yilganda, aviakompaniya yoki aeroportlar pochtani boshqa transport turlari bilan belgilangan joyga jo‘natish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar yoki kechikkanligi uchun javobgar bo‘lmaydilar.
51. O‘zbekiston Respublikasi hududining tashqarisiga yuboriladigan va uning hududiga keladigan xalqaro pochta Umumjahon pochta konvensiyasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining boshqa mamlakatlar operatorlari bilan tuziladigan ikki tomonlama kelishuvlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda, havo transportida tashish uchun topshirilishi kerak.
52. Xalqaro pochta ko‘k rangdagi qoplarda yoki keng ko‘k chiziqli qoplarda tashiladi. Qoplarda lotin shrifti bilan “Postes Par avion Tashkent” deb aniq belgilanadi.
53. Jo‘natmalarni Express Mail Service tizimi bo‘yicha jo‘natish uchun (bundan buyon matnda EMS jo‘natmalari deb yuritiladi) quyida keltirilgan modellardagi qoplarning biridan foydalaniladi:
a) qopning har bir tomonida havo rang va to‘q sariq rangdagi vertikal, gorizontal yoki diagonal chiziqlar bo‘lishi kerak;
b) qopning bir tomoni havo rang, ikkinchi tomoni to‘q sariq rangda bo‘lishi kerak.
54. Qoplar soz holatda bo‘lishi, ustki tomonidan hoshiyalangan bo‘lishi, kerakli darajada yopilgan, plombalangan va manzil yorliqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Xalqaro reyslarda qoplarga joylanmasdan ochiq holatda ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan barcha pochta jo‘natmalari jo‘natilishi mumkin.
55. Xalqaro pochta joylangan qoplar uchun ushbu Qoidalarning 8, 9 va 10-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha quyidagi turdagi CN 35, 36, CP 84 yorliqlar qo‘llaniladi:
a) buyurtma jo‘natmalar, qiymati e’lon qilingan xatlar joylangan qoplar uchun — yorqin-qizil rangli;
b) ustuvor pochta jo‘natmalari, xatlar va pochta varaqchalari, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar uchun — oq rangli;
v) faqat ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari, sekogrammalar, mayda paketlar joylangan qoplar va “M” belgili qoplar uchun — havo rangli;
g) qaytariladigan bo‘sh qoplar joylangan qoplar uchun — yashil rangli;
d) posilkalar joylangan qoplar uchun — sariq rangli;
e) ko‘p miqdordagi faqat oddiy jo‘natmalar solingan qoplar uchun — binafsha rangli.
56. Manzil yorliqlari ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
Jo‘natiladigan pochta uchun ilova hujjatlari jo‘natiladigan qoplar manzil yorlig‘ida “F” harfi ko‘rinishida farqlovchi belgiga ega bo‘lishi kerak.
57. Xalqaro yozma xat-xabarlar joylangan qoplar og‘irligi 30 kg gacha, xalqaro posilkalar joylangan qoplar og‘irligi 32 kg gacha bo‘lishi mumkin.
58. Xalqaro pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 11, 12 va 13-ilovalaridagi shakllar bo‘yicha CN 38, CN 41, CN 47 topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Yukxatlar ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
59. Yukxatlar pochta tushiriladigan har bir qo‘nish aeroporti uchun besh nusxada tuziladi.
Pochtani aeroportga berish uchun aviakompaniya imzosi bilan aviadepeshalarni topshirish yukxatining bitta nusxasi jo‘natuvchi pochta aloqasi obyektida qoladi.
Ikkita nusxasi pochtani tashiydigan aviakompaniya tomonidan ortish aeroportida saqlanadi.
Ikkita nusxasi ushbu Qoidalarning 14-ilovasidagi shakl bo‘yicha CN 45 yukxatlarini berish konvertiga solinadi, bu konvert aviakompaniyaga topshiriladi va reys hujjatlari paketiga solib qo‘yiladi. Pochta tushirish aeroportiga kelishi bilan pochta olinganligi to‘g‘risidagi imzo qo‘yilgan birinchi nusxa depeshalarni tashiydigan aviakompaniyada qoladi. Ikkinchi nusxa pochta bilan birga yukxat yo‘llangan xalqaro pochta almashuv muassasasigacha keladi.
60. Yukxatlarni berish konvertlari ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
61. Aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining yakuniy ma’lumotlari har bir pochtani tushirish aeroporti uchun alohida uchta nusxada tuziladigan aviadepeshalarni topshirish jamlama yukxatiga (CN 38) kiritiladi.
62. Aviadepeshalarni topshirish jamlama yukxatining pochta, shu jumladan, tranzit (transfer) pochta og‘irligi va joylarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlari aeroportdagi tashish xizmati tomonidan havo kemasining yuk manifesti va jamlama yuklash qaydnomasiga yoziladi, aviadepeshalarni topshirish jamlama yukxati esa pochta yuklangandan keyin hisobga olish sektoriga beriladi.
63. Chet el aviakompaniyalarining havo kemalaridan nosoz xalqaro pochta olingan hollarda aeroport ushbu pochtani yuk tashish xizmati va chet el aviakompaniyasi vakillarining imzolari bilan tasdiqlangan aviadepeshalarni topshirish yukxatlariga tegishli belgini qo‘yib pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga topshiradi. Aviadepeshalarni topshirish yukxatlari bo‘lmaganda, pochta aviakompaniya tomonidan tuzilgan almashtiriladigan CN 46 topshirish yukxatlari bilan birga topshiriladi. Bu haqda chet el davlatining pochta xizmatiga almashtiriladigan CN 46 yukxatlarning ikkita nusxasini ilova qilgan holda CN 43 qiyoslash bildirishnomasi bilan xabar qilinadi. Imzolangan almashtiriladigan CN 46 yukxatning bitta nusxasi aeroportga topshiriladi.
Milliy aviakompaniyalarning havo kemalarida xalqaro pochtani tashishda yo‘l qo‘yilgan buzilish faktlari shunga o‘xshash tarzda rasmiylashtiriladi.
64. Tushirish/qayta yuklash aeroportiga kelgandan keyin bortkuzatuvchi (ekipaj a’zosi) aviadepeshalarni topshirish yukxatlari bo‘yicha pochtani yuk tashish xizmati vakillariga topshiradi, ular depeshalarni olganliklari to‘g‘risida yukxatlarga imzo qo‘yadilar va keyinchalik pochtani belgilangan joyga jo‘natish uchun aeroportdagi chet el davlatining xalqaro pochta almashuvi muassasasiga yetkazib beradilar.
65. Tranzit (transfer) depeshalarni jo‘natishda pochtaning butun harakatlanish yo‘nalishi uchun aviadepeshalarni topshirish yukxatlari tuzilishi kerak.
Tranzit (transfer) pochtani qayta jo‘natish qayta yuklash amalga oshiriladigan aeroportlarda joylashgan chet el davlatlarining xalqaro pochta almashuv muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
66. Pochta yuki bilan yo‘lovchi reyslarini amalga oshiruvchi havo kemalarining uchishi qat’iy jadval bo‘yicha amalga oshiriladi. Pochta yuklanishini kutib ushbu havo kemalar uchishini kechiktirish taqiqlanadi.
67. Pochta joylangan havo kemasining jo‘natish aeroporti yoki oraliq aeroportlardan jadval bo‘yicha uchishi qandaydir sababga ko‘ra bekor qilingan yoki uzoq (uch soatdan ko‘p) vaqtga kechiktirilgan hollarda jo‘natish aeroportlari darhol ushbu aeroportlardagi pochta aloqasi obyektlariga uchish bekor qilinganligi yoki reys kechiktirilganligi to‘g‘risida xabar beradilar.
68. Havo kemasi reysining bajarilishi boshqa kunga ko‘chirilgan bo‘lsa, ushbu reys pochtasi xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha birinchi uchadigan havo kemasi bilan jo‘natilishi yoki pochta aloqasi operatori, provayderining talabi bo‘yicha olinishi va boshqa transport turida jo‘natilishi kerak.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha havo kemalarining boshqa reyslari bo‘lmaganda va pochtani boshqa transport turlarida jo‘natish maqsadga muvofiq emasligi sababli butun pochta yuki ushbu kechiktirilgan reys bilan jo‘natilishi kerak.
Navbatdagi reyslardan yo‘lovchilarni jo‘natish hisobiga ushbu reysdagi pochta yukini olish yoki kamaytirish taqiqlanadi.
69. Reys oraliq (transfer) aeroportda havo kemasini almashtirgan holda bajarilganda uning bortidagi mavjud pochta tashishni davom ettiradigan havo kemasiga qayta yuklanishi kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reysdan olingan pochtani jo‘natish kechiktirilgan holda aeroportlar bu haqda aeroportlardagi pochta aloqasi operatorini yoki navbatchi aloqa xodimini xabardor qilishga majburlar.
70. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tranzit (transfer) pochtaning keyingi harakatlanishini nazorat qilishlari, pochtani tanlash, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish va pochtani belgilangan joyga jo‘natish navbatini tartibga solishga yordam ko‘rsatishlari kerak.
71. Alohida havo liniyalari bo‘yicha havo kemalarining harakatlanishi to‘xtatilgan, reyslar bekor qilingan yoki havo kemalarining uchishi uzoq vaqtga kechiktirilgan va pochtani qisqa muddat ichida havo kemasida jo‘natish imkoni bo‘lmagan hollarda pochta aeroportdagi pochta aloqasi obyektiga, pochta aloqasi obyekti bo‘lmaganda esa — pochtani yanada tezroq yo‘l (havo yoki yer usti) bilan jo‘natish uchun yaqindagi pochta aloqasi obyektiga topshiriladi.
Aeroport bu haqda jo‘natish punkti va jadval bo‘yicha havo kemasining qo‘nishi ko‘zda tutilgan yaqindagi aeroportga xabar beradi. Xabarda keyingi tashish uchun pochta qayerda va kimga topshirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday xabarnomalarni olgan aeroportlar bu haqda tegishli pochta aloqasi obyektiga xabar berishi shart.
72. Ushbu Qoidalar va tuzilgan shartnomalarni buzish barcha holatlari pochtani qabul qilish-topshirish bilan bir vaqtda tuziladigan idoralararo dalolatnomalar yoki CDR, IRP dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu dalolatnomalarda keltirilgan faktlar qaysi tomonning aybi bilan buzilishlar yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha tomon tarafidan majburiy tekshirilishi kerak. Har bir tomon boshqa tomonga buzilish faktlarini tekshirishda yordam berishga (zarur ma’lumotlarni berishi, ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi va h.) majbur.
Idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari bo‘yicha tekshirishni amalga oshirgan tomon tekshirish natijalari haqida boshqa tomonga xabar berishga majbur.
73. Idoralararo dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi, ulardan ikkitasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga, ikkitasi — aviakompaniya yoki aeroportga topshiriladi.
Dalolatnomaning barcha nusxalari tomonlar tarafidan imzolanadi, tasdiqlanadi va teng kuchga ega. Dalolatnomada yo‘l qo‘yilgan buzilishning sabablari va fakti haqida to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradigan dalolatnomani tuzish vaqtidagi barcha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Dalolatnoma lavozimlari shartnomalarda belgilangan ikki aloqa xodimi va aeroport xodimlari tomonidan imzolanadi. Imzolar pochta aloqasi obyektining taqvim shtempeli yoki pochta aloqasi operatoriga, provayderiga berilgan muhr va yuk tashish xizmati agentining shaxsiy shtampi (tashishlarni tashkil qilish xizmati shtampi) bilan tasdiqlanadi.
74. CDR, IRP dalolatnomalari ichki havo liniyalarida ikki nusxada to‘ldiriladi, birinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderiga yoki yuk tashish xizmati agentiga; ikkinchi nusxasi — aviakompaniya yoki aeroportga beriladi. Xalqaro liniyalarda CDR, IRP dalolatnomalari uch nusxada to‘ldiriladi, birinchi nusxasi belgilangan joyning pochta aloqasi operatori, provayderiga; ikkinchi nusxasi — aviakompaniya yoki aeroportga; uchinchi nusxasi — jo‘natish joyi pochta aloqasi operatori, provayderiga beriladi.
Dalolatnomalar ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
Dalolatnomalar imzo qo‘yuvchi shaxsning xizmati va lavozimi ko‘rsatilgan holda aloqa xodimlari va aeroport xodimlari vakillarining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Dalolatnomalar standart blankda rasmiylashtirilishi yoki avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llagan holda elektron usul bilan tuzilishi mumkin.
75. Dalolatnomaning mazmunidan norozi bo‘lgan aeroport xodimi yoki aloqa xodimi noroziligi to‘g‘risida izoh bergan holda idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini imzolashi shart. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dalolatnomalar imzolangandan so‘ng tomonlarga darhol beriladi.
76. Izoh berilgan idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini imzolashda aeroport va pochta aloqasi obyekti rahbarlari yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishlari va ular bo‘yicha qaror qabul qilishlari kerak.
77. Qoplar, posilkalarning o‘rovi, bog‘ichlari, muhrlari, plombalari, tasmalari shikastlanganda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlari yorliq va hujjatlarda ko‘rsatilgan og‘irlik bilan haqiqiy og‘irlikni taqqoslash uchun tarozida tortiladi.
Joylanmani tekshirish uchun pochta, kuryerlik jo‘natmalari aeroport vakili ishtirokida aloqa xodimlari tomonidan ochiladi. Ushbu hollarda idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalariga qo‘shimcha ravishda pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki buyumini ochishda ishtirok etayotgan aloqa va aeroport xodimi tomonidan imzolanadigan idoraviy dalolatnoma ham tuziladi. Qabul qilingan pochta uchun tilxat aloqa xodimi tomonidan faqat ushbu dalolatnoma imzolangandan keyin beriladi.
78. Idoraviy dalolatnomani tuzishda pochta, kuryerlik jo‘natmasi, buyumining tashqi holati batafsil tavsiflanadi, jo‘natma, buyumning hujjatlar bo‘yicha va haqiqiy og‘irligi, ichki tarkibi ko‘rsatiladi (har bir predmet, uning holati, o‘lchami, og‘irligi, shuningdek qop joylanmasi, buyumning umumiy og‘irligi, tara og‘irligi va h. alohida sanab o‘tiladi).
Dalolatnomaning asl nusxasi qop ichiga solinadi, pochta, kuryerlik jo‘natmalari ochiq jo‘natilayotganda esa ushbu jo‘natma yozilgan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
79. Nomma-nom tekshirilgandan keyin kelgan pochta hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa (bir qop boshqasi bilan yoki bir posilka boshqasi bilan almashtirilgan bo‘lsa), aloqa xodimi idoralararo dalolatnomani tuzishi va o‘n kunlik muddatda aeroport bilan birga tekshiruv o‘tkazishi kerak.
80. Pochtaning yo‘qolishi va shikastlanishining barcha holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari, aviakompaniya vakolatxonasi standart xabarlardan foydalangan holda jo‘natish aeroportiga xabar berishlari, aeroport pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga ma’lum qilishi kerak.
Agar pochta shikastlangan bo‘lsa, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uning keyingi tashilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga majburlar.
81. Aviakompaniya pochtaning yo‘qolishi, buzilishi (shikastlanishi) uchun Umumjahon pochta konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining jo‘natuvchilar yoki adresatlar oldidagi javobgarligi miqdorida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari oldida javobgar bo‘ladi.
82. Bundan tashqari, aviakompaniya quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
a) jadvalning o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi yoki jadvalning o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berilmaganligi uchun;
b) havo kemasining qo‘nish punktlarida butun pochta yoki uning bir qismining belgilangan joyga yetkazib berilmaganligi va topshirilmaganligi uchun;
v) kafolatlangan normaning to‘liq yoki bir qismini yoki alohida talabnomalar bo‘yicha kelishilgan va jo‘natish uchun o‘z vaqtida yetkazib berilgan pochta miqdorini jo‘natish uchun qabul qilishning har bir rad qilingan holati uchun, bundan pochta, kuryerlik jo‘natmalarida aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalarining xodimlari tomonidan jo‘natilishi taqiqlangan predmet va buyumlar aniqlangan holatlar mustasno, shuningdek dastlabki uchish, transfer va belgilangan punktlarning davlat organlarining talabi bo‘yicha pochtaning olinganligi uchun;
g) pochtaning havo kemasiga yuklanmaganligiga sabab bo‘lgan, transportning pochtani yuklash uchun kelishilgan muddatlarda pochta aloqasi obyektiga o‘z vaqtida berilmaganligi uchun;
d) pochtaning yo‘qolganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) uchun.
83. Pochta jo‘natmalari (buyumlari) joylanmasining yo‘qolishi, yashirin buzilishi (shikastlanishi), yetishmasligi aviakompaniya aybiga ko‘ra ro‘y berganligi isbotlanmasa, aviakompaniya jo‘natish joyi pochta aloqasi obyektlarining bog‘ichlari, muhrlari, plombalari, tasmalari buzilmagan holda shikastlanmagan o‘rovda yetkazib berilgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, buyumlarining ichki holati va tarkibi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Pochtaning yo‘qolishi, buzilishi (shikastlanishi) aviakompaniya oldini olishga qodir bo‘lmagan holatlar natijasida ro‘y bergan bo‘lsa yoki ularning oldini olish aviakompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlasa, aviakompaniya javobgarlikdan ozod etiladi:
tabiiy hodisalar;
tashiladigan predmetlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
ilova hujjatida pochtaning maxsus sharoitlar yoki ehtiyotkorlik choralarini talab qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatmasdan pochtani tashish uchun topshirish.
84. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
a) bir martalik talabnomalarni o‘z vaqtida taqdim etmaganligi;
b) havo kemasi uchishining har bir kechiktirilgan holati;
v) hujjatlarda ko‘rsatilgan pochta og‘irligining haqiqiy og‘irligiga muvofiq emasligi;
g) aeroport transportining pochta aloqasi obyektida pochtani yuklash yoki tushirish uchun kelishilgan vaqtdan ko‘p turib qolishi.
85. Ushbu Qoidalarning 82 va 84-bandlarida belgilangan buzilishlar uchun jarimaga tortish tartibi va uning miqdori qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
86. Aviakompaniyalar yoki pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga nisbatan shikoyatlar va da’volar qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilangan tartibda shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng ko‘rsatiladi.
87. Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderiga nisbatan da’volar ichki va xalqaro havo liniyalarida hodisalarning boshlanish vaqtidan boshlab olti oy muddatdan kechiktirilmagan holda berilishi mumkin.
Jarimani to‘lash to‘g‘risidagi shikoyatlar 45 kundan kechiktirmasdan berilishi kerak.
88. Shikoyatlar idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari tuzilgan joy bo‘yicha beriladi. Pochta va pochta hujjatlari to‘liq yo‘qolgan yoki yo‘q qilingan hollarda aviakompaniyaga nisbatan shikoyatlar ushbu pochta uchun umumiy yukxat yuborilgan pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan beriladi. Pochta aviahodisalar natijasida yo‘qolganda da’volar hodisa yuz bergan joydagi aeroportga qilinadi.
Shikastlangan holda keltirilgan pochta yuk tashish xizmati agenti tomonidan aloqa xodimiga yuk tashish xizmati agenti va aviakompaniya vakillarining imzolari, nosozlik to‘g‘risidagi tegishli belgi qo‘yilgan depeshalarni topshirish yukxati yoki yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning imzolari qo‘yilgan yukning shikastlanishi, yo‘qolishi to‘g‘risidagi CDR, IRP dalolatnomalari bilan topshirilgan holatda chet el aviakompaniyalari tomonidan xalqaro pochtani tashishdan kelib chiqqan shikoyatlar chet el pochta xizmatiga beriladi.
Xalqaro pochta yukxatdagi belgisiz yoki yukning shikastlanganligi, yo‘qolganligi to‘g‘risidagi dalolatnomasiz topshirilganda da’volar aviakompaniyaga qilinadi.
89. Tashish paytida pochta va hujjatlar yo‘qolgan holda reys yukxatlari, umumiy yukxatlar, jo‘natish joyidagi aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining nusxalari da’vo qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
90. Da’voga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
a) pochta, kuryerlik jo‘natmalari yo‘qolgan, buzilgan (shikastlangan) holda:
idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusxalari;
alohida va umumiy yukxatlar nusxalari, xalqaro pochta uchun — pochta, kuryerlik jo‘natmalari yoki buyumlariga ilova qilingan aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining nusxalari;
pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining foydalanuvchi (foydalanuvchilar) oldidagi moddiy javobgarligi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
b) pochta jo‘natmasining joylanmasi yetishmagan holda:
idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusxalari;
tomonlar vakillari tomonidan ushbu jo‘natmaning joylanmasi tekshirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
har bir pochta, kuryerlik jo‘natmasi bo‘yicha kvitansiya daftarlari yoki shaxsiy kompyuter operatsion kundaligining ko‘chirmalari asosida pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining foydalanuvchilar oldidagi moddiy javobgarligining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
v) jarima sanksiyalari bo‘yicha:
idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusxalari;
jadvalning o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berilmaganlik haqidagi xatning nusxasi.
91. Ushbu Qoidalarning 90-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmasdan taqdim etilgan da’vo uni qaytarish sabablari ko‘rsatilgan ilova qilingan hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda arizachiga qaytariladi. Tegishli hujjatlarsiz taqdim etilgan da’volar da’vo qilish uchun belgilangan muddatni to‘xtatmaydi.
92. Aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi berilgan shikoyatni ko‘rib chiqishga va shikoyat qabul qilingan vaqtdan boshlab uch oy davomida, bevosita aralash transportlarda tashish bo‘yicha yoki bir necha tashuvchilar ishtirok etgandagi shikoyatga nisbatan olti oy davomida va jarimani to‘lash to‘g‘risidagi shikoyat uchun 45 kun ichida shikoyat jo‘natuvchiga uni ko‘rib chiqish natijalari haqida xabar berishlari shart.
Da’vo qisman qondirilgan yoki rad etilgan hollarda aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi o‘zlarining javoblarida ushbu Qoidalarning tegishli bandlariga havola qilgan holda ular tomonidan bunday qaror qabul qilinishining asoslarini ko‘rsatishlari shart.
93. Agar da’vo rad etilsa yoki javob ushbu Qoidalarning 92-bandida belgilangan muddatda olinmasa, manfaatdor tomon javob olingan kundan boshlab bir oy ichida yoki shikoyatga javob qaytarish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudga da’vo qilish huquqiga ega.
94. Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderi ushbu Qoidalar va shartnomalarning buzilish sabablarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘zaro taqdim etishlari shart.
95. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
1 Qizil yorliqlarda: Ustuvor — Ko‘p miqdordagi pochta yoki LC/AO — Ko‘p miqdordagi pochta;
Oq yorliqlarda: Ustuvor yoki LC/AO;
Havo rang yorliqlarda: AO; belgilangan operatorlar “AO” va “M” belgili qoplar”ni o‘chirish uchun katakchalarni qo‘shishlari mumkin.
Binafsha rang yorliqlarda: Ko‘p miqdordagi pochta.
2 Faqat qizil va binafsha rangli yorliqlar uchun.
3 Faqat qizil, oq, ko‘k yoki yashil yorliqlar uchun “SV (Yig‘imlardan ozod qilingan)”, o‘chirish uchun katakchalarsiz.
1 Qizil yorliqlarda: Ustuvor bo‘lmagan — Ko‘p miqdordagi pochta yoki LC/AO — Ko‘p miqdordagi pochta.
Oq yorliqlarda: LC/AO.
Havo rang yorliqlarda: Ustuvor bo‘lmagan yoki AO; belgilangan operatorlar “Ustuvor bo‘lmagan (AO)” va “M” belgili qoplar”ni o‘chirish uchun katakchalarni qo‘shishlari mumkin.
Binafsha rang yorliqlarda: Ko‘p miqdordagi pochta.
2 Faqat qizil va binafsha rang yorliqlar uchun.
3 Faqat qizil, oq, ko‘k yoki yashil yorliqlar uchun; o‘chirish uchun katakchasiz “SV (Yig‘imlardan ozod qilingan)” yashil yorliqlar uchun. | 67 | 49,043 |
Qonunchilik | DAVLAT VA BOJXONA TAShQI SAVDO STATISTIKASI MA’LUMOTLARINI YIG‘ISh VA QAYTA IShLAShNING YAGONA USLUBIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida” va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1998-yil 5-avgustdagi 14-12-05/65, Davlat bojxona qo‘mitasining 1998-yil 7-avgustdagi 34-01/07-2493, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 1998-yil 6-avgustdagi DSP-01/204548-son qarorlari bilan tasdiqlangan va 1998-yil 22-sentabrda O‘zdavstandart bilan kelishilgan “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning yagona uslubiyati to‘g‘risida”gi nizom (1998-yil 11-noyabr, ro‘yxat raqami 530) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash uslubiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2007-yil 31-iyuldagi 27, EG-01/10-4290, 01-02/15-17, 9-son qarori bekor qilinsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 167 | 1,324 |
Qonunchilik | Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziyalar beradi | Prezidentning 17.01.2018 yildagi Mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlarini talab qilingan mahsulot va хom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni bilan noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berish tartibi oʻzgartirilmoqda. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashning murakkab taomillari mamlakatimiz qurilish materiallari ishlab chiqarilishini rivojlantirish va mazkur sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etishga toʻsqinlik qiladi, deyiladi hujjatda. Shu munosabat bilan quyidagi chora-tadbirlar koʻrildi.
Birinchidan, endi litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi. Hukumat komissiyasi-oldingi litsenziyalovchi organ tugatildi.
Ikkinchidan, litsenziya olish uchun buyurtmalar 20 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Uchinchidan, ariza beruvchilar uchun ustav fondining minimal miqdori joriy etilmoqda – buyurtma berilgan paytda EKIHning 500 baravari.
Toʻrtinchidan, noruda foydali qazilmalar konlarini ishlab chiqish uchun yer maydonlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ish loyihasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran 10 kun muddatda ajratiladi.
Bir oy muddatda yangilangan litsenziyalash tartibi ishlab chiqiladi.
Noruda foydali qazilmalar konlaridan foydalanish meхanizmi tanqidiy oʻrganib chiqiladi, shundan keyin qator vakolatli organlar oʻz takliflarini kiritadi. Ular jumladan quyidagilarni nazarda tutishi darkor:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 91 | 1,783 |
Qonunchilik | QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARGA SOLINADIGAN JARIMALARNI UNDIRISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA | “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi qonun buzishlar uchun moliyaviy sanksiyalar to‘g‘risida” 1995-yil 25-noyabrdagi 443-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 46-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Isayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Tartib “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish mexanizmini belgilaydi.
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy tartibda solinadi.
3. Jarimalar jarima solish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab kechi bilan o‘n besh kunda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uni qabul qilingan organ (yuridik shaxs) tomonidan bajarishga kirishiladi.
4. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni tezlik bilan bajarish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lganda uni qabul qilgan mansabdor shaxs, bu haqda tegishli yuridik shaxsni yozma ravishda xabardor qilgan holda, qarorning bajarilishini bir oy muddatgacha uzaytirishi mumkin.
5. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki norozi bo‘linganda shikoyat yoki norozilik qoniqarsiz qoldirilgandan so‘ng u belgilangan tartibda bajarilishi kerak. Bunday hollarda jarima shikoyat va norozilik qoniqarsiz qoldirilganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab kechi bilan o‘n besh kunda to‘lanishi kerak.
6. Jarima yuridik shaxslar tomonidan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi, ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
jarimalarning 60 foizi respublika budjetiga;
30 foizi — mahalliy budjetga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi organlarning moddiy-texnika negizini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga yo‘naltiriladi.
7. Jarima muddatida to‘lanmagan taqdirda u aybdor yuridik shaxslardan jarima solish to‘g‘risidagi qarorga asosan so‘zsiz undirib olinadi. | 122 | 2,780 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda хaritalarni tarqatish uchun ruхsatnoma talab etiladi | Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 yanvardagi 22-son qarori bilan Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq boʻlgan хaritalarni yaratish, maхfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash boʻyicha ruхsat berish tartibotlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagilarga:
Geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi ruхsat berish tartibotlarn belgilandi:
Shuningdek, Nizom bilan foydalanish uchun ochiq boʻlgan хaritalarni yaratishga talablar belgilangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.01.2020 yildan kuchga kirdi. | 66 | 828 |
Qonunchilik | Konsullik hisobida turganlarga хorijiy pasport qanday tartibda beriladi va almashtiriladi | Tegishli Nizom Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun: konsullik roʻyхati - tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan Oʻzbekiston fuqarolarini хorijdagi konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan oʻtkazish.
Konsullik hisobida turgan fuqarolar хorijga chiqish uchun (хorijiy pasport) Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportini olish yoki almashtirish uchun quyidagi idoralarga murojaat qilishlari mumkin:
Ikkinchi va uchinchi holatlarda bu hujjatlar yigʻish punkti tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kunini tashkil etadi, хorijda esa diplomatik pochta joʻnatilishi jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishi uchun konsullik yigʻimi va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobiga yigʻim undiriladi. Yigʻimlarning toʻlangan summasi qaytarilmaydi, ayrim shaхslar yigʻim toʻlashdan ozod etiladi.
Qoʻl barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va koʻzoynak taqib yoki bosh kiyim bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan holatlarda fuqaroga хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish rad etilishi mumkin. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga monelik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda (Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan qoʻyilgan taqiq, sud organlarining qarori yoki buyrugʻi), konsul ariza beruvchini ushbu masalalarni 3 oy mobaynida bartaraf qilish zarurligi toʻgʻrisida хabardor qiladi. 3 oylik muddatdan soʻng hujjatlar takroran topshirilishi va yigʻimlar qaytadan toʻlanishi lozim.
Xorijga chiqish biometrik pasport quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
Xorijga chiqish biometrik pasporti Oʻzbekiston Respublikasining mulkidir va uning egasi Oʻzbekiston Respublikasining himoyasida boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 89 | 1,936 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY TARBIYA-SOG‘LOMLAShTIRISh VA SPORT INShOOTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 104-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1550, 2006-yil 6-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 10-son, 78-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 144 | 873 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “bank hisobvaraqlarini” degan so‘zlar “hisobvaraqlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. 3-banddan “, ssuda” degan so‘z chiqarib tashlansin.
3. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “rezident jismoniy shaxslardan iborat bo‘lgan yuridik shaxsni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 81-banddagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Bank hisobvarag‘ini ochish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mazkur yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lovlar ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim etilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”.
6. 10-bandning ikkinchi xatboshisidan “ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risidagi asosiy hisobvarag‘ini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Banklarda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, mijozlarning hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob elektron shaklda yuritiladi.”.
8. 12, 13, 14, 16 va 28-bandlarning “a” kichik bandlaridan “mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
9. 17-bandning birinchi xatboshisidagi “mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
10. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi. Mazkur ariza elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.”.
11. 19-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
12. 22-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
13. 31-bandda:
“a” kichik bandidan “(2-ilova)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“v” kichik banddagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 44-bandda:
birinchi xatboshidagi “Dalolatnoma bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qo‘yiladi” degan so‘zlar “Dalolatnomaga bank vakolatli xodimlarining imzolari va bank muhri qo‘yiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tasdiqlab, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qo‘yiladi” degan so‘zlar “tasdiqlash uchun bank vakolatli xodimlarining imzolari va bank muhri qo‘yiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 45-banddagi “bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri” degan so‘zlar “bankning vakolatli xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 2 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 3 va 3a-ilovalardagi “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs” degan so‘zlar “Bankning vakolatli xodimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 4-ilovadagi “Bankning bosh buxgalteri yoki uning o‘rinbosari” degan so‘zlar “Bankning vakolatli xodimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 126 | 5,737 |
Qonunchilik | Band boʻlmagan aholi yangi kasblarni egallaydi | Buning uchun DXSh shartlarida kasbga oʻqitish markazlari tashkil etiladi, bu Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 394-son qarorida nazarda tutilgan.
Kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (bundan keyin – Milliy tizim) joriy etiladi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida yirik korхonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaхassislar va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni DXSh shartlari asosida tayyorlash tartibi eksperiment sifatida joriy qilinadi. Buning uchun maхsus Ishchi guruh tuziladi, uning vazifalari:
Oʻrta boʻgʻin mutaхassislarni tayyorlash muddati – 2 yilgacha, ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash muddati – 9 oygacha.
Kasbga oʻqitish markazlari va baholash markazlarini tashkil etishda ishtirok etayotgan investorlarga quyidagi turdagi davlat yordami koʻrsatilishi mumkin:
Markazlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga muvofiq investorlarga berilgan yer uchastkalari va koʻchmas mulkni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishmasdan olib qoʻyish taqiqlanadi.
Mehnat vazirligi huzurida Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi, davlat boshqaruvi organlari huzurida kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari tashkil etiladi. Respublika kengashining asosiy vazifalari:
Tarmoq kengashlarining vazifasi – kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash hamda berish imkonini beradigan aniq mutaхassisliklar (kasblar) boʻyicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish.
Toshkentning Yashnobod tumanida eksperiment tarzida tashkil etilayotgan band boʻlmagan aholiga хizmatlar koʻrsatish boʻyicha «Ishga marhamat» monomarkazi negizida «World Skills» (maqsadi ishchi kasblarning nufuzini oshirish va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻlgan хalqaro notijorat harakati) metodologiyasiga muvofiq DXSh shartlari asosida kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash tizimi joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin. | 46 | 2,098 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida | Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati, xalqimizning bebaho madaniy-ma’naviy merosini saqlash va rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirilsin: | 51 | 561 |
Qonunchilik | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi Agentlikka oʻtkazildi | Prezidentning “Matbuot va aхborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.
Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik deb yuritiladi) OAV, aхborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaachilik, aхborot-kutubхona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi. Ilgari idora davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasidagi vazifalarni hal qilib, aхborot-kutubхona faoliyati bilan shugʻullanmagan edi.
Agentlikning yangi vazifalari:
Agentlikka Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi oʻtkazildi, “Tong yulduzi” va “Klass!” gazetalari hamda “Gulхan” va “Gʻuncha” jurnallari esa Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga toʻliq oʻtkazildi.
Hujjat tashkiliy tusdagi boshqa qoidalarni ham oʻz ichiga oladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 76 | 1,083 |
Qonunchilik | ISPANIYA QIROLLIGI FUQAROLARI UChUN VIZA TARTIBOTLARINI SODDALAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ishbilarmonlik va turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibotlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
ishbilarmonlik maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun bir yil muddatga ko‘p martalik vizalarni, O‘zbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishiga doir talabni bekor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kunida rasmiylashtirsin;
turist sifatida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun 1 oygacha bo‘lgan muddatga ko‘p martalik vizalarni, turistik tashkilotlarning turistik vauchyerlarini taqdim etish zarurligiga doir talabni bekor qilgan holda 2 ish kunida rasmiylashtirsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari o‘z idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 83 | 1,383 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muasssasalariga ijodiy imtihonlar qanday oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasining 27.07.2018 yildagi 588-son qarori bilan Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.11.2017 yildagi PQ-3389-son qaroriga binoan 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’limning 17 yoʻnalishi boʻyicha kirish testlari bekor qilindi (yangilik san’at va sport sohasiga daхl qildi – tahr.). Buning oʻrniga kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Ular abituriyentlarda oʻqish va keyinchalik bakalavriatning tanlangan yoʻnalishi boʻyicha ishlash imkoniyatini aniqlash, ularning fanlar boʻyicha bilimlarini, malakasini, kasbiy koʻnikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashga qaratilgan. Bunda imtihonlar bir nechta fanlar boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.
Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, kasbiy (ijodiy) imtiхonlar boʻyicha qabul yoʻnalishlari har yili Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan yuqori turuvchi tashkilotlar tegishli takliflarni Davlat komissiyasiga kiritadi. Bunga Prezidentning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori (u bilan kvotalar ham tasdiqlanadi – tahr.) qabul qilingandan keyin 2 hafta muddatda ulgurish talab etiladi.
Qabul komissiyasi kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini yetkazishi shart. Imtihonlarning oʻzi 25 iyuldan 10 avgustgacha boʻlgan davrda oʻtkaziladi. Ularni 3 kishidan kam boʻlmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli pedagog хodimlardan shakllantirilgan imtihon komissiyalari oʻtkazadi. Abituriyentlarning har bir guruhiga, qoida tariqasida 2 nafardan kuzatuvchilar biriktiriladi.
Imtihonga ajratiladigan vaqt kirish sinovlari dasturiga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Abituriyentlarni baholash kollegial tartibda amalga oshiriladi (sport va jismoniy tarbiya yoʻnalishlari bundan mustasno). Ya’ni komissiyaning har bir a’zosi mustaqil ravishda baholaydi, shundan keyin oʻrtacha ball chiqariladi.
Bunda toʻplamdagi 3 ta fanning har biri eng yuqori ballning 0 dan 100%gacha boʻlgan diapazonida alohida-alohida baholanadi, u fanning toʻplamdagi joyiga bogʻliq, umumiy eng yuqori ball esa 189,0 ballni tashkil etadi:
Imtihon amaliy ish shaklida oʻtkazilganda kuzatuvchilar ishlarni titul varagʻi yordamida shifrlaydi va ularni tekshirish uchun imtihon komissiyasi raisiga beradi. Ishlarni shifrlash va tekshirish maхsus ajratilgan хonada amalga oshiriladi.
Har bir fan boʻyicha imtihon natijalari 1-3 kun muddatda oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 64 | 2,980 |
Qonunchilik | “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xodimlari va iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro moliyaviy institutlarning moliyaviy ko‘magida 2012—2017-yillarda Toshkent shahrida, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yuridik va jismoniy shaxslarga 1-ilovaga* muvofiq elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlarini o‘rnatgan holda Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihalari amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
iste’molchilar — yuridik va jismoniy shaxslardagi elektr energiyasini hisobga olishning mavjud priborlarini almashtirish va zamonaviy elektron priborlarni va apparat komplekslarini o‘rnatish “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
yuridik shaxslarning belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan mavjud o‘lchov transformatorlarini almashtirish va modernizatsiyalash ularning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublika hududlari bo‘yicha, birinchi navbatda Toshkent shahrida, asbob-uskunalarning, dasturiy komplekslarning, joriy etilayotgan tizimlarning o‘zaro muvofiqligini va uzatilayotgan ma’lumotlarni birxillashtirishni ta’minlovchi yagona texnik talablarni belgilagan holda, Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va moliyalashtirish manbalari yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Belgilab quyilsinki, Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida va elektr ta’minoti korxonalarida, shu jumladan bo‘linish va uchastkalar o‘rtasidagi chegaralarda:
har oy yakunlari bo‘yicha elektr energiyasini berish-qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtiriladi, ular tegishli rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi;
rahbarlar va tegishli mansabdor shaxslar olingan elektr energiyasi qiymatining haqi to‘lanishini ta’minlash yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar.
5. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, elektr energiyasini sotish masalalari uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek tashkilotlar — elektr energiyasi iste’molchilari rahbarlari zimmasiga elektr ta’minoti shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishi, elektr energiyasi uchun belgilangan muddatlarda hisob-kitob qilinishi, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
7. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, boshqa manfaatdor idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda:
35 kV va undan yuqori quvvatli elektr tarmoqlarida hisobga olishning o‘lchov priborlari va tizimlarini tekshirish va sertifikatlash bo‘yicha ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish va ularni jihozlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘rnatilgan o‘lchov transformatorlari va uskunalarini modernizatsiyalash reja-jadvalini bir oy muddatda tasdiqlasin;
ishlarning yakunlari bo‘yicha 2013-yil 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda, moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish dasturi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari va “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda tashkilotlar va aholidan elektr energiyasi uchun to‘lov hisobiga tushadigan pul mablag‘larining real vaqt rejimida hisobga olinishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minotni va zarur texnik vositalarni 2013-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda joriy etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektr ta’minoti shartnomalari tuzmagan va shartnomada nazarda tutilgan majburiy to‘lovni oldindan to‘lamagan”;
b) 2-ilovada:
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga har oyda yetkazib berish ular tomonidan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq navbatdagi oy uchun nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 50 foizi uchun haq avans tariqasida to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
Iste’molchida elektr energiyasi (quvvat) uchun haq to‘lash bo‘yicha, shuningdek jarima sanksiyalari, reaktiv energiya va quvvatlarni qoplash uchun tariflarga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi va penyalar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda ular tomonidan avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi.
Elektr ta’minoti shartnomasida buyurtma berilgan elektr energiyasi hajmi iste’molchining aybi bilan iste’mol qilinmagan taqdirda avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi, lekin elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Elektr energiyasining sifati, shuningdek iste’molchilar tomonidan reaktiv energiya va quvvatlarning iste’moli va generatsiyasi uchun elektr energiyasi uchun tariflarga chegirmalar va ustamalar Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq hisoblanadi”;
20-bandda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) hisob-kitob qilish davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun to‘lovni, solingan jarima sanksiyalarini, penyalarni, qo‘llanilgan ustamalar va qayta hisob-kitoblarni to‘lash uchun hujjatlar paketini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etadi”;
“g” kichik banddagi “5a-ilovaga” so‘zi “6-ilovaga” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “e” kichik band qo‘shilsin:
“e) hisob-kitob davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ushbu davrda qabul qilingan elektr energiyasi hajmi, shu jumladan texnologik xarajatlar amaldagi ko‘rsatkichlarining normativdagidan ortiq bo‘lishi natijasida paydo bo‘lgan tafovutining buxgalteriya hisobini, 7—9-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha hisobotlarni rasmiylashtirgan holda, yuritadi”;
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan birlamchi hujjatlar va aylanma vedomost asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har oyda, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda (bir oy uchun, yil choragi uchun, yil uchun) ortib boruvchi yakun bilan tovar mahsulot va asosiy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar balansini tuzadi (ushbu Nizomga 10-ilova). Tovar mahsulot va asosiy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar balansida har qaysi oyning boshi va oxiridagi aylanmalar (taqdim etish va to‘lash) hamda saldo qoldiqlari aks ettiriladi”;
22-band chiqarib tashlansin;
23-band 22-band deb hisoblansin;
v) 5—7-ilovalar quyidagi mazmundagi 5—10-ilovalar bilan almashtirilsin:
To‘ldirish tartibi:
“to‘langan” ustunlari — bank ko‘chirmalari, avizo va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha pul tushumi;
“hisobdan chiqarilgan” ustunlari — mavjud hujjatlar — sud qarori, korxona bo‘yicha buyruq asosida hisobdan chiqarilgan kVt.soat va summa ko‘rsatiladi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 5-iyundagi 150-son qarorida:
a) 2-band va 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda har yili aniq muddatlarini, moliyalashtirish manbalarini va mas’ul shaxslarni ko‘rsatgan holda, elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari va apparat komplekslarini joriy etishning hududiy hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin”;
v) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 8-bandning oltinchi xatboshidagi “2012” raqamlari “2019” raqamlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi o‘ttizinchi, o‘ttiz birinchi, o‘ttiz ikkinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish priborini ulash sxemasini tekshirish” (tekshirish) — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan ayni bir vaqtda belgilangan namunadagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan, keyinchalik axborot dasturiy kompleksining tegishli reyestriga kiritilgan holda instrumental usul bilan hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi sxemasining to‘g‘riligi, iste’molchining o‘lchov transformatorlari tekshirilishi;
hisobga olishni nazorat qilish priboridagi ko‘rsatkichlarni nazorat tartibida tekshirish (aylanib chiqish) — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan iste’molchilarning hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy sarfi ko‘rsatkichlarini olish, ularning holatini, “O‘zstandart” agentligi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi plombalarining butligini, ulash sxemalarini ko‘zdan kechirish;
qo‘ymaslik — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxslarni iste’molchi tomonidan hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi, o‘lchov transformatorlari sxemalarining to‘g‘riligini tekshirish, shuningdek hisobga olishni nazorat qilish pribori ko‘rsatkichlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yozib olishning cheklanishi”;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Iste’molchi tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga belgilangan shakl bo‘yicha chopar orqali yoki faksimil aloqa yoxud elektron pochta aloqasi orqali taqdim etilgan elektr energiyasi va quvvati sarfi to‘g‘risidagi hisobot ham iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvatining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Elektr energiyasini iste’mol qilishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga qarab iste’molchilarning hisobga olishni nazorat qilish priborlari ko‘rsatkichlarini yozib olish avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki iste’molchining buyurtmasi bo‘yicha amalga oshiriladi”;
v) 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda tarif o‘zgargan taqdirda, iste’molchi elektr energiyasining (aktiv, reaktiv energiya ham shu jumlaga kiradi) va quvvatning avans bilan to‘langan hajmi uchun, biroq to‘lov kunidan boshlab keyingi 12 oydan ortiq bo‘lmagan vaqtda qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi”;
g) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Elektr energiyasi iste’molchilari (aholidan tashqari) 1-sentabrgacha choraklar bo‘yicha bo‘lib ishlagan holda kelgusi yilga elektr energiyasi iste’molining prognozlashtirilayotgan miqdori to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulangan uning bo‘linmasiga buyurtmanoma beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar aholisi tomonidan elektr energiyasi iste’moli prognozini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aholi o‘sishini, uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir maishiy iste’molchi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalari asosida belgilaydi.
Elektroenergetika obyektlarining tarmoq ichki elektr energiyasi iste’moli prognozi (elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘z va ishlab chiqarish ehtiyojlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasini elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha uzatishga elektr energiyasining texnologik sarfi) joriy yilning 1-oktabrigacha umumlashtiriladi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi tarkibiga kiritiladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxona har yili 1-oktabrgacha “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga egalik qilinayotgan quvvat va kelgusi yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish prognozi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi choraklar bo‘yicha bo‘lib chiqqan holda kelgusi yilga elektr energiyasi ehtiyojining prognozini shakllantiradi va joriy yilning 15-oktabrigacha uni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi, shuningdek belgilangan muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq ko‘rib chiqilayotgan yil uchun choraklarga bo‘lgan holda ularning elektr energiyasi yillik resurslarini yetkazadi”;
d) 17-bandda “Ma’muriy kodeksiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 45-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo‘ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o‘tkaziladi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi, plombalanadi va o‘rnatiladi”;
j) 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hisobga olish (tok va kuchlanishni o‘lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yo‘qolishi) iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda hisobga olishni nazorat qilish priborlarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslashidan o‘tkazish va o‘rnatish ular qiymati va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchi tomonidan haq to‘langan holda , hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi”;
z) 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Hisobga olishni nazorat qilish priborlarining, shu jumladan ularga o‘rnatilgan plombalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik ko‘rsatib o‘tilgan hisobga olish priborlari binosida o‘rnatilgan tashkilotga yuklanadi.
Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi xalqalari va aloqa liniyalarining saqlanishi va texnik holati uchun elektr qurilmasi balansida bo‘lgan tashkilot javob beradi.
Shartnoma bo‘yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuvchi iste’molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko‘rgan taqdirda, elektr tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuklanadi, ushbu Qoidalarda belgilangan holatlar bundan mustasno”;
i) 48-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Hisobga olishni nazorat qilish priborlari va o‘lchov transformatorlarini birlamchi qiyoslashdan o‘tkazish ular o‘rnatilgunga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobiga “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hisobga olish priborlarini va o‘lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazish ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati iste’molchi tomonidan to‘langan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobiga amalga oshiriladi.”;
k) 49-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“49. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari o‘zlarida tegishli amal qilish muddati ko‘rsatilgan, o‘zlarining nomi yozilgan guvohnomasi bo‘lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida, priborning ko‘rsatkichlarini yozib olish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari va sxemalarini to‘sqinliksiz borib ko‘rish huquqiga egadirlar”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga olish priborlariga qo‘yilmasligi belgilangan namunadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari, iste’molchi yoki o‘zga jalb etilgan shaxslar tomonidan imzolanadi. O‘zga jalb etilgan shaxslar bo‘lmaganda va iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnomaga iste’molchi tanishganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi va elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi”;
l) 50-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“50. Hisobga olishni nazorat qilish priborlarini va hisobga olishni nazorat qilish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish, xizmatlarga iste’molchilar tomonidan haq to‘langan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hisobga olishni nazorat qilish priborlarini o‘lchov transformatorlarini o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga o‘rnatish va (yoki) almashtirish holatlari aniqlangan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi va ushbu Qoidalarning 63 yoki 120-bandlariga muvofiq qayta hisob-kitob qiladi”;
m) 51-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‘zgartirish yoki uning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ishlar faqat iste’molchining vakili ishtirokida yoki ishlar boshlangunga qadar bajariladigan ishlar to‘g‘risida uning yozma bildirishnomasidan so‘ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin”;
n) 52-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Elektr energiyasining barcha iste’molchilari (maishiy iste’molchilardan tashqari) hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda har oyda, hisob-kitob davri tamom bo‘lgandan keyin besh kun mobaynida, foydalanilgan elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzishlari shart”;
o) 53-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin iste’molchining aybi bilan iste’molchini tegishli bo‘lmagan tarif guruhiga kiritish holati aniqlangan taqdirda shartnoma tuzilgan paytdan boshlab elektr ta’minotining butun davri uchun, biroq da’vo muddatidan ortiq emas, foydalanilgan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilish”;
p) 57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“57. Elektr energiyasi (quvvati) uchun haq to‘lash hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste’molchining o‘zi tomonidan yoziladigan to‘lov hujjatlari bo‘yicha, elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi”;
r) 60-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“60. Hisobga olishni nazorat qilish priborlari ko‘rsatkichlari yozib olinmagan yoki elektr energiyasi va quvvati sarfi to‘g‘risidagi hisobot shartnomada belgilangan muddatda iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasini (shu jumladan aktiv va reaktiv energiyani) va quvvatini iste’mol qilishning shartnomaviy miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davr uchun elektr energiyasi va quvvati iste’mol qilishning o‘rtacha amaldagi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Bunda hisobga olishning nazorat qilish priborlari ko‘rsatkichlari nazorat tartibida yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvati uchun qayta hisob-kitob qilinadi, bu iste’molchi yoki uning vakilining ishtirokida yoxud ishtirokisiz, belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
s) 63-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“63. Iste’molchining (maishiy iste’molchidan tashqari) aybi bilan hisobga olishni nazorat qilish pribori shikastlanishiga (plombasi buzilishiga, oynasining sinishiga va shu kabilarga) yo‘l qo‘yilgan taqdirda hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi sxemasini o‘zgartirish, hisobga olishni nazorat qilish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlarni ulash yoki energiya boshqa usulda o‘g‘irlangan hollarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili belgilangan shakl bo‘yicha qoidani buzish dalolatnomasini tuzadi.
Ushbu dalolatnoma asosida:
hisobga olishni nazorat qilish pribori, o‘lchov transformatorlari ulanishi va hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari elektr qabul qilgichlar ko‘z bilan ko‘rib aniqlanmaydigan yashirin yo‘l bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanishi sxemalari o‘zgargan taqdirda, — hisobga olishning nazorat priborlari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda iste’molchi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi va energiya ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati bo‘yicha hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi:
hisobga olishni nazorat qilish pribori iste’molchining aybi bilan shikastlangan (plombasi buzilishiga yo‘l qo‘yilgan, oynasi singan va shu kabilar) yoki aylanib chiqishda ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadigan energiya boshqa usulda o‘g‘irlangan taqdirda, oxirgi marta aylanib chiqilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda iste’molchi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi va energiya ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati bo‘yicha hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi;
t) 64-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasini qayta hisob-kitob qilish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, ushbu qoidalarda belgilangan tartibda, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud ishtiroksiz amalga oshirilishi mumkin.
Bunda qoida buzish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qaroriga e’tiroz bildirgan iste’molchining arizasi ko‘rib chiqiladi”;
u) 67-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“67. Hisob-kitob davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‘rtasidagi tafovut, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tasdiqlagan me’yorlar doirasida ushbu elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida ularning isrof bo‘lishiga ketgan elektr energiyasi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, hududiy elektr tarmoqlarining davr xarajatlariga o‘tkaziladi va yuridik shaxslarning foyda solig‘ini hisoblashda chegirilmaydi.
f) 71-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“71. Iste’molchining elektr energiyasi (quvvati) uchun, shuningdek jarima sanksiyalari, reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va penya bo‘yicha qarzi bo‘lgan taqdirda uning avans to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi (oldindan haq to‘lash) sifatida hisobga olinmaydi”;
x) 73-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“73. Iste’molchi egallab turgan binosidan uni berish, sotish yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan taqdirda, u bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiyasi uchun ko‘chib ketish kunigacha to‘liq hisob-kitob qilishi shart, shundan so‘ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi obyektga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatadi. Yangi iste’molchini rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
ts) 76-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoki ishtirokisiz, belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “undirilishi” so‘zi “haqi to‘lanishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ch) 84-bandning birinchi xatboshidagi “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
sh) 91-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qabul qilish komissiyasining dalolatnomalariga asosan yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarni o‘z balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar ushbu uylarni elektr tarmog‘iga ulashga ruxsat olish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga har bir uy-joyda o‘rnatilgan Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish priborlari o‘rnatish uchun buyurtmanoma taqdim etishi lozim”;
щ) 93-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“93. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari va ijarachilar (yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar) bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzadi va ularga shaxsiy hisob raqamlari ochadi.
Bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bir necha shirkatlarga bo‘lingan yoki va bino vaqtincha turar joy va noturar joy fondiga tegishli bo‘lmagan taqdirda muayyan uy-joy mulkdoriga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, uyning umumiy ehtiyojlari uchun foydalaniladigan elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatadi”;
e) 94-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxsiy hisob raqamini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish hamda hisobga olish priborlarini ko‘chirish faqat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ilgari elektr tarmog‘iga ulangan turar joy va noturar joy fondi binosiga ko‘chib kirgan yangi egasi 5 kun mobaynida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzishi va shaxsiy hisob raqamini o‘z nomiga rasmiylashtirishi shart. Shaxsiy hisob raqami ko‘rsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa to‘lov to‘lanmaganligi uchun butun javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining yangi egasi zimmasiga yuklanadi.
Uy-joylarning, turar joy va noturar joy fondi binolarining oldi-sotdi shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda shaxsiy hisob raqamini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish faqat elektr energiyasi uchun qarzning yo‘qligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi”;
yu) 99-banddagi “(yuridik shaxslarga)” so‘zlari “yuridik shaxslarga yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ya) 100-banddagi “(yuridik shaxslar)” so‘zlari “yuridik shaxslarga yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ya1) 103-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“103. Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobiga sotib olinadi, o‘rnatiladi va davlat qiyoslashidan o‘tkaziladi.
Elektr tarmog‘iga yangidan ulanadigan uylar va xonadonlarda maishiy iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda elektr energiyasini hisobga olish pribori o‘rnatiladigan joy oldindan aniqlanadi, shuningdek uni o‘rnatish uchun zarur materiallar tayyorlanadi.
Hisobga olish pribori uy-joy yoki xonadon egasining buyurtmanomasiga binoan bir hafta muddatda, uning ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan o‘rnatiladi.
Maishiy iste’molchilarda mavjud bo‘lgan hisobga olish priborlarini (shu jumladan induksiyalarini) almashtirish hamda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini elektron hisobga olish yangi priborlarini o‘rnatish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Zaruriyat bo‘lganda elektr energiyasini nazorat qilish pribori shikastlanishi, ishdan chiqishi, plombalarning buzilishi tufayli uni almashtirish, takroriy almashtirish va maishiy iste’molchilarda elektr energiyasini nazoratga olish priborlari o‘rnatish zarur bo‘lganda hisobga olish priborlari va ularni o‘rnatish bo‘yicha xizmatlar qiymati iste’molchilar tomonidan to‘langanda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida turgan yakka tartibdagi uy-joyda yashovchi maishiy iste’molchi bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv mavjud bo‘lganda elektr energiyasini hisobga olish priborlari, Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari talablariga rioya etish sharti bilan, turar joylarning fasadlariga yoki elektr uzatish liniyalari oporasiga o‘rnatiladi (chiqariladi).
Bunda maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olishning ishlab turgan priborlarini turar joylarning fasadiga va elektr uzatish liniyalari oporasiga chiqarish bo‘yicha montaj ishlari ushbu ishlar uchun to‘lov undirmasdan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish priborlarini turar joylarning fasadiga va elektr uzatish oporasiga chiqarish bo‘yicha elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qayta o‘rnatish uchun zarur materiallar maishiy iste’molchilarning mablag‘lariga sotib olinadi”;
ya2) 106-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste’molchi bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi va unga belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasini beradi, uning bo‘yicha elektr energiyasi uchun haq to‘lanadi. Hisob-kitob daftarchasining har bir varag‘i kvitansiya va bildirishnomadan iborat bo‘lib, ularda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqami muhr bilan tushirilgan bo‘lishi kerak”;
uchinchi xatboshidagi “ko‘rsatkichlar yozib olingandan keyin” so‘zlari “nazorat ko‘rsatkichlari yozib olingandan keyin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ya3) 109-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“109. Hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni yozib olish va to‘lov hujjatlarini amaldagi tarif bo‘ycha yozib berish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili yoki iste’molchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini nazorat tartibida yozib olish bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘lov hujjatlari ko‘chirmasi oldingi davr uchun yoki shartnomaviy miqdor bo‘yicha elektr energiyasining amaldagi sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha energiya bilan ta’minlovchi korxona tomonidan amalga oshiriladi.
To‘lov hujjati (bildirishnoma) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan maishiy iste’molchiga imzo qo‘ydirib topshiriladi, u bo‘lmagan taqdirda esa — u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi voyaga yetgan istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali jo‘natiladi”;
ya4) 111-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“111. Elektr energiyasi uchun haq to‘lash maishiy iste’molchi tomonidan aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda amalga oshiriladi”;
ya5) 114-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“114. To‘lov tegishli tashkilot tomonidan qabul qilib olingan sana to‘lov amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
To‘lov elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan taqdirda pul mablag‘lari iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilgan (tranzaksiya) sana to‘lov amalga oshirilgan vaqt deb hisoblanadi.
To‘lov ish beruvchi tomonidan, o‘z xodimlarining arizalari asosida, ularning ish haqidan chegirib qolish yo‘li bilan amalga oshirilganda har bir iste’molchi uchun pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin pul to‘lagan xodimlarning nomma-nom reyestri hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim etilgan sana to‘lov amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi”;
ya6) 116-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Penyani hisoblash hisobga olishni nazorat qilish pribori ko‘rsatkichlari yozib olingandan va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblardan keyin, shuningdek belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to‘lash hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqamida aks ettirilgan aniqlashtirilgan qarzdorlik (nedoimka) summasidan amalga oshiriladi.
Penyani hisoblab chiqish uchun qarzdorlik paydo bo‘lgan oy aniqlanadi va har bir oylik nedoimka bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya hisoblash ana shu oydan boshlanadi”;
ya7) 118-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda tariflar o‘zgargandan keyin iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif bo‘yicha haq to‘lanadi”;
ya8) 120 va 121-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“120. Maishiy iste’molchida hisobga olishni nazorat qilish priborini ishga tushirish sxemasi o‘zgarganda, u shikastlanganda (iste’molchining aybi bilan) yoki plombalar buzilganda, hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari boshqa elektr qabul qilgichlar ulanganda va amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili qoida buzilishi haqida belgilangan namunada dalolatnoma tuzadi.
Dalolatnoma asosida:
hisobga olishni nazorat qilish pribori, o‘lchov transformatorlari ulanishi va hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari elektr qabul qilgichlar ko‘z bilan ko‘rib aniqlanmaydigan yashirin yo‘l bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanish sxemalari o‘zgargan taqdirda, — hisobga olishning nazorat priborlari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
hisobga olishni nazorat qilish pribori shikastlangan (iste’molchining aybi bilan) yoki mavjud bo‘lmagan, plombalar buzilgan va amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida aylanib chiqishda ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadigan boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda (shu jumladan) hisobga olishni nazorat qilish priboridan boshqa elektr qabul qilishlar ulanganda — oxirgi marta aylanib chiqilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda davr uchun hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi.
Bunda qayta hisob-kitob qilinishi iste’molchini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
121. Qoida buzilgan holda foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini qayta hisob-kitob qilish ushbu Qoidalarning 120-bandiga muvofiq maishiy iste’molchida shtepsel rozetkalari mavjud bo‘lganda (rozetkalar va elektr energiyasi qabul qilgichlar sonidan qat’i nazar) bir sutkada 24 soat 600 Vt quvvatdan foydalanish hisob-kitobidan, 600 Vt dan ortiq quvvatli isitish priborlari yoki boshqa elektr asbob-uskunalari mavjud bo‘lganda esa — maishiy iste’molchi foydalanayotgan elektr energiyasi qabul qilgichlardan bir sutkada 24 soat foydalanish hisob-kitobidan kelib chiqib ularning amaldagi quvvati bo‘yicha yoritish elektr energiyasi qabul qilgichlardan sutkaning yorug‘ bo‘lmagan vaqtida amalda foydalanish hisob-kitobidan kelib chiqib yoritish elektr qabul qilgichlarning quvvati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasining qayta hisob-kitobi, belgilangan tartibda, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan iste’molchining yoki uning vakilining ishtirokida yoxud ishtirokisiz hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
ya9) 122-bandda:
birinchi xatboshidagi “qo‘shma” so‘zi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Iste’molchi imzolashni rad etgan taqdirda qoida buzish dalolatnomasida iste’molchini tanishtirganlik to‘g‘risida belgi qo‘yiladi”;
ya10) 123-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maishiy iste’molchi qoida buzish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun muddatda, belgilangan tartibda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan e’tiroz bildirish huquqiga ega, biroq bu uni qoida buzish dalolatnomasi bo‘yicha yozilgan qo‘shimcha to‘lov hujjatini belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi”;
ya11) 126-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob davri uchun va kelgusi oy uchun elektr energiyasi (quvvati) miqdoriga o‘z vaqtida haq to‘lash”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar qo‘shilsin:
“yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalaridan foydalanish boshlanishidan kamida bir oy oldin (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasining zarur miqdori uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga buyurtmanoma berish;
kelgusi yil uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda elektr energiyasini elektr tarmoqlaridan uzatishda, ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlar turlarining) texnologik jarayoni ishlab chiqarish ehtiyojlariga, ishlab chiqarish binolari va ma’muriy binolarni yoritishga, isitishga, shamollatishga elektr energiya sarfini, shuningdek ushbu elektr tarmoqlariga ulangan subiste’molchilarning ehtiyojini hisobga olish”;
to‘qqizinchi—o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ya12) 128-bandga quyidagi xatboshilar qo‘shilsin:
“har yili iste’molchilarning barcha toifalari buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida elektr energiyasi iste’molining prognoz ko‘rsatkichlarini, shu jumladan aholi iste’molini, o‘z ehtiyojlariga va kelgusi yilda uni uzatishga texnologik sarfni shakllantirish, yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan obyektlar uchun zaxiralarni nazarda tutish va 1-oktabrgacha “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etish;
kelgusi yil uchun elektr energiyasi iste’moli miqdorlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishish”;
ya13) 129-bandda:
birinchi xatboshidagi “to‘xtatib qo‘yishi mumkin” so‘zlari “to‘xtatib qo‘yadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha holatlarda yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga qayta ulash va elektr energiyasini yetkazib berishni tiklash qoida buzishlar bartaraf etilgandan va iste’molchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov amalga oshirilgandan keyin iste’molchining yozma arizasi bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Elektr energiyasi iste’molchilarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) ushbu bandning ikkinchi—to‘rtinchi, oltinchi—sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoida buzish holatlari aniqlangan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rishi va bu haqda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasini xabardor qilishi shart”;
ya14) 130-band quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan hollarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi buning natijasida yetkazilgan zararni qoplashga majbur, iste’molchi esa yetkazilgan real zararni qoplashga majbur”;
ya15) 131-bandga quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“131. Reaktiv energiya va quvvat o‘rnini to‘ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo‘yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan quvvatdan (maksimal aktiv yuklama) foydalanishga ruxsatnoma 50 kVt va undan ortiqni tashkil etadigan sanoat iste’molchilariga va ularga tenglashtirilgan iste’molchilarga, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) temir yo‘l va shahar transportiga, qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga nisbatan amalga oshiriladi.
Reaktiv energiya va quvvat o‘rnini to‘ldirish uchun elektr energiyasi tarifiga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq undiriladi”;
ya16) 132-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“132. Reaktiv energiya va quvvat o‘rnini to‘ldirish uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi hamda tegishli ravishda iste’mol qilingan reaktiv energiyaning 1 kVar.soati uchun to‘lov va (yoki) maksimal reaktiv yuklamaning 1 kVar uchun to‘lov tarzida undiriladi”;
ya17) 133-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Reaktiv energiya va quvvat o‘rni yetarlicha to‘ldirilmasligi hisobiga quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi aniqlanganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, elektr energiyasi va aktiv quvvat isrofgarchiligi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari amalga oshiriladi, shuningdek quvvat koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari belgilangan normativlarga nisbatan pasaytirilganligi uchun iste’molchilardan qo‘shimcha mablag‘lar undiriladi”;
ya18) 138-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bo‘yicha yoki elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan foydalanishga ruxsat berilgan quvvat 50 kVt va undan ortiqni tashkil etadigan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) temir yo‘l va shahar transporti, qishloq xo‘jaligi iste’molchilari bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:”;
oltinchi xatboshidagi “yagona elektr energetikasi tizimining har qaysi bog‘lamasi bo‘yicha” so‘zlari “yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchilar tomonidan majburiy tartibda tuziladigan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin. | 211 | 44,539 |
Qonunchilik | 2018-yil hosili paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib-terib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish, paxta yig‘im-terimida ishtirok etadigan terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta’minlash hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2018-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini terib olishda:
paxta xomashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 400 000 so‘m xizmat haqi to‘lash;
paxta xomashyosining qo‘lda terilgan bir kilogrammi uchun birinchi bosqichda kontraktatsiya shartnomasi majburiyati 60 foizgacha bajarilgunga qadar 650 so‘m, ikkinchi bosqichda — 60 foizdan 80 foizgacha — 850 so‘m, uchinchi bosqichda — 80 foizdan ortganda — 1000 so‘m mehnat haqi to‘lash;
Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon, Kasbi tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida (paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) terimchilarni paxta yig‘im-terimiga qo‘shimcha ravishda jalb etish maqsadida qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta xomashyosi uchun terimchiga qo‘shimcha 150 so‘m ustama hamda oziq-ovqat mahsulotlari uchun 150 so‘m, jami 300 so‘m miqdorida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida (mazkur qaror ilovasida nazarda tutilgan tumanlardan tashqari) qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta xomashyosi uchun terimchiga qo‘shimcha 100 so‘m naqd pulda kunlik ustama to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek, qo‘shimcha to‘langan to‘lovlar qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblarda hisobga olinmasligi;
paxta yig‘im-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlariga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat haqi to‘lash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
otryad rahbarlari terilgan paxta xomashyosi miqdoridan kelib chiqqan holda mehnat haqini oshirib borish asosida rag‘batlantiriladi;
paxta yig‘im-terimida ish kuchi yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda, tumanlar hokimliklari hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining buyurtmalariga asosan tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qo‘shimcha terimchilar ixtiyoriy ravishda jalb etiladi.
3. Mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan tumanlarda yetishtirilgan paxta xomashyosi fermer xo‘jaliklarining o‘z imkoniyatlari bilan (hasharchilarsiz) terib olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan tumanlarda:
tumanlar hokimlari paxta xomashyosining pishib yetilishidan kelib chiqib, fermer xo‘jaliklari hamda tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda qo‘lda terilgan paxta xomashyosi uchun mehnat haqi miqdorini, shu jumladan tabaqalashtirilishini mustaqil belgilaydi;
terimchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobidan (paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) ko‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun qo‘shimcha 100 so‘m ustama sifatida to‘lanadi;
mahalliy budjetlar zaxira jamg‘armalari terilgan paxta xomashyosining har tonnasiga 10 000 so‘mdan respublika budjetidan ko‘paytirib beriladi va ushbu mablag‘lar tuman hokimi tomonidan terimni yuqori saviyada tashkil etishga sarflanadi. Bunda, ushbu mablag‘larning sarflanishiga istisno tariqasida davlat xaridlari tartiblari tatbiq etilmaydi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan miqdordan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosi xarid narxlariga 15 foiz miqdorida ustama to‘lanadi;
2018-yil hosilidan boshlab paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan ushbu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlariga fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanmaydi.
5. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish, yetishtirilgan paxta xomashyosini o‘z vaqtida terib olishni ta’minlash maqsadida paxta tolasining jahon bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqib, o‘zlariga biriktirilgan hududda paxta xomashyosini qo‘lda terib olish uchun mehnat haqini mazkur qarorda belgilangan narxlardan kam bo‘lmagan holda erkin belgilash va kafolatlangan xarid narxlariga ustama to‘lash tavsiya etilsin.
6. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari:
paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, paxta terish mashinalaridan keng ko‘lamda foydalanishni rag‘batlantirish, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning manfaatdorligini oshirish uchun qo‘lda va mashinada terilgan paxta xomashyosining navlari va sinflari bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan narxlarda xarid qilinishini;
mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan topshirilgan paxta xomashyosini qabul qilib olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va elektron tarozilardan foydalangan holda paxta qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi paxta tozalash tashkilotlari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan paxta xomashyosini qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda paxta xomashyosini qabul qilishda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn o‘rtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning adolatli qo‘llanilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish tavsiya qilinsin.
8. Jamg‘arma, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta xomashyosi uchun terimchilarga mehnat haqini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda har kuni to‘lashni tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori talablaridan kelib chiqib, 2018-yil paxta hosilini qisqa muddatda yig‘ib-terib olishni, terimchilar bilan hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2019-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratsin.
10. Jamg‘arma, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari yetkazib berilgan paxta xomashyosi uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan joriy yilning 31-dekabriga qadar to‘liq hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
11. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishiga “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “Agrobank” ATB rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch kun muddatda 2018-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olishni tashkil etish, mavsumda qatnashayotgan terimchilarga mehnat haqi to‘lash hamda ish kuchi yetishmovchiligi mavjud tumanlarga qo‘shimcha terimchilarni jalb qilish va ularga kafolatlangan haq to‘lash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov, Z.T. Mirzayev, A.A. Abduhakimov, N.S. Otajonov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 124 | 9,294 |
Qonunchilik | Qanday tovarlar bojхona ekspertizasidan oʻtkaziladi | Davlat bojхona qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 17 mayda 2787-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojхona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyхati tasdiqlandi.
Roʻyхat TIF TN kodlarini koʻrsatgan holda 51 nomdagi tovarlarni oʻz ichiga oladi.
Belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan idoralarning tovarni TIF TN kodi boʻyicha klassifikatsiyalash uchun zarur koʻrsatkichlar yuzasidan laboratoriya sinov bayonnomasi mavjud boʻlganda bojхona ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy emas.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 23 maydagi 20-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 51 | 1,073 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-678-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari E. Salixov, A. Xamrayev va F. Ashmatovlar tomonidan 2020-yil 27-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-678-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 182 | 770 |
Qonunchilik | 2019 yildan boshlab pensiyani hisoblash uchun ish haqi hisoblanadigan har qanday ish hisobga olinadi | QHTBT portalida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunga pensiyalarni hisoblab chiqarishga oid tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan.
2019 yil 1 yanvardan keyin mehnat faoliyati uchun pensiyani hisoblab chiqarishda sugʻurta badallari hisoblanishi inobatga olinmaydi. Bu Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi PF–5468-son Farmoni qabul qilinishi bilan bogʻliq. Hujjatga muvofiq, 2019 yildan boshlab fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallari bekor qilinadi. Tegishincha, хodimga ish haqi hisoblangan boʻlsa, har qanday ish (1.01.2019 yildan keyin amalga oshiriladigan) ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Bunda хodim 1.01.2019 yildan keyin amalga oshiradigan mehnat faoliyati uchun pensiyani hisoblab chiqarishda sugʻurta badallari asos qilib olinmasligini yana bir bor qayd etib oʻtamiz. 2018 yil oхirigacha ishlangan davr uchun pensiyani hisoblashda, avvalgidek, хodimning sugʻurta badallari hisoblangan daromadlari olinadi.
Ma’lumot uchun. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oхirgi 10 yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 5 yildagi (pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha) ish haqi olinadi.
Eslatib oʻtamiz, pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga Soliq kodeksining 172-moddasida koʻrsatilgan, sugʻurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi. Bular:
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lenara Xikmatova. | 100 | 1,678 |
Qonunchilik | “Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 18-martdagi 66-son “Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2218, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 166-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda)” hamda “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 28-29-son, 234-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Qoidalarda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq gidridlangan moylar ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.”;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.”.
v) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”;
g) 34 — 38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
37. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.”.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “O‘zpaxtasanoateksport” XK bilan kelishilgan. | 143 | 6,147 |
Qonunchilik | Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, narx-navo manipulatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yil 1-sentabrdan boshlab:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi;
elektron onlayn-auksionlar ularda Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi;
elektron onlayn-auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma va lot to‘g‘risidagi ma’lumot elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operatorning veb-portalida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlarida auksion o‘tkazish boshlanishiga 15 kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi;
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish orqali amalga oshiriladi;
dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish tamoyili, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi;
mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi;
davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Byuro huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish;
mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;
mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Byuro Markazning muassisi (mulkdori) hisoblanadi;
Markaz sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operator hisoblanadi;
Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishga haqli;
Markaz faoliyatini moliyalashtirish elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish, elektron raqamli imzo kalitlarini berish xizmatlari uchun tushayotgan mablag‘lar, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, shuningdek, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar:
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Byuro bir oy muddatda:
Markazning Ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlasin.
7. Markaz uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Byuro O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi bilan birgalikda tele- va radiokanallarda, bosma nashrlarda, Internet tarmog‘ida, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror normalarining mazmun-mohiyati elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va uni o‘tkazish natijalariga ko‘ra mol-mulkni realizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda keng yoritilishini tashkil qilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan axborot tizimi;
xabarnoma — internet tarmog‘ida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlariga joylashtiriladigan, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkning kelgusida sotilishi haqidagi axborot;
lot — qarzdorning yoki uchinchi shaxsning elektron onlayn-auksionda sotiladigan mol-mulki yoki mulkiy huquqi;
eng past narx — mol-mulk undan past qiymatda sotilishi mumkin bo‘lmagan lot narxi;
auksion obyekti — elektron onlayn-auksionda sotish uchun qo‘yilgan mol-mulk, shu jumladan, mulkiy huquq;
operator — “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
obyektning baholangan qiymati — elektron onlayn-auksion obyektining baholash haqidagi hisobotda yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymati;
takroriy auksion — narxni tushirib borish uslubida o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksion;
boshlang‘ich narx — mol-mulk elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan dastlabki narx;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi texnik uzilish — ishtirokchilardan biriga elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga elektron onlayn-auksion o‘tkazilishiga xizmat ko‘rsatishning texnik imkoniyatini ta’minlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
auksion ishtirokchisi — elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtma bergan va unda ishtirok etishga qo‘yilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
elektron onlayn-auksion — salohiyatli xaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda, mol-mulk Internet tarmog‘idagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;
3. Quyidagi toifadagi shaxslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga haqli emas:
sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmati, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
sotiladigan mol-mulkni ko‘zdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, operatorning xodimlari;
yer uchastkalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4. Mol-mulk elektron onlayn-auksionda sotish uchun operator tomonidan davlat ijrochisining buyurtmasi bo‘yicha qo‘yiladi.
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.
5. Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishda Byuro hamda uning hududiy bo‘linmalari Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan Reglamentda (keyingi o‘rinlarda Reglament deb yuritiladi) belgilangan tartibda operatorga ko‘maklashadilar va o‘zaro hamkorlik qiladilar.
6. Mol-mulk elektron onlayn-auksionga davlat ijrochisi qabul qiladigan qarorga asosan qo‘yiladi.
Qarzdor va undiruvchini o‘tkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda xabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib mol-mulk elektron onlayn-auksionga qo‘yilmaydi, davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.
7. Mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun davlat ijrochisi Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan shaklda ijro ishi yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Buyurtmaga quyidagi hujjatlar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
ijro hujjatining nusxasi;
mol-mulkni xatlash bayonnomasining yoki mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi qarorning nusxasi;
mol-mulkni baholash haqidagi hisobotning yoki baholash to‘g‘risida davlat ijrochisi qarorining yoxud mol-mulkning baholangan narxi ko‘rsatilgan sud qarorining nusxasi;
reglamentda nazarda tutilgan, mol-mulk turidan kelib chiqib uni tavsiflaydigan hujjatlar.
8. Agar buyurtmaga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron xat bilan davlat ijrochisiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar xatda ko‘rsatiladi.
Davlat ijrochisi bir hafta muddatda operator tomonidan ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani mazkur Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq qaytadan yuboradi
9. Operator belgilangan talablarga javob beradigan buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni o‘tkazish haqidagi xabarnomani o‘zining veb-portaliga joylashtiradi.
Bir vaqtning o‘zida savdoga qo‘yilgan auksion obyekti haqidagi ma’lumot Byuro va uning hududiy boshqarmalari veb-saytiga joylashtiriladi.
10. Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish haqidagi xabarnoma uni o‘tkazish kuniga kamida 15 kalendar kun qolganda operatorning veb-portaliga joylashtirilishi va veb-portalda auksion boshlangunga qadar turishi lozim.
Tegishli lot bo‘yicha elektron onlayn-auksion boshlangandan keyin veb-portalda auksion boshlanganligi haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlanganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.
11. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur:
elektron onlayn-auksionni o‘tkazish sanasi, shu jumladan, uni boshlanish va yakunlash vaqti;
lot raqami va nomlanishi;
elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
auksion obyekti va uning joylashgan joyi (saqlash joyi) haqidagi ma’lumot;
auksion obyektining texnik tavsifi haqida batafsil ma’lumot;
elektron onlayn-auksionni o‘tkazish uslubi (narxni oshirib borish yoki tushirib borish);
auksion obyektining baholangan qiymati;
boshlang‘ich narx;
eng past narx (takroriy auksion o‘tkazilganda);
mol-mulk qiymatidan foiz ko‘rinishida va qatiy summada ifodalangan qadam bahosi;
auksion obyektini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) tartibi;
zakalat pulining mol-mulk qiymatidan foiz ko‘rinishida va qatiy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank hisobvarag‘i rekvizitlari;
Byuro bo‘linmasining nomi, manzili va telefon raqami, mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qo‘yishga asos bo‘lgan qarorni chiqargan davlat ijrochisining familiyasi, ismi va otasining ismi;
davlat ijrochisining qarori bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar.
12. Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab operator davlat ijrochilari bilan o‘zaro hamkorlikda salohiyatli xaridorlarga mol-mulkni oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) imkoniyatini ta’minlaydi.
13. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga xabarnoma va lot bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Shuningdek, operatorning veb-portalida, Byuro va uning hududiy boshqarmalarining veb-saytlarida elektron onlayn-auksion o‘tkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Operator ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda aholini elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
14. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va elektron onlayn-auksionni o‘tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.
Buyurtma qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi.
15. Buyurtmalar elektron ko‘rinishda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
Buyurtma elektron raqamli imzo bilan imzolanadi. Buyurtmada zakalat puli to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Buyurtmachi buyurtmaga zakalat puli to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini ilova qilishi mumkin.
Bunda, to‘lov hujjatining to‘lov maqsadida zakalat puli to‘lanayotgan lot raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bir nechta auksion obyektlari bo‘yicha zakalat pulini to‘lash ularning har biri bo‘yicha alohida to‘lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
16. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
17. Buyurtmachi buyurtma qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani o‘zgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtma chaqirib olingan hollarda operator to‘langan zakalat pulini buyurtma chaqirib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga qaytaradi. Zakalat puli buyurtmachining elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga bergan buyurtmasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga qaytariladi.
Buyurtmachiga qaytarilgan zakalat puli buyurtmachi tomonidan bank hisobraqami rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi sababli yoki boshqa sabablarga ko‘ra operatorning bank hisobraqamiga qayta kelib tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar so‘rovnomasini yuborib, ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi. Mazkur holatda zakalat puli buyurtmachi o‘zining bankdagi hisobraqami rekvizitlarini aniq ko‘rsatib murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay buyurtmachiga qaytariladi.
18. Ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilingandan keyin u quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
buyurtma belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilganligi, shuningdek elektron raqami imzoning buyurtma bergan shaxsga tegishliligi va asli ekanligi (shu jumladan amal qilishi to‘xtatilishi, bekor qilinishi);
zakalat pulining operatorga kelib tushishi, shuningdek zakalat kiritilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjati rekvizitlari, unda yozilgan to‘lov maqsadida ko‘rsatilgan lot raqamining buyurtmada ko‘rsatilgan to‘lov hujjati rekvizitlari va lot raqamiga muvofiqligi.
mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarga mansub bo‘lmagan shaxslar tomonidan buyurtmalar berilishi;
xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtma berish muddati tugaguniga qadar buyurtma berish.
Buyurtma dastur yordamida avtomatik tarzda tekshiriladi, tekshiruv natijasi va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachiga zudlik bilan xabar qilinadi, ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Agar, dastur yordamidagi tekshiruvlar natijalariga ko‘ra buyurtmaning barcha talablarga muvofiqligi, biroq operatorning bankdagi hisobraqamiga zakalat puli kelib tushmaganligi aniqlansa, operator bu haqda buyurtmachini zudlik bilan xabardor qiladi va buyurtma bo‘yicha ikki ish kunidan kechiktirmay yakuniy qaror qabul qilinishi kerakligini ma’lum qiladi.
19. Buyurtma mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelgan taqdirda, operator zudlik bilan buyurtmachiga elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
Auksion ishtirokchilariga ular elektron onlayn-auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
20. Buyurtma mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, operator zudlik bilan (buyurtma berilgan paytda zakalat puli operatorning bankdagi hisobraqamiga kelib tushmagan hollarda ikki ish kuni davomida) buyurtmachining elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmasini rad etadi va bu haqda unga elektron xat bilan bildirishnoma yuboradi.
Bunda, buyurtmachi xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtma qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
21. Operator buyurtmalar va unga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini ta’minlaydi.
Buyurtmalarni qabul qilish davrida, shuningdek, elektron onlayn auksionni o‘tkazish davomida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlarni) aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Operatorning veb-portalida elektron onlayn-auksion xabarnomada ko‘rsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
23. Elektron onlayn-auksion unda ishtirok etishga qo‘yilgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
24. Elektron onlayn-auksion ish kuni davomida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar o‘tkaziladi.
25. Auksion obyektining baholangan qiymatining 70 foiziga teng narx boshlang‘ich narx etib, davlat foydasiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha qo‘yilgan mol-mulk sotishda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlar qaroriga muvofiq baholangan qiymatining 50 foizigacha teng narx boshlang‘ich narx etib belgilanadi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulklarni sotishda u baholangan qiymatiga teng narx boshlang‘ich narx etib belgilanadi.
26. Auksion qadami:
birinchi to‘rtta qadamda — auksion obyekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida;
beshinchi va undan keyingi qadamlarda — auksion obyekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
Baholangan qiymati xabarnoma joylashtirish paytida bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
27. Elektron onlayn-auksion auksion ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
28. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
29. Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, elektron onlayn-auksion auksion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
30. Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqti yakunlangunga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21-00 soatga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha taklifni soat 21-00 ga qadar oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
31. Elektron onlayn-auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida sodir bo‘lgan texnik uzilish hollarida, auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilarini majburiy xabardor qilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
32. Elektron onlayn-auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
auksion g‘olibining hamda oxirgidan oldin taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi yoki nomi.
33. Elektron onlayn-auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun bironta auksion ishtirokchisi qo‘yilmagan bo‘lsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
auksionda ishtirok etishga faqat bir nafar ishtirokchi qo‘yilgan bo‘lib, u auksion obyektini mazkur Nizomning 36-bandida belgilangan tartibda sotib olishdan bosh tortgan bo‘lsa;
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri mol-mulkni auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
agar auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgunga qadar operatorga auksion g‘olibi mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga mansubligi ma’lum bo‘lib qolsa;
mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda mol-mulkni sotib olish taklif etilgan auksion g‘olibi va oxiridan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan mol-mulk bahosi belgilangan muddatda to‘liq to‘lanmasa.
34. Elektron onlayn-auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, bu haqdagi ma’lumot o‘tkazilmagan deb topish sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
35. Agar mazkur Nizomning 33-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazilmagan deb topilganligi sababli mol-mulk realizatsiya qilinmagan hollarda mol-mulk mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy auksionga qo‘yiladi.
Agar mazkur Nizomning 33-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazilmagan deb topilganligi sababli mol-mulk realizatsiya qilinmagan hollarda mol-mulk mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan auksionga qaytadan qo‘yiladi.
36. Agar buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi vaqtiga qadar buyurtma faqat bir nafar ishtirokchi tomonidan berilgan bo‘lsa, elektron onlayn-auksionni o‘tkazish kuni operator ushbu ishtirokchiga auksion obyektining baholangan qiymatini besh ish kuni ichida to‘lagan holda sotib olish haqidagi taklifni elektron xat bilan yuboradi.
Agar ishtirokchi mol-mulk qiymatini besh ish kuni davomida to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 50-51-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida mol-mulkni sotib olish istagi yo‘qligi haqida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida mol-mulk bahosini to‘liq to‘lamasa, u auksion obyektini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
37. Mol-mulk takroriy auksionga elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n ikki ish kunidan kechiktirmasdan qo‘yiladi. Takroriy auksion xabarnomada ko‘rsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
38. Takroriy auksion unda ishtirok etishga qo‘yilgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
39. Takroriy auksion ish kuni davomida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar o‘tkaziladi.
40. Auksion obyektining baholangan qiymati boshlang‘ich narx etib belgilanadi.
Eng past narx auksion obyekti baholangan qiymatining 80 foizi miqdorida, mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk hisoblangan auksion obyekti bo‘yicha esa — auksion obyekti baholangan qiymatining 90 foizi miqdorida belgilanadi.
41. Auksion qadami auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
42. Takroriy auksion lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni auksion ishtirokchilaridan so‘rashdan boshlanadi.
43. Agar lot narxi bir qadamga tushirilgandan keyin yigirma daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri lotni tushirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlamasa, lot narxi belgilangan qadamga yana tushiriladi, taklifni tasdiqlash uchun vaqt esa keyingi yigirma daqiqaga uzaytiriladi. Bunda, boshlang‘ich narx belgilangan qadamga ishtirokchilardan biri lot narxi to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlaguniga qadar eng past narxgacha tushirib boriladi.
44. Agar ishtirokchilarning biri taklif qilingan lot narxini tasdiqlasa, auksionning qolgan ishtirokchilariga uning boshlang‘ich narxidan 2 foizga oshirilgan lot narxini tasdiqlash taklif etiladi. Bunda lot narxi haqidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti o‘n daqiqaga uzaytiriladi.
Oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqa mobaynida ishtirokchilardan birontasi tomonidan keyingi taklif tasdiqlanmasa, auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma avtomatik tarzda shakllantirilib elektron onlayn-auksion tugatiladi. Lot narxi to‘g‘risidagi taklifni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb tan olinadi.
Agar ishtirokchi tomonidan elektron onlayn-auksion o‘tkazilish vaqti tugashiga o‘n daqiqadan kam qolganda lot narxini boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida oshirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlansa, auksion o‘tkazilish muddati oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Lot narxini boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida oshirish to‘g‘risidagi har bir keyingi taklif elektron onlayn-auksion o‘tkazilish vaqtini o‘n daqiqaga uzaytiradi. Bunda elektron onlayn-auksion o‘tkazilish vaqti 3 soatdan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi va auksion soat 21-00 gacha tugallanishi kerak. Lot narxi to‘g‘risidagi taklifni soat 21-00 ga qadar oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb tan olinadi.
45. Takroriy auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlang‘ich narxi;
auksion natijalari bo‘yicha lotning realizatsiya qilingan bahosi, auksion davomida lot narxini oshirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlangan taqdirda — oxirgi va undan oldingi stavkalar (auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan oxirgi va undan oldingi qadamlar hisobga olingan narx);
auksion g‘olibining familiyasi, ismi va sharifi yoki nomi, auksion davomida lot narxini oshirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlangan taqdirda — oxirgidan oldingi stavkani qilgan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomlanishi.
46. Takroriy auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
bironta auksion ishtirokchisi elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun qo‘yilmagan bo‘lsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan bo‘lsa;
auksionda ishtirok etish uchun faqat bitta ishtirokchi qo‘yilgan va u ushbu Nizomning 481-bandida nazarda tutilgan tartibda auksion obyektini qo‘lga kiritishni rad etgan bo‘lsa;
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri mol-mulkni auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
agar auksion g‘olibi mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga mansubligi auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgunga qadar operatorga ma’lum bo‘lib qolsa;
auksion g‘olibi hamda oxirgidan oldingi stavkani qo‘ygan va unga mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda mol-mulkni sotib olish taklif etilgan ishtirokchi tomonidan belgilangan muddatda mol-mulk qiymati to‘liq to‘lanmasa.
47. Takroriy auksion o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qo‘yish haqida buyurtma bergan davlat ijrochisini bu haqda elektron xat bilan xabardor qiladi hamda mol-mulkni auksion savdosidan oladi, mazkur Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
48. Davlat daromadiga (Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni realizatsiya qilishda, shuningdek, mazkur Nizomning 46-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra takroriy auksion o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, mol-mulk mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy auksionga qaytadan qo‘yiladi.
Bunda, baholangan qiymatning 50 foiziga yetguniga qadar har bir qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionda eng past narx 5 foizga kamaytiriladi, mazkur Nizomning 46-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb topilishi munosabati bilan qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionlar bundan mustasno.
481. Agar buyurtmanoma berish vaqti yakunlangan paytga kelib faqat bir ishtirokchi tomonidan buyurtmanoma berilgan bo‘lsa, operator takroriy auksion o‘tkazilishi kunida ushbu ishtirokchiga auksion obyektining boshlang‘ich narxdan bitta kadamga tushirilgan narxdagi qiymatini besh ish kuni ichida to‘lagan holda sotib olish haqidagi taklifni elektron xat bilan yuboradi.
Agar ishtirokchi mol-mulkning boshlang‘ich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxdagi qiymatini besh ish kuni davomida to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 50-51-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida mol-mulkni sotib olish istagi yo‘qligi haqida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida mol-mulkning boshlang‘ich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxdagi qiymatini to‘liq to‘lamasa, u auksion obyektini olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
49. Auksion g‘olibi elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay auksionda sotilgan mol-mulkning qiymatini to‘liq to‘lashi va pul mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini operatorga jo‘natishi lozim.
Bunda, ushbu lot bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli mol-mulkning qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
50. G‘olib tomonidan auksion obyekti qiymati to‘liq to‘langandan so‘ng operator bir ish kunidan kechiktirmasdan:
elektron onlayn-auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar haqini ushlab qolgan holda mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni Byuro bo‘linmasining davlat ijrochisi buyurtmasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi;
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni asosiy muhr bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibiga topshiradi (yoki auksion g‘olibining roziligiga ko‘ra pochta jo‘natmasi bilan yuboradi). Bayonnomaning bir nusxasi elektron onlayn-auksion natijalari haqida xabardor qilgan holda, belgilangan tartibda davlat ijrochisiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi operatorda qoladi.
51. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
elektron onlayn-auksionni o‘tkazish sanasi to‘g‘risida;
mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qo‘yishga asos bo‘lgan ijro hujjati va davlat ijrochisining qarori to‘g‘risida;
auksion g‘olibi va auksionning boshqa ishtirokchilari to‘g‘risida;
auksion obyekti to‘g‘risida, shu jumladan, uni tavsiflovchi ma’lumotlar (ko‘chmas mol-mulkning umumiy va foydali maydoni, mulkiy huquq muddati va u bo‘yicha majburiyatlar, avtotransport vositasining davlat ro‘yxat raqami, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel, shassi va kuzov raqamlari va boshqa tavsiflar);
mulk huquqi va boshqa mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa shartlar to‘g‘risida.
52. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mol-mulkni taqiqdan yechish, uni auksion g‘olibiga topshirish, shuningdek, g‘olib nomiga mulkni, mulk huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi.
53. Agar elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra auksion g‘olibi besh ish kuni ichida auksionda sotilgan mol-mulk qiymatini to‘liq to‘lamasa va to‘lov faktini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasini taqdim etmasa, operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisiga elektron xat yuborib, mol-mulkning u tomonidan tasdiqlangan narxdagi qiymatini besh ish kuni ichida to‘lashni taklif qiladi.
Auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtirish vaqtida operatorga auksion g‘olibi mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga mansubligi ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisiga shu mazmundagi xat yuboriladi.
Agar oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida mol-mulk qiymatini to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 50-51-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida mol-mulkni sotib olish istagi yo‘qligi to‘g‘risida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida mol-mulk qiymatini to‘liq to‘lamasa, u auksion obyektini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
54. Auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb topilganidan so‘ng zakalat puli quyidagi tarzda qaytariladi, mazkur Nizomning 55 va 56-bandlarida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno:
oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab 12 ish kuni ichida;
narxni oshirib borish usulida o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksionga ishtirok etishga qo‘yilgan yagona ishtirokchiga — xabarnomada ko‘rsatilgan auksion o‘tkazish kunidan boshlab 6 ish kuni ichida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida.
Bunda, zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot bo‘yicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvarag‘ida qoldirilishi mumkin.
55. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 36, 481, 49 va 53-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lagan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va mol-mulk qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
56. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 49 va 53-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
57. Ijro ishi yuritish to‘xtatilganda, agar ijro harakatlarini to‘xtatish haqidagi davlat ijrochisining bildirishnomasi yoki sud qarori yoxud ijro hujjatini bergan boshqa organning qarori operatorga elektron onlayn-auksion o‘tkazish boshlangunga qadar yoki u o‘tkazilmagan deb topilgandan so‘ng kelib tushgan taqdirda elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari to‘xtatilishi mumkin.
Bunday holatda auksionni bekor qilinganligi haqidagi ma’lumot uni bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Bunda, auksion ishtirokchisining arizasiga asosan zakalat puli buyurtma berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida unga qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tiklanganda, operator ijro ishi yuritishni tiklash to‘g‘risida davlat ijrochisi yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsning bildirishnomasi yoki qarorini olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni (shu jumladan, takroriy auksionni) o‘tkazish haqidagi xabarnomada tegishli axborotni joylashtiradi.
58. Ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan qaror bekor bo‘lganda, ijro ishi yuritish boshqa asoslar bo‘yicha tugatilgan yoki tamomlanganda, agar tegishli bildirishnoma operatorga elektron onlayn-auksion o‘tkazish boshlangunga qadar yoki uning o‘tkazilmagan deb topilgandan so‘ng kelib tushgan taqdirda, elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartibot-taomillari mol-mulkni auksion savdosidan olgan holda to‘xtatiladi.
Bunday holatda auksion bekor qilinganligi va mol-mulk auksion savdolaridan olinganligi haqidagi ma’lumot bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Zakalat puli auksion bekor qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida auksion ishtirokchilariga qaytariladi.
59. Ijro ishi yuritishni to‘xtatish yoki tiklash, shuningdek, ijro ishi yuritishni tamomlash yoki tugatish haqida davlat ijrochisi tomonidan operatorni xabardor qilish tartibi reglamentda belgilanadi.
60. Auksionni o‘tkazish paytida ijro ishi yuritishni to‘xtatish, tugatish va tamomlash haqidagi bildirishnoma operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va auksion obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va nizolar sud tomonidan auksion g‘olibining qonuniy manfaatlarini hamda elektron onlayn-auksionda oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar. | 164 | 39,838 |
Qonunchilik | Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yong‘in xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yong‘in xavfsizligi talablari;
yong‘in kelib chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablari;
ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obyektlar hamda ma’muriy binolar uchun yong‘in xavfsizligi talablari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin;
aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari orasida muntazam ravishda yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va tushuntirish yuzasidan tizimli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Yong‘in xavfsizligi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy yong‘in xavfsizligi talablarini belgilaydi.
Qoidalar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar), ularning xodimlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar uchun majburiydir.
2. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda ushbu Qoidalar bilan birga “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilish lozim.
3. Yong‘in xavfsizligi sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda idoraviy hujjatlar talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablardan past bo‘lmasligi kerak.
4. Ushbu Qoidalar:
o‘rmon xo‘jaligi hududlarida;
kon qazilma va shaxta inshootlarida;
portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;
sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;
havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transporti hamda elektr transportida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilamaydi.
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan, ular uchun yong‘in xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk;
olovli ishlar — uchqun hosil bo‘lishi, ochiq alangadan foydalanish bilan bog‘liq ishlar (elektr payvandlash, gaz payvandlash, yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kesish, kavsharlash lampalaridan foydalanish, bitum eritish va uchqun chiqarish bilan bog‘liq boshqa ishlar);
texnologik jarayon — modda va mahsulotlarning xususiyatini va (yoki) holatini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi;
odamlar ommaviy bo‘ladigan obyekt — bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ko‘p odamlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan xona, bino, inshoot (turar joylar bundan mustasno);
yong‘inga qarshi oraliq — yong‘in tarqalishining oldini olish uchun binolar va (yoki) inshootlar oralig‘idagi belgilangan masofa;
yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari — yong‘inni avtomatik tarzda aniqlash va o‘chirish, tutunni chiqarish, xabar berish, yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlari, shuningdek, odamlarni va moddiy boyliklarni yong‘indan himoya qilish uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalar.
6. Tashkilot rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar hamda ushbu Qoidalarning talablariga har bir obyektda rioya etilishini va bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
b) tarkibiy tuzilmalar nizomlarida va obyekt xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni nazarda tutish;
v) obyekt bo‘yicha buyruq bilan:
obyektning texnologik uskunalarini, shamollatish va isitish tizimlari, yashindan himoya qiluvchi va erga ulash moslamalarini, aloqa va xabar berish vositalarini, yong‘inga qarshi texnik himoya vositalarini soz holda saqlash va foydalanish uchun hamda tashkilotning obyektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash;
har bir obyekt uchun uning yong‘in xavfliligiga ko‘ra yong‘inga qarshi rejimini belgilaydigan yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomalari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlash;
olovli va boshqa yong‘in xavfi mavjud ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va vaqtini belgilash hamda ular bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
obyektning xodimlari o‘rtasida yong‘in sodir bo‘lgan vaqtdagi majburiyatlarini taqsimlash;
g) tegishli yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish orqali xodimlarni yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘rgatishni va ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq yong‘in-texnik minimum bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish;
d) yong‘in sodir bo‘lganda uning sababini, sodir etilishi va rivojlanishi (tarqalishi) sharoitlarini, yong‘in kelib chiqishida va yong‘in xavfsizligi talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rish;
e) ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq yong‘in xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi haqidagi ma’lumotlardan iborat axborot stendlarini tashkil etish, shuningdek, ular o‘z vaqtida yangilanishini ta’minlash.
7. O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlarda, yirik ijtimoiy-madaniy obyektlarda, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiritilgan, portlash-yong‘in xavfi muhitini paydo qilishga qodir bo‘lgan moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlov beriladigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan obyektlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida yong‘in-texnik komissiyasi tuzilishi hamda ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq obyektning yong‘in xavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi kerak.
8. Yong‘inda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, yong‘inlarni samarali o‘chirish, shuningdek, yong‘inga qarshi himoya vositalari joylashgan joylarni belgilash maqsadida bir vaqtning o‘zida qavatida 10 nafardan ortiq odamlar bo‘ladigan bino va inshootlarning (turar joylardan tashqari) yo‘laklari va evakuatsiya yo‘llarining ko‘rinadigan joylarida quyidagilar:
ushbu Qoidalarga 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan yong‘in vaqtida binoni tark etish evakuatsiya rejasi (sxemasi) o‘rnatilgan bo‘lishi;
davlat standarti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yong‘in xavfsizligi belgilari joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
9. Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
a) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, normativ hujjatlarda, davlat yong‘in nazoratining hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilishga;
b) gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan hamda yong‘in xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga;
v) yong‘inni sezib qolganda zudlik bilan bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga xabar berishga hamda odamlarni, mol-mulkni evakuatsiya qilish va yong‘inni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rishga.
10. Obyektlar ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq soz holatdagi yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari va boshqa yong‘in texnikasi, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
11. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar eshiklarining (darvozalarining) tashqi tarafiga, shuningdek, tashqi qurilmalarning hududiga ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarning hamda zonalar sinfining belgisi o‘rnatilishi kerak.
12. Portlab yonish va yong‘in xavfliligi bo‘yicha “A” va “B” toifalariga mansub xonalarning eshiklariga qo‘shimcha ravishda ushbu Qoidalarga 8-ilovaga muvofiq yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining ma’lumot kartasi o‘rnatilishi kerak.
13. Har bir fuqaro yong‘inni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:
a) zudlik bilan “101” telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — FVV) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir bo‘lgan manzil, yong‘in chiqqan joy va o‘zining familiyasini aytish);
b) odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish;
v) imkon qadar mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish.
14. Yong‘in joyga yetib kelgan tashkilot rahbari (mansabdor shaxs):
a) odamlar hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda, ularni mavjud kuch va vositalar yordamida qutqarish choralarini ko‘rishga;
b) zarur bo‘lganda elektr energiyasini (yong‘inga qarshi himoya tizimidan tashqari) o‘chirish, yuklarni tashishga mo‘ljallangan moslamalar, agregatlar, apparatlarning ish faoliyatini to‘xtatish, xomashyo, gaz, bug‘ va suv kommunikatsiyalarini yopib qo‘yish, avariya ro‘y bergan va unga tutash xonalarning shamollatish tizimi ishini to‘xtatish, xonalar tutun bilan qoplanishi va yong‘in tarqalishining oldini olishga imkon beradigan boshqa choralarni ko‘rishga;
v) yong‘inni o‘chirishga qaratilgan ishlardan tashqari binodagi barcha ishlarni to‘xtatishga (agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bo‘yicha mumkin bo‘lsa);
g) yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan xodimlardan tashqari barcha xodimlarni xavfli hudud tashqarisiga chiqarishga;
d) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgunga qadar (obyektning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda) yong‘inni o‘chirishda umumiy rahbarlik qilishga;
e) yong‘inni o‘chirishda ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizlik talablariga rioya qilishlarini ta’minlashga;
j) yong‘in o‘chirish bilan bir vaqtda odamlarni evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni himoya qilishni tashkil etishga;
z) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini kutib olishni va yong‘in sodir bo‘lgan joyga qisqa yo‘l bilan olib borishni tashkil etishga majbur.
15. Tashkilot (obyekt) rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yong‘inga yetib kelishi bilan yong‘inni o‘chirish rahbariga yong‘in joyi haqida, xonalarda odamlarning mavjudligi, yordamga muhtojlar hamda yong‘inni o‘chirishga jalb etilganlar, saqlanayotgan va ishlatilayotgan moddalar, materiallar, mahsulotlarning miqdori va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot berishi kerak.
16. Tashkilot (obyekt) rahbari (mansabdor shaxsi) yong‘inni o‘chirish shtabi tarkibiga kiritilganda:
a) yong‘inni o‘chirish rahbari tomonidan berilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlashga;
b) obyektning xususiyatlari, tutash bino va inshootlar haqida yong‘inni o‘chirish rahbariga ma’lumot taqdim etishga;
v) yong‘inni o‘chirish rahbari tomonidan berilgan vazifalar bajarilishida obyekt xodimlarining harakatlarini muvofiqlashtirishga majbur.
17. Aholi yashash punktlari va tashkilotlarning hududlari hamda tashkilotlarga, turar joylarga, dala hovlilarga va boshqa qurilmalarga tutash qismlari o‘z vaqtida yonuvchi chiqindilar, axlatlar, qadoqlar, xazonlar, quruq o‘tlar va boshqa yonuvchi buyumlardan tozalanishi kerak.
Yonuvchi chiqindilar, axlatlar va shu kabi boshqa buyumlarni maxsus ajratilgan maydonlardagi yonmaydigan materialdan ishlangan konteynerlarga yoki qutilarga yig‘ish va keyinchalik hududdan olib ketish lozim.
18. Bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida turli buyumlarni, asbob-uskunalarni, qadoqlarni va transport vositalarini saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.
19. Hudud va xonalarning joylashtirilishi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi, ularning orasidagi yong‘inga qarshi masofalar, xonalardan chiqish eshiklari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi va yong‘in xavfsizligi ta’minlangan holatda saqlanishi kerak.
20. Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv ta’minoti manbalariga, statsionar o‘t o‘chirish narvonlariga va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yo‘llarni, tor ko‘chalarni va o‘tish joylarini to‘sib va yopib qo‘yish taqiqlanadi.
Yo‘llar va tor ko‘chalar qishda qordan va muzlardan tozalanishi kerak.
21. Yo‘llar va tor ko‘chalarni ta’mirlash uchun yopilishi yoki yong‘in o‘chirish avtomobillarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablar haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga darhol xabar berilishi hamda ushbu joylarga to‘sib qo‘yilgan yo‘l qismini eng yaqin aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatilishi yoki yo‘lning ta’mirlanayotgan qismidan o‘tish imkoni yaratilishi kerak.
22. Vaqtinchalik qurilmalar, do‘konlar, kiosklar va shu kabilarni boshqa bino va inshootlardan kamida 15 m masofada (agarda boshqa normalar bilan kattaroq yong‘inga qarshi oraliq masofa talab etilmasa) yoki yong‘inga qarshi devorlar oldiga joylashtirish lozim.
Sanoat korxonalarining hududida (qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hududlardan tashqari) vaqtinchalik yonuvchan bino va inshootlarni, shu jumladan, vagon va konteynerlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.
23. Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan va “Chekish joyi” belgisi o‘rnatilgan joylardan tashqari, chekish taqiqlanadi.
24. Yoqib yuborish yo‘li bilan zararsizlantirishga ruxsat etilgan chiqindilarni yoqish muassasa xodimlarining nazorati ostida va shamolsiz ob-havoda maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
25. Yong‘inga qarshi suv manbalarini, tashqi yong‘in narvonlarini, bino va inshootlarga kirish joylarini tezda topish uchun tashkilotlar hududi yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
26. Turar joylar, dala hovlilar va tashkilotlarning hududidagi ochiq maydonlarda ichida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan idishlarni hamda siqilgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni qoldirish taqiqlanadi.
27. Ishlab chiqarish korxonalari, shifoxonalar, sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalarining hududiga kirish joylarida mavjud va qurilayotgan bino va inshootlar, hududga kirish joylari, hudud ichidagi yo‘llar va yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilishi kerak. Sxemalar quyosh nuriga, qor va yomg‘irga chidamli materiallardan ishlanishi lozim. Darvozalar, shlagbaumlar va hududga kirishni cheklaydigan boshqa qurilmalar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lsa, ularni qo‘lda ochish imkoni bo‘lishi kerak.
28. Obyektlar (yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardan tashqari), dala hovlilar va turar joylar hududida quyidagilar bajarilgan taqdirda ovqat tayyorlash uchun maxsus moslamalar joylashtirilishi mumkin:
a) yonish maydoncha tashqarisiga tarqalishining oldini olish choralari ko‘rilganda;
b) yonish jarayoni doimiy nazoratga olinib, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari (o‘t o‘chirgich, suv bilan to‘ldirilgan sig‘im, belkurak va boshqalar) bilan ta’minlanganda. Ovqat tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng, yonayotgan va cho‘g‘lanayotgan materiallar to‘liq o‘chirilishi kerak.
29. Tandirlarni joylashtirishda ushbu hududda shamol esishining asosiy yo‘nalishi hisobga olinishi hamda tandir xo‘jalik qurilmalari va turar joyga nisbatan shamol esadigan tomonga qaratib o‘rnatilishi lozim.
30. Obyektlar, ushbu Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari va yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
31. Binolar, inshootlar va xonalardan, asbob-uskunalardan, jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda foydalanish kerak.
Belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihasiz konstruktiv, hajmiy-loyihaviy va muhandislik-texnik yechimlarga o‘zgartirish kiritilishi taqiqlanadi.
32. Binolar, inshootlar va xonalardagi yong‘inga qarshi tizimlar va qurilmalar (tutunga qarshi himoya, yong‘in avtomatikasi vositalari, yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlari, yong‘inga qarshi eshiklar, parda va klapanlar, tutun chiqarish lyuklari, yong‘inga qarshi devor va shiftlardagi boshqa himoya moslamalari va shu kabilar) doimo soz va ishchi holatda bo‘lishi kerak.
33. Eshiklarning o‘zini yopadigan moslamalari doimo soz holatda bo‘lishi zarur, tutunga qarshi va yong‘inga chidamli eshiklarning oson ochilishiga yoki yopilishiga to‘sqinlik qiluvchi biron-bir moslama o‘rnatish mumkin emas.
34. Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustunlarning (tirgaklarning) olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash xususiyatlarini yo‘qotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar, maxsus bo‘yoqlar, lok va shu kabilar) buzilishi holatlari darhol bartaraf etilishi kerak.
Me’yor talablari asosida ishlov berilgan (shimdirilgan) yog‘och konstruksiyalari, dekoratsiya va matolar olovdan himoyalash tarkibining ta’sir muddati tugagan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, ularga takroran ishlov berilishi (shimdirilishi) lozim.
Olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgan (shimdirilgan) konstruksiya va materiallarning holati yiliga kamida 2-marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi.
35. Har xil muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, yong‘inga qarshi devor, orayopmalar va to‘suvchi konstruksiyalar bilan kesishgan joyda hosil bo‘lgan teshik va tuynuklar qurilishda ishlatiladigan qorishmalar yoki yonmaydigan materiallar bilan suvab (berkitib) tashlanishi kerak, bunda tutun va gazni o‘tkazmasligi hamda talab darajasida olovga bardoshlilik chegarasi ta’minlanishi kerak.
36. Xonalarni qayta loyihalashtirishda, ularning funksional vazifasi o‘zgartirilganda yoki yangi texnologik uskunalar o‘rnatilayotganda amaldagi qurilish va texnologik loyihalash normalarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish kerak.
Xonalar ijaraga berilganda ijaraga oluvchilar tomonidan ushbu turdagi bino uchun yong‘inga qarshi rejim bajarilishi kerak.
37. 1000 nafar va undan ortiq odam sig‘imiga ega bo‘lgan muassasalarda eng yaqin yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon aloqasi o‘rnatilishi kerak.
38. Tashkilotlarning xonalarida, bino va inshootlarda (yakka tartibdagi turar joylardan tashqari) quyidagilar taqiqlanadi:
a) yerto‘la va tsokol qavatlarida, yo‘laklarda, zina kataklarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, porox, portlovchi moddalarni, gaz ballonlarini, aerozol idishdagi tovarlarni, tselluloid va boshqa portlash xavfi bor modda va materiallarni saqlash va foydalanish, amaldagi normativ hujjatlarda keltirilgan holatlar bundan mustasno;
b) chordoqlar, texnik qavatlar, shamollatish tizimi o‘rnatilgan va boshqa texnik xonalardan ishlab chiqarish uchastkalari, ustaxonalar sifatida foydalanish hamda ushbu joylarda mahsulotlar, uskunalar, mebellar va boshqa buyumlarni saqlash;
v) lift xollariga hujra, kiosk, savdo shoxobchalari va shu kabilarni joylashtirish;
g) yerto‘la va tsokol qavatlaridan chiqish eshiklari umumiy zinapoya katakchalaridan alohida ajratilmagan bo‘lsa, ularda yonuvchi materiallarni saqlash omborlari va ustaxonalarni tashkil etish hamda boshqa xo‘jalik xonalarini joylashtirish;
d) loyihada ko‘zda tutilgan vestibyul va xollar, yo‘laklar, tambur va zina kataklarining eshiklarini olib tashlash;
e) balkon va lodjiyalarning eshik va lyuklarini, qo‘shni xonaga o‘tish yo‘laklari va tashqi qutqaruv zinalariga chiqish joylarini mebel, uskuna va boshqa buyumlar bilan to‘sib qo‘yish;
j) benzin, kerosin va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalangan holda xonalarni tozalash va kiyimlarni yuvish, shuningdek, kavsharlash lampasi va ochiq olovdan foydalangan holda yaxlab qolgan (muzlagan) quvurlarni eritish;
z) belgilangan tartibda tasdiqlangan norma va qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari derazalarga ochilmaydigan panjaralar o‘rnatish;
i) yong‘in vaqtida xavfsizlik zonasiga kiruvchi lodjiya va balkonlarni oynalar bilan qoplash;
k) zina kataklarida va yo‘laklarda hujralar tashkil etish, shuningdek, zinaning qavatlar orasidagi qismida (marsh) va maydonlarida buyumlar, mebel va boshqa yonuvchi materiallarni saqlash (binoning birinchi va tsokol qavatlaridagi zina kataklari ostida faqat markaziy isitish tizimini boshqarish tarmoqlari, suv o‘lchagich tarmoqlari va elektr shchitlari o‘rnatilgan devorlari yonmaydigan materiallardan ishlangan xonalarni joylashtirish mumkin);
l) omborlar va boshqa ishlab chiqarish xonalarida (olovga bardoshliligi V-darajali binolardan tashqari) yonuvchi va qiyin yonuvchi materiallardan hamda tunuka metalldan yasalgan antresollar, shuningdek, boshqa ichki xonalarni tashkil etish.
39. Bino va inshootlarning tashqi yong‘in narvonlari va tom ustidagi to‘siqlar doimo soz holda bo‘lishi va yiliga kamida 2 marotaba chidamliligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi kerak. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi.
40. Chordoqlar, texnik qavatlar va yerto‘lalarning derazalari oyna bilan qoplangan, ularning eshiklari qulflangan holatda bo‘lishi lozim. Eshiklarga kalit qayerda saqlanishi yozib qo‘yilishi kerak.
Bino va inshootlarning yerto‘la va tsokol qavatlaridagi yorug‘lik darchalari muntazam ravishda yonuvchi axlatlardan tozalanib turilishi kerak. Ushbu yorug‘lik darchalarini va derazalarni ochilmaydigan qilib yopib tashlash taqiklanadi.
41. Tomosha, ovqatlanish, ko‘rgazma, savdo-sotiq, birja, ibodat xonalari va boshqa zallar (xonalar), tribunalar, shuningdek, katta va boshqa odamlar ommaviy bo‘ladigan xonalarga tashrif buyuruvchilar soni, loyihalash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilanganidan yoki evakuatsiya yo‘llarining odamlarni chiqara olish qobiliyatini inobatga olgan holda hisoblash orqali aniqlangan sonidan ko‘p bo‘lishi taqiqlanadi.
Loyihalash bo‘yicha normativ hujjatlarda hisoblash uchun ko‘rsatkichlar bo‘lmasa, zallardan (xonalardan) odamlarning evakuatsiyasini ta’minlash vaqtini 2 min, bitta odamga to‘g‘ri keladigan maydonni esa 0,75 m2 deb hisoblash lozim.
42. Evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning o‘lchamlari, yoritish va tutundan himoyalanish ta’minlanganligi sharoitlari, shuningdek, evakuatsiya yo‘llarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
43. Evakuatsiya yo‘llaridagi eshiklarni qulflab qo‘yish taqiqlanadi. Xonada odamlar bo‘lganida eshiklarni ichki tomonidan oson ochiladigan qilib qulflash mumkin.
Evakuatsiya yo‘llaridagi barcha eshiklar binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha erkin ochilishi kerak.
44. Ellik nafar odam yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha xonalarda hamda barcha zina kataklarida, o‘tish joylari va boshqa evakuatsiya yo‘llarida evakuatsiya yoritish chiroqlari o‘rnatilishi lozim.
45. Bino va inshootlarda hamda ulardan chiqish eshiklarining ustki qismida evakuatsiya yo‘llarini va chiqish joylarini ko‘rsatuvchi yong‘in xavfsizligi belgilari o‘rnatilishi kerak.
Odamlar ommaviy bo‘ladigan bino va inshootlardagi evakuatsiya yo‘llari bo‘ylab chiqish eshiklarining ustki qismida binoni tark etish yo‘nalishi bo‘yicha yashil rangdagi “Chiqish” degan yozuvli yorug‘lik ko‘rsatkichlari o‘rnatilishi lozim.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda binoda odamlar bo‘ladigan vaqt ichida yorug‘lik ko‘rsatkichlari yoqilgan holatda bo‘lishi kerak.
Jamoat bino va inshootlarining xonalari va evakuatsiya yo‘llaridagi chiqish ko‘rsatgichlari hamda pol ustidagi yonib turadigan “yuguruvchi yo‘lakcha” tipidagi chiqish yo‘nalishini ko‘rsatib turadigan ko‘rsatgichlar soz holatda bo‘lishi lozim.
46. Xavfsiz evakuatsiyani ta’minlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
a) yo‘laklar, tamburlar, galereya, lift xollari, zinapoyalar oldidagi maydonlarni, zinaning qavatlar orasidagi qismini (marsh) va qopqoqli tuyniklarni (lyuklarni) mebel, asbob-uskuna, xar hil buyumlar bilan to‘sib qo‘yish, shuningdek, evakuatsiya eshiklarini mixlab (berkitib) tashlash;
b) xonalardan chiqish joylarida (tamburlarda) har xil kiyim quritish joylari, garderob va boshqalarni o‘rnatish hamda turli buyumlarni va materiallarni saqlash (ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi turar joylar bundan mustasno);
v) evakuatsiya yo‘llariga eshiklarni imitatsiya qiladigan vitrajlar, oynalar, ostonalar, turniketlar, suriladigan, ko‘tariladigan va aylanadigan eshiklarni hamda odamlarning xonani yoki binoni erkin holda tark etishlariga xalaqit beradigan boshqa turdagi moslamalarni o‘rnatish;
g) evakuatsiya yo‘llarida (olovga bardoshliligi V-darajali bo‘lgan binolardan tashqari) devorlar, shiftlar, zinapoyalar va zina kataklari hamda pollarni qoplashda, pardozlashda, bo‘yoqlashda yonuvchi materiallardan foydalanish;
d) yo‘lak, xoll, tambur va zina kataklaridagi o‘zi yopiladigan eshiklarni ochiq holatda ushlash uchun moslamalarini mahkamlab qo‘yish (agar bu maqsadda yong‘in vaqtida avtomatik holda yopilish moslamasi o‘rnatilmagan bo‘lsa) hamda ularni olib qo‘yish;
e) tutun qoplamaydigan zina kataklaridagi havo purkovchi zonalarni oyna bilan qoplash yoki yopish;
j) eshik va darchalarga o‘rnatilgan armaturali oynalarni oddiy oynalarga almashtirish.
47. Texnologik, ko‘rgazmali va boshqa uskunalarni o‘rnatishda loyihalash normalariga muvofiq xonalardan zina kataklariga va boshqa evakuatsiya yo‘llariga chiqish (o‘tish) yo‘laklari ta’minlangan bo‘lishi kerak.
48. Evakuatsiya yo‘llaridagi gilamlar, gilam poyandozlar va boshqa o‘ramli qoplamalar polga mustahkam qotirilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu qoplamalarni vestibyul va zina kataklariga joylashtirish taqiqlanadi.
49. Texnologik jarayonlar reglamentlar, texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va boshqa belgilangan tartibda tasdiqlangan normativ-texnik va foydalanish hujjatlariga muvofiq tashkil etilishi kerak.
50. Ishlab chiqarish binolarida, xonalarida texnologik jarayonda ishlatiladigan va o‘zaro aloqada ekzotermik reaksiyalarga kirishishi mumkin bo‘lgan moddalar va materiallar maxsus ajratilgan, avariya holatlarida ham ushbu moddalar bilan aloqa qilishga imkon bermaydigan joylarga joylashtirilishi kerak. Moddalar va materiallarni tashishda ushbu Qoidalarga 10-ilovaga muvofiq ularning agregat holati, bir-biriga to‘g‘ri (mos) kelishi, shuningdek, yong‘inni o‘chiruvchi vositalarning bir xilligini hisobga olish kerak.
51. Texnologik jarayonda ishlatiladigan yonuvchi moddalar va materiallarni xonada bevosita qurilmalar va jihozlarning yonida texnologik reglamentlarda (kartalar va boshqalarda) nazarda tutilgan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Ushbu miqdor bir smenada ishlatiladigan me’yordan oshmasligi kerak.
52. Maxsus shkaflarda kiyimlarni quritganda belgilangan harorat rejimini nazorat qilish kerak.
Kiyimlarni quritish xonalarida yog‘langan kiyimlarni, matolarni, shuningdek, gugurt, chaqnatgichlar (yondiruvchilar) va yonuvchi materiallari bo‘lgan kiyimlarni saqlash taqiqlanadi.
53. Uskunalarga, quvurlarga, sig‘imli qurilmalarga, kommunikatsiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sinovdan o‘tkazish, tekshirish va diagnostika qilish belgilangan muddatlarda hamda ularning foydalanish bo‘yicha tegishli texnik hujjatlarida nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda amalga oshirilishi kerak.
54. Mashina va uskunalarning qismlarini (detallarini) yuvish (moydan tozalash) uchun yonmaydigan texnik suyuqliklar va tarkiblar, shuningdek, yong‘in ta’siriga xavfsiz qurilmalar va usullardan foydalanish kerak.
55. Yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nosozliklari mavjud uskunalar va qurilmalarda, shuningdek, o‘lchov vositalari, avtomatlashtirish, nazorat qilish va harorat, bosim, konsentratsiya va yonuvchan bug‘lar, suyuqliklar, gazlarning boshqa texnologik parametrlarini belgilovchi avariya holatlariga qarshi himoya tizimlari o‘chirilganda ishlab chiqarish ishlarini o‘tkazish taqiqlanadi.
56. Yengil alangalanadigan va yonuvchi moddalar va materiallarni qayta ishlash va saqlash uskunalari va idishlari germetik zich bo‘lishi kerak. Germetiklik (zichlanish) holati vaqti-vaqti bilan tekshirilishi va shikastlanganda, eskirganda tiklanishi kerak.
57. Ochiq olov va elektr isitish moslamalari yordamida ishlar olib boriladigan stollarda va havo tortuvchi shkaflarda portlovchi reaktivlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlashga, ularni to‘kishga va qurilmalarga kuyishga ruxsat etilmaydi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni qizdirish paytida, suyuqlikning avariya holatida to‘kilishining oldini olish uchun qurilma tagida xandaq (kyuvet) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
58. Portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha “A” va “B” toifali ishlab chiqarish xonalarida uskunaning ishlashi paytida uchqun paydo bo‘lishi ehtimoli oldi olinishi kerak. Ushbu xonalarning pollari zarba va ishqalanish ta’sirida uchqun chiqarmaydigan materiallardan ishlangan bo‘lishi kerak. Konteynerning (idishning) ichki qismi quruq va toza, korroziya izlarisiz bo‘lishi kerak. Texnologik uskunalar, shuningdek, quvurlar statik elektrdan himoyalangan bo‘lishi lozim. Xavfli hududlarda ishlatiladigan to‘qimachilik matolariga antistatik vositalar bilan ishlov berilgan bo‘lishi kerak.
59. Portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan hududlardagi barcha ishlar har qanday ishlash sharoitlarida ham portlashlardan himoyalangan harakatlar bilan uchqun chiqarmaydigan vositalar va jihozlardan foydalangan holda bajarilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlaydigan xodimlar antistatik vositalar bilan ishlov berilgan himoya kiyimlari bilan ta’minlanishi lozim.
60. Portlovchi moddalarni ushlab qolishga mo‘ljallangan tozalash vositalarini ishlatishda quyidagilar talab qilinadi:
a) filtrlash moslamalarini tozalashni chiqindilar to‘planishiga ko‘ra amalga oshirish;
b) siklonlardan changni tushirish ishlarini ventilyator o‘chirilgan holda bajarish;
v) filtrlash moslamalarini tozalash va ta’mirlash paytida ochiq olov yoki uchqun chiqaradigan vositalardan foydalanmaslik;
g) xavfsizlik va olovushlash vositalarining (klapanlar, membranalar, olovto‘sqichlar) sozligini nazorat qilish;
d) o‘z-o‘zidan yonib ketishga moyil bo‘lgan chiqindilarni yig‘ishda ularning haroratini doimiy ravishda nazorat qilib borish. O‘z-o‘zidan yonib ketadigan o‘choqlar paydo bo‘lganda, ularni yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni darhol ko‘rish va texnologik qoidalarga muvofiq chiqindilar va kullarni olib tashlash.
61. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda boshqarish, nazorat qilish va avariyadan himoyalash tizimlarini o‘chirib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Zarur hollarda tekshirish, sinash va sozlash uchun alohida qurilmaning o‘chirilishiga texnologik jarayonning xavfsizligini ta’minlash bo‘ycha buyruqda ko‘rsatilgan mansabdor shaxsning yozma topshirig‘iga ko‘ra texnologik jarayonning xavfsizligi ta’minlangan holda ruxsat etilishi mumkin.
62. Bo‘yash, yog‘sizlantirish va yuvish sexlari, uchastkalar va qurilmalarni ishlatishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
a) bo‘yash shkaflari, kameralari va kabinalaridan ulardagi havo tortish tizimi, purkagichlar (gidrofiltrlar) hamda texnik hujjatlarda nazarda tutilgan yonuvchan bo‘yoq va loklar zarrachalarini ushlash uchun boshqa samarali moslamalari nosoz bo‘lganda foydalanish taqiqlanadi;
b) bo‘yash moslamalarini yonuvchan qoldiqlardan tozalash ishlari har kuni smena tugaganidan keyin ventilatsiya ishlab turgan holatda amalga oshirilishi kerak. Qirg‘ichlar (skreboklar) uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlanishi lozim;
v) lok-bo‘yoq materiallari ish joylariga smena talabidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tayyor holatda olib kelinishi kerak (kunu tun ishlaydiganlar uchun — bir sutkaga yetadiganidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
63. Quvurlardagi qotib qolgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, muzli tiqinlar yong‘inga xavfsiz tarzda (issiq suv, bug‘, qizdirilgan qum va boshqalar yordamida) qizdirilishi kerak. Isitish uchun ochiq olovdan va qizdirilgan buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.
64. Olovto‘sqichlarsiz (gidravlik qulflarsiz) yoki ular o‘chirilganda quyidagilarni ishlatishga ruxsat berilmaydi:
a) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan idishlar va apparatlarning nafas olish tarmoqlarini;
b) to‘liq bo‘lmagan yoki davriy oqim bilan ishlaydigan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar tarmoqlarini;
v) gaz va bug‘-havo tarmoqlarini, agar ularda portlovchi konsentratsiyadagi aralashmalar paydo bo‘lganda.
65. Olovto‘sqichlar va gidravlik qulflarini o‘rnatish joylarini tekshirish va ta’mirlash uchun ushbu joylarga erkin kirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Olovto‘sqichlarni tekshirish va zarur holatlarda ularni tozalash grafikga muvofiq, lekin 3 oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda amalga oshirilishi kerak.
66. Moddalar va materiallarni saqlash (joylashtirish) ularning agregat holati, saqlash muvofiqligi, shuningdek, o‘chiruvchi moddalarning bir xilligini hisobga olgan holda ushbu Qoidalarga 10-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. Obyektlarda noma’lum tarkibli, portlovchi va yonish xavfi bo‘yicha xususiyatlari o‘rganilmagan moddalar va materiallardan foydalanish va saqlash taqiqlanadi.
67. Havo, suv, yonuvchan moddalar bilan tasirlashganda o‘z-o‘zidan yonib ketishi yoki portlovchi aralashmalar (kalsiy karbidi va boshqa karbidlar, ishqoriy metalllar, natriy gidridi, bariy peroksidi va boshqalar) hosil qilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy reaktivlar bunday tasirlanishni butunlay istisno qiladigan, shuningdek, yuqori harorat va mexanik ta’sirlardan xoli maxsus sharoitlarda saqlanishi kerak.
68. Mahsulotlarni omborlarda saqlash uning holatini nazorat qilish uchun erkin kirish imkoni yaratilgan holda amalga oshirilishi kerak. O‘tish joylari va saqlash joylari polda aniq ko‘rinadigan chegara chiziqlari bilan belgilanishi kerak. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi o‘tish yo‘llari bo‘sh bo‘lishi kerak. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi kengligi kamida 1 m bo‘lgan yo‘laklar, maydoni 300 m2 dan ortiq bo‘lgan omborxonalarda esa devor bilan shtabellar (stellaj) o‘rtasida qo‘shimcha ravishda 0,8 m yo‘laklar qoldirilishi lozim.
Chiroqlardan saqlanadigan tovarlargacha bo‘lgan masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
69. Omborxona binolari va xonalarida moddalar va materiallarni joylashtirish rejasi osib qo‘yilishi kerak. Ushbu rejalarda moddalar va materiallarning saqlash joylari, shuningdek, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari aks ettirilishi lozim.
70. Portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan moddalar va mahsulotlarni ishlab chiqarish xonalarida (agar bu ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa), bir smena ehtiyojlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Bunda ular maxsus ajratilgan joylarda, mahkam berkitiladigan yonmaydigan shkaf yoki qutilarda saqlash shart.
71. Konteynerlarni ochish, sozligini tekshirish hamda kichik ta’mirlash ishlari, mahsulotlarni qadoqlash, yong‘inga xavfli suyuqliklarning (nitro bo‘yoqlar, lok va boshqa yonuvchi suyuqliklarning) aralashmalarini tayyorlash bilan bog‘liq barcha ishlar saqlash joylaridan ajratilgan (izolatsiyalangan) xonalarda amalga oshirilishi kerak.
72. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ish joylariga yetkazib berish markazlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerak. Smena ehtiyoji 200 L gacha bo‘lganda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni xavfsiz germetik qadoqlarda ish joyiga yetkazib berishga ruxsat etiladi.
73. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarni to‘kishda (quyishda) sig‘imlarning germetikligini ta’minlovchi va bug‘larni ushlab turuvchi avtomatlashtirilgan quyish moslamalaridan foydalanish lozim. Bunda hudud atrofidagi havoda gaz yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
74. Texnologik apparatlarni va sig‘imlarni to‘ldirish va bo‘shatish uchun uskunalardan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ochiq oqim bilan quyilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
75. To‘kilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni sorbent materiallar (qipiq, qum) yoki boshqa yong‘inga qarshi vositalar yordamida zudlik bilan yig‘ib olish hamda binolar va tashqi qurilmalar hududidan olib chiqilishi lozim. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarning avariyaviy to‘kilishini bartaraf etish uchun obyektda avariyaviy sorbent zaxirasi bo‘lishi kerak.
76. Texnologik shartlarga ko‘ra ochiq qurilmalar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan sig‘imli idishlar va konteynerlardan foydalanishni taqiqlab bo‘lmaydigan sexlarda quyidagilarni ta’minlash zarur:
a) ochiq vannalar va sig‘imlarda soz holatdagi uchqundan xavfsiz qopqoqlarning bo‘lishini hamda ularni ishlatilmayotgan paytda va yong‘in davrida yopilishini;
b) suyuqlikni statsionar vannalar va sig‘imlardan avariyaviy to‘kib olinishini.
77. To‘kish-quyish jarayonida idishlar toshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Isitiladigan yoki yozda uzoq muddat saqlanadigan rezervuarni yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bilan to‘ldirishda suyuqlik miqdori (rezervuarning toshib ketishining oldini olish uchun) qizdirilganda suyuqlikning kengayishini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
78. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bilan ishlashda sintetik matolardan tikilgan maxsus kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi.
79. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar omborlari hududiga, shuningdek, ushbu omborlar estakadalariga qayta ishlangan gazni chiqarib yuborish tizimlarida uchqun so‘ndirgichi bo‘lmagan va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanmagan traktorlar, avtomobillar, teplovozlar va boshqa ichki yonish dvigatelli transport vositalarining kirishi taqiqlanadi.
80. Yuklarni tushirish paytida, rezervuarlarni ko‘rikdan o‘tkazishda, namuna olish yoki suyuqlik darajasini o‘lchashda ish joyini yoritish uchun portlashdan himoyalangan fonarlardan foydalanish kerak. Yuklarni ortish va tushirish ishlari olib boriladigan joylarda ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.
81. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan shisha idishlar germetikligi yo‘qotilishini istisno qilish maqsadida yonmaydigan taglik va bo‘sh joylari singdiruvchi materiallar bilan to‘ldirilgan yog‘och, plastmassa, metalldan tayyorlangan mustaxkam qutilarga qadoqlanadi. Qutilarning devorlari yopilgan shisha idishlardan 5 sm dan balandroq bo‘lishi kerak.
82. Sig‘imi 30 L dan ortiq bo‘lgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan shisha idishlarni ustma-ust saqlanishi hamda ularni stellajlarga yoki shtabellarga qo‘yish taqiqlanadi.
83. Omborlarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar barabanlarini qo‘lda joylashtirishda polga 2 qatordan ko‘p bo‘lmagan tarzda o‘rnatish kerak, mexanizatsiyalashtirilgan joylashtirishda — yonuvchi suyuqliklar 5 qatordan oshmasligi, yengil alangalanuvchi suyuqliklar esa — 3 ta qatordan oshmasligi kerak. Shtabelning kengligi 2 ta barabandan katta bo‘lmasligi lozim. Barabanlarni tashish uchun asosiy o‘tish joylarining kengligi kamida 1,8 m, shtabellar orasi esa kamida 1 m bo‘lishi kerak.
84. To‘ldirilgan barcha ballonlarning ventillari va rezbali ulanish joylarining germetikligi tekshirilishi kerak.
85. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar oqib (sizib) chiqish holatlarida quyidagilarni bajarish kerak:
a) barcha texnologik operatsiyalarni, shuningdek, yong‘inga xavfli vaziyatni qurshab olish va bartaraf qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan transport vositalarining harakatini to‘xtatish, mumkin bo‘lgan yondirish manbaini (olov, uchqun va boshqalar) bartaraf etish;
b) voqea joyiga avariya xizmatlarini va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini chaqirish. Temir yo‘l liniyalari kirgan obyekt hududida avariya holati yoki to‘kilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning yonishi kuzatilganda darhol temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga xabar berish kerak. Xabarda yong‘in xavfi yoki yong‘inning xususiyati, tsisterna-vagonlarda tashilayotgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning nomi, ularning miqdori ma’lum qilinishi kerak.
86. Havo sharlarini va shunga o‘xshash boshqa buyumlarni to‘ldirish (shishirish) uchun yonuvchi gazlardan foydalanish taqiqlanadi.
87. Estakadada mahsulotlarni to‘kish va quyish vaqtida manevr ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ikki tomonlama estakadalarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni quyish va to‘kishda, quyish-to‘kish jarayoni tugamaguncha ikkinchi yo‘lga tsisterna kiritilishi taqiqlanadi.
88. Quyish-to‘kish ishlari boshlanishidan oldin tsisternalar uchqun hosil qilmaydigan materialdan tayyorlangan maxsus tormoz boshmoqlari yordamida relsga mahkamlanadi.
89. Sisternaning nosoz ostki quyish qurilmalarini ularning konstruksiyalarida ko‘zda tutilmagan moslamalar, shuningdek, uchqun chiqaruvchi materialdan yasalgan moslamalar yordamida ochishga ruxsat etilmaydi.
90. Mahsulotni quyish-to‘kish harakatlari tugagach quyish-to‘kish ustunlari, quvurlar, vakuum va ochish uchun mo‘ljallangan idishlar, o‘lchagichlar, mahsulot qabul qilgichlar va boshqa jihozlardan mahsulot bo‘shatilishi va tsisternalarning lyuk qopqoqlari germetik ravishda yopilishi kerak.
91. Quyish-to‘kish estakadalari hududida tsisternalarni ta’mirlash taqiqlanadi.
92. Sisternalardan yonuvchi gazlar to‘kilayotgan sig‘imlar, to‘kish quvurlariga ega bo‘lgan tsisternalar, shuningdek, to‘kish vaqtida ishlayotgan nasos va kompressorlar qarovsiz qoldirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
93. Quyish-to‘kish ishlari amalga oshirilmayotgan vaqtda tsisternani kommunikatsiyalarga ulab turish taqiqlanadi. Yonuvchi gazlarni quyish yoki to‘kish paytida uzoq tanaffus paydo bo‘lsa, ulash shlanglari tsisternadan uzib qo‘yilishi lozim.
94. Yonuvchi gazlar bilan tsisternani to‘ldirish jarayonida tsisterna qozonidagi gaz darajasini nazorat qilish kerak. Agar mahsulot oqishi (sizib chiqishi) aniqlansa, tsisternani to‘ldirish to‘xtatiladi, mahsulot to‘kiladi, bosim tushiriladi va nosozlikni aniqlash va bartaraf etish choralari ko‘riladi.
95. Ta’mirlash ishlarini olib borishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) qozonni yuklangan va bo‘sh holatida uni degazatsiya qilinishidan oldin ta’mirlash;
b) tsisterna qozoniga zarba berish;
v) uchqun chiqaruvchi vositadan va tsisternaga bevosita yaqin tarzda ochiq olovdan foydalanish.
96. Suyultirilgan uglevodorod gazi oqishida (sizib chiqishida) quyidagilarni bajarish lozim:
a) suyultirilgan uglevodorod gazini to‘kish (quyish) bo‘yicha barcha texnologik operatsiyalarni to‘xtatish, shuningdek, yong‘in xavfi holatini qurshab olish va bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lmagan poyezdlar harakati va manevr ishlarini to‘xtatish, potensial yonish manbaini (olov, uchqun va boshqalar) bartaraf qilish;
b) suyultirilgan uglevodorod gazi to‘kilgan joydan yonuvchan moddalarni olib tashlash;
v) oqishni to‘xtatish va (yoki) tsisterna ichidagi suyultirilgan uglevodorod gazini boshqa soz tsisternaga (sig‘imga) o‘tkazish;
g) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan to‘ldirilgan tsisterna-vagonni xavfsiz zonaga olib borish;
d) voqea sodir bo‘lgan joyga avariya-qutqaruv bo‘linmalarini va gaz ta’minoti xizmatini chaqirish;
e) suyultirilgan uglevodorod gazini tunnellar, yerto‘lalar, kanalizatsiyaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rish.
97. Agar intensiv oqim bo‘lsa, gazning tsisternadan butunlay chiqib ketishiga imkon yaratish, bunda 200 m radiusdagi gaz yig‘ilishi mumkin bo‘lgan zonalarni gaz tarqalib ketkunga qadar kuzatib turish kerak.
98. Rezervuarlarda va katta sig‘imli inshootlarda faqat ularga mo‘ljallangan mahsulotlar saqlanishi kerak. Zarur hollarda va tegishli tayyorgarlik bo‘lganda, rezervuarga boshqa mahsulot quyishga, ya’ni bug‘ bosimi egiluvchanligi hisob-kitob bo‘yicha ushbu turdagi rezervuarnikidan oshmasa ruxsat beriladi.
99. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar to‘ldirilgan sig‘imlar, rezervuarlardan foydalanish jarayonida ularning germetikligi, sifon jo‘mraklari, flanetsli ulanish joylarining qistirmalari, salnikli zichlanishlarning holati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Aniqlangan nosozliklar darhol bartaraf etilishi kerak.
100. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar to‘ldirilgan sig‘imlar, rezervuarlar joylashgan va aylana to‘siq (obvalovaniye) bilan o‘ralgan hududga avtotransport vositalarining kirishiga faqat ta’mirlash ishlarini olib borish uchun obyekt rahbari yoki uning o‘rinbosarining yozma topshirig‘i asosida ruxsat beriladi.
101. Nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va to‘rlarni kirlardan tozalash, qishda esa muzdan tozalash kerak. Gidravlik klapanlarida suyuqlik sathini tekshirish zarur. Gidravlik himoya klapani faqat qiyin bug‘lanadigan va muzlamaydigan suyuqlik bilan to‘ldirilishi kerak. Ushbu suyuqlikni yiliga kamida ikki marta almashtirish kerak va har bir chiqarishdan keyin suyuqlik qo‘shilishi kerak.
102. Statsionar o‘lchash moslamalari bo‘lmasa, sig‘im uskunasidagi suyuqlik darajasi rangli metalldan yasalgan lot bilan o‘lchanganda, lyukning ichki qismiga o‘lchash tasmasi tushirilganda uchqun hosil qilmaydigan halqa yoki metalldan yasalgan kolodkani o‘rnatish kerak.
103. Rezervuarlarning ichki yuzasini pirofor birikmalardan va korroziyadan tozalash tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak.
104. Yonuvchi gazlarni birinchi marta to‘ldirishdan oldin rezervuarlarni inert gaz yoki bug‘ bilan shamollatish kerak. Shamollatuvchi gazlar, ularning yonishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgan holatda svechalar orqali chiqariladi. Shamollatishning yakuni svechadan chiqarilayotgan gaz-havo aralashmasidagi kislorod miqdori bilan belgilanadi. Agar aralashmadagi kislorod miqdori 1 foizdan oshmasa, shamollatish yakunlangan hisoblanadi. Rezervuarlar yonuvchi gazlardan bo‘shatilgandan keyin havo bilan shamollatishga ruxsat berilmaydi.
105. Avariya holatlarida gazni chiqarish tarmoqlariga qulfli armatura o‘rnatish zarurati bo‘lsa, ushbu armaturalarni masofadan boshqarish xavfsiz joydan amalga oshirilishi kerak.
106. Rezervuardagi (sig‘imlardagi) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan namuna olish va ularning miqdorini o‘lchash sutkaning yorug‘ vaqtida amalga oshirilishi kerak.
107. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni rezervuarlarga (sig‘imlarga) ochiq oqim bilan uzatish taqiqlanadi. Rezervuarni to‘ldirish va bo‘shatish tezligi rezervuarga o‘rnatilgan nafas olish klapanlarning (shamollatish quvurlarining) umumiy o‘tkazuvchanligidan oshmasligi kerak.
108. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida quyidagilar taqiqlanadi:
a) germetik bo‘lmagan qurilmalar va qulfli armaturalarni ishlatish;
b) buzilishlar va yoriqlar, suzuvchi qopqoqlarida teshiklar yoki yoriqlar bo‘lgan rezervuarlar, shuningdek, nosoz bo‘lgan o‘lchash vositalari, asboblar, mahsulot ta’minot quvurlari va statsionar yong‘inga qarshi qurilmalarni ishlatish;
v) aylana to‘siq (obvalovaniye) ichida daraxtlar, butalar va quruq o‘simliklarning bo‘lishi;
g) sig‘imlarni (rezervuarlarni) yonuvchan materiallardan tayyorlangan taglikka o‘rnatish;
d) rezervuarlar va tsisternalarni haddan ortiq to‘ldirib yuborish;
e) neft va neft mahsulotlarini quyish-to‘kish paytida rezervuarlardan namuna olish yoki mahsulot sathini o‘lchash;
j) momaqaldiroq paytida neft va neft mahsulotlarini quyish va to‘kish, shuningdek, rezervuarlardan namuna olish yoki sathini o‘lchash.
109. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida:
a) nafas oluvchi klapanlar va olovto‘sqichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik hujjatlariga muvofiq tekshirish kerak;
b) nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va to‘rlarni muzdan tozalash kerak, ular faqat yong‘in chiqishini istisno qilgan usullarda isitiladi;
v) namuna olish va idishdagi suyuqlik darajasini o‘lchash uchqun hosil qilmaydigan materiallardan tayyorlangan asboblar yordamida amalga oshirilishi kerak;
g) suyuqlikni faqat yaroqli konteynerda saqlashga ruxsat beriladi. To‘kilgan suyuqlikni darhol tozalash kerak;
d) neft mahsulotlarini to‘kish, shuningdek, qadoqlash materiallari va konteynerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri omborxonalarda va o‘ralgan joylarda saqlash taqiqlanadi.
110. Elektr uskunalari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari”, “O‘zbekiston elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘rnatilishi va foydalanilishi kerak.
111. Elektr tarmog‘iga ulangan elektr qurilmalari va jihozlarini qarovsiz qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi (foydalanish hujjatlarida ularni nazoratsiz ishlashiga ruxsat etiladigan qurilmalar bundan mustasno).
Ish tugagandan so‘ng binodagi (tuzilmadagi) barcha elektr qurilmalari o‘chirilgan bo‘lishi kerak, navbatchi chiroqlar, yong‘inga qarshi avtomatlashtirilgan moslamalar uchun quvvat manbalari, ogohlantirish va evakuatsiya nazorati tizimlari, tutunga qarshi himoya tizimlari, shuningdek, texnologik jarayonning shartlariga muvofiq sutka davomida ishlashi kerak bo‘lgan elektr qurilmalari bundan mustasno.
112. Odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda mato va kiyimlarni dazmollash uchun maxsus xonalar jihozlanishi hamda unda elektr va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish bo‘yicha qat’iy rejim o‘rnatilishi lozim.
113. Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchining foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan sharoitlarda ishlatish yoki nosozligi bo‘lgan elektr jihozlaridan foydalanish;
b) himoya qobig‘i shikastlangan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan elektr kabel va simlardan foydalanish;
v) shikastlangan (nosoz) elektr rozetkalaridan, rubilniklardan, himoya vositalaridan, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalardan foydalanish;
g) elektr simlari va kabellarini yelimlash va bo‘yash, elektr lampalar va yoritkichlarni qog‘oz, mato va boshqa yonuvchi materiallar bilan o‘rash, shuningdek, yonuvchan materiallar saqlanadigan omborxona (yordamchi) binolaridagi chiroqlardan himoya qalpoqlarini yechib olgan holda foydalanish;
d) yonmaydigan materialdan ishlangan tagliklarisiz (podstavka) dazmol, elektr plitka, elektr choynak va boshqa elektr isitish anjomlaridan foydalanish;
e) tarmoqqa ulangan elektr isitish moslamalarini va boshqa maishiy elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirish (ishlab chiqaruvchi korxonaning yo‘riqnomasida kunu tun ishlaydigan va (yoki) ishlashi mumkin bo‘lgan elektr jihozlari bundan mustasno);
j) nostandart (qo‘lbola) elektr isitish moslamalaridan, shuningdek, ularda konstruksiyasida nazarda tutilgan yong‘in kelib chiqish ehtimolini istisno qiluvchi termoregulyatorlari mavjud bo‘lmaganda yoki ishlamay qolganda foydalanish;
z) elektr uzatish tarmoqlari va elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun avtomatik saqlagichlar va kalibrlangan eruvchan himoya o‘rnatmasi o‘rniga qo‘lbola tayyorlangan (sim o‘ramalari, “qo‘lbola saqlagich” va boshqalarni) vositalarni qo‘llash;
i) omborxonalar ichidan, shuningdek, yong‘in hamda yong‘in-portlash xavfi bo‘lgan hududlardan elektr sim va kabellarni tranzit holda hamda havo quvurlari va quvurlar tarmog‘i orqali olib o‘tish;
k) yonuvchi materiallar saqlash omborxonalari va bostirmalari, yonuvchan tomlar ustidan ochiq elektr uzatish liniyalari va tashqi elektr simlarini yotqizish;
l) arxivlar, muzeylar, galereyalar, kutubxonalar va omborlar binolarida elektr isitish moslamalaridan foydalanish;
m) elektr tarmog‘ining yuklamasini ruxsat etilgan me’yoridan oshirish;
n) qurilish-montaj, ta’mirlash va avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilayotgan joylarni elektr ta’minoti bilan ta’minlash hamda vaqtincha illyuminatsiya yoritish uchun o‘tkazilgan elektr o‘tkazgichlardan tashqari vaqtinchalik elektr o‘tkazgichlardan foydalanish va ularni o‘rnatish;
o) radio va telefon simlaridan elektr tarmoqlari simlari sifatida foydalanish;
p) taqsimlovchi elektr shchitlari va ishga tushirish boshqaruv jihozlarini ochiq holatida ishlatish;
r) turli xil materiallardan (mis va alyuminiydan) tayyorlangan elektr simlari (kabellari) o‘tkazgichlarni bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash;
s) bir-birini zahiralovchi elektr zanjirlarini, ishchi va avariya yoritish zanjirlarini, boshqaruv va ta’minlovchi elektr kabellarini bir lotokda yoki qurilish konstruksiyasining bir yopiq kanalida, bog‘lamida, metall yengda, quvurda o‘tkazish taqiqlanadi.
114. Ko‘chma elektr yoritkichlar egiluvchan elektr simlardan foydalangan holda ishlanishi, shisha qalpoqlar bilan jihozlangan hamda saqlovchi himoya setkasi va osib qo‘yish uchun ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
115. Sofitlarni o‘rnatish vaqtida faqat yonmaydigan materiallar ishlatilishi, ularning korpuslari ushlab turuvchi trosslardan himoyalangan (izolatsiya qilingan) bo‘lishi kerak.
Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatish lozim.
116. Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash moslamalarini soz holatda saqlash kerak.
117. Momaqaldiroq paytida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
a) yashin qaytargich vositalarini ta’mirlash;
b) gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish mahsulotlarini atmosferaga chiqarish;
v) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar va qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish;
g) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning quyish-to‘kish ishlarini amalga oshirish.
118. Temir yo‘llarda quyish-to‘kish ishlari davomida rezervuarlarni, quvurlarni, estakadalarni va tsisternalarni erga ulanmasdan foydalanish taqiqlanadi.
119. Binolarda (inshootlarda) faqat sanoatda (zavodda) ishlab chiqarilgan issiqlik hosil qiluvchi qurilmalardan (shu jumladan, issiqlik to‘plamaydigan pechlardan) va isitish moslamalaridan (turli buyumlardan yasalgan pechlar bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi.
120. Isitish mavsumi boshlanishidan oldin pechlar, qozonlar, issiqlik hosil qiluvchi uskunalar hamda boshqa isitish anjomlari va tizimlari tekshirilgan va ta’mirlangan bo‘lishi kerak. Nosoz isitish pechlari, qozonxona jihozlari, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish taqiqlanadi.
121. Suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan qozonxona jihozlarining issiqlik hosil qiladigan uskunalari va isitish moslamalarining har bir forsunkasida qumli taglik bo‘lishi kerak va yonilg‘i tarmog‘ida kamida ikkita ventil bo‘lishi zarur (birinchisi — o‘choqda, ikkinchisi — yonilg‘ili idishda).
122. Qozonxona va boshqa issiqlik chiqaruvchi qurilmalardan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) maxsus o‘quv kursida o‘qitilmagan va tegishli malakani beruvchi guvohnomaga ega bo‘lmagan shaxslar ishlashiga yo‘l qo‘yilishi (turar joy binolarida o‘rnatilganlar bundan mustasno);
b) qozonxonalarda va issiqlik chiqaruvchi qurilmalar o‘rnatilgan xonalarda suyuq yoqilg‘i mahsulotlarini saqlash;
v) isitish uskunalaridan foydalanish uchun texnik shartlarda ko‘rsatilmagan neft mahsulotlari chiqindilaridan va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan yoqilg‘i sifatida foydalanish;
g) yoqilg‘i uzatish tizimidan suyuq yoqilg‘i tomganda (gaz sizib chiqqanda) issiqlik o‘tkazuvchi qurilmalardan foydalanish;
d) qo‘lbola yasalgan gaz goryelkalaridan foydalanish;
e) o‘chib qolgan forsunka yoki gaz goryelkalariga yoqilg‘ini uzatish;
j) uskunalarning yonish kameralarini shamollatmasdan yoqish, shuningdek, mash’ala yordamida va boshqa shunga o‘xshash asboblardan foydalanmasdan yoqish;
z) yoqilg‘i ta’minotini nazorat qilish va boshqarish asboblari bilan jihozlanmaganda, ular nosoz yoki o‘chirilgan holatda bo‘lganda ishlatish;
i) kiyimlarni yoki boshqa yonuvchi materiallarni qozonlar ustida va mo‘rilarda saqlash. Issiqlik nurlanishining yo‘nalishi bo‘yicha yonuvchan materiallargacha bo‘lgan masofa kamida 1,25 m bo‘lishi kerak;
k) ko‘rish tuynugi orqali ishlatiluvchi aralashmani yoqish;
l) sarflash materiallari baklarini purkagichlar, shuningdek, qozonxona jihozlari devoriga 2 m yaqinlikda o‘rnatish;
m) ochiq yoqilg‘i baklari bilan ishlash;
n) satx o‘lchash moslamalari bilan jihozlanmagan sarflash materiallari baklari bilan ishlash;
o) qurilma va sarflash baklari yaqinida yonuvchan materiallardan to‘siqlar o‘rnatish;
p) shamollatish kanallari va boshqa kanallardan dudburon sifatida foydalanish.
123. Odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi.
124. Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
a) isitish pechlari uch oyda bir marta;
b) doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
v) oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining talablariga muvofiq iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalaniladigan asbob-uskunalarni texnik tekshirish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.
125. Isitish pechlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirish;
b) pechlar atrofida va ularning eshiklari (tuynuklari) oldidagi tunuka qoplamasida yoqilg‘i va boshqa yonuvchi moddalar va materiallarni joylashtirish;
v) pech va tandirlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi va boshqalar) foydalanish;
g) ushbu turdagi yoqilg‘ilarga mo‘ljallanmagan pechlarni ko‘mir, koks va gaz yoqilg‘ilari bilan yoqish;
d) xonalarda majlis yoki boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi davrida pechlarni yoqish;
e) ventilatsiya (shamollatish) va gaz kanallaridan dudburon sifatida foydalanish;
j) pechlarni haddan ziyod qizdirib yuborish;
z) pechlar va boshqa isitish moslamalarini yonuvchan konstruksiyalardan yong‘inga qarshi bo‘linmasiz (ajratmasiz), yonmaydigan materialdan tayyorlangan o‘lchami 0,5×0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘choqning oldiga qo‘yiladigan panellarsiz (yog‘ochdan tayyorlangan va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlagan pollarda), shuningdek, bo‘linma (ajratma) va o‘choq oldi panellarida kuyishlar va shikastlanishlar (yoriqlar) bo‘lganda ishlatish;
i) pechlarni yoqish uchun uzunligi o‘choq kattaligidan kattaroq o‘tindan foydalanish;
k) pechlarni eshigi ochilgan holda yoqish.
126. Binolarda va inshootlarda (yashash uylaridan tashqari) pechlarni yoqish, ish vaqti tugashidan ikki soat oldin, shifoxona va boshqa odamlar kunu tun bo‘ladigan obyektlarda esa uyquga ketishdan ikki soat oldin to‘xtatilishi lozim.
Bolalar kunduz kuni bo‘ladigan xonalardagi pechlarni yoqish ishlari kamida bolalar kelishidan bir soat oldin tugatilishi lozim. Yoqilg‘i sifatida gazdan foydalaniladigan obyektlarda pechlarni yoqish har to‘rt soatda bir marotaba bir soatdan kam bo‘lmagan tanaffus bilan amalga oshirilishi lozim.
127. O‘txonadan sidirib olinadigan kul va kulga aylanmagan qoldiqlar (shlaklar) ustiga suv quyib, ularni maxsus ajratilgan xavfsiz joylarga olib chiqib tashlash kerak.
128. Standartlar va texnik shartlarning yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan metall pechlarni o‘rnatish mumkin emas.
Turar joy binolari va tashkilotlarda, maxsus korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan metalldan yasalgan vaqtinchalik va boshqa pechlarni o‘rnatishda ushbu mahsulotning ishlab chiqaruvchi korxonasining ko‘rsatmalari (yo‘riqnomasi) hamda isitish tizimlariga qo‘yiladigan loyihalash talablari bajarilishi lozim.
129. Pechlardan moddiy boyliklargacha, savdo rastalari, peshtaxta, shkaflar va boshqa anjomlargacha bo‘lgan masofa 0,7 m dan, o‘txona og‘zidan esa 1,25 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
130. Chordoqlardagi barcha dudburonlar va tutun kanallari o‘tgan barcha devorlarning yuzalari yoriqlarsiz, soz holatda va oqlangan bo‘lishi lozim.
131. Qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan qozonxonalarning dudburonlari uchqun so‘ndirgich bilan jihozlanishi kerak.
132. 3 soatdan ko‘p yoqiladigan, shu jumladan, gaz bilan isitiladigan pechlar (oshxona, kir yuvish xonalari va boshqalar) 51 sm kenglikdagi va 3 soatdan kam yoqiladiganlar esa 38 sm kenglikdagi yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratilishi kerak.
133. Polga o‘rnatiladigan infraqizil nurli goryelkaga ega ko‘chma qurilmalar barqaror asosga ega bo‘lishi kerak. Goryelkaning nurlanish yuzasidan gaz ballonlariga, yonuvchan materiallardan yasalgan tuzilmalarga, elektr jihozlarigacha bo‘lgan masofa goryelkadan foydalanish hujjatlariga mos kelishi kerak, lekin 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
134. Infraqizil nurli goryelkalarni ishlatishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) goryelka o‘chgan holatlarda gaz ta’minotini to‘xtatadigan avtomatik qulf bilan jihozlanmagan qurilmalardan foydalanish;
b) tabiiy shamollatish yoki havo almashinuvining mos keladigan darajasi bo‘lgan sun’iy shamollatish mavjud bo‘lmagan xonalarda, shuningdek, yerto‘lada yoki tsokol qavatlarda foydalanish;
v) goryelkani shikastlangan keramika va ko‘zga ko‘rinadigan olov “tillari” bilan ishlatish;
g) xonada gaz hidi bo‘lgan | 54 | 63,461 |
Qonunchilik | “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar ki | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 543 |
Qonunchilik | “KREDIT AXBOROTI MILLIY INSTITUTINING MA’LUMOTLAR BAZASINI ShAKLLANTIRISh HAMDA BANKLARARO KREDIT BYuROSI VA TIJORAT BANKLARIGA KREDIT AXBOROTINI TAQDIM ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 11-martdagi 7/2-son “Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklariga kredit axborotini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1562, 2006-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 16-son, 135-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 994 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari;
jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari;
xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashga doir choralar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ilgari belgilangan limitga qo‘shimcha ravishda 2 ta biriktirilgan xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-iyuldagi 609-son qaroriga 1-ilovaning 42-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“42. Agentlik xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida direktor tomonidan Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimning lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda har oylik shahsiy ustamalar qo‘llanilishi mumkin. Bunda, har oylik shaxsiy ustamalarning yillik miqdori Agentlikning budjet mablag‘lari bo‘yicha yillik mehnatga haq to‘lash fondining 1,4 baravaridan oshmasligi lozim”.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Agentlik quyidagi hisob raqamlarini ochadi:
a) banklarda xorijiy valyutadagi hisob raqamlari, shu jumladan blok-hisob raqamlari (xorijiy valyutaning har bir turi bo‘yicha);
b) g‘aznachilik bo‘linmalarida milliy valyutadagi tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamlari.
3. Agentlikning milliy va xorijiy valyutadagi mablag‘larini hisobga olish alohida-alohida yuritiladi.
4. Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yig‘iladi.
5. Quyidagilar Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan patent bojlari va to‘lovlarning 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan patent bojlari va to‘lovlarning 80 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun amalga oshirilgan to‘lovlar;
intellektual mulk sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarima summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Hisob raqamlaridagi, shu jumladan blok-hisob raqamlaridagi (har bir xorijiy valyuta bo‘yicha) Agentlikning tasarrufida qolgan xorijiy valyutadagi mablag‘lar so‘m ekvivalentiga (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining sotish kunidagi kursi bo‘yicha) hisoblagan holda Agentlikning g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin.
Bunda milliy valyutaga konvertatsiya qilingan mablag‘lar Agentlikning milliy valyutadagi g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi.
7. Agentlik Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qiladi.
8. Patent bojlarini, yig‘imlarni va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha milliy valyutada tushgan mablag‘lar umumiy hajmining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
80 foizi — Agentlikning g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
9. Hisobot davrida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun tushgan valyuta mablag‘lari hisobot davridan keyingi oyning 10-kuniga qadar valyuta blok-hisob raqamlaridan (xorijiy valyutaning har bir turi bo‘yicha) xorijiy valyutada tushgan mablag‘lar umumiy hajmining:
78 foizi — Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga;
2 foizi — belgilangan tartibda konvertatsiya qilingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
20 foizi — Agentlikning xorijiy valyutaning har bir turi bo‘yicha ochilgan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan:
Agentlikni moddiy-texnik ta’minlash;
Agentlikning bino va inshootlarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun mukofotlar to‘lash, ularning maoshlariga ustamalar va qo‘shimchalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish, xodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar);
Agentlik rahbarlari va boshqa xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha bir yarim barobar miqdorida koeffitsiyent qo‘llanilgan xarajatlari;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan Agentlikning xodimlariga martaba darajalari uchun qo‘shimchalar hamda ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar to‘lash;
Agentlikning xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilish;
Agentlik xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashi, shu jumladan ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Agentlikning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
Agentlikning qo‘shimcha shtat birliklarini saqlab turish;
O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan a’zolik badallarini qoplash;
Agentlikning arxiv ishlarini yuritish va kutubxona fondini ta’minlash;
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida jalb etilgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq to‘lash;
intellektual mulk sohasida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va ularda qatnashish;
Agentlikka yuklatilgan barcha vazifalarni va funksiyalarni, huquq va majburiyatlarni bajarish hamda Agentlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
11. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Agentlik direktori (keyingi o‘rinlarda direktor deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan hamda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli g‘azna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
12. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
13. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash direktor tomonidan amalga oshiriladi.
14. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama belgilash;
hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha va bayram kunlari bilan bog‘liq mukofotlar;
uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar to‘lash;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan Agentlikning xodimlariga martaba darajalari uchun qo‘shimchalar hamda ko‘p yillik xizmati uchun ustamalar to‘lash;
ovqat puli uchun to‘lov;
yo‘lkira xarajatlari uchun to‘lov;
moddiy yordam ko‘rsatish va kompensatsiyalar to‘lash;
xodimlarning uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarini kompensatsiya qilish.
15. Agentlikning xodimlarini moddiy jihatdan ko‘llab-quvvatlash maqsadida direktor tomonidan Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimning lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar qo‘llanilishi mumkin. Bunda, har oylik shaxsiy ustamalarning yillik miqdori Agentlikning budjet mablag‘lari bo‘yicha yillik mehnatga haq to‘lash fondining 1,4 baravaridan oshmasligi lozim.
16. Hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlar topshiriqlar oshirib bajarilganda, Agentlik xodimlariga yuklangan lavozim vazifalari zarur darajada bajarilganda, amalda ishlangan vaqt (qonun hujjatlariga muvofiq uning uchun ish haqi yoziladigan vaqt) uchun to‘lanadi.
Bunda, hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha va bayram kunlari munosabati bilan har bir xodim mukofotining aniq miqdori bir yilda xodim lavozim maoshining sakkiz baravari miqdoridan oshmasligi lozim.
Hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha xodimlarga rag‘batlantirish to‘lovlari va mukofotlarni belgilash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror direktor tomonidan qabul qilinadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lmagan Agentlik xodimlariga uzoq muddatli xizmati (Agentlik tizimi hamda adliya organlari va muassasalarida ishlagan davri) uchun har oyda ustama to‘lanadi.
Uzoq muddatli xizmati (Agentlik tizimi hamda adliya organlari va muassasalarida ishlagan davri) uchun har oylik ustama faqat asosiy ish joyi bo‘yicha har oyda va xodimning ish haqi fondiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
18. Vazirlar Mahkamasinig “O‘zbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 1993-yil 9-iyuldagi 343-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2011-yil 29-martdagi 93-son qarorlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan Agentlik xodimlariga martaba darajalari hamda ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimchalar va ustamalar to‘lanadi.
19. Agentlik xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida, ularga har oyda har bir shtat birligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ovqat puli hamda yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorda yo‘lkira puli beriladi.
20. Agentlik xodimlariga moliya yilida bir marta (sog‘lig‘ini tiklash maqsadida mehnat ta’tiliga chiqish vaqtida yoki mehnat ta’tiliga chiqmagan xodimlarga yilning dekabr oyida) bir lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi.
21. Xodim vafot etgan hollarda, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Moddiy yordam xodimning turmush o‘rtog‘iga, turmush o‘rtog‘i yo‘qligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs — yoshidan qat’i nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari bo‘lmagan hollarda, xodimning qaramog‘idagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda to‘lab beriladi.
22. Xodim oila qurganda va farzand tug‘ilganda unga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
23. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklashga, shuningdek oiladagi og‘ir moddiy ahvol va boshqa holatlar).
24. Moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishning aniq miqdorlari va ular tadbiq etiladigan xodimlar mazkur Nizomda belgilangan doirada, Jamg‘arma tushumlari hajmidan kelib chiqib, direktor tomonidan belgilanadi.
25. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiya (keyingi o‘rinlarda kompensatsiya deb ataladi) uy-joylar bilan ta’minlanmagan Agentlik xodimlariga uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun qilingan sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Toshkent viloyatida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (xodimning o‘zini hisoblamagan holda) ushbu kompensatsiya miqdori 50 foizga oshiriladi. Bunda xodimning ishga tayinlangan joyiga kelgan oila a’zolari — xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
26. Xodimga kompensatsiya to‘lash uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab, uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Xodimga xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, u boshqa joyga ishga tayinlanganda, uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi muddati tugaganda yoxud u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kompensatsiyani to‘lash to‘xtatiladi.
27. Xodimga xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda yoxud uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi muddati tugaganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Agentlik buxgalteriyasiga kompensatsiya to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
28. Ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari o‘z uy-joylarida birga yashayotgan xodimlarga kompensatsiya to‘lanmaydi.
29. Xodim kompensatsiyani olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini (kommunal xizmatlar qiymatisiz) ko‘rsatgan holda Agentlik rahbariga kompensatsiya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Kompensatsiya berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xodimni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (oilali xodimlar uchun);
qonun hujjatlariga muvofiq oila a’zolari deb e’tirof etilgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
30. Direktor taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini ko‘rsatgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Agentlik xodimlarning ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari o‘zgarishini doimiy nazorat qiladilar.
31. Xodimga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilgan taqdirda, kompensatsiya ta’tilning butun davriga, biroq xodimning ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
32. Kompensatsiya Agentlik buxgalteriyasi tomonidan, ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq chiqarilgan buyruq asosida, ish haqi to‘lash bilan birgalikda o‘tgan oy uchun to‘lov vedomosti bo‘yicha to‘lanadi.
33. Kompensatsiyani olish uchun hujjatlar tegishlicha Agentlikda qonun hujjatlarida belgilangan muddat tamom bo‘lgunga qadar saqlanadi.
34. Kompensatsiya miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi o‘zgargan taqdirda xodimning oila tarkibi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan kompensatsiya miqdorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi kompensatsiya belgilangan tartibda ushbu o‘zgarishlar boshlangan kundan boshlab to‘lanadi.
35. Xodimga ortiqcha to‘langan kompensatsiya summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yo‘li bilan to‘liq miqdorda undan undirib olinadi.
36. Kompensatsiya to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori mazkur Nizomda belgilangan doirada, Jamg‘arma tushumlari hajmidan kelib chiqib, direktor tomonidan belgilanadi.
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
38. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. | 190 | 17,527 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 132 | 566 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun $400 mln ajratiladi | Vazirlar Mahkamasining 17.06.2022 yildagi “Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 337-son qarori qabul qilindi.
2021 yil 16 dekabrda Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun:
Qaror bilan Davlat byudjeti hisobidan mazkur kreditlar boʻyicha qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.
Kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining хarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi. Moliya vazirligi loyiha boʻyicha ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 54 | 999 |
Qonunchilik | Din va e’tiqod erkinligi sohasidagi taklif hamda tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” to‘g‘risida | Demokratik islohotlar yo‘lidan borishni davom ettirish hamda O‘zbekistonning ijobiy imidjini yanada shakllantirish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
Din va e’tiqod erkinligi sohasidagi taklif hamda tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (bundan buyon matnda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
“Yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazuvchi ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
3. Ushbu Qo‘shma qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S. Otamuratov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 114 | 1,128 |
Qonunchilik | 2020 yil 1 aprelgacha pensiya islohotining yangi konsepsiyasi tayyorlanadi | Matbuot anjumanida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi vakillari tomonidan ma’lum qilinganidek, ushbu sanagacha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.
Jahon banki, XVF va boshqa хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda hujjat ustida ish olib borilmoqda.
Dunyoda erkaklar va ayollar uchun oʻrtacha pensiya yoshi 62 yoshni, Oʻzbekistonda esa 57,5 yoshni tashkil etadi. Shuningdek 7 yilni tashkil etadigan, pensiya tayinlash uchun eng kam staj bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashtirilmoqda (Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasiga muvofiq – 15 yil).
2011 yildan 2019 yilgacha Oʻzbekistondagi pensionerlar soni 2,4 baravarga oshdi. 2019 yilda ular 339 ming kishiga koʻpaydi. Bunda rasman ish bilan band aholi – 4,76 mln kishi, ular iqtisodiy jihatdan faol aholining 32,5%ini tashkil etadi.
- Oʻtgan yilda ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiyalar toʻlovi uchun respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 2,5 trln. soʻm ajratildi hamda 2020 yilda ushbu toʻlovlar uchun 3,6 trln.soʻm ajratilishi rejalashtirilgan.
Pensiya jamgʻarmasining 2019 yil daromadlari prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan oshirib bajarilganligi natijasida, oʻtgan yilda pensiya toʻlovlari uchun respublika byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan 4,7 trln.soʻm miqdorida subsidiya ajratilmasdan, toʻlovlar toʻliq Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ta’minlandi.
Pensiya badallarini toʻlashda aholi manfaatdorligini oshirish uchun uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga oʻtilishi koʻrib chiqilmoqda. Birinchi darajasida eng kam miqdordagi davlat pensiyasi toʻlanishi nazarda tutilmoqda. Ikkinchi darajasida – MB qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlar hisoblangan holda ish haqidan muayyan summadagi ajratmalar asosida shaхsiy hisobvaraqda jamlangan pensiyani toʻlash. Uchinchi holatda Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar miqdori aholi tomonidan belgilanadi.
Joriy yilda fuqarolarning pensiya ta’minoti toʻgʻrisidagi yangi qonun qabul qilinadi. Amaldagi Qonun 1994 yilda qabul qilingan. Qonunga 26 marta tuzatishlar kiritilganligiga qaramay, unda havolaki normalar, oʻzini oqlamagan imtiyozlar ham talaygina. Hozirga qadar alohida soha хodimlari, mukofotlangan va unvonlarga ega fuqarolarning roʻyхati mavjud, ular muddatidan oldin pensiyaga chiqish imkoniyatiga egalar yoki pensiyaga yuqori miqdorda ustamalarni asoslanmagan holda oladilar. Bunday imtiyozlar 642,4 ming kishiga berilgan.
Idoralararo ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish maqsadida «Pensiya» dasturiy kompleksini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda, bu yangi kompleks boʻlishi mumkin. Hozirgi vaqtda 2,4 mln pensionerlar SMS-хabar tizimidan foydalanadilar, YaIDXP orqali aхborot olish uchun boshqa onlayn-хizmatlar ham joriy etilgan, davlat хizmatlari markazlari orqali bola tugʻilganligi va dafn marosimi uchun nafaqalar olishga buyurtmalar berish jarayoni avtomatlashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 5.12.2019 yildagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Yagona milliy mehnat tizimida jismoniy shaхslar oʻzining oʻtgan davrlardagi mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishga haqli ekanligi nazarda tutilgan. Bunda kiritilgan ma’lumotlar yozuv kiritilganidan keyin 15 kun mobaynida Pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan verifikatsiya qilinadi (tasdiqlanadi). 2020 yil 1 aprelga kelib ushbu ma’lumotlarni kiritish va ularni verifikatsiya qilish meхanizmi aniqlashtiriladi.
Lola Abduazimova. | 74 | 3,474 |
Qonunchilik | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishning shaffofligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Budjet masalalari bo‘yicha departamenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash to‘g‘risida” (PIMA) hisoboti tayyorlanganligi va hisobotda respublikamizda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
infratuzilma loyihalarini shakllantirishga qaratilgan tizimni yagona normativ-huquqiy hujjat orqali tartibga solish;
infratuzilma va ijtimoiy soha loyihalarini tanlab olishning aniq mezonlarini ishlab chiqish;
davlat resurslaridan moliyalashtirish uchun ko‘rib chiqilayotgan loyihalar portfelini shakllantirib borish;
davlat xususiy-sheriklik mexanizmlarini davlat budjeti va investitsiyalarini boshqarish tizimlari bilan integratsiyalash;
budjetdan mablag‘ olish va budjet tavakkalchiliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, davlat xususiy-sheriklikni baholash bo‘yicha metodologiya ishlab chiqish;
davlat investitsiya loyihalarini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini talab darajasida nazorat va tahlil qilish.
2. Quyidagilar:
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari, loyihalar portfelini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda dastur doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ochiqligini ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
shartnomalar tuzish tartibi va shartlari, tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi, obyektlarning foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilishini tashkil etish hamda obyektlar qurilishini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
monitoring maqsadi va vazifalari, investitsiya davrida monitoring hamda investitsiyadan keyingi monitoring tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlar (loyihalar) amalga oshirilishini monitoring qilish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi va “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda:
2022-yil 1-iyunga qadar budjet tizimi budjetlarining kapital qo‘yilmalari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimini yaratish va uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlasin;
2022-yil 1-iyulga qadar budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimi Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2022-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqilgan maxsus elektron tizimni tajriba tariqasida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK orqali sinovdan o‘tkazsin;
2022-yil 15-avgustga qadar mazkur maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin.
4. Moliya vazirligi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi, budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar binolarni saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash tartibini ishlab chiqsin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar budjet tashkilotlaridagi mavjud obyektlar, ularning joylashgan hududi, quvvati, balans qiymati va texnik holati, shuningdek, ularda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurish-ta’mirlash ishlarning muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat mulki obyektlarining axborot tizimida yuritish tartibini joriy etsin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasi bo‘yicha ma’lumotlarni “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirish hamda loyihalar portfelidan infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlarini avtomatlashtirilgan tarzda baholash tartibini joriy qilsin;
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini, jumladan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar amaliyotga tatbiq etilishi natijasidan kelib chiqib, ularni yanada takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
xalqaro moliya institutlari konsultantlarini jalb etgan holda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv-seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida majburiy sug‘urtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Dastur respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishish, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan tarmoqlar va hududlarni tarkibiy o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan hamda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar hisoblanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
rivojlantirish konsepsiyasi (strategiyasi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda tarmoq va (yoki) hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradigan va ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish rejasini o‘zida aks ettiradigan hujjat;
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashga qaratilgan loyiha;
kapital qo‘yilmalar — Dasturga kiritilgan infratuzilma loyihalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablag‘lar;
loyiha pasporti — infratuzilma loyihasining asosiy parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiradigan hujjat;
loyihalar portfeli — rivojlantirish konsepsiyalarida (strategiyalarida), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun kelgusi 3 (uch) yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma loyihalarining ro‘yxati.
3. Dastur respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanib, davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi va kapital qo‘yilmalar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Quyidagilar Dasturni shakllantirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun, birinchi navbatda, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, ichimlik suv va kanalizatsiya hamda yo‘l-transport tarmoqlarini rivojlantirish sohalarini moliyalashtirish;
moliyalashtirish manbalari va hajmlarining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bilan muvofiqligi;
tabiiy mineral xomashyo, mehnat va boshqa resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash va rivojlantirish konsepsiyasida (strategiyasida) belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
avvalgi yillardan o‘tuvchi va qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan obyektlarni, shuningdek, moliyaviy resurslar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi sababli tugatilmay qolgan obyektlarni tugallash;
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda yirik investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l-transport infratuzilmalari bilan ta’minlash;
yirik irrigatsiya tarmoqlarini qurish orqali respublikaning irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, transmintaqaviy transport koridorlariga integratsiyalash, logistika majmualari va transport logistika xablarini shakllantirish;
respublika iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmini oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan loyihalarga xususiy investorlarning mablag‘larini jalb etish;
bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlariga investitsiya va infratuzilma loyihalarini joylashtirish;
infratuzilma loyihalarining hududlarni rivojlantirishning bosh rejalariga, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalariga va batafsil rejalashtirish loyihalariga hamda master rejalariga muvofiqligi;
davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash, shuningdek, ma’muriy binolarni qurish, xalqaro moliya institutlarini muhim loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. Dastur yig‘ma jadvallar bilan tahliliy qismdan, manzilli ro‘yxatdan va ustuvor investitsiya loyihalarning yig‘ma ro‘yxatidan tashkil topadi.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Dasturni shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
7. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
8. Dastur quyidagilardan iborat:
birinchi moliya yilida kapital quyilmalarning tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimidagi asosiy parametrlari va keyingi yillarda tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar;
birinchi yilda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxati;
birinchi yilda amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxati va ikkinchi yilda kapital quyilmalar o‘zlashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
ikkinchi yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, uchinchi yilda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxati;
birinchi yilda infratuzilma loyihalarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda keyingi ikki yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlar;
Dasturni amalga oshirish doirasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlar va umumlashtirilgan jadvallar bilan birga tahliliy qismi.
9. Dasturning manzilli qismi obyektlar kesimidagi ro‘yxatdan, ularda ko‘zda tutiladigan chora-tadbirlarning bajarilish muddatlari, chora-tadbirlardan kutilayotgan natijalarning rivojlantirish konsepsiyasida (strategiyasida), tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topadi.
10. Dasturning tahliliy qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tarmoqlar va hududlar kesimida kapital qo‘yilmalarning moliyalashtirish manbalarining tarkibi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi, Dastur va rivojlantirish konsepsiyalarida (strategiyalarida) nazarda tutilgan natijalarning o‘zaro bog‘liqligi;
Dasturning samaradorligini baholash, shu jumladan, aholining turmush darajasi va sifatining oshishi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish (o‘zgarish) prognoziga ta’sirini aks ettiruvchi ma’lumotlar.
11. Loyihalar portfeli mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ishlab chiqiladi.
12. Loyihalar portfeli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — tashabbuskorlar) tomonidan rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyasiga) asosan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi va aholining takliflari asosida kelgusi uch yil uchun shakllantiriladi.
13. Loyihalar portfeli har yilgi Dasturni shakllantirish uchun ma’lumotlar bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
14. Tashabbuskorlar har yili 15-yanvarga qadar loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda ishchi guruhlar tuzadilar.
15. Ishchi guruhlar 1-martga qadar tizimli ravishda obyektlarni, ya’ni binolar, inshootlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holatini o‘rgangan holda, loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari ro‘yxatini shakllantiradi hamda har bir infratuzilma loyihasi bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumot tayyorlaydi.
Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini “mahallabay” tashkil etib, bu jarayonlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining ishtirokini ta’minlaydi.
16. Ishchi guruhlar infratuzilma loyihalarining dastlabki ro‘yxatini shakllantirishda obyektning haqiqiy texnik holatini va moddiy texnik ta’minotini, shuningdek, infratuzilma loyihalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashga muhtojligini o‘rganadi.
17. Ishchi guruhlar 10-martga qadar o‘rganilgan infratuzilma loyihalarining ro‘yxatini idoraviy mansubligiga qarab tegishli tashabbuskorga yuboradi.
18. Tashabbuskorlar ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida loyihalar portfelini mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlaydilar.
Loyihalar portfeliga kiritilgan har bir infratuzilma loyihalari uchun rasm va video hisobot, shuningdek, uning joriy texnik holati to‘g‘risida vakolatli organning xulosasi olinadi.
19. Tashabbuskorlar tasdiqlangan loyihalar portfelini 1-mayga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
20. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 15-mayga qadar taqdim etilgan loyihalar portfelini o‘rganadi va zarurat bo‘lganda o‘zining takliflarini (e’tirozlarini) tegishli tashabbuskorga yuboradi.
21. Tashabbuskorlar 1-iyunga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining takliflari (e’tirozlari) asosida o‘zgartirish (qo‘shimcha) kiritilgan loyihalar portfelini yoki takliflar bo‘yicha o‘zining fikrini asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadilar.
22. Loyihalar portfeliga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek, ishchi guruhlarning xulosalariga asosan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritilishi mumkin.
23. Loyihalar portfeliga kiritilgan ma’lumotlarning asosliligi va haqqoniyligi uchun ishchi guruhlar a’zolari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari javobgar hisoblanadi.
24. Tashabbuskorlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan loyihalar portfelini o‘zlarining rasmiy veb-saytiga yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi va o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritilgan hollarda yangilab boradi.
25. Dastur:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-oktabrdagi PQ-4864-son qarori talablari asosida har yili aniqlashtirilib, 3 (uch) yil muddatga;
joriy moliyaviy davr uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan tasdiqlangan loyihalar portfeli asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va ularning hajmlari bilan o‘zaro bog‘langan holda shakllantiriladi.
26. Dasturni shakllantirish, kelishish va tasdiqlash mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
27. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 1-fevralga qadar kelgusi uch yilga mo‘ljallangan Dasturga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlarini ishlab chiqib, tashabbuskorlarga jo‘natadi.
28. Tashabbuskorlar tuman (shahar) hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining holati, amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi bo‘yicha keng jamoatchilik fikrini o‘rganadi.
29. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 10-aprelga qadar Dasturda belgilangan maqsadli mo‘ljallardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun ajratiladigan kapital quyilmalar miqdorining dastlabki parametrlarini tashabbuskorlarga yuboradi.
30. Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 1-mayga qadar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, kelgusi uch yillikda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Bunda tashabbuskorlar Dasturga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga asosan tuzilgan tegishli tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishadi.
31. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi 1-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining ro‘yxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
32. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 1-mayga qadar bo‘sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud bo‘lgan davlat mulki obyektlarining ro‘yxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
33. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining takliflarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha 10-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud bo‘lgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini tashabbuskorlarga tavsiyalar bilan birga yuboradi.
34. Tashabbuskorlar 1-iyunga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga quyidagilarni taqdim etadi:
a) Dasturga kiritish uchun loyihalar portfelidan mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq ustuvor infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlariga asosan tanlab olingan infratuzilma loyihalarining ro‘yxatini;
b) har bir Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plamini:
mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasining pasporti;
obyektning texnik holati to‘g‘risida ma’lumot;
arxitektura va qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha hujjatlari;
yangi boshlanayotgan obyektlar bo‘yicha muhandislik tadqiqot va loyiha ishlarini bajarish uchun budjet xarajatlari hisobi;
infratuzilma loyihasining smeta qiymati (loyihaoldi va loyiha hujjatlari tasdiqlangan obyektlar bo‘yicha);
ulushli moliyalashtirishda mahalliy budjetdan ko‘zda tutilgan mablag‘lar, tashqi yordam mablag‘lari, qarz va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
mahalliy budjetdan birgalikda moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar bo‘yicha xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri Kengashining bayonlari;
qiymati 10 mln AQSh dollari va undan ortiq bo‘lgan yirik infratuzilma loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot.
35. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi taqdim qilingan investitsiya takliflari asosida Dastur loyihasiga kiritish uchun infratuzilma loyihalarining dastlabki ro‘yxatini kelgusi yil prognoz mablag‘lari doirasida shakllantiradi.
Bunda Dasturga infratuzilma loyihalarini kiritish quyidagi ustuvorlik tartibida amalga oshiriladi:
yildan yilga o‘tuvchi obyektlarni moliyalashtirish;
tugallangan obyektlar bo‘yicha kreditor qarzdorlikni so‘ndirish;
rivojlantirish strategiyalari (konsepsiyalari) va Davlat dasturlariga kiritilgan infratuzilma loyihalari;
tashabbuskorlar tomonidan jalb qilinadigan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari;
bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan Davlat mulki obyektlariga joylashtiriladigan infratuzilma loyihalari;
mazkur Nizomga 6-ilovada ko‘rsatilgan mezonlarga mos keladigan infratuzilma loyihalari.
36. Dasturning manzilli qismiga Nizomning 34 va 35 bandlarida ko‘rsatilgan tartibda shakllangan infratuzilma loyihalaridan tashqari quyidagilar kiritiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilgan obyektlar;
Davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash, shuningdek, vakolatli organ tomonidan tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgani tasdiqlangan obyektlarni tiklashga (aniqlashga) qaratilgan loyihalar.
37. Dasturni amalga oshirishni birinchi yilida yildan yilga o‘tuvchi loyihalar hamda mazkur Nizom talablari asosida tanlangan yangidan boshlanayotgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
38. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Dasturga kiritilgan infratuzilma loyihalarining ko‘rsatkichlari bajarilishini tanqidiy tahlil qiladi, ularning rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyalariga) va moliyaviy resurslarga bog‘liqligini inobatga olgan holda o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritadi.
39. Dasturni amalga oshirishni ikkinchi yilida birinchi yildan o‘tuvchi, qiymatiga o‘zgartirish kiritilgan, mazkur Nizom talablari asosida tanlangan hamda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari birinchi yilda ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
40. Dasturni amalga oshirishning uchinchi yilida ikkinchi yildan o‘tuvchi, qiymatiga o‘zgartirish kiritilgan, mazkur Nizom talablari asosida tanlangan hamda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ikkinchi yilda ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
41. Tashabbuskorlar infratuzilma loyihalarining ro‘yxatini ajratilgan kapital quyilmalarning prognoz limitlari doirasida ishlab chiqadilar.
42. Tashabbuskorlar ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun hamda taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining mazkur Nizom talablari asosida belgilangan ustuvorlikka mos ravishda tanlanishiga mas’ul hisoblanadi.
43. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 20-iyunga qadar tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma loyihalarini ko‘rib chiqib, Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining dastlabki manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
44. Vazirlar Mahkamasi 1-iyulga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini o‘rganadi hamda loyihalarning dastlabki manzilli ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tasdiqlanishini ta’minlaydi.
45. Tashabbuskorlar Qurilish vazirligi bilan birgalikda 1-oktabrga qadar Dasturning dastlabki manzilli ro‘yxatiga kiritilgan infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishini va 1-noyabrga qadar ushbu loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
46. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 10-noyabrga qadar Dasturni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini o‘rnatilgan tartibda tashabbuskorlar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bunda Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmagan loyihalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
47. Vazirlar Mahkamasi 20-noyabrga qadar Dasturni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
48. Tasdiqlangan Dastur tashabbuskorlar tomonidan yangidan boshlanayotgan infratuzilma loyihalari bo‘yicha tender (tanlov) o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
49. Dasturga quyidagi hollarda:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan — Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini (obyektlarini) kiritishni, shuningdek ayrim infratuzilma loyihalarni (obyektlarni) chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan — Dasturning asosiy parametrlariga iqtisod qilingan yoki o‘zlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar limitlarini tashabbuskorlar o‘rtasida qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan — Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, tanlov (tender) yakunlariga muvofiq Dastur doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari (obyektlar) parametrlariga tashabbuskorlar bo‘yicha belgilangan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Bunda mazkur bandda ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar Budjet kodeksida nazarda tutilgan Davlat budjetining xarajatlar yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritish tartiblariga qat’iy amal qilgan holda kiritiladi.
50. Tasdiqlangan Dastur doirasida birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning 10 foiz va undan ortiq miqdordagi mablag‘larni birinchi darajali budjet mablag‘i taqsimlovchidan boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
51. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Dastur doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari ro‘yxatini (qonunchilik hujjatlarida oshkor etilmasligi belgilangan infratuzilma loyihalari bundan mustasno) va ular uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida tarmoqlar va hududlar kesimidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Rasmiy veb-saytida joylashtirilgan ma’lumotda har bir infratuzilma loyihasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim:
obyektning nomi va joylashgan manzili (viloyat, tuman, shahar, aholi punkti va boshqalar);
obyektning qiymati va uni foydalanishga topshirish muddati (yil, oy);
joriy moliya yili uchun kapital quyilmalarning limiti;
bajarilgan ishlar, hisobot davrida amalga oshirilgan moliyalashtirish va infratuzilma loyihasi doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar miqdori;
infratuzilma loyihasini amalga oshirishdan kutilayotgan natija.
52. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalari quyidagi mezonlar asosida tanlanadi va ular yordamida loyihaning ahamiyati baholanadi (aniqlanadi):
majburiy mezonlar — ushbu mezonlarga rioya qilmaslik boshqa xususiyatlardan qat’i nazar loyihani Dasturga kiritilmasligiga sabab bo‘ladi. Agar loyiha majburiy shartlarga muvofiq bo‘lmasa, baholash mezonlari hisobga olinmaydi.
baholash mezonlari — mazkur mezonlar bo‘yicha infratuzilma loyihalari ballar qo‘yish orqali baholanadi. Baholash mezonlari sifat va miqdor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin;
tarmoq mezonlari — ma’lum tarmoq bo‘yicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning ustuvorligini aniqlash bo‘yicha alohida mezonlar.
2. Quyidagilar majburiy mezonlar hisoblanadi:
obyektning davlat mulki obyektlari yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mulki toifasiga kirishi;
infratuzilma loyihasining rivojlantirish strategiyalari (konsepsiyalari) Davlat dasturlariga kiritilganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilganligi.
Majburiy mezonlar favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar natijasida zarar ko‘rgan obyektlarni tanlash va baholashga qo‘llanilmaydi.
3. Baholash mezonlari va tarmoq mezonlari quyida keltirilgan tartibda baholanadi:
4. Loyihalarning ustuvorligini belgilashda mazkur Nizom bilan belgilangan mezonlar bo‘yicha har bir loyihaning ballar vazni hisoblab chiqariladi va eng ko‘p ball to‘plagan loyiha birinchi navbatda Dasturga kiritiladi.
Bunda tabiiy ofat natijasida zarur ko‘rgan obyektlar, davlat mudofaasi va xavfsizligi ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
5. Ushbu mezonlarga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda kiritilgan taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan mezonlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlari bilan birgalikda tashabbuskorlarga yuborilishi lozim.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlari tashabbuskorlarga yuborilgandan keyingi yil davomida mezonlarga o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlik, idora rahbari F.I.O. lavozimi
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlarining kapital qo‘yilmalari hisobidan obyektlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan obyektlar uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — obyektlar bo‘yicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan yuridik shaxs;
budjet tizimi budjetlari — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari;
yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) — obyektni barpo etishda foydalaniladigan moddiy-texnik resurslarni, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarini), asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
ish hujjatlari — alohida binolar (inshootlar) va ish turlari uchun tuziladigan ish chizmalarining kompleksi;
loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxati — loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) ishlab chiqish muddatlarini, ishlar hajmini (quvvatini), umumiy va qoldiq qiymatlarini, obyekt uchun joriy moliya yilda ajratiladigan kapital qo‘yilmalar miqdorini, loyiha tashkilotlarining nomini o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat;
loyiha va pudrat tashkiloti — obyektlar bo‘yicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish uchun davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan tashkilot;
qurilishlarning manzilli ro‘yxati — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) doirasida har bir obyektda qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish muddatini, ularning hajmi va quvvatini, umumiy va qoldiq qiymatlarini, joriy moliya yilida ajratiladigan kapital qo‘yilmalar miqdorini, foydalanishga topshiriladigan quvvatlarini, obyekt bo‘yicha olingan ekspertiza xulosasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda pudrat tashkilotining nomini o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat.
3. Obyektni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (keyingi o‘rinlarda — qurilish) bo‘yicha shartnoma davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga asosan aniqlanadigan loyiha tashkiloti, yetkazib beruvchi va (yoki) pudratchilar (keyingi o‘rinlarda — pudratchi) bilan qurilishning butun davriga tuziladi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda qurilish sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tuziladi.
4. Obyektlarning qurilishiga shartnoma davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining va tuzilgan shartnomaning shartlariga muvofiq qurilish ishlarini bajarishga qodir bo‘lgan pudratchi — yuridik shaxslar bilan tuziladi.
Zarurat bo‘lganda, qo‘shma faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq ish ko‘ruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurilish shartnomasi bo‘yicha bosh pudratchi bo‘lishi mumkin.
5. Buyurtmachi va pudratchi, buyurtmachi va loyiha tashkiloti, pudratchi va subpudratchilar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq bo‘g‘inlarning ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Bunda pudratchilar tomonidan qurilish ishlariga subpudratchilarning jalb etilishi, shu jumladan ularni shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati asosida jalb etilishi vositachilar ishtiroki deb baholanmaydi.
Agar shartnomaga binoan qurilish ishlarini materiallar bilan ta’minlash majburiyati buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan berilgan materiallar qiymati soliq bazasiga kiritilmaydi.
6. Pudratchi bilan shartnoma, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, tender (tanlov) hujjatlarida va davlat xaridlari tartib-taomillari natijasida aniqlangan narxlarda davlat xaridlarining tartib-taomillari yakunlangandan so‘ng uch kun ichida tuziladi.
7. Tender (tanlov) hujjatlarining shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar bo‘yicha ikkinchi va keyingi yillar uchun qoldiq ishlar qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi shartnomaga qo‘shimcha kelishuvlar va bitim bilan rasmiylashtiriladi.
8. Shartnomaga ishlar hajmini ko‘paytirish yoki obyekt loyihasini o‘zgartirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatlarni to‘liq bajarish uchun yildan-yilga o‘tuvchi hamda hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan obyektlar bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida qo‘shimcha kelishuvlar tuziladi.
9. Shartnomani bekor qilish vaqtida taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash qonunchilik hujjatlarida va (yoki) shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomadagi majburiyatlar saqlanib qolish sharti bilan pudratchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
11. Tanlov (tender) g‘olibi deb topilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan qurilish va loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida jalb etilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari shartnomaga asosan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarishi lozim.
12. Obyektlar qurilishiga shartnoma tuzish va (yoki) shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq kafillik, kafolat va boshqalar bilan ta’minlanadi.
13. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan o‘zaro hisob-kitob shartlari qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
14. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:
yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning ish hujjatlari (obyektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov (tender) hujjatlarini tasdiqlash hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq loyiha tashkiloti va pudratchini aniqlash;
pudratchi bilan qurilish ishlarini bajarish grafigi va moliyalashtirish jadvallarini ko‘rsatgan holda shartnoma tuzish;
qurilish obyektini davlat arxitektura-qurilish nazorati organida ro‘yxatdan o‘tkazish;
pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim etish;
buziladigan, ko‘chiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni ko‘chirish ishlarini tashkil etish;
pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
obyektlardagi qurilish ishlarini moliyalashtirish, shartnoma bo‘yicha pudratchiga yuklatilgan majburiyatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
texnik kuzatish va obyekt qurilishi bo‘yicha texnik nazoratni tashkil etish;
qurilishi tugallangan obyektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;
kafolat muddati davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishini nazorat qilish.
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
15. Pudratchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:
texnologik qismni buyurtmachi bilan kelishgan holda ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) ishlab chiqish va qurilish jarayonida uni ekspert tarzida kuzatish;
ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bog‘lagan holda to‘liq hajm va belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishga berish;
tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan qurilish ishlarini ishlarni bajarish grafigi, standartlar hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda bajarish;
obyektni shartnoma shartlariga muvofiq asbob-uskuna, konstruksiya va qurilish materiallari bilan butlash;
qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini loyiha yechimlari, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
obyektning ijro hujjatlarini, sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha ularning muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni buyurtmachiga taqdim etish;
obyektni tasdiqlangan loyihalar, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachiga topshirish.
Pudratchi qonunchilik hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
16. Buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasidagi vazifalar taqsimoti, shuningdek, ularning mulkiy javobgarligi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.
17. Obyektni foydalanishga qabul qilish Qurilish vazirligining xulosasi asosida hamda belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ishlarni bajarishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim etish muddatlarini kechiktirilganligi;
geodeziya — yer ajratish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;
shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan qurilishi tugallangan obyekt, uning alohida navbatlari, ishga tushirish majmui hamda bino va inshootlarni qabul qilib olishni asossiz ravishda kechiktirilganligi;
moliyalashtirishni, shuningdek, bajarilgan ishlarni tasdiqlash va hisob-kitob qilishni belgilangan muddatlarda amalga oshirmaslik;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘ladi.
19. Pudratchi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ish hujjatlari ishlab chiqilmaganligi yoki sifatsiz ishlab chiqilganligi (obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda);
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;
obyektda qurilish-montaj ishlari va (yoki) uning navbati va bosqichi belgilangan vaqtda tugallanmaganligi;
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha montaj ishlarini bajarayotgan montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga asbob-uskunalarni montaj qilishga mo‘ljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov (tender) hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa);
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra alohida shartlarda berilgan yerlarni rekultivatsiya qilish bo‘yicha belgilangan muddatlarning buzilganligi va (yoki) to‘liq hajmda amalga oshirilmaganligi;
qurilish jarayonida va (yoki) oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot va nazorat organlari tomonidan qurilish ishlari va konstruksiyalarda yo‘l qo‘yilgan va aniqlangan chala ishlar hamda nuqsonlarni bartaraf etishning kechikkanligi;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘ladi.
20. Pudratchi tomonidan qurilish ishlari shartnoma shartlarini buzgan holda yoki boshqa nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan holda bajarilganda buyurtmachi, agar qonunchilik hujjatlarida va shartnomada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, pudratchidan:
nuqsonlar oqilona muddatda pudratchining mablag‘lari hisobidan bartaraf etilishini;
qurilish qiymati ish uchun belgilangan narxga mutanosib miqdorda kamaytirilishini;
agar shartnomada buyurtmachining nuqsonlarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan bo‘lsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplashni talab qilishga haqlidir.
21. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish o‘rniga qurilish ishlarini o‘z hisobidan qaytadan bajarish huquqiga ega. Bunda pudratchi tomonidan qurilish ishlarining bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplab berilishi kerak.
22. Pudratchi tomonidan nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonlarni o‘z mablag‘lari hisobidan va (yoki) o‘z kuchi bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda nuqsonni bartaraf etish ishlarining qiymati va nuqson o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi natijasida ko‘rilgan zarar pudratchidan undirib olinishi lozim.
23. Bajarilgan qurilish ishlari (xizmatlari) va yetkazib berilgan tovarlar (materiallar) uchun belgilangan muddatlarda haq to‘lanmagan taqdirda, buyurtmachi pudratchiga qonunchilik hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda hamda miqdorda neustoyka (jarima, penya) to‘laydi.
24. Mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan neustoyka (jarima, penya) to‘laganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o‘zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
25. Muddatini o‘tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o‘zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun mazkur Nizomda belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) to‘lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
26. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash bo‘yicha majburiyatlarni nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
27. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish budjet tizimi budjetlarining kapital qo‘yilmalari hisobidan moliyalashtiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirishda majburiy hisoblanadi.
28. Boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki tanlov (tender) savdolarining shartlaridan kelib chiqib qo‘llanilishi mumkin.
29. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga pudratchi tomonidan subpudrat tashkilotlari jalb etilishi mumkin.
30. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo, konstruksiyalar va buyumlar, asbob-uskunalar va texnikalar, texnologik va energetik asbob-uskunalar hamda maxsus materiallar bilan ta’minlash ishlari pudratchining majburiyati hisoblanadi.
31. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolat davrida obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javobgar hisoblanadi.
32. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish qurilish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirganidan keyin buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
33. Obyektlar foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilayotganda, obyektda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida bo‘ladi. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliqqa tortish soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
34. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilinib, Dastur tasdiqlangandan keyin:
Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kapital qo‘yilmalar hajmlari choraklar va sohalar kesimidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘n kun ichida (agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa) buyurtmachilarga yetkaziladi.
Bunda buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablag‘larni Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablag‘lar sifatida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi.
35. Kapital qo‘yilmalar uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmlari buyurtmachilarga yetkazilgandan keyin besh ish kuni ichida buyurtmachilarga Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi va unga kapital qo‘yilmalar uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmlari kiritiladi.
Moliya organlari tomonidan budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablag‘lar doirasida budjet darajasi, sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan tartibda xarajatlar yoyilmasi tuziladi va ajratilgan mablag‘lar Moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilarga ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kiritilishini ta’minlaydi.
36. Dastur doirasida barpo etilayotgan obyektlar bo‘yicha qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tartibda avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida amalga oshiriladi, davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar bundan mustasno.
Davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar bo‘yicha qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash davlat sirlari va maxfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Qurilish va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlari tasdiqlangandan so‘ng moliya organlari tomonidan Moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyektlar bo‘yicha alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi va buyurtmachilar tomonidan xarajatlar smetasini ro‘yxatga olish uchun moliya organlariga taqdim etiladi.
Bunda moliya organlari Moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilarga ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq har bir obyekt uchun alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga qayta taqsimlaydi.
38. Xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini ta’minlash va ichki tartibni saqlash tadbirlari doirasida barpo etiladigan obyektlarning qurilishi uchun ajratiladigan mablag‘lar obyektlar kesimida taqsimlanmagan holda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali bir satrda moliyalashtiriladi.
40. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan manzilli ro‘yxatlar tasdiqlangandan so‘ng ikki ish kuni ichida maxsus axborot portali orqali g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagilar taqdim etiladi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning va (yoki) loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlari nusxasi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudratchini (loyiha tashkilotini) aniqlash bo‘yicha xarid komissiyasi yig‘ilishining bayoni;
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
Qurilish vazirligining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda);
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, shartnoma va shartnoma bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno).
41. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti o‘rtasida obyektni qurish, rekonstruksiya qilish yoki mukammal ta’mirlash yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablag‘ bilan ta’minlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
a) qurilishi tayyor holda foydalanishga topshirish shartlari asosida quriladigan obyektlar bo‘yicha:
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda ajratiladi;
ajratilgan avansning moliya yili mobaynida mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtiriladi;
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizi to‘lanadi;
b) obyektlarni jihozlash (texnologik uskunalar bundan mustasno) bo‘yicha:
jihozlash ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans to‘lovlari jihozlash ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladi;
avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, yetkazib berilgan jihozlarning 100 foizi miqdorida joriy moliyalashtiriladi;
v) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha:
loyiha ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans to‘lovlari loyiha ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladi;
qolgan mablag‘lar, shartnomalarda ko‘rsatilgan shartlarda bajarilgan ishlar qiymatidan kelib chiqib, ajratilgan avansni ushlab qolgan holda joriy moliyalashtirilishi nazarda tutiladi.
42. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
43. Obyektlarini moliyalashtirish qat’iy ravishda budjet tizimi budjetlaridan har bir obyekt uchun ajratilgan kapital qo‘yilmalarning limitlari doirasida amalga oshiriladi hamda mablag‘larni qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi.
44. Joriy moliyalashtirish buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisobvaraq-fakturalar va to‘lov topshiriqnomalariga asosan ular g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilgandan so‘ng uch ish kun ichida, biroq qonunchilik hujjatlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar birinchi navbatda moliyalashtirilishini inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
45. Buyurtmachining saqlash bilan bog‘liq xarajatlari obyektning qurilish qiymatiga kiritiladi va Moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt bo‘yicha alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i orqali budjet tasnifining alohida xarajatlar moddasida bitta satrda nazarda tutiladi.
46. Buyurtmachilarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda moliya organlarida ro‘yxatga olinadi.
47. Budjet tizimi budjetlarining kapital qo‘yilmalari hisobidan obyektlarni moliyalashtirish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
48. Buyurtmachilar tomonidan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar uchun davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish to‘g‘risidagi tartibiga muvofiq hisobotlar taqdim etiladi.
Bunda budjet tizimi budjetlari bo‘yicha buyurtmachilar tomonidan tegishli hisobotlar taqdim etilmaganda, buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda moliya organlari tegishli hisobotlar talab darajasida taqdim etilgunga qadar budjet mablag‘lari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirishni (to‘lashni) cheklab qo‘yishga haqli.
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
1. Ushbu Tartib ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Tartib talablari vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga ham tatbiq etiladi.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obyektlarni loyihalashtirish va qurish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida ham tashabbuskor, ham buyurtmachi bo‘lishlari mumkin.
3. Tashabbuskorlar, buyurtmachilar, shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi o‘zlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — elektron tizim) ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.
4. Dastur doirasida qurilishlarning va keyingi yillar uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — pudrat (loyiha) tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha tanlov (tender) savdolari o‘tkazishdan oldin qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining dastlabki manzilli ro‘yxatlari (keyingi o‘rinlarda — dastlabki manzilli ro‘yxatlar) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi;
ikkinchi bosqichda — pudrat (loyiha) tashkilotlari aniqlangandan keyin qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlari (keyingi o‘rinlarda — manzilli ro‘yxatlar) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
5. Manzilli (dastlabki manzilli) ro‘yxatlar buyurtmachilar tomonidan har bir obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiradigan, mazkur Tartibga 1- va 2-ilovalarga muvofiq shakllarda elektron tizim orqali Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) taqdim etiladi.
Bunda davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar davlat sirlari va maxfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni va Dastur qabul qilingandan so‘ng buyurtmachilar tomonidan uch ish kuni ichida dastlabki manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritiladi.
7. Dastlabki manzilli ro‘yxatlarda qurilish-montaj ishlarining hamda buyurtmachining boshqa xarajatlari (loyiha qidiruv ishlari) uchun talab etiladigan mablag‘larning prognoz qiymatlari ko‘rsatiladi.
8. Prognoz qiymatlar buyurtmachilar tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra ishlab chiqiladi va xarajatlar smetasini moliya organlariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
9. Yangidan boshlanadigan loyihalar bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatlar quyidagilardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi:
kapital qo‘yilmalar uchun ajratilgan mablag‘larning hajmi va moliyalashtirish manbalarining belgilanganligi;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha obyektning loyihaviy quvvati;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha davlat ekspertizasi xulosasi;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xulosasi;
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ishlarini bajarishga ruxsat beruvchi hujjat (mavjud bo‘lgan hollarda).
Manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (ma’lumotlarning) to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun buyurtmachi javobgar bo‘ladi.
10. Buyurtmachilar ishlab chiqilgan dastlabki manzilli ro‘yxatlarni tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan mas’ul rahbarlar tomonidan ma’qullangandan keyin mazkur Tartibning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) ilova qilgan holda elektron tizim orqali vakolatli organlarga taqdim etadi.
Bunda mahalliy hokimiyat organlari huzuridagi buyurtmachilar tomonidan shakllantirilgan dastlabki manzilli ro‘yxatlar tegishli hududiy iqtisodiyot bosh boshqarmalari bilan kelishiladi.
11. Moliya vazirligi dastlabki manzilli ro‘yxatlarni va ularga ilova qilingan hujjatlarni ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va kelishadi.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi dastlabki manzilli ro‘yxatlarni Moliya vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng ikki ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi, kelishadi va buyurtmachilarga yuboradi.
13. Buyurtmachilar vakolatli organlar bilan kelishilgan dastlabki manzilli ro‘yxatlarni zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ikki ish kuni ichida moliya organlariga taqdim etadi.
14. Moliya organlari ikki ish kuni ichida obyektlar uchun ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini har bir obyekt uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kiritadi.
15. Buyurtmachilar tomonidan pudratchi (loyiha tashkiloti) bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch ish kuni ichida manzilli ro‘yxatlar ishlab chiqiladi va kelishish uchun mazkur Tartibning 5-bandida belgilangan tartibda vakolatli organlarga kiritish.
16. Manzilli ro‘yxatlar quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:
kapital qo‘yilmalar uchun ajratilgan mablag‘larning hajmi va moliyalashtirish manbalarining belgilanganligi;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha obyektning loyihaviy quvvati;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha davlat ekspertizasi xulosasi;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xulosasi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudrat (loyiha tashkilotini) aniqlash bo‘yicha (yildan yilga | 203 | 63,904 |
Qonunchilik | Urugʻchilik klasteri qanday tashkil etiladi | Vazirlar Mahkamasining 18.06.2019 yildagi 512-son qarori bilan ularni kreditlash, imtiyozlar taqdim etish va investorlarni tanlash tartibi tasdiqlandi.
Respublikada qishloq хoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish boʻyicha zamonaviy urugʻchilik klasterlari tashkil etish Prezidentning 20.11.2018 yildagi PQ-4020-son qarorida nazarda tutilgan.
Qabul qilingan hujjatga koʻra joriy yilning III choragidan boshlab Buхoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlarida klaster shaklini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Ularni tashkil etishda Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DUK hamda toʻgʻridan-toʻgʻri, shuningdek, хorijiy investitsiyalarni kiritish orqali investor birgalikda ishtirok etadi.
Klasterlar Topshirilgan paхta хom ashyosi va boshoqli don yetishtirish boʻyicha хarajatlarga kredit ajratish va yakuniy hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit oladi (batafsil - bu yerda).
Bundan tashqari, ularga VMning 25.01.2018 yildagi 53-son qarori 2 va 13-bandlari, shuningdek, VMning 31.03.2018 yildagi 253-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan imtiyoz va shartlar tatbiq etiladi.
Investorlarni tanlash - tanlov asosida
Klasterlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan sхemaga asosan har yili 20 martga qadar klasterlar tuzilmasiga oʻtkaziladigan paхta tozalash korхonalarining bino va inshootlari hamda tayyorlash seхlari roʻyхati shakllantiriladi. 1 aprelga qadar investorlarni tanlash amalga oshirilib, uning yakuniga koʻra viloyat hokimliklari klaster tashkil etish uchun yer maydonlarini ajratadi. Joriy yilda tanlovni hujjat tasdiqlangan kundan e’tiboran 2 oy muddatda oʻtkazadilar, shu muddatda oʻtkaziladigan bino va inshootlarni хatlovdan oʻtkazish va baholash koʻzlangan.
Tanlovda ishtirok etish uchun investor Qishloq хoʻjaligi vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Arizalar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, gʻolib yopiq majlisda oddiy koʻpchilik ovoz berish bilan aniqlanadi. Loyihani amalga oshirishda eng maqbul deb topilgan tanlov taklifi bergan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb tan olinadi.
Bunda investorlar klasterlarni tashkil etishda quyidagi shartlarni bajarishlari lozim:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 43 | 2,481 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | Iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 9-son, 221-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
1. 2-bandda:
a) ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“GSMA (Global System for Mobile Communication Association) — xalqaro mobil apparat identifikatorini yaratish uchun ishlatiladigan TAC kodini taqsimlash bo‘yicha global boshqaruvchi. Uyushma TAC raqamlarining rasmiy intervallarini 3GPP mos keluvchi barcha qurilma ishlab chiqaruvchilariga tarqatadi va ushbu intervallarni va qurilma modeli ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasiga yozib oladi. Ushbu ma’lumotlar bazasiga asoslanib qurilmani qidirish va identifikatsiya qilishga vakolatli tashkilotlarga IMEI orqali mobil qurilma ishlab chiqaruvchisi va modelini aniq identifikatsiyalash imkonini beradi;
IMEI (International Mobile Equipment Identifier) — har bir mobil qurilma uchun o‘ziga xos bo‘lgan 15 raqamdan iborat xalqaro mobil qurilmalar identifikatori (keyin o‘rinlarda — IMEI kodi). Asosiy identifikator GSMA tomonidan belgilangan maxsus TAC hisoblanadi. GSM/UMTS va boshqa mobil qurilmalarni identifikatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Mobil qurilma bir yoki undan ortiq IMEI koddan iborat bo‘lishi mumkin”;
b) to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“import qiluvchi — mobil qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib kiradigan jismoniy va yuridik shaxs;
IMEI-kodlar ma’lumotlar bazasi — tizimda ro‘yxatdan o‘tgan va hisobga olingan barcha IMEI kodlari to‘plamidir. IMEI kodlarining ma’lumotlar bazasi oq, qora, kulrang va bog‘langan-oq ro‘yxatlardagi mobil qurilmalar IMEI-kodlaridan iborat”;
v) o‘n beshinchi — o‘n yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qora ro‘yxat — tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan, klonlangan, IMEI kodi aniqlanmagan, GSMAning qora ro‘yxatida bo‘lgan mobil qurilmalar IMEI kodlari (roumingdagi mobil qurilmalarni ham o‘z ichiga oladi).
Qora ro‘yxatga kiritilgan mobil qurilma IMEI-kodi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi cheklanib (bir vaqtning o‘zida bog‘langan oq ro‘yxatda joylashgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bundan mustasno), abonentga qora ro‘yxatga kiritilganligi sababi haqida SMS ogohlantirish yuboriladi.
Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklovi, mobil qurilma IMEI-kodi orqali qora ro‘yxatga olingan holatda barcha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini anglatadi”;
g) o‘ttiz uchinchi va o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli ekanligini isbotlamagan shaxslar;
chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs”;
d) quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“TAC (Type Allocation Code) — simsiz qurilmalarni o‘ziga xos identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan IMEI identifikatorining dastlabki sakkiz xonali qismidir. TAC IMEIdan foydalangan holda GSM, UMTS yoki boshqa simsiz qurilmalarni aniq modelini identifikatsiyalaydi;
yashash guvohnomasi — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat”.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tizim operatoridan barcha SMS-xabarlar va abonentlardan mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish va tekshirish tartibi bilan bog‘liq SMS/USSD so‘rovlari mobil operatorlar tarmoqlari orqali bepul amalga oshiriladi”.
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi hududida roumingda bo‘lib, mahalliy operator tarmog‘ida ilgari tarmoq hodisasi qayd etilmagan mobil qurilmalar bundan mustasno”.
4. Quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin:
“61. O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’iy nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘ladilar”.
5. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “4, 5 va 6-boblarida” so‘zlari “4 va 5-boblarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Quyidagi mazmundagi 101 va 102-bandlar qo‘shilsin:
“101. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — diplomatik vakolatxonalar) mobil qurilmalari IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosiga mazkur Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan arizani ilova qilgan holda murojaat qiladi. Bunda diplomatik vakolatxonalar tomonidan mobil qurilmalar diplomatik pochta orqali olinmagan taqdirda arizaga bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — BYuD) yoki bojxona kirim orderi taqdim etiladi.
Tizim operatori Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi bergan arizaga muvofiq IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni ariza olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida to‘lov asosida amalga oshiradi.
102. Sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilgan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning 3b-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan anketa va sud qarorining nusxasini tizim operatoriga taqdim etadi.
Tizim operatori davlat ijrochisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Tizim operatori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi o‘rtasida sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilgan mobil qurilmalar bo‘yicha elektron axborot almashinuvi amalga oshiriladi.”.
7. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga/hududida olib kirilgan/ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning tegishli ravishda ariza beruvchining turiga qarab, ushbu Nizomga 3v yoki 3g-ilovalardagi shaklga muvofiq to‘ldirilgan anketani taqdim etadi.
Import qiluvchilar anketada olib kirilgan qurilmalar partiyasi uchun “erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan BYuDning ro‘yxatga olingan bojxona posti, sanasi va raqamini ko‘rsatadi. Agar import qiluvchi tomonidan anketada ko‘rsatilgan axborot BYuD yoki bojxona kirim orderida aks ettirilgan axborotga mos kelmasa, qurilmalarning butun tovar partiyasi ro‘yxatga olinmaydi.
Bunda, chetdan keltiriladigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumot import qiluvchilar tomonidan majburiy tartibda BYuDning 31-ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar qurilma ishlab chiqarish uchun tegishli ruxsatnomalarni, shuningdek, vakolatli organning mahalliy ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlarni (GSMA assotsiatsiyasining TAC sertifikatlari va boshqa ruxsatnomalar) taqdim etishi kerak.
Bunda mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ular IMEI-kodlarining ro‘yxati ariza beruvchilar tomonidan elektron ko‘rinishda taqdim etiladi”.
8. 23-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019-yil 1-noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so‘ng Tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul ravishda amalga oshiriladi:
mobil qurilma egasining Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
ushbu IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#-06#- kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan anketani taqdim etishi.
Agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019-yil 1-noyabrdan keyin arizaga asosan ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu qurilmaning boshqa sloti IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi harakatlar amalga oshirilganida 3 soat ish vaqtida to‘lov asosida amalga oshiriladi:
mobil qurilma egasining Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat qilgan holda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi;
ushbu IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#-06#- kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketa ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq, 2019-yil 1-noyabrdan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi”.
9. 27-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Mobil aloqa” so‘zlari “Tizim” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “tillarida” so‘zidan so‘ng “mobil aloqa operatorlari tarmoqlari orqali Tizim operatori tomonidan” so‘zlari qo‘shilsin.
10. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish:
Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan kelib murojaat qilish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun fuqarolik pasporti va ushbu Nizomning 5b-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan mobil qurilmaning IMEI-kodlari, soni, modeli va markasi ko‘rsatilgan anketani to‘ldirgan holda;
Mobil aloqa tizimlari orqali (SMS va/yoki USSD so‘rovlar):
SMS orqali — abonent maxsus raqamga ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning IMEI-kodi, shaxsiy pasport raqami hamda JShShIR kiritilgan SMS-xabarnoma yuboradi;
USSD so‘rov orqali — abonent maxsus USSD menyu orqali ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning IMEI-kodi, shaxsiy pasport raqami hamda JShShIR kiritilgan so‘rov yuboradi.
YIDXP orqali — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi yordamida;
Tizim operatorining veb sayti orqali — ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning IMEI-kodi, shaxsiy pasport raqami hamda JShShIR va abonent raqamini kiritish bilan amalga oshiriladi”.
11. Quyidagi mazmundagi 281-band qo‘shilsin:
“281. Chet davlat fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega chet davlat fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish:
Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat qilish yo‘li bilan ushbu Nizomning 5b-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan mobil qurilmaning IMEI-kodlari, soni, modeli va markasi ko‘rsatilgan anketani to‘ldirish va quyidagilarni taqdim etgan holda:
chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati hamda yashash uchun guvohnomasi;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun biometrik harakatlanish hujjatining nusxasi hamda yashash uchun guvohnomasini taqdim qilish orqali.
YIDXP orqali — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi yordamida;
Tizim operatorining veb sayti orqali — ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning IMEI-kodi, shaxsiy abonent raqami va quyidagilarni taqdim etgan holda:
chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatining hamda yashash uchun guvohnomasining raqamlari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash uchun guvohnomasining hamda biometrik harakatlanish hujjatining raqamlari hamda JShShIR kiritish bilan amalga oshiriladi”.
12. 30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi” so‘zlari “IMEI-kodlari,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari orqali olib kiritilgan mobil qurilmalar Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat etish yo‘li bilan, shuningdek, tizim operatorining sayti orqali, mos ravishda pochta identifikatorining shtrix kodi, kalendar shtempeli bo‘lgan konvert va jo‘natma oluvchining pasportini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatga olish uchun ko‘rsatilgan mobil qurilmalar olib kirilgan, shu jumladan xalqaro pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari orqali keltirilgan mobil qurilmalar soni jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bojxona chegarasi orqali tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshmasligi lozim.
Bojsiz olib kirish me’yorlaridan ortiqcha qismi bo‘yicha bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlovchi bojxona kirim orderi (keyingi o‘rinlarda — BKO) taqdim etiladi.
Bunda, mobil qurilmalarning IMEI-kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar BKOning 11-ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”.
14. Quyidagi mazmundagi 311-band qo‘shilsin:
“311. Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sana, usul va boshqa) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan elektron axborot almashish orqali murojaat etilgan sana va pasport ma’lumotlarini qayd etilgan holda tekshiriladi.
Xalqaro pochta jo‘natmalari ma’lumotlari tekshiruvi “O‘zbekiston pochtasi” AJ, kuryerlik jo‘natmalari va BKO bo‘yicha ma’lumotlari tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan elektron axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi.
Bojxona chegarasidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga rioya qilinmagan holda olib kirilgan mobil qurilmalar, ular uchun import qiluvchi sifatida bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini oxirgi marta kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sana, usul va boshqa) hisobga olinadi”.
15. 32 va 33-bandlardagi “Nizomning 29 va 31-bandlarida“ so‘zlari “Nizomda” so‘zi bilan almashtirilsin.
16. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Anketani ko‘rib chiqish davrida, IMEI-kodning birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgan vaqtidan keyin 30 kun ichida murojaat qilingan bo‘lsa, jismoniy shaxsning mobil qurilmasi aloqa xizmatlarini cheklamasdan, kulrang ro‘yxatda turadi”.
17. 6-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
18. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Mobil qurilmalarda klonlangan IMEI-kodlar aniqlangan taqdirda, tizim tomonidan avtomatik tarzda tahlil qilinadi va “qora ro‘yxat”ga kiritiladi”.
19. 40 va 41-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. 45-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“taqdim qilingan pasport ma’lumotlari to‘g‘ri kelmagan, uchinchi shaxslarning pasport ma’lumotlari taqdim qilingan hollarda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish”.
21. Quyidagi mazmundagi 491 va 492-bandlar qo‘shilsin:
“491. Tizim operatori Tizimdan foydalanish yo‘li bilan shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan xizmatlarni taqdim qilish huquqiga ega.
492. Ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlangan holatlar haqida shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi va amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi”.
22. Nizomning 3a va 3b-ilovalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
23. Quyidagi mazmundagi 3v va 3g-ilovalar qo‘shilsin:
24. Nizomga 4-ilovaning “Tadbirlar” ustunidagi “(ushbu Nizomning 29 va 31-bandlariga muvofiq)” so‘zlari “(ushbu Nizomga muvofiq)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Nizomga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26. Quyidagi tahrirdagi 5a-ilova qo‘shilsin:
27. Nizomga 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 243 | 17,996 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 165 | 642 |
Qonunchilik | 1999 YIL PAXTA HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLIShNI UYuShQOQLIK BILAN O‘TKAZISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | 1999-yil paxta hosilini yig‘ishtirib olishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta terish mashinalarini, transport traktorlarini, paxta tashish uchun maxsus jihozlangan yuk avtomobillarini, paxta tozalash zavodlari va paxta tayyorlash punktlarini hamda quritish-tozalash sexlarini shu yil 1-sentabrgacha hozirlab qo‘yishni tugallash, shuningdek, xo‘jaliklarni talab qilingan miqdorda fartuklar, yig‘im-terimni qisqa muddatlarda va nobudgarchiliklarsiz nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining eng muhim vazifalari hisoblansin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 18-martdagi PF-1978-son Farmoniga muvofiq yalpi paxta hosili 1999-yilda 4 mln tonna hajmida belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari va ichki xo‘jalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-maydagi 248-son qarori bilan 1999-yil paxta hosilining xarid narxi 1 tonna uchun o‘rtacha 34800 so‘m miqdorida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 1999-yil uchun paxta tolasi davlat xaridi uni ishlab chiqarish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolinsin. Belgilansinki, tasdiqlangan davlat xarid hajmidan ortiqcha paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi xo‘jaliklar ixtiyorida qoladi va paxta tayyorlash topshirig‘i bajarilgan taqdirda ular tomonidan shartnoma narxlari bo‘yicha sotiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-maydagi 248-son qarorini bajarish maqsadida shirkat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari har bir oila (jamoa) va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida hisob-kitob qilinishini, shuningdek, ayrim bo‘linmalar zararlari boshqa bo‘linmalar daromadlari hisobiga qoplanishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Murodov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov), “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
g‘o‘za bargini to‘kish topshiriqlari agrotexnika talablariga muvofiq bajarilishini va paxta terish mashinalari paxta yig‘im-terimiga 1-ilovaga* muvofiq chiqarilishini ta’minlasinlar;
xo‘jaliklarga talab qilingan miqdorlarda defoliantlar yetkazib berishni va g‘o‘za bargini to‘ktirishni 1999-yil 20-sentabrdan kechiktirmasdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktabrgacha tugallagan holda eng qulay muddatlarda sifatli o‘tkazilishini tashkil etsinlar. G‘o‘za bargini to‘kishni yerda olib borish usuli bilan o‘tkazish uchun texnika vositalari va apparaturalar tayyorlab qo‘yilishiga birinchi darajali ahamiyat bersinlar;
paxtani mashinada terishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlarining tavsiyanomalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirsinlar, dalalarni “Keys” gorizontal shpindelli mashinalar ishlashiga tayyorlashga alohida e’tibor bersinlar, har bir ana shunday mashina uchun kamida 180 gektar paxta maydoni ajratilishini ta’minlasinlar;
ko‘sak terish va ko‘sak chuvish mashinalarining ahvolini tekshirib chiqsinlar, ularni hozirlab qo‘yishni shu yil 15-sentabrgacha tugallash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov), “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta terish mashinalari uchun dvigatellar, uzellar, agregatlar va boshqa materiallarning almashtirish fondlarini tashkil etsinlar, ularning belgilangan joylarga zudlik bilan yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Ro‘zmetov) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagrokimyota’minot” birlashmasining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za bargini to‘ktirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda samolyotlar ajratsin.
7. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari ortiqcha mehnat resurslarini ushbu viloyatlar xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga safarbar qilishni 2-ilovaga* muvofiq tashkil etsinlar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi ko‘rsatib o‘tilgan terimchilarning belgilangan joygacha olib borilishini va qaytarib olib kelinishini ta’minlasinlar.
8. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi paxta tashish uchun yuk avtomashinalariga bo‘lgan talabni mamlakat mintaqalari bo‘yicha birgalikda o‘rganib chiqsinlar va ulardan foydalanish uchun tegishli shartnomalarni oldindan rasmiylashtirsinlar.
9. Paxta yig‘im-terimida moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida xo‘jaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq to‘lash tavsiya qilinsin.
Birinchi terimda:
terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali nav paxta uchun — kamida 8 so‘m, ingichka tolali paxta uchun — 9 so‘m;
terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali urug‘lik paxta uchun — kamida 10 so‘m, ingichka tolali paxta uchun — 12 so‘m haq to‘lansin.
Mashina-traktor parklari va xo‘jaliklar mexanik-haydovchilarga ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun — kamida 200 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilgan paxta uchun — 130 so‘m, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun — kamida 100 so‘m miqdorida haq to‘laydilar.
Paxta terimi uchun hisob-kitob qilishda aniq narxnomalar har bir xo‘jalik bo‘yicha mahalliy sharoitlarni va xo‘jaliklarning o‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilansin.
Xo‘jaliklarga, ularda moliyaviy resurslar mavjud bo‘lganda, ayrim hollarda paxta yig‘im-terimi tugallanishi davrida mehnatga haq to‘lashning oshib boruvchi koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, Markaziy bank, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklari terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek, paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati ko‘rsatish va tuzatishda band bo‘lgan xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun xo‘jaliklarni, mashina-traktor parklarini, tayyorlov punktlarini, paxta tozalash zavodlarini mehnatga haq to‘lashning idora ichki normativlari bo‘yicha naqd pul bilan ta’minlasinlar.
11. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi paxta yig‘im-terimi mavsumida qatnashuvchi paxta terish mashinalari va boshqa texnikalarning uzluksiz ishlashi uchun paxta ekuvchi xo‘jaliklarga va mashina-traktor parklariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatlarga sanoat korxonalarini 3-ilovaga* muvofiq biriktirib qo‘ysinlar.
12. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (Ahmedov) yig‘im-terim ishlarini bajarish, paxtani transportda tashish va ishlov berish uchun xo‘jaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash sanoati korxonalariga zarur bo‘lgan miqdorda yonilg‘i-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin.
13. “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zbeksavdo” kompaniyalari, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi qishloq aholisini, ayniqsa, paxta yig‘im-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa xalq iste’moli tovarlari bilan ta’minlash masalalarini o‘z vaqtida hal qilsinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi paxta yig‘im-terimida band bo‘lgan xodimlarga muntazam ravishda tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosil yig‘im-terimi davrida terimchilarga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, san’at ustalari va adabiyot namoyandalarining xo‘jaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin. | 101 | 8,902 |
Qonunchilik | Xorijiy investorlarga yashash guvohnomasi berish tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 864-son qarori bilan qonunosti hujjatlariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
1 martdan boshlab, eslatib oʻtamiz, tovarlar ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish boʻyicha korхonalar tashkil qilish uchun 3 mln AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan хorijiy investorlarga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
Oʻzbekistonda doimiy yashash uchun ruхsatnoma olish uchun ular tuman (shahar) darajasidagi ichki ishlar organlari migratsiya boʻlinmalariga murojaat qilishlari va kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida ma’lumotnoma bilan ariza-anketa taqdim etishlari lozim. Ma’lumotnomani Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (agar gap aksiyalar хususida boʻlsa) yoki Davlat хizmatlari markazi (agar ulushlar yoki хorijiy investitsiyalar ishtirokida korхonalar хususida boʻlsa) tomonidan beriladi.
Migratsiya boʻlimlari haqiqatda investitsiyalar kiritilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni tekshiradi. Shundan keyin standart tartib-taomil amalga oshiriladi: hujjatlar “yuqoriga” – IIV, Qoraqalpogʻiston va viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB migratsiya boshqarmalariga yuboriladi, ular 3 ish kuni mobaynida ularni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi.
Shuningdek, zarurat boʻlganda ariza beruvchining shaхsini va uning fuqaroligini aniqlash toʻgʻrisida хorijiy davlatning vakolatli organlariga soʻrovnoma yuboriladi. Soʻrovga javob 3 oy mobaynida olingan taqdirda, hududiy boʻlinmalar IIV migratsiya bosh boshqarmasi bilan kelishmasdan mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror yashash guvohnomasini berish uchun asos hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 67 | 1,810 |
Qonunchilik | Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda | Prezidentning 01.04.2022 yildagi “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-188-son qarori qabul qilindi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʻquv jarayonini хalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etilmoqda. U Samarqand davlat tibbiyot institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etildi:
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 56 | 907 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida ilmiy-texnikaviy bazani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida ilmiy-texnikaviy salohiyatni yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi turlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy siyosatni olib borish, respublikaning qishloq xo‘jaligida resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan yuqori quvvatga ega qishloq xo‘jaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi o‘rtasida 2016-yilning 28-sentabrida mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or texnologiyalar bilan almashishni, shuningdek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik o‘zbek-koreya markazini tashkil etishni nazarda tutadigan Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi (keyingi o‘rinlarda — Memorandum) imzolandi;
Memorandumga muvofiq O‘zbekiston tomoni ishlab chiqarish maydonlarini va ularni rekonstruksiya qilishni, Koreya tomoni — qo‘shma markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur uskunalari taqdim etilishini ta’minlaydi;
imzolangan Memorandumni amalga oshirishda O‘zbekiston tomonidan mas’ul tashkilotlar etib “O‘zagrotexmash” AJ, Koreya tomonidan — Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Texnologiyalarni rivojlantirish Koreya instituti belgilandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tarkibiy o‘zgartirishlarni ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-sonli Farmonida nazarda tutilgan “Tajribaviy ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan konstruktorlik byurosini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tuzilmasida “Agrosanoatmashinjiniring” MChJ tashkil etildi;
tugatilayotgan “Toshkent traktor zavodi” AJ kreditorlari qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga, shu jumladan, “Traktor” QKB” UK va “O‘zAgrotex KB” MChJ muvofiq aksiyadorlik jamiyatining sotilmagan va kreditorlar tomonidan talab etilmayotgan aktivlarini Toshkent shahri hokimligiga topshirish taklifi ma’kullangan.
2. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Xususiy korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligining:
“Traktor” QKB” UK va “O‘zAgrotex KB” MChJning ustav kapitallaridagi “Toshkent traktor zavodi” AJ ulushini davlat ulushini shakllantirish uchun “O‘zagrotexmash” AJ ustav kapitaliga belgilangan tartibda topshirish orqali keyinchalik nominal narxi bo‘yicha “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning ustav kapitaliga topshirish hisobiga ularni Toshkent shahri hokimligiga topshirish;
“Agrosanoatmashinjiniring” MChJni “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta nomlash, keyinchalik unga ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktor ishlari, texnologik loyihalashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, tajriba-eksperimental ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘linmalarni o‘z ichiga olgan “Traktor” QKB” UK va “O‘zAgrotex KB” MChJni birlashtirish;
“Agromash-BMKB” AJ ustav kapitalidagi “O‘zagrotexmash” AJ aksiyalar paketini baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narxda Markazning ustav kapitaliga topshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligi texnikasining amaliy masalalari bo‘yicha ilmiy-tekshirish va innovatsiya ishlarini olib borish;
resurs tejovchi agrotexnologiyalar bo‘yicha paxta, g‘alla, bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavot-dukkakli o‘simliklarni qayta ishlash uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi turlarini, shuningdek, maxsus texnikaning boshqa turlarini ishlab chiqish;
yangi mashinalar va uskunalarning tajriba namunalarini ishlab chiqarish uchun texnologik asbob-uskunalarni ishlab chiqish va tayyorlash;
tarmoq korxonalarida ularni keyinchalik joriy etish maqsadida, zamonaviy texnologiyalar va uskunalardan foydalangan holda yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi tajriba namunalarini tayyorlash;
qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi namunalarini sinovdan o‘tkazishni o‘z ichiga olgan tarmoqdagi ilmiy-tekshirish, innovatsiya va tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirish;
tarmoq korxonalari va respublikaning boshqa tashkilotlari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy kooperatsiyani rivojlantirish;
Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Texnologiyalarni rivojlantirish Koreya institutini hisobga olgan holda, mashinasozlik sohasidagi ilg‘or xorijiy ilmiy-tekshirish institutlari, injiniring markazlari, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish.
4. Belgilansinki, Markaz qayta tashkil etilayotgan “Traktor” QKB” UK va “O‘zAgrotex KB” MChJning intellektual mulki obyektlari, ilmiy-konstruktorlik ishlanmalari va boshqa texnik hujjatlar, shuningdek, ilmiy-texnik loyihalar va mazkur tashkilotlarning tuzilgan shartnomalarini amalga oshirishni hisobga olgan holda huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ Markazning ta’sis hujjatlarini, uning tuzilmasi, shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek, uni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlashni ta’minlasin.
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Koreya tomonining Memorandumiga muvofiq 2016-yilning dekabr oyida — 2017yilning fevral oyida “Agrosanoatmashinjiniring” MChJ manziliga 364,4 ming AQSh dollari miqdoridagi dasturiy ta’minot, hisoblash va o‘lchash uskunalari yetkazib berildi.
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ:
Koreya tomoni bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston — Koreya qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik Markazini tashkil etish loyihasini yanada amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom etsin;
loyihaning amalga oshirilib borilishi to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
7. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tarmoqda yagona texnik siyosatni samarali olib borishni ta’minlash, ilmiy-texnik va texnologik rivojlantirishda ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash, texnik va iqtisodiy asoslangan qarorlarni ishlab chiqish, shuningdek, ushbu tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari, olimlar, muhandislar va konstruktorlari, shu jumladan, manfaatdor boshqa vakillar ichidan shakllantiriladigan tegishli mahalliy va xorijiy ilmiy-tekshirish muassasalari bilan samarali o‘zaro bahamjihat harakatlarni amalga oshirish uchun “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ huzurida Ilmiy-texnikaviy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Ilmiy-texnikaviy kengash to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek, 2020-yilgacha ilmiy-tekshirish, innovatsiya va tajriba-konstruktorlik ishlarining tarmoq dasturlarini tasdiqlasin.
8. Markaz 2020-yilning 1-yanvarigacha qo‘shilgan qiymat solig‘i, mulk solig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga bo‘lgan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaz talabnomalariga ko‘ra Markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz talabnomalariga ko‘ra Markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga davlat bojlarini undirmagan holda ko‘p martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilinishini va vaqtinchalik propiska muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Markaz talabnomalariga ko‘ra Markaz loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibdagi ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet ellik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 116 | 9,104 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmoniga muvofiq:
1. 2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasida” nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha konsultant, shuningdek, “Xavfsiz shahar” kompleksini barpo etish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida, keng ko‘lamda va sifatli amalga oshirish uchun mas’ul O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlari tugatilsin.
5. Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 142 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga:
zarur hollarda Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga cheklangan boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat soniga o‘zgartirishlar kiritish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlikning va uning hududiy boshqarmalarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, fan-ta’lim muassasalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xalqaro va xorijiy kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish;
ishga belgilangan tartibda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni qabul qilish, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tenglashtiriladi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlik hamda Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini nazorat qilish inspeksiyasining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. | 135 | 3,778 |
Qonunchilik | Qay biri afzal: soddalashtirilgan QQSmi yoki umumbelgilangan QQS? | Kompaniyangiz uchun qaysi – soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan QQS foydaliroq ekanini qanday bilish mumkin? «Norma» kompaniyasi yaqin orada tashkil etadigan vebinar ishtirokchilari shu va boshqa savollarga javob topishlari mumkin boʻladi.
Vebinarda quyidagi masalalar batafsil koʻrib chiqiladi:
QQSning oʻzi nima, u YaSTdan nimasi bilan farqlanadi?
Soddalashtirilgan QQSning umumbelgilanganidan qanday farqi bor?
Soddalashtirilgan QQS va umumbelgilangan QQSda soliq yuki qanday hisoblanadi?
Tanlangan soliq shakliga oʻtish qanday rasmiylashtiriladi?
Barcha ishtirokchilarga moliyaviy model asosida soddalashtirilgan va umumbelgilangan QQSda soliq yukini solishtirish uslubiyati qayd etilgan materiallar beriladi.
Roʻyхatdan oʻtkazish boshlangani hamda vebinar oʻtkaziladigan vaqt haqida keyingi materiallarimizdan birida хabar beramiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring! | 65 | 886 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA” 1997 YIL 23 YaNVARDAGI PF-1701-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tarkibidagi Sai’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga o‘tkazilganligi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi PF-1701-son Farmoni 5-6andining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni isloh kilish va yangilashning hukuqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin. | 174 | 614 |
Qonunchilik | ZARAFShON DARYoSI HAVZASIDA EKOLOGIK VA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK VAZIYATNI YaXShILASh TO‘G‘RISIDA | Zarafshon daryosi havzasida suv xo‘jaligi va ekologiya jihatidan keskin vaziyat vujudga kelganligi munosabati bilan xamda Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida sanitariya-epidemiologik holat yomonlashishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, xavfli yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali transportda tashishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-maydagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha idoralararo ishchi komissiya:
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari rahbarlarining mo‘ljallangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin;
tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan har bir yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 97 | 1,287 |
Qonunchilik | ShO‘RTAN GAZ-KIMYo KOMPLYeKSI ATROFIDA YaShIL VOHA BARPO ETISh TO‘G‘RISIDA | Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini va unga yondosh hududlarni qum bosishidan muhofaza qilish hamda ushbu mintaqada ekologiya vaziyatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimligi Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksiga yondosh 5 ming gektar yerni ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan yerlarda 1998-yil 1-iyuldan boshlab avtomobil yo‘llari, novlar va sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab ihota o‘rmonzorlari, manzarali ihota daraxtzorlari, kichik o‘rmonlar va ko‘chatzorlar barpo etish hamda kelgusida ularni parvarish qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasi tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rmon xo‘jaligi korxonasi tashkil etish uchun ilovaga* muvofiq mablag‘ ajratsin.
3. «O‘zneftgazqazibolish» birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi hisob-kitoblariga binoan, tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasini ihota o‘rmonzorlari barpo etish uchun zarur bo‘lgan texnika, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlasin.
4. «O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» davlat koopyerativ qo‘mitasiga tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasining texnika va transport vositalarini tuzatish hamda ularga syervis xizmati ko‘rsatish, korxonani zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlash yuklansin.
5. «O‘zdavneftmahsulot» birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi buyurtmalariga binoan, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasini ihota o‘rmonzorlari va manzarali ihota daraxtzorlari barpo etishga doir ishlarni bajaruvchi texnika va avtomashinalarning uzluksiz ishlashi uchun yonilg‘i-moylash matyeriallari bilan ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda «O‘zkimyosanoat» uyushmasi ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasiga minyeral o‘g‘itlar va daraxtzorlarni himoya qilish kimyoviy vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi atrofida yashil voha barpo etishni 2001-yilgacha har yili O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritishni va ushbu tadbirlar uchun Davlat o‘rmon qo‘mitasiga asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 74 | 2,583 |
Qonunchilik | Litsenziyani qayta rasmiylashtirish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Moliya, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Markaziy banki, Davlat raqobat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan qonun loyihasida1 koʻrsatilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga va shu orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Qonun loyihasida Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi (bundan buyon - Qonun) va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga (jami 63 ta) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.
1. Qonunning 20-moddasi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasida litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish uchun quyidagi asoslar nazarda tutilgan:
- yuridik shaхs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda;
- jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan taqdirda.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasiga asosan yuridik shaхslar qoʻshib yuborilganda ulardan har birining huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsga oʻtishini inobatga olgan holda, ayni bir хil faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat)ga ega boʻlgan yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda litsenziya (ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat)ni qayta rasmiylashtirish mumkin deb hisoblanmoqda.
Shunga asosan, loyihada yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, agar ular yangi tashkil etilgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida ayni bir turdagi faoliyat uchun litsenziya (ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat)ga ega boʻlsa, litsenziya (ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat)ning qayta rasmiylashtirilishiga belgilangan tartibda yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilmoqda.
2. Qonunning 11-moddasiga asosan, litsenziya talabgorining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin. Litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir necha qismiga berilganda litsenziyada ularning har biri koʻrsatiladi.
Litsenziyalanayotgan faoliyat turining ayrim qismlari uchun litsenziya berish imkoniyati faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarning koʻpchiligida nazarda tutilgan.
Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish, ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish, ularni yoʻq qilish hamda giyohvandlik moddalariga ega boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirishni oʻz ichiga oladi.
Litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatning muayyan turlarini amalga oshirish tugatilgan taqdirda litsenziat berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirishi lozim boʻladi.
Shundan kelib chiqib, qonun loyihasi bilan shunday tartib oʻrnatish taklif etilmoqdaki, unga muvofiq litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyatning bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
3. Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarda shunday ma’lumotlar koʻrsatilishi mumkinki, ularning oʻzgarishi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishni taqozo etishi mumkin. Masalan, Hukumatning 2013 yil 5 dekabrdagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtovokzal (avtostansiya) pasportida avtovokzal toifasi (avtostansiya klassi), avtostansiyadan bir sutkada joʻnatiladigan avtotransport vositalari soni kabi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Mazkur ma’lumotlarning oʻzgarishi hozirgi vaqtda ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlmasligi tadbirkorlik sub’yektlarida ushbu masala boʻyicha noaniqliklar tugʻdirishi mumkin.
Shunga koʻra, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatda koʻrsatilgan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasida nazarda tutilmagan ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik sub’yektining koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilingan arizasi asosida amalga oshirilishi loyihada belgilanmoqda.
Xorijiy mamlakatlarning litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari sohasidagi tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, bir хil faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatga ega boʻlgan yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan, litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatga asosan amalga oshirilayotgan faoliyat turlari roʻyхati oʻzgargan, shuningdek litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatda koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtiriladi.
Shunday qilib, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish hamda litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari sohasini huquqiy tartibga solishdagi noaniqliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
*Norma.uz” caytida joylashtirilgan.
Sohibjon ISMOILOV va Polyante SVEShNIKOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputatlari,
OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari
Mavzuga oid materiallar:
Litsenziyalash qoidalarini buzish jinoiy jazolanadi
Sotuvchi oʻz tovarini yetkazib berishi uchun litsenziya zarur emas
Internet-doʻkonlarda alkogol va tamaki boʻlishi mumkin emas
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Istirohat bogʻi ijaraga berilgan binolar uchun mol-mulk soligʻini hamda ular joylashgan maydondan yer soligʻi toʻlashi lozimmi? Ijaradan soliq toʻlashda ijara haqining eng kam miqdori qanday hujjat asosida aniqlanadi? Agar istirohat bogʻi Labzak, Zulfiyaхonim koʻchalari va Anhor kesishgan joyda joylashgan boʻlsa, u holda bogʻ qaysi zonaga taalluqli boʻladi? Qanday faoliyat va хizmatlar uchun biz litsenziya yoki boshqa ruхsat etish хususiyatga ega hujjatlar olishimiz kerak (masalan, restoran, kafe, chakana va ulgurji savdo, attraksionlar va boshqa faoliyat turlari)?
Xodimning ish хaqidan kommunal toʻlovlar uchun qarzdorlik summasi ushlab qolinishi buхgalteriya хisobida qanday aks ettiriladi? Ish haqidan ushlab qolmasdan korхona хarajatlari sifatida aks ettirish mumkinmi? DSI хodimlarining harakatlari qonuniymi? 3-savol. Korхona roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng 3 oy ichida ustav fondini toʻliq shakllantirsa, ustav fondi miqdorini oshirishi mumkinmi?
Savol: kasalхona hududida joylashgan koʻp yillardan beri ishlab kelayotgan doriхonaga 2015 yil farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beriladimi? Doriхona litsenziya talablariga moslab qurilgan va jihozlangan
1 Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat хizmatlari yagona portalida (ID 710) muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash uchun joylashtirildi. Muhokamalar natijasi boʻyicha takliflar kelib tushmadi. | 81 | 7,790 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI O‘RTOQ ISLOM ABDUG‘ANIYEVICh KARIMOVNING DASTURIY NUTQI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti dasturiy nutqini tinglab va muhokama etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘rtoq I.A. Karimovning respublikaning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini izchil mustahkamlab borish yo‘lida joriy yilda va kelgusi davrda asosiy muammolarni hal etishning muhim yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan dasturiy nutqidagi qoidalar asosan ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi mehnat jamoalarini, respublikaning butun aholisi, millati, ijtimoiy ahvoli, dinga munosabatidan qat’i nazar, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi har bir kishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘rtoq I.A. Karimovning bayon etgan dasturini ro‘yobga chiqarish uchun kuch-g‘ayratlarni birlashtirishga, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bundan buyon ham barqarorlashtirishga O‘zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlashga o‘zlarining hissalarini qo‘shishga da’vat etadi. | 103 | 954 |
Qonunchilik | “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun qachon qoʻllaniladi | 8.01.2018 yildagi OʻRQ-457-son “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Ilgari portalimizda ushbu qonun loyihasining sharhi e’lon qilingan edi (material bilan tanishib chiqishni taklif etamiz). E’lon qilingan aхborotda muhim oʻzgarishlar roʻy bermagan.
Qabul qilingan Qonun hadli hujjat hisoblanadi. Bu quyidagini bildiradi. Maхsus ma’muriy tartib-taomillar alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi: masalan, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunlar va hokazo bilan. “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun normalari maхsus qonunlar bilan tartibga solinmagan qismida qoʻllaniladi.
Qonunda ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari, ma’muriy ish yuritish, ma’muriy hujjatni qabul qilish va uni ijro etish tartibi, shuningdek mazkur hujjatlar ustidan shikoyat qilish taomillari aks ettirilgan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 67 | 1,229 |
Qonunchilik | Yaqin 10 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasida qanday oʻzgarishlar roʻy beradi | Prezidentning 2019 yil 8 maydagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari:
Hujjat erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va tegishli davrga (2019–2024 yy. va 2025–2030 yy.) moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda har yili tasdiqlanadigan alohida «Yoʻl хaritasi» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar keyingi yil uchun «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va ularning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.
Hujjat bilan rejalashtirilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari belgilangan va ularni bajarish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklangan.
Eslatib oʻtamiz, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan edi (sharhga qarang).
Oleg Zamanov. | 79 | 996 |
Qonunchilik | Pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son “Maktabgacha, umumiy o‘rta, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, maktabgacha, umumiy o‘rta, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) pedagog kadrlarining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda maktabgacha ta’lim boshqarmalari deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda xalq ta’limi boshqarmalari deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari deb yuritiladi), tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi hamda attestatsiya komissiyalari tuzilgan ta’lim muassasalarida ushbu tashkilotlar rahbarlarining buyrug‘i bilan sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar (bundan buyon matnda mas’ul shaxs deb yuritiladi) belgilanadi.
2. Sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish mas’ul shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
3. Sertifikatlar hisobi mas’ul shaxs tomonidan doimiy ravishda olib borilishi shart.
4. Qabul qilingan (kirim qilingan) sertifikatlar shu kunning o‘zida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Sertifikatlarning hisobini yuritish jurnalida (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) hisobga olinishi lozim.
5. Jurnal ip o‘tkazib tikilgan, uning varaqlariga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Jurnalning oxirgi betida jami varaqlar soni ko‘rsatilib, mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri qo‘yiladi. Jurnalga ma’lumotlar mas’ul shaxs tomonidan qayd etib boriladi.
6. Jurnalni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilgan xato bir chiziq bilan o‘chiriladi va keyingi qatorga to‘g‘ri yozuv kiritiladi. Kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida izohlanib, tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi zarur. Jurnaldagi yozuvlarni o‘chirish, bo‘yash, ustidan qog‘oz yopishtirish, shuningdek jurnalda ochiq qatorlar qoldirib ketish taqiqlanadi.
7. Sertifikatlar mas’ul shaxs tomonidan po‘lat seyfda (yonmaydigan shkafda) saqlanishi zarur. Agar mas’ul shaxsning xonasida po‘lat seyf (yonmaydigan shkaf) bo‘lmasa, sertifikatlar tashkilot rahbarining po‘lat seyfida (yonmaydigan shkafida) saqlanadi.
8. Ishdan tashqari vaqtlarda sertifikatlar saqlanayotgan po‘lat seyf (yonmaydigan shkaf) joylashgan xona muhrlangan bo‘lishi kerak.
9. Sertifikatlar:
maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi boshqarmalari va kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalariga — Davlat inspeksiyasi tomonidan;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga — tegishli maktabgacha ta’lim boshqarmalari, xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan;
ta’lim muassasalariga — tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan buyurtmanomalarga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.
10. Sertifikatlar ishonchnomaga asosan dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda beriladi. Dalolatnoma sertifikatlarni topshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi hamda sertifikatlarni topshirayotgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu dalolatnomada topshirilgan sertifikatlar haqida ma’lumot (seriyasi, tartib raqami), miqdori va topshirilgan tashkilot hamda boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
11. Attestatsiya komissiyalari pedagog kadrlarga tarqatish uchun sertifikatlarni mas’ul shaxsdan oladi.
12. Attestatsiya komissiyalari Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq sertifikatlarning pedagog kadrlarga tarqatilishini ro‘yxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi.
13. Sertifikatlarning xatosiz to‘ldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari mas’ul hisoblanadi. Sertifikatlarni to‘ldirish vaqtida yoki to‘ldirilgandan keyin undagi yozuvlarni bo‘yash, o‘chirish, tuzatish kiritish hamda ushbu holatlarga izoh berib muhr bilan tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘ldirish vaqtida buzilgan sertifikatlar bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, har chorakda mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda tegishli tashkilotga topshiriladi.
14. Buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi. Mazkur dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, mas’ul xodim va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Ushbu dalolatnomada buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar haqidagi ma’lumotlar (sertifikatlarning buzilishi, yaroqsiz holga kelishi sabablari, seriyasi, tartib raqami, miqdori) ko‘rsatilishi lozim. Dalolatnoma asosida buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar haqida jurnalga tegishli yozuv kiritiladi.
15. Buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning bir nusxasi:
ta’lim muassasasi tomonidan — tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan — tegishli maktabgacha ta’lim boshqarmalari, xalq ta’limi boshqarmalariga;
maktabgacha ta’lim boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi tomonidan — Davlat inspeksiyasiga sertifikatlar ilova qilingan holda yuborilishi lozim. Bunda, maktabgacha ta’lim boshqarmasi va xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim muassasasi hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi yuborgan yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar va dalolatnoma nusxalarini ham Davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
16. Davlat inspeksiyasiga yuborilgan buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlarni yo‘q qilish bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda mas’ul shaxs va Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Sertifikatlarning seriyalari, tartib raqamlari qirqib olinib, dalolatnomaning bir nusxasiga ilova qilingandan so‘ng, sertifikatlarning o‘zi yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
17. Ma’lum sabablarga ko‘ra tarqatilmay qolgan sertifikatlar bo‘yicha har yarim yilda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda mas’ul shaxs va attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi, tarqatilmay qolgan sertifikatlar unga ilova qilingan holda, sertifikatlarni bergan mas’ul shaxsga qaytariladi. Mas’ul shaxs tarqatilmay qolgan barcha sertifikatlarni umumlashtirib, ularni dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasiga yuborilishini ta’minlaydi.
18. Davlat inspeksiyasiga yuborilgan va ma’lum sabablarga ko‘ra tarqatilmay qolgan foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan sertifikatlar mas’ul shaxs tomonidan qayta hisobga olinadi va kelgusida mazkur Nizomda belgilangan tartibda foydalaniladi.
19. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan. | 158 | 8,421 |
Qonunchilik | DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TO‘G‘RILIGINI TEKShIRISh TO‘G‘RISIDA | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikaning barcha mintaqalarida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini yoppasiga solishtirib chiqish ishlari tashkil etilganligi, ularning natijalari belgilangan muddatlarga muvofiq Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taqdim etilishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari va tegishli tarmoq idoralari rahbarlaridan iborat 2-ilovaga* muvofiq tarmoq ekspert komissiyalari tuzilsin.
4. Tarmoq ekspert komissiyalari:
3-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra tasdiqlangan tartibga muvofiq tarmoqlar bo‘yicha tekshirib chiqsinlar;
o‘tkazilgan tekshirishlarning yakuniy materiallarini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflari Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga 1998-yil 1-sentabrgacha taqdim etsinlar.
5. O‘zlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida va to‘liq tekshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tkaziladi.
Axborotni to‘plash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar.
3. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘liq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish sifatli o‘tkazilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish natijalarini umumlashtirish;
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari bosh daftar bilan solishtirib chiqilgan dalolatnoma jurnallar yoki kundalik kirim-chiqim dalolatnomalari asosida schyotlar bo‘yicha (09, 19, 45, 60, 61, 62, 63, 64, 65, 67, 68, 69, 70, 71, 73, 75, 76, 78) debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradilar.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilgandan keyin mazkur Tartibga ilova* bo‘yicha ma’lumotlar to‘ldiriladi. Ushbu ma’lumotlarda tizim ichki qarzdorligi, respublika doirasida va uning tashqarisidagi qarzdorlik (MDH mamlakatlari va olis xorij mamlakatlari bo‘yicha) alohida satrda ko‘rsatiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda undirilganligi tufayli paydo bo‘lgan debitor qarzdorlik miqdori ham alohida ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotlarda Hukumat qarorlariga ko‘ra muddati kechiktirilgan kreditorlik qarzlari ajratib ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlariga solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari ma’lumotlarda ko‘rsatib qo‘yilgan mablag‘ni tekshirish va umumlashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi ma’lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma’lumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat ko‘rsatuvchi banklarda qoladi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, ma’lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan bo‘lsa, bu haqda qayt etib qo‘yiladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yo‘l qo‘yilgan qoidani buzishlar, hujjatlar yo‘qolib qolishi hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga beriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari joyning o‘ziga borib ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat bo‘lganda ta’sir ko‘rsatishning tegishli chora-tadbirlari ko‘riladi.
8. Har bir debitor yoki kreditor bo‘yicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning o‘z qarzlarini kelishilgan miqdorda tan olganligi to‘g‘risidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda debitor yoki kreditorga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi shart.
9. Agar debitor (kreditor) tugatilgan bo‘lsa yoki uning joylashgan joyi aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar ko‘riladi.
10. Har bir debitor (kreditor) bo‘yicha qarzdorlik miqdori izchil ravishda ular hosil bo‘lishi muddatlari bo‘yicha (60 kungacha, 60 kundan 1 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.
11. Qarzdorlikning to‘g‘riligini o‘zaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari 2-kartotekadagi to‘lov hujjatlarini solishtirib chiqish dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar.
12. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar to‘ldiriladi. Jadvallarda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari yozib qo‘yilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, jadvallarning nusxalari bankning xizmat ko‘rsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. Jadvallar ham qog‘ozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel elektron jadvallari) taqdim etiladi.
13. To‘plangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni vaqtda to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi.
14. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning bo‘limlari xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olingan ma’lumotlarni vazirliklar bo‘yicha umumlashtiradilar va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalariga yuboradilar.
15. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalari ma’lumotlarning tumanlar bo‘yicha tuzilishi to‘g‘riligini tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar bo‘yicha solishtirib chiqadilar hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar.
16. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish bo‘yicha tarmoq ishchi komissiyalariga yuboradilar.
17. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritadilar. | 71 | 9,890 |
Qonunchilik | UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINI QO‘LLAB-QUVVATLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 26-fevraldagi PF-3038-son Farmoniga muvofiq hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda uylar atrofidagi yer uchastkalari shirkatlarga ulardan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomalarini bergan holda qonunchilik tartibida biriktirib qo‘yilishini ta’minlasinlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish faoliyati uchun turar joyga mo‘ljallanmagan binolar bilan ta’minlasinlar;
uy-joy fondida ta’mirlash-tiklash ishlari tannarxini pasaytirish maqsadida uy-joy mulkdorlari shirkatlarini zarur moddiy-texnika resurslari bilan pulli asosda, markazlashtirilgan tartibda ta’minlasinlar;
turar joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni amalga oshirishda gaz, issiq va sovuq suvni hisobga olish kvartira priborlari majburiy tartibda o‘rnatilishini ta’minlasinlar;
turar joylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun pudratchilarni tanlash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq tanlovlar (tenderlar) o‘tkazilishini tashkil etsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2003—2006-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchun ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limiti umumiy hajmining 3 foizigacha miqdorda mablag‘ ajratsinlar;
yil choragi yakunlari bo‘yicha mahalliy budjetlar daromad qismi mablag‘larining prognozdan ortiqcha tushumlarining bir qismini 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltirsinlar;
uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, mavzelar ichidagi yo‘llar, yo‘laklar, irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash, tashqi yoritish va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga biriktirilgan zonalarni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar jalb etilishini ta’minlasinlar.
4. Belgilansinki, uy-joy mulkdorlari shirkatlari umumiy yig‘ilishning roziligi bilan faoliyatdan olingan daromadlarini keyinchalik uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun maxsus depozit hisob raqamiga maqsadli yo‘naltirgan holda sport-sog‘lomlashtirish va bolalar o‘yinlari markazlari va maydonchalari qurish va ulardan foydalanishni pulli asosda amalga oshirishlari mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining qo‘shimcha faoliyat turlaridan olgan daromadlarining maxsus depozit hisob raqamiga tushishi va ulardan foydalanish tartibini;
1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Tijorat banklariga uy-joy fondini mukammal ta’mirlashda maqsadli foydalanish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli kreditlar ajratilishini nazarda tutish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va qabul qilsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalariga binoan 2002-yilning birinchi yarim yili mobaynida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish masalalari bo‘yicha uy-joy mulkdorlari shirkatlari boshqaruvlari raislari va buxgalterlarining o‘qishini tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga muvofiq amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 97 | 6,005 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilgani munosabati bilan normativ-huquqiy bazani muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining raisi vazifasini bajaruvchi B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Davlat xavfsizlik xizmatiga” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari qo‘shilsin.
b) 42-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-martdagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizlik xizmati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari qo‘shilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlariga tayyorgarlikni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 23-iyuldagi 357-son qaroriga ilovada:
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Tashmatov B.X. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi v.b.”.
o‘n oltinchi — qirqinchi xatboshilar tegishincha o‘n yettinchi — qirq birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari 22-bandining “v” kichik bandidagi “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari qo‘shilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 82-band qo‘shilsin:
“82. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining “1. Markaziy muassasalar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 9-band qo‘shilsin:
“9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishiga kiritilayotgan qo‘shimchalar rus tilidagi matnda berilgan. | 205 | 4,341 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI E’LON QILINGANLIGINING O‘N ETTI YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining o‘n yetti yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Birinchi marta sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (mazkur Qarorning 7-bandida nazarda tutilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):
a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshga to‘lgan erkaklar;
g) chet el fuqarolari.
2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti ular ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan bo‘lsalar, jazodan ozod qilinsin.
3. Mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi mazkur Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
5. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, mazkur Qaror e’lon qilingan kunga o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko‘p bo‘lmagan shaxslar manzil-koloniyaga o‘tkazilsin.
6. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.
7. Tatbiq etilmasin:
a) mazkur Qaror — uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod bo‘lgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;
b) mazkur Qarorning 1-bandi — o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga;
v) mazkur Qarorning 1, 2, 5 va 6-bandlari — taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlanganlarga.
8. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur Qarorning 3 va 4-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.
9. Senatning tegishli Qo‘mita va Komissiyalari mazkur amnistiya akti qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.
10. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim. | 116 | 3,468 |
Qonunchilik | AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI BOShQARISh TO‘G‘RISIDA | Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Markaz rahbari lavozimi joriy etilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarini tashkil etsinlar, ularni mablag‘ bilan ta’minlash, joylashtirish va moddiy-texnikaviy jihozlashni ta’minlasinlar.
6. Belgilansinki:
o‘rta maxsus va kasb-hunar-texnika ta’limining faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarining hamda ular negizida tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi;
faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va ular negizida tashkil qilinayotgan Madaniyat ishlari vazirligining, Badiiy akademiyaning, Sog‘liqni saqlash vazirligining kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida qoladi;
o‘rta maxsus va kasb-hunar-texnika o‘quv yurtlari hamda ularning negizida tashkil etilayotgan tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama bo‘ysunishda bo‘ladi.Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy ta’minlashni, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishni va ularda amaliy ko‘nikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar;
vazirliklar, idoralar va korxonalar mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan o‘quv yurtlari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashning mavjud tartibi saqlanib qoladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddatda:
O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
akademik litsey va kasb-hunar kolleji namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar bilan birgalikda ikki tomonlama bo‘ysunishdagi kasb-hunar kollejlarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
1998-yilda tajriba tariqasida tashkil etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ro‘yxatini aniqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilar qabul qilish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi:
kasb-hunar kollejlari ustidan tegishli ixtisoslikdagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar ustidan esa — Fanlar akademiyasining institutlari homiyligini ta’minlasinlar;
kasb-hunar kolleji vasiysi to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kolleji homiysi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda amalga kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashni ta’minlasin.
Kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari sifatida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti va Namangan industrial-texnologiya instituti belgilansin.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga va Namangan industrial-texnologiya instituti Namangan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkil etilayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
tegishli vazirliklar va idoralardan berilayotgan shtatlarni, mehnatga haq to‘lash fondini hamda boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi xarajatlari uchun respublika budjetida zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Markazga ikkita yengil avtomashina uchun limit ajratsin, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi transport xizmati ko‘rsatishni ta’minlasin.
17. Toshkent shahar hokimligi:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazini Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 6-uydagi ma’muriy binoga joylashtirsin;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish institutini Toshkent shahar, Pushkin ko‘chasidagi 7-uyga joylashtirsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 106 | 5,710 |
Qonunchilik | Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida propiskasiz koʻchmas mulk sotib olish mumkin boʻladi | 2020 yil Davlat dasturi loyihasida poytaхtda va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi mavjud emasligi bilan bogʻliq cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilgan. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakatining saytida хabar qilinadi.
2020 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda:
Umuman olganda, propiska institutini modernizatsiyalash rejalashtirilmoqda: jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish, mavjud toʻsiqlarni birin-ketin bartaraf etish nazarda tutilgan.
2020 yil Davlat dasturi loyihasida 20 fevralgacha muhokama uchun ochiq boʻladi. Oʻz sharhlaringiz va takliflaringizni havoladan oʻtib qoldirishingiz mumkin. | 93 | 670 |
Qonunchilik | SSSR IChKI IShLAR VAZIRLIGINING IChKI QO‘ShINLARI VA O‘QUV YuRTLARI TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga, “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi haqida 1991-yil 21-dekabrdagi Shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
1. SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan qo‘shilmalari, alohida qismlari va bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasiga olinsin va respublika Ichki ishlar vazirligi qaramog‘iga o‘tkazilsin. Ular negizida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari qo‘shilmasi ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlarga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatilsin.
2. SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkentdagi oliy maktabi va SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining Toshkentdagi oliy harbiy-texnika bilim yurti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qaramog‘iga o‘tkazilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (o‘rtoq Z.A. Almatov) SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari qo‘shilmalari, qismlari va alohida bo‘linmalarini, o‘quv yurtlarini 1992-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatda barcha shaxsiy tarkibi, qurollari, moddiy-texnikaviy va boshqa mulki bilan qabul qilib olsin.
Bir oy muddat ichida ichki qo‘shinlar tuzilmasi, nizomi, shtatlariga, uning tarkibiga kirgan o‘quv yurtlariga oid takliflar tayyorlansin va O‘zbekiston Respublikasining hukumati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilsin.
4. SSSR Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tadigan harbiy tuzilmalari va o‘quv yurtlarining komandirlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi barcha harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kafolatlashini nazarda tutib, shaxsiy tarkib o‘ziga yuklatilgan vazifalarni og‘ishmay bajarishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot komiteti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibi o‘zgarganligi munosabati bilan uni mablag‘ va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash masalalarini birgalikda ko‘rib chiqsinlar. | 79 | 2,198 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mustaqillik yillarida mamlakatimizda izchil amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida aholi hayoti va sog‘lig‘i, davlat mulki, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan yaxlit yong‘in xavfsizligi tizimi shakllantirildi.
Lekin yong‘in xavfsizligi sohasida qabul qilingan qonun hujjatlariga qaramay, bugungi kunda mamlakatimizda aholi, tadbirkorlar, davlat organlarining yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalariga tegishli munosabat shakllanmadi, shu bilan birga, ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasidagi nazorat faoliyatining shakl va usullari zamon talablariga javob bermaydi. Xususan, quyidagilar bu boradagi tizimli kamchiliklar sirasiga kiradi:
yong‘in xavfsizligi inspektorlarining o‘z funksional majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgani, malakasiz xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan holatlari kuzatilmoqda, ushbu lavozimlarga tegishli oliy ma’lumoti yo‘q xodimlarni qabul qilish tizimi paydo bo‘lgani, inspektorlar aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan to‘laqonli hamkorlik qilmayotgani bunga sabab bo‘lmoqda;
tizimga, shu jumladan, shoshilinch xizmatlar bilan hamkorlik qilish va yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-aprelda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq hamda barcha darajadagi bo‘g‘inlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
2. Qayd etilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obyekt va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazishi, ular doirasida o‘ziga qarashli obyekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qo‘yilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
yong‘in xavfsizligi inspektorlarining javobgarligini oshirish maqsadida ularning har biriga xizmat hududi doirasida muayyan sektorni biriktirish to‘g‘risida;
DYXX yong‘in texnikasi parki va maxsus jihozlarini uzluksiz yangilash maqsadida har yili 38 ta asosiy yong‘inni o‘chirish avtomobili, strelasining uzunligi 35 metrgacha bo‘lgan 6 ta yong‘in avtonarvoni, 1000 ta yong‘inni o‘chirish yenglari komplekti, nafas olish a’zolarini himoya qiladigan 300 ta apparat va boshqa yong‘in-texnika mulkini xarid qilish to‘g‘risida;
DYXX texnika xizmatining hududiy bo‘linmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning maxsus texnikasi va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va diagnostika xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish to‘g‘risida.
5. O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in xavfsizligi boshqarmalari (markazlari, bo‘limlari, bo‘linmalari) namunaviy tuzilmalari 8, 9, 10-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
6. Haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb belgilansin va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi vazifalar yuklansin:
aholi, tashkilotlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borish, favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga jamoatchilikni keng jalb qilish;
mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini amalga oshirish, ularning yakunida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilish;
barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda sodir bo‘lgan yirik va o‘ziga xos xususiyatli favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning sabablarini, ular vujudga kelishiga olib kelgan shart-sharoitlarni hamda tegishli hududlardagi obyektlarning holatini chuqur va tanqidiy tahlil qilishni tashkil etish, uning yakunida ularning oldini olish va bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
o‘ta muhim davlat ahamiyatiga ega hamda yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni mustahkamlash, ularning rahbarlari bilan yong‘in-taktik o‘quv va mashg‘ulotlar, tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog‘ida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, ularning oldini olish va sodir bo‘lganda qanday harakat qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritish;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishgan holda markaziy va hududiy telekanallarda favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar bilan bog‘liq voqealarni, ularning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bag‘ishlangan maxsus axborot ko‘rsatuvi, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan tayyorlanadigan hodisa sodir bo‘lgan joylardan ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor reportajlarni efirga uzatish.
16. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmayotgan va ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, texnika, aloqa tizimlari va vositalari, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnik vositalar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari va qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno).
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. | 152 | 6,601 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston agrosektorni rivojlantirish uchun kredit oldi | Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamgʻarmasi $46,2 mln miqdorida kredit va $800 ming miqdorida grant taqdim etdi. Mablagʻlardan “Qishloq хoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Bu Prezidentning 15 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Qarz bitimi 2020 yil 4 avgustda imzolangan. Eslatib oʻtamiz, loyihaning umumiy qiymati – $84,78 mln. Oʻzbekistonning hissasi $38,28 mln.ni tashkil etadi, shu jumladan soliq va bojхona imtiyozlari koʻrinishida. Loyiha doirasida:
Jalb qilingan mablagʻlar:
a) qishloq хoʻjaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha kredit ajratish uchun – $39,8 mln, ulardan:
b) irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun – $3,1 mln, ulardan $2 mln – oʻrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʻrnatish orqali suv chiqarishga sarflanadi;
v) qishloq хoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroхizmatlar tizimini rivojlantirish boʻyicha – $4,1 mln yoʻnaltiriladi.
Kredit qisman tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablagʻlarning qaytarilishi hisobidan ($35 325 ming), qolgan summa ($10 875 ming) mamlakatimiz Davlat byudjetidan soʻndiriladi.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, natijadorligini ta’minlaydi. Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari kredit liniyasini boshqarish, qarzning oʻz vaqtida oʻzlashtirish va maqsadli foydalanish, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish bilan shugʻullanadi. Hisob palatasi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatadi hamda har yarim yilda Prezident Administratsiyasiga aхborot kiritib boradi.
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari hamda koʻp martalik vizalar va vaqtincha roʻyхatga qoʻyish (keyinchalik muddati uzaytirilishi bilan) tez fursatlarda rasmiylashtiriladi.
Oleg Zamanov. | 57 | 1,911 |
Qonunchilik | QURBON HAYITINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA | Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi ekanini e’tiborga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:
1. 2010-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-noyabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2010-yil 16-noyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin. | 38 | 1,050 |
Qonunchilik | Toshkentdagi kvartiralarga pasport rasmiylashtiriladi | Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining хabar berishicha, 16.04.2018 yildan boshlab poytaхtdagi koʻp qavatli uylarda joylashgan kvartiralar egalariga kadastr yigʻmajildi va huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma oʻrniga kvartiraning kadastr pasporti berila boshlanadi.
Bu Davergeodezkadastr qoʻmitasining 27.03.2018 yildagi 167-son buyrugʻida nazarda tutilgan.
Bu – muhim! Alohida qayd etilishicha, avval taqdim etilgan kadastr хujjatini yangilash talab etilmaydi va u kvartiraga boʻlgan huquq bekor qilingunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Hujjat «suv belgisi» bilan himoyalangan maхsus blankdan iborat boʻlib, quyidagi ma’lumotlarni pasport berilgan kun holatiga aks ettiradi: kvartiraning teхnik parametrlari, kadastr qiymati, kvartira tarхi, mulkdor va kvartiraga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot.
Shu bilan bir qatorda, kvartiraning kadastr pasportida QR-kod mavjud boʻlib, ushbu kod orqali onlayn tarzda kadastr pasportining maqomi va haqiqiyligi, shuningdek kvartiraning Pasportda qayd etilgan teхnik parametrlariga mos kelishi, kvartira haqida qoʻshimcha ma’lumotlar hamda onlayn tarzda tekshirish holatiga koʻra taqiq va cheklovlar bor yoʻqligi haqida ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati mavjud.
Yangi koʻrinishdagi hujjatlar kvartiraga boʻlgan huquq yangi egalariga oʻtgan yoki avval taqdim etilgan kadastr hujjati yoʻqotilgan taqdirda, kvartiraning yangi egalari arizalariga binoan taqdim etiladi. | 53 | 1,505 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | 1. 2019-yil 31-may kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,123 |
Qonunchilik | Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida | Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:
1. 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin.
3. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorlarini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
4. Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2021-yil 1-sentabrdan ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabrga qadar axborot berilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6038-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6224-son Farmonining 1-bandida:
a) “10-maydan” so‘zlari “1-sentabrdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “2,5 million” so‘zlari “2,75 million” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6241-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarini inobatga olib, 2021-yilning 1-iyulidan boshlab:
a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov (keyingi o‘rinlarda — qo‘shimcha to‘lov) joriy etilsin;
b) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilsin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 so‘mdan 1 085 000 so‘mgacha etib belgilansin”. | 79 | 4,102 |
Qonunchilik | Xorazm viloyatidagi “Nurillaboy” tarixiy majmuasini rekonstruksiya va restavratsiya qilish to‘g‘risida | Xiva shahrining tarixiy-me’moriy va turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, keng jamoatchilikni xalqimizning boy tarixiy merosi, madaniyati va san’atining noyob namunalari bilan tanishtirish, shuningdek, milliy madaniyat va an’analarni asrab-avaylash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017-yilda Xiva shahridagi “Nurillaboy” tarixiy majmuasiga kiradigan binolar va qurilmalarni (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi obyektlarni, kelgusida ularni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek, mahalliy sharoitlarga asoslangan restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr va hunarmandlar ko‘rgazmasi bilan birga ustaxonalarini tashkil qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga istisno tariqasida, ijara to‘lovining nol stavkasi bo‘yicha ijaraga bersin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga:
2017-yil 1-sentabrgacha qurilish-montaj va qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini o‘tkazish bilan bir vaqtning o‘zida loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqishga;
obyektlarni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha xarajatlarni ijara muddatidagi soliq hisobot davrida chegiriladigan xarajatlar hisobiga kiritishga;
istisno tariqasida, obyektlarni kelgusida uchinchi shaxslarga subijara sharti bilan topshirishga ruxsat berilsin.
4. Qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini bajarish doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — buyurtmachi;
“ARX-DIZAYN SAN’ATI” MChJ — bosh loyiha tashkiloti;
“IJOD-IJOD” XK — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
5. Obyektlarni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlari amalga oshirilgandan so‘ng kelgusida undan foydalanish va ta’minot xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining o‘z mablag‘lari, “Nurillaboy” majmuasining amaldagi faoliyatidan kelib tushadigan daromadlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi obyektni qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek, boshqa ishlarni bajarish hamda kelgusida undan foydalanishda “Nurillaboy” majmuasi obyektlarining ilmiy, badiiy va tarixiy-madaniy ahamiyatini saqlab qolish yuzasidan nazoratni ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AJ buyurtmachi hamda loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan obyektlarni rekonstruksiya va restavratsiya qilish ishlarini bajarish uchun tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha metall prokati va sement ajratilishini ta’minlasinlar.
8. Xorazm viloyati hokimligi:
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishida “O‘zmilliybank”ka, loyiha va pudrat tashkilotlariga ko‘maklashishni;
“O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftegaz” MXK, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda obyektlarni zarur muhandislik kommunikatsiyalari (gaz, elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya tarmoqlari)ga ulashni;
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Nurillaboy” va “Ichan kal’a” tarixiy majmualari o‘rtasidagi avtomobil yo‘llarini kapital ta’mirlashni belgilangan tartibda ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 102 | 3,978 |
Qonunchilik | Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida | O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlatish qurilmalari, narkotiklar va boshqa olib chiqish yoki olib kirish taqiqlangan ashyolarni kontrabanda qilish jamiyat va davlat uchun katta xavf tug‘diradi. Tovar va boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazish ham respublika iqtisodiyoti barqarorligiga putur yetkazadi.
Shu sababli hamda kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar yuzasidan tushunchalar berish zarurligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, kontrabanda uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksi 246-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan ashyolar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan taqdirda, bu ashyolar o‘zga MDH mamlakatlariga yoki MDHga kirmagan mamlakatlarga o‘tkazilganligidan qat’i nazar vujudga keladi.
2. Jinoyat kodeksining 182-moddasi bo‘yicha bojxona qonunlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik tovar yoki boshqa qimmatliklar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ko‘p miqdorda sodir etilsa, shuningdek, ushbu moddada ko‘rsatilgan boshqa javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. Tovar yoki boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasidan o‘tkazishning boshqa hollarida aybdor shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi (bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish).
3. Tushuntirilsinki,
a) Jinoyat kodeksining 246 va 182-moddalari dispozitsiyasida nazarda tutilgan ashyolarni, tovar va boshqa qimmatliklarni bojxona nazoratini chetlab O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda ularni bojxona organi bo‘lmagan joydan yoki bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati amalga oshiriladigan vaqtdan tashqari vaqtda o‘tkazishni tushunmoq lozim;
b) Jinoyat kodeksining 246 va 182-moddalari dispozitsiyasida nazarda tutilgan ashyolarni, tovar va boshqa qimmatliklarni bojxona nazoratidan yashirib O‘zbekiston Respublikasining bojxonasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda, ularni xufya joylardan va topishni qiyinlashtiradigan usullardan foydalanib yoki bir tusdagi ashyoga ikkinchisining ko‘rinishini berib o‘tkazishni tushunmoq lozim;
Maxsus saqlash joylari deb xufya joylarni, shuningdek kontrabanda maqsadlarida transport vositalariga oldindan qayta ishlanib, yig‘ilib va shunga o‘xshash yo‘llar bilan jihozlangan va moslashtirilgan konstruktiv sig‘imli idishlarni va boshqa ashyolarni hisoblamoq kerak.
v) hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish deganda, ashyolarni, tovar va boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun asos tariqasida qalbaki hujjatlarni, qonunga xilof yo‘llar bilan olingan hujjatlarni yoxud yolg‘on ma’lumotlar yozilgan hujjatlarni bojxona nazoratiga taqdim etishni tushunmoq lozim.
g) O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonuniga muvofiq bojxona identifikatsiya vositalari deganda, so‘rg‘ichlash, muhrlash, raqamli, harfli va boshqacha tamg‘alar, identifikatsiya belgilarini qo‘yish, shtamplash, namuna va nusxalar olish, tovarlarni, boshqa qimmatliklarni xatlash, chizmalar tuzish, miqyosni tasvirlash, fotosuratlar, rasmlar tayyorlash, tovarlar bilan birga yuboriladigan va boshqa hujjatlardan foydalanish va hokazolar tushuniladi.
bojxona identifikatsiya vositalaridan aldash yo‘li bilan foydalanish deganda, shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi yoki o‘zga davlatlar bojxona organlari tomonidan tatbiq etilgan identifikatsiya vositalarini o‘zgartirishi, yo‘q qilishi, buzishi yoxud yo‘qotishi bilan bog‘liq harakatlari tushunilmog‘i lozim.
d) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasida qayd qilingan kontrabanda ashyolarini yoxud 182-moddasida ko‘rsatilgan tovar yoki boshqa qimmatliklarni deklaratsiyaga kiritmaslik yoki o‘zgacha nom bilan deklaratsiyaga kiritish deganda shaxslarning chegaradan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kontrabanda ashyolarini yoxud tovar yoki boshqa qimmatliklarni deklaratsiya qilish tartibini buzishi bilan bog‘liq harakatlari, ya’ni bojxona qonunlari tomonidan o‘rnatilgan deklaratsiya qilish formasi va joyi to‘g‘risidagi, uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi, deklaratsiya va boshqa qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish muddatlari to‘g‘risidagi talablarga rioya etmaslik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yoki uning hududidan olib chiqilayotgan kontrabanda ashyolari, tovar yoki boshqa qimmatliklarning turi, soni xususida deklaratsiyaga soxta ma’lumotlar kiritish tushuniladi.
Bila turib qalbaki hujjat tuzgan yoki hujjatga yoxud bila turib olgan qalbaki hujjatiga soxta ma’lumotlar kiritgan va uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxs jinoyatlar majmui bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182 yoki 246 va 209 yoki 228-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
e) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 182-moddasi 2-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti chegarada nazorat funksiyasini amalga oshirayotgan mansabdor va boshqa shaxslar, shuningdek, tovar va boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilgan shaxslar hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246, 182-moddalarida ko‘rsatilgan kontrabanda ashyolarini, tovar yoki boshqa qimmatliklarni o‘tkazish ular haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan paytdan boshlab tugallangan jinoyat hisoblanadi.
5. Shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasida qayd etilgan ashyolarni kontrabanda qilish yoxud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasida ko‘rsatilgan tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tkazish bilan bir qatorda boshqa (masalan, qonunga xilof ravishda o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini egallash yoki ularga egalik qilish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish va hokazo) jinoyatlarni sodir etgan hollarda aybdorning harakatlari jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
6. Jinoyat protsessual kodeksi 211-moddasiga muvofiq kontrabanda ashyolari (JK 246-moddasi) yoxud tovar yoki boshqa qimmatliklar (JK 182-moddasi) daliliy ashyo tariqasida musodara qilinishi lozim.
Transport vositalarini jinoyat quroli deb topish masalasini hal qilishda, sudlar Oliy sud Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga rioya qilishlari lozim.
Kontrabanda ashyolari aybdor tomonidan sotilgan bo‘lsa, sud ularning qiymatini mahkumdan davlat foydasiga undirish masalasini muhokama qilishi kerak (FK 199-moddasi).
7. Kontrabanda qilishda yoxud tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazishda aybdor bo‘lgan shaxslarga jazo tayinlashda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, bu shaxslarni jinoyatni sodir etishda foydalangan muayyan huquqlaridan mahrum etish masalasini hal qilishi lozim.
8. Kontrabanda to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 246-moddasi) yoki bojxona qonunlarini buzish haqidagi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 182-moddasi) ishlarni ko‘rishda sudlar bu jinoyatlarning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabatlarini bildirishlari shart. | 92 | 7,815 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 30-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida gazdan ro‘zg‘orda foydalanish qoidalarini (ro‘yxat raqami 370, 1997-yil 14-oktabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha e’tirozlar mavjud emasligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019-yil 5-sentabrdagi 01/03-3231-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
O‘zbekiston Respublikasi kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan 1997-yil 11-sentabrda 92-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida gazdan ro‘zg‘orda foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 370, 1997-yil 14-oktabr);
O‘zbekiston Respublikasi kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan 1998-yil 16-dekabrda 105-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida gazdan ro‘zg‘orda foydalanish qoidalariga 1-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar (ro‘yxat raqami 370-1, 1999-yil 11-mart).
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 78 | 2,121 |
Qonunchilik | MOLLARNI PUDRAT ShARTNOMASI ASOSIDA OILAlaRGA BERISh | 1. Mollarni (qorako‘l qo‘ylar) oilalarga pudrat shartnomasi asosida berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-sonli “Qorako‘lchilikda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu Tartib mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berishning xususiyatlarini belgilab beradi va bunda ko‘rsatilmagan holatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 379-381 va 631-655-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 21-modasiga muvofiq tartibga solinadi.
2. Mollarni oila pudratiga berish tanlov asosida oila pudrati shartnomasini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) (keyingi o‘rinlarda “xo‘jalik” deb toritiladi) boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruv tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida kamida o‘ttiz kun oldin xo‘jalik a’zolariga xabar qilishi kerak. Tanlov to‘g‘risidagi xabar gazeta, radio, televideniye yoki boshqa axborot vositalarida e’lon berish bilan yoki boshqa shaklda xo‘jalik a’zolariga yetkazilishi mumkin. Xabarda, tanlovning vaqti, joyi va shakli, tanlovga qo‘yilayotgan mollar (har bir pudratchiga beriladigan mollarning bosh soni va ularning tarkibi, moddiy resurslar (qo‘ton, yaylov, quduq, binolar, texnikalar)) va uni o‘tkazish tartibi, shu jumladan tanlovda qatnashishni rasmiylashtirish, oila pudrati shartnomasini tuslshga beriladigan muddat va uning shartlari to‘g‘risidagi hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
4. Agar tanlovni biror bir sabablarga ko‘ra boshqaruv tomonidan bekor qilish zaruriyati tug‘ilsa unda boshqaruv ushbu haqidagi qarorni tanlov o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin tanlov e’lon qilingan shaklda ma’lum qilishi kerak.
5. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xo‘jalik a’zolari ushbu to‘g‘risida xo‘jalik boshqaruvi nomiga ariza beradilar. Tanlovda qatnashish uchun ariza bergan kishi o‘z arizasini tanlov o‘tkaziladigan muddatdan uch kun oldin qaytarib olish huquqiga ega.
Arizalarni qabul qilish tanlov boshlanishiga besh kun qolganda to‘xtatiladi.
6. Mollarni oila pudratiga berish bo‘yicha xo‘jalikda xo‘jalik mutaxassis va faollari (hisobchi, iqtisodchi, zootexnik, vetvrach, taftishchi, tajribali cho‘pon va boshqalar)dan iborat maxsus tanlov komissiyasi tuziladi va uning tarkibi boshqaruv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Tanlov komissiyasi arizalarni ko‘rib chiqishda arizachining tegishli qishloq xo‘jalik malakasiga va ish tajribasiga egaligini hisobga oladi.
8. Tanlov komissiyasi tanlov o‘tkazilgan kuni ug‘ing natijalarini e’lon qiladi va ugibu haqida tegishli bayonnoma tuziladi. Bayonnoma boshqaruv vakili hamda tanlovda g‘olib deb hidoblangan oilalar boshliqlari tomonidan imzolanadi. Ushbu bayonnoma asosida boshkaruv tomonidan tegishli qaror chiqariladi. Qarorda har bir tanlov g‘olibiga berilayotgan mollarning bosh soni va ularning tarkibi, moddiy resurslar (qo‘ton, yaylov, quduq, binolar, texnikalar) ko‘rsatiladi. Ariza beruvchilarning talabi qondirilmagan holda esa uning asoslantirilgan sababi ko‘rsatiladi. Mollar qonunchilikda hamda shartnomada ko‘rsatilgan muddatga har bir oilaviy pudratchiga xo‘jalikning tabiiy sharoitlarini hisobga olgan holda beriladi.
9. Tanlov natijalari bo‘yicha boshqaruv qarori chiqqandan so‘ng tanlovda g‘olib deb hisoblangan oilalar boshliqlari bilan tanlov to‘g‘risidagi xabardor ko‘rsatilgan muddat ichida tegishli pudrat shartnomasi tuziladi.
10. Oila pudrati shartnomasi bo‘yicha, oila, pudratchi sifatida shartnomada belgilangan chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va ularni xo‘jalikka kelishilgan muddatlarda ochirish majburiyatini oladi, xo‘jalik esa, mazkur mahsulotlarni qabul qilish va ular uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
11. Oila pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
mollarning bosh soni va ularning tarkibi, ulardan foydalanish shartlari (qorako‘l qo‘ylarining naslini yaxshilash talablari, shu jumladan sovliqlar, qo‘chqerlar va qo‘zilarni alohida-alohida otar qilib boqish);
moddiy resurslar (qo‘ton, yaylov, quduq, binolar, texnikalar va boshqalar) bilan pudratchini ta’minlash shartlari;
yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotining bahosi, unga haq to‘lash va uni realizatsiya qilish shartlari;
shartnoma muddati;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va shartnomani bekor qilish tartibi;
taraflarning xohishiga qo‘ra boshqa shartlar. | 52 | 4,718 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar:
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. 31-bandning ikkinchi xatboshi va 34-bandning sakkizinchi xatboshidagi “ma’lumotnoma” so‘zi “xulosa” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. 32-banddagi “ma’lumotnomasi” so‘zi “xulosasi” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. 54-bandning uchinchi xatboshidagi “ma’lumotnomasi” va “Ma’lumotnoma” so‘zlari tegishli ravishda “xulosasi” va “Xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning (Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish Sxemasi) to‘qqizinchi bosqichi “Mexanizm” ustuni, o‘ninchi bosqichi “Muddatlar” ustuni va o‘n birinchi bosqichi “Mexanizm” ustunining to‘qqizinchi xatboshidagi “ma’lumotnoma” so‘zlari “xulosa” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. 3-ilovaning (Tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish Sxemasi) birinchi bosqichi “Mexanizm” va “Muddatlar” ustunlarida, ikkinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi birinchi xatboshida hamda uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “ma’lumotnoma” so‘zlari “xulosa” so‘zi bilan almashtirilsin. | 106 | 1,561 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-766-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 17-aprelda kiritilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-766-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 201 | 728 |
Qonunchilik | TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYALARI TOMONIDAN FUQAROLARNI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh TARTIBINI YANADA TAKOMILLAShTIRIShGA, NOGIRONLIKNI VA KASBIY MEHNATGA LAYoQAT YO‘QOTILIShI DARAJASINI ANIQLAShGA YO‘NALTIRILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni, shuningdek mehnatda mayib bo‘lish yoki kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Fuqarolarni TMEKda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
hayot faoliyati, mehnatga layoqat cheklanganligi holatini, nogironlikning guruhlari, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash;
mehnat faoliyatini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lgan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlagan ishlovchilarning mehnatga layoqati yo‘qotilganligi darajasini, shuningdek ularning yordamning qo‘shimcha turlariga muhtojligini aniqlash;
nogironlarning salomatligi va mehnatga layoqati holatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat bo‘yicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash;
nogironlarni ishga joylashtirish, o‘qitish va qayta o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berish.
3. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish:
yashash joyidagi tumanlararo, tuman (shahar) TMEK;
fuqaroda mazkur TMEK sohasi bo‘yicha alohida kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda davolash-profilaktika muassasasiga (keyingi o‘rinlarda DPM deb ataladi) biriktirish joyidagi ixtisoslashtirilgan TMEK tomonidan;
vrachlarni, TMEK xodimlarini va ularning yaqin qarindoshlarini, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hukm qilingan shaxslarni, shuningdek ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) TMEK xulosasiga rozi bo‘lishmagan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish – bosh TMEK tomonidan amalga oshiriladi.
4. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiyot odob-axloqiga va deontologiyaga asoslanadi.
5. TMEKda fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
6. TMEK tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi, DPM yo‘llanmasiga ega bo‘lgan, ushbu TMEKga biriktirilgan shaxslarni qabul qiladi.
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning sifati, o‘z vaqtidaligi va bemorlarni TMEKga yuborishning asoslanganligi yuzasidan javobgarlik DPM rahbari zimmasiga yuklanadi.
Tibbiy hujjatlarda TMEKning noto‘g‘ri xulosasini chiqarishga asos bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni qasddan ko‘rsatishgan shaxslar, shuningdek yolg‘on xulosalar berishgan yoki nogironlik guruhini ataylab noto‘g‘ri belgilashgan vrachlar va ekspertlar ham qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
7. Boshlang‘ich tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga:
aynan bir kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab uzluksiz muddat qatorasiga 4 oydan ortiqni tashkil qiladigan uzoq muddat kasal bo‘lgan (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari) shaxslar;
aynan bir kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan e’tiboran 12 oy mobaynida tanaffus bilan birga 6 oy mobaynida davom etgan shaxslar (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari);
sil kasalligi birinchi marta aniqlangan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 10 oyni tashkil qiladigan, shuningdek asosiy kasallik kuchaygan-vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan e’tiboran kamida 6 oy silga qarshi kurashish muassasalarida hisobda turgan taqdirda sil kasalligiga chalingan bemorlar qabul qilinadi.
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tgungacha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TMEK raisi tomonidan chiqariladi.
8. TMEKda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
TMEKda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun:
DPM yo‘llanmasi, davolovchi vrach, bo‘lim mudiri, bosh vrach imzosi va muassasaning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan kasallik tarixidan ko‘chirmalar (mavjud bo‘lsa), ambulatoriya kartasi;
ishlaydiganlar tomonidan – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etiladi.
Kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilganligi darajasi va nogironlik aniqlangan taqdirda TMEKga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolat berilgan sog‘liqni saqlash muassasasi xulosasidan ko‘chirma ham taqdim etiladi.
Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilganligini aniqlash uchun TMEKga birinchi marta yuborilgan shaxslar mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holdagi baxtsiz hodisa yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi dalolatnomani ham taqdim etadilar.
9. Ayrim hollarda, zaruriyat paydo bo‘lganda TMEK ish beruvchilardan tibbiy tekshirishdan o‘tuvchining mehnatda jarohatlanishga yoki kasb bo‘yicha kasallanishiga sabab bo‘lgan mehnat xarakteri va sharoitlari to‘g‘risidagi xulosani so‘rab olishi mumkin. Bunda ish beruvchi tomonidan xulosani o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki taqdim etmaslik tibbiy tekshirishdan o‘tkazishni rad etish yoki tibbiy tekshirish muddatini uzaytirish uchun asos bo‘la olmaydi.
10. Tibbiy ko‘rik:
yashash joyidagi TMEK yoki DPMga biriktirilgan joydagi TMEK yoki ushbu TMEKga biriktirilgan tegishli DPMning yo‘llanmasi bo‘yicha o‘tkazilishi;
agar TMEK joylashgan joyda tibbiy tekshirishni asosli sabablarga ko‘ra va DPM tavsiyasi asosida o‘tkazish mumkin bo‘lmasa – uyda yoki statsionarda ko‘chma majlislarda o‘tkazilishi mumkin.
Tibbiy ko‘rik hujjatlar TMEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda o‘tkaziladi. Nogironlik belgilangan taqdirda hujjatlar TMEKda qabul qilingan sana nogironlikning boshlanishi hisoblanadi.
11. Tuman (shahar), tumanlararo va ixtisoslashtirilgan TMEK majlisida tibbiy ko‘rik to‘liq tarkibda o‘tkaziladi.
12. Shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish:
shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
TMEKga yo‘llanmani (088/u shaklini), kasallik tarixidan ko‘chirmalarni, ambulatoriya kartasini, shuningdek bemorni tibbiy ko‘rikka yuborish uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
13. Tibbiy ko‘rik ma’lumotlari va TMEK qarori tibbiy ko‘rik dalolatnomasida va TMEK majlisi protokolida qayd etiladi, ular shu kunning o‘zida to‘ldiriladi, TMEK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
14. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha TMEK quyidagi xulosalarni (keyingi o‘rinlarda TMEK xulosasi deb ataladi) chiqarishi mumkin:
nogironlik guruhini aniqlash, uning sabablari va muddatlari to‘g‘risida;
kasbiy mehnat layoqatining yo‘qotilganlik darajasi to‘g‘risida;
qo‘shimcha ravishda tekshirish hamda klinik tashxisni aniqlashtirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchini biriktirilgan davolash-profilaktika muassasalariga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish to‘g‘risida;
tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bemorni davolashni oxirigacha yetkazish zarurligi munosabati bilan uning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini uzaytirish to‘g‘risida;
protez-ortopediya buyumlari, nogironlik aravachalari va reabilitatsiya qilishning boshqa yordamchi texnik vositalari bilan ta’minlashga muhtojlik to‘g‘risida;
mehnatga tavsiya etish, nogironning o‘qitishga yoki qayta o‘qitishga muhtojligi to‘g‘risida;
o‘zgalar parvarishiga muhtojlik to‘g‘risida.
15. TMEK tomonidan nogironlik guruhlari, sabablari va muddatlarini belgilash to‘g‘risida xulosalar chiqarishda ushbu qaror qabul qilinadigan kunda:
tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasida tegishli yozuv qayd etiladi;
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma to‘ldiriladi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan holatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash uchun, pensiyalarga ustamalar qo‘shish uchun, shuningdek bolalikdan nogironlarga va ish stajiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash uchun ayrim hollarda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nogironlik pensiyasi tayinlash uchun asos hisoblanadi.
Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma quyidagi ikki qismdan iborat bo‘ladi:
nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning A qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kundan boshlab yetti kun muddatda, istisno hollarda esa, tumanning uzoqda joylashganini hisobga olgan holda, o‘n kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq pensiya va nafaqa tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi;
nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning B qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi.
16. TMEK tomonidan mehnatda mayiblanish yoki kasbiy kasallik bilan bog‘liq holda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilganligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan taqdirda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilganligi darajasini belgilash va tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganning qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘chirma (keyingi o‘rinlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirma deb ataladi) rasmiylashtiriladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirmaning ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirmaning A qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli to‘lovlarni amalga oshirish uchun ish beruvchiga yuboriladi;
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirmaning B qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi.
17. TMEK xulosasi tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchiga TMEK raisi tomonidan tibbiy ko‘rikni o‘tkazishgan, zarurat bo‘lganda, qabul qilingan qaror bo‘yicha tushuntirish berishadigan barcha mutaxassislar ishtirokida, tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchiga tegishli qaror qabul qilingandan keyin darhol e’lon qilinadi.
Agar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda nogironlik guruhi belgilanmasa, nogironlik guruhini olib tashlash to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Nogironlik guruhini olib tashlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma TMEK xulosasi chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi.
18. TMEK xulosasi bemorni tibbiy ko‘rikka yuborgan DPMga uch kun muddatda yuboriladi.
TMEK xulosasi belgilangan shakl bo‘yicha beriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganning klinik tashxisi;
tibbiy tekshirish natijasi;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganning mehnat faoliyati masalasi bo‘yicha tavsiyalar.
19. Murakkab ekspert holatlarida bemorlar va nogironlar klinik-ekspert tashxisini aniqlashtirish yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalarini hal etish uchun biriktirilgan DPMlarga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuboriladi, ularning xulosalari tavsiya va maslahat tusiga ega bo‘ladi.
20. Agar TMEKning raisi yoki ayrim a’zolari qabul qilingan qarorga rozi bo‘lishmasa, u holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasiga ularning alohida fikri kiritiladi va ushbu dalolatnoma takroriy tibbiy tekshirish uchun uch kun muddatda tegishli bosh TMEKga yuboriladi.
Bosh TMEKlarda qarorlar TMEK a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda TMEK raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
21. TMEK majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari, DPM, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, ish beruvchilar, nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashishi mumkin.
22. Hayot faoliyatining cheklanganligi darajasiga qarab tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziluvchiga, asosiy kasallikning klinik o‘tishini, uning asoratlarini va klinik-ekspert prognozini, shuningdek fuqaroning mehnat faoliyati turini hisobga olgan holda, nogironlikning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruhi belgilanishi mumkin.
Bunda Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari ro‘yxati asos qilib olinadi.
23. Quyidagilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziluvchini nogiron deb e’tirof etish uchun asos hisoblanadi:
sog‘liqning organizm funksiyalarining barqaror buzilgan holda yomonlashishi;
hayot faoliyatining cheklanganligi (shaxs tomonidan o‘ziga-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mustaqil harakatlanish, mo‘ljal olish, muomala qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish, o‘qish yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati yoki imkoniyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi).
24. Quyidagilar nogironlikning sabablari hisoblanadi:
umumiy kasallik;
mehnatda mayib bo‘lganlik;
kasb kasalligi;
bolalikdan nogironlik;
Chernobil AESdagi halokat tufayli mayiblanganlik yoki kasallanganlik;
frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirilgan kasallik;
harbiy xizmatni o‘tash davrida orttirilgan kasallik;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallik;
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish chog‘ida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisa oqibatida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);
fuqarolik burchini bajarish bilan bog‘liq holda orttirilgan kontuziya, mayiblik.
25. Nogironlikni belgilash to‘g‘risidagi qaror klinik-psixologik, ijtimoiy-maishiy va kasbiy omillar kompleksini baholashga asoslanadi. Bunda kasallikning xususiyati, funksiyalarning buzilish darajasi, davolash, reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi, kompensator mexanizmlarining holati, klinik va mehnat prognozi, reabilitatsiya qilish potensiali, ijtimoiy moslashish imkoniyati, ijtimoiy yordamning har xil turlariga muhtojlik, shaxsiy yo‘naltirilganlik, mehnatning aniq shart-sharoitlari va mazmuni, kasbiy tayyorgarlik, yosh va shu kabilar hisobga olinadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida tibbiy-mehnat ekspertizasida, kasallik yoki nuqsonning xususiyatidan qat’i nazar, har bir holatda bemor organizmining barcha tizimlari kompleks tekshiriladi. Sog‘liqning va ijtimoiy moslashish darajasining holatini asosli baholash maqsadida funksional laboratoriya tekshirishlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bemorning kasbiy mehnat faoliyati e’tiborga olinadi. Bemorning shaxsiy xususiyatiga, uning ijtimoiy moslashish imkoniyatiga e’tibor qaratiladi.
26. Organizm funksiyalari buzilishlarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
psixik funksiyalarning (idrok qilish, diqqat-e’tibor, xotira, tafakkur, intellekt, his-tuyg‘u, iroda, ong, xulq-atvor, psixomotor funksiyalarning) buzilishi;
til va nutq funksiyalarining (og‘zaki (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, alaliya, afaziya) va yozma (disgrafiya, disleksiya), verbal va noverbal nutq buzilishi, ovoz hosil bo‘lishining buzilishi va hokazolar);
sensor funksiyalarining (ko‘rish, eshitish, hid bilish, sezish, taktil, og‘riqli, harorat ko‘tarilishi va boshqa sezuvchanlik turlari) buzilishi;
statodinamik funksiyalarning (bosh, gavda, oyoq-qo‘lning harakatlanish funksiyalari, harakatlar statikasi, muvofiqlashtirilishining) buzilishi;
qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm bo‘lishi, organizmdan narsa ajralib chiqishi, qon yaratilishi, modda va energiya almashishi, ichki sekretsiya, immunitet funksiyalarining buzilishi;
jismoniy mayib-majruhlik bilan bog‘liq buzilishlar (tashqi mayib-majruhlikka olib keladigan yuz, bosh, gavda, oyoq-qo‘llar deformatsiyasi, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish traktining anomal teshigi, gavda o‘lchamlarining buzilishi).
27. Organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon bo‘lishi to‘rtta darajaga ajratiladi:
I daraja-uncha katta bo‘lmagan buzilishlar;
II daraja-mo‘tadil buzilishlar,
III daraja-aniq namoyon bo‘ladigan buzilishlar,
IV daraja - ancha aniq namoyon bo‘ladigan buzilishlar.
28. Inson hayot faoliyati asosiy turlari cheklanishining namoyon bo‘lishi uchta darajaga ajratiladi:
a) o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati-insonning asosiy fiziologik ehtiyojlarni mustaqil amalga oshirish, kundalik maishiy faoliyatni bajarish layoqati, shu jumladan, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalari:
I daraja-uzoq vaqt sarflab o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati, uni bajarishning bo‘linishi, zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib hajmni qisqartirish;
II daraja-zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati;
III daraja-o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsata olmaslik, doimo o‘zgalarning yordamiga muhtojlik va boshqa shaxslarga to‘liq bog‘liqlik;
b) mustaqil harakatlanish layoqati-makonda mustaqil harakat qilish layoqati, harakatlanishda, dam olishda va gavda holati o‘zgarganda gavdaning muvozanatini saqlash, jamoat transportidan foydalanish:
I daraja-vaqt uzoqroq sarflanganda mustaqil harakatlanish layoqati, uni bajarishning bo‘linishi, zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib masofani qisqartirish;
II daraja-zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan mustaqil harakatlanish layoqati;
III daraja-harakat qila olmaslik, doimo o‘zgalarning yordamiga muhtojlik;
v) mo‘ljal olish layoqati-atrof vaziyatni muqobil idrok etish layoqati (vaziyatni baholash, vaqtni va turgan joyini aniqlash layoqati):
I daraja-faqat odatdagi vaziyatda mustaqil va (yoki) yordamchi texnik vositalar yordamida mo‘ljal olish layoqati;
II daraja-boshqa shaxslarning yordamini talab etadigan mo‘ljal olish layoqati;
III daraja-mo‘ljal ola bilmaslik (dezoriyentatsiya) va boshqa shaxslarning doimiy yordami va (yoki) nazoratiga muhtojlik;
g) muomala qilish layoqati-idrok qilish, axborotni qayta ishlash va berish yo‘li bilan odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish layoqati:
I daraja-axborot olish va berish sur’ati va hajmini pasaytirib muomala qilish layoqati, zaruriyat bo‘lganda yordam berishning yordamchi texnik vositalaridan foydalanish;
II daraja-zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning qisman yordami bilan muomala qilish layoqati;
III daraja-muomala qila olmaslik va boshqa shaxslarning doimiy yordamiga muhtojlik;
d) o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati-o‘zini anglash va ijtimoiy huquqiy-ma’naviy axloqiy normalarni hisobga olgan muqobil xulq-atvor layoqati:
I daraja-murakkab hayotiy vaziyatlarda o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqatining vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan cheklanishi va (yoki) qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan hayotning ayrim sohalariga daxl qiladigan rolli funksiyalarni bajarishning doimiy ravishda qiyinligi;
II daraja-faqat boshqa shaxslarning muntazam yordami bilan qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan o‘z xulq-atvori va atrof-muhitga tanqidiy munosabatning doimiy ravishda pasayishi;
III daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qila olmaslik, unga tuzatish kirita olmaslik, boshqa shaxslarning doimiy yordamiga (nazoratiga) muhtojlik;
e) o‘qish, bilimlarni (umumta’lim, kasb-hunar bilimlari va boshqa bilimlarni) o‘zlashtirish va takrorlash, malaka va ko‘nikmalarni (kasb-hunar, ijtimoiy, madaniy, maishiy, malaka va ko‘nikmalarni) egallab olish layoqati:
I daraja-zarurat bo‘lganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalarni qo‘llab o‘qitishning maxsus usullaridan, o‘qitishning maxsus rejimidan foydalanib umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari doirasida o‘qish, shuningdek muayyan darajadagi ma’lumotga ega bo‘lish layoqati;
II daraja-zarurat bo‘lganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanib faqat rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki uyda maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qish layoqati;
III daraja-o‘qiy olmaslik;
j) mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati-ishlarni bajarish mazmuni, hajmi, sifati va shartlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish layoqati:
I daraja-malaka, og‘irlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasb bo‘yicha ishni davom ettira olmaslik;
II daraja-yordamchi texnik vositalardan foydalanib va (yoki) boshqa shaxslar yordamida maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati;
III daraja-mehnat faoliyati bilan shug‘ullana olmaslik yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib bo‘lmasligi (yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi).
29. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining ancha barqaror ifodalangan buzilishiga ega bo‘lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning birinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:
III daraja-o‘ziga o‘zi xizmat qilish layoqati;
III daraja-harakat qilish layoqati;
III daraja-mo‘ljal olish layoqati;
III daraja-muomala qilish layoqati;
III daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati.
30. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror ifodalangan buzilishiga ega bo‘lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning ikkinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:
II daraja-o‘ziga o‘zi xizmat qilish layoqati;
II daraja-harakat qilish layoqati;
II daraja-mo‘ljal olish layoqati;
II daraja-muomala qilish layoqati;
II daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati;
II, III daraja-o‘qish layoqati;
II, III daraja-mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati.
31. Mehnat faoliyatining I darajasiga layoqatning cheklanishiga yoki hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror mo‘tadil ifodalangan buzilishiga ega bo‘lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning uchinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:
I daraja-o‘ziga o‘zi xizmat qilish layoqati;
I daraja-harakat qilish layoqati;
I daraja-mo‘ljal olish layoqati;
I daraja-muomala qilish layoqati;
I daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati;
I daraja-o‘qish layoqati.
32. Nogironlik to‘g‘risida qarorlar chiqarishda ilgari amalga oshirilgan tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarning uzviyligini nazarda tutadigan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi tuziladi.
33. Nogironlik navbatdagi qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tayinlangan navbatdagi oyning birinchi kunigacha belgilanadi.
Davolovchi vrachlar va DPMning davolash-maslahat komissiyalari (keyingi o‘rinlarda DMK deb ataladi) raislari nogironlik guruhi qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan fuqarolarni TMEKda tibbiy tekshirishga yuborish uchun hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ko‘rsatib o‘tilgan muddatlardan oldin qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, belgilangan tartibda, sog‘liqning holati va hayot faoliyatining cheklanganlik darajasi o‘zgarganda, nogironlikni belgilashning to‘g‘riligi bosh TMEK, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirilganda, TMEK qarorining asossizligi holatlari aniqlanganda, shuningdek agar TMEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilganda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
Muddatsiz nogironlar deb e’tirof etilgan shaxslar ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
34. Organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining qayta tiklanadigan, takroriy morfologik o‘zgarishlari va buzilishlari sodir bo‘lganda, davolashning va o‘tkazilgan reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini, sog‘liqning holatini hamda ijtimoiy moslashish darajasini kuzatish maqsadida nogironlarni takroriy qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlar nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab olti oyda, bir yoki ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining barqaror, qayta tiklanadigan morfologik o‘zgarishlari va buzilishlari sodir bo‘lganda, amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlarining samarasizligi oqibatida kasallikning o‘tishini va salomatlikni tiklashni, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash mumkin bo‘lmagan taqdirda nogironlik belgilangan tartibda tasdiqlangan kasalliklar va anatomik nuqsonlar ro‘yxatiga muvofiq muddatsiz belgilanadi.
Chernobil AESidagi halokatni tugatish oqibatlari bilan bog‘liq holda nogironlar deb e’tirof etilgan shaxslarga I-II guruhlar nogironligi muddatsiz belgilanadi, nogironlikning III guruhida qayta tibbiy tekshirish muddati – 5 yildan iborat bo‘ladi. Nogironlikning sababi: “ChAESdagi halokat oqibatida kelib chiqqan” deb ko‘rsatiladi.
35. Kasb bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotish darajasini belgilash maqsadida qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar hisobga olinadi:
sog‘liqning mehnatda olingan jarohat yoki kasbiy kasallik oqibatida buzilishi;
amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlari, o‘qitish yoki qayta o‘qitish natijasida olingan kasb-hunar bo‘yicha ishlarni bajarish imkoniyati;
shaxsning mehnatda olingan jarohat yoki kasbiy kasallikdan oldingi kasbiy faoliyatini bajarish layoqati.
36. TMEK muassasalari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini va xulosalarni takroriy ekspertizadan o‘tkazish, ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xat boshida nazarda tutilgan holatlarda, ilgari belgilangan muddatlardan qat’iy nazar, amalga oshiriladi.
Takroriy qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun TMEK nogironga qayta tibbiy ko‘rikning o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi ko‘rsatilgan bildirishnoma yuboradi.
Zarur darajada xabardor qilingan shaxs, uzrli sabablardan (statsionar davolanishda, xizmat safarida yoki o‘qishda bo‘lishdan) tashqari, qayta tibbiy tekshirishga kelmagan taqdirda,unga qayta tibbiy ko‘rikning o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi ko‘rsatilgan takroriy bildirishnoma yuboriladi.
Zarur darajada xabardor qilingan shaxsning qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga uzrli sabablarsiz takroran kelmaganligi takroriy qayta tibbiy ko‘rikni o‘tkazishning belgilangan sanasidan keyin 10 kun o‘tgach nogironlik bo‘yicha pensiyani to‘lashni to‘xtatib qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
Nogironlik bo‘yicha pensiya to‘lashni to‘xtatib qo‘yish nogironning doimiy yashash joyiga borgan holda tuzilgan nogironning takroriy qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga kelmaganligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida, fuqarolarning tegishli mahalla, shaharcha, qishloq yoki ovul yig‘ini, TMEK, TMK va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari pensiya to‘lashni dalolatnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning 1-kunidan boshlab to‘xtatib qo‘yadi.
Bunday shaxslarga nogironlik pensiyasi to‘lashni tiklash faqat bosh TMEKlarning to‘lovlar to‘xtatib qo‘yilgan kundan boshlab fuqaro sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ekspert qarori asosida amalga oshiriladi.
37. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziluvchi tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEK qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda u bir oy mobaynida bosh TMEKga yoki, belgilangan tartibda, sudga murojaat qilishi mumkin. Ariza tushgandan keyin 3 kun mobaynida tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEKlar qayta tibbiy tekshirish dalolatnomasini bosh TMEKga beradi, u keyingi 15 kun mobaynida ariza beruvchini qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va o‘z xulosasini chiqaradi. Fuqaro bosh TMEK xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
38. Nogironlarga ijtimoiy yordam pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, biryo‘la to‘lanadigan to‘lovlar), reabilitatsiyaning texnik vositalari, kreslo-aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus shriftli bosma buyumlar, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar, shuningdek tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar shaklida ko‘rsatiladi.
39. O‘zgalarning doimiy parvarishi, yordami yoki nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda nazarda tutilgan hollarda tavsiya qilinadi.
40. Reabilitatsiyaning texnik vositalari (buzilgan funksiyalar, oyoq-qo‘llar va his etish organlari kompensatsiyasi uchun qo‘llaniladigan maxsus asbob-uskunalar, priborlar, moslamalar) quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi: ifodalangan monoparez, gemiparez, triparez, tetraparez, ifodalangan giperkinetik sindrom, karlik, cho‘ltoq panja va amputatsiyaning yuqoriroq darajasi, oyoq-qo‘l bo‘g‘imlarining ifodalangan kontrakturasi, shalvirab turgan yelka, tirsak, tizza bo‘g‘ini Sharp bo‘yicha tovon kultiyasi va ikkala ko‘zning xira ko‘rishi yoki yaxshi ko‘radigan ko‘z) korreksiya bilan yoki ko‘rish maydonining 20 gradusgacha konsentrik torayishli 0,1 korreksiyagacha ko‘rish o‘tkirligi).
41. Harakatlanish vositalari bilan ta’minlash quyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) xonaga mo‘ljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
NYNA bo‘yicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uyg‘unlikda;
jigar funksiyalarining namoyon bo‘lgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;
IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;
gemiplegiya, namoyon bo‘lgan gemiparez, namoyon bo‘lgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon bo‘lgan triparez, triplegiya, namoyon bo‘lgan tetraparez, tetraplegiya;
akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon bo‘lgan ataksiya, shu jumladan namoyon bo‘lgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon bo‘lgan giperkinetik buzilishlar;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya cho‘ltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi artrozi;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashdan keyingi og‘ir asoratlar;
b) sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
gemiplegiya, namoyon bo‘lgan gemiparez, namoyon bo‘lgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon bo‘lgan triparez, triplegiya, namoyon bo‘lgan tetraparez, tetraplegiya;
aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning og‘ir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya cho‘ltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari bilan birga;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashdan keyingi og‘ir asoratlar.
42. Muhtoj shaxslarni, shu jumladan nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari hamda kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
1. Ushbu Nizom Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi gradusini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi kasb faoliyatini amalga oshirish layoqati yo‘qotilishini baholashdan kelib chiqib mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazish sanasida foizlarda belgilanadi.
3. Jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi TMEK tomonidan:
mehnatda mayib bo‘lganda – Nogironlikning sabablari ro‘yxati asosida belgilanadi, bunda nogironlik ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatda mayib bo‘lganlik oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblanadi;
kasb kasalligida – ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kasb kasalliklari ro‘yxati asosida belgilanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli sog‘liqni saqlash muassasasining xulosasidan ko‘chirma ham taqdim etiladi.
Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashning klinik-funksional mezonlariga asoslangan holda aniqlanadi.
4. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi jabrlanganga mehnatda mayib bo‘lganda va/yoki kasb kasalligiga chalingandan oldingi kasbiy faoliyatni bajarishni davom ettirish imkonini beradigan layoqatlar, psixofiziologik imkoniyatlar va sifatlar, ayni o‘sha mazmunda va o‘sha hajmda hisobga olingan holda, yoxud malaka pasayganligi, bajariladigan ish hajmi va odatdagi, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida va boshqa sharoitlarda mehnat og‘irligi kamayishi hisobga olingan holda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligiga duchor bo‘lganlik oqibatida sog‘liqqa shikastning oqibatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va 5 foizdan 100 foizgacha darajada belgilanadi.
5. Takroran mehnatda mayib bo‘lishda yoki yangidan paydo bo‘lgan kasb kasalliklarida kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi umuman olganda 100 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas va:
ko‘rikdan o‘tkazish paytida kasalliklarning har biri bo‘yicha alohida, kasalliklar bir xodimning yoki turli xodimlarning ishi davrida bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar belgilanadi;
kasalliklar oqibatlari jabrlanganning kasbiy bilimlari va uquvlari hisobga olingan holda uning takroran mehnatda mayib bo‘lishdan oldingi kasb faoliyatini bajarish layoqatiga ta’siriga qarab belgilanadi;
oldingi mehnatda mayib bo‘lganlikdan oldingi kasbda kasbiy mehnat layoqatini tiklash bo‘yicha jabrlanganni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligiga bog‘liq bo‘lmagan holda yangi aniqlangan kasallik oqibatida nogironlik guruhi og‘irlashtirilganda nogironlik sababi “umumiy kasallik” deb belgilanadi, oldin aniqlangan kasbiy mehnat layoqatining yo‘qotilish darajasi esa bemorning ko‘rikdan o‘tish kunidagi holatiga asosan qayta ko‘rib chiqiladi.
Agar reabilitatsiya chora-tadbirlari natijasiga ko‘ra nogironlik guruhi yengillashganda (qisman reabilitatsiya), nogironlik sababi o‘zgartirilmaydi va “mehnatda mayib bo‘lish” yoki “kasb kasalligi” deb ko‘rsatiladi, agar oldin ham nogironlik ushbu sabab bilan belgilangan bo‘lsa.
6. Quyidagilarning jami tahlili:
klinik-funksional mezonlar;
kasb faoliyatining xususiyati (malakasi, ish sifati va hajmi, uni bajarish layoqati);
toifalar va hayot faoliyati cheklanishi darajasi jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini ekspertizadan o‘tkazishning asosiy metodologik prinsipi hisoblanadi.
7. Klinik-funksional mezonlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mehnatda mayib bo‘lganlik va kasb kasalligining xususiyati va og‘irligi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan patologik jarayon kechishi xususiyatlari;
organizm funksiyalari buzilishlarining xususiyati (turi) va darajasi (aniq namoyon bo‘lgan, namoyon bo‘lgan, mo‘tadil, uncha kuchli bo‘lmagan);
klinik, reabilitatsiya va klinik-mehnat prognozi, shuningdek psixofiziologik imkoniyatlar.
8. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashda mehnat faoliyatiga bo‘lgan layoqat cheklanishiga va hayot faoliyati cheklanishining boshqa toifalariga olib keladigan jabrlanganning organizmi funksiyalari buzilishining namoyon bo‘lishi hisobga olinadi.
9. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligidan keyin jabrlanganning odatdagi yoki maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida o‘zining oldingi kasbi bo‘yicha ishni to‘liq hajmda bajarish layoqati hisobga olinadi.
10. Malaka pasayishining ko‘p karraligi ushbu kasb faoliyati uchun belgilangan tarif-malaka razryadlari, darajalar, toifalar hisobga olingan holda belgilanadi.
11. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi ishlarning murakkabligi koeffitsiyenti kamayishi hisobga olingan holda malaka pasayishi gradusiga qarab belgilanadi.
12. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashda ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlari darajalari hisobga olinadi.
13. Agar jabrlanuvchida mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida organizm funksiyalari aniq namoyon bo‘lgan buzilishlarda kasb faoliyatiga, shu jumladan maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida kasb faoliyatiga layoqat to‘liq yo‘qotilganda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining 100 foizi belgilanadi.
14. Quyidagi organizm funksiyalarining aniq namoyon bo‘lgan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 100 foiz yo‘qotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) quyi paraplegiya; ancha aniq namoyon bo‘lgan tetraparez, triparez, spastik tip yoki gipotoniya bo‘yicha mushak tonusi oshgan holda paraparez, mustaqil harakatlanish mumkin bo‘lmagan, muskul kuchi yaqqol pasayishi namoyon bo‘lgan (1 ballgacha) oyoqlarning barcha bo‘g‘imlarida faol harakatlar minimal hajmi bilan (5,0-6,0 gradus) gipotoniya, elektromiografiya (keyingi o‘rinlarda EMG deb ataladi)ning III tipi – potensialning tez-tez tebranishi, elektromiogrammaning “tez-tez yuz beradigan ossillatsiyali baravariga otilgan” normal tuzilishining buzilishi (aniq namoyon bo‘lgan parez (nimfalaj); EMGning IV tipi – funksional yuklamalar holatida to‘liq bioelektrik sukut (qo‘l-oyoq falaji);
b) barcha bo‘g‘imlarda faol harakatlarning eng kam hajmi bilan har ikki qo‘lning ancha aniq namoyon bo‘lgan nimfalaji (yelka nimfalaji – 5,5-10 gradus, tirsak nimfalaji – 4,3-7,7 gradus, bilak-kaft nimfalaji 5,5-8,5 gradus); bosh barmoqni zid qo‘yishning yaqqol namoyon bo‘lgan cheklanishi (bosh barmoqning distal falangi ikkinchi barmoq o‘zagiga yetadi), barmoqlarni musht qilib bukish (barmoqlarning distal falanglari 5-8 sm masofada kaftga yetmaydi); qo‘llarning mushak kuchi pasayishi (1 ballgacha); qo‘llar asosiy funksiyalarining buzilishi: yirik va mayda buyumlarni tutib olish va ushlab olish mumkin emasligi, faqat yordamchi funksiya saqlangan – buyumlarni ushlab turish va qisish;
v) vestibulyar-miyacha buzilishlari: yaqqol namoyon bo‘lgan turg‘un, dinamik ataksiya; III gradus aylanishdan keyingi nistagma 120 sekunddan ortiq davom etadigan vestibulyar qo‘zg‘aluvchanlik giperrefleksiyasi, 130 sekunddan ortiq davom etadigan III gradus kalorik nistagma;
g) qo‘l panjasida barcha barmoqlar bo‘lmasligidan boshlab qo‘l cho‘ltoqligi bilan birgalikda har ikki oyoqning amputatsion cho‘ltoqligi (protezlanmagan);
d) III daraja nafas yetishmasligi, III daraja qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas qisishi, 1 minutda nafas olish tezligi 30 va undan ortiq, dastlabki daraja tiklanmagan holda uncha ko‘p bo‘lmagan jismoniy zo‘riqishdan keyin nafas olish 1 minutda 10-15-marta kuchayishi, ancha aniq namoyon bo‘lgan tsianoz, tinch holatda yordamchi nafas olish muskullari qatnashishi, aniq namoyon bo‘lgan taxikardiya – minutiga 130-marta va undan ortiq urish, epigastral pulsatsiya, jigarning kattalashishi, periferik shish, o‘pka hayotiy sig‘imining zarur ekanligidan 50 foizgacha pasayishi, o‘pkaning maksimal ventilatsiyasi – 50 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 180 foizgacha ko‘payishi, Tiffno indeksining 40 foizdan kamga pasayishi va kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 20 foizgacha kamayishi, o‘pka gemodinamikasi buzilgan holda o‘ng qorinchalar miokardining qisqartirish layoqati pasayishi);
e) ancha aniq namoyon bo‘lgan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi ko‘radigan ko‘zning amalda yoki mutloq ko‘rligi: ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan - 0,03-0, ko‘rish maydoni 0-10 darajaga teng (qayd etish nuqtasidan meridian bo‘ylab periferik chegaralar va/yoki markaziy yoki paramarkaziy quyiladigan skotoma); ko‘rish layoqati – ancha aniq namoyon bo‘lgan pasayish yoki ko‘rmaslik, elektrofiziologik tekshirishlar (keyingi o‘rinlarda EFT deb ataladi) – E-U nuqsonlari 300 mkA yoki aniqlanmaydi, o‘zgaruvchanlik 20 Gts.dan kam yoki mavjud emas, miltillab ko‘rinish qo‘shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi bir sekundda 20 dan kam (me’yor 45 Gts.dan yuqori) yoki mavjud emas – har qanday ishni bajarishga monelik bo‘lganda;
j) tos organlari funksiyalarining ancha aniq namoyon bo‘lgan buzilishlari (siydik, najas tutmaslik).
15. Agar jabrlanuvchi organizm funksiyalari aniq namoyon bo‘lgan buzilishi oqibatida kasbiy mehnatni faqat maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin bo‘lsa, unga kasbiy mehnat layoqatining 70 foizdan 90 foizgacha yo‘qotilishi belgilanadi.
Bunda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida ishlarni bajarishda malaka pasayishi darajasiga qarab belgilanadi. Quyidagi hollarda:
a) ilgari malakali ishni odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida bajargan jabrlanuvchi mehnatning faqat nomalakali turlarini maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin bo‘lsa, kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining 90 foizi belgilanadi;
b) jabrlanuvchi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni hisobga olgan holda maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali ishni bajarishi mumkin bo‘lsa, kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining 80 foizi belgilanadi;
v) jabrlanuvchining maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi kasb bo‘yicha ishni bajarishi mumkin bo‘lsa, kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining 70 foizi belgilanadi.
16. Organizm funksiyalarining quyidagi aniq namoyon bo‘lgan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining 70 — 90 foizi belgilanishining klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) har ikki oyoqning aniq namoyon bo‘lgan nimfalaji, tetraparez, triparez, oyoqning barcha bo‘g‘imlarida – tos-son bo‘g‘imlarida (20 gradusgacha) tizza bo‘g‘imlarida (10 gradusgacha), boldir-oyoq panjasi bo‘g‘imlarida (6-7 gradusgacha), faol harakatlar aniq namoyon bo‘lgan amplituda cheklanishi bilan spastik tip yoki muskul gipotoniyasi bo‘yicha mushak tonusi aniq namoyon bo‘lgan oshishi bilan birga gemiparez; oyoqlarning muskul kuchi aniq namoyon bo‘lgan holda pasayishi (2 ballgacha), aniq namoyon bo‘lgan varusli, ekvin-varusli oyoq panjasi deformatsiyasi; oyoq panjasi aniq halpillab turgan holda spastik, paretik, peroneal odim tashlash; qo‘shimcha tayanch (qo‘ltiqtayoq) bilan harakatlanish;
b) qadam tashlash biomexanikasining aniq namoyon bo‘lgan buzilishi – 100 metrga yurishda qadamlar sonining 204-226-martagacha ko‘payishi (me’yor-80-120 qadam), keng qadam tashlash uzunligi 2,5-3,6 sekundgacha ko‘payishi (me’yor - 1,0-1,3 sekund), qadam tashlash sur’atining 1 minutda 29-46 qadamgacha kamayishi (me’yor - 80-100 qadam), yurishning bir maromdaligi koeffitsiyentining 0,52-0,58 gacha pasayishi (me’yor - 0,94-1,00), harakatlanish tezligining 1 soatda 1,0 kilometrgacha pasayishi (me’yor-1 soatda 4-5 km); muskul bioelektrik faolligi buzilganligi aniq namoyon bo‘lgan holda EMGning II tipi – tinch holatda va funksional yuklamalarda aniq ritm bilan “fassikulatsiyalar” tipidagi past chastotali potensiallar;
v) har ikki qo‘lning aniq namoyon bo‘lgan nimfalaji, barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon bo‘lgan (barmoqlarning distal falanglari 3-4 sm masofada kaftga yetmaydi), qo‘llarning asosiy funksiyasi buzilgan holda 10 — 20 gradus doirasida faol harakatlar hajmi bilan qo‘l bo‘g‘imlari kontrakturasi: mayda buyumlarni ushlab turish, yirik buyumlarni uzoq vaqt va mustahkam ushlab turish mumkin emasligi, EMG – II tip;
g) aniq namoyon bo‘lgan vestibulyar-miyacha buzilishlari (tinch holatda bosh aylanishi, boshning og‘ir va tez-tez — bir oyda 4 va undan ortiq marta aylanishi), II-III gradus spontan nistagma, statika va harakatlar muvofiqlashtirilishining aniq namoyon bo‘lgan buzilishi, yordamchi vositalar (hassa, qo‘ltiqtayoq) yordamida harakatlanish, aylanishdan keyingi II-III gradus nistagma 85 — 120 sekund, II-III gradus kalorik nistagma (110 — 130 sekund) davom etgan holda vestibulyar qo‘zg‘aluvchan giperrefleksiya;
d) son yoki boldirning turli darajalardagi amputatsion cho‘ltoqligi, oyoq nuqsoni bilan boldirning har ikki suyagi soxta bo‘g‘imlari, 140 darajadan ortiq egish mumkin bo‘lmagan holda bukish kontrakturasida tizza bo‘g‘imlarining funksional noqulay holati, tosning aniq namoyon bo‘lgan nuqsoni va oyoqning 10 santimetrgacha funksional kaltaligi bilan bukish 150 gradusgacha yoki oyoqni 165 gradusdan ortiq egish cheklangan holda tos-son bo‘g‘imining funksional noqulay holatida oyoqlarning nuqsonli joylashishi, harakatlar hajmi 30 gradusdan ortiq bo‘lmagan aniq namoyon bo‘lgan kontraktura yoki funksional noqulay holatdagi bo‘g‘imlar ankilozi;
e) II daraja nafas olish yetishmovchiligi, II bosqich qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas olish tezligi minutiga 21 — 29-marta, jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligining minutiga 12 — 16-martaga ko‘payishi, aniq namoyon bo‘lgan tsianoz, uncha kuchli bo‘lmagan jismoniy yuklama vaqtida nafas olishda yordamchi nafas olish muskullarining qatnashishi, yurak urishlari tezligi minutiga 100-129 zarb, uncha katta bo‘lmagan periferik shishlar, o‘pka hayotiy sig‘imining zarur bo‘lgandan 50 — 55 foizgacha pasayishi, o‘pkaning maksimal ventilatsiyasi – 5 — 54 foizgacha, harakatning 1 minutdagi hajmi 150 foizgacha ko‘payishi, Tiffno indeksining 54 — 40 foizgacha pasayishi, kisloroddan foydalanish koeffitsiyentining 28 foizgacha pasayishi, o‘pka gemodinamikasi buzilishi qo‘shilgan holda o‘ng qorinchalar miokardi qisqartirish qobiliyatining pasayishi);
j) aniq namoyon bo‘lgan sensor buzilishlar: yagona yoki yaxshi ko‘radigan ko‘zning yaxshi ko‘rmasligi yuqori gradusi 0,08-0,04 ga teng bo‘lgan yoki undan kam korreksiyali ko‘rish o‘tkirligi, ko‘rish maydoni – 50 gradusga teng bo‘lgan yoki undan kam bo‘lgan periferik chegaralar, biroq 10 gradusdan keng bo‘lgan va (yoki) yagona markaziy skotomalar, ko‘rish layoqati – aniq namoyon bo‘lgan pasayish, EFT ko‘rsatkichlari – E-U – 200-300 mkA nuqson, o‘zgaruvchanlik 20 — 35 Gts, miltillab ko‘rinish qo‘shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi – 20 — 35 p/sek.;
z) tos a’zolari funksiyalarining aniq namoyon bo‘lgan buzilishi, siydik chiqarish va siydik chiqaradigan yo‘l bo‘ylab siydik chiqishi hissi qistamasligi, tsistometriyada siydik pufagi sig‘imi detruzor gipotoniyasida 500 — 600 ml, qoldiq siydik — 400 ml gacha, detruzor gipertoniyasida sig‘im — 20 — 30 ml; defekatsiyaning uzoq vaqt kechikishi — 5 sutkagacha; anal refleks, monometriyada sfinkter tonusi va bosim pasaygan, tashqi sfinkterning anal kanalida — 10 — 15 mm simob ustuni, ichki sfinkterning anal kanalida — 16 — 25 mm simob ustuni (me’yor 35 — 62 mm simob ustuni).
17. Jabrlanuvchiga, agar u:
odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malakaning aniq namoyon bo‘lgan pasayishi bilan yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda kasbiy mehnatni bajarsa;
organizm funksiyalarining o‘rtacha buzilishi oqibatida kasb faoliyatini davom ettirish layoqatini yo‘qotgan bo‘lsa, biroq odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali kasb faoliyatini davom ettira olsa, kasbiy mehnat layoqatining 40 foizdan 60 foizgacha yo‘qotilishi belgilanadi.
18. Bunda, jabrlanuvchi malakasining pasayishi darajasiga, ishlab chiqarish faoliyati hajmiga yoki mehnat og‘irligi toifasiga qarab organizm funksiyalari o‘rtacha buzilishli jabrlanuvchilarga kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining quyidagi darajalari belgilanadi:
a) agar jabrlanuvchi:
kasb bo‘yicha ishni bajara olsa, biroq malaka to‘rt tarif razryadiga pasaysa;
kasbiy bilimlar, uquv va malakalardan foydalangan holda ishni bajara olsa, biroq malaka to‘rt tarif toifasiga pasaysa;
ish razryadi og‘irlikning to‘rt toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 60 foiz yo‘qotilishi;
b) agar jabrlanuvchi:
kasb bo‘yicha ishni malakaning uch tarif razryadiga pasaygan holda;
kasb bo‘yicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda (0,5 stavkaga);
malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi og‘irlikning uch toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 50 foiz yo‘qotilishi;
v) agar jabrlanuvchi:
kasb bo‘yicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda;
kasbiy bilimlar, uquvlar va malakalardan foydalangan holda ishni, biroq malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;
kasb bo‘yicha ishni malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;
malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi og‘irlikning ikki toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda — kasbiy mehnat layoqatining 40 foizga yo‘qotilishi belgilanadi.
19. Organizm funksiyalarining quyidagi o‘rtacha buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 40 — 60 foiz yo‘qotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) har ikki oyoqning mo‘tadil nimfalaji, tetraparez, triparez, gemiparez, son muskullarining 5 — 7 santimetrga gipotrofiyasi bilan monoparez, boldir — 4 — 5 santimetrga, spastik tip yoki muskul gipotoniyasi bo‘yicha mushak tonusi oshishi, oyoqlarning barcha bo‘g‘imlarida — tos-son muskullarida (15 — 20 gradusgacha), tizza muskullarida (16 — 20 gradusgacha), boldir-oyoq panjasi bo‘g‘imlarida (14 — 18 gradusgacha) faol harakatlar amplitudasi mo‘tadil cheklangan holda; muskul kuchining mo‘tadil pasayishi (3 ballgacha), oyoq panjasi kamroq yoki mo‘tadil bo‘shashgan holda spastik, paretik, peroneal qadam tashlash; ba’zan qo‘shimcha tayanchdan (hassadan) foydalangan holda harakatlanish;
b) yurish biomexanikasining mo‘tadil buzilishi — 100 metrga yurishda qadamlar sonining 170-190 qadamgacha ko‘payishi, katta qadamning 2,0 — 3,0 sekundgacha ko‘payishi, 1 minutda yurish sur’atining 50 — 60 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti — 0,82-0,75 gacha pasayishi, harakatlanish tezligining 1 soatda 2,0 kilometrgacha mo‘tadil pasayishi;
v) bioelektrik faollikning mo‘tadil buzilishi — AKBA 25 foizdan ortiq doirada, biroq me’yordan 70 foizdan kam;
g) qo‘llarning mo‘tadil parezi:
faol harakatlar amplitudasining yelka bo‘g‘imida (35 — 40 gradus), tirsak bo‘g‘imida (30 — 45 gradus), bilak-kaft bo‘g‘imida (30 — 40 gradus) cheklangan holda gemiparez;
qo‘l muskul kuchining mo‘tadil pasayishi (3 ball), qo‘l panjasi bosh barmog‘i zich qo‘yilishining cheklanishi (katta barmoqning distal falangi 4 barmoqning asosiga yetadi), barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon bo‘lgan (barmoqlarning distal falanglari 1-2 sm masofada kaftga yetmaydi), mayda buyumlarni ushlash qiyinlashadi;
EMGga — qo‘l muskullari bioelektrik faolligi amplitudasining me’yorning 25 — 75 foizi doirasida mo‘tadil pasayishi;
d) yelka bo‘g‘imi kontrakturasi harakatlar hajmi 30 — 90 gradus hajmida, tirsak bo‘g‘imi — 80 — 130 gradus, bilak-kaft bo‘g‘imi 120 — 130 gradusda (bukish kontrakturasi va kontrakturasi — 200 — 220 gradus); funksional foydali holatda bo‘g‘imlar ankilozi; mayda buyumlarni ushlash qiyinlashgan holda birinchi barmoqni istisno qilganda qo‘lning uch barmog‘i yo‘qligi;
e) mo‘tadil vestibulyar-miyacha buzilishi:
bosh, tana holati keskin o‘zgarganda, transportda yurishda bosh aylanishi;
I yoki II gradusli spontan nistagma;
mo‘tadil statodinamik buzilishlar (Romberg pozasida, yurishda gandiraklash, tovon-tizza probasida yanglishish;
aylanishdan keyingi nistagma 50 — 80 sekund, kalorik nistagma — 90 — 110 sekund davom etgan holda vestibulyar qo‘zg‘aluvchan giperrefleksiya;
j) oyoq-qo‘lning amputatsion cho‘ltoqligi (son, boldir, har ikki oyoq panjasi Shopar, Lisfrank bo‘g‘imi darajasida), tos-son bo‘g‘imi, boldir bo‘g‘imining mo‘tadil bukish yoki yoyish kontrakturasi; boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘in kontrakturasi (ekvinus oyoq kafti); oyoqning 5 — 7 santimetrga kaltaligi; funksional qulay holatda bo‘g‘imlar ankilozi — tos-boldir bo‘g‘imida bukish burchagi 160 — 170 gradus doirasida, tizza bo‘g‘imida — 170 — 180 gradusda, boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘imda — 95 — 100 gradusda;
z) I-II A daraja nafas yetishmasligi (mo‘tadil jismoniy zo‘riqishda nafas qisishi, mo‘tadil jismoniy yuklamadan keyin tsianozning kuchayishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 20-martagacha, 5 minut mobaynida birlamchi gradusgacha tiklangan holda jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligi 1 minutda 12-16-martaga tezlashishi, o‘pkaning hayotiy sig‘imi zarur bo‘lganidan 56-69 foizgacha mo‘tadil pasayishi, o‘pkaning maksimal ventilatsiyasi – 55-58 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 142-148 foizgacha ko‘payishi, Tiffno indeksining 74-55 foizgacha, kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 36-44 foizgacha pasayishi, 1 minutda kislorod yutilishi 277-287 ml), I-II A bosqich qon aylanishi buzilishi (uncha kuchli bo‘lmagan taxikardiya (1 minutda 90-99-marta urish), o‘pka gemodinamikasi buzilgan holda o‘ng qorinchalar miokardi qisqartirish layoqatining mo‘tadil pasayishi belgilari);
i) mo‘tadil sensor buzilishlar: ko‘rish analizatori funksiyalari buzilishi — yaxshi ko‘rmaslikning o‘rtacha gradusi: ko‘rish maydoni 0,09-0,2 korreksiyali bo‘lgani holda yagona ko‘z yoki yaxshi ko‘radigan ko‘zning ko‘rish o‘tkirliligi pasayishi — periferik chegaralar 40 gradusdan kam, biroq 20 gradusdan keng, ko‘rish layoqati mo‘tadil pasaygan, EFT ko‘rsatkichlari U nuqsonlari — 100-150 mkA, o‘zgaruvchanlik 30-35 Gtsdan 40-43 Gts.gacha, miltillab ko‘rinish qo‘shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 30-35 p/sekunddan 40-43 p/sekundgacha; eshitish pasayishining aniq namoyon bo‘lishi: so‘zlashuv nutqining 0,75-1,5 metrgacha qabul qilinishi, eshitish nuqsoni – 61-80 dsb, nutq tushunarligi nuqsoni 80-90 dsb;
k) tos a’zolari funksiyalarining mo‘tadil buzilishi:
siydik pufagi to‘lishini his etmaslik, tsistometriyada siydik pufagi sig‘imi detruzor gipotoniyasida 500-400 ml, qoldiq siydik - 100 ml dan ortiq, detruzor gipertoniyasida – 20-125 ml;
defekatsiyaning uzoq vaqt kechikishi – 3-4 sutkagacha;
sfinkter yetishmovchiligi – gazlar ushlab turilmasligi, anal refleks pasaygan, onus va sfinkterning iroda qisqarishlari zaiflashgan, manometriya tashqi sfinkter bosimining mo‘tadil pasayishini aniqlaydi – 16-25 mm simob ustuni, ichki sfinkterniki – 26-40 mm simob ustuni.
20. Jabrlanuvchi, agar u odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malaka mo‘tadil yoki uncha pasaymagan holda, yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda, yoxud jabrlanuvchining ish haqi pasayishiga olib kelgan mehnat sharoitlari o‘zgarganda, yoki uning kasbiy faoliyatini bajarish oldingiga qaraganda ko‘proq tig‘izlikni talab qilgan holda kasbiy mehnatni bajara olsa, unga kasbiy mehnatga layoqatning 5 foizdan 30 foizgacha yo‘qotilishi belgilanadi.
21. Bunda, malaka darajasi malaka, ishlab chiqarish faoliyati hajmi yoki mehnat og‘irligi toifasi pasayishi darajasiga qarab organizm funksiyalari uncha ko‘p buzilmagan jabrlanuvchiga kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishining quyidagi darajasi belgilanadi:
a) kasbiy mehnatga layoqatning 30 foiz yo‘qotilishi — quyidagi hollarda, agar jabrlanuvchi:
bir tarifikatsiya razryadiga past malakali kasb bo‘yicha ishni;
ish razryadi og‘irlikning bir toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni;
kasbiy faoliyat hajmi uncha ko‘p pasaymagan holda kasb bo‘yicha ishni (ishlab berish me’yori oldingi yuklamaning 1/3 qismiga pasayishi) bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda;
b) kasbiy mehnatga layoqatning 20 foiz yo‘qotilishi— agar jabrlanuvchi ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/5 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda;
v) kasbiy mehnatga layoqatning 5-10 foiz yo‘qotilishi— agar jabrlanuvchi kasb bo‘yicha ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/10 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda.
22. Organizm funksiyalarining quyidagi uncha katta bo‘lmagan buzilishlari kasbiy mehnatga layoqatning 5-30 foiz yo‘qotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:
a) uncha kuchli bo‘lmagan paraparez, tetraparez, gemiparez, son va boldir muskullari gipotrofiyasi 1,5-2,0 sm bo‘lgani holda (bo‘shashgan parez) oyoq monoparezi, barcha bo‘g‘imlarda harakatlarning to‘liq hajmi bilan muskul kuchining pasayishi (4 ballgacha), yurish biomexanikasining uncha kuchli bo‘lmagan buzilishi – 100 metrga yurishda qadamlar sonining 150-160 qadamgacha ko‘payishi, katta qadam uzunligining 1,5-1,7 sekundgacha ko‘payishi, 1 minutda yurish sur’atining 64-70 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti 0,85-0,90 gacha pasayishi, 1 soatda harakatlanish tezligining 3,0 kilometrgacha pasayishi; bioelektrik faollik tebranishlari EMG amplitudasiga me’yorning 25 foizigacha uncha ko‘p bo‘lmagan pasayishi;
b) muskul kuchining bir yoki har ikki qo‘l bo‘limlarida 4 ballgacha pasaygan, bo‘g‘inlarda faol harakatlar to‘liq hajmda va qo‘l panjasining asosiy funksiyasi – buyumlarni ushlab olish va ushlab qolish saqlangan holda yelka, yelkaoldi muskullari gipotrofiyasi 1,5-2,0 sm bo‘lgani holda (bo‘shashgan parez) bir yoki har ikki qo‘lning uncha kuchli bo‘lmagan parezi; EMGga – qo‘l muskullari bioelektrik faolligi amplitudasi me’yorning 25 foizigacha uncha ko‘p bo‘lmagan pasayishi;
v) yelka, tirsak, yoki bilan-kaft bo‘g‘imlarining uncha kuchli bo‘lmagan kontrakturasi; qo‘l panjasining asosiy funksiyasi saqlanib qolgan holda birinchi barmoqni istisno qilgan holda qo‘lning bir-ikki barmog‘i yo‘qligi;
g) uncha kuchli bo‘lmagan vestibulyar-miyacha buzilishlari:
vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bosh aylanishi;
ba’zan I darajali spontan nistagma;
d) uncha kuchli bo‘lmagan statodinamik buzilishlar (Romberg, Sarbo pozasidagi nobarqarorlik), aylanishdan keyingi nistagma 50-80 sekund, kalorik nistagma 80-90 sekund davom etgan holda vestibulyar qo‘zg‘aluvchan giperrefleksiya;
e) oyoq bo‘g‘imlarining uncha kuchli bo‘lmagan kontrakturasi: oyoq panjasi ekvinus holatida bo‘lgani holda (bukish kontrakturasi), 80 gradusgacha burchakka bukish – tovon kafti (bukish kontrakturasi) holda boldir kafti bo‘g‘imida 100 gradusgacha burchakka bukish;
j) I gradus nafas yetishmasligi, I bosqich qon aylanishi buzilishi (ancha kuchli jismoniy zo‘riqishda, tez yurishda nafas qisishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 16-20 gacha me’yor doirasida, jismoniy yuklamadan keyin 1 minutda nafas olish tezligining 10-12-martaga ko‘payishi – 3 minut mobaynida boshlang‘ic | 250 | 63,136 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR VA KREDITLAR MASALALARI BO‘YIChA IDORALARARO KENGASh TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar va investitsiyalarga xizmat ko‘rsatish va ularni jalb etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash 1-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
investitsiya muhitini tizimli tahlil etish va uni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish;
vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari asosida xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida kreditlar jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflarni ishlab chiqish;
o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi muammolarni muhokama qilish uchun respublikada va chet ellarda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlar (“O‘zbekistonda biznes qiling”, “O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari” va boshqalar) muntazam ravishda o‘tkazilishini nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor mamlakatlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatish va bunday aloqalarni qo‘llab-quvvatlash;
jalb etilayotgan investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari bo‘yicha maqbul taqsimlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlarning tizimli monitoringini olib borish va ular bo‘yicha majburiyatlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda “Idoralararo kengash” deb yuritiladi) xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar va investitsiyalarga xizmat ko‘rsatish va ularni jalb etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.
2. Idoralararo kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Idoralararo kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
investitsiya muhitini tizimli tahlil etish va uni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish;
vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari asosida xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida kreditlar jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflarni ishlab chiqish;
o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi muammolarni muhokama qilish uchun respublikada va chet ellarda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlar (“O‘zbekistonda biznes qiling”, “O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari” va boshqalar) muntazam ravishda o‘tkazilishini nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor mamlakatlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatish va bunday aloqalarni qo‘llab-quvvatlash;
jalb etilayotgan investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari bo‘yicha maqbul taqsimlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
korxonalarning xususiy xorijiy investitsiyalar (xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashaydigan fuqarolari, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar) jalb etiladigan korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni ularga tatbiq etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga muvofiqligini belgilash;
Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlarning tizimli monitoringini olib borish va ular bo‘yicha majburiyatlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
4. Idoralararo kengashga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun uning tarkibida quyidagi masalalar bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi:
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish;
investitsiya muhitini va xorijiy investorlarni huquqiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
investitsiya loyihalari samarali amalga oshirilishini va kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishining monitoringi va boshqa masalalar.
5. Ishchi guruhlar, Idoralararo kengashga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ishchi guruh a’zolarining takliflarini ko‘rib chiqish;
tizimli muammolar aniqlangan taqdirda ularni hal etish uchun aniq takliflar ishlab chiqish;
Idoralararo kengashning ko‘rib chiqishi uchun tegishli takliflar kiritish.
6. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar zaruriyatga ko‘ra, biroq yil choragida kamida bir marta majlis o‘tkazadi.
7. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar majlislari, basharti ularda ular a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar a’zolari ularning majlislarida shaxsan hozir bo‘lishi kerak. Idoralararo kengash va ishchi guruh a’zosi xolisona sabablarga ko‘ra majlisda hozir bo‘lmaganda uning vakolatli vakili ovoz berish huquqisiz majlisga yuborilishi mumkin.
8. Idoralararo kengashning navbatdagi majlisini o‘tkazish, majlisning kun tartibi to‘g‘risidagi takliflar va barcha zarur hujjatlar tegishli ishchi guruhlarning rahbarlari tomonidan Idoralararo kengash a’zolarining ko‘rib chiqishi uchun Idoralararo kengash majlisi mo‘ljallanayotgan sanadan kamida besh kun oldin kiritiladi.
9. Idoralararo kengash va ishchi guruhlarning qarorlari, basharti ularning majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining kamida 75 foizi ovoz bersa, qabul qilinadi hamda ikki ish kunida Idoralararo kengash va ishchi guruhlarning ovoz berishda qatnashgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar a’zolari protokolni imzolashda o‘z fikrlarini yozma shaklda ifodalashga haqlidir.
10. Xolisona sabablarga ko‘ra Idoralararo kengash majlisida ishtirok etmagan Idoralararo kengash va ishchi guruhlar a’zolari Idoralararo kengashning har qanday qarori bilan tanishishga haqlidirlar, qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda esa:
o‘z fikrini yozma shaklda ifodalashga;
qabul qilingan qarorni qayta ko‘rib chiqish talabiga Idoralararo kengash barcha a’zolarining kamida uchdan bir qismi qo‘shilishi sharti bilan qarorni qayta ko‘rib chiqish maqsadida ushbu masala bo‘yicha Idoralararo kengash majlisi takroran o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.
11. Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini guruhlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar. | 155 | 7,774 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, biznes-muhitni takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy sheriklar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun yangi korxonalarni tashkil etish, mavjud ishlab chiqarishlarni texnik qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun respublikaga chet el sarmoyasini keng jalb etish maqsadida:
1. Tadbirkorlik tuzilmalari, kichik biznes subyektlari va xususiy korxonalar vakillari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasining Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini qayta tuzish va uning asosida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi:
mamlakatimiz tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan mikrofirmalar, kichik va xususiy korxonalar yakka tartibdagi tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda yagona tizimni tashkil etadi;
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun zarur hollarda respublika tumanlari va shaharlarida filiallar tuzish huquqiga ega;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan imzolangan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga har tomonlama, jumladan, xorijdagi diplomatiya vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, ular bo‘lmagan hollarda esa — tegishli mas’ul xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorligini tashkil etishni ta’minlash orqali Palataning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda, boshqa mamlakatlar savdo-sanoat palatalari, xorijiy sarmoyadorlar va sheriklar bilan amaliy aloqalar o‘rnatishda, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini sotish uchun chet el bozorlarini o‘rganish va o‘zlashtirishda yordam bersin;
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda Palataning qator xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalarini ochish va ularning rahbarlariga diplomatik xodim maqomini berish maqsadga muvofiqligi xususidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
mamlakatimiz tadbirkorlari — Savdo-sanoat palatasi a’zolarini mintaqaviy eksport va tranzit tovarlar (ish va xizmatlar) savdo oqimida faol ishtirok etishga jalb qilish borasidagi hamkorlik ishlarini tashkil etish.
5. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy tuzilmalariga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining qonuniy huquq va manfaatlarini kamsituvchi xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat etish huquqi berilsin. Bunda ular davlat bojlarini to‘lashdan ozod etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “O‘zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini taqdim etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish, Palataning ta’sis syezdini o‘tkazish, Palata Ustavini qabul qilishga oid tashkiliy masalalarni hal qilishda ko‘maklashsin;
bir oy ichida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida Hukumatning Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlashga doir qarorini ishlab chiqib, qabul qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-1407-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin. | 61 | 4,547 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 132 | 252 |
Qonunchilik | Prokuraturada qoʻshimcha ta’tillarning yangi tizimi | “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi (12.11.2019 yildagi OʻRQ-583-son Qonunga qarang).
Prokuraturada haq toʻlanadigan yillik (asosiy) ta’tilning belgilangan davomiyligi oʻzgarishsiz qoldirildi – 30 kalendar kun.
Qoʻshimcha ta’tillar va ularni taqdim etish shartlari (zarur ish staji) qismida oʻzgarishlar roʻy berdi: amaldagi tizim ancha moslashuvchan va ijtimoiy yoʻnaltirilgan tizim bilan almashdi.
Ilgarigi tizim
Yangi tizim
ish staji
qoʻshimcha ta’tilning davomiyligi
ish staji
qoʻshimcha ta’tilning davomiyligi
15 yildan ortiq
5 kalendar kun
10 yildan ortiq
5 kalendar kun
25 yildan ortiq
10 kalendar kun
15 yildan ortiq
10 kalendar kun
20 yildan ortiq
15 kalendar kun
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 13.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 51 | 809 |
Qonunchilik | Hisobvaraq-faktura: rasmiylashtirish, taqdim etish va qabul qilish | Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaхslari bilan bogʻliq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 489–son qarori bilan:
Hisobvaraq-faktura - Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega boʻlgan tovarlarni (хizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda joʻnatilganligini yoki хizmatlar koʻrsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Hisobvaraq-faktura sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan taqdim etilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini хaridor (buyurtmachi) hisobga olishi uchun asos boʻladigan birlamchi hujjat hisoblanadi. U qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) boʻyicha soliq solish aylanmasi va realizatsiyani hisobga olish uchun yuritiladi.
Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida doimiy muassasa orqali faoliyat koʻrsatayotgan norezident yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Nizomda hisobvaraq-faktura taqdim etilishi shart boʻlmagan hollar keltirilgan va ularni uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha rasmiylashtirish tartibi koʻrsatilgan.
Hisobvaraq-faktura, agar ushbu Nizomda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki хizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi.
Hisobvaraq-fakturada tovarlarning (хizmatlarning) qiymati milliy valyutada, soʻmda koʻrsatiladi. Bunda, summa koʻrsatilayotganda butun sondan soʻng yuzdan birgacha yaхlitlanishi lozim boʻladi.
Agar ushbu Nizomda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi va ularning saqlanishi hamda hisobi yuritilishi elektron aхborot tizimida amalga oshiriladi.
Tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchi faqat elektron shaklda qabul qilingan hisobvaraq-fakturalarda aks ettirilgan QQS summasini hisobga olishga haqli.
Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat siriga taalluqli boʻlgan хoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilganda qogʻoz shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Ular bunday shaklda rasmiylashtirilsa kamida ikki nusхada tuziladi va ulardan biri tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etiladi.
Shuningdek, Nizomda tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasida hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish tartibi hai keltirilgan.
Hujjat:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Qayumov. | 66 | 2,626 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARIGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA” 1998-YIL 10-APRELDAGI 153-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida 1998-yil 3-dekabrdagi PF-2151-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to‘g‘risida 1998-yil 10-apreldagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 14-modda)ga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Qarorning 3-bandi chiqarib tashlansin.
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi (qarorga ilova)ning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘lash o‘rniga (mulk solig‘idan tashqari) budjetga yalpi daromad solig‘i to‘laydilar.
Mazkur qoida yuqorida aytib o‘tilgan korxonalar tomonidan olinadigan barcha daromadlarga tatbiq etiladi, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar bundan mustasno.
Agar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo faoliyati bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullansa, u holda ular alohida hisobni yuritishlari kerak hamda ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlari bilan korxonalarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar va yig‘imlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari mulk solig‘i, boj to‘lovlari, davlat bojlari, litsenziya yig‘imlari, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalarni umumiy belgilangan tartibda to‘laydilar”. | 195 | 1,827 |
Qonunchilik | Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6, k-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2736, 2015-yil 1-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 48-son, 610-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddimadagi “2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli” degan so‘zlar “2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish priborlarining qiyoslashdan o‘tkazilishi “O‘zstandart” agentligi tomonidan xar 10 yilda amalga oshiriladi.”.
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Hisobga olish priborini navbatdagi qiyoslashdan o‘tkazish elektr ta’minoti korxonasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashabbusi bilan o‘tkazilganda, qiyoslashdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
4. 10-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshi tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 11, 14 va 15-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
6. 18-banddan birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Hisobga olish priborini echib olishda vakolatli xodim va Byuro vakili iste’molchi ishtirokida hisobga olish pribori va o‘rnatilgan plombalarning butligini tekshirib, hisobga olish pribori echib olinganligi haqida to‘rt nusxada dalolatnoma tuzadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari elektr ta’minoti korxonasida va Byuroda qoladi hamda to‘rtinchi nusxasi davlat metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.”.
8. 34-banddagi “2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli” degan so‘zlar “2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan o‘tkazilgan hisobga olish pribori Byuro xodimi ishtirokida o‘rnatilib, priborning klemmnik qopqog‘i (sxemasi) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Byuroning belgilangan namunadagi plombalari bilan plombalangandan so‘ng, iste’molchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan o‘tganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasini beradi.
37. Hisobga olish pribori o‘rnatilib plombalangandan so‘ng, bu haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning o‘rnatilgan vaqtdagi ko‘rsatkichlari hamda boshqa zarur ma’lumotlar qayd etiladi.
Dalolatnoma vakolatli xodim va Byuro vakili hamda iste’molchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari esa, elektr ta’minoti korxonasida va Byuroda saqlanadi.”.
10. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan. | 172 | 4,172 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-573-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-573-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 611 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.